1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Energetika]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Yoqilgʻi-energetika resurslari hamda boshqa yuqori likvidli mahsulotlar bilan taʼminlash borasida raqobat muhitini takomillashtirish, suiisteʼmolchiliklar va talon-torojliklar sharoitini tugatish, toʻlov intizomini mustahkamlash, debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
Tovarlar va xizmatlar bozorlarida samarali raqobat muhitini yaratish hamda monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish, taqsimlash tizimi elementlarini tugatish, xoʻjalik yurituvchi barcha subyektlarning moddiy-texnika resurslari bilan taʼminlanishida teng shart-sharoitlarni vujudga keltirish, yoqilgʻi-energetika resurslari hamda yuqori likvidli mahsulotlar bilan taʼminlash sohasida suiisteʼmolchiliklar va talon-torojliklarning oldini olish, tag-tomiri bilan tugatish hamda ularni profilaktika qilish, debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirish, shuningdek, valyuta siyosatini liberallashtirish sharoitida qishloq xoʻjaligi va sanoat bazaviy tarmoqlarining moliyaviy barqarorligini taʼminlash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining:
a) 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab davlat organlari, tashkilotlari va hukumat komissiyalarining mahsulot, xom ashyo va materiallarning chegaralangan narxlari darajasini, ularni taqsimlash hajmlari va dislokatsiyasini tasdiqlash boʻyicha ushbu qaror qoidalariga mos kelmaydigan vakolatlarini bekor qilish toʻgʻrisidagi (Vazirlar Mahkamasi tomonidan roʻyxati belgilanadigan ijtimoiy ahamiyatdagi mahsulotlar va ularning strategik turlari bundan mustasno);
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.05.00 Tabiiy monopoliyalar]
b) monopolist korxonalar va (yoki) ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar yoki ustav fondining (kapitalining) 50 foizi va undan ortigʻi 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan ichki bozorda faqat birja savdolari orqali bozor tamoyillari asosida sotiladigan yuqori likvidli va (yoki) monopol turdagi mahsulotlar, xomashyo va materiallarning roʻyxatini ilovaga muvofiq tasdiqlash toʻgʻrisidagi;
(1-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 11-sentabrdagi PF-139-sonli Farmoni tahririda)
v) 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab mahsulotning ayrim turlari, xom ashyo va materiallarni ishlab chiqarish va isteʼmol qilishning qisqa muddatli hamda oʻrta muddatli prognozlarini tahlil qilish va shakllantirish maqsadidagina ular boʻyicha tasdiqlanadigan yiriklashtirilgan moddiy balanslarni shakllantirishga oʻtish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.10.00 Yoqilgʻi sanoati (neft qazib chiqarish va neftni qayta ishlash sanoati, gaz va koʻmir sanoati)]
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻn kun muddatda bozor narxlarida neft mahsulotlari va boshqa yuqori likvidli mahsulot turlari, xom ashyo va materiallarning moddiy balanslariga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlari va aholining talab-ehtiyojlarini uzluksiz hamda oʻz vaqtida qondirishni taʼminlash, shuningdek, butun respublika boʻyicha ular taqchilligining oldini olish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi tegishli komplekslari, idoralar va xoʻjalik birlashmalari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini belgilovchi hukumat qarorini qabul qilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.10.00 Yoqilgʻi sanoati (neft qazib chiqarish va neftni qayta ishlash sanoati, gaz va koʻmir sanoati)]
2017-yilning oxiriga kadar “Oʻzneftmahsulot” AJning neftni qayta ishlash zavodlariga 2,0 trillion soʻm miqdorida foizsiz budjet ssudalari, shulardan 600 milliard soʻmi uglevodorod xom ashyosi va tayyor neft mahsulotlarini import qilishga maqsadli yoʻnaltirilgan holda uch kun mobaynida ajratib berilishini taʼminlasin;
Toshkent shahrida transport tashuvlarining tariflari keskin oʻsishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida 2017-2018-yillarda “Toshshahartransxizmat” AJga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan subsidiyalar ajratilishini taʼminlasin;
neft mahsulotlariga bozor narxlari belgilanishiga oʻtilishi munosabati bilan 2017-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlarining tegishli moddalarini va Investitsiya dasturi parametrlarini oshirsin;
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish]
2018-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti va rivojlanish davlat dasturlari parametrlarida budjetdan mablagʻ oluvchilar tomonidan yuqori likvidli tovarlarning asosiy turlarini bozor narxlarida xarid qilishga zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-martdagi PF-5370-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.03.2018-y., 06/20/5370/0975-son)
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.02 Import]
mulkchilik shaklidan va foydalanish maqsadlaridan qatʼi nazar, respublika korxonalari tomonidan import qilinadigan uglevodorod xom ashyosi — bojxona toʻlovlari (qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojxona rasmiylashtiruvchi uchun yigʻimlardan tashqari) toʻlashdan;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi PF-5755-sonli Farmoni tahririda — 2019-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar]
“Oʻzbekneftgaz” AJning neftni qayta ishlash korxonalari — foyda soligʻini toʻlashdan ozod qilinsin, boʻshayotgan mablagʻlar ishlab chiqarish quvvatlarini yangilash, modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashga, shuningdek, ana shu quvvatlarni oshirishga maqsadli yoʻnaltirilsin.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-iyundagi PF-6010-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2020-y., 06/20/6010/0776-son)
7. 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.01.00 Oldi-sotdi / 03.11.01.02 Chakana oldi-sotdi]
“Yuqori likvidli mahsulot turlarini, xom ashyo va metariallarni sotishning bozor mexanizmlarini yanada joriy etish toʻgʻrisida” Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi 57-sonli qarori 3-ilovasi bilan tasdiqlangan moddiy-texnika resurslari strategik turlarini sotishning maxsus tartibi;
markazlashtirilgan manbalar hisobiga sotib olinadigan mahsulotlar, xom ashyo va materiallarni istisno qilganda, birja savdolarida xarid qilingan mahsulotni qaytadan sotishga qoʻyilgan taqiq bekor qilinsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda 2018-yil hosilidan boshlab:
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.02 Paxtachilik]
paxta xom ashyosi va gʻallani qayta ishlash natijasida hosil boʻladigan texnik urugʻlik, oʻsimlik yogʻi, shrot, shulxa va boshqa mahsulotlar bozor narxlarini shakllantirishning yangi mexanizmini joriy etgan holda fermer xoʻjaliklarining pirovard natijalarga erishishdan moddiy manfaatdorligi oshishiga imkon beruvchi rentabellik taʼminlanishini hisobga olib, paxta xom ashyosi va gʻallaning xarid narxlari oshirilishini;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.01.00 Umumiy qoidalar]
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari davlat xaridini moliyalashtirishning amaldagi tartibi va mexanizmi qayta koʻrib chiqilishini nazarda tutsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.18.00 Elektron va elektrotexnika sanoati. Maishiy asbob-uskunalar]
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda elektron savdo maydonchalari kengaytirilishini hamda barcha tadbirkorlik subyektlarining birja bozorida teng ishtirok etishini taʼminlash, birja savdolarini shaffof tarzda amalga oshirib, bozor narxi belgilanishini shakllantirishni hisobga olgan holda “Oʻzbekiston Respublika Tovar-xom ashyo birjasi” AJ faoliyati takomillashtirilishini nazarda tutuvchi hukumat qarorini qabul qilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi ushbu qarorga muvofiq birja savdolarida narxlar shakllantirilishi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratilayotgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi ustidan doimiy monitoringni taʼminlasin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashishi va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultonov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi V.A. Golishev va Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi M.M. Ikromov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-noyabrdagi PQ-3386-son qaroriga
ILOVA
Monopolist korxonalar va (yoki) ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar yoki ustav fondining (kapitalining) 50 foizi va undan ortigʻi 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan ichki bozorda faqat birja savdolari orqali bozor tamoyillari asosida sotiladigan yuqori likvidli va (yoki) monopol turdagi mahsulotlar, xomashyo va materiallarning
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-229-sonli Farmoniga asosan 13-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 06/24/229/1090-son)
Mazkur roʻyxatda koʻrsatilgan tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-yanvardagi “Mamlakat iqtisodiyotining tarmoqlarini talab yuqori boʻlgan mahsulot va xom ashyo turlari bilan barqaror taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3479-son qarorining 2-bandi inobatga olingan holda realizatsiya qilinadi.
* Tovarlar tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼiy nazar, yuridik shaxslar tomonidan ichki bozorda bozor tamoyillari asosida faqat birja savdolari orqali sotiladi.
** “NKMK” AJ tomonidan faqat birja savdolari orqali sotiladi.
(ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 11-sentabrdagi PF-139-sonli Farmoni tahririda)