1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
Tijorat tashkilotlari taʼsis hujjatlarining namunaviy shakllarining 11-ilovasiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 16-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2848-2]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 12-avgustdagi 330-mh-sonli ““Tijorat tashkilotlari taʼsis hujjatlarining namunaviy shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2848-4, 12.08.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PF-5016-son “Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoni va 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 20-dekabrdagi 294-mh-son “Tijorat tashkilotlari taʼsis hujjatlarining namunaviy shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2848, 2016-yil 20-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 51-son, 586-modda) 11-ilovasi 5.4-bandining yettinchi va sakkizinchi xatboshilaridagi “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Davlat xizmatlari koʻrsatishni muvofiqlashtirish va rivojlantirish boshqarmasi hamda Huquqiy targʻibot va axborot boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
4. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
6. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari A. Usmanov zimmasiga yuklansin.
Vazir M. IKRAMOV
Toshkent sh.,
2017-yil 16-iyun,
136-mh-son
Kelishilgan:
Savdo-sanoat palatasi raisi A. ShAYXOV
2017-yil 15-iyun
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 24-son, 520-modda)