1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang);
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari;
3.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.01.00 Umumiy qoidalar;
4.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.01 Umumiy qoidalar;
5.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.04 Lizing (shuningdek, 09.14.17.04 ga qarang);
6.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.02.00.00 Nikoh / 04.02.01.00 Nikoh tuzish tartibi va shartlari;
7.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.01.00 Umumiy qoidalar;
8.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.13.00.00 Soliqqa oid ish yurituv;
9.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.01.00 Markaziy bank, uning tarkibiy boʻlinmalari va muassasalari;
10.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar;
11.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.02.00 Qimmatli qogʻozlar bozorining umumiy qoidalari;
12.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.04.00 Qimmatli qogʻozlar bozorida kasb faoliyati / 07.24.04.05 Transfer-agent;
13.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.01 Umumiy qoidalar. Litsenziyalanishi lozim boʻlgan faoliyat turlari;
14.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.02 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash tartibi;
15.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.11.00 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazorati / 09.01.11.01 Umumiy qoidalar. Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazoratini olib boruvchi organlar;
16.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.01.00 Umumiy qoidalar;
17.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.02.00 Bojxona bojlari. Boj tarifi;
18.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.03.00 Bojxona tartibini buzish va buzganlik uchun javobgarlik;
19.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.04.00 Yerning davlat hisobi. Davlat yer kadastri. Er monitoringi;
20.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.12.00 Gidrotexnik va suv xoʻjaligi inshootlari. Gidrotexnik inshootlar xavfsizligini taʼminlash;
21.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.14.00 Nashriyot va poligrafiya faoliyati;
22.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi;
23.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.01.00 Umumiy qoidalar;
24.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.06.00 Jinoyatlarning alohida turlari uchun javobgarlik / 16.11.06.01 Shaxsga qarshi jinoyatlar;
25.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.01.00 Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi. Saylanishi. Vakolatlari;
26.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
3.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Nikoh va oila. Fuqarolik holati dalolatnomalari;
4.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari;
5.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Madaniyat;
6.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Yuridik shaxslar. Tijorat tashkilotlari. Notijorat tashkilotlari;
7.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar;
8.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari;
9.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish;
10.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash;
11.Iqtisodiyot / Davlat kadastri. Geodeziya va kartografiya;
12.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar);
13.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar;
14.Moliya / Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori;
15.Moliya / Auditorlik faoliyati;
16.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari;
17.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Alohida muhim obyektlarni muhofaza qilish;
18.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Sud tuzilishi;
19.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Maʼmuriy javobgarlik;
20.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoiy qonunchilik]
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTIShLAR VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar]
I. Oʻzbekiston Respublikasining 1990-yil 31-oktabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1990-yil, № 31–33, 371-modda; 1993-yil, № 5, 235-modda; 1994-yil, № 11-12, 285-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 118-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda) 28-moddasi chiqarib tashlansin.
II. Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 19-noyabrda qabul qilingan “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 1, 43-modda; 1993-yil, № 5, 236-modda; 1994-yil, № 11-12, 285-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda):
1) 1-moddasining birinchi qismidagi “jamoa, ijara korxonalariga, xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlariga” degan soʻzlar “xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 6-moddasining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1.Oʻzbekiston Respublikasida davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish:
davlat korxonasini xoʻjalik shirkati yoki jamiyatiga aylantirish;
davlat mol-mulkini tanlov yoʻli bilan va kim oshdi savdosida davlatga taalluqli boʻlmagan yuridik shaxslarga va jismoniy shaxslarga sotish shaklida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa shakllarda amalga oshirilishi mumkin”;
5) 14-moddasining 2-bandidagi, 15-moddasining 1-bandidagi va 17-moddasining 2-bandidagi “Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
III. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunining Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 26-mayda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan yangi tahriri (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 149-modda):
1) 2-moddasining birinchi qismidagi “boshqa shu bilan bogʻliq professional xizmatlar koʻrsatish” degan soʻzlar “ushbu Qonunning 17-moddasida nazarda tutilgan professional xizmatlar koʻrsatish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 5-moddasi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi taqiqlanadigan boshqa shaxslar auditorlik tashkilotlarining muassislari boʻla olmaydilar”;
toʻrtinchi — oltinchi qismlari tegishincha beshinchi — yettinchi qismlar deb hisoblansin;
3) 6-moddasining birinchi qismi quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“auditorlik tekshiruvi oʻtkazish shakllari va usullarini mustaqil belgilash”;
uchinchi — yettinchi xatboshilari tegishincha toʻrtinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
4) 13-moddasining ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasini olish”;
5) 16-moddasining “b” bandi “ayni bir paytning oʻzida” degan soʻzlardan oldin “shuningdek buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritish hamda moliyaviy hisobotlar tuzish uchun javobgar boʻladigan shaxs” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin”;
6) 23-moddasining birinchi qismi quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“maxsus vakolatli davlat organining litsenziya berish toʻgʻrisidagi qarori qonunga xilof ekanligi aniqlanganda;
9) 27-moddasi uchinchi qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“auditorlarning taʼlim dasturlarini va auditorlik malaka sertifikatini olish huquqiga doir malaka imtihonlarini topshirish tartibini ishlab chiqishda”.
IV. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Qimmatli qogʻozlar va fond birjasi toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 325-modda; 1994-yil, № 11-12, 285-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda) 5-moddasining sakkizinchi va toʻqqizinchi qismlariquyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Aksiyadorlik jamiyati tomonidan chiqarilgan barcha obligatsiyalarning nominal qiymati jamiyatning shakllantirilgan ustav fondi miqdoridan oshib ketmasligi lozim. Jamiyat tomonidan obligatsiyalar chiqarishga faqat jamiyat ustav fondi toʻliq toʻlanganidan keyin yoʻl qoʻyiladi.
Boshqa tashkiliy-huquqiy shakldagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning obligatsiyalarini chiqarish summasi miqdori qonun hujjatlari bilan belgilanadi”.
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.06.00 Jinoyatlarning alohida turlari uchun javobgarlik / 16.11.06.01 Shaxsga qarshi jinoyatlar]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoiy qonunchilik]
V. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda) 144-moddasining birinchi qismidagi “Gʻayriqonuniy rad etish” degan soʻzlar “asossiz rad etish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Maʼmuriy javobgarlik]
VI. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda):
ikkinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan huquqbuzarlik uchun maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida xuddi shu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan har qanday huquqbuzarliklarni sodir etish”;
oʻzbekcha matnining toʻrtinchi qismi sanksiyasidagi “olti oygacha” degan soʻzlar “olti oy” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismining sanksiyasidagi “besh baravaridan yetti baravarigacha” degan soʻzlar “yetti baravaridan oʻn baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining sanksiyasidagi “yetti baravaridan oʻn ikki baravarigacha” degan soʻzlar “oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“Maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etish quroli yoki bevosita shunday ashyo boʻlgan narsani musodara qilish toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti sud ijrochilari hududiy boʻlimlari tuman (shahar) boʻlinmalarining sud ijrochisi tomonidan ijro etiladi”.
VII. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 30-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 178-modda) 16-moddasiningbirinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Konstitutsiyaviy sudning sudyasi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining roziligisiz jinoiy va maʼmuriy javobgarlikka tortilishi, shuningdek hibsga olinishi mumkin emas”.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.01.00 Markaziy bank, uning tarkibiy boʻlinmalari va muassasalari]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
VIII. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 247-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda):
1) 2-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Markaziy bank oʻz balansida aks ettirilgan mol-mulkka qonun hujjatlarida belgilangan tartibda egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf qilishga haqli”;
2) 3-moddasi ikkinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“banklar, kredit uyushmalari va garovxonalar faoliyatini litsenziyalash hamda tartibga solish, banklar, kredit uyushmalari va garovxonalarni nazorat qilish, qimmatbaho qogʻozlar blankalari ishlab chiqarishni litsenziyalash”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Markaziy bankning chet el valyutasi kursining yoki qimmatbaho metallar qiymatining oʻzgarishi natijasida oltin-valyuta rezervlarini qayta baholashdan hosil boʻladigan realizatsiya qilinmagan daromadlari va xarajatlari oltin-valyuta rezervlariga oid operatsiyalar boʻyicha qayta baholash fondiga kiradi”;
beshinchi qismidagi“fondlar va majburiy rezervlar” degan soʻzlar “aniq maqsadga yoʻnaltirilgan rezervlar va fondlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“banklar uchun iqtisodiy normativlarni va kredit uyushmalari hamda garovxonalar uchun moliyaviy operatsiyalar oʻtkazish qoidalarini tasdiqlaydi, shuningdek ularga rioya etilishini koʻrib chiqadi;
bank faoliyati bilan shugʻullanish uchun litsenziyalar berish va ularni chaqirib olish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi, kredit uyushmalari va garovxonalar faoliyati, shuningdek qimmatbaho qogʻozlar blankalari ishlab chiqarish litsenziyalanishini amalga oshiradi”;
“24-modda. Monetar koʻrsatkichlar oʻzgarishining aniq maqsadli moʻljallari
Markaziy bank Oʻzbekiston Respublikasidagi pul-kredit, moliya, valyuta va narx munosabatlari holatidan kelib chiqib, bitta yoki bir qancha monetar koʻrsatkichlar oʻzgarishlarining aniq maqsadli moʻljallarini belgilashi mumkin”;
“27-modda. Markaziy bank operatsiyalari boʻyicha foiz stavkalari
Markaziy bank oʻz operatsiyalari boʻyicha foiz stavkalarini mustaqil belgilaydi”;
7) 30-moddasi birinchi qismining birinchi xatboshisidagi“uch oygacha boʻlgan muddatga” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
8) 31-moddasi “Milliy xavfsizlik xizmati” degan soʻzlardan keyin “Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmita” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
birinchi qismidagi “rasmiy pul birligini” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasining pul birligini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “rasmiy pul” degan soʻzlar “pul” degan soʻz bilan almashtirilsin;
10) 39-moddasining birinchi qismidagi “ular oʻrniga albatta teng hajmdagi banknot va tangalar chiqargan holda” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
11) 46-moddasi “pul mablagʻlarini” degan soʻzlardan keyin “va valyuta qimmatliklarini” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
12) 48-moddasining birinchi qismiquyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kreditlar hukumatga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlangan miqdorda ushbu Qonun 30-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan va bir yil ichida qiymati toʻlanadigan aktivlar garovga qoʻyilishi sharti bilan beriladi”;
13) VIII boʻlimining nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“VIII. Banklar, kredit uyushmalari va garovxonalar faoliyatini, shuningdek qimmatbaho qogʻozlar blankalari ishlab chiqarishni tartibga solish hamda nazorat qilish”;
“50-modda. Banklar, kredit uyushmalari va garovxonalar faoliyatini, shuningdek qimmatbaho qogʻozlar blankalari ishlab chiqarishni tartibga solish hamda nazorat qilish borasidagi vazifalar
Markaziy bank moliya-bank tizimi barqarorligini saqlab turish, omonatchilar va kreditorlarning manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash maqsadida banklar, kredit uyushmalari va garovxonalar faoliyatini tartibga soladi hamda nazorat qiladi.
Markaziy bank banklar va kredit uyushmalarini roʻyxatga oladi, shuningdek bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar beradi, kredit uyushmalari, garovxonalar faoliyatini va qimmatbaho qogʻozlar blankalari ishlab chiqarishni litsenziyalaydi.
Banklar va kredit uyushmalarini roʻyxatga olish, shuningdek banklar, kredit uyushmalari va garovxonalarga litsenziyalar berish Markaziy bank tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Qimmatbaho qogʻozlar blankalarini ishlab chiqarishga litsenziyalar berish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Banklar va kredit uyushmalarini roʻyxatga olish, shuningdek banklar, garovxonalarga hamda qimmatbaho qogʻozlar blankalari ishlab chiqarishga litsenziyalar berish haq evaziga amalga oshiriladi.
Markaziy bank Banklarni davlat roʻyxatiga olish daftari, kredit uyushmalari, garovxonalarga hamda qimmatbaho qogʻozlar blankalari ishlab chiqarishga berilgan litsenziyalar reyestrini yuritadi. Berilgan litsenziyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar eʼlon qilinishi kerak”;
15) 51-moddasining birinchi va ikkinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Markaziy bank:
bank operatsiyalarini amalga oshirish, buxgalteriya hisobi va bank statistika hisobotini yuritish, yillik hisobotlar tuzish yuzasidan banklar uchun majburiy boʻlgan qoidalarni;
moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish, buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish yuzasidan kredit uyushmalari uchun majburiy boʻlgan qoidalarni;
faoliyat va operatsiyalarni amalga oshirish yuzasidan garovxonalar uchun majburiy boʻlgan qoidalarni belgilaydi.
Markaziy bank:
banklar, kredit uyushmalari va garovxonalarning hisoboti va boshqa hujjatlarini olish va tekshirish, ularning faoliyati, shu jumladan operatsiyalari toʻgʻrisida axborot soʻrash hamda olish;
olingan axborot yuzasidan izoh talab qilish;
banklar va kredit uyushmalarining, ularning filiallari va ular bilan uzviy bogʻlangan shaxslarning, shuningdek garovxonalarning faoliyatini tekshirish, qoidabuzarlarga nisbatan sanksiyalar qoʻllash;
banklarning ichki auditiga doir talablarni belgilash;
bank aktivlari sifatini tasnif qilish va aktivlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlar oʻrnini qoplash uchun shunga monand rezervlar yaratishga doir talablarni belgilash;
ishonchsiz aktivlarni hisobdan chiqarish shartlari va taomilini aniqlash;
banklar, kredit uyushmalari va garovxonalarga ularning faoliyatida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf qilish toʻgʻrisida ijro etilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar yuborish;
bank aksiyadorlari ustav kapitalining qonun hujjatlarida belgilangan miqdordan ortiqroq qismini sotib olgan taqdirda ularning moliyaviy ahvoli hamda obroʻ-eʼtibori haqida axborot soʻrash va olish;
banklarning va ular filiallarining rahbarlari, boshqaruv aʼzolari hamda bosh buxgalterlariga, kredit uyushmalari ijro organlarining rahbarlariga nisbatan malaka talablarini qoʻyish huquqiga ega”;
ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi “yoki uning filiali rahbarlarini” degan soʻzlardan keyin “shu jumladan bank kengashi rahbarlari va aʼzolarini” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
“Kredit uyushmalari, garovxonalar, shuningdek qimmatbaho qogʻozlar blankalari ishlab chiqaruvchilarga nisbatan choralar va sanksiyalar qoʻllash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi”;
Markaziy bank xalqaro tashkilotlar, chet davlatlarning markaziy banklari hamda bank nazoratining boshqa organlari bilan hamkorlik qiladi va axborot ayirboshlaydi”.
IX. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrda qabul qilingan “Muddatida toʻlanmagan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni undirib olish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 267-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda):
1) 4-moddasining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2) sudning qaroriga muvofiq — soliqlar va davlat budjetiga hamda davlat maqsadli jamgʻarmalariga boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha”;
2) 8-moddasi quyidagi mazmundagi qism bilan toʻldirilsin:
“Soliqlar va davlat budjetiga boshqa majburiy toʻlovlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga majburiy toʻlovlar boʻyicha undiruvni qarzdor korxonaning mol-mulkiga qaratish soliq organining arizasi asosida sud tomonidan amalga oshiriladi”.
X. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan “Qimmatli qogʻozlar bozorining faoliyat koʻrsatish mexanizmi toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 56-modda) 22-moddasining beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tashkiliy yoʻsinda yoʻlga qoʻyilgan bozorda oldi-sotdi bitimlari tuzish chogʻida bitim tuzish va unga oid hisob-kitoblar sanasi oʻrtasidagi vaqt qimmatli qogʻozlar kim oshdi savdosining tashkilotchisi qoidalari, boshqa hollarda esa oldi-sotdi shartnomalari asosida belgilanadi. Belgilangan muddatlar buzilgan taqdirda bitim haqiqiy emas deb hisoblanadi va sotuvchiga yetkazilgan zarar uchun xaridor aybdor ekanligi aniqlansa, uning javobgarligiga sabab boʻladi”.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Yuridik shaxslar. Tijorat tashkilotlari. Notijorat tashkilotlari]
XI. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5–6, 61-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda) 4-moddasining birinchi qismidagi ikkinchi va uchinchi jumlalar chiqarib tashlansin.
XII. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustda qabul qilingan “Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 137-modda):
1) 5, 6 va 7-moddalari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5-modda. Noshirlik faoliyati monitoringi va nazorati
Nashriyotlarning (noshirlarning) noshirlik faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etishlari monitoringi, shuningdek litsenziya talablari va shartlariga rioya etishlari ustidan nazorat vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
6-modda. Noshirlik faoliyatini litsenziyalash
Yuridik va jismoniy shaxslar noshirlik faoliyatini litsenziya olganidan keyin amalga oshirishga haqli.
Noshirlik faoliyatini litsenziyalash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
7-modda. Litsenziyalar berishda va ularning amal qilish muddatini uzaytirishda davlat bojlarining imtiyozli miqdorlari
Bolalar adabiyoti, oʻquv adabiyoti, normativ maʼlumotnomalar, fan va texnikaga oid adabiyotni nashrga tayyorlash va ularni nashr etish uchun litsenziya berganlik hamda litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun davlat bojlarining imtiyozli miqdorlari belgilanishi mumkin”;
2) 9-moddasining beshinchi xatboshisi “oʻz mahsulotini realizatsiya qilish” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
3) 15-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Noshirlik faoliyati litsenziya belgilangan tartibda bekor qilinganda yoki uning amal qilishi tugatilganda, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda tugatiladi”.
XIII. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabr va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9–10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda):
“Lizing shartnomasi boʻyicha lizing beruvchi (ijaraga beruvchi) bir taraf lizing oluvchi (ijaraga oluvchi) ikkinchi tarafning topshirigʻiga binoan sotuvchi uchinchi taraf bilan undan lizing oluvchi uchun mol-mulk sotib olish haqida kelishish majburiyatini oladi, lizing oluvchi esa buning uchun lizing beruvchiga lizing toʻlovlarini toʻlash majburiyatini oladi”;
“Lizing beruvchi lizing obyektini kimdan olayotgan boʻlsa, shu shaxs sotuvchi deb eʼtirof etiladi”;
toʻrtinchi qismidagi “ishlab chiqaruvchiga”, “ishlab chiqaruvchi” degan soʻzlar tegishli kelishikdagi “sotuvchi” degan soʻz bilan almashtirilsin;
3) 590-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Lizing toʻlovi lizing beruvchining lizing obyektini sotib olish uchun qilgan xarajatlarining hammasi yoki koʻp qismi, shuningdek lizing obyektini yetkazib berish va belgilangan maqsadda foydalanish uchun uni yaroqli holga keltirish bilan bogʻliq boshqa xarajatlari lizing oluvchi tomonidan qoplanishi hamda lizing beruvchining daromadidan iborat boʻladi”;
“Mol-mulk yetkazib berilmagan, toʻliq yetkazib berilmagan, muddati kechiktirib yetkazib berilgan yoki uning sifati tegishli darajada boʻlmagan taqdirda, lizing oluvchi, agar shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa”;
“Lizing shartnomasi muddatidan oldin bekor qilingan taqdirda lizing oluvchi ilgari boʻnak sifatida toʻlagan pullarini, lizing obyektidan foydalanishdan olgan foydaning qiymatini chegirib tashlab, oʻziga qaytarib berishni talab qilishga haqli”;
“Lizing oluvchi lizing toʻlovlarini toʻlash majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, lizing beruvchi oʻziga tegishi kerak boʻlgan toʻlovlarni foizi bilan olishi mumkin”;
toʻrtinchi qismidagi “muntazam toʻlovlarni” degan soʻz “lizing toʻlovlarini” degan soʻz bilan almashtirilsin.
XIV. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 24-aprelda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 4-5-sonlarga ilova, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 5, 89-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 4-5, 74-modda, № 9, 165-modda):
1) 7-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mahalliy soliqlar va yigʻimlarga quyidagilar kiradi:
1) mol-mulk soligʻi;
2) yer soligʻi;
3) infratuzilmani rivojlantirish soligʻi;
4) jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq;
5) savdo-sotiq qilish huquqi uchun yigʻim, shu jumladan ayrim turlardagi tovarlarni sotish huquqini beruvchi litsenziya yigʻimlari;
6) yuridik shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni roʻyxatga olganlik uchun yigʻim”;
2) 8-moddasining yettinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Savdo korxonalari (chakana savdo sohasidagi mikrofirmalar va kichik korxonalar bundan mustasno) va umumiy ovqatlanish korxonalari yalpi tushumdan (tovar oboroti hajmidan) budjetga yagona soliq toʻlaydilar. Chakana savdo sohasidagi mikrofirmalar va kichik korxonalar qatʼiy belgilangan daromaddan budjetga yagona soliq toʻlaydilar. Yalpi tushumdan yagona soliqni va qatʼiy belgilangan daromaddan yagona soliqni hisoblab chiqarish, toʻlash tartibi va ularning stavkalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
3) 17-moddasi ikkinchi qismining oltinchi bandi “ijaraga” degan soʻzdan keyin “(lizingga)” degan soʻz bilan toʻldirilsin;
8) 38-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Amortizatsiya qilinishi kerak boʻlgan asosiy vositalarning ijarasi bir taraf (lizing beruvchi) ikkinchi tarafning (lizing oluvchining) topshirigʻiga binoan uchinchi tarafdan (sotuvchidan) lizing shartnomasida shartlashilgan mol-mulkni (lizing obyektini) mulk qilib sotib olganda hamda uni lizing shartnomasida belgilangan shartlarda haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun lizing oluvchiga berganda lizing (moliyaviy ijara) deb hisoblanadi. Bunda ijara muddati oʻn ikki oydan ortiq boʻlishi va lizing shartnomasi quyidagi shartlardan biriga muvofiq boʻlishi lozim:
lizing shartnomasining muddati tugagach, asosiy vositalar lizing oluvchining mulki boʻlib oʻtsa;
ijara muddati asosiy vositalar xizmat muddatining sakson foizidan ortiq boʻlsa;
lizing oluvchi asosiy vositalarni ularning bozor qiymatidan past narxda evazini toʻlab sotib olish huquqiga ega boʻlsa, bunda ana shu huquqni amalga oshirish kunidagi asosiy vositalar qiymati asos boʻladi;
ijaraga olingan asosiy vositalarning ijara tugaganidan keyingi qoldiq qiymati ularning ijara boshlanishidagi qiymatining yigirma foizidan kam boʻlsa;
lizing shartnomasining butun davri uchun lizing toʻlovlarining joriy summasi ijaraga olingan vositalar qiymatining toʻqson foizidan ortiq boʻlsa”;
9) 43-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yilning hisobot choragida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan eng kam ish haqining ikki yuz baravaridan koʻproq miqdorda daromad (foyda) olgan yuridik shaxslar daromad (foyda) soligʻi boʻyicha joriy toʻlovlarni har oyning 15-kuniga qadar yilning choragi boʻyicha daromad (foyda) soligʻi summasining uchdan bir qismi miqdorida toʻlaydi”;
12) 63-moddasining toʻrtinchi qismi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“yollanib ishlaydiganlarga mehnat haqi tarzida hisoblab chiqarilgan va amalda toʻlangan summalar hamda boshqa daromadlar, shuningdek bu daromadlarning soliq summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qonun hujjatlarida belgilangan shaklda yilning har choragida, yilning hisobot choragidan keyingi oyning 15-kuniga qadar soliq organlariga taqdim etishi”;
13) 66-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) import qiluvchi yuridik shaxslar, shuningdek oʻz ehtiyojlari uchun tovarlarni bojsiz olib kirish normalaridan ortiqcha olib keluvchi jismoniy shaxslar import qilinayotgan ana shu tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilar hisoblanadi”;
quyidagi mazmundagi 44, 45, 46-bandlar bilan toʻldirilsin:
“44) kitob mahsulotlari, maktab oʻquv ashyolari va koʻrgazmali qoʻllanmalari, dori-darmon vositalari va tibbiy mahsulotlarni ulgurji realizatsiya qilish;
45) mol-mulkni lizingga berganlik uchun lizing toʻlovlari;
46) lizingga berish uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan texnologiya uskunalari, vakolatli bankning tegishli tasdigʻi boʻlgan taqdirda”;
15) 78-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tamom boʻlgan oyda soliq boʻyicha toʻlov summasi eng kam ish haqining ellik baravari miqdoridan ortib ketgan soliq toʻlovchi oxirgi oylik hisob-kitob boʻyicha budjetga toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasining ikkidan bir qismi miqdorida joriy toʻlovlar (hisobot oyining 20-kuniga qadar va hisobot oyidan keyingi oyning 5-kuniga qadar) toʻlaydi, realizatsiya boʻyicha amaldagi oborotlardan kelib chiqib hisobot oyidan keyingi oyning 15-kuniga qadar qayta hisob-kitob qiladi”;
16) 90-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yuridik shaxslar uchun asosiy vositalarning (qonun hujjatlariga muvofiq mulk qilib olingan erning qiymati bundan mustasno) va nomoddiy aktivlarning oʻrtacha yillik qoldiq qiymati, shuningdek belgilangan muddatlarda tugallanmagan qurilish obyektlarining qiymati soliq solish obyekti hisoblanadi”;
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va mahalliy hokimiyat organlari (oʻz hududida mol-mulki joylashgan soliq toʻlovchilarga nisbatan) tomonidan qoʻshimcha imtiyozlar berilishi mumkin”;
18) 102-moddasi birinchi qismining 7—9-bandlari va uchinchi qismining 10-bandi chiqarib tashlansin;
19) 104-moddasining uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jismoniy shaxslar yer soligʻini teng ulushlarda ikki muddatda — 15-iyun va 15-dekabrdan kechiktirmay toʻlaydilar”;
Mavsumning ishlab chiqarish chiqimlari va xarajatlari soliq solish obyekti hisoblanadi, budjetga majburiy toʻlovlar, soliqlar, yigʻimlar va davlatning maqsadli jamgʻarmalariga ajratmalar bundan mustasno”;
22) 116 va 117-moddalari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“116-modda. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq toʻlovchilar
Oʻz faoliyatida suvdan foydalanuvchi yuridik shaxslar, shuningdek tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq toʻlovchilardir.
117-modda. Soliq solish obyekti
Yer usti va yer osti manbalaridan olib foydalanilgan suv resurslarining jami hajmi soliq solish obyekti hisoblanadi”;
23) 120-moddasi quyidagi mazmundagi qism bilan toʻldirilsin:
“Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasini hisoblab chiqaradilar va soliq toʻlash uchun belgilangan muddatda soliq organlariga soliq summasi boʻyicha hisob-kitob taqdim etadilar”;
24) 121-moddasi quyidagi mazmundagi qism bilan toʻldirilsin:
“Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni yilning har choragida, yilning hisobot choragidan keyingi oyning 15-kuniga qadar toʻlaydilar”.
XV. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Boj tarifi toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 228-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda) 33-moddasi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“lizingga berish uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan texnologiya uskunalari, vakolatli bankning tegishli tasdigʻi boʻlgan taqdirda”.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.01.00 Umumiy qoidalar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.11.00 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazorati / 09.01.11.01 Umumiy qoidalar. Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazoratini olib boruvchi organlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
XVI. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 232-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 78, 217-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda, № 9-10, 82-modda):
1) 5-moddasi birinchi qismining 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5) savdo, tovarlarni berish va xizmatlar koʻrsatish qoidalariga, shuningdek naqd pul tushumining bankka vaqtida topshirilishiga rioya etilishini tekshirish”;
2) 7-moddasi toʻrtinchi qismining 5-bandi chiqarib tashlansin.
XVII. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 2, 36-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda) 195-moddasining birinchi qismi “shikoyat qilish muddati oʻtganidan keyin” degan soʻzlardan keyin “qonun hujjatlarida belgilangan tartibda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.02.00.00 Nikoh / 04.02.01.00 Nikoh tuzish tartibi va shartlari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Nikoh va oila. Fuqarolik holati dalolatnomalari]
XVIII. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 5-6-songa ilova) 17-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Nikohlanuvchi shaxslar davlat sogʻliqni saqlash tizimi muassasalarida bepul asosda tibbiy koʻrikdan oʻtadilar. Tibbiy koʻrikdan oʻtish hajmi va tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.04.00 Yerning davlat hisobi. Davlat yer kadastri. Er monitoringi]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Davlat kadastri. Geodeziya va kartografiya]
XIX. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 28-avgustda qabul qilingan “Davlat yer kadastri toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 9, 165-modda) 6-moddasining oltinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
XX. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustda qabul qilingan “Qimmatli qogʻozlar bozorida depozitariylar faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 9, 172-modda):
2) 18-moddasi birinchi qismining oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“deponentlar hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni faqat deponentlarning yoki ular ishonchli vakillarining belgilangan shakldagi topshiriqlari asosida amalga oshirish, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno”.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.04 Lizing (shuningdek, 09.14.17.04 ga qarang)]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari]
XXI. Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 14-aprelda qabul qilingan “Lizing toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 108-modda):
1) 2-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Lizing (moliyaviy ijara) ijara munosabatlarining alohida turi boʻlib, unda bir taraf (lizing beruvchi) ikkinchi tarafning (lizing oluvchining) topshirigʻiga binoan uchinchi tarafdan (sotuvchidan) lizing shartnomasida shartlashilgan mol-mulkni (lizing obyektini) mulk qilib sotib oladi va uni shu shartnomada belgilangan shartlarda haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun lizing oluvchiga oʻn ikki oydan ortiq muddatga beradi. Bunda lizing shartnomasi quyidagi shartlardan biriga muvofiq boʻlishi kerak:
lizing shartnomasining muddati tugagach, lizing obyekti lizing oluvchining mulki boʻlib oʻtsa;
lizing shartnomasining muddati lizing obyekti xizmat muddatining sakson foizidan ortiq boʻlsa yoki lizing obyektining lizing shartnomasi tugaganidan keyingi qoldiq qiymati uning boshlangʻich qiymatining yigirma foizidan kam boʻlsa;
lizing shartnomasining muddati tugagach, lizing oluvchi lizing obyektini uning bozor qiymatidan past narxda evazini toʻlab sotib olish huquqiga ega boʻlsa, bunda ana shu huquqni amalga oshirish kunidagi lizing obyekti qiymati asos boʻladi;
lizing shartnomasi amal qiladigan davr uchun lizing toʻlovlarining umumiy summasi lizing obyekti qiymatining toʻqson foizidan ortiq boʻlsa”;
2) 3-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yer uchastkalari va boshqa tabiiy obyektlar, shuningdek muomaladan chiqarilgan yoki muomalada boʻlishi cheklangan boshqa mol-mulk lizing obyektlari boʻlishi mumkin emas”;
3) 4-moddasining beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Lizing obyekti lizing oluvchining krediti (qarzi) hisobidan olingan taqdirda, aniq lizing obyektiga nisbatan lizing beruvchining kreditori va lizing oluvchi bir shaxs timsolida ish koʻrishiga yoʻl qoʻyilmaydi”;
6) 8-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Lizing faoliyati lizing beruvchi tomonidan oʻz mablagʻlari va (yoki) jalb etilgan mablagʻlar hisobidan lizing obyektining sotib olinishi va uni lizing shartnomasi boʻyicha lizing oluvchiga berilishi borasidagi investitsiya faoliyati turidir”;
mol-mulk lizing obyekti hisoblanib, u haqda tuziladigan bitimlar qonunga muvofiq notarial tasdiqlanishi talab qilinadigan hollarda notarial tasdiqlanishi lozim”;
uchinchi qismi quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“sotuvchi va lizing obyektini tanlash uchun masʼul tarafning koʻrsatilishi”;
toʻrtinchi qismi ikkinchi xatboshisidagi “(moliyaviy lizingda)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
birinchi qismining beshinchi va oltinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“lizing obyekti yetkazib berilmagan, toʻliq yetkazib berilmagan, yetkazib berish muddati oʻtkazib yuborilgan yoki sifati talab darajasida boʻlmagan lizing obyekti yetkazib berilgan taqdirda, agar shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, lizing toʻlovlari toʻlashni kechiktirish, yetkazib beriladigan lizing obyektidan voz kechish va lizing shartnomasining bekor qilinishini talab etish;
lizing shartnomasi muddatidan oldin bekor qilingan taqdirda, oʻzi ilgari avans sifatida toʻlagan toʻlovlarni lizing obyektidan foydalanishdan olingan foydaning qiymatini chegirib tashlagan holda, qaytarib berishni talab qilish”;
ikkinchi qismi “lizing toʻlovlari qoldigʻini” degan soʻzlardan keyin “lizing beruvchining qolgan davrda oladigan daromadini chegirib tashlagan holda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
“Lizing shartnomasining amal qilish muddati tugagunga qadar barcha lizing toʻlovlari lizing beruvchining lizing shartnomasi muddati tugagunga qadar qolgan davrda oladigan daromadi chegirib tashlangan holda toʻlangan taqdirda, agar lizing shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, lizing obyektiga boʻlgan mulk huquqi lizing oluvchiga oʻtishi mumkin”;
11) 16-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Lizing oluvchi lizing beruvchining ruxsati bilan lizing shartnomasi boʻyicha oʻz huquqlaridan toʻliq yoki qisman uchinchi shaxslar foydasiga voz kechishi mumkin”;
12) 21-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Lizing beruvchi lizing oluvchining oldindan roziligini olmay turib, lizing obyektidan garov sifatida foydalanish huquqiga ega emas”;
13) 22-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Lizing toʻlovlari lizing beruvchining lizing obyektini olish uchun qilgan xarajatlarining hammasi yoki koʻp qismi, shuningdek lizing obyektini yetkazib berish va belgilangan maqsadda foydalanish uchun uni yaroqli holga keltirish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa xarajatlari lizing oluvchi tomonidan qoplanishi hamda lizing beruvchining daromadidan iborat boʻladi”;
14) 23-moddasining nomi va matnidagi “undirish” degan soʻzlar “talab qilib olish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi va oltinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
XXII. Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustda qabul qilingan “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 210-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda):
1) 3-moddasi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“maxsus vakolatli organlar — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan vakolatlarga muvofiq giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi sohasidagi boshqaruv va nazoratni amalga oshiruvchi organlar”;
2) 12-moddasining birinchi qismidagi “giyohvandlik vositalarini nazorat qilish boʻyicha maxsus vakolatli organ (bundan buyon matnda maxsus vakolatli organ deb yuritiladi)” degan soʻzlar “maxsus vakolatli organ” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
XXIII. Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustda qabul qilingan “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 223-modda):
1) 6-moddasi birinchi qismining oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini taʼminlash toʻgʻrisida koʻrsatmalar beradi, shuningdek gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi normalari va qoidalari qoʻpol ravishda buzilgan hollarda xavflilik darajasi yuqori boʻlgan obyektlar jumlasiga kiruvchi gidrotexnika inshootlarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanish faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatib turish va tugatish haqida takliflar kiritadi”;
2) 8-moddasining toʻrtinchi xatboshisi “xavflilik darajasi yuqori boʻlgan obyektlar jumlasiga kiruvchi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin”;
XXIV. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 142-modda):
“Litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar litsenziat unda koʻrsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi”;
quyidagi mazmundagi qism bilan toʻldirilsin:
“Litsenziyalanadigan faoliyatni ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlaridagi talablarni buzgan holda amalga oshirish faoliyat bilan litsenziyasiz shugʻullanganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi”;
XXV. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 12-mayda qabul qilingan “Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining roʻyxati toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 11-12, 222-modda; 2002-yil, № 6-7, 105-modda) 1-ilovasining oʻn ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish (olib chiqish), saqlash, realizatsiya qilish (berish), taqsimlash, tashish, ishlab chiqish va ishlab chiqarish, tayyorlash, yoʻq qilish, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan ilmiy va oʻquv maqsadlarida, shuningdek ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun, shu jumladan tibbiyotda va veterinariyada foydalanish”.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 13-dekabr,
447-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52-son, 533-modda; 2008-y., 29-30-son, 278-modda; 2016-y., 3(I)-son, 32-modda; 2017-y., 22-son, 407-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2021-y., 03/21/677/0155-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 03/21/701/0674-son; 26.11.2021-y., 03/21/731/1095-son; 30.08.2023-y., 03/23/865/0664-son; 15.02.2024-y., 03/24/907/0127-son)