toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
“Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetini tashkil etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston boy tabiiy, madaniy va tarixiy merosining mavjud resurslari va imkoniyatlaridan samarali foydalanish, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni joriy etish, investitsiyalarni faol jalb qilish turizm sohasini yanada rivojlantirish uchun qulay iqtisodiy hamda tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qildi.
Shu bilan birga, turizm bosqichma-bosqich mamlakat iqtisodiyotining strategik tarmogʻiga aylanayotganligini hisobga olgan holda mintaqalarning salohiyatini turizm sohasiga toʻliq jalb etishni, xizmatlar sohasini rivojlantirishni, Buyuk ipak yoʻlida turizm yoʻnalishining jozibador markazi sifatida respublikaning ijobiy qiyofasini shakllantirishni taʼminlaydigan, yuqori malakali va jahon turizm industriyasi bozorida raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashga obyektiv zarurat yuzaga kelmoqda.
Xalqaro turizm sohasida professional kadrlar tayyorlash tizimini tashkil etish hamda ilmiy-tadqiqot ishlari va ijodiy ishlarni olib borish boʻyicha respublikaning tashabbuslarini amaliy roʻyobga chiqarish, Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarning tarixiy va madaniy-gumanitar aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Samarqand viloyati hokimligining Samarqand shahrida “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetini (keyingi oʻrinlarda Universitet deb yuritiladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Quyidagilar Universitet faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
zamonaviy innovatsion va ilmiy-pedagogik texnologiyalarni, fan va texnikaning eng yangi yutuqlarini qoʻllagan holda, turizm sohasida yuqori malakali professional kadrlarni milliy va xalqaro taʼlim standartlariga muvofiq sifatli tayyorlashni taʼminlash;
taʼlimning tegishli yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha oʻquv-metodik adabiyotlarni yaratish, yosh talabalar va mutaxassislarni jalb qilgan holda fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar olib borish, turizm sohasida taʼlim tizimiga yetakchi xorijiy taʼlim muassasalari tajribasini joriy qilish;
turizm sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va modernizatsiya qilishga qaratilgan yangi taʼlim dasturlarini hamda oʻqitishning innovatsion shakllarini ishlab chiqish va joriy etish;
istiqbolli yosh bitiruvchilarni chet el oliy taʼlim muassasalariga va ilmiy-tadqiqot markazlariga magistratura hamda doktoranturada oʻqishga muntazam ravishda yuborish orqali Universitetning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirish, pedagogik texnologiyalar va oʻqitish uslublarini faol takomillashtirish;
taʼlim va ilmiy faoliyatning ishlab chiqarish faoliyati bilan uzviy integratsiyalashuvi uchun shart-sharoitlar yaratish;
turizm sohasi subyektlari mutaxassislarini qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
turistik faoliyatni va turizm sohasida yoʻlovchilarni tashish faoliyatini amalga oshirish;
yetakchi respublika va xorijiy taʼlim muassasalari hamda ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni, jumladan ularning mutaxassis hamda ekspertlarini oʻqitish va ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish jarayonlariga jalb qilish orqali rivojlantirish, turizm sohasidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish boʻyicha xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va simpoziumlar tashkil etish.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Universitet oliy taʼlim muassasasi — yuridik shaxs shaklidagi Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti hisoblanadi, alohida mol-mulkka, mustaqil balansga ega, oʻz majburiyatlari boʻyicha tasarrufidagi pul mablagʻlari va mol-mulk bilan javob beradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Universitetda oʻquv-metodik rahbarlik va taʼlim jarayonini yuritish ilgʻor innovatsion hamda ilmiy-pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda Turizm qoʻmitasi tomonidan taʼminlanadi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-yanvardagi PF-14-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2024-y., 06/24/14/0052-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Universitet Turizm qoʻmitasining tashkiliy tuzilmasiga kiradi;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-yanvardagi PF-14-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2024-y., 06/24/14/0052-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-oktabrdagi PQ-5270-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 07/21/5270/1006-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Universitet rektori yoki ushbu vazifani bajarish yuklatilgan shaxsga qonunchilikka muvofiq oliy taʼlim muassasalarining rahbar xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi va miqdori tatbiq etiladi;
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PF-81-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.06.2023-y., 06/23/81/0320-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Universitetning rektori belgilangan tartibda Turizm qoʻmitasi tavsiyasiga asosan Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadi;
(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-yanvardagi PF-15-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.02.2026-y., 06/26/15/0102-son)
Universitetda 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab xalqaro turizm sohasida kadrlar tayyorlash boʻyicha oʻqitishning kredit tizimi qoʻllaniladi;
Universitetda oʻqish oʻzbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi, bakalavriatda Oʻzbekiston Respublikasi davlat taʼlim standartlari talablarini hisobga olgan holda ikkita chet tili: birinchisi — ingliz (fransuz, nemis) tili, ikkinchisi — Shanxay hamkorlik tashkilotining rasmiy tillaridan (rus, xitoy) biri oʻqitiladi;
Universitet bitiruvchilariga Oʻzbekiston Respublikasida oliy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat deb eʼtirof etiladigan, belgilangan namunadagi diplom beriladi.
4. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-oktabrdagi PQ-5270-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 07/21/5270/1006-son)
Oldingi tahrirga qarang.
“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti faoliyatini tashkil etish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-oktabrdagi PQ-5270-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 07/21/5270/1006-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-oktabrdagi PQ-5270-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 07/21/5270/1006-son)
Universitetning Vasiylik kengashiga Universitet tuzilmasiga oʻzgartishlar kiritish huquqi berilsin.
5. Universitetning Vasiylik kengashi quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha Universitetning rivojlanishiga koʻmaklashuvchi jamoatchilik boshqaruvining oliy organi etib belgilansin:
turizm sohasida oliy taʼlimni rivojlantirishga koʻmaklashuvchi yangi shakllar, dasturlar va istiqbolli tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash, turizm sohasidagi subyektlar faoliyatiga ilmiy ishlanmalar natijalarini samarali joriy etish;
bitiruvchilarni ishga joylashtirish boʻyicha davlat, jamoat va biznes tuzilmalar bilan yanada samarali hamkorlik qilish;
hamkorlik toʻgʻrisidagi sheriklik bitimlarini tuzish amaliyotini rivojlantirish va ularni amalga oshirish;
taʼlim va ilm-fan sohasida xalqaro hamkorlik oʻrnatish va uni rivojlantirish;
Universitet pedagog va boshqa xodimlarining mehnat sharoitlarini hamda ularning ijtimoiy taʼminotini yaxshilash;
Universitetga moliyaviy yordam koʻrsatishni tashkil etish, uning faoliyatini taʼminlash va rivojlantirish uchun budjetdan tashqari mablagʻlar, homiylik xayriyalari va boshqa manbalarni jalb qilishda koʻmaklashish.
6. Universitetning Vasiylik kengashi:
manfaatdor vazirlik va idoralarning Universitet faoliyatini tashkil etish boʻyicha ishi muvofiqlashtirilishini, oʻquv majmuasi tayyorlanishini va 2018-yil 1-oktabrdan oʻquv jarayoni boshlanishini;
Universitetga ajratilayotgan binolarni taʼmirlash-tiklash ishlarini amalga oshirish uchun zarur moliyaviy mablagʻlar safarbar etilishini, ushbu binolarning zamonaviy oʻquv va laboratoriya uskunalari, inventar, kompyuter va boshqa tashkiliy texnika, kutubxona fondi bilan jihozlanishini;
Universitetda oʻquv jarayonini tashkil etish uchun malakali professor-oʻqituvchilar, jumladan xorijdan oʻqituvchilar, olimlar va mutaxassislar jalb etilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi PF-214-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.08.2022-y., 06/22/214/0791-son)
8. Belgilab qoʻyilsinki:
a) 2018/2019 oʻquv yilida Universitetga abituriyentlarni qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi;
b) abituriyentlarni, chet el fuqarolari bundan mustasno, Universitet bakalavriatiga qabul qilish test sinovlarini oʻtkazish orqali amalga oshiriladi;
v) chet el fuqarolari Universitet bakalavriatiga belgilangan qabul kvotasidan tashqari suhbat oʻtkazish orqali toʻlov-kontrakt asosida qabul qilinadi;
g) 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab:
Universitetga talabalarni bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha qabul qilish kvotalari soni turizm sohasida mehnat resurslariga boʻlgan talab prognozidan va Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarning maqsadli buyurtmalaridan kelib chiqqan holda, Universitetning Vasiylik kengashi tomonidan belgilanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band “g” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-oktabrdagi PQ-5270-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 07/21/5270/1006-son)
Samarqand iqtisodiyot va servis institutining “Mehmonxona xoʻjaligini tashkil qilish va boshqarish” hamda “Turizm (faoliyat yoʻnalishlari yuzasidan)” taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha bakalavriat va magistraturaga qabul tugatiladi.
9. Universitetning Vasiylik kengashi uch oy muddatda:
2019/2020 oʻquv yilidan Universitetning bakalavriati va magistraturasiga abituriyentlarni, shuningdek, mazkur qaror bilan belgilanayotgan talablarni inobatga olgan holda chet el fuqarolarini qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni;
Universitetda xalqaro turizm sohasida kadrlar tayyorlash boʻyicha oʻqitishning kredit tizimi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Quyidagilar Turizm qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Universitetda kadrlar tayyorlash boʻyicha buyurtmachilarning asosiy vazifalari etib belgilansin:
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-yanvardagi PF-14-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2024-y., 06/24/14/0052-son)
turizm sohasida yuqori malakali kadrlarga boʻlgan ehtiyojni respublika hududlari kesimida aniqlash;
talabalarning turistik infratuzilma va namoyish obyektlari hamda majmualarida, jumladan madaniy meros obyektlari, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, muzeylar, mehmonxonalar va boshqa joylashtirish vositalarida amaliyot oʻtashlarini tashkil qilish hamda uning “ustoz-shogird” uslubida oʻtkazilishini taʼminlash;
turistik infratuzilma va namoyish obyektlari hamda majmualarida, jumladan madaniy meros obyektlari, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, muzeylar, mehmonxonalar va boshqa joylashtirish vositalarida amaliyot oʻtash uchun malaka bazalarini taqdim etish.
Kadrlar buyurtmachilari, talabalar uchun Universitetni tamomlagandan keyin 5 yil davomida kadrlar buyurtmachisi tomonidan belgilangan tashkilotlarda mehnat faoliyatini amalga oshirish majburiyatlarini oʻrnatgan holda, ular va talabalar oʻrtasida shartnoma tuzish orqali talabalar kontraktining bazaviy qiymati toʻlovini amalga oshirish huquqiga ega ekanligi nazarda tutilsin.
11. Universitetga quyidagi huquqlar berilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
istisno tariqasida, ilgʻor tajribani va oʻquv jarayonining amaliyot bilan integratsiyasini inobatga olib, taʼlim standartlari, malakaviy talablar, oʻquv rejalari va oʻquv dasturlari, shuningdek, talabalar bilimlarini baholash tizimini mustaqil ravishda ishlab chiqish va tasdiqlash;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-apreldagi PQ-161-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2026-y., 07/26/161/0437-son)
professor-oʻqituvchilar tarkibining faoliyat turlari boʻyicha vaqt meʼyorlarini belgilash;
Universitet taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha pedagog kadrlarni, shuningdek, turizm sohasi subyektlari mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish rejalari hamda dasturlarini ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini taʼminlash;
turizm sohasida kadrlarga boʻlgan ehtiyojdan kelib chiqib, Universitet Vasiylik kengashi bilan kelishgan holda yangi istiqbolli oʻquv yoʻnalishlari va mutaxassisliklarini ochish;
bakalavriat, magistratura va oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan qoʻshma taʼlim dasturlarini joriy etish;
Universitet moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, mahalliy va xorijiy mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qilish, xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish uchun budjetdan tashqari (jumladan toʻlov-kontrakt asosidagi taʼlimdan tushayotgan) mablagʻlarni ulardan oqilona hamda samarali foydalanish sharti bilan belgilangan tartibda tasarruf etish;
Universitetning faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha shartnoma asosida konsalting va ekspert-tahliliy xizmatlar koʻrsatish, ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun tashkiliy-huquqiy va innovatsion-investitsiyaviy tuzilmalarni tashkil etish.
12. Belgilab qoʻyilsinki:
Universitet uchun kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha bir oʻqituvchiga talabalar sonining nisbiy normativi 1:8,0 etib belgilanadi;
Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi bilan kelishilgan holda, Universitetga sirtqi va kechki boʻlimlarda taʼlim olish uchun abituriyentlar qabul qilinishi mumkin;
budjet mablagʻlari hisobidan Universitetning professor-oʻqituvchilar tarkibiga har oy lavozim maoshining 100 foizi miqdorida, turizm sohasi boʻyicha xalqaro miqyosda tan olingan xorijiy oliy taʼlim muassasalari diplomiga ega boʻlgan va Universitet oʻquv jarayoniga toʻliq stavkada jalb qilingan oʻqituvchilarga — 150 foizi miqdorida ustama toʻlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(12-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-oktabrdagi PQ-5270-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 07/21/5270/1006-son)
turistik infratuzilma va namoyish obyektlari hamda majmualari, jumladan madaniy meros obyektlari, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, muzeylar, mehmonxonalar va boshqa joylashtirish vositalaridan Universitet talabalari va ilmiy xodimlarining amaliyot oʻtash joylari sifatida foydalanish tavsiya etiladi.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi:
a) bir oy muddatda Universitetning taʼsis hujjatlari ishlab chiqilishi, kelishilishi hamda uning belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda 2018-yil 15-sentabrga qadar muddatda:
tasdiqlangan tuzilmaga muvofiq Universitetning boʻlimlari, fakultetlari va kafedralari shakllantirilishini, uning taʼlim tizimi va turizm sohasida zamonaviy bilimlarga, shuningdek, amaliy ish tajribasiga ega yuqori malakali mutaxassislar, jumladan xorijiy mamlakatlar mutaxassislari bilan toʻldirilishini, oʻqituvchi va mutaxassislarning professional koʻnikmalari va bilim darajalarini uzluksiz oshirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini;
zarur oʻquv rejalari va oʻquv dasturlari, oʻquv-metodik materiallar va qoʻllanmalar ishlab chiqilishi va kafedralarga taqdim etilishini taʼminlasin.
14. Universitet tuzilmasida:
Turizm sohasida innovatsiyalar markazi tashkil etilsin, unga turizmni rivojlantirishning dolzarb muammolarini oʻrganish va tadqiq qilish, shuningdek, ularni hal qilishning innovatsion yoʻllarini ishlab chiqish, turizm sohasida startaplarni qoʻllab-quvvatlashning toʻliq siklini tashkil etish boʻyicha loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish vazifalari yuklansin;
Turizm sohasida axborot texnologiyalari markazi tashkil etilsin, ushbu markaz raqamli turizmni rivojlantirishga koʻmaklashish va ushbu yoʻnalishda zamonaviy dasturiy taʼminotni ishlab chiqish uchun masʼul hisoblanadi.
15. Quyidagilar Universitet faoliyatini moliyalashtirishning manbalari etib belgilansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari;
(15-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-yanvardagi PF-14-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2024-y., 06/24/14/0052-son)
toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;
xoʻjalik faoliyati boʻyicha va shartnoma asosida koʻrsatilgan xizmatlardan tushumlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriya mablagʻlari;
xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
xorijiy mamlakatlar, shuningdek, Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarning maqsadli mablagʻlari;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
2018-yilda Universitetni saqlab turish uchun budjet mablagʻlari ijtimoiy soha uchun nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida ajratiladi, 2019-yildan boshlab esa belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining xarajatlar parametrlarida nazarda tutiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
151. Belgilansinki, “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universiteti boʻlim boshliqlari, markaz va direksiya rahbarlari, bosh yuriskonsulti, bosh auditori, matbuot kotibi, bosh hisobchi mos ravishda oliy taʼlim muassasasining fakultet dekani oʻrinbosari bazaviy lavozim maoshiga, boʻlim boshliq oʻrinbosarlari mos ravishda oliy taʼlim muassasasining katta oʻqituvchi bazaviy lavozim maoshiga, bosh mutaxassis, bosh iqtisodchi, psixolog, marketolog mos ravishda oliy taʼlim muassasasining oʻqituvchi va yetakchi mutaxassisi, uslubchilar, ilmiy tadqiqot ishlari boʻyicha muhandislar, kabinet mudiri, oʻquv ishlab chiqarish markazi supervayzerlari mos ravishda oliy taʼlim muassasasining oʻqituvchi-stajer bazaviy lavozim maoshiga tenglashtiriladi.
(151-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi PF-6165-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2021-y., 06/21/6165/0104-son)
16. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Universitetga 4 ta avtotransport vositasi, jumladan 2 ta xizmat, 1 ta navbatchi va 1 ta turizm toifasiga oid avtobusni saqlash uchun limit ajratsin.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Samarqand viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining:
(17-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-oktabrdagi PQ-5270-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 07/21/5270/1006-son)
Samarqand shahri, Universitet shohkoʻchasi, 17-uy manzilida joylashgan Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyining bino va inshootlarini tutash hududi bilan birgalikda Universitetga operativ boshqarish huquqi bilan begʻaraz berish;
Samarqand shahri, Mustaqillik koʻchasi, 57-uy manzilida joylashgan Samarqand qurilish va milliy hunarmandchilik kasb-hunar kollejining bino va inshootlarini tutash hududi bilan birgalikda Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyiga operativ boshqarish huquqi bilan begʻaraz berish;
Samarqand qurilish va milliy hunarmandchilik kasb-hunar kollejiga 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab qabul toʻxtatilganligini inobatga olib, Samarqand qurilish va milliy hunarmandchilik kasb-hunar kollejini Siyob qurilish va milliy hunarmandchilik kasb-hunar kolleji bilan birlashtirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
18. Samarqand viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi 2018-yil 15-sentabrga qadar muddatda birinchi bosqichda Universitetdagi zarur ishlarning quyidagi mablagʻlar hisobidan amalga oshirilishini taʼminlasin:
Universitet bino va inshootlarini taʼmirlash-tiklash ishlarini — Samarqand viloyati mahalliy budjeti mablagʻlari;
Universitetni kompyuter va boshqa tashkiliy texnika, jumladan masofadan va onlayn oʻqitishni tashkil etish uchun zarur boʻlgan oʻquv texnika vositalari, turizm masalalari boʻyicha oʻquv adabiyotlar va kutubxona fondi bilan jihozlashni — Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari;
Universitetni mebel (partalar, stollar, stullar va boshqalar), inventar, zamonaviy laboratoriya jihozlari, shuningdek, oʻquv adabiyotlari va kutubxona fondi bilan jihozlashni — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari.
Oldingi tahrirga qarang.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi:
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Universitet faoliyatini qoʻllab-quvvatlash uchun xalqaro moliya institutlari, donorlar va boshqa xorijiy tashkilotlarning mablagʻlarini jalb qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar koʻrsin;
Oldingi tahrirga qarang.
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining asoslangan hisob-kitoblariga koʻra 2019-yilda va keyingi yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturlarini shakllantirishda Universitetning bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish, tutash hududlarni obodonlashtirish uchun zarur mablagʻlarni ajratishni nazarda tutsin.
(19-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-oktabrdagi PQ-5270-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 07/21/5270/1006-son)
Oldingi tahrirga qarang.
20. Turizm qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligi Universitet professor-oʻqituvchilari va ilmiy xodimlarining xorijiy turizm kompaniyalari, mehmonxonalar va boshqa joylashtirish vositalari, yetakchi oliy taʼlim muassasalari va ilmiy markazlarida malakasini oshirishini, jumladan iqtidorli mutaxassislar ushbu muassasalarning magistratura va doktoranturasiga oʻqishga yuborilishini, shuningdek, yuqori malakali xorijiy oʻqituvchilar, olimlar, va mutaxassislarni Universitet taʼlim jarayoniga keng jalb qilinishini tashkil etsin.
(20-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-yanvardagi PF-14-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2024-y., 06/24/14/0052-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilansinki, ushbu bandda nazarda tutilgan xarajatlarni moliyalashtirish xalqaro moliya institutlarining grantlari, budjet mablagʻlari va Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
(20-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi PF-6168-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2021-y., 06/21/6168/0111-son)
21. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Universitetning buyurtmalari boʻyicha belgilangan tartibda:
ushbu qarorni amalga oshirish doirasida Universitetga jalb etiladigan xorijiy oʻqituvchilar, olimlar va mutaxassislar hamda ularning oila aʼzolariga kirish vizalari konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmagan holda rasmiylashtirilishini;
Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlardan boʻlgan talabalarga ularning Universitetda butun taʼlim olish davriga uzoq muddatli koʻp martalik kirish vizalari rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
22. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Universitet buyurtmalariga binoan Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlardan boʻlgan talabalarga, Universitetda ishlash uchun jalb qilinadigan xorijiy oʻqituvchilar, olimlar va mutaxassislarga davlat bojlari toʻlashdan ozod etilgan holda koʻp martalik vizalar berilishi va uzaytirilishi, shuningdek, vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilishi hamda vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
23. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Universitet buyurtmalariga binoan Universitetga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun xorijdan oʻqituvchilar, olimlar va mutaxassislarni respublikaga jalb etishga ruxsatnomalar berilishi (muddati uzaytirilishi)ni, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga tasdiqnomalar berilishini taʼminlasin.
24. Universitet 2021-yil 1-yanvarga qadar muddatda Universitetni jihozlash va uning faoliyatini taʼminlash uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxat boʻyicha olib kiriladigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan zamonaviy oʻquv va ilmiy laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlar, oʻquv va ilmiy-uslubiy adabiyot, inventar va moddiy-texnika resurslari bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin.
25. Universitet:
Oldingi tahrirga qarang.
qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Turizm va sport vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, boshqa sohaviy vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlari majburiy (bir nusxada) yuboriladigan tashkilotlar roʻyxatiga;
(25-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-oktabrdagi PQ-5270-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 07/21/5270/1006-son)
bosma va kitob mahsulotlari (huquqiy, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy nashrlar)ning bepul nusxalari (bir nusxada) oladigan tashkilotlar roʻyxatiga;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi, shuningdek, boshqa vazirlik va idoralarning statistik axborotlari majburiy yuboriladigan roʻyxatga kiritilsin.
(25-bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)
26. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
27. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — turizm va sport vaziri A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-oktabrdagi PQ-5270-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 07/21/5270/1006-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 28-iyun,
PQ-3815-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-iyundagi PQ-3815-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining
TUZILMASI
(1-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-oktabrdagi PQ-5270-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 07/21/5270/1006-son)
* Universitetning rivojlantirish va xalqaro aloqalar boʻyicha prorektori Shanxay hamkorlik tashkiloti kotibiyatining tavsiyasiga binoan SHHTga aʼzo davlatlar fuqarolari orasidan tayinlanadi.
** Yuridik shaxs maqomisiz faoliyat yuritadi, Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga saqlanadi.
Universitetning shtatlar jadvali oliy taʼlim muassasalari uchun oʻrnatilgan normativlar asosida belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-iyundagi PQ-3815-son qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti faoliyatini tashkil etish boʻyicha
BIRINCHI NAVBATDAGI CHORA-TADBIRLAR DASTURI
(2-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-oktabrdagi PQ-5270-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 07/21/5270/1006-son)

T/r

Chora-tadbirlarning nomlanishi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

“Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetida (keyingi oʻrinlarda — Universitet) taʼlim sifatini oshirish va yuqori malakali kadrlarni tayyorlash

1.

Zarur oʻquv rejalari va dasturlari, oʻquv-metodik materiallar va darsliklar ishlab chiqishni tashkil etish.

1. Professor-oʻqituvchilar tarkibi va jalb qilingan ekspertlar orasidan ishchi guruhini tuzish.

2. Taʼlim standartlari, malaka talablari, oʻquv rejalari va dasturlari, shuningdek, talabalar bilimini baholash tizimini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.

2018-yil 20-sentabrgacha

-

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,

Universitet

2.

Talabalarning turizm sohasidagi muayyan korxonalar va tashkilotlarda amaliy mashgʻulotlar hamda malakaviy amaliyotlar oʻtishini tashkil qilish.

1. Tarmoqning nazariy va amaliy muammolaridan kelib chiqib, shuningdek, ilgʻor xorijiy tajriba va ilmiy tadqiqotlar natijalarini inobatga olgan holda taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari uchun malakaviy talablar, oʻquv rejasi, ilmiy dasturlar va oʻquv adabiyotlarini ishlab chiqish.

2. Tahsil olayotgan talabalar kontingentini tegishli korxonalar va tashkilotlarga biriktirish, shuningdek, taʼlim yoʻnalishi xususiyatidan kelib chiqqan holda shartnomalar tuzish.

3. Shartnomalar va jadval asosida talabalarning amaliy mashgʻulotlari va malakaviy amaliyotini tashkil qilish, mazkur jarayonni nazorat qilish uchun Universitetning masʼul vakillarini tayinlash.

2018-yil 15-dekabrgacha

-

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, korxonalar va tashkilotlar — kadrlar buyurtmachilari, Universitet

3.

Universitet professor-oʻqituvchilar tarkibi va ilmiy xodimlarining xorijiy turistik kompaniyalar, mehmonxonalar va boshqa joylashtirish vositalari, yetakchi oliy taʼlim muassasalari va ilmiy markazlarda stajirovkalarini va malaka oshirishini tashkillashtirish.

1. Xorijiy mamlakatlarning sohadagi yetakchi OOʻYU va ilmiy-tahliliy markazlari bilan turizm sohasida xalqaro aloqalarni yoʻlga qoʻyish va chuqurlashtirish boʻyicha 2018 — 2020-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash.

2. Tegishli xorijiy tashkilotlar bilan muzokaralar oʻtkazish.

3. Stajirovka va malaka oshirishni tashkil qilish jadvalini tuzish va kelishilgan grafikni tasdiqlash.

4. Stajirovka va malaka oshirish tashkil qilinishini taʼminlash.

2019-yildan boshlab

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi mablagʻlari, XMI grantlari, Universitetning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi,

Universitet

4.

Kurs ishlari va bitiruv malakaviy ishlari hamda magistrlik dissertatsiyalarining maʼlumotlar bazasini yaratish.

1. Taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassislari kurs ishlari va bitiruv malakaviy ishlari hamda magistrlik dissertatsiyalarining maʼlumotlar bazasini yaratish.

2. Turistik tashkilotlarning yetakchi mutaxassislarini turizm sohasining muammolarini hisobga olgan holda shakllantirilgan mavzular boʻyicha bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalarining ilmiy rahbarlariga biriktirish.

3. Universitetdagi bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalarining yakuniy davlat attestatsiyasi va himoyasida komissiyalar tarkibida korxonalarning vakillari ishtirokini taʼminlash.

2019-yildan boshlab

-

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Universitet

5.

Universitetda elektron oʻqitish tarmogʻini yaratish.

1. Asosiy darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarini elektron shaklga oʻtkazish.

2. Taʼlimning elektron resurslarini axborot-resurs markazlarining avtomatlashtirilgan tizimiga joylashtirish.

2018-2019-yillar

Universitetning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari doirasida

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Universitet

6.

Oʻquv jarayoniga xalqaro taʼlim standartlari asosida oʻqitishning ilgʻor texnologiyalari va metodlarini tatbiq etish.

Universitetning xorijda stajirovka va malaka oshirish kurslaridan oʻtgan professor-oʻqituvchilar tarkibi va ilmiy xodimlari tomonidan mahorat darslari tashkil qilish, oʻqitishning ilgʻor texnologiyalari va metodlarini tatbiq etish.

2018-2019-yillar

-

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Universitet

7.

Universitetda oʻqitishning tegishli mutaxassisliklari va yoʻnalishlari boʻyicha taʼlim jarayonini taʼminlash maqsadida respublikamizning yetakchi ilmiy xodimlari, mutaxassislar va oʻqituvchilarni jalb qilish.

1. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot institutlari, boshqa muassasalar va tashkilotlar mutaxassislarining shartnoma asosida Universitetda dars berishi masalasini ishlab chiqish.

2. Amaliy mashgʻulotlar oʻtish jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2018/2019 oʻquv yilidan boshlab

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fanlar akademiyasi;

Universitet,

manfaatdor tashkilotlar va muassasalar

8.

Isteʼdodli talabalarning xalqaro turizm masalalariga bagʻishlangan ilmiy-ijodiy forumini tashkil qilish.

1. Universitetning faol va isteʼdodli talabalarini ilmiy-tadqiqot va ijodiy guruhlarga jalb qilish mexanizmini yaratish.

2. Universitet hududida “Buk-kafe” faoliyatini tashkil qilish.

2019-yil 1-aprelgacha

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari, boshqa manbalar

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,

Universitet

9.

Turizm sohasidagi taʼlim muassasalariga metodik va amaliy koʻmak koʻrsatish.

Turizm sohasidagi taʼlim muassasalari bilan, shu jumladan quyidagilar orqali yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyish:

memorandumlar tuzish;

qoʻshma nazariy va amaliy mashgʻulotlar oʻtkazish;

turizmni rivojlantirish boʻyicha loyihalarda qatnashish.

2018/2019 oʻquv yilidan boshlab

-

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,

Universitet

10.

Amaliyotda talab yuqori boʻlgan mutaxassislarni maqsadli tayyorlashni taʼminlash hamda shu asosda taʼlim mutaxassisliklari va yoʻnalishlari boʻyicha kadrlarni tayyorlashga har yillik maqsadli buyurtmalar portfelini shakllantirish.

Turizm sohasidagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, tijoriy tuzilmalar va nodavlat tashkilotlarning kadrlarga boʻlgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini kompleks tahlil qiluvchi doimiy ishlaydigan tizimni yaratish.

2018-yil 10-dekabrgacha

-

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi,

Iqtisodiyot vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

11.

Universitetni professor-oʻqituvchilar tarkibi, tegishli mutaxassislar bilan butlash.

1. Nomzodlarni oʻrganish va ularning roʻyxatini shakllantirish.

2. Nomzodlar bilan suhbatlar oʻtkazish hamda tanlovni tashkil qilish.

3. Tegishli nomzodlarni Universitetga ishga qabul qilish. toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish.

2018-yil avgust va sentabr oylari davomida

-

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

12.

Turizm sohasidagi innovatsiyalar markazi faoliyatini samarali tashkil qilish.

Turizm sohasida yangi loyihalar, ilmiy tadqiqotlar va gʻoyalarni shakllantirish, tajriba, tadqiqotlar bilan almashinuv uchun maydon yaratish.

2019-yil 1-yanvargacha

-

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,

Innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

13.

Turizm sohasidagi axborot texnologiyalari markazi faoliyatini samarali tashkil qilish.

Zarur kompleks tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2019-yil 1-yanvargacha

-

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Universitet

II. Universitetning ilmiy salohiyatini yuksaltirish, turizm sohasida ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish va innovatsion hamkorlikni yoʻlga qoʻyish

14.

Oliy taʼlim — ilm-fan — ishlab chiqarishni integratsiyalashtirgan holda ilmiy faoliyatni yoʻlga qoʻyish.

1. Turizmning tarmoq tashkilotlari rivojidagi ilmiy-texnikaviy yoʻnalishdagi muammolarga bagʻishlangan tematik bazani shakllantirish.

2. Xoʻjalik shartnomalari (grantlar, loyihalar), bitiruv malakaviy ishlar, magistrlik va doktorlik dissertatsiyalarini tematik bazadan foydalangan holda bajarish.

2019-yil 15-yanvargacha

-

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Universitet

15.

Professor-oʻqituvchilar tarkibi, olimlarni turizmning dolzarb muammolarini oʻrganish boʻyicha ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb qilish.

1. Turizm sohasidagi ilmiy-texnikaviy muammolar bazasini shakllantirish va uning doimiy yangilab borilishini taʼminlash.

2. Universitetning professor-oʻqituvchilar tarkibini va talabalarni turizm sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlariga biriktirish.

3. Olingan natijalarni, oʻrganilgan materiallar asosida xorijiy va mahalliy ilmiy jurnallarda chop etilgan maqolalarni tatbiq qilishda amaliy yordam berish.

2018-2019-yillar

Universitetning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari doirasida

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Universitet

16.

Universitetning ilmiy salohiyatini oshirish

1. Yosh oʻqituvchilarni xorijiy va respublika taʼlim muassasalariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot institutlariga biriktirish.

2. Universitetning axborot-resurs markazini xorijiy ilmiy jurnallar, yetakchi davriy nashrlar bilan taʼminlash.

3. Universitet professor-oʻqituvchilar tarkibining xalqaro turizm rivojining dolzarb masalalari boʻyicha xorijda oʻtkaziladigan xalqaro konferensiyalar, simpoziumlar va seminarlarda ishtirok etishini taʼminlash.

2019-yil 1-maygacha

Universitetning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari doirasida

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fanlar akademiyasi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Universitet

III. Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish

17.

Universitetda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni mustahkamlash, ularning samaradorligini yanada oshirish.

1. Boshqa oliy taʼlim muassasalarining maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar boʻyicha ilgʻor tajribasini oʻrganish va ommalashtirish, aniq maqsadlar qoʻyilgan yillik ish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirilishini taʼminlash.

2. Axborot-resurs markazi, fakultetlar, kafedralarning metodik materiallar, koʻrgazmali qurollar, maʼnaviy-maʼrifiy va badiiy adabiyotlar bilan taʼminlanganlik darajasini aniqlash.

3. Talabalar va professor-oʻqituvchilar tarkibi tomonidan axborot-resurs markazida maʼnaviy-maʼrifiy adabiyotlardan foydalanishini monitoring qilish va natijalarni universitet (fakultet) yigʻilishida muhokama qilish.

4. “Yangi kitoblar va metodik materiallar koʻrgazmasi” tadbirini oʻtkazish.

5. Talabalar oʻrtasida sayyohlik madaniyatini shakllantirishga qaratilgan tadbirlar, tanlovlarni tizimli asosda oʻtkazishni yoʻlga qoʻyish.

2018-yil davomida

Universitetning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari doirasida

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Universitet

18.

Ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada sogʻlomlashtirish boʻyicha soʻrov oʻtkazish, natijalarni universitet (fakultet) yigʻilishida muhokama qilish asosida tegishli chora-tadbirlarni tashkillashtirish.

1. Universitet maʼmuriyati tomonidan talabalarning muammolarini oʻz vaqtida aniqlash va hal qilish maqsadida “Ochiq eshiklar kuni” tadbirni tashkil qilish.

2. Taʼlim-tarbiya jarayonining sifati toʻgʻrisida soʻrov oʻtkazish va uning natijalariga koʻra aniq vazifalarni belgilash.

har oy har chorakda

-

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,

Universitet,

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi

19.

Talabalar yashash joylarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil qilish.

1. Talabalar yashash joylarida istiqomat qiluvchi Universitet talabalarini jalb qilgan holda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni oʻtkazish rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish.

2. Talabalar yashash joylariga maʼnaviy-maʼrifiy ruhdagi shiorlar oʻrnatish, axborot-resurs markazi, dam olish xonalari, sport-sogʻlomlashtirish binolari, kompyuter zallari va maishiy xizmat punktlarida zarur shart-sharoitlar yaratish.

3. Talabalarning oʻzini oʻzi boshqarish tizimidan keng foydalanish.

doimiy

Universitetning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari doirasida

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,

Universitet,

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi

20.

Yashash joylarini ijaraga oluvchi talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish.

Ichki ishlar organlarining profilaktika inspektorlari, fuqarolar yigʻinlari vakillarini jalb qilgan holda, talabalarning turmush kechirish, darslarga tayyorlanish, dam olish va boshqa hayotiy ahamiyatga molik shart-sharoitlarini va ijtimoiy-maʼnaviy muhitni oʻrganish.

doimiy

-

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,

Universitet,

IIV,

“Mahalla” jamgʻarmasi

21.

Universitet hududida turizm boʻyicha amaliy ishlab chiqarish maydonlari (media markaz, buk-kafe, Wi-Fi zonalar, munozara klublari va boshqalar)ni tashkil qilish.

1. Turizm boʻyicha amaliy ishlab chiqarish maydonlari loyihasini (dizaynini) yaratish.

2. Turizm boʻyicha amaliy ishlab chiqarish maydonlarini tashkil etish maqsadida grantlar va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablagʻlarni jalb qilish.

3. Obyektlarning toʻlaqonli ishlashini taʼminlash.

2018 — 2020-yillar davomida

XMI va xorijiy tashkilotlarning grant mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Samarqand viloyati hokimligi, Universitet

22.

“Turizmni rivojlantirish uchun eng yaxshi tashabbuslar” respublika tanlovini tashkil qilish.

1. Tanlovni oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2. Tanlovni ommaviy axborot vositalarida keng yoritgan holda tashkil qilish va oʻtkazish.

har oʻquv yilida

-

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Universitet

IV. Universitet hududida qurilish-montaj ishlari va uning hududini obodonlashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash

23.

Zarur infratuzilmani yaratish va Universitet faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish uchun birinchi bosqichda kerakli kompleks ishlarni amalga oshirish.

1. Universitet bino va inshootlarini taʼmirlash-tiklash ishlarini amalga oshirish.

2. Universitetni kompyuter va boshqa orgtexnika, oʻqitishning texnik vositalari, shu jumladan masofaviy va onlayn taʼlimni tashkil qilish uchun zarur boʻlgan texnikalar, turizm masalalari boʻyicha oʻquv adabiyotlari va kutubxona fondi bilan taʼminlash.

3. Universitetni mebel (doskalar, partalar, stollar, stullar va boshqalar), inventar, zamonaviy laboratoriya jihozlari, shuningdek, oʻquv adabiyotlari va kutubxona fondi bilan jihozlash.

2018-yil 30-sentabrgacha

Samarqand viloyatining mahalliy budjet mablagʻlari Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi

Samarqand viloyati hokimligi,

Qurilish vazirligi,

Moliya vazirligi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,

Matbuot va axborot agentligi

24.

Universitet bino va inshootlarini hamda tutash hududlarni rekonstruksiya qilish ishlarini bajargan holda, undagi oʻqitish sharoitlarini yanada yaxshilash.

Universitet bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish ishlarini bajarish, unga tutash hududdagi yoʻllar sifatini yaxshilash, tegishli infratuzilma, kommunikatsiya tarmoqlari, yoʻl-axborot koʻrsatkichlari bilan taʼminlash.

2019-yil davomida

Davlat rivojlanish dasturlari doirasida kapital qoʻyilmalar limitlari

Samarqand viloyati hokimligi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi,

IIV,

Moliya vazirligi,

Universitet

25.

Universitetni muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash.

Tegishli uskunalar bilan jihozlagan holda, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini tortish boʻyicha barcha zarur ishlarni bajarish.

2018-yil 1-sentabrgacha

Foydalanuvchi tashkilotlarning mablagʻlari

Samarqand viloyati hokimligi,

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi,

“Oʻzbekenergo” AJ,

“Oʻztransgaz” AJ,

Universitet

26.

Universitetni optik tolali liniya orqali Internet tarmogʻiga va axborot-taʼlimiy portallarga ulash.

Mazkur vazifani bajarish uchun barcha tashkiliy-texnik masalalarni hal qilish.

2018-yil 15-sentabrgacha

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,

Universitet

27.

Universitetning oʻz veb-saytini yaratish.

1. Veb-saytni ishlab chiqish boʻyicha ijrochilarni qidirish va shartnoma tuzish.

2. Veb-saytning Internet tarmogʻida toʻlaqonli ishlashini taʼminlash.

3. Veb-saytni dolzarb va zarur axborot bilan doimiy ravishda yangilab borish.

2019-yil 1-yanvardan boshlab 2019-yildan boshlab muntazam ravishda

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Matbuot va axborot agentligi, Universitet

 LexUZ sharhi
2-ilova norasmiy tarjima.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-oktabrdagi PQ-5270-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 07/21/5270/1006-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi PF-214-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.08.2022-y., 06/22/214/0791-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.06.2018-y., 07/18/3815/1419-son; 30.05.2019-y., 06/19/5733/3216-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; 12.02.2021-y., 06/21/6168/0111-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 07/21/5270/1006-son; 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son; 31.08.2022-y., 06/22/214/0791-son; 02.06.2023-y., 06/23/81/0320-son; 20.01.2024-y., 06/24/14/0052-son; 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son; 03.02.2026-y., 06/26/15/0102-son; 01.05.2026-y., 07/26/161/0437-son)