1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.04 Bogʻdorchilik. Uzumchilik]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2019-yil 30-martdagi 271-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-noyabrdagi 753-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish, sohada qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qushimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 11-dekabrdagi PQ-549-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2019-yil 30-martdagi 271-son qarorigailovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ- huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Oʻ.I. Barnoyev hamda Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 6-aprel,
203-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-apreldagi 203-son qaroriga ILOVA
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.05 Agrosanoat ishlab chiqarish sohasidagi kreditlash, hisob-kitob, sugʻurta (shuningdek, 07.22.06.01 ga qarang)]
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2019-yil 30-martdagi 271-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1-ilova 10-bandining “a” kichik bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“uzumchilik yoʻnalishidagi investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar boʻyicha kafillik taqdim etish sohasida umumiy qiymatining kamida 15 foizi loyiha tashabbuskori tomonidan moliyalashtiriladigan uzumchilik yoʻnalishidagi investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar boʻyicha boʻlgʻusi hosil, tokzor va (yoki) yer uchastkasiga boʻlgan huquqni garovga olgan holda kafillik taqdim etadi;”.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.03.00 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun beriladigan imtiyozlar, dotatsiyalar va kompensatsiyalar]
a) 5-band quyidagi mazmundagi oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa hujjatlarida belgilangan topshiriqlarni bajarish;”
“a) qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda yaratilayotgan uzum plantatsiyalarida tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy etish. Agar shartnomada koʻrsatilgan tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilishga sarflangan summa subsidiyaning qonun hujjatlarida belgilangan miqdoridan kam boʻlgan taqdirda subsidiya shartnomada nazarda tutilgan summaga ajratiladi;”;
“b” kichik bandidagi “35 gektar va undan ortiq” soʻzlari “35 gektardan ziyod” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi “v” va “g” kichik bandlar bilan toʻldirilsin:
“v) mahalliy sharoitda tok oʻsimligi toʻqima (meristema hujayra)laridan “In vitro” sharoitida yetishtirilgan tok koʻchatlarini sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida bir dona tok koʻchatiga 4 (toʻrt) ming soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorda subsidiyalar ajratiladi;
g) tok koʻchatlarini shpalerga (yogʻoch va boshqa sinuvchan ustunlardan tashqari) koʻtarish xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida bir dona shpalerga 15 (oʻn besh) ming soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorda subsidiyalar ajratiladi”;
quyidagi mazmundagi oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Mazkur bandning “a” va “b” kichik bandlarida koʻrsatilgan maqsadlarga mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan har yili ajratiladigan subsidiyalar hisobidan, “v” va “g” kichik bandlaridagi maqsadlar uchun mablagʻlar Jamgʻarmaning qolgan manbalaridan kelib tushadigan tushumlar hisobidan amalga oshiriladi.”
“7. Subsidiyalarni ajratish tomchilab sugʻorish tizimini joriy qilish, yaratilayotgan uzum plantatsiyalarida suv chiqarish uchun nasos stansiyalari va suv chiqarish uchun burgʻulash quduqlarini qurish, “In vitro” sharoitida yetishtirilgan tok koʻchatlari ekish va shpalerga koʻtarish holati boʻyicha amalga oshiriladi, Tomchilab sugʻorish tizimini joriy qilish, yaratilayotgan uzum plantatsiyalarida suv chiqarish uchun nasos stansiyalari va suv chiqarish uchun burgʻulash quduqlarini qurish, “In vitro” sharoitida yetishtirilgan tok koʻchatlari ekish va shpalerga koʻtarish holati Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 103-son qarori bilan tasdiqlangan Paxta xomashyosi yetishtiruvchilarning tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 6-bandiga muvofiq tarkibdagi foydalanishga topshirish boʻyicha komissiyaning dalolatnomasi bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim”;
“uzum plantatsiyalarini barpo etish uchun yoki shpalerga koʻtarilishi lozim boʻlgan tokzorlar joylashgan yer uchastkasi mavjudligini tasdiqlaydigan hujjat — subsidiyalarni olishda;”
d) 24-banddagi “uzum ekilishi mavsumi” soʻzlaridan keyin “yoki shpalerga koʻtarish ishlari” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
e) 25-banddagi “plantatsiyalarini barpo qilish” soʻzlaridan keyin “yoki shpalerga koʻtarish ishlari” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
j) 26-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Agentlik tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar boʻyicha boʻlgʻusi hosil, tokzor va (yoki) yer uchastkasiga boʻlgan huquqni garovga olgan holda kafillik taqdim etadi, bunda Jamgʻarma mablagʻlarining sarflanishi Jamgʻarmaning respublika budjetidan ajratiladigan subsidiyalardai tashqari boshqa manbalari hisobidan amalga oshiriladi”;
z) nizomga 2-ilovaning VII-bosqichi chora-tadbirlar ustunining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Mablagʻlardan qatʼiy ravishda uzum plantatsiyalarini yaratish, tomchilab sugʻorish texnologiyasini joriy qilish va/yoki burgʻulash quduqlarini qurish, “In vitro” sharoitida yetishtirilgan tok koʻchatlari ekish va shpalerga koʻtarish uchun belgilangan maqsadda foydalanadi”;