1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang);
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari;
3.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.01.00 Umumiy qoidalar;
4.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.01 Umumiy qoidalar;
5.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.04 Lizing (shuningdek, 09.14.17.04 ga qarang);
6.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.02.00.00 Nikoh / 04.02.01.00 Nikoh tuzish tartibi va shartlari;
7.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.01.00 Umumiy qoidalar;
8.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.13.00.00 Soliqqa oid ish yurituv;
9.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.01.00 Markaziy bank, uning tarkibiy bo‘linmalari va muassasalari;
10.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qog‘ozlar. Qimmatli qog‘ozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qog‘ozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar;
11.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qog‘ozlar. Qimmatli qog‘ozlar bozori / 07.24.02.00 Qimmatli qog‘ozlar bozorining umumiy qoidalari;
12.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qog‘ozlar. Qimmatli qog‘ozlar bozori / 07.24.04.00 Qimmatli qog‘ozlar bozorida kasb faoliyati / 07.24.04.05 Transfer-agent;
13.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.01 Umumiy qoidalar. Litsenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyat turlari;
14.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.02 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash tartibi;
15.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.11.00 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazorati / 09.01.11.01 Umumiy qoidalar. Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazoratini olib boruvchi organlar;
16.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.01.00 Umumiy qoidalar;
17.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.02.00 Bojxona bojlari. Boj tarifi;
18.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.03.00 Bojxona tartibini buzish va buzganlik uchun javobgarlik;
19.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.04.00 Yerning davlat hisobi. Davlat yer kadastri. Er monitoringi;
20.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.12.00 Gidrotexnik va suv xo‘jaligi inshootlari. Gidrotexnik inshootlar xavfsizligini ta’minlash;
21.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.14.00 Nashriyot va poligrafiya faoliyati;
22.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi;
23.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Ma’muriy javobgarlik / 16.09.01.00 Umumiy qoidalar;
24.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.06.00 Jinoyatlarning alohida turlari uchun javobgarlik / 16.11.06.01 Shaxsga qarshi jinoyatlar;
25.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.01.00 O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi. Saylanishi. Vakolatlari;
26.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasining qonunlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari;
2.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
3.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Nikoh va oila. Fuqarolik holati dalolatnomalari;
4.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sog‘liqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari;
5.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Madaniyat;
6.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Yuridik shaxslar. Tijorat tashkilotlari. Notijorat tashkilotlari;
7.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar;
8.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari;
9.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish;
10.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash;
11.Iqtisodiyot / Davlat kadastri. Geodeziya va kartografiya;
12.Moliya / Soliqlar (yig‘imlar, bojlar);
13.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar;
14.Moliya / Qimmatli qog‘ozlar. Qimmatli qog‘ozlar bozori;
15.Moliya / Auditorlik faoliyati;
16.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari;
17.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Alohida muhim obyektlarni muhofaza qilish;
18.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Sud tuzilishi;
19.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Ma’muriy javobgarlik;
20.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoiy qonunchilik]
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA O‘ZGARTIShLAR VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilsin:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar]
I. O‘zbekiston Respublikasining 1990-yil 31-oktabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1990-yil, № 31–33, 371-modda; 1993-yil, № 5, 235-modda; 1994-yil, № 11-12, 285-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 118-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda) 28-moddasi chiqarib tashlansin.
(II bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 14-fevraldagi O‘RQ-907-sonli Qonuniga asosan 2024-yil 16-maydan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2024-y., 03/24/907/0127-son)
(III bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 25-fevraldagi O‘RQ-677-sonli Qonuniga asosan 2021-yil 27-maydan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2021-y., 03/21/677/0155-son)
(IV bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 22-iyuldagi O‘RQ-163-sonli Qonuni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2008-y., 29-30-son, 278-modda)
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.06.00 Jinoyatlarning alohida turlari uchun javobgarlik / 16.11.06.01 Shaxsga qarshi jinoyatlar]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoiy qonunchilik]
V. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda) 144-moddasining birinchi qismidagi “G‘ayriqonuniy rad etish” degan so‘zlar “asossiz rad etish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Ma’muriy javobgarlik / 16.09.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Ma’muriy javobgarlik]
VI. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda):
ikkinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan huquqbuzarlik uchun ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida xuddi shu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan har qanday huquqbuzarliklarni sodir etish”;
o‘zbekcha matnining to‘rtinchi qismi sanksiyasidagi “olti oygacha” degan so‘zlar “olti oy” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismining sanksiyasidagi “besh baravaridan yetti baravarigacha” degan so‘zlar “yetti baravaridan o‘n baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining sanksiyasidagi “yetti baravaridan o‘n ikki baravarigacha” degan so‘zlar “o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etish quroli yoki bevosita shunday ashyo bo‘lgan narsani musodara qilish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti sud ijrochilari hududiy bo‘limlari tuman (shahar) bo‘linmalarining sud ijrochisi tomonidan ijro etiladi”.
(VII bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 31-maydagi O‘RQ-431-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 22-son, 407-modda)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.01.00 Markaziy bank, uning tarkibiy bo‘linmalari va muassasalari]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
VIII. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 247-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda):
1) 2-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Markaziy bank o‘z balansida aks ettirilgan mol-mulkka qonun hujjatlarida belgilangan tartibda egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf qilishga haqli”;
2) 3-moddasi ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“banklar, kredit uyushmalari va garovxonalar faoliyatini litsenziyalash hamda tartibga solish, banklar, kredit uyushmalari va garovxonalarni nazorat qilish, qimmatbaho qog‘ozlar blankalari ishlab chiqarishni litsenziyalash”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Markaziy bankning chet el valyutasi kursining yoki qimmatbaho metallar qiymatining o‘zgarishi natijasida oltin-valyuta rezervlarini qayta baholashdan hosil bo‘ladigan realizatsiya qilinmagan daromadlari va xarajatlari oltin-valyuta rezervlariga oid operatsiyalar bo‘yicha qayta baholash fondiga kiradi”;
beshinchi qismidagi“fondlar va majburiy rezervlar” degan so‘zlar “aniq maqsadga yo‘naltirilgan rezervlar va fondlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“banklar uchun iqtisodiy normativlarni va kredit uyushmalari hamda garovxonalar uchun moliyaviy operatsiyalar o‘tkazish qoidalarini tasdiqlaydi, shuningdek ularga rioya etilishini ko‘rib chiqadi;
bank faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziyalar berish va ularni chaqirib olish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi, kredit uyushmalari va garovxonalar faoliyati, shuningdek qimmatbaho qog‘ozlar blankalari ishlab chiqarish litsenziyalanishini amalga oshiradi”;
“24-modda. Monetar ko‘rsatkichlar o‘zgarishining aniq maqsadli mo‘ljallari
Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasidagi pul-kredit, moliya, valyuta va narx munosabatlari holatidan kelib chiqib, bitta yoki bir qancha monetar ko‘rsatkichlar o‘zgarishlarining aniq maqsadli mo‘ljallarini belgilashi mumkin”;
“27-modda. Markaziy bank operatsiyalari bo‘yicha foiz stavkalari
Markaziy bank o‘z operatsiyalari bo‘yicha foiz stavkalarini mustaqil belgilaydi”;
7) 30-moddasi birinchi qismining birinchi xatboshisidagi“uch oygacha bo‘lgan muddatga” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
8) 31-moddasi “Milliy xavfsizlik xizmati” degan so‘zlardan keyin “Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mita” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
birinchi qismidagi “rasmiy pul birligini” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasining pul birligini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “rasmiy pul” degan so‘zlar “pul” degan so‘z bilan almashtirilsin;
10) 39-moddasining birinchi qismidagi “ular o‘rniga albatta teng hajmdagi banknot va tangalar chiqargan holda” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
11) 46-moddasi “pul mablag‘larini” degan so‘zlardan keyin “va valyuta qimmatliklarini” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
12) 48-moddasining birinchi qismiquyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kreditlar hukumatga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlangan miqdorda ushbu Qonun 30-moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan va bir yil ichida qiymati to‘lanadigan aktivlar garovga qo‘yilishi sharti bilan beriladi”;
13) VIII bo‘limining nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“VIII. Banklar, kredit uyushmalari va garovxonalar faoliyatini, shuningdek qimmatbaho qog‘ozlar blankalari ishlab chiqarishni tartibga solish hamda nazorat qilish”;
“50-modda. Banklar, kredit uyushmalari va garovxonalar faoliyatini, shuningdek qimmatbaho qog‘ozlar blankalari ishlab chiqarishni tartibga solish hamda nazorat qilish borasidagi vazifalar
Markaziy bank moliya-bank tizimi barqarorligini saqlab turish, omonatchilar va kreditorlarning manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash maqsadida banklar, kredit uyushmalari va garovxonalar faoliyatini tartibga soladi hamda nazorat qiladi.
Markaziy bank banklar va kredit uyushmalarini ro‘yxatga oladi, shuningdek bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar beradi, kredit uyushmalari, garovxonalar faoliyatini va qimmatbaho qog‘ozlar blankalari ishlab chiqarishni litsenziyalaydi.
Banklar va kredit uyushmalarini ro‘yxatga olish, shuningdek banklar, kredit uyushmalari va garovxonalarga litsenziyalar berish Markaziy bank tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Qimmatbaho qog‘ozlar blankalarini ishlab chiqarishga litsenziyalar berish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Banklar va kredit uyushmalarini ro‘yxatga olish, shuningdek banklar, garovxonalarga hamda qimmatbaho qog‘ozlar blankalari ishlab chiqarishga litsenziyalar berish haq evaziga amalga oshiriladi.
Markaziy bank Banklarni davlat ro‘yxatiga olish daftari, kredit uyushmalari, garovxonalarga hamda qimmatbaho qog‘ozlar blankalari ishlab chiqarishga berilgan litsenziyalar reyestrini yuritadi. Berilgan litsenziyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar e’lon qilinishi kerak”;
15) 51-moddasining birinchi va ikkinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Markaziy bank:
bank operatsiyalarini amalga oshirish, buxgalteriya hisobi va bank statistika hisobotini yuritish, yillik hisobotlar tuzish yuzasidan banklar uchun majburiy bo‘lgan qoidalarni;
moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish, buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish yuzasidan kredit uyushmalari uchun majburiy bo‘lgan qoidalarni;
faoliyat va operatsiyalarni amalga oshirish yuzasidan garovxonalar uchun majburiy bo‘lgan qoidalarni belgilaydi.
Markaziy bank:
banklar, kredit uyushmalari va garovxonalarning hisoboti va boshqa hujjatlarini olish va tekshirish, ularning faoliyati, shu jumladan operatsiyalari to‘g‘risida axborot so‘rash hamda olish;
olingan axborot yuzasidan izoh talab qilish;
banklar va kredit uyushmalarining, ularning filiallari va ular bilan uzviy bog‘langan shaxslarning, shuningdek garovxonalarning faoliyatini tekshirish, qoidabuzarlarga nisbatan sanksiyalar qo‘llash;
banklarning ichki auditiga doir talablarni belgilash;
bank aktivlari sifatini tasnif qilish va aktivlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlar o‘rnini qoplash uchun shunga monand rezervlar yaratishga doir talablarni belgilash;
ishonchsiz aktivlarni hisobdan chiqarish shartlari va taomilini aniqlash;
banklar, kredit uyushmalari va garovxonalarga ularning faoliyatida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf qilish to‘g‘risida ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar yuborish;
bank aksiyadorlari ustav kapitalining qonun hujjatlarida belgilangan miqdordan ortiqroq qismini sotib olgan taqdirda ularning moliyaviy ahvoli hamda obro‘-e’tibori haqida axborot so‘rash va olish;
banklarning va ular filiallarining rahbarlari, boshqaruv a’zolari hamda bosh buxgalterlariga, kredit uyushmalari ijro organlarining rahbarlariga nisbatan malaka talablarini qo‘yish huquqiga ega”;
ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi “yoki uning filiali rahbarlarini” degan so‘zlardan keyin “shu jumladan bank kengashi rahbarlari va a’zolarini” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
“Kredit uyushmalari, garovxonalar, shuningdek qimmatbaho qog‘ozlar blankalari ishlab chiqaruvchilarga nisbatan choralar va sanksiyalar qo‘llash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi”;
Markaziy bank xalqaro tashkilotlar, chet davlatlarning markaziy banklari hamda bank nazoratining boshqa organlari bilan hamkorlik qiladi va axborot ayirboshlaydi”.
(IX bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi O‘RQ-138-sonli Qonuni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
(X bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 22-iyuldagi O‘RQ-163-sonli Qonuni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2008-y., 29-30-son, 278-modda)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Yuridik shaxslar. Tijorat tashkilotlari. Notijorat tashkilotlari]
XI. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5–6, 61-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda) 4-moddasining birinchi qismidagi ikkinchi va uchinchi jumlalar chiqarib tashlansin.
(XII bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 26-noyabrdagi O‘RQ-731-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2021-y., 03/21/731/1095-son)
XIII. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabr va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan qonunlari bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9–10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda):
“Lizing shartnomasi bo‘yicha lizing beruvchi (ijaraga beruvchi) bir taraf lizing oluvchi (ijaraga oluvchi) ikkinchi tarafning topshirig‘iga binoan sotuvchi uchinchi taraf bilan undan lizing oluvchi uchun mol-mulk sotib olish haqida kelishish majburiyatini oladi, lizing oluvchi esa buning uchun lizing beruvchiga lizing to‘lovlarini to‘lash majburiyatini oladi”;
“Lizing beruvchi lizing obyektini kimdan olayotgan bo‘lsa, shu shaxs sotuvchi deb e’tirof etiladi”;
to‘rtinchi qismidagi “ishlab chiqaruvchiga”, “ishlab chiqaruvchi” degan so‘zlar tegishli kelishikdagi “sotuvchi” degan so‘z bilan almashtirilsin;
3) 590-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Lizing to‘lovi lizing beruvchining lizing obyektini sotib olish uchun qilgan xarajatlarining hammasi yoki ko‘p qismi, shuningdek lizing obyektini yetkazib berish va belgilangan maqsadda foydalanish uchun uni yaroqli holga keltirish bilan bog‘liq boshqa xarajatlari lizing oluvchi tomonidan qoplanishi hamda lizing beruvchining daromadidan iborat bo‘ladi”;
“Mol-mulk yetkazib berilmagan, to‘liq yetkazib berilmagan, muddati kechiktirib yetkazib berilgan yoki uning sifati tegishli darajada bo‘lmagan taqdirda, lizing oluvchi, agar shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa”;
“Lizing shartnomasi muddatidan oldin bekor qilingan taqdirda lizing oluvchi ilgari bo‘nak sifatida to‘lagan pullarini, lizing obyektidan foydalanishdan olgan foydaning qiymatini chegirib tashlab, o‘ziga qaytarib berishni talab qilishga haqli”;
“Lizing oluvchi lizing to‘lovlarini to‘lash majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, lizing beruvchi o‘ziga tegishi kerak bo‘lgan to‘lovlarni foizi bilan olishi mumkin”;
to‘rtinchi qismidagi “muntazam to‘lovlarni” degan so‘z “lizing to‘lovlarini” degan so‘z bilan almashtirilsin.
(XIV bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi O‘RQ-138-sonli Qonuni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
(XV bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 20-yanvardagi O‘RQ-401-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 3(I)-son, 32-modda)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.01.00 Umumiy qoidalar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.11.00 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazorati / 09.01.11.01 Umumiy qoidalar. Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazoratini olib boruvchi organlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari;
2.Moliya / Soliqlar (yig‘imlar, bojlar)]
XVI. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 232-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 78, 217-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda, № 9-10, 82-modda):
1) 5-moddasi birinchi qismining 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5) savdo, tovarlarni berish va xizmatlar ko‘rsatish qoidalariga, shuningdek naqd pul tushumining bankka vaqtida topshirilishiga rioya etilishini tekshirish”;
2) 7-moddasi to‘rtinchi qismining 5-bandi chiqarib tashlansin.
(XVII bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 20-yanvardagi O‘RQ-401-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 3(I)-son, 32-modda)
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.02.00.00 Nikoh / 04.02.01.00 Nikoh tuzish tartibi va shartlari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Nikoh va oila. Fuqarolik holati dalolatnomalari]
XVIII. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 5-6-songa ilova) 17-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Nikohlanuvchi shaxslar davlat sog‘liqni saqlash tizimi muassasalarida bepul asosda tibbiy ko‘rikdan o‘tadilar. Tibbiy ko‘rikdan o‘tish hajmi va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.04.00 Yerning davlat hisobi. Davlat yer kadastri. Er monitoringi]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Davlat kadastri. Geodeziya va kartografiya]
XIX. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 28-avgustda qabul qilingan “Davlat yer kadastri to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 9, 165-modda) 6-moddasining oltinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
(XX bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 22-iyuldagi O‘RQ-163-sonli Qonuni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2008-y., 29-30-son, 278-modda)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.04 Lizing (shuningdek, 09.14.17.04 ga qarang)]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari]
XXI. O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 14-aprelda qabul qilingan “Lizing to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 108-modda):
1) 2-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Lizing (moliyaviy ijara) ijara munosabatlarining alohida turi bo‘lib, unda bir taraf (lizing beruvchi) ikkinchi tarafning (lizing oluvchining) topshirig‘iga binoan uchinchi tarafdan (sotuvchidan) lizing shartnomasida shartlashilgan mol-mulkni (lizing obyektini) mulk qilib sotib oladi va uni shu shartnomada belgilangan shartlarda haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun lizing oluvchiga o‘n ikki oydan ortiq muddatga beradi. Bunda lizing shartnomasi quyidagi shartlardan biriga muvofiq bo‘lishi kerak:
lizing shartnomasining muddati tugagach, lizing obyekti lizing oluvchining mulki bo‘lib o‘tsa;
lizing shartnomasining muddati lizing obyekti xizmat muddatining sakson foizidan ortiq bo‘lsa yoki lizing obyektining lizing shartnomasi tugaganidan keyingi qoldiq qiymati uning boshlang‘ich qiymatining yigirma foizidan kam bo‘lsa;
lizing shartnomasining muddati tugagach, lizing oluvchi lizing obyektini uning bozor qiymatidan past narxda evazini to‘lab sotib olish huquqiga ega bo‘lsa, bunda ana shu huquqni amalga oshirish kunidagi lizing obyekti qiymati asos bo‘ladi;
lizing shartnomasi amal qiladigan davr uchun lizing to‘lovlarining umumiy summasi lizing obyekti qiymatining to‘qson foizidan ortiq bo‘lsa”;
2) 3-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yer uchastkalari va boshqa tabiiy obyektlar, shuningdek muomaladan chiqarilgan yoki muomalada bo‘lishi cheklangan boshqa mol-mulk lizing obyektlari bo‘lishi mumkin emas”;
3) 4-moddasining beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Lizing obyekti lizing oluvchining krediti (qarzi) hisobidan olingan taqdirda, aniq lizing obyektiga nisbatan lizing beruvchining kreditori va lizing oluvchi bir shaxs timsolida ish ko‘rishiga yo‘l qo‘yilmaydi”;
6) 8-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Lizing faoliyati lizing beruvchi tomonidan o‘z mablag‘lari va (yoki) jalb etilgan mablag‘lar hisobidan lizing obyektining sotib olinishi va uni lizing shartnomasi bo‘yicha lizing oluvchiga berilishi borasidagi investitsiya faoliyati turidir”;
mol-mulk lizing obyekti hisoblanib, u haqda tuziladigan bitimlar qonunga muvofiq notarial tasdiqlanishi talab qilinadigan hollarda notarial tasdiqlanishi lozim”;
uchinchi qismi quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“sotuvchi va lizing obyektini tanlash uchun mas’ul tarafning ko‘rsatilishi”;
to‘rtinchi qismi ikkinchi xatboshisidagi “(moliyaviy lizingda)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
birinchi qismining beshinchi va oltinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“lizing obyekti yetkazib berilmagan, to‘liq yetkazib berilmagan, yetkazib berish muddati o‘tkazib yuborilgan yoki sifati talab darajasida bo‘lmagan lizing obyekti yetkazib berilgan taqdirda, agar shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, lizing to‘lovlari to‘lashni kechiktirish, yetkazib beriladigan lizing obyektidan voz kechish va lizing shartnomasining bekor qilinishini talab etish;
lizing shartnomasi muddatidan oldin bekor qilingan taqdirda, o‘zi ilgari avans sifatida to‘lagan to‘lovlarni lizing obyektidan foydalanishdan olingan foydaning qiymatini chegirib tashlagan holda, qaytarib berishni talab qilish”;
ikkinchi qismi “lizing to‘lovlari qoldig‘ini” degan so‘zlardan keyin “lizing beruvchining qolgan davrda oladigan daromadini chegirib tashlagan holda” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
“Lizing shartnomasining amal qilish muddati tugagunga qadar barcha lizing to‘lovlari lizing beruvchining lizing shartnomasi muddati tugagunga qadar qolgan davrda oladigan daromadi chegirib tashlangan holda to‘langan taqdirda, agar lizing shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, lizing obyektiga bo‘lgan mulk huquqi lizing oluvchiga o‘tishi mumkin”;
11) 16-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Lizing oluvchi lizing beruvchining ruxsati bilan lizing shartnomasi bo‘yicha o‘z huquqlaridan to‘liq yoki qisman uchinchi shaxslar foydasiga voz kechishi mumkin”;
12) 21-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Lizing beruvchi lizing oluvchining oldindan roziligini olmay turib, lizing obyektidan garov sifatida foydalanish huquqiga ega emas”;
13) 22-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Lizing to‘lovlari lizing beruvchining lizing obyektini olish uchun qilgan xarajatlarining hammasi yoki ko‘p qismi, shuningdek lizing obyektini yetkazib berish va belgilangan maqsadda foydalanish uchun uni yaroqli holga keltirish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlari lizing oluvchi tomonidan qoplanishi hamda lizing beruvchining daromadidan iborat bo‘ladi”;
14) 23-moddasining nomi va matnidagi “undirish” degan so‘zlar “talab qilib olish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
beshinchi va oltinchi qismlari tegishincha to‘rtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sog‘liqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
XXII. O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustda qabul qilingan “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 210-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda):
1) 3-moddasi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“maxsus vakolatli organlar — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan vakolatlarga muvofiq giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi sohasidagi boshqaruv va nazoratni amalga oshiruvchi organlar”;
2) 12-moddasining birinchi qismidagi “giyohvandlik vositalarini nazorat qilish bo‘yicha maxsus vakolatli organ (bundan buyon matnda maxsus vakolatli organ deb yuritiladi)” degan so‘zlar “maxsus vakolatli organ” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
(XXIII bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 30-avgustdagi O‘RQ-865-sonli Qonuniga asosan 2023-yil 1-dekabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2023-y., 03/23/865/0664-son)
(XXIV bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyuldagi O‘RQ-701-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 03/21/701/0674-son)
(XXV bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyuldagi O‘RQ-701-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 03/21/701/0674-son)
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 13-dekabr,
447-II-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 52-son, 533-modda; 2008-y., 29-30-son, 278-modda; 2016-y., 3(I)-son, 32-modda; 2017-y., 22-son, 407-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2021-y., 03/21/677/0155-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 03/21/701/0674-son; 26.11.2021-y., 03/21/731/1095-son; 30.08.2023-y., 03/23/865/0664-son; 15.02.2024-y., 03/24/907/0127-son)