1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xo‘jaligi / 14.03.01.00 Turizm]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sog‘liqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Turizm]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini kamaytirish uchun turizm sohasini qo‘llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida
Koronavirus pandemiyasining salbiy ta’siri oqibatida eng ko‘p zarar ko‘rgan va ko‘rayotgan turizm hamda unga bevosita bog‘liq bo‘lgan tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlash, yuz minglab ish o‘rinlari va malakali mutaxassislarni saqlab qolish, ularning daromadlarini ushlab turish, shuningdek, mamlakatda sanitariya-epideomologik vaziyat yaxshilanishiga qarab turizm sohasini jadal qayta tiklash maqsadida:
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sog‘lomligi / 14.01.08.03 Infeksion va ommaviy kasalliklar profilaktikasi;
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xo‘jaligi / 14.03.01.00 Turizm]
1. O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning yangi turi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi, jamoat tashkilotlari va turizm sohasi subyektlarining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
belgilangan sanitariya-gigiyena me’yorlari va talablariga qat’iy rioya etgan holda 2020-yilning 1-iyunidan “yashil” va “sariq” toifadagi hududlarda ichki turizmni qayta yo‘lga qo‘yish bilan birgalikda yondosh tashkilotlarning (turoperatorlar, turagentliklar, joylashtirish vositalari, madaniyat va madaniy meros obyektlari hamda boshqalar) faoliyatini boshlash;
fuqarolariga O‘zbekiston Respublikasiga kirishga ruxsat etiladigan mamlakatlar ro‘yxatini belgilab olgan holda kirish turizmni bosqichma-bosqich qayta tiklash.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.06.00 Vaqtinchalik soliq imtiyozlari;
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xo‘jaligi / 14.03.01.00 Turizm]
2. Belgilansinki, turoperatorlar, turagentlar, shuningdek joylashtirish vositalari uchun:
2020-yil 1-iyundan 2021-yil 31-dekabrga qadar foyda solig‘i stavkasi belgilangan stavkaga nisbatan 50 foizga kamaytiriladi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi PF-6165-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.02.2021-y., 06/21/6165/0104-son)
2020 va 2021-yil yakunlari bo‘yicha zararlarni O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida nazarda tutilgan miqdor bilan cheklamagan tarzda o‘tkazish huquqi beriladi;
2021-yil 1-yanvargacha bo‘lgan davrda turistik (mehmonxona) yig‘imini hisoblash va to‘lash to‘xtatiladi.
Joylashtirish vositalariga alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun mahalliy yig‘imni to‘lashni 2021-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatga davlat soliq xizmati organlarini xabardor qilish va keyinchalik ularni 12 oy mobaynida teng qismlarda to‘lash asosida foizsiz kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) huquqi taqdim etiladi.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xo‘jaligi / 14.03.01.00 Turizm]
3. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm va sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘lari hisobidan:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
a) 2020-yil 1-iyundan 31-dekabrga qadar bo‘lgan davrda quyidagilarga Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasi tomonidan belgilanadigan mezonlar asosida 12 oy muddatga bir martalik maqsadli foizsiz ssudalar ajratish shaklida:
turoperatorlarga 2019-yildagi o‘rtacha oylik ish haqi fondining uch baravaridan oshmaydigan miqdorda;
joylashtirish vositalariga har bir yotoq o‘rni uchun bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida;
b) Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini tashkil etish tartibiga muvofiq turizm sohasidagi “startap” loyihalar va innovatsion biznes g‘oyalarni, shu jumladan birinchi navbatda turistlar uchun qulayliklar yaratishga yo‘naltirilgan axborot dasturlari va xizmatlarini umumiy 1,5 milliard so‘m miqdorida qisman subsidiyalash orqali;
v) 2020-yil 1-iyundan 2021-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davrda respublika hududlarida (Toshkent shahri bundan mustasno) xorijiy oshxona yoki alohida yo‘nalish bo‘yicha ixtisoslashgan tematik ovqatlanish shoxobchalari, ovqat va oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish, shuningdek, suvenir mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha xizmatlarni tashkil etish bo‘yicha loyiha tashabbuskorlariga loyiha qiymatining 30 foizi, lekin har bir loyiha uchun 100 million so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda grantlar ajratish orqali;
g) 2020-yil 1-iyundan 2021-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davrda yangi turizm mahsulotlari va yo‘nalishlarini ishlab chiqish va targ‘ib qilishga gidlar uchun 5 million so‘m, turoperatorlar uchun 10 million so‘m miqdorida grantlar ajratish orqali qo‘shimcha ko‘mak ko‘rsatiladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xo‘jaligi / 14.03.01.00 Turizm]
4. Davlat tomonidan quyidagi qo‘shimcha ko‘mak ko‘rsatilsin:
(4-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
b) 2020-yil 1-iyundan 2021-yil 1-martga qadar joylashtirish bo‘yicha xizmatlar (mehmonxona xizmatlari) narxining 10 foizi miqdorida joylashtirish vositalarini subsidiyalash;
(4-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi PF-6165-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.02.2021-y., 06/21/6165/0104-son)
v) Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari — turoperatorlar va turagentlarga kirish turizmi qayta boshlangan kundan e’tiboran ular tomonidan olib kelingan xorijiy turistlarning umumiy soni 500 ming nafarga yetgunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5781-son Farmoniga muvofiq kompensatsiya qilinadigan charter reyslar orqali olib kelinganlardan tashqari O‘zbekiston Respublikasiga olib kelingan va xizmat ko‘rsatilgan har bir xorijiy turist uchun 15 AQSh dollari miqdorida, ularning O‘zbekiston Respublikasi hududida kamida besh sutka bo‘lishi sharti bilan rag‘batlantiruvchi subsidiyalar ajratish;
(4-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi PF-6165-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.02.2021-y., 06/21/6165/0104-son)
g) Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan kirish turizmi qayta boshlangan kundan e’tiboran 2021-yil 31-dekabrga qadar kamida 10 kishidan iborat xorijiy turistik guruhlar uchun O‘zbekiston Respublikasida tur tashkil etish va ularning joylashtirish vositalarida kamida besh kecha tunab qolishi sharti bilan turoperatorlarning avia va temir yo‘l chiptalari bo‘yicha xarajatlarini chipta narxining 30 foizi miqdorida qisman subsidiyalash;
(4-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi PF-6165-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.02.2021-y., 06/21/6165/0104-son)
d) 2021-yil 1-iyunga qadar Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan mehmonxonalarga toifa olish yoki oshirish uchun renovatsiya, rekonstruksiya hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha xarajatlarni olingan toifani kelgusi 3 yil davomida saqlash sharti bilan quyidagi miqdorda qoplash:
3 yulduzli toifadagi mehmonxonalarning har bir xonasi uchun 5 million so‘m;
4 yulduzli toifadagi mehmonxonalarning har bir xonasi uchun 10 million so‘m;
5 yulduzli toifadagi mehmonxonalarning har bir xonasi uchun 15 million so‘m.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xo‘jaligi / 14.03.01.00 Turizm]
5. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tasarrufidagi texnikum va kollejlarga 2020-yilda o‘qishga qabul qilingan barcha tinglovchilarni o‘qitish, istisno tariqasida, davlat granti asosida amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar;
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xo‘jaligi / 14.03.01.00 Turizm]
6. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy bankining 2020-yil 1-oktabrdan boshlab joylashtirish vositalarini qurish uchun tijorat banklari tomonidan avval berilgan kreditlar bo‘yicha asosiy qarz to‘lovini 18 oydan 24 oygacha uzaytirish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar;
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xo‘jaligi / 14.03.01.00 Turizm]
7. 2022-yil 1-yanvarga qadar yuridik shaxslar belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan dezinfeksiya ishlarini olib borish uchun jihozlar, texnikalar, ularning butlovchi va ehtiyot qismlari, bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun aloqasiz boshqariladigan (sensorli) jihozlar, shuningdek, hidsiz dezinfeksiyalovchi vositalar uchun bojxona to‘lovlarini to‘lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar va qo‘shilgan qiymat solig‘idan tashqari) ozod etilsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xo‘jaligi / 14.03.01.00 Turizm]
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
bir hafta muddatda Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi hisobidan mazkur Farmonda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishni boshlash uchun Jamg‘armaga 20 milliard so‘m ajratilishini, shuningdek, zaruratga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining buyurtmanomalariga ko‘ra mazkur Farmonning 3 va 4-bandlarida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin;
bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan turizm sohasidagi texnikum va kollejlarda 2020-2021 o‘quv yilida mutaxassislarni tayyorlash uchun mablag‘lar ajratsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi:
Moliya vazirligi bilan birgalikda qabul qilingan qo‘llab-quvvatlash choralarining natijadorligi o‘rganilishini va uning yakunlari bo‘yicha keyingi yillarda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish bo‘yicha takliflar 2021-yil 15-yanvarga qadar kiritilishini ta’minlasin;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
10. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 28-may,
PF-6002-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 06/20/6002/0679-son; 10.02.2021-y., 06/21/6165/0104-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son, 10.06.2022-y., 06/22/150/0516-son; 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)