

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3218772" id="onLBC-3218772">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6780"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.02.00 Elektr taʼminoti;</span></div><div id="LBC6781"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.03.00 Gaz taʼminoti;</span></div><div id="LBC7118"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.11.00 Tabiiy resurslaridan maxsus foydalanganlik va atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun toʻlovlar. Tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmalari]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-3218772" id="onLS-3218772">[<b>TSZ:</b><div id="LS3699"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat;</span></div><div id="LS3746"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">Moliya / Umumiy masalalar]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-3218965" id="-3218965">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3218966" id="-3218966">Farmoni</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-3218967" id="-3218967">Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda isteʼmol qilish sohasida toʻlov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3218968" id="-3218968"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3218969" id="-3218969">Yoqilgʻi-energetika kompleksini modernizatsiya qilish hamda texnologik qayta jihozlash, elektr energiyasi va tabiiy gaz (keyingi oʻrinlarda energiya resurslari deb ataladi) yetkazib berish va isteʼmol qilish sohasida shartnoma majburiyatlariga soʻzsiz rioya etish, shuningdek, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishning taʼsirchan mexanizmlarini yaratish — mamlakatimizda olib borilayotgan, eng avvalo, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini jadal rivojlantirish, investitsiyaviy jozibadorlik va ishbilarmonlik faolligini oshirish, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohasini kengaytirishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlarni samarali amalga oshirishning muhim shartlaridan biri hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3218970" id="-3218970">Shu bilan birga, mazkur sohalarda toʻplanib qolgan jiddiy kamchilik va muammolar energiya resurslari boʻyicha debitor qarzdorlikni keskin kamaytirishga va elektr energetika va gaz tarmoqlarini yanada rivojlantirish, ijro ishi yuritish samaradorligini oshirishga imkon bermagan. Jumladan:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3218971" id="-3218971">birinchidan, taʼminotchi korxonalar tomonidan yetarli choralar koʻrilmaganligi oqibatida isteʼmolchilarning shartnoma majburiyatlariga rioya etishi lozim darajada taʼminlanmagan, ularning aksariyati isteʼmol qilingan energiya resurslari uchun toʻlovlarni muntazam ravishda amalga oshirmagan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3218972" id="-3218972">ikkinchidan, energiya resurslari isteʼmolini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish muddatlarining kechiktirib yuborilganligi yetkazib berilgan va isteʼmol qilingan hajmlar hisobi yuritilishining haqqoniyligini taʼminlashga hamda hisob-kitoblarni oʻz vaqtida amalga oshirishga oʻta salbiy taʼsir koʻrsatmoqda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3218973" id="-3218973">uchinchidan, eskirgan elektr uzatish tarmoqlari, transformator podstansiyalari va punktlari, gaz quvurlari hamda tegishli infratuzilmani yangilash surʼatlarining sustligi — texnologik yoʻqotishlarning koʻpayishiga va energiya resurslarining, ayniqsa, joylarda, surunkali uzilishlar bilan yetkazib berilishiga olib kelmoqda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3218974" id="-3218974">toʻrtinchidan, energiya resurslari boʻyicha qarzdorlik holatini onlayn tarzda kuzatib borish imkonini beruvchi zamonaviy elektron toʻlov tizimlarini rivojlantirish past darajada qolmoqda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3218975" id="-3218975">beshinchidan, “Oʻzbekenergo” AJ va “Oʻztransgaz” AK tomonidan nazoratchilar ishining tashkil etilishi ustidan idoraviy nazorat lozim darajada oʻrnatilmaganligi debitor qarzdorlikning haddan ziyod oʻsishiga olib kelmoqda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3218976" id="-3218976">oltinchidan, qarzdorlarni elektr va gaz tarmogʻidan uzish boʻyicha amaliy choralar koʻrilmasdan, aslida mavjud boʻlmagan qarzdorlikni undirish haqida sudlarga aksariyat “bir xil qolipdagi” arizalarning kiritilishi taʼminotchilarning energiya resurslari uchun haq undirish borasidagi ishlarni tashkil etishga rasmiyatchilik bilan yondashayotganligidan dalolat bermoqda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3218977" id="-3218977">yettinchidan, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud departamenti (keyingi oʻrinlarda Sud departamenti deb ataladi) faoliyatini tashkil etishdagi jiddiy kamchiliklar ijro ishi yuritilishi samaradorligiga oʻzining salbiy taʼsirini koʻrsatmoqda. Amaldagi undiruv koʻrsatkichining 2016-yilda atigi 45 foizni tashkil etganligi ham bundan dalolat beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3218978" id="-3218978">sakkizinchidan, idoralararo hamkorlikning va Sud departamenti faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishning past darajadaligi ijro hujjatlari hisobi yuritilishida haqqoniylikni taʼminlashga, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining soʻzsiz ijro etilishiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3218979" id="-3218979">toʻqqizinchidan, qonuniylikni va ijro intizomini mustahkamlash ishlarida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar oqibatida 2016-yil va 2017-yilning I choragi davomida sodir etgan huquqbuzarliklari uchun “Oʻzbekenergo” AJ va “Oʻztransgaz” AKning 665 nafar, Sud departamentining 36 nafar xodimi jinoiy javobgarlikka tortilgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3218980" id="-3218980">Elektr va gaz taʼminoti sohasida yechimini kutayotgan muammolarni hal qilish boʻyicha taʼsirchan choralarning koʻrilmaganligi iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini jadal rivojlantirish, yoqilgʻi-energetika kompleksini modernizatsiyalash hamda texnologik qayta jihozlash, investitsiyaviy jozibadorlik va ishbilarmonlik faolligini oshirish, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohasini kengaytirish, yangi ish oʻrinlari yaratish, mamlakatning energetika xavfsizligini taʼminlashga toʻsqinlik qiluvchi omil hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3218981" id="-3218981">2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha<a href="/mact/-3107036#-3109146"> Harakatlar strategiyasida </a>belgilangan vazifalarga muvofiq, shuningdek, elektr va gaz taʼminoti sohasida boshqaruv tizimini, nazorat va hisobga olish mexanizmlarini yanada takomillashtirish, toʻlov intizomini mustahkamlash, javobgarlikni kuchaytirish, ijro ishi yuritishning samaradorligini tubdan oshirish maqsadida:</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3218982" id="onLBC-3218982">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC18924"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.06.00 Prokuratura huzuridagi organlar va tashkilotlar]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3218982" id="-3218982">1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Majburiy ijro byurosi (keyingi oʻrinlarda Byuro deb ataladi) tashkil etilsin.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5136510" id="edi-5136510"><a href="/mact/-3218772?ONDATE=30.05.2017 00#-3218983">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5136510" id="-5136510"></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-5136511" id="onLBC-5136511">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7005"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya;</span></div><div id="LBC12463"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.14.00 Sud ish yurituvi sohasida xalqaro hamkorlik;</span></div><div id="LBC22300"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">17.00.00.00 Odil sudlov / 17.06.00.00 Iqtisodiy protsessual qonunchilik / 17.06.06.00 Sud hujjatlarini ijro etish 0;</span></div><div id="LBC18924"><span class="iorRN">4.</span><span class="iorVal">18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.06.00 Prokuratura huzuridagi organlar va tashkilotlar]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5136511" id="-5136511">2. Quyidagilar Byuroning asosiy vazifalari etib belgilansin: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5136512" id="-5136512">sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining soʻzsiz ijrosini taʼminlash; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5136513" id="-5136513">ijro ishi yuritish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishdan boʻyin tovlash yoki ijro etilishiga toʻsqinlik qilish, ijro ishi yuritish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari boshqa tarzda buzilganligiga doir huquqbuzarliklarga qarshi kurashish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5136514" id="-5136514">zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda majburiy ijro tizimi tezkorligi va samaradorligini taʼminlash; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5136515" id="-5136515">sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5136517" id="-5136517">sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini takomillashtirish, davlat ijrochilari faoliyatining samaradorligini oshirish.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5136518" id="-5136518">(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son <a href="/mact/-5124086?ONDATE=25.11.2020 00#-5126767">Farmoni </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3218992" id="onLBC-3218992">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7624"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">17.00.00.00 Odil sudlov / 17.05.00.00 Fuqarolik protsessual qonunchiligi / 17.05.07.00 ud va boshqa organlarning qarorlarini ijro qilish;</span></div><div id="LBC22300"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">17.00.00.00 Odil sudlov / 17.06.00.00 Iqtisodiy protsessual qonunchilik / 17.06.06.00 Sud hujjatlarini ijro etish 0]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3218992" id="-3218992">3. Belgilab qoʻyilsinki:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3218993" id="-3218993">tugatilayotgan Sud departamentining Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-26477">Qonuni</a> va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan vazifalari, funksiyalari hamda vakolatlari Byuroga oʻtkaziladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3218994" id="-3218994">sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish Byuroning davlat ijrochilari tomonidan amalga oshiriladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3218995" id="-3218995">Byuroning davlat ijrochilari lavozimlariga oliy yoki oʻrta maxsus yuridik maʼlumotga ega, ayrim hollarda boshqa mutaxassislikdagi oliy maʼlumotga ega shaxslar, Byuroning boshqa lavozimlariga — oliy yoki oʻrta maxsus maʼlumotli boshqa mutaxassislikka (iqtisodchi, moliyachi, muhandislar va boshqalar) ega shaxslar ham tayinlanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3218996" id="-3218996">davlat organlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari Byuroga mazkur Farmonga muvofiq yuklatilgan vazifa hamda funksiyalarini bajarishda har tomonlama koʻmaklashishga majburdirlar.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5136520" id="edi-5136520"><a href="/mact/-3218772?ONDATE=30.05.2017 00#-3218997">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5136520" id="-5136520">(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son <a href="/mact/-5124086?ONDATE=25.11.2020 00#-5126767">Farmoniga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3219010" id="onLBC-3219010">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6478"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3219010" id="-3219010">5. Sud departamenti tugatilsin va uning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan 1 301 ta boʻshatilayotgan shtat birliklari Byuroga oʻtkazilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3219011" id="-3219011">Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda Sud departamenti balansida boʻlgan va u foydalanayotgan binolar, vositalar hamda boshqa moddiy-texnika qimmatliklarining Byuro balansiga oʻtkazilishini taʼminlasin.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5136521" id="edi-5136521"><a href="/mact/-3218772?ONDATE=30.05.2017 00#-3219012">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5136521" id="-5136521"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5136523" id="-5136523">Belgilab qoʻyilsinki, Byuro tugatilayotgan Sud departamentining xoʻjalik shartnomalaridan kelib chiqadigan huquqlari va majburiyatlari boʻyicha uning huquqiy vorisi hisoblanadi, sud hokimiyati yoki adliya organlarining balansiga oʻtkazilgan hamda ular tomonidan ishlatiladigan mulk (binolar, mablagʻlar va boshqa moddiy-texnikaviy boyliklar) va sud hokimiyatiga yoki adliya organlariga koʻrsatilgan xizmatlar (ishlar) bilan bogʻliq huquq va majburiyatlar bundan mustasno.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5136524" id="-5136524">(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son <a href="/mact/-5124086?ONDATE=25.11.2020 00#-5126767">Farmoni </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3219013" id="onLBC-3219013">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC21086"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.03.00 Soliqlar va yigʻimlar;</span></div><div id="LBC6686"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.23.00.00 Boshqa kredit muassasalari / 07.23.03.00 Boshqa kredit tashkilotlari;</span></div><div id="LBC18924"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.06.00 Prokuratura huzuridagi organlar va tashkilotlar]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3219013" id="-3219013">6. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “Oʻzbekenergo” AJ va “Oʻztransgaz” AKning:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3219014" id="-3219014">“Oʻzbekenergo” AJning isteʼmolchilar bilan ishlash boʻyicha 6 562 ta elektromontyor shtat birliklarini hamda “Oʻztransgaz” AKning tabiiy gazni hisobga olish va realizatsiya qilish boʻyicha 4 255 ta nazoratchi shtat birliklarini qisqartirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3219015" id="-3219015">Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasini (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) tashkil etish haqidagi takliflari maʼqullansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3219016" id="-3219016">Quyidagilar Jamgʻarmani shakllantirish manbalari etib belgilansin:</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-4081819" id="edi-4081819"><a href="/mact/-3218772?ONDATE=30.05.2017 00#-4081807">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4081819" id="-4081819"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5136533" id="edi-5136533"><a href="/mact/-3218772?ONDATE=10.07.2019 00#-4416425">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5136533" id="-5136533">(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son <a href="/mact/-5124086?ONDATE=25.11.2020 00#-5126767">Farmoniga </a>asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4081823" id="-4081823">vakolatli organlar tomonidan olib koʻyilgan va davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulklarni sotishdan, shuningdek, karzdorning mol-mulkini sotish hisobiga soliq qarzdorligini (davlat bojidan tashqari) undirishdan tushgan mablagʻlarning 8 foizi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4081824" id="-4081824">Byuro organlari tomonidan olib qoʻyilgan va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulklarni sotishdan tushgan mablagʻlarning 8 foizi; </div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5136536" id="edi-5136536"><a href="/mact/-3218772?ONDATE=23.11.2018 00#-5136535">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5136536" id="-5136536"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5136538" id="-5136538">ijro ishi yurituvi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga undirilgan summaning 5 foizi, qarzdorning mol-mulkini sotish hisobiga undirilgan soliq qarzdorligi bundan mustasno;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5136543" id="-5136543">(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son <a href="/mact/-5124086?ONDATE=25.11.2020 00#-5126767">Farmoniga </a>asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5136546" id="edi-5136546"><a href="/mact/-3218772?ONDATE=23.11.2018 00#-4081826">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5136546" id="-5136546"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5136548" id="-5136548">davlat ijrochilari tomonidan undiriladigan ijro yigʻimi mablagʻlarining 100 foizi; </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5136554" id="-5136554">(6-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son <a href="/mact/-5124086?ONDATE=25.11.2020 00#-5126820">Farmoni </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5136557" id="edi-5136557"><a href="/mact/-3218772?ONDATE=23.11.2018 00#-4081827">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5136557" id="-5136557"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5136560" id="-5136560">Byuro xodimlari tomonidan koʻllaniladigan va undiriladigan jarimalar, shuningdek pul mablagʻlarini undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatini ijro etmaganligi uchun bank yoki boshqa kredit tashkilotlariga nisbatan qoʻllaniladigan va undiriladigan jarimalar summasining 80 foizi;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5136561" id="-5136561">(6-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son <a href="/mact/-5124086?ONDATE=25.11.2020 00#-5126820">Farmoni </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4081829" id="-4081829">Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini joylashtirishdan olinadigan daromadlar; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4081830" id="-4081830">Byuro boʻlinmalari, shuningdek, prokuratura organlarining Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan xarid qilingan asosiy vositalarini sotishdan olingan mablagʻlarning 50 foizi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4081832" id="-4081832">qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa daromadlar.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4081841" id="-4081841">(6-bandning beshinchi — toʻqqizinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-noyabrdagi PF-5580-son <a href="/mact/-4072861?ONDATE=23.11.2018 00#-4073535">Farmoniga </a>asosan beshinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2018-y., 06/18/5580/2202-son)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5136579" id="edi-5136579"><a href="/mact/-3218772?ONDATE=30.05.2017 00#-5136564">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5136579" id="-5136579">(6-bandning oʻn uchinchi — oʻn oltinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son <a href="/mact/-5124086?ONDATE=25.11.2020 00#-5126834">Farmoniga </a>asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5136591" id="edi-5136591"><a href="/mact/-3218772?ONDATE=30.05.2017 00#-3219026">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5136591" id="-5136591">(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son <a href="/mact/-5124086?ONDATE=25.11.2020 00#-5126834">Farmoniga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3219039" id="onLBC-3219039">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6106"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;</span></div><div id="LBC6780"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.02.00 Elektr taʼminoti;</span></div><div id="LBC6781"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.03.00 Gaz taʼminoti;</span></div><div id="LBC7538"><span class="iorRN">4.</span><span class="iorVal">16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.09.00 Sanoatdagi, qurilishdagi hamda issiqlik va elektr energiyasidan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3219039" id="-3219039">8. 2017-yilning 1-iyulidan boshlab quyidagi tartib joriy etilsin, unga muvofiq:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3219040" id="-3219040">isteʼmolchilar — jismoniy shaxslar har oyning 10-sanasiga qadar oʻtgan oyda isteʼmol qilingan energiya resurslari uchun toʻliq hisob-kitob qilishlari shart;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3219041" id="-3219041">mazkur bandning <a href="/mact/-3218772#-3219040">ikkinchi xatboshisida</a> koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin qarzdorlik mavjud boʻlganda, isteʼmolchi — jismoniy shaxslar belgilangan tartibda elektr va gaz taqsimlash tarmoqlaridan majburiy uziladi;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-4189805" id="edi-4189805"><a href="/mact/-3218772?ONDATE=30.05.2017 00#-3219042">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4189805" id="-4189805"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4189812" id="-4189812">mazkur bandning <a href="/mact/-3218772#-3219040">ikkinchi xatboshisida</a> koʻrsatilganlardan tashqari, isteʼmolchilarga energiya resurslarini yetkazib berish 100 foizlik oldindan haq toʻlash asosida, ular tomonidan xabardor qilish tartibi orqali tegishli murojaat taqdim etilgan taqdirda esa — 50 foizlik oldindan haq toʻlash asosida amalga oshiriladi. Bunda, oldindan haq toʻlanmagan, shuningdek, 50-foizlik oldindan haq toʻlash shartlarida hisob-kitob qiluvchi isteʼmolchilar tomonidan oyning oxirigacha yakuniy hisob-kitob amalga oshirilmagan hollarda mazkur isteʼmolchilarga nisbatan elektr va gaz taqsimlash tarmoqlaridan toʻliq uzishgacha boʻlgan choralar koʻriladi;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4189838" id="-4189838">(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PF-5654-sonli <a href="/mact/-4189083?ONDATE=05.02.2019 00#-4189106">Farmoni </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2019-y., 06/19/5654/2572-son)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-4684182" id="edi-4684182"><a href="/mact/-3218772?ONDATE=30.05.2017 00#-3219043">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4684182" id="-4684182"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4684186" id="-4684186">elektr va gaz tarmoqlaridan ilgari uzib qoʻyilgan shaxslarni qayta ulashda isteʼmolchi — jismoniy shaxslardan bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida, isteʼmolchi — yuridik shaxslardan bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida toʻlov qayta ulashni amalga oshirgan tashkilot hisobiga mablagʻlarni oʻtkazish orqali undiriladi;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4684190" id="-4684190">(8-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-son <a href="/mact/-4647177?ONDATE=14.12.2019 00#-4647361">Farmoni </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son) </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3219044" id="-3219044">isteʼmolchi energiya resurslari isteʼmolini hisobga olish uskunalarining lozim darajada ekspluatatsiya qilinishi va sozligi uchun javobgar boʻladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3219045" id="-3219045">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan roʻyxati har yili tasdiqlanadigan, yuqori likvidli va (yoki) eksportga yoʻnaltirilgan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi alohida toifadagi isteʼmolchilarga energiya resurslarini sotish eksport narxidan past boʻlmagan bozor narxlarida amalga oshiriladi.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3219046" id="onLBC-3219046">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6106"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;</span></div><div id="LBC9451"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.05.00 Issiqlik energiyasi bilan taʼminlash]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3219046" id="-3219046">9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3219047" id="-3219047">ikki oy muddatda tanqidiy oʻrganish natijasiga koʻra, “Oʻzbekenergo” AJ korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan issiqlik energiyasini yetkazib berish va isteʼmol qilishni hisobga olish hamda nazorat qilish tartibini takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni qabul qilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3219048" id="-3219048">2017-yil 1-avgustga qadar muddatda energiya resurslari uchun, shu jumladan, iqtisodiyotning strategik tarmoqlaridagi korxonalar oʻrtasida 2017-yil 1-iyulgacha vujudga kelgan qarzdorlikning tartibga solinishini taʼminlasin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3219049" id="-3219049">uch oy muddatda “Oʻzdavenergonazorat” DI va “Oʻzdavneftgazinspeksiya” DI faoliyatini qayta tashkil etish boʻyicha, shu jumladan, mazkur Farmon qoidalarini inobatga olgan holda, takliflar kiritsin.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3219050" id="onLBC-3219050">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6359"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.07.00 Mehnat shartnomasi (kontrakt);</span></div><div id="LBC6400"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar;</span></div><div id="LBC18924"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.06.00 Prokuratura huzuridagi organlar va tashkilotlar]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3219050" id="-3219050">10. Belgilansinki, Sud departamentining amaldagi xodimlari, shuningdek, ushbu Farmonga muvofiq shtat birliklari qisqartirilayotgan “Oʻzbekenergo” AJning isteʼmolchilar bilan ishlash boʻyicha elektromontyorlari hamda “Oʻztransgaz” AKning tabiiy gazni hisobga olish va realizatsiya qilish boʻyicha nazoratchilari Byuroni tashkil etish davrida mehnat shartnomasi belgilangan tartibda bekor qilingunga qadar yuqorida koʻrsatilgan tashkilotlar mablagʻlari hisobidan mehnatga haq toʻlash shartlari saqlab qolingan holda xizmat vazifalarini amalga oshiradilar. </div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3219051" id="onLBC-3219051">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6067"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi;</span></div><div id="LBC6106"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;</span></div><div id="LBC18924"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.06.00 Prokuratura huzuridagi organlar va tashkilotlar]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3219051" id="-3219051">11. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bir oy muddatda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3219052" id="-3219052">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori loyihasini;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-6955276" id="-6955276"><em>Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-maydagi PQ-3016-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi </em><a href="/mact/-3220004">qarori</a><em>.</em></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3219053" id="-3219053">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasini ishlab chiqsin va kiritsin.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-6955285" id="-6955285"><em>Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-iyundagi PQ-3060-sonli qarori bilan tasdiqlangan Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi </em><a href="/mact/-3234829">nizom</a><em>.</em></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3219054" id="onLBC-3219054">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC9402"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.20.00 Audio va video yozuvlar;</span></div><div id="LBC18924"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.06.00 Prokuratura huzuridagi organlar va tashkilotlar]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3219054" id="-3219054">12. “Oʻzbekenergo” AJ va “Oʻztransgaz” AK:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3219055" id="-3219055">2017-yil 1-iyundan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda energiya resurslarining sotilishini hisobga olish boʻyicha amaldagi dasturiy mahsulotlardan Byuroning doimiy foydalanish imkoniyatini taʼminlasin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3219056" id="-3219056">2017-yil 1-iyulga qadar tuman (shahar)lar kesimida 2017-yil 1-iyun holatiga energiya resurslaridan qarzdorligi mavjud boʻlgan barcha isteʼmolchilarning roʻyxatini, shu jumladan, isteʼmolchi — yuridik shaxslar bilan qarzdorlikni taqqoslash dalolatnomalarini Byuroga taqdim etsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3219057" id="-3219057">2017-yil 1-iyulga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda tushumlarning haqqoniy hisobini yuritish va pul mablagʻlarining harakatini Byuro tomonidan monitoring qilishni taʼminlovchi, energiya resurslarini sotishdan tushgan mablagʻlarni yagona bank hisob raqamlarida jamlash tizimini joriy etsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3219058" id="-3219058">2017-yil 1-avgustga qadar energiya resurslarini ishlab chiqarish, transportirovka qilish va taqsimlashni hisobga olish uskunalari oʻrnatilgan xonalarning Byuro tomonidan masofadan turib ruxsatsiz aralashuvni nazorat qilish imkonini beradigan videokuzatuv kameralari bilan jihozlanishini taʼminlasin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3219059" id="-3219059">2017-yil 1-oktabrga qadar energiya resurslarining yetkazib berilishi va isteʼmolini bevosita taqsimlash joylarida nazorat qilish va hisobga olish tizimini takomillashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3219060" id="-3219060">2018-yil 1-yanvarga qadar energiya resurslarini ishlab chiqarish, transportirovka qilish va taqsimlashni hisoblash nuqtalarida hisobga olish uskunalari koʻrsatkichlarini va ularning holatini qayd etuvchi, ushbu maʼlumotlarni energiya resurslarini ishlab chiqarish, transportirovka qilish va taqsimlash hajmlari monitoringini amalga oshirish uchun Byuroga taqdim etadigan avtomatlashtirilgan tizimni oʻrnatsin, shuningdek, uning barqaror ishlashini taʼminlasin.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3219061" id="onLBC-3219061">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6793"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.06.00.00 Noturar joylar. Maʼmuriy binolar / 08.06.01.00 Umumiy masalalar]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3219061" id="-3219061">13. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AK, “Oʻzdavenergonazorat” DI, “Oʻzdavneftgazinspeksiya” DI, “Sanoatgeokontexnazorat” DI, Byuro boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2019-yil 1-yanvarga qadar quyidagilarni amalga oshirgan holda turar va noturar joy fondini toʻliq inventarizatsiyadan oʻtkazsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3219062" id="-3219062">kadastr va loyiha hujjatlari, shartnomalar, ulanish sxemalari, boshqa zarur hujjatlar hamda hisobga olish uskunalarining mavjudligini, ularning sozligi va meʼyoriy-texnik talablarga muvofiqligini aniqlash, isteʼmolchini billing tizimida roʻyxatdan oʻtkazish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3219063" id="-3219063">energiya resurslarining real isteʼmol qilingan hajmini va uning shartnomalarda nazarda tutilgan hajmga, shuningdek, amalga oshirilgan toʻlovlarga muvofiqligini aniqlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3219064" id="-3219064">turar va noturar joy fondi obyektlarining egalari, kadastr maʼlumotlari, kommunikatsiyalar va inshootlar haqidagi maʼlumotlarni oʻzida jamlagan yagona elektron pasportlarini tayyorlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3219065" id="-3219065">inventarizatsiya yakunlari boʻyicha vazirliklar va idoralarning tegishli maʼlumotlar bazalariga zarur aniqliklar kiritish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3219066" id="-3219066">Belgilansinki, ushbu bandning <a href="/mact/-3218772#-3219061">birinchi xatboshisida</a> koʻrsatilgan vazirliklar va idoralar inventarizatsiya oʻtkazish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur choralar koʻrilishini taʼminlaydilar va bunga har tomonlama koʻmaklashadilar.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3219067" id="onLBC-3219067">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6193"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy neʼmatlar / 03.04.03.02 Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatiga olish;</span></div><div id="LBC6235"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish;</span></div><div id="LBC9427"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.01.00 Umumiy qoidalar]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3219067" id="-3219067">14. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi hamda uning hududiy tuzilmalari koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin uch kun muddatda koʻchmas mulk egalari haqidagi maʼlumotlarni elektr, gaz, suv va issiqlik taʼminoti korxonalari, avtomatlashtirilgan telefon stansiyalariga yuboradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3219068" id="-3219068">Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AK uch oy muddatda koʻchmas mulk egalari haqidagi idoraviy maʼlumotlar bazalarini unifikatsiyalashtirsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3219069" id="-3219069">Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AK idoraviy maʼlumotlar bazalari unifikatsiya qilinganidan keyin ikki oy muddatda isteʼmolchilar bilan tuzilgan shartnomalarning qayta rasmiylashtirilishini taʼminlasin.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3219070" id="onLBC-3219070">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6067"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi;</span></div><div id="LBC6779"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.01.00 Umumiy masalalar]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3219070" id="-3219070">15. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AK, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3219071" id="-3219071">ikki oy muddatda isteʼmolchilar bilan oʻzaro hisob-kitoblarning holati haqidagi haqqoniy maʼlumotlarni taqdim etadigan va elektron toʻlov tizimlari bilan integratsiya qilingan Uy-joy kommunal, elektr va gaz taʼminoti xizmatlari koʻrsatishning yagona billing tizimini tashkil etishni, shuningdek, abonentning yagona individual raqamini joriy etishni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi <a href="/mact/-3340457">qarori</a> loyihasini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3219072" id="-3219072">2017-yil 1-oktabrga qadar Qarzdorlikni undirish masalalari boʻyicha idoralararo elektron hamkorlikning yagona tizimini tashkil etish, ushbu tizimni tegishli idoralarning jismoniy va yuridik shaxslar qarzdorligi, ularning mulkiy ahvoli haqidagi maʼlumotlar bazalari bilan bosqichma-bosqich integratsiya qilish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3219073" id="-3219073">16. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “Oʻzdavenergonazorat” DI, “Oʻzdavneftgazinspeksiya” DI Byuro bilan birgalikda ikki oy muddatda ilgʻor xorijiy tajribani oʻrgangan holda, energiya resurslarini yetkazib berish, transportirovka qilish, taqsimlash va sotishdagi yoʻqotishlarni aniqlash tartibini tasdiqlasin.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3219074" id="onLBC-3219074">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC9427"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.01.00 Umumiy qoidalar]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3219074" id="-3219074">17. Energiya samaradorligi va energiyaning tiklanadigan manbalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha Respublika komissiyasi (A.N. Aripov) Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi bilan birgalikda ikki oy muddatda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3219075" id="-3219075">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 5-maydagi PQ-2343-son qarori bilan tasdiqlangan 2015 — 2019-yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sarfi hajmini qisqartirish, energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari Dasturining amalga oshirilishini tanqidiy oʻrganishni;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3219076" id="-3219076">ushbu dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishini taʼminlamagan aybdor mansabdor shaxslarning javobgarligi boʻyicha takliflar kiritilishini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3219077" id="-3219077">iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish boʻyicha yangilangan dastur tayyorlanishini taʼminlasin, bunda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3219078" id="-3219078">energiya tejaydigan texnologiyalar va muqobil energiya manbalarini keng joriy etish, shu jumladan, ularni shaharlar va qishloq joylarda uy-joy qurish loyihalariga majburiy kiritishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3219079" id="-3219079">muqobil energiya manbalaridan foydalanayotgan jismoniy va yuridik shaxslarni moddiy ragʻbatlantirish choralariga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3219080" id="-3219080">Xalqaro quyosh energiyasi instituti faoliyati samaradorligini oshirishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3219081" id="-3219081">aholi oʻrtasida energiya resurslarini asrab-avaylash, energiya tejaydigan texnologiyalar va muqobil energiya manbalaridan foydalanishni targʻib etish yuzasidan kompleks choralarni ishlab chiqishga alohida eʼtibor qaratsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3219082" id="-3219082">Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda mazkur Farmon talablaridan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga “Muqobil energiya manbalari toʻgʻrisida”gi hamda “Gaz taʼminoti toʻgʻrisida”gi qonunlar loyihalarini belgilangan tartibda kiritsin.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6198243" id="edi-6198243"><a href="/mact/-3218772?ONDATE=30.05.2017 00#-6198241">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6198243" id="-6198243"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6198245" id="-6198245">Belgilansinki, prokuratura organlari balansidagi boʻsh binolarni sotishdan tushadigan mablagʻlarning Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga yoʻnaltiriladigan qismi mazkur organlarda energiya tejaydigan texnologiyalar va muqobil energiya manbalarini joriy etishga yoʻnaltirish sharti bilan Bosh prokuraturani rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6198251" id="-6198251">(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-sentabrdagi PF-220-sonli <a href="/mact/-6189000?ONDATE=10.09.2022 00#-6190777">Farmoniga</a> asosan oʻninchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2022-y., 06/22/220/0812-son)</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3219083" id="onLBC-3219083">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6887"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.06.00 Sanoat ishlab chiqarishni mahalliylashtirish;</span></div><div id="LBC7344"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.11.00 Ilmiy va fan-texnika dasturlari va loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3219083" id="-3219083">18. “Oʻzbekenergo” AJ, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi, Hisob palatasi, Bosh prokuratura Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, “Oʻzeltexsanoat” AK, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3219084" id="-3219084">bir oy muddatda elektr energiya nazorati va hisobga olishni yagona avtomatlashtirilgan tizimga integratsiya qilish uchun uning texnik koʻrsatkichlarini unifikatsiyalashtirishni inobatga olgan holda, elektr energiya nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish boʻyicha amalga oshirilayotgan loyihalarni har tomonlama ekspertizadan oʻtkazsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3219085" id="-3219085">xalqaro moliyaviy donor-institutlar bilan ularning ishtirokida amalga oshirilayotgan elektr energiya nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish boʻyicha loyihalarning texnik koʻrsatkichlariga oʻzgartirish kiritish, shuningdek, texnik koʻrsatkichlari bir xil, elektr energiyadan foydalanishni hisobga oluvchi zamonaviy elektron uskunalarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalarini kelishsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3219086" id="-3219086">kelishish natijalariga koʻra, ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga elektr energiya nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini 2019-yil 1-yanvarga qadar toʻliq joriy etishni nazarda tutuvchi reja-jadvalni kiritsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3219087" id="-3219087">19. “Oʻzbekneftgaz” MXK, “Sanoatgeokontexnazorat” DI, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi, Hisob palatasi, Bosh prokuratura Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, “Oʻzeltexsanoat” AK, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3219088" id="-3219088">ikki oy muddatda loyihalarni moliyalashtirishning aniq manbalari, amalga oshirish muddatlari va grafiklarini, shuningdek, tabiiy gaz isteʼmolini hisobga olishning texnik jihatdan bir xil, zamonaviy elektron uskunalarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni nazarda tutuvchi Zamonaviy energiya tejaydigan gazdan foydalanish asbob va uskunalarini, tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish konsepsiyasi loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3219089" id="-3219089">2017-yil 1-sentabrga qadar ishlab chiqilgan Konsepsiya asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining zamonaviy energiya tejaydigan gazdan foydalanish asbob va uskunalarini, tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish boʻyicha loyihaning texnik topshiriqlari hamda dastlabki texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarini, shuningdek, mazkur tizimning toʻliq joriy qilinishini nazarda tutuvchi reja-jadvalni tasdiqlash haqidagi qarori loyihasini kiritsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3219090" id="-3219090">20. Belgilansinki, energiya resurslari nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish boʻyicha loyihalarni ishlab chiqishga texnik topshiriqlar Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda “Oʻzstandart” agentligi bilan elektr energiya va tabiiy gaz nazorati hamda hisobining yagona avtomatlashtirilgan tizimiga mos kelishi va integratsiya qilinishi nuqtai nazaridan kelishilishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3219091" id="-3219091">21. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AK bir oy muddatda maʼlumotlarni qayta ishlash yagona markazi negizida energiya resurslari nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimlari faoliyati uchun maʼlumotlar uzatish tizimini tashkil etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3219092" id="-3219092">22. “Oʻzbekenergo” AJ va “Oʻztransgaz” AK Hisob palatasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, “Oʻzdavenergonazorat” DI, “Sanoatgeokontexnazorat” DI, “Oʻzdavneftgazinspeksiya” DI, Byuro, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda shu turdagi ishlarni amalga oshirishda xalqaro tajribaga ega boʻlgan chet el pudratchisini jalb etgan holda, elektr va gaz taʼminoti obyektlarining texnik holatini aniqlash nuqtai nazaridan inventarizatsiya qilinishini taʼminlasin hamda 2018-yil 1-martga qadar ularni modernizatsiya qilish Davlat dasturi loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3219093" id="onLBC-3219093">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6067"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi;</span></div><div id="LBC7624"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">17.00.00.00 Odil sudlov / 17.05.00.00 Fuqarolik protsessual qonunchiligi / 17.05.07.00 ud va boshqa organlarning qarorlarini ijro qilish]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3219093" id="-3219093">23. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Oliy sud va Adliya vazirligi bilan birgalikda 2017-yil 1-oktabrga qadar mazkur Farmon talablaridan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-26477">Qonunini </a>tanqidiy qayta koʻrib chiqsin hamda uning yangi tahrirdagi loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritsin.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3219094" id="onLBC-3219094">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC22713"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3219094" id="-3219094">24. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi Bosh prokuratura, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AK, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur Farmonda belgilangan vazifalarni inobatga olib, elektr energetikasi va gaz taʼminoti sohasida, zaruratga koʻra, 2018/2019 oʻquv yilida qabul kvotalarini koʻpaytirish hamda yangi taʼlim va mutaxassislik yoʻnalishlarini joriy etishni nazarda tutgan holda, oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi kadrlarini tayyorlash haqida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6530960" id="edi-6530960"><a href="/mact/-3218772?ONDATE=30.05.2017 00#-3219095">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6530960" id="-6530960"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6530961" id="-6530961">25. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi yosh avlodda energiya resurslariga nisbatan tejamkorona munosabatda boʻlish va undan oqilona foydalanish madaniyatini shakllantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar koʻrsin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6530962" id="-6530962">(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli <a href="/mact/-6518459?ONDATE=04.07.2023 00#-6519350">Farmoni </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-4649066" id="edi-4649066"><a href="/mact/-3218772?ONDATE=30.05.2017 00#-3219096">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4649066" id="-4649066"></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-4649073" id="onLBC-4649073">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7293"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot (shuningdek, 13.03.19.00.ga qarang)]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4649073" id="-4649073">26. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Bosh prokuratura, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AK boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda mazkur Farmonning mazmun-mohiyati, shu jumladan, toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirishning ahamiyati, energiya resurslarini isteʼmol qilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun koʻriladigan javobgarlik choralari, energiya tejaydigan texnologiyalar va muqobil energiya manbalaridan foydalanishning afzalliklari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etsin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4649080" id="-4649080">(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli <a href="/mact/-4638461#-4639091">Farmoni </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3219097" id="onLBC-3219097">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6067"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3219097" id="-3219097">27. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Bosh prokuratura, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3219098" id="-3219098">energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonun loyihasini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3219099" id="-3219099">qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni ishlab chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3219100" id="-3219100">28. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O.B. Murodov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-3219999" id="-3219999">Ushbu Farmon “Xalq soʻzi” gazetasining 2017-yil 30-maydagi 106 (6800)-sonida eʼlon qilingan.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-3219101" id="-3219101">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3219102" id="-3219102">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3219103" id="-3219103">2017-yil 29-may,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-3219104" id="-3219104">PF-5059-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3219256" id="-3219256"></div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-3219259" id="-3219259">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda isteʼmol qilish sohasida toʻlov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoniga</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3219260" id="-3219260">ShARH</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3219262" id="-3219262"></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3219264" id="-3219264"><p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 36pt; LINE-HEIGHT: normal"><span style="FONT-SIZE: 12pt">Mamlakat yoqilgʻi-energetika kompleksini modernizatsiya qilish hamda texnologik qayta jihozlash, elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda isteʼmol qilish sohasida shartnoma majburiyatlariga soʻzsiz rioya etishning taʼsirchan mexanizmlarini yaratish — yurtimizda amalga oshirilayotgan, eng avvalo, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini, shu jumladan, tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash, ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish sohasini kengaytirishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlarning muhim shartlaridan biri hisoblanadi.</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 36pt; LINE-HEIGHT: normal"><span style="FONT-SIZE: 12pt">Soʻnggi yillarda elektr energiyasi va tabiiy gaz ishlab chiqarish hajmini oshirish, aholi va iqtisodiyot tarmoqlarining energiya resurslariga boʻlgan ehtiyojini toʻliq hamda uzluksiz taʼminlash, texnologik jihatdan va maʼnaviy eskirgan infratuzilmalarni modernizatsiya qilish boʻyicha amaliy choralarni koʻrishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 36pt; LINE-HEIGHT: normal"><span style="FONT-SIZE: 12pt">Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 23-noyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillar davomida past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yanada modernizatsiya qilish va yangilash dasturi doirasida 2,5 million nafardan ortiq isteʼmolchilarning energiya taʼminotini yaxshilash maqsadida 34 ming kilometr elektr tarmoqlari hamda 6,9 ming dona transformatorlarni modernizatsiya qilish boʻyicha 835,9 million AQSh dollari qiymatidagi ishlar amalga oshirilmoqda.</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 36pt; LINE-HEIGHT: normal"><span style="FONT-SIZE: 12pt">Shu bilan birga, sohada yuzaga kelgan ahvol va qonuniylik holatining tahlili oʻz yechimini kutayotgan jiddiy muammo hamda kamchiliklar mavjudligiga qaramasdan, mutasaddi idoralar tomonidan ularni bartaraf etish boʻyicha aniq choralar koʻrilmayotganligini koʻrsatmoqda.</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 36pt; LINE-HEIGHT: normal"><span style="FONT-SIZE: 12pt">Jumladan, “Oʻzbekenergo” va “Oʻztransgaz” kompaniyalari faoliyatini tashkil etishdagi xato hamda kamchiliklar, shuningdek, toʻlov intizomini mustahkamlash, energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishning oldini olish va debitor qarzdorlikni kamaytirish bilan bogʻliq muammolar energiya taʼminoti so�asini yanada rivojlantirish borasida belgilangan maqsad va vazifalarni izchillik bilan amalga oshirishga toʻsqinlik qilmoqda.</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 36pt; LINE-HEIGHT: normal"><span style="FONT-SIZE: 12pt">Shartnoma majburiyatlarini bajarmayotgan isteʼmolchilarga nisbatan taʼsirchan choralar koʻrilmayotgani, hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish ishlarining oqsayotgani debitor qarzdorlikning keskin ortishi, talon-tarojliklar va isteʼmol qilingan energiya resurslari uchun toʻlovlardan boʻyin tovlash holatlariga olib kelmoqda.</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 36pt; LINE-HEIGHT: normal"><span style="FONT-SIZE: 12pt">Masalan, 2016-yilda elektr va gaz tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanish, hisobga olish asboblariga shikast yetkazish va ularning koʻrsatkichlarini oʻzgartirish kabi huquqbuzarliklar 2014-yilga nisbatan 48 foizga oshgan.</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 36pt; LINE-HEIGHT: normal"><span style="FONT-SIZE: 12pt">Shunga qaramasdan, masʼul idoralar tomonidan bunday holatlarga nisbatan tegishli munosabat bildirilmagan.</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 36pt; LINE-HEIGHT: normal"><span style="FONT-SIZE: 12pt">Soha infratuzilmasini texnik jihatdan, shu jumladan, ilgʻor xorijiy tajriba va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalangan holda yangilash yuzasidan qoʻyilgan vazifalarning bajarilmagani texnologik yoʻqotishlarning tobora ortishiga, energiya resurslarini yetkazishda surunkali uzilishlarga sabab boʻlib, oqibatda iqtisodiyot tarmoqlarini jadal rivojlantirishga toʻsqinlik qilmoqda.</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 36pt; LINE-HEIGHT: normal"><span style="FONT-SIZE: 12pt">Elektr va gaz taʼminoti korxonalari tomonidan isteʼmolchilarga xizmat koʻrsatish hamda toʻlovlarni amalga oshirish uchun qulay sharoitlar yaratilmagan, zamonaviy elektron toʻlov tizimlari yetarli darajada joriy etilmagan, xizmat koʻrsatish madaniyati bugungi kun talablariga javob bermaydi.</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 36pt; LINE-HEIGHT: normal"><span style="FONT-SIZE: 12pt">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalariga elektr va gaz taʼminoti masalalari boʻyicha kelib tushgan 43 mingdan ortiq shikoyatlar ham bundan dalolat beradi.</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 36pt; LINE-HEIGHT: normal"><span style="FONT-SIZE: 12pt">Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud departamenti (keyingi oʻrinlarda Sud departamenti deb yuritiladi) faoliyatini tashkil etishda yuzaga kelgan jiddiy kamchiliklar fuqarolar, jamiyat va davlat manfaatlari himoya qilinishi hamda elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun toʻlovlarning oʻz vaqtida undirilishini taʼminlashga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 36pt; LINE-HEIGHT: normal"><span style="FONT-SIZE: 12pt">Soʻnggi yillarda ushbu tizimda ish hajmining sezilarli darajada ortgani, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishdagi sustkashliklar undiruvlarning pasayishiga hamda ijro ishi yuritishni asossiz toʻxtatish va tamomlashga olib kelmoqda.</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 36pt; LINE-HEIGHT: normal"><span style="FONT-SIZE: 12pt">Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining amaldagi ijrosi 2016-yilda amalda atigi 45 foizga bajarilgani ham shundan dalolat beradi.</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 36pt; LINE-HEIGHT: normal"><span style="FONT-SIZE: 12pt">Shu bilan birga, koʻrsatib oʻtilgan sohalarda suiisteʼmolchilik holatlariga chek qoʻyilmagan. Oqibatda 2016-yil va 2017-yilning birinchi choragida “Oʻzbekenergo” hamda “Oʻztransgaz” kompaniyalari tizimidagi 665 nafar, Sud departamentining 36 nafar xodimi jinoiy javobgarlikka tortilgan.</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 36pt; LINE-HEIGHT: normal"><span style="FONT-SIZE: 12pt">Koʻrsatib oʻtilgan muammolar, xato va kamchiliklar energiya resurslari uchun toʻlovlarni undirish hamda ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan choralar koʻrishni taqozo etmoqda.</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 36pt; LINE-HEIGHT: normal"><span style="FONT-SIZE: 12pt">Bayon etilganlarga asosan hamda 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha <a href="/mact/-3107036#-3109146">Harakatlar strategiyasiga </a>muvofiq, Farmonda elektr va gaz taʼminoti sohasida boshqaruv tizimi, nazorat qilish hamda hisobga olish mexanizmlarini yanada takomillashtirishga, toʻlov intizomini mustahkamlash va javobgarlikni kuchaytirishga, shuningdek, ijro ishi yuritishning samaradorligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilmoqda.</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 36pt; LINE-HEIGHT: normal"><span style="FONT-SIZE: 12pt">Xususan, mazkur Farmon bilan:</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 36pt; LINE-HEIGHT: normal"><span style="FONT-SIZE: 12pt">1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida energiya resurslari uchun toʻlovlarning oʻz vaqt�da va toʻliq undirilishiga, elektr va gaz taqsimlash tarmoqlariga noqonuniy ulanish hamda talon-toroj qilish holatlarini aniqlash, bartaraf etish va oldini olishga, shuningdek, sud hujjatlarining soʻzsiz ijrosini taʼminlashga masʼul boʻlgan Majburiy ijro byurosi tashkil etildi.</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 36pt; LINE-HEIGHT: normal"><span style="FONT-SIZE: 12pt">Energiya resurslarini yetkazib berish hamda isteʼmol qilish sohasidagi vazifalarni amalga oshirishda Majburiy ijro byurosiga quyidagi vakolatlar berildi:</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 36pt; LINE-HEIGHT: normal"><span style="FONT-SIZE: 12pt">– energiya resurslari yetkazib berilishi va isteʼmolini hisobga olishning toʻliqligi hamda haqqoniyligi, ular uchun hisob-kitoblarning oʻz vaqtida amalga oshirilishi yuzasidan tekshirishlar oʻtkazish;</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 36pt; LINE-HEIGHT: normal"><span style="FONT-SIZE: 12pt">– yetkazib berilgan energiya resurslari uchun qarzdorlikni isteʼmolchilar — yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning bank hisobraqamlaridan soʻzsiz undirish;</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 36pt; LINE-HEIGHT: normal"><span style="FONT-SIZE: 12pt">– yetkazib berilgan energiya resurslari uchun eng kam oylik ish haqining ikki baravaridan koʻp boʻlmagan miqdordagi qarzdorlikni isteʼmolchilarning ish haqidan ushlab qolish toʻgʻrisida ish beruvchilarga talabnomalar yuborish;</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 36pt; LINE-HEIGHT: normal"><span style="FONT-SIZE: 12pt">– energiya resurslarini yetkazib berish va foydalanish sohasidagi qoidalarni buzganlik uchun yuridik shaxslarga belgilangan tartibda moliyaviy jarima qoʻllash;</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 36pt; LINE-HEIGHT: normal"><span style="FONT-SIZE: 12pt">– hisob-kitoblar oʻz vaqtida amalga oshirilmagan hollarda, isteʼmolchilarni elektr va gaz tarmoqlaridan uzish;</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 36pt; LINE-HEIGHT: normal"><span style="FONT-SIZE: 12pt">– energiya resurslaridan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish.</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 36pt; LINE-HEIGHT: normal"><span style="FONT-SIZE: 12pt">2. Sud departamenti tugatildi, “Oʻzbekenergo” va “Oʻztransgaz” kompaniyalarining isteʼmolchilar bilan ishlash boʻyicha elektromontyor hamda tabiiy gazni hisobga olish va realizatsiya qilish boʻyicha nazoratchi shtat birliklari qisqartirildi.</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 36pt; LINE-HEIGHT: normal"><span style="FONT-SIZE: 12pt">Majburiy ijro byurosining davlat ijrochilar�ga — sud hujjatlari va boshqa organlarning hujjatlari ijrosini, davlat inspektorlariga esa — yetkazib berilgan energiya resurslari uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida va toʻliq undirishni amalga oshirish yuklatiladi.</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 36pt; LINE-HEIGHT: normal"><span style="FONT-SIZE: 12pt">“Oʻzbekenergo” va “Oʻztransgaz” kompaniyalarida tuzilgan shartnomalarga asosan isteʼmolchilarni energiya resurslari bilan taʼminlash, elektr va gaz taqsimlash tarmoqlariga texnik xizmat koʻrsatish vazifa hamda funksiyalari saqlanib qolmoqda.</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 36pt; LINE-HEIGHT: normal"><span style="FONT-SIZE: 12pt">3. Oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish, shuningdek, energiya resurslari uchun qarzdorlik mavjud boʻlganda isteʼmolchilarni tarmoqdan uzish tartibi aniqlashtirildi. Unga muvofiq, 2017-yil 1-iyuldan boshlab isteʼmolchi — jismoniy shaxslar har oyning 10 sanasiga qadar oʻtgan oyda foydalanilgan energiya resurslari uchun toʻliq hisob-kitob qilishlari shart.</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 36pt; LINE-HEIGHT: normal"><span style="FONT-SIZE: 12pt">Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga energiya resurslari oldindan 100 foizlik haq toʻlash asosida yetkazib beriladi.</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 36pt; LINE-HEIGHT: normal"><span style="FONT-SIZE: 12pt">Toʻlovlar oʻz vaqtida amalga oshirilmagan taqdirda, isteʼmolchilar tarmoqdan majburiy uziladi, bunda qayta ulash uchun jismoniy shaxslardan eng kam oylik ish haqining ikki barobari, yuridik shaxslardan eng kam oylik ish haqining oʻn barobari miqdorida toʻlov undiriladi.</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 36pt; LINE-HEIGHT: normal"><span style="FONT-SIZE: 12pt">Bundan tashqari, Farmonda elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanishni hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini hamda boshqa zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar nazarda tutildi.</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 36pt; LINE-HEIGHT: normal"><span style="FONT-SIZE: 12pt">Xususan, isteʼmolchilar bilan oʻzaro hisob-kitoblarning holati haqidagi haqqoniy maʼlumotlarni beradigan va elektron toʻlov tizimlari bilan integratsiya qilingan Uy-joy kommunal, elektr va gaz taʼminoti xizmatlari koʻrsatishning yagona billing tizimi tashkil etiladi.</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 36pt; LINE-HEIGHT: normal"><span style="FONT-SIZE: 12pt">Mazkur tizim isteʼmolchilarga qarzdorlik mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni elektron shaklda olish hamda toʻlovlarni amalga oshirish imkonini beradi.</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 36pt; LINE-HEIGHT: normal"><span style="FONT-SIZE: 12pt">Shu bilan birga, Qarzdorlikni undirish masalalari boʻyicha idoralararo elektron hamkorlikning yagona tizimi ham yaratiladi. Ushbu tizim jismoniy va yuridik shaxslarning mulkiy holati haqidagi maʼlumotlar bazasidan foydalangan holda qarzdorlikni undirish samaradorligini oshiradi.</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 36pt; LINE-HEIGHT: normal"><span style="FONT-SIZE: 12pt">Farmon ijrosi doirasida manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan energiya resurslari isteʼmolchilari xatlovdan oʻtkaziladi. Bunda kadastr hamda loyiha hujjatlari, shartnomalar, tarmoqlarga ulanish sxemalari, hisobga olish asboblari va ularning sozligi oʻrganilib, amaliy yordam koʻrsatish hamda ushbu sohada qonuniylikni taʼminlash choralari koʻriladi.</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 36pt; LINE-HEIGHT: normal"><span style="FONT-SIZE: 12pt">Jamiyatda energiya resurslaridan oqilona foydalanish va hisob-kitoblarni oʻz vaqtida amalga oshirish muhitini hamda energiya resurslarini talon-toroj qilish holatlariga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, shuningdek, energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 36pt; LINE-HEIGHT: normal"><span style="FONT-SIZE: 12pt">Shu munosabat bilan, Bosh prokuraturaga energiya resurslarini yetkazib berish, isteʼmol qilish va oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipiga soʻzsiz rioya etilishi ustidan nazorat samaradorligini oshirish boʻyicha aniq vazifalar yuklatildi.</span></p>
<p style="BACKGROUND: white; TEXT-INDENT: 36pt; LINE-HEIGHT: normal"><span style="FONT-SIZE: 12pt"></span><span style="FONT-SIZE: 12pt; LINE-HEIGHT: 115%">Farmonda belgilangan chora-tadbirlarning samarali amalga oshirilishi — elektr energetika va gaz tarmoqlarini modernizatsiya qilishga, isteʼmolchilarni energiya resurslari bilan uzluksiz taʼminlashga, mamlakat iqtisodiyotini, shu jumladan, tadbirkorlik faoliyatini jadal rivojlantirishga, sud qarorlari ijrosining samaradorligini, aholining turmush darajasi va farovonligini oshirishga hamda jamiyatda qonuniylikni mustahkamlashga xizmat qiladi.</span></p></div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-3225533" id="-3225533">(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 22-son, 413-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2018-y., 06/18/5566/2153-son, 23.11.2018-y., 06/18/5580/2202-son; 05.02.2019-y., 06/19/5654/2572-son, 10.07.2019-y., 06/19/5761/3398-son, 27.11.2019-y., 06/19/5883/4074-son, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son; 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2022-y., 06/22/220/0812-son; 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
