Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi
Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2003-yil 7-maydagi 62-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1245, 2003-yil 27-may) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son) bilan tasdiqlangan Tovar-moddiy boyliklarni olishga ishonchnomalar berish va ularni ishonchnomalar boʻyicha berish tartibi toʻgʻrisida
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
ikkinchi xatboshidan “va muhr bilan (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) tasdiqlanadi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshidan “va muhr bilan tasdiqlanadi (muhr mavjud boʻlgan taqdirda)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2.
1 va
2-ilovalardan “M.Oʻ. (muhr mavjud boʻlgan taqdirda)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.