1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.02 Sertifikatlashtirish boʻyicha organlar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.20.00 Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalari]
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-oktabrdagi 874-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2019-y., 09/19/874/3919-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalarini sinash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 23-maydagi PQ-1972-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek yuqori samarali qishloq xoʻjaligi va melioratsiya texnikasini, qishloq xoʻjaligi ekinlari yetishtirishning resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarini ishlab chiqarishga joriy etishni jadallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) ustavi 1-ilovaga muvofiq;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-oktabrdagi 874-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2019-y., 09/19/874/3919-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi tomonidan, qishloq xoʻjaligi va melioratsiya texnikasining yangi turlarini qoʻllagan holda, qishloq xoʻjaligi va melioratsiya texnikasi hamda qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish texnologiyalari sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-oktabrdagi 874-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2019-y., 09/19/874/3919-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.20.00 Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalari]
2. Markaz:
2013-yilning 1-oktabrigacha — “Oʻzstandart” agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda qishloq xoʻjaligi va melioratsiya texnikasi hamda texnologiyalari sinovlarini oʻtkazish sohasida xalqaro standartlarni joriy etish boʻyicha kompleks dasturni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
har yili 1-avgustgacha — kelgusi yilda sinovdan oʻtadigan qishloq xoʻjaligi va melioratsiya texnikasi hamda texnologiyalari roʻyxatini, shuningdek Markazning rejalashtirilayotgan davrda xoʻjalik hisobidagi faoliyatidan mablagʻlar tushishi va ulardan foydalanish prognozini shakllantirsin va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga kiritsin.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.20.00 Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalari]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-fevraldagi 109-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2018-y., 09/18/109/0699-son)
fundamental, amaliy va innovatsiya ilmiy-texnika dasturlarini shakllantirishda ularga qishloq xoʻjaligi, melioratsiya texnikasi va qishloq xoʻjaligi ekinlari yetishtirishning resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalari ishlab chiqilishini va ishlab chiqarishga joriy etilishini nazarda tutuvchi ilmiy loyihalar kiritilishini taʼminlasin;
ilmiy-texnika dasturlari doirasida ishlab chiqilgan qishloq xoʻjaligi va melioratsiya texnikasi hamda qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish texnologiyalari sinovlarining Markazda majburiy oʻtkazilishini amaliyotga kiritsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.12.00 Agronomlik tadbirlari]
qishloq xoʻjaligi va melioratsiya texnikasi hamda texnologiyalarining oʻtkazilgan sinovlari natijalari boʻyicha ishlab chiqilgan Markaz tavsiyalarini, qishloq xoʻjaligi ekinlarini, ekin maydonlari joylashtirilishini, mexanizatsiyalashtirilgan ishlar hajmlarining va agrotexnologiyalarni hisobga olgan holda vazirliklar hayʼatlarida koʻrib chiqsin, shuningdek ularni respublikada ishlab chiqarish yoki import boʻyicha sotib olish yuzasidan qaror qabul qilsin;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
xar bir mintaqaning tuproq-iqlim sharoitlari xususiyatlaridan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy-tadqiqot institutining tegishli texnologik parklarida qishloq xoʻjaligi ekinlari yetishtirishning resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalari sinovlarini oʻtkazishda Markazga Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda xalqaro moliya institutlari (XMI)dagi Boshqaruvchilar Ofislari, Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda XMI va donor mamlakatlarning grantlari va texnik koʻmaklashish mablagʻlarini jalb etishga yordam bersin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari]
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi respublika budjetidan:
respublika korxonalarida seriyali ishlab chiqarilayotgan qishloq xoʻjaligi texnikasining davriy sinovlarini 2014-yil 1-yanvardan boshlab oʻtkazishga;
Markazni sinovlar oʻtkazish uchun joriy yil uchun koʻzda tutilgan zarur qishloq xoʻjaligi texnikasi va transport vositalari bilan jihozlashga — 2013-yilning 1-sentabrigacha, keyingi yil uchun — 2014-yilning 1-iyunigacha mablagʻlar ajratsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-dekabrdagi 785-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2020-y., 09/20/785/1685-son)
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 1-avgustdagi 214-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi tomonidan, qishloq xoʻjaligi va melioratsiya texnikasining yangi turlarini qoʻllagan holda, qishloq xoʻjaligi va melioratsiya texnikasi hamda qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish texnologiyalari sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
(2-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-oktabrdagi 874-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2019-y., 09/19/874/3919-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.20.00 Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalari]
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) oʻtkazadigan sinov turlarini, sinov oʻtkazish rejalarini shakllantirish qoidalarini, mahsulotlarni sinash va ularni isteʼmolchilarga yetkazib berish jarayonida sinovdan oʻtkazilgan mahsulot holatining amaldagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini nazorat qilish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-oktabrdagi 874-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2019-y., 09/19/874/3919-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.20.00 Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalari;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.02 Import]
2. Mazkur Nizom oʻz ehtiyojlari uchun ishlab chiqarilgan yoki import qilinadigan yakka qishloq xoʻjalik va melioratsiya texnikalaridan tashqari, respublika korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan va import qilinayotgan qishloq xoʻjaligi va melioratsiya texnikasining, ular agregati va uzellarining barcha namunalariga, qishloq xoʻjaligi va melioratsiya texnikasining yangi turlari qoʻllangan holda qishloq xoʻjaligi ekinlari yetishtirishning resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalariga tatbiq etiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-yanvardagi 10-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 09/19/10/2441-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.20.00 Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalari;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.02 Import]
3. Markazda 1-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha respublika korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan va import qilinadigan qishloq xoʻjaligi va melioratsiya texnikasining, ular agregati va uzellarining barcha namunalari, shuningdek qishloq xoʻjaligi va melioratsiya texnikasining yangi turlarini qoʻllagan holda qishloq xoʻjaligi ekinlari yetishtirishning resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalari majburiy sinovdan oʻtkazilishi kerak.
4. Mahsulotlarni sinovdan oʻtkazish shartlari, shu jumladan ularni yetkazib berish muddatlari, ularga ilova qilinadigan zarur hujjatlar roʻyxati va tarkibi xalqaro va davlat standartlariga muvofiq sinovlarning buyurtmachisi va Markaz tomonidan tuziladigan shartnomada belgilanadi.
II. Sinovlar turlari
5. Sinovdan oʻtkazilayotgan mahsulot oʻz vazifasiga koʻra sinovlarning quyidagi turlaridan birida sinovdan oʻtkaziladi:
davlat sinovlari — import qilinadigan yoki budjet mablagʻlari hisobiga ishlab chiqariladigan qishloq xoʻjaligi va melioratsiya texnikasi namunalarining davlat komissiyasi (mahsulotlarning eng muhim turlarini alohida sinash uchun maxsus tashkil etiladigan) yoki Markaz tomonidan oʻtkaziladigan sinovlar;
dastlabki sinovlar — mahsulotlarning tajriba namunalarini va/yoki tajriba turkumlarini qabul qilish sinovlariga taqdim etish imkoniyatini aniqlash maqsadida ularning nazorat sinovlari;
qabul qilish sinovlari — ishlab chiqarishga qoʻyish yoki import qilishning maqsadga muvofiqligi, yoxud vazifasiga koʻra foydalanish toʻgʻrisidagi masalani hal etish maqsadida oʻtkaziladigan respublikada ishlab chiqariladigan yoki import qilinadigan tajriba namunasini sinash;
davriy sinovlar — mahsulot sifatining barqarorligini va uni ishlab chiqarishni davom ettirishning maqsadga muvofiqligini nazorat qilish maqsadida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan hajmda va muddatlarda oʻtkaziladigan seriyali ishlab chiqariladigan mahsulotlarning nazorat sinovlari;
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-yanvardagi 10-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 09/19/10/2441-son)
malaka sinovlari — korxonaning ushbu turdagi mahsulotni belgilangan hajmda ishlab chiqarishga tayyorligini baholash maqsadida oʻtkaziladigan belgilanadigan seriyaning yoki birinchi sanoat turkumining nazorat sinovlari;
tur sinovlari — seriyali namunalar konstruksiyasi yoki texnologik jarayonga kiritilgan oʻzgartirishlarni samaradorligini va maqsadga muvofiqligini baholash maqsadida u bilan toʻgʻridan-toʻgʻri tuzilgan shartnomalar boʻyicha bajariladigan sinovlar;
(5-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-yanvardagi 10-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 09/19/10/2441-son)
sertifikatsiya sinovlari — mahsulotga xos boʻlgan xossalarning texnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ hujjatlarga muvofiqligini aniqlash maqsadida oʻtkaziladigan mahsulotlarning nazorat sinovlari;
(5-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-yanvardagi 10-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 09/19/10/2441-son)
takroriy sinovlar (hakamlik sinovlari) — tez-tez takrorlanadigan — foydalanish yoki ishlab chiqarish bilan bogʻliq nosozliklarning sabablari va xususiyatini aniqlash maqsadida maxsus dastur boʻyicha amalga oshiriladigan tayyorlovchi zavod tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning oxirgi turkumidan tanlab olingan texnika namunalarini sinash;
yangi qishloq xoʻjaligi va melioratsiya texnikasini qoʻllagan holda qishloq xoʻjaligi ekinlari yetishtirishning resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarini sinovdan oʻtkazish.
6. Qishloq xoʻjaligi va melioratsiya texnikasini sinovdan oʻtkazish muddatlari normativ hujjatlarga muvofiq belgilanadi.
III. Qishloq xoʻjaligi va melioratsiya texnikasi va texnologiyalarini sinovdan oʻtkazish ishlarini amalga oshirish tartibi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.12.00 Agronomlik tadbirlari]
7. Kelgusi yilda qishloq xoʻjaligi va melioratsiya texnikasi hamda texnologiyalarini sinovdan oʻtkazish ishlarini bajarish uchun har yili noyabr oyidan kechikmay ularni sinovdan oʻtkazish rejasi tuziladi.
8. Qishloq xoʻjaligi va melioratsiya texnikasi hamda texnologiyalarini sinovdan oʻtkazish rejasi Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, mahsulotlarni tayyorlovchi korxonalar va qishloq xoʻjaligi texnikasini ishlab chiqaruvchi hamda import qiluvchi tashkilotlarning (keyingi oʻrinlarda — Buyurtmachi) takliflari asosida shakllantiriladi.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/666/1433-son)
Qishloq xoʻjaligi va melioratsiya texnikasi hamda texnologiyalarini sinovdan oʻtkazish rejasi Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-oktabrdagi 874-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2019-y., 09/19/874/3919-son)
9. Sinovlarni oʻtkazish rejasiga muvofiq buyurtmachilar bilan shartnomalar tuziladi. Shartnomalarda mahsulotlarni sinovdan oʻtkazish shartlari va muddatlari, ularni yetkazib berish muddatlari, moliyalashtirish tartibi, ularga ilova qilinadigan zarur hujjatlar belgilanadi.
10. Sinov oʻtkazish uchun taqdim etilayotgan mahsulotlar namunalari Markazda qabul qilish-topshirish dalolatnomasi boʻyicha qabul qilinadi.
11. Mahsulot sinash uchun qabul qilib olingandan keyin uning saqlanishi uchun sinov tamom boʻlgunga qadar Markaz javob beradi.
12. Sinov 2 va 3-ilovalarga binoan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning belgilangan talablariga qatʼiy muvofiq ravishda oʻtkaziladi.
Sinov ikki bosqichda oʻtkaziladi:
birinchi bosqich — qishloq xoʻjalik texnikalarini funksional va foydalanish-texnologik koʻrsatkichlarini Markazda aniqlash;
ikkinchi bosqich — xoʻjalik sharoitlari foydalanishda puxtalik koʻrsatkichlarini aniqlashdan iborat.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-yanvardagi 10-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 09/19/10/2441-son)
121. Qabul qilish sinovlari va davriy sinovlar qishloq xoʻjaligi va melioratsiya texnikalarini ishlab chiqaruvchi va import qiluvchilar bilan kelishilgan holda, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarning ekin maydonlarida hamkorlik shartnomasi asosida oʻtkaziladi.
(121-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-dekabrdagi 785-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2020-y., 09/20/785/1685-son)
13. Sinovlar natijalari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va ularning nusxalari buyurtmachiga hamda koʻrib chiqish va ular boʻyicha tegishli qaror qabul qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligiga yuboriladi.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-dekabrdagi 785-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2020-y., 09/20/785/1685-son)
Markaz oʻrnatilgan tartibda sinovdan ijobiy oʻtgan qishloq xoʻjalik va melioratsiya texnikalarini Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida qoʻllash uchun qishloq xoʻjalik va meliorativ texnikalar reyestrini yuritadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-yanvardagi 10-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldrilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 09/19/10/2441-son)
14. Sinov tamom boʻlgandan keyin barcha mahsulot qabul qilish-topshirish dalolatnomasi boʻyicha buyurtmachiga qaytariladi.
IV. Davriy sinovlarni oʻtkazishning alohida shartlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.20.00 Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalari]
15. Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan qishloq xoʻjaligi va melioratsiya texnikasining davriy sinovlari quyidagi muddatlarda oʻtkazilishi kerak:
traktorlar va oʻziyurar mashinalar — har ikki yilda bir marta;
qishloq xoʻjaligi va melioratsiya mashinalari — har uch yilda bir marta.
16. Muntazam ravishda turkumlab import qilinadigan (bir yilda 5 ta va undan ortiq) mahsulotlar modeli ular sifatining barqarorligini nazorat qilish maqsadida davriy sinovlarni oʻtkazish uchun taqdim etilishi kerak, bunda:
davriy sinovlar mahsulotni respublikaga yetkazib berish boshlangandan keyin har ikki yilda oʻtkaziladi;
mahsulotlarni sinash uchun yetkazib berish mahsulotlar importini amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan taʼminlanadi.
17. Bartaraf etish uchun mahsulotlarni boʻlaklarga ajratish talab qilinadigan nosozlikning har bir holati, shuningdek xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning xavfsizligiga xavf tugʻdiruvchi yoʻl-transport hodisalari yuz berishi mumkinligiga olib keluvchi, ekologik muhitga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi nosozliklar toʻgʻrisida Markaz ular aniqlangan kundan boshlab bir oy muddatda sinovlarning buyurtmachisiga, “Oʻzstandart” agentligiga ularni bartaraf etish yuzasidan shoshilinch choralar koʻrish uchun maʼlumot yuborishi shart.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
V. Qishloq xoʻjaligi va melioratsiya texnikasi hamda texnologiyalarni sinovdan oʻtkazishda Markazning javobgarligi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.20.00 Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalari]
18. Qishloq xoʻjaligi va melioratsiya texnikasi hamda texnologiyalarini sinovdan oʻtkazishda Markaz:
qishloq xoʻjaligi va melioratsiya texnikasi hamda texnologiyalarini sinovdan oʻtkazishning haqiqiyligi va toʻliqliligi hamda uning natijalarining ishonchliligi;
sinovlarning xalqaro va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazilishi;
(18-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-yanvardagi 10-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 09/19/10/2441-son)
qishloq xoʻjaligi va melioratsiya texnikasi hamda texnologiyalarini sinovdan oʻtkazishga budjet va budjetdan tashqari mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi uchun javob beradi.
VI. Yakunlovchi qoidalar
19. Sinovlarni oʻtkazish (davriy sinovlardan tashqari) boʻyicha bajarilgan ishlar uchun toʻlov Markaz bilan buyurtmachi oʻrtasida tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
20. Oʻzbekiston Respublikasi korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan qishloq xoʻjaligi va melioratsiya texnikasining davriy sinovlari uchun toʻlov budjet mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.21.00 Qishloq xoʻjaligi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik]
21. Ushbu Nizomning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining X bobi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash davlat markazi tomonidan sinovlarni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Markazda sinovdan oʻtishi majburiy boʻlgan respublika korxonalarida ishlab chiqarilayotgan va import qilinayotgan qishloq xoʻjaligi va melioratsiya texnikasi, ularning agregat va uzellari, shuningdek qishloq xoʻjaligi va melioratsiya texnikasining yangi turlarini qoʻllagan holda qishloq xoʻjaligi ekinlari yetishtirishning resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalari namunalari
1. Traktorlar (quvvati 18 kVt gacha boʻlgan kichik oʻlchamlilardan tashqari)
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-dekabrdagi 785-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2020-y., 09/20/785/1685-son)
gʻildirakli traktorlar;
zanjirli traktorlar;
qishloq xoʻjaligi ishlari uchun traktorlar;
ularning agregat va uzellari.
2. Kichik oʻlchamli traktorlar, motoblok va motokultivatorlar (quvvati 18 kVt.gacha):
3. Ekish va koʻchat oʻtqazish mashinalari
traktor seyalkalari, qadagich va koʻchat oʻtqazish mashinalari;
ularning agregat va uzellari.
4. Oʻgʻitlar solish mashinalari
mineral va organik oʻgʻitlar sochgich va taqsimlagichlar;
mineral va kimyoviy oʻgʻitlar tarqatish mashinalari;
ularning agregat va uzellari.
5. Oʻsimliklarni kimyoviy himoya qilish mashinalari
suyuqlik va kukunlarni purkagich va changlatgichlar, ranetsli, pnevmatik va traktorlarga oʻrnatishga yoki traktorlar bilan shatakka olishga moʻljallangan purkagich va changlatgichlar;
hosilni yigʻishtirish mashinalari, shu jumladan gʻalla oʻrish va paxta terish kombaynlari, maydalash mashinasi yoki mexanizmlari, koʻsak yigʻish mashinalari, koʻsak chuviydigan mashinalar, gʻoʻza poyalarini yigʻishtirgich va maydalagichlar, ekinlarni oʻrish mashinalari (meva va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini tozalash, saralash uchun oʻziyurar mashinalar).
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-dekabrdagi 785-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2020-y., 09/20/785/1685-son)
7. Yuklash-tushirish vositalari
qishloq xoʻjaligida foydalanish uchun maxsus moʻljallangan koʻtarish, koʻchirish, yuklash yoki tushirish mashinalari va qurilmalari;
bir kovshli yuklagichlar;
qishloq xoʻjaligi traktorlariga osib ishlatiladigan yuklagichlar;
ularning agregat va uzellari.
8. Oʻt oʻrish, pichan va poxol tayyorlash mashinalari
traktorlarga osiladigan, tirkaladigan va oʻrnatiladigan oʻroq mashinalari;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-dekabrdagi 785-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2020-y., 09/20/785/1685-son)
pichan tayyorlash mashinalari: aylantirgich, yon xaskashlar va pichan agʻdargichlar;
pichan va poxolni toylash uchun presslar, shu jumladan yigʻishtiruvchi presslagichlar;
9. Traktorlar va qishloq xoʻjaligi mashinalari dizellari
kichik oʻlchamli traktorlar va kichik mexanizatsiya vositalarining quvvati 16 kVt gacha boʻlgan dizellaridan tashqari;
ularning agregat va uzellari.
10. Tirkamalar va yarim tirkamalar
traktorlar tirkamalari;
sisterna tirkamalari;
ularning agregat va uzellari.
11. Tirkamali, osiladigan va oʻrnatiladigan tuproqqa ishlov berish mashinalari
pluglar, boronalar, yumshatgichlar, kultivatorlar, tuproq kesgichlar, motigalar, pololgichlar;
ularning agregat va uzellari.
12. Qishloq xoʻjaligi ishlarini bajaradigan kichik mexanizatsiya vositalari
tirkamali, yarim tirkamali, osiladigan, yarim osiladigan, oʻrnatiladigan, kichik oʻlchamli traktorlar va motobloklarga agregatlanadigan mashinalar;
ularning agregat va uzellari.
13. Meliorativ, sugʻorish, quritish mashinalari
suv taʼminoti uchun nasoslar va nasos agregatlari;
buriladigan va burilmaydigan otvalli zanjirli buldozerlar;
gʻildirakli buldozerlar;
greyder va dala tekislagichlar;
ularning agregat va uzellari.
14. Gʻildirakli va zanjirli ekskavatorlar
ularning agregat va uzellari.
15. Qishloq xoʻjaligi va melioratsiya texnikasining yangi turlari qoʻllanilgan holda qishloq xoʻjaligi ekinlari yetishtirishning resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalari.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash davlat markazi tomonidan sinovlarni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi va melioratsiya texnikasini sinovdan oʻtkazish (davlat sinovi, dastlabki sinov, qabul qilish sinovi, davriy sinov, malaka sinovi, turga oid sinov, takroriy sinov)
MEXANIZMI
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-yanvardagi 10-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 09/19/10/2441-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash davlat markazi tomonidan sinovlarni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi va melioratsiya texnikasining yangi turlarini qoʻllagan holda qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirishning resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalari sinovlarini oʻtkazish
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-yanvardagi 10-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 09/19/10/2441-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 32-son, 426-modda; 2015-y., 52-son, 647-modda; 2017-y., 26-son, 593-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son, 15.02.2018-y., 09/18/109/0699-son; 16.02.2018-y., 09/18/121/0711-son, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; 09.01.2019-y., 09/19/10/2441-son, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son, 16.10.2019-y., 09/19/874/3919-son; 27.06.2020 y, 09/20/411/1000-son, 31.10.2020-y., 09/20/666/1433-son, 16.12.2020-y., 09/20/785/1685-son)