1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.01.00 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
MEHNATNI MUHOFAZA QILISHGA DOIR ME’YORIY HUJJATLARNI QAYTA KO‘RIB CHIQISH VA ISHLAB CHIQISH TO‘G‘RISIDA
Ishlab chiqarishda mehnatning muhofaza qilinishini ta’minlash uchun “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga hamda bozor qayta o‘zgartirishlari shart-sharoitlariga javob beradigan me’yoriy bazani yaratish, shu asosda mulkchilikning barcha shakllari va ishlab chiqarish usullaridagi korxonalarda ishlovchi xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-iyuldagi 153-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 28-29-son, 234-modda)
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.01.00 Umumiy masalalar]
Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash Tartibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.01.00 Umumiy masalalar]
2. Belgilab qo‘yilsinki, mehnatni muhofaza qilishga doir belgilangan tartibda ishlab chiqilgan va kelishib olingan qoida va normalar tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga yoki Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasiga nazoratdagi obyektlar bo‘yicha tasdiqlash uchun kiritiladi, qonunchilikka muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan qoida va normalar bundan mustasno.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.01.00 Umumiy masalalar]
3. Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston davlat standartlash, metrologiya va sertifikatlash markazi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ikki oy muddatda ushbu Dasturga kirmagan standartlarni, xavfsizlik texnikasi qoidalarini, sanitariya norma va qoidalarini tahlil qilsinlar, mulkchilik shakllaridan va ishlab chiqarish usullaridan qat’i nazar, korxonalarda kelgusida qo‘llanish uchun qayta ko‘rib chiqish va tasdiqlashning aniq rejalarini tuzsinlar.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
4. Vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar va budjetdan mablag‘ bilan ta’minlamaydigan hamda ushbu Dasturga muvofiq mas’ul ijrochilar sifatida jalb etilgan boshqa tashkilotlar norma va qoidalarning qayta ko‘rib chiqilishini hamda ushbu ishlar uchun zarur mablag‘larning belgilangan muddatlarda ajratilishini ta’minlasinlar.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va ko‘rib chiqish tartibi;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urtani moliyalashtirish / 06.03.03.00 O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashuvchi davlat jamg‘armasi (shuningdek, 05.01.08.00, 07.07.02.01larga qarang);
3.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari]
O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga Dasturning budjet hisobidan mablag‘ ta’minlanadigan mas’ul ijrochilari tomonidan bajariladigan mehnatni muhofaza qilishga doir normativ hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish bo‘yicha ishlarni O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasining respublikaga tegishli qismi mablag‘laridan moliyalashtirishga ruxsat berilsin.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.14.00 Nashriyot va poligrafiya faoliyati]
5. “Mehnat” nashriyoti, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tavsiyasiga ko‘ra, mehnatni muhofaza qilishga doir ishlab chiqilgan norma va qoidalarni, boshqa normativlar va qo‘llanmalarni vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq o‘z vaqtida nashr etishni ta’minlasin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
6. Vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, shuningdek mulkchilik shakllaridan va ishlab chiqarish usullaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar barcha xodimlarga mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yangi qabul qilingan normativlarni o‘rgatsinlar va ish jarayonida ularga qat’iy rioya etilishini ta’minlasinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Toshkent sh.,
2000-yil 12-iyul,
267-son
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son qaroriga 2-ILOVA
Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-iyuldagi 153-sonli qaroriga muvofiq chiqarilgan — O‘R QHT, 2010-y., 28-29-son, 234-modda)
1. Mazkur Tartib “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq mehnatni muhofaza qilish qoidalarini ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash, shuningdek qayta ko‘rib chiqishning yagona tizimini belgilaydi.
Mazkur Tartib davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mehnatni muhofaza qilish qoidalarini (keyingi o‘rinlarda Qoidalar deb ataladi) ishlab chiquvchi va ularni qayta ko‘rib chiquvchi boshqa tashkilotlar faoliyatiga tatbiq etiladi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-iyuldagi 153-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 28-29-son, 234-modda)
2. Qoidalarning o‘z vaqtida va sifatli ishlab chiqilishi yoki qayta ko‘rib chiqilishi, ularning kelishilishi, tasdiqlanishi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar mas’ul hisoblanadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-iyuldagi 153-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 28-29-son, 234-modda)
3. Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, standartlar, qurilish, sanitariya normalari va qoidalari, gigiyena normativlari talablari, ergonomik talablar va boshqa normativ hujjatlar hisobga olingan holda ishlab chiqilishi kerak.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
4. Qoidalarni tasdiqlagan vazirliklar, idoralar ularning davlat standartlari, qurilish, sanitariya normalari va qoidalari, gigiyena normativlari talablariga muvofiqligini muntazam tekshirishlari hamda zaruriyat bo‘lganda tegishli o‘zgartirishlar kiritishlari kerak.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-iyuldagi 153-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 28-29-son, 234-modda)
5. Qoidalar ularning amal qilish muddati tamom bo‘lgunga qadar qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. Qoidalarni qayta ko‘rib chiqishga:
qonun hujjatlari, davlat standartlari hamda davlat organlari tomonidan tasdiqlangan boshqa normativ hujjatlarning o‘zgarishi;
yangi texnika va texnologiya joriy etilishi asos bo‘lib hisoblanadi.
6. Vazirliklar va idoralar belgilangan tartibda qabul qilingan Qoidalarni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazadi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-iyuldagi 153-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 28-29-son, 234-modda)
II. MEHNATNI MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDAGI QOIDALAR MAZMUNIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
7. Qoidalar quyidagi asosiy bo‘limlarni o‘z ichiga olishi kerak:
umumiy qism;
xavfsizlikka qo‘yiladigan umumiy talablar;
ishlab chiqarish (texnologiya) jarayonlariga qo‘yiladigan talablar;
ishlab chiqarish asbob-uskunalariga qo‘yiladigan talablar;
tuzatish ishlarini bajarish chog‘ida qo‘yiladigan xavfsizlik talablari;
mehnatni muhofaza qilish qoidalari buzilganligi uchun xodimlarning javobgarligi.
8. Noishlab chiqarish tarmoqlari (savdo, madaniyat tashkilotlari, davlat muassasalari) shuningdek, elektr qurilmalariga xizmat ko‘rsatish, ulardan foydalanish, ularni tuzatish, montaj qilish, o‘rnatish va qurish bilan bog‘liq jarayonlar, teleradio korxonalari va aloqa korxonalari, transportda tashish, saqlash, tashish jarayonlari va boshqa jarayonlar uchun Qoidalar mazmuniga tarmoqlarning xususiyatlaridan kelib chiqib bo‘limlar qo‘shilishi mumkin.
III. MEHNATNI MUHOFAZA QILISH QOIDALARI BO‘LIMLARI MAZMUNIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
9. “Umumiy qism” bo‘limida Qoidalar qo‘llanilishi va tatbiq etilishi, ularning bajarilishi ustidan nazorat qilish to‘g‘risidagi ma’lumotlar bayon qilinishi kerak.
10. “Xavfsizlikka qo‘yiladigan umumiy talablar” bo‘limida:
Mehnatni muhofaza qilish ishlarini tashkil etish to‘g‘risidagi namunaviy nizomga muvofiq mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil qilish;
xodimlarni o‘qitishni, ularning bilimlarini tekshirishni va ularga yo‘riqnoma berishni tashkil etish;
yo‘l qo‘yiladigan sanitariya normalari darajalari, konsentratsiyalar va boshqa parametrlar ko‘rsatilgan holda aniq bir ishlab chiqarish uchun xos bo‘lgan xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari ro‘yxati;
ularga nisbatan mehnat xavfsizligining qo‘shimcha talablari qo‘yiladigan yuqori xavf-xatarli kasblar va ishlar ro‘yxati;
jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini qo‘llash zarurligi;
kasb-kor tanlovi o‘tkazilishi zarurligi;
xodimlarni ishlab chiqarish jarayonida qatnashishga qo‘yish shart-sharoitlariga qo‘yiladigan talablar;
xodimlarning salomatligini nazorat qilishning davriyligiga qo‘yiladigan talablar;
Qoidalar tatbiq etiladigan ishlab chiqarish jarayonlariga xos bo‘lgan yoritish, harorat rejimi, namlik va boshqa omillar bo‘yicha sanitariya qoidalari va gigiyena normativlari talablari;
korxonalarning ishlab chiqarish binolariga qo‘yiladigan talablar;
shamollatish, isitish, havoni sovutish, suv quvuri, kanalizatsiya, energiya bilan jihozlash va yoritishga qo‘yiladigan talablarni o‘z ichiga oladigan binolar, inshootlar, imoratlar, ishchi o‘rinlariga muhandislik jihatidan jihozlashga qo‘yiladigan talablar;
maishiy imoratlarga, ularning soniga, holatiga va joylashishiga qo‘yiladigan talablar;
atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bo‘yicha talablar;
mehnati xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining ta’siri va boshqalar bilan bog‘liq bo‘lgan xodimlar uchun mehnat rejimiga, dam olish va ovqatlanish uchun tanaffuslarga, smenaning davom etishi cheklanishiga qo‘yiladigan talablar nazarda tutilishi kerak.
11. “Ishlab chiqarish (texnologiya) jarayonlariga qo‘yiladigan talablar” bo‘limida;
texnologiya hujjatlarida hisobga olinishi kerak bo‘lgan xavfsizlik talablari;
ishlab chiqarish jarayonlariga qo‘yiladigan yong‘in va portlash xavfsizligi talablari;
xodimlarning himoya qilinishini va ishlab chiqarish asbob-uskunalarining avariya paytida uzib qo‘yilishini ta’minlaydigan texnologik jarayonlarni nazorat qilish va boshqarish tizimi;
ayrim texnologiya operatsiyalarida xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari paydo bo‘lganligi to‘g‘risida o‘z vaqtida ma’lum qilish usullari;
xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari mavjud bo‘lgan yoki kamroq intensivlikka ega bo‘lgan xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, jarayonlar va operatsiyalar paydo bo‘lishi bilan bog‘liq texnologiya jarayonlari va operatsiyalarini almashtirish tadbirlari;
texnologiya jarayoni buzilgan taqdirda xodimlarning xavfsizligini ta’minlashga qo‘yiladigan talablar;
birlamchi materiallarga, yarim mahsulotga va yarim tayyor mahsulotlarga qo‘yiladigan talablar;
birlamchi materiallar, yarim mahsulot, chala tayyor mahsulotlar, tayyor mahsulot va ishlab chiqarish chiqindilarini saqlash va transportda tashishga qo‘yiladigan talablar;
xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari manbai hisoblangan ishlab chiqarish chiqindilarini o‘z vaqtida chiqarib tashlash va zararsizlantirishga qo‘yiladigan talablar;
xodimlarning birlamchi materiallar, yarim mahsulot, chala tayyor mahsulotlar, tayyor mahsulot va xodimlarga zararli ta’sir ko‘rsatuvchi ishlab chiqarish chiqindilari bilan bevosita aloqada bo‘lishini istisno etuvchi chora-tadbirlar;
xodimlarni xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari ta’siridan himoya qilishni ta’minlash bo‘yicha talablar belgilanadi.
12. “Ishlab chiqarish asbob-uskunalariga qo‘yiladigan talablar” bo‘limida quyidagilar bayon etilishi kerak:
muayyan texnologiya jarayonida foydalaniladigan aniq ishlab chiqarish asbob-uskunalari xavfsizligiga qo‘yiladigan talablar. Ishlab chiqarish asbob-uskunalariga qo‘yiladigan talablar davlat standartiga muvofiq bo‘lishi kerak. Xavfsizlikning aniq talablari amaldagi standartlarga muvofiq asbob-uskunalarning alohida guruhlari va turlariga belgilanadi;
ishlab chiqarish asbob-uskunalarini, kommunikatsiyalarni joylashtirishda xavfsizlik shartlari. Har bir asbob-uskuna, asbob-uskunalar bilan ishlab chiqarish binolari, inshootlar devorlari o‘rtasidagi masofa texnologiya loyihalashtirilishi normalariga, qurilish normalari va qoidalariga muvofiq belgilanadi;
muayyan texnologiya jarayoniga tatbiqan ish joylariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari;
zararli omillar ta’siri darajasining amaldagi sanitariya normalari bilan belgilangan miqdorgacha pasayishini ta’minlovchi usullar va chora-tadbirlar;
xodimlarni xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, qo‘shimcha ravishda qo‘llaniladigan texnologiya ta’siridan himoya qilish usullari va mehnat sharoitlari.
13. “Tuzatish ishlarini bajarish chog‘ida qo‘yiladigan xavfsizlik talablari” bo‘limida quyidagilar bayon etilishi kerak:
tuzatish ishlarini olib borish shartlari va tartibi; uchastka, sex, korxona rahbariyati bilan kelishish tartibi;
uchastka, sex, korxona rahbariyati bilan kelishish tartibi;
tuzatishni amalga oshirish muddatlari, tuzatish ishlarini olib borish uchun mas’ul shaxsni tayinlash;
tuzatish ishlarini bajaruvchi shaxslarning malakasiga qo‘yiladigan talablar;
tuzatiladigan uchastkani ajratish (to‘sib qo‘yish) zarurligi va tuzatishdan oldingi maxsus ishlarni bajarish;
tuzatish ishlari xavfsiz olib borilishini ta’minlaydigan maxsus talablar, shu jumladan elektr energiyasini to‘xtatib qo‘yish va berish, ishlovchining yonida asbob-uskuna bo‘lganda ochiq maydonlarda va binoda, zinapoyalarda va ko‘tarish mexanizmlarida ishlash shartlari, himoya vositalari bilan ta’minlash va boshqalar;
asbob-uskunalar va moslamalarni tuzatishga topshirish va ularni foydalanishga qabul qilib olish tartibi.
14. “Mehnatni muhofaza qilish qoidalari buzilganligi uchun xodimlarning javobgarligi” bo‘limida Qoidalar talablariga rioya qilinmaganligi uchun mansabdor shaxslar va xodimlarning O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan javobgarligi belgilanishi kerak.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
IV. MEHNATNI MUHOFAZA QILISH QOIDALARINI RASMIYLASHTIRISHGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
15. Qoidalar talablarini bayon qilish har xil talqin qilish imkoniyatini istisno qiluvchi lo‘nda va aniq bo‘lishi kerak. Majburiy talablarni bayon qilishda Qoidalarda “kerak”, “lozim”, “zarur” va ulardan hosil bo‘luvchi so‘zlar qo‘llaniladi.
16. Qoidalarni bayon qilishda:
belgilangan tartibda qabul qilingan atamalar va ta’riflar;
SI tizimida ifodalangan fizik miqdorlar qo‘llanilishi kerak.
17. Hajmi va mazmuniga bog‘liq ravishda Qoidalar quyidagi pasayib boruvchi tarkibiy birliklarga bo‘linadi: bo‘limlar, boblar, paragraflar, bandlar, kichik bandlar va xatboshilar. Xatboshilarni boshqa tarkibiy birliklarga bo‘lishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bo‘limlar va boblar rim raqamlari bilan belgilanadi va ularda sarlavha bo‘ladi. Paragraflar “§” belgisi bilan belgilanadi, ularga arab raqamlari bilan tartib raqami qo‘yiladi va ularda sarlavha bo‘ladi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-iyuldagi 153-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 28-29-son, 234-modda)
18. Qoidalarning har bir bandida bitta tugallangan normativ ko‘rsatma bo‘lishi kerak.
19. Jadvallar, grafiklar, xaritalar, sxemalar, hujjatlar va blankalarning namunalari, qoidaga ko‘ra, ilovalarda joylashtirilishi, matnda esa tegishli havolalar ko‘rsatilishi kerak.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-iyuldagi 153-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 28-29-son, 234-modda)
V. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MEHNATNI MUHOFAZA QILISH QOIDALARINI KELISHISH VA TASDIQLASH TARTIBI
21. Ishlab chiqilgan Qoidalar tushuntirish xati bilan birgalikda kelishish va tasdiqlash uchun yuboriladi, unda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
Qoidalar birinchi marta ishlab chiqilganligi yoki amaldagi Qoidalar qayta ishlanganligi;
Qoidalarni ishlab chiqish yoki qayta ishlash uchun asoslar;
o‘zgartirish va qo‘shimchalar ular asosida kiritilgan hujjatlar va materiallar ro‘yxati;
ishlab chiqishda qatnashgan tashkilot (birinchi bo‘lib ishlab chiquvchi tashkilot yoziladi).
22. Tayyorlangan qoidalar ishlab chiquvchi tashkilot tomonidan:
hamijrochi tashkilotlar;
Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi;
sanitariya-gigiyena talablariga tegishli qismi bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi;
Shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga tegishli qismi bo‘yicha Qurilish vazirligi;
(22-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi;
(22-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi (nazorati ostidagi obyektlar bo‘yicha);
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
yong‘in xavfsizligi talablariga tegishli qismi bo‘yicha Ichki ishlar vazirligi;
zaruriyat bo‘lganda boshqa organlar bilan kelishiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi yoki Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan Qoidalar, shuningdek Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan ham kelishilishi kerak.
(22-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
23. Belgilangan tartibda kelishilgan Qoidalar mas’ul ijrochilar tomonidan tegishliligi bo‘yicha tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligiga yuboriladi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
24. Vazirliklar va idoralar tasdiqlangan Qoidalarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuboradilar.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-iyuldagi 153-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 28-29-son, 234-modda)
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-iyuldagi 153-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 28-29-son, 234-modda)
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-iyuldagi 153-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 28-29-son, 234-modda)