toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.08.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
Tijorat tashkilotlari taʼsis hujjatlarining namunaviy shakllarining 6-ilovasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 28-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2848-1]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 12-avgustdagi 330-mh-sonli ““Tijorat tashkilotlari taʼsis hujjatlarining namunaviy shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2848-4, 12.08.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 20-dekabrdagi 294-mh-son “Tijorat tashkilotlari taʼsis hujjatlarining namunaviy shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2848, 2016-yil 20-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 51-son, 586-modda) 6-ilovasi 2 va 6-bandlaridan “tuman (shahar) hokimligi huzuridagi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Davlat xizmatlari koʻrsatishni muvofiqlashtirish va rivojlantirish boshqarmasi (M. Maxmudov) hamda Huquqiy targʻibot va axborot boshqarmasi (A. Ochilov) ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
4. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
6. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari A.Usmanov zimmasiga yuklansin.
Vazir M. IKRAMOV
Toshkent sh.,
2017-yil 28-fevral,
38-mh-son
Kelishilgan:
Savdo-sanoat palatasi raisi A. ShAYXOV
2017-yil 28-fevral
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 9-son, 136-modda)