toggle_night_mode
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Respublika hududlarida paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tashkilotchilariga berilgan maydonlarda urug‘lik paxta xom ashyosini yetishtirishni moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi va klasterlariga ajratilgan paxta maydonlarida sifatli urug‘lik paxta xom ashyosi yetishtirish va moliyalashtirishni tartibga solish hamda Vazirlar Mahkamasining “Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlarini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 19-sentabrdagi 744-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Respublika hududlarida paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi va klasterlariga berilgan maydonlarda urug‘lik paxta xom ashyosini yetishtirishni moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari respublika hududlarida paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi va klasterlariga berilgan maydonlarda urug‘lik paxta xom ashyosi yetishtirish ishlari bo‘yicha doimiy tahlillar o‘tkazib borsin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-oktabrdagi 874-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2019-y., 09/19/874/3919-son)
3. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.S. Otajonov, qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi I.U. Xaydarov zimmasiga yuklansin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-oktabrdagi 874-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2019-y., 09/19/874/3919-son)
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 2-yanvar,
2-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-yanvardagi 2-son qaroriga
ILOVA
Respublika hududlarida paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi va klasterlariga berilgan maydonlarda urug‘lik paxta xom ashyosi yetishtirishni moliyalashtirish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom respublika hududlarida paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi va klasterlariga berilgan maydonlarda urug‘lik paxta xom ashyosi yetishtirishni moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
2. Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi va klasterlariga berilgan maydonlarda urug‘lik paxta xom ashyosi yetishtirishni moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) mablag‘lari, tijorat banklari kreditlari va o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi va klasterlari — paxta xom ashyosini yetishtirish faoliyati Hukumat qarorlari bilan belgilangan xo‘jalik subyektlari va urug‘chilik klasterlari;
urug‘lik paxta xom ashyosi — kelgusi yil paxta hosili uchun urug‘lik chigit ekish maqsadida paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi va klasterlarida yetishtiriladigan urug‘lik paxta xom ashyosi;
urug‘chilik xo‘jaliklari — urug‘lik paxta xom ashyosi yetishtirish huquqiga ega bo‘lgan xo‘jaliklari;
ustama mablag‘ — urug‘lik paxta xom ashyosi yetishtirishda ishtirok etuvchi tashkilotlarni rag‘batlantirish maqsadida urug‘chilik xo‘jaliklari, ilmiy muassasalar, nav mualliflari va urug‘chilikka bevosita aloqador bo‘lgan subyektlarga ajratiladigan mablag‘.
4. Yetishtirilgan urug‘lik chigit va paxta xom ashyosi taqsimoti, o‘z ehtiyoji uchun foydalanish yoki sotish masalalari paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi va klasterlari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-dekabrdagi 733-son qarori bilan tasdiqlangan Paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida nizom.
2-bob. Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi va klasterlariga berilgan maydonlarda urug‘lik paxta xom ashyosi yetishtirishni moliyalashtirish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
5. Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi va klasterlariga berilgan maydonlarda urug‘lik paxta xom ashyosi yetishtirishni moliyalashtirish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 641-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2021-y., 09/21/641/0954-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi va klasterlari bilan birgalikda respublikada oxirgi 3 yilda urug‘lik chigitning amaldagi sarfidan hamda kelgusi yil uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklarining takliflariga asosan paxta xom ashyosi yetishtirishning prognoz hajmlaridan kelib chiqib, paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi va klasterlarida yetishtiriladigan urug‘lik paxta xom ashyosi miqdori va navlarini aniqlaydilar va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan kelishgan holda har yili 1-oktabrgacha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadilar.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
7. Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi va klasterlarida urug‘lik paxta xom ashyosi ekiladigan maydon hajmi, paxta yetishtirishning prognoz hajmlari va g‘o‘za navlari bo‘yicha joylashtirish masalalari har yil 1-noyabrga qadar Hukumatning qarorida belgilanadi.
8. Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi va klasterlariga berilgan maydonlarda urug‘lik paxta xom ashyosi yetishtirishni moliyalashtirish urug‘lik paxta qiymatining 60 foizigacha Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
9. Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi va klasterlari kredit olish uchun xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankiga ariza bilan murojaat qiladi.
Arizada kredit olish uchun tayyorlangan biznes-reja ilova qilinadi.
10. Jamg‘arma bilan tuzilgan Bosh bitimga muvofiq tijorat banki paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi va klasterlarini oyma-oy kesimida moliyalashtirish uchun resurslar ajratish bo‘yicha Jamg‘armaga ariza beradi.
11. Jamg‘arma tomonidan har oyning 5-kunigacha tijorat bankiga kredit resurslari ajratiladi.
12. Tijorat banki tomonidan paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi va klasterlarini moliyalashtirish uchun kredit resurslari ajratiladi.
13. Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi va klasterlariga:
barcha agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va to‘liq hajmda moliyalashtirish, shu jumladan, mineral o‘g‘itlar, o‘simliklarni himoya qilish kimyoviy va biologik vositalari, yoqilg‘i-moylash mahsulotlari, boshqa resurslar va xizmatlarni xarid qilish va joyiga yetkazib berish;
tuzilgan shartnomalarga muvofiq urug‘chilik fermer xo‘jaliklarining mehnat haqini oyma-oy to‘lab berish va urug‘lik paxta hosili uchun to‘liq o‘zaro hisob-kitoblarni yil yakunigacha amalga oshirish;
urug‘chilik fermer xo‘jaliklariga berilgan moddiy-texnika resurslari va xizmatlaridan maqsadli foydalanish ustidan nazorat qilish;
zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, hosildorlik va urug‘lik paxta xom ashyosi sifatini oshirish, qishloq xo‘jaligi xodimlarini rag‘batlantirish uchun qo‘shimcha moliyaviy resurslar ajratish yuzasidan to‘liq mas’uliyat yuklatiladi.
3-bob. Tayyorlangan urug‘lik paxta xom ashyosiga ustamalar to‘lash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
14. Urug‘lik paxta xom ashyosiga qonunchilik hujjatlariga asosan yetishtirilgan urug‘lik paxta xomashyosidan tayyorlangan urug‘lik chigit O‘zbekiston Respublikasi Davlat standarti (O‘zDSt-663-2017 “Urug‘lik chigit. Texnikaviy shartlar”) talablariga mos bo‘lganda, paxta xomashyosi qiymatiga nisbatan superelita va elita urug‘lik chigit uchun 50 foiz, I avlod (R1) uchun 35 foiz, II avlod (R2) uchun 25 foiz va III avlod (R3) uchun 15 foiz miqdorida ustamalar hisoblanadi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-oktabrdagi 622-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/622/0789-son)
15. Ustamalar xarajati tayyorlangan urug‘lik chigit narxiga kiritiladi.
16. Ustamalar yetishtirilgan urug‘lik paxta xom ashyosi miqdoriga hisoblanadi va quyidagi tartibda ikki bosqichda hisob-kitob amalga oshiriladi:
a) paxta-to‘qimachilik klasterlarida:
birinchi bosqichda — urug‘lik paxta xom ashyosi yetkazib beruvchi tomonidan yetishtirilgan urug‘lik paxta xom ashyosi uchun hisoblangan ustamaning 50 foizi paxta-to‘qimachilik klasterlari ixtiyorida qoldiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
ikkinchi bosqichda — urug‘lik chigit ekilgandan (sotilgandan) keyin ustamaning qolgan qismi 100 foiz deb hisoblanib, shundan 50 foizi paxta-to‘qimachilik klasterlari ixtiyorida qoldiriladi, qolgan 50 foizi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” davlat unitar korxonasining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi va quyidagicha taqsimlanadi:
(16-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-oktabrdagi 874-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2019-y., 09/19/874/3919-son)
“Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” davlat unitar korxonasiga va uning viloyat hududiy boshqarmalariga hamda elita urug‘chiligi laboratoriyalariga — 20 foiz;
nav originatorlari, institutlar, seleksioner va urug‘chilikda ishtirok etuvchi boshqa subyektlarga — 30 foiz.
b) paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlarida:
birinchi bosqichda — topshirilgan urug‘lik paxta xom ashyosi uchun hisoblangan ustamaning 50 foizi miqdorida paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari tarkibiga kiruvchi urug‘chilik xo‘jaliklariga paxta xom ashyosini topshirgan vaqtda;
ikkinchi bosqichda — urug‘lik chigit ekilgandan (sotilgandan) keyin ustamaning qolgan 50 foiz qismi 100 foiz deb hisoblanib, shundan 10 foizi paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari ixtiyorida qoldiriladi, 40 foizi ularning tarkibiga kiruvchi urug‘chilik fermer xo‘jaliklari ixtiyorida qoldiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
“Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” davlat unitar korxonasining hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan ustamalarni to‘lash bo‘yicha urug‘lik chigit tayyorlovchi tashkilotlar o‘rtasida shartnomalar tuziladi.
Ustamalarning hisobi ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan hisobot shakllari asosida hisoblanadi va to‘lanadi.
(16-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 641-sonli qarori asosan to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2021-y., 09/21/641/0954-son)
Oldingi tahrirga qarang.
qolgan 50 foizi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” davlat unitar korxonasining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi va quyidagicha taqsimlanadi:
(16-band “b” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-oktabrdagi 874-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2019-y., 09/19/874/3919-son)
“Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” davlat unitar korxonasiga va uning viloyat hududiy boshqarmalariga hamda elita urug‘chiligi laboratoriyalariga — 20 foiz;
nav originatorlari, institutlar, seleksioner va urug‘chilikda ishtirok etuvchi boshqa subyektlarga — 30 foiz.
17. O‘tkaziladigan mablag‘ning nav originatorlari, institutlar, seleksioner olimlarga tegishli qismi taqsimotida ularning tayyorlangan paxta urug‘ligidagi ulushi e’tiborga olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Nav originatorlari, institutlar, seleksioner olimlar va urug‘chilikda ishtirok etuvchi boshqa subyektlarga ustama mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan yillik xarajatlar smetasiga hamda tegishli tashkilotlar bilan tuziladigan shartnomalarga muvofiq Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” davlat unitar korxonasining maxsus hisobvarag‘idan o‘tkazib beriladi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-oktabrdagi 874-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2019-y., 09/19/874/3919-son)
19. Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi va klasterlari o‘z ehtiyojlari uchun g‘o‘zaning xorijiy nav va duragay urug‘larini belgilangan tartibda olib kelishi va yetishtirishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-dekabrdagi PQ-391-son “Paxtachilikda urug‘chilik tizimini rivojlantirish hamda paxta hosildorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 641-son “Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligiga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori.
4-bob. Yakunlovchi qoida
Oldingi tahrirga qarang.
20. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Respublika hududlarida paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi va klasterlariga berilgan maydonlarda urug‘lik paxta xom ashyosi yetishtirishni moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
(ilova belgisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 641-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2021-y., 09/21/641/0954-son)
Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi va klasterlariga berilgan maydonlarda urug‘lik paxta xom ashyosini yetishtirishni moliyalashtirish
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Tadbirlar

Mas’ullar

Muddatlar


Urug‘lik paxta xom ashyosini yetishtirish hajmini aniqlash

1-bosqich

Kelgusi yil hosili uchun paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi va klasterlarida yetishtiriladigan urug‘lik paxta xom ashyosi miqdorini aniqlash va
Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi
va klasterlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi
va viloyatlar hokimliklari

1-oktabrgacha

2-bosqich

Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi
va klasterlarida urug‘lik paxta xom ashyosi ekiladigan maydon hajmi, paxta yetishtirishning prognoz hajmlari va g‘o‘zani navlar bo‘yicha joylashtirish masalalarini
Hukumat qarorida belgilash.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi

1-noyabrgacha


Urug‘lik paxta xom ashyosi yetishtirishni moliyalashtirish

3-bosqich

Urug‘lik paxta yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari bilan paxta-to‘qimachilik
ishlab chiqarishlari o‘rtasida urug‘lik paxta xom ashyosi yetishtirish bo‘yicha kontraktatsiya shartnomalarini tuzish

Urug‘chilik fermer xo‘jaliklari, paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tashkilotchilari

1-yanvargacha

4-bosqich

Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi
va klasterlari kredit olish uchun xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankiga ariza berish

Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi
va klasterlari

10-yanvargacha

5-bosqich

Jamg‘arma bilan tuzilgan Bosh bitimga
asosan tijorat banki paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi va klasterlarini oyma-oy kesimida moliyalashtirish uchun resurslar ajratish bo‘yicha Jamg‘armaga ariza berish

Tijorat banklari

20-yanvargacha

6-bosqich

Jamg‘arma tomonidan tijorat bankiga
kredit resurslari ajratish

Jamg‘arma

har oyning
5-kunigacha

7-bosqich

Tijorat banki tomonidan paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi va klasterlarini moliyalashtirish uchun resurslar ajratish

Tijorat banklari

Agrotexnik tadbirlarga asosan oyma-oy


Tayyorlangan urug‘lik paxta uchun ustama ajratish

8-bosqich

Yetishtirilgan urug‘lik paxta uchun
birinchi bosqichda 50 foiz ustama mablag‘larni ajratish

Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi va klasterlari

Urug‘lik paxta topshirilgan vaqtda

9-bosqich

Yetishtirilgan urug‘lik paxtadan
tayyorlangan va kelgusi yilda ekilgan
urug‘lik chigit uchun ikkinchi bosqichda qolgan 50 foiz ustama mablag‘larni ajratish

Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi va klasterlari, Jamg‘arma

Kelgusi yil hosili uchun urug‘lik chigit ekilgandan (sotilgandan) keyin

10-bosqich

Ikkinchi bosqichda ajratilgan ustama mablag‘larni taqsimlash

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Fanlar akademiyasi,
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi

Kelgusi yil hosili uchun urug‘lik chigit ekilgandan (sotilgandan) keyin

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Respublika hududlarida paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi va klasterlariga berilgan maydonlarda urug‘lik paxta xom ashyosi yetishtirishni moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
________tumanidagi ________ MChJda 20___ yil paxta hosilidan tayyorlangan urug‘lik chigit uchun urug‘chilikda ishtirok etgan barcha subyektlarga to‘lanadigan ustama haqlari to‘g‘risida
HISOB-DALOLATNOMA

T/r

Urug‘lik paxta yetishtirgan korxona nomi

Paxtaning seleksion navi

Paxtaning navi va sinfi

Paxta tolasining tipi

Urug‘lik chigitning reproduksiyasi (avlodi)

Urug‘lik paxtaning konditsion vazni (tn)

Ishlab chiqarilgan urug‘lik chigit

Sotilgan urug‘lik chigitga to‘g‘ri keladigan paxta

Sertifikatga mos kelishi bo‘yicha tahlil natijalari

Sotilgan urug‘lik chigit (tn)

Shu jumladan

Foizi

1 tn urug‘lik paxtaning xarid narxi, so‘m

Xarid narxi bo‘yicha paxta xom ashyosining qiymati (ming so‘m)

To‘lanadigan

ustama mikdori

Birinchi bosqichda hisoblangan ustama (ming so‘m)

Xarid qilish davrida xo‘jalikka to‘langan ustama (ming so‘m)

2-bosqichda hisoblangan va to‘lanishi lozim bo‘lgan ustama haqi

Jami 50 % ustama

shundan

tonna

foiz

sertifikatlash sanasi

narxi, so‘m sertifikat raqami

chigitning unuvchanlik sinfi

Tukli (Sertifikatlangan) chigit

Tuksizlantirilib jami sotilgan tukli urug‘lik chigit

Shundan

foiz

so‘mma ming so‘m

Urug‘chilik xo‘jaliklarga 40%

Institut originatorlariga 30%

Paxta tozalash korxonalariga 10 %

“Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” DKga 20 %

Tuksiz (Sertifikatangan)chigit

Sotilgantuksiz (Sertifikatlangan) chigit

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

17

18

19

20

21

22

23

24

25

26

27

28

29

30

Asosiy urug‘lik fond

1

Jami:

Zaxira urug‘lik fond

1

Jami:

Jami

“ _______” tashkilot bo‘yicha

Tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i

_____________________

(imzo)

____________________

F.I.O

“Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish” DUK viloyati filiali boshlig‘i

_____________________

(imzo)

____________________

F.I.O

Urug‘chilikni rivojlantirish markazi DK viloyati boshqarmasi boshlig‘i

_____________________

(imzo)

____________________

F.I.O

“________________” MChJ rahbari

_____________________

(imzo)

____________________

F.I.O

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 641-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2021-y., 09/21/641/0954-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2019-y., 09/19/2/2413-son, 16.10.2019-y., 09/19/874/3919-son; 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2021-y., 09/21/641/0954-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 08.10.2024-y., 09/24/622/0789-son)