

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                        <div class="act_warning">
                            Hujjat kuchini yo‘qotgan&nbsp;01.07.2020
                        </div>
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><a id="onLBC-1026483">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6750"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.04.00 Pul  mablagʻlari, valyuta, past baholi va tez emiriluvchi predmetlarning hisobi]</span></div></a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><a id="onLS-1026483">[<b>TSZ:</b><div id="LS3775"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Moliya / Buxgalteriya hisobi]</span></div></a></div><div class="ACCEPTING_BODY"><a id="-1026486">OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING </a></div><div class="ACT_FORM"><a id="-1026487">BUYRUGʻI</a></div><div class="ACT_TITLE"><a id="-1026489">OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BUXGALTERIYA HISOBI MILLIY STANDARTI <br />(4-SONLI BHMS) “TOVAR-MODDIY ZAXIRALAR”NI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA</a></div><div class="DEPARTMENTAL"><a id="-1026491">[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 17-iyulda 1595-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-1026492"></a></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><a id="-4909896">Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 28-maydagi 23-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-4890585?ONDATE=01.07.2020 00#-4893833">buyrugʻiga </a>(roʻyxat raqami 3278, 01.07.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1026495">“Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining <a href="/mact/-90762#-106367">5-moddasiga </a>asosan va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-noyabrdagi 553-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi toʻgʻrisidagi <a href="/mact/-522597#-522955">nizomga</a> muvofiq buyuraman<strong>:</strong></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1026496">1. Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi Milliy standarti (4-sonli BHMS) “Tovar-moddiy zaxiralar” (yangi tahriri) <a href="javascript:scrollText(-3741059)">ilovaga </a>muvofiq tasdiqlansin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1026497">2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1026498">Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998-yil 27-avgustda 44-son bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi Milliy <a href="/mact/-829339?ONDATE=28.08.1998 00#-904559">standarti</a> (4-sonli BHMS) “Tovar-moddiy zaxiralar” (1998-yil 28-avgust, roʻyxat raqami 486 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 1999-y., 5-son);</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1026499">Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2002-yil 14-noyabrdagi 132-sonli <a href="/mact/-829366"></a>“Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (4-sonli BHMS) “Tovar-moddiy zaxiralari”ga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-829366">buyrugʻi</a>” (2002-yil 20-noyabr, roʻyxat raqami 486-1 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-y., 22-son).</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1026500">3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 10 kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.</a></div><div class="SIGNATURE"><a id="-1026501">Moliya vaziri R. AZIMOV</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><a id="-1026502">Toshkent sh.,</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><a id="-1026503">2006-yil 15-iyun,</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><a id="-1026504">52-son</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-3741059"></a></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><a id="-3741063">Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2006-yil 15-iyundagi 52-son <a href="javascript:scrollText()">buyrugʻi </a>bilan <br />“TASDIQLANGAN” </a></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><a id="-3741065">Oʻzbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi milliy standarti (4-sonli bhms) “Tovar-moddiy zaxiralar”</a></div><div class="NEW_EDITION"><a id="-3741066">(yangi tahriri)</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-3741067"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741068">Mazkur Buxgalteriya hisobining milliy standarti (BHMS) “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/mact/-2931253">Qonuniga </a>asosan ishlab chiqilgan va Oʻzbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini normativ tartibga solish elementi boʻlib hisoblanadi.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-3741069">1-§. Umumiy qoidalar</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741070">1. Mazkur BHMSning maqsadi tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar yuridik shaxsga (bundan buyon matnda tashkilot deb yuritiladi) mulk huquqida tegishli boʻlgan tovar-moddiy zaxiralarning buxgalteriya hisobi uslubiyati va moliyaviy hisobotda aks ettirilishini belgilash hisoblanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741071">2. Tovar-moddiy zaxiralar hisobining asosiy qoidalari boʻlib quyidagilar hisoblanadi: tan olish paytini aniqlash, tasniflash, balans qiymatini baholash; tovar-moddiy zaxiralar tannarxiga kiritiladigan xarajatlarni aniqlash, kelgusi xarajatlarni, shu jumladan tovar-moddiy zaxiralar qiymatini xarajat sifatida tan olish; tovar-moddiy zaxiralar qiymatini realizatsiya qilishning sof qiymatiga qadar kamaytirish (baholash); ularning chiqib ketishidan moliyaviy natijalarni aniqlash hamda moliyaviy hisobotda ular boʻyicha axborotni yoritib berish tartibi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741072">3. Mazkur BHMS qoidalari pudrat qurilishi boʻyicha tugallanmagan ishlar, shu jumladan ular bilan bogʻliq xizmatlar boʻyicha kontraktlar va moliyaviy instrumentlar hisobga olish qoidalariga nisbatan qoʻllanmaydi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741073">4. Mazkur BHMSda qoʻllaniladigan atamalar:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741074">a) <strong>tovar-moddiy zaxiralar</strong> — keyinchalik sotish maqsadida normal faoliyat yuritish jarayonida tutib turiladigan va ishlab chiqarish jarayonida mavjud boʻlgan, shuningdek mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish jarayonida yoxud maʼmuriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan moddiy aktivlar;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741075">b) <strong>realizatsiya qilishning sof qiymati</strong> — tovar-moddiy zaxiralarni maqsadiga koʻra ishlatiladigan holatga keltirish va sotish boʻyicha baholangan xarajatlar chegirilgan holda joriy qiymati;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741077">v) <strong>joriy qiymat</strong> — maʼlum bir sanadagi amal qilayotgan bozor narxlari boʻyicha tovar-moddiy zaxiralarning qiymati yoki xabardor qilingan, bitimni amalga oshirishni xohlovchi, mustaqil taraflar oʻrtasida bitimni amalga oshirishda aktivni sotib olish yoki majburiyatni bajarish uchun yetarli boʻlgan summa;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741078">g) <strong>bevosita xarajatlar</strong> — alohida turdagi tovar-moddiy zaxiralarni ishlab chiqarish (xizmatlar koʻrsatish va ishlar bajarish) jarayoni bilan bevosita bogʻliq boʻlgan hamda ularning birligi tannarxiga toʻgʻridan toʻgʻri kiritiladigan ishlab chiqarish xarajatlari;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741079">d) <strong>bilvosita xarajatlar</strong> — bir necha turdagi tovar-moddiy zaxiralarni ishlab chiqarish (xizmatlar koʻrsatish va ishlar bajarish) jarayoni bilan bogʻliq boʻlgan ishlab chiqarish xarajatlari, ular muayyan tovar-moddiy zaxiralar birliklari tannarxiga bevosita kiritilmaydi, buning oqibatida ular xarajatlar obyektlari va ularning birliklari tannarxi oʻrtasida hisob-kitob yoʻli bilan taqsimlanadi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741080">e) <strong>boʻlinish nuqtasi</strong> — birgalikda ishlab chiqariladigan mahsulotlarni ishlab chiqarishda alohida turdagi mahsulotlar aniq identifikatsiya qilinadigan ishlab chiqarish jarayonining muayyan payti;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741082">j) <strong>tara</strong> — mahsulotlarni(tovarlarni) saqlash, oʻrash va transportda tashish uchun ishlatiladigan buyumni ifoda etuvchi moddiy obyekt. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741083">5. Tovar-moddiy zaxiralar tashkilotlarda quyidagilar koʻrinishida boʻlishi mumkin:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741084">a) xomashyo va materiallar, xarid qilingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar, yoqilgʻi, tara va tarabop materiallar, ehtiyot qismlar, inventar va xoʻjalik jihozlari hamda mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish, ishlab chiqarishga xizmat koʻrsatish, maʼmuriy ehtiyojlar va boshqa maqsadlar uchun moʻljallangan boshqa materiallar zaxiralari;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741086">b) boquvdagi va yaylovdagi yosh hayvonlar, katta yoshdagi hayvonlar, parrandalar, asalari oilalari, sotish uchun asosiy podadan yaroqsizga chiqarilgan katta yoshdagi chorva mollari, sotish uchun chetdan qabul qilingan chorva mollari;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741087">v) detallar, uzellar, buyumlarga tugallanmagan ishlov berilishi va ularning yigʻilishi hamda tugallanmagan texnologik jarayonlar koʻrinishida tugallanmagan ishlab chiqarish. Ishlarni bajaradigan va xizmatlar koʻrsatadigan tashkilotlarda tugallanmagan ishlab chiqarish ular boʻyicha qabul qilish-topshirish hujjatlari rasmiylashtirilmagan va tashkilot tomonidan tegishli daromad tan olinmagan tugallanmagan ishlarni (xizmatlarni)bajarishga doir xarajatlardan tashkil topadi; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741088">g) tashkilotda tayyorlangan tayyor mahsulot (ishlab chiqarish siklining pirovard natijasi — realizatsiya qilish uchun moʻljallangan va shartnomada yoki qonun hujjatlarida belgilangan hollarda boshqa hujjatlarning talablarida nazarda tutilgan texnik va sifat tavsiflariga muvofiq keladigan ishlov berilishi (butlanishi) tugallangan aktiv);</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741089">d) boshqa yuridik yoki jismoniy shaxslardan xarid qilingan (olingan) va tashkilotning odatiy faoliyati davomida qoʻshimcha ishlov berishsiz sotish yoki qayta sotish uchun moʻljallangan tovarlar. Bunda uzoq muddatli aktivlar obyektlari (binolar, inshootlar, transport vositalari, mulkiy (mutlaq) huquqlar va boshqalar) ham keyinchalik sotish yoki qayta sotish maqsadida xarid qilingan hollarda tovar boʻlib hisoblanishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741090">6. Inventar va xoʻjalik jihozlari tarkibiga quyidagi mezonlardan biriga javob beradigan aktivlar kiritiladi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741092">a) xizmat muddati bir yildan oshmaydigan;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741093">b) xizmat muddatidan qatʼiy nazar xarid qilish paytida qiymati bir birlik (komplekt) uchun Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining ellik baravarigacha miqdorda boʻlgan buyumlar. Tashkilot rahbari hisob siyosatida ularni inventar va xoʻjalik jihozlari tarkibida hisobga olish uchun buyumlar qiymatining bundan past chegarasini belgilash huquqiga egadir.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741096">Xizmat muddati va qiymatidan qatʼiy nazar inventar va xoʻjalik jihozlari tarkibiga quyidagilar kiritiladi: </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741097">a) maxsus asboblar va moslamalar (muayyan buyumlarni seriyalab va ommaviy ishlab chiqarish yoki yakka tartibdagi buyurtmani tayyorlash uchun moʻljallangan maqsadli vazifadagi asboblar va moslamalar); </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741099">b) maxsus va sanitariya kiyimlari, maxsus poyabzal; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741101">v) koʻrpa-toʻshaklar; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741102">g) kanselyariya ashyolari (kalkulyatorlar, stol jihozlari va hokazo); </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741103">d) oshxona inventari, shuningdek oshxona choyshablari; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741105">e) barpo etish xarajatlari qurilish-montaj ishlarining tannarxiga kiritiladigan vaqtinchalik (notitul) inshootlar, moslamalar va qurilmalar; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741106">j) foydalanish muddati bir yildan kam boʻlgan almashtiriladigan uskunalar; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741107">z) ovlash qurollari (trallar, yoyma toʻrlar, toʻrlar, jihozlar, merejlar va hokazo).</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741108">7. Tovar-moddiy zaxiralar buxgalteriya hisobining birligi zaxiralar toʻgʻrisida toʻliq va ishonchli maʼlumotlarni shakllantirish hamda ularning mavjudligi va harakati ustidan lozim darajada nazoratni taʼminlash maqsadida tashkilot tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Tovar-moddiy zaxiralarning xususiyatlari, ularni xarid qilish va ulardan foydalanish tartibidan kelib chiqib tovar-moddiy zaxiralarning birligi nomenklatura raqami, partiya, bir turdagi guruh va hokazo boʻlishi mumkin. </a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-3741109">2-§. Tovar-moddiy zaxiralarni tan olish</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741110">8. Tovar-moddiy zaxiralar aktiv sifatida tan olinadi, agar: </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741111">a) tashkilotga aktiv bilan bogʻliq kelgusidagi iqtisodiy naf kelishiga ishonch mavjud boʻlsa;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741112">b) aktiv qiymatini ishonchli baholash mumkin boʻlsa;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741113">v) ularga boʻlgan mulk huquqi oʻtsa.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741114">Tovar-moddiy zaxiralarga boʻlgan mulk huquqi, ular bilan bogʻliq xatarlar va mukofotlarning oʻtish payti mahsulot yetkazib berish (oldi-sotdi) shartlari kelishiladigan mahsulot yetkazib berish (oldi-sotdi) shartnomasi asosida belgilanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741115">9. Mulk huquqi tashkilotga tegishli boʻlmagan, biroq shartnoma shartlariga muvofiq uning ixtiyorida boʻlgan tovar-moddiy zaxiralar balansdan tashqari schyotlarda shartnomada nazarda tutilgan baho boʻyicha aks ettiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741116">10. Tovar-moddiy zaxiralar tashkilotning buxgalteriya balansiga quyidagilar natijasida kiritilishi lozim: </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741117">a) mahsulot yetkazib berish (oldi-sotdi) shartnomasi boʻyicha xarid qilish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741118">b) taʼsischilardan tashkilotning ustav kapitaliga ulush sifatida kelib tushishi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741119">v) taʼsischilar tarkibidan chiqishda yoki tugatilayotgan tashkilotning mol-mulki uning ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlanayotganda tashkilotning ilgari boshqa tashkilotning ustav kapitaliga kiritilgan taʼsis ulushi qaytarilishidan kelib tushishi; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741120">g) tekinga kelib tushish (hadya shartnomasi boʻyicha);</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741121">d) ayirboshlash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741122">e) uzoq muddatli aktivlar tarkibidan oʻtkazish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741123">j) ortiqcha (hisobga olinmagan) tovar-moddiy zaxiralarni aniqlash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741124">z) ilgari berilgan tovar qarzining qaytarilishi yoki tovar qarzini olish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741125">i) tashkilotning oʻzida tayyorlanishi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741126">k) hisobot davri oxirida tugallanmagan hamda tugallanmagan ishlab chiqarish sifatida hisobga olinadigan ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741127">l) tovar-moddiy zaxiralarga boʻlgan mulk huquqi olinishiga olib keladigan boshqa operatsiyalar va hodisalar. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741128">11. Tovar-moddiy zaxiralar quyidagi ikki qiymat: hisobot davri oxiridagi tannarxdan (xarid qiymati yoki ishlab chiqarish tannarxi) yoki realizatsiya qilishning sof qiymatidan eng kam qiymat boʻyicha baholanadi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741129">12. Buxgalteriya hisobida tovar-moddiy zaxiralarning tegishli tarzda tan olingan tannarxi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va mazkur BHMS bilan belgilangan hollardan boshqa holatlarda oʻzgartirilmaydi. </a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-3741130">3-§. Xarid qilingan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741131">13. Tovar-moddiy zaxiralari tashkilotning buxgalteriya balansiga tannarxi boʻyicha kiritiladi va ular oʻz ichiga xarid qiymatini (mol yetkazib beruvchiga toʻlanadigan summalar) va xarid qilish bilan bogʻliq boʻlgan barcha xarajatlarni kiritadi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741132">Tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bilan bogʻliq boʻlgan va ularning tannarxiga kiritiladigan xarajatlarga quyidagilar kiritiladi: </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741133">a) bojxona bojlari va yigʻimlari;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741134">b) tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bilan bogʻliq boʻlgan soliq va yigʻimlar summalari (agar ular qoplanmasa);</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741135">v) tovar-moddiy zaxiralar taʼminotchi va vositachi tashkilotlar orqali xarid qilinganda ularga toʻlanadigan vositachilik haqi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741136">g) tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bilan bogʻliq boʻlgan tovar-moddiy zaxiralarni sertifikatlash va ularni texnik shartlarga muvofiq sinash boʻyicha xarajatlar;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741137">d) tovar-moddiy zaxiralarni tayyorlash va ularni ayni paytdagi joylashish yoki foydalanish joyiga yetkazib berish boʻyicha transport-tayyorlov xarajatlari. Ular tayyorlash, yuklash-tushirish ishlari va tovar-moddiy zaxiralarni barcha turdagi transport bilan ularni ayni paytdagi joylashish yoki foydalanish joyiga transportda tashish uchun tariflarni (fraxtni) toʻlash boʻyicha xarajatlar, shu jumladan tovar-moddiy zaxiralarni transportda tashishda xatarlarni sugʻurtalash boʻyicha xarajatlardan tashkil topadi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741138">e) tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan boshqa xarajatlar.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741139">Savdo diskontlari, chegirmalar va boshqa shu kabi chegiruvlar tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish xarajatlarini belgilash chogʻida amalga oshiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741140">Xarid qilingan tovar-moddiy zaxiralarga haq toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar (akkreditiv ochish xarajatlari, oʻtkazmalar uchun bank komissiyasi, tovar-moddiy zaxiralarni chet el valyutasiga xarid qilish chogʻida valyutani konvertatsiya qilish boʻyicha komissiya va boshqa bank xizmatlari), tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish boʻyicha shartnomalarni tayyorlash, roʻyxatdan oʻtkazish va yopish bilan bogʻliq xarajatlar hamda aktivlarni xarid qilish bilan bevosita bogʻliq boʻlmagan boshqa xarajatlar tovar-moddiy zaxiralarning tannarxiga kiritilmaydi, balki ular yuzaga kelgan hisobot davrida xarajatlar sifatida tan olinadi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741141">Muddatidan oldin toʻlash natijasida yoki katta hajmda xarid qilish natijasida yoxud taraflarning kelishuvida nazarda tutilgan boshqa shunga oʻxshash sabablarga koʻra olingan pul chegirmalari xarid qilingan tovar-moddiy zaxiralar qiymatini kamaytirmaydi, balki ular yuzaga kelgan hisobot davrida moliya-xoʻjalik faoliyati natijalariga kiritiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741142">Tovar-moddiy zaxiralar qarz kapitali hisobiga xarid qilinganda yoki tayyorlanganda kreditdan (qarzdan) foydalanganlik uchun foizlar koʻrinishidagi xarajatlar qarz kapitali hisobidan toʻliq yoki qisman sotib olingan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxiga kiritilmaydi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741143">Tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish boʻyicha xarajatlar ularning yuzaga kelishini tasdiqlovchi boshlangʻich hujjatlar asosida belgilanadi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741144">Agar shartnoma shartlarida xarid qilinadigan tovar-moddiy zaxiralar uchun toʻlovni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash nazarda tutilgan boʻlsa, mazkur tovar-moddiy zaxiralar buxgalteriya hisobiga toʻlovni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash taqdim etilmasdan sotiladigan qiymat boʻyicha qabul qilinadi. Bunda tovar-moddiy zaxiralarning toʻlovni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash taqdim etilmasdan sotiladigan qiymati bilan sotib olinayotgan tovar-moddiy zaxiralar boʻyicha umumiy toʻlov summasi oʻrtasidagi farq toʻlovni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash davri mobaynida joriy toʻlovning kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash boʻyicha toʻlovlarning umumiy summasidagi salmogʻidan kelib chiqib moliyaviy xarajatlar (foizlar boʻyicha xarajatlar) sifatida tan olinadi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741284">14. Tovar-moddiy zaxiralarga qoʻshimcha ishlov berish va ularni foydalanishga yaroqli holga keltirish boʻyicha ishlar bilan bogʻliq xarajatlar tashkilotning mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlmagan navlarga ajratish, oʻrab-joylash va ularni tovar koʻrinishiga keltirish boʻyicha xarajatlarini oʻz ichiga oladi. Yaroqli holga keltirish boʻyicha ishlar bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar, ularning ham tashkilot — xaridorning oʻz kuchi bilan, ham chet tashkilotlar tomonidan bajarilishidan qatʼi nazar tovar-moddiy zaxiralarning tannarxiga kiritiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741285">15. Tashkilotning transport-tayyorlov xarajatlari quyidagi usullardan biri boʻyicha hisobga qabul qilinadi yoki xarid qilingan tovar-moddiy zaxiralar qiymatiga kiritiladi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741286">a) transport-tayyorlov xarajatlarini tovar-moddiy zaxiralar tannarxiga bevosita (toʻgʻridan toʻgʻri) kiritish (shartnoma narxiga qoʻshish, ustav kapitaliga kiritilgan hissaning pul bahosiga qoʻshish, tekinga olinganlarning joriy qiymatiga qoʻshish va h.k.).</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741287">Transport-tayyorlov xarajatlarini tovar-moddiy zaxiralar tannarxiga bevosita (toʻgʻridan toʻgʻri) kiritish usulini nomenklaturasi koʻp boʻlmagan tovar-moddiy zaxiralarga ega boʻlgan tashkilotlarda, shuningdek tovar-moddiy zaxiralarning alohida turlari va guruhlarining qiymati muhim ahamiyatga ega boʻlgan hollarda qoʻllash maqsadga muvofiq; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741288">b) yetkazib beruvchining hisob-kitob hujjatlariga binoan transport-tayyorlov xarajatlarini alohida sintetik “Materiallarni tayyorlash va xarid qilish” schyotiga olib borish va keyinchalik ularni “Materiallar” elementi boʻyicha tovar-moddiy zaxiralar tannarxiga yoki ishlatilishiga qarab ishlab chiqarish xarajatlariga va (yoki) davr xarajatlariga kiritish. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741290">Transport-tayyorlov xarajatlarining summasi alohida yigʻiladi va tovar-moddiy zaxiralarning tegishli nomlari (ushbu transport-tayyorlov xarajatlari olib boriladigan partiyalar, guruhlar) oʻrtasida taqsimlanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741291">Alohida yigʻiladigan transport-tayyorlov xarajatlari summasi tashkilotning hisob siyosatida belgilangan davrga bogʻliq holda davr oxiridagi tovar-moddiy zaxiralar qoldigʻi summasi va ushbu davrda chiqib ketgan (ishlatilgan, sotilgan, tekinga berilgan va h.k.) tovar-moddiy zaxiralar summasi oʻrtasida taqsimlanadi. Chiqib ketayotgan tovar-moddiy zaxiralarga tegishli boʻlgan transport-tayyorlov xarajatlari summasi chiqib ketgan tovar-moddiy zaxiralar qiymatidan transport-tayyorlov xarajatlarining oʻrtacha foizini hisoblash sifatida aniqlanib, ushbu tovar-moddiy zaxiralarning chiqib ketishi aks ettirilgan buxgalteriya hisobi schyotlari bilan bogʻlangan schyotlarida aks ettiriladi. Transport-tayyorlov xarajatlarining oʻrtacha foizi davr boshidagi transport-tayyorlov xarajatlari qoldigʻi va davr ichida qilingan transport-tayyorlov xarajatlari summalarini davr boshidagi tovar-moddiy zaxiralar qoldigʻi va davr ichida kelib tushgan tovar-moddiy zaxiralar summasiga boʻlish bilan aniqlanadi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741292">Transport-tayyorlov xarajatlarini hisobga olishning qoʻllaniladigan usuli tashkilotning hisob siyosatida aks ettirilishi lozim. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741293">16. Haq evaziga xarid qilingan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi qoplanadigan (hisobga olishga qabul qilinadigan) soliqlarni chegirgan holda shartnomaga yoki ularning xarid qilinganligi, ishlar bajarilganligi, xizmatlar koʻrsatilganligini tasdiqlovchi hujjatlarga muvofiq yetkazib beruvchiga (sotuvchiga) toʻlanadigan summa hamda unga mazkur BHMSning <a href="javascript:scrollText(-3741131)">13-bandida </a>nazarda tutilgan tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar qoʻshgan holda aniqlanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741294">17. Chet el valyutasida xarid qilingan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi mazkur BHMSning <a href="javascript:scrollText(-3741131)">13-bandida </a>nazarda tutilgan tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bilan bogʻliq boʻlgan tegishli xarajatlarni qoʻshgan holda, bojxona yuk deklaratsiyasi yoki ishlar bajarilganligi, xizmatlar koʻrsatilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirish sanasidagi chet el valyutasidagi summani Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha qayta hisoblash yoʻli bilan soʻmda belgilanadi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741295">18. Tashkilotning ustav kapitaliga hissa sifatida olingan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi, agar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida boshqa tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, tashkilot taʼsischilari (ishtirokchilari) tomonidan kelishilgan puldagi qiymat asosida aniqlanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741296">19. Tashkilot tomonidan tekinga (hadya shartnomasi boʻyicha) olingan hamda asosiy vositalar va boshqa mol-mulkning chiqib ketishi natijasida olingan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi ularning buxgalteriya hisobiga qabul qilinish sanasidagi joriy qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741297">20. Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xuddi shunday tovar-moddiy zaxiralarga ayirboshlash yoʻli bilan olingan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi berilgan tovar-moddiy zaxiralarning balans qiymatiga teng.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741299">Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xuddi shunday boʻlmagan tovar-moddiy zaxiralarga ayirboshlash yoʻli bilan olingan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi berilgan tovar-moddiy zaxiralarning joriy qiymatiga teng.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741301">Tovar-moddiy zaxiralar qoʻshimcha toʻlov bilan ayirboshlangan holatlarda almashtirish yoʻli bilan olingan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi berilgan tovar-moddiy zaxiralarning ayirboshlanish chogʻida oʻtkazilgan (olingan) pul mablagʻlari yoki ularning ekvivalentlari summasiga oshirilgan (kamaytirilgan) joriy qiymatiga teng.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741302">21. Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda majburiyatlarni (toʻlovni) pul koʻrinishida boʻlmagan mablagʻlar bilan bajarish nazarda tutiladigan shartnomalar boʻyicha olingan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi deb tashkilot tomonidan berilgan yoki berilishi lozim boʻlgan aktivlarning joriy qiymati yoki bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlarning joriy qiymati tan olinadi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741304">Tashkilot tomonidan berilgan yoki beriladigan aktivlarning qiymatini belgilash imkoniyati mavjud boʻlmagan taqdirda, majburiyatlarni (toʻlovni) pul koʻrinishida boʻlmagan mablagʻlar bilan bajarishni nazarda tutadigan shartnomalar boʻyicha tashkilot tomonidan olingan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi shunga oʻxshash vaziyatlarda xuddi shunday tovar-moddiy zaxiralar xarid qilinadigan joriy qiymatdan kelib chiqqan holda aniqlanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741306">22. Tashkilot tomonidan chetdan qayta sotish uchun xarid qilingan tovarlar xarid qiymati boʻyicha hisobga olinishi mumkin. Bunda mazkur BHMSning <a href="javascript:scrollText(-3741131)">13-bandida </a>nazarda tutilgan tovarlarni xarid qilish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar ular yuzaga kelgan hisobot davrida tashkilotning davr xarajatlariga (sotish boʻyicha) kiritiladi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741308">Moddiy javobgar shaxslarning faoliyati ustidan tegishlicha nazorat oʻrnatish maqsadida savdo va umumiy ovqatlanish bilan shugʻullanuvchi tashkilotlarga ustamalarni (chegirmalarni) buxgalteriya hisobi schyotlarida alohida hisobga olgan holda, xarid qilingan tovar-moddiy zaxiralarni sotish qiymati boʻyicha hisobga olishga ruxsat beriladi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741309">Tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olishning qoʻllaniladigan tartibi tashkilotning hisob siyosatida aks ettirilishi lozim. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741310">23. Uzoq muddatli aktivlar tarkibidan tovar-moddiy zaxiralar tarkibiga oʻtkazilgan aktivlarning tannarxi ushbu uzoq muddatli aktivlarning balans (qoldiq) qiymati boʻyicha belgilanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741312">24. Tashkilot tomonidan tovar-moddiy zaxiralar ustav kapitaliga ulush hisobiga, tekinga va ayirboshlash yoʻli bilan olinayotganda mazkur BHMSning <a href="javascript:scrollText(-3741131)">13-bandida </a>nazarda tutilgan xarajatlar amalga oshirilgan taqdirda tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi ushbu xarajatlar summasiga oshiriladi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741313">25. Inventarizatsiya natijasida aniqlangan ortiqcha (hisobga olinmagan) tovar-moddiy zaxiralarining tannarxi ular aniqlangan sanadagi joriy qiymatdan kelib chiqqan holda aniqlanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741314">26. Bitta umumiy summaga xarid qilingan barcha tovar-moddiy zaxiralardan har birining tannarxi ushbu summani alohida tovar-moddiy zaxiraning joriy qiymatiga mutanosib ravishda taqsimlash yoʻli bilan aniqlanadi.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-3741315">4-§. Tashkilotda ishlab chiqarilgan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741317">27. Tashkilotning oʻzi tomonidan ishlab chiqariladigan (tayyorlanadigan) tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi deb ularning ishlab chiqarish tannarxi tan olinadi. Tovar-moddiy zaxiralarning ishlab chiqarish tannarxiga ularni ishlab chiqarish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan, ishlab chiqarish texnologiyasi va uni tashkil etish bilan shartlangan xarajatlar kiritiladi. Ularga quyidagilar kiritiladi: bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar, bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari, ishlab chiqarish xususiyatiga ega boʻlgan boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741318">28. Tovar-moddiy zaxiralarning ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi xarajatlar ularning iqtisodiy mazmuniga koʻra quyidagi elementlar boʻyicha guruhlarga ajratiladi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741319">a) ishlab chiqarish moddiy xarajatlar (qaytariladigan chiqindilar qiymati chiqarib tashlangan holda);</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741320">b) ishlab chiqarish xususiyatiga ega boʻlgan mehnatga haq toʻlash xarajatlari, shu jumladan ular boʻyicha hisoblangan yagona ijtimoiy toʻlov summalari;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741322">v) ishlab chiqarishga moʻljallangan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741324">g) ishlab chiqarish xususiyatiga ega boʻlgan boshqa xarajatlar.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741325">29. Realizatsiya xarajatlari, tashkilotni boshqarish boʻyicha umumiy xarajatlar (maʼmuriy xarajatlar), boshqa operatsion xarajatlar, moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlar va favqulodda zararlar mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydi. </a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-3741326">5-§. Tovar-moddiy zaxiralarning tannarxini aniqlash usullari</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741328">30. Tovar-moddiy zaxiralar (mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)) tannarxini aniqlash usullari ularning turi, ishlab chiqarish turi, uning murakkabligi, tugallanmagan ishlab chiqarishning mavjudligi, ishlab chiqarish siklining davomiyligi, tovar-moddiy zaxiralar nomenklaturasiga bogʻliqdir. Mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) tannarxini aniqlashning asosiy usullari boʻlib: oddiy, meʼyoriy, buyurtmali, bosqichli usullar hisoblanadi, savdo tashkilotlarida esa xarajatlarni inventar baholash usuli ham qoʻllanilishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741329">31. Tannarxni aniqlashning oddiy usuli bir turdagi mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqaradigan va yarim tayyor mahsulotlar va tugallanmagan ishlab chiqarishga ega boʻlmagan tashkilotlarda qoʻllaniladi. Ushbu usul qoʻllanilganda hisobot davridagi barcha ishlab chiqarish xarajatlari barcha ishlab chiqarilgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) tannarxiga kiritiladi. Mahsulot (ishlar, xizmatlar) birligining tannarxi ishlab chiqarish xarajatlari summasini ishlab chiqarilgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) birliklarining umumiy miqdoriga boʻlish yoʻli bilan hisoblab chiqariladi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741331">32. Tannarxni aniqlashning meʼyoriy usuli xomashyo, materiallar, mehnat va ishlab chiqarish quvvatidan foydalanishning belgilangan meʼyorlari boʻyicha xarajatlarni hisobga olishga asoslangan. Meʼyorlar vaqti-vaqti bilan tahlil qilib turiladi va zarur hollarda joriy shart-sharoitlarga muvofiq qaytadan koʻrib chiqiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741333">33. Tannarxni aniqlashning buyurtmali usuli yakka tartibdagi va mayda seriyali ishlab chiqarishga ega boʻlgan tashkilotlarda qoʻllanadi, bunda ishlab chiqarish xarajatlari mahsulotga (ishga, xizmatga) (bir xildagi mahsulotlar guruhiga) doir alohida buyurtmalar boʻyicha identifikatsiyalanadi va hisobga olinadi. Buyurtmaning obyekti boʻlib mahsulot (ish, xizmat), bir xildagi mahsulot (ish, xizmat)ning mayda turkumlari yoki taʼmirlash, montaj va eksperimental ishlar hisoblanadi. Ishlab chiqarish jarayoni uzoq davom etadigan yirik mahsulotlarni tayyorlashda buyurtmalar yaxlit mahsulotga emas, balki uning tugallangan konstruksiyalarga ega boʻlgan alohida agregatlari, uzellariga berilishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741334">Tannarxni aniqlashning ushbu usulida barcha xarajatlar buyurtmaning yakunlanishiga qadar toʻlaligicha tugallanmagan ishlab chiqarish deb hisoblanadi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741435">Buyurtma birligining tannarxi uning bajarilishi (mahsulot ishlab chiqarilishi, ishlar bajarilishi yoki xizmatlar koʻrsatilishi) tugallangandan keyin aniqlanadi. Buyurtma boʻyicha xarajatlarning butun summasi uning tannarxini tashkil qiladi. Agar ushbu buyurtma bir xildagi mahsulot (ishlar, xizmatlar) turkumidan iborat boʻlsa, mahsulot (ishlar, xizmatlar) birligining tannarxi mazkur buyurtma boʻyicha xarajatlar summasini mahsulot birliklari miqdoriga boʻlish orqali aniqlanadi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741437">Buyurtmalar qisman bajarilib, ular buyurtmachilarga topshirilganda qisman ishlab chiqarish tannarxi ularning konstruksiyalari, texnologiyalari, ishlab chiqarish shart-sharoitlaridagi oʻzgarishlarni hisobga olgan holda ilgari bajarilgan buyurtmalarning tannarxi boʻyicha baholanadi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741438">34. Tannarxni aniqlashning bosqichli usuli boshlangʻich xomashyo va materiallar ishlab chiqarish jarayonida bir qator bosqich, faza, pogʻonalardan oʻtadigan tashkilotlarda qoʻllanadi. Ushbu usulda avval barcha mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) tannarxi, soʻngra uning birligi tannarxi aniqlanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741440">Bosqichli usul tashkilotning tarmoqqa mansubligiga bogʻliq holda ikki variantda amalga oshirilishi mumkin: yarim tayyor mahsulotli va yarim tayyor mahsulotsiz variantlarda. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741442">Yarim tayyor mahsulotli variantda har bir bosqich boʻyicha mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxi hisoblab chiqariladi hamda u avvalgi bosqichlar mahsuloti (ishlar, xizmatlar) tannarxi va mazkur bosqich boʻyicha xarajatlardan iborat boʻladi. Oxirgi bosqich mahsulotining tannarxi barcha tayyor mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxi hisoblanadi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741444">Yarim tayyor mahsulotsiz variantda faqat oxirgi bosqich mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxi hisoblab chiqariladi. Bunda xarajatlar avvalgi bosqichlar mahsuloti (ishlar, xizmatlar) tannarxini hisobga olmasdan, har bir bosqich boʻyicha alohida hisobga olinadi. Tayyor mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga barcha alohida bosqichlar boʻyicha uni ishlab chiqarish xarajatlari kiritiladi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741446">35. Bir texnologik jarayonda bitta xomashyo va materiallardan turli xildagi, ulardan har biri oʻzining sotish narxiga ega boʻlgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) bir vaqtning oʻzida ishlab chiqarilganda ushbu turdagi mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) birgalikda ishlab chiqariladigan mahsulot (ishlar, xizmatlar) deb ataladi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741448">Asosiy mahsulotni (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan va sotish qiymati asosiy mahsulotga (ishlarga, xizmatlarga) qaraganda juda past boʻlgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) qoʻshimcha mahsulot (ishlar, xizmatlar) deb ataladi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741450">Qoʻshimcha mahsulotdan (ishlardan, xizmatlardan) birgalikda ishlab chiqariladigan mahsulotning (ishlarning, xizmatlarning) farqi shundan iboratki, ularni taqsimlash nuqtasiga yetgunga qadar turli xildagi mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) sifatida identifikatsiya qilish mumkin emas. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741452">36. Birgalikda ishlab chiqariladigan mahsulotning (ishlarning, xizmatlarning) sotish qiymatini boʻlinish nuqtasida aniqlash mumkin boʻlgan hollarda birgalikda ishlab chiqariladigan mahsulotning (ishlarning, xizmatlarning) ishlab chiqarish tannarxini aniqlash maqsadida ishlab chiqarish xarajatlarini boʻlinish nuqtasida taqsimlash quyidagi usullardan biri orqali amalga oshiriladi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741454">a) natura koʻrsatkichlaridan foydalanish usuli. Ushbu usulda boʻlinish nuqtasiga qadar qilingan xarajatlar asosiy mahsulotning (ishlarning, xizmatlarning) har bir turiga uning natura koʻrsatkichlarida ifodalangan ishlab chiqarishning umumiy hajmidagi ulushiga mutanosib ravishda taqsimlanadi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741455">b) boʻlinish nuqtasidagi realizatsiya qilish qiymati asosidagi usul. Ushbu usulda boʻlinish nuqtasiga qadar qilingan xarajatlar asosiy mahsulotning (ishlarning, xizmatlarning) har bir turiga uni realizatsiya qilishdan kutilayotgan tushum umumiy summasidagi ulushiga mutanosib ravishda taqsimlanadi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741458">37. Birgalikda ishlab chiqariladigan mahsulotning (ishlarning, xizmatlarning) alohida turlari keyingi qayta ishlov berishga oʻtkazilgan hamda boʻlinish nuqtasida ularni sotishning joriy ni (relizatsiya qilish qiymatini) aniqlashning imkoni boʻlmagan hollarda ishlab chiqarish xarajatlarini boʻlinish nuqtasida birgalikda ishlab chiqariladigan mahsulot (ishlar, xizmatlar) turlari oʻrtasida taqsimlash quyidagi usullardan biri orqali amalga oshiriladi: </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741460">a) realizatsiya qilishning sof qiymati usuli. Ushbu usulda birgalikda ishlab chiqariladigan mahsulot (ishlar, xizmatlar) turlari boʻyicha xarajatlar ularni realizatsiya qilishning sof qiymatiga mutanosib ravishda taqsimlanadi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741461">b) realizatsiya qilishdan yalpi foydaning doimiy ulushi usuli. Ushbu usuldan foydalanilganda xarajatlar shunday taqsimlanishi lozimki, bunda har bir alohida mahsulot (ishlar, xizmatlar) uchun umumiy yalpi foydaning foiz ulushi bir xil boʻlishi hamda umumiy yalpi foyda koʻrsatkichiga teng boʻlishi kerak. Yalpi foydaning foiz ulushi birgalikda ishlab chiqariladigan mahsulot (ishlar, xizmatlar) turlarining umumiy tannarxini ushbu mahsulot turlarini sotishdan taxmin qilingan umumiy tushumdan chiqarib tashlab, soʻngra foyda miqdorini sotishdan taxmin qilingan umumiy tushumdan foiz koʻrinishida aks ettirish yoʻli bilan hisoblab chiqariladi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741463">38. Agar ishlab chiqarishning bir texnologik jarayonida bir vaqtning oʻzida bir qancha turdagi mahsulot (ishlar, xizmatlar) chiqib, mahsulotlardan (ishlar, xizmatlar) biri yoki bir qancha turi asosiy (maqsadli) turga tegishli boʻlsa, unda qolgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) turlari qoʻshimcha mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) sifatida qaralishi mumkin. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741465">Asosiy mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxini aniqlashda qoʻshimcha mahsulotning (ishlarning, xizmatlarning) joriy qiymati yoki realizatsiya qilishning sof qiymati ishlab chiqarish jarayonlarining umumiy xarajatlaridan chegiriladi, xarajatlarning qolgan qismi esa asosiy mahsulotga (ishlarga, xizmatlarga) tegishli boʻladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741467">39. Mahsulotning (ishlarning, xizmatlarning) qoʻshimcha turlarini hisobga olish quyidagi usullardan biri boʻyicha amalga oshiriladi: </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741469">a) qoʻshimcha mahsulotni (ishlarni, xizmatlarni) haqiqatda realizatsiya qilish. Ushbu usulda joriy davrda sotilgan asosiy mahsulotning (ishlarning, xizmatlarning) tannarxi qoʻshimcha mahsulotni (ishlarni, xizmatlarni) haqiqatda realizatsiya qilish (sof realizatsiya qilish) summasiga kamaytiriladi. Qoʻshimcha mahsulotning (ishlarning, xizmatlarning) sotilmagan zaxiralari qoldigʻi boʻlinish nuqtasidan keyin qoʻshimcha mahsulotlarni keyingi qayta ishlanishiga qilingan xarajatlar summasidan kelib chiqqan holda hisobga olinadi. Qoʻshimcha mahsulot (ishlar, xizmatlar) qoldigʻini haqiqatda realizatsiya qilish (sof realizatsiya qilish) summasi qoʻshimcha mahsulot (ishlar, xizmatlar) realizatsiya qilinganda tan olinadi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741471">b) qoʻshimcha mahsulotni (ishlarni, xizmatlarni) haqiqatda ishlab chiqarish. Ushbu usuldan foydalanilganda asosiy mahsulotni (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqarishda sarflangan xarajatlar ishlab chiqarilgan qoʻshimcha mahsulot (ishlar, xizmatlar) barcha miqdorining sof sotish qiymati summasiga darhol kamaytiriladi. Sotilmagan qoʻshimcha mahsulotning (ishlarning, xizmatlarning) qoldigʻi realizatsiya qilishning sof qiymati boʻyicha hisobga olinadi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741472">Ishlab chiqarish tarmogʻining xususiyatlaridan kelib chiqib, tovar-moddiy zaxiralar, shu jumladan qoʻshimcha mahsulotlar tannarxini aniqlashning qoʻllanadigan usullari tashkilotning hisob siyosatida aks ettirilishi lozim. </a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-3741474">6-§. Realizatsiya qilishning sof qiymati</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741475">40. Tovar-moddiy zaxiralar, agar realizatsiya qilishning sof qiymati ularning tannarxidan past boʻlsa, realizatsiya qilishning sof qiymati boʻyicha aks ettiriladi. Realizatsiya qilishning sof qiymati tovar-moddiy zaxiralarning har bir birligi (turi) boʻyicha aniqlanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741476">41. Realizatsiya qilishning sof qiymatini aniqlash maqsadida tovar-moddiy zaxiralarni qayta baholash — ular qiymatini joriy qiymatga muvofiqlashtirish maqsadida tovar-moddiy zaxiralar qiymatini vaqti-vaqti bilan aniqlashtirishdir.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741478">42. Tovar-moddiy zaxiralar ularning alohida birliklari tannarxini qayta baholashni oʻtkazish sanasida shakllangan oʻxshash baholanadigan tovar-moddiy zaxiralarning hujjat bilan tasdiqlangan joriy qiymatlari boʻyicha qayta hisoblash yoʻli bilan qayta baholanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741479">Qayta baholash tashkilot tomonidan mustaqil ravishda yoki qonun hujjatlariga muvofiq baholash faoliyati bilan shugʻullanish huquqiga (litsenziyasiga) ega boʻlgan ixtisoslashtirilgan tashkilotni (mutaxassis-ekspertlarni) jalb etish orqali amalga oshiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741481">43. Tovar-moddiy zaxiralar birligining joriy qiymatini hujjatli tasdiqlash uchun tashkilotning ixtiyoriga koʻra quyidagilardan foydalanish mumkin:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741482">a) ishlab chiqaruvchilar va ularning rasmiy dilyerlari, tovar-xomashyo birjalari, koʻchmas mulk birjalaridan yozma shaklda olingan tovar-moddiy zaxiralar oʻxshash birligining joriy qiymati (narxi) toʻgʻrisida maʼlumotlar;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741484">b) xarid qilish sanasida (tasdiqlovchi hujjat mavjud boʻlganida) EKVda tovar-moddiy zaxiralar birligining tannarxi toʻgʻrisida maʼlumotlar, bunda xorijiy valyutalar kurslarining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qayta baholashni oʻtkazish sanasi va tovar-moddiy zaxiralarning tegishli birligini xarid qilish sanasida belgilangan soʻmga nisbati sifatida aniqlanadigan hisob-kitob koeffitsiyenti qoʻllaniladi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741485">v) tegishli davlat organlaridagi mavjud boʻlgan narxlar darajasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741486">g) qayta baholashni oʻtkazish davrida ommaviy axborot vositalari va maxsus adabiyotlarda chop etilgan narxlar darajasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741488">d) baholovchining tovar-moddiy zaxiralar tegishli birligining joriy qiymati toʻgʻrisidagi hisoboti.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741490">44. Tovar-moddiy zaxiralar, agar ular shikastlangan, toʻliq yoki qisman eskirgan yoki ularni realizatsiya qilishning sof qiymati pasaygan boʻlsa, arzonlashtirilishi mumkin. Agar tan olingan butlash xarajatlari, zaxiralarni tovar koʻrinishiga keltirish boʻyicha ishlar yoki moʻljallangan sotish xarajatlari oshgan boʻlsa, tovar-moddiy zaxiralarning qiymati kamaytirilishi mumkin. Tovar-moddiy zaxiralarni realizatsiya qilishning sof qiymatiga qadar tannarxdan past arzonlashtirish amaliyoti zaxiralarning haddan tashqari toʻplanishi va ularning sekin aylanuvchanligi hollarida tovar-moddiy zaxiralar moliyaviy hisobotda ularni realizatsiya qilish yoki ishlatishdan kutiladigan summadan yuqori aks ettirilmasligi uchun qoʻllanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741491">45. Tovar-moddiy zaxiralar odatda “moddalar boʻyicha usul” asosida realizatsiya qilishning sof qiymatiga qadar arzonlashtiriladi. Bunda bir turdagi yoki oʻzaro bogʻlangan tovar-moddiy zaxiralarni guruhlashdan, yaʼni: mahsulotning birgina assortimentiga taalluqli boʻlgan; bir xil vazifa yoki pirovardda bir xil ishlatishga ega boʻlgan; birgina geografik hududda ishlab chiqariladigan yoki birgina geografik hududdagi bozorga chiqariladigan; mahsulotning ushbu assortimentida boshqa materiallardan amalda alohida baholanishi mumkin boʻlmagan tovar-moddiy zaxiralardan foydalanish mumkin. Tovar-moddiy zaxiralarni muayyan tarmoq yoki birgina geografik hududdagi tayyor mahsulot (ishlar, xizmatlar) yoki tovar-moddiy zaxiralarga tasniflashga asoslanib arzonlashtirish toʻgʻri emas.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741493">46. Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarishda foydalaniladigan xomashyo va boshqa materiallar, agar ulardan tayyorlangan mahsulot joriy qiymatda sotilsa, tannarxdan past qilib arzonlashtirilmaydi. Biroq, agar materiallar narxining tushishi munosabati bilan tayyor mahsulot narxi pasaytirilsa, yaʼni ushbu materiallardan tayyorlangan tayyor mahsulotning tannarxi mazkur tayyor mahsulotni realizatsiya qilishning sof qiymatidan oshsa, materiallar qiymati kamaytirilishi lozim. Shunga oʻxshash materiallarni sotib olish xarajatlari realizatsiya qilishning sof qiymatini baholashning eng ishonchlisi boʻlishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741495">47. Tovar-moddiy zaxiralar tannarxining ushbu tovar-moddiy zaxiralarni realizatsiya qilishning sof qiymati summasidan oshadigan summasi, yaʼni qayta baholash natijasida tovar-moddiy zaxiralarning arzonlashish summasi u yuzaga kelgan hisobot davrining xarajatlariga kiritiladi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741496">48. Har bir keyingi davrda realizatsiya qilishning sof qiymatini yangidan qayta baholash oʻtkazilishi mumkin. Iqtisodiy konyunkturaning oʻzgarganligi sababli tashkilotning mulkidagi ilgari qiymati pasaytirilgan tovar-moddiy zaxirani realizatsiya qilishning sof qiymati oshgan holda tegishli hisobdan chiqarish summasi shu tariqa tiklanadiki (tiklash dastlabki hisobdan chiqarish miqdorlari bilan cheklangan), bunda yangi balans qiymati mazkur BHMSning <a href="javascript:scrollText(-3741536)">51-bandida </a>nazarda tutilgan tartibda ushbu ikki qiymatning eng kami — tannarx yoki qayta koʻrib chiqilgan realizatsiya qilishning sof qiymatiga qadar keltiriladi.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-3741498">7-§. Tovar-moddiy zaxiralarning chiqib ketishi</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741499">49. Chiqib ketayotgan tovar-moddiy zaxiralarning qiymati chiqib ketish fakti aniqlangan paytda balansdan hisobdan chiqarilishi kerak. Tovar-moddiy zaxiralar tashkilotning balansidan: </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741500">a) realizatsiya qilish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741501">b) boshqa tashkilotning ustav kapitaliga taʼsis ulushi koʻrinishida berish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741503">v) taʼsischining taʼsischilar tarkibidan chiqishida yoki tugatilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektning mol-mulkini uning ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlayotganda ilgari tashkilotning ustav kapitaliga kiritilgan ulushni taʼsischiga qaytarish; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741504">g) tekinga berish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741505">d) ayirboshlash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741506">e) saqlash muddati tugagach yaroqsizligi sababli, jismonan va maʼnan eskirganligi natijasida tugatish (yoʻq qilish);</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741507">j) kamomad, yoʻqotish yoki shikastlanish (sinish, boʻlinish) aniqlanishi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741508">z) tovar qarzi koʻrinishida taqdim etish yoki ilgari olingan tovar qarzini qaytarish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741509">i) boshqa operatsiyalar va hodisalar natijasida hisobdan chiqariladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741535">50. Tovar-moddiy zaxiralarning chiqib ketishidan moliyaviy natija (foyda yoki zarar) tovar-moddiy zaxiralarning chiqib ketishidan olingan daromaddan ularning balans qiymati va tovar-moddiy zaxiralarning chiqib ketishi bilan bogʻliq bilvosita soliqlarni chegirish orqali aniqlanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741536">51. Chiqib ketayotgan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi bilan bogʻliq daromad tan olinadigan hisobot davrida xarajat sifatida tan olinadi. Chiqib ketish munosabati bilan tovar-moddiy zaxiralarni istalgan hisobdan chiqarish summasi va ularga doir barcha zararlar hisobdan chiqarish yuz bergan yoki zarar yetkazilgan hisobot davri mobaynida xarajat sifatida hisobga olinishi kerak. Realizatsiya qilishning sof qiymatini oshirish natijasida yuzaga keladigan, ilgari hisobdan chiqarilgan tovar-moddiy zaxiralarning qiymatini tiklash summasi oshish yuz bergan hisobot davrida xarajat sifatida tan olingan, chiqib ketgan (sh.j. realizatsiya qilingan) tovar-moddiy zaxiralar tannarxining pasayishi sifatida tan olinadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741537">52. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan tovar-moddiy zaxiralar hisobi sotish qiymati boʻyicha yuritilganda sotilgan tovar-moddiy zaxiralar tannarxi sotilgan tovar-moddiy zaxiralarning sotish qiymati bilan ularga toʻgʻri keluvchi savdo ustamasi summasi oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Sotilgan tovar-moddiy zaxiralarga toʻgʻri keluvchi savdo ustamasining summasi sotilgan tovar-moddiy zaxiralarning sotish qiymati (tovar aylanmasi) va savdo ustamasining oʻrtacha foizi koʻpaytmasi sifatida aniqlanadi. Savdo ustamasining oʻrtacha foizi hisobot davri boshidagi savdo ustamalarining qoldigʻi va hisobot davrida kelib tushgan tovar-moddiy zaxiralar boʻyicha savdo ustamalari summasini hisobot davri boshida tovar-moddiy zaxiralar qoldigʻining sotish qiymati va hisobot davrida olingan tovar-moddiy zaxiralarning sotish qiymati summasiga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741538">53. Tovar-moddiy zaxiralar qoldiqlari va chiqib ketayotgan (shuningdek ishlab chiqarishga berilgan) tovar-moddiy zaxiralar qiymatini aniqlash quyidagi usullardan biri orqali amalga oshiriladi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741539">a) tegishli birlikning identifikatsiyalangan tannarxi boʻyicha;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741540">b) oʻrtacha tortilgan qiymat boʻyicha (AVECO);</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741542">v) tovar-moddiy zaxiralar xarid qilingan vaqt boʻyicha dastlabki zaxiralar tannarxi boʻyicha (FIFO).</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741543">54. Tovar-moddiy zaxiralarning har bir guruhi (turi) boʻyicha hisobot yili mobaynida qiymatni aniqlashning faqat bir usuli qoʻllanadi. Tovar-moddiy zaxiralarning guruhi (turi) boʻyicha qiymatni aniqlash usullaridan birini qoʻllash, hisob siyosatini qoʻllashda yoʻl qoʻyilgan izchillikdan kelib chiqib amalga oshiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741544">55. Tashkilot tomonidan alohida tartibda foydalaniladigan (qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar va hokazo) va bir-birining oʻrnini bosmaydigan (yaʼni ular odatdagi holda bir-birini almashtira olmaydi), shuningdek maxsus loyihalar uchun ishlab chiqarilgan va moʻljallangan (ishlatiladigan) tovar-moddiy zaxiralar tegishli birlikning identifikatsiyalangan tannarxi usuli boʻyicha baholanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741546">Ushbu usulda oʻziga xos xarajatlar muayyan tovar-moddiy zaxiralarga olib boriladi. Aks ettirishning ushbu usuli, ular sotib olinganligi yoki ishlab chiqarilganligidan qatʼiy nazar, maxsus loyihalar uchun moʻljallangan mahsulotlarga toʻgʻri keladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741547">56. AVECO usuli boʻyicha tovar-moddiy zaxiralar har bir birligining qiymati davr boshida aynan bir xil birliklarning oʻrtacha tortilgan qiymati va davr mobaynida xarid qilingan yoki ishlab chiqarilgan aynan bir xil birliklarning qiymatidan kelib chiqib aniqlanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741549">Tovar-moddiy zaxiralar har bir birligi qiymatini AVECO usuli boʻyicha aniqlash davr boshidagi tovar-moddiy zaxiralar qoldigʻining tannarxi va miqdori hamda ushbu davr mobaynida kelib tushgan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi va miqdoridan shakllanadigan, aynan bir xil birliklarning umumiy tannarxini ularning umumiy miqdoriga boʻlish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Oʻrtacha qiymat tashkilot tomonidan tanlangan usulga qarab davriy yoki tovar-moddiy zaxiralarning har bir yangi partiyasi kelib tushishiga koʻra hisoblab chiqarilishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741551">57. FIFO usuli boʻyicha tovar-moddiy zaxiralarning chiqib ketayotgan birliklari tannarxiga birinchi navbatda xarid qilingan yoki ishlab chiqarilgan zaxiralarning qiymati kiradi, davr oxiridagi tovar-moddiy zaxiralar qiymati esa oxirgi boʻlib xarid qilingan yoki ishlab chiqarilgan zaxiralar birliklarining umumiy qiymatidan tashkil topadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741553">58. Hisobot davri oxirida tovar-moddiy zaxiralar qiymatini aniqlash ularning chiqib ketishida tovar-moddiy zaxiralar qiymatini aniqlashning qabul qilingan usuliga bogʻliq holda amalga oshiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741554">Tovar-moddiy zaxiralarning chiqib ketishida ularning qiymatini aniqlashning qoʻllaniladigan usuli tashkilotning hisob siyosatida aks ettirilishi lozim.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-3741619">8-§. Inventar va xoʻjalik jihozlarini hisobga olish xususiyatlari</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741620">59. Inventar va xoʻjalik jihozlarini foydalanishga topshirishda ularning qiymati vazifasiga qarab ishlab chiqarish xarajatlariga yoki davr xarajatlariga toʻliq hisobdan chiqarilib, keyin tashkilot tomonidan oddiy shakl boʻyicha (bir tomonlama tartibda), tannarxi boʻyicha nomlar (nomenklatura raqamlari) yoki guruhlar (yiriklashtirilgan komplektlar) kesimida tezkor miqdoriy hisob yuritiladi, bunda foydalanishga kelib tushish sanasi (oy, yil), foydalanish joyi (boʻlinmalar boʻyicha) va ulardan foydalanish muddati mobaynida moddiy javobgar shaxslar koʻrsatiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741621">60. Agar inventar va xoʻjalik jihozlarining qiymati bir birlik (komplekt) uchun xarid qilish paytida Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining oʻn baravaridan ortiq boʻlsa, unda tashkilot ularni foydalanishga berishda ushbu inventar va xoʻjalik jihozlarining qiymatini muddati kechiktirilgan xarajatlarga kiritishi mumkin. Bunda kechiktirilgan xarajatlarni kamaytirish, yaʼni ularni xarajatlarga hisobdan chiqarish quyidagi usullardan birini qoʻllash orqali amalga oshiriladi: </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741622">a) qiymatni ishlab chiqarilgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmiga mutanosib ravishda hisobdan chiqarish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741623">b) teng meʼyorda.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741625">Qiymatni ishlab chiqarilgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmiga mutanosib ravishda hisobdan chiqarish usulida kechiktirilgan xarajatlar summasini hisobdan chiqarish hisobot davrida ishlab chiqarilgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmining natural koʻrsatkichidan va inventar hamda xoʻjalik jihozlari tannarxining koʻrsatilgan inventar va xoʻjalik jihozlarini foydali ishlatishning butun kutilayotgan muddatida mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarishning taxmin qilinayotgan hajmiga nisbatidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741626">Qiymatni teng meʼyoriy usulda hisobdan chiqarish inventar va xoʻjalik jihozlarining tannarxidan hamda ushbu inventar va xoʻjalik jihozlarini foydali ishlatish muddatini hisobga olgan holda hisoblab chiqarilgan meʼyorlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741628">61. Inventar va xoʻjalik jihozlarining qiymatini xarajatlarga hisobdan chiqarish usullaridan birini qoʻllash inventar va xoʻjalik jihozlaridan foydali ishlatishning butun muddati mobaynida amalga oshiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741630">62. Agar mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish muddatidan avval toʻxtatilgan va uni tiklash kutilmayotgan boʻlsa, kechiktirilgan xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarda hisobga olinadigan inventar va xoʻjalik jihozlarining qoldiq qiymati (inventar va xoʻjalik jihozlari qiymatining hisobdan chiqarilmagan miqdori qoldigʻi) tashkilotning moliyaviy natijalariga boshqa operatsion xarajatlar sifatida hisobdan chiqariladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741631">63. Tashkilotning inventar va xoʻjalik jihozlarini taʼmirlash hamda ularga xizmat koʻrsatish boʻyicha xarajatlari (masalan, maxsus asbobni charxlash, alohida uzel va detallarni almashtirish va hokazolar) inventar va xoʻjalik jihozlarining vazifasidan kelib chiqib ishlab chiqarish xarajatlari yoki davr xarajatlariga kiritiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741633">64. Foydalanishda boʻlgan, biroq keyinchalik oʻz vazifasi boʻyicha foydalanilmayotgan inventar va xoʻjalik jihozlari boshqa operatsion daromad sifatida realizatsiya qilishning sof qiymati boʻyicha kirim qilinishi mumkin. Bunda, agar ushbu inventar va xoʻjalik jihozlari boʻyicha kechiktirilgan xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarda summa qoldigʻi boʻlsa, unda ular ham hisobot davrining xarajatlari sifatida moliyaviy natijalarga kiritilishi lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741634">65. Inventar va xoʻjalik jihozlarining qiymatini ularni foydalanishga berish paytida toʻliq ishlab chiqarish xarajatlariga yoki davr xarajatlariga hisobdan chiqarishda, foydalanishdagi inventar va xoʻjalik jihozlarining keyinchalik saqlanishini taʼminlash maqsadida ularning hisobini sex omborchilari va alohida foydalanuvchilar boʻyicha balansdan tashqari schyotlarda yuritish lozim. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741636">Inventar va xoʻjalik jihozlari qiymatining ularni foydalanishga berishda hisobdan chiqarish tartibi, shuningdek ularning qiymatini xarajatlarga kiritishning foydalanilayotgan usuli tashkilotning hisob siyosatida aks ettirilishi lozim.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-3741637">9-§. Idishlarni hisobga olish xususiyatlari</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741639">66. Vazifasiga koʻra idishlar quyidagilarga boʻlinadi: </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741641">a) tovar-moddiy qiymatliklarni omborlarda saqlash yoki mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish texnologik jarayonini amalga oshirish uchun moʻljallangan idish (saqlash uchun idish);</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741642">b) tovar-moddiy zaxiralarni ishlab chiqarish jarayonida, omborlarda yoki savdo joylarida oʻrash uchun moʻljallangan idish (oʻrash uchun idish);</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741644">v) tovar-moddiy zaxiralarning ishlab chiqaruvchidan isteʼmolchiga qadar harakati jarayonida tashish va saqlash uchun moʻljallangan idish (tashish uchun idish).</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741646">67. Etkazish sharoitlari va foydalanish soniga (marotabasiga) koʻra koʻp marotaba va bir marta ishlatiladigan idishlarga ajratiladi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741648">Koʻp marotaba ishlatiladigan idishlar mol yetkazib beruvchidan (ishlab chiqaruvchidan) isteʼmolchiga koʻp marotaba aylanadi va tovar-moddiy zaxiralardan boʻshatilgandan soʻng yetkazib beruvchi tashkilotga qonun hujjatlarida yoki shartnomada belgilangan tartibda qaytariladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741649">Bir marta ishlatiladigan idishlar ishlab chiqarishga berilganda yoki tovar-moddiy zaxiralar chiqib ketganda tashkilot tomonidan xarajatlarga hisobdan chiqariladi va qaytarilmaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741651">68. Ishlab chiqarish jarayonida mahsulotlarni oʻrash uchun moʻljallangan bir marta ishlatiladigan idishlar qiymati tannarx tarkibiga, savdo joylari va omborlarda tovarlarni oʻrash uchun ishlatiladigan idishlar esa sotish xarajatlariga kiritiladi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741653">69. Tovar-moddiy zaxiralar bilan yetkazib beriladigan koʻp marotaba ishlatiladigan idishlarning bir qancha turlari uchun yetkazib beruvchi xaridordan garov summasini undirishi mumkin, ushbu summa xaridorga undan idishlar ishga yaroqli (buzilmagan) holatda olingandan soʻng qaytariladi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741655">Tara uchun garov summalarini undirishga preyskurantlar, yetkazib berishning alohida sharoitlari yoki taraflar uchun majburiy boshqa qoidalar bilan nazarda tutilgan hollarda yoʻl qoʻyiladi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741657">Xaridor tomonidan idishlar qayta ishlatish uchun yetkazib beruvchiga ishga yaroqli (buzilmagan) holatda qaytarilganda, unga (idishni topshiruvchiga) uning uchun toʻlangan summalar qaytariladi. Bunda idishlarning xaridor tomonidan qaytarilishi va ushbu taralardagi tovar-moddiy zaxiralar sotib olingan yetkazib beruvchi tomonidan idishlarning olinishi daromad keltiruvchi operatsiya sifatida qaralmaydi. Qaytariladigan taralar boshqa yetkazib beruvchiga yoki idish tayyorlovchi tashkilotga sotilgan taqdirda, ushbu operatsiya buxgalteriya hisobida daromad keltiruvchi bitim sifatida tan olinadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741659">70. Idishlar tarkibida shuningdek idishlarni tayyorlash va taʼmirlash uchun maxsus moʻljallangan materiallar va detallar — tarabop materiallar (yashiklarni yigʻish uchun detallar, bochka taxtasi, temir gardish, pardali va polietilenli tiqin, viskozadan toʻqilgan qalpoqchalar, zar qogʻoz va boshqalar) ham hisobga olinadi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741660">Yuklanadigan mahsulotlarning (tovarlarning) saqlanishini taʼminlash maqsadida vagonlar, kemalar, avtotransport va boshqa transport vositalarini qoʻshimcha jihozlash uchun moʻljallangan buyumlar idishga kiritilmaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741661">71. Koʻp marotaba ishlatiladigan idishlarni taʼmirlash va ularga xizmat koʻrsatish boʻyicha xarajatlar (masalan, ayrim detallari, qismlarini tozalash, almashtirish va h.k.) davr xarajatlariga kiritiladi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741663">72. Tabiiy eskirishi, sinishi (shikastlanishi) yoki buzilishi natijasida yaroqsiz holga kelgan va tashkilot tomonidan ishlatilmaydigan idishlar tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilgan holda xarajatlarning tegishli moddalariga hisobdan chiqariladi.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-3741665">10-§. Oʻstirishdagi va boquvdagi hayvonlarni hisobga olish xususiyatlari</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741666">73. Oʻstirishdagi va boquvdagi hayvonlarni hisobga olish obyektlari boʻlib: nasl, ortgan vazn va oʻsish; yosh hayvonlarni katta yoshdagi guruhlarga va asosiy podaga oʻtkazish; asosiy podadan yaroqsizga chiqarilgan chorva mollarning boquvga qoʻyilishi hisoblanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741667">74. Asosiy podaning yaroqsizga chiqarilgan va boquvga qoʻyilgan chorva mollari yaroqsizga chiqarilgan mahsuldor hayvonlarning balans qiymati va yaroqsizga chiqarilgan katta yoshdagi ishchi hayvonlarning sotilishidan kutilayotgan summa boʻyicha kirim qilinadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741668">Chetdan kelib tushgan hayvonlarning oʻstirishga va boquvga kirim qilinishi mazkur BHMSning 3-paragrafida belgilangan tartibda oʻtkaziladigan baholash boʻyicha amalga oshiriladi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741669">75. Boquvdagi hayvonlarning tirik vazni, oʻstirish va boqish natijasida oshadi, shuning uchun hayvonlar tirik vaznning oʻsishini hisobga olgan holda muntazam ravishda qoʻshimcha baholanadi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741670">Tirik vaznning oʻsishi hayvonlar biriktirilgan moddiy javobgar shaxslar boʻyicha turlari va hisob-ishlab chiqarish guruhlari boʻyicha aniqlanadi. Buning uchun mazkur guruh hayvonlarining hisobot davri oxirida belgilangan tirik vazniga mazkur yoshdagi guruhdan hisobot davri mobaynida chiqib ketgan hayvonlarning tirik vazni qoʻshiladi va mazkur guruhga tegishli hisobot davrida kelib tushgan hayvonlarning tirik vazni hamda hisobot davri boshida mavjud boʻlgan hayvonlarning tirik vazni ayriladi. Olingan natija hisobot davri mobaynida oʻstirishda yoki boquvda va yaylovda boʻlgan hayvonlarning yosh guruhi boʻyicha tirik vaznining oʻsishini aks ettiradi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741671">Yil oxirida olingan nasl va tirik vaznning oʻsishi tannarxiga hisobot kalkulatsiyalaridan kelib chiqqan holda tuzatish kiritiladi.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-3741672">11-§. Tovar-moddiy zaxiralarni inventarizatsiyadan oʻtkazish</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741673">76. Tovar-moddiy zaxiralarning haqiqatda mavjudligini aniqlash, ularning realizatsiya qilish sof qiymatini tasdiqlash va ularning but saqlanishini nazorat qilish maqsadida tashkilotlar tomonidan vaqti-vaqti bilan, lekin yilda kamida bir marotaba tovar-moddiy zaxiralarni inventarizatsiyadan oʻtkaziladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741674">77. Tovar-moddiy zaxiralarni inventarizatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1999-yil 19-oktabrda EG/17-19-2075-son bilan tasdiqlangan (1999-yil 2-noyabrda 833-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) Oʻzbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi milliy standarti (19-son BHMS) “<a href="/mact/-812952">Inventarizatsiyani tashkil etish va oʻtkazish</a>” da belgilangan tartibda oʻtkaziladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741675">78. Inventarizatsiyada aniqlangan ortiqcha tovar-moddiy zaxiralarning qiymatini kirim qilish boshqa operatsion daromadlar sifatida aks ettiriladi. Kamomadi inventarizatsiya vaqtida aniqlangan yetishmaydigan tovar-moddiy zaxiralarning balans qiymati aybdor shaxslar aniqlanishiga qadar kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlarni hisobga oluvchi schyotda aks ettiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741676">Inventarizatsiya natijasida aniqlangan tovar-moddiy zaxiralar kamomadi summasi qonun hujjatlarida belgilangan hollarda tabiiy yoʻqolish meʼyorlari chegarasida, shuningdek kamomadning aniq aybdorlari aniqlanmagan yoki moddiy javobgar shaxslardan undirish imkoniyati boʻlmagan hollarda, uni moliya-xoʻjalik faoliyati natijalariga hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan hisobot davridagi moliya-xoʻjalik faoliyati natijalariga kiritiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741677">Aniq aybdor shaxslar aniqlangan holda inventarizatsiya natijasida aniqlangan tovar-moddiy zaxiralar kamomadi summasi moddiy javobgar shaxs yoki aybdordan undiriladi.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-3741678">12-§. Tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olish tizimlari</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741679">79. Mahsulot ishlab chiqarish, tovarlarni sotish, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish jarayonining xarakteri va xususiyatlaridan kelib chiqib tovar-moddiy zaxiralar hisobi quyidagi: uzluksiz (doimiy) yoki davriy hisobga olish tizimlaridan biri boʻyicha amalga oshirilishi mumkin. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741680">80. Tovar-moddiy zaxiralarning uzluksiz hisobga olish tizimidan foydalanilganda tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olish schyotlarida ularning kelib tushishi va chiqib ketishi boʻyicha operatsiyalar batafsil aks ettirib boriladi. Tovar-moddiy zaxiralarni uzluksiz hisobga olish tizimida butun hisobot davri mobaynida tovar-moddiy zaxiralarning qoldigʻi summalari va sotilgan (chiqib ketgan) zaxiralarning tannarxi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar olinishi mumkin. Sotilgan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi, sotishning borishiga qarab sotilgan mahsulot (tovarlar, ishlar, xizmatlar) tannarxini hisobga olish schyotlarida aks ettiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741681">81. Davriy hisobga olish tizimi qoʻllanilganida hisobot davri mobaynida tovar-moddiy zaxiralarni hisobga oluvchi schyotlarda ularning kelib tushishi va chiqib ketishining batafsil hisobi yuritilmaydi. Tovar-moddiy zaxiralarning haqiqatdagi mavjudligi ularni inventarizatsiyasi natijalari boʻyicha aniqlanadi. Sotilgan (chiqib ketgan) tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi ularni inventarizatsiyasi yakunlanishiga qadar aniqlanishi mumkin emas. Sotilgan (chiqib ketgan) tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi davr boshidagi qoldiq summasi va davr mobaynida tushumlarni qoʻshish hamda davr oxiridagi qoldiq summasini ayirish yoʻli bilan aniqlanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741682">Tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olishning qoʻllaniladigan tizimi tashkilotning hisob siyosatida aks ettirilishi lozim. </a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-3741683">13-§. Axborotlarni yoritib berish</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741684">82. Moliyaviy hisobotda quyidagilar yoritib berilishi lozim: </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741685">a) tovar-moddiy zaxiralar qiymatini aniqlashda qabul qilingan hisob siyosati, shu jumladan tovar-moddiy zaxiralar qiymatini baholashning qoʻllanadigan usullari;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741686">b) tovar-moddiy zaxiralarning yakuniy balans summasi va balans summasi tashkilotga muvofiq keladigan tasnifda;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741687">v) sabablarini bayon etgan holda, tovar-moddiy zaxiralarni realizatsiya qilishning sof qiymatiga qadar jiddiy hisobdan chiqarish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741688">g) har qanday qisman hisobdan chiqarilgan summani tiklash summasi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741689">d) xoʻjalik faoliyatining hisobdan chiqarilgan tovar-moddiy zaxiralarni tiklashga olib kelgan holatlari yoki voqealari;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741691">e) majburiyatlar uchun kafolat sifatida garovga qoʻyilgan tovar-moddiy zaxiralarning balans qiymati;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3741692">j) hisobot davrida chiqib ketadigan tovar-moddiy zaxiralar tannarxi.</a></div><br /><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><a id="-3741053">(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 28-29-son, 282-modda)</a></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
