toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasini tartibga solish sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida
Respublikada vinochilik sohasini jadal rivojlantirish, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish hamda realizatsiya qilish sohasida zamonaviy boshqaruv tizimini joriy etish, ishlab chiqarish va eksport hajmlarini oshirish, alkogol mahsulotlari noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyish maqsadida:
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi PF-84-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2024-y., 06/24/84/0400-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasining budjetdan tashqari jamgʻarmasi negizida Agentlikning yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi PF-84-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2024-y., 06/24/84/0400-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi PF-84-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2024-y., 06/24/84/0400-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining quyidagi vazifa va funksiyalari Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligiga oʻtkazilsin:
uzumning xoʻraki va kishmishbop navlari plantatsiyalarini kengaytirish, uzumchilikni jadal rivojlantirishga yoʻnaltirilgan kompleks maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
uzumchilik korxonalarini kompleks modernizatsiyalashga koʻmaklashish va qoʻllab-quvvatlash, eksport salohiyatini oshirish;
xorijiy va mahalliy taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va tarmoqning yetakchi ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlik qilish orqali uzumchilik sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga koʻmaklashish;
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda uzum plantatsiyalarining elektron reyestrini yuritish.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Agrosanoatni rivojlantirish agentligining Agrosanoatni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi hisobidan yangi uzum plantatsiyalarini yaratish uchun quyidagi maqsadlarda subsidiyalar qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorda ajratilishi belgilansin:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
xoʻraki va kishmishbop uzum plantatsiyalarida tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy etish;
xoʻraki va kishmishbop uzum tokzorlarida irrigatsiya tadbirlarini oʻtkazish, jumladan suv yetkazib berish, artezian quduqlar, quvurlar va rezervuarlar barpo etish, suv yetkazib berish uchun nasos stansiyalari qurish, suv saqlash uchun sigʻimlar sotib olish.
Moliya vazirligi Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga 2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratilishi belgilangan subsidiyalarning tegishli qismini 2020-yil 1-avgustdan boshlab Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligining Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasiga ajratilishini taʼminlasin.
6. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining 2020-yil 21-iyul holatiga mablagʻlari qoldigʻini qishloq xoʻjaligi sohasidagi investitsiya loyihalarining soʻzsiz amalga oshirilishini taʼminlashni hisobga olgan holda Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasi hamda Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi oʻrtasida taqsimlasin.
7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2020-yil 1-avgustdan boshlab:
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-iyuldagi PF-6261-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2021-y., 06/21/6261/0667-son)
ishlab chiqaruvchilar tomonidan turistik yoʻnalishlarda tashkil etilgan degustatsiya hududlarida (joylarida) realizatsiya qilingan tabiiy vino (qadoqlangandan tashqari) mahsulotlariga nol darajali stavka boʻyicha aksiz soligʻi solinadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-avgustdagi PF-6280-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2021-y., 06/21/6280/0811-son)
8. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A.A. Abduxakimov) alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga turistlarni jalb qilish uchun turoperatorlarning yoʻnalish dasturlariga korxonaga tegishli degustatsiya hududlari kiritilishini tashkillashtirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi PF-84-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2024-y., 06/24/84/0400-son)
10. Belgilansinki, isteʼmol va texnik etil spirti 2021-yil 1-iyuldan boshlab real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan kuzatish tizimi (GPS) bilan jihozlangan hamda 2022-yil 1-yanvardan boshlab isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish, ularning aylanmasi hajmini hisobga olish hamda uzumzorlarning yagona reyestri axborot tizimiga integratsiya qilingan elektron hisoblagich oʻrnatilgan avtotransport vositalarida tashiladi.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi ikki oy muddatda mahalliy koʻpiklanadigan va tabiiy vino mahsulotlari reklamasiga quyidagi hollarda ruxsat berilishini nazarda tutuvchi tegishli qonun loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
mehmonxonalarda, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari savdo zalining ichki qismida hamda mahsulotlarni namoyish va degustatsiya qilish joylarida;
axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini koʻrsatgan holda ishlab chiqaruvchi va savdo korxonalarining rasmiy veb-saytlarida;
temir yoʻl va havo transporti vositalarida;
ommaviy axborot vositalarida mahalliy vaqt bilan soat 23:00 dan 07:00 gacha namoyish qilinishiga.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4162-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
14. Agentlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
15. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Oʻ.I. Barnoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 23-iyul,
PF-6033-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 23-iyuldagi PF-6033-son Farmoniga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-sonli Farmoniga asosan 2-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2024-y., 06/24/184/0954-son)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi “Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish hamda uzumchilik va vinochilikni rivojlantirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5656-son Farmonida:
a) 1-2-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Inspeksiya tomonidan” soʻzi chiqarib tashlansin;
oltinchi xatboshidagi “Inspeksiya” soʻzi “Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
sakkizinchi ― oʻninchi xatboshilar tegishincha yettinchi — toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Oldingi tahrirga qarang.
(ilovaning 3-bandi “b” kichik bandining oltinchi va yettinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-avgustdagi PF-6280-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2021-y., 06/21/6280/0811-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3818-son qaroriga 2-ilovaning rus tilidagi matnida:
a) “2403 99 900 9” va “3824 99 930 0, 3824 99 960 8” pozitsiyalari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

2403 99 900 9

Nagrevayemaya tabachnaya palochka, nagrevayemaya kapsula s tabakom i drugiye izdeliya, soderjashiye tabak, s analogichnim prinsipom ispolzovaniya

25 doll. SSHA/kg

2403 99 900 9

Nikotinoviy bestabachniy snyus

10 doll. SSHA/kg ****

3824 99 920 8
3824 99 960 8

Nikotinosoderjashaya jidkost (v kartridjax, rezervuarax i drugix konteynerax dlya ispolzovaniya v elektronnix sigaretax)

0,045 doll. SSHA/ml

”.

b) izoh quyidagi mazmundagi “****” havola bilan toʻldirilsin:
“**** Stavka naloga primenyayetsya v otnoshenii vesa netto tovara, pri etom ne uchitivayetsya ves potrebitelskoy upakovi (plastikovoy banki, kartonnoy upakovki i t.p.). V sluchaye otsutstviya na potrebitelskoy upakovke (tare) informatsii izgotovitelya o vese tovara, stavka naloga primenyayetsya k netto vesu s uchetom potrebitelskoy upakovki (tari)”.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4161-son qarorida:
a) 1 ― 5 va 8-9-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
birinchi xatboshida “Jamgʻarma” soʻzi “Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligining Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasi, shuningdek, Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligining Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi ― oltinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“Bunda:
subsidiyalar texnik navli uzum plantatsiyalari uchun Jamgʻarma hamda xoʻraki va kishmishbop uzum plantatsiyalari uchun Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligining Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ajratiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan subsidiyalarning boshqa summalari va uzum yetishtiruvchilarni moliyalashtirishning qoʻshimcha yoʻnalishlari belgilanishi mumkin”;
beshinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin;
v) 14-band hamda qarorga 1 ― 3 ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4699-son qaroriga 5-ilovada:
a) 2.2-pozitsiyaning “Tashkilot va loyihalar nomlanishi” ustunidagi “Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi” soʻzlari “Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 22.2-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

22.2.

Oʻzbekiston Respublikasida ayrim turdagi mahsulotlarni raqamli markirovkalash va ularni kuzatish imkoniyatini taʼminlash tizimini joriy etish.

1. Alkogol va tamaki mahalliy ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar uchun raqamli markirovkalash va kelgusida kuzatish tartibi boʻyicha tajriba loyihasini joriy etish

2020-yil avgust

Markirovkalash tizimi qatnashchilari va “CRPT TURON” MChJ mablagʻlari

”.

2. Tajriba loyihasi doirasida raqamli markirovkalash tizimini sinovdan oʻtkazish

2020-yil noyabr

3. Sinov natijalariga koʻra raqamli markirovkalash tizimini barcha ishlab chiqaruvchilarda joriy etish

2021-yil davomida

7. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-apreldagi “Alkogol va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalarini joriy etish toʻgʻrisida”gi 227-son qarori 2-bandi quyidagi mazmundagi ikkinchi-uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Import qiluvchida eski namunadagi aksiz markalari bilan markalangan alkogol mahsulotlari mavjud boʻlganda, eski namunadagi aksiz markalari bilan markalangan tovarlarni sotishning ruxsat etilgan muddati tugashiga qadar besh oy qolgan kunda tayyor mahsulot qoldiqlariga yangi namunadagi aksiz markalari yangidan markalanib, tovarlardan eski namunadagi aksiz markalari olib tashlanishi kerak.
Tovarlardan olib tashlangan aksiz markalari eski namunadagi aksiz markalari bilan markalangan tovarlarni sotishning ruxsat etilgan muddati tugashiga qadar besh oy qolgan kunda inventarizatsiyani oʻtkazish komissiyasi (soliq va moliya organlarining vakillari, ishlab chiqaruvchi korxonalarning xodimlaridan tashkil topadi) tomonidan kuydirish yoʻli bilan yoʻq qilinishi kerak, bu haqda tegishli dalolatnoma tuziladi”.
8. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-maydagi “Alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyatni litsenziyalash tartibi, shuningdek, litsenziya talablari va shartlarini buzganlik uchun qoʻllaniladigan choralar va sanksiyalar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 301-son qarori 5-bandi quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi korxonalarning yuridik shaxs tashkil etmagan holda faoliyat yuritgan chakana savdo doʻkonlaridagi qoldiq alkogol mahsulotlarini sotishga 2020-yil 1-sentabrgacha ruxsat beriladi”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 06/20/6033/1094-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2021-y., 06/21/6261/0667-son, 23.08.2021-y., 06/21/6280/0811-son; 05.06.2024-y., 06/24/84/0400-son; 23.11.2024-y., 06/24/184/0954-son; 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)