toggle_night_mode
Hujjat 20.06.2019 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimining tubdan takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 2-apreldagi PF-5392-son, “Idoralararo kollegial organlarni tubdan qisqartirish va yanada optimallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 28-avgustdagi PF-5527-son, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 10-yanvardagi PF-5624-son farmonlari va “Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2018-yil 2-apreldagi PQ-3646-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari ― transport vaziri A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vaziri birinchi oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 14-iyun,
498-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 1994-yil 12-avgustdagi 410-son qarorida:
a) 1-bandning “b” kichik bandi birinchi xatboshidagi va “g” kichik bandining birinchi xatboshidagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) Oʻzbekiston Respublikasida standartlar va oʻlchov vositalari ustidan davlat nazorati toʻgʻrisidagi Nizomda:
1-bandning birinchi xatboshidagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2-bandning oʻninchi, oʻn birinchi va oʻn yettinchi xatboshilaridagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida” 2000-yil 12-iyuldagi 267-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT 2000-y.,7-son, 39-modda):
a) 2-banddagi “Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovadagi 22-bandning beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga tegishli qismi boʻyicha Qurilish vazirligi”;
v) 23-banddagi “Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasiga” soʻzlari “Qurilish vazirligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Kapital qurilishda tanlov savdolari tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 3-iyuldagi 302-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomda (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 57-modda):
a) 6-bandning yigirma uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) 9-bandning sakkizinchi xatboshidagi “Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 17-banddagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining soʻzlari “Qurilish vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 22-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 41-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlarda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun qurilish tashkilotlari tanlov savdolarida qatnashishi mumkin.”;
e) 80-banddagi va 81-bandning oltinchi xatboshidagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
sakkizinchi — oʻn oltinchi xatboshilar tegishli ravishda yettinchi — oʻn beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 23-dekabrdagi 496-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT 2000-y., 12-son, 79-modda) bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida yer monitoringi toʻgʻrisida”gi Nizomning 9-bandi birinchi xatboshidagi “Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2003-yil 24-sentabrdagi 410-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT 2003-y., 9-son, 87-modda):
a) 3-bandning uchinchi xatboshidagi “Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Litsenziyalarni berish, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan hollarda ularning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish va bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi (keyingi oʻrinlarda matnda Qurilish vazirligi deb ataladi) tomonidan qabul qilinadi.
Litsenziyalar berish toʻgʻrisidagi hujjatlarni koʻrib chiqish uchun Qurilish vazirligida ekspert komissiyasi tashkil etiladi. Ekspert komissiyasining faoliyati Qurilish vazirligi tomonidan tasdiqlangan nizomga muvofiq tashkil etiladi”;
9-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasiga” va “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining” soʻzlari tegishlicha “Qurilish vazirligiga” va “Qurilish vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
11-bandning ikkinchi xatboshidagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining” soʻzlari “Qurilish vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
13-bandning birinchi xatboshidagi, 14-bandning birinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilaridagi, 16-banddagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Litsenziyalar blankalari qatʼiy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi. Litsenziya blankalari namunalari Qurilish vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi hamda uning buyurtmasi boʻyicha “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadi. Qurilish vaziri litsenziya blankalarining hisobga olinishi, saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun shaxsan javob beradi.
Litsenziyalar Qurilish vazirligi tomonidan rasmiylashtiriladi va Qurilish vaziri (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi”;
17-banddagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasiga” va “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi” soʻzlari tegishlicha “Qurilish vazirligiga” va “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
18-bandning ikkinchi xatboshidagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining” soʻzlari “Qurilish vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
21-bandning birinchi xatboshidagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasiga” soʻzlari “Qurilish vazirligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
22-bandning ikkinchi xatboshidagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
23-bandning ikkinchi xatboshidagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasiga” soʻzlari “Qurilish vazirligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
24-bandning birinchi va uchinchi xatboshilaridagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasiga” va “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining” soʻzlari tegishlicha “Qurilish vazirligiga” va “Qurilish vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
25-banddagi va 26-bandning birinchi xatboshidagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
27-banddagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining” va “Davarxitektqurilish” qoʻmitasida” soʻzlari tegishlicha “Qurilish vazirligining” va “Qurilish vazirligida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
28-bandning ikkinchi xatboshidagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining” va “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi” soʻzlari tegishlicha “Qurilish vazirligining” va “Qurilish vazirligi”soʻzlari bilan almashtirilsin;
31-bandining birinchi xatboshidagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Litsenziyalarni berish, litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish, shuningdek, uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi qarorlar Qurilish sohasida islohotlarning amalga oshirilishi monitoringi va faoliyatni litsenziyalash boʻyicha Qurilish vazirligi komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) tomonidan qabul qilinadi. Komissiya faoliyati vazirlik tomonidan tasdiqlangan nizomga muvofiq tashkil etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vaziri (vazir yoʻqligida — tegishli vazir oʻrinbosari) komissiyaga raislik qiladi.
Talabgorlarning materiallarini koʻrib chiqish, tayyorlash va Komissiya majlisiga kiritish Qurilish vazirligining qurilishda litsenziyalashtirish boʻlimi xodimlari va boshqa mutaxassislardan iborat ishchi guruhi (keyingi oʻrinlarda “ishchi guruh” deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi”;
7-bandning sakkizinchi xatboshidagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
9-bandning birinchi xatboshidagi”Davarxitektqurilish” qoʻmitasiga” soʻzlari “Qurilish vazirligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
11-bandning ikkinchi xatboshidagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining” soʻzlari “Qurilish vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
13-bandning birinchi xatboshidagi va 14-bandning birinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilaridagi va 16-banddagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Litsenziyalar blankalari qatʼiy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi. Litsenziya blankalari namunalari Qurilish vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi, Komissiya tomonidan tasdiqlanadi va Qurilish vazirligining buyurtmasi boʻyicha “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadi. Qurilish vaziri litsenziya blankalarining hisobga olinishi, saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun shaxsan javob beradi.
Litsenziyalar Qurilish vazirligi tomonidan rasmiylashtiriladi va Komissiya raisi (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi.”;
17-bandlardagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasiga” soʻzlari “Qurilish vazirligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
18-bandning ikkinchi xatboshidagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining” soʻzlari “Qurilish vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
21-bandning birinchi xatboshidagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasiga” soʻzlari “Qurilish vazirligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
22-bandning ikkinchi xatboshidagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi” va “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining” soʻzlari tegishlicha “Qurilish vazirligi” va “Qurilish vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
23-bandning ikkinchi xatboshidagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasiga” soʻzlari “Qurilish vazirligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
24-bandning birinchi va uchinchi xatboshilaridagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasiga” va “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining” soʻzlari tegishlicha “Qurilish vazirligiga” va “Qurilish vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
25-banddagi va 26-bandning birinchi xatboshidagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
27-banddagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining” va Davarxitektqurilish” qoʻmitasida” soʻzlari tegishlicha “Qurilish vazirligining” va “Qurilish vazirligida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
28-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi” va “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining” soʻzlari tegishlicha “Qurilish vazirligi” va “Qurilish vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
31-bandining birinchi xatboshidagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
g) Nizomga ilovadagi sxemada “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining” soʻzlari “Qurilish vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Litsenziyalarni berish, litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish, shuningdek, uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi qarorlar Qurilish sohasida islohotlarning amalga oshirilishi monitoringi va faoliyatni litsenziyalash boʻyicha Qurilish vazirligi komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) tomonidan qabul qilinadi. Komissiya faoliyati vazirlik tomonidan tasdiqlangan nizomga muvofiq tashkil etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vaziri (vazir yoʻqligida — tegishli vazir oʻrinbosari) komissiyaga raislik qiladi.
Talabgorlarning materiallarini koʻrib chiqish, tayyorlash va Komissiya majlisiga kiritish Qurilish vazirligining qurilishda litsenziyalashtirish boʻlimi xodimlari va boshqa mutaxassislardan iborat ishchi guruhi (keyingi oʻrinlarda “ishchi guruh” deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi”;
9-bandning birinchi xatboshidagi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasiga” soʻzlari “Qurilish vazirligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
11-bandning ikkinchi xatboshidagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining” soʻzlari “Qurilish vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
12-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasiga” soʻzlari “Qurilish vazirligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
13-bandning birinchi xatboshidagi, 14-bandning birinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilaridagi va 16-bandidagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Litsenziyalar blankalari qatʼiy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi. Litsenziya blankalari namunalari Qurilish vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi, Komissiya tomonidan tasdiqlanadi va Qurilish vazirligining buyurtmasi boʻyicha “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadi. Qurilish vaziri litsenziya blankalarining hisobga olinishi, saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun shaxsan javob beradi.
Litsenziyalar Qurilish vazirligi tomonidan rasmiylashtiriladi va Komissiya raisi (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi.”;
17-banddagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasiga” soʻzlari “Qurilish vazirligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
18-bandning ikkinchi xatboshidagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining” soʻzlari “Qurilish vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
21-bandning birinchi xatboshidagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasiga” soʻzlari “Qurilish vazirligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
22-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi” va “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining” soʻzlari tegishlicha “Qurilish vazirligi” va “Qurilish vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
23-bandning ikkinchi xatboshidagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasiga” soʻzlari “Qurilish vazirligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
24-bandning birinchi va uchinchi xatboshilaridagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasiga” va “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining” soʻzlari tegishlicha “Qurilish vazirligiga” va “Qurilish vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
25-banddagi, 26-bandning birinchi xatboshidagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
27-banddagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining” va “Davarxitektqurilish” qoʻmitasida” soʻzlari tegishlicha “Qurilish vazirligining” va “Qurilish vazirligida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
28-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining” va “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi” soʻzlari tegishlicha “Qurilish vazirligining” va “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
31-bandning birinchi xatboshidagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
e) Nizomga ilovadagi sxemada “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining” soʻzlari “Qurilish vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Litsenziyalarni berish, litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish, shuningdek, uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi qarorlar Qurilish sohasida islohotlarning amalga oshirilishi monitoringi va faoliyatni litsenziyalash boʻyicha Qurilish vazirligi komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) tomonidan qabul qilinadi. Komissiya faoliyati vazirlik tomonidan tasdiqlangan nizomga muvofiq tashkil etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vaziri (vazir yoʻqligida — tegishli vazir oʻrinbosari) komissiyaga raislik qiladi.
Talabgorlarning materiallarini koʻrib chiqish, tayyorlash va Komissiya majlisiga kiritish Qurilish vazirligining qurilishda litsenziyalashtirish boʻlimi xodimlari va boshqa mutaxassislardan iborat ishchi guruhi (keyingi oʻrinlarda “ishchi guruh” deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi”;
9-bandning birinchi xatboshidagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasiga” soʻzlari “Qurilish vazirligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
11-bandning ikkinchi xatboshidagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining” soʻzlari “Qurilish vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
12-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasiga” soʻzlari “Qurilish vazirligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
13-bandning birinchi xatboshidagi, 14-bandning birinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilaridagi, 15-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi, 16-banddagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Litsenziyalar blankalari qatʼiy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi. Litsenziya blankalari namunalari Qurilish vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi, Komissiya tomonidan tasdiqlanadi va Qurilish vazirligi buyurtmasi boʻyicha “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadi. Qurilish vaziri litsenziya blankalari hisobga olinishi, saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun shaxsan javob beradi.
Litsenziyalar Qurilish vazirligi tomonidan rasmiylashtiriladi va Komissiya raisi (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi.”;
17-banddagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasiga” soʻzlari “Qurilish vazirligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
18-bandning ikkinchi xatboshidagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining” soʻzlari “Qurilish vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
21-bandning birinchi xatboshidagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasiga” soʻzlari “Qurilish vazirligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
22-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi” va “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining” soʻzlari tegishlicha “Qurilish vazirligi” va “Qurilish vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
23-bandning ikkinchi xatboshidagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasiga” soʻzlari “Qurilish vazirligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
24-bandning birinchi va uchinchi xatboshilaridagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasiga” va “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining” soʻzlari tegishlicha “Qurilish vazirligiga” va “Qurilish vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
25-banddagi va 26-bandning birinchi xatboshidagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
27-banddagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining” va “Davarxitektqurilish” qoʻmitasida” soʻzlari tegishlicha “Qurilish vazirligining” va “Qurilish vazirligida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
28-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining” va “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi” soʻzlari tegishlicha “Qurilish vazirligining” va “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
31-bandining birinchi xatboshidagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
z) Nizomga ilovadagi sxemada “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Vazirlar Mahkamasining “Kapital qurilishda narxlarni shakllantirishning smeta-normativ bazasini takomillashtirish va yangilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 24-oktabrdagi 463-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 20-son, 195-modda):
a) 1 va 2-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) 3-banddagi “Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasiga” soʻzlari “Qurilish vazirligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 5-banddagi “Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining” soʻzlari “Qurilish vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-fevraldagi 66-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT 2005-y., 2-son, 12-modda) bilan tasdiqlangan Davlat kadastrlari yagona tizimini yaratish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda:
a) 8-bandda oʻninchi xatboshidagi “Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) Ilovaning “Davlat kadastrlari” ustunidagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi”soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-noyabrdagi 250-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT 2005-y., 11-son, 60-modda) bilan tasdiqlangan Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda:
a) 5 va 9-bandlardagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 14-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi” va “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining” soʻzlari tegishlicha “Qurilish vazirligi” va “Qurilish vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 16-bandning birinchi xatboshidagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining” soʻzlari “Qurilish vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 17-bandning uchinchi xatboshidagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining” soʻzlari “Qurilish vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 20-banddagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
e) 22-bandining ikkinchi xatboshisidagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
j) 23-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“23. Davlat shaharsozlik kadastri obyektlari toʻgʻrisidagi kadastr axborotlarining ishonchliligi uchun Davlat shaharsozlik kadastri yurituvchi Qurilish vazirligi vakolatli tashkilotlarining va hududiy qurilish bosh boshqarmalari vakolatli boʻlinmalarining rahbarlari javob beradilar.”;
z) ilovadagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining” soʻzlari “Qurilish vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining “Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri davlat institutini tashkil etish toʻgʻrisida” 2006-yil 6-fevraldagi 14-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT 2006-y., 6-7-son, 33-modda):
a) 5-bandning ikkinchi xatboshidagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 5-ilovaning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Zakirov B.E.

Qurilish vazirining birinchi oʻrinbosari, komissiya raisining oʻrinbosari”.

Keyingi tahrirga qarang.
10. Vazirlar Mahkamasining “Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qoʻllab-quvvatlash uchun masʼul boʻlgan davlat organlari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2006-yil 20-fevraldagi 27-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT 2006-y., 8-son, 51-modda) bilan tasdiqlangan ilovaning 53 — 59-pozitsiyalari “Masʼul davlat organlari” ustunidagi “Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
11. Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik faoliyatining alohida tartibga solinadigan obyektlarini umumdavlat va mahalliy ahamiyatga molik obyektlar jumlasiga kiritish hamda shaharsozlik faoliyatining alohida tartibga solinadigan obyektlari chegaralarini belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2007-yil 2-fevraldagi 25-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT 2007-y., 2-3-son, 7-modda):
a) 3-bandning uchinchi xatboshidagi “Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
10 ― 20-bandlardagi, 21-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi, 22-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi, 23-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi va 26-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
12. Vazirlar Mahkamasining “Aholi punktlarini kompleks qurishda shaharsozlik normalari va qoidalari qatʼiy bajarilishini nazorat qilishni kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2009-yil 12-fevraldagi 41-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT 2009-y., 8-son, 77-modda):
a) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida 1-ilovaga muvofiq tarkibda Aholi punktlari kompleks qurilishini nazorat qilish komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) va respublika mintaqalari boʻyicha zaruriyatga qarab vaqtinchalik faoliyat yuritadigan ishchi guruhlari tashkil etilsin”;
ikkinchi xatboshidagi “arxitektura va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshidagi “arxitektura va qurilish boʻlinmalari” soʻzlari “qurilish boʻlimlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Aholi punktlari kompleks qurilishini nazorat qilish komissiyasi
TARKIBI

Ramatov A.J.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, Komissiya raisi

Lavozimiga kura

Qurilish vaziri, Komissiya raisining oʻrinbosari

Ergashev R.

Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari, Komissiya raisining oʻrinbosari

Zakirov B.I.

Qurilish vazirining birinchi oʻrinbosari

Tulyaganov K.N.

Qurilish vazirining oʻrinbosari

Abdullayev A.X.

“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining raisi

Gulyamov R.A.

Iqtisodiyot va sanoat vazirining birinchi oʻrinbosari

Kuchkarov B.T.

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining raisi

Saliyev M.X.

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri

Mirzabayev D.S.

Sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh davlat sanitariya vrachi

Abduvaliyev A.A.

Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi raisi

Javlonov Sh.S.

Fuqarolarni oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi raisi

Adilxodjayev B.E.

“ToshkentboshplanLITI” DUK direktori

Madjidov G.G.

“OʻzshaharsozlikLITI” DUK direktori

Axmedov I.S.

“Qishloqqurilishloyiha” institutining direktori

Qodirov B.

Vazirlar Mahkamasi Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyati bosh mutaxassisi

Hikmatullayev R.

Qurilish vazirligining hududlarni arxitektura va shaharsozlik jihatidan rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi, Komissiyaning masʼul kotibi

Izoh: Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, Komissiya tarkibiga ularning lavozimiga yangidan tayinlangan shaxslar yoki tegishli funksiyalar yuklangan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi aholi punktlarida zaruriyatga qarab vaqtinchalik kompleks qurilishni oʻrganish boʻyicha ishchi guruhi
TARKIBI

1.

Qurilish vazirligi — bosh boshqarma boshligʻi

2.

Ichki ishlar vazirligi — boshqarma boshligʻi

3.

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi — boshqarma boshligʻi

4.

“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi — boshqarma boshligʻi

5.

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi — boshqarma boshligʻi

6.

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi — boshqarma boshligʻi

7.

Sogʻliqni saqlash vazirligi — boshqarma boshligʻi

8.

Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi — boshqarma boshligʻi

9.

Fuqarolarni oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi — rais oʻrinbosari

10.

“ToshkentboshplanLITI” DUK — direktor oʻrinbosari

11.

“OʻzshaharsozlikLITI” DUK — direktor oʻrinbosari

12.

“Qishloqqurilishloyiha” instituti — direktor oʻrinbosari

Izoh. Zaruratga qarab, komissiya raisi tomonidan shu tarkibda bir yoki undan ortiq ishchi guruhlari tuzilishi mumkin. Guruh rahbari etib Respublika komissiyasi aʼzolaridan biri biriktiriladi.”.
5-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, hududiy qurilish, yer resurslari va davlat kadastri boʻlinmalari, boshqa aloqador organlar tomonidan shaharsozlikka oid qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan taʼsirchan nazoratni taʼminlash;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, hududiy qurilish boʻlimlari tomonidan aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalarining asosiy qoidalari amalga oshirilishini nazorat qilish”;
23-banddagi “Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-bandning ikkinchi xatboshidagi va 4-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “arxitektura va qurilish” soʻzlari “qurilish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
20-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“20. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari tegishli ravishda hududiy komissiyaning ishchi organi hisoblanadi”;
Aholi punktlari kompleks qurilishini nazorat qilish hududiy komissiya namunaviy tarkibining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Hududiy qurilish boʻlimi rahbarlari”
Keyingi tahrirga qarang.
13. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 9-martdagi 59-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT 2009-y., 3-son, 17-modda) bilan tasdiqlangan Zamonaviy arxitektura-shaharsozlik talablarini hisobga olgan holda aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etish qoidalarida:
a) 5-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“5. Obodonlashtirish boʻyicha loyihalash hujjatlari tuman (shahar)larning qurilish boʻlimlari tomonidan (keyingi oʻrinlarda qurilish boʻyicha hududiy organlar deb ataladi) yoki loyihalash uchun litsenziyaga ega boʻlgan tashkilotlar tomonidan, shahar va tumanlarning obodonlashtirish boshqarmalari buyurtmanomalari asosida ishlab chiqiladi.
Obodonlashtirish boʻyicha loyihalash hujjatlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar qurilish bosh boshqarmalarining shaharsozlik kengashlari tomonidan tasdiqlanadi.”.
b) 11-banddagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Shaharlar va tumanlarning qurilish boʻlimi boshliqlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligining, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalarining bosh arxitektorlari Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining vakolatli vakillari hisoblanadilar, ular:”;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari huzuridagi arxitektura va shaharsozlik kengashiga hududlarni obodonlashtirish loyihalarini koʻrib chiqish hamda tasdiqlash uchun kiritadilar”;
sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligining, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalarining belgilangan tartibda tasdiqlangan aholi punktlarining bosh rejalarini, mukammal rejalashtirish loyihalarini va boshqa shaharsozlik hujjatlarini amalga oshirish yuzasidan oʻz vakolatlari doirasida chora-tadbirlar koʻradilar”.
14. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi 102-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009 y, 15-son, 186-modda) bilan tasdiqlangan Davlat mulkini ijaraga berish tartibi toʻgʻrisida Nizomning 23-bandi ikkinchi xatboshidagi “Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining” soʻzlari “Qurilish vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 21-apreldagi 116-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009 y, 4-son, 30-modda) bilan tasdiqlangan “Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portaliga joylashtirish uchun taqdim etiladigan axborotlar Roʻyxati”dagi “Masʼullar” ustunining 37-pozitsiyasidagi “Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
16. Vazirlar Mahkamasining “Respublika loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 23-martdagi 50-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT 2010-y., 12-son, 85-modda) 2-bandning birinchi xatboshidagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
17. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT 2010-y., 14-15-son, 106-modda) bilan tasdiqlangan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga yoʻnaltirilayotgan davlat bojlari, yigʻimlar va soliq boʻlmagan toʻlovlardan, maʼmuriy va moliyaviy jazolardan ajratmalar miqdorlarining 16-pozitsiyasi “Vazirlik va idoralar” ustunidagi “Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-martdagi 84-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT 2011-y., 3-son, 19-modda) bilan tasdiqlangan Investitsiya loyihalarini kompleks boshqarish boʻyicha tarkibiy boʻlinma toʻgʻrisidagi namunaviy Nizomning 14-bandidagi “Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasida” soʻzlari “Qurilish vazirligida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
19. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 146-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT 2011-y., 5-son, 40-modda) bilan tasdiqlangan Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining koʻrgan zararlarini, shuningdek, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda:
a) 3-bandning birinchi xatboshidagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi arxitektura va” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) Nizomga 4-ilovasida:
“arxitektura va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“Davarxitektqurilish” qoʻmitasining” soʻzlari “Qurilish vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
20. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 149-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT 2011-y., 5-son, 42-modda) bilan tasdiqlangan Qonun hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini saqlash xizmatlari koʻrsatuvchi yuridik shaxslar tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 7-bandi ikkinchi xatboshidagi “Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
21. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 24-avgustdagi 242-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT 2011-y., 34-35-son, 350-modda) bilan tasdiqlangan Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlarning aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha funksiyalarida “Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi” matnining nomi “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Vazirlar Mahkamasining “Oilaviy korxona tomonidan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydigan moddalar, materiallar va asbob-uskunalar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2012-yil 13-sentabrdagi 269-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT 2012-y., 9-son, 67-modda) 3-bandidagi “Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
23. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 30-maydagi 150-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT 2013-y., 5-son, 33-modda) bilan tasdiqlangan Qurilish sohasida ruxsat beruvchi tusdagi hujjatlarni berish tartibotlarini amalga oshirish muddatlari va qiymatini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda:
a) 6-banddagi “arxitektura va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 9-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“9. Loyihaoldi va shaharsozlik hujjatlari quyidagilar tomonidan davlat ekspertizasidan oʻtkaziladi:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK tomonidan:
murakkablikning I — III toifalaridagi obyektlarning loyihaoldi (DTIH, DTIA, TIH, TIA bosqichlari) hujjatlari va shaharsozlik (IL va IH bosqichlari) boʻyicha;
xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining kafolati ostidagi yirik va strategik muhim investitsiya loyihalari boʻyicha;
rekonstruksiya (restavratsiya) qilinayotgan moddiy madaniy meros obyektlari boʻyicha;
yangidan ishlab chiqilayotgan eksperimental va ommaviy tarzda qoʻllanadigan namunaviy (bazaviy) loyihalar boʻyicha;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining davlat ekspertizasi hududiy filiallari (keyingi oʻrinlarda filiallar deb ataladi) tomonidan — murakkablikning I-II toifalaridagi obyektlarning shaharsozlik (IL va IH bosqichlari) hujjatlari boʻyicha.
Alohida hollarda filiallar tegishli asoslashlar mavjud boʻlganda yoki Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining topshirigʻiga (ruxsatiga) koʻra murakkablikning III toifasidagi obyektlarning, shuningdek respublikaning boshqa mintaqalarida joylashgan obyektlarning loyihaoldi (DTIH, DTIA, TIH, TIA bosqichlari) va shaharsozlik (IL va IH bosqichlari) hujjatlarini davlat ekspertizasidan oʻtkazishi mumkin.”;
v) 12-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Loyihaoldi va shaharsozlik hujjatlarining boshqa boʻlimlarini davlat ekspertizasidan oʻtkazish qiymati Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertizasi” Davlat unitar korxonasidan hamda uning hududiy filiallari xarajatlari doirasida belgilanadi”.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 21-iyundagi 176-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT 2013-y., 26-son, 334-modda) bilan tasdiqlangan 2013 ― 2022-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasining kredit liniyasi hisobiga tajriba tariqasida tomchilatib sugʻorish tizimini joriy etish uchun tijorat banklari tomonidan qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga kreditlar berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 19-bandi toʻrtinchi xatboshidagi “Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining” soʻzlari “Qurilish vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
25. Vazirlar Mahkamasining “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2014-yil 7-yanvardagi 1-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT 2014-y., 1-son, 1-modda) 2-bandning uchinchi xatboshidagi “Davlat arxitektura qurilish qoʻmitasining” soʻzlari “Qurilish vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-martdagi 53-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT 2014-y., 3-son, 22-modda) bilan tasdiqlangan Moddiy madaniy meros obyektlarini va ularga tutash hududlarni ularni obodonlashtirish va zarur holatda saqlash boʻyicha investitsiya majburiyatlari olgan holda ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 14-1-bandi ikkinchi xatboshidagi “Davlat arxitektura qurilish qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
27. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 140-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT 2014-y., 6-son, 57-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududlarini va hududlarining qismlarini rivojlantirishni rejalashtirishga doir hujjatlarni ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda:
a) 5-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Shaharsozlik hujjatlarini, Oʻzbekiston Respublikasi hududlarini rivojlantirishning tarmoq sxemalaridan tashqari, shuningdek muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish loyihalarini ishlab chiqish manfaatdor vazirliklar va idoralar ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi (keyingi oʻrinlarda Qurilish vazirligi deb ataladi) tomonidan taʼminlanadi”;
ikkinchi xatboshidagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
v) 8-bandning birinchi xatboshidagi, 10-bandi, 18 va 19-bandlardagi, 21-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi, 24-bandning birinchi xatboshidagi, 26-banddagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
g) 1-ilovadagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 2-ilovadagi izohlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Izohlar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududlaridan joylashtirishning Bosh sxemasini loyihalashga, Oʻzbekiston Respublikasi hududlarini rejalashtirish sxemasiga buyurtmachi tomonidan topshiriqni Qurilish bosh boshqarmasi boshligʻi vizalaydi, Qurilish vazirining oʻrinbosari kelishadi, Qurilish vaziri tasdiqlaydi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari kelishadi.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rejalashtirish sxemasini loyihalashga buyurtmachi tomonidan topshiriqni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosarining va viloyat hokimi oʻrinbosarining kotibiyat mudiri vizalaydi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va viloyat hokimining oʻrinbosari kelishadi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyat hokimi tasdiqlaydi, Qurilish vaziri kelishadi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi hududlarini rivojlantirishning tarmoq sxemalarini loyihalashga hamda muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish loyihalariga buyurtmachi tomonidan topshiriqni vazirlik va idora boshqarmasi boshligʻi vizalaydi, vazirlik va idora rahbarining oʻrinbosari kelishadi, vazirlik va idora rahbari tasdiqlaydi hamda Qurilish vaziri kelishadi.
4. Umumdavlat ahamiyatiga ega boʻlgan, alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlari hujjatlarini loyihalashga buyurtmachi tomonidan topshiriqni Qurilish bosh boshqarmasi boshligʻi vizalaydi, Qurilish vazirining oʻrinbosari kelishadi, Qurilish vaziri tasdiqlaydi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi departamenti mudiri kelishadi.”.
28. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi 194-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT 2014-y., 7-son, 72-modda) bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilarga suv taʼminoti va suv chiqarish xizmatlari koʻrsatish qoidalarining 24-bandi ikkinchi xatboshidagi “arxitektura va qurilish hududiy organlari” soʻzlari “hududiy qurilish boʻlimlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
29. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 14-avgustdagi 231-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT 2014-y., 8-son, 87-modda) bilan tasdiqlangan Hududlarning davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda:
a) 15-bandning 10-kichik bandi birinchi xatboshidagi “Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Hududlar davlat kadastrining bazaviy subyektlari — davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari” blokidagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
30. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT 2014-y., 10-son, 104-modda):
a) 1-ilovaning 12-bandi birinchi xatboshidagi “Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning 2-bandi sakkizinchi xatboshidagi “Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 3-ilovaning 2-bandi oʻn birinchi xatboshidagi “Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-bandning oʻninchi xatboshidagi “Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
29-1-bandning ikkinchi xatboshidagi “Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining” soʻzlari “Qurilish vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
81-bandning beshinchi xatboshidagi “Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining” soʻzlari “Qurilish vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-bandning beshinchi xatboshidagi “Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
34-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining” soʻzlari “Qurilish vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-bandning oʻn oltinchi xatboshidagi “Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
24-bandning sakkizinchi xatboshidagi “davlat arxitektura-qurilish nazoratining” soʻzlari “qurilish sohasida hududiy nazoratining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
31. Vazirlar Mahkamasining “Aholi punktlarida davlat kapital qoʻyilmalari hisobiga ichimlik suv taʼminotini va oqova suv xizmatini yaxshilash boʻyicha loyihalarni amalga oshirish samaradorligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 3-fevraldagi 19-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT 2015-y., 2-son, 6-modda):
a) 5 va 9-bandlardagi “Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-bandning toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
pudrat tashkiloti — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tanlov asosida tanlab olingan qurilish tashkiloti;”
10-banddagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
18-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining davlat arxitektura-qurilish nazorati hududiy inspeksiyalari” va “Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining Davlat arxitektura-qurilish nazorati hududiy inspeksiyasi” soʻzlari tegishlicha “Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari” va “Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
24-banddagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining” soʻzlari “Qurilish vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) Nizomning “Aholi punktlarida davlat kapital qoʻyilmalari hisobiga moliyalashtiriladigan ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishni tashkil etish sxemasi”dagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
32. Vazirlar Mahkamasining “Respublikaning chorvachilik va parrandachilik xoʻjaliklarida biogaz qurilmalari qurishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 25-noyabrdagi 343-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QHT 2015-y., 47-son, 599-modda) 2-bandi ikkinchi xatboshidagi “Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining” soʻzlari “Qurilish vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
33. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston bunyodkori” nashriyot uyini tashkil qilish va “Oʻzbekiston bunyodkori” gazetasini taʼsis etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 10-iyundagi 197-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2016 y, 20-iyun, 24-son, 285-modda):
a) 7-banddagi “Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
34. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 21-iyuldagi 237-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT 2016-y., 7-son, 69-modda) bilan tasdiqlangan Savdo va xavfsizlik tanlovini oʻtkazish va gʻoliblarni taqdirlashni tashkil etish boʻyicha maxsus komissiya tarkibiga 3-ilovaning oʻn toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“Xolmatov B.Z.

Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi boshligʻi”.

35. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT 2016-y., 10-son, 89-modda) bilan tasdiqlangan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin boʻlgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari roʻyxatining 35-bandidagi “Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
36. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-yanvardagi 14-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT 2017-y., 1-son, 2-modda) bilan tasdiqlangan Koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilishni moliyalashtirish, shuningdek yosh oilalarga, eskirgan uy-joylarda yashayotganlarga va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarning boshqa toifalariga sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 2-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “Qurilish-pudrat tashkilotlari reyestriga kiritilgan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
b) 14-bandning oltinchi xatboshidagi “Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
37. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 196-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT 2017-y., 4-son, 43-modda) bilan tasdiqlangan Erkin iqtisodiy zonalar hududida soliqlar va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 22-bandidagi “Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining” soʻzlari “Qurilish vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
38. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududlarida ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʻqitish markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 10-apreldagi 199-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT 2017-y., 15-son, 255-modda) 6-bandi toʻrtinchi xatboshidagi va 7-bandidagi “Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
39. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 239-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT 2017-y., 17-son, 301-modda) bilan tasdiqlangan 2018 — 2020-yillar davrida faqat davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlarini bosqichma-bosqich joriy etish jadvalidagi 34, 45 va 65-pozitsiyalarning “Tadbirkorlik subyektiga hujjat beruvchi vakolatli organ” ustunidagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi va “Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
40. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish uchun pudrat tashkilotlarini hamda qurilish materiallari va asbob-uskunalarni yetkazib beruvchilarni aniqlash yuzasidan tanlov savdolari oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 26-apreldagi 243-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT 2017-y., 4-son, 53-modda):
a) ilovaning 7-bandida:
oltinchi va yettinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligining, Toshkent shahar va viloyatlar qurilish bosh boshqarmalari;
qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari”;
b) 13-bandning uchinchi xatboshidagi “arxitektura-qurilish nazoratining hududiy inspeksiyalari” soʻzlari “qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 20-bandning ikkinchi xatboshidagi “Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining” soʻzlari “Qurilish vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 29-banddagi oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
yettinchi xatboshi tegishli ravishda oltinchi xatboshi deb hisoblansin;
d) 32-banddagi “Qurilish-pudrat tashkilotlari reyestriga kiritilmagan, shuningdek” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
41. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-maydagi 299-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017 y, 29-may, 21-son, 394-modda) bilan tasdiqlangan Joylardagi ijro hokimiyati organlari rahbarlari uchun xizmat uy-joylarini qurish, taqsimlash, foydalanish, saqlash va taʼmirlashni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda:
a) 4-bandning ikkinchi xatboshidagi “Qurilish-pudrat tashkilotlari reyestriga kiritilgan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 8-band va 9-bandlardagi “Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) ilovada tasdiqlangan sxemaning I-bosqich pozitsiyasidagi “Tadbirlar” ustunining 4-banddagi “Qurilish-pudrat tashkilotlari reyestriga kiritilgan” soʻzlari chiqarib tashlansin.
42. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 340-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT 2017-y., 6-son, 87-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi toʻgʻrisidagi Nizomning 10-bandi “v” kichik bandining oʻn birinchi xatboshidagi “Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining” soʻzlari “Qurilish vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
43. Vazirlar Mahkamasining “Aholi punktlarini qurishda shaharsozlik va yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlashga, shuningdek, tadbirkorlik maqsadlari uchun yer ajratish tartibini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 5-iyuldagi 467-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT 2017-y., 27-son, 623-modda):
a) 3-bandning birinchi xatboshidagi “Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“uy-joy qurishi uchun tuman qurilish boʻlimi bilan kelishilgan yakka tartibda ishlab chiqilgan loyihaning mavjudligini”;
4-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
44. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi innovatsiya texnoparki faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 5-iyuldagi 468-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT 2017-y., 27-son, 624-modda) 2-ilovaning 27-bandidagi, 28-bandning uchinchi xatboshidagi, 29-bandning birinchi xatboshidagi, 30-banddagi, 31-bandning birinchi xatboshidagi hamda 32-banddagi “arxitektura va” soʻzlari chiqarib tashlansin.
45. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-oktabrdagi 820-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT 2017-y., 10-son, 234-modda) bilan tasdiqlangan Qurilish obyektlarining murakkablik (xavflilik) darajasiga koʻra, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish jarayonida tekshirishlarni tayinlash va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda:
a) ilovaning 6-bandi yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qoidabuzarliklarni bartaraf etish boʻyicha koʻrsatmalar — Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi va uning qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda nazorat boʻyicha vakolatli davlat organi deb ataladi) mansabdor shaxslari — inspektorlarining belgilangan muddatlar bajarilishi shart boʻlgan yozma talablari. Koʻrsatmalar shaharsozlik faoliyati subyektlariga nisbatan sanksiyalar qoʻllashni nazarda tutmaydi. Koʻrsatma tekshiruvni amalga oshirgan organ mansabdor shaxsi tomonidan beriladi va imzolanadi”;
b) II-bob oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
v) 29 va 35-bandlardagi “Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasiga” soʻzlari “Qurilish vazirligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan baʼzi qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Qurilish ishlab chiqarishini tashkil etish va boshqarishning chet el tajribasini oʻrganish va ularning yangi usullarini hamda ilgʻor qurilish texnologiyalarini joriy etish ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida” 1999-yil 3-sentabrdagi 412-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Arxitektura va shaharsozlik sohasidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi uchun rahbarlar va mansabdor shaxslarning javobgarligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 23-avgustdagi 329-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 30-maydagi 150-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-yil, 5-son, 33-modda) bilan tasdiqlangan Qurilish sohasida ruxsat beruvchi tusdagi hujjatlarni berish tartibotlarini amalga oshirish muddatlari va qiymatini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning V bobi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Yagona qurilish reglamenti tizimini shakllantirish toʻgʻrisida” 2013-yil 20-avgustdagi 229-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2013-yil 26-avgust, 34-son, 455-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-yanvardagi 20-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlarning 4-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-martdagi 197-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 5-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-noyabrdagi 949-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlarning 1-bandi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son; 27.08.2020-y., 09/20/515/1223-son; 07.09.2020-y., 09/20/541/1260-son; 08.05.2021-y., 09/21/290/0440-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/579/0886-son; 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son; 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son, 15.10.2022-y., 09/22/601/0931-son, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son; 31.10.2023-y., 09/23/578/0811-son; 25.11.2023-y., 09/23/619/0893-son; 15.12.2023-y., 09/23/660/0938-son; 18.04.2024-y., 09/24/214/0285-son; 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son; 29.03.2025-y., 09/25/192/0285-son; 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)