toggle_night_mode
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
O‘zbekiston Respublikasida bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Bog‘dorchilik tarmog‘i va issiqxona xo‘jaliklarida boshqaruv tizimini takomillashtirish hamda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini joriy etish, shuningdek, zamonaviy resurs tejamkor texnologiyalar asosida yuqori sifatli, raqobatbardosh va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlarini kengaytirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-dekabrdagi PQ-52-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 07/21/52/1165-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 22024-yil 30-sentabrdagi PQ-344-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 07/24/344/0765-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 22024-yil 30-sentabrdagi PQ-344-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 07/24/344/0765-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 22024-yil 30-sentabrdagi PQ-344-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 07/24/344/0765-son)
7. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
a) sug‘oriladigan yerlar hisobidan bog‘dorchilik, uzumchilik va boshqa ko‘p yillik daraxtzorlar hamda yengil tipdagi issiqxonalarni tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi xulosasiga asosan amalga oshiriladi;
(7-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son — 2021-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
b) tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish asosidagi suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy qilgan yangi tashkil etiladigan bog‘lar xo‘raki, kishmishbop uzum plantatsiyalari va issiqxona xo‘jaliklarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash Jamg‘arma va O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga quyidagilar uchun subsidiya ajratish orqali amalga oshiriladi:
(7-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-iyuldagi PF-6263-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2021-y., 06/21/6263/0685-son)
Oldingi tahrirga qarang.
yuqorida ko‘rsatilgan suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etishga qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda.
(7-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 25-oktabrdagi PQ-4499-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.10.2019-y., 07/19/4499/3960-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi PQ-144-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar.
Oldingi tahrirga qarang.
maydoni 35 gektardan ziyod bog‘larda suv chiqarish uchun burg‘ulangan quduqni, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv havzalaridan suvni tortish uchun nasos stansiyasini qurishga har 35 gektar uchun 120 million so‘mdan oshmaydigan miqdorda;
(7-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-maydagi PQ-4709-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2020-y., 07/20/4709/0577-son)
Oldingi tahrirga qarang.
xo‘raki va kishmishbop uzum tokzorlarida irrigatsiya tadbirlarini o‘tkazish, jumladan suv yetkazib berish, artezian quduqlar, quvurlar va rezervuarlar barpo etish, suv yetkazib berish uchun nasos stansiyalarini qurish, suv saqlash uchun sig‘imlar sotib olishga qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorda;
(7-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-iyuldagi PF-6263-sonli Farmoniga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2021-y., 06/21/6263/0685-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-noyabrdagi 753-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligining Vinochilikni rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
suvdan foydalanish maqsadida tutash hududlarda joylashgan har birining umumiy maydoni 35 gektardan oshmaydigan bir necha fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalarining o‘zaro kelishuvi asosida suv chiqarish uchun burg‘ilangan quduqni, shuningdek daryolar, kanallar hamda boshqa suv havzalaridan suvni tortishga nasos stansiyasini qurish uchun suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish bo‘yicha vakolatli organlar tomonidan beriladigan tegishli ruxsatnomaga asosan har 35 gektar maydonga 120 million so‘mdan oshmaydigan miqdorda subsidiya ajratilishi belgilansin.
(7-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-maydagi PQ-4709-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2020-y., 07/20/4709/0577-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda bir oy muddatda meva mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishga ketgan sarf-xarajatlarini qoplash to‘g‘risidagi nizom loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda:
a) 2019-yil 1-avgustga qadar mavjud mevali bog‘lar va issiqxona xo‘jaliklarini har bir fermer xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi korxonasi kesimida yaroqsiz va iqtisodiy jihatdan samarasiz bog‘lar va issiqxona xo‘jaliklarini aniqlash nuqtai nazaridan xatlovdan o‘tkazsin va iqtisodiy samarador yangi bog‘lar va issiqxona xo‘jaliklarini barpo etish bo‘yicha takliflar kiritsin;
b) 2019-yil 1-sentabrga qadar:
keyinchalik meva mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga tavsiyalar berib borish maqsadida mevali ko‘chatlarning yuqori hosilli navlarini tanlab olish va ularni yetishtirishning hududiy chegaralarini aniqlash nuqtai nazaridan tabiiy-qishloq xo‘jaligi bo‘yicha rayonlashtirishni amalga oshirsin;
ishlab chiqaruvchi, yer uchastkasi, bog‘larning holati, navlar, barpo qilingan vaqti va boshqa ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga olgan bog‘ plantatsiyalari va issiqxona xo‘jaliklarining yagona elektron reyestrini shakllantirsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi 2020-yil 1-yanvarga qadar muddatda o‘zlashtirilmagan yerlarda yer osti suv resurslarining mavjudligi va ularning qishloq xo‘jaligida foydalanishga yaroqliligiga alohida e’tibor qaratib, mavjud yer osti suv resurslarining miqdori va sifati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda yer osti suvlari xaritalarini ishlab chiqsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi:
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda mavjud mevali bog‘lar va issiqxona xo‘jaliklarini xatlovdan o‘tkazish yakunlaridan so‘ng ikki oy muddatda eksportbop sifatli meva mahsulotlari hajmini kengaytirish maqsadida hududlar kesimida yangi intensiv bog‘lar va issiqxona xo‘jaliklari barpo etish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda mevali daraxt va butalarning urug‘lik materiallari va ko‘chatlarini ishlab chiqaruvchi va realizatsiya qiluvchi korxonalar faoliyatini tartibga solish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
2019-yil 1-oktabrga qadar o‘z veb-saytida hududlar va mahsulot ishlab chiqaruvchilar kesimida yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining navlari, turlari va prognoz ko‘rsatkichlari, pishish vaqti to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni olish imkonini beruvchi axborot platformasini ishga tushirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi PQ-4975-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.02.2021-y., 07/21/4975/0085-son)
13. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ikki oy muddatda:
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda respublikadagi bog‘dorchilikka ixtisoslashtirilgan tumanlarda “ishlab chiqarish — tayyorlash — saqlash — qayta ishlash — qadoqlash (tara) — tashish — ichki va tashqi bozorlarga yetkazib berish” tamoyili asosida zanjir shakllantirishni nazarda tutuvchi meva savdo-logistika markazlarini;
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda strategik importyor davlatlar hududida ulgurji taqsimlash markazlari qoshida savdo korxonalarini tashkil etish yuzasidan takliflar kiritsin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bir oy muddatda:
a) quyidagi nizomlarni tasdiqlashni nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi to‘g‘risidagi;
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi qoshidagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi;
b) Agentlikni uning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarga ega yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Agentlikning 2019-yilda ushbu qarorni amalga oshirish doirasidagi xarajatlariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari doirasida mablag‘ ajratsin hamda 2020-yildan boshlab har yili zarur budjet mablag‘larini nazarda tutsin;
Agentlikka 4 ta avtotransport vositasi, shu jumladan 2 ta shaxsiy biriktirilgan avtotransport vositasini saqlash uchun limit belgilasin;
Agentlikning asoslantirilgan hisob-kitoblariga binoan uning ma’muriy binosini ta’mirlash hamda moddiy-texnik bazasini shakllantirish uchun zarur uskunalar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini sotib olishga mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahri, Abay ko‘chasi, 6-uy manzili bo‘yicha joylashgan binoning bir qismini Agentlikning operativ boshqaruviga berilishini ta’minlasin.
17. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Agentlikni zarur aloqa, shu jumladan hukumat aloqasi bilan va keng polosali Internet tarmog‘iga ulanishini belgilangan tartibda ta’minlasin.
18. Quyidagilarga:
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi A.J. Vaxabov va O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayevga — Agentlik faoliyatini tashkil etish bo‘yicha masalalarni, tashkiliy-texnik, moliyaviy, huquqiy va boshqa tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, mavjud mevali bog‘lar va issiqxona xo‘jaliklarini xatlovdan o‘tkazishni samarali muvofiqlashtirish yuzasidan;
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlariga — bog‘lar, uzumzorlar va issiqxona xo‘jaliklari tashkil etish uchun yer uchastkalari o‘z vaqtida ajratilishi, shuningdek, mavjud mevali bog‘lar, xo‘raki, kishmishbop uzum plantatsiyalari va issiqxona xo‘jaliklarini xatlovdan o‘tkazishni sifatli bajarish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
(18-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-iyuldagi PF-6263-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2021-y., 06/21/6263/0685-son)
19. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflarni kiritsin.
20. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 20-mart,
PQ-4246-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 07/19/4246/2800-son; 26.10.2019-y., 07/19/4499/3960-son; 12.12.2019-y., 07/19/4549/4143-son; 12.05.2020-y., 07/20/4709/0577-son; 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son; 04.02.2021-y., 07/21/4975/0085-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son; 17.07.2021-y., 06/21/6263/0685-son, 16.12.2021-y., 07/21/52/1165-son; 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son; 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son; 02.10.2024-y., 07/24/344/0765-son)