|
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining funksiyalari (vakolatlari) |
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining funksiyalari (vakolatlari) beriladigan subyekt | |
|
1. |
Aholining ichimlik, maishiy va boshqa ehtiyojlari uchun moʻljallangan suv olish inshootlaridan foydalanish toʻgʻrisida qaror qabul qilish |
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari huzuridagi tumanlar (Quvasoy shahar) irrigatsiya boʻlimlari |
|
2. |
Birgalikda foydalaniladigan suv obyektlarida suvdan umumiy foydalanish va suvni isteʼmol qilish shartlarini belgilash | |
|
3. |
Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni chorvachilik ehtiyojlari uchun tayyorlash uchun ruxsatnoma berish |
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boʻlinmalari |
|
4. |
Davlat oʻrmon fondi yerlariga kirmaydigan zaxira yerlarida pichan oʻrish va chorva mollarini oʻtlatish uchun ruxsatnoma berish | |
|
5. |
Ish joyining transportda qatnash jihatidan qulayligini (yoʻl qoʻyiladigan uzoqlikda ekanligini) belgilash |
Aholi bandligiga koʻmaklashish tuman (shahar) markazlari |
|
6. |
Alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomasini berish |
tuman (shahar) soliq inspeksiyalari |
|
7. |
Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini sotish huquqi uchun ruxsat guvohnomasi berish | |
|
8. |
Turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazishga ruxsatnoma berish |
tumanlar (shaharlar) qurilish boʻlimlari |
|
9. |
Dori vositalari va tibbiyot buyumlarining chakana savdosini amalga oshirishga litsenziya berish |
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligining hududiy boʻlinmalari |
|
10. |
Nodavlat taʼlim muassasalarining chet tillarni oʻrganish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish sohasidagi faoliyatini amalga oshirishga litsenziya berish |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi |
|
11. |
Rieltorlik faoliyatini olib borish uchun litsenziya berish |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boʻlinmalari |
|
Idoralararo kollegial organning nomlanishi |
Idoralararo kollegial organ tuzilishi uchun asos boʻlgan normativ-huquqiy hujjat |
Tugatilayotgan organ funksiyalarini amalga oshiruvchi subyektlar (vakolatiga oid qismi boʻyicha) | |
|
I. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari bilan faoliyati belgilangan idoralararo kollegial organlar | |||
|
1. |
Toʻqimachilik sanoati korxonalari uchun investorlar va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilarni tanlab olish boʻyicha Hukumat komissiyasi |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-apreldagi “Toʻqimachilik sanoati korxonalarini moliyaviy sogʻlomlashtirish va ularga paxta tolasi sotish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-330-son qarori |
Oʻtkazilmaydi |
|
2. |
Xorijiy tillarni oʻrganishni yanada rivojlantirish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi “Chet tillarni oʻrganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1875-son qarori |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi |
|
3. |
Toshkent xalqaro aeroporti infratuzilmasi faoliyati samaradorligini yanada oshirish hamda yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish sifatini tubdan yaxshilash boʻyicha Maxsus komissiya |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-maydagi “Toshkent shahridagi xalqaro aeroportga Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomini berish toʻgʻrisida”gi PQ-2950-son qarori |
Oʻtkazilmaydi |
|
4. |
Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturi bajarilishini muvofiqlashtiruvchi respublika komissiyasi |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3031-son qarori |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi |
|
5. |
Toshkent viloyatidagi avval xususiylashtirilgan qurilishi tugallanmagan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini aniqlash va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish boʻyicha respublika komissiyasi |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-iyuldagi “Toshkent viloyatining maʼmuriy-hududiy tuzilishini hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3142-son qarori |
Oʻtkazilmaydi |
|
6. |
Davlat moliyaviy nazoratini takomillashtirish boʻyicha Idoralararo kengash |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-avgustdagi “Taʼlim va tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini hamda davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-3231-son qarori |
Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Hisob palatasi |
|
7. |
Dastur parametrlarini bajarishni taʼminlash yuzasidan mahalliy davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, ijroiya hokimiyati organlarining faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika ishchi guruhi |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-sentabrdagi “Navoiy viloyatining Tomdi, Uchquduq, Konimex, Nurota tumanlari va Zarafshon shahrini kompleks rivojlantirish hamda aholisi bandligini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3301-son qarori |
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi |
|
8. |
Bojxona tartib-taomillari va eksport-import operatsiyalarini takomillashtirish boʻyicha ishchi guruh |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-noyabrdagi “Meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz, dukkakli ekinlar, shuningdek, quritilgan sabzavot va mevalarni mahalliy eksport qiluvchilarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3377-son qarori |
Oʻtkazilmaydi |
|
9. |
Respublikada yaratiladigan va ishlab chiqariladigan ustuvor dori vositalari va tibbiy buyumlar roʻyxatini aniqlash boʻyicha ishchi komissiya |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-fevraldagi “Farmatsevtika tarmogʻini jadal rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3532-son qarori |
Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi |
|
10. |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tasarrufidagi tashkilotlarni qayta tashkil qilish va asosiy vazifalari boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha Ishchi guruh |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3578-son qarori |
Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi |
|
11. |
Uyushma faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish va ularni amalga oshirishga koʻmaklashish boʻyicha ishchi guruh |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasida limonchilik sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3586-son qarori |
Limon yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi |
|
12. |
“Buxoro-agro” EIZ hududida zamonaviy issiqxona xoʻjaliklarini tashkil etishga doir tadbirlarni muvofiqlashtirish va amalga oshirishga koʻmaklashish boʻyicha komissiya |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 10-iyuldagi “Buxoro-agro” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3843-son qarori |
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi |
|
13. |
Aholiga ixtisoslashtirilgan nefrologik va gemodializ tibbiy yordam koʻrsatish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi ijrosining borishini monitoring qilish boʻyicha ishchi komissiya |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga nefrologiya va gemodializ yordami koʻrsatish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3846-son qarori |
Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
II. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hujjatlari bilan faoliyati belgilangan idoralararo kollegial organlar | |||
|
14. |
Til oʻrgatish Jumhuriyat Kengashi |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 29-iyuldagi “Jumhuriyat oʻquvchi-yoshlariga va mutaxassislariga chet tillarni keng koʻlamda oʻqitish tizimini takomillashtirish va uning moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga oid tadbirlar toʻgʻrisida”gi 197-son qarori |
Oʻtkazilmaydi |
|
15. |
Tibbiyot texnikasi boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 6-noyabrdagi “Tibbiyot texnikasi ishlab chiqarishni boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 490-son qarori |
Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
16. |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yoʻl xoʻjaligi kengashi |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-iyuldagi “Respublika komissiyalari va kengashlari tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 358-son qarori |
Transport vazirligi |
|
17. |
Qishloq aholi punktlarini ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan taʼminlash dasturini amalga oshirish boʻyicha Respublika komissiyasi |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-iyuldagi “Respublika komissiyalari va kengashlari tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 358-son qarori |
Oʻtkazilmaydi |
|
18. |
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 12-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Irrigatsiya va drenaj milliy qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 256-son qarori |
Suv xoʻjaligi vazirligi |
|
19. |
Favqulodda vaziyatlarni prognozlash va oldini olish boʻyicha davlat dasturining bajarilishini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 3-apreldagi “Favqulodda holatlarni prognoz qilish va oldini olish boʻyicha davlat dasturini tasdiqlash haqida”gi 71-son qarori |
Favqulodda vaziyatlar vazirligi |
|
20. |
Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlarining joylashtirilishini koʻrib chiqish va kelishish Komissiyasi |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-oktabrdagi “Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab yoʻl infratuzilmasi va servisini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 277-son qarori |
Transport vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi |
|
21. |
Toshkent shahrida transport infratuzilmasini qurish va rekonstruksiya qilish bilan bogʻliq kompleks chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish boʻyicha komissiya |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 26-yanvardagi “Toshkent shahrida transport infratuzilmasi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 20-son qarori |
Oʻtkazilmaydi |
|
22. |
Mahalliy nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari koʻrgazmalari va yarmarkalarini oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-dekabrdagi “Mahalliy nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari yarmarka savdosini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 377-son qarori |
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi |
|
23. |
“Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” loyihasini amalga oshirish boʻyicha Idoralararo muvofiqlashtiruvchi kengash |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 12-iyundagi “Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” loyihasini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 168-son qarori |
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi |
|
24. |
Tomchilatib sugʻorish tizimini va suvni tejaydigan boshqa sugʻorish texnologiyalarini joriy etish boʻyicha Idoralararo muvofiqlashtiruvchi komissiya |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 21-iyundagi “Tomchilatib sugʻorish tizimini va suvni tejaydigan boshqa sugʻorish texnologiyalarini joriy etish va moliyalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 176-son qarori |
Suv xoʻjaligi vazirligi |
|
25. |
Kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishining soʻzsiz taʼminlanishini tahlil qilish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish boʻyicha doimiy faoliyat koʻrsatuvchi idoralararo komissiya |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 6-noyabrdagi “Respublikaning issiqlik va suv taʼminoti tashkilotlarini moliyaviy sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 300-son qarori |
Uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi |
|
26. |
Ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati sohasidagi dasturlarni amalga oshirishni muvofiqlashtirish boʻyicha Maxsus respublika komissiyasi |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 3-fevraldagi “Aholi punktlarida davlat kapital qoʻyilmalari hisobiga ichimlik suv taʼminotini va oqova suv xizmatini yaxshilash boʻyicha loyihalarni amalga oshirish samaradorligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 19-son qarori |
Uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi |
|
27. |
Jizzax viloyatida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni tubdan jadallashtirish, tadbirkorlikni rivojlantirishning yangi yondashuvlari va metodlarini sinab koʻrish hamda ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga doir kompleks chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish boʻyicha Ishchi guruh |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-maydagi “Jizzax viloyatida ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirishni tubdan jadallashtirish, tadbirkorlik faoliyatini ragʻbatlantirishning yangi yondashuvlari va metodlarini sinab koʻrishga doir kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 332-son qarori |
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi Milliy agentligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy bank, Jizzax viloyati hokimligi |
|
28. |
Oʻquv-ishlab chiqarish majmualari faoliyatini tashkil etishni muvofiqlashtiruvchi kengash |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-oktabrdagi “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 10-11-sinflari oʻquvchilariga kasbiy taʼlim berishga ixtisoslashgan oʻquv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 868-son qarori |
Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
|
29. |
Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarida xavfsiz turizmni taʼminlash konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha komissiya |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-noyabrdagi “Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarida xavfsiz turizmni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 939-son qarori |
Ichki ishlar vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
|
T/r |
Tadbirlar nomi |
Ijro muddati |
Amalga oshirish mexanizmi |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Davlat boshqaruvi mexanizmlarini byurokratiyadan xoli qilish sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish | ||||
|
1. |
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining ayrim funksiya va vakolatlarini tegishli davlat boshqaruv organlarining hududiy boʻlinmalariga oʻtkazish hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining funksiya va vakolatlarini chiqarib tashlash nuqtai nazaridan amaldagi qonun hujjatlarini qayta koʻrib chiqish. |
2020-yil |
Qarorning 1-bandida nazarda tutilgan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining funksiya va vakolatlarini belgilash sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish. |
Adliya vazirligi (Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. |
Davlat organlari va tashkilotlarida hisobot va hujjat aylanishini yuritishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish. |
2020-yil |
Barcha davlat organlari va tashkilotlari faoliyati boʻyicha zarur hisobotlarni real vaqt rejimida yaratish imkonini beruvchi hamda 2021-yil 1-yanvarga kelib qogʻoz koʻrinishidagi blanklar, shakllar va jadvallarni toʻldirishdan toʻliq voz kechishni nazarda tutuvchi hisobot va hujjat aylanishini yuritishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish. |
Adliya vazirligi (Davletov), Axborot texnologiyalari vazirligi (Sodiqov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
3. |
Davlat organlari va tashkilotlarida hisobotlarni va boshqa maʼlumotlarni tuzish, taqdim etish va eshitish tartibini takomillashtirish. |
2020-yil |
Davlat organlari va tashkilotlarida hisobotlarni va boshqa maʼlumotlarni tuzish, taqdim etish va eshitish sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda keyinchalik ularni maqbullashtirish boʻyicha takliflar kiritish. |
Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi (Davletov) |
|
4. |
Davlat organlari va tashkilotlarining barcha xodimlari va rahbarlarini elektron raqamli imzolar bilan taʼminlash. |
2020-yil |
Tashkiliy chora-tadbirlar. |
Davlat soliq qoʻmitasi (Musayev), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
5. |
Tugatilayotgan idoralararo kollegial organlarning vakolatlarini tegishli davlat organlari va tashkilotlariga oʻtkazish. |
2020-yil |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi hujjatlari bilan tashkil qilingan va tugatilayotgan alohida idoralararo kollegial organlarning vakolatlarini tegishli davlat organlari va tashkilotlariga oʻtkazishga qaratilgan tadbirlar ijrosi boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish. Bunda: tugatilayotgan idoralararo kollegial organlarning vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlarini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish va oʻrganish; oʻtkazilgan xatlov va oʻrganish natijalariga koʻra tugatilayotgan idoralararo kollegial organlarning aniqlangan dolzarb vakolatlarini tegishli davlat organlari va tashkilotlariga oʻtkazishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihalarini tayyorlash nazarda tutiladi. |
Adliya vazirligi (Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
6. |
Davlat organlari va tashkilotlarida davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida byurokratiyani, qogʻozbozlikni yanada qisqartirish boʻyicha aniq va asoslantirilgan takliflarni kiritgan holda mazkur qaror ijrosi boʻyicha taʼsirchan monitoring va tahlil olib borish. |
doimiy |
Tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish va keyinchalik amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. |
Adliya vazirligi (Davletov) |
|
7. |
Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan oʻz faoliyati boʻyicha jamoatchilik oldida davriy hisobot berish amaliyotini joriy qilish. |
doimiy |
Har bir davlat organi va tashkilotining birinchi rahbari tomonidan oʻz faoliyati yuzasidan yarim yillik va yil yakuni boʻyicha jamoatchilik oldida hisobot berilishi va ularni rasmiy veb-saytlarda joylashtirish amaliyotini joriy qilishni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish. |
Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlari |
|
8. |
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni asossiz cheklovlar, ortiqcha maʼmuriy tartib-taomillar va eskirgan tartibga solish mexanizmlarini bartaraf etish nuqtai nazaridan qayta koʻrib chiqish. |
2020-yil |
Davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini belgilovchi normalari mavjud idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni yuqoriroq yuridik kuchga ega normativ-huquqiy hujjatlarda mustahkamlagan holda tasdiqlangan grafikka muvofiq quyidagilar nuqtai nazaridan xatlovdan oʻtkazish: asossiz cheklovlar, ortiqcha maʼmuriy tartib-taomillar va eskirgan tartibga solish mexanizmlarini bartaraf etish; normalarni qonun hujjatlari sonini qisqartirish, normalarning koʻpayib ketishini bartaraf etish va ularni yagona normativ-huquqiy hujjatga birlashtirishni nazarda tutgan holda konsolidatsiyalash; davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibini Oʻzbekiston Respublikasining “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga muvofiqlashtirish. |
Adliya vazirligi (Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
II. Tashkiliy va amaliy chora-tadbirlar | ||||
|
9. |
Qarorning 2-ilovasida nazarda tutilgan hujjatlarni fuqarolardan talab qilishga yoʻl qoʻymaslik nuqtai nazaridan davlat organlari, tashkilotlar va oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini monitoring qilish. |
doimiy |
Tashkiliy chora-tadbirlar. |
Adliya vazirligi (Davletov) |
|
10. |
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida yigʻilishlar sonini kamaytirish. |
2020-yil |
Quyidagilarni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni tasdiqlash: faqatgina taklif etilayotgan mansabdor shaxslarning funksional majburiyatlariga oid masalalar boʻyicha ishtiroki zarur boʻlgan hollarda yoki davlat siri va boshqa qonun bilan muhofaza qilinadigan sirlarga oid masalalarni muhokama qilishda davlat tashkilotlari tomonidan yigʻilishlarni tashkil etish; muhokamalarni oʻtkazishning masofaviy mexanizmlarini joriy etgan holda davlat organlari va tashkilotlarining markaziy apparatlariga hududlardan xodimlarni va Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyat markazlaridagi yigʻilishlarga tuman (shahar) boʻlinmalari xodimlarini taklif etishga yoʻl qoʻymaslik; davlat tashkilotlari tomonidan dam olish va bayram kunlari yigʻilishlarni oʻtkazish amaliyotini bekor qilish, alohida zarurat yuzaga kelgan holatlarda oʻtkaziladigan yigʻilishlar bundan mustasno; aholiga bevosita xizmat yoki davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi xodimlarni yigʻilishlarga taklif qilish va ularga xos boʻlmagan vazifalarni yuklash yoki tashqi ishlarga jalb etishni (xizmat koʻrsatish maqsadlaridan tashqari) taqiqlash (ular ishtirokidagi yigʻilishlar bevosita yuqori turuvchi tashkilotlar tomonidan faqatgina xizmat koʻrsatish sifatiga taʼsir etmaydigan soatlarda ular faoliyatini takomillashtirish masalalari boʻyicha oʻtkazilishi mumkin). |
Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa davlat tashkilotlari |
|
11. |
Kelib tushgan normativ-huquqiy hujjatlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, idoralar rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining bir-birini takrorlovchi topshiriqlarini (rezolyutsiya, fishkalar) yuborish amaliyotini bekor qilish yoʻli bilan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qarorlar qabul qilish tartibini takomillashtirish. |
2020-yil |
Tashkiliy chora-tadbirlar. |
Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
12. |
Davlat organlari va tashkilotlarining tashabbuskorligini oshirish. |
2020-yil |
Har bir davlat organi va tashkiloti tomonidan yil davomida oʻz faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan kamida uchta yangi tashabbusni roʻyobga chiqarishi amaliyotini joriy qilish. |
Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
13. |
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish beruvchi va nomzod oʻrtasida video-suhbatni masofaviy intervyu yoʻli bilan maxsus telekommunikatsiya aloqa vositalari hamda videokonferensiya vositalari yordamida oʻtkazish mexanizmlarini joriy qilish. |
2020-yil |
Tashkiliy chora-tadbirlar. |
Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
III. Davlat xizmatchilarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasidagi tashkiliy chora-tadbirlar | ||||
|
14. |
Vaqtni tashkil etish va undan foydalanish samaradorligini oshirish (time management) texnologiyalari boʻyicha oʻqitish, byurokratiya va yigʻilish oʻtkazish amaliyotini bekor qilish chora-tadbirlarini tashkil etish. |
ikki oy muddatda |
Vaqtni tashkil etish va undan foydalanish samaradorligini oshirish (time management) texnologiyalari, byurokratiya, qogʻozbozlik va yigʻilish oʻtkazish amaliyotini bekor qilish boʻyicha oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda uning filiallarida davlat organlari va tashkilotlari xodimlari va rahbarlari uchun kurslarni kelishilgan muddatlarda tashkil etish. |
DBA (Azizov) |
|
15. |
“Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi Qonun normalarini qoʻllash masalalari boʻyicha davlat xizmatchilarining malakasini oshirish. |
2020-yil |
“Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi Qonun normalarini qoʻllash masalalari boʻyicha davlat xizmatchilarining malakasini oshirish yuzasidan oʻquv dasturlarini ishlab chiqish. |
DBA (Azizov), Adliya vazirligi (Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
16. |
Maʼmuriy tartib-taomillar sohasida huquqni qoʻllash amaliyotini yaxshilash boʻyicha choralar koʻrish. |
2020-yil |
Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida maʼmuriy tartib-taomillarni amalga oshirish boʻyicha oʻquv-metodik materiallar va amaliy qoʻllanmalarni ishlab chiqish. |
DBA (Azizov), Adliya vazirligi (Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar |