1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.06.00.00 Iqtisodiy protsessual qonunchilik / 17.06.04.00 Chet el tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi chet ellik fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ishtirokida ish yuritish]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Ijro ish yurituvi]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
So‘nggi yillarda mamlakatimizda sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini ilg‘or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Ayni paytda, fuqarolarning odil sudlovga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlash, sud hokimiyatining nufuzi va ta’sirchanligini kuchaytirish maqsadida sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijrosining samaradorligini yanada oshirish taqozo etilmoqda.
Bu borada, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi o‘rinlarda — Byuro) tuzilmasi hamda vakolatlarini maqbullashtirish, uning ish uslubini tubdan qayta ko‘rib chiqish, manfaatdor vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan o‘zaro hamkorligini kuchaytirish zaruriyati yuzaga keldi.
Fuqarolar va tadbirkorlar huquq hamda qonuniy manfaatlarining ishonchli himoyasini ta’minlash, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini o‘z vaqtida va sifatli ijro etishning samarali mexanizmlarini joriy etish, aholining odil sudlovga ishonchini yanada mustahkamlash maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq:
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.05.00.00 Fuqarolik protsessual qonunchiligi / 17.05.07.00 ud va boshqa organlarning qarorlarini ijro qilish;
2.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.06.00.00 Iqtisodiy protsessual qonunchilik / 17.06.06.00 Sud hujjatlarini ijro etish 0;
3.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.02.00 Prokuraturaning tizimi va tashkiliy tuzilmasi]
1. Belgilansinki:
Byuro o‘z faoliyatini markazlashganlik tamoyiliga muvofiq quyi turuvchi rahbarlarning yuqori turuvchi rahbarlarga bo‘ysunishi va hisobdorligi asosida amalga oshiradi;
Byuro direktori o‘z faoliyatida bevosita Bosh prokurorga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi hamda Bosh prokuror Byuro faoliyatining natijadorligi bo‘yicha mas’ul hisoblanadi;
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosi jarayoniga aralashish, ya’ni, sud hujjatining ijro etilishiga to‘sqinlik qilish maqsadida davlat ijrochisiga noqonuniy topshiriqlar berish yoxud boshqa shaklda qonunga xilof ravishda ta’sir o‘tkazish taqiqlanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.06.00.00 Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti. Mahalliy budjet;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.05.00 Ko‘rgazma. Yarmarka. Kimoshdi savdolari. Birjalar;
3.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.06.00.00 Iqtisodiy protsessual qonunchilik / 17.06.06.00 Sud hujjatlarini ijro etish 0]
2. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish samaradorligini oshirish bo‘yicha respublika kengashi (keyingi o‘rinlarda — Respublika kengashi) 1-ilovaga muvofiq tarkibda, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish samaradorligini oshirish bo‘yicha hududiy kengashlar (keyingi o‘rinlarda — hududiy kengashlar) 2-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda tashkil etilsin.
Quyidagilar Respublika kengashining (N.T. Yo‘ldoshev) asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
ijro hujjatlarining majburiy ijrosini ta’minlash jarayonida yuzaga kelayotgan muammolarning sabab va shart-sharoitlarini muhokama qilish hamda ularni bartaraf etish va kelgusida oldini olishni ta’minlash, Byuro organlari, shuningdek, boshqa davlat organlari va tashkilotlari tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlarni belgilash va ularning ijrosini nazorat qilish;
ijro hujjatlarining majburiy ijrosini ta’minlash jarayonida huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda boshqa davlat organlari va tashkilotlarining hamkorligi, tegishli davlat organlari tomonidan majburiy ijro organlariga taqdim qilinayotgan ijro hujjatlarining miqdori va sifati bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilish;
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish samaradorligini oshirishga oid boshqa masalalarni ko‘rib chiqish.
Quyidagilar hududiy kengashlarning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Byuroning hududiy boshqarmalari boshliqlari hamda boshqa hududiy idora va tashkilotlar rahbarlarining sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish holati bo‘yicha axborotini tinglash;
davlat yoki davlat organlari foydasiga yoxud ular manfaatlarini ko‘zlab berilgan ijro hujjatlarini ijrosiz qaytarib olish holatlarini birma-bir muhokama qilish. Bunda, asossiz qaytarib olish holatlariga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish bo‘yicha yuqori turuvchi tashkilotlarga tavsiyalar kiritish;
majburiy ijro harakatlari jarayonida ziddiyatli va nizoli holatlarni keltirib chiqaradigan sabab va omillarni aniqlash, ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish. Bunday jarayonlarga xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari deputatlarini, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillarini keng jalb etish choralarini ko‘rish;
yordamga muhtoj va og‘ir ahvolga tushib qolgan qarzdorlarning manzilli ro‘yxatlarini tuzib, ular bilan yakka tartibda ishlash, jumladan ularga amaliy yordam ko‘rsatish va bandligini ta’minlashda ko‘maklashish;
ijro hujjatlari bo‘yicha xatlangan mol-mulklarni sotish uchun tuman va shaharlardagi aholi gavjum bozorlar hamda savdo markazlarida yarmarkalar tashkil etish choralarini ko‘rish;
qarzdor — budjet tashkilotlaridan pul mablag‘lari undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari bo‘yicha ularning mablag‘lari yetarli bo‘lmagan hollarda, qarzdorlikni mahalliy budjet daromadlarining oshirib bajarilgan qismi hisobidan qoplash to‘g‘risida takliflar kiritish;
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish samaradorligini oshirishga oid boshqa masalalarni ko‘rib chiqish.
3. Belgilab qo‘yilsinki:
Byuro va uning hududiy boshqarmalari tegishlicha Respublika kengashi va hududiy kengashlarning ishchi organi hisoblanadi;
Respublika kengashi va hududiy kengashlar yig‘ilishlari har oyda kamida bir marotaba o‘tkaziladi. Respublika kengashi va hududiy kengashlar yig‘ilishlariga davlat organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari vakillari taklif etilishi mumkin;
hududiy kengashlar o‘z faoliyati to‘g‘risida har oyda Respublika kengashiga hisobot beradi;
Byuro hududiy kengashlar bilan birgalikda tizimli ravishda ish yurituvidagi ijro hujjatlarini xatlovdan o‘tkazib boradi;
Respublika kengashi va hududiy kengashlar sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijrosini to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilishga yoki boshqa shaklda ko‘rsatmalar berishga haqli emas.
Respublika kengashi har oyda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish holati bo‘yicha axborot kiritib borsin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.01.00 Umumiy qoidalar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.01 Umumiy qoidalar. Debitorlik va kreditorlik qarzdorlik;
3.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.04.00 Diplomatik va boshqa vakolatxonalar;
4.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.05.00 Diplomatik va konsullik xodimlari]
5. Ijro hujjatlari Byuro organlari ish yurituviga hudud va toifalarga quyidagi tartibda taalluqli bo‘lishi belgilansin:
a) Byuroning markaziy apparatiga:
turli viloyatlarda joylashgan bir nechta qarzdorlarga, shu jumladan solidar qarzdorlarga nisbatan berilgan ijro hujjatlari;
ijro hujjati majburiy ijro etish uchun taqdim etilgan sanada belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 100 000 baravari va undan ortiq summani undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari;
xorijiy davlatlar, ularning davlat organlari, O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, xalqaro hukumat tashkilotlari va ularning vakolatxonalari, shuningdek, ularning diplomatik immunitetga ega bo‘lgan xodimlariga nisbatan berilgan ijro hujjatlari;
Bosh davlat ijrochisi yoki uning o‘rinbosari qaroriga ko‘ra Byuroning hududiy organlari ish yurituvidan markaziy apparat ish yurituviga olingan va alohida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ijro hujjatlari;
b) Byuroning hududiy boshqarmalariga:
turli tuman (shahar)larda joylashgan bir nechta qarzdorlarga, shu jumladan solidar qarzdorlarga nisbatan berilgan ijro hujjatlari;
ijro hujjati majburiy ijro etish uchun taqdim etilgan sanada belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 50 000 baravaridan 100 000 baravarigacha summani undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari;
ijro hujjati bo‘yicha qarzdor-yuridik shaxs xorijiy davlatning rezidenti hisoblangan ijro hujjatlari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Bosh davlat ijrochilari yoki ularning o‘rinbosarlari qaroriga ko‘ra Byuroning tuman (shahar) bo‘limlari ish yurituvidan hududiy boshqarma ish yurituviga olingan va alohida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ijro hujjatlari;
v) Byuroning tuman (shahar) bo‘limlariga — mazkur bandning “a” va “b” kichik bandlarida nazarda tutilmagan boshqa ijro hujjatlari.
Belgilansinki, majburiy ijro harakatlarini amalga oshirish jarayonida qonuniylikni ta’minlash maqsadida mazkur bandda nazarda tutilgan taalluqlilikdan qat’i nazar, ijro hujjati:
Bosh prokurorning topshirig‘iga yoki Bosh davlat ijrochisining qaroriga asosan Byuro markaziy apparati yoki muayyan Byuro organi ish yurituviga;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Bosh davlat ijrochilari va ularning o‘rinbosarlari qarorlariga asosan Byuroning hududiy boshqarmasi yoki tegishli hududdagi Byuroning tuman (shahar) bo‘limi ish yurituviga olib berilishi mumkin.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.04.00.00 Ota-onalar va bolalarning hamda boshqa shaxslarning huquq va majburiyatlari. Aliment majburiyatlari / 04.04.01.00 Oila a’zolari va boshqa shaxslarning aliment majburiyatlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.02.00 Bank hisobvaraqlarini ochish va yuritish tartibi;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.07.00 Bank kartalarining emissiyasi va ulardan foydalangan holda operatsiyalar;
4.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari;
5.15.00.00.00 Mudofaa / 15.17.00.00 Harbiy xizmatchilar maqomi. Harbiy xizmatchilar, harbiy xizmatdan bo‘shatilgan fuqarolar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish / 15.17.07.00 Boquvchisini yo‘qotgan oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish]
6. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlariga asosan voyaga yetmagan farzandlarning moddiy ta’minoti uchun aliment pullarini hisoblash va to‘lash tartib-taomillari ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish maqsadida:
a) Bosh prokuratura va Oliy sudning Aliment majburiyatlarini ijro etish va nazorat qilishning yagona axborot tizimini yaratish hamda aliment majburiyatlari bo‘yicha alohida bank hisobvarag‘ini ochish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin;
b) 2021-yil 1-martdan boshlab quyidagi tartib o‘rnatilsin:
ijro hujjatlari bo‘yicha aliment majburiyatlarini bajarish qarzdorlar tomonidan Aliment majburiyatlarini ijro etish va nazorat qilishning yagona axborot tizimi orqali amalga oshiriladi;
Aliment majburiyatlarini ijro etish va nazorat qilishning yagona axborot tizimi aliment majburiyatlari bo‘yicha alohida bank hisobvarag‘i bilan integratsiya qilinadi. Bunda Byuro tomonidan ijro hujjatlari bo‘yicha undiruvchi (aliment oluvchi) nomiga tegishli bank kartasi rasmiylashtiriladi hamda aliment pullari, shu jumladan qarzdorning ish haqidan ushlab qolingan aliment pullari ushbu aliment majburiyatlari bo‘yicha alohida bank hisobvarag‘i orqali mazkur bank kartasiga o‘tkaziladi.
Bosh vazir maslahatchisi (O.M. Umarov) Aliment majburiyatlarini ijro etish va nazorat qilishning yagona axborot tizimini joriy etishga mas’ul etib belgilansin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.05.00 Fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb tan olish. Muomala layoqatini cheklash;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy ne’matlar / 03.04.03.02 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish;
3.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.01 Umumiy qoidalar. Debitorlik va kreditorlik qarzdorlik;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish;
5.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.05.00 Suvdan foydalanish turlari / 11.05.05.02 Aholining iste’moli, maishiy va boshqa ehtiyojlari uchun suvdan foydalanish;
6.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Ma’muriy javobgarlik / 16.09.13.00 Savdo, tadbirkorlik va moliya sohasidagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik;
7.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Ma’muriy javobgarlik / 16.09.17.00 Ma’muriy jarimalar qo‘llash to‘g‘risidagi qarorlarni ijro qilish;
8.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.04.00 Jarima jazosini ijro qilish;
9.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.08.00 Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish]
7. Bosh prokuratura (N.T. Yo‘ldoshev) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonun hujjatlariga sud hujjatlari bajarilishi bo‘yicha davlatning majburlov kuchini safarbar qilmagan holda ularning ixtiyoriy ijro qilinishini yanada keng tatbiq etishga qaratilgan quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin:
a) jarima tariqasidagi jinoiy jazoni mahkum tomonidan hukm qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab uch oy muddatda (voyaga yetmagan shaxslar uchun — olti oy muddatda) davlat ijrochisi nazorati ostida ixtiyoriy ijro etish. Bunda mahkumning jinoiy jazo tariqasida tayinlangan jarimani belgilangan muddatda ixtiyoriy to‘lashdan bo‘yin tovlashi jarimaning to‘lanmagan qismini majburiy jamoat ishlari, xizmat bo‘yicha cheklash, ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish kabi boshqa jinoiy jazo turlariga o‘zgartirishga sabab bo‘ladi;
b) ayrim toifadagi sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijrosini ta’minlash choralari natijasiz bo‘lgan taqdirda, mazkur hujjatlarni oxirgi chora sifatida majburiy ijro organlariga taqdim etish tartibini joriy etish, jumladan:
yuridik shaxsdan pul mablag‘larini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari — ijro hujjati undiruvchi tomonidan qarzdor-yuridik shaxsga xizmat ko‘rsatuvchi bank muassasasiga ijrosini ta’minlash uchun taqdim etilgandan so‘ng (Davlat budjetiga undiruvlarni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari bundan mustasno);
davlat ro‘yxatidan o‘tgandan so‘ng yuzaga keladigan mulkiy huquqlarni belgilash yoki ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari — ijro hujjati undiruvchi tomonidan tegishli mulkiy huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi davlat organlari va tashkilotlariga ijrosini ta’minlash uchun taqdim etilgandan so‘ng;
qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan egalik huquqini belgilashni yoki qimmatli qog‘ozlarning miqdori va toifasida aniqlanadigan yuridik shaxslardagi ulushni belgilashni yoxud qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqni hisobga olish majburiyatini yuklashni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari — qimmatli qog‘ozga bo‘lgan egalik huquqini ijro hujjatida nazarda tutilgan shaxs nomiga hisobga qo‘yish maqsadida ijro hujjati undiruvchi tomonidan vakolatli tashkilotga ijrosini ta’minlash uchun taqdim etilgandan so‘ng;
ishga tiklash to‘g‘risidagi ijro hujjatlari — ijro hujjati undiruvchi tomonidan ishga tiklash vakolatiga ega bo‘lgan ish beruvchiga ijrosini ta’minlash uchun taqdim etilgandan so‘ng;
ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari — ijro hujjati undiruvchi tomonidan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni amalga oshirishi lozim bo‘lgan tegishli tashkilotga ijrosini ta’minlash uchun taqdim etilgandan so‘ng;
qarzdor — davlat organi (tashkiloti) yoki uning mansabdor shaxslari (ijro hujjati mansabdor shaxsning davlat organi va tashkilotidagi xizmat vazifasi va majburiyatiga taalluqli bo‘lsa) bo‘lgan yoxud ularga majburiyat yuklashni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari — ijro hujjati undiruvchi tomonidan qarzdor — davlat organi (tashkiloti) yoki uning mansabdor shaxsiga yoxud ijro hujjatida majburiyat yuklatilgan davlat organi (tashkiloti) yoki uning mansabdor shaxsiga ijrosini ta’minlash uchun taqdim etilgandan so‘ng;
iste’mol qilingan energiya resurslari va ichimlik suvi uchun majburiy to‘lovlarni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari — ijro hujjatini berish to‘g‘risidagi ariza vakolatli organ yoki mansabdor shaxsga berilguniga qadar iste’molchi energiya resurslari tarmoqlari va suv ta’minotidan uzilganligini (qonunchilikka muvofiq tarmoqdan uzish mumkin bo‘lmagan iste’molchilar bundan mustasno) tasdiqlovchi hujjatni ijro hujjatiga ilova qilgan taqdirda;
ma’muriy jarima qo‘llash to‘g‘risidagi ijro hujjatlari — ijro hujjati jarimani uning ish haqi yoki boshqa maoshidan, nafaqasidan yoki stipendiyasidan ushlab qolish orqali ijro hujjati ijrosini ta’minlash uchun tegishli ish haqi yoki boshqa maoshni, nafaqa yoki stipendiyani to‘lashni amalga oshiruvchi tashkilotga taqdim etilganidan so‘ng, huquqbuzar ishlamayotgan yoki uning ish joyi noma’lum bo‘lgan holatlar bundan mustasno. Ushbu tartib sudning ma’muriy jarima qo‘llash to‘g‘risidagi ijro hujjatlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Mazkur kichik bandda nazarda tutilgan ijro hujjatlari ular taqdim etilgan tashkilot va mansabdor shaxslar tomonidan, agar ijro hujjatida boshqa muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, ular taqdim etilgan kundan boshlab o‘n besh kun muddat ichida, bankka taqdim etilgan taqdirda — keyingi ish kunidan kechiktirmay ijro etiladi. Ushbu toifadagi ijro hujjatlari talablari mazkur kichik bandda ko‘rsatilgan tashkilotlar va ularning mansabdor shaxclari tomonidan uzrli sabablarsiz ijro etilmasligi ushbu shaxslarni qonunda belgilangan javobgarlikka tortishga hamda ijro hujjatlarini qonunchilikda belgilangan tartibda majburiy ravishda ijro etish choralarini ko‘rishga sabab bo‘ladi;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1982-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 232-moddasi.
v) qarzdor muomalaga layoqatsiz deb topilganligi munosabati bilan va undiruvchi iltimosiga ko‘ra ijro ishi yuritishni to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror qabul qilish vakolatini sudlardan davlat ijrochisiga o‘tkazish;
g) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilga va Savdo-sanoat palatasiga hamda ularning hududiy bo‘linmalariga davlat daromadiga undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdor — tadbirkorlik subyektlarining manfaatlarini ko‘zlab ijro hujjatlari yuzasidan ijroni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib ijro etish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga va ijro hujjatini bergan boshqa organga murojaat etish huquqini berish;
d) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan yirik bitimlarni tuzishda, ayrim turdagi moliya-kredit xizmatlari, xalqaro yo‘lovchi tashish xizmatlari va davlat xizmatlarini ko‘rsatishda ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorlik mavjudligini belgilangan tartibda tekshirmaganlik uchun ma’muriy javobgarlikni belgilash;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi Qonunining 44-moddasi.
e) sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosi jarayoniga aralashganlik uchun jinoiy javobgarlikni belgilash.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.02 Elektron tijorat]
8. Belgilab qo‘yilsinki, 2021-yil 1-martdan boshlab:
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari majburiy ijrosi doirasida mol-mulkni shartnoma-vositachilik asoslarida sotish faqatgina mol-mulkni qabul qilishdan uni sotishgacha bo‘lgan jarayonlarni masofaviy monitoring qilish elektron tizimini joriy qilgan savdo tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi;
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari majburiy ijrosi doirasida mol-mulkni shartnoma-vositachilik asoslarida sotish bo‘yicha savdo do‘konlarini tanlab olishda mol-mulkni internet-do‘konlar orqali sotishni amalga oshiruvchi savdo tashkilotlariga ustunlik beriladi.
Bosh prokuratura (N.T. Yo‘ldoshev) 2021-yil 1-fevralga qadar ijro hujjatlari bo‘yicha xatlangan mol-mulkni shartnoma-vositachilik shartlari asosida realizatsiya qilish tartibini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
2021-yil 1-yanvardan boshlab davlat ijrochisi lavozimiga yangi tayinlangan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida maxsus dastur bo‘yicha boshlang‘ich tayyorgarlik kurslarini o‘taganidan so‘ng o‘z xizmat vazifalariga kirishishga ruxsat berish tartibini joriy etsin;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-yanvardagi PF-1-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2024-y., 06/24/1/0001-son)
bir oy muddatda maxsus dasturni tasdiqlasin, bunda kasb odobnomasi qoidalarini o‘rganishni, psixologiya, ziddiyatlarni hal qilish va vaqtni boshqarish (“taym-menejment”) asoslariga, shuningdek, Byuro organlarida foydalaniladigan axborot tizimlari va dasturiy komplekslar bilan ishlash ko‘nikmalariga o‘rgatishni nazarda tutsin;
Byuro organlari tizimida davlat ijrochisi lavozimini 2021-yil 1-yanvarga qadar egallab kelgan barcha xodimlar maxsus dastur asosida 2021-yil yakuniga qadar qayta tayyorgarlikdan o‘tishini ta’minlasin;
davlat ijrochilarini rag‘batlantirish maqsadida Byuro organlari xodimlari o‘rtasida har yili “Yilning eng yaxshi davlat ijrochisi” tanlovini joriy etsin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq to‘lash / 05.03.04.00 Ustamalar, qo‘shimcha to‘lovlar va koeffitsiyentlar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari;
3.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.07.00 Prokuratura organlarining tashkiliy tuzilmasi va faoliyatiga oid boshqa masalalar]
10. Byuro boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 3 542 nafar, shu jumladan markaziy apparatda 82 nafar etib belgilansin.
Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) Ijro etuvchi direksiyasi tugatilsin hamda Jamg‘arma mablag‘larining to‘planishi va sarflanishini tezkor boshqarish vazifasi Byuroga yuklatilsin.
Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) Jamg‘arma hisobidan 2020-yil 1-noyabrga qadar moliyalashtirilishi lozim bo‘lgan Byuro, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Bosh prokuratura Akademiyasi xodimlarining ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar (yuzaga kelgan qarzdorliklar bilan birga) joriy yilning III choragi yakuni bo‘yicha Davlat budjeti daromadlarining prognoz ko‘rsatkichlaridan ortiqcha bajarilgan qismi hisobidan qoplab berilishini ta’minlasin.
2020-yil 1-noyabrdan boshlab:
Bosh prokuratura Akademiyasi xodimlariga Jamg‘arma hisobidan har oyda to‘lanadigan 100 foizlik ustama to‘lash to‘xtatilsin;
Byuro xodimlari mehnatiga haq to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar (Jamg‘arma hisobidan moliyalashtiriladigan qismini chegirib tashlagan holda) hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari mehnatiga haq to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilsin.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.03.00.00 Kommunal xo‘jalik / 08.03.05.00 Uy oldidagi hududlarni obodonlashtirish va saqlash. Maishiy chiqindilarni yig‘ishtirish;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.03.00.00 Kommunal xo‘jalik / 08.03.09.00 Kommunal xizmatlarni to‘lash tartibi va tariflar hamda kompensatsiyalar (imtiyozlar)]
11. 2020-yil 1-noyabrdan boshlab Byuroning qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari uchun aholi tomonidan to‘lovlar to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlash bo‘yicha vazifa va vakolatlari tugatilsin.
aholidan qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari uchun to‘lovlar ushbu xizmatlarni ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligida yuritiladigan yagona billing tizimida aks etgan holda, qoida tariqasida, elektron to‘lov tizimlari orqali yig‘iladi.
(11-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-sentabrdagi PF-149-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2024-y., 06/24/149/0772-son)
(11-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PF-81-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2023-y., 06/23/81/0320-son)
12. Belgilansinki, jinoyat natijasida davlatga yetkazilgan zarar, davlat bojlari, jinoiy va ma’muriy jarimalar, davlat foydasiga boshqa turdagi undiruvlar hamda davlat daromadiga o‘tkaziladigan olib qo‘yilgan mol-mulkni sotishga oid ijro hujjatlari bo‘yicha kelib tushgan mablag‘lar alohida g‘aznachilik hisobraqamida jamlanadi va 3-ilovada belgilangan mablag‘larning 70 foizi proporsional miqdorlarda “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armalariga hamda qolgan 30 foizi tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armalariga yo‘naltiriladi.
Mazkur bandda nazarda tutilgan ijro hujjatlari bo‘yicha kelib tushgan mablag‘larning oluvchilar va budjet tizimi budjetlari darajalari o‘rtasidagi taqsimoti mablag‘larning belgilangan qismi “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armalariga hamda tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armalariga o‘tkazilganidan keyin amalga oshirilishi belgilansin.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-17-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.02.2025-y., 06/25/17/0127-son)
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Ma’muriy javobgarlik / 16.09.12.00 Fuqarolarning uy-joy huquqi, kommunal xizmatlar, obodonchilik sohasidagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.06.00 Jinoyatlarning alohida turlari uchun javobgarlik / 16.11.06.03 Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar]
13. Bosh prokuratura (N.T. Yo‘ldoshev) Oliy sud (K.F. Kamilov), Ichki ishlar vazirligi (P.R. Bobojonov) va Adliya vazirligi (R.K. Davletov) bilan birgalikda amaldagi qonun hujjatlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin:
bir oy muddatda fuqarolarning mol-mulkiga (pul mablag‘lari bundan mustasno) daxl qilmagan hamda ularga nisbatan huquqiy ta’sir va javobgarlik choralarini qo‘llamagan holda majburiy ijro etish mexanizmini (soddalashtirilgan majburiy ijro ishini yuritish institutini) joriy etish;
ikki oy muddatda elektr va issiqlik energiyasi, gaz, ichimlik suvidan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq jinoyatlarni, agar huquqbuzarlik natijasida ancha miqdordan kam bo‘lgan zarar yetkazilgan bo‘lsa, dekriminalizatsiya qilish.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash / 03.10.02.02 Garov;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.03.00 Soliqlar va yig‘imlar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.07.00 Elektron tijorat. Elektron raqamli imzo (shuningdek, 12.03.02.02, 12.03.02.03larga qarang);
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.03.00 Birja (auksion) savdolarini o‘tkazish va bitimlarni rasmiylashtirish tartibi;
5.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.02 Elektron tijorat;
6.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
14. Belgilansinki, 2020-yil 1-dekabrdan boshlab:
a) ma’muriy jarima qo‘llash to‘g‘risidagi ijro hujjatlari Byuro organlariga jarimani ixtiyoriy to‘lash uchun muddatlar tugaganidan so‘ng taqdim etiladi, bunda jarimani ixtiyoriy to‘lash imkoniyati to‘g‘risida huquqbuzarni xabardor qilgan holda unga ma’muriy jarima qo‘llash to‘g‘risidagi qarorning topshirilganligi yoki yuborilganligini tasdiqlovchi hujjat ijro hujjatiga majburiy tartibda ilova qilinadi;
b) ijro hujjatini majburiy ijro etish davomida qarzdorning xatlangan mol-mulki boshlang‘ich narxdan 30 foizlik chegirma bilan, Davlat budjetiga undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari bo‘yicha sotilayotgan mol-mulk esa — hududiy kengashlar qaroriga muvofiq 50 foizgacha chegirma bilan narxni oshirib borish uslubida o‘tkaziladigan dastlabki elektron onlayn-auksionga qo‘yiladi, bundan garovga qo‘yilgan mol-mulk bilan ta’minlangan qarzdorlikni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari mustasno;
v) mulkiy tusga ega bo‘lgan ijro hujjatlari bo‘yicha undiriladigan ijro yig‘imi:
undiruv summasi 1 000 bazaviy hisoblash miqdoridan ortiq bo‘lmagan ijro hujjatlari bo‘yicha — undirilayotgan summaning 5 foizi;
undiruv summasi 1 000 bazaviy hisoblash miqdoridan ortiq bo‘lgan ijro hujjatlari bo‘yicha — undirilayotgan summaning 2 foizi miqdorida o‘rnatiladi.
Bunda, ijro yig‘imi qo‘llanilgan ijro ishlari birlashtirilgan taqdirda, qo‘llanilgan ijro yig‘imining miqdori o‘zgartirilmaydi;
g) Byuro organlari ish yurituvidagi ijro hujjatlari bo‘yicha Jamg‘armaga ayrim ajratmalar quyidagi miqdorlarda belgilansin:
Byuroning xodimlari tomonidan qo‘llaniladigan ijro yig‘imi summalarining 100 foizi;
ijro ishi yuritish bo‘yicha Davlat budjetiga undirilgan summalarning (qarzdorning mol-mulkini sotish hisobiga soliq qarzini undirish bundan mustasno) 5 foizi.
15. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
2021-yil 1-martdan boshlab ijro hujjatlarida majburiy tartibda qarzdor-jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanmagan jismoniy shaxs bo‘yicha — shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning rekvizitlari), shuningdek, qarzdor — yuridik shaxsning soliq to‘lovchi identifikatsiya raqami ko‘rsatiladi;
elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq jinoyatlarni aniqlash, bartaraf etish va ularning oldini olish vazifasi — Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi;
elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq ma’muriy huquqbuzarliklarni aniqlash, bartaraf etish va ularning oldini olish vazifasi — ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Bosh prokuratura (N.T. Yo‘ldoshev) Oliy sud (K.F. Kamilov), Ichki ishlar vazirligi (P.R. Bobojonov) va Adliya vazirligi (R.K. Davletov) bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur bandda nazarda tutilgan masalalar yuzasidan tegishli qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.01.00 Umumiy qoidalar. Davlat boji to‘lovchilar va undiriladigan obyektlar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
16. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.M. Sadikov) Bosh prokuratura (N.T. Yo‘ldoshev), Ichki ishlar vazirligi (P.R. Bobojonov), Adliya vazirligi (R.K. Davletov) va Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) bilan birgalikda:
uch oy muddatda ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolatiga ega bo‘lgan, shuningdek, yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshiruvchi davlat organlarining axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarining davlat bojlari, ma’muriy jarimalar va boshqa to‘lovlarni to‘lash yuzasidan interaktiv davlat xizmatlarini ko‘rsatishga tayyorligini xatlov asosida o‘rganib chiqsin;
2021-yil 1-aprelga qadar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida davlat bojlarini va davlat organlari tomonidan solingan jarimalarni va boshqa to‘lovlarni tegishli bank va boshqa to‘lov tizimlari orqali onlayn tarzda to‘lash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi alohida platforma yaratishni nazarda tutuvchi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
2021-yil 1-avgustga qadar mazkur bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan davlat organlarining davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi alohida platformaga bosqichma-bosqich ulanishini ta’minlasin.
17. Bosh prokuratura (N.T. Yo‘ldoshev):
a) Ichki ishlar vazirligi (P.R. Bobojonov) bilan birgalikda ikki oy muddatda Ijro hujjatlari talablarini bajarishdan bo‘yin tovlayotgan qarzdor jismoniy shaxslar va olib qo‘yilishi lozim bo‘lgan bolalarni qidirishda majburiy ijro va ichki ishlar organlarining o‘zaro hamkorlik qilish tartibini qayta ko‘rib chiqsin, bunda majburiy ijro organlari ichki ishlar organlarining axborot tizimlaridan foydalanish, shuningdek, MDH davlatlari axborot tizimlariga qidiruv tashabbuskori sifatida ma’lumot kiritishi tartibini nazarda tutsin;
b) Oliy sud (K.F. Kamilov) va Ichki ishlar vazirligi (P.R. Bobojonov) bilan birgalikda uch oy muddatda mahkum jazo o‘tayotgan muassasada qarzdorlikni, shu jumladan jinoyatlar oqibatida yetkazilgan zararlarni undirish jarayonidagi huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganib chiqsin hamda sudlar, Byuro va Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi o‘rtasidagi axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin;
v) davlat daromadiga undiruvni nazarda tutuvchi ijro hujjatlarining ijro etilishini so‘zsiz ta’minlash maqsadida 2021-yil 1-iyulgacha Ijro hujjatlarining yagona elektron bazasini quyidagilarni nazarda tutgan holda takomillashtirsin:
qarzdorning undiruv qaratilishi mumkin bo‘lgan mol-mulki yoki daromadlari bo‘lmaganligi sababli qaytarilgan, davlat daromadiga undirishni nazarda tutadigan ijro hujjatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni alohida yuritish hamda ulardan barcha manfaatdor shaxs va tashkilotlar uchun to‘siqsiz foydalanish imkoniyatini yaratish;
davlat daromadiga undirishni nazarda tutadigan ijro hujjatlari qarzdorning undiruv qaratilishi mumkin bo‘lgan mol-mulki yoki daromadlari bo‘lmaganligi sababli qaytarilganda, undiruvchiga ijro hujjatini to‘siqsiz yangidan ijroga (jumladan portal orqali) topshirish imkoniyatini yaratish. Bunda davlat ijrochisi yangidan qo‘zg‘atilgan ijro ishi yuritish doirasida qarzdorga tegishli mol-mulklarni aniqlash bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan barcha choralarni ko‘rishi shart.
18. Oliy sud (K.F. Kamilov) Adliya vazirligi (R.K. Davletov), Bosh prokuratura (N.T. Yo‘ldoshev), Davlat soliq qo‘mitasi (Sh.D. Kudbiyev), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N.B. Xusanov) bilan birgalikda uch oy muddatda nizosiz ishlarni hal etishning muqobil shakllarini o‘rganib chiqqan holda ijro hujjatlari turlarini qayta ko‘rib chiqib, tegishli takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.14.00 Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash shartnomasi (faktoring)]
19. Markaziy bank (M.B. Nurmuratov) Adliya vazirligi (R.K. Davletov) hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I.I. Norqulov) bilan birgalikda ikki oy muddatda tijorat banklari tomonidan “muammoli” deb tasniflangan aktivlarni (kredit qarzdorligini) sessiya (talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish) shartnomasi asosida muayyan chegirma bilan realizatsiya qilish institutini, shuningdek, qarz bozorini boshqa sohalarda ham rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga takliflar kiritsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.03.00 Davlat boji bo‘yicha imtiyozlar;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.03.00.00 Kommunal xo‘jalik / 08.03.05.00 Uy oldidagi hududlarni obodonlashtirish va saqlash. Maishiy chiqindilarni yig‘ishtirish;
3.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.06.00.00 Iqtisodiy protsessual qonunchilik / 17.06.06.00 Sud hujjatlarini ijro etish 0]
20. Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (A.I. Maksudov) Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) bilan birgalikda ikki oy muddatda qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari uchun majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlikni undirish yuzasidan sudlarga kiritiladigan arizalar bo‘yicha ayrim toifadagi shaxslarni davlat boji to‘lashdan ozod qilishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
21. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 4-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
22. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 5-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.12.00 Korrupsiyaga qarshi kurashish]
23. Bosh prokuratura (N.T. Yo‘ldoshev):
a) Byuroning yangi tashkil etilayotgan tumanlararo bo‘limlarini joylashtirish hamda faoliyat yuritishi uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnika bazasini yaratish choralarini ko‘rsin;
b) 2021-yil 1-sentabrga qadar quyidagilarni nazarda tutuvchi Ijro ishini yuritish to‘g‘risidagi kodeks loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritsin:
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijrosini majburiy ijro organi hisoblanmagan boshqa manfaatdor davlat tashkilotlari tomonidan ixtiyoriy ravishda ta’minlash mexanizmini joriy etish;
ijro ishi yuritish ishtirokchilarining, shu jumladan ijro ishiga ko‘maklashuvchi davlat organlarining huquqiy maqomini, huquq va majburiyatlarini aniq belgilash;
davlat daromadiga undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari bo‘yicha manfaatdor undiruvchi bo‘lgan davlat organini aniqlash va ushbu ijro hujjatlari bo‘yicha undiruvni amalga oshirish mumkin bo‘lmagan taqdirda, ularni mazkur davlat organiga ijrosiz qaytarish tartibini joriy etish;
mazkur sohadagi suiiste’molliklar hamda korrupsiyaviy holatlarning oldini olish maqsadida ijro xarajatlari va undirilgan mablag‘larni taqsimlash institutini takomillashtirish;
sud qarorlarini ixtiyoriy ravishda ijro etishdan bo‘yin tovlagan qarzdorlarni moddiy javobgarlikka tortishning ta’sirchan mexanizmlarini yaratish;
v) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
24. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori N.T. Yo‘ldoshev hamda Byuro direktori belgilansin.
Farmon ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, uning ijrosi uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan 2021-yil 1-yanvar, 2021-yil 1-iyul va 2022-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 24-noyabr,
PF-6118-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoniga 1-ILOVA
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish samaradorligini oshirish bo‘yicha Respublika kengashi
TARKIBI
N.T. Yo‘ldoshev
—
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Respublika kengashi raisi
U.Sh. Tashxodjayev
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari, Respublika kengashi raisi o‘rinbosari
D.S. Qosimov
—
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil
K.F. Kamilov
—
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sud raisi
M.B. Nurmuratov
—
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi
R.K. Davletov
—
O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri
T.A. Ishmetov
—
O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri
P.R. Bobojonov
—
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri
Sh.D. Kudbiyev
—
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi
M.B. Azimov
—
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi
A.I. Ikramov
—
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi
X.M. Kabirdjanov
—
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori, Respublika kengashi kotibi
Izoh: Respublika kengashi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoniga 2-ILOVA
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish samaradorligini oshirish bo‘yicha hududiy kengashlarning
NAMUNAVIY TARKIBI
lavozimi bo‘yicha
—
hokim, hududiy kengash raisi
lavozimi bo‘yicha
—
viloyat prokurori, hududiy kengash raisi o‘rinbosari
lavozimi bo‘yicha
—
jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudi raisi
lavozimi bo‘yicha
—
fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyat sudi raisi
lavozimi bo‘yicha
—
viloyat iqtisodiy sud raisi
lavozimi bo‘yicha
—
viloyat ma’muriy sudi raisi
lavozimi bo‘yicha
—
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devonining hududlarda faoliyat ko‘rsatuvchi xodimi
lavozimi bo‘yicha
—
Markaziy bankning viloyat boshqarmasi rahbari
lavozimi bo‘yicha
—
viloyat moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i
lavozimi bo‘yicha
—
viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i
lavozimi bo‘yicha
—
viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i
lavozimi bo‘yicha
—
viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i
lavozimi bo‘yicha
—
viloyat bojxona boshqarmasi boshlig‘i
lavozimi bo‘yicha
—
Byuroning hududiy boshqarmasi boshlig‘i, hududiy kengash kotibi
Izoh: hududiy kengashlar a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoniga 3-ILOVA
Jinoyat natijasida davlatga yetkazilgan zarar, davlat bojlari, jinoiy va ma’muriy jarimalar, davlat foydasiga boshqa turdagi undiruvlar hamda davlat daromadiga o‘tkaziladigan olib qo‘yilgan mol-mulkni sotishga oid ijro hujjatlari bo‘yicha kelib tushgan mablag‘larning ayrim toifadagi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash uchun yo‘naltiriladigan
* Vazirlar Mahkamasi mablag‘larning yo‘naltiriladigan miqdoriga o‘zgartirishlar kiritishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoniga 4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi “Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, mamlakatni modernizatsiya qilish, inson huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta’minlashda prokuratura organlarining rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi PF-5019-son Farmonining 2-ilovasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining
TASHKILIY-SHTAT TUZILMASI
Boshliq
Boshliq yordamchisi
Boshliqning
birinchi o‘rinbosari
Boshliq o‘rinbosari —
Iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i
Boshliq o‘rinbosari —
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i
Axborot-tahlil bo‘limi
5
Iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi
23
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boshqarmasi
19
Kadrlar bo‘limi
4
Hujjatli tekshirishlar bo‘limi
7
Ichki xavfsizlikni ta’minlash bo‘limi
3
Tashkiliy-nazorat bo‘limi
3
Surishtiruv bo‘limi
4
Birinchi bo‘lim
6
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘limi
2
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘limi
8
Navbatchilik qismi
Ikkinchi bo‘lim
6
Maxsus bo‘lim
1
Tezkor-qidiruv faoliyati hisobi bo‘limi
4
Uchinchi bo‘lim
6
Moliya-xo‘jalik bo‘limi
3
Terrorizmni moliyalashtirishga
qarshi kurashish bo‘limi
3
Aydar-Arnasoy ko‘llari tizimi resurslaridan foydalanish sohasidagi iqtisodiy huquqbuzarliklarga qarshi kurashish bo‘limi
3
Murojaatlar bilan
ishlash bo‘limi
2
Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi
2
Metodologiya, xavflarni baholash va tipologiyalar bo‘limi
4
Xalqaro aloqalar bo‘limi
3
Axborotni to‘plash va unga ishlov
berish bo‘limi
3
Hududiy boshqarmalar va bo‘limlar
Kriminalistika laboratoriyasi
1
Departament boshqaruv xodimlarining umumiy soni — 1 031 shtat birligi
shundan markaziy apparatda — 88 shtat birligi”.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-maydagi “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5059-son Farmonida:
“2. Quyidagilar Byuroning asosiy vazifalari etib belgilansin:
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining so‘zsiz ijrosini ta’minlash;
ijro ishi yuritish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishdan bo‘yin tovlash yoki ijro etilishiga to‘sqinlik qilish, ijro ishi yuritish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari boshqa tarzda buzilganligiga doir huquqbuzarliklarga qarshi kurashish;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda majburiy ijro tizimi tezkorligi va samaradorligini ta’minlash;
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish;
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini takomillashtirish, davlat ijrochilari faoliyatining samaradorligini oshirish”;
“Belgilab qo‘yilsinki, Byuro tugatilayotgan Sud departamentining xo‘jalik shartnomalaridan kelib chiqadigan huquqlari va majburiyatlari bo‘yicha uning huquqiy vorisi hisoblanadi, sud hokimiyati yoki adliya organlarining balansiga o‘tkazilgan hamda ular tomonidan ishlatiladigan mulk (binolar, mablag‘lar va boshqa moddiy-texnikaviy boyliklar) va sud hokimiyatiga yoki adliya organlariga ko‘rsatilgan xizmatlar (ishlar) bilan bog‘liq huquq va majburiyatlar bundan mustasno”;
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“ijro ishi yurituvi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga undirilgan summaning 5 foizi, qarzdorning mol-mulkini sotish hisobiga undirilgan soliq qarzdorligi bundan mustasno”;
“Byuro xodimlari tomonidan ko‘llaniladigan va undiriladigan jarimalar, shuningdek pul mablag‘larini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatini ijro etmaganligi uchun bank yoki boshqa kredit tashkilotlariga nisbatan qo‘llaniladigan va undiriladigan jarimalar summasining 80 foizi”;
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-fevraldagi “Prokuratura organlarining qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlashdagi faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5343-son Farmonida:
ikkinchi xatboshi “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti” so‘zlaridan keyin “(keyingi o‘rinlarda — Departament)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
uchinchi xatboshi “har oylik ustamalar miqdori 50 foizni” so‘zlaridan keyin “shuningdek prokuratura organlarining ilmiy darajaga ega bo‘lgan xodimlarining oylik maoshiga qo‘shiladigan har oylik ustamalar miqdori 30 foizni” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
“Mazkur bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar, shuningdek Departament organlarining texnik va yordamchi xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha xarajatlar 2020-yil 1-noyabrdan boshlab, mazkur bandning uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan chora-tadbirlar esa, 2020-yil 1-yanvardan boshlab — O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi”;
uchinchi xatboshi quyidagi mazmundagi uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar bilan almashtirilsin;
“prokuratura organlarida pensiya olish huquqini beradigan xizmat muddati kalendar hisobida yigirma yilni tashkil qiladi va pensiyaning bazaviy miqdorlari umumiy hisobda o‘rtacha oylik ish haqining 75 foizidan ortiqqa oshirilmaydi.
Prokuratura organlari xodimlari va ularning oila a’zolarini pensiya bilan ta’minlash shartlari, me’yorlari va tartibi sud va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar, shu jumladan ichki ishlar organlari xodimlarining pensiya ta’minoti bo‘yicha taqdim etilgan imtiyozlarni nazarda tutgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
“8. Belgilansinki, ma’lumotlar bazasiga kiritiladigan qarzdor jismoniy va yuridik shaxslar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanadigan alohida yirik bitimlarni amalga oshirish, alohida turdagi moliya-kredit va davlat xizmatlari, xalqaro yo‘lovchi tashish xizmatlari, shuningdek davlat xizmatlaridan foydalana olmaydilar.
Jismoniy va yuridik shaxslarning bajarilmagan majburiyatlari mavjudligini tekshirish O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tomonidan yuritiladigan Ijro ishi yurituvlari yagona elektron bazasini onlayn rejimda tekshirish orqali amalga oshiriladi”.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi “Prokuratura organlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5438-son Farmonining 6-bandi yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Akademiya xodimlariga Davlat budjeti hisobidan prokuratura organlari xodimlari uchun belgilangan alohida mehnat sharoitlari uchun har oylik ustama hamda qonun hujjatlarida belgilangan boshqa rag‘batlantiruvchi qo‘shimcha haq va ustamalar to‘lanadi;”.
(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-sonli Farmoniga asosan 6-bandning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2024-y., 06/24/184/0954-son)
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 31-oktabrdagi “Jinoiy-huquqiy statistika tizimini tubdan takomillashtirish va jinoyatlarni tizimli tahlil qilish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5566-son Farmoni 12-bandining ikkinchi xatboshisidan “va Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5816-son Farmonining 11-bandida:
ikkinchi xatboshi quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“ko‘chmas mulklar bo‘yicha bitimlarni notarial tasdiqlashda kommunal xizmatlar bo‘yicha qarzdorliklar haqidagi ma’lumotlarni faqat kommunal tashkilotlar axborot tizimlari orqali onlayn rejimda tekshirish tartibi o‘rnatilgan holda, tegishli kommunal tashkilotlardan bunday qarzdorlik mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma olish talabi bekor qilinadi;
ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorlik mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotlar Majburiy ijro byurosi axborot tizimi orqali onlayn rejimda tekshiriladi”;
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 1-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud departamentining sud qarorlarini ijro etish, moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-722-son qarorida:
“mulkiy xarakterdagi ijro hujjatlari bo‘yicha — undiruv summasi bazaviy hisoblash miqdorining 1000 baravaridan oshmagan taqdirda — undirilayotgan summaning 5 foizi miqdorda, undiruv summasi bazaviy hisoblash miqdorining 1000 baravaridan oshgan taqdirda — undirilayotgan summaning 2 foizi miqdorda. Mulkiy xarakterdagi ijro hujjatini ijro etishda undiruvchiga belgilangan muddatda sotilmagan mol-mulk berilsa, ijro yig‘imi summasi ushbu mulk qiymatidan belgilanadi”;
uchinchi xatboshidagi “eng kam ish haqining” so‘zlari “bazaviy hisoblash miqdorining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 4-bandning birinchi xatboshisidagi “sud ijrochisi” so‘zlari “davlat ijrochisi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
yo) 17-bandning birinchi xatboshisidagi “Sud departamentining” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “Sud departamentining” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Ijro yig‘imini qaytarish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinganidan boshlab uzog‘i bilan ikki kun ichida qaytarish uchun Majburiy ijro byurosi markaziy apparatiga yuboriladi. Ijro yig‘imini qaytarish qaror olingan kundan boshlab besh bank kuni davomida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi”.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 12-sentabrdagi PQ-2036-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi organlari va muassasalarida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi nizomda:
a) 711-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari “respublika budjeti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 812-bandning beshinchi xatboshisidagi “Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari “respublika budjeti” so‘zlari bilan almashtirilsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 13-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2065-son qaroriga 1 — 4-ilovalarning rus tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“PRILOJENIYE № 1 k postanovleniyu Prezidenta Respubliki Uzbekistan ot 13-noyabrya 2013 goda № PP-2065
Razryadi po oplate truda po Yedinoy tarifnoy setke rabotnikov Generalnoy prokuraturi Respubliki Uzbekistan
Naimenovaniye doljnosti
Razryad
Razmer tarifnogo koeffitsiyenta
Generalniy prokuror
21
6,887
Perviy zamestitel Generalnogo prokurora
20
6,583
zamestitel Generalnogo prokurora
19
6,282
nachalnik upravleniya, Akademii Generalnoy prokuraturi
18
5,987
nachalnik samostoyatelnogo otdela, otdela v sostave upravleniya, kafedri (otdela, sentra), professor kafedri Akademii Generalnoy prokuraturi
17
5,694
starshiy sledovatel po osobo vajnim delam, pomoshnik Generalnogo prokurora, dotsent kafedri Akademii Generalnoy prokuraturi, starshiy programmist
16
5,407
sledovatel po osobo vajnim delam, starshiy prokuror upravleniya, samostoyatelnogo otdela i otdela, vxodyashego v sostav upravleniya, starshiy prepodavatel Akademii Generalnoy prokuraturi, programmist, starshiy spetsialist po informatsionnoy bezopasnosti
15
5,123
starshiy sledovatel, prokuror upravleniya, samostoyatelnogo otdela i otdela, vxodyashego v sostav upravleniya, prepodavatel, starshiy prokuror otdela (sentra) Akademii Generalnoy prokuraturi, administrator seti, administrator bazi dannix, veb-dizayner
14
4,842
prokuror otdela (sentra) Akademii Generalnoy prokuraturi
13
4,568
glavniy spetsialist
12
4,296
vedushiy spetsialist
11
4,027
spetsialisti:
I kategorii
10
3,767
II kategorii
9
3,510
Primechaniye: dopolnitelnie sredstva, neobxodimie dlya sverxustanovlennogo razmera tarifnogo koeffitsiyenta, s 1-yanvarya 2020 goda pokrivayutsya za schet sredstv Gosudarstvennogo budjeta Respubliki Uzbekistan. Pri etom razreshayetsya, v poryadke isklyucheniya, nezavisimo ot ustanovlennogo zakonodatelstvom zapreta, viplata dopolnitelnogo materialnogo stimulirovaniya doljnostnim litsam, ukazannim v nastoyashem prilojenii, za schet vnebudjetnix sredstv organov prokuraturi s primeneniyem ustanovlennix razmerov tarifnogo koeffitsiyenta.
PRILOJENIYE № 2 k postanovleniyu Prezidenta Respubliki Uzbekistan ot 13-noyabrya 2013 goda № PP-2065
Razryadi po oplate truda po Yedinoy tarifnoy setke rabotnikov prokuraturi Respubliki Karakalpakstan, oblastnix prokuratur i g. Tashkenta
Razryadi i tarifnie stavki rabotnikov transportnix i prirodooxrannix prokuratur, priravnennix k oblastnim prokuraturam, ustanavlivayutsya v razmerax, predusmotrennix nastoyashim prilojeniyem dlya oblastnix prokuratur 1-y gruppi.
Dopolnitelnie sredstva, neobxodimie dlya sverxustanovlennogo razmera tarifnogo koeffitsiyenta, s 1-yanvarya 2020 goda pokrivayutsya za schet sredstv Gosudarstvennogo budjeta Respubliki Uzbekistan.
PRILOJENIYE № 3 k postanovleniyu Prezidenta Respubliki Uzbekistan ot 13-noyabrya 2013 goda № PP-2065
Razryadi po oplate truda po Yedinoy tarifnoy setke rabotnikov gorodskix prokuratur
Naimenovaniye doljnosti
Razryadi po gruppam gorodov
1-ya gruppa
Razmer tarif. koef.
2-ya gruppa
Razmer tarif. koef.
prokuror
17
5,694
16
5,407
zamestitel prokurora
15
5,123
14
4,842
starshiy pomoshnik prokurora
14
4,842
13
4,568
sledovatel po osobo vajnim delam
13
4,568
—
—
starshiy sledovatel
12
4,296
12
4,296
pomoshnik prokurora, sledovatel, stajer
11
4,027
11
4,027
Primechaniye:
1-ya gruppa
2-ya gruppa
g. Andijan
g. Gulistan
g. Buxara
g. Djizak
g. Karshi
g. Termez
g. Navoi
g. Urgench
g. Namangan
g. Nukus
g. Samarkand
g. Fergana
Dopolnitelnie sredstva, neobxodimie dlya sverxustanovlennogo razmera tarifnogo koeffitsiyenta, s 1-yanvarya 2020 goda pokrivayutsya za schet sredstv Gosudarstvennogo budjeta Respubliki Uzbekistan.
PRILOJENIYE № 4 k postanovleniyu Prezidenta Respubliki Uzbekistan ot 13-noyabrya 2013 goda № PP-2065
Razryadi po oplate truda po Yedinoy tarifnoy setke rabotnikov rayonnix (gorodskix) i priravnennix k nim prokuratur
Naimenovaniye doljnosti
Razryad
Razmer tarifnogo koeffitsiyenta
prokuror
16
5,407
zamestitel prokurora
15
5,123
starshiy pomoshnik prokurora
13
4,568
starshiy sledovatel
12
4,296
sledovatel, pomoshnik prokurora, stajer
11
4,027
Primechaniye: dopolnitelnie sredstva, neobxodimie dlya sverxustanovlennogo razmera tarifnogo koeffitsiyenta, s 1-yanvarya 2020 goda pokrivayutsya za schet sredstv Gosudarstvennogo budjeta Respubliki Uzbekistan”.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2568-son qarorining rus tilidagi matni 31-bandining to‘rtinchi xatboshisidagi “Fonda razvitiya Byuro prinuditelnogo ispolneniya” so‘zlari “Gosudarstvennogo budjeta Respubliki Uzbekistan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3016-son qarorida:
“Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari, tuman (shahar) va tumanlararo bo‘limlarining namunaviy tuzilmalari 2-3a-ilovalarga muvofiq”;
oltinchi xatboshi “tuman” so‘zidan keyin “va tumanlararo” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
“2. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi o‘rinlarda Byuro deb ataladi) boshqaruv xodimlarining O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan cheklangan soni 3 542 nafar, shu jumladan markaziy apparatda 82 nafar etib belgilansin”;
5) qarorga 1 — 3-ilovalar quyidagi tahrirdagi 1 — 3a-ilovalar bilan almashtirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-maydagi PQ-3016-son qaroriga 1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi markaziy apparatining
tashkiliy-shtat tuzilmasi
Direktor
Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi
2
Direktor yordamchisi
Direktorning birinchi o‘rinbosari — Tashkiliy-nazorat va tahlil boshqarmasi boshlig‘i
Direktor o‘rinbosari — Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish boshqarmasi boshlig‘i
Kadrlar boshqarmasi
5
Surishtiruv va ma’muriy amaliyot bo‘limi
2
Ichki xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi
5
Huquqiy ta’minlash va xalqaro-huquqiy aloqalar bo‘limi
6
Tashkiliy-nazorat va tahlil boshqarmasi
8
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish boshqarmasi
23
Birinchi bo‘lim
1
Ishlar boshqarmasi
5
Nazoratni tashkillashtirish, statistika va tahlil bo‘limi
4
Jinoyat ishlari bo‘yicha va ma’muriy sudlar hujjatlarini ijro etish bo‘limi
3
Moliya-rejalashtirish bo‘limi
3
Murojaatlar bilan ishlash bo‘limi
4
Iqtisodiy sudlar hujjatlarini ijro etish bo‘limi
4
Taftish bo‘limi
2
Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar hujjatlarini ijro etish bo‘limi
7
Hududiy boshqarmalar
Tezkor-qidiruv faoliyati hisobi shu’basi
1
Tuman (shahar) bo‘limlari
Ichki ishlar, soliq va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish bo‘limi
3
Tumanlararo bo‘limlari
Navbatchi qism
3
Alohida muhim ijro ishlarni ijro etish bo‘limi
3
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni joriy etish markazi
12
Qidiruv bo‘limi
3
Boshqaruv xodimlarining umumiy soni — 82 birlik,
* texnik va yordamchi xodimlar shtat birliklari soni o‘rnatilgan me’yorlar asosida aniqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-maydagi PQ-3016-son qaroriga 2-ILOVA
Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining
namunaviy tashkiliy-shtat tuzilmasi
Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘yicha katta inspektor
Boshqarma boshlig‘i
Ichki xavfsizlikni ta’minlash shu’basi
1 — 3
Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari — Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish bo‘limi boshlig‘i
Kadrlar shu’basi
2
Birinchi bo‘lim
1
Surishtiruv va ma’muriy amaliyot shu’basi
2-3
Moliya-xo‘jalik bo‘limi
4
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish bo‘limi
4 — 6
Tashkiliy nazorat va tahlil shu’basi
2
Murojaatlar bilan ishlash shu’basi
3
Alohida muhim ijro ishlarini ijro etish shu’basi
2
Taftishchi
1
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish shu’basi
1
Qidiruv shu’basi
2 — 8
Tuman (shahar)
bo‘limlari
Depozit hisobvaraqlari bilan ishlash guruhi (shu’basi)
1
Tumanlararo ixtisoslashtirilgan ijro bo‘limlari
Boshqaruv xodimlarining umumiy soni — 29 — 40 birlik.
* texnik va yordamchi xodimlar shtat birliklari soni o‘rnatilgan me’yorlar asosida aniqlanadi.
Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari boshqaruv xodimlarining umumiy soni — 484 birlik.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-maydagi PQ-3016-son qaroriga 3-ILOVA
Majburiy ijro byurosi tuman (shahar) bo‘limlarining
namunaviy tashkiliy-shtat tuzilmasi
Bo‘lim boshlig‘i
Boshliq o‘rinbosari
0-1
Depozit bo‘yicha mutaxassis
0,5 — 1
Davlat ijrochisi
0 — 60
Umumiy shtat birliklari soni 1,5 — 63 birlik, shundan davlat ijrochilari — 1 — 62 birlik.
* texnik va yordamchi xodimlar shtat birliklari soni o‘rnatilgan me’yorlar asosida aniqlanadi, bunda har bir tuman (shahar) bo‘limida kamida 1 nafar ish yurituvchi nazarda tutiladi.
Majburiy ijro byurosi tuman (shahar) bo‘limlarining umumiy cheklangan soni 2 701 birlik, shundan davlat ijrochilari — 2 588 birlik.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-maydagi PQ-3016-son qaroriga 3a-ILOVA
Majburiy ijro byurosi tumanlararo bo‘limlarining
namunaviy tashkiliy-shtat tuzilmasi
Bo‘lim boshlig‘i
Davlat ijrochisi
8 — 36
Boshqaruv xodimlari umumiy shtat birliklari soni 9 — 37 birlik. Majburiy ijro byurosi tumanlararo bo‘limlarining O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan boshqaruv xodimlari umumiy cheklangan soni 275 birlik.
* texnik va yordamchi xodimlar shtat birliklari soni o‘rnatilgan me’yorlar asosida aniqlanadi, bunda har bir tumanlararo bo‘limida kamida 1 nafar ish yurituvchi nazarda tutiladi.
** Qoraqalpog‘iston Respublikasi va har bir viloyatda bittadan tumanlararo bo‘lim, Toshkent shahrida 2 tumanlararo bo‘lim faoliyat yuritadi.
*** Tumanlararo bo‘limlar tashkiliy-nazorat va material-texnik ta’minoti Majburiy ijro byurosi hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi. Tumanlararo bo‘limlar xodimlar soni va saqlashga xarajatlar Majburiy ijro byurosining tegishli hududiy boshqarmalari shtatlar jadvali va xarajatlar smetasida aks etadi”;
6) 4-ilova (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi to‘g‘risidagi Nizom)da:
a) 4-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “tuman (shahar)” so‘zlaridan keyin “va tumanlararo bo‘limlarining” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
b) 5-banddan “tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) prokurorlariga” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
“9. Quyidagilar Byuroning asosiy vazifalari hisoblanadi:
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining so‘zsiz ijrosini ta’minlash;
ijro ishi yuritish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishdan bo‘yin tovlash yoki ijro etilishiga to‘sqinlik qilish, ijro ishi yuritish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari boshqa tarzda buzilganligiga doir huquqbuzarliklarga qarshi kurashish;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda majburiy ijro tizimi tezkorligi va samaradorligini ta’minlash;
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish;
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini takomillashtirish, davlat ijrochilari faoliyatining samaradorligini oshirish”;
“10. Byuro o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining so‘zsiz ijrosini ta’minlash sohasida:
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosini ta’minlaydi, majburiy ijro etish qonun bilan boshqa davlat organlariga yuklatilgan hujjatlar bundan mustasno;
vakolatli organlarning mol-mulkni, shu jumladan huquqbuzarlik buyumlari va qurollari hamda ashyoviy dalillarni davlat daromadiga o‘tkazish yoki yo‘q qilib tashlashni nazarda tutuvchi qarorlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ijro qiladi;
xatlangan va olib qo‘yilgan mol-mulkning baholanishi, saqlanishi va sotilishini tashkil qiladi;
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari majburiy ijrosini ta’minlashda, shu jumladan qarzdorlarning pul mablag‘lari va boshqa mol-mulkini qidirishda davlat organlari, kredit va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi, ushbu maqsadlarda ko‘rsatilgan davlat organlarining ma’lumotlar bazalaridan belgilangan tartibda foydalanadi;
qarzdor — jismoniy shaxslar va olib qo‘yilishi lozim bo‘lgan bolani qidirishni amalga oshiradi, bu maqsadlarda tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiradi, shuningdek huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlari bilan hamkorlik qiladi;
o‘z vakolatlari doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning arizalari, takliflari va shikoyatlarini ko‘rib chiqadi;
aholining huquqiy madaniyatini oshirish, qonun va odil sudlovni hurmat qilish, jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasida sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini so‘zsiz va ixtiyoriy ravishda bajarish zaruriyatini shakllantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
ommaviy axborot vositalari va keng jamoatchilik bilan hamkorlik qiladi, ularni o‘z faoliyati natijalari to‘g‘risida xabardor qiladi, ushbu maqsadlarda seminarlar, brifinglar, press-konferensiyalar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni o‘tkazadi;
b) ijro ishi yuritish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishdan bo‘yin tovlash yoki ijro etilishiga to‘sqinlik qilish, ijro ishi yuritish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari boshqa tarzda buzilganligiga doir huquqbuzarliklarga qarshi kurashish sohasida:
ijro ishi yuritish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga, shu jumladan ijro ishi yuritish taraflari, baholash tashkilotlari, ijro hujjatlar bo‘yicha mol-mulkni saqlash va sotish ishlarini amalga oshiruvchi tashkilotlar, bank va boshqa kredit tashkilotlari, qarzdorga ish haqi yoki boshqa unga tenglashtirilgan to‘lovlarni to‘layotgan tashkilotlar (shaxslar) hamda majburiy ijro organi hisoblanmagan va sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijrosini ta’minlovchi tashkilot va mansabdor shaxslar, shuningdek qarzdorlarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan huquqiy ta’sir choralarini amalga oshiruvchi tashkilotlar va mansabdor shaxslar tomonidan rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishga oid qonun hujjatlari buzilishining oldini olish, bartaraf etish, shuningdek buzilgan huquqlarni tiklash choralarini ko‘radi;
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro qilmaslik holatlarini aniqlash, bartaraf etish va ularning oldini olishda ichki ishlar organlari, boshqa huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
sud qarori yoki boshqa ijro hujjatlarini bajarmaslik, band solingan mol-mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etish, shuningdek voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni, ota-onani moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlashga, ijro ishi yuritish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari boshqa tarzda buzilganligiga doir huquqbuzarliklar bo‘yicha surishtiruv va tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiradi;
ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritadi, Byuro vakolatiga taalluqli ishlarni ko‘rib chiqadi va ma’muriy jazo qo‘llaydi;
ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritish amaliyotini tahlil qiladi, ularning hisobini olib boradi hamda ushbu sohada yagona amaliyotni shakllantirish choralarini ko‘radi;
Byuro vakolatiga taalluqli ishlar bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv va surishtiruv o‘tkazadi, shuningdek tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiradi;
tergovga qadar tekshiruv va surishtiruv o‘tkazish, protsessual qarorlar qabul qilish, tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshirish amaliyotini o‘rganib boradi, ularning hisobini yuritadi va bu borada faoliyat samaradorligini oshirish choralarini ko‘radi;
v) zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda majburiy ijro tizimi tezkorligi va samaradorligini ta’minlash sohasida:
ijro hujjatlari hamda undirilgan mablag‘larning haqqoniy hisobini yuritadi;
Ijro ishi yurituvlari yagona elektron bazasini yuritadi;
ijro hujjatlari yuzasidan qarzdorliklarni undirish masalalari bo‘yicha yagona idoralararo elektron hamkorlik tizimi ishlashini ta’minlaydi;
Aliment majburiyatlarini ijro etish va nazorat qilishning yagona axborot tizimi ishlashini ta’minlaydi;
qonun hujjatlari bilan belgilangan ro‘yxatga muvofiq yirik bitimlar, ayrim turdagi moliya-kredit xizmatlari, xalqaro yo‘lovchi tashish xizmatlari va davlat xizmatlarini amalga oshirishda ijro hujjatlari bo‘yicha to‘lanmagan qarzdorlik mavjudligini onlayn rejimda tekshirish uchun (huquqiy ta’sir choralarini amalga oshirish uchun) davlat organlari va tashkilotlarining Byuro ma’lumotlar bazalariga ulanishini ta’minlaydi;
Byuro organlari ish yurituvidagi ijro hujjatlari bo‘yicha ijro harakatlari amalga oshirilishining avtomatlashtirilgan monitoringi bo‘yicha davlat interaktiv xizmatini ko‘rsatadi;
elektron onlayn-auksionlar operatori bilan elektron hamkorlik qiladi hamda ijro harakatlarini olib borish davomida xatlangan mol-mulkni realizatsiya qilish taomiliga elektron tijoratni joriy etish bo‘yicha choralar ko‘radi;
Byuro zimmasiga yuklatilgan vazifalarni tezkorlik bilan va samarali bajarish maqsadida majburiy ijro organlari axborot tizimlari, axborot resurslari va ma’lumotlar bazasini takomillashtirish choralarini ko‘radi;
Byuro organlarida axborot xavfsizligini ta’minlash va shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish choralarini ko‘radi;
axborot tizimlari, resurslari va ma’lumotlar bazasini ishlatish, axborot xavfsizligini ta’minlash sohasida Byuro xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
g) sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish sohasida:
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish masalasida xorijiy davlatlar majburiy ijro organlari va boshqa vakolatli davlat organlari bilan xalqaro hamkorlik qiladi;
xalqaro shartnomalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining sud qarorlari ijrosiga oid qismi hamda ijro hujjatlari bo‘yicha jismoniy shaxslar-qarzdorlarni qidirish qismi bajarilishini tashkil qiladi;
xorijiy davlatlarning majburiy ijro organlari, boshqa vakolatli organlari hamda ixtisoslashtirilgan xalqaro tashkilotlar bilan sud hujjatlarini ijro etishda o‘zaro huquqiy yordam ko‘rsatish masalalarida, shuningdek qonuniy kuchga kirgan sud qarorlari bo‘yicha aktivlarni qaytarish masalalarida hamkorlik qiladi;
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish sohasida hamkorlik masalalari bo‘yicha xalqaro shartnomalar loyihalarini ishlab chiqishda qatnashadi;
Byuro vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan, shuningdek Sud ijrochilari xalqaro ittifoqi bilan belgilangan tartibda o‘zaro hamkorlik qiladi;
d) sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini takomillashtirish, davlat ijrochilari faoliyatining samaradorligini oshirish sohasida:
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish sohasida huquqni qo‘llash amaliyotini tahlil qiladi va umumlashtiradi hamda uni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi;
ijro ishi yuritish tizimini takomillashtirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va ularni tayyorlashda ishtirok etadi, o‘z vakolati doirasida ijro ishi yuritishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi;
samarali ish uslublarini ishlab chiqadi va amaliyotga joriy qiladi, Byuro davlat ijrochilari va boshqa xodimlarini boshlang‘ich tayyorlash, qayta tayyorlash va kasb mahoratini oshirish choralarini ko‘rish bo‘yicha tizimli ishlarni olib boradi;
erishgan natijalarga qarab Byuro xodimlarini ijtimoiy himoya qilish va moddiy rag‘batlantirish choralarini ko‘radi, Byuro davlat ijrochilari va boshqa xodimlari ishini reyting baholash tizimini joriy etadi;
Byuro organlarida ichki xavfsizlikni ta’minlaydi, Byuro organlari xodimlari faoliyatiga noqonuniy aralashish, xizmatni o‘tash bilan bog‘liq xodimlar va ularning oila a’zolarining shaxsiy hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkini tahdidlardan himoya qilish choralarini ko‘radi;
ijro ishi yuritishda sansalorlik va suiiste’molchilik holatlarining oldini olish bo‘yicha choralar ko‘radi;
Byuro organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish va oldini olish bo‘yicha tizimli ish olib boradi, Byuro organlarida korrupsiyaga qarshi nazorat tizimini (“komplayens-nazorat”) joriy etadi va ishlashini ta’minlaydi;
davlat ijrochilari va boshqa xodimlar tomonidan Majburiy ijro organlarida xizmatni o‘tash qoidalari va odob-axloq qoidalariga rioya etilishi ustidan qattiq nazoratni ta’minlaydi.
Byuro qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin”;
“12. Byuro sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining o‘z vaqtida va to‘liq ijro etilishini ta’minlash, shuningdek yuklatilgan boshqa vazifalarni samarali bajarish uchun javobgardir”;
yo) 15-bandning “i” kichik bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin;
j) quyidagi mazmundagi 151-band bilan to‘ldirilsin:
“151. Byuro direktori tashabbuskor va malakali mutaxassislardan iborat doimiy faoliyat yuritadigan, shuningdek davlat organlari va tashkilotlar mutaxassislaridan iborat boshqa belgilangan to‘lovlardan tashqari Byuroning budjetdan tashqari mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qo‘shimcha ravishda har oylik mehnat haqi fondining (pul ta’minotining) ikki baravarigacha bo‘lgan miqdorda haq to‘lanadigan ekspert-tahlil guruhlarini tuzishga haqli”;
“18. Byuroning tuman (shahar), tumanlararo bo‘limlari boshliqlari katta davlat ijrochilari, ularning o‘rinbosarlari tegishincha katta davlat ijrochilari o‘rinbosarlari hisoblanadi”;
“Byuroning markaziy apparati tarkibiy tarmoqlari (bosh inspektorlar bundan mustasno) va uning hududiy boshqarmalari boshliqlari Byuro direktorining taqdimnomasiga binoan Bosh prokuror tomonidan amalga oshiriladi”;
to‘rtinchi xatboshi “tuman (shahar)” so‘zlaridan keyin “va tumanlararo” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
“21. Byuroning markaziy apparati va hududiy tuzilmalarning (moliya-xo‘jalik tuzilmalari bundan mustasno) xodimlari o‘z maqomiga ko‘ra prokuratura organlari xodimlari hisoblanadi.
Maqomiga ko‘ra prokuratura organlari xodimlari hisoblangan xodimlarga darajali unvonlar beriladi va ular O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi nizomga muvofiq xizmatni o‘taydilar”;
l) 22-bandning birinchi xatboshisidagi “shuningdek, maxsus toifalar beriladigan mansablarni egallab turgan” so‘zlari chiqarib tashlansin;
7) 5-ilova (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosida va Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi Nizom)da:
a) nomidan “va Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasida” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 1-banddagi “va Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasiga (keyingi o‘rinlarda — Inspeksiya)” so‘zlari chiqarib tashlansin;
“3. Byuroda xizmatni o‘tashning huquqiy asoslarini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonuni, ushbu Nizom, boshqa qonun hujjatlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori (keyingi o‘rinlarda Bosh prokuror deb yuritiladi) va Byuro direktorining buyruqlari tashkil qiladi”;
d) 6 va 7-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Byuroda xizmat qilish uchun yurisprudensiya, moliya, iqtisodiyot, va boshqa sohalarda oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotli, sog‘lig‘iga ko‘ra xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan, zarur kasb-kor va ma’naviy fazilatlarga ega O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadilar.
Bunda Byuroning davlat ijrochilari lavozimlariga oliy yoki o‘rta maxsus yuridik ma’lumotga ega, ayrim hollarda boshqa mutaxassislikdagi oliy ma’lumotga ega shaxslar, Byuroning boshqa lavozimlariga — oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotli boshqa mutaxassislikka (iqtisodchi, moliyachi, muhandislar va boshqalar) ega shaxslar ham tayinlanadi.
Yuridik ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslarni davlat ijrochisi lavozimiga xizmatga qabul qilish, alohida hollarda Byuro direktorining yozma ruxsati va Byuroning markaziy apparatida tuzilgan maxsus komissiyaning nomzodni davlat ijrochisi xizmat vazifalarini bajarishga malakasi, kasb mahorati va ish tajribasi muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi asosida ruxsat etiladi.
Ushbu bandning uchinchi xatboshisida belgilangan tartib tezkor-qidiruv faoliyati, surishtiruv va ma’muriy amaliyot faoliyati bilan shug‘ullanadigan Byuro tuzilmalarida xizmatni o‘tash uchun nomzodlarga ham tatbiq etiladi.
Byuro organlarida lavozimlarni (shu jumladan rahbar lavozimlarni) egallash uchun mutaxassislik, ma’lumot darajasi va minimal ish tajribaga qo‘yiladigan talablar Byuro direktori tomonidan tasdiqlanadi.
7. Byuroga xizmatga qabul qilish, tarkibi Byuro direktori tomonidan tasdiqlanadigan konkurs komissiyasi tomonidan nomzodlarning ushbu Nizomda belgilangan talablarga muvofiqligini o‘rganish, shu jumladan bilim darajasi, zarur kasb malakasi va ishchanlik qobiliyatini aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan konkurs asosida amalga oshiriladi.
Byuroga xizmatga qabul qilishda zimmalariga yuklanadigan xizmat vazifalarini bajarishga sog‘lig‘i imkon berishini aniqlash maqsadida nomzodlar majburiy tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi”;
“8. Xodimlarni xizmatga qabul qilish va lavozimga tayinlash Bosh prokuror, Byuro direktori yoki Byuroning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda hududiy boshqarmalar deb yuritiladi) boshliqlarining buyruqlari bilan rasmiylashtiriladi”;
“12. Xodimlarning lavozimlari ro‘yxati Byuro direktori tomonidan tasdiqlanadigan shtat jadvali bilan belgilanadi.
Byuro faoliyatining ichki tizimini tashkil etish tegishlicha Byuro direktori tomonidan tasdiqlanadigan Reglament hamda hududiy boshqarmalarning Namunaviy reglamenti bilan belgilanadi”;
j) quyidagi mazmundagi 131-band bilan to‘ldirilsin:
“131. Davlat ijrochisi lavozimiga ilk bor yoki davlat ijrochisi maqomidagi boshqa lavozimga (bosh davlat ijrochisi yoki uning o‘rinbosari lavozimi bundan mustasno) tayinlanayotgan shaxs (Byuro organlarida faoliyat yuritayotgan xodimlar bundan mustasno) ishlashiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasida maxsus o‘quv kursini o‘taganidan keyin ruxsat beriladi”;
“14. Xodimlar xizmatni o‘tash davrida Bosh prokuror tomonidan tasdiqlanadigan prokuratura organlari xodimlarining kasb odobnomasiga rioya qilishlari shart.
Prokuratura organlari xodimlarining kasb odobnomasi talablarini buzish belgilangan tartibda javobgarlikni keltirib chiqaradi. Mazkur qoidalar buzilishining har bir holati bo‘yicha xizmat tekshiruvi o‘tkaziladi.
Xizmat tekshiruvni o‘tkazish davrida Byuro xodimi vaqtinchalik, lekin bir oydan ortiq bo‘lmagan muddatga xizmat vazifalarini bajarishdan ozod qilinishi mumkin.
Xizmat tekshiruvini o‘tkazish va Byuro xodimini vaqtinchalik xizmat vazifalarini bajarishdan ozod qilish tartibi Bosh prokuror tomonidan belgilanadi”;
“17. Byuro xodimlariga Bosh prokuror tomonidan belgilangan shaklda va tartibda xizmat guvohnomalari beriladi.
Byuro direktori xizmat guvohnomasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti imzosi qo‘yilgan holda beriladi.
Byuroning Bosh prokuror tomonidan lavozimga tayinlanadigan xodimlariga xizmat guvohnomalari O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi (keyingi o‘rinlarda Bosh prokuratura deb yuritiladi) tomonidan beriladi.
Guvohnoma Byuro xodimining aybi bilan yo‘qotilishi lavozimdagi nojo‘ya xatti-harakat hisoblanadi va intizomiy javobgarlikni keltirib chiqaradi. Guvohnoma yo‘qotilishining har bir holati bo‘yicha xizmat tekshiruvi o‘tkaziladi”;
“18. Xodimlarni egallab turgan lavozimlariga xizmat bo‘yicha muvofiqligini aniqlash maqsadida Byuro direktori tomonidan belgilangan tartibda va muddatlarda attestatsiya o‘tkaziladi.
Lavozimiga Bosh prokurorning buyruqlari bilan tayinlanadigan xodimlar Bosh prokuraturaning attestatsiya komissiyasi tomonidan, lavozimiga Byuro direktori, Byuroning hududiy boshqarmalari boshliqlarining buyruqlari bilan tayinlanadigan xodimlar esa — tegishlicha Byuro va uning hududiy boshqarmalarining attestatsiya komissiyalari tomonidan attestatsiyadan o‘tkaziladi”;
m) 19-bandning uchinchi xatboshisidagi “tegishlicha Byuro direktori va Inspeksiya boshlig‘i” so‘zlari “Bosh prokuror” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“22. Xodimlarga egallab turgan lavozimiga mutanosib ravishda quyidagi darajali unvonlar beriladi:
2-darajali Davlat adliya maslahatchisi — Byuro direktori;
3-darajali Davlat adliya maslahatchisi — Byuro direktori o‘rinbosarlari;
adliya katta maslahatchisi — Byuro markaziy apparati boshqarma va bo‘lim boshliqlari, Byuroning Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish markazi direktori (keyingi o‘rinlarda — Markaz), Byuroning hududiy boshqarma boshliqlari;
adliya maslahatchisi — Byuro direktori yordamchisi, boshqarma va bo‘lim boshliqlari o‘rinbosarlari, Byuroning markaziy apparati bosh surishtiruvchisi, bosh taftishchisi, bosh inspektorlari, Markaz direktori o‘rinbosari, bo‘lim boshliqlari, Byuroning hududiy boshqarma boshliqlari o‘rinbosarlari, Byuro hududiy boshqarmalarining bo‘lim boshliqlari, jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘yicha katta inspektorlari, ichki xavfsizlikni ta’minlash shu’basi katta inspektorlari, Byuro tuman (shahar) va tumanlararo bo‘lim boshliqlari — katta davlat ijrochilari;
adliya kichik maslahatchisi — Byuro markaziy apparati katta surishtiruvchilari, katta inspektorlari, Markaz dasturchilari, ma’murlari, muhandislari, shu’ba mudirlari, axborot texnologiyalari mutaxassisi, Byuro hududiy boshqarmalarining katta surishtiruvchilari, surishtiruvchilari, katta inspektorlari, inspektorlari, bosh taftishchilari, katta taftishchilari, axborot texnologiyalari mutaxassislari, tuman (shahar) bo‘lim boshliqlari o‘rinbosarlari;
1 va 2-darajali yurist — Byuro tuman (shahar) bo‘limlari davlat ijrochilari, surishtiruvchilari, qidiruv bo‘yicha katta inspektorlari, murojaatlar bilan ishlash katta inspektorlari;
3-darajali yurist — birinchi marta attestatsiyadan o‘tgan va lavozimga tayinlangan xodimlarga beriladi.
Ushbu Nizomning 67-bandida sanab o‘tilgan xodimlarga lavozimidan qat’i nazar, darajali unvonlar o‘z vaqtida beriladi”;
ikkinchi xatboshidagi “Byuro direktori, Inspeksiya boshlig‘i, Byuro va Inspeksiyaning hududiy boshqarma boshliqlari” so‘zlari “Byuro direktori, Byuroning hududiy boshqarma boshliqlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Qimmatbaho sovg‘a, Faxriy yorliq bilan taqdirlash, navbatdan tashqari darajali unvon yoki navbatdagi darajali unvonni belgilangan muddatdan oldin yoxud egallab turgan lavozimidan qat’iy nazar berish, “O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasining Faxriy xodimi”, I, II, III darajali “A’lo xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori hamda Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Faxriy yorlig‘i bilan mukofotlash Bosh prokuror tomonidan amalga oshiriladi”;
“Byuro direktori, Byuroning hududiy boshqarmalari boshliqlari bo‘ysunuvidagi xodimlarga nisbatan hayfsan va jarima shaklidagi intizomiy jazolarni qo‘llashlari mumkin. Bundan tashqari, ular qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlardagi kelishish tartibiga rioya qilgan holda xizmatga qabul qilish va lavozimiga tayinlash o‘z vakolatiga kiruvchi xodimlarning lavozimini pasaytirishi yoxud xizmatdan bo‘shatishi mumkin”;
ikkinchi xatboshidagi “Inspeksiya boshlig‘ining o‘rinbosarlari, Byuro va Inspeksiya hududiy boshqarmalari boshliqlari, shuningdek Byuroning, Inspeksiyaning markaziy apparatlari” so‘zlari “hududiy boshqarmalari boshliqlari, shuningdek Byuroning markaziy apparati” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“49. Kadrlar zaxirasiga nomzodlar Byuro direktori, uning o‘rinbosarlari, Byuro markaziy apparati tarkibiy tarmoqlari rahbarlari va hududiy boshqarmalar boshliqlari, shuningdek prokuratura organlari, Byuro attestatsiya komissiyalari tomonidan taqdim etiladi.
Mas’uliyatli, malakali va tajribali xodimlarning xizmat pog‘onasida yuqorilab borishini ta’minlash maqsadida Byuroning kadrlar boshqarmasi tomonidan ichki xavfsizlikni ta’minlash boshqarmalari va Byuroning boshqa tuzilmalari bilan birgalikda kadrlar zaxirasiga nomzodlarni xolisona tanlash, ularni o‘rganish hamda kasbga tizimli ravishda tayyorlash amalga oshiriladi”;
“Byuro va uning hududiy boshqarmalarining rahbar lavozimlariga kadrlar zaxirasi tegishlicha Byuro va uning hududiy boshqarmalarining hay’atlarida tasdiqlanadi”;
ch) 53-bandning birinchi xatboshisidagi “Inspeksiya xodimlari xizmat avtotransporti va maxsus vositalar bilan” so‘zlari chiqarib tashlansin;
“55. Byuro xodimlarini moddiy rag‘batlantirish budjetdan ajratiladigan mablag‘lar, Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, shuningdek qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan Bosh prokuror tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
“56. Xodimlarga davomiyligi o‘ttiz kalendar kundan iborat haq to‘lanadigan yillik ta’til beriladi. O‘n yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan xodimlarga davomiyligi besh kalendar kun, o‘n besh yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lganlarga davomiyligi o‘n kalendar kun, yigirma yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lganlarga esa davomiyligi o‘n besh kalendar kun haq to‘lanadigan qo‘shimcha ta’til beriladi”;
“Xizmatda bo‘lish yoshining chegarasiga yetgan, yuqori kasbiy tayyorgarlik va egallab turgan lavozimida katta amaliy ish tajribasiga ega, zimmasiga yuklanadigan xizmat vazifalarini bajarishga sog‘lig‘i imkon beradigan xodim o‘z vakolatlari doirasida Bosh prokuror yoki Byuro direktorining roziligi bilan Byuroda xizmatni davom ettirishi mumkin”;
“72. Byuro va uning xodimlari o‘rtasidagi mehnat nizolari Bosh prokuror va Byuro direktori tomonidan ko‘rib chiqilishi mumkin”;
ya3) nizomning ilovasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi nizomga ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining darajali unvonlarga ega bo‘lgan xodimlari mansab maoshlariga alohida mehnat sharoitlari uchun har oylik ustamalar
MIQDORLARI
Bo‘linmalarning nomlanishi
Mansab maoshiga ustamalarning miqdori (foizlarda)
Markaziy apparat
50
Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning boshqarmalari
“O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi markaziy apparati xodimlarining Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lash
“Byuro tuman (shahar) bo‘limlari xodimlarining Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lash
RAZRYADLARI
Lavozimlar nomi
Razryadlar
Bo‘lim boshlig‘i—katta davlat ijrochisi
14
Bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari*
Davlat ijrochisi
13
Depozit bo‘yicha mutaxassis
12
* Byuro tuman (shahar) bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosariga bo‘lim boshlig‘i stavkasidan 5% kam miqdorda”.
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-iyundagi “Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3060-son qarorida:
“Jamg‘armani boshqarish va uning mablag‘larini taqsimlash O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari boshqaradigan Kuzatuv kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
Kuzatuv kengashi tarkibiga lavozimiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori shuningdek boshqa mas’ul shaxslar ham kiradi.
Jamg‘arma mablag‘lari to‘planishi va sarflanishini tezkor boshqarish O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi o‘rinlarda Byuro deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.”;
a) 2-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Jamg‘armaning asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi o‘rinlarda Byuro deb yuritiladi) organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish, shuningdek majburiy ijro tizimini takomillashtirish va samaradorligini oshirish, Byuro va prokuratura organlari faoliyatini ta’minlashga qaratilgan boshqa tadbirlarni moliyalashtirish hisoblanadi”;
“4. Jamg‘arma mablag‘lari quyidagilar hisobidan shakllantiriladi:
vakolatli organlar tomonidan olib qo‘yilgan va davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulklarni sotishdan, shuningdek qarzdorning mol-mulkini sotish hisobiga soliq qarzdorligini (davlat bojidan tashqari) undirishdan tushgan mablag‘larning 8 foizi;
Byuro organlari tomonidan olib qo‘yilgan va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulklarni sotishdan tushgan mablag‘larning 8 foizi;
ijro ishi yurituvi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga undirilgan summaning 5 foizi, qarzdorning mol-mulkini sotish hisobiga undirilgan soliq qarzdorligi bundan mustasno;
davlat ijrochilari tomonidan undiriladigan ijro yig‘imi mablag‘larining 100 foizi;
Byuro xodimlari tomonidan qo‘llaniladigan va undiriladigan jarimalar, shuningdek pul mablag‘larini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatini ijro etmaganligi uchun bank yoki boshqa kredit tashkilotlariga nisbatan qo‘llaniladigan va undiriladigan jarimalar summasining 80 foizi;
Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
Byuro, shuningdek prokuratura organlarining Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan xarid qilingan asosiy vositalarini sotishdan olingan mablag‘larning 50 foizi, qolgan 50 foizi davlat budjetiga o‘tkaziladi. Byuro va prokuratura organlari tomonidan asosiy vositalar ommaviy savdolarda sotilgan taqdirda, mablag‘larni taqsimlash ularni baholash va sotish xarajatlari chiqarib tashlangandan keyin amalga oshiriladi;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa daromadlar”;
“7. Jamg‘arma mablag‘lari quyidagilarga yo‘naltiriladi:
bino va inshootlarini saqlash, foydalanish, qurish va ta’mirlashga;
Byuro organlarini moddiy-texnik jihatdan ta’minlashga, shu jumladan ularni zarur inventarlar, mebel, aloqa, kompyuter va boshqa orgtexnika hamda boshqa vositalar bilan ta’minlashga, shuningdek kommunal-foydalanish va boshqa joriy xarajatlarining O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanmagan qismiga;
xizmat va maxsus avtotransport, shuningdek boshqa texnika vositalarini sotib olishga, ularga servis xizmati ko‘rsatish, ehtiyot qismlari va yoqilg‘i-moylash materiallari bilan ta’minlashga;
Byuro xodimlari mehnatga haq to‘lash fondining Davlat budjetidan moliyalashtirilmaydigan qismini moliyalashtirishga, shuningdek Byuro xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga va ijtimoiy muhofaza qilishga (xizmat uy-joy qurish, sanatoriya-kurort va tibbiy xizmat ko‘rsatish, mukofotlar to‘lash, maoshlarga ustamalar belgilash, moddiy yordam ko‘rsatish va hokazo);
qo‘shimcha xodimlarni saqlab turishga, shuningdek tegishli mutaxassislarni fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida Byuroga ishga jalb qilishga;
belgilangan tartibda Byuro xodimlariga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijaraga turganlik) uchun to‘lovlarni kompensatsiya qilishga;
prokuratura organlari xodimlariga uy-joy va avtotransport vositalarini sotib olish bo‘yicha kreditlarning dastlabki badalini kiritish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foizsiz qarz berishga;
Byuro organlari xodimlariga ovqatlanish va yo‘lkira xarajatlari uchun oylik to‘lovlar to‘lab berishga;
axborot tizimlari, shu jumladan axborot-kompyuter tizimlari, Byuro ma’lumotlar bazasi va axborot resurslarini tashkil etish, xizmat ko‘rsatish, boshqarish, takomillashtirish va kengaytirish hamda Byuro organlari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va axborot xavfsizligiga qaratilgan boshqa tadbirlarni amalga oshirishga;
Byuro xodimlarini, shu jumladan xorijiy davlatlarning ilmiy-tadqiqot, ta’lim va boshqa muassasalarida o‘qitish, malakasini oshirish hamda stajirovka o‘tashiga;
Byuro vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyuradigan xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar delegatsiyalarining tashriflarini tashkil etishga;
Byuro xodimlarining mamlakat ichkarisidagi va uning tashqarisidagi xizmat safari xarajatlarini to‘lashga;
Byuroning seminarlari, davra suhbatlari, konferensiyalari, amaliy mashg‘ulotlari, treninglari, profilaktika va boshqa tadbirlarini o‘tkazishga;
Byuro faoliyati uchun zarur bo‘lgan bosma va boshqa materiallar bilan ta’minlashga;
Sud ijrochilarning xalqaro ittifoqi, boshqa ixtisoslashtirilgan xalqaro va regional tashkilotlarda a’zolik uchun badal to‘lashga;
davlat daromadiga o‘tkazilgan aktivlarni xorijiy davlatlardan qaytarish bilan bog‘liq bo‘lgan qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini ijro etilishini ta’minlash uchun Byuro tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlarni, shu jumladan xizmat safarlari xarajatlarini qoplash, o‘zga tashkilotlarning axborot-maslahat xizmatlari, huquqiy va boshqa xizmatlarni, yig‘im va bojlarni moliyalashtirishga (qaytarilgan aktivlar yoki ular sotilishidan tushgan mablag‘lar hisobidan ushbu xarajatlarni Jamg‘armaga qoplash (qaytarish) sharti bilan);
Majburiy ijro tizimi, Byuro organlari va boshqa prokuratura organlari faoliyati samaradorligini ta’minlash va takomillashtirishga qaratilgan boshqa tadbirlarga”;
e) 9-banddagi “Byuro va prokuratura” va “Jamg‘arma direksiyasi” so‘zlari tegishlicha “Byuroning hududiy boshqarmalari va boshqa” va “Byuro” so‘zlari bilan almashtirilsin;
yo) 10-banddagi “va prokuratura organlari rahbarlari” so‘zlari “direktori” so‘zi bilan almashtirilsin;
“12. Xarajatlarni moliyalashtirish Byuro organlari va boshqa prokuratura organlari tomonidan Byuroga taqdim etiladigan talabnomalar, to‘lovlar jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi”;
z) 13-banddan “Byuro va prokuratura organlari” so‘zlari chiqarib tashlansin;
i) 14-banddagi “Byuro va prokuratura organlari tomonidan Jamg‘arma Direksiyasiga” so‘zlari “Byuro organlari va boshqa prokuratura organlari tomonidan Byuroga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Kuzatuv kengashi tarkibiga lavozimiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i, shuningdek, boshqa mas’ul shaxslar ham kiradi”;
“22. Jamg‘armaning joriy faoliyatiga rahbarlik, shu jumladan Jamg‘arma mablag‘lari to‘planishi va sarflanishini tezkor boshqarish Byuro tomonidan amalga oshiriladi”;
“25. Byuro Jamg‘armaning joriy faoliyatiga rahbarlikni amalga oshirish doirasida quyidagilarga majbur”;
oltinchi xatboshida “va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga” so‘zlari “organlari va boshqa prokuratura organlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
r) 26-27-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin;
“28. Byuro har hisobot choragidan keyingi oyning 10-sanasidan kechiktirmasdan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga daromadlari va xarajatlari bo‘yicha ma’lumotlar, shuningdek Jamg‘arma Kuzatuv kengashiga yillik hisobotni taqdim etadi. Byuro har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanilishi to‘g‘risida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisobot taqdim etadi”;
“Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasining Kuzatuv kengashi
TARKIBI
1.
A. Xolmaxmatov
—
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari, Kuzatuv kengashi raisi
2.
J.I. Abruyev
—
O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri o‘rinbosari
3.
X.M. Kabirdjanov
—
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori
4.
K.A. Suleymanov
—
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i
5.
U.T. Sadikov
—
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Ishlar boshqarmasi boshlig‘i
Izoh: Kengash a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga tayinlangan yoki tegishli funksiyalar yuklangan shaxslar kiritiladi”;
“a) lavozim maoshidan. Darajali unvonlarga ega bo‘lgan Byuro xodimlarining lavozim maoshini yagona tarif setkasi bo‘yicha tasdiqlangan mehnatga haq to‘lash razryadlari bo‘yicha aniqlashda tarif koeffitsiyentlari bir yarim baravar miqdorda qo‘llaniladi”;
“Byuroning boshqa boshqaruv xodimlariga ko‘p yillik mehnati uchun har oylik ustama haq to‘lash prokuratura xodimlari uchun belgilangan miqdorda amalga oshiriladi. Bunda ustama miqdorini belgilashda xodimning umumiy ish staji inobatga olinadi (oliy o‘quv yurtidagi kunduzgi ta’lim davri bundan mustasno)”;
“v) quyidagilarni o‘z ichiga oladigan rag‘batlantiruvchi va boshqa to‘lovlardan:
xodimlar faoliyatini individual baholash asosida xizmat vazifalarini vijdonan va tashabbuskorlik bilan bajarganligi hamda ishdagi yuksak yutuqlari uchun ularni yilda ikki oylik mehnatga haq to‘lash fondi miqdorida mukofotlash;
bayramlar, muhim va yubiley sanalari, uzoq yillik hamda bekamu ko‘st xizmati (mehnati) uchun, pensiyaga chiqqanda va boshqa shu kabi holatlar munosabati bilan mukofotlash, shuningdek mehnatga haq to‘lash fondining 15 foizi hisobidan shakllantiriladigan Moddiy rag‘batlantirish maxsus fondi mablag‘lari hisobidan shaxsiy ustamalar;
ovqatlanish xarajatlarini qoplash uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining bir baravarigacha miqdordagi oylik to‘lovlar;
Byuro tuman va shahar hamda tumanlararo bo‘limlari xodimlariga — yo‘lkira xarajatlarini qoplash uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining bir baravarigacha miqdordagi oylik to‘lovlar, xizmat avtotransporti biriktirilgan xodimlar bundan mustasno;
kuz-qish mavsumida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining besh baravari miqdorida yillik to‘lovlar;
yilda bir marta oylik mehnatga haq to‘lash fondi miqdorida moddiy yordam ko‘rsatish;
baxtsiz hodisaga uchragan, shuningdek xizmat vazifalarini bajarishda halok bo‘lgan Byuro xodimlarining oilasiga moddiy yordam ko‘rsatish.
Ovqatlanish va yo‘lkira xarajatlari uchun oylik to‘lovlarning mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining bir baravaridan yuqori miqdorini belgilash, shuningdek moddiy rag‘batlantirish fondi miqdorini ko‘paytirish Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi Kuzatuv kengashining qarori bilan amalga oshiriladi”;
b) 6-bandning to‘rtinchi xatboshisi “tuman (shahar)” so‘zlaridan keyin “va tumanlararo” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
“13. Byuro xodimlarining mehnatga haq to‘lash fondiga kiradigan quyidagi to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladi:
lavozim maoshi;
alohida mehnat sharoitlari uchun oylik ustama;
mehnatni rag‘batlantirish koeffitsiyenti (Byuro tuman (shahar) bo‘limlari xodimlaridan tashqari);
darajali unvon uchun lavozim maoshiga oylik ustama (Byuro tuman (shahar) bo‘limlari xodimlaridan tashqari);
yilda ikki oylik mehnatga haq to‘lash fondi miqdorida mukofot;
yilda oylik mehnatga haq to‘lash fondi miqdorida moddiy yordam;
15 foizlik Moddiy rag‘batlantirish fondi.
Byuro xodimlarining mehnatga haq to‘lash fondiga kiradigan boshqa to‘lovlar, shuningdek boshqa moddiy rag‘batlantirish choralari Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi”;
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish markazini tashkil qilish to‘g‘risida”gi PQ-3070-son qarorida:
1) 1-banddagi “25” va “42” raqamlari tegishincha “15” va “28” raqamlari bilan almashtirilsin;
“ijro ishi yuritish yagona ma’lumotlar bazasini, Ijro hujjatlari yuzasidan qarzdorliklarni undirish masalalari bo‘yicha yagona idoralararo elektron hamkorlik tizimini, Aliment majburiyatlarini ijro etish va nazorat qilishning yagona axborot tizimini, majburiy ijro organlari faoliyatida ishlatiladigan boshqa axborot resurslari, ma’lumotlar bazalari va dasturiy komplekslarni kuzatish va boshqarish;
ijro hujjatlari va ular bo‘yicha undirilgan summalar ishonchli hisobini yuritish, alohida jarayonlarni avtomatlashtirish orqali ijro hujjatlari tizimi tezkorligi va samaradorligini oshirish hamda sifati davlat interaktiv xizmatlarini ko‘rsatish imkonini beruvchi ilg‘or axborot texnologiyalari va dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish hamda joriy etish”;
“O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish markazi xodimlarining Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lash
RAZRYADLARI
Lavozimlar nomi
Razryadlar
Direktor
18
Direktor o‘rinbosari *
Dasturchi
15
Ma’lumotlar bazasi administratori
13
Korporativ tarmoq administratori
12
Texnik hujjatlashtirish bo‘yicha muhandis
12
Texnik mutaxassis
8
* Direktor lavozimiga mehnat haqi to‘lashdan 5% kam”;
“O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish markazi xodimlarining
SHTATLAR JADVALI
Lavozimlar nomi
Birliklar soni
Direktor
1
Direktor o‘rinbosari
1
Axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarini ishlab chiqish va joriy etish shu’basi
Dasturchi
5
Texnik hujjatlashtirish bo‘yicha muhandis
3
Axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarini yuritish shu’basi
Ma’lumotlar bazasi administratori
1
Korporativ tarmoq administratori
1
Texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash shu’basi
Texnik mutaxassis
3
Jami:
15
”.
16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3149-son qarorining 1-ilovasida:
“25. Auksion obyektining baholangan qiymatining 70 foiziga teng narx boshlang‘ich narx etib, davlat foydasiga undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari bo‘yicha qo‘yilgan mol-mulk sotishda sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish samaradorligini oshirish bo‘yicha hududiy kengashlar qaroriga muvofiq baholangan qiymatining 50 foizigacha teng narx boshlang‘ich narx etib belgilanadi, mazkur bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Garovga qo‘yilgan mol-mulk ushbu mol-mulk bilan ta’minlangan qarzni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari bo‘yicha sotilayotgan mol-mulklarni sotishda u baholangan qiymatiga teng narx boshlang‘ich narx etib belgilanadi.”.
17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-avgustdagi “Sudlar va adliya organlari faoliyatini moddiy-texnik va moliyaviy ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-3240-son qarori 1-ilovasining 2-bandida:
18. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-noyabrdagi “Elektr energiyasi va tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini jadal joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3384-son qarorining 6-bandida:
uchinchi xatboshidan “va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining (keyingi o‘rinlarda Byuro deb yuritiladi)” so‘zlari chiqarib tashlansin;
19. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Jizzax shahrida kanalizatsiya tizimini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3885-son qarorining 4-ilovasi 17-bandining “Mas’ul ijrochilar” ustunidan “Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi (Qudratxo‘jayev)” so‘zlari chiqarib tashlansin.
20. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-iyuldagi “Davlat organlari xodimlarining formali kiyim-bosh kiyib yurishi tartibini maqbullashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4394-son qarorida:
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“xizmat majburiyatlarini bajarayotgan davlat ijrochisi maqomiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlari xodimlari”;
beshinchi xatboshi “ichki ishlar organlari” so‘zlaridan keyin “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
21. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi faoliyati samaradorligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi F-4977-son farmoyishi ilovasida:
28-banddan “Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Qudratxodjayev)” so‘zlari chiqarib tashlansin;
33-band chiqarib tashlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoniga 5-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim hujjatlari
RO‘YXATI
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-noyabrdagi “Qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish uchun to‘lovlarni to‘lash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5580-son Farmonining 1-bandi va 6-bandining “a” kichik bandi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-iyuldagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida o‘zaro hisob-kitoblarni yanada takomillashtirish va moliyaviy barqarorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5761-son Farmonining 1-bandi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2022-y., 06/22/189/0734-son; 02.06.2023-y., 06/23/81/0320-son; 04.01.2024-y., 06/24/1/0001-son; 04.10.2024-y., 06/24/149/0772-son; 23.11.2024-y., 06/24/184/0954-son; 12.02.2025-y., 06/25/17/0127-son)