

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-2126032" id="onLBC-2126032">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7303"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-2126032" id="onLS-2126032">[<b>TSZ:</b><div id="LS3702"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-2126041" id="-2126041">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-2126042" id="-2126042">Qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-2126043" id="-2126043">Chet tillarni oʻrganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2126044" id="-2126044"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2126046" id="-2126046">Qayd etib oʻtilsinki, mamlakatda Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-16188">Qonunini</a> hamda Kadrlar tayyorlash <a href="/mact/-48401">milliy dasturini </a>amalga oshirish doirasida chet tillarga oʻqitishning kompleks tizimi, yaʼni uygʻun kamol topgan, oʻqimishli, zamonaviy fikrlovchi yosh avlodni shakllantirishga, respublikaning jahon hamjamiyatiga yanada integratsiyalashuviga yoʻnaltirilgan tizim yaratildi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2126047" id="-2126047">Mustaqillik yillarida 51,7 ming nafardan ziyod chet tillar oʻqituvchilari tayyorlandi, umumtaʼlim maktablarining 5 — 9 sinflari uchun ingliz, nemis va fransuz tillari boʻyicha multimedia darsliklari, boshlangʻich sinflarda ingliz tilini oʻrganish boʻyicha elektron resurslar tayyorlandi, umumtaʼlim maktablarida, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda 5 mingdan koʻproq lingafon kabinetlari jihozlandi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2126048" id="-2126048">Shu bilan birga, chet tillarni oʻrganishni tashkil qilishning amaldagi tizimini tahlil etish shuni koʻrsatmoqdaki, taʼlim standartlari, oʻquv dasturlari va darsliklar zamon talablariga, xususan, ilgʻor axborot va media-texnologiyalardan foydalanish borasidagi talabga toʻliq javob bermayapti. Taʼlim asosan anʼanaviy uslublarda olib borilmoqda. Taʼlim tizimining barcha bosqichlarida chet tillarni uzluksiz oʻrganishni tashkil qilish, shuningdek, oʻqituvchilar malakasini oshirish hamda zamonaviy oʻquv-uslubiy materiallar bilan taʼminlash yanada takomillashtirilishini taqozo etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2126049" id="-2126049">Zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda oʻqitishning ilgʻor uslublarini joriy etish yoʻli bilan, oʻsib kelayotgan yosh avlodni chet tillarga oʻqitish, shu tillarda erkin soʻzlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish hamda buning negizida, ularning jahon sivilizatsiyasi yutuqlari hamda dunyo axborot resurslaridan keng koʻlamda foydalanishlari, xalqaro hamkorlik va muloqotni rivojlantirishlari uchun shart-sharoit va imkoniyatlar yaratish maqsadida:</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-2126050" id="onLBC-2126050">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC22709"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2126050" id="-2126050">1. Belgilab qoʻyilsinki, 2013/2014 oʻquv yilidan boshlab:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2126051" id="-2126051">respublikaning barcha hududida chet tillarni, asosan, ingliz tilini oʻrganish umumtaʼlim maktablarining birinchi sinflaridan oʻyin tarzidagi darslar va ogʻzaki nutq darslari shaklida, ikkinchi sinfdan boshlab esa, alifbo, oʻqish va grammatikani oʻzlashtirishdan bosqichma-bosqich boshlanadi;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5721632" id="edi-5721632"><a href="/mact/-2126032?ONDATE=10.12.2012 00#-2126052">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5721632" id="-5721632"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5721638" id="-5721638">oliy taʼlim muassasalarida ayrim maxsus fanlarni, xususan, texnik va xalqaro mutaxassisliklar boʻyicha oʻqitish chet tillarda olib boriladi;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5721645" id="-5721645">(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli <a href="/mact/-5715320?ONDATE=09.11.2021 00#-5716066">Farmoni</a> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6032312" id="edi-6032312"><a href="/mact/-2126032?ONDATE=05.07.2019 00#-4410038">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6032312" id="-6032312"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6032313" id="-6032313">umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarining oʻquvchilari va oʻqituvchilarini chet tillar boʻyicha darsliklar va oʻquv-metodik majmualar bilan taʼminlash, ularni qayta nashr etish boʻyicha belgilangan muddatlarga rioya qilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasining aylanma mablagʻlari hisobidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6032316" id="-6032316">(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PQ-241-sonli <a href="/mact/-6008665?ONDATE=12.05.2022 00#-6012410">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2022-y., 07/22/241/0408-son)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6032317" id="edi-6032317"><a href="/mact/-2126032?ONDATE=05.07.2019 00#-4410052">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6032317" id="-6032317">(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PQ-241-sonli <a href="/mact/-6008665?ONDATE=12.05.2022 00#-6012410">qaroriga </a>asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2022-y., 07/22/241/0408-son)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5635206" id="edi-5635206"><a href="/mact/-2126032?ONDATE=10.12.2012 00#-2126054">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5635206" id="-5635206">(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentabrdagi PF-6311-sonli <a href="/mact/-5623902?ONDATE=10.09.2021 00#-5629534">Farmoniga</a> asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2021-y., 06/21/6311/0861-son)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5635208" id="edi-5635208"><a href="/mact/-2126032?ONDATE=10.12.2012 00#-2126057">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5635208" id="-5635208">(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentabrdagi PF-6311-sonli <a href="/mact/-5623902?ONDATE=10.09.2021 00#-5629534">Farmoniga</a> asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2021-y., 06/21/6311/0861-son)</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-2126064" id="onLBC-2126064">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC22713"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2126064" id="-2126064">4. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tarkibida Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi tashkil qilinsin, Markaz xodimlarining soni 12 kishiga koʻpaytirilsin va uning vazifalari quyidagilardan iborat etib belgilansin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2126065" id="-2126065">xalqaro eʼtirof etilgan standartlarning talablariga muvofiq chet tillarni bilish darajasini baholashning Milliy test tizimini ishlab chiqish va joriy etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2126066" id="-2126066">oʻrganuvchilarni chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlashni toʻlov asosida test oʻtkazish (jumladan, Internet orqali masofaviy) va davlat namunasidagi tegishli malaka sertifikatini berishni tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2126067" id="-2126067">oʻrganuvchilarning mustaqil ravishda, chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash uchun, testga tayyorlanishlariga zarur maʼlumotlarni tayyorlash va Internet tarmogʻiga joylashtirish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2126068" id="-2126068">Markazning budjetdan tashqari daromadlari hisobidan unga yuklangan vazifalarni bajarish uchun Markazga toʻlov asosida mustaqil ekspertlarni va imtihon oluvchilarni jalb etish huquqi berilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2126069" id="-2126069">5. Davlat test markazi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda, ikki oy muddatda, 2015/2016 oʻquv yillaridan boshlab, barcha oliy taʼlim muassasalariga kirish testlari blokiga xorijiy tilni kiritish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5635211" id="edi-5635211"><a href="/mact/-2126032?ONDATE=10.12.2012 00#-2126070">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5635211" id="-5635211">(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentabrdagi PF-6311-sonli <a href="/mact/-5623902?ONDATE=10.09.2021 00#-5629534">Farmoniga</a> asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2021-y., 06/21/6311/0861-son)</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-2126073" id="onLBC-2126073">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6403"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2126073" id="-2126073">7. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Moliya vazirligining chet tillar oʻqituvchilari va muallimlariga qonun hujjatlari bilan belgilangan ragʻbatlantiriluvchi toʻlovlar va qoʻshimchalarni hisoblashda, ularning lavozim maoshlari tarkibiga kiritgan holda qishloq joylarda joylashgan taʼlim muassasalarida ularning tarif stavkalariga 30 foiz va boshqa taʼlim muassasalarida 15 foiz stavkalari miqdoridagi har oydagi qoʻshimchalar qoʻshib berishni belgilash toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2126074" id="-2126074">8. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi uch oy muddatda, moliyalash manbalari Davlat budjeti va budjetdan tashqari jamgʻarmalar, xorijiy kreditlar va xalqaro grantlar, shuningdek, homiylar va xayriyachilar mablagʻlari koʻzda tutilgan holda, 2013 — 2016-yillarda taʼlim muassasalari xorijiy tillar kabinetlarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya va oʻqitishning texnik vositalari va anjomlari bilan (qoʻshimcha jihozlash) jihozlashning jadallashtirilgan dasturini ishlab chiqsin hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda uni Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2126075" id="-2126075"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5721651" id="edi-5721651"><a href="/mact/-2126032?ONDATE=16.01.2017 00#-5706497">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5721651" id="-5721651"></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-5721660" id="onLBC-5721660">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC22714"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.07 Maktabdan tashqari taʼlim]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5721660" id="-5721660">9. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, bolalar va yoshlarning manfaatlari hamda qiziqishlarini inobatga olgan holda, quyidagilarni taʼminlasin:</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5721664" id="-5721664">(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli <a href="/mact/-5715320?ONDATE=09.11.2021 00#-5716068">Farmoni</a> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2126076" id="-2126076">televideniye, shu jumladan mahalliy telekanallar orqali bolalar va oʻsmirlarni xorijiy tillarga oʻrgatish boʻyicha koʻrsatuvlar tayyorlash hamda ularni translyatsiya qilish, boshqa xalqlarning tarixi va madaniyati, jahon ilmi va texnikasiga bagʻishlangan ilmiy-ommabop xorijiy badiiy hamda multiplikatsiyaviy filmlarni oʻzbek tilidagi subtitr yordamida, muntazam koʻrsatib borishni amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2126077" id="-2126077">“ZiyoNet” tarmogʻi orqali taʼlim muassasalarining xalqaro taʼlim va bilim olish manbalariga kirish imkoniyatlarini sezilarli orttirish, uning resurs markazini multimediya resurslari, shaxsiy kompyuterlar va mobil uskunalar uchun ilovalar bilan boyitish, shuningdek, ingliz tilida oʻquv va badiiy adabiyotlar, ixtisoslashtirilgan rasmlar bilan bezatilgan gazetalar va jurnallarni chop etish, ularga maxsus ruknlar hamda ilovalarni tashkil qilish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2126078" id="-2126078">10. 2013-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun asoslangan hisob-kitoblar boʻyicha har yili budjet mablagʻlari ajratilishini nazarda tutsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2126079" id="-2126079">11. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar haqida Vazirlar Mahkamasiga takliflar, shuningdek idoraviy meʼyoriy hujjatlarga tegishli oʻzgartishlar kiritsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2126080" id="-2126080">12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A. Ikromov zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-2126081" id="-2126081">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2126083" id="-2126083">Toshkent sh., </div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2126084" id="-2126084">2012-yil 10-dekabr,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-2126085" id="-2126085">PQ-1875-son</div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-2127421" id="-2127421">(“Xalq soʻzi” gazetasi, 11.12.2012-y., 240 (5660)-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2019-y., 06/19/5759/3385-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2021-y., 06/21/6311/0861-son, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son, 12.05.2022-y., 07/22/241/0408-son)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
