1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xo‘jaligi]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 17-apreldagi PF-5708-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 17-apreldagi PQ-4292-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi A.D. Vaxabov va O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 9-iyul,
571-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 571-son qaroriga 1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligini, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari va mas’uliyatini belgilaydi.
2. Vazirlik qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi va o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga (keyingi o‘rinlarda Vazirlar Mahkamasi deb ataladi) bo‘ysunadi.
3. Vazirlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
4. Vazirlik o‘z faoliyatini, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
5. Vazirlikning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
6. Vazirlik, uning tashkiliy tuzilmasiga kiradigan hududiy va tarkibiy tuzilmalar yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, bank hisobraqamlariga, shu jumladan xorijiy valyutadagi bank hisobraqamlariga egadir.
7. Vazirlikning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
to‘liq nomi — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, qisqartirilgani — QXV;
b) ingliz tilida:
to‘liq nomi — Ministry of agriculture of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgani — MA;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qishloq xo‘jaligi boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — hududiy bo‘linmalar), tumanlar (Quvasoy shahar) qishloq xo‘jaligi bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda — tuman (Quvasoy shahar) bo‘limlari);
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi;
Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi;
(9-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-apreldagi 197-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son)
(9-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-apreldagi 221-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2025-y., 09/25/221/0335-son)
Toshkent davlat agrar universiteti;
Urug‘chilikni rivojlantirish markazi;
Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti;
Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti;
Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti;
Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti;
(9-bandning o‘n beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-apreldagi 221-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2025-y., 09/25/221/0335-son)
Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi;
Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi;
Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash davlat markazi;
“Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi” davlat muassasasi;
“Ma’muriy-xo‘jalik xizmati” davlat muassasasi;
“Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MCHJ;
Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti;
“Agroservis operator” davlat unitar korxonasi;
“O‘zbekiston Respublikasi davlat yer tuzishni loyihalash” davlat ilmiy-loyihalash instituti — “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-apreldagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2024-y., 09/24/224/0293-son)
3-bob. Vazirlikning vazifalari va funksiyalari
10. Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
birinchi navbatda qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish va sohada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, qishloq xo‘jaligi subyektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda bozor tamoyillarini joriy etish, ilg‘or tajriba va fan yutuqlarini, zamonaviy resurs tejovchi va intensiv agrotexnologiyalarni joriy etishni nazarda tutuvchi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 274-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 09/21/274/0414-son)
qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va sotishda zamonaviy kooperatsiya munosabatlarini kengaytirish orqali qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining qo‘shilgan qiymati zanjiri yaratilishini rag‘batlantirish;
meva-sabzavot, go‘sht, sut va boshqa qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtiruvchi (ishlab chiqaruvchi) korxonalar bilan ushbu mahsulotlarni qayta ishlovchi, tayyorlovchi va realizatsiya qiluvchi korxonalar o‘rtasida o‘zaro manfaatli munosabatlar uchun sharoitlar yaratish;
mahalliy oziq-ovqat mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirish va ularni diversifikatsiya qilish, hududlarning mavjud tabiiy va iqtisodiy resurslaridan unumli foydalanish asosida oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishning strategiya va modellarini ishlab chiqish;
meva-sabzavot, go‘sht, sut va boshqa qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlovchi tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashning moliyaviy va nomoliyaviy choralari — yangi vositalar va axborot tizimlarini yaratish, yuqori samara beruvchi yo‘nalishlarda loyihalarni amalga oshirish;
oziq-ovqat sanoatining rivojlanishiga xususiy va to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet investitsiyalar oqimining ta’sirini tahlil qilish, prognozlash va bu borada tegishli takliflarni ishlab chiqish;
zamonaviy savdo va logistika markazlarini tashkil etish, mahalliy oziq-ovqat mahsulotlarini jahon bozorlarida ilgari surish, ularning raqobatbardoshligini oshirish, eksport salohiyatini kengaytirish hamda import hajmini kamaytirish choralarini ko‘rish.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-dekabrdagi 766-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi — sakkizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.12.2021-y., 09/21/766/1182-son)
agrobiznesning klaster modelini keng joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshirish, klasterlash jarayonining tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy asoslarini takomillashtirish, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida klasterlarni tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish;
agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida moliyalashtirishga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining moliyaviy barqarorligiga, hosildorligi past yerlar unumdorligini oshirishga, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini oshirishga ko‘maklashadigan qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish;
qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish, qishloq xo‘jaligi yerlarini, qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish va parvarishlashni monitoring qilish;
tuproq bonitirovkasini o‘tkazish, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarining me’yoriy qiymatini aniqlash, tuproqshunoslik, geobotanikaga oid tadqiqotlarni amalga oshirish;
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi PQ-4819-sonli qaroriga asosan oltinchi-yettinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.09.2020-y., 09/20/4819/1263-son)
keng ko‘lamli zamonaviy moliyaviy xizmatlarni rivojlantirish va sifatli qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanish imkoniyatini oshirish orqali qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni rag‘batlantirish;
qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini tayyorlash, foydalanish va eksport qilishning zamonaviy tizimini shakllantirish, mahalliy va xorijiy seleksiya navlari, shu jumladan biotexnologik navlarning birlamchi urug‘chiligini tashkil etish va rivojlantirish;
o‘simliklarni himoya qilish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, zararkunandalar va begona o‘tlarga qarshi kurashish, agrokimyoviy xizmat ko‘rsatish va tuproqni muhofaza qilish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
ta’lim, fan va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tizimli asosda uzviy integratsiyalashni, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarining yuqori malakali soha mutaxassislariga bo‘lgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olgan holda kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni ta’minlash;
organik mahsulotlarni ishlab chiqarish va maqbul qishloq xo‘jaligi amaliyoti (Global G.A.P.) doirasida barcha manfaatdor tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish;
(10-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 479-sonli qaroriga asosan to‘qqizinchi va o‘ninchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.08.2020-y., 09/20/479/1167-son)
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanishni tashkil etish va muhofaza qilish sohasida samarali davlat nazoratini amalga oshirish.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 274-sonli qaroriga asosan o‘n uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 09/21/274/0414-son)
11. Vazirlik o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) birinchi navbatda qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish va sohada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, qishloq xo‘jaligi subyektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda bozor tamoyillarini joriy etish, ilg‘or tajriba va fan yutuqlarini, zamonaviy resurs tejovchi va intensiv agrotexnologiyalarni joriy etishni nazarda tutuvchi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish sohasida:
(11-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 274-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 09/21/274/0414-son)
“Aqlli qishloq xo‘jaligi” texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
agrosanoat majmuidagi tashkilotlar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarni to‘liq elektron shaklga o‘tkazish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va sotish jarayoniga elektron tijorat amaliyotini joriy etish;
(11-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 274-sonli qaroriga asosan uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 09/21/274/0414-son)
qishloq xo‘jaligini raqamlashtirishga yo‘naltirilgan innovatsiyalarni ishlab chiqish va joriy qilish maqsadida xorijiy davlatlar, xalqaro va chet el tashkilotlari hamda jamg‘armalarini jalb etadi;
qishloq xo‘jaligi subyektlari o‘rtasidagi shartnomaviy munosabatlarni xalqaro andozalar asosida moslashtirish va joriy etish bo‘yicha uslubiy-amaliy ko‘maklashadi;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib olish bo‘yicha subsidiya va subvensiyalarni ajratish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi va vakolatli organga kiritadi;
fan va ilmiy-tadqiqot faoliyatini texnologik va ilmiy sig‘imi yuqori bo‘lgan sohalarni moliyalashtirish, ushbu sohaga xususiy sektorning imkoniyatlarini maqsadli jalb qilishni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan tizimni shakllantiradi;
ilg‘or tajriba va fan yutuqlari natijalarini amaliyotga joriy etishni muvofiqlashtirish, ommalashtirish va monitoring yuritishni ta’minlaydi;
qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida zamonaviy resurs tejovchi texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi;
oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
O‘zbekiston Respublikasida oziq-ovqat mahsulotlari tanqisligi yuzaga kelgan taqdirda, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tezkor chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
oziq-ovqat xavfsizligiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish asosida oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish va rivojlantirishga doir qisqa, o‘rta hamda uzoq muddatli strategiyalarni ishlab chiqadi;
oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi ishlarning holati to‘g‘risidagi axborotni to‘plash va tahlil qilishni amalga oshiradi;
oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantiradi va yuritadi;
oziq-ovqat xavfsizligi sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantiradi;
(11-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-iyuldagi 466-sonli qaroriga asosan o‘n birinchi — o‘n yettinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2025-y., 09/25/466/0655-son)
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishning innovatsion resurs tejamkor texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni muvofiqlashtiradi;
b) qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va sotishda zamonaviy kooperatsiya munosabatlarini kengaytirish orqali qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining qo‘shilgan qiymati zanjiri yaratilishini rag‘batlantirish sohasida:
jahon bozorida talab yuqori bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini va turlarini ko‘paytirishga doir takliflar tayyorlaydi;
oziq-ovqat mahsulotlari va xomashyosi bozorini barqarorlashtirishga, oziq-ovqat mahsulotlari va xomashyosi narxlarining o‘zgaruvchanligini, shuningdek, ularning salbiy oqibatlarini yumshatishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va xomashyo yetishtirishni rivojlantirish, shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari va xomashyosi narxlari o‘sishining oldini olish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi”;
davlat zaxirasini hamda oziq-ovqat mahsulotlari va xomashyosining aylanma zaxirasini tashkil etish mexanizmlarini takomillashtiradi;
(11-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-iyuldagi 466-sonli qaroriga asosan uchinchi — beshinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2025-y., 09/25/466/0655-son)
qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, qayta ishlash bo‘yicha joylardagi muammolarni o‘rganish va ularning bartaraf etish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
oziq-ovqat mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, xom ashyo bazasini kengaytirish, zamonaviy qayta ishlash, saqlash quvvatlarini yaratish va qayta ishlash jarayoniga ilg‘or texnologiyalarni joriy qilish chora-tadbirlari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishida ishtirok etadi;
qayta ishlash va saqlash sohasida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini takomillashtirishga doir hamda qayta ishlangan meva-sabzavot, uzum, go‘sht, sut, yog‘ va don mahsulotlariga bo‘lgan tashqi bozor talabini o‘rganib, tahlil qilish va qayta ishlangan mahsulotlar brendlarini shakllantirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
tibbiy me’yorlariga ko‘ra qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talab va ta’minlanish darajasini o‘rganib boradi va takliflar tayyorlaydi;
meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirishni ko‘paytirish va tizimli ravishda sotish, aylanma mablag‘larni shakllantirish maqsadida kooperatsiyalarni tashkil etish bo‘yicha amaliy yordamlar ko‘rsatib boradi;
bog‘dorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik, polizchilik, kartoshkachilik, pillachilik, ozuqa ekinlari, dorivor va ziravor o‘simliklarni rivojlantirish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasida fan va texnika yutuqlarini, resurslarni tejaydigan zamonaviy va intensiv agrotexnologiyalarni, ilg‘or tajribalarni joriy qiladi;
hududlarning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, yuqori hosil beradigan qishloq xo‘jaligi ekinlarini turlari bo‘yicha hamda mevali, tok va tut ko‘chatlarini mahalliy hokimliklar bilan birgalikda joylashtiradi;
aholini oziq-ovqat mahsulotlarga bo‘lgan talabini o‘rganish va hududlarda mahsulotlarini saqlash omborxonalari va qayta ishlash korxonalarini tashkil etish bo‘yicha takliflar, manzilli dasturini tayyorlaydi va ushbu yo‘nalishlarga xorijiy investitsiyalar jalb qilish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
ichki va tashqi bozorlarda pilla mahsulotlarining raqobatbardoshligini, qayta ishlash korxonalarini barqaror va samarali ishlashini ta’minlash borasida amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatadi;
qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va sotish tizimida zamonaviy kooperatsiya munosabatlarini kengaytirish va yo‘lga qo‘yish orqali qo‘shimcha qiymat yaratishni yanada ko‘paytirishni rag‘batlantirish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlaydi;
b1) meva-sabzavot, go‘sht, sut va boshqa qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtiruvchi (ishlab chiqaruvchi) korxonalar bilan ushbu mahsulotlarni qayta ishlovchi, tayyorlovchi va realizatsiya qiluvchi korxonalar o‘rtasida o‘zaro manfaatli munosabatlar uchun sharoitlar yaratish sohasida:
oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha takliflarni tayyorlashda, oziq-ovqat sanoati tarmoqlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning uzoq muddatga mo‘ljallangan prognoz loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
kelgusi yil uchun oziq-ovqat balansini ishlab chiqadi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;
(11-bandning “b1” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-iyuldagi 466-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2025-y., 09/25/466/0655-son)
meva-sabzavot, go‘sht, sut va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini xorijiy tajribalar asosida qayta ishlash va chuqur qayta ishlash hamda ularning hajmlarini oshirish, xom ashyo bazasini kengaytirish, zamonaviy qayta ishlash quvvatlarini yaratish va qayta ishlash jarayoniga ilg‘or texnologiyalarni joriy qilish orqali oziq-ovqat mahsulotlarining qo‘shilgan qiymati zanjiri yaratish chora-tadbirlari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishida ishtirok etadi;
ilg‘or xorijiy tajribani o‘rgangan holda qishloq xo‘jaligida meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash va qo‘llab-quvvatlash mexanizmini ishlab chiqadi;
b2) mahalliy oziq-ovqat mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirish va ularni diversifikatsiya qilish, hududlarning mavjud tabiiy va iqtisodiy resurslaridan unumli foydalanish asosida oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishning strategiya va modellarini ishlab chiqish sohasida:
kelgusi yil uchun ijtimoiy ahamiyatga ega asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari va xomashyosiga bo‘lgan ehtiyojning prognoz hajmlarini ishlab chiqadi, ularning bajarilishi yuzasidan chora-tadbirlarni ko‘radi, aholini ijtimoiy muhim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli va uzluksiz ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
(11-band “b2” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-iyuldagi 466-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2025-y., 09/25/466/0655-son)
oziq-ovqat sanoati tarmoqlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning uzoq muddatga mo‘ljallangan modellarini ishlab chiqadi;
bozorda oziq-ovqat mahsulotlari va xomashyosi assortimentini kengaytirish, import o‘rnini bosuvchi oziq-ovqat mahsulotlari va xomashyosini ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
(11-bandning “b2” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-iyuldagi 466-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2025-y., 09/25/466/0655-son)
sohadagi yangiliklarni keng targ‘ib qilish maqsadida mahsulotlarni saqlash, qayta ishlash va agrologistikaga doir bo‘lgan seminarlarni tashkil etadi;
tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha takliflar tayyorlaydi hamda maqsadli tarmoq va hududiy dasturlarni ishlab chiqadi;
b3) meva-sabzavot, go‘sht, sut va boshqa qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlovchi tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashning moliyaviy va nomoliyaviy choralari — yangi vositalar va axborot tizimlarini yaratish, yuqori samara beruvchi yo‘nalishlarda loyihalarni amalga oshirish sohasida:
oziq-ovqat sanoatida faoliyat olib borayotgan korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni joriy etish bo‘yicha loyihalar dasturini shakllantiradi;
oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashning moliyaviy va nomoliyaviy mexanizmlarini joriy qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
b4) oziq-ovqat sanoatining rivojlanishiga xususiy va to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet investitsiyalar oqimining ta’sirini tahlil qilish, prognozlash va bu borada tegishli takliflarni ishlab chiqish sohasida:
oziq-ovqat sanoatining rivojlanishiga xususiy va to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalar oqimining ta’sirini tahlil qiladi va bu borada tegishli takliflarni ishlab chiqadi;
oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish, oziq-ovqat sanoatini jadal rivojlantirish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtiradi;
oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasini rivojlantirishga xususiy, xorijiy investitsiyalarni jalb qiladi hamda rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rganadi;
b5) zamonaviy savdo va logistika markazlarini tashkil etish, mahalliy oziq-ovqat mahsulotlarini jahon bozorlarida ilgari surish, ularning raqobatbardoshligini oshirish, eksport salohiyatini kengaytirish hamda import hajmini kamaytirish choralarini ko‘rish sohasida:
zamonaviy savdo va logistika markazlarini tashkil etish, mahalliy oziq-ovqat mahsulotlarini jahon bozorlarida ilgari surish, ularning raqobatbardoshligini oshirish, eksport salohiyatini kengaytirish choralarini ko‘rib boradi;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar, qayta ishlash korxonalari, tayyorlash va sotish tashkilotlari o‘rtasida bozor munosabatlari asosida, uning tayyorlanishi, saqlanishi, yanada chuqurroq qayta ishlanishi va sotilishini hisobga olgan holda ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat xom ashyosi harakatining zamonaviy logistikasini keng joriy etadi;
meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash uchun korxonalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish, maxsus saqlash omborlari va sovutish kameralarini qurish, rekonstruksiya qilish, ularni zamonaviy uskunalar bilan jihozlash ishlarini tashkil etishga investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-dekabrdagi 766-sonli qaroriga asosan “b1 — b5” kichik bandlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.12.2021-y., 09/21/766/1182-son)
v) agrobiznesning klaster modelini keng joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshirish, klasterlash jarayonining tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy asoslarini takomillashtirish, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida klasterlarni tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish sohasida:
klasterlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarning samaradorligi va natijadorligini tanqidiy tahlil qilib boradi, mavjud muammo va tizimli kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
klasterlash jarayonining tashkiliy-iqtisodiy asoslari va klasterlar faoliyatini tartibga soluvchi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni doimiy o‘rganib boradi hamda ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
turli ixtisoslashuvdagi klasterlar faoliyatining doimiy monitoringini yuritadi, ularni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
klasterlarni tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalarini o‘rganib boradi va ulardan respublikamiz sharoitida foydalanish imkoniyatlari va yo‘nalishlari borasida xulosalar tayyorlaydi;
klasterlarni tabiiy, moddiy-texnik va boshqa turdagi resurslar bilan ta’minlash tizimining doimiy monitoringini yuritgan holda uni yanada yaxshilash yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida klasterlarni tashkil etish va rivojlantirish, investitsiyalar, shu jumladan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish ishlariga vakolati doirasida har tomonlama ko‘maklashadi;
g) agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida moliyalashtirishga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining moliyaviy barqarorligiga, hosildorligi past yerlar unumdorligini oshirishga, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini oshirishga ko‘maklashadigan qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish sohasida:
davlat xaridi uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirishga mablag‘larni o‘z vaqtida ajratilishi va ularni maqsadli sarflanishi bo‘yicha monitoring yuritadi;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishni moliyalashtirish tizimini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
qishloq xo‘jaligi korxonalarining ishlab chiqarish faoliyatini moliyaviy jihatdan barqarorligini ta’minlash va iqtisodiy samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
hosildorligi past yerlarning unumdorligini oshirishni ta’minlovchi qishloq xo‘jaligida serhosil ekinlarini joylashtirish va ularni ekilishini, aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoji qondirilib, bozorlarda narx-navo barqarorligi ta’minlaydi;
hosildorligi past bo‘lgan yerlarda davlat xaridi uchun mahsulot yetishtirish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
sabzavot, poliz va dukkakli ekinlarni har bir hududning tuproq-iqlim sharoitlari, suv ta’minoti, tashqi bozorning talablari (mahsulot turi va yetkazib berish muddatlari) asosida ekinlarni joylashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorga yetkazib berish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlaydi;
tashkil etilgan va faoliyat ko‘rsatayotgan issiqxonalarni turlari, hajmlari, miqdori hamda isitish manbalari bo‘yicha xatlovdan o‘tkazib, ularni faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqadi;
g1) qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish, qishloq xo‘jaligi yerlarini, qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish va parvarishlashni monitoring qilish sohasida:
qishloq xo‘jaligi yerlarini, qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish va parvarishlashni monitoring qiladi;
samarasiz foydalanilayotgan qishloq xo‘jaligi yerlarini aniqlash, ularni o‘rnatilgan tartibda olib qo‘yish va belgilangan maqsadda foydalanish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
g2) tuproq bonitirovkasini o‘tkazish, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning me’yoriy qiymatini aniqlash, tuproqshunoslik, geobotanikaga oid tadqiqotlarni amalga oshirish sohasida;
davlat boshqaruvi organlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning tuproq unumdorligini saqlash va oshirishni ta’minlash sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda tuproq unumdorligini oshirish bo‘yicha davlat dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
tuproq unumdorligini saqlash va oshirish sohalarida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;
tuproqlarning sifatini baholash maqsadida tuproq s’yomkasini, tuproqlarning bonitirovkasini o‘tkazadi;
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan tabiiy yaylovlarda geobotanik izlanishlarni amalga oshiradi;
qishloq xo‘jaligi yerlarining me’yoriy qiymatini aniqlaydi;
tuproqshunoslik, geobotanikaga oid izlanishlar hamda tadqiqotlarni amalga oshiradi;
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi PQ-4819-sonli qaroriga asosan “g1” va “g2” kichik bandlar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.09.2020-y., 09/20/4819/1263-son)
d) keng ko‘lamli zamonaviy moliyaviy xizmatlarni rivojlantirish va sifatli qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanish imkoniyatini oshirish orqali qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni rag‘batlantirish sohasida:
qishloq xo‘jaligida moliyaviy munosabatlar (kreditlash, lizing, subsidiyalash va dotatsiya berish) tizimini sohaning o‘ziga xos hususiyatlarini hisobga olgan holda yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
ilg‘or xorijiy tajribalarga asoslangan holda qishloq xo‘jaligiga zamonaviy texnika va texnologiyalarini joriy etishni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
Respublikamizda ishlab chiqarilgan va xorijdan import qilinayotgan barcha turdagi qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini majburiy va davriy sinovlardan o‘tkazishni tashkil etadi;
qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash darajasini oshirish, texnika va texnologiyalarning zamonaviy turlarini faol joriy qilish bo‘yicha innovatsion ilmiy-texnik yechimlarini ishlab chiqishga qaratilgan davlat ilmiy dasturlarini shakllantirishda ishtirok etadi;
(11-band “d” kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
qishloq xo‘jaligi mexanizatsiya darajasini oshirish hamda qishloq xo‘jaligi texnika va agregatlaridan foydalanish samaradorligi va sifatini oshirish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar tayyorlaydi va joylarga yetkazadi;
mashina-traktor parklarining faoliyatini takomillashtirish, qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta’minlash hamda ularga texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini yaxshilashda ko‘maklashadi;
qishloq xo‘jaligini yangi zamonaviy texnikalar bilan ta’minlash orqali mexanizatsiyalash darajasini oshirishni rag‘batlantirish mexanizmlarini ishlab chiqadi va joriy etadi;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va chuqur qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish orqali qo‘shilgan qiymat yaratishni yanada ko‘paytirishni rag‘batlantirish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlaydi;
e) qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini tayyorlash, foydalanish va eksport qilishning zamonaviy tizimini shakllantirish, mahalliy va xorijiy seleksiya navlari, shu jumladan biotexnologik navlarning birlamchi urug‘chiligini tashkil etish va rivojlantirish sohasida:
qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini yetishtirish va qayta ishlash sohasiga rivojlangan davlatlar tajribalarini tatbiq qiladi;
g‘o‘za, boshoqli don, sabzavot, poliz, moyli, ozuqa va boshqa ekinlarining urug‘larini, uzum va meva ko‘chatlarini tayyorlash, foydalanish va eksport qilishning zamonaviy tizimini shakllantiradi;
mahalliy va xorijiy seleksiya navlari, shu jumladan, biotexnologik navlarning birlamchi urug‘chiligini tashkil etadi va rivojlantiradi;
tarmoq korxonalari tomonidan qishloq xo‘jaligi ekinlarining ekiladigan urug‘larini tayyorlash, qayta ishlash va saqlash bo‘yicha normativ talablarni xalqaro standartlar va texnik reglamentlarga muvofiq ishlab chiqadi;
urug‘chilik sohasida ilmiy va tajriba-eksperimental tadqiqotlarni olib borishga, tarmoq korxonalarining ilmiy salohiyati va moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga ko‘maklashadi;
urug‘chilik bo‘yicha xalqaro va milliy organlar bilan o‘zaro faol hamkorlik qilish, urug‘larni ekishdan oldin ishlov berish va qayta ishlashga oid innovatsion texnologiyalarni, ushbu sohadagi nou-xaularni joriy etadi;
davlat-xususiy sherikchilik asosida zamonaviy urug‘chilik klasterlarini tashkil etish, qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini yetishtirish, saqlash va tayyorlashning yangi tizimini shakllantirish orqali ichki iste’molchilarni sifatli va arzon urug‘liklar bilan ta’minlaydi va eksport qiladi;
qishloq xo‘jalik ekinlarining respublikada va chet elda yaratilgan seleksion yangi navlari, duragaylarini hamda ipak-qurtining duragaylarini huquqiy muhofaza qilish (patent uchun) va xo‘jalikda foydaliligini (hosildorlik, o‘suv davri, kasallik, zararkunanda, noqulay sharoitlarga chidamlilik va sifat tarkibi) aniqlash bo‘yicha sinov ishlarini amalga oshiradi;
j) o‘simliklarni himoya qilish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, zararkunandalar va begona o‘tlarga qarshi kurashish, agrokimyoviy xizmat ko‘rsatish va tuproqni muhofaza qilish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish sohasida:
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini o‘simliklarni himoya qilish, kimyoviy va biologik vositalar bilan ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, o‘simliklarni himoya qilish bo‘yicha profilaktik va integratsiyalashtirilgan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida tashkil etadi;
qishloq xo‘jaligi ekinlari zararkunandalari, kasalliklari va begona o‘tlar rivojlanishi va tarqalishini prognoz qiladi;
(11-band “j” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
o‘simliklarni himoya qilish kimyoviy vositalarini tashish, saqlash, sotish va qo‘llash, qishloq xo‘jaligi uchun mineral o‘g‘itlarni agrokimyo xaritanomalari asosida tuproqni ozuqa moddalari bilan ta’minlanganligini hisobga olib, tabaqalashtirilgan holda yetkazib berish bo‘yicha belgilangan qoidalarga rioya etilishi ustidan nazorat qiladi;
o‘simliklar kasalliklari va zararkunandalarining karantin obyektlariga qarshi kurash choralarini va ichki karantin nazoratini tubdan takomillashtiradi;
biolaboratoriyalar va o‘simliklar klinikalari tarmog‘ini kengaytirish, bu borada davlat xususiy sheriklik tizimini o‘zaro manfaatli hamkorligini rivojlantiradi;
z) ta’lim, fan va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tizimli asosda uzviy integratsiyalashni, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarining yuqori malakali soha mutaxassislariga bo‘lgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olgan holda kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni ta’minlash sohasida:
vazirlik tasarrufidagi ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatlarini muvofiqlashtirish, fan va ta’limni rivojlantirish bo‘yicha o‘rta va uzoq muddatli dasturlarni ishlab chiqadi va joriy etadi;
vazirlik tasarrufidagi ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining moddiy-texnika bazasini modernizatsiyalash, zamonaviy laboratoriyalar, texnoparklar va axborot-maslahat markazlarini tashkil etish, ularning samarali faoliyat yuritishlarini ta’minlaydi;
qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti sohasida ilmiy-tadqiqot, loyiha — qidiruv va konstruktorlik ishlarining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi;
xorijiy mamlakatlarning innovatsion texnologiyalari va ilg‘or tajribalarini o‘rganishini, qishloq xo‘jaligi mutaxassislarini hamda ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining professor-o‘qituvchilari va ilmiy xodimlarini xalqaro yarmarkalar, konferensiyalar va ilmiy-amaliy seminarlarda ishtirokini ta’minlaydi;
samaradorligi yuqori bo‘lgan innovatsion tadqiqotlar, g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, sohada ilmiy yutuqlar va ilg‘or tajribalarni targ‘ib va joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
qishloq xo‘jaligi maydonlarini kengaytirishga va qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini oshirishga, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi yo‘qotishlarni kamaytirishga qaratilgan ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqadi;
(11-bandning “z” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-iyuldagi 466-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2025-y., 09/25/466/0655-son)
yuqori texnologik mahsulotlarni ishlab chiqish va joriy qilish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot hamda ta’lim muassasalari, ilmiy-tajriba xo‘jaliklari, laboratoriyalar, yuqori texnologiyalar markazlari, innovatsion kompaniyalar, texnoparklar, axborot-maslahat (extension) markazlari va boshqa innovatsiyaga yo‘naltirilgan tuzilmalarini jalb etadi;
hududlar va qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini kompleks rivojlantirish istiqbollarini hisobga olgan holda ta’lim muassasalarida ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini maqbullashtiradi, kadrlarga bo‘lgan real ehtiyojni hisobga olgan holda qabul kvotalari yuzasidan takliflar tayyorlaydi, talabalarning o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlarini samarali tashkil etadi, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarni ishga joylashtiradi;
(11-band “z” kichik bandining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-dekabrdagi 988-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 09/19/988/4142-son)
soha tarmoqlarini rivojlantirish istiqbollarini hisobga olgan holda ehtiyoj katta bo‘lgan ixtisosliklar bo‘yicha mutaxassislarni nufuzli xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda o‘quv dasturlarini yo‘lga qo‘yadi;
soha bo‘yicha doktorantura va tayanch doktorantura orqali ilmiy darajali yuqsak malakali ilmiy xodimlarni tayyorlashni kengaytirish, ularga muammoli va dolzarb mavzular bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishlari uchun barcha shart-sharoitlarni yaratadi;
agrar sohada olib borilayotgan jadal islohotlar talablari asosida qishloq xo‘jaligi rahbar xodimlari, soha mutaxassislari, fermer xo‘jaliklari rahbarlarining malakalarini oshirish va ularni qayta tayyorlashni tizimli ravishda tashkil etadi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda asoslangan takliflar asosida qishloq xo‘jaligi sohasidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlarini tasdiqlaydi hamda o‘quv jarayoniga bosqichma-bosqich joriy etadi;
tizimidagi oliy ta’lim muassasalarining tuzilmalarini tasdiqlaydi;
(11-band “z” kichik bandining o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-dekabrdagi 988-sonli qaroriga asosan o‘n birinchi, o‘n ikkinchi va o‘n uchinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 09/19/988/4142-son)
Vazirlik qonun hujjatlarida belgilangan boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin;
i) organik mahsulotlarni ishlab chiqarish va maqbul qishloq xo‘jaligi amaliyoti (Global G.A.P.) doirasida barcha manfaatdor tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish sohasida:
manfaatdor vazirliklar, idoralar, hokimliklar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va tadbirkorlardan organik ishlab chiqarish va maqbul qishloq xo‘jaligi amaliyoti (Global G.A.P.) doirasida zarur ma’lumotlarni oladi;
organik mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar faoliyatining doimiy monitoringini olib boradi, ularni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash masalalari bo‘yicha fermer va dehqon xo‘jaliklari va boshqa manfaatdor tadbirkorlik subyektlari uchun o‘quv va maslahat xizmatlarini ko‘rsatadi;
organik mahsulot va xom ashyolarni sertifikatlashtirish idoralari, ishlab chiqaruvchilar, qayta ishlovchi tashkilotlar, realizatsiya qiluvchi tadbirkorlik subyektlari to‘g‘risidagi elektron axborot bazasini yaratadi, uning doimiy yangilanib turishini ta’minlaydi;
organik mahsulot va xom ashyolarni sertifikatlashtirish idoralari, ishlab chiqaruvchilar, qayta ishlovchi tashkilotlar, realizatsiya qiluvchi tadbirkorlik subyektlari to‘g‘risidagi reyestrni yuritadi;
respublika miqyosida va hududlar kesimida organik mahsulotlar yetishtirishga o‘tgan yer maydonlari, ishlab chiqarish hajmlari va realizatsiya qilinishi (eksport va import) to‘g‘risidagi rasmiy ma’lumotlarni chop etadi;
organik qishloq xo‘jaligini rivojlantirish doirasida xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikni ta’minlaydi;
organik urug‘chilikni tashkil etadi hamda ushbu yo‘nalishdagi ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytiradi va jadallashtiradi;
savdo tarmoqlarida organik sertifikatga ega bo‘lgan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining realizatsiya qilinishini tartibga soladi;
organik mahsulot va xom ashyolarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, tashish, saqlash, sotish va sertifikatlashtirish bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik subyektlari faoliyatining ekvivalentligini baholaydi va avtorizatsiyalash tizimini yaratadi;
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 479-sonli qaroriga asosan “i” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.08.2020-y., 09/20/479/1167-son)
k) qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanishni tashkil etish va muhofaza qilish sohasida samarali davlat nazoratini amalga oshirish sohasida:
qishloq xo‘jaligi yerlarining me’yoriy qiymatini va sifat ko‘rsatkichlarini aniqlaydi;
tuproq bonitirovkasini o‘tkazish, tuproq unumdorligini oshirish, tuproqshunoslik, geobotanikaga oid tadqiqotlarni amalga oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi;
qishloq xo‘jaligi yerlari va ekinlarining holatini hamda o‘tkazilgan agrotexnik tadbirlarni monitoring qiladi va ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar)dan belgilangan tartibda foydalanadi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 274-sonli qaroriga asosan “k” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 09/21/274/0414-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-noyabrdagi 658-son “O‘zbekiston Respublikasida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishni tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori.
12. Vazirlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy va tarkibiy tuzilmalarining funksiyalari, agar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri (keyingi o‘rinlarda vazir deb ataladi) tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadigan nizomlar va ustavlar bilan belgilanadi.
4-bob. Vazirlik va uning tuzilmalarining vakolatlari hamda javobgarligi
(4-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-apreldagi 221-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2025-y., 09/25/221/0335-son)
(1-paragrafning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-apreldagi 221-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2025-y., 09/25/221/0335-son)
13. Vazirlik o‘ziga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi vakolatlarga egadir:
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-apreldagi 221-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2025-y., 09/25/221/0335-son)
o‘z vakolati doirasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari hamda fuqarolar uchun majburiy bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish;
Vazirlikka yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va boshqa hujjatlarni o‘rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalarda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
o‘z vakolati doirasida ma’muriy javobgarlikni keltirib chiqaradigan holatlar yuzasidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida bayonnomalar tuzish;
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi PQ-4819-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.09.2020-y., 09/20/4819/1263-son)
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur axborotni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan so‘rash va olish;
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha zarur statistik axborotni davlat statistika organlaridan bepul olish;
Vazirlik va uning idoraviy mansub tuzilmalari davlat mulkini bir bo‘linmadan boshqasiga o‘rnatilgan tartibda o‘z tashkiliy tuzilmasi doirasida, beg‘araz foydalanish huquqi bilan berish;
Vazirlik va uning idoraviy mansub tashkilotlari xodimlarini qishloq xo‘jaligidagi faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari parametrlarining bajarilishini hisobga olgan holda moddiy rag‘batlantirish tartibi, miqdori va shartlarini belgilash;
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga kiritish;
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha idoralararo xususiyatga ega xalqaro shartnomalarni tuzish;
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha xalqaro darajada O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalash;
yuklatilgan vazifalar doirasida bevosita yoki vazirlikning idoraviy mansub bo‘linmalari orqali xorijiy tarmoq idoralari, ilmiy va ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshirish;
qishloq xo‘jaligi sohasida joriy va strategik vazifalarni yoritish uchun o‘rnatilgan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish;
binolarga xizmat ko‘rsatish, jihoz va uskunalar, avtotransport, aloqa va hisoblash vositalari, kompyuter va orgtexnika vositalari saqlash va ishlatish bo‘yicha ishlarni bajarish, dasturiy ta’minotni sotib olish bo‘yicha belgilangan tartibda shartnomalar tuzish;
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun shartnoma asosida mahalliy va xorijiy ilmiy muassasalar, olim va mutaxassislarni jalb qilish;
Vazirlik va tizim tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash choralarini ko‘rish;
amaldagi qonunchilikka muvofiq Vazirlik ijtimoiy infratuzilmasini yaratish va takomillashtirish, Vazirlik tizimi xodimlari mehnatini rag‘batlantirish va mukofotlashning yagona tizimini shakllantirish;
o‘quv va ilmiy-innovatsion faoliyatida namuna ko‘rsatgan bakalavr, magistr, tayanch doktorant va doktorantlar uchun Vazirlik stipendiyasini ta’sis etish;
oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasidagi qonunchilik hujjatlari ijrosini buzish holatlari sodir etilganda, ularning kelib chiqish sabablari va bunga imkoniyat yaratib berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini ko‘rish;
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-apreldagi 221-sonli qaroriga asosan yigirmanchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2025-y., 09/25/221/0335-son)
Vazirlik qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(13-bandning yigirma birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-apreldagi 221-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2025-y., 09/25/221/0335-son)
14. Vazirlik:
o‘ziga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi, shuningdek, tegishli sohadagi (tarmoqdagi) davlat siyosatining samarali amalga oshirilishi;
o‘z faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlarga so‘zsiz erishilishini ta’minlash;
Vazirlar Mahkamasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari, shuningdek, Vazirlik tomonidan qabul qilinadigan buyruqlar amalga oshirilishining sifati va pirovard natijalari;
o‘z faoliyati sohasini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali amalga oshirilishi uchun javob beradi.
2-§. Vazirlik markaziy apparatining huquqlari va javobgarligi
15. Vazirlikning markaziy apparati o‘ziga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlikning hududiy bo‘linmalari, tuman (Quvasoy shahar) bo‘limlari va uning idoraviy mansub tashkilotlaridan zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni so‘rash va olish;
Vazirlikda ko‘rib chiqiladigan axborot va tahliliy materiallarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun vazirlikning hududiy bo‘linmalari, tuman (Quvasoy shahar) bo‘limlari va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlari hamda vakillarini belgilangan tartibda jalb qilish, shu maqsadda ekspert va ishchi guruhlar tashkil etish;
Vazirlikning hududiy bo‘linmalari, tuman (Quvasoy shahar) bo‘limlari va uning idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan kiritilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va boshqa hujjatlarni puxta ishlashni talab qilish, zarurat bo‘lganda, ularni qayta ishlash uchun qaytarish;
Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlari hamda vakillari ishtirokida belgilangan tartibda yig‘ilishlar o‘tkazish;
Vazirlikning hududiy bo‘linmalari, tuman (Quvasoy shahar) bo‘limlari va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlariga jadal hal qilinishi talab etiladigan va Vazirlikka yuklangan vazifalar hamda funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan belgilangan tartibda topshiriqlar berish;
qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari, shuningdek, Vazirlikning buyruqlari Vazirlikning hududiy bo‘linmalari, tuman (Quvasoy shahar) bo‘limlari va uning idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan bajarilishi yuzasidan ularning faoliyatini belgilangan tartibda o‘rganish va tekshirish.
Vazirlikning markaziy apparati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
16. Vazirlikning markaziy apparati:
Vazirlikning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari hamda idoraviy mansub tashkilotlar bilan birgalikda Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini ta’minlash;
Vazirlik faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlash bo‘yicha Vazirlik markaziy apparati tuzilmalarining ishini tashkil etish;
Vazirlik tomonidan ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari, shuningdek, Vazirlik tomonidan qabul qilinadigan buyruqlarning tayyorlanishi va ekspertizadan o‘tkazish sifati;
o‘z faoliyat sohasini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning tarkibiy va hududiy bo‘linmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishini tashkil etish uchun javob beradi.
3-§. Vazirlikning hududiy bo‘linmalari huquqlari va javobgarligi
17. Vazirlikning hududiy bo‘linmalari quyidagi huquqlarga ega:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, davlat boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, shuningdek, boshqa tashkilotlardan o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarni sifatli bajarish uchun zarur bo‘lgan axborot materiallarini so‘rab olish;
qishloq xo‘jaligi sohasiga doir masalalarda davlat boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, shuningdek, boshqa tashkilotlarning faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berish;
Vazirlik tuman (Quvasoy shahar) bo‘limlariga topshiriq va ko‘rsatmalar berish;
davlat boshqaruvi organlarining hududiy bo‘limlari hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlar, shuningdek, boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirokida majlislar o‘tkazish;
axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash va dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish uchun davlat boshqaruvi organlarining hududiy bo‘limlari hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning yuqori malakali mutaxassislarini jalb qilish.
18. Vazirlikning hududiy bo‘linmalari:
o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalar sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash;
Vazirlikning hududiy bo‘linmalari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlash;
Vazirlik, mahalliy ijro hokimiyati organlariga kiritilayotgan hujjatlar loyihalari va takliflar, shuningdek, Vazirlikning hududiy bo‘linmalari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning amalga oshirilishi sifati, pirovard natijalari va oqibatlari;
tumanlar (Quvasoy shahar)da aniqlangan muammolarni har tomonlama va chuqur tahlil qilish va umumlashtirish asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
o‘z faoliyati sohasini rivojlantirish, muammoli masalalarni hal qilish bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda samarali amalga oshirish;
fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining qonuniy huquq va manfaatlari himoya qilinishi va ularga rioya etilishi uchun javob beradi.
4-§. Vazirlikning tuman (Quvasoy shahar) bo‘limlari huquqlari va javobgarligi
19. Vazirlikning tuman (Quvasoy shahar) bo‘limlari quyidagi huquqlarga ega:
davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik subyektlari tuman (Quvasoy shahar) bo‘linmalaridan hamda boshqa tashkilotlardan o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarni sifatli bajarish uchun zarur bo‘lgan axborot materiallarini so‘rab olish;
qishloq xo‘jaligi sohasiga oid masalalarida davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik tuman (Quvasoy shahar) bo‘limlari, shuningdek, boshqa tashkilotlarning faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining tuman (Quvasoy shahar) bo‘limlari hamda boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirokida majlislar o‘tkazish;
axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash va dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining tuman (Quvasoy shahar) bo‘limlari, shuningdek, ilmiy tashkilotlarning yuqori malakali mutaxassislarini jalb qilish.
20. Vazirlikning tuman (Quvasoy shahar) bo‘limlari:
o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalar sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash;
Vazirlikning tuman (Quvasoy shahar) bo‘limlari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlash;
Vazirlik, mahalliy ijro hokimiyati organlariga kiritilayotgan hujjatlar loyihalari va takliflar, shuningdek, Vazirlikning tuman (Quvasoy shahar) bo‘limlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning amalga oshirilishi sifati, pirovard natijalari va oqibatlari;
hududlarda aniqlangan muammolarni har tomonlama va chuqur tahlil qilish va umumlashtirish asosida tumanlar (Quvasoy shahar)da qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
o‘z faoliyati sohasini rivojlantirish, muammoli masalalarni hal qilish bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarni tumanlar (Quvasoy shahar)da samarali amalga oshirish;
fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishi hamda ularga rioya etilishi uchun javob beradi.
5-bob. Vazirlik rahbarlarining asosiy funksional vazifalari
21. Quyidagilar vazirning asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;
Vazirlik faoliyatiga yakka boshchilik asosida umumiy rahbarlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlari bilan Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasini yanada takomillashtirish bo‘yicha kompleks dasturlar va kompleks tadbirlarning ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
Vazirlik, uning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlar, maqsadli indikatorlar, sifatga va rivojlantirish dasturlarining samarali amalga oshirilishiga erishishni so‘zsiz ta’minlash yuzasidan amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi tarkibiy bo‘linmalari, shuningdek, tegishli vazirlik va idoralar bilan Vazirlik faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosatining masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha yig‘ilishlarida ishtirok etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari, maslahatchilari topshiriqlarini o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishini tashkil etish;
o‘z o‘rinbosarlarining vakolatlarini belgilash, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlash, Vazirlikning boshqa mansabdor shaxslarining vakolatlarini belgilash, o‘rinbosarlarining va boshqa mansabdor shaxslarning Vazirlik faoliyatining ayrim tarmoqlariga rahbarlik qilishda shaxsiy javobgarlik darajasini belgilash;
Vazirlik faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, Vazirlik va o‘z o‘rinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning ijrosi holatini nazorat qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoringini olib borishning amaliy tizimini yaratish, Vazirlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son va “Davlat organlari tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qarorlariga hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy va hududiy bo‘linmalar, shuningdek, idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘rish;
Vazirlik xodimlarini tizimli qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
Vazirlik tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyat yuritishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, Vazirlikning kadrlar zaxirasini shakllantirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiradigan bo‘sh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, Vazirlikka ishga qabul qilinadigan boshqa kadrlarning professionalligi, o‘z ishini bilishi, amaliy ish tajribasi, yuqori ishchanlik darajasi va ma’naviy-axloqiy sifatlari kafolatlanganligini ta’minlash;
faoliyat sohasidagi masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini sifatli ishlab chiqish, ularning Vazirlar Mahkamasiga “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Norma ijodkorlik faoliyatini takomillashtirish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil 8-avgustdagi PF-5505-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi PF-5519-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti (keyingi o‘rinlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti deb ataladi) hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 150-son qarori bilan tasdiqlangan Vazirlar Mahkamasi Reglamenti (keyingi o‘rinlarda Vazirlar Mahkamasi Reglamenti deb ataladi) talablariga qat’iy muvofiq ravishda o‘z vaqtida kiritilishini tashkil etish, shuningdek, ularni Vazirlikda ishlab chiqish, Vazirlik rahbariyati huzurida himoya qilish, Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqish va qayta ishlashda ishtirok etish;
(21-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Vazirlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining to‘liq va har tomonlama ko‘rib chiqilishini ta’minlash, ularni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti va Vazirlar Mahkamasi Reglamentida belgilangan muddatlarda kelishish (viza qo‘yish);
Vazirlik vakolatiga tegishli masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, zarur hollarda, boshqa vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda tegishli qarorlar qabul qilish;
Vazirlik rahbarlari va xodimlarining xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son, “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lish samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga to‘la muvofiq ravishda tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, xizmat safarlariga ajratiladigan mablag‘lardan oqilona foydalanishni ta’minlash;
o‘rinbosarlari hamda tarkibiy va hududiy bo‘linmalar rahbarlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini doimiy tanqidiy tahlil qilish, Vazirlikning hay’at yig‘ilishlarida ularning shaxsiy hisobotlarini tinglash, muhokama yakunlari bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;
Vazirlik xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etish, o‘rinbosarlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish to‘g‘risida, shu jumladan ularning egallab turgan lavozimida qolishi maqsadga muvofiqligi masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflar kiritish, ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish yuzasidan tizimli choralarni amalga oshirish;
Vazirlik xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 595-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari asosida tasdiqlanadigan Vazirlik xodimlarining odob-axloq qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish;
(21-bandning yigirma ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son)
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Vazirlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yo‘li bilan ularni sodir etishga imkon yaratuvchi omillarni aniqlash, tahlil qilish, sabab va sharoitlarini bartaraf etish;
Vazirlik hamda uning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari ishini tashkil etishning ilg‘or shakllarini joriy etishni ta’minlash;
qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatish va ulardan foydalanish samaradorligi, sifatini, shu jumladan aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshirishda “yagona darcha” prinsipini joriy etish hamda “Elektron hukumat to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish yo‘li bilan oshirish;
jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko‘rib chiqish, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, shaxsiy qabullarni, shu jumladan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunida hamda Vazirlikda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi tegishli hujjatlarda belgilangan muddatlarda va tartibda, jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining sayyor qabullarini muntazam o‘tkazish yuzasidan samarali ishlarni tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, Vazirlik rahbarlari va xodimlarining ular faoliyatida faol ishtirok etishini tashkil etish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan kelib tushadigan jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
davlat siri va maxfiy ma’lumotlar toifasiga kiruvchi ma’lumotlar bilan ishlashda qonunchilik talablariga rioya etish;
Vazirlik markaziy apparati shtat jadvali va xarajatlar smetasini, shuningdek, Vazirlikning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari nizomlarini hamda idoraviy mansub tashkilotlar ustavlarini tasdiqlash;
Vazirlik markaziy apparati xodimlari, tarkibiy bo‘linmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish;
qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishni ta’minlash, vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlarning qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
Vazirlik, hududiy bo‘linmalar, idoraviy mansub tashkilotlar mansabdor shaxslari bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqarish va topshiriqlar berish, shuningdek, ularning ijrosini o‘rnatilgan tartibda nazorat qilish;
Vazirlik markaziy apparati, hududiy bo‘linmalar, idoraviy mansub tashkilotlarning tasdiqlangan tuzilmalari va shtatlar jadvaliga xodimlarning cheklangan soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish;
qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida xalqaro va hukumatlararo aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish bo‘yicha xalqaro tadbirlarda ishtirok etish.
Qonunchilikka muvofiq vazir boshqa funksional vazifalarga ega bo‘lishi mumkin.
22. Quyidagilar vazirning birinchi o‘rinbosari va vazir o‘rinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;
Vazir vaqtincha bo‘lmaganda, tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va bevosita boshqarish, ularning xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan Vazirlik faoliyatining mutasaddilik qilinadigan yo‘nalishlari bo‘yicha tasdiqlangan Vazirlik faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan kompleks dasturlar va kompleks tadbirlar ijrosi holatini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar tomonidan prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rish, bo‘linmalar rahbarlarining hisobotini tizimli eshitib borish va belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalarning choraklik rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, shuningdek Vazirlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son va “Davlat organlari tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qarorlariga hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy va hududiy bo‘linmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘rish;
Vazirlik hay’ati qarorlari, Vazir buyruqlari va topshiriqlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
mutasaddilik qilinadigan bo‘linmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish bo‘yicha Vazirga takliflar taqdim etish, ularning professionalligi, o‘z ishini bilishi, amaliy ish tajribasi, yuqori ishchanlik darajasi va ma’naviy-axloqiy sifatlari kafolatlanganligini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish choralarini ko‘rish, tarkibiy bo‘linmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
tarkibiy bo‘linmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini sifatli ishlab chiqishni tashkil etish, Vazirlikning tarkibiy bo‘linmalarida tayyorlangan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini kelgusida muhokama etish, imzolash (viza qo‘yish) uchun ko‘rib chiqish va viza qo‘yish, ularning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti va Vazirlar Mahkamasi Reglamenti talablariga qat’iy ravishda, o‘z vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlash, Vazir topshirig‘iga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
Vazirlikka taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini to‘liq va har tomonlama ko‘rib chiqish;
xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son, “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lish samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga to‘la muvofiq ravishda tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, xizmat safarlariga ajratiladigan mablag‘lardan oqilona foydalanishni ta’minlash;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini doimiy tanqidiy tahlil qilib borish, Vazirlikning hay’at yig‘ilishlarida ularning shaxsiy hisobotlarini tinglash, muhokama yakunlari bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish;
Vazirlik faoliyatini takomillashtirish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar qabul qilish, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish va ularni ko‘rib chiqish uchun Vazirga kiritish;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimida qolishi maqsadga muvofiqligi masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha Vazirga takliflar kiritish, ularning funksional mas’uliyatlari va yuklangan vazifalar bajarilishida shaxsiy mas’uliyatini oshirish yuzasidan tizimli choralarni amalga oshirish;
Vazirlik xodimlari tomonidan xodimning odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash;
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Vazirlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularni sodir etishga imkon yaratuvchi omillarni aniqlash, tahlil qilish, sabab va sharoitlarini bartaraf etish;
Vazirga davlat xizmatlarini ko‘rsatish samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanish darajasini oshirish bo‘yicha takliflar kiritish;
jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko‘rib chiqish, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, shaxsiy qabullarni, shu jumladan, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunida hamda Vazirlikda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi tegishli hujjatlarda belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining sayyor qabullarini muntazam o‘tkazish yuzasidan samarali ishlarni tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ular faoliyatida faol ishtirok etish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan kelib tushadigan jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
davlat siri va maxfiy axborotlar toifasiga kiruvchi ma’lumotlar bilan ishlashda qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash;
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning uzoq va o‘rta muddatli davlat dasturlarini, tarmoq va hududiy dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida malakali kadrlarni tayyorlash, kasbiy ta’lim muassasalarining o‘quv darajasi va sifatini tubdan oshirishga ko‘maklashish, kadrlarni, shu jumladan xorijdagi ilg‘or ilmiy-tadqiqot muassasalarida va ta’lim markazlarida tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish;
qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida xorijiy davlatlar, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshirish.
23. Quyidagilar Vazirlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;
tarkibiy bo‘linmalar faoliyatiga bevosita rahbarlikni amalga oshirish, mazkur bo‘linmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar ijrosini ta’minlash;
o‘z vakolati doirasida Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
prognoz ko‘rsatkichlarni muntazam tahlil qilib borish va qayd etilgan ko‘rsatkichlarga tarkibiy va hududiy bo‘linmalar tomonidan so‘zsiz erishishni ta’minlashga yo‘naltirilgan qo‘shimcha choralarni ko‘rish yuzasidan takliflarni ko‘rib chiqish uchun Vazirning mutasaddilik qiladigan o‘rinbosarlariga kiritish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, Vazirlikning tarkibiy bo‘linmalarida ijro intizomini mustahkamlashning kompleks amaliy chora-tadbirlarini amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Davlat organlari tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq tarkibiy bo‘linmalar xodimlari tomonidan topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishida shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha choralar ko‘rish;
Hay’at qarorlari, Vazir va uning o‘rinbosarlari buyruqlari va topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
tarkibiy bo‘linmalarning ish rejalarini ishlab chiqish, ularni tasdiqlash uchun kiritish, ularda qayd etilgan vazifalar va tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
tarkibiy bo‘linmalarga yuklangan vazifalarning ijrosini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, Vazirlik hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatida amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish;
tarkibiy bo‘linmalar faoliyati masalalari bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va ularni ko‘rib uchun Vazirlik rahbariyatiga kiritish;
Vazirlik rahbariyatiga tarkibiy bo‘linmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish bo‘yicha takliflar taqdim etish, ularning professionalligi, o‘z ishini bilishi, amaliy ish tajribasi, yuqori ishchanlik darajasi va ma’naviy-axloqiy sifatlari kafolatlanganligini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish choralarini ko‘rish, tarkibiy bo‘linmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
tarkibiy bo‘linmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini sifatli ishlab chiqishni tashkil etish, Vazirlikning tarkibiy bo‘linmalarida tayyorlangan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini kelgusida Vazirlik rahbariyati tomonidan ko‘rib chiqish, imzolash (viza qo‘yish) uchun ko‘rib chiqish va viza qo‘yish, ularning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti va Vazirlar Mahkamasi Reglamenti talablariga qat’iy ravishda o‘z vaqtida Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlash, Vazirlik rahbariyati topshirig‘iga muvofiq Vazirlar Mahkamasi apparatida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
Vazirlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini to‘liq va har tomonlama ko‘rib chiqish;
xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son, “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lish samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq amalga oshirish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, xizmat safarlari uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;
tarkibiy bo‘linmalar xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini doimiy tanqidiy tahlil qilib borish, yig‘ilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitib borish, ularni ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish;
tarkibiy bo‘linmalar xodimlari tomonidan xodimning odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash;
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq tarkibiy bo‘linmalarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularni sodir etishga imkon yaratuvchi omillarni aniqlash, tahlil qilish, sabab va sharoitlarini bartaraf etish;
davlat xizmatlarini ko‘rsatish samaradorligi, sifati va ulardan foydalanish darajasini oshirish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish uchun vazirlik rahbariyatiga kiritish;
jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko‘rib chiqish, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, shaxsiy qabullarni, shu jumladan, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida hamda Vazirlikda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi tegishli hujjatlarda belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining sayyor qabullarini muntazam o‘tkazish yuzasidan samarali ishlarni tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ular faoliyatida faol ishtirok etish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan kelib tushadigan jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 28-dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofiq o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
davlat siri va maxfiy axborotlar toifasiga kiruvchi ma’lumotlar bilan ishlashda qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash;
tarkibiy bo‘linmalar xodimlari faoliyatini tasdiqlangan lavozim yo‘riqnomalariga qat’iy muvofiq ravishda tashkil etish;
tarkibiy bo‘linmalar vakolatiga tegishli masalalar bo‘yicha tahliliy materiallarni Vazirlik rahbariyati uchun tayyorlash;
Vazirlik tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini o‘rganish hamda ularga amaliy yordam ko‘rsatishni tashkil etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.
24. Quyidagilar Vazirlik hududiy bo‘linmalari va tuman (Quvasoy shahar) bo‘limlari boshliqlarining funksional vazifalari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;
hududiy bo‘linma, tuman (Quvasoy shahar) bo‘limlari faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining tegishli hujjatlari, shuningdek, boshqa qonun hujjatlari va Vazirlik buyruqlari bilan yuklangan vazifa va funksiyalarning ijrosini ta’minlash;
hududiy bo‘linma, tuman (Quvasoy shahar) bo‘limlari faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlash bo‘yicha amaliy choralarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Davlat organlari tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq hududiy bo‘linmalarda ijro intizomini mustahkamlashning kompleks amaliy chora-tadbirlarini amalga oshirish, hududiy bo‘linmalar xodimlari tomonidan topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishida shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha choralar ko‘rish;
Vazirlik Hay’ati qarorlari, Vazir va uning o‘rinbosarlari buyruqlari va topshiriqlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha hamkorlik qilish;
o‘z o‘rinbosarlarining vakolatlarini belgilash, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlash, hududiy bo‘linmalar, tuman (Quvasoy shahar) bo‘limlarining boshqa mansabdor shaxslarining vakolatlarini belgilash, o‘z o‘rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan Vazirlik hududiy bo‘linmalari, tuman (Quvasoy shahar) bo‘limlari faoliyatining alohida tarmoqlariga rahbarlik qilish uchun shaxsiy mas’uliyat darajasini belgilash;
hududiy bo‘linma, tuman (Quvasoy shahar) bo‘limlari faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, Vazirlik hududiy bo‘linmalari va o‘z o‘rinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ular ijrosi holatini nazorat qilib borish;
hududiy bo‘linma, tuman (Quvasoy shahar) bo‘limlarida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishni tashkil etish, ularning samarali faoliyat yuritishlari uchun zarur sharoitlarni yaratish, hududiy bo‘linmalarning kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Vazirlik apparati nomenklaturasiga kiradigan bo‘sh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, hududiy bo‘linmalarga ishga qabul qilinadigan boshqa kadrlarning professionalligi, o‘z ishini bilishi, amaliy ish tajribasi, yuqori ishchanlik darajasi va ma’naviy-axloqiy sifatlari kafolatlanganligini ta’minlash;
hududiy bo‘linma, tuman (Quvasoy shahar) bo‘limlari xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, o‘z o‘rinbosarlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish to‘g‘risida takliflar kiritish, shu jumladan ular egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni ko‘rib chiqish, ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha muntazam chora-tadbirlar ko‘rish;
hududiy bo‘linma, tuman (Quvasoy shahar) bo‘limlari xodimlari tomonidan xodimning odob-axloq qoidalariga rioya etilishi ta’minlanishini nazorat qilish;
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq hududiy bo‘linmalar tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularni sodir etishga imkon yaratuvchi omillarni aniqlash, tahlil qilish, sabab va sharoitlarini bartaraf etish;
prognoz ko‘rsatkichlar bajarilishini muntazam tahlil qilib borish va qayd etilgan ko‘rsatkichlarga hududiy bo‘linmalar, tuman (Quvasoy shahar) bo‘limlari tomonidan so‘zsiz erishishni ta’minlashga yo‘naltirilgan qo‘shimcha choralarni ko‘rish yuzasidan takliflarni ko‘rib chiqish uchun Vazirning mutasaddilik qiladigan o‘rinbosarlariga kiritish;
hududiy bo‘linma, tuman (Quvasoy shahar) bo‘limlari xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini doimiy tanqidiy tahlil qilib borish, yig‘ilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitib borish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;
hududiy bo‘linma, tuman (Quvasoy shahar) bo‘limlari faoliyati masalalari bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirishga doir, shuningdek, davlat xizmatlarini ko‘rsatish samaradorligi, sifati va ulardan foydalanish darajasini oshirish bo‘yicha takliflarni Vazirlik rahbariyatiga ko‘rib chiqish uchun kiritish;
jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko‘rib chiqish, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, shaxsiy qabullarni, shu jumladan, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida hamda Vazirlikda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi tegishli hujjatlarda belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining sayyor qabullarini muntazam o‘tkazish yuzasidan samarali ishlarni tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ular faoliyatida faol ishtirok etish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan kelib tushadigan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqish;
hududiy bo‘linma xodimlari lavozim maoshiga mukofotlar, ustamalar to‘lash, ularga moddiy yordam berish, ularni mukofotlash, rag‘batlantirish va ularga intizomiy chora qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilish, ularni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash to‘g‘risida Vazirlikka takliflar kiritish;
davlat siri va maxfiy axborotlar toifasiga kiruvchi ma’lumotlar bilan ishlashda qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash.
6-bob. Vazirlik rahbarlarining javobgarligi
25. Vazir:
mazkur Nizom hamda boshqa qonun hujjatlari bilan yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi, shuningdek vazirlik faoliyatidagi kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur choralar ko‘rish;
mamlakat va hududlar qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar, strategiya va konsepsiyalarning natijadorligi, ularda nazarda tutilgan tadbirlarni sifatli va to‘laqonli amalga oshirish;
vazirlik, uning tarkibiy va hududiy bo‘linmalarida ijro intizomiga qat’iy rioya etish uchun shaxsan javob beradi.
26. Vazirning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari:
sohaning tegishli tarmoqlari bo‘yicha ko‘rsatmalarning muddatida bajarilishi va natijadorligi;
mutasaddilik qilinadigan tarmoqlarning barqaror rivojlanishini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarning samaradorligi va natijadorligi uchun shaxsan javob beradi.
27. Vazirlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari:
tegishli tarkibiy bo‘linmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning amalga oshirilishi;
ushbu Nizomning 16-bandida nazarda tutilgan Vazirlik markaziy apparatining javobgarlik sohalari bo‘yicha;
ushbu Nizomning 23-bandida ko‘rsatilgan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
28. Vazirlik hududiy bo‘linmalari rahbarlari:
qonun hujjatlari, vazirlik rahbarlarining topshiriqlari hamda yuklatilgan vazifa va funksiyalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan qat’iy nazoratni amalga oshirish;
davlat va tarmoq dasturlari bilan uzviy bog‘liq holda hudud qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha dasturlarni belgilangan tartibda ishlab chiqilishini ta’minlash;
hudud qishloq xo‘jaligini rivojlanish tendensiyalari to‘g‘risidagi obyektiv va haqqoniy tahliliy axborotni vazirlikka o‘z vaqtida taqdim etish;
qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan hududiy dasturlarning natijadorligi;
hudud qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha yuklatilgan vazifalarning o‘z muddatida va sifatli amalga oshirish;
ushbu Nizomning 18-bandida nazarda tutilgan vazirlik hududiy bo‘linmalarining javobgarlik sohalari bo‘yicha, o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
29. Vazirlikning tuman (Quvasoy shahar) bo‘limlari rahbarlari:
qonun hujjatlari, vazirlik va hududiy bo‘linmalar rahbarlarining topshiriqlari hamda yuklatilgan vazifa va funksiyalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan qat’iy nazoratni amalga oshirish;
tuman (Quvasoy shahar) qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalarni sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash;
hududiy bo‘linmalarga taqdim etiladigan tahliliy ma’lumotlarning o‘z vaqtida, sifatli va to‘laqonli taqdim etish;
ushbu Nizomning 20-bandida nazarda tutilgan vazirlikning tuman (Quvasoy shahar) bo‘limlarining javobgarlik sohalari bo‘yicha, o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
7-bob. Vazirlik faoliyatini tashkil etish
1-§. Vazirlik rahbariyati
30. Vazirlikka O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan vazir rahbarlik qiladi.
31. Vazir o‘z maqomiga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi Rayosatining a’zosi hisoblanadi.
32. Vazirning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan olti nafar o‘rinbosari, shu jumladan birinchi o‘rinbosari bo‘ladi.
(32-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-noyabrdagi 721-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 09/21/721/1110-son)
Vazir bo‘lmagan vaqtda uning vakolatlari vazifalar taqsimotiga muvofiq uning birinchi o‘rinbosari yoki o‘rinbosarlari tomonidan amalga oshiriladi.
33. O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirining iqtisod, innovatsion rivojlanish va investitsiyalar masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
34. Vazirlik markaziy apparatning tarkibiy bo‘linmalari xodimlari vazir tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-dekabrdagi PQ-413-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2024-y., 07/24/413/0992-son)
35. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirining taqdimnomasiga binoan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-dekabrdagi PQ-413-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2024-y., 07/24/413/0992-son)
351. Viloyat hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalari boshliqlari O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirining taqdimnomasiga binoan viloyat hokimlari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
(351-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-dekabrdagi PQ-413-son qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2024-y., 07/24/413/0992-son)
36. Viloyatlar (Toshkent shahar) qishloq xo‘jaligi boshqarmalari boshliqlari o‘rinbosarlari ochiq mustaqil tanlov asosida O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi.
37. Tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — tuman (Quvasoy shahar) qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshliqlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va viloyatlar hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri, viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i taqdimnomasiga binoan tuman hokimlari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
(36 va 37-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-dekabrdagi PQ-413-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2024-y., 07/24/413/0992-son)
38. Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari to‘g‘risidagi nizomlar, agar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi qarorlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, vazir tomonidan tasdiqlanadi.
2-§. Vazirlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalarining hududiy bo‘linmalar, tuman (Quvasoy shahar) bo‘limlari va idoraviy mansub tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi tartibi
39. Vazirlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalarining uning hududiy bo‘linmalari, tuman (Quvasoy shahar) bo‘limlari va idoraviy mansub tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligi markaziy apparat tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlari tomonidan ta’minlanadi.
40. Vazirlik markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmalari vazirlikning hududiy bo‘linmalari, tuman (Quvasoy shahar) bo‘limlari va idoraviy mansub tashkilotlari bilan o‘z faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilib:
topshiriqlarni hududiy bo‘linmalarga va idoraviy mansub tashkilotlarga yetkazadi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi;
vazirlikning hududiy bo‘linmalariga va idoraviy mansub tashkilotlariga tarkibiy bo‘linmalarning bevosita faoliyati masalalari bo‘yicha so‘rovlar yuboradi hamda ularning ijro etilishini nazorat qiladi;
vazirlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyati amaliyotini tekshiradi va o‘rganadi, umumlashtiradi, uni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi;
vazirlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini tashkil etish va faoliyati natijalari to‘g‘risida hisobot va axborot materiallari, statistika ma’lumotlari va boshqa ma’lumotlarning o‘rganilishini tashkil etadi;
vazirlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari ish rejalarini tahlil qiladi, ularning faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirishga doir choralar ko‘radi;
vazirlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlaridan tushgan takliflarni ko‘rib chiqadi;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda vazirlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari ishtirokini tashkil etadi, qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha ulardan tushgan takliflarni ko‘rib chiqadi.
41. Vazirlikning hududiy bo‘linmalari, tuman (Quvasoy shahar) bo‘limlari va idoraviy mansub tashkilotlari vazirlik markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi, shu jumladan:
vazirlik rahbariyati topshiriqlari ijrosi haqida axborot beradi;
qishloq xo‘jaligi sohasida qonun hujjatlarini amalga oshirish bo‘yicha faoliyat natijalari to‘g‘risida axborot taqdim etadi;
ularning faoliyatini tekshirish va o‘rganish natijasida aniqlangan kamchiliklar va qoidabuzarliklarni bartaraf etish natijalari to‘g‘risida axborot beradi;
o‘z faoliyati natijalari to‘g‘risidagi hisobotlarni belgilangan tartibda va muddatlarda vazirlikning markaziy apparatiga taqdim etadi;
hududlarda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasini rivojlantirishning dolzarb vazifalari, shu jumladan aholining dolzarb muammolarini tezkor hal etishga qaratilgan takliflarni vazirlik markaziy apparatiga taqdim etadi;
kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan o‘zaro hamkorlik natijalari to‘g‘risida axborot beradi;
vakolatli organlar tomonidan o‘tkazilgan o‘z faoliyatini tekshirish natijalari to‘g‘risida ma’lumot beradi.
42. Vazirlikning hududiy bo‘linmalari har tomonlama chuqur tahlil hamda tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari tomonidan taqdim etilgan axborotlarni umumlashtirish asosida hududlar qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning prognoz va maqsadli ko‘rsatkichlariga erishish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risidagi tahliliy ma’lumot hamda yuzaga kelgan muammolarni hal etish bo‘yicha asosli takliflarni har chorakda vazirlik, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga kiritib boradi.
43. Vazirlikning tuman (Quvasoy shahar) bo‘limlari har tomonlama chuqur tahlil hamda tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining tuman bo‘limlari tomonidan taqdim etilgan axborotlarni umumlashtirish asosida tuman (Quvasoy shahar) qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning prognoz va maqsadli ko‘rsatkichlariga erishish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risidagi tahliliy ma’lumot hamda yuzaga kelgan muammolarni hal etish bo‘yicha asosli takliflarni har chorakda vazirlikning hududiy bo‘linmasi, tuman (Quvasoy shahar) hokimligiga kiritib boradi.
44. Vazirlikning hududiy bo‘linmalari, tuman (Quvasoy shahar) bo‘limlari Vazirlik hamda mos ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklariga hisobdordir.
3-§. Vazirlikning boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi
45. Vazirlik davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan o‘zaro hamkorlik sohasida:
o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari, vazirlikning hududiy bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha belgilangan tartibda takliflar tayyorlash va taqdim etishda ishtirok etadi.
46. Vazirlikning hududiy bo‘linmalari o‘z vakolati doirasida boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
Vazirlikning hududiy bo‘linmalari tegishli hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqishda va amalga oshirishda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan o‘zaro yaqin hamkorlik qiladi.
4-§. Vazirlikning hay’ati, boshqa kengash, maslahat, ekspert organlari
47. Vazirlikda vazir (hay’at raisi), uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari (lavozimi bo‘yicha), shuningdek, uning faoliyati asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy bo‘linmalar rahbarlaridan iborat hay’at tuziladi.
Hay’at tarkibining soni va shaxsiy tarkibi vazirning taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
48. Hay’atga quyidagi vazifalar yuklanadi:
vazirlikning mazkur Nizomda belgilangan asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
qonun hujjatlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarida belgilangan vazifalar o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini tashkil etish;
vazirlik va boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruv organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining o‘zaro hamkorligini ta’minlash;
vazirlikning nomenklaturasiga kiritilgan lavozimlarga kadrlarni tanlash, tayinlash, malakasini oshirish masalalarini ko‘rib chiqish.
Hay’at vazirlik vakolatiga kiritilgan boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqishga haqlidir.
Hay’at majlisiga davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari, ularning vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan taklif etilishi mumkin.
49. Hay’at, agar uning majlisida hay’at tarkibining yarmidan ko‘pi qatnashgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. Ko‘rib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qarorlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
50. Hay’at qarorlari vazirning buyruqlari bilan amalga oshiriladi.
51. Vazir va hay’at a’zolari o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, vazir yuzaga kelgan kelishmovchiliklar haqida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga o‘z fikrini bildirishi mumkin.
52. Hay’at faoliyati tartibi uning hay’at tomonidan tasdiqlanadigan reglamenti bilan belgilanadi.
53. Vazirlikda kengash, maslahat va ekspert organlari tuzilishi mumkin.
54. Vazirlik huzurida tuziladigan kengash, maslahat va ekspert organlari tarkibi va ular to‘g‘risidagi nizomlar vazir tomonidan tasdiqlanadi, ularning tarkibi va nizomlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tasdiqlanadigan hollar bundan mustasno.
55. Vazirlik huzurida vazirning birinchi o‘rinbosari (Kengash raisi), vazirlikning tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari va mutaxassislari, shuningdek, tadbirkorlik subyektlaridan iborat tarkibda, faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi jamoatchilik kengashi tashkil etiladi.
56. Jamoatchilik kengashining shaxsiy tarkibi va Jamoatchilik kengashi to‘g‘risidagi nizom vazir tomonidan tasdiqlanadi.
Jamoatchilik kengashi yig‘ilishida qabul qilingan qaror asosida Kengash raisiga o‘z shaxsiy tarkibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqi beriladi.
57. Jamoatchilik kengashining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarda, qarorlarda, shuningdek, davlat, tarmoq va hududiy rivojlantirish dasturlarida jamoatchilik manfaatlari va jamoatchilik fikri hisobga olinishi, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jamiyat manfaatlarini himoya qilish sohasida qonun hujjatlari talablari ijrosini ta’minlash, vazirlik zimmasiga yuklangan hamda ijtimoiy va jamoatchilik manfaatlariga daxl qiluvchi vazifalar va funksiyalarni bajarish, davlat xizmatlarini ko‘rsatish, ijtimoiy sheriklik doirasida amalga oshiriladigan bitimlar, shartnomalar, loyihalar va dasturlarni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha davlat organi va uning mansabdor shaxslarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
birgalikda muloqot qilish, vazirlikning nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorligini ta’minlash uchun vazirlikni fuqarolar bilan bog‘lab turadigan “ko‘prik” rolini bajarish;
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxl qiluvchi eng muhim masalalar yuzasidan vazirlikning faoliyati haqidagi jamoatchilik fikrini tizimli monitoring qilish va har tomonlama tahlil qilish, sotsiologik so‘rovlar o‘tkazish, jumladan ularni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o‘tkazish;
vazirlik faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlari va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etish, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilgan ishlar ustidan monitoring va tahlil o‘tkazish, shuningdek, ularning natijalari bo‘yicha takliflar tayyorlash;
vazirlik faoliyatining ochiqligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlarni monitoring qilish, uning faoliyati to‘g‘risida batafsil axborot olish imkoniyatlarini tahlil qilish, ularni yanada kengaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
vazirlik faoliyatini isloh qilishda fuqarolar ishtirok etishi uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish va ularni yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
vazirlik faoliyati bo‘yicha fuqarolar o‘rtasida o‘tkaziladigan tushuntirish ishlari va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etish, ularning samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
vazirlik xodimlari va ular oilalarining uy-joy, ijtimoiy-maishiy, xizmat shart-sharoitlarini, ularga malakali tibbiy yordam ko‘rsatish sharoitlarini, shuningdek, ishdan bo‘shatilgan yoki zaxiraga olingan xodimlarni ijtimoiy va kasbiy moslashtirish bo‘yicha muammolarni kompleks tahlil qilish hamda tahlil yakunlari bo‘yicha mazkur sharoitlarni yaxshilash yuzasidan takliflar kiritish.
8-bob. Vazirlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari
58. Faoliyat samaradorligini baholash quyidagi tartibda:
vazir, uning birinchi o‘rinbosari, o‘rinbosarlari, vazirlik hududiy bo‘linmalari rahbarlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadigan baholash mezonlari va indikatorlari asosida;
vazirlikning boshqarma va bo‘lim boshliqlari, shuningdek, vazirlik markaziy apparati va hududiy bo‘linmalar xodimlarining faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash vazir tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadigan baholash mezonlari va indikatorlari asosida amalga oshiriladi.
59. Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari bo‘yicha:
vazirlik rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlikka tortish;
vazirlik faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari ko‘riladi.
9-bob. Vazirlikni moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash, uning xodimlarini moddiy rag‘batlantirish
60. Vazirlik faoliyatini moliyalashtirish va uning xodimlariga moddiy rag‘batlantirish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
61. Vazirlik xodimlarining ish haqi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan oylik maoshi, mukofot, moddiy yordam, ustama va rag‘batlantirish to‘lovlaridan iborat.
Vazirlik xodimlari lavozim maoshlariga har oyda qo‘shiladigan rag‘batlantirish xususiyatiga ega bo‘lgan qo‘shimcha haqlar va ustamalar Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-iyundagi 487-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida nizomga muvofiq to‘lanadi.
62. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, vazirlik huzuridagi Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va oziq-ovqat ta’minoti jamg‘armasi va vazirlikning budjetdan tashqari mablag‘lari, shu jumladan vaqtincha bo‘sh turgan budjetdan tashqari mablag‘larni tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan, xizmatlar ko‘rsatishdan olinadigan daromadlar, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Vazirlik markaziy apparati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalari va tumanlar (Quvasoy shahar) qishloq xo‘jaligi bo‘limlari faoliyatini moliyalashtirish, xodimlarni moddiy rag‘batlantirish (ish haqi, mukofot pullari, ustamalar va boshqa pul mukofotlari to‘lash) manbalari hisoblanadi.
10-bob. Vazirlikning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasi oldida hisobdorligi
63. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari zarur bo‘lgan hollarda o‘zlarining majlislarida O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirining o‘z faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitishi mumkin.
64. Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi bilan o‘zaro hamkorlik qilish doirasida:
yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda kiritadi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda qishloq xo‘jaligi sohasidagi muammolarni hal etish, davlat boshqaruvi tizimini maqbullashtirish, agrar sohani yanada rivojlantirishga qaratilgan taklif, tavsiya va tahliliy ma’lumotlar tayyorlanishini ta’minlaydi;
qishloq xo‘jaligi sohasida investitsiya loyihalarini tayyorlash, amalga oshirish va samaradorligini baholash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqadi va amalga oshiradi, qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqib, investitsion jarayon samaradorligini oshirish bo‘yicha aniq takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;
qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirishning eng muhim yo‘nalishlari va vazifalarini amalga oshirishda mavjud tizimli muammo va kamchiliklarni muntazam ravishda ko‘rib chiqilishini tashkil qiladi;
belgilangan tartibda boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
65. Vazirlik har tomonlama chuqur tahlil, hududiy bo‘linmalar hamda tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan taqdim etilgan axborotlarni umumlashtirish asosida mamlakat qishloq xo‘jaligini rivojlantirish yakunlari to‘g‘risidagi har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga hisobot taqdim etib boradi.
66. Vazirlik har chorak yakuni bo‘yicha tegishli hisobot davri uchun mamlakat qishloq xo‘jaligi rivojlantirish natijalari to‘g‘risidagi press-relizni o‘z veb-saytida yoritilib borilishini ta’minlaydi.
11-bob. Yakunlovchi qoida
67. Vazirlikni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 571-son qaroriga 2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
o‘zgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida” 2018-yil 28-iyundagi 487-son qarori 1-bandining ikkinchi xatboshisi va 1-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq va suv xo‘jaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 17-apreldagi PF-5418-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 17-apreldagi PQ-3671-son qarori, “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 17-apreldagi PQ-3672-son qarori)” 2018-yil 10-dekabrdagi 995-son qaroriga 1-ilova 137-bandining “b” kichik bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Idoralararo kollegial organlarni tubdan qisqartirish va yanada optimallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 28-avgustdagi PF-5527-son Farmoni)” 2019-yil 23-fevraldagi 161-son qaroriga 1-ilovaning 40-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.