Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlar
ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2003-yil 7-maydagi 62-son “Tovar-moddiy boyliklarni olishga ishonchnomalar berish va ularni ishonchnomalar boʻyicha berish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 1245, 2003-yil 27-may) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son).
2. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2003-yil 28-oktabrdagi 121-son “Tovar-moddiy boyliklarni olishga ishonchnomalar berish va ularni ishonchnomalar boʻyicha berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 1245-1, 2003-yil 24-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 24-son).
3. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2016-yil 5-sentabrdagi 63-son “Tovar-moddiy boyliklarni olishga ishonchnomalar berish va ularni ishonchnomalar boʻyicha berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 1245-2, 2016-yil 9-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 36-son, 419-modda).
4. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 27-iyun 88-son “Tovar-moddiy boyliklarni olishga ishonchnomalar berish va ularni ishonchnomalar boʻyicha berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqning muqaddimasiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 1245-3, 2017-yil 3-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 27-son, 626-modda).
5. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 4-martdagi 28-son “Tovar-moddiy boyliklarni olishga ishonchnomalar berish va ularni ishonchnomalar boʻyicha berish tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 1245-4, 2019-yil 11-mart) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2019-y., 10/19/1245-4/2752-son).
6. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2006-yil 15-iyundagi 52-son “Oʻzbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi milliy standarti (4-sonli BHMS) “Tovar-moddiy zaxiralar”ni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 1595, 2006-yil 17-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 28-29-son, 282-modda).
7. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2016-yil 5-sentabrdagi 67-son “Oʻzbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (4-sonli BHMS) “Tovar-moddiy zaxiralar”ni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 1595-1, 2016-yil 9-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 36-son, 423-modda).
8. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 2-iyun 63-son “Oʻzbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi milliy standarti (4-son BHMS) “Tovar-moddiy zaxiralar”ni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqning muqaddimasiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 1595-2, 2017-yil 8-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 23-son, 484-modda).