1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.01.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni aniqlash va joylashtirish;
2.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.05.00 Mehribonlik (bolalar) uylari. Bolalar shaharchalari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, turarjoylar bilan taʼminlash, ularni oilaviy bolalar uylariga joylashtirish, hayotga tayyorlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joy bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
yetim bola va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning uy-joyga boʻlgan huquqini taʼminlash hamda hisobini yuritish tartibi;
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun uy-joylar ajratish va xarid qilish tartibi;
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar tomonidan ijaraga olingan uy-joylarning ijara toʻlovlarini toʻlab berish tartibi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-sentabrdagi 587-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2025-y., 09/25/587/0836-son)
2. Belgilansinki, 2022-yil 1-yanvardan boshlab:
a) yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning uy-joyga muhtojligi “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlanadi;
b) yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni farzandlikka, vasiylikka (homiylikka, patronatga) olish “Vasiylik va homiylik” elektron platformasi orqali onlayn murojaatga asosan amalga oshiriladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Ijtimoiy himoya milliy agentligi) har yili 1-sentabrga qadar Davlat budjeti parametrlarida yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joy bilan taʼminlash uchun zarur mablagʻlar ajratilishini taʼminlash maqsadida Iqtisodiyot va moliya vazirligiga keyingi yil uchun uy-joyga muhtoj boʻlgan yetim bolalar hamda ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritib borsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 313-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2024-y., 09/24/313/0426-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab:
respublika iqtisodiyot tarmoqlarining ehtiyojiga muvofiq “Ijtimoiy ish” bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha “Vasiylik” va “Homiylik” sohasi boʻyicha oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlash;
“Amaliy psixologiya”, “Yoshlar psixologiyasi”, “Ijtimoiy psixologiya” mutaxassisliklari boʻyicha oliy taʼlim muassasalariga qabul qilish parametrlarini oshirish choralarini koʻrsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bola huquqlarining kafolatlarini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 9-avgustdagi PF-6275-son Farmoni bilan tashkil etilgan Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiyaga:
a) quyidagilarni tasdiqlash uchun kiritsin:
oilaviy bolalar uylari tashkil etish tartibi va shartlari;
bolalarni oilaviy bolalar uyiga tarbiyalash uchun berish tartibi;
tarbiyalovchi ota-onalarning psixologik tayyorgarligi talablari, tarbiyalanuvchi bolalarning huquq va majburiyatlari;
oilaviy bolalar uylarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tartibi;
oilaviy bolalar uyida tarbiyalanayotgan bolalar huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyatlari hamda tuman (shahar) hokimliklari Bolalarni himoya qilish shuʼbalari vazifalari;
oila tarbiyasiga berilgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha monitoring tartibi.
b) xalqaro yoki xorijiy tashkilotlarning Oʻzbekistondagi vakolatxonalari bilan hamkorlikda quyidagilar boʻyicha taklif kiritsin:
bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash boʻyicha ilgʻor xalqaro tajribalar asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyatlari hamda tuman (shahar) hokimliklari Bolalarni himoya qilish shuʼbalari xodimlarini tizimli ravishda malakasini oshirish, qayta tayyorlash;
bolalar huquqlarini himoya qilishning monitoring-nazorat tizimini yaratish;
Milliy komissiya huzurida tematik ishchi guruhlarni tashkil etish.
6. Ijtimoiy himoya milliy agentligi Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi hamda Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi bilan birgalikda:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 313-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2024-y., 09/24/313/0426-son)
a) “mahalla yettiligi” vakillarining yetim va ota-onasi qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni birinchi navbatda yaqin qarindoshlari tarbiyasiga berishga, ularga munosib oila topish boʻyicha masʼuliyatini oshirish, oilaviy bolalar uyiga taqsimlangan bolalar holidan doimiy ravishda xabar olish;
tashkil etilgan oilaviy bolalar uylarining ijtimoiy ahvoli, bolalarning oilaga moslashuvi, uy xoʻjaligini yuritish va ulardagi boshqa jamoaviy munosabatlarning shakllanishida mahalla fuqarolar yigʻini raislari, mahalladagi ijtimoiy xodim va xotin-qizlar faollari doimiy ravishda ijtimoiy moslashuv monitoringini yuritish tizimini yoʻlga qoʻysin.
(6-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 313-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2024-y., 09/24/313/0426-son)
b) ijtimoiy yetimlikning oldini olish maqsadida har bir oiladagi moddiy-maʼnaviy muhitni doimiy oʻrganib borish, muhtojlarga koʻmak berish tizimini yoʻlga qoʻyish choralarini koʻrsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 313-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2024-y., 09/24/313/0426-son)
8. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev, xalq taʼlimi vaziri Sh.X. Shermatov, oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.X. Toshkulov hamda moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 25-oktabr,
656-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-son qaroriga 1-ILOVA
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joy bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisida
1. Ushbu Nizom yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joy bilan taʼminlash, shuningdek, ular tomonidan shartnoma asosida ijaraga olingan uy-joylarning ijara toʻlovlarini toʻlash tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-sentabrdagi 587-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2025-y., 09/25/587/0836-son)
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
yetim bola — otasi ham, onasi ham vafot etgan yoki ular sud qaroriga asosan vafot etgan deb eʼlon qilingan bola;
ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola — ota-onalik huquqidan mahrum qilinganligi, bedarak yoʻqolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilganligi, bolani tarbiyalashdan yoki uning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan boʻyin tovlaganligi, shu jumladan, uzrsiz sabablarga koʻra oʻz bolasini tugʻuruqxona yoki boshqa davolash muassasasidan, tarbiya, aholini ijtimoiy himoyalash muassasasi va shunga oʻxshash boshqa muassasalardan olishdan bosh tortganligi, tashlab (qoldirib) ketilgan yoki topib olinganligi sababli ota-onasi nomaʼlum boʻlgan, yolgʻiz (ota) ona vafot etgan ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 313-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2024-y., 09/24/313/0426-son)
uy-joyga muhtoj yetim bola va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola — oʻzlariga biriktirilgan turar joyga ega boʻlmagan va merosxoʻr va mol-mulkka egalik qilishning boshqa shakllari bilan nomida uy-joy boʻlmagan Mehribonlik uylari, “SOS — Oʻzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasining Bolalarni muqobil parvarish qilish xizmatlari, homiylik, oilaga tarbiyaga (patronat) berilgan, oilaviy bolalar uylari (keyingi oʻrinlarda — muqobil joylashtirish shakllari) yoki Respublika oʻquv-tarbiya muassasalarida (keyingi oʻrinda — oʻquv-tarbiya muassasasi) tarbiyalangan 18 yoshga toʻlgan yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan shaxslar;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 313-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2024-y., 09/24/313/0426-son)
merosxoʻr va mol-mulkka egalik qilishning boshqa shakllari bilan (biriktirilgan) nomida rekonstruksiya qilishga muhtoj uy-joy yoki uy-joy qurilishi uchun yer maydoni boʻlgan 18 yoshga toʻlgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan shaxslar;
uy-joyga order — uy-joyga muhtoj yetim bola va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolaga tuman (shahar) hokimligi tomonidan beriladigan mulkka egalik qilish huquqi asosida uy-joyga koʻchib kirish uchun asos hisoblanadigan belgilangan namunadagi rasmiy hujjat;
“onlayn-navbat” axborot tizimi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan yuritiladigan axborot tizimiga kiritilgan uy-joyga muhtoj yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasi;
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 313-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2024-y., 09/24/313/0426-son)
uy-joy — yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar yashashi uchun barcha zarur sharoitlarga ega boʻlgan (taʼmirlangan va jihozlangan (oshxona anjomlari, gaz plita, karavot, televizor, muzlatgich, stol-stul)), foydalanishga tayyor boʻlgan uy-joy.
3. Uy-joyga muhtoj boʻlgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar (keyingi oʻrinlarda matnda — yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar) ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda uy-joy bilan taʼminlanish huquqiga egadir.
31. Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga uy-joy ular joylashtirishning muqobil shakli boʻyicha joylashtirilgan yoki oʻquv-tarbiya muassasasiga yoʻnaltirilgan dastlabki joy yoxud tugʻilgan joy boʻyicha tuman (shahar) hududidan sotib olinadi.
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga uy-joy sotib olishda ular joylashtirishning muqobil shakli boʻyicha joylashtirilgan yoki oʻquv-tarbiya muassasasiga yoʻnaltirilgan dastlabki joy yoxud tugʻilgan joy boʻyicha mazkur Nizomda belgilangan mezonlarga javob beruvchi uy-joy mavjud boʻlmagan taqdirda, istisno tariqasida ularning roziligi asosida joylashtirishning muqobil shakli boʻyicha joylashtirilgan yoki oʻquv-tarbiya muassasasiga yoʻnaltirilgan dastlabki joy yoxud tugʻilgan joy boʻyicha boshqa tuman (shahar)dan uy-joy sotib olishga ruxsat beriladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-sentabrdagi 587-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2025-y., 09/25/587/0836-son)
32. Ushbu Nizomning 31-bandi ikkinchi xatboshisiga muvofiq uy-joy sotib olish uchun Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joy bilan taʼminlash tuman (shahar) komissiyalari (keyingi oʻrinlarda — tuman (shahar) komissiyalari)ning xulosasi asos hisoblanadi.
Bunda boshqa tuman (shahar)dan sotib-olinadigan uy-joyning bir kvadrat metrining narxi yetim bola va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolani joylashtirishning muqobil shakli boʻyicha joylashtirilgan yoki oʻquv-tarbiya muassasasiga yoʻnaltirilgan dastlabki joy yoxud ular tugʻilgan joydagi uy-joy uchun belgilangan bir kvadrat metrining eng yuqori narxidan oshib ketmasligi lozim.
33. 2026-yil 1-yanvardan boshlab turar joyga muhtojlar sifatida hisobda turgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga ular band boʻlgan yoki taʼlim olayotgan hududda ijara shartnomasiga muvofiq ijaraga olingan uy-joylarning ijara toʻlovlarini toʻlash tartibi joriy etiladi. Bunda:
mulk huquqi asosida uy-joy olish yoki ijara toʻlovlarini toʻlab berish yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning tanloviga muvofiq amalga oshiriladi;
ijara toʻlovlari Agentlikning Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 10 yilgacha muddatga, biroq yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar 30 yoshga kirgunga qadar toʻlanadi;
Toshkent shahrida ijara toʻlovlarining bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha boʻlgan qismi, viloyatlar markazlari va Nukus shahrida esa bazaviy hisoblash miqdorining 8 baravarigacha hamda qolgan hududlarda bazaviy hisoblash miqdorining 6 baravarigacha boʻlgan qismi toʻlab beriladi.
Mazkur bandga muvofiq ijara toʻlovlari toʻlab berilgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda mulk huquqi asosida uy-joy ajratilmaydi.
(32 va 33-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-sentabrdagi 587-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2025-y., 09/25/587/0836-son)
4. Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga uy-joylar Agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy boshqarmalar) tomonidan:
a) koʻchmas mulkning birlamchi bozoridagi koʻp kvartirali uylardagi turar joylar;
b) koʻchmas mulkning ikkilamchi bozoridagi koʻp kvartirali uylardagi turar joylar;
v) belgilangan narx doirasida yakka tartibdagi turar joy sotib olinadi.
Bunda uy-joyga muhtoj yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga:
uy-joylar tuman (shahar) komissiyalarining xulosasiga asosan ajratiladi;
(4-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-sentabrdagi 587-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2025-y., 09/25/587/0836-son)
tegishli tuman (shahar)da koʻchmas mulkning birlamchi bozorida mazkur Nizomning 24-bandida nazarda tutilgan mezonlarga mos keladigan uy-joylar mavjud boʻlmaganda, uy-joylar koʻchmas mulkning ikkilamchi bozoridan tegishli mezonlarga muvofiq holda xarid qilinadi;
uy-joylar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan Agentlikning hududiy boshqarmalari tomonidan xarid qilingan uylar hisobidan ajratiladi;
koʻchmas mulkning ikkilamchi bozoridagi koʻp kvartirali uylardagi turar joylar yoki yakka tartibdagi turar joy xarid qilinganda, uning narxi shu hududdagi koʻchmas mulkning birlamchi bozoridagi koʻp kvartirali uylardan umumiy maydoni mazkur Nizomning 24-bandida belgilangan mezonlardagi uy-joylar narxidan oshmasligi hamda tuman (shahar) komissiyalari tomonidan tanlangan qonunchilikda belgilangan tartibda baholovchi tashkilot tomonidan baholangan boʻlishi lozim.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
5. Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joylar bilan taʼminlash ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
6. Mazkur Nizomga asosan har bir yetim bola va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolaga uy-joy olish huquqi bir marta beriladi.
2-bob. Yetim bola va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning uy-joyga boʻlgan huquqini taʼminlash
7. Yetim bola va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning uy-joyga boʻlgan huquqni taʼminlash jarayonlarida ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari va Agentlikning hududiy boshqarmalari masʼul organ hisoblanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 313-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2024-y., 09/24/313/0426-son)
8. Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni muqobil joylashtirish shakllariga berishda, ularning yashash joyi boʻyicha uy-joyini bolada saqlab qolish kafolati belgilanadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 313-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2024-y., 09/24/313/0426-son)
9. Biriktirilgan uy-joyga ega boʻlgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar muqobil joylashtirish shakllarida va oʻquv-tarbiya muassasasida boʻlgan toʻliq davrda, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida xizmatni oʻtash davrida yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish muassasalarida boʻlgan davrida uy-joyga boʻlgan huquqini saqlab qoladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 313-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2024-y., 09/24/313/0426-son)
10. Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni muqobil joylashtirish shakllariga berishda yoki oʻquv-tarbiya muassasasida tarbiyalanayotgan davrida ota-onalar yoki boshqa shaxslar tomonidan sotib yuborilishi yoki boshqacha tarzda begonalashtirilishi natijasida bolalar mavjud uy-joydan mahrum boʻlgan holat aniqlangan taqdirda, Agentlikning hududiy boshqarmalari yoki bolaning qonuniy vakillari bitimni haqiqiy emas deb topish uchun sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilishlari shart.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 313-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2024-y., 09/24/313/0426-son)
11. Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uy-joyga muhtoj yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar roʻyxatida turganida yoki biriktirilgan uy-joyga ega boʻlganida, ularning yoshi 23 yoshdan katta boʻlmagan davrda, taʼlim muassasalarida, ijtimoiy uylarida, muqobil joylashtirish shakllarida boʻlgan yoki oʻquv-tarbiya muassasida boʻlgan toʻliq davrda, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida xizmatni oʻtash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish muassasalarida boʻlgan davrida meros boʻyicha hamda davlat tomonidan beriladigan uy-joy olishga va uni saqlab qolishga boʻlgan huquqini saqlab qoladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 313-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2024-y., 09/24/313/0426-son)
Bunda 23 yoshdan katta boʻlmagan davrda “onlayn-navbat” axborot tizimiga kiritilgan va uy-joy bilan taʼminlash huquqiga ega boʻlgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga ular 27 yoshga yetgunga qadar Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joy bilan taʼminlash tuman (shahar) komissiyalarining xulosasiga asosan uy-joy xarid qilinishi mumkin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-maydagi 294-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2025-y., 09/25/294/0419-son)
12. Quyidagi holatlardan birida, yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolaning ular oʻz hisobida saqlab turilgan meros huquqidagi uy-joyga qaytib borishi mumkin emas deb hisoblanadi:
a) meros huquqidagi uy-joyda quyidagi shaxslar yashayotgan taqdirda:
ota-onalik huquqidan mahrum etilganlar, jumladan, voyaga yetmagan bolalarning nomusiga tajovuz qilish yoki boshqa ogʻir jinoiy hatti-harakatlari uchun ota-onalik huquqidan mahrum etilgan shaxslar;
farzandlik, vasiylik (homiylik, patronat) majburiyatlarini bajarishdan ozod etilgan yoxud chetlashtirilgan shaxslar;
quyidagi kasalliklarga chalingan shaxslar:
I, II, V guruh dispanser hisobidagi barcha joylashinuv shaklidagi sil kasalliklari (faol va surunkali);
barcha joylashinuvli yomon sifatli onkologik kasalliklar;
tanosil kasalliklarining maishiy yoʻl bilan yuquvchi turlari (zaxm, soʻzak);
b) yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola hisobida saqlab turilgan uy-joydan u oʻquv-tarbiya muassasasida, farzandlik, vasiylik (homiylik, patronat) qaramogʻida boʻlgan davrida sotish va boshqacha tarzda begonalashtirish natijasida mahrum boʻlganligi, agar uy-joyni haqiqatda qaytarib olish boʻyicha sudning ijro etilgan qarori boʻlmasa;
v) yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolaning mustaqil hayotga kirishida ularning jamiyatga ijtimoiy moslashuviga toʻsqinlik qiladigan boshqa holatlar mavjud boʻlganda.
13. Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar muqobil joylashtirish shakllarida boʻlish muddatining tugashidan bir yil oldin yoki shu muddatda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan ularning qonuniy vakillari bilan birgalikda mazkur Nizomning 12-bandida koʻrsatilgan holatlar mavjudligini oʻrganadi.
Agar mazkur Nizomning 12-bandida koʻrsatilgan holatlarning biri yoki bir nechtasi mavjud boʻlgan taqdirda, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar yoki ularning qonuniy vakillari bilan birgalikda yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolani oʻz hisobida saqlab turilgan uy-joyiga qaytib borishining imkoni yoʻq deb topish hamda uni “onlayn-navbat” axborot tizimiga kiritish masalasini koʻrib chiqish uchun Agentlikning tegishli hududiy boshqarmalariga murojaat qiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 313-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2024-y., 09/24/313/0426-son)
14. Agentlikning hududiy boshqarmalari yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining yashash joyi boʻyicha oʻz hisobida saqlab turilgan uy-joyga qaytib borishiga toʻsqinlik qiladigan holatlar mavjudligi toʻgʻrisidagi murojaatni 10 ish kuni davomida koʻrib chiqadi va asoslantirilgan xulosa qabul qiladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 313-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2024-y., 09/24/313/0426-son)
15. Agentlikning hududiy boshqarmalari tomonidan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarda, ilgari unga band qilingan uy-joyga qaytib borishiga imkon bermaydigan yoki maqsadga muvofiq boʻlmagan holatlar mavjudligi toʻgʻrisida ijobiy xulosasi mavjud boʻlganda (muqobil joylashtirish shakllarida boʻlish yoki oʻquv-tarbiya muassasasida muddatining tugashiga qadar), “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari ularni “onlayn-navbat” axborot tizimiga kiritadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 313-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2024-y., 09/24/313/0426-son)
16. “Onlayn-navbat” axborot tizimiga muqobil joylashtirish shakllariga olingan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan kiritib boriladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 313-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2024-y., 09/24/313/0426-son)
17. “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari “onlayn-navbat” axborot tizimiga kiritilgan uy-joyga muhtoj yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar haqidagi barcha tegishli maʼlumotlar bazasini shakllantiradi, saqlaydi, maʼlumotlarni doimiy yangilab boradi.
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari zarur hollarda, uy-joyga muhtoj yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga tegishli maʼlumotlarni uy-joyga muhtoj yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar va ularning qonuniy vakillaridan soʻrab oladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 313-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2024-y., 09/24/313/0426-son)
18. “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari uy-joyga muhtoj yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ular muqobil joylashtirish shakllarida boʻlish hamda oʻquv-tarbiya muassasasida tarbiyalanishi muddatining tugashidan bir yil avval uy-joyga muhtojlar sifatida “onlayn-navbat” axborot tizimiga kiritadi.
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 313-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2024-y., 09/24/313/0426-son)
Uy-joyga muhtoj boʻlgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar muddatidan avval ham “onlayn-navbat” axborot tizimiga kiritilishi mumkin.
Muddatida “onlayn-navbat” axborot tizimiga kiritilmay qolib ketgan, uy-joyga muhtoj boʻlgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar ular 23 yoshga toʻlguniga qadar “onlayn-navbat” axborot tizimiga hududiy boshqarmalarning xulosasiga asosan kiritiladi.
(18-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-maydagi 294-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2025-y., 09/25/294/0419-son)
3-bob. Uy-joyga muhtoj boʻlgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning hisobini yuritish
19. Uy-joyga muhtoj boʻlgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar “onlayn-navbat” axborot tizimidan Agentlikning hududiy boshqarmalari tomonidan uy-joy bilan taʼminlanganligini yoki ushbu Nizomning 61-bobiga muvofiq ijara toʻlovlarini toʻlash boshlanganligini tasdiqlovchi tegishli maʼlumotlar (hujjatlar) “onlayn-navbat” axborot tizimiga biriktirilgandan soʻng chiqariladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-sentabrdagi 587-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2025-y., 09/25/587/0836-son)
20. Yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola quyidagi holatlarda “onlayn-navbat” axborot tizimidan chiqariladi:
ushbu Nizomning 61-bobiga muvofiq ijara toʻlovlarini toʻlash boshlanganda;
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-sentabrdagi 587-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2025-y., 09/25/587/0836-son)
hujjatlarda hisobga qoʻyishga asos boʻlgan maʼlumotlarning haqiqatga mos kelmasligi aniqlanganda.
21. Agentlikning hududiy boshqarmasi tomonidan yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola 3 kun muddat ichida “onlayn-navbat” axborot tizimidan chiqarilganligi toʻgʻrisida xabardor etiladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 313-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2024-y., 09/24/313/0426-son)
22. Yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola uni “onlayn-navbat” axborot tizimidan chiqarilishidan norozi boʻlgan taqdirda boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organiga yoki bevosita sudga shikoyat qilishi mumkin.
23. Uy-joyga muhtoj yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar roʻyxatining “onlayn-navbat” axborot tizimiga kiritilishi va doimiy yangilanishi ustidan nazorat Agentlik tomonidan amalga oshiriladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 313-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2024-y., 09/24/313/0426-son)
4-bob. Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun uy-joylar ajratish
24. Oʻzlariga biriktirilgan turar joyga ega boʻlmagan va turar joyga muhtojlar sifatida hisobda turgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga ular 18 yoshga toʻlgandan keyin koʻp kvartirali uy-joylardan umumiy maydoni 25 — 50 kvadrat metr oraligʻida boʻlgan, mazkur bolalar oʻrtasida nikoh tuzilgan hollarda, 50 — 70 kvadrat metr oraligʻida boʻlgan kvartiralar yoki mazkur kvartiralar narxidan ortiq boʻlmagan narxda yakka tartibdagi turar joy (hovli) ajratiladi.
(24-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
Agarda 18 yoshga toʻlgan uy-joyga muhtoj yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar oʻquv-tarbiya muassasasini tugatmagan hollarda, ushbu toifadagi bolalar oʻquv-tarbiya muassasasini tugatgan yilda uy-joy bilan taʼminlanadi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 313-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2024-y., 09/24/313/0426-son)
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar oʻrtasida nikoh tuzilgan holda oilaning ikkinchi aʼzosi ham uy-joy bilan taʼminlangan deb hisoblanadi va teng mulkiy huquqqa ega boʻladi.
Nogironligi boʻlgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar kvartiralar koʻp qavatli uylarning uchinchi qavatigacha ajratiladi.
25. Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga uy-joylar mulk huquqi asosida, biroq ular 30 yoshga toʻlgunga qadar uy-joyni sotish, hadya qilish yoki garovga qoʻyish yoxud ijaraga berish hamda uy-joyda oʻzi va oila aʼzolari (eri yoki xotini, farzandlari)dan tashqari boshqa fuqarolarni yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish ajratiladi.
(25-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Bunda yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolaning asoslantirilgan murojaati asosida tuman (shahar) komissiyalari tomonidan uy-joyning umumiy maydonini kengaytirish maqsadida mazkur bandda nazarda tutilgan talablarni saqlab qolish sharti bilan sotishga ruxsat beriladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
26. Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joy bilan taʼminlash jarayonida quyidagilar taqiqlanadi:
bitta koʻp kvartirali uy-joyning har bir kirish yoʻlagidagi kvartiralarda bir nafardan ortiq, agar kirish yoʻlagida kvartiralarning soni 10 tadan ortiq boʻlsa har 10 ta kvartiraga bir nafardan ortiq yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni joylashtirish (ular oʻrtasida nikoh tuzilgan hollar bundan mustasno);
(26-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
ikki va undan ortiq yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun koʻp kvartirali uy-joydan bitta kvartira ajratish (ular oʻrtasida nikoh tuzilgan hollar mustasno);
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun alohida koʻp qavatli uy-joylar qurish va bu yerda ularning barchasini joylashtirish;
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun yotoqxonalardan uy-joylar ajratish (xarid qilish);
koʻp kvartirali uylardagi turar joylarning mansarda va sokol qavatlaridan uy-joy xarid qilish.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoniga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
27. Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga uy-joylar tuman (shahar) hokimligi tomonidan ajratiladi hamda ushbu uy-joylar yashash uchun barcha zarur sharoitlarga ega boʻlgan (taʼmirlangan va jihozlangan) holda topshiriladi.
28. Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joylar bilan taʼminlashni tashkil etish, uy-joylarning adolatli taqsimlanishi va oʻz vaqtida ajratilishini nazorat qilish Agentlik tomonidan amalga oshiriladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 313-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2024-y., 09/24/313/0426-son)
29. Agentlik tomonidan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning uy-joy bilan taʼminlanishi holati haqidagi maʼlumotlar har oyda yangilanadi hamda rasmiy veb-saytda joylashtirib boriladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 313-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2024-y., 09/24/313/0426-son)
5-bob. Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun ajratiladigan uy-joylarni xarid qilish
30. Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga uy-joy xarid qilish va qurish (rekonstruksiya qilish) uchun talab etiladigan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratiladi.
31. Davlat budjeti parametrlarida Agentlik uchun ajratilgan mablagʻlar tarkibida alohida satrda mablagʻlar rejalashtirilib, keyinchalik haqiqiy talabdan kelib chiqqan holda Agentlikning hududiy boshqarmalariga qayta taqsimlash orqali yoʻnaltiriladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 313-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2024-y., 09/24/313/0426-son)
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 313-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2024-y., 09/24/313/0426-son)
33. Ushbu mablagʻlar Agentlikning hududiy boshqarmalari tomonidan belgilangan tartibda oldi-sotdi shartnomasiga asosan uy-joyni balansda saqlovchining hisobraqamiga yoki uy-joy egasining bank omonat hisobraqamiga hamda qurilish pudrat tashkiloti hisobraqamiga pul oʻtkazish yoʻli bilan oʻtkazib beriladi.
taʼmirlash va jihozlash bilan bogʻliq xarajatlar tegishli tuman (shahar) mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari va Ijtimoiy himoya milliy agentligining Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi hisobidan;
(33-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
uy-joyni baholash va unga boʻlgan huquqlarni rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlar mazkur Nizomning 31-bandida belgilangan mablagʻlar hisobidan qoplanadi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 313-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2024-y., 09/24/313/0426-son)
6-bob. Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga uy-joy berish
34. Agentlikning hududiy boshqarmalari uy-joy berish toʻgʻrisidagi qarorini (buyruqni) qabul qiladi va tuman (shahar) hokimligiga yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga ushbu Nizomga 2-ilovada belgilangan namunadagi orderni berish uchun yuboradi. Bunda tuman (shahar) hokimligi qaror (buyruq) kelib tushgan kundan boshlab bir ish kunida yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga orderni rasmiylashtiradi va Agentlikning hududiy boshqarmalariga yuborilishini taʼminlaydi. Mazkur order berilgan uy-joyga koʻchib kirish hamda rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi.
(34-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
(34-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
341. Agentlikning hududiy boshqarmalari tuman (shahar) hokimligi tomonidan order rasmiylashtirib berilgandan soʻng 5 ish kuni mobaynida ushbu uy-joyni yetim bola va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolaga belgilangan tartibda rasmiylashtirib berilishini taʼminlaydi.
(341-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 313-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2024-y., 09/24/313/0426-son)
35. Orderda yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolaning ismi-sharifi va otasining ismi, oilaviy ahvoli, yoshi, tuman (shahar) hokimligi tomonidan ajratilgan uy-joyning maydoni va toʻliq manzili koʻrsatiladi.
36. Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga meros va boshqacha tarzda biriktirilgan mol-mulkini qurish (rekonstruksiya qilish) orqali uy-joy ajratilishi toʻgʻrisidagi order berilgan taqdirda, order rasmiylashtirilgan vaqtdan boshlab olti oy ichida qurib bitkaziladi, mazkur Nizomning 2-bandiga asosan jihozlanadi va belgilangan tartibda topshiriladi.
37. Qurish yoki rekonstruksiya qilish orqali uy-joy berilishida mazkur Nizomning 2-bandiga asosan umumiy maydoni 30 — 50 kvadrat metr oraligʻida boʻlgan uy-joy qurib yoki rekonstruksiya qilib beriladi.
Bunda, qurilish yoki rekonstruksiya qilish hamda jihozlash xarajatlari tegishli hududdagi bir xonali uyning va jihozlarning oʻrtacha narxidan koʻp boʻlishi mumkin emas.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-oktabrdagi 640-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/640/0791-son)
39. Order asosida olingan uy-joylar yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola nomiga rasmiylashtiriladi va 30 yoshga toʻlguniga qadar uy-joyni sotishga, almashtirishga yoki boshqacha turdagi begonalashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(39-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 313-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2024-y., 09/24/313/0426-son)
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola ruhiy kasalliklar boʻyicha yoki narkologiya boʻyicha dispanser hisobida turgan taqdirda uy-joyni sotish, almashtirish yoki boshqacha turdagi begonalashtirish qoʻshimcha ikki yil muddatga uzaytiriladi.
40. Uy-joyga muhtoj sifatida roʻyxatga turish va uy-joy bilan taʼminlanish davri oraligʻida ikki yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola oʻrtasida oʻzaro nikoh shartnomasi tuzilgan taqdirda, tomonlarning murojaatiga koʻra, istisno tariqasida, ularning biriga mazkur Nizomning 24-bandida belgilangan mezonlardagi uy-joy ajratiladi.
(40-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
(40-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
42. Yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola u muqobil joylashtirish shakllarida boʻlish yoki oʻquv-tarbiya muassasasida tarbiyalanish muddatining tugayotgan yilning oxiriga qadar boʻlgan muddatda uy-joylar bilan taʼminlanadilar, ushbu nizomning 9-bandidagi holatlar bundan mustasno.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 313-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2024-y., 09/24/313/0426-son)
43. Agentlikning hududiy boshqarmalari tomonidan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola uchun sotib olingan va jihozlangan uy-joy faqat shaxsiy foydalanishda boʻlishi lozim. Uydan boshqa shaxslar foydalanishi, uyni ijaraga berilishi, har qanday koʻrinishdagi begonalashtirilishi oʻrnatilgan tartibda taʼqiqlanadi.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 313-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2024-y., 09/24/313/0426-son)
44. Uy-joyni qabul qilib oluvchi yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola mavjud ijtimoiy muhitga moslashishi, uy-joydan belgilangan sanitar va texnik talablar asosida foydalanishi, undan noqonuniy maqsadlarda foydalanmasligi, kommunal toʻlovlarini vaqtida toʻlab borishi, jamiyatda oʻz oʻrnini topish va barqaror shaxsiy daromad manbaiga ega boʻlish va jamiyatning boshqa ijtimoiy normalariga rioya qilishi talab etiladi.
45. Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolaning yangi joydagi ijtimoiy moslashuvi ularga uy-joy berilgan yildan boshlab dastlabki uch yil davomida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan bir yilda kamida ikki marta yetim bola xonadoniga tashrif buyurish orqali oʻrganib boriladi.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 313-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2024-y., 09/24/313/0426-son)
46. Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolaning ajratilgan uy-joyda yashashi, ijtimoiy hayotga moslashishida qiyinchiliklar aniqlangan taqdirda, unga “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari va mahalla organi faollari bilan birgalikda ijtimoiy-psixologik yordam koʻrsatiladi.
(46-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 313-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2024-y., 09/24/313/0426-son)
47. Uy-joyga muhtoj sifatida hisobga qoʻyilgan hamda uy-joy bilan taʼminlangan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar toʻgʻrisidagi yillik maʼlumotlar Agentlikning hududiy boshqarmalari Agentlikka va tuman (shahar) hokimliklari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga hisobot yilidan keyingi yilning 20-yanvarigacha, oʻz navbatida, Agentlik va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Statistika agentligiga hisobot yilidan keyingi yilning 25-yanvarigacha taqdim etilishi lozim.
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 313-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2024-y., 09/24/313/0426-son)
61-bob. Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar tomonidan ijaraga olingan uy-joylarning ijara toʻlovlarini toʻlash tartibi
471. Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar tomonidan ijaraga olingan uy-joylarning ijara toʻlovlarini toʻlash ushbu Nizomga 3-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
472. “Onlayn-navbat” axborot tizimiga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar ular tomonidan ijaraga olingan uy-joylarning ijara toʻlovlarini toʻlash boʻyicha “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga bevosita borgan holda yoki “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimidagi “Uy-joy ijarasi” axborot moduli (keyingi oʻrinlarda — “Uy-joy ijarasi” axborot moduli) orqali ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq namunadagi ariza bilan elektron shaklda murojaat qiladi.
Bunda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga bevosita borgan holda murojaat qilinganida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimi “Uy-joy ijarasi” axborot modulida yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola nomidan elektron arizani shakllantiradi.
473. Yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola quyidagi shartlarga bir vaqtda javob bergan taqirda, unga ijaraga olingan uy-joyning ijara toʻlovi toʻlanadi:
yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolaga ushbu Nizomga muvofiq mulk huquqi asosida uy-joy ajratilmagan boʻlsa;
yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola va uy-joyni ijaraga beruvchi oʻrtasida tuzilgan ijara shartnomasi soliq organlarida hisobga qoʻyilgan boʻlsa;
oliy taʼlim tashkilotlarida oʻqiyotgan yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola tegishli oliy taʼlim tashkilotining yotoqxonasiga joylashmagan yoki ijara xarajatlari uchun kompensatsiya olmayotgan boʻlsa (ijara toʻlovlari taʼlim ehtiyojidan kelib chiqqan holda toʻlanishi soʻralganda);
bandligi taʼminlangan yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola bilan tuzilgan mehnat shartnomasi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlsa (ijara toʻlovlari bandlik ehtiyojidan kelib chiqqan holda toʻlanishi soʻralganda).
474. Quyidagi maʼlumotlar “Uy-joy ijarasi” axborot moduli tomonidan “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali avtomatik ravishda aniqlanadi:
yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolaning shaxsini tasdiqlovchi hujjat haqidagi maʼlumotlar;
yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola hamda ish beruvchi oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomasi toʻgʻrisidagi maʼlumot (ijara toʻlovlari bandlik ehtiyojidan kelib chiqqan holda toʻlanishi soʻralganda);
yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolaning oliy taʼlim tashkilotida oʻqiyotganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot (ijara toʻlovlari taʼlim ehtiyojidan kelib chiqqan holda toʻlanishi soʻralganda);
ijara shartnomasining soliq organlarida hisobga qoʻyilganligi haqidagi maʼlumot.
475. Quyidagi holatlarda ijara toʻlovlarini toʻlash boʻyicha ariza rad etiladi:
ijaraga olingan uy-joy joylashgan hudud yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolaning rasmiy band boʻlgan yoki oʻqiyotgan oliy taʼlim tashkiloti joylashgan hududdan farq qilganida, bundan bir maʼmuriy-hududiy birlik tarkibidagi tuman (shahar)lar oʻrtasidagi farq mustasno;
yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola va ijaraga beruvchi oʻrtasida tuzilgan ijara shartnomasi soliq organlarida hisobga qoʻyilmagan boʻlsa.
Arizachi uning ijara toʻlovlarini toʻlash boʻyicha arizasi rad etilganligi toʻgʻrisida 1 ish kunida SMS-xabarnoma yuborish orqali xabardor qilinadi.
476. Arizani shakllantirish jarayonida arizachi ushbu Nizomning 473-bandida belgilangan shartlarga javob bergan taqdirda, mazkur ariza “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori tomonidan elektron raqamli imzo orqali tasdiqlanadi va bu toʻgʻrisida arizachi 1 ish kunida SMS-xabarnoma orqali xabardor qilingan holda toʻlovlarni amalga oshirish uchun Agentlikning Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasiga yuboriladi.
Bunda toʻlovlar Agentlikning Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan avtomatik shakllantiriladigan elektron toʻlov topshiriqnomalari asosida ijara shartnomasida koʻrsatilgan sanadan boshlab amalga oshiriladi.
477. Agentlikning Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi ijara shartnomasida koʻrsatilgan ijara toʻlovi miqdorini shartnomaning amal qilish muddati davomida oyma-oy ijaraga beruvchining bank kartasi yoki bank hisobvaragʻiga oʻtkazib boradi.
478. Uy-joyni ijaraga olgan yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolaning ushbu uy-joyda haqiqatda yashayotganligi holati mazkur hududga biriktirilgan mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan har uch oyda, ijara muddatining ikkinchi yilidan boshlab har olti oyda kamida bir marta monitoring qilinadi.
Monitoring jarayonida uy-joyni ijaraga olgan yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolaning ijaraga olingan uy-joyda yashamayotganligi aniqlangan taqdirda (sogʻliqni saqlash muassasalarida davolanayotgan, xizmat safarida boʻlgan holatlar bundan mustasno), mahalladagi ijtimoiy xodim “Uy-joy ijarasi” axborot modulida bu toʻgʻrisida dalolatnoma tuzadi va ijara toʻlovini toʻlashni toʻxtatish maqsadida uni 1 ish kunida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga tasdiqlash uchun kiritadi.
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori tomonidan ushbu dalolatnoma tasdiqlanganda, ijara toʻlovini toʻlash toʻxtatiladi.
479. Yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola amaldagi ijara shartnomasini bekor qilish haqida yashash joyidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazini ijara shartnomasi bekor qilinadigan kundan kamida 5 ish kuni oldin xabardor qilgan holda uy-joyini oʻzgartirishi mumkin. Bunda:
yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola yangi ijara shartnomasiga muvofiq ijara toʻlovini toʻlash toʻgʻrisida mazkur Nizomning 472-bandida belgilangan tartibda qayta ariza kiritadi;
arizani rad qilishga asoslar mavjud boʻlmagan taqdirda, ijara toʻlovini toʻlash oxirgi toʻlovdan keyingi oydan boshlab davom ettiriladi.
4710. Quyidagi hollarda ijara toʻlovini toʻlash bekor qilinadi:
yetim yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan shaxs 30 yoshga toʻlganda;
ijara toʻlovini toʻlash uchun belgilangan 10 yilgacha boʻlgan muddat tugaganda;
yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola vafot etganda, sud tomonidan vafot etgan deb eʼlon qilinganda yoki bedarak yoʻqolgan deb topilganda.
(61-bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-sentabrdagi 587-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2025-y., 09/25/587/0836-son)
48. Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar kollej, akademik litsey, texnikum va oliy taʼlim muassasalarida oʻqiyotgan davrida ularga ajratilgan uy-joylarda kommunal xizmatlarning meʼyoriy koʻrsatkichlari boʻyicha foydalanilgan kommunal xizmatlar uchun toʻlovlarning ellik foizi tegishli tuman (shahar) mahalliy budjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan kompensatsiya qilinadi.
Bunda, ajratilgan uy-joylarda foydalaniladigan kommunal xizmatlarning meʼyoriy koʻrsatkichlari tegishli tuman va shahar hokimliklari tomonidan belgilanadi.
(48-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
49. Berilgan orderlar, belgilangan talablar asosida uy-joy bilan taʼminlangunga qadar huquqiy kuchga ega boʻladi.
(50-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
51. Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga oʻz vaqtida uy-joy ajratilishi taʼminlanmagan yoki kechiktirish holatlari kuzatilgan taqdirda tegishliligi boʻyicha Agentlik hududiy boshqarmalari yoki tuman (shahar) hokimligiga tuman (shahar) prokuraturasi tomonidan qonun buzilishi, uning kelib chiqish sabablari va bunga imkoniyat yaratib berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan taqdimnoma kiritiladi.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
52. Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun uy-joylar berish va ulardan foydalanish bilan bogʻliq nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
(52-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
53. Mazkur Nizomda belgilangan chora-tadbirlar va muddatlarni oʻz vaqtida va sifatli ijro qilinishida sustkashlik va kamchiliklarga yoʻl qoʻygan mansabdor shaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Uquv-tarbiya muassasalari va “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joyga muhtoj sifatida “onlayn-navbat” axborot tizimiga kiritib boradi.
Bolani muqobil joylashtirish shakllarida boʻlish muddati tugashidan bir yil avval
2-bosqich
Agentlikning hududiy boshqarmalari
1. Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun uy-joy topadi va baholanishini tashkil etadi.
1. Yil davomida
2. Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun belgilangan tartibda uy-joy sotib oladi.
2. Uy-joy baholangandan keyin besh kun ichida
3. Uy-joy berish toʻgʻrisida qaror (buyruq) qabul qiladi va tuman (shahar) hokimligiga yuboradi.
3. Yetim bola va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola 18 yoshga toʻlgandan keyin
3-bosqich
Tuman (shahar) hokimligi
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolaga berilgan uy-joyga kirib yashashihamda rasmiylashtirishi uchun order beriladi.
Qaror (buyruq)kelib tushgan kundan boshlab bir ish kuni ichida
4-bosqich
Agentlikning hududiy boshqarmalari
Tuman (shahar) hokimliklari uy-joyni berish boʻyicha orderda koʻrsatilgan uyni yetim bolayoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola nomiga belgilangan tartibda rasmiylashtirib beradi.
Order olingan kundan boshlab 5 ish kuni mobaynida
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
Izoh. Order egasi 30 yoshga toʻlguniga qadar uy-joyni sotishga, almashtirishga yoki boshqacha turdagi begonalashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Ushbu order mazkur uy-joyni yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar nomiga rasmiylashtirish hamda uy-joyga koʻchib kirish uchun asos hisoblanadi.
(2-ilovaning izohi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-oktabrdagi 640-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/640/0791-son)
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joy bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisida Nizomga 3-ILOVA
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar tomonidan ijaraga olingan uy-joylarning ijara toʻlovlarini toʻlash
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Mexanizm
Muddatlar
1-bosqich
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar
Ijaraga olingan uy-joyning ijara toʻlovlarini toʻlash boʻyicha “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga bevosita borgan holda yoki “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimidagi “Uy-joy ijarasi” axborot moduli orqali ariza bilan elektron shaklda murojaat qiladi.
Oʻz xohishiga koʻra
2-bosqich
“Uy-joy ijarasi” axborot moduli
Quyidagi maʼlumotlar “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali avtomatik ravishda aniqlanadi:
yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolaning shaxsini tasdiqlovchi hujjat haqidagi maʼlumotlar;
yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola hamda ish beruvchi oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomasi toʻgʻrisidagi maʼlumot (ijara toʻlovlari bandlik ehtiyojidan kelib chiqqan holda toʻlanishi soʻralganda);
yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolaning oliy taʼlim tashkilotida oʻqiyotganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot (ijara toʻlovlari taʼlim ehtiyojidan kelib chiqqan holda toʻlanishi soʻralganda);
ijara shartnomasining soliq organlarida hisobga qoʻyilganligi haqidagi maʼlumot.
Ariza topshirilgan kunning oʻzida
3-bosqich
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari
1. Arizachi belgilangan shartlarga javob bergan taqdirda, ariza elektron raqamli imzo orqali tasdiqlanadi va bu toʻgʻrisida arizachini SMS-xabarnoma orqali xabardor qilgan holda toʻlovlarni amalga oshirish uchun Agentlikning Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasiga yuboradi.
2.Arizachi belgilangan shartlarga javob bermagan taqdirda, uning ijara toʻlovlarini toʻlash boʻyicha arizasini rad etadi va bu toʻgʻrisida SMS-xabarnoma yuborish orqali xabardor qiladi.
1 ish kunida
4-bosqich
Agentlikning Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi
Ijara shartnomasida koʻrsatilgan ijara toʻlovi miqdorini oyma-oy ijaraga beruvchining bank kartasi yoki bank hisobvaragʻiga oʻtkazib boradi.
Shartnomaning amal qilish muddati davomida
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joy bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisida Nizomga 4-ILOVA
___________________________________________
___________________________________________
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori
_________________________________________ga
(F.I.O.)
“Onlayn-navbat” axborot tizimida uy-joyga
muhtoj yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan
mahrum boʻlgan bolalar roʻyxatida turgan quyidagi
manzilda yashovchi fuqaro______________________
___________________________________________
Mahalla ___________________________________
Koʻcha (mavze) ________________________________
Xonadon ___________________________________
JSHSHIR __________________________________
tomonidan _________________________________
(ariza beruvchining F.I.O.)
ARIZA
Men ____________________________________________________________ (F.I.O.) ______ yil __________dan buyon “onlayn-navbat” axborot tizimida uy-joyga muhtoj yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar roʻyxatida turaman.
Men _____ yilda ishlash (oʻqish) uchun ______________________________ (hudud) kelganman va hozirda ___________________________________________________________ (ishlash / oʻqish joyi) vazifasida ishlab kelmoqdaman (tahsil olyapman). Meni uy-joyga muhtoj ekanligimni, oʻzimning yoki ota-onamning nomida uy-joy, rekonstruksiya qilishga muhtoj uy-joy yoxud uy-joy qurilishi uchun yer maydoni mavjud emasligini hamda bandlikka (taʼlimga) boʻlgan ehtiyojimni inobatga olib, _______________________________ (hudud), ____________ tumani (shahri), “_________________” MFY, ________________ koʻchasi, ________-uy / ________-xonadonga uy-joy egasi _________________________________________________________ (F.I.O.) bilan tuzilgan _______-son ijara shartnomasiga asosan ijara toʻlovlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlab berilishida amaliy yordam berishingizni soʻrayman.
Menga ijaraga olingan uy-joyning ijara toʻlovlari qonunchilikda belgilangan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlab berilgan taqdirda, qonunchilik hujjatlariga muvofiq mulk huquqi asosida uy-joy ajratilmasligidan xabardorman.
Murojaat qiluvchining imzosi: _______________
Sana: 20 _____ yil “_____” __________________
(3 va 4-ilovalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-sentabrdagi 587-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2025-y., 09/25/587/0836-son)
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarorining 2-ilovasidagi “Lavozimlar nomi” ustunining 2.3-pozitsiyasi “direktorining” soʻzlaridan keyin “birinchi oʻrinbosari va” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-avgustdagi 451-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2022-y., 09/22/451/0743-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-sonli qaroriga asosan 3-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 09/24/893/1088-son)
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 367-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
5. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi nizomning 39-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar davlat tasarrufidagi maktablarga navbatga qoʻyilmagan holda joylashtiriladi”.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
7. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1013-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 12-son, 299-modda) bilan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar matnlari hamda zarur boʻlgan taqdirda ularga tegishli axborot-tahliliy materiallar elektron shaklda yuboriladigan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning roʻyxatida:
a) “6. Markazlar” boʻlimining 5-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) “12. Boshqa tashkilotlar” boʻlimi quyidagi mazmundagi 5-band bilan toʻldirilsin:
“5. Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi”.
8. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-martdagi 244-son qarori bilan tasdiqlangan Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentining 4-bandi quyidagi mazmundagi “d” kichik band bilan toʻldirilsin:
“d) yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga navbatga qoʻyilmagan holda, bevosita tegishli tashkilotga murojaat etgan holda joylashtiriladi.”.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 706-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2025-y., 09/25/706/1024-son)
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-sonli qaroriga asosan 2022-yil 3-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.06.2022-y., 09/22/295/0462-son)
11. Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalari talabalariga toʻlanadigan stipendiyalar miqdorlarini belgilash hamda stipendiyalar tayinlash va toʻlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 31-yanvardagi 59-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2020-y., 1-son, 21-modda):
a) Oliy taʼlim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (1-ilova):
10-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hamda nomli davlat stipendiyalari sohiblariga talabalar uchun belgilanadigan stipendiyalar tayinlanmaydi”;
quyidagi mazmundagi 101 va 102-bandlar bilan toʻldirilsin:
“101. Davlat oliy taʼlim muassasalari bakalavriatining kunduzgi taʼlim shakliga kirish imtihonlarida (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) eng yuqori ball toʻplagan abituriyentlarning 200 nafari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti grantiga daʼvogar boʻladi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq oʻtkazilgan tanlov natijalariga koʻra gʻolib boʻlgan ushbu toifadagi talabalarga ikkinchi kursning oʻquv yili boshidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi tayinlanadi va toʻlanadi.
102. “Aʼlo” baholarga oʻqiyotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan, oliy taʼlim muassasalari bakalavriatining kunduzgi taʼlim shaklida davlat granti yoki toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan talaba-qizlar uchun oliy taʼlim muassasalarining Talabalarni ragʻbatlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan Qizlar uchun maxsus stipendiya (keyingi oʻrinlarda — Maxsus stipendiya) beriladi.
Maxsus stipendiya oʻquv semestri yakuni natijalariga koʻra barcha fanlar boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichi faqat “aʼlo” baho boʻlgan hamda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “Yagona reyestr” AT) orqali kam taʼminlangan oila deb eʼtirof etilgan oiladan boʻlgan talaba-qizlarga (keyingi oʻrinlarda — talaba-qizlar) tayinlanadi va toʻlanadi.
Maxsus stipendiyani toʻlash toʻgʻrisidagi qaror “Yagona reyestr” AT orqali kam taʼminlangan deb eʼtirof etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma asosida oliy taʼlim muassasasi kengashi tomonidan tasdiqlanadi va oliy taʼlim muassasasi rektori (filial direktori) buyrugʻi asosida rasmiylashtiriladi.
Maxsus stipendiyani toʻlash toʻgʻrisidagi qaror “Yagona reyestr” AT orqali kam taʼminlangan deb eʼtirof etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma asosida oliy taʼlim muassasasi kengashi tomonidan tasdiqlanadi va oliy taʼlim muassasasi rektori (filial direktori) buyrugʻi asosida rasmiylashtiriladi.
Maxsus stipendiya talaba-qizlarga oliy taʼlim muassasalarida umumiy shartlarda beriladigan stipendiya saqlab qolingan holda stipendiyaning bazaviy miqdorida qoʻshimcha tarzda oyma-oy toʻlanadi.
Maxsus stipendiyani toʻlash oʻquv semestri natijalariga koʻra barcha fanlar boʻyicha uning oʻzlashtirish koʻrsatkichi faqat “aʼlo” baho boʻlgandagina davom ettiriladi.
Maxsus stipendiyani toʻlash quyidagi hollarda kelgusi oʻquv semestridan boshlab toʻxtatiladi:
talaba-qizlarning oʻquv semestri natijalari boʻyicha barcha fanlardan oʻzlashtirish koʻrsatkichlari “aʼlo” boʻlmaganda;
kam taʼminlangan deb eʼtirof etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma amal qilishining (12 oylik) muddati tugaganda”;
11-banddagi “Nomli davlat stipendiyalarini” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hamda nomli davlat stipendiyalarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
15-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda, toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim bolalar, yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalarga Talabalarni ragʻbatlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan 50 foiz yuqori (oshirilgan) miqdorlarda stipendiya tayinlanadi va toʻlanadi.”;
quyidagi mazmundagi 191-band bilan toʻldirilsin:
“Toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim bolalar, yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalarga Talabalarni ragʻbatlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan 50 foiz yuqori (oshirilgan) miqdorlarda stipendiya tayinlanadi va toʻlanadi.”;
quyidagi mazmundagi 202-band bilan toʻldirilsin:
“202. Oliy taʼlim muassasalaridagi bakalavr va magistratura bosqichida taʼlim olayotgan toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalarga, ularning taʼlim olish turi (grant yoki toʻlov-shartnoma asosida) va oʻzlashtirish koʻrsatkichidan qatʼi nazar, Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan bazaviy stipendiyaning 50 foizi miqdorida har oylik qoʻshimcha haq toʻlanadi.”;
b) Oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun stipendiyalarning belgilangan miqdorlarida (2-ilova):
4-pozitsiya “bazaviy stipendiya” soʻzlaridan keyin “va Qizlar uchun maxsus stipendiya” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi yettinchi pozitsiya bilan toʻldirilsin:
Toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalar uchun stipendiya
Talabalarni ragʻbatlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan 50 foiz yuqori (oshirilgan) miqdorda nazarda tutiladi
”.
12. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-apreldagi 228-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi toʻgʻrisida nizomning 12-bandi “g” kichik bandi quyidagi mazmundagi yettinchi — toʻqqizinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari va oilaviy bolalar uylari, shuningdek “SOS — Oʻzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasining bolalar mahallalarida tarbiyalanayotgan, vasiylikka, homiylikka va oilaga tarbiyaga olingan (patronat) qizlarning taʼlim-tarbiyasi, ularni balogʻatga, turmushga tayyorlash;
har yili kamida ikki marotaba oʻquv-tarbiya muassasalarida tarbiyalanayotgan, vasiylikka, homiylikka va oilaga tarbiyaga olingan (patronat) qizlarning ijtimoiy holatini oʻrganib borish;
oʻquv-tarbiya muassasalarida tarbiyalanayotgan, vasiylikka, homiylikka va oilaga tarbiyaga olingan (patronat) qizlarni “Mehr daftari”ga kiritib, ularni qiynayotgan masalalarni joyida hal qilishga hamda oʻquv-tarbiya muassasalaridan keyingi hayotida oʻz oʻrnini topishiga har tomonlama koʻmaklashish.”.
13. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 517-son qarori bilan tasdiqlangan Respublika oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari va boshqa toifadagi xodimlarini budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
“16. Oliy taʼlim muassasasi professor-oʻqituvchilariga ish haqi uchun ustama haq va qoʻshimcha haqlar bir oylik maoshgacha boʻlgan miqdorda tabaqalashgan holda, boshqa toifadagi xodimlariga esa — oliy taʼlim muassasasi kasaba uyushmasi tashkilotining tavsiyasiga koʻra oliy taʼlim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan belgilanadigan miqdorlarda toʻlanadi.”;
b) quyidagi mazmundagi 172-band bilan toʻldirilsin:
“172. “Mehribonlik” uylari va Bolalar shaharchalarining tarbiyalanuvchilariga axborot texnologiyalari, xorijiy tillar, aniq, tabiiy va boshqa fanlarga oʻqitish boʻyicha fakultativ va toʻgarak mashgʻulotlarini, “davra suhbatlarini” va fan musobaqalarini tashkil etgan oliy taʼlim muassasalari yetakchi professor-oʻqituvchilariga oliy taʼlim muassasasining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan mazkur nizomda belgilangan tartibda ularning bazaviy lavozim maoshiga qoʻshimcha haq toʻlanadi.”.
14. Vazirlar Mahkamasining “Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 21-noyabrdagi 739-son qarorida:
a) 2-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “uchun bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida, yoʻl xarajatlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari” soʻzlari “hamda yoʻl xarajatlari uchun mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 35 baravari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari, akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarda taʼlim olayotgan toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni pul nafaqalari hamda oziq-ovqat, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisida nizomda (1-ilova):
4-bandning uchinchi xatboshisidagi “uchun bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida, yoʻl xarajatlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari” soʻzlari “hamda yoʻl xarajatlari uchun mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 35 baravari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 81-band bilan toʻldirilsin:
“81. Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga ular taʼlim muassasalarida oʻqiyotgan davrida har oʻquv yilida bir marotaba oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar) xarid qilish xarajatlari uchun Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida subsidiyalar ajratiladi.”;
quyidagi mazmundagi 61-bob bilan toʻldirilsin:
“61-bob. Oʻquvchi (talaba)larning oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar)ni xarid qilish xarajatlarini qoplab berish tartibi
351. Oʻquvchi (talaba)ga oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar) xarid qilish uchun tegishli mablagʻlarni ajratishni rasmiylashtirish va berish tartibi ijtimoiy taʼminot yordami kabi amalga oshiriladi.
352. Oʻquvchi (talaba)ga oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar)ni xarid qilish uchun mablagʻlar ishchi guruhning qaroriga muvofiq qabul qilingan taʼlim muassasalari rahbarining buyrugʻiga asosan beriladi.
353. Oʻquvchi (talaba)ga oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar)ni xarid qilish uchun mablagʻlar taʼlim muassasalarining xarajatlar smetasiga ajratilgan mablagʻlar hisobidan ajratiladi.
354. Oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar) xarid qilish uchun tegishli mablagʻlar oʻquvchi (talaba)ning bank plastik kartasiga pul oʻtkazish orqali yoki naqd pul shaklida beriladi.
355. Oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar) xarid qilish uchun tegishli mablagʻlar oʻquvchi (talaba)ga oʻquv yili boshida lekin 1-oktabrdan kechiktirilmagan holda toʻlab beriladi.
Bunda, oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar)ni xarid qilish jarayoni (ularni saralash, tanlash va sotib olish) oʻquvchi (talaba) hamda taʼlim muassasasi yoshlar yetakchisi (Oliy taʼlim muassasalaridagi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining boshlangʻich tashkilot yetakchisi) bilan birgalikda amalga oshiriladi.
356. Mazkur bobda nazarda tutilgan tartib taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan hamda vasiylik va homiylikka olingan (berilgan) yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga ham tatbiq etiladi”;
Nizomga 4-ilova “Ijtimoiy taʼminot yordami turi (soʻm)” ustunidan keyin quyidagi mazmundagi ustun bilan toʻldirilsin:
“
Oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar)ni xarid qilish xarajatlari (soʻm)
,
,
,
”;
Nizomga 5-ilova quyidagi mazmundagi 8 — 10-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-sonli qaroriga asosan 14-band “v” kichik bandining chiqarilish sanasi — 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 09/24/893/1088-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-sonli qaroriga asosan 14-band “g” kichik bandining chiqarilish sanasi — 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 09/24/893/1088-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-sonli qaroriga asosan 14-band “d” kichik bandining chiqarilish sanasi — 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 09/24/893/1088-son)
15. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-noyabrdagi 753-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligining Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomda:
“2022-yil 1-yanvardan boshlab alkogol mahsulotlarining (pivo va tabiiy vino bundan mustasno) ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi korxonalar sof tushumining uch foizi miqdoridagi ajratmalar;”;
b) 5-band quyidagi mazmundagi oʻn beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“2022-yil 1-yanvardan boshlab alkogol mahsulotlarining (pivo va tabiiy vino bundan mustasno) ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi korxonalar sof tushumining uch foizi miqdoridagi ajratmalar hisobidan “Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini moliyalashtirish;”;
16. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-son qarori bilan tasdiqlangan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “Ishga marhamat” monomarkazlari toʻgʻrisidagi nizomning 14-bandi quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“texnikum, kollej yoki oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga kirmagan hamda kasb egallash istagidagi yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni kasb-hunarga oʻqitish;”;
17. Vazirlar Mahkamasining “Onkogematologik va davolash qiyin boʻlgan kasalliklarga chalingan bemorlarni sogʻlomlashtirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2021-yil 8-apreldagi 193-son qarorida:
a) 1-bandning “v” kichik bandi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan roʻyxat asosida ogʻir kasallikka chalingan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning respublikada yoʻlga qoʻyilmagan jarrohlik amaliyotlari boʻyicha xorijiy davlatlardagi jarrohlik operatsiyalari bilan bogʻliq xarajatlarni qoplashda;”;
b) ilovaning 5-bandi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan roʻyxat asosida ogʻir kasallikka chalingan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning respublikada yoʻlga qoʻyilmagan jarrohlik amaliyotlari boʻyicha xorijiy davlatlardagi jarrohlik operatsiyalari bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash;”;
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 313-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2024-y., 09/24/313/0426-son)
19. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 400-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 6-bandi oʻn toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari va oilaviy bolalar uylari, shuningdek “SOS — Oʻzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasining bolalar mahallalaridagi yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan yoshlarning ijtimoiy-huquqiy himoyasini tashkil etish tadbirlarini moliyalashtirish, shu jumladan, ushbu muassasalar tarbiyalanuvchilarining turmushini yaxshilash, kasb-hunar va biznes bilan shugʻullanish orqali daromad topish hamda ularga bunday faoliyatni yoʻlga qoʻyishning amaliy jihatlarini oʻrgatishga qaratilgan “kouching” video materiallar, motivatsion roliklar va darsliklar toʻplamlari bilan taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish”.
20. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetiga nomzodlarni saralab olish va oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2021-yil 6-avgustdagi 500-son qarorining 2-bandi quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Universitetda “Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari, oilaviy bolalar uylari va Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimining Bolalar uylari tarbiyachilarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun belgilangan tartib asosida amalga oshiriladi.”.
21. Vazirlar Mahkamasining “Kam taʼminlangan oilalar farzandlarining umumtaʼlim muassasalaridagi kuni uzaytirilgan guruhlarda oʻqishini moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 16-avgustdagi 523-son qarorining 2-bandi uchinchi xatboshisidagi “yoshlar” soʻzi “kam taʼminlangan oilalar farzandlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni turar joylar bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 2-avgustdagi 164-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni turar joylar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2014-yil 9-dekabrdagi 338-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2013-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-360-son hamda “Soliq va budjet siyosatining 2016-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2015-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-398-son qonunlari)” 2016-yil 26-apreldagi 122-son qarori 1-ilovasi 101-bandining “b” va “v” kichik bandlari.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yerlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish borasida nazoratni kuchaytirish, geodeziya va kartografiya faoliyatini takomillashtirish, davlat kadastrlari yuritishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 31-maydagi PF-5065-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 31-maydagi PQ-3024-son qarori)” 2017-yil 29-avgustdagi 679-son qarori ilovasining 13-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 21-noyabrdagi 739-son qarori 5-ilovasining 1-bandi.