toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Tovar-xom ashyo birjalari faoliyati samaradorligini oshirish va birja savdosi mexanizmlarini yanada takomillashtirish choralari toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
Mamlakatimizda iqtisodiyotni liberallashtirish va maʼmuriy tartibga solishni qisqartirish, yuqori likvidli va monopol mahsulotlarni realizatsiya qilishda bozor mexanizmlarini hamda birja savdolarida shaffoflik darajasini oshirish va sogʻlom raqobat muhitini rivojlantirish uchun birja faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boʻyicha izchil choralar qabul qilinmoqda.
Shu bilan birga, yuqori likvidli va monopol mahsulotlarga narx shakllantirishning bozor mexanizmlarini yaratish va birja faoliyatini yanada rivojlantirish uchun faqat birja savdolari orqali sotiladigan tovarlar roʻyxatini kengaytirish, birja savdolarining dinamikasini taʼminlovchi yangi savdo instrumentlarini joriy qilish lozim.
Mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun yuqori likvidli va monopol mahsulotlarni sotib olishda teng sharoitlar yaratish hamda respublikada birja savdosini faollashtirish maqsadida:
1. 2020-yil 1-yanvardan boshlab shunday tartib belgilansinki, unga koʻra:
ustav fondi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar yoki ustav fondi (kapitali)ning 50 foizi va undan ortigʻi 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli boʻlgan yuridik shaxslar (keyingi oʻrinlarda — davlat ulushi mavjud tashkilotlar) tomonidan ishlab chiqariladigan yuqori likvidli va monopol mahsulotlarning bir qismi Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan oʻrnatiladigan kvotalar boʻyicha faqat birja savdolari orqali eksport qilinadi;
monopolist korxonalar va davlat ulushi mavjud tashkilotlar tomonidan texnik moy, omuxta-yem, xoʻjalik sovuni, neft eritkichi, neft parafini va mis kuporosi ichki bozorda faqat birja savdolari orqali bozor tamoyillari asosida barcha toifadagi xaridorlarga birja savdolarida qatnashish imkoniyati teng taʼminlangan holda realizatsiya qilinadi;
mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan shakar ichki bozorda faqat birja savdolari orqali bozor tamoyillari asosida barcha toifadagi xaridorlarga birja savdolarida qatnashish imkoniyati teng taʼminlangan holda realizatsiya qilinadi, respublikaning olis va yetib borish qiyin boʻlgan hududlarida joylashgan isteʼmolchilarga toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida oʻz savdo tarmoqlari orqali sotiladigan, umumiy ishlab chiqarish hajmining 10 foizidan oshmaydigan hajmi bundan mustasno;
monopolist korxonalar va davlat ulushi mavjud tashkilotlar tomonidan isitish yoqilgʻisi, yoqish mazuti, suyultirilgan gaz va neft bitumi faqat birja savdolari orqali bozor tamoyillari asosida barcha toifadagi xaridorlarga birja savdolarida qatnashish imkoniyati teng taʼminlangan holda realizatsiya qilinadi, maxsus isteʼmolchilarga oʻrnatilgan tartibda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar orqali sotiladigan hajmlar bundan mustasno;
birja savdolariga qoʻyilishi lozim boʻlgan, monopolist korxonalar va davlat ulushi mavjud tashkilotlar tomonidan ichki bozorda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar orqali realizatsiya qilinadigan yuqori likvidli va monopol mahsulot sotuvchilar tomonidan majburiy tartibda tovar-xom ashyo birjalarida hisobga qoʻyiladi va ushbu maʼlumotlar tegishincha shartnoma tuzilgan va majburiyatlar bajarilgan vaqtdan boshlab uch kun muddatda birjaning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi;
tovar-xom ashyo birjalarida tomonlarning kelishuviga muvofiq birja savdolari qoidalari asosida chet el valyutasida import bitimlari tuzilishi mumkin. Bunda, tuzilgan shartnomalar boʻyicha maʼlumotlar tovar-xom ashyo birjalari tomonidan Valyuta operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritiladi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Moliya vazirligi va Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi bilan birgalikda 2019-yil 1-noyabrga qadar yuqori likvidli va monopol mahsulotlarni tovar-xom ashyo birjalarining birja savdolarida, shu jumladan birja tovarlarini 1 oydan ortiq muddatga kechiktirib yetkazib berish sharti bilan oldi-sotdi bitimi (forvardlar) tuzish orqali realizatsiya qilish tartibini nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
3. Belgilab qoʻyilsinki, yuqori likvidli va monopol mahsulotlarni birja savdolariga qoʻyish jadvallari monopolist korxonalar va davlat ulushi mavjud tashkilotlar tomonidan tovar-xom ashyo birjalarining rasmiy veb-saytlariga, zarur hollarda, har oyda yangilangan tarzda joylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi yuqori likvidli va monopol mahsulotlarni birja savdolariga oʻrnatilgan tartibda qoʻyib borilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
4. Birjada kamida 100 ta sotilgan (bepul taqdim etilgan) brokerlik oʻrinlari mavjudligi va birja faoliyatini amalga oshirishda tovar-xom ashyo birjalari rahbarlari malaka talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi shartlar va talablar bekor qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasiga:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda monopolist korxonalar tomonidan yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni birja savdolariga majburiy qoʻyish boʻyicha qarorlar qabul qilish;
birja savdolari qatnashchilari doirasini chegaralab qoʻyishning oldini olish uchun birja savdolariga qoʻyiladigan yuqori likvidli va monopol mahsulotlarning bitta lot boʻyicha maksimal hajmini qayta koʻrib chiqish yuzasidan tovar-xom ashyo birjalariga koʻrsatmalar berish huquqi taqdim etilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
8. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. Gʻulomov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 8-oktabr,
PQ-4484-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi PQ-4484-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-noyabrdagi “Yoqilgʻi-energetika resurslari hamda boshqa yuqori likvidli mahsulotlar bilan taʼminlash borasida raqobat muhitini takomillashtirish, suiisteʼmolchiliklar va talon-torojliklar sharoitini tugatish, toʻlov intizomini mustahkamlash, debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3386-son qarorida:
1-bandning “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) Monopolist korxonalar hamda ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar yoki ustav fondining (kapitalining) 50 foizi va undan ortigʻi 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan ichki bozorda faqat birja savdolari orqali bozor tamoyillari asosida sotiladigan yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlar, xom ashyo va materiallarning roʻyxatini ilovaga muvofiq tasdiqlash toʻgʻrisidagi”;
ilovaning rus tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“PRILOJENIYE
k postanovleniyu Prezidenta Respubliki Uzbekistan ot 14-noyabrya 2017 goda № PP-3386
PERECHEN
visokolikvidnix i monopolnix vidov produksii, sirya i materialov, realizuyemix na vnutrennem rinke predpriyatiyami-monopolistami i yuridicheskimi litsami s doley gosudarstva v ustavnom fonde (kapitale) v razmere 50 protsentov i boleye ili yuridicheskimi litsami, v ustavnom fonde (kapitale) kotorix 50 protsentov i boleye prinadlejit yuridicheskomu litsu s doley gosudarstva 50 protsentov i boleye, na osnove rinochnix prinsipov isklyuchitelno cherez birjevie torgi
1. Benzin avtomobilniy
2. Benzin ekstraksionniy
3. Dizelnoye toplivo
4. Kerosin texnicheskiy
5. Polipropilen
6. Polietilen
7. Sera texnicheskaya
8. Ugol
9. Mineralnie udobreniya
10. Soda kalsinirovannaya
11. Med katodnaya
12. Mednaya katanka
13. Aluminiy vtorichniy
14. Prokat chernix metallov
15. Sink metallicheskiy
16. Sement
17. Sementniy klinker
18. Steklo stroitelnoye
19. Saxar
20. Pshenitsa
21. Yachmen
22. Xlopok-volokno
23. Xlopkoviy lint
24. Maslo rastitelnoye (xlopkovoye)
25. Sheluxa xlopkovix semyan
26. Shrot xlopkovix semyan
27. Texnicheskiye xlopkovie semena
28. Texnicheskiye masla
29. Pechnoye toplivo
30. Muka pshenichnaya*
31. Kombikorma
32. Topochniy mazut
33. Sjijenniy gaz
34. Xozyaystvennoye milo
35. Neftyanoy rastvoritel
36. Neftyanoy parafin
37. Neftyanoy bitum
38. Medniy kuporos
Primechaniye:
pri neobxodimosti, Antimonopolnim komitetom po soglasovaniyu s Kabinetom Ministrov Respubliki Uzbekistan mogut prinimatsya resheniya o vistavlenii drugix visokolikvidnix i monopolnix vidov produksii na birjevie torgi, ne predusmotrennix v nastoyashem perechne;
tovari, ukazannie v nastoyashem perechne, realizuyutsya s uchetom punkta 2 postanovleniya Prezidenta Respubliki Uzbekistan ot 17-yanvarya 2018 goda № PP-3479 “O merax po stabilnomu obespecheniyu otrasley ekonomiki strani vostrebovannimi vidami produksii i sirya”;
*srok perevoda na birjevie torgi muki pshenichnoy opredelyayetsya resheniyem Kabineta Ministrov Respubliki Uzbekistan”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-yanvardagi “Mamlakat iqtisodiyotining tarmoqlarini talab yuqori boʻlgan mahsulot va xom ashyo turlari bilan barqaror taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3479-son qarorida:
1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-noyabrdagi “Yoqilgʻi-energetika resurslari hamda boshqa yuqori likvidli mahsulotlar bilan taʼminlash borasida raqobat muhitini takomillashtirish, suiisteʼmolchiliklar va talon-torojliklar sharoitini tugatish, toʻlov intizomini mustahkamlash, debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3386-son qaroriga muvofiq Monopolist korxonalar hamda ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar yoki ustav fondining (kapitalining) 50 foizi va undan ortigʻi 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan ichki bozorda faqat birja savdolari orqali bozor tamoyillari asosida sotiladigan yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlar, xom ashyo va materiallarning roʻyxati tasdiqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin”;
2-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“texnik chigit — mulkchilik shaklidan qatʼi nazar paxta chigitini qayta ishlash boʻyicha ishlab chiqarish quvvatiga va tegishli (muvofiqlik va gigiyenik) sertifikatlarga ega boʻlgan mahalliy korxonalarga. Bunda tegishli (muvofiqlik va gigiyenik) sertifikatlarni olish uchun texnik chigit mulkchilik shaklidan qatʼi nazar mahalliy korxonalarga 5 tonnagacha hajmda sotiladi, sotib olingan paxta chigitini qayta sotish esa faqat birja savdolari orqali amalga oshiriladi”.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-yanvardagi “Yogʻ-moy tarmogʻini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3484-son qarori 3-bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“keyinchalik sanoatda qayta ishlash uchun moʻljallangan ekstraktli paxta yogʻi birja savdolari orqali mulkchilik shaklidan qatʼi nazar ekstraktli paxta yogʻini qayta ishlash boʻyicha ishlab chiqarish quvvatlariga va tegishli (muvofiqlik va gigiyenik) sertifikatlarga ega boʻlgan mahalliy korxonalarga sotilishi haqidagi tartibni belgilash toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin. Bunda tegishli (muvofiqlik va gigiyenik) sertifikatlarni olish uchun ekstraktli paxta yogʻi mulkchilik shaklidan qatʼi nazar mahalliy korxonalarga 1 tonnagacha hajmda sotiladi, sotib olingan ekstraktli paxta yogʻini qayta sotish esa faqat birja savdolari orqali amalga oshiriladi”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2019-y., 07/19/4484/3883-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)