1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.04 Bogʻdorchilik. Uzumchilik]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash;
2.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Uzumchilikni rivojlantirishda klaster tizimini joriy etish, sohaga ilgʻor texnologiyalarni jalb qilishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mamlakatimizda uzumchilikni yanada rivojlantirish, uzum yetishtirish, uni qayta ishlash, tayyor mahsulot ishlab chiqarish boʻyicha klaster tizimini yoʻlga qoʻyish, alkogol bozorini tartibga solishning samarali mexanizmlarini keng joriy etgan holda respublikani sifatli mahsulotlar bilan taʼminlash, sohaning eksport salohiyatini kuchaytirish, investitsion jozibadorligini oshirish, shuningdek, vinochilik turizmini (enoturizm) rivojlantirish maqsadida:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.04 Bogʻdorchilik. Uzumchilik]
1. Quyidagilar uzumchilikni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
uzum yetishtirishga ixtisoslashtirish uchun qulay hududlarda eng maqbul maydonlarni belgilash;
xalqimizning asrlar davomida shakllangan milliy dehqonchilik madaniyati, qadriyatlaridan kelib chiqib, uzum yetishtirishni milliy madaniyat sifatida rivojlantirish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.07.00 Dehqon xoʻjaliklari (shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar)]
uzumchilikni yirik maydonlarda, klaster va kooperatsiya usulida yetishtirish orqali sohada qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish, uzumni saqlash, saralash va qayta ishlashni ragʻbatlantirish;
mahalliy uzum navlarining milliy brendlarini yaratish va yangi bozorlarga chiqish orqali eksportni kengaytirish;
ilmiy asoslangan holda uzum yetishtirish, uning yangi hosildor, danaksiz navlarini yaratish maqsadida uzumchilik ilmiy maktabini rivojlantirish hamda ilm-fan va ishlab chiqarishning uzviy integratsiyasini yoʻlga qoʻyish.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-260-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07/23/260/0557-son)
3. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.26.00 Ommaviy tanlov;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.07.00 Yerlarning ayrim toifalari va turlarining huquqiy rejimi / 11.03.07.01 Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar]
2021-yil 1-avgustdan boshlab qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari (sugʻoriladigan va sugʻorilmaydigan (lalmi) yerlar) tokzorlar barpo etish va uzumchilikni rivojlantirish uchun ochiq tanlov asosida ijaraga beriladi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.08.00 Qishloq xoʻjaligida ijara;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.08.00 Yerga nisbatan mulk va boshqa huquqlar / 11.03.08.06 Yer uchastkalarining ijara huquqi]
yer uchastkalari ochiq tanlov natijalariga koʻra 30 yil muddatga ijaraga beriladi;
ochiq tanlov asosida ijaraga olingan yer uchastkalaridan faqat tokzorlar barpo etish va uzumchilikni rivojlantirish maqsadida foydalaniladi, ushbu shartning bajarilmasligi ijara shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish uchun asos boʻladi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.13.00 Kimyolashtirish. Oʻsimliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish]
tashabbuskorlarga ajratilgan maydonda Qishloq xoʻjaligi vazirligi tavsiyalari asosida sertifikatlangan tok koʻchatlarini ekish va suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish hamda oʻsimliklarni himoya qilish borasidagi vakolatli organ tavsiyalari asosida ishni tashkil etish majburiyati yuklanadi;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.03 Auksion va shartnomalar va boshqa bitimlarga asosan yerga boʻlgan huquqlarning paydo boʻlishi]
ochiq tanlovga yer uchastkalari dehqon xoʻjaliklari tashkil etgan holda tokzorlar barpo etish uchun — 0,06 — 1 gektar oʻlchamlarda, yaxlit konturda yirik tokzorlar barpo etish uchun 1 — 30 gektar oʻlchamlarda chiqariladi.
4. Bosh vazir oʻrinbosarlari Sh. Gʻaniyev, J. Qoʻchqorov, qishloq xoʻjaligi vaziri J. Xodjayev Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimlari bilan birgalikda 48 ta tumanning har birida tuproq-iqlim sharoiti uzumchilik (xoʻraki) uchun eng qulay boʻlgan kamida 2 000 gektar yer maydonlarining ajratilishini taʼminlasin.
5. 2021-yil 1-sentabrdan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda ikki nafardan oʻn nafargacha xodimlardan iborat, yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan, uzumchilikni rivojlantirish boʻyicha doimiy loyiha ofislari tashkil etilsin.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.14.00 Oʻsimliklar karantini]
loyiha ofislari Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi hamda boshqa manfaatdor idoralarning masʼul xodimlarini (ish haqi saqlangan holda) jalb qilgan holda tashkil etiladi;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2024-y., 06/24/84/0400-son)
Qishloq xoʻjaligi vazirligi Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan uzumchilik rivojlangan davlatlardan malakali mutaxassislarni jalb qiladi.
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2024-y., 06/24/84/0400-son)
Quyidagilar loyiha ofislarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.04 Bogʻdorchilik. Uzumchilik]
intensiv usulda, shu jumladan klaster va kooperatsiya usulida tokzorlar tashkil etish;
ajratilayotgan yer maydonlarida tashabbuskorlar tomonidan tokzorlarni barpo etilishini monitoring qilish hamda sertifikatlangan tok koʻchatlarini ekish boʻyicha tavsiyalar berish;
tokzorlar barpo etishga yaroqli yer uchastkalarini tanlash, ularning belgilangan tartibda ochiq tanlovga chiqarilishini tashkil etish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.12.00 Agronomlik tadbirlari]
tokzorlarga koʻchatlar, mineral oʻgʻitlar yetkazib berish, agroxizmatlar koʻrsatish, mahsulotni sotishni tashkil etishga koʻmaklashish.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.07.00 Dehqon xoʻjaliklari (shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar)]
6. Belgilansinki, 2021-yil 1-sentabrdan boshlab aholi tomorqalarida, mahallalarda uzum yetishtirishni kengaytirishning yangi mexanizmi joriy etilsin. Unga koʻra, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi bilan birgalikda:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
aholi tomorqalarida uzum yetishtiruvchi tashabbuskorlarni aniqlaydi, ularning manzilli dasturini shakllantiradi;
loyiha tashabbuskorlariga manzilli dasturga asosan Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan mablagʻ ajratadi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.13.00 Kimyolashtirish. Oʻsimliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish]
“Tomorqa xizmati” MCHJ orqali kooperatsiya usulida tuproq-iqlim xususiyatlaridan kelib chiqib, uzum koʻchatlarini hududlar kesimida ekish, yetishtirish, oʻsimliklar himoyasi xizmati va mahsulotni sotib olish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.01 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini kreditlash (shuningdek, 09.14.17.05 ga qarang)]
Moliya vazirligi mazkur bandda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida, joriy yilda qoʻshimcha 100 milliard soʻm kredit resurslarini ajratsin.
7. Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (R. Mamatov), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev), Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi (A. Xaitov) aholi tomorqalaridan, koʻp qavatli uylar oldidagi yerlardan hamda mahalla ichki koʻchalari va katta yoʻl boʻylaridan unumli foydalanish maqsadida uzum ekishni tashkil etish choralarini koʻrsin.
8. 2022-yildan boshlab har ikki yilda bir marotaba uzumchilik yoʻnalishida “eng yaxshi uzum navi”, “eng yaxshi intensiv tokzor”, “eng yaxshi mahalliy uzum navi”, “eng yaxshi vino mahsuloti” kabi nominatsiyalarda oʻtkaziladigan respublika koʻrik tanlovi taʼsis etilsin.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.22.00.00 Davlat mukofotlari, pul va boshqa mukofotlar]
Belgilansinki, koʻrik tanlov gʻoliblarini pul mukofoti va boshqa esdalik sovgʻalar bilan taqdirlash Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2024-y., 06/24/84/0400-son)
Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda ushbu koʻrik tanlov nizomini tasdiqlasin.
9. 2021-yil 1-sentabrdan boshlab shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.04 Bogʻdorchilik. Uzumchilik]
a) hududlarning tuproq-iqlim sharoitlaridan kelib chiqib, uzum yetishtirish, uni quritish, qadoqlash, qayta ishlash, tayyor mahsulot ishlab chiqarish hamda eksport qilishning toʻliq siklini yaratish maqsadida uzumchilik va vinochilik klasterlari tashkil etiladi;
b) uzumchilik va vinochilik klasterlari uchun yer maydonlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni taʼminlash, yerga boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6243-son Farmonida belgilangan tartibda ajratiladi.
Bunda, ajratiladigan yer maydonlari yaxlit konturlarda boʻlishi nazarda tutiladi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.04 Bogʻdorchilik. Uzumchilik]
v) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar hokimlari uzumchilik va vinochilik klasterlarini quyidagi shartlarda tanlash va faoliyatini yoʻlga qoʻyishga masʼul hisoblanadi:
uzum yetishtirish, qadoqlash, saralash, qayta ishlash va resurs tejaydigan texnologiyalarni joriy etish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan biznes-reja yoki texnik-iqtisodiy asos mavjudligi;
faoliyat yuritishi uchun zarur infratuzilma obyektlari (egalik yoki foydalanish yoxud toʻliq mulk huquqi asosida), shuningdek, malakali kadrlar va boshqa vositalarning mavjudligi hamda moliyaviy barqarorligi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari]
10. Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasi shartlari asosida Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Agroservis operator” DUKga ajratilgan hamda fermer xoʻjaliklari va tadbirkorlik subyektlariga tegishli boʻlgan 20 gektardan kam boʻlmagan yerlarda bogʻ va tokzorlarni barpo etish hamda tashabbuskorlarga berish tartibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Bunda:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.03 Auksion va shartnomalar va boshqa bitimlarga asosan yerga boʻlgan huquqlarning paydo boʻlishi]
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari intensiv bogʻ va tokzorlar barpo etiladigan yer maydonlarining ochiq tanlov asosida “Agroservis operator” DUKga, fermer xoʻjaliklari va tadbirkorlik subyektlariga ijaraga berilishini taʼminlaydi, “Agroservis operator” DUK va tashabbuskorlar oʻrtasida shartnoma tuziladi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari]
fermer xoʻjaliklari va tadbirkorlik subyektlari ijara shartnomasi asosida oʻzlariga tegishli boʻlgan yerlarda bogʻ va tokzorlar tashkil etish toʻgʻrisida operator korxona bilan shartnoma tuzadi, shartnomada “tayyor holda” topshirish tamoyili asosida bogʻ va tokzorlar tashkil etilib, 20 foiz oldindan, qolgan 80 foizini 7 yil davomida boʻlib toʻlash sharti belgilanadi;
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.20.00 Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalari]
“Agroservis operator” DUK oʻziga hamda fermer xoʻjaliklari va tadbirkorlik subyektlariga ijaraga berilgan kamida 10 gektar yer maydonlarida zamonaviy, resurs tejaydigan texnologiyalarga asoslangan intensiv bogʻ va tokzorlar tashkil qiladi.
(10-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-dekabrdagi PQ-52-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 07/21/52/1165-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.04.00 Iqtisod sohalarini moliyalashtirish. Investitsiyalash]
11. Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev) Moliya vazirligi (T. Ishmetov) bilan birgalikda zamonaviy koʻchatxonalar barpo qilish, sertifikatlangan uzum plantatsiyalarini tashkil etishni moliyalashtirish uchun Jahon bankining qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish loyihasi doirasida 100 million AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlarni tijorat banklariga ajratish choralarini koʻrsin. Bunda:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.01.00 Markaziy bank, uning tarkibiy boʻlinmalari va muassasalari]
ushbu mablagʻlar milliy valyutada tegishincha Agentlik hamda Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi tavsiyalari asosida Markaziy bankning asosiy stavkasida tijorat banklariga resurs sifatida joylashtiriladi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.03.00 Tijorat banklarining kreditlari]
tijorat banklari 10 yil muddatga (5 yillik imtiyozli davr bilan) 3 foizdan koʻp boʻlmagan marja bilan tijorat krediti ajratadi.
(11-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.04 Bogʻdorchilik. Uzumchilik]
12. Moliya vazirligi (T. Ishmetov) respublika budjetidan Agentlikning Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasiga hamda Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligining Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasiga har yili qoʻshimcha 100 milliard soʻmgacha subsidiya mablagʻlarini ajratsin. Bunda, ajratilgan mablagʻlar hisobidan:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.05.00 Suvdan foydalanish turlari / 11.05.05.03 Suvdan qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun foydalanish]
a) yaratilayotgan har 10 gektar maydondagi uzum va mevali bogʻlar plantatsiyalariga suv chiqarish uchun burgʻilangan quduq, shuningdek, daryolar, kanallar hamda boshqa suv havzalaridan suvni tortish maqsadida nasos stansiyasini qurishga har bir metri uchun 600 ming soʻmdan, ammo 120 million soʻmdan oshmaydigan miqdorda Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining tegishli dalolatnomasiga asosan;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.12.00 Gidrotexnik va suv xoʻjaligi inshootlari. Gidrotexnik inshootlar xavfsizligini taʼminlash]
b) yangi intensiv bogʻ va tokzorlarda tomchilatib sugʻorish texnologiyalarini joriy qilish, burgʻilangan quduq, shuningdek daryolar, kanallar hamda boshqa suv havzalaridan suvni tortishga nasos stansiyasini qurish ishlarini loyihalashtirish xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida har bir loyihaga 10 million soʻmgacha;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot]
v) aholi yashash punktlaridan uzoq hududlarda joylashgan 10 gektardan kam boʻlmagan lalmi va foydalanishdan chiqqan yerlarda uzum va mevali bogʻlar plantatsiyalarini tashkil etish uchun qayta tiklanuvchi, muqobil elektr energiyasi (quyosh, suv, shamol) bilan taʼminlash uskunalarini sotib olish xarajatlarning 50 foizigacha, biroq 100 million soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorda;
g) mahalliy sharoitda “in-vitro” usulida yetishtirilgan har bir dona tok koʻchati va payvandtagli tok koʻchati uchun 5 ming soʻm miqdorida;
d) mahalliy ishlab chiqaruvchi klasterlar tomonidan eksport qilingan har bir litr uzum va meva-rezavorlardan tayyorlangan tabiiy ravishda achitilgan tabiiy vino (etil spirti qoʻshilmagan holda) hamda brendi uchun 5 ming soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdorda;
e) uzum koʻchatlarini shpalerga (yogʻoch va boshqa sinuvchan ustunlardan tashqari) koʻtarish xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida bir dona shpalerga 15 ming soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorda;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.20.00 Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalari]
yo) mayiz quritish va qadoqlash liniyalari hamda vinochilik asbob-uskunalarini xarid qilish xarajatlarining 20 foizi, biroq 300 million soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorda subsidiya ajratiladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.12.00 Gidrotexnik va suv xoʻjaligi inshootlari. Gidrotexnik inshootlar xavfsizligini taʼminlash]
Belgilansinki, mazkur bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan imtiyoz oldin har 35 gektar maydonda uzum va mevali bogʻlar plantatsiyalariga suv chiqarish uchun burgʻilangan quduq, shuningdek, daryolar, kanallar hamda boshqa suv havzalaridan suvni tortish maqsadida nasos stansiyasini qurishga subsidiya olgan tadbirkorlik subyektlariga yangidan quduq qazish hamda nasos stansiyasini qurish sharti bilan tatbiq etiladi.
13. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang)]
2022-yil 1-yanvardan boshlab mahalliy ishlab chiqarilgan uzum va meva-rezavorlardan tayyorlangan tabiiy ravishda achitilgan tabiiy vino (etil spirti qoʻshilmagan holda) va koʻpiklanadigan vinoning 1 daliga aksiz soligʻi 1 soʻm etib belgilanadi;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]
2021-yil 1-avgustdan 2024-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatda import qilinayotgan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan uzumchilik va vinochilik sohasida qoʻllanadigan xom ashyo, uskunalar, maxsus texnikalar, ehtiyot qismlar, shuningdek, eman bochkalar va zanglamaydigan sigʻimlar (yigʻilmagan va tayyor shaklda) hamda ularning butlovchi qismlari 3-ilovaga asosan bojxona bojidan ozod etiladi.
Agentlik ikki oy muddatda mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan uzum va meva-rezavorlardan tayyorlangan tabiiy ravishda achitilgan tabiiy vino (etil spirti qoʻshilmagan holda) va koʻpiklanadigan vinoning 1 daliga aksiz soligʻini 1 soʻm etib belgilash boʻyicha Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-260-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07/23/260/0557-son)
15. Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev) Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmanov) bilan birgalikda:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.12.00 Innovatsiya. Innovatsion faoliyat. Innovatsion infratuzilma]
bir oy muddatda Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi ilmiy-tadqiqot institutlarining yer maydonlarida kamida 500 gektar tuproq-iqlim sharoitiga mos boʻlgan, urugʻsiz, sovuqqa chidamli, eksportbop va payvandtagli uzum koʻchatlari yetishtirishni;
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.03.00.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha hamkorlik / 19.03.06.00 Fan va taʼlim sohasidagi hamkorlik]
2021-2022-yillarda uzumning hosildorligi yuqori, sovuqqa va kasallikka chidamli hamda danaksiz yangi navlarini yaratish maqsadida Rossiya, Chili, Turkiya, Italiya va boshqa mamlakatlarning ilmiy muassasalari bilan hamkorlikni tashkil etsin;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
yangidan tashkil etiladigan tokzorlarga maqsadli koʻrsatkichlar asosida subsidiya ajratish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
16. Innovatsion rivojlanish vazirligi va Qishloq xoʻjaligi vazirligi bir oy muddatda uzumning viruslardan holi, sertifikatlangan, urugʻsiz, sovuqqa chidamli, eksportbop, yangi navlarini yaratish, ularning koʻchatzorlarini tashkil etish, zararkunanda hamda kasalliklarga qarshi kurashish, innovatsion texnologiyalarni joriy qilishga oid grantlar tanlovini eʼlon qilsin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.07.00 Xorijiy mamlakatlarning taʼlim muassasalari va tashkilotlari]
17. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshqulov) Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev) bilan birgalikda 2021-yil yakuniga qadar Jizzax davlat universiteti hamda Fargʻona davlat universitetida uzumchilik va vinochilik rivojlangan xorijiy davlatlar oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda qoʻshma fakultet tashkil etsin.
18. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (A. Voitov) xalqaro marketing kompaniyalarini jalb qilgan holda mahalliy xoʻraki uzum navlari, mayiz va tabiiy vinoning milliy brend sifatida Xitoy, Koreya, Birlashgan Arab Amirliklari, Yevropa davlatlari va boshqa mamlakatlarga eksportini tashkil etish maqsadida:
xorijdan malakali marketologlarni jalb qilsin;
har bir hududda salohiyatli eksportyorlarni aniqlab, ularning mahsulot yetishtiruvchilar bilan oʻzaro ishonch va shartnomaviy munosabatlarga asoslangan tizimli hamkorligini yoʻlga qoʻysin;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.04.00 Ulgurji savdo]
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining xorijdagi boʻlinmalari, savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha kotiblarni jalb qilgan holda xorijiy davlatlarning ulgurji savdo tashkilotlari bilan mahsulot xaridiga doir bitimlar tuzilishini tashkil etsin;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport]
uzum va uzum mahsulotlari eksportini rivojlantirishga qaratilgan boshqa tadbirlarni nazarda tutuvchi 2021 — 2023-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqib, uning ijrosini taʼminlasin.
Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi (I. Ergashev) koʻrsatib oʻtilgan mamlakatlarga mahalliy xoʻraki uzum navlari va mayizni eksport qilish boʻyicha muzokaralar oʻtkazsin hamda mavjud talablarni tadbirkorlik subyektlariga yetkazish choralarini koʻrsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
19. Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.05.00 Xorijdan mablagʻ jalb qilish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.16.00 Amaliyot. Stajirovka]
20. “El-yurt umidi” jamgʻarmasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-martga qadar ilmiy xodimlar, soha mutaxassislari hamda uzum yetishtiruvchilar va qayta ishlovchilarni “El-yurt umidi” jamgʻarmasi hamda xalqaro moliya institutlari grant mablagʻlari hisobiga uzumchilik rivojlangan xorijiy mamlakatlarga uzoq va qisqa muddatli stajirovka, malaka oshirish va oʻqishga yuborish choralarini koʻrsin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
Qishloq xoʻjaligi vazirligi Agroxizmatlar markazlari uchun yetuk kadrlarni tayyorlash, ularni doimiy malakasini oshirish orqali kadrlar salohiyatini mustahkamlash uchun ajratilgan mablagʻlar hisobidan uzumchilik yoʻnalishidagi mutaxassislarning xorijiy mamlakatlarda malakasini muntazam ravishda oshirishni taʼminlasin.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
21. Aholi salomatligini taʼminlash, alkogoldan zaharlanish holatlarining oldini olish, texnik talablarga javob bermaydigan, noqonuniy va qoʻlbola usulda tayyorlangan alkogol mahsulotlari aylanmasiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish maqsadida Alkogol mahsulotlarini qonunga xilof ravishda tayyorlash va ularning aylanmasiga qarshi kurashish Kengashi (keyingi oʻrinlarda — Kengash) 5-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin. Bunda, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi Kengashning ishchi organi etib belgilansin.
(21-bandning birinchi xatboshisi Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2024-y., 06/24/84/0400-son)
Kengashga quyidagi vazifalar yuklatilsin:
nazorat qiluvchi va boshqa vakolatli davlat organlarining mahsulotlarni noqonuniy ishlab chiqarish va realizatsiya qilishning oldini olishga qaratilgan faoliyatini muvofiqlashtirish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang)]
vakolatli organlar tomonidan ishonchli maʼlumotlar mavjud boʻlgan hollarda tegishli ruxsatnomalarsiz ishlab chiqarilgan yoki sotilayotgan, aksiz markalari boʻlmagan yoki qalbakilashtirilgan alkogol va tamaki mahsulotlarini aniqlash tadbirlarini ishlab chiqish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.01 Umumiy qoidalar. Litsenziyalanishi lozim boʻlgan faoliyat turlari]
isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish uchun litsenziyaga ega korxonalar tomonidan noqonuniy, qalbaki, qoʻlbola va sifatsiz mahsulotlar ishlab chiqarish holatlari aniqlangan taqdirda, ularga nisbatan litsenziyani bekor qilishgacha boʻlgan taʼsir choralari koʻrilishi boʻyicha takliflar kiritish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar hamda alkogol mahsulotlari savdo tashkilotlaridan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning oʻz vaqtida va toʻliq tushishini tahlil qilib, kelgusidagi harakat dasturlarini belgilash.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi PF-84-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2024-y., 06/24/84/0400-son)
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
23. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga mazkur qarorning ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida vazirlik va idoralar hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklarining axborotlarini har yili Senat va tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi hamda xalq deputatlari viloyat Kengashlarining majlislarida eshitib borishni tashkil qilish tavsiya etilsin.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi PF-28-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2024-y., 06/24/28/0099-son)
24. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (A. Koʻchimov) Agentlik bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyati hamda maqsad va vazifalarining ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
25. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 6-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
26. Agentlik Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
27. Mazkur qarorning ijrosini taʼminlashda masʼul va shaxsiy javobgar etib qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev, qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari A.M. Toʻrayev va Agentlik direktori R.M. Boboyev belgilansin.
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosarlari Sh.M. Gʻaniyev, J.A. Qoʻchqarov, S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-260-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07/23/260/0557-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi PQ-5200-son qaroriga 2-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Agroservis operator” DUK tomonidan intensiv bogʻ va tokzorlarni barpo etish va ularni tashabbuskorlarga berish
TARTIBI
Bosqich
Subyekt
Tadbir
Muddat
1-bosqich
Tashabbuskor
(fermer xoʻjaliklari, tadbirkorlik subyektlari)
a) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimliklari intensiv bogʻ va tokzorlar barpo etiladigan yer maydonlarini ochiq tanlov asosida “Agroservis operator” DUKga, fermer xoʻjaliklari va tadbirkorlik subyektlariga ijaraga berilishini taʼminlaydi, “Agroservis operator” DUK va tashabbuskorlar oʻrtasida shartnoma tuziladi;
b) fermer xoʻjaliklari va tadbirkorlik subyektlari ijara shartnomasi asosida oʻzlariga tegishli boʻlgan yerlarda bogʻ va tokzorlar tashkil etish toʻgʻrisida operator korxona bilan shartnoma tuzadi.
Shartnomada “tayyor holda” topshirish tamoyili asosida bogʻ va tokzorlar tashkil etilib, shartnoma qiymatining 20 foizini oldindan, qolgan 80 foizini 7 yil davomida boʻlib toʻlash sharti belgilanadi.
2021-2022-yillar davomida
2-bosqich
Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Agroservis operator” DUK
“Agroservis operator” DUK oʻziga hamda fermer xoʻjaliklari, tadbirkorlik subyektlariga ijaraga berilgan kamida 20 gektar yer maydonlarida zamonaviy, resurs tejaydigan texnologiyalarga asoslangan intensiv bogʻ va tokzorlar tashkil qiladi.
Shartnomada koʻrsatilgan muddatlarda
3-bosqich
Tashabbuskor
(fermer xoʻjaliklari, tadbirkorlik subyektlari)
Tashabbuskorlar oʻzlariga tegishli boʻlgan yer maydonlarida barpo etiladigan bogʻ va tokzorlarga boʻlgan mulk huquqini hamda yerga boʻlgan ijara huquqini toʻlovlar amalga oshirilgunga qadar “Agroservis operator” DUK foydasiga garovga qoʻyadi.
Shartnoma tuzilganidan soʻng
4-bosqich
Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Agroservis operator” DUK
Bogʻ va tokzorlarni dastlabki 3 yil mobaynida parvarishlab berishni va buyurtmachiga tayyor holda topshirishni kafolatlaydi.
Shartnoma majburiyatlari bajarilmaganda garovga qoʻyilgan mulk huquqi hamda yerga boʻlgan ijara huquqi operator korxonaga oʻtadi.
Shartnomada koʻrsatilgan muddatlarda
Izoh: Mazkur tartib Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Agroservis operator” DUKning Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokidagi “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasi shartlari asosida barpo etiladigan bogʻ va tokzorlariga tatbiq etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi PQ-5200-son qaroriga 3-ILOVA
Import qilinadigan va bojxona bojidan ozod etiladigan, uzumchilik va vinochilik sohasida qoʻllanadigan xom ashyo, uskunalar, maxsus texnikalar, ehtiyot qismlar, eman bochkalar va zanglamaydigan sigʻimlar hamda ularning butlovchi qismlari
Boshqa tirik oʻsimliklar (shu jumladan ularning ildizlari), qalamcha va yoʻgʻon tomir, toʻqima:
Ildizsiz qalamcha va yoʻgʻon tomir:
uzum;
boshqa (tok uchun payvandtaglar)
boshqa (in-vitro koʻchatlari)
0602
0602 10 0000
0602 10 1000
0602 10 9000
2.
Vino ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan faol xamirturushlar, boshqalar
2102 10 1000
2102 10 9000
3.
Vodorodfosfat diammoniy (fosfat diammoniy)
3105 30 0000
4.
Ekstraktlar sumaxa, ekstrakt valonei, eman (dub) ekstrakti va kashtan ekstrakti
3201 90 2000
5.
Faollashtirilgan koʻmir
3802 10 0000
6.
Plastmassadan tayyorlangan quvurlar, naychalar, shlanglar va ularni birlashtiruvchilari (masalan, muftalar, tirsaklar, gardishlar)
3917 39 0001
7.
Suyuqliklarni sanoat va laboratoriya maqsadlarida filtrlash uchun membrana filtri elementlari (neylon, plastmassa, sellyuloza nitrat, polivinilidentftorid, atsetat va nitrat aralashmasi)
3926 90 9709
8.
Yogʻoch idishlar, bochkalar, krujkalar, vannalar va boshqa yogʻoch (bondarlik) mahsulotlar va ularning qismlari, shu jumladan klepka
4416 00 0000
9.
Tabiiy poʻkakdan tayyorlangan silindrik tiqinlar va qopqoqlar
4503 10 1000
10.
Aglomeratlangan qopqoqlar (bogʻlovchi bilan yoki bogʻichsiz) va undan koʻpikli vinolar uchun buyumlar, shu jumladan tabiiy mantarlardan boʻlgan shaybali tiqinlar
4504 10 1100
11.
Agromeratlangan poʻkak (bogʻlovchi bilan yoki bogʻichsiz) va undan tayyorlangan boshqa buyumlar
4504 10 1900
12.
Oziq-ovqat suyuqliklari uchun filtrlangan karton va qogʻoz
4805 40 0000
13.
Korroziyaga chidamli quvurlar
7306 40 8009
14.
Qora metallardan tayyorlangan, har qanday moddalar uchun (siqilgan yoki suyultirilgan gazdan tashqari) hajmi 300 litrdan ortiq boʻlgan, qoplama yoki issiqlik izolyatsiyasi bilan yoki ularsiz, lekin mexanik yoki isitish texnik uskunalari boʻlmagan rezervuarlar, sisternalar, baklar va shunga oʻxshash sigʻimlar
7309 00 5900
15.
Vino saqlash uchun sigʻimlar
7310 10 0000
16.
Hisoblagichli yoki hisoblagichsiz nasoslar, suyuqlik koʻtaruvchilar
8413
17.
Suyuqliklarni yoki poroshoklarni otish, purkash yoki sepish uchun mexanik qurilmalar (qoʻlda boshqarish bilan yoki ularsiz);
8424
Toʻldirilgan yoki toʻldirilmagan holdagi oʻt oʻchirish vositalari;
Purkovchi va shu kabi moslamalar;
Bugʻ yoki qum otuvchi va shu kabi moslamalar:
qishloq xoʻjaligi yoki bogʻdorchilik uchun purkagichlar;
8424 41 1000
koʻchma purkagichlar;
boshqalar (traktorlarga oʻrnatish yoki traktorlar shatakka olinishiga moʻljallangan)
8424 49 9100
18.
Tuproqqa ishlov berish va tayyorlash uchun qishloq xoʻjaligi, bogʻdorchilik yoki oʻrmon xoʻjaligi mashinalari:
Maysazor va sport maydonchalari uchun katoklar;
Shudgorlash va tok tuplarini koʻmuvchi agregat; tok tuplarini yarim ochuvchi agregat; tok tuplarini toʻliq ochuvchi agregat;
8432
8432 10 0000
19.
Diskli baronalar
8432 21 0000
20.
Turli kultivatorlar
8432 29 1000
21.
Baronalar
8432 29 3000
22.
Aylanma ishlov beruvchilar (pochvofrez)
8432 29 5000
23.
Markaziy privodli urugʻni aniq ekuvchi mashinalari
Ekkichlar va koʻchat ekish mashinalari
8432 39 1100
8432 39 9000
24.
Organik va noorganik oʻgʻitlarni purkovchi va sochuvchi moslama:
organik oʻgʻitlar uchun;
noorganik oʻgʻitlar uchun.
8432 41 0000
8432 42 0000
25.
Tuproqqa ishlov berish va tayyorlash uchun moʻljallangan boshqa qishloq xoʻjaligi, bogʻdorchilik yoki oʻrmon xoʻjaligi texnikalari va maysazorlar va sport maydonchalari uchun jihozlar
8432 80 0000
26.
Tuproqqa ishlov berish va tayyorlash uchun moʻljallangan boshqa qishloq xoʻjaligi, bogʻdorchilik yoki oʻrmon xoʻjaligi texnikalarining hamda maysazorlar va sport maydonchalari uchun jihozlarning butlovchi qismlari
8432 90 0000
27.
Tirkamalar va yarim tirkamalar; yurmaydigan boshqa transport vositalari, ularning qismlari:
qishloq xoʻjaligi uchun oʻzi yuklovchi yoki yukni oʻzi tushiruvchi tirkamalar va yarim tirkamalar (zanglamas poʻlatdan tayyorlangan uzum uchun tirkamalar)
8716 20 0000
28.
Uzum hosilini yigʻib-terib oluvchi kombayn
8433 59 8501
29.
Poʻlatdan zadvijkalar
8481 80 6390
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi PQ-5200-son qaroriga 4-ILOVA
Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish boʻyicha
Respublika hududlarida mavjud boʻlgan 206 ming gektar bogʻ va 90 ming gektar tokzorlarni konturlar kesimida har yili xatlovdan oʻtkazib, iqtisodiy jihatdan samarasiz va kam hosil beradigan bogʻ va tokzorlarni yangilash yoki boshqa haydaladigan ekin yerlari toifasiga oʻtkazish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.
1. Mavjud bogʻ va tokzorlarni fermer xoʻjaliklari kesimida hududiy ishchi guruhlari tashkil etib, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-dekabrdagi 1012-son qaroriga asosan yaroqsiz va iqtisodiy jihatdan samarasiz bogʻlarni aniqlash maqsadida xatlovdan oʻtkazish.
2. Yaroqsiz deb topilgan mevali bogʻ va tokzorlar oʻrnida intensiv bogʻ va tokzorlarni barpo etish.
3. Iqtisodiy jihatdan samarasiz va kam hosil beradigan bogʻ va tokzorlarni boshqa haydaladigan ekin yerlari toifasiga oʻtkazish yuzasidan takliflar tayyorlash.
Doimiy
Agrosanoatni rivojlantirish agentligi, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi, Kadastr agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari
2.
“In-vitro” laboratoriya sharoitida yaratilgan payvandtaglardan hududlarning tuproq-iqlim sharoitiga mos intensiv mevali daraxtlar va tok koʻchatlarini yetishtirish va ularni kelgusida tadbirkorlik subyektlariga sotish tizimini yaratish.
1. “In-vitro” laboratoriya sharoitida yaratilgan payvandtaglarni tashqi muhitga moslashtirish uchun zamonaviy issiqxonalar tashkil etish.
2. Mahalliy sharoitda yetishtirilgan intensiv (pakana va yarim pakana) koʻchatlarni sotib olish xarajatlarining bir qismini fermer xoʻjaliklariga subsidiya sifatida qoplab berish tizimini joriy etish.
2021 — 2023-yillar
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari
3.
Yangi nav mualliflari va originatorlarini ragʻbatlantirish, urugʻchilik va koʻchatchilik bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlarini himoya qilish, nihol va koʻchatlarini sertifikatlashtirish mexanizmini yaratish.
Qishloq xoʻjaligi ekinlarining nav mualliflari va originatorlarini ragʻbatlantirish, urugʻchilik va koʻchatchilik bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tartibga solish, qishloq xoʻjaligi ekinlarining urugʻlari va mevali, manzarali daraxt hamda butalarni sertifikatlashtirish mexanizmini belgilash boʻyicha qaror loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
2021-yil noyabr
Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Fanlar akademiyasi, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi
4.
Dunyo bozorida talab yuqori boʻlgan, respublikaning tuproq-iqlim sharoitiga mos uzum navlarini urugʻchilik rivojlangan davlatlardan respublika hududlariga olib kirish choralarini koʻrish.
1. Dunyo bozorida talab yuqori boʻlgan, respublikaning tuproq-iqlim sharoitiga mos, kasalliklardan xoli uzum navlarini aniqlash.
2. Mamlakatimizga ushbu uzum navlarini olib kirish yuzasidan tegishli takliflarni tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
2021-yil oktabr
Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi
5.
Uzumning yuqori mahsuldor, sovuqqa chidamli hamda urugʻsiz navlarini yaratish, uning istiqbolli navlarini introduksiya qilish.
Koʻchatchilik tizimini takomillashtirishga qaratilgan tartibni ishlab chiqish.
1. Uzumning yuqori mahsuldor, sovuqqa chidamli hamda urugʻsiz navlarini yaratish bilan shugʻullanuvchi xorijiy ilmiy tadqiqot muassasalari tajribasini oʻrganish.
2. Rivojlangan xorijiy ilmiy tadqiqot muassasalari, shu jumladan, Rossiya Federatsiyasining “Kurchatovskiy institut” milliy tadqiqot markazi, “Magarach” uzumchilik va vinochilik instituti bilan oʻzaro hamkorlikni
yoʻlga qoʻyish.
3. Amaldagi koʻchatchilik tizimini takomillashtirish, davr talabiga moslashtirishni nazarda tutuvchi “Uzum koʻchatlarini yetishtirish va ushbu jarayonni tartibga solish boʻyicha yoʻriqnoma”ni ishlab chiqib, uni tasdiqlash haqidagi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini tayyorlash.
2021-2022-yillar
Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi, Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi
6.
Agrotexnik tadbirlarni yaxshilash maqsadida tokzorlarda ishlatiladigan maxsus texnikalarni respublikada ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va uzoq muddatga imtiyozli shartlarda lizing asosida yetkazib berish tizimini joriy qilish.
1. Tokzorlarda agrotexnik tadbirlarni yaxshilash maqsadida xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish.
2. Tokzorlarda ishlatiladigan maxsus texnikalar roʻyxatini shakllantirish.
3. Ularni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish va uzoq muddatga imtiyozli shartlarda lizing asosida yetkazib berish boʻyicha takliflarni ishlab chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.
2021-yil oktabr
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi, “Agrolizing” AJ, boshqa vazirlik va idoralar
7.
Yangi yaratilayotgan oʻzbek milliy vinochilik brendi mahsulotlarini targʻib qilish maqsadida Buxoro, Samarqand, Toshkent va Fargʻona viloyatlarida enoturizm yoʻnalishlarini yoʻlga qoʻyish.
Soha korxonalari tomonidan sifatli, sanoatbop uzum xom ashyosidan oʻzbek milliy vinochilik brendi mahsulotlarini yaratish hamda turistik yoʻnalishlariga kiritish va OAVda targʻibot ishlarini amalga oshirish.
2022-yil davomida
Turizm va sport vazirligi, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, tadbirkorlik subyektlari
71.
Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarida joylashgan yertoʻlalarni Agentlik balansiga oʻtkazish choralarini koʻrish.
Toshkent shahri, Abay koʻchasi, 6-uy manzilida, Samarqand shahri, Dahbed koʻchasi, 18-uy manzilida, Buxoro shahri, B. Naqshband koʻchasi, raqamsiz uyda joylashgan yertoʻlalarni Agentlik balansiga oʻtkazish va ularni Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan rekonstruksiya qilish.
2021-2022-yillar
Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi, Samarqand, Buxoro viloyatlari va Toshkent shahar hokimligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Tadbirkorlik subyektlari
8.
Mahalliy vinochilik mahsulotlari (vino xom ashyosi, konyak distillyati
va uzum konsentrati) saqlash sifatini xalqaro meʼyorlar talablariga muvofiqlashtirish hamda eksportni taʼminlash maqsadida zanglamas metalldan tayyorlangan oziq-ovqatga moʻljallangan vagon-sisternalar parkini yangilash choralarini koʻrish.
1. Zanglamas metalldan tayyorlangan vagon-sisternalarni xatlovdan oʻtkazish.
2. Zanglamas metalldan tayyorlangan vagon-sisternalarga boʻlgan ehtiyojni shakllantirish.
3. Ishlab chiqaruvchi xorijiy korxonalar bilan shartnomalar tuzilishini taʼminlash.
4. Tuzilgan shartnomalarga asosan mablagʻlar manbaini aniqlash va moliyalashtirilishini taʼminlash.
Transport vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi
9.
Uzum va undan tayyorlangan mahsulotlar eksport geografiyasini kengaytirish va bunda yirik importyor hamda geografik jihatdan yaqin joylashgan davlatlarga alohida eʼtibor qaratish.
1. Uzumchilik ustuvor hisoblangan tashqi bozorlarda chuqur marketing tadqiqotlarini olib borish. Bunda, Rossiya Federatsiyasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Hindiston va arab davlatlari kabi yirik bozorlarda mustahkam oʻrin egallash maqsadida elchilarning savdo masalalari boʻyicha maslahatchilari asosiy eʼtiborini respublikada uzumchilik yoʻnalishini qoʻllab-quvvatlashga qaratish.
2. Eksport qilinadigan mahsulotlarni karantin talablariga javob beradigan holatga keltirish yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
2021-yil oktabr
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi
10.
Xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, milliy mahsulotlarni tashqi bozorlarda ommalashtirish maqsadida Xitoy, Latviya, Koreya, JAR, Rossiya va boshqa vinochilikda ilgʻor davlatlarda oʻtkaziladigan xalqaro koʻrgazma va yarmarkalarda soha korxonalarining ishtirokini taʼminlash.
1. Sohaga oid xalqaro koʻrgazmalar va yarmarkalar roʻyxatini shakllantirish.
2. Ushbu tadbirlarda soha korxonalarining ishtirokini taʼminlash.
3. Erishilgan natijalar toʻgʻrisida tegishli mutasaddi idoralarga maʼlumotlar kiritib borish.
2021-2022-yillar
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi, tadbirkorlik subyektlari
11.
Respublikada uzumchilik sohasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlar bilan xorijiy korxonalar vakillari, salohiyatli investorlar, ekspertlarni yaqindan tanishtirish choralarini koʻrish.
2022-yil oktabr oyidan boshlab har yili mahalliy va xorijiy korxona vakillari, ekspertlar va tarmoqqa aloqador boshqa mutaxassislarni jalb qilgan holda, uzumchilik va alkogol xalqaro savdo koʻrgazmasini (“UzEnoWeek-2022”) tashkil qilish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
2021-yil oktabr
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi
12.
Maishiy chiqindilar tarkibidagi shisha idishlarni yigʻib olib, xom ashyo sifatida qayta ishlashga yoʻnaltirish.
1. Hududlardagi maishiy chiqindilarni yigʻish shoxobchalarida shisha idishlar yigʻish uchun maxsus rangli konteynerlar oʻrnatish boʻyicha takliflar tayyorlash.
2. Shisha chiqindilarini yigʻish va qayta ishlashga yoʻnaltirishni tashkil qilish boʻyicha manzilli dasturni ishlab chiqib, tasdiqlash.
2021-2022-yillar
Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
13.
Qonunga xilof ravishda tayyorlangan, sifatsiz alkogol va tamaki mahsulotlarini aniqlash hamda aholi oʻrtasida tarqatilishining oldini olishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
Bunda qonunga xilof ravishda, sifatsiz alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va uning realizatsiyasiga qarshi kurashda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish va huquqbuzarliklar haqida xabar bergan subyektlarni ragʻbatlantirish.
Noqonuniy ishlab chiqarilgan va (yoki) realizatsiya qilinayotgan alkogol va tamaki mahsulotlarini aniqlash boʻyicha jamoatchilik nazoratini taʼminlovchi maxsus “asllik belgisi” dasturiy (mobil) ilova orqali xabardor qilish sxemasi”ni amalga oshirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. Bunda:
noqonuniy ishlab chiqarilgan va (yoki) realizatsiya qilinayotgan mahsulotni aniqlash boʻyicha jamoatchilik nazoratini taʼminlovchi maxsus “asllik belgisi” dasturiy (mobil) ilova orqali berilgan xabar natijasida qonunbuzish holati aniqlanib, qoʻllanilgan jarima summasini mahalliy budjetga, qoida buzilishini aniqlagan fuqaroni hamda holatni rasmiylashtirgan vakolatli organ xodimini ragʻbatlantirishga va Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltirish boʻyicha takliflar tayyorlash.
Doimiy
Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari
14.
Alkogol mahsulotlarining qonunga xilof ravishda ishlab chiqarilishi va aylanmasiga qarshi kurashni kuchaytirish, aholining salomatligini himoya qilish va davlat budjeti tushumini toʻliq taʼminlash maqsadida etil spirti, alkogolli va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish harakatlari uchun sanksiyani kuchaytirish boʻyicha taklif ishlab chiqish.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasig? k?ritish.
2021-yil oktabr
Davlat soliq qoʻmitasi, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi
15.
Davlat himoyasiga olingan tarixiy qimmatlikka ega qadimiy vinolar toʻplamini (kolleksiyasi), yillar davomida shakllangan milliy vinochilik anʼanalarini saqlab qolish va rivojlantirish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish toʻgʻrisida” 2021-yil 11-fevraldagi PF-6167-sonli Farmoniga asosan tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan “Xovrenko nomidagi Samarqand vino kombinati”, “Shahrisabz vino-aroq”, “Toshkent vino kombinati” hamda “Konvin” aksiyadorlik jamiyatlarining davlat ulushlari va mavjud yer maydonlarini kelgusida soha yoʻnalishini saqlab qolish va rivojlantirish sharti bilan savdoga chiqarish.
2021-yil
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi
16.
Yangidan tashkil etiladigan bogʻ va tokzorlarning toza navli va viruslardan xoli koʻchatlar asosida yaratilishini taʼminlash
Respublikada yetishtiriladigan va sotiladigan mevali daraxtlar hamda tok koʻchatlarining nav tozaligi va viruslardan xoliligini tasdiqlovchi sertifikatlash tizimini joriy etish va faqat sertifikatlangan koʻchatlarni sotish va ekishga ruxsat berish, shuningdek, faqat sertifikatlangan koʻchatlarga bank kreditlarini ajratish tartibini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
2021-yil oktabr
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi
17.
Uzumchilik xoʻjaliklarida zamonaviy agrotexnik chora-tadbirlarni amaliyotga joriy qilgan holda sifatli mahsulot yetishtirilishini taʼminlash
Har 10 gektardan kam boʻlmagan uzumchilik xoʻjaliklarida kamida 1 nafar oliy maʼlumotli agronom shtatining joriy qilinishini taʼminlash
2021-2022-yillar
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi
18.
Hududlarda tegishli infratuzilmaga ega boʻlgan “Enoturizm” faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun salohiyatli tadbirkorlarni jalb etish.
Hududlarda tegishli infratuzilmaga ega boʻlgan “Enoturizm” faoliyatini yoʻlga qoʻyadigan tadbirkorlik subyektlarini aniqlash;
Hududlarda “Enoturizm” faoliyatini yoʻlga qoʻyish.
2021-2022-yillar
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Turizm va sport vazirligi, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi
19.
Respublikada ishlab chiqarilgan vinochilik mahsulotlarini oʻzbek brendi ostida ommalashtirish maqsadida xorijda “Oʻzbekiston vinolari” savdo tarmoqlarini tashkil etish choralarini koʻrish.
Xorijiy mamlakatlarda respublikada ishlab chiqarilgan vinochilik mahsulotlaridan iborat “Oʻzbekiston vinolari” savdo tarmoqlarini tashkil etish.
2021-2022-yillar
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi
20.
Uzum koʻchatlarini ekish va yetishtirish boʻyicha ilmiy-amaliy qoʻllanma ishlab chiqish.
Hududlarning tabiiy iqlim sharoiti, tuproq tarkibini tahlil qilgan holda sovuqqa chidamli hosildor va bozorbop uzum koʻchatlarini ekish va yetishtirish boʻyicha ilmiy-amaliy qoʻllanma ishlab chiqish.
2022-yil 1-noyabr
Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi
21.
Koʻchatchilik komplekslarini barpo etish.
Samarqand viloyatida 80 gektar, Jizzax viloyatida 50 gektar, Qashqadaryo viloyatida 50 gektar va Toshkent viloyatida 20 gektar koʻchatchilik komplekslarini barpo etish.
2021-2022-yillar
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi
22.
Uzumchilik sohasida xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.
Uzumning hosildorligi yuqori, sovuqqa va kasallikka chidamli hamda danaksiz yangi navlarini yaratish boʻyicha ilgʻor xorijiy mamlakatlar, jumladan Rossiya Federatsiyasi, Chili, Turkiya, Italiya va boshqa mamlakatlarning ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.
2021-2022-yillar
Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 06/24/151/0764-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi PQ-5200-son qaroriga
5-ILOVA
Alkogol va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda tayyorlash va ularning aylanmasiga qarshi kurashish
KENGASHI TARKIBI
1.
Lavozimi boʻyicha
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori oʻrinbosari — Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi, Kengash raisi
2.
Sh.D. Kudbiyev
—
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi raisi
3.
Sh.N. Rahmonov
—
ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari
4.
A.Ya. Xaydarov
—
iqtisodiyot va moliya vazirining oʻrinbosari
5.
A.R. Jumanazarov
—
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori
6.
I.M. Muxtorov
—
Bojxona qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari
7.
Lavozimi boʻyicha
—
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi
8.
Lavozimi boʻyicha
—
Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi boshligʻi, Kengash kotibi
Izoh: Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga mazkur lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
(5-ilovaning matni Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2024-y., 06/24/84/0400-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi PQ-5200-son qaroriga 6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 23-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4787-son qarorida:
b) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi TUZILMASI
Direktor
Yordamchi
1
Degustatsiya komissiyasi
Direktor oʻrinbosari
Sohaga innovatsiyalarni joriy qilish boʻyicha direktor oʻrinbosari
Tarmoqni strategik rejalashtirish va moliyaviy menejment boʻlimi
4
Alkogol va tamaki bozorini nazorat qilish va ularning aylanmasi tahlili boshqarmasi
5
Uzumchilikni rivojlantirish va agrotexnologiyalarni joriy qilish boʻlimi
4
Sanoat korxonalari faoliyatini muvofiqlashtirish va standartlashtirish boʻlimi
5
Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi
3
Komplayens nazorati boʻyicha bosh mutaxassis
1
Resurs tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va raqamlashtirish boʻlimi
3
Litsenziyalar reyestrini yuritish va monitoringi boʻlimi
3
Buxgalteriya hisobi va hisoboti boʻlimi
2
Tashqi iqtisodiy faoliyat, eksport va logistikani rivojlantirish boʻlimi
3
Axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy qilish boʻlimi
3
Ilm-fan yutuqlari va innovatsiyalarni joriy qilish boʻlimi
3
Ishlar boshqarmasi
1
Investitsiyalarni jalb qilish va tarmoq loyihalarini amalga oshirish boʻlimi
4
Etil spirtining sifatini aniqlash boʻyicha laboratoriyalar*
Ijro nazorati va murojaatlar bilan ishlash boʻlimi
2
Savdo va marketingni rivojlantirish boʻlimi
2
Yuridik byuro
2
“Uzumchilik oʻquv markazi” DUK
Xodimlar bilan ishlash boʻyicha bosh mutaxassis
1
Maxsus ishlar boʻyicha bosh mutaxassis
1
Matbuot kotibi
1
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 57 nafar.”
2. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 481-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi qoshidagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomda:
“maydoni 10 gektardan ziyod bogʻlarda va xoʻraki, kishmishbop uzum plantatsiyalarida suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish boʻyicha vakolatli organlar tomonidan beriladigan tegishli ruxsatnomaga asosan suv chiqarish uchun burgʻilangan quduqni, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv havzalaridan suvni tortish uchun nasos stansiyasini qurishga har 35 gektar uchun har bir metri uchun 600 ming soʻmdan, ammo 120 million soʻmdan oshmaydigan miqdorda”;
quyidagi mazmundagi oltinchi — oʻninchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“yangi bogʻ va xoʻraki, kishmishbop uzum plantatsiyalarida tomchilatib sugʻorish texnologiyalarini joriy qilish, burgʻilangan quduq, shuningdek, daryolar, kanallar hamda boshqa suv havzalaridan suvni tortishga nasos stansiyasini qurish ishlarini loyihalashtirish xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida har bir loyihaga 10 million soʻmgacha;
aholi yashash punktlaridan uzoq hududlarda joylashgan 10 gektardan kam boʻlmagan lalmi va foydalanishdan chiqqan yerlarda mevali bogʻlar va xoʻraki, kishmishbop uzum plantatsiyalarini tashkil etish uchun qayta tiklanuvchi, muqobil elektr energiyasi (quyosh, suv, shamol) bilan taʼminlash uskunalarini sotib olish xarajatlarning 50 foizigacha, biroq 100 million soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorda;
mahalliy sharoitda “in-vitro” usulida yetishtirilgan har bir dona xoʻraki, kishmishbop tok koʻchati va payvandtagli tok koʻchati uchun 5 ming soʻm miqdorida;
xoʻraki va kishmishbop tok koʻchatlarini shpalerga (yogʻoch va boshqa sinuvchan ustunlardan tashqari) koʻtarish xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida bir dona shpalerga 15 (oʻn besh) ming soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorda;
mayiz quritish va qadoqlash liniyalarini xarid qilish xarajatlarining 20 foizi, lekin 300 million soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorda”;
3. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-noyabrdagi 753-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligining Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomda:
“yaratilayotgan har 10 gektar yer maydonidagi texnik navli uzum plantatsiyalariga suv chiqarish uchun burgʻulash qudugʻi, sugʻorish uchun daryolar, kanallar va boshqa suv havzalaridan suv chiqarish uchun nasos stansiyasini qurishga har bir metri uchun 600 ming soʻmdan, ammo 120 million soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorda Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining tegishli dalolatnomasiga asosan ajratiladi;
mahalliy sharoitda “in-vitro” usulida yetishtirilgan har bir dona texnik navli tok koʻchati va payvandtagli tok koʻchati uchun 5 ming soʻm miqdorida ajratiladi”;
quyidagi mazmundagi yettinchi — oʻninchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“texnik navli uzum plantatsiyalarida tomchilatib sugʻorish texnologiyalarini joriy qilish, burgʻilangan quduq, shuningdek, daryolar, kanallar hamda boshqa suv havzalaridan suvni tortishga nasos stansiyasini qurish ishlarini loyihalashtirish xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida har bir loyihaga 10 million soʻmgacha miqdorda ajratiladi;
aholi yashash punktlaridan uzoq hududlarda joylashgan 10 gektardan kam boʻlmagan lalmi va foydalanishdan chiqqan yerlarda texnik navli uzum plantatsiyalarini tashkil etish uchun qayta tiklanuvchi, muqobil elektr energiyasi (quyosh, suv, shamol) bilan taʼminlash maqsadida talab etiladigan uskunalarni sotib olish xarajatlarning 50 foizigacha, biroq 100 million soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorda ajratiladi;
mahalliy ishlab chiqaruvchi klasterlar tomonidan eksport qilingan har bir litr uzum va meva-rezavorlardan tayyorlangan tabiiy ravishda achitilgan tabiiy vino (etil spirti qoʻshilmagan holda) hamda brendi uchun 5 (besh) ming soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdorda ajratiladi;
vinochilik asbob-uskunalarini xarid qilish xarajatlarining 20 foizi, lekin 300 million soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorda ajratiladi”.