Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Davlat strategik zaxirasini shakllantirishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi bilan “Oʻzbekneftgaz” AJ korxonalari oʻrtasidagi hisob-kitob mexanizmini tartibga solish, shuningdek budjetdan mablagʻlari xarajatlarini qisqartirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2004-y., 2-son, 10-modda) bilan tasdiqlangan Moddiy-texnika resurslari strategik turlarini sotishning maxsus tartibi toʻgʻrisida
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzagrotexsnoatxolding” AJ boshqaruvi raisi N.S. Otajonov, “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultonov, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi raisi M.M. Kurbonov zimmasiga yuklansin.
1.
4-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi va uning idoraviy mansub muassasalari davlat strategik zaxirasi resurslarini toʻldirish va yangilash uchun avtomobil benzini, aviakerosin va dizel yoqilgʻisini “Oʻzneftmahsulot” AJning neftni qayta ishlash zavodlari bilan toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar asosida qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan belgilangan narxlar boʻyicha sotib oladilar”.
2.
31-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Neft bazalari tomonidan davlat ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi uchun dizel yoqilgʻisi qishloq xoʻjaligi istemolchilariga transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq hisobga olingan holda belgilangan chakana narxlar boʻyicha, yetkazib berilgan resurslar haqi 60 kun mobaynida toʻliq toʻlanishi sharti bilan, 60 foiz haqi oldindan toʻlangan holda sotiladi”.