1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari;
2.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Iqtisodiyot / Qishloq xo‘jaligi]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 17-apreldagi PF-5708-son Farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasida bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 20-martdagi PQ-4246-son va “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 17-apreldagi PQ-4292-son qarorlari)
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi A.D. Vaxabov va O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 16-oktabr,
874-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-oktabrdagi 874-son qaroriga ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-apreldagi 258-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-iyuldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 09/21/258/0400-son)
4. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 26-sentabrdagi 278-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 39-son, 453-modda) bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy va tarmoq markazlari ro‘yxatining “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazlari” bo‘limining 4-pozitsiyasi “Vazirliklar va idoralarga mansubligi” ustunidagi “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash davlat markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2013-yil 1-avgustdagi 214-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 8-son, 49-modda):
a) qaror nomidagi, 1-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash davlat markazi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
nomidagi va 1-banddagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash davlat markazi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2-bandning ikkinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasiga” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi vazirligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“11. Markazni O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor boshqaradi.
Direktor o‘rinbosarlari Markaz direktorining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi”;
“15. Markazning mol-mulkini tasarruf etish quyidagi holatlarda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan kelishgan holda Markaz direktori tomonidan amalga oshiriladi”;
oltinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasining Davlat aktivlarini boshqarish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
nomidagi va 1-banddagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash davlat markazi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikasi hamda texnologiyalarini sinovdan o‘tkazish rejasi O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri tomonidan tasdiqlanadi”.
6. Vazirlar Mahkamasining “Sug‘urta urug‘lik fondini tashkil etish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2014-yil 3-apreldagi 80-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 15-son, 167-modda):
a) 2-banddagi “Innovatsion rivojlanish vaziri” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi vaziri” so‘zlari bilan almashtirilsin;
11 va 28-bandlardagi “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
4 va 12-bandlardagi “Innovatsion rivojlanish vazirligi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
17-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksi rahbari” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
20 va 31-bandlardagi “xulosasi va O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining” so‘zlari chiqarib tashlansin;
Sug‘urta urug‘lik fondini tashkil etish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ilovada:
“Mas’ullar” ustuni “G‘o‘za va boshoqli don ekinlari uchun” bo‘limi “1-bosqich” va “2-bosqich” pozitsiyalardagi “Innovatsion rivojlanish vazirligi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 10-iyuldagi 479-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 28-son, 656-modda):
“Tadbirlar nomi”, “Mas’ul bajaruvchilar” ustunlari 7-pozitsiyasidagi “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Mas’ul bajaruvchilar” ustuni 10-pozitsiyasidagi “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Mas’ul bajaruvchilar” ustuni 11, 12 va 13-pozitsiyalaridagi “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida” 2018-yil 28-iyundagi 487-son qarorida:
3-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Bunda, vazirlik markaziy apparati xodimlarining umumiy ish staji uchun lavozim maoshiga (rag‘batlantiruvchi koeffitsiyentni hisobga olgan holda) oylik ustamalar shtatlar jadvaliga muvofiq har oyda quyidagi miqdorlarda to‘lanadi:
“5. Xizmat vazifalarini sidqidildan va samarali bajarib kelayotgan tashabbuskor vazirlik markaziy apparati xodimlariga lavozim maoshining (rag‘batlantiruvchi koeffitsiyentni hisobga olgan holda) 200 foizgacha hamda hududiy bo‘linmalar xodimlariga 100 foizgacha miqdorda har oylik ustamalar belgilanishi mumkin.
Ustamaning aniq miqdori vazirlik markaziy apparati xodimlari va hududiy bo‘linmalar rahbarlari uchun O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri tomonidan hamda qolgan xodimlarga hududiy bo‘linmalar rahbarlari tomonidan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri alohida o‘rnak ko‘rsatgan markaziy apparat xodimlariga mazkur bandning birinchi xatboshisida belgilangan miqdordan tashqari lavozim maoshining (rag‘batlantiruvchi koeffitsiyentni hisobga olgan holda) 100 foizgacha miqdorda ustamalar belgilashi mumkin, bunday xodimlar soni markaziy apparatning umumiy xodimlari sonining 15 foizidan oshmasligi lozim”;
9-bandning ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi” so‘zlaridan keyin “Monitoring xizmati” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining “Baliqchilik sohasidagi ilmiy faoliyatni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 31-iyuldagi 606-son qarorida:
a) 1-banddagi “O‘zbekiston Fanlar akademiyasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-band to‘rtinchi xatboshidagi hamda 5-band birinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Fanlar akademiyasining” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 8-banddagi “Fanlar akademiyasining prezidenti B.S. Yuldashev” so‘zlari “qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev” so‘zlari bilan almashtirilsin.
11. Vazirlar Mahkamasining “Respublika hududlarida paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tashkilotchilariga berilgan maydonlarda urug‘lik paxta xomashyosini yetishtirishni moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 2-yanvardagi 2-son qarorida:
a) 2-banddagi “Innovatsion rivojlanish vazirligi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 4-banddagi “Innovatsion rivojlanish vaziri I.Y. Abduraxmonov” so‘zlari “qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“18. Nav originatorlari, institutlar, seleksioner olimlar va urug‘chilikda ishtirok etuvchi boshqa subyektlarga ustama mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan yillik xarajatlar smetasiga hamda tegishli tashkilotlar bilan tuziladigan shartnomalarga muvofiq Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” davlat unitar korxonasining maxsus hisobvarag‘idan o‘tkazib beriladi”;
Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi va klasterlariga berilgan maydonlarda urug‘lik paxta xomashyosini yetishtirishni moliyalashtirish sxemasi 1, 2 va 10-bosqichlarining “Mas’ullar” ustunidagi “Innovatsion rivojlanish vazirligi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
12. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash davlat markazi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 9-yanvardagi 10-son qarorining nomidagi, 1-bandidagi va 1-ilovasi nomidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash davlat markazi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)
14. Vazirlar Mahkamasining “Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm filialini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 17-apreldagi 327-son qarorida:
a) 1-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Innovatsion rivojlanish vazirligi,” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 4-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi hamda 5-banddagi “Fanlar akademiyasi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 9-banddagi “Fanlar akademiyasining prezidenti B.S. Yuldashev” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2019-y., 09/19/874/3919-son; 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son, 30.04.2021-y., 09/21/258/0400-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son; 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)