1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.06.00.00 Vakillik. Ishonchnoma]
[TSZ:
1.Moliya / Buxgalteriya hisobi]
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
Buyrugʻi
TOVAR MODDIY BOYLIKLARINI OLIShGA IShONChNOMALAR BERISh VA ULARNI IShONChNOMALAR BOʻYIChA BERISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2003-yil 27-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1245]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 28-maydagi 23-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3278, 01.07.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2003-yil 7-mayda 62-son bilan “TASDIQLANGAN”
Tovar-moddiy qiymatliklarni olishga ishonchnomalar berish va ularni ishonchnomalar boʻyicha berish tartibi toʻgʻrisida
Nizom
Mazkur Nizom “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga asosan ishlab chiqilgan va tovar-moddiy qiymatliklarni olishga ishonchnomalar berish va ularni ishonchnomalar boʻyicha berish tartibini belgilaydi.
1-§. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom mulkchilik shaklidan va idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasining barcha korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga (keyin oʻrinlarda — korxonalar) tatbiq etiladi.
2. Korxona tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mol yetkazib beruvchilardan tovar-moddiy qiymatliklarni olish uchun ishonchli shaxsga berilgan yozma vakolat ishonchnoma deb tan olinadi. Ishonchli shaxs unga ishonchnoma boʻyicha berilgan vakolatlar doirasida harakat qiladi.
2-§. Tovar-moddiy qiymatliklarni olishga ishonchnomalar berish tartibi
3. Tovar-moddiy qiymatliklarni olishga ishonchnomalar korxona ixtiyoriga koʻra mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda (berilgan ishonchnomalar Ishonchnomalar kitobchasi koreshogida hisobga olingan hollarda) yoki mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda (berilgan ishonchnomalar Jurnalda hisobga olingan hollarda) rasmiylashtiriladi.
Ishonchnomalar korxona rahbari yoki u tomonidan qonun hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda belgilanadigan shaxslar tomonidan imzolanadi.
4. Ishonchnomalar mol yetkazib beruvchi tomonidan shartnoma va boshqa bitimlar boʻyicha beriladigan tovar-moddiy qiymatliklarni olishga beriladi.
Ishonchli shaxs talab etilayotgan tovar-moddiy qiymatliklarni bir joydan (bir ombordan), biroq bir necha shartnoma va boshqa bitimlar boʻyicha olishi lozim boʻlgan holatlarda unga shartnoma va boshqa bitimlarning raqam va sanalari koʻrsatilgan bitta ishonchnoma yoki agar tovar-moddiy qiymatliklar bir necha ombordan olinishi kerak boʻlsa bir nechta ishonchnomalar beriladi.
Ishonchnomalarni yozishda olinishi kerak boʻlgan moddiy qiymatliklar roʻyxati agar ishonchnomada koʻrsatilgan joʻnatish hujjatida (shartnoma va shu kabilarda) olinishi kerak boʻlgan tovar-moddiy qiymatliklar nomi va soni keltirilmagan boʻlsa yoki ishonchnoma boʻyicha joʻnatish hujjatlarida keltirilgan tovar-moddiy qiymatliklarning faqat bir qismigina olinsa toʻldiriladi. Agar ishonchnoma boʻyicha chiqarish hujjatlarida koʻrsatilgan barcha nomdagi va miqdordagi tovar-moddiy qiymatliklar olinsa, unda ishonchnomaning orqa tomonini qiymatliklar roʻyxati bilan toʻldirmasa ham boʻladi. Bunday holda ishonchnomaning ushbu qismida chiqarish hujjatining nomi, raqami va sanasi, shuningdek olinadigan tovar-moddiy qiymatliklarning umumiy summasi koʻrsatiladi.
5. Ishonchnomani berishda korxona tanlagan uning shakliga bogʻliq holda ishonchnoma Ishonchnomalar kitobchasi koreshogida yoki berilgan ishonchnomalarni hisobga olish jurnalida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Ishonchnoma kitobchasi raqamlangan va tikilgan boʻlishi shart. Kitobchaning oxirgi varagʻida korxona rahbari yoki u tomonidan belgilagan shaxsning imzosi bilan “Mazkur kitobchada …. varaq raqamlangan” yozuvi amalga oshiriladi. Varaqlar soni yozuv bilan koʻrsatiladi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 4-martdagi 28-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1245-4, 11.03.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2019-y., 10/19/1245-4/2752-son)
Berilgan ishonchnomalarni hisobga olish mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha, raqamlangan va ip bilan tikilgan jurnalda olib boriladi. Jurnalning oxirgi varagʻida korxona rahbari yoki u tomonidan belgilangan shaxslarning imzosi bilan “Mazkur jurnalda ... varaq raqamlangan” yozuv amalga oshiriladi. Varaqlar soni yozuv bilan koʻrsatiladi.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 4-martdagi 28-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1245-4, 11.03.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2019-y., 10/19/1245-4/2752-son)
Ishonchnoma kitobchasi va Berilgan ishonchnomalarni hisobga olish jurnali ishonchnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun masʼul boʻlgan shaxsda saqlanishi kerak.
Toʻliq yoki qisman toʻldirilmagan ishonchnomalarni hamda ular nomiga yozilgan shaxslarning imzo namunasi boʻlmagan ishonchnomalarni berish taqiqlanadi.
6. Ishonchnomaning amal qilish muddati u asosida ishonchnoma berilgan shartnomalar va boshqa bitimlar boʻyicha tegishli qiymatliklarni olish va olib chiqib ketish imkoniyatiga bogʻliq ravishda belgilanadi, biroq u qonun hujjatlarida oʻrnatilgan muddatdan oshmasligi kerak.
7. Ishonchli shaxsni unga berilgan, amal qilish muddati hali tugamagan ishonchnomalar boʻyicha qiymatliklarni olish huquqidan mahrum qilishda tovar-moddiy qiymatliklarni oluvchi darhol tegishli ishonchnomalarning bekor qilinganligi haqida mol yetkazib beruvchini xabardor qiladi. Bunday xabarnoma olingan paytdan boshlab bekor qilingan ishonchnoma boʻyicha qiymatliklarni berish toʻxtatiladi. Bunday hollarda bekor qilingan ishonchnomalar boʻyicha qiymatliklarni berganlik uchun yetkazib beruvchi javobgar boʻladi.
8. Ishonchli shaxs qiymatliklarni olgandan keyin topshiriqlar bajarilganligi va u olgan tovar-moddiy qiymatliklar omborga (omborxonaga) topshirilganligi toʻgʻrisidagi hujjatlarni korxona buxgalteriyasiga yoki tegishli moddiy javobgar shaxsga taqdim etishi shart.
Foydalanilmagan ishonchnomalar amal qilish muddati tugagan kundan keyingi kunda uni bergan korxonaga qaytarilishi kerak.
Foydalanilmagan ishonchnomaning qaytarilganligi toʻgʻrisida Ishonchnomalar kitobchasiining koreshogida (“Topshiriq bajarilganligini tasdiqlaydigan hujjatning raqami va sanasi” ustunida) yoki berilgan ishonchnomalarni hisobga olish jurnalida (“Ishonchnoma boʻyicha topshiriqlar bajarilganligi” toʻgʻrisidagi qaydlar ustunida) qayd etiladi. Qaytarilgan foydalanilmagan ishonchnomalar “foydalanilmagan” yozuvi bilan toʻldiriladi va ularni roʻyxatdan oʻtkazish uchun javobgar boʻlgan shaxs tomonidan hisobot yili oxiriga qadar saqlanadi. Yil tugagach bunday foydalanilmagan ishonchnomalar bu haqda tegishli dalolatnoma tuzish bilan belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.
Amal qilish muddati tugagan ishonchnomalardan foydalanish xususida hisobot bermagan shaxslarga yangi ishonchnomalar berilmaydi.
3-§. Tovar-moddiy qiymatliklarni ishonchnomalar boʻyicha berish tartibi
9. Ishonchnomalar amal qilish muddatidan qatʼi nazar, tovar-moddiy qiymatliklarning dastlabki berilishida mol yetkazib beruvchiga qoldiriladi. Tovar-moddiy qiymatliklarni qismlarga boʻlib berishda har bir berilgan qismga yukxat (qabul qilish-topshirish dalolatnomasi yoki shunga oʻxshash boshqa hujjat) tuziladi, unda ishonchnoma raqami va u berilgan sana koʻrsatiladi. Bunday hollarda yukxatning (yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjatning) bir nusxasi tovar-moddiy qiymatliklarni oluvchiga beriladi, boshqasi ― mol yetkazib beruvchida qoladi hamda ishonchnomaga koʻra qiymatliklarni berish ustidan kuzatuv va nazorat uchun qoʻllaniladi.
Tovar-moddiy qiymatliklar berib boʻlingandan keyin ishonchnoma ishonchnomalar boʻyicha topshirilayotgan qiymatliklarning oxirgi turkumini berish uchun hujjat bilan birga buxgalteriyaga topshiriladi.
10. Korxona ishonchnomalari boʻyicha tovar-moddiy qiymatliklarni berish quyidagi hollarda amalga oshirilmaydi:
a) toʻldirish tartibini buzgan holda yoki toʻldirilmagan rekvizitlar bilan berilgan ishonchnomalar taqdim etilganda;
b) tuzatilgan va boʻyalgan joylari mavjud boʻlgan ishonchnomalar taqdim etilganda;
v) ishonchnomada koʻrsatilgan pasport taqdim etilmaganda;
g) ishonchnoma berilgan muddat tugaganda;
d) oluvchidan ishonchnoma bekor qilinganligi toʻgʻrisida xabar olinganda;
e) uning nomidan ishonchnoma berilgan yuridik shaxsning faoliyati toʻxtatilganda;
4-§. Mazkur nizomga rioya etilishi ustidan nazorat qilish
11. Ishonchnomalar berishning belgilangan tartibiga rioya etilishi hamda tovar-moddiy qiymatliklarni ishonchnomalar boʻyicha berish ustidan nazorat qilish korxona rahbari tomonidan belgilangan masʼul shaxs zimmasiga yuklanadi.
Tovar-moddiy qiymatliklarni olish uchun ishonchnoma berish va ularni ishonchnoma boʻyicha chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ishonchnoma raqami
Berilgan sanasi
Amal qilish muddati
Ishonchnoma berilgan shaxsning lavozimi va F.I.Sh.
Ishonchnomani olganligi haqida imzo
1
2
3
4
5
Mol yetkazib beruvchi
Shartnoma va boshqa bitimlarning raqami va sanasi
Topshiriqning bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatning raqami va sanasi
Material qiymatliklarini______________________________________ boʻyicha olish uchun
Hujjatning nomi, raqami va sanasi
Orqa tomoni
Olinishi kerak boʻlgan material qiymatliklarining roʻyxati
T/r
Material qiymatliklarining nomi
Oʻlchov birligi
Soni (yozuv bilan)
1
2
3
4
______________Ishonchnomani olgan shaxsning imzosi_______________________ Tasdiqlaymiz.
_________________
____________________
imzo
F.I.Sh.
_________________
____________________
imzo
F.I.Sh.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 4-martdagi 28-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1245-4, 11.03.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2019-y., 10/19/1245-4/2752-son)
Tovar-moddiy qiymatliklarni olish uchun ishonchnoma berish va ularni ishonchnoma boʻyicha chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
_____-sonli ishonchnoma
Berilgan sana _____________“___” ______________20__ yil
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 4-martdagi 28-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1245-4, 11.03.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2019-y., 10/19/1245-4/2752-son)
Tovar-moddiy qiymatliklarni olish uchun ishonchnoma berish va ularni ishonchnoma boʻyicha chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Berilgan ishonchnomani hisobga olish
jurnali
T/r
Berilgan sana
Amal qilish muddati
Ishonchnoma kimga berilgan (lavozimi va familiyasi)
Mol yetkazib beruvchining nomi
Shartnoma yoki boshqa bitimlarning raqami va sanasi
Ishonchnomani olgan shaxsning imzosi
Ishonchnoma boʻyicha topshiriqning bajarilishi toʻgʻrisidagi belgi
1
2
3
4
5
6
7
8
(Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2003-yil 28-oktabrdagi 121-son (roʻyxat raqami 1245-1, 2003-yil 24-dekabr), 2016-yil 5-sentabrdagi 63-son (roʻyxat raqami 1245-2, 2016-yil 9-sentabr) buyruqlari bilan kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar bilan; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2019-y., 10/19/1245-4/2752-son)