1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.07.00 Elektron tijorat. Elektron raqamli imzo (shuningdek, 12.03.02.02, 12.03.02.03larga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.01.00 Birjalar va ularning faoliyatini tashkil etishning umumiy qoidalari. Birjalarning ixtisoslashuvi;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi);
2.Moliya / Birja faoliyati]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Tovar xom ashyo birjalari faoliyatiga ilgʻor axborot texnologiyalarini keng joriy etish va elektron tijorat faoliyatini izchil rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tovar xom ashyo birjalari faoliyati samaradorligini oshirish va birja savdosi mexanizmlarini yanada takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2019-yil 8-oktabrdagi PQ-4484-son qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, tovar xom ashyo birjalari tomonidan tashkil etilayotgan birja va elektron savdolarda shaffoflik darajasini oshirish, shuningdek, elektron savdolar jarayoniga aralashish va ularning natijalarini notoʻgʻri koʻrsatish imkoniyatlariga yoʻl qoʻymaslik maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston respublika tovar xom ashyo birjasi” AJ (keyingi oʻrinlarda — “OʻzRTXB” AJ) aksiyadorlarining 2019-yil 19-noyabrdagi umumiy yigʻilishi qaroriga muvofiq ilgʻor axborot-texnologiyalarini joriy etish va birja faoliyatida elektron tijoratni izchil rivojlantirish, talab va taklif hamda narxlarni prognozlashtirish uchun tovar bozorlarini, shuningdek, tovar bozorlari konyunkturasiga jiddiy taʼsir etuvchi omillarni har tomonlama tahlil qilish boʻyicha dolzarb vazifalarni hisobga olgan holda jamiyatning yangilangan tuzilmasi tasdiqlangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Birja savdolari mexanizmlarini takomillashtirish va “OʻzRTXB” AJ faoliyati samaradorligini oshirishning asosiy yoʻnalishlarini nazarda tutuvchi chora-tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
oʻtkaziladigan savdolar shaffofligini taʼminlaydigan, shuningdek, birjaning barcha platformalarida elektron savdolarni tashkil etish va oʻtkazish jarayonlariga aralashish hamda ularning yakunlarini notoʻgʻri koʻrsatish imkoniyatlariga yoʻl qoʻymaydigan innovatsion IT-texnologiyalarni joriy etish;
narxlarni, talab va taklifni prognozlashtirish maqsadida tovar bozorlarida konyunkturani, jumladan, tovar bozorlarida konyunkturaga jiddiy taʼsir oʻtkazuvchi omillarni samarali va har tomonlama tahlil etish ishlarini tashkil etish;
birja savdolarini oʻtkazish shakllarini takomillashtirish va yangi savdo vositalarini joriy etish, shuningdek, elektron tijoratni jadal rivojlantirish;
xalqaro standartlar talablariga muvofiq zamonaviy va samarali moliyaviy va HR-menejment uslublarni joriy etish.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va “OʻzRTXB” AJning 2020-yil 1-iyundan quyidagilarni nazarda tutuvchi tartibni joriy etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin:
tovar segmentlari boʻyicha birja savdolarini mahsulotning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olib va birja aʼzolariga foydalanish huquqini bergan holda alohida seksiyalarda oʻtkazish;
mahsulotni seksiya tamoyili boʻyicha sotishni taʼminlash va brokerlik oʻrinlarini birjaning rasmiy veb-sayti orqali taqdim etish boʻyicha shaffof mexanizmni inobatga olgan holda, yuridik shaxslarni birja aʼzolari sifatida akkreditatsiyadan oʻtkazish;
birja savdosi qoidalari talablariga muvofiqligi boʻyicha faoliyat koʻrsatuvchi birja aʼzolarining malaka darajasini har 3 yilda muntazam aniqlash.
4. Quyidagi asosiy tartib-taomillarni nazarda tutuvchi Birja savdolarida yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
birja savdolari orqali sotiladigan yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlar hajmini shakllantirish, ularning boshlangʻich narxlarini hamda oʻzaro hisob-kitoblar mexanizmini belgilash;
birja savdolarida tuziladigan bitimlar boʻyicha mahsulotni bir oydan ortiq muddatga kechiktirgan holda yetkazib berish sharti bilan sotishni nazarda tutuvchi “forvard” savdo turini joriy etish;
yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni birja savdolari orqali eksportga sotish tartibini belgilash;
oʻrtacha birja kotirovkalarini hisoblash hamda mahsulot narxlarining monitoringini yuritish.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiyot va sanoat vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 18-mart,
170-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 170-son qaroriga 1-ILOVA
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.01.00 Birjalar va ularning faoliyatini tashkil etishning umumiy qoidalari. Birjalarning ixtisoslashuvi]
Birja savdolari mexanizmlarini takomillashtirish va “OʻzRTXB” AJ faoliyatining samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar
rejasi
T/r
Tadbirlar nomi
Amalga oshirish shakli
Amalga oshirish muddatlari
Masʼul ijrochilar
I. Oʻtkaziladigan savdolar shaffofligini taʼminlaydigan, shuningdek, barcha birja platformalarida elektron savdolarni tashkil etish va oʻtkazish jarayonlariga aralashish hamda ularning yakunlarini notoʻgʻri koʻrsatish imkoniyatlariga yoʻl qoʻymaydigan innovatsion IT-texnologiyalarni joriy etish
1.
Birja elektron savdo platformalari uchun yagona kliring tizimini yaratish.
Dasturiy taʼminot ishlab chiqish va joriy etish
2020-yil iyun
“OʻzRTXB” AJ, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Moliya vazirligi
2.
Birja savdosining savdo tizimini modernizatsiya qilish, mahsulotning oʻziga xos xususiyatlarini va birja aʼzolarining foydalanish huquqini hisobga olgan holda, tovarlar segmentlari boʻyicha savdolarni alohida seksiyalarda tashkil etish.
Dasturiy taʼminot ishlab chiqish va joriy etish
2020-yil iyun
“OʻzRTXB” AJ, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
3.
Quyidagilar boʻyicha savdolarni tashkil etishni nazarda tutuvchi yangi savdo vositalarini joriy etish:
tovarni 1 oydan ortiq boʻlgan muddatda yetkazib berish boʻyicha forvard bitimlar;
ikki tomonlama qarama-qarshi auksion savdolari.
Dasturiy taʼminot ishlab chiqish va joriy etish
2020-yil may
2020-yil avgust
“OʻzRTHB” AJ, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
4.
Chakana savdo korxonalariga “V2V”, “V2S” va “S2S” formatida elektron tijorat bozoriga kirish uchun soddalashtirilgan holda foydalanish uchun elektron savdo tizimini (elektron gipermarket) joriy qilish.
Savdo qoidalarini ishlab chiqish
2021-yil avgust
“OʻzRTXB” AJ, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi,
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
5.
Elektron tijorat va logistika sohasida tajribaga ega boʻlgan hamkorlarni jalb qilgan holda, “UZEX innovation” MCHJ negizida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish, shu jumladan:
birjada sotiladigan mahsulotlarni saqlash va logistika qilish elektron dasturini ishlab chiqish;
elektron xaridlar tizimini yanada takomillashtirish;
birjaning barcha savdo platformalarida oʻzaro hisob-kitoblar tizimida elektron shakldagi hisobvaraqdan foydalanishni joriy etish;
birja savdolarining elektron tizimini yagona kliring tizimiga integratsiyalashgan yangi dasturiy tizimini ishlab chiqish.
“UZEX innovation” MCHJning moddiy-texnik jihatdan barqarorligini taʼminlash.
Hamkorlarni jalb qilish, innovatsion savdo platformalarini yaratish
2020-yil sentabr
“OʻzRTXB” AJ
6.
Birjaning axborot tizimida auksion oʻtkazish orqaliisteʼmolchilarga talab etilgan raqamlar kombinatsiyasi bilan mobil raqamlarni shaffoflik va raqobat asosida realizatsiya qilish mexanizmini joriy qilish.
Kelishuv imzolash
kelishuvga qarab
“OʻzRTXB” AJ, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, uyali aloqa operatorlari
7.
Birjaning barcha elektron savdo platformalari uchun mobil dasturlarni ishlab chiqish va joriy etish.
Dasturiy taʼminot ishlab chiqish va joriy etish
2020-yil aprel
“OʻzRTXB” AJ
8.
Birja va uning aʼzolari, shuningdek, mijozlar bilan oʻzaro munosabatlarning interfaol shakliga oʻtish uchun elektron hujjat aylanish tizimini joriy etish.
Dasturiy taʼminot ishlab chiqish va joriy etish
2020-yil iyun
“OʻzRTXB” AJ, Davlat soliq qoʻmitasi,
9.
Elektron savdolar natijalarining havfsiz saqlanishini taʼminlash maqsadida maʼlumotlarni qayta ishlash boʻyicha maʼlumotlar markazi zaxirasini yaratish.
Muhandislik tuzilmasini barpo etish
2020-2022-yillar
“OʻzRTXB” AJ, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
10.
Intellektual mulk obyektlaridan qonunga xilof foydalanish, aralashishdan texnik va huquqiy himoya qilish vositalarining axborot xavfsizligi taʼminlanishini hisobga olgan holda, ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish yoki birja axborot tizimlarini modifikatsiyalashtirish.
Tashkiliy-texnik tadbirlar
doimiy ravishda
“OʻzRTXB” AJ, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Intellektual mulk agentligi
II. Narxlarni, talab va taklifni prognozlashtirish maqsadida tovar bozorlarida konyunkturani, jumladan, tovar bozorlarida konyunkturaga jiddiy taʼsir oʻtkazuvchi omillarni samarali va har tomonlama tahlil etish ishlarini tashkil qilish
11.
Narxlarni, talab va taklifni prognozlashtirish maqsadida tovar bozorlarini, jumladan, tovar bozorlariga jiddiy taʼsir oʻtkazuvchi omillarni samarali va har tomonlama tahlil etish ishlarini tashkil qilish.
Chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish
2020-yil aprel
“OʻzRTXB” AJ, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi
12.
Tashqi va ichki tovar bozorlarining holati va rivojlantirish tendensiyalarini aniqlash maqsadida vazirliklar, idoralar, ilmiy-tekshirish markazlari, institutlar va boshqa tashkilotlar maʼlumotlar bazalari bilan integratsiyalashgan maʼlumotlar yagona axborot-tahlil bazasini yaratish.
Dasturiy modulni ishlab chiqish, idoralararo kelishuvlarni tuzish
2020-yil aprel
“OʻzRTXB” AJ, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,
Moliya vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi
13.
Birjaning maxsus elektron savdo maydonchasidagi elektron savdolar natijalariga koʻra tuzilgan bitimlar boʻyicha yuklarni avtomobil transportida tashish xizmatlarini xarid qilish va koʻrsatish tartibini ishlab chiqish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2020-yil may
“OʻzRTXB” AJ, Transport vazirligi, Moliya vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi
14.
Xalqaro ixtisoslashgan tashkilotlar doirasida birjalararo hamkorlikni rivojlantirish va faoliyatni faollashtirish.
Tashkiliy tadbirlar kompleksi
doimiy ravishda
“OʻzRTXB” AJ
15.
“OʻzRTXB” AJning elektron savdo tizimlarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish.
Tashkiliy tadbirlar kompleksi
doimiy ravishda
“OʻzRTXB” AJ,
16.
“Tovar bozorlari” toʻgʻrisida elektron statistik-tahliliy toʻplamlarini nashr ettirish.
Elektron toʻplam
har chorakda
“OʻzRTXB” AJ,
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi
17.
Tovar bozorlari sharhlariga bagʻishlangan korporativ bosma nashrlar chop etish va telekoʻrsatuvlar tayyorlash.
Tashkiliy chora-tadbirlar
doimiy ravishda
“OʻzRTXB” AJ
III. Birja savdolarini oʻtkazish shakllarini takomillashtirish va yangi savdo vositalarini, hisob-kitoblarni joriy etish, shuningdek, elektron tijoratni jadal rivojlantirish
18.
Birja aʼzolari reytingini aniqlash boʻyicha baholashning tabaqalashgan mezonlarini nazarda tutuvchi yangi tizimni joriy etish va natijalarini birjaning rasmiy veb-saytida joylashtirib borish.
“OʻzRTXB” AJ boshqaruv qarori
2020-yil
may
“OʻzRTXB” AJ, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi
19.
Mahsulotni seksiya prinsipi boʻyicha sotish va brokerlik oʻrinlarini birjaning rasmiy veb-sayti orqali taqdim etish boʻyicha shaffof mexanizmni joriy etishni inobatga olgan holda yuridik shaxslarni birja aʼzolari sifatida akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibini ishlab chiqish.
“OʻzRTXB” AJ boshqaruv qarori
2020-yil
may
“OʻzRTXB” AJ, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi
20.
Koʻrgazma-yarmarka savdolarini quyidagilar orqali modernizatsiya qilish va elektron savdo uslublarini kengaytirish:
xarid uchun elektron savdolarning yangi usullarni joriy etish (narx shakllantirish, narx soʻrash va boshqalar);
eksport-import amaliyoti mexanizmini va hisob-kitob tartibini takomillashtirish;
tarmoqlar elektron savdo maydonchalarini tashkil etish.
Dasturiy taʼminot ishlab chiqish va joriy etish
2020-yil
aprel
“OʻzRTXB” AJ, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
21.
Davlat xaridlari boʻyicha maxsus axborot portalini quyidagilar orqali takomillashtirish:
tanlov va tender savdolarini tashkil etish va oʻtkazish jarayonlariga elektron tizimlarni joriy etish;
davlat buyurtmachilari tomonidan davlat xaridlarini mahalliy ishlab chiqaruvchilar (ish bajaruvchilar, xizmat koʻrsatuvchilar) oʻrtasida jadal kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirish imkonini beruvchi zamonaviy savdo vositalariga asoslangan elektron xarid platformasini joriy qilish;
tovarlar (ishlar, xizmatlar) yagona klassifikatorining elektron modulini ishlab chiqish.
Dasturiy taʼminot ishlab chiqish va joriy etish
2020-yil iyun
“OʻzRTXB” AJ,
Moliya vazirligi
22.
Tovar-xom ashyo birjalarida tomonlarning kelishuviga muvofiq birja savdolari qoidalari asosida chet el valyutasida import bitimlari tuzish mexanizmini joriy etish. Bunda:
tovar-xom ashyo birjalari ochiq elektron savdolarida sotilgan import mahsulotlarga toʻlovlar (zakalatdan tashqari) uchun chet el valyutasi birjada import bitimituzilganligi hamda uni Tashqi savdo operatsiyalari yagona elektron axborot tizimida roʻyxatdan oʻtkazilganligi birja tomonidan majburiy tarzda tasdiqlangandan soʻng savdolar qatnashchisi-rezidentlar tomonidan vakolatli banklar orqali sotib olinadi;
sotib olingan valyuta mablagʻlari import birja bitimlari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish uchun savdolar qatnashchisi-rezidentning tovar-xom ashyo birjalari hisob-kliring palatasida ochilgan shaxsiy hisobraqamiga oʻtkaziladi;
Tashqi savdo operatsiyalari yagona elektron axborot tizimiga import bitimlari (umumiy maʼlumotlar), shuningdek, mablagʻlarning harakati boʻyicha maʼlumotlarni kiritish tovar-xom ashyo birjalari tomonidan amalga oshiriladi.
Tashkiliy-texnik chora-tadbirlar
2020-yil may
“OʻzRTXB”, Markaziy bank,
tijorat banklari
IV. Xalqaro standartlar talablariga muvofiq zamonaviy va samarali moliyaviy va HR-menedjment uslublarni joriy etish
23.
“OʻzRTXB” AJ rahbarlari va xodimlari faoliyatini integratsiyalashgan eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) asosida baholash mexanizmini takomillashtirish orqali zamonaviy moliyaviy menejmentni joriy etish.
Faoliyat samaradorligini baholash mezonlarini ishlab chiqish va tasdiqlash
2020-yil iyun
“OʻzRTXB” AJ
24.
Moliyaviy hisobot auditiga yetakchi auditorlik kompaniyalarini jalb etish.
Auditorlik tekshiruvini oʻtkazish
2020-yil boshidan
“OʻzRTXB” AJ
25.
ISO 9001 — 2015 xalqaro standarti boʻyicha SMKni qayta sertifikatlash orqali koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini boshqarish tizimlarini takomillashtirish.
Sertifikatsiya auditini oʻtkazish
2020-yil iyun
“OʻzRTXB” AJ
26.
Tegishli Xalqaro korrupsiyaga qarshi standartga (ISO 37001 — 2016) muvofiq sertifikatlash orqali korrupsiyaga qarshi kurashish choralarini kuchaytirish.
Sertifikatsiya auditini oʻtkazish
2020-yil iyun
“OʻzRTXB” AJ
27.
“OʻzRTXB” AJning tashqi bozorlarda ishonchli va barqaror imidjini shakllantirish maqsadida rebrending va xorijiy birjalar standartlariga mos boshqaruv tizimini joriy qilish.
Tashkiliy
chora-tadbirlar
2020-yil
“OʻzRTXB” AJ
28.
“OʻzRTXB” AJning:
Sirdaryo viloyati, Guliston shahri Oʻzbekiston shox koʻchasida joylashgan binoning qurilishini yakunlab, belgilangan tartibda sotish;
Tashkiliy chora-tadbirlar
2020-yil
may
“OʻzRTXB” AJ,
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
Fargʻona viloyati, Qoʻqon shahri, Navoiy koʻchasi 205-uy manzilidagi biznes-markazi binosi boʻyicha investitsiya majburiyatlari bajarilganligini inobatga olib, binoga boʻlgan tasarruf etish huquqini rasmiylashtirish va kelgusida samarali foydalanish choralarini koʻrish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2020-yil
aprel
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, “OʻzRTXB” AJ
29.
Xalqaro standartlar talablariga javob beradigan samarali HR-menejment tizimini yaratish.
Chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish
2020-yil avgust
“OʻzRTXB” AJ,
Mehnat vazirligi
30.
Birja xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish hamda yuqori malakali, tashabbuskor va sof vijdonli mutaxassislar bilan toʻldirish, ularni kasbga uzluksiz oʻqitish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2020-yil
iyul
“OʻzRTXB” AJ
31.
Mutaxassislarning xorijga stajirovkasini muntazam ravishda tashkil etish orqali birja xodimlari va aʼzolarining malakasini oshirish.
Xorijiy safarlar
doimiy ravishda
“OʻzRTXB” AJ,
“El-yurt umidi” fondi
32.
Oliy oʻquv yurtlarida “Birja ishi” yoʻnalishida kadr tayyorlashni tashkil qilish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2020-yil iyul
“OʻzRTXB” AJ, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
Izoh. Normativ-huquqiy hujjatlarning turlari tegishli huquqiy munosabatlarni tartibga solish sohasi va predmetiga qarab, qayta koʻrib chiqilishi yoki bitta hujjatga birlashtirilishi mumkin.
1. Mazkur Nizom birja savdolarida monopolist korxonalar hamda ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar yoki ustav fondining (kapitalining) 50 foizi va undan ortigʻi 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli boʻlgan yuridik shaxslar (keyingi oʻrinlarda — monopolist va davlat ulushi mavjud tashkilotlar) tomonidan ichki bozorda va eksportga bozor tamoyillari asosida yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni sotish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizom qoidalari sotilishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tartibga solinadigan mahsulotlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
avans — sotuvchi va xaridor tomonidan kiritiladigan, birja vositachilik yigʻimini va tomonlarning zakalatini oʻz ichiga oladigan summa;
yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulot — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoqilgʻi-energetika resurslari hamda boshqa yuqori likvidli mahsulotlar bilan taʼminlash borasida raqobat muhitini takomillashtirish, suiisteʼmolchiliklar va talon-torojliklar sharoitini tugatish, toʻlov intizomini mustahkamlash, debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 14-noyabrdagi PQ-3386-son qaroriga ilovadagi roʻyxatga muvofiq mahsulotlar, xom ashyo va materiallar;
birja bitimi — birja savdolarining natijasi boʻyicha tuzilgan va belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan birja tovari oldi-sotdi shartnomasi;
sotuvchi — birja savdolari orqali oʻzlari ishlab chiqargan yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni sotuvchi monopolist va davlat ulushi mavjud boʻlgan tashkilotlar;
xaridor — birja savdolari orqali mahsulot sotib oluvchi yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan norezidentlar;
birja aʼzolari — birja tomonidan belgilangan tartibda birja savdolarida ishtirok etish hamda dilerlar va brokerlar sifatida birja bitimlarini tuzish huquqiga ega boʻlgan yuridik shaxslar;
birja savdolarining elektron tizimi (keyingi oʻrinlarda — BSET) — birja aʼzolariga aniq vaqt rejimida birja savdolarida ishtirok etish imkoniyatini beradigan, dasturiy-apparat vositalari majmuini oʻz ichiga olgan axborot tizimi.
2-bob. Mahsulotlar hajmini shakllantirish va ularni birja savdolari orqali sotish tartibi
3. Mahsulotlarni birja savdolari orqali ichki bozorda va eksportga sotish mazkur Nizomga 1- va 2-ilovalardagi sxemalarga asosan amalga oshiriladi.
4. Birja savdolariga qoʻyiladigan mahsulotlar hajmlari belgilangan tartibda tasdiqlanadigan yiriklashtirilgan moddiy balanslar va prognozlar koʻrsatkichlariga muvofiq sotuvchi tomonidan aniqlanadi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi yiriklashtirilgan moddiy balanslarni, shuningdek, ularning bajarilishi boʻyicha oylik va choraklik grafiklardan koʻchirmalarni ular tasdiqlanishi bilan monopoliyaga qarshi kurashish organiga yuboradi.
Sotuvchilar savdo kunlari boʻyicha teng qoʻyishni hisobga olgan holda, yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni birja savdolariga yiriklashtirilgan moddiy balanslar va prognozlar asosida qoʻyish jadvallarini mustaqil ishlab chiqib tasdiqlaydi hamda ularni birja rasmiy veb-saytida kelgusi oy boshlanishidan uch kun oldin joylashtiradi, shuningdek, monopoliyaga qarshi kurashish organiga taqdim etadi.
Monopoliyaga qarshi kurashish organi sotuvchilarga yiriklashtirilgan moddiy balanslar va prognozlar koʻrsatkichlari, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan talablardan kelib chiqqan holda, mahsulotni birja savdolariga qoʻyish jadvallari parametrlariga tuzatishlar kiritish haqida bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berishga haqli.
Monopoliyaga qarshi kurashish organining mahsulotni birja savdolariga qoʻyish jadvallari parametrlariga tuzatishlar kiritish xaqidagi koʻrsatmalarining bajarilmasligi qoidabuzarlikka, yaʼni mahsulotlarni birja savdolariga tegishli jadvallarda nazarda tutilgan muddatlar va hajmlarda qoʻymaganlikka tenglashtiriladi.
6. Sotuvchilar obyektiv va ularga bogʻliq boʻlmagan sabablar tufayli jadvallarda nazarda tutilgan hajmlarni va mahsulotni birja savdolariga qoʻyish muddatlarini bajarishning imkoniyati boʻlmagan holatlarda, mahsulotni birja savdolariga qoʻyish sanasidan bir kun avval, bu haqda monopoliyaga qarshi kurashish organi va uning hududiy organlari, shuningdek, birjani xabardor qiladi.
7. Yiriklashtirilgan moddiy balanslar va prognozlarga asosan savdolarga qoʻyiladigan va sotilmay qolgan mahsulotlar hajmlari, bekor qilingan bitimlar hajmlari, xaridor tomonidan tanlanmagan yoki amalga oshirilgan bitimlar boʻyicha sotuvchi tomonidan yetkazib berilmagan hajmlar BSETda avtomatik rejimda yoki mahsulotni birja orqali sotish boʻyicha shartlar oʻzgargan taqdirda, sotuvchining oʻzi tomonidan keyingi birja savdolariga takroran qoʻyilishi shart.
3-bob. Boshlangʻich narxlarni, oʻzaro hisob-kitoblar va mahsulotni yuklab joʻnatish mexanizmini belgilash
8. Mahsulotni birja savdolariga qoʻyishning boshlangʻich narxi quyidagicha aniqlanadi:
qonunchilikda belgilangan tartibda davlat tomonidan tartibga solinadigan narxlar darajasida;
narxlar tartibga solinmaganda — sotuvchi-korxona tomonidan mustaqil shakllantirilgan narxda.
9. “Olmaliq KMK” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan mis katodi va metall ruxning boshlangʻich narxi qoʻshilgan qiymat soligʻini oʻz ichiga olgan holda, London metall birjasi (keyingi oʻrinlarda — LMB) narxlari darajasida, mis va ruxdan ishlab chiqarilgan boshqa mahsulotlar boshlangʻich narxlari esa LMB narxlariga ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarishga ketgan qoʻshimcha xarajatlarni qoʻshgan holda, shu jumladan qoʻshilgan qiymat soligʻini oʻz ichiga olgan holda aniqlanadi.
10. Birja bitimlari ijrosini taʼminlash maqsadida tuzilgan bitimlar boʻyicha hisob-kitoblar birjaning hisob-kliring palatasi (keyingi oʻrinlarda — HKP) orqali amalga oshiriladi.
11. Birja bitimlari birja savdolariga qoʻyilgan tovar umumiy qiymati va moʻljallanayotgan bitim hajmi boʻyicha sotuvchi tomonidan belgilanadigan 10 foizgacha boʻlgan avans sotuvchi va xaridorlar tomonidan kiritilib, hisob-kitoblar HKP orqali amalga oshirilgandan soʻng tuziladi.
12. Birja aʼzolari sotuvchi va xaridorning topshirigʻiga asosan BSETga arizalar taqdim etish orqali birja bitimlarini amalga oshiradilar.
13. BSET qarama-qarshi buyurtmalarni birlashtirish natijasida tuzilgan bitimlarni roʻyxatga oladi va soʻngra BSET dasturiy kompleksi tomonidan tuzilgan bitimlar reyestri shakllantiriladi.
14. Birja vositachilik yigʻimlari bitimning keyinchalik rasmiylashtirishidan qatʼiy nazar undiriladi.
15. Xaridor birja oldi-sotdi shartnomasida koʻrsatilgan muddatlarda tuzilgan birja bitimlari boʻyicha moliyaviy majburiyatlarni toʻliq qoplash uchun mablagʻlarni birjaning talab qilib olinadigan ikkilamchi depozit hisob-raqamiga oʻtkazishi shart. Bunda majburiyatni bajarish uchun toʻlangan zakalat pulidan foydalanish mumkin.
16. HKP xaridorlar tomonidan toʻlovlar toʻliq amalga oshirilgan bitimlar elektron reyestrini yuboradi va sotuvchi uning asosida yuklab joʻnatish ishlarini amalga oshiradi.
17. Kliringni oʻtkazish tartibi va tuzilgan birja bitimlari ijrosini taʼminlash qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-yanvardagi 33-son qarori bilan tasdiqlangan Tovar-xom ashyo birjalarida hisob-kitob-kliring operatsiyalarini oʻtkazish qoidalari.
4-bob. Bitimlar boʻyicha mahsulotni bir oydan ortiq muddatda kechiktirgan holda yetkazib berish sharti bilan sotish (forvardlar)
18. Bitimlar boʻyicha mahsulotni bir oydan ortiq muddatda kechiktirgan holda yetkazib berish sharti bilan yetkazib berish muddati (keyingi oʻrinlarda — forvard bitimlari) namunaviy forvard shartnomasini ochishda sotuvchi tomonidan belgilanadi.
19. Namunaviy forvard shartnomasi tafsilotlari quyidagi asosiy shartlarni oʻz ichiga olishi shart:
20. Sotuvchi va xaridorlar forvard bitimlar boʻyicha savdolarda qatnashish uchun HKPdagi shaxsiy hisobvaraqlariga moʻljallanayotgan bitim summasining 10 foizigacha miqdorida avans kiritadi.
21. Bitim tuzilganidan soʻng xaridor forvard shartnomasida koʻrsatilgan muddat ichida sotuvchi hisobraqamiga qolgan pul mablagʻlarini toʻgʻridan-toʻgʻri toʻlab berishi shart.
23. Avans ajratish va birja bitimini yopish kliring oʻtkazish tartibi va tuzilgan bitimlarning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bajarilishini taʼminlashga muvofiq amalga oshiriladi.
5-bob. Oʻrtacha hisoblangan birja kotirovkalarini (narxlarini) hisoblash
24. Oʻrtacha hisoblangan birja kotirovkalari (narx) har bir mahsulot boʻyicha uning navi, sinfi, markasi, tipi, qadogʻi va boshqa xususiyatlariga koʻra savdo haftasi mobaynida oʻtkazilgan birja savdolari natijalariga asosan hisoblanadi.
25. Savdo haftasi uchun oʻrtacha hisoblangan birja kotirovkalari (narxlari) quyidagi formula asosida hisoblanadi:
N = (Q1+Q2+…+Qn)/(H1+H2+…+Hn),
bunda:
N — oʻrtacha hisoblangan kotirovka;
Q1, 2...n — bitim narxi;
H1, 2...n — bitim hajmi.
Oʻrtacha hisoblangan birja kotirovkalarini (narxlarini) hisoblashda amaldagi Birja savdolari qoidalariga muvofiq roʻyxatga olingan barcha birja bitimlari hisobga olinadi.
26. Savdo haftasi mobaynida roʻyxatga olingan bitimlar boʻyicha oʻrtacha hisoblangan birja kotirovkalari (narx) hisob-kitob qilinadigan haftadan keyingi birinchi ish kunida hisoblanadi.
27. Birjalar hisob-kitob qilinadigan haftadan keyingi ikkinchi ish kuni oʻrtacha hisoblangan birja kotirovkalari (narxlari) toʻgʻrisidagi axborotni oʻzining rasmiy veb-saytlariga va boshqa notijorat manbalariga joylashtiradi.
28. Tovarlar sotilmagan taqdirda, birjalar tomonidan yakunlari boʻyicha oʻrtacha hisoblangan birja kotirovkasi (narxi) hisoblab chiqarilgan savdo haftasini aks ettirgan holda, avvalgi oʻrtacha hisoblangan birja kotirovkalari (narxlari) chop etiladi.
Bunda takroran chop etish uch martadan oshmasligi lozim.
6-bob. Mahsulot narxlarining monitoringi
29. Monopoliyaga qarshi kurashish organi doimiy ravishda birja narxlari monitoringini oʻtkazib boradi.
30. Birja narxlarining oʻtgan savdolarga nisbatan keskin oshishi kuzatilgan taqdirda, monopoliyaga qarshi kurashish organi narxlarning oshishi sabablarini oʻrganadi.
31. Monopoliyaga qarshi kurashish organi narxlarning keskin oshishi sabablarini aniqlashda quyidagilarni oʻrganadi:
korxonalar tomonidan tasdiqlangan jadvallarga muvofiq mahsulotni savdoga qoʻyish hajmlariga rioya etish;
mahsulotning xaridorligini aniqlash uchun xaridorlar buyurtmanomalari asosida mahsulotning aniq turiga boʻlgan talabning oʻzgarish danimikasini;
mahsulot boshlangʻich narxining, shu jumladan monopol korxonalar tomonidan monopol yuqori narxlarni qoʻllash boʻyicha oʻzgarish dinamikasini;
birja savdolarida ulushning sunʼiy ravishda oshirilishini aniqlash maqsadida birja savdolari ishtirokchilari tomonidan mahsulotni xarid qilish hajmlarini;
sotuvchilar tomonidan birja savdolari ishtirokchilari doirasini chegaralash maqsadida asossiz ravishda oʻrnatilgan katta hajmdagi lotlarni;
birja savdolaridan chetga olingan mahsulot hajmlarining mavjudligini;
raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikka zid boʻlgan kelishilgan harakatlarning mavjudligini;
savdo sessiyasi davomida birja tovariga buyurtmanoma berish orqali narxlarning oshishini va keyinchalik savdo sessiyasi yakuniga qadar ushbu buyurtmanomalarning oʻchirib tashlanishini;
birja aʼzolarining birja savdosida birja tovarining narxini sunʼiy oshishi yoki pasayishiga sabab boʻluvchi harakatlarini;
tovarlar boʻyicha belgilangan avans miqdorlari, toʻlov va yetkazib berish muddatlarini.
32. Monopoliyaga qarshi kurashish organi oʻtkazilgan oʻrganish natijalari boʻyicha narxlar asossiz oshirilgan holatlar aniqlanganda, qonunchilikda belgilangan choralarni koʻradi.
7-bob. Mahsulotlarni birja savdolari orqali eksportga sotish va olib chiqib ketish tartibi
33. Yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan norezidentlar tovarlarni birja savdolarida sotishlari va xarid qilishlari mumkin.
34. Kontraktlar boʻyicha birjada xarid qilingan tovarlar uchun hisob-kitoblar chet el valyutasida amalga oshiriladi.
35. Birja savdolari natijalariga koʻra tuzilgan eksport kontrakti tovar-xom ashyo birjalari savdolarida tuziladigan kontraktlarga identifikatsiya raqamlari berishning tasdiqlangan tartibiga muvofiq birjada roʻyxatdan oʻtkaziladi va rasmiylashtiriladi.
Eksport kontraktlarining toʻgʻri rasmiylashtirilishi uchun brokerlar va ularning mijozlari javob beradi.
Eksport kontraktlarining birjada roʻyxatdan oʻtkazilishi hamda tashqi savdo operatsiyalarining yagona avtomatlashtirilgan elektron tizimida hisobga qoʻyilishi uchun birja javob beradi.
36. Kontraktlarga oʻzgartirish yoki qoʻshimchalar birja aʼzolarining yozma arizasiga binoan, oʻzgartirishlarni kiritish sabablarini koʻrsatgan holda kiritiladi.
37. Tovarlarni olib chiqishga kontraktlarni roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshiradigan birjalar xaridor va sotuvchidan bitimni rasmiylashtirishga taalluqli boʻlmagan boshqa hujjatlarni talab qilishga haqli emas.
38. Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan, erkin almashtiriladigan valyutada xarid qilingan birja tovarlarini olib oʻtish va deklaratsiyalash tartibi bojxona qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
39. Monopol va davlat ulushi mavjud tashkilotlar tomonidan ishlab chiqariladigan yuqori likvidli va monopol mahsulotlar Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan belgilanadigan kvotalar boʻyicha faqat birja savdolari orqali eksport qilinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi:
faqat birja orqali eksport qilinadigan yuqori likvidli va monopol mahsulotlarning yillik eksport prognoz hajmlaridan kelib chiqib hamda oliy va yuqori darajadagi tashriflar doirasida imzolangan shartnomalardagi va uzoq muddatli bitimlardagi (off take contract) hajmlardan istisno holda, birja savdolari orqali eksport qilinadigan hajmlar boʻyicha kvotalarni belgilaydi;
tashqi bozor konyunkturasidagi oʻzgarishlardan kelib chiqib, monopol va davlat ulushi mavjud tashkilotlarning asoslangan takliflariga koʻra, birja savdolarida ikki oy davomida eksport qilinmagan yuqori likvidli va monopol mahsulotlarni toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar orqali sotishga ruxsat beradi.
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
40. Tomonlar oʻz majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, ularga nisbatan tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi va Birja savdolari qoidalariga muvofiq tegishli choralar qoʻllaniladi.
41. Birja savdolarini tashkil qilish, shartnomalar majburiyatlarini bajarish va hisob-kitob-kliring xizmatlarini koʻrsatish jarayonida yuzaga keladigan bahs va kelishmovchiliklar birjaning arbitraj, intizom komissiyalari yoki sudda koʻrilishiga tegishliligi toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq hakamlik sudida yohud sud tomonidan hal etiladi.
42. Sotuvchilar yoki xaridorlar toʻlovlarni toʻlash va mahsulotni tanlash boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, majburiyatlarni bajarmagan tomonning zakalat pullari jabrlanuvchi foydasiga jarima sifatida ushlab qolinadi.
Birja savdolarida yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Birja savdolarida yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni ichki bozorga sotish
SXEMASI
Bosqich
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Sotuvchilar
Yuqori likvidli va monopol mahsulotlarning yillik ishlab chiqarish hajmlaridan kelib chiqib, birja savdolariga qoʻyiladigan hajmlar toʻgʻrisidagi takliflarni Iqtisodiyot va sanoat vazirligi taqdim qilish.
25-dekabrga qadar
2-bosqich
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
Tegishli moddiy balanslarga va prognozlarda birja savdolariga qoʻyiladigan hajmlarni shakllantirish.
1-yanvarga qadar
3-bosqich
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
Monopoliyaga qarshi kurashish organiga yiriklashtirilgan moddiy balanslarni, ularni bajarish boʻyicha har oylik va choraklik jadvallardan koʻchirmalarni yuborish.
Tasdiqlanishiga qarab
4-bosqich
Sotuvchilar
1. Moddiy balanslar va prognozlar asosida kunlar boʻyicha qoʻyish jadvallarini ishlab chiqish.
2. Birja jadvallarini monopoliyaga qarshi kurashish organiga taqdim etish.
Har oy boshlanishidan 3 kun oldin
5-bosqich
Sotuvchilar
Taqdim etilgan jadvallarni veb-saytga joylashtirish.
Har oy boshlanishidan 3 kun oldin
6-bosqich
Sotuvchilar
Boshlangʻich narxni aniqlash.
Savdoga qoʻyilishidan oldin
7-bosqich
Sotuvchilar, xaridorlar
10 foizgacha miqdordagi avans toʻlovini oʻtkazish.
Savdodan oldin
8-bosqich
Birja aʼzolari
Xaridorlarning topshirigʻi boʻyicha sotish/sotib olish uchun buyurtmanoma berish.
Har kuni savdo sessiyasidan oldin
9-bosqich
Birja savdo elektron tizimi (BSET)
Bitimlarni shakllantirish.
Savdo sessiyasidan keyin
10- bosqich
Sotuvchi, xaridor
Toʻlovlarni toʻlash va yetkazib berish.
Oldi-sotdi shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda
11-bosqich
Birjalar
Oʻrtacha hisoblangan birja kotirovkalarini (narxlarini) hisoblash va ularni veb-saytga joylashtirish.
Har xafta
12-bosqich
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi
1. Birja narxlari monitoringi.
2. Narxlarning keskin oshishini va savdoga chiqarish jadvallarining ijrosini oʻrganish.
Birja savdolarida yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Birja savdolarida yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni eksportga sotish
SXEMASI
Bosqich
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
Yuqori likvidli va monopol mahsulotlarning yillik eksport prognoz hajmlaridan kelib chiqib hamda oliy va yuqori darajadagi tashriflar doirasida imzolangan shartnomalardagi va uzoq muddatli bitimlardagi (off take contract) hajmlardan istisno holda birja savdolari orqali eksport qilinadigan hajmlar boʻyicha kvotalarni shakllantirish hamda sotuvchilar vaMonopoliyaga qarshi kurashish organiga yuborish.
1-yanvarga qadar
2-bosqich
Sotuvchilar
1. Birja orqali eksportga sotish prognozlari asosida kunlar boʻyicha qoʻyish jadvallarini ishlab chiqish.
2. Birja jadvallarini monopoliyaga qarshi kurashish organiga taqdim etish.
Har oyning boshlanishidan 3 kun oldin
3-bosqich
Sotuvchilar
Taqdim etilgan jadvallarni veb-saytga joylashtirish.
Har oyning boshlanishidan 3 kun oldin
4-bosqich
Sotuvchilar
Boshlangʻich narxni aniqlash.
Savdoga qoʻyilishidan oldin
5-bosqich
Sotuvchilar, xaridorlar
10 foizgacha miqdordagi avans toʻlovini oʻtkazish
Savdodan oldin
6-bosqich
Birja aʼzolari
Xaridorlarning topshirigʻi boʻyicha sotish/sotib olish uchun buyurtmanoma berish
Har kuni savdo sessiyasidan oldin
7-bosqich
Birja savdo elektron tizimi (BSET)
Bitimlarni shakllantirish
Savdo sessiyasidan keyin
8- bosqich
Sotuvchi, xaridor
Toʻlovlarni toʻlash va yetkazib berish.
Oldi-sotdi shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda
9-bosqich
Birjalar
1. Eksport kontraktlarining birjada roʻyxatdan oʻtkazish hamda tashqi savdo operatsiyalarining yagona avtomatlashtirilgan elektron tizimida hisobga qoʻyish.
2. Oʻrtacha hisoblangan birja kotirovkalarini (narxlarini) hisoblash va ularni veb-saytga joylashtirish.
Har xafta
10-bosqich
Sotuvchilar
Birja savdolarida mahsulot ikki oy davomida realizatsiya qilinmagan hollarda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar orqali sotish uchun Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga murojaat qilish.
Zarur hollarda
11-bosqich
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
1. Birja narxlari va tuzilgan eksport kontraktlari monitoringini yuritish.
2. Mahsulotlarni ikki oy davomida realizatsiya qilinmagan hollarda sotuvchilar murojaatiga muvofiq sabablarini oʻrganish, zarur hollarda tashqi bozor konyunkturasidan kelib chiqib toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar imzolashga ruxsat berish.
Sotuchilar murojaatiga muvofiq
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 170-son qaroriga 3-ILOVA
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlar, xom ashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish toʻgʻrisida” 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 2-son, 10-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Tabiiy gaz isteʼmolchilari va gaz bilan taʼminlovchi tashkilotlar oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar tartibi toʻgʻrisida” 2005-yil 26-maydagi 132-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 5-son, 28-modda) 2-ilovaning 2-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Moddiy balanslarni ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kiritish tartibi toʻgʻrisida” 2006-yil 28-iyundagi 124-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 6-son, 46-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2006-yil 15-sentabrdagi 197-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 9-son, 67-modda) ilovaning 3-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2006-yil 9-oktabrdagi 213-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 10-son, 75-modda) ilovaning 9 va 14-bandlari.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 11-son, 86-modda) 1-ilovaning 55-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlar, xom ashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish toʻgʻrisida” 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2006-yil 25-noyabrdagi 244-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 11-son, 90-modda).
8. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlar, xom ashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish toʻgʻrisida” 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida” 2007-yil 23-oktabrdagi 222-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 10-son, 58-modda).
9. Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlarning monopol turlarini mavsumiy talabni hisobga olgan holda birja savdolariga qoʻyish mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2008-yil 4-martdagi 36-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 10-11-son, 60-modda).
10. Vazirlar Mahkamasining “Neft mahsulotlarini yetkazib berilganligi uchun hisob-kitob qilish tizimini takomillashtirish munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2008-yil 13-martdagi 42-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2008-y., 10-11-son, 63-modda) ilovaning 3-bandi.
11. Vazirlar Mahkamasining “Elektr energetikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 17-fevraldagi 23-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 2-son, 9-modda) ilovaning 1-bandi.
12. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2010-yil 7-apreldagi 66-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 4-son, 16-modda) ilovaning 2-bandi.
13. Vazirlar Mahkamasining “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 28-oktabrdagi 239-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 10-son, 53-modda) 3-bandi, shuningdek, qarorga 2-ilova.
14. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2011-yil 18-fevraldagi 42-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 2-son, 13-modda) 1-ilovaning 7-bandi.
15. Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlarning monopol turlarini tovar-xom ashyo birjasi orqali sotish roʻyxatini yanada kengaytirish va hajmlarini koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 21-iyundagi 185-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 6-son, 56-modda).
16. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2012-yil 3-fevraldagi 30-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 2-son, 6-modda) ilovaning 8-bandi.
17. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2012-yil 23-maydagi 143-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 5-son, 34-modda) ilovaning 14, 17 va 21-bandlari.
18. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2013-yil 7-martdagi 69-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 3-son, 18-modda) ilovaning 2-bandi.
19. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2013-yil 31-maydagi 152-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 5-son, 34-modda) ilovaning 5-bandi.
20. Vazirlar Mahkamasining “Davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosini yetkazib berish boʻyicha shartnoma majburiyatlarini bajargan fermer xoʻjaliklariga kontraktatsiya shartnomasidan ortiqcha topshirilgan paxta xom ashyosini qayta ishlashdan olingan paxta shroti (kunjarasi) va paxta chigiti sheluxasini sotish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2013-yil 5-avgustdagi 218-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 8-son, 52-modda).
21. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2013-yil 9-sentabrdagi 244-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 9-son, 64-modda) 1-ilovaning 37 va 58-bandlari.
22. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatini takomillashtirish va isteʼmol qilinayotgan elektr energiyasi uchun hisob-kitoblar intizomini mustahkamlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2013-yil 1-noyabrdagi 295-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 11-son, 78-modda) 2-ilovaning 1-bandi.
23. Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiyot tarmoqlarida gazdan foydalanish qoidalari tasdiqlanganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2014-yil 6-oktabrdagi 278-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 41-son, 505-modda) ilovaning 2-bandi.
24. Vazirlar Mahkamasining “Respublikada koʻmir briketlari ishlab chiqarish va sotishni kompleks tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 2-iyuldagi 177-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 7-son, 53-modda) 7-ilovaning 1-bandi.
25. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2015-yil 25-dekabrdagi 372-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 12-son, 110-modda) 1-ilovaning 6, 8 va 18-bandlari.
26. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2016-yil 27-fevraldagi 57-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2016-y., 9-son, 91-modda) ilovaning 6-bandi.
27. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2016-yil 5-apreldagi 103-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 4-son, 24-modda) ilovaning 4-bandi.
28. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2016-yil 26-apreldagi 122-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 4-son, 28-modda) 1-ilovaning 81-bandi.
29. Vazirlar Mahkamasining “Uz-Kor Gas Chemical” MCHJ qoʻshma korxonasining polimer mahsulotlarini ichki bozorda sotishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 27-iyundagi 216-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2016-y., 26-son, 317-modda) 4-bandi.
30. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2016-yil 22-dekabrdagi 412-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 12-son, 109-modda) 1-ilovaning 5-bandi.
31. Vazirlar Mahkamasining “Respublika aholisi va budjet tashkilotlariga koʻmir mahsulotlari yetkazib berish mexanizmini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 30-dekabrdagi 422-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 1-son, 15-modda) 6-ilovaning 1-bandi.
32. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2017-yil 13-martdagi 131-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 3-son, 25-modda) 1-ilovaning 4-bandi.
33. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2017-yil 28-iyundagi 442-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 6-son, 123-modda) ilovaning 6-bandi.
34. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2017-yil 14-iyuldagi 499-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 7-son, 146-modda) ilovaning 22-bandi.
35. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2017-yil 16-avgustdagi 638-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 8-son, 177-modda) 1-ilovaning 27 va 41-bandlari.
36. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2017-yil 16-avgustdagi 639-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 8-son, 178-modda) 1-ilovaning 1-bandi.
37. Vazirlar Mahkamasining “Moddiy-texnika resurslarining strategik turlarini yetkazib berilishida maxsus tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish haqida” 2017-yil 27-sentabrdagi 770-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 9-son, 219-modda).
38. Vazirlar Mahkamasining “Moddiy-texnika resurslarining strategik turlarini yetkazib berilishida maxsus tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga qoʻshimcha kiritish haqida” 2017-yil 28-sentabrdagi 773-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 9-son, 220-modda).
39. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2017-yil 25-dekabrdagi 1017-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 12-son, 300-modda) ilovaning 2-bandi.
40. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2017-yil 26-dekabrdagi 1021-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 12-son, 304-modda) ilovaning 16-bandi.
41. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2017-yil 26-dekabrdagi 1023-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 12-son, 305-modda) ilovaning 2-bandi.
42. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2018-yil 15-fevraldagi 121-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 2-son, 38-modda) 1-ilovaning 5 va 11-bandlari.
43. Vazirlar Mahkamasining “Tovar bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 30-martdagi 249-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 3-son, 3-modda) 2-ilovaning 21-bandi.
44. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2018-yil 24-sentabrdagi 759-son qaroriga 1-ilovaning 4-bandi.
45. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2018-yil 7-dekabrdagi 995-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 12-son, 299-modda) 1-ilovaning 47 va 75-bandlari.
46. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2019-yil 20-apreldagi 341-son qaroriga ilovaning 6-bandi.
47. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2019-yil 29-apreldagi 367-son qaroriga 1-ilovaning 1-bandi.
48. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2019-yil 13-maydagi 397-son qaroriga ilovaning 19-bandi.
49. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2019-yil 17-maydagi 416-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
50. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 12-iyuldagi 575-son qaroriga 7-ilovaning 3-bandi.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 170-son qaroriga 4-ILOVA
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Tovar xom ashyo birjalari faoliyatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2004-yil 31-maydagi 251-son qarori 8-bandining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Belgilansinki, “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning birja bitishuvlaridan undiriladigan vositachilik yigʻimlarining cheklangan miqdorlarini deklaratsiya qilish chogʻida “Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi” AJ uchun foyda soligʻini hisoblashda xarajatlar bilan chegiriladigan monopolist korxonalar hamda ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar yoki ustav fondining (kapitalining) 50 foizi va undan ortigʻi 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan sotiladigan mahalliy yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlar, xom ashyo va materiallarni sotish boʻyicha “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ xizmatlariga 0,1% miqdordagi vositachilik yigʻimlari hisobga olinadi va ular quyidagi ulushlarda oʻtkaziladi:”
2. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-avgustdagi 515-f-son farmoyishining rus tilidagi matni 1-bandidagi “(bez prava rasporyajeniya)” soʻzlari chiqarib tashlansin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 1-son, 28-modda) bilan tasdiqlangan Tabiiy gazdan foydalanish qoidalarida:
a) 56-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Ushbu qoidalarga ilovada koʻrsatilgan tabiiy gaz yetkazib berishning alohida tartibi belgilanadigan strategik tashkilotlarga haqi toʻlanmagani uchun tabiiy gaz berishni kamaytirish belgilangan tartibda energiya bilan taʼminlashning texnologik va avariya broni darajasigacha, toʻliq uzib qoʻyish esa — faqat sud qaroriga binoan amalga oshirilishi mumkin”.
b) Quyidagi mazmundagi ilova qoʻshilsin:
“Tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga ILOVA
Tabiiy gaz yetkazib berishning alohida tartibi belgilanadigan strategik tashkilotlar roʻyxati
I. “IES” AJ:
1. Navoiy IES
2. Sirdaryo IES
3. Toshkent IES
4. Yangi Angren IES
5. Toshkent IEM
6. Fargʻona IEM
7. Tolimarjon IES
8. Muborak IEM
9. Taxiatosh IES
10. Toʻraqoʻrgʻon IES
II. “Oʻzkimyosanoat” AJ:
1. “Navoiyazot” AJ
2. “Maksam-Chirchiq” AJ
3. “Fargʻonaazot” AJ
III. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tuzilmasiga kiradigan issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqarish tashkilotlari.”