toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mamlakatimizda istiqbolli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning iqtidorini roʻyobga chiqarish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Shu bilan birga, ulgʻayib kelayotgan yosh avlodning ilm egallashga boʻlgan ishtiyoqi va intellektual salohiyatini oshirish, shuningdek xalqaro maydonda mamlakatimizning nufuzini yanada yuksaltirish uchun iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini takomillashtirish zarurati mavjud.
Yoshlarni amalga oshirilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirish, ilm-fanni oʻzlashtirishga boʻlgan ragʻbatini oshirish, izlanuvchanlik va yaratuvchanlik faoliyatiga keng jalb qilish, jahon miqyosida Vatanimiz dovrugʻini keng taratgan ajdodlarga munosib avlodni tarbiyalash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 07/24/346/0805-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 07/24/346/0805-son)
3. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Gʻoliblari davlat oliy taʼlim muassasalariga test sinovisiz va qoʻshimcha imtihonsiz qabul qilinadigan xalqaro olimpiadalar roʻyxati (keyingi oʻrinlarda — xalqaro olimpiadalar) 1-ilovaga muvofiq  tasdiqlansin.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 07/24/346/0805-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 07/24/346/0805-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda davlat taʼlim standartlari oʻquv dasturlari va rejalarida belgilangan fanlar hamda ularga ajratilgan oʻquv soatlaridan kelib chiqqan holda asosiy olimpiadalar oʻtkaziladigan fanlar roʻyxatini tasdiqlasin.
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab:
asosiy olimpiadalarning respublika bosqichida 1 — 3 oʻrinlarni egallagan ishtirokchilarga ixtisoslik fani boʻyicha davlat oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarida maksimal ball olish huquqini beruvchi va uch yil muddat davomida amal qiluvchi sertifikat taqdim qilinadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Fanlar akademiyasi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oliy taʼlim muassasasiga qabul qilingan olimpiada gʻoliblariga “ustoz-shogird” tizimi asosida tegishli sohada yuqori natijalarga erishgan malakali mutaxassislar biriktiriladi.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 07/24/346/0805-son)
5. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
a) xalqaro olimpiadalar gʻoliblari va ularning oʻqituvchilari bazaviy hisoblash miqdorining quyidagi miqdorlarida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
1-oʻrin (oltin medal) uchun — 2500, oʻqituvchisiga — 450 baravari;
2-oʻrin (kumush medal) uchun — 1500, oʻqituvchisiga — 250 baravari;
3-oʻrin (bronza medal) uchun — 1000, oʻqituvchisiga — 150 baravari;
(5-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PF-86-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2025-y., 06/25/86/0456-son)
Oldingi tahrirga qarang.
b) asosiy olimpiadalar respublika bosqichi gʻoliblarining oʻqituvchilari bazaviy hisoblash miqdorining quyidagi miqdorlarida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
(5-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
1-oʻrin uchun — 50 baravari;
2-oʻrin uchun — 35 baravari;
3-oʻrin uchun — 30 baravari;
Oldingi tahrirga qarang.
v) xalqaro olimpiadalar gʻoliblarini tayyorlagan oʻqituvchilar va taʼlim muassasasi direktorlariga navbatdagi oʻquv yili uchun direktor (ragʻbatlantirish) jamgʻarmasidan oltin, kumush va bronza medallari boʻyicha tegishincha qoʻshimcha 200, 175 va 150 foizlik ustama toʻlanadi;
(5-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi PF-55-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2024-y., 06/24/55/0263-son)
g) taʼlim muassasalarida oʻqituvchi boʻlib faoliyat yuritayotgan:
xalqaro olimpiadalar gʻoliblari lavozim maoshiga har oy 150 foiz;
asosiy olimpiadalar respublika bosqichi gʻoliblari lavozim maoshiga har oy 100 foizlik ustama haqi toʻlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
d) oliy taʼlim muassasasini tamomlagan olimpiada gʻoliblari Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan shakllantiriladigan istiqbolli mutaxassislar zaxirasiga kiritiladi.
(5-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi bilan birgalikda umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 4 — 11 sinf, akademik litsey va kasb-hunar maktablari oʻquvchilari uchun har chorakda onlayn tarzda olimpiadalar tashkil qilish orqali iqtidorli oʻquvchilar zaxirasini shakllantirsin hamda zaxiraga kiritilgan yoshlarga yetkazish maqsadida chuqurlashtirilgan nazorat materiallari, shu jumladan, test, yozma ishlar uchun masalalarni har oyda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi veb-saytiga joylashtirib borilishini taʼminlasin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 07/24/346/0805-son)
7. Belgilab qoʻyilsinki:
a) asosiy olimpiadalarni tashkil qilish hamda xalqaro olimpiadalar uchun ishtirokchilarni saralash va tayyorlash xarajatlari:
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy davlatlarning grantlari hamda texnik koʻmaklashish mablagʻlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan;
Oldingi tahrirga qarang.
b) oʻquvchi yoshlarning xalqaro olimpiadalardagi ishtirokini taʼminlash bilan bogʻliq, shu jumladan sutkalik, yashash va transport xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan;
(7-bandning  “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 07/24/346/0805-son)
v) asosiy va xalqaro olimpiada gʻoliblari hamda ularning oʻqituvchilariga toʻlanadigan bir martalik pul mukofotlari hamda umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻqituvchi boʻlib faoliyat yuritayotgan olimpiadalar gʻoliblari lavozim maoshiga toʻlanadigan ustama haqlari bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi:
Xalq taʼlimi sohasidagi islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 2019-yil 1-avgustga qadar barcha bosqichdagi olimpiadalar boʻyicha maʼlumotlar, shu jumladan olimpiadalar uchun tanlangan nazorat materiallari, iqtidorli oʻquvchilar zaxirasi, olimpiada ishtirokchilari, gʻoliblari, ularga biriktirilgan oʻqituvchilar hisobini yurituvchi axborot tizimini ishga tushirsin;
bir oy muddatda Departament zimmasiga yuklangan vazifalarni samarali va yuqori professional darajada bajarishga qodir malakali, chuqur bilim va yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega xodimlar bilan toʻldirish, moddiy-texnika bazasini shakllantirish choralarini koʻrsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligi hamda tarkibida oliy taʼlim muassasalari mavjud boʻlgan vazirlik va idoralar Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda oʻquvchi yoshlarning intellektual salohiyatini namoyon etishiga qoʻshimcha sharoitlar yaratish maqsadida oliy taʼlim muassasalari tomonidan har yili oʻtkaziladigan oliy taʼlim muassasalari olimpiadalarining reja-jadvalini tasdiqlasin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi uch oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi umumiy oʻrta taʼlim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari oʻrtasida fan olimpiadalarini tashkil etish, oʻtkazish va xalqaro olimpiadalar ishtirokchilarini saralash tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
iqtidorli oʻquvchilar zaxirasiga kiritilgan oʻquvchi yoshlar olimpiadalarning toʻgʻridan-toʻgʻri viloyat bosqichida qatnashishi, olimpiadalarning viloyat va respublika bosqichi nodavlat notijorat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida oʻtkazilib, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi veb-sayti orqali onlayn tarzda toʻgʻridan-toʻgʻri namoyish etilishi;
olimpiadalar ochiq va shaffof tarzda oʻtkazilishi, natijalari ular oʻtkazilgan kunning oʻzida eʼlon qilinishi;
oliy taʼlim muassasalariga qabul qilingan olimpiada gʻoliblariga “ustoz-shogird” tizimi asosida tegishli sohada yuqori natijalarga erishgan malakali mutaxassislarning biriktirilishi;
asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi gʻoliblariga davlat oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarida maksimal ball olish huquqini taqdim etuvchi sertifikat berilishi;
barcha bosqichdagi olimpiada natijalari, shu jumladan ishtirokchilar toʻgʻrisida maʼlumot, ularning yozma ishlari toʻliq axborot tizimiga kiritilishi va Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi veb-saytida eʼlon qilinishi.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi PQ-3931-son “Xalq taʼlimi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartish kiritilsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi hamda Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ommaviy axborot vositalarida mazkur qarorning maqsad va vazifalarini keng koʻlamda yoritishni tashkil etsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi A.A. Abduvahitov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 3-may,
PQ-4306-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi PQ-4306-son qaroriga
1-ILOVA
Gʻoliblari davlat oliy taʼlim muassasalariga test sinovisiz va qoʻshimcha imtihonsiz qabul qilinadigan xalqaro olimpiadalar
roʻyxati

1.

Xalqaro matematika olimpiadasi — International Mathematical Olympiad (IMO)

2.

Xalqaro fizika olimpiadasi — International Physics Olympiad (IPhO)

3.

Xalqaro kimyo olimpiadasi — International Chemistry Olympiad (IChO)

4.

Xalqaro biologiya olimpiadasi — International Biology Olympiad (IBO)

5.

Xalqaro informatika olimpiadasi — International Olympiad in Informatics (IOI)

Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilovaning izoh qismi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 07/24/346/0805-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 07/24/346/0805-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi PQ-4306-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi PQ-3931-son “Xalq taʼlimi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish
1. 2-ilovaning rus tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Struktura
sentralnogo apparata Ministerstva narodnogo obrazovaniya Respubliki Uzbekistan
Predelnaya chislennost upravlencheskogo personala — 154 yed.”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2019-y., 07/19/4306/3078-son; 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son; 20.01.2022-y., 07/22/92/0046-son; 03.04.2024-y., 06/24/55/0263-son; 10.10.2024-y., 07/24/346/0805-son; 20.05.2025-y., 06/25/86/0456-son)