

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                        <div class="act_warning">
                            Hujjat kuchini yo‘qotgan&nbsp;23.07.2008
                        </div>
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-21077" id="onLBC-21077">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6695"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.02.00 Qimmatli qogʻozlar bozorining umumiy qoidalari;</span></div><div id="LBC6702"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.04.00 Qimmatli qogʻozlar bozorida kasb faoliyati / 07.24.04.05 Transfer-agent]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-21077" id="onLS-21077">[<b>TSZ:</b><div id="LS3751"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Moliya / Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori]</span></div></div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-21079" id="-21079">Oʻzbekiston Respublikasining qonuni</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-21080" id="-21080">QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORIDA DEPOZITARIYLAR FAOLIYATI TOʻGʻRISIDA</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-21082" id="-21082"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-1377662" id="-1377662">Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 22-iyuldagi OʻRQ-163-sonli “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-1374865#-1376471">Qonuni </a>bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-21085" id="-21085">1-modda. Mazkur Qonunning maqsadi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21086" id="-21086">Mazkur Qonunning maqsadi qimmatli qogʻozlar bozorida depozitariylarning korporativ qimmatli qogʻozlarga doir faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solib turishdan iborat.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-21089" id="-21089">2-modda. Asosiy tushunchalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21092" id="-21092">Mazkur Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21093" id="-21093">korporativ qimmatli qogʻozlar (bundan buyon matnda qimmatli qogʻozlar deb yuritiladi) — xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan naqd yoki naqd boʻlmagan holda chiqarilgan qimmatli qogʻozlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21095" id="-21095">naqd qimmatli qogʻozlar — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda pul hujjatlari shaklida tayyorlangan va muomalaga chiqarilgan qimmatli qogʻozlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21098" id="-21098">naqd boʻlmagan qimmatli qogʻozlar — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda depozitariylarning hisobga olish roʻyxatlaridagi yozuv shaklida muomalaga chiqarilgan qimmatli qogʻozlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21100" id="-21100">qimmatli qogʻozlarning hisobga olish roʻyxatlari — qimmatli qogʻozlarni depozitariyda saqlash va qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqni hisobga olish boʻyicha depozitar operatsiyalar standartlari bilan belgilangan yozuvlar tizimi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21102" id="-21102">qimmatli qogʻozlar harakati— depozitariylarning hisobga olish roʻyxatlarida qayd qilinadigan qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarning oʻtishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21105" id="-21105">qimmatli qogʻozlar depozitariylari — (bundan buyon matnda depozitariylar deb yuritiladi) — qimmatli qogʻozlarni saqlash va qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqni hisobga olish boʻyicha faoliyat yurituvchi qimmatli qogʻozlar bozori institutlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21107" id="-21107">qimmatli qogʻozlarning Markaziy depozitariysi (bundan buyon matnda Markaziy depozitariy deb yuritiladi) — Oʻzbekiston Respublikasi depozitariylarida qimmatli qogʻozlarni saqlash, qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqni hisobga olish va qimmatli qogʻozlar harakatining yagona tizimini taʼminlovchi depozitariy;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21109" id="-21109">qimmatli qogʻozlar egasi — qimmatli qogʻozlar unga mulk huquqi asosida yoki boshqa ashyoviy huquq asosida tegishli boʻlgan shaxs;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21110" id="-21110">deponent — depozitariy bilan qimmatli qogʻozlarni saqlash va uning qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqini hisobga olish haqida shartnoma tuzgan jismoniy yoki yuridik shaxs;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21112" id="-21112">depo hisobvaragʻi — deponentning qimmatli qogʻozlarini saqlash va qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqni hisobga olishga moʻljallangan depozitariyning hisobga olish roʻyxatlaridagi jami yozuvlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21114" id="-21114">guvohnoma — depo hisobvaragʻidan koʻchirma boʻlib, deponentning tegishli huquqlarini tasdiqlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21118" id="-21118">qimmatli qogʻozlar bilan depozitar operatsiyalar (bundan buyon matnda depozitar operatsiyalar deb yuritiladi) — qimmatli qogʻozlarni saqlash va qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olish boʻyicha depozitariylar tomonidan hisobga olish roʻyxatlarida amalga oshiriladigan operatsiyalar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21120" id="-21120">depozitar operatsiyalar standartlari — depozitar operatsiyalar oʻtkazishning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan meʼyorlari va qoidalari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21122" id="-21122">depozitar shartnoma — depozitariy bilan deponent oʻrtasida yozma shaklda tuziladigan, qimmatli qogʻozlarni saqlash va qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olish bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solib turuvchi shartnoma;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21124" id="-21124">vakolatli davlat organi — qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish vakolati davlat tomonidan berilgan organ.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-21126" id="-21126">3-modda. Depozitariylar faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21128" id="-21128">Qimmatli qogʻozlar bozorida depozitariylar faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun hamda boshqa qonun hujjatlaridan iborat.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-21131" id="-21131">4-modda. Depozitariylar tuzilishi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21133" id="-21133">Depozitariylar jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan chet el jismoniy va yuridik shaxslari tomonidan, yuridik shaxsning istalgan tashkiliy-huquqiy shaklida tuzilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21135" id="-21135">Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatdan oʻtgan banklar, reyestr egalari tegishli litsenziya asosida qimmatli qogʻozlar bozorida depozitariy sifatida faoliyat koʻrsatishlari mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21137" id="-21137">Depozitariy ustav fondining eng kam miqdori qonun hujjatlarida tegishli yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakliga nisbatan belgilangan miqdordan kam boʻlmasligi kerak.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-21139" id="-21139">5-modda. Depozitariylarning filiallari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21141" id="-21141">Depozitariy filiallar ochish huquqiga ega boʻlib, ular depozitariyning alohida boʻlinmalari deb hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21143" id="-21143">Depozitariy filiali oʻz faoliyatini uni tuzgan depozitariy tasdiqlagan nizom asosida, uning rahbari esa — tegishli ishonchnoma asosida amalga oshiradi. Depozitariy filiali uni tuzgan depozitariyga berilgan litsenziyada nazarda tutilmagan depozitar xizmatlar koʻrsatishi mumkin emas.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-21145" id="onLBC-21145">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6710"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.05.00 Qimmatli qogʻozlar bozoridagi kasb faoliyatini litsenziyalash]</span></div></div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-21145" id="-21145">6-modda. Depozitariylar faoliyatiga litsenziya berish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21148" id="-21148">Depozitariylar Oʻzbekiston Respublikasida oʻz faoliyatini maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosida amalga oshiradilar. Litsenziyada ruxsat berilgan depozitar xizmatlar roʻyxati koʻrsatiladi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-185758" id="-185758">“Depozitariy tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar Depozitariy faoliyatni amalga oshirishga doir talablar toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-811688">Nizomning </a>(roʻyxat raqami 809, 31.08.1999-y.) 1-son ilovasida nazarda tutilgan asosiy depozitar xizmatlarning minimal roʻyxatiga muvofiq boʻlishi lozim.<br /></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21149" id="-21149">Litsenziya berish, uni qaytarib olish yoxud uning amal qilishini toʻxtatib qoʻyish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi hamda ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi shart.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-185807" id="-185807">Batafsil maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 9-iyulda 308-son qarori bilan tasdiqlangan “Qimmatli qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyatni (investitsiya institutlarining qimmatli qogʻozlar bozoridagi faoliyatini) litsenziyalash toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-245370#-430921">Nizomga </a>qarang.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-21151" id="-21151">7-modda. Depozitariyning faoliyatini tugatish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21154" id="-21154">Depozitariyning faoliyatini tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-185842" id="-185842">Qoʻshimcha maʼlumot uchun “Depozitar faoliyat toʻxtatilgan va tugatilgan taqdirdagi harakatlar tartibi toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-806013">Nizomga </a>(roʻyxat raqami 1130, 23.04.2002-y.) qarang.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21157" id="-21157">Depozitariyning faoliyatini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda oʻn kunlik muddat ichida matbuotda tegishli axborot eʼlon qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21159" id="-21159">Oʻz faoliyatini tugatayotgan (tugatilayotgan) depozitariyda saqlanayotgan qimmatli qogʻozlar va hisobga olish roʻyxatlari deponentning qaroriga binoan bir haftalik muddat ichida boshqa depozitariyga oʻtkaziladi, bunday qaror mavjud boʻlmagan hollarda esa — vakolatli davlat organi tomonidan (vakolatli davlat organi bilan kelishgan holda tugatish komissiyasi tomonidan) belgilangan muddatlarda, deponentlar tomonidan tanlangan depozitariylarga keyinchalik oʻtkazish uchun — Markaziy depozitariyga oʻtkaziladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-21160" id="-21160">8-modda. Depozitariylar tizimi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21178" id="-21178">Depozitariylar tizimi Oʻzbekiston Respublikasi hududida ikki bosqichli boʻlib, ular Markaziy depozitariyni va depozitariylarni oʻz ichiga oladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21182" id="-21182">Har bir depozitariy davlat roʻyxatidan oʻtib, litsenziya olgandan soʻng vakolatli davlat organi tasdiqlagan tartibda Markaziy depozitariyda vakillik hisobvaragʻini ochishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21184" id="-21184">Depozitariylar oʻz deponentlarining Markaziy depozitariy vakillik hisobvaraqlarida jamlab hisobga olib boriladigan naqd boʻlmagan qimmatli qogʻozlariga boʻlgan huquqlar hisobini yuritadilar, shuningdek naqd qimmatli qogʻozlarni saqlashni amalga oshiradilar va ular boʻyicha huquqlar hisobini yuritadilar.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-21198" id="-21198">9-modda. Markaziy depozitariy</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21199" id="-21199">Markaziy depozitariy qonun hujjatlariga muvofiq davlat unitar korxonasi sifatida tuziladi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-186003" id="-186003">Qoʻshimcha maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining <a href="/mact/-111189#-152241">70</a>, <a href="/mact/-111189#-152262">71</a>-moddalariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 21-maydagi 263-son “Qimmatli qogʻozlarning markaziy depozitariysini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-299464">qaroriga </a>qarang.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21200" id="-21200">Markaziy depozitariy oʻz faoliyatini xizmat koʻrsatishdan olingan daromadlar va boshqa tushumlar hisobiga amalga oshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21203" id="-21203">Markaziy depozitariy xizmatlari uchun olinadigan tariflar miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-21206" id="-21206">10-modda. Markaziy depozitariyning mutlaq vazifalari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21257" id="-21257">Markaziy depozitariy mutlaq vazifalari quyidagilardan iborat:</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-101520" id="edi-101520"><a href="/mact/-21077?ONDATE=22.09.1998 00#-21262">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-101520" id="-101520">naqd boʻlmagan qimmatli qogʻozlarni saqlash; </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-101522" id="-101522">(10-modda ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447–II-son <a href="/mact/-55080?ONDATE=19.02.2003 00#-74613">Qonuni</a> tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21266" id="-21266">davlat tasarrufidan chiqarilgan va xususiylashtirilgan obyektlarning naqd qimmatli qogʻozlarini ular sotib olingunga qadar boʻlgan davrda saqlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21270" id="-21270">naqd va naqd boʻlmagan qimmatli qogʻozlarga nisbatan davlat huquqlarini hisobga olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21272" id="-21272">depozitariylarning vakillik hisobvaraqlarini yuritish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21275" id="-21275">birja va birjadan tashqari savdolar qatnashchilarining qimmatli qogʻozlari savdolarga qoʻyilishidan oldin ular borligini va haqiqiy ekanligini tasdiqlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21279" id="-21279">savdolarda tuzilgan bitimlarga muvofiq birja va birjadan tashqari savdolar qatnashchilariga qimmatli qogʻozlar yetkazib berilishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21282" id="-21282">naqd va naqd boʻlmagan qimmatli qogʻozlar muomalaga chiqarilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni saqlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21287" id="-21287">Oʻzbekiston Respublikasi hududida norezidentlar tomonidan, shuningdek qimmatli qogʻozlarning xorijiy fond bozorlarida Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlarni hisobga olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21288" id="-21288">depozitariylar tizimida qimmatli qogʻozlar harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni jamlash va tartibga solib turish.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-21293" id="-21293">11-modda. Qimmatli qogʻozlar bozorida depozitariylar faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21295" id="-21295">Qimmatli qogʻozlar bozorida depozitariylar faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21298" id="-21298">Depozitar operatsiyalar standartlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va depozitariylar ularga rioya etishini nazorat qilish vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21300" id="-21300">Depozitariylar vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartib va muddatlarda depozitar operatsiyalarga oid hujjatlarni oʻz arxivlarida saqlashga majburlar.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-186005" id="-186005">“Depozitariy faoliyatni amalga oshirishga doir talablar toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-811688">Nizomning </a>(roʻyxat raqami 809, 31.08.1999-y.) 6.1.6.-bandiga muvofiq depozitariy hujjatlashtirilgan maʼlumotni maʼlumot kelgandan keyin kamida uch yil saqlashga majbur. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-21302" id="-21302">12-modda. Depozitar xizmatlar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21305" id="-21305">Depozitariylar oʻz faoliyatlarini amalga oshirish chogʻida depozitar operatsiyalar standartlariga muvofiq quyidagi xizmat turlarini koʻrsatadilar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21307" id="-21307">qimmatli qogʻozlarni saqlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21309" id="-21309">naqd va naqd boʻlmagan qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqni hisobga olish va tegishli guvohnoma berish yoʻli bilan buni tasdiqlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21312" id="-21312">qimmatli qogʻozlar zimmasiga majburiyatlar yuklangan holatlarni, shuningdek ular tugatilgan holatlarni hisobga olish.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-21315" id="-21315">13-modda. Qimmatli qogʻozlar bozorida depozitariy faoliyatini faoliyatning boshqa turlari bilan qoʻshib olib borish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21317" id="-21317">Qimmatli qogʻozlarni saqlaydigan depozitariy qimmatli qogʻozlar egasining topshirigʻi asosida qimmatli qogʻozlar egalari reyestrida qimmatli qogʻozning nominal egasi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-186058" id="-186058">Depozitariyni qimmatli qogʻozning nominal egasi sifatida amalga oshiradigan funksiyalarining xususiyatlari Depozitar hisob va hisobotning <a href="/mact/-814415">yagona qoidalarining </a>(standartlari) (roʻyxat raqami 844, 01.12.1999-y.) XII boʻlimida belgilangan. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21320" id="-21320">Depozitariy oʻz faoliyatini qimmatli qogʻozlar egalari reyestrini yuritish faoliyati bilan qoʻshib olib berishi mumkin, bunda u qimmatli qogʻozlarning nominal egasi hisoblanmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21323" id="-21323">Depozitariy oʻz faoliyatini qimmatli qogʻozlar bozorida boshqa faoliyat turlari bilan qoʻshib olib borishi mumkin emas, qimmatli qogʻozning nominal egasi sifatidagi faoliyat, shuningdek qimmatli qogʻozlar egalari reyestrini yuritish faoliyati bundan mustasno.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-21327" id="-21327">14-modda. Depozitariylar tizimida qimmatli qogʻozlar harakati</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21332" id="-21332">Vakolatli davlat organi barcha qimmatli qogʻozlarning chiqarilishini tasdiqlovchi hujjatlar aslining bir nusxasini Markaziy depozitariyga berilishini taʼminlaydi. Markaziy depozitariy depozitar operatsiyalar boʻyicha belgilangan standartlarga muvofiq hisobga olish roʻyxatlarini toʻldirish yoʻli bilan qimmatli qogʻozlarning hisobga olinishini amalga oshiradi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-186075" id="-186075">Depozitar hisob va hisobotning <a href="/mact/-814415">yagona qoidalariga </a>(standartlariga) (roʻyxat raqami 844, 01.12.1999-y.) qarang. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21334" id="-21334">Depozitariylar tizimida qimmatli qogʻozlar harakati ushbu Qonunning <a href="/mact/-21077#-21160">8-moddasiga </a>muvofiq vakolatli davlat organi tasdiqlaydigan tartibda amalga oshiriladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-21337" id="-21337">15-modda. Deponentning huquqlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21527" id="-21527">Deponent quyidagi huquqlarga egadir:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21528" id="-21528">depozitariydagi oʻzining depo hisobvaragʻida boʻlgan qimmatli qogʻozlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartib va doirada tasarruf etish. Deponentda depozitariyda hisobga olinadigan qimmatli qogʻozlarni tasarruf etish huquqi qimmatli qogʻozlar uning depo hisobvaragʻiga kiritilgan paytdan eʼtiboran vujudga keladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21529" id="-21529">depozitariyga oʻz depo hisobvaragʻi boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirish yuzasidan topshiriq berish (uchinchi shaxslar oldida zimmasiga majburiyatlar yuklangan qimmatli qogʻozlarni ularga yuklangan majburiyatlar tugaganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etmay turib oʻtkazish toʻgʻrisidagi farmoyish bundan mustasno), soʻrov kiritish, topshiriqlar bajarilganligi toʻgʻrisidagi hisobotni talab qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21531" id="-21531">oʻziga tegishli naqd qimmatli qogʻozlarni saqlash va istalgan depozitariyga naqd va naqd boʻlmagan qimmatli qogʻozlarga nisbatan mulk egaligi huquqini hamda boshqa ashyoviy huquqlarni hisobga olishni topshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21532" id="-21532">depozitar shartnoma tuzish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilgunga qadar depozitariyda qimmatli qogʻozlarni saqlash va hisobga olish qoidalari bilan tanishish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21534" id="-21534">depozitar shartnoma shartlariga muvofiq oʻz depo hisobvaragʻining holati haqida guvohnoma olish va oʻzining depo hisobvaragʻi boʻyicha depozitariy tomonidan oʻtkazilgan operatsiyalar toʻgʻrisida hisobot olish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21536" id="-21536">Deponent qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham egadir.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-21538" id="-21538">16-modda. Deponentning majburiyatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21540" id="-21540">Deponent quyidagilarga majburdir:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21541" id="-21541">oʻzining vakolatli shaxsining vakolati tugatilishi yoki oʻzgarishi toʻgʻrisida depozitariyni xabardor qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21543" id="-21543">oʻz rekvizitlaridagi barcha oʻzgarishlar haqida depozitariyga xabar berish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21545" id="-21545">depozitariyning yozma xabarlari toʻgʻriligini va toʻlaligini tekshirish, agar noaniqliklar borligi aniqlanadigan boʻlsa, ular haqida depozitariyni oʻz vaqtida xabardor qilish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21547" id="-21547">Deponent qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-21548" id="-21548">17-modda. Depozitariyning huquqlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21550" id="-21550">Depozitariy quyidagi huquqlarga egadir:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21552" id="-21552">belgilangan tartibda naqd qimmatli qogʻozlarning haqiqiyligini tekshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21557" id="-21557">qonun hujjatlarida belgilangan tartibda naqd qimmatli qogʻozlarni inkassatsiya qilish va tashish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21559" id="-21559">deponentlarning topshirigʻiga binoan ularga tegishli qimmatli qogʻozlar boʻyicha daromadlarni oʻtkazish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21561" id="-21561">Depozitariy qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham egadir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21563" id="-21563">Depozitariy quyidagilarga haqli emas:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21565" id="-21565">oʻziga saqlash uchun berilgan mulkdan qimmatli qogʻozlar sifatida foydalanish yoki depo hisobvaraqlaridan deponentning ruxsatisiz qimmatli qogʻozlarni oʻtkazish, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21567" id="-21567">oʻzi chiqargan qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquq hisobini yuritish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21569" id="-21569">qimmatli qogʻozlar bilan oldi-sotdi, vositachilik, topshiriq, hadya, ayirboshlash shartnomalarini va boshqa turdagi bitimlarni tuzish, depozitariyning oʻzi chiqargan qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar bundan mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21571" id="-21571">Agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, Markaziy depozitariy quyidagilarga ham haqli emas:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21573" id="-21573">davlatga tegishli boʻlmagan naqd va naqd boʻlmagan qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquq hisobini yuritish, ushbu Qonunning <a href="/mact/-21077#-21151">7</a> va <a href="/mact/-21077#-21206">10</a>-moddalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21575" id="-21575">aksiyadorlar reyestrini yuritish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21577" id="-21577">boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga moliyaviy yordam koʻrsatish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21578" id="-21578">boshqa yuridik shaxslarning ustav jamgʻarmasida qatnashish.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-21581" id="-21581">18-modda. Depozitariyning majburiyatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21612" id="-21612">Depozitariy quyidagilarga majburdir:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21614" id="-21614">oʻziga saqlash uchun topshirilgan naqd va naqd boʻlmagan qimmatli qogʻozlarning saqlanishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21617" id="-21617">har bir deponentga tegishli qimmatli qogʻozlarning turlari, soni va nominal qiymatini hisobga olib borish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21619" id="-21619">qimmatli qogʻozlar zimmasiga majburiyatlar yuklatilgan hollar va ular tugatilgan hollar hisobini yuritish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21622" id="-21622">deponentlarning yozma topshiriqlari asosida deponentlarga emitentdan yoki reyestr egasidan olingan aksiyadorlar yigʻilishi, dividendlar toʻlanishi va boshqa harakatlar toʻgʻrisidagi axborotni yetkazish;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-101527" id="edi-101527"><a href="/mact/-21077?ONDATE=22.09.1998 00#-21631">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-101527" id="-101527">deponentlar hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni faqat deponentlarning yoki ular ishonchli vakillarining belgilangan shakldagi topshiriqlari asosida amalga oshirish, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-101529" id="-101529">(18-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447–II-son <a href="/mact/-55080?ONDATE=19.02.2003 00#-74615">Qonuni</a> tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-186143" id="-186143">Topshiriqlarning shakllari Depozitar hisob va hisobotning <a href="/mact/-814415">yagona qoidalarida </a>(standartlari) (roʻyxat raqami 844, 01.12.1999-y.) belgilangan.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-186144" id="-186144">Vakolatli davlat organi, monopoliyaga qarshi kurash davlat organi, shuningdek sud va huquqni muhofaza qilish organlarining qarorlari mavjud boʻlgan taqdirda depozitariy Depozitar hisob va hisobotning <a href="/mact/-814415">yagona qoidalarining </a>(standartlari) (roʻyxat raqami 844, 01.12.1999-y.) 53-bandida (“Qimmatli qogʻozlarni toʻxtatib qoʻyish”) belgilangan tartibda depo hisobvaragʻi boʻyicha operatsiyalarni tugatishga majbur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21634" id="-21634">depo hisobvaraqlari holatiga oʻzgartishlar kiritishga asos hisoblanuvchi barcha birlamchi hujjatlarni saqlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21636" id="-21636">deponentning qimmatli qogʻozlarga mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarini tegishli guvohnoma berish bilan tasdiqlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21638" id="-21638">depo hisobvaragʻining holati va undagi oʻzgartishlar toʻgʻrisidagi axborotning maxfiyligini taʼminlash, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21640" id="-21640">depo hisobvaragʻi boʻyicha operatsiyalarni vakolatli davlat organi, monopoliyaga qarshi kurash davlat organi, shuningdek sud va huquqni muhofaza qilish organlarining qarorlari asosida, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tugatish;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-186147" id="-186147">Batafsil maʼlumot uchun Depozitar hisob va hisobotning <a href="/mact/-814415">yagona qoidalarining </a>(standartlari) (roʻyxat raqami 844, 01.12.1999-y.) 53-bandiga (“Qimmatli qogʻozlarni toʻxtatib qoʻyish”) qarang.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21641" id="-21641">vakolatli davlat organining talabiga binoan oʻzining faoliyatiga taalluqli maʼlumotlarni qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan doirada taqdim etish.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-186154" id="-186154">Qoʻshimcha maʼlumot uchun Depozitar hisob va hisobotning <a href="/mact/-814415">yagona qoidalarining </a>(standartlari) (roʻyxat raqami 844, 01.12.1999-y.) 76-bandiga (“Vakolatli davlat organi va Markaziy depozitariy oldidagi hisobot”) qarang.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21643" id="-21643">Depozitariy qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-21645" id="-21645">19-modda. Depozitariylarda qimmatli qogʻozlar saqlanishining kafolati</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21647" id="-21647">Depozitariylarda qimmatli qogʻozlarning saqlanishi ularni qimmatli qogʻozlarni saqlashga doir talablarga javob beradigan qimmatli qogʻozlarni saqlash joylarida saqlash va hisobga olish roʻyxatlarini depozitar operatsiyalar standartlariga muvofiq holda yuritish orqali taʼminlanadi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-186187" id="-186187">Qoʻshimcha maʼlumot uchun “Depozitariy faoliyatni amalga oshirishga doir talablar toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-811688">Nizomning </a>(roʻyxat raqami 809, 31.08.1999-y.) 3-bandiga (“Xona va saqlash joylariga qoʻyiladigan talablar”) va Depozitar hisob va hisobotning <a href="/mact/-814415">yagona qoidalarining </a>(standartlari) (roʻyxat raqami 844, 01.12.1999-y.) 26-bandiga (“Depozitariyning hisob registrlari”) qarang. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21649" id="-21649">Markaziy depozitariyda saqlanayotgan va hisobga olinayotgan qimmatli qogʻozlarning saqlanishi, shuningdek Markaziy depozitariyning maʼlumotlari majmuida qoʻshimcha saqlab turilishi, texnik tizimlarda uzilish yuz berganda va kutilmagan vaziyatlar vujudga kelganda Markaziy depozitariy maʼlumotlari majmuini tezkor tiklash orqali taʼminlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21651" id="-21651">Vakolatli davlat organi qimmatli qogʻozlarning Depozitariylarda saqlanishi va ularga boʻlgan huquq hisobi yuritilishi ishonchliligini taʼminlashga doir qoʻshimcha talablarni belgilashi mumkin.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-21652" id="-21652">20-modda. Axborotning maxfiyligi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21656" id="-21656">Depozitariylar depo hisobvaraqlaridagi operatsiyalarining maxfiyligini kafolatlaydi. Depozitariylarning barcha xizmatchilari depo hisobvaraqlaridagi operatsiyalarni sir tutishlari shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21660" id="-21660">Depozitariyning deponentlari toʻgʻrisidagi, depo hisobvaraqlarining holati haqidagi, depo hisobvaraqlarida amalga oshirilgan operatsiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek ularni oʻtkazish chogʻida depozitariyga ularni maxfiy saqlash zarurligi yozma ravishda koʻrsatilgan boshqa maʼlumotlar maxfiy axborot hisoblanadi va qonun bilan qoʻriqlanadi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-186191" id="-186191">Depozitar hisob va hisobotning <a href="/mact/-814415">yagona qoidalarining </a>(standartlari) (roʻyxat raqami 844, 01.12.1999-y.) 4-bandiga (“Axborotning maxfiyligi”) qarang. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21661" id="-21661">Jismoniy shaxslarning depozitar operatsiyalari hamda depo hisobvaraqlari boʻyicha maʼlumotnomalar qimmatli qogʻozlar egalarining oʻzlariga yoki nominal egalariga hamda ularning qonuniy vakillariga beriladi, shuningdek sudlarga, surishtiruv va tergov organlariga ular ixtiyoridagi ishlar yuzasidan, deponentlarning depo hisobvaraqlarida boʻlgan qimmatli qogʻozlari xatlanishi, undiruvga qaratilishi yoki musodara qilish qoʻllanilishi mumkin boʻlgan hollarda beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21664" id="-21664">Depozitar operatsiyalar va depo hisobvaraqlari yuzasidan maʼlumotnomalar ularning egalari vafot etgan taqdirda merosxoʻrlariga yoki depo hisobvaragʻi egasi tomonidan koʻrsatilgan shaxslarga, meros ishlarini koʻrib chiqayotgan notarial idoralarga, chet el fuqarolari masalasida esa — chet el konsullik muassasalariga beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21667" id="-21667">Yuridik shaxslarning depozitar operatsiyalari hamda depo hisobvaraqlari yuzasidan maʼlumotnomalar yuridik shaxslarning oʻzlariga, prokurorga, sudlarga beriladi, surishtiruv va tergov organlariga esa — qoʻzgʻatilgan jinoiy ish mavjud boʻlgan hollarda beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21669" id="-21669">Maxfiy axborotni oshkora etganliklari uchun bunday axborotdan xabardor boʻlgan shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-186192" id="-186192">Sir tutiladigan axborotni egasining roziligisiz qasddan oshkor qilish yoki undan foydalanish, xoʻjalik yurituvchi subyektga koʻp miqdorda zarar yetkazgan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining <a href="/mact/-111453#-265669">191-moddasiga </a>asosan javobgarlikni keltirib chiqaradi. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-21671" id="-21671">21-modda. Depozitariyning javobgarligi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21672" id="-21672">Depozitariy quyidagi hollarda oʻz deponentlari oldida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgardir:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21674" id="-21674">depo hisobvaraqlarida qimmatli qogʻozlar egalari va ularga tegishli qimmatli qogʻozlar toʻgʻrisidagi yozuvlar yoʻqotilganda. Depozitariy oʻz hisobidan yoʻqotilgan yozuvlarni tiklaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21676" id="-21676">deponentlarning naqd qimmatli qogʻozlari depozitariyning saqlash joylarida tegishlicha saqlanmaganligi oqibatida ular yoʻqotilgan yoki yaroqsiz holga kelganda. Depozitariy koʻrsatilgan qimmatli qogʻozlarni tayyorlashga ketadigan xarajatlarni qoplaydi yoki oʻz hisobidan yangilarini tayyorlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21678" id="-21678">qimmatli qogʻozlar chiqarilganligini tasdiqlaydigan hujjatlarni va hisobga olish roʻyxatlaridagi yozuvlarni lozim darajada saqlamaganda va bu ularning yoʻqolishi yoki yaroqsiz holga kelishiga sabab boʻlganda. Depozitariy oʻz hisobidan koʻrsatilgan hujjatlarni va qimmatli qogʻozlarning hisobga olish roʻyxatlarini tiklaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21681" id="-21681">deponentlarga tegishli qimmatli qogʻozlarga egalik huquqi oʻz vaqtida va lozim darajada hisobga olinmaganda. Deponent koʻrsatilgan xizmatlar uchun Depozitariy shartnomasida belgilangan miqdorda toʻlovlarni kamaytirish huquqiga ega;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21684" id="-21684">uning harakati yoki harakatsizligi deponent oʻziga tegishli qimmatli qogʻozlar bilan bogʻliq huquqlarini amalga oshira olmasligiga olib kelganda. Depozitariy deponentga zararni, shu jumladan boy berilgan foydani toʻla hajmda toʻlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21686" id="-21686">depozitar shartnoma shartlarini buzganda.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-186194" id="-186194">Qoʻshimcha maʼlumot uchun Depozitar hisob va hisobotning <a href="/mact/-814415">yagona qoidalarining </a>(standartlari) (roʻyxat raqami 844, 01.12.1999-y.) 3-bandiga (“Javobgarlik”) qarang. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-21690" id="-21690">22-modda. Nizolarni hal etish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-21693" id="-21693">Depozitariy bilan deponent oʻrtasidagi nizolar sud tartibida yoki taraflarning kelishuviga muvofiq, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, xakamlar muhokamasida hal etiladi.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-21703" id="-21703">Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-21707" id="-21707">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-21710" id="-21710">1998-yil 29-avgust,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-21712" id="-21712">672-I-son</div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-21081" id="-21081">(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 172-modda; 2003-y., 1-son, 8-modda)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
