toggle_night_mode
Hujjat 22.08.2022 01 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasini tartibga solish sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2020-yil 23-iyuldagi PF-6033-son Farmoniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2020-yil 23-iyuldagi PQ-4787-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligining maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligi, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari va javobgarligini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligining Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasini boshqarish, shuningdek, uning mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligining Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq.
Keyingi tahrirga qarang.
Alkogol va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida isteʼmol etil spirtini taqsimlash tartibini nazarda tutuvchi Alkogol va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida isteʼmol etil spirtini taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan “Enologiya laboratoriyasi” unitar korxonasi zarur zamonaviy laboratoriya anjomlari bilan jihozlanishini va xalqaro darajada akkreditatsiyadan oʻtkazilishini, shuningdek, uzum, mevalar va rezavorlardan alkogolli mahsulotlar tajriba ishlab chiqarishi tashkil etilishini taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 30-noyabr,
753-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-noyabrdagi 753-son qaroriga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi toʻgʻrisida

NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, hukuqlari, javobgarligi, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini, shuningdek, Agentlik rahbarlarining funksional vazifalari va javobgarligini belgilaydi.
2. Agentlik alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyatni litsenziyalash, isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchilar tomonidan litsenziya talablariga rioya etilishini nazorat qilish, shuningdek, alkogol va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun korxonalar oʻrtasida isteʼmol etil spirtini belgilangan tartibda taqsimlash boʻyicha vakolatli davlat organi hisoblanadi hamda oʻz faoliyatida Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi.
3. Agentlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining karorlari va farmoyishlariga shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
4. Agentlik oʻz faoliyatini davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
5. Agentlikning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat boshqaruv organlari va xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Agentlik yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalariga, mustaqil balansga, shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga, shu jumladan, chet el valyutasidagi Yagona gʻazna hisobvaraqlariga ega boʻladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi PQ-4938-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son)
7. Agentlikning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi, qisqartirilgan nomi — Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi;
b) ingliz tilida:
toʻliq nomi — Agency of the Republic of Uzbekistan for Regulation of the Alcohol and Tobacco Market and Wine Development, qisqartirilgan nomi — Agency for Regulation of the Alcohol and Tobacco Market and Wine Development;
v) rus tilida:
toʻliq nomi — Agentstvo po regulirovaniyu alkogolnogo, tabachnogo rinka i razvitiya vinodeliya Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Agentstvo po regulirovaniyu alkogolnogo, tabachnogo rinka i razvitiya vinodeliya.
8. Agentlik joylashgan joy (pochta manzili): 100011, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Abay koʻchasi, 6-uy.
2-bob. Agentlikning asosiy vazifalari va funksiyalari
9. Agentlikning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va realizatsiya qilish, vinochilik sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, shuningdek, sohani rivojlantirishga yoʻnaltirilgan kompleks dasturlarni amalga oshirish;
vinochilik xom ashyo bazasini mustahkamlashga va sanoatbop tokzorlar plantatsiyalarini kengaytirishga, vinochilik korxonalarini kompleks modernizatsiyalashga, zamonaviy resurs tejovchi texnologiyalarni joriy etishga hamda vinochilik sohasi uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga koʻmaklashish;
mahalliy vino tayyorlovchilarning xalqaro miqyosda raqobatbardoshligi va eksport salohiyatini oshirish, shuningdek, sohaga investitsiyalarni jalb etishda uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qoʻllab-quvvatlash;
oʻzbek vinolarining milliy brendini yaratish va uni jahon bozorlarida keng targʻib qilish tadbirlarini amalga oshirish;
isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda ularning aylanmasi hajmlarining, shu jumladan, zamonaviy axborot tizimlarini faol joriy etish va rivojlantirish orqali monitoringini olib borish;
isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishda texnik va texnologik normalarga rioya etilishi hamda saqlanish sifatini, shu jumladan, ularni ishlab chiqarishda foydalaniladigan xomashyo va yordamchi materiallar sifatini nazorat qilish;
alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyatni litsenziyalash;
Oldingi tahrirga qarang.
isteʼmol va texnik etil spirti, alkogolli va tamaki mahsulotlarni ishlab chiqarish hamda alkogolli mahsulotlarning ulgurji savdosi boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchilar tomonidan litsenziya talablariga rioya etilishini hamda alkogolli mahsulotlarning ulgurji savdosi bilan shugullanuvchi tashkilotlardan soliqlar va yigʻimlarning oʻz vaqtida va toʻliq tushishini taʼminlash boʻyicha davlat soliq xizmati organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
(9-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 471-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2022-y., 09/22/471/0767-son)
alkogol va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun korxonalar oʻrtasida isteʼmol etil spirtini belgilangan tartibda taqsimlash boʻyicha vakolatli organ funksiyasini amalga oshirish.
10. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va realizatsiya qilish, vinochilik sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, shuningdek, sohani rivojlantirishga yunaltirilgan kompleks dasturlarni amalga oshirish sohasida:
vinochilik va uzumchilik sohasida mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash, mahallliy ankogol, shu jumladan, vino mahsulotlari ishlab chiqarish va savdosi bilan shugʻullanuvchilar orasida targʻib qilish maqsadida festivallar, koʻrgazmalar va yarmarkalarni, shuningdek, xorijda, tashkil etadi hamda alkogol sohasi korxonalarining ularda ishtirok etishiga koʻmaklashadi;
sanoatbop uzumchilik va vinochilik, yangi turdagi alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va marketing sohalarida “nou-xau”dan foydalanish bilan bogʻliq ilmiy-innovatsion loyihalarni moliyalashtiradi;
kolleksion vino va konyak mahsulotlarini zaxiraga qoʻyish va sara milliy brend markalarining kolleksion mahsulotlar auksion savdolarida ishtirok etishiga koʻmaklashadi;
klaster asosida texnik navli uzumchilik va vinochilikni rivojlantirishning davlat va maqsadli dasturlarini, shu jumladan, innovatsion va resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish yoʻli bilan texnik navli uzum plantatsiyalarining va tarmoq korxonalarining ishlab chiqarish faoliyatining samaradorligini oshirish boʻyicha metodik tavsiyalarni ishlab chiqadi;
xalqaro tashkilotlar, shuningdek, boshqa davlatlarning alkogol va tamaki bozorini tartibga solish boʻyicha organlari bilan Agentlik vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan belgilangan tartibda hamkorlikni amalga oshiradi;
alkogol va tamaki bozorini tartibga solish, tarmoq normativ-huquqiy bazasini, texnik va texnologik reglamentlar va xalqaro standartlarni takomillashtirish masalalari boʻyicha xalqaro tashkilotlar yigʻilishlarida, konferensiya va seminarlarda ishtirok etadi;
b) vinochilik xom ashyo bazasini mustahkamlashga va sanoatbop tokzorlar tantatsiyalarini kengaytirigiga, vinochilik korxonalarini kompleks modernizatsiyalagiga, zamonaviy resurs tejovchi texnologiyalarni joriy etishga hamda vinochilik sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga koʻmaklashish sohasida:
vinochilik sohasidagi yetakchi xorijiy mutaxassilar va yuridik xizmat xodimlarini jalb etish, ilgʻor chet el tajribasini almashish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish yuzasidan takliflar kiritadi;
ilmiy-tadqiqot institutlari va boshqa vakolatli tashkilotlar bilan birgalikda agrotexnologiyalarni takomillashtirish va uzum hosildorligini oshirish, tarmoq mahsulotlari raqobatbardoshligini oshirishni ragʻbatlantirish maqsadida uzum, mevalar va reza mevalardan tayyorlanadigan alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish boʻyicha mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish yuzasidan takliflarni tayyorlaydi;
sanoatbop uzum plantatsiyalarida mahalliy seleksiya navlari, xususan, oʻsish, yetishtirish muhitining abiotik va biotik sharoitlariga koʻproq moslashgan Yevropa klonlari va avtoxton navlar ulushini oshirish choralarini koʻradi;
texnik navli uzumchilik va vinochilik sohasida yagona davlat siyosati ijrosini taʼminlaydi, ushbu yoʻnalishda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, uzumchilik va vinochilik yoʻnalishi boʻyicha oʻz faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar bilan hamkorlik qiladi;
texnik navli uzumchilik va vinochilik, shu jumladan, uzum ekish materialini ishlab chiqarish sohasida tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi va takliflar kiritadi;
uzumchilik va vinochilik sohasida yuqori malakali xorijiy mutaxassislar va maslahatchilarni jalb qiladi, shuningdek, tarmoq mutaxassislarini va texnik navli uzum yetishtiruvchilarni respublikaning yetakchi korxonalari, oliy taʼlim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlarida malakasini oshirish va qayta tayyorlashni, shuningdek, chet elda malakasini oshirishni tashkil etishga koʻmaklashadi;
oliy taʼlim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlari, shu jumladan, xalqaro ilmiy-tadqiqot institutlari bilan uzumchilik va vinochilik sohasida ilmiy-texnik yutuqlarni oʻrganish va amaliyotga joriy qilish maqsadida hamkorlik qiladi;
oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari talabalariga bevosita tarmoqning ishlab chiqarish va boshqa korxonalarida amaliyot oʻtashlarida koʻmaklashadi;
sanoatbop uzum ekish materiallarini ishlab chiqarish boʻyicha pitomnik-koʻchatxonalarni barpo qilishda koʻmaklashadi va ularning foliyatlarini muvofiqlashtiradi;
v) mahalliy vino tayyorlovchiparning xalqaro miqyosda raqobatbardoshligi va eksport salohiyatini oshirish, shuningdek, sohaga investitsiyalarni jalb etishda uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qoʻllab-quvvatlash sohasida:
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi elchixonalari bilan birgalikda toʻgʻridan-toʻgʻri chet el investitsiyalarini jalb qilishda tarmoq korxonalariga koʻmaklashadi, shuningdek, uzumchilik mahsulotlari tashqi bozori konyunkturasini oʻrganadi, mahalliy uzumchilik mahsulotlarini ommalashtirish va tarmoq mahsulotlarining eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
“Oʻzstandart” agentligi bilan birgalikda korxonalarda uzum, mevalar va reza mevalardan tayyorlanadigan alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha xalqaro standartlarni joriy qilishga koʻmaklashadi va takliflar kiritadi;
g) oʻzbek vinolarining milliy brendini yaratish va uni jahon bozorlarida keng targʻib qilish tadbirlarini amalga oshirish sohasida:
uzum, meva rezavorlardan vino va vinochilik mahsulotlarining yangi turlari va sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishni koʻpaytirish, ulardan oʻzbek milliy vino brendini yaratish hamda jahon bozorlarida targʻib qilish maqsadida tarmoq ishlab chiqaruvchilari va yakuniy mahsulot savdosi bilan shugʻullanuvchilarni keng jalb etgan holda milliy va xalqaro festivallar, koʻrgazmalar va yarmarkalarni tashkil qiladi va ularda ishtirok etadi;
alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga tegishli degustatsiya hududlarini turoperatorlarning yoʻnalish dasturlariga kiritilishini tashkil etishga koʻmaklashadi;
d) isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda ularning aylanmasi hajmlarining, shu jumladan, zamonaviy axborot tizimlarini joriy etish va rivojlantirish orhali monitoringini olib borish sohasida:
isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasi hajmini hisobga olish hamda uzumzorlarning yagona reyestri axborot tizimini (keyingi oʻrinlarda — Axborot tizimi) ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmi va aylanmasini nazorat qilish uchun yaratadi, joriy etadi va muvofiqlashtiradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda Axborot tizimining alkogol va tamaki mahsulotlarini markirovkalash boʻyicha mahsulotlarni markirovkalash axborot tizimi bilan integratsiyalashuvini taʼminlaydi;
axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarining haqiqiy ishlab chiqarish hajmlari va aylanmasi monitoringini olib boradi;
litsenziat tomonidan axborot tizimiga oʻz vaqtida va haqqoniy axborot kiritilishini nazorat qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda Axborot tizimining isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va aylanmasi boʻyicha manfaatdor vazirliklar va idoralarning axborot tizimlari bilan oʻzaro hamkorligini taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda mulkdorlarning oʻz mablagʻlari hisobidan isteʼmol va texnik etil spirti hamda alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarishda oʻlchov uskunalarini va hisobga olish axborot tizimiga axborot uzatuvchi boshqa hisobga olish va qayd etish vositalarini oʻrnatadi;
e) isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishda texnik va texnologik normalarga rioya etilshii hamda saqlanish sifatini, shu jumladan, ularni ishlab chiqarishda qoʻllaniladigan xom ashyo va yordamchi materiallar sifatini nazorat qilish sohasida:
nazorat qiluvchi organlar soʻroviga binoan isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar, shuningdek, alkogol mahsulotlarining ulgurji va chakana savdosi bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar faoliyatini tekshirish va monitoring tadbirlarida belgilangan tartibda ishtirok etadi;
tekshirishlar oʻtkazish yoʻli bilan isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarishda texnik va texnologik normalarga rioya etilishini, mahsulotlarni saqlash sifatini va ularning aylanmasini, shu jumladan, foydalaniladigan xom ashyo va yordamchi materiallar sifatini nazorat qiladi;
isteʼmolchilarning ishlab chiqarilayotgan va sotilayotgan alkogol va tamaki mahsulotlarining sifati boʻyicha murojaatlarini tegishli choralar koʻrish maqsadida oʻrganib chiqadi;
isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qoʻllashni soʻrab sudga murojaat qiladi, shuningdek, isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish uchun litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish yoki bekor qilish yuzasidan Vazirlar Mahkamasining Isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash komissiyasiga taklif kiritadi;
ishchi organlar faoliyatida ishtirok etadi, alkogol va tamaki bozorini tartibga solish sohasidagi texnik va texnologik reglamentlar, standartlar, shuningdek, sanitariya-gigiyena normalarini ishlab chiqish, joriy etish va takomillashtirish masalalariga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari boʻyicha takliflarni koʻrib chiqadi va kiritadi;
isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarining noqonuniy ishlab chiqarilishi va sotilishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha profilaktika va tushuntirish ishlarini olib boradi;
ishlab chiqaruvchi korxonalarda etil spirtining har bir ishlab chiqarilgan mahsulot namunalarini ularning sifati normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash maqsadida sinovdan oʻtkazadi va sinov natijalari boʻyicha isteʼmol etil spirti mahsulotlarning muvofiqligi yoki ishlab chiqarish jarayoniga qayta ishlash uchun qaytarish toʻgʻrisida xulosalar beradi;
“Oʻzstandart” agentligi bilan birgalikda isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tashkilotlarda xalqaro standartlarni joriy qilishga koʻmaklashadi va takliflar kiritadi.
j) alkogol mahsulotlarinining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyatni litsenziyalashtirish sohasida:
alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ushbu faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomlar talablaridan kelib chiqqan holda beradi va rasmiylashtiradi;
alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqini beradigan litsenziyaga ega boʻlgan tashkilotlar reyestrini yuritadi;
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshiradi;
litsenziat tomonidan alkogol va tamaki mahsulotini markirovkalash va kuzatish tizimini oʻz ichiga oluvchi Hisobga olish axborot tizimiga ishonchli maʼlumotlarning oʻz vaqtida kiritilishini nazorat qiladi;
belgilangan talablarga muvofiq litsenziyalarning amal qilishini oʻn ish kunidan koʻp boʻlgan muddatga toʻxtatib turishni, tugatishni yoki bekor qilishni soʻrab sudga murojaat qiladi, shuningdek, ularning amal qilishini oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib turadi;
Oldingi tahrirga qarang.
z) isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda alkogolli mahsulotlarning ulgurji savdosi boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchilar tomonidan litsenziya talablariga rioya etilishini hamda ruxsat guvohnomasi mavjud boʻlmagan alkogolli mahsulotning chakana savdosi bilan shugʻullanuvchi tashkilotlarga alkogolli mahsulotning sotilmasligini nazorat qilish, alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi tashkilotlardan soliqlar va yigʻimlarning oʻz vaqtida va toʻliq tushishini taʼminlash boʻyicha davlat soliq xizmati organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish sohasida:
(10-band “z” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 471-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2022-y., 09/22/471/0767-son)
isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish faoliyatiga litsenziya talabgorining arizasini qabul qilish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida, litsenziyani qayta rasmiylashtirish va dublikatini berish toʻgʻrisida qaror loyihalarini tayyorlash, shuningdek, litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qiladi;
alkogol va tamaki mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyatni amalga oshirish jarayonida litsenziya talablari va shartlarining oʻz vaqtida va toʻliq bajarilishini nazorat qiladi;
alkogol va tamaki mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha litsenziyaga ega boʻlgan tashkilotlarga nisbatan ogohlantirish, moliyaviy sanksiya va (yoki) litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish kabi taʼsir choralarini belgilangan tartibda qoʻllash jarayonini amalga oshiradi;
chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish korxonalarida alkogol va tamaki mahsulotlarining nazorat xaridini amalga oshiradi, ularni vakolatli organlar bilan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini nazorat qilish maqsadida sinov laboratoriyalarida ekspertizadan oʻtkazadi;
nazorat va tekshirish organlarining soʻrovi boʻyicha alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish, sotish va sifatini tekshirishlarda belgilangan tartibda ishtirok etadi;
litsenziya talabgorining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun yigʻimlar va yillik litsenziya toʻlovi oʻz vaqtida toʻlanishini nazorat qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda alkogol va tamaki mahsulotlari uchun yangi namunadagi aksiz markalarini ishlab chiqishda qatnashadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan tarmoq tashkilotlari tomonidan soliqlar, shu jumladan, aksiz soligʻining oʻz vaqtida toʻlanishi boʻyicha litsenziya talablariga rioya qilinishi yuzasidan oʻzaro hamkorlik qiladi;
i) alkogol va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun korxonalar oʻrtasida isteʼmol etil spirtini belgilangan tartibda taqsimlash boʻyicha vakolatli organ funksiyasini amalga oshirish sohasida:
alkogol va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish uchun tashkilotlar oʻrtasida isteʼmol etil spirtini belgilangan tartibda taqsimlaydi;
alkogol va boshqa maxsulotlar ishlab chiqarish korxonalari tomonidan isteʼmol etil spirti maqsadli ishlatilishini qonunchilikda belgilangan tartibda tekshiradi va nazorat qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga isteʼmol etil spirtini ishlab chiqarish va undan foydalanish balansi parametrlariga takliflar beradi;
2021-yil 1-iyuldan boshlab real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan kuzatish tizimi (GPS) bilan jihozlangan hamda 2022-yil 1-yanvardan boshlab isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish, ularning aylanmasi hajmini hisobga olish hamda uzumzorlarning yagona reyestri axborot tizimiga integratsiya qilingan elektron hisoblagich oʻrnatilgan avtotransport vositalarida tashilishi taʼminlanishini nazorat qiladi.

Agentlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

3-bob. Agentlikning huquqlari va majburiyatlari
11. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Agentlikga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi bilan bogʻliq normativ-huquqiy hujjat loyihalarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
Agentlik vakolatiga kiradigan masalalarda davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Agentlik vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur boʻlgan axborot-maʼlumotlarni davlat organlari va xoʻjalik birlashmalaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
davlat statistika organlaridan Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha zarur statistik maʼlumotlarni bepul asosda olish;
alkogolli va tamaki mahsulotlari sifatini belgilash va nazorat qilish boʻyicha qoʻshma tadbirlar oʻtkazish;
Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha xalqaro shartnomalarni tuzish va oʻz vakolatiga doyr masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini xalqaro darajada ifodalash;
Agentlik vakolatiga doir masalalar boʻyicha xorijiy tarmoq idoralari, ilmiy va taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlik qilish;
uzumchilik va vinochilik sohasida joriy va strategik vazifalarni yoritish uchun belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish;
binolarga xizmat koʻrsatish, asbob-uskunalar va xoʻjalik jihozlari, avtotransport, aloqa vositalari, hisoblash, kompyuter va tashkiliy texnika, dasturiy taʼminot hamda Agentlik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan boshqa tovarlar taʼminoti va foydalanish ishlarini bajarish uchun belgilangan tartibda shartnomalar tuzish;
vinochilik sohasidagi xorijiy mutaxassislar va konsultantlarni belgilangan tartibda (agar qonunchilikda belgilangan boʻlsa) va/yoki shartnoma asosida jalb etish;

Agentlik va uning tizimiga kiradigan tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash choralarini koʻrish;

isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash va ularning aylanmasi sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi davlat standartlari, texnik reglamentlarini takomillashtirish, shuningdek, ularni xalqaro standartlar bilan uygʻunlashtirish boʻyicha “Oʻzstandart” agentligiga takliflar kiritish;
isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar hamda alkogol va tamaki mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar faoliyatini belgilangan tartibda tekshirish;
2020-yil 1-oktabrdan boshlab isteʼmol va texnik etil spirti, tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarda, alkogol mahsulotlarining ulgurji va chakana savdosi bilan shugʻullanuvchi tashkilotlarda tegishli litsenziya yoki guvohnomalarsiz ishlab chiqilgan va sotilgan, identifikatsiya vositalari bilan markirovkalanmagan, qalbaki aksiz markali yoki aksiz markasi mavjud boʻlmagan alkogol va tamaki mahsulotlari haqida dalolat beruvchi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, maxsus vakolatli organni xabardor qilgan holda tekshirishlarni amalga oshirish;
tekshirilayotgan tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislaridan ularning faoliyati bilan bogʻliq masalalar boʻyicha zarur hujjatlar va tushuntirishlar olish;
alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilishga ruxsat etuvchi maxsus guvohnomalar beradigan davlat soliq inspeksiyalaridan ushbu savdo shoxobchalarining roʻyxati va manzilini soʻrab olish;
zarur hollarda tekshirilayotgan tashkilotlar rahbarlariga aniqlangan qonunbuzarliklarni belgilangan muddatda bartaraf etish, shuningdek, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablarga javob bermaydigan mahsulotlar sotilishini taqiqlash yoki ishlab chiqarishni toʻxtatib turish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritish;
isteʼmol va texnik etil spirta, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash va sotish bilan shugʻullanuvchi tashkilotlarda aniqlangan huquqbuzarlik holatlari boʻyicha hujjatlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborish;
qonun hujjatlariga asosan isteʼmol va texnik etil spirta, alkogol va tamaki maqsulotlarini ishlab chiqarish huquqini beruvchi litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatib turish yoki bekor qilish toʻgʻrisida vakolatli organga taklif kiritish, shuningdek, alkogol va tamaki mahsulotlarining ulgurji savdosi bylan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyalarning amal qilishini oʻn ish kunidan koʻp boʻlgan muddatga toʻxtatib turish, tugatish yoki bekor qilishni soʻrab sudga murojaat qilish, shuningdek, ularning amal qilishini oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib turish;
Agentlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
12. Agentlikning tarkibiy boʻlinmalari huquq va majburiyatlari Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadigan nizomlar bilan belgilanadi.
13. Agentlik:
isteʼmol va texnik etil spirta, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va realizatsiya qilish hamda vinochilik sohasidagi yagona davlat siyosati samarali amalga oshirilishi;
normativ-huquqiy hujjatlar talablari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenta Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari oʻz vaqtida bajarilishini tashkil qilish uchun javob beradi.
4-bob. Agentlik faoliyatini tashkil qilish
14. Agentlik tizimiga quyidagilar kiradi:
Agentlik markaziy apparata;
“Enologiya laboratoriyasi” davlat unitar korxonasi;
“Uzumchilik oʻquv markazi” davlat unitar korxonasi;
Etil spirtining sifatini aniqlash boʻyicha laboratoriyalar.
15. Agentlikka Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.
16. Direktor oʻz maqomi, mehnatga haq toʻlash, tibbiy va transport xizmati koʻrsatilishi shartlari boʻyicha vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
17. Direktor Agentlik direktorining taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan uch nafar oʻrinbosarga ega boʻladi.
18. Direktor oʻrnida boʻlmagan vaqtda uning vakolatlari vazifalar taqsimotiga muvofiq uning birinchi oʻrinbosari yoki oʻrinbosarlari tomonidan amalga oshiriladi.
19. Oʻz vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda Agentlik davlat boshqaruv organlari va xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi, shuningdek, davlat organlari va xoʻjalik birlashmalari bilan hamkorlikda qabul qilingan qarorlar bilan sanoatbop uzumchilik, alkogol va tamaki sohasidagi tadbirlarni oʻtkazish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha idoralararo komissiyalar, kengashlar, ishchi guruxdarni tuzadi.
20. Agentlik markaziy apparatiga 6 ta avtotransport vositasini, shu jumladan, 5 ta shaxsiy biriktirilgan avtotransport vositalarini saqlash uchun limit belgilanadi.
5-bob. Agentlik rahbarlarining asosiy funksional vazifalari
21. Quyidagilar Agentlik direktorining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Agentlikka qonun hujjatlari bilan yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlar ijro etilishi jarayonini tanqidiy jihatdan va chuqur tahlil qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari topshiriqlarini bajarish;
Agentlik xodimlarining vakolatlarini belgilash, oʻzining oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning Agentlik faoliyatining alohida yoʻnalishlariga rahbarlik qilish uchun shaxsiy javobgarligi darajasini belgilash;
Agentlik faoliyatini rejalashtirishni tashkil qilish, Agentlik va oʻz oʻrinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi jarayonini nazorat qilishni taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil qilish va monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish, Agentlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha amaliy kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, markaziy apparat va tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining qonun hujjatlari talablariga muvofiq togapiriqlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish uchun shaxsiy javobgarligini oshirish choralarini koʻrish;
Agentlik va uning tarkibiy boʻlinmalari xodimlarini tizimli qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil qilish;
Agentlik tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Agentlik kadrlar zaxirasini shakllantirish;
boʻsh lavozimlarga tavsiya qilingan, shuningdek, Agentlikka ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning kasbiy mahorati, vakolatliligi, amaliy tajribasi, ishbilarmonlik va maʼnaviy-maʼrifiy sifatlarining yuqori saviyasi kafolatlanganligini taʼminlash;
keyinchalik Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda kiritish uchun normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini sifatli ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritishni tashkil qilish;
Agentlikka taqdim qilingan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqilishini taʼminlash, ularni sinchiklab huquqiy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek, ularni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan muddatlarda kelishish (viza qoʻyish);
Agentlik direktori, oʻrinbosarlari va xodimlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida samarali boʻlish va Oʻzbekiston Respublikasiga xorijiy delegatsiyalar tashrifini tashkil etishda mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq xizmat safarlarini amalga oshirish va tashkil qilish, xizmat safarlari asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini taʼminlash, xizmat safariga ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanish;
oʻz oʻrinbosarlari va tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligining tanqidiy tahlilini muntazam ravishda oʻtkazish, ularning shaxsiy hisobotlarini Agentlik majlislarida eshitish, yakunlar boʻyicha zarur choralar koʻrish;
oʻz oʻrinbosarlari va Agentlik xodimlarini intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini belgilangan tartibda hal qilish, ularning egallab turgan lavozimlarida qolishi maqsadga muvofiqligi masalalarini koʻrib chiqish, ularning shaxsiy javobgarligini oshirishning tizimli choralarini amalga oshirish;
Agentlik va uning idoraviy mansub tashkilotlari xodimlarining odob-axloq qoidalarini tasdiqlash, shuningdek, ularga rioya qilinishini taʼminlash;
“Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Agentlik tizimida korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish choralarini qabul qilish, shuningdek, huquqiy amaliyot va qonun hujjatlarini takomillashtirish choralarini ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan ularning yuzaga kelishiga sabab boʻluvchi omillar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf qilish;
Agentlik va uning tarkibiy boʻlinmalari ishini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy qilishni taʼminlash;
“Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, shu jumladan, Agentlikning axborot tizimi samaradorligi va sifatini oshirish;
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomda belgilangan muddatlar va tartibda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha ishlarni samarali tashkil qilish, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, shaxsan qabul qilishni tizimli ravishda oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini joyiga chiqib qabul qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga jismoniy va yuridik shaxslardan tushayotgan murojaatlarning oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqilishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali ishlashni tashkil qilish, ularning faoliyatida Agentlik xodimlari va rahbarlarining faol ishtirokini taʼminlash;
davlat siri va maxfiy maʼlumotlar sirasiga kiradigan maʼlumotlar bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligining Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlarining Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari smetasiga muvofiq tushishi va ishlatilishini nazorat qilish;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan shartnomalar va bitimlar tuzish;
Jamgʻarmaning muqaddam berilgan mablagʻlari boʻyicha, shu jumladan, shartnoma shartlarini qayta tuzish va uzaytirish boʻyicha qarorlar qabul qilish;
Agentlik markaziy apparata va tizimidagi tashkilotlar toʻgʻrisidagi nizomlarni, idoraviy mansub tashkilotlarning ustavlari, nizomlari, lavozim yoʻriqnomalari va boshqa lokal hujjatlarini belgilangan tartibda tasdiqlash;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat shartnomalarini tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish, Agentlik markaziy apparati xodimlari, “Enologiya laboratoriyasi” davlat unitar korxonasi, “Uzumchilik oʻquv markazi” davlat unitar korxonasi va Etil spirtining sifatini aniqlash boʻyicha laboratoriyalar rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish;
Jamgʻarmaning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga vinochilik sohasida xorijiy mutaxassislar va maslahatchilarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan nomzodni va uning mehnatiga haq toʻlash miqdorini kelishilgan holda shartnoma asosida jalb qilish;
Agentlik va unung tizimidagi tashkilotlarning mansabdor shaxslari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqarish va koʻrsatmalar berish, shuningdek, belgilangan tartibda ularning bajarilishini nazorat qilish;
zarur hollarda Agentlik tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining belgilangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirish kiritish.
Agentlik direktori qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksional vazifalarni ham amalga oshiradi.
22. Quyidagilar Agentlik direktori oʻrinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
direktor vaqtincha oʻrnida boʻlmagan hollarda uning vazifalarini bajarish;
Agentlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va bevosita rahbarlik qilish, boʻlinmalarning xodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash va ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari topshiriqlarini ijro etish;
direktorning buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joyiga qoʻyish boʻyicha direktorga takliflar taqdim qilish, ularning kasbiy mahorati, bilimi, amaliy tajribasi, ishbilarmonlik va maʼnaviy-ahloqiy sifatlarining yuqori saviyasi kafolatlanganligini taʼminlash, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan normativ-hukuqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini tashkil qilish, Agentlikning tarkibiy boʻlinmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalari kelgusida direktor tomonidan koʻrib chiqilishi, imzolanishi (viza qoʻyilishi) uchun koʻrib chiqish va viza qoʻyish, ularning Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kelgusida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kiritish uchun mutasaddi tashkilotlarga oʻz vaqtida kiritilishini taʼminlash;
Agentlikka taqdim qilingan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq va atroflicha koʻrib chiqish, ularni sinchiklab huquqiy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan oʻtkazish;
xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida samarali boʻlish va Oʻzbekiston Respublikasiga xorijiy delegatsiyalar tashrifini tashkil etishda mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga toʻliq muvofiq ravishda amalga oshirish, xizmat safarlari asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligi, safar xarajatlariga ajratilgan mablagʻlarning maqsadli va oqilona ishlatilishini taʼminlash;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarning rahbarlari va xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilib borish, Agentlik majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, yakunlar boʻyicha zarur choralar koʻrish;
Agentlikning sanoatbop uzumchilik, vinochilik, alkogol va tamaki sohasidagi faoliyatini takomillashtirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar koʻrish, ushbu sohada qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va ularni direktorga kiritish;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimlarida qolishi maqsadga muvofiqligi masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha direktorga taklif kiritish, ularga yuklangan vazifalar va funksional vazifalar bajarilishi uchun shaxsiy javobgarligini oshirishning tizimli choralarini amalga oshirish;
“Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Agentlik tizimida korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyoti va qonun hujjatlarini takomillashtirish choralarini ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan ularning yuzaga kelishiga sabab boʻluvchi omillar va shart-sharoitlarini aniqlash, tahlil qilish, bartaraf qilish;
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomda belgilangan muddatlar va tartibda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha ishlarni samarali tashkil qilish, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, shaxsan qabul qilishni tizimli ravishda oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini joyiga chiqib qabul qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali ishlash, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doyr chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 28-dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofik ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushayotgan barcha murojaatlari oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqilishini taʼminlash;
davlat siri va maxfiy maʼlumotlar toifasiga kiradigan maʼlumotlar bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.
Direktor oʻrinbosarlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksional vazifalarni ham amalga oshiradilar.
6-bob. Agentlik rahbarlarining javobgarligi
23. Agentlik direktori:
Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
Jamgʻarma mablagʻlarining maqsadli sarflanishi;
ushbu Nizomning 13-bandida nazarda tutilgan Agentlikning javobgarligi sohalari boʻyicha;
ushbu Nizomning 21-bandida koʻrsatilgan oʻzining funksional vazifalari sifatli bajarilishi uchun javob beradi.
24. Agentlik direktori oʻrinbosarlari:
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarda Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
ushbu Nizomning 13-bandida nazarda tutilgan Agentlikning javobgarligi sohalari boʻyicha;
ushbu Nizomning 22-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalari sifatli bajarilishi uchun javob beradilar.
7-bob. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ishchi indikatorlar
25. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligi muntazam ravishda baholab boriladi.
26. Agentlik direktori va direktor oʻrinbosarlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadigan baholash mezonlari va indikatorlariga asoslanadi.
Agentlikning boshqarma va boʻlim boshliqlari, shuningdek, markaziy apparati, tizimidagi korxona va tashkilotlar xodimlarining faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash Agentlik direktori tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadigan baholash mezonlari va indikatorlari asosida amalga oshiriladi.
27. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha quyidagi choralar koʻriladi:
Agentlik rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantnrish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlik choralari;
Agentlik faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish.
8-bob. Agentlik faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash, uning xodimlari mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish
28. Agentlik va unga idoraviy mansub tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, faoliyatini amalga oshirish va markaziy apparat taʼminoti bilan bogʻliq xarajatlar, shu jumladan, ish haqi fondi, xodimlarni moddiy ragʻbatlantnrish, shuningdek, qoʻshimcha haq, ustamalar, mukofotlar, ijtimoiy va boshqa toʻlovlar hamda madaniy-ommaviy tadbirlarni oʻtkazish bilan bogʻliq harajatlar qoplanishi jamoa shartnomalari, shuningdek, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib qabul qilinadigan boshqa lokal hujjatlar asosida Jamgʻarma mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan moliyalashtiriladi.
29. Agentlik direktori va direktor oʻrinbosarlarining sohadagi xizmat muddati, davlat boshqaruvi, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sanoati sohasidagi uzok muddat uzluksiz xizmati uchun lavozim maoshiga oylik ustamalar shtatlar jadvaliga muvofiq har oyda quyidagi miqdorlarda toʻlanadi:
3 yildan 5 yilgacha — 10 foiz;
5 yildan 10 yilgacha — 20 foiz;
10 yildan 20 yilgacha — 30 foiz;
20 yildan ortiq — 40 foiz;
Agentlik markaziy apparata boshqarmasi, boʻlimi boshliqlari va quyi lavozimlardagi xodimlarining uzoq muddat uzluksiz xizmati uchun lavozim maoshiga (ragʻbatlantiruvchi koeffitsiyentni hisobga olgan holda) oylik ustamalar shtatlar jadvaliga muvofiq har oyda quyidagi miqdorlarda toʻlanadi:
1 yildan 5 yilgacha — 10 foiz;
5 yildan 10 yilgacha — 20 foiz;
10 yildan 15 yilgacha — 30 foiz;
15 yildan 20 yilgacha — 40 foiz;
20 yildan 25 yilgacha — 50 foiz;
25 yildan ortiq — 60 foiz.
30. Agentlik tizimidagi xodimlarga bayram sanalarida ikki lavozim maoshigacha miqdorda mukofotlar toʻlanishi mumkin.
31. Agentlikning yuqori malakali xodimlariga oʻz xizmat vazifalarini tashabbuskorlik bilan va vijdonan bajarganliklari uchun Agentlik direktori tomonidan lavozim maoshlariga Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan 300 foiz miqdorigacha ustama belgilanishi mumkin.
9-bob. Agentlikning hisobot berishi
32. Agentlik direktori Vazirlar Mahkamasi oldida Agentlik faoliyati natijalari toʻgʻrisida muntazam ravishda hisobot beradi.
33. Vazirlar Mahkamasi Agentlik direktori faoliyatining unga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi boʻyicha doimiy monitoring qilib boradi, Agentlik faoliyati samaradorligiga xolisona baho beradi.
34. Monitoring va baholash yakunlari boʻyicha Agentlikning alohida jonbozlik koʻrsatgan rahbarlari, mansabdor shaxslari va xodimlari ragʻbatlantiriladi yoki yoʻl qoʻygan jiddiy kamchiliklari uchun egallab turgan lavozimidan ozod qilishgacha javobgarlikka tortiladi.
10-bob. Yakunlovchi qoida
35. Agentlikni qayta tashkil qilish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-noyabrdagi 753-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligining Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisida
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasini (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) boshqarish, shuningdek, uning mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Jamgʻarma Oʻzbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi tizimida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan holda tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish
3. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi manbalardan shakllantiriladi:
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan har yili ajratiladigan subsidiyalar;
Oldingi tahrirga qarang.
2022-yil 1-yanvardan boshlab alkogol mahsulotlarining (pivo va tabiiy vino bundan mustasno) ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi korxonalar sof tushumining uch foizi miqdoridagi ajratmalar;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2021-y., 09/21/656/0996-son)
Agentlik huzuridagi “Enologiya laboratoriyasi” va “Uzumchilik oʻquv markazi” davlat unitar korxonalarining sof foydasidan belgilangan tartibda amalga oshiriladigan ajratmalar;
alkogol va tamaki mahsulotlarini noqonuniy ishlab chiqarganlik yoki etil spirti hamda alkogol mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi uchun toʻlanadigan jarima summasining 50 foizi;
isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar, shuningdek, alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shugʻullanadigan korxonalar tomonidan litsenziya talablari buzilganligi uchun tayinlanadigan jarimalar;
tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya berganlik uchun davlat boji toʻlovining 80 foizi miqdorida, shuningdek, isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarishga, alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosini amalga oshirishga litsenziyalar berish uchun toʻlanadigan yigʻimlar va yillik litsenziya toʻlovlari;
xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat va xalqaro moliya tashkilotlarining kreditlari (qarz mablagʻlari) va grantlari;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Bunda ushbu bandning uchinchi xatboshisi 2022-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi.
4. Jamgʻarma mablagʻlari Agentlik tomonidan belgilangan tartibda ochiladigan gʻazna hisobvaragʻida jamlanadi.
3-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish
5. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi maqsadlar uchun sarflanadi:
Agentlikning texnik navli uzumzorlar va vinochilik sohasini jadal rivojlantirishni taʼminlashga qaratilgan kompleks maqsadli dasturlarini amalga oshirish, shu jumladan, uzum koʻchatlarini xarid qilish, uzumning seleksiya navlarini yaratish va ularni ekishni tashkil etish bilan bogʻliq vazifalarning samarali bajarilishi;
suvni tejovchi, shu jumladan, tomchilatib sugʻorish texnologiyalarini joriy etishga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorda subsidiyalar berish;
sanoatbop tokzorlarda irrigatsiya tadbirlarini oʻtkazish, jumladan, suv yetkazib berish, artezian quduqlar, quvurlar va rezervuarlar barpo etish, suv yetkazib berish uchun nasos va quvurlar, suv saqlash uchun sigʻimlar sotib olish;
texnik navli uzum plantatsiyalarini yaratish hamda uzum, mevalar va rezavorlardan alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki asosiy stavkasining 50 foizidan oshmaydigan foiz stavkasi boʻyicha qarz berish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasidan 4 foiz punktigacha chegirgan holda tijorat banklariga kredit resurslarini berish;
mahalliy sharoitda yetishtirilgan intensiv koʻchatlar hamda payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar ajratish;
mahalliy sharoitda tok oʻsimligi toʻqimalaridan (meristema hujayra) “In vitro” usulida yetishtirilgan tok koʻchatlarini sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar ajratish;
umumiy qiymatining kamida 15 foizi loyiha tashabbuskori tomonidan moliyalashtiriladigan texnik navli uzumchilik yoʻnalishidagi investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar boʻyicha boʻlgʻusi hosil, tokzor va (yoki) yer uchastkasiga boʻlgan huquqni garovga olgan holda kafillik taqdim etish;
texnik navli uzum koʻchatlarini shpaleraga koʻtarish uchun subsidiyalar ajratish;
vinochilik sohasidagi xorijiy mutaxassislar va konsultantlarni jalb etish, uzum yetishtiruvchilarni, Agentlik va vinochilik korxonalari xodimlarini, shu jumladan, xorijda, tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
mahalliy alkogol, shu jumladan, vino mahsulotlarini targʻib qilish boʻyicha festivallar, koʻrgazmalar va yarmarkalar tashkil etish, alkogol sohasi korxonalarining, shu jumladan xorijda oʻtkaziladigan tadbirlarda ishtirok etishiga koʻmaklashish hamda ularning bunday tadbirlardagi ishtiroki bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash;
sanoatbop uzumchilik va vinochilik, yangi turdagi alkogol mahsulotlar ishlab chiqarish va marketingda “nou-xau” bilan bogʻliq boʻlgan ilmiy loyihalarni moliyalashtirish;
texnik navli uzumlarning onalik maydonlari va kolleksiya uchastkalari, koʻchatxona (pitomnik)lar barpo etish;

kolleksion vino va konyak distillyati mahsulotlarini zaxiraga qoʻyish;

Oldingi tahrirga qarang.
2022-yil 1-yanvardan boshlab alkogol mahsulotlarining (pivo va tabiiy vino bundan mustasno) ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi korxonalar sof tushumining uch foizi miqdoridagi ajratmalar hisobidan “Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini moliyalashtirish;
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-sonli qaroriga asosan oʻn beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2021-y., 09/21/656/0996-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Agentlik va uning idoraviy boʻysunuvidagi tashkilotlar moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, uning markaziy apparatini taʼminlash, shu jumladan, Agentlik xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish, xususan, ustamalar toʻlash, shuningdek, Agentlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa tadbirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi PQ-5200-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2021-y., 07/21/5200/0731-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan quyidagi maqsadlar uchun subsidiyalar beriladi:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-fevraldagi 95-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2021-y., 09/21/95/0147-son)
qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda yaratilayotgan texnik navli uzum plantatsiyalarida tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy etish. Agar shartnomada koʻrsatilgan tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilishga sarflangan mablagʻ summasi subsidiyaning qonun hujjatlarida belgilangan miqdoridan kam boʻlgan taqdirda, subsidiya shartnomada nazarda tutilgan summada ajratiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
yaratilayotgan har 10 gektar yer maydonidagi texnik navli uzum plantatsiyalariga suv chiqarish uchun burgʻulash qudugʻi, sugʻorish uchun daryolar, kanallar va boshqa suv havzalaridan suv chiqarish uchun nasos stansiyasini qurishga har bir metri uchun 600 ming soʻmdan, ammo 120 million soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorda Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining tegishli dalolatnomasiga asosan ajratiladi;
mahalliy sharoitda “in-vitro” usulida yetishtirilgan har bir dona texnik navli tok koʻchati va payvandtagli tok koʻchati uchun 5 ming soʻm miqdorida ajratiladi;
(6-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi PQ-5200-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2021-y., 07/21/5200/0731-son)
texnik navli uzum koʻchatlarini shpalerga (yogʻoch va boshqa sinuvchan ustunlardan tashqari) koʻtarish xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida bir dona shpalerga 15 (oʻn besh) ming soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorda subsidiyalar ajratiladi;
mahalliy sharoitda intensiv usulda yetishtirilgan texnik navli tok koʻchatlari hamda payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun bir dona koʻchatga 4 (toʻrt) ming soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorda subsidiyalar ajratish.
Oldingi tahrirga qarang.
texnik navli uzum plantatsiyalarida tomchilatib sugʻorish texnologiyalarini joriy qilish, burgʻilangan quduq, shuningdek, daryolar, kanallar hamda boshqa suv havzalaridan suvni tortishga nasos stansiyasini qurish ishlarini loyihalashtirish xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida har bir loyihaga 10 million soʻmgacha miqdorda ajratiladi;
aholi yashash punktlaridan uzoq hududlarda joylashgan 10 gektardan kam boʻlmagan lalmi va foydalanishdan chiqqan yerlarda texnik navli uzum plantatsiyalarini tashkil etish uchun qayta tiklanuvchi, muqobil elektr energiyasi (quyosh, suv, shamol) bilan taʼminlash maqsadida talab etiladigan uskunalarni sotib olish xarajatlarning 50 foizigacha, biroq 100 million soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorda ajratiladi;
mahalliy ishlab chiqaruvchi klasterlar tomonidan eksport qilingan har bir litr uzum va meva-rezavorlardan tayyorlangan tabiiy ravishda achitilgan tabiiy vino (etil spirti qoʻshilmagan holda) hamda brendi uchun 5 (besh) ming soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdorda ajratiladi;
vinochilik asbob-uskunalarini xarid qilish xarajatlarining 20 foizi, lekin 300 million soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorda ajratiladi;
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi PQ-5200-sonli qaroriga asosan yettinchi — oʻninchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2021-y., 07/21/5200/0731-son)
Keyingi tahrirga qarang.
7. Subsidiyalarni ajratish tomchilab sugʻorish tizimini joriy qilish, yaratilayotgan uzum plantatsiyalarida suv chiqarish uchun nasos stansiyalari va suv chiqarish uchun burgʻulash quduqlarini qurish, “In vitro” sharoitida yetishtirilgan tok koʻchatlari ekish va shpalerga koʻtarish holati boʻyicha amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-fevraldagi 95-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2021-y., 09/21/95/0147-son)
8. Ushbu Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan maqsadlar uchun (6-bandda koʻrsatilgan maqsadlar bundan mustasno) yuridik shaxslarga qisqa va uzoq muddatli (1 yildan 7 yilgacha boʻlgan muddatga) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki asosiy stavkasining 50 foizidan oshmaydigan foiz stavkasi boʻyicha qarzlar berish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasidan 4 foiz punktigacha chegirgan xolda tijorat banklariga kredit resurslarini ajratish;
qarzlar ajratish Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qarz berish va oldin berilgan qarzlarni qayta koʻrib chiqish komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) tomonidan qabul qilingan qarorlar asosida ajratiladi.
Komissiya tarkibi Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadi.
9. Berilgan qarzlarning har yillik summasi Jamgʻarmaning hisobvaraqlariga tushgan har yillik mablagʻlar umumiy summasining 50 foizidan oshmasligi lozim va qarz taʼminoti sifatida koʻchadigan va koʻchmas mulk garovi, uchinchi shaxslarning kafilligi va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa taʼminot turlari taqdim qilinadi.
10. Mablagʻlardan yanada samarali foydalanish va qoʻshimcha foyda manbaini shakllantirish maqsadida Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tijorat banklarining depozitlariga joylashtirilishi mumkin.
4-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish
11. Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasi, mablagʻ yoʻnaltirilishini hisobga olgan holda ushbu Nizomning 3 va 5-bandlarida nazarda tutilgan maqsadlarga belgilangan tartibda tuziladi.
12. Jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish va taqsimlash Agentlik direktori tomonidan Jamgʻarmaning tasdiqlangan daromadlari va xarajatlari smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.
13. Agentlik direktori:
Jamgʻarma mablagʻlarini ushbu Nizom asosida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlari smetasiga muvofiq tasarruf etadi hamda mablagʻlardan qatʼiy belgilangan maqsadlarda samarali foydalanilishi uchun javob beradi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Jamgʻarma mablagʻlaridan moliyalashtiriladigan shartnomalarni tuzadi;
Jamgʻarmaning oldin berilgan mablagʻlari boʻyicha, shu jumladan, shartnoma shartlarini qayta koʻrib tuzish, muddatini uzaytirish va oʻzgartirish boʻyicha qarorlar qabul qiladi;
Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari hisobi yuritilishini, Jamgʻarma mablagʻlaridan ushbu mablagʻlarni oluvchilar tomonidan belgilangan maqsadlarda foydalanish monitoringini taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari smetasini bajarish boʻyicha choraklik va yillik hisobotlarni taqdim qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son)

7-bob. Agentlikning kredit berish boʻyicha tijorat banklari bilan oʻzaro hamkorligi tartibi

28. Loyiha tashabbuskorlariga tijorat banklari tomonidan ushbu Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan maqsadlarga (6-bandda koʻrsatilgan maqsadlar (subsidiya) bundan mustasno) va shartlarda kreditlar berish maqsadida Agentlik va tijorat bankining bosh apparati oʻrtasidagi bosh kelishuvni tuzish yoʻli bilan Agentlik tomonidan tijorat banklariga moliya resurslari beriladi. Resurs ajratiladigan tijorat banklari roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligining elektron dasturiy taʼminoti orqali aniqlanadi.
Loyiha tashabbuskorlariga tijorat banklari tomonidan ushbu Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan maqsadlarga (6-bandda koʻrsatilgan maqsadlar (subsidiya) bundan mustasno) va shartlarda kreditlar berish maqsadida Agentlik va tijorat bankining bosh apparati oʻrtasidagi bosh kelishuvni tuzish yoʻli bilan Agentlik tomonidan tijorat banklariga resurslar beriladi.
Agentlik tijorat banklari hisobidan ajratiladigan kreditlar (Jamgʻarma mablagʻlari bundan mustasno) boʻyicha boʻlgʻusi hosil, tokzor yoki koʻchar va koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni garovga olgan holda kafillik taqdim etadi.
Tijorat banklariga Jamgʻarmadan ajratilgan resurslar hisobidan beriladigan kreditlar Agentlik bilan kelishgan holda beriladi.
Bunda 2020-yil 1-avgustdan boshlab kreditlar tijorat banklari orqali Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasidan 4 foiz punktigacha chegirmani qoʻllagan xolda beriladi.

29. Tijorat banki joriy yil davomida resurslarning foydalanilmagan yoki toʻlanmagan qismini Agentlikning hisobvaraqlariga 3 ish kuni mobaynida qaytarib berishi shart.

30. Ushbu Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan maqsadlarga (6-bandda koʻrsatilgan maqsadlar (subsidiya) bundan mustasno) qarzlarni berish Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qarz berish va oldin berilgan qarzlarni qayta koʻrib chiqish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.
8-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanishni hisobga olish, hisobot berish va nazorat qilish
31. Agentlik har bir yoʻnalish boʻyicha Jamgʻarma mablagʻlarining tushishi va harakatiga oid alohida hisobini yuritadi.
32. Jamgʻarmaga majburiy ajratmalarni oʻz vaqtida oʻtkazib berish uchun Jamgʻarmaga ajratmalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar rahbarlari shaxsan masʼul hisoblanadi. Alkogol mahsulotlarning ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchilar ajratmalarni har oyda, keyingi oyning 15-kunidan kechiktirmay amalga oshirishi lozim.
Ajratmalar oʻz vaqtida amalga oshirilmagan taqdirda, alkogol mahsulotlar ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchilar har bir kechiktirilgan kun uchun kechiktirilgan ajratmalar summasining 0,01 foizi miqdorida penya toʻlaydi, penya summasi kechiktirilgan majburiyatlar umumiy summasining 50 foizidan oshmasligi lozim.
Mazkur banddagi majburiyatlar belgilangan muddatda va lozim darajada bajarilmagan taqdirda, Agentlik qarzdorlikni majburiy tartibda undirish yuzasidan sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilishga haqli.
33. Jamgʻarmaning Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan olingan mablagʻlar boʻyicha daromadlar va xarajatlar toʻgʻrisidagi hisobotlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda taqdim qilinadi.
34. Jamgʻarmaning Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan olingan va loyiha tashabbuskorlariga oʻtkazilmagan mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksida belgilangan tartibda keyingi yilga oʻtadi va olib qoʻyilmaydi.
35. Ushbu Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan maqsadlarni moliyalashtirish haqidagi bitim qarz shartnomasi shaklida rasmiylashtiriladi. Shartnomaviy majburiyatlar bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda, nizo amaldagi qonun hujjatlari talablari doirasida hal etiladi.
36. Jamgʻarma mablagʻlaridan belgilangan maqsadlarda foydalanishni nazorat qilish vakolatli organlar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
9-bob. Yakunlovchi qoidalar

37. Ushbu Nizomni amalga oshirishda yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinadi.

38. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-noyabrdagi 753-son qaroriga
3-ILOVA

Alkogol va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida isteʼmol etil spirtini taqsimlash tartibi toʻgʻrisida

NIZOM
1. Ushbu Nizom alkogol va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida isteʼmol etil spirtini (keyingi oʻrinlarda — spirt) taqsimlash tartibini belgilaydi.
2. Alkogol va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar (keyingi oʻrinlarda — ishlab chiqaruvchilar) oʻrtasida spirtni taqsimlash ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha, tasdiqlangan spirt ishlab chiqarish va sarflash parametrlari doirasida har chorakda amalga oshiriladi.
Yillik isteʼmol talabi 500 daldan oshmaydigan ishlab chiqaruvchilar uchun spirtni taqsimlash yilda bir marta, choraklar boʻyicha amalga oshiriladi.

3. Spirt taqsimoti hisobot choragi boshlanishidan kamida 10 kun oldin ishlab chiqaruvchilar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligiga (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) ushbu Nizomga 2 va 3-ilovalarda keltirilgan shakllarga muvofiq taqdim etiladigan arizalarga asosan amalga oshiriladi.

Oʻz faoliyatini hisobot choragi davomida boshlagan ishlab chiqaruvchilar uchun spirt taqsimoti ariza topshirilgan kundan boshlab 5 kun ichida taqsimlanmagan spirt qoldiqlari (mavjud boʻlsa) asosida amalga oshiriladi.
4. Ariza topshirgan ishlab chiqaruvchining rahbari arizada koʻrsatilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi hamda spirt maqsadli sarflanishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
5. Spirt Agentlik tomonidan oʻtkazilgan tahlillar asosida taqsimlanadi va arizada soʻralgan hajmlardan farq qilishi mumkin.
Spirtni taqsimlashda:

spirt alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga isteʼmol etil spirtini ishlab chiqarish va foydalanish balansi doirasida litsenziya talablarini bajarish uchun yetarli boʻlishi kerak;

mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanilishidan kelib chiqib qoʻshimcha spirt hajmini xarid qilish imkoniyati hisobga olinadi.
6. Tahlil oʻtkazishda quyidagi maʼlumotlar koʻrib chiqiladi:
arizada koʻrsatilgan maʼlumotlar;
alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga nisbatan ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish boʻyicha litsenziya talablari;
oʻtgan yilning mos davrida alkogolli va boshqa ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi.
7. Agentlik tomonidan spirt ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida quyidagilarni inobatga olgan holda taqsimlanadi:
spirt ishlab chiqaruvchi korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlari va ushbu korxonalardagi spirt qoldiqlari;
ishlab chiqaruvchining litsenziya talablarini bajarishi va ishlab chiqarish quvvatlari koʻrsatkichlari;
kalendar yil davomida har bir spirt ishlab chiqaruvchining ishlab chiqarilgan spirtning umumiy hajmidagi ulushidan kelib chiqqan holda.
8. Mahsulot harakati nazoratini taʼminlash va uning noqonuniy realizatsiyasining oldini olish maqsadida boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida spirt taqsimlanishi ularning spirt ishlab chiqaruvchilarga hududiy yaqin joylashuviga yoki ishlab chiqarish hajmlari ehtiyojlariga koʻra amalga oshiriladi.
9. Taqsimlangan spirt toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Agentlik tomonidan hisobot choragi boshlanishidan kamida 5 kun oldin spirt ishlab chiqaruvchilarga taqdim etiladi. Ushbu maʼlumotlarda koʻrsatilgan taqsimot hajmlari ishlab chiqaruvchilarning kontragentlar bilan choraklik (yillik) spirt oldi-sotdi shartnomalarini tuzishga asos boʻladi.
10. Alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga belgilangan yillik (choraklik) ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish koeffitsiyenti 100 foizdan oshgan holatda boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarga ularning arizalarida koʻrsatilgan hajmlardan ortiqcha miqdorda spirt taqsimlash taqiqlanadi.
11. Spirt ishlab chiqaruvchilar kontragent korxonaning moliyaviy holatidan kelib chiqib spirt qiymatining kamida 50 foizini oldindan toʻlov asosida sotishi mumkin.

12. Spirt ishlab chiqaruvchi korxona alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarning har bittasi boʻyicha spirt mahsulotining oxirgi partiyasini yuklab joʻnatganligi haqidagi yozma maʼlumotni (faks, elektron pochta va boshqa usullarda) bir kalendar kun ichida Agentlikka yuborishi lozim.

Bunda Agentlik xabarnoma olingan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan barcha spirt ishlab chiqaruvchi korxonalarga choraklik taqsimlangan spirtni toʻliq hajmda olgan alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi (lar) toʻgʻrisida xabarnoma yuborishi lozim.
13. Ishlab chiqaruvchilar tomonidan taqsimlangan hajmdan ortiqcha (agar mavjud boʻlsa) miqdorda spirtni olish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Budjet va majburiy toʻlovlardan qarzdorlik mavjud boʻlmasa;

Alkogol va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarning qoʻshimcha spirt olish uchun Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha arizasi.

Bunda Agentlik, ortiqcha spirt resursiga ega boʻlgan spirt ishlab chiqaruvchi korxonani aniqlab, 5 ish kuni mobaynida arizada koʻrsatilgan miqdorda mavjud spirt taqsimotini amalga oshiradi.
14. Joriy chorakda ishlab chiqaruvchi tomonidan olinmagan (taqsimlangan va qoʻshimcha) spirt hajmi keyingi chorakka oʻtkazilmaydi. Bunda ishlab chiqaruvchi mazkur chorakda yuklab joʻnatilmagan spirt mahsuloti hajmi uchun oldindan toʻlangan toʻlovni belgilangan tartibda qaytarishni talab qilish huquqiga ega.
15. Agentlik tomonidan haqiqatda ishlab chiqarilgan spirt hajmlari va uning aylanmasi monitoringini olib borish maqsadida spirt va alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar Agentlikka har oyning uchinchi kunidan kechiktirmasdan oʻtgan oy uchun ushbu Nizomga 5 va 6-ilovalarda keltirilgan shakllarda maʼlumotlar taqdim etib boradi.
16. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.

Alkogol va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida isteʼmol etil spirtini taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

1-ILOVA

Alkogol va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar uchun isteʼmol etil spirtini taqsimlash

SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar


I bosqich

Alkogol va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar

Isteʼmol etil spirti olish uchun ariza joʻnatadi.

Chorak boshlanishdan 10 kun oldin


II bosqich

Agentlik

Oʻtkazilgan tahlil asosida ishlab chiqaruvchilar uchun isteʼmol etil spirtini taqsimlaydi.

Chorak boshlanishidan 5 kun oldin


Sh bosqich

Agentlik

Hisobot choragi davomida faoliyatini boshlagan ishlab chiqaruvchilar uchun isteʼmol etil spirtini taqsimlaydi.

Ariza berilganidan soʻng 5 kun oldin


IV bosqich

Agentlik

Taqsimlangan isteʼmol etil spirti toʻgʻrisida maʼlumotlarni isteʼmol etil spirti ishlab chiqaruvchi tashkilotlarga taqdim etadi.

Chorak boshlanishidan 5 kun oldin


V bosqich

Isteʼmol etil spirti ishlab chiqaruvchilar

Isteʼmol etil spirti oldi-sotdi shartnomasini tuzadi.

5 kun davomida


VI bosqich

Isteʼmol etil spirti ishlab chiqaruvchilar

Taqsimlangan isteʼmol etil spirti hajmining ishlab chiqaruvchi tomonidan toʻliq olinganligi haqida Agentlikka xabar beradi.

Bir ish kuni mobaynida


VII bosqich

Agentlik

Chorakliq taqsimlangan hajmlarda isteʼmol etil spirtini toʻliq olgan alkogol mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar toʻgʻrisida isteʼmol etil spirtini ishlab chiqaruvchi tashkilotlarga xabarnomalar joʻnatadi.

Bir ish kuni mobaynida


VIII bosqich

Alkogol boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar

Isteʼmol etil spirti taqsimlangan hajmdan ortiqcha hajmda xarid qilinganligi toʻgʻrisida Agentlikni xabardor etadi.

Bir ish kuni mobaynida

Alkogol va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida isteʼmol etil spirtini taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

2-ILOVA

Isteʼmol xomashyosidan olingan rektifikatlangan etil spirtini 20 yilning choragi uchun alkogol mahsulotini ishlab chiqarish maqsadida olish uchun
ARIZA

Isteʼmol xom ashyosidan olingan rektifikatlangan etil spirtini 20__ yilning
__ choragi uchun alkogol mahsulotini ishlab chiqarish maqsadida olish uchun
ARIZA
__________________________

(tashkilot nomi)

t/r

Ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomi

Oʻlchov birligi

Ishlab chiqarish hajmi

Spirtga boʻlgan ehtiyoj hajmi

jami

shu jumladan, oylar boʻyicha

jami

shu jumladan, oylar boʻyicha



1.

2.

3.

Jami:


Tashkilot rahbari qabul qilingan spirtning maqsadsiz foydalanilishiga yoʻl qoʻymaslik va uni qatʼiy koʻrsatilgan maqsadlarda ishlatish majburiyatni oʻz zimmasiga oladi.

Tashkilot rahbari

__________________

_____________________________________

(imzo)

F. I. O.

Toʻldirish sanasi 20___ y. “____”
Taqdim etish sanasi 20___ y. “____”

Alkogol va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida isteʼmol etil spirtini taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

3-ILOVA

20__ yilga _________________________________ ishlab chiqarish uchun

(ishlab chiqariladigan mahsulot nomi)

____________________________ mahsulotini olish uchun

(olinadigan mahsulot nomi)

ARIZA

_________________________________

(tashkilot nomi)

t/r

Ishlab chiqariladigan mahsulot nomi

Oʻlchov birligi

Ishlab chiqarish hajmi

Mahsulot birligiga sarflanadigan spirt maxsuloti (dal)

20__ yilga spirt mahsulotiga boʻlgan ehtiyoj hajmi (dal)

Spirt mahsulotining ishlatilishi va sarflanishini tasdiqlovchi normativ hujjat

jami

shu jumladan, choraklar boʻyicha

jami

shu jumladan, choraklar boʻyicha

I

II

III

IV

I

II

III

IV

1.

2.

3.

Jami:

  1. Tashkilot rahbari qabul qilingan spirt mahsulotidan maqsadsiz foydalanilishiga yoʻl qoʻymaslik va uni qatʼiy koʻrsatilgan maqsadlarda ishlatish majburiyatlarini oʻz zimmasiga oladi.
  2. Arizaga qonunchilikda belgilangan tartibda davlat organlarida tashkilotning roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisida guvohnoma hamda mahsulot ishlab chiqkarish uchun aynan isteʼmol etil spirtining ishlatilishi
    va sarflanishini tasdiqlovchi normativ hujjat nusxasi ilova qilinadi.

Tashkilot rahbari

________________

_______________________

(imzo)

(F. I. O.)

Toʻldirish sanasi 20___ y. “____” ________________
Taqdim etish sanasi 20___ y. “____” ________________

Alkogol va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida isteʼmol etil spirtini taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

4-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi tomonidan taqsimlangan hajmlardan ortiqcha hajmda isteʼmol etil spirtining xarid qilinganligi toʻgʻrisida

XABARNOMA

Alkogol mahsuloti ishlab chiqaruvchi tashkilotning nomi

Spirt ishlab chiqaruvchi tashkilotning nomi

Spirt oldi-sotdisi boʻyicha tuzilgan shartnoma toʻgʻrisida maʼlumot

Spirtdan maqsadli foydalanilishi

shartnoma tuzilgan sana

shartnoma raqami

spirt hajmi (dal)

shartnomaning amal qilish muddati



Tashkilot rahbari qabul qilingan spirtdan maqsadsiz foydalanilishiga yoʻl qoʻymaslik va uni qatʼiy koʻrsatilgan maqsadlarda ishlatish majburiyatlarini oʻz zimmasiga oladi.

Tashkilot rahbari

_______________

_____________________

(imzo)

(F. I. O.)

Toʻldirish sanasi 20___ y. “____” ________________
Taqdim etish sanasi 20___ y. “____” ________________

Alkogol va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida isteʼmol etil spirtini taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

5-ILOVA

________ yil _______________oyida

“_____________” korxonasi boʻyicha chiqarilgan va sotilgan isteʼmol
etil spirti toʻgʻrisida

M A ʼ L U M O T

Spirt qoldigʻi oy boshiga jami:

____

Spirt qoldigʻi yil boshiga jami:

____

shu jumladan: Oliy navli

Ekstra

Lyuks

Alfa

shu jumladan: Oliy navli

Ekstra

Lyuks

Alfa

Yanvar oyida spirt i/ch jami –

shu jumladan: Oliy navli

Ekstra

Lyuks

Alfa

Yil boshidan spirt i/ch jami –

shu jumladan: Oliy navli

Ekstra

Lyuks

Alfa

Yanvar oyidagi sotilish jami –

shu jumladan: Oliy navli (melassadan)

Ekstra

Lyuks

Alfa

Yil boshidan sotilish jami –

shu jumladan: Oliy navli (melassadan)

Ekstra

Lyuks

Alfa

Tabiiy yoʻqotish:

Tabiiy yoʻqotish:

Spirt qoldigʻi davr yakuniga jami:

shu jumladan: Oliy navli (melassadan)

Ekstra

Lyuks

Alfa

Spirt qoldigʻi davr yakuniga jami:

shu jumladan: Oliy navli (melassadan)

Ekstra

Lyuks

Alfa

a/a dal

t/r

Istemolchi korxonalar nomi

oyida sotilgan

Chorakda sotilgan

Yil boshidan

Jami:

Sotilgan maxsulot turi

Jami:

Sotilgan maxsulot turi

Jami:

Sotilgan maxsulot turi

Oliy nav

Ekstra

Lyuks

Alfa

Oliy nav

Ekstra

Lyuks

Alfa

Oliy nav

Ekstra

Lyuks

Alfa




Tashkilot rahbari _______________________
Boʻlim boshligʻi _______________________

Alkogol va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida isteʼmol etil spirtini taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

6-ILOVA

“___________________” tashkiloti boʻyicha _________________ yil (yanvar — dekabr) oylaridagi spirt harakati toʻgʻrisida

MAʼLUMOT

Isteʼmol etil spirti

(dal)

Ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot (dal)

(statistika organlariga berilgan hisobot boʻyicha)

1.

Jami: Spirt qoldigʻi yil boshiga

shu jumladan:

1.1.

spirt omboridagi

1.2

aroq sexidagi kupaj holatidagi

1.3.

filtr kolonkadagi

1.4.

yoʻldagi

2.

Jami KIRIM:

2.1

“Andijon biokimyo zavodi” AJdan

2.2.

“Biokimyo” AJdan

2.3.

“Qoʻqon spirt” AJdan

2.4.

“Bektemir-spirt” AJdan

3.

Jami RESURS:

4.

CHIQIM:

4.1.

aroq va likyor aroq ishlab chiqarish uchun

shu jumladan:

40%

38%

28%

4.2.

balzam mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun

4.3.

vino mahsulotlarini quvvatlash uchun

4.4.

yangi uzum mavsumi uchun

4.5.

jami tabiiy yoʻqotish

shu jumladan:

ishlab chiqarishdagi

spirt tashishdagi

4.6

Boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish uchun
(mahsulot turi, nomi aniq koʻrsatiladi)

Jami CHIQIM:

5.

Jami:Spirt qoldigʻi davr yakuniga

shu jumladan:

5.1.

spirt omboridagi

5.2.

aroq sexidagi kupaj holatidagi

5.3.

filtr kolonkadagi

5.4.

yoʻldagi

Tashkilot rahbari

______________________________

Boʻlim boshligʻi

______________________________

Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-noyabrdagi 753-son qaroriga
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
3. Vazirlar Mahkamasining “Alkogolli mahsulotlarning xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” 2017-yil 13-fevraldagi 71-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 7-son) 1-ilovaning 16-bandiga rus tilidagi matnga quyidagi tahrirda 3-xatboshisi qoʻshilsin:

“Dopuskayetsya rozliv naturalnix vin v xrustalnie, farforovie i keramicheskiye tarm pri uslovii obespecheniya yeye bezopasnosti.”

Keyingi tahrirga qarang.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 9-iyuldagi 571-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi toʻgʻrisidagi nizomda (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2019-yil, 09/19/571/3401 -son):
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

oltinchi — oʻn beshinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;

b) 33-banddan — “Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 23-avgustdagi 707-sonli qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 24.08.2019-y., 09/19/707/3626-son):
a) 2-bandning ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasiga” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasining isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash komissiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;

b) 3-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“texnik spirt ishlab chiqaruvchilar faoliyatini litsenziyalash boʻyicha talablar 2020-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiradi.”
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining Konsolidatsiyalashgan budjeti tarkibiga kiritiladigan davlat maqsadli jamgʻarmalarining roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 19-noyabrdagi 917-son qaroriga (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.11.2019-y., 09/19/917/4035-son) 1-ilovaning 8-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“8. Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligining Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasi”.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Vazirlar Mahkamasining “Isteʼmol etil spirti va alkogol mahsulotlari sifatini organoleptik baholash boʻyicha respublika degustatsiya komissiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 26-dekabrdagi 1039-son qarorida (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2019-y., 09/19/1039/4232-son):
a) 1-bandda “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik)” soʻzlari bilan almashtirilsin”;

b) ilovada:

11-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasiga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;

1-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi vakillari (uch nafar)” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi vakillari (besh nafar)” soʻzlari bilan almashtirilsin;

2-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
“Chora-tadbirlar” ustunidagi “Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-fevraldagi 95-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2021-y., 09/21/95/0147-son)
8. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 166-son qarori (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 09/20/166/0330-son) bilan tasdiqlangan Isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishni va ularning aylanmasini nazorat qilish boʻyicha “tahlika-tahlil” tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 1-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasida (keyingi oʻrinlarda Inspeksiya deb ataladi)” soʻzlari “Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligida (keyingi oʻrinlarda — Agentlik)” soʻzlari bilan almashtirilsin;

b) 2-bandning ikkinchi xatboshi, 3-band birinchi xatboshi, 4-band ikkinchi xatboshi, 6, 7 va 9, 11 va 12-bandlardagi “Inspeksiya” soʻzi “Agentlik” soʻzi bilan almashtirilsin;

v) Nizomga ilovada “Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi” va “Inspeksiya” soʻzlari tegishli ravishda “Oʻzbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi” va “Agentlik” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Vazirlar Mahkamasining “Alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyatni litsenziyalash tartibi, shuningdek, litsenziya talablari va shartlarini buzganlik uchun qoʻllanadigan choralar va sanksiyalar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2020-yil 20-maydagi 301-son qarorida (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2020-y., 09/20/301/0620-son;):
a) 1-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;

b) 4-bandning birinchi xatboshisidagi “Inspeksiya” soʻzi “Oʻzbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;

Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning “j” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-noyabrdagi 753-son qaroriga
5-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan qarorlari

ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2019-yil 30-martdagi 271-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Alkogol va tamaki bozorini samarali tartibga solishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 8-iyundagi 474-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2019-yil 30-martdagi 271-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2020-yil 6-apreldagi 203-son qarori.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Byurokratik toʻsiqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 9-dekabrdagi PQ-4546-son qarori)” 2020-yil 7-iyuldagi 429-son qaroriga 1-ilovaning 39-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2020-y., 09/20/753/1572-son, 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son; 24.02.2021-y., 09/21/95/0147-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2021-y., 07/21/5200/0731-son, 26.10.2021-y., 09/21/656/0996-son; 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son, 11.06.2022-y., 09/22/327/0517-son; 22.08.2022-y., 09/22/471/0767-son; 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son; 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son; 26.07.2024-y., 09/24/453/0558-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son; 30.01.2025-y., 09/25/45/0084-son; 08.05.2025-y., 09/25/294/0419-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son; 02.09.2025-y., 09/25/553/0796-son; 18.10.2025-y., 09/25/650/0946-son)