1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.86.00 (Кучини йукотган) Oʻquvchilar, talabalar va tarbiyalanuvchilarning huquqlari va ijtimoiy himoyasi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI MUASSASALARIDA OʻQIYOTGAN HAMDA TOʻLIQ DAVLAT TAʼMINOTIDA BOʻLGAN YETIM VA OTA-ONASINING QAROVISIZ QOLGAN BOLALARNI MODDIY TAʼMINLASh NORMALARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-noyabrdagi 739-sonli “Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Yetim va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalarni moddiy taʼminlash normalarini takomillashtirish va tartibga solish maqsadida, shuningdek “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijtimoiy himoya yili” Davlat dasturi toʻgʻrisida” 2007-yil 23-yanvardagi PQ-573-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida oʻqiyotgan hamda toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalarni ovqat bilan taʼminlash normalari 1-ilovaga muvofiq;
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida oʻqiyotgan hamda toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalarni kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar bilan taʼminlash normalari 2-ilovaga muvofiq;
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida oʻqiyotgan hamda toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalarni shaxsiy gigiyena buyumlari bilan taʼminlash normalari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida oʻqiyotgan hamda toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalarga ularning shaxsiy xarajatlari uchun har oyda bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida pul mablagʻlari toʻlovi belgilansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
3. 1, 2 va 3-ilovalarda nazarda tutilgan taʼminot normalari, shuningdek oliy taʼlim muassasalarida oʻqiyotgan hamda toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalarga ham tatbiq etiladi.
4. Belgilab qoʻyilsinki, ushbu qarorni bajarish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish davlat taʼlim muassasalari faoliyatini taʼminlash uchun tegishli yilga nazarda tutiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
5. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan birgalikda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hamda oliy taʼlim muassasalarida oʻqiyotgan yetim va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalarni oromgohlarga, shu jumladan sanatoriy tipidagi oromgohlarga, pansionatlar va profilaktoriylarga, dam olish uylariga, sport-sogʻlomlashtirish oromgohlariga, tibbiy koʻrsatmalar mavjud boʻlganda esa — tegishli yoʻnalishdagi sanatoriylarga bepul yoʻllanmalar bilan taʼminlashni nazarda tutsinlar.
Oʻquvchilar va talabalarning, zarurat boʻlganda esa ularni kuzatib boruvchi shaxslarning ham koʻrsatib oʻtilgan muassasalardagi dam olish joylarigacha borishi va u yerdan qaytishi bilan bogʻliq yoʻlkira xarajatlari oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hamda oliy taʼlim muassasalarining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari doirasida amalga oshirilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.MIRZIYOEV
Toshkent sh.,
2007-yil 29-noyabr,
247-son
Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 29-noyabrdagi 247-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida oʻqiyotgan hamda toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalarni ovqat bilan taʼminlash normalari (bir kishi hisobiga kuniga gramm (brutto)
1. Ayrim ovqat mahsulotlarini oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalariga ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlar doirasida, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan mahsulotlarni asosiy oziq-ovqat moddalari boʻyicha almashtirish jadvaliga muvofiq almashtirishga ruxsat etiladi.
2. Oʻquvchilarning dam olish, bayram va taʼtil kunlarida qarindoshlari yoki boshqa fuqarolarning oilalarida boʻlish vaqti uchun ovqat mahsulotlari yoki pul kompensatsiyasi berilishiga ruxsat etiladi.
3. Oʻquv yurtlari va yotoqxonalarda issiq ovqat mavjud boʻlmaganda, shuningdek faqat bir martalik issiq ovqat mavjud boʻlganda oʻquvchilarga bir martalik ovqat bilan kompensatsiya qilinmagan miqdorda (savdo ustamasini hisobga olgan holda) toʻliq yoki qisman naqd pul beriladi.
4. “Mehribonlik” uylarida, umumtaʼlim tipidagi maktab-internatlarda oʻqiyotgan va tarbiyalanayotgan yetim va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun yuborilganda ularga yoʻlkira va yoʻlda borayotgan vaqtida ovqatlanish xarajatlari ularni yuborayotgan muassasa mablagʻlari hisobiga toʻlanadi.
5. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida boshqa shaharlardan kelgan yetim va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalarga ular oʻquv yurtiga yetib kelgan vaqtdan boshlab oʻqishga qabul qilingungacha bepul ovqat beriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 29-noyabrdagi 247-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida oʻqiyotgan hamda toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalarni kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar bilan taʼminlash normalari
T/r
Kiyim-bosh, poyabzal va yumshoq buyumlar nomi
Oʻlchov birligi
Bir oʻquvchi hisobiga
oʻgʻil bolalar uchun
qizlar uchun
soni
foydalanish muddati (yil)
soni
foydalanish muddati (yil)
Kiyim-boshlar:
1.
qishki palto
ta
1
3
1
3
2.
mavsumiy palto, kurtka
“
1
2
1
2
3.
oʻqish uchun kostyum:
— qishki
toʻplam
1
1
1
1
— yozgi
“
1
1
1
1
4.
oʻqish uchun ip-gazlamadan tikilgan oq koʻylaklar
ta
2
2
2
2
5.
sport formasi va kedlar
toʻplam
2
2
2
2
6.
oʻgʻil bolalar uchun kostyumlar
“
3
2
7.
qizlar uchun koʻylaklar (yubkalar, bluzkalar)
ta
3
2
8.
qizlar uchun uy xalatlari
“
2
2
9.
oʻgʻil bolalar uchun ip-gazlamadan tikilgan ustki koʻylaklar
ta
3
1
10.
bayramlar uchun qishki kostyum yoki koʻylak
“
1
2
1
2
11.
bayramlar uchun yozgi kostyum yoki koʻylak
“
1
2
1
2
12.
jun sviter (jemper)
“
1
2
1
2
13.
qizlar uchun reytuzalar
“
2
1
14.
yozgi bosh kiyim
“
1
1
1
1
15.
qishki bosh kiyim
“
1
2
1
2
16.
dastroʻmol
“
4
1
4
1
17.
uy shimlari (jinsilar)
“
1
1
1
1
18.
oʻgʻil bolalar uchun shim kamarlari
“
1
1
19.
yarim jun sharflar
“
1
3
1
3
20.
qoʻlqoplar (panjasiz qoʻlqoplar)
juft
1
3
1
3
21.
byustgalter
ta
3
1
22.
qizlar uchun triko
“
5
1
23.
kalta sport ishtonlari
“
2
1
24.
shortilar
“
1
1
1
1
25.
mayka
“
3
1
26.
futbolka
2
1
2
1
27.
ip-gazlama paypoqlar, golflar
juft
5
1
5
1
28.
tungi koʻylaklar, pijamalar
ta
2
1
2
1
29.
kolgotkalar
juft
5
1
30.
choʻmilish koʻylagi, plavkilar
ta
1
1
1
1
31.
botinkalar, tuflilar, krossovkalar
juft
3
1
3
1
32.
shippaklar
juft
2
1
2
1
33.
etiklar, qishki botinkalar
juft
1
1
1
1
34.
portfellar, sumkalar
ta
2
3
2
3
35.
jomadon
1
5
1
5
Yumshoq buyumlar:
36.
choyshablar
ta
3
2
3
2
37.
koʻrpa choyshablari
“
2
3
2
3
38.
kichik yostiq jildi
“
1
4
1
4
39.
katta yostiq jildi
“
3
3
3
3
40.
sochiq
“
3
2
3
2
41.
paxmoq sochiq
“
3
3
3
3
42.
jun yoki momiqli adyol
“
1
6
1
6
43.
paxmoq adyol
“
1
4
1
4
44.
toʻshak
“
1
4
1
4
45.
yostiq
+ - “
1
6
1
6
46.
toʻshak qoplamasi
“
1
6
1
6
47.
karavot oldiga toʻshaladigan gilamcha
“
1
6
1
6
Izoh. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari direktorlariga koʻrsatib oʻtilgan taʼminot normalariga, yangi fasonlarni va tarbiyalanuvchilar xohishlarini hisobga olgan holda, ushbu maqsadlar uchun oʻquv muassasasiga ajratiladigan mablagʻlar doirasida ayrim oʻzgartirishlar kiritish huquqi beriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 29-noyabrdagi 247-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida oʻqiyotgan hamda toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalarni shaxsiy gigiyena buyumlari bilan taʼminlash normalari
T/r
Shaxsiy gigiyena buyumlarining nomi
Oʻlchov birligi
Bir oʻquvchi hisobiga
oʻgʻil bolalar uchun
qizlar uchun
soni
foydalanish muddati (yil)
soni
foydalanish muddati (yil)
1.
Tish pastasi
ta
12
1
12
1
2.
Tish choʻtkasi
ta
3
1
3
1
3.
Kir sovun
ta
12
1
12
1
4.
Atir sovun
ta
24
1
24
1
5.
Kir yuvish poroshoklari
paket (400 g.)
12
1
12
1
6.
Soqol olish buyumlari
ta
12
1
5
1
7.
Taroq
ta
2
1
2
1
8.
Hojatxona qogʻozi
oʻram
24
1
24
1
9.
Shampun
ta (200 g.)
12
1
12
1
10.
Dezodorant (aerozol)
ta
6
1
6
1
11.
Gigiyena qistirmalari
upakovka (10 tadan)
12
1
12.
Momiq
upakovka (200 g.)
4
1
13.
Poyabzal moyi
tyubik
6
1
6
1
14.
Soqol olingandan keyin ishlatiladigan loson
flakon (100—150 g.)
6
1
15.
Badanni yuvish uchun gubka
ta
2
1
2
1
16.
Togʻora
ta
1
3
1
3
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 48-49-son, 485-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)