Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Mamlakatlar oʻrtasida madaniy, ilm-fan, taʼlim almashinuviga, investitsion iqlimni yaxshilashga va mamlakatimiz turistik salohiyatini rivojlantirishga ijobiy taʼsir koʻrsatadigan Oʻzbekiston Respublikasi hamda Xitoy Xalq Respublikasi oʻrtasida xalqaro munosabatlarni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
1. 2020-yil 1-yanvardan boshlab Xitoy Xalq Respublikasi, shu jumladan Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong maxsus maʼmuriy hududi fuqarolari uchun tashuvchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari boʻlinmalariga yoʻlovchilar toʻgʻrisida dastlabki maʼlumotlarni oʻz vaqtida taqdim qilgan holda qaytish aviachiptasi mavjud boʻlgan shartlarda mamlakatimiz xalqaro aeroportlari orqali 7 kundan koʻp boʻlmagan muddatga Oʻzbekiston Respublikasiga vizasiz kirish tartibi belgilansin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklansin.