1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.02.00 Soliq sohasida boshqaruv]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yig‘imlar, bojlar)]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 26-iyundagi PQ-3802-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek, davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
Raqamli markirovka qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizom 21-ilovaga muvofiq;
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 23-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2026-y., 09/26/23/0070-son)
O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlarida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq to‘lash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
2. O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati xodimlari mehnatiga Yagona tarif setkasi bo‘yicha haq to‘lash bo‘yicha razryadlar 4 — 7-ilovalarga muvofiq belgilansin.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining xarajatlar smetasi va shtatlar jadvaliga tegishli qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi o‘n kun muddatda:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari to‘g‘risidagi nizomlarni;
tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlasin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 8-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 9-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 17-aprel,
320-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 320-son qaroriga 1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi to‘g‘risida
NIZOM
(1-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
1. Ushbu Nizom “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Soliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 18-iyuldagi PF-5116-son Farmoniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika soliq organlari tizimini yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 8-yanvardagi PQ-1257-son va “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 26-iyundagi PQ-3802-son qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda Qo‘mita deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, majburiyatlari, faoliyatini tashkil etish tartibi va hisobotini, shuningdek, davlat soliq xizmati organlari rahbarlarining funksional majburiyatlari va javobgarliklarini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
2. Qo‘mita soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini va davlatning iqtisodiy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash sohasidagi nazorat bo‘yicha respublika davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Qo‘mita O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi.
3. Qo‘mita o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
4. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlar davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, soliq to‘lovchilar, shu jumladan yuridik va jismoniy shaxslarning ijro etishi uchun majburiy hisoblanadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
5. Qo‘mita, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) soliq inspeksiyalari (keyingi o‘rinlarda — soliq xizmatining hududiy organlari), Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi va Raqamli markirovka qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda — Hududlararo inspeksiyalar) yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan hamda o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, shu jumladan, chet el valyutasidagi hisobvaraqlariga ega.
Qo‘mita tizimiga kiradigan tashkilotlar yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan hamda o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, bank hisobvaraqlariga, shu jumladan, chet el valyutasidagi hisobvaraqlariga ega.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 23-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2026-y., 09/26/23/0070-son)
6. Davlat soliq xizmati organlari o‘z faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqil ravishda amalga oshiradilar.
to‘liq nomi — O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi, qisqartmasi — Soliq qo‘mitasi;
b) rus tilida:
to‘liq nomi — Nalogoviy komitet Respubliki Uzbekistan, qisqartmasi — Nalogoviy komitet;
v) ingliz tilida:
to‘liq nomi — Tax Committee of the Republic of Uzbekistan, qisqartmasi — Tax Committee.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
8. Soliq qo‘mitasining joylashgan joyi (pochta manzili): Toshkent shahri, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 13A-uy, 100011.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalari;
tumanlar (shaharlar) soliq inspeksiyalari;
Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi;
Raqamli markirovka qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi;
yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan tasarrufidagi tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda — tasarrufidagi tashkilotlar):
“Soliq-servis” AJ;
“Yangi texnologiyalar” ilmiy-axborot markazi” AJ;
“G‘azalkent sog‘lomlashtirish markazi” davlat muassasasi;
“Soliq ma’lumotlarini qayta ishlash markazi” MCHJ.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 23-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2026-y., 09/26/23/0070-son)
3-bob. Qo‘mitaning vazifalari va funksiyalari
10. Quyidagilar Qo‘mitaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
davlat soliq siyosatini amalga oshirish hamda soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlar va yig‘imlarning to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi, to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti (keyingi o‘rinlarda Davlat budjeti deb ataladi) va davlat maqsadli jamg‘armalariga soliqlar va yig‘imlarning soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq o‘z vaqtida va bir xildagi tushumini ta’minlash hisobiga Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalarining daromad qismini barqaror shakllantirish;
(10-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
soliq to‘lovchilar va soliq solish obyektlarining o‘z vaqtida hamda ishonchli hisobga olinishini ta’minlash, ularning to‘liq qamrab olinish mexanizmlarini soliq ma’muriyatchiligi jarayoniga ma’lumotlarni to‘liq yig‘ish va qayta ishlashni ta’minlaydigan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ilg‘or avtomatlashtirilgan tahlil uslublarini keng joriy etish orqali takomillashtirish;
soliq solinadigan bazani kengaytirish bo‘yicha tahlil qilish va ta’sirchan choralar ishlab chiqish, shu jumladan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning dinamikasi va hududlarning soliq salohiyatini tizimli tahlil qilish orqali ta’sirchan choralar ishlab chiqish, soliqlar yig‘ilishini oshirish bo‘yicha choralarni amalga oshirish, soliq nazoratini amalga oshirishning zamonaviy uslublarini joriy etish;
pul mablag‘larining g‘ayriqonuniy aylanishi manbalariga barham berish, aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan naqd pul tushumining to‘liq va o‘z vaqtida topshirilishi yuzasidan muntazam nazoratni ta’minlash;
bozorlar va savdo komplekslarining moliya-xo‘jalik faoliyati, ular tomonidan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish hamda ularning hududida aniqlangan huquqbuzarliklar bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv o‘tkazib, jinoyat ishlarini tergovga tegishliligiga ko‘ra huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirish;
soliq to‘lovchilar o‘z soliq majburiyatlarini ixtiyoriy bajarishi uchun maqbul shart-sharoitlar yaratish, har bir xodim tomonidan “Soliq xizmati –insofli soliq to‘lovchilarning ishonchli hamkori” degan maqsadli vazifani so‘zsiz bajarish;
soliq to‘lovchilarning huquqiy madaniyatini oshirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish, soliqqa oid huquqbuzarliklarning profilaktikasi, ularni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha kompleks tadbirlarni bajarish;
soliq to‘lovchilarga muloqotsiz elektron xizmat ko‘rsatishga to‘liq o‘tish yo‘li orqali soliq to‘lovchilar bilan ishlashni takomillashtirish;
qonun hujjatlarini takomillashtirish va soliq to‘lovchilarning faoliyatini rag‘batlantirish bo‘yicha takliflar kiritish;
kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, davlat soliq xizmati organlarini yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega bo‘lgan malakali xodimlar bilan to‘ldirish, shuningdek, kadrlarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish;
davlat soliq xizmati organlari xodimlariga korporativ etikani singdirish, korrupsiya faktlariga keskin barham berish bo‘yicha ta’sirchan choralarni, shu jumladan xodimlar manfaatlarining to‘qnashuvini hal qilish yo‘li bilan amalga oshirish, ishga rasmiyatchilik bilan yondashishga barham berish, shuningdek, xodimlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini ta’minlash, o‘z xizmat faoliyati samaradorligini oshirish motivatsiyasi tizimini joriy etish va ular uchun xizmatni o‘tashning munosib shart-sharoitlarini yaratish.
hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha davlat soliq xizmati organlariga biriktirilgan sektorlarda soliq solish sohasidagi tizimli muammolarni o‘rganish va aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
11. Qo‘mita o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) davlat soliq siyosatini amalga oshirish hamda soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlar va yig‘imlarning to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi, to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishi yuzasidan soliq nazoratini ta’minlash sohasida:
(11-bandning “a” kichik bandi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
soliqlar va yig‘imlarning Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalariga tushishi prognozini ishlab chiqishda qatnashadi;
(11-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
soliq to‘lovchilar faoliyatining soliq tekshiruvlarini, shuningdek, soliq to‘lovchilar tomonidan fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga jamg‘arib boriladigan pensiya badallarining to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi, to‘liq va o‘z vaqtida kiritilishi tekshiruvlarini belgilangan tartibda o‘tkazadi;
davlat soliq xizmati organlari tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini soliq tekshiruvi o‘tkazilishida qonun hujjatlarida belgilangan tartibiga rioya qilinishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda qonun hujjatlariga rioya etilishini belgilangan tartibda nazorat qiladi;
soliq to‘lovchilardan yoki ularning mansabdor shaxslaridan tushuntirishlar oladi, soliq to‘lovchining mol-mulki mavjudligini tekshiradi, shuningdek, hududlarni, ishlab chiqarish, omborxona, savdo binolarini va boshqa binolarni, shu jumladan soliq to‘lovchilar tomonidan daromadlar olish uchun foydalaniladigan yoxud soliq solish obyektini saqlash bilan bog‘liq joylarni ko‘zdan kechiradi yoki tekshiradi;
xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan pul mablag‘lari va moddiy boyliklarning buxgalteriya hisobini yuritishning belgilangan tartibiga rioya qilinishini, korxonalar hududiga moddiy boyliklarni olib kirish va u yerdan olib chiqishda korxonalarda ruxsat berish tizimi ishlarining tashkil etilishi holatini tekshiradi;
soliq to‘lovchining moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish) jarayonida hisobotdagi ma’lumotlarning ishonchliligi va to‘g‘riligini aniqlash, davlat soliq xizmati organlariga taqdim etilgan moliyaviy hisobotlar va soliq hisob-kitoblarida faktlarning buzib ko‘rsatilishini aniqlash va ularni bartaraf etish uchun buxgalteriya hisoblarini va moliyaviy hisobotlarni tekshiradi;
soliq auditini o‘tkazish davomida xom ashyo, materiallar, yarim fabrikatlar va tayyor buyumlarni tortib ko‘radi va o‘lchaydi, ishlab chiqarilgan mahsulotning haqiqiy tannarxini va taqdim etilgan soliq hisob-kitoblarining to‘g‘riligini aniqlash uchun xomashyo va materiallar sarfi normalari, ularning mahsulot ishlab chiqarish uchun to‘g‘ri hisobdan chiqarilishini, tayyor mahsulotning to‘liq kirim qilinishini, mahsulot chiqishi normalari hamda moddiy boyliklarni saqlash va tashishda tabiiy yo‘qotishlar normalari to‘g‘ri belgilanishini aniqlash uchun xomashyo va materiallarni ishlab chiqarishda nazorat tariqasida ishlatib ko‘radi, xomashyo, materiallar va tayyor mahsulotlarni nazorat tariqasida tekshiradi;
(11-bandning “a” kichik bandi to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning qonun hujjatlarida belgilangan tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;
jismoniy va yuridik shaxslardan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishi to‘g‘risida kelib tushgan murojaatlar, xabarlar va boshqa axborotlarni tekshiradi;
soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishi faktlarini tahlil qiladi hamda soliqqa oid huquqbuzarliklarga olib keladigan sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan tegishli organlarga takliflar kiritadi;
huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda soliqqa oid huquqbuzarliklarga qarshi kurashishning uzoq muddatli hamda joriy dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
b) Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalariga soliqlar va yig‘imlarning soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq o‘z vaqtida va bir xildagi tushumini ta’minlash hisobiga Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalarining daromad qismini barqaror shakllantirish sohasida:
(11-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
soliq to‘lovchilarning majburiyatlari paydo bo‘lishi (to‘xtatilishi) to‘g‘risida axborot taqdim etadigan organlar va tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
belgilangan tartibda soliq to‘lovchilar tomonidan taqdim etilgan moliya va soliq hisobotlarini, shuningdek, soliq to‘lovchilarning faoliyati to‘g‘risida soliq organlarining yagona integratsiyalashtirilgan axborot resurs bazasida yig‘ilgan boshqa hujjatlarni o‘rganish va tahlil qilish asosida kameral soliq tekshiruvini amalga oshiradi;
(11-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
o‘zaro tuzilgan kelishuv asosida soliq monitoringida ishtirok etayotgan soliq to‘lovchi tomonidan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlar va yig‘imlarning to‘g‘ri hisoblanishi, to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishi soliq monitoringini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiradi;
(11-band “b” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 19-bobi.
davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni sotishdan olingan pul mablag‘larining davlat daromadiga to‘liq va o‘z vaqtida tushishi nazoratini, shuningdek, davlat organlariga berilgan mol-mulkning hisobga olinishini ta’minlaydi;
soliqlar va yig‘imlarning tushumini ta’minlash, shu jumladan respublika va mahalliy budjetlar daromadlarini oshirishning qo‘shimcha zaxiralarini aniqlash bo‘yicha moliya organlari, manfaatdor vazirliklar va idoralar, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlik qiladi;
(11-band “b” kichik bandining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
v) soliq to‘lovchilar va soliq solish obyektlarining o‘z vaqtida hamda ishonchli hisobga olinishini ta’minlash, ularning to‘liq qamrab olinishi mexanizmlarini soliq ma’muriyatchiligi jarayoniga ma’lumotlarni to‘liq yig‘ish va qayta ishlashni ta’minlaydigan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ilg‘or avtomatlashtirilgan tahlil usullarini keng joriy etish orqali takomillashtirish sohasida:
soliq to‘lovchilar, soliq solinadigan baza, shuningdek, soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq bo‘lgan obyektlarning to‘liq, o‘z vaqtida va ishonchli hisobga olinishini ta’minlaydi;
yuridik va jismoniy shaxslarga, ularni soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamlari berilgan holda soliq to‘lovchilar sifatida hisobga qo‘yish to‘g‘risida hujjatlar berilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil qiladi;
kelgusida tovar va xizmatlarning majburiy tasniflanishini joriy qilgan holda elektron hisobvaraq-fakturalari to‘liq kiritilishini ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi soliq to‘lovchilarining yagona reyestrini shakllantiradi va yuritadi;
soliq organlarining yagona integratsiyalashtirilgan axborot resurs bazasida soliq to‘lovchilar bo‘yicha soliqlar va yig‘imlarning hisoblab chiqilishi va amaldagi tushumlari hisobini yuritadi;
soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha imtiyozlar hisobini yuritadi;
banklar tomonidan tegishli axborot taqdim etilishiga ko‘ra bank hisobvaraqlari bo‘yicha olti oy mobaynida pul operatsiyalarini amalga oshirgan holda moliya-xo‘jalik faoliyatini yuritmayotgan, shuningdek, olti oy davomida elektron hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirmagan, onlayn nazorat-kassa texnikalari, virtual kassa yoki marketpleys to‘lov tizimidan foydalanmagan, tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirmagan korxonalarni aniqlaydi;
(11-band “v” kichik bandining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning davlat soliq xizmati organlarida hisobga turishdan bo‘yin tovlash mexanizmlarini o‘rganadi, aniqlaydi va bartaraf etadi;
axborot xavfsizligi ta’minlanishini hisobga olgan holda barcha soliq to‘lovchilar va soliq tushumlari bo‘yicha soliq organlarining yagona integratsiyalashtirilgan axborot resurs bazasini yaratadi;
soliq axborotlarini qabul qilib olish, qayta ishlash, uzatish va saqlash jarayonlarini avtomatlashtirish choralarini ko‘radi;
davlat soliq xizmati organlarida axborot xavfsizligini ta’minlashni hisobga olgan holda yagona axborot, dasturiy-texnik va telekommunikatsiya tizimi joriy etilishini tashkil qiladi;
soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish jarayonida davlat soliq xizmati organlari ishiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etadi hamda xarajatlarni maqbullashtirish va resurs ta’minotini rivojlantirish uchun ularni texnologik jarayonlarni yuritishning zamonaviy tizimlari va boshqarishning tezkor vositalari bilan jihozlaydi;
davlat soliq xizmati organlarining butun vertikal bo‘ylab biznes jarayonlarini qayta tashkil etish va ularni parallel ravishda raqamlashtirish hamda kelgusida avtomatlashtirish bilan amalga oshiradi va shu asosda inson omili ta’sirini kamaytiradi.
(11-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
g) soliq solinadigan bazani kengaytirish bo‘yicha tahlil qilish va ta’sirchan choralar ishlab chiqish, shu jumladan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning dinamikasi va hududlarning soliq salohiyatini tizimli tahlil qilish orqali ta’sirchan choralar ishlab chiqish, soliqlar yig‘ilishini oshirish bo‘yicha choralarni amalga oshirish, soliq nazoratini amalga oshirishning zamonaviy uslublarini joriy etish sohasida:
soliq to‘lovchilarni “xavf-xatar” guruhi bo‘yicha segmentlashni amalga oshiradi;
soliqlar va yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash faktlarini aniqlaydi va tegishli choralar ko‘radi;
(11-band “g” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
soliq nazoratini amalga oshirishda zamonaviy usullarni qo‘llaydi;
Qo‘mitaning texnik bazasini modernizatsiya qilish, mustahkamlash va yangilash bilan tashqi va ichki manbalardan kelib tushadigan ma’lumotlarni tahlil qilishning ilg‘or avtomatlashtirilgan usullarini joriy etadi;
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar dinamikasi va hududlarning soliq salohiyatini tizimli tahlil qilish orqali soliq solinadigan bazani kengaytirish bo‘yicha samarali chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksigahamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalariga soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha soliq qarzini undirishni belgilaydigan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning tashkillashtirilishini va qo‘llanishini ta’minlaydi;
(11-band “g” kichik bandining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
xo‘jalik yurituvchi subyektlar xodimlarining hisobotdagi va haqiqiy soni muvofiqligi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi;
xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida belgilangan tartibda xronometraj ko‘zdan kechirish o‘tkazadi;
soliq solinadigan bazaga tuzatishlar kiritish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘zdan kechirish hamda so‘rov o‘tkazishni amalga oshiradi;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 145-moddasi.
ishlab chiqarish va daromadlar miqdorlarini yashirish, sotilgan mahsulotlar, ishlar va xizmatlar hajmlarini kamaytirib ko‘rsatish mexanizmlarini o‘rganish va aniqlashni tashkillashtiradi va amalga oshiradi, ko‘rsatib o‘tilgan mexanizmlarning qo‘llanishini bartaraf etish tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
aniq maqsad parametrlarini belgilash bilan yashirin iqtisodiyot darajasini pasaytirish strategiyasi, konsepsiyasi va dasturlarini ishlab chiqadi;
(11-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qaroriga asosan o‘n ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
soliq ma’muriyatchiligi islohoti va rivojlanish strategiyasini ishlab chiqadi va uning ijrosi monitoringini amalga oshiradi.
d) mablag‘larning g‘ayriqonuniy aylanish manbalariga barham berish yuzasidan muntazam nazoratni ta’minlash sohasida:
savdo va xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etishning qonun hujjatlariga muvofiqligi, shu jumladan, nazorat-kassa texnikalarini, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa onlayn nazorat-kassa texnikalari yoki virtual kassalarni, plastik kartochkalardan to‘lovlarni qabul qilib olish bo‘yicha hisob-kitob terminallarini qo‘llash, alkogolli va tamaki mahsulotlarini sotish hamda markirovka qilish qoidalariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
tadbirkorlik subyektlarida, shuningdek, bozorlar va savdo komplekslarida bir martalik yig‘imlar, bozorlar, savdo komplekslari va ularning filiallarida ko‘rsatilgan xizmatlar uchun ijara to‘lovlarining o‘z vaqtida va to‘liq undirilishi, savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalari bajarilishi, naqd pul yoki plastik kartochkalar bo‘yicha to‘lov shakliga qarab narxlarning sun’iy ravishda oshirilishi yoki pasaytirilishi, nazorat-kassa texnikalarining yoki virtual kassalarning, to‘lov terminallarining qo‘llanilishi belgilangan tartibda talon va cheklarning berilishi bo‘yicha belgilangan tartibda sayyor soliq tekshiruvlarini o‘tkazadi;
(11-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
e) bozorlar va savdo komplekslarining moliya-xo‘jalik faoliyati, ular tomonidan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish hamda ularning hududida aniqlangan huquqbuzarliklar bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv o‘tkazib, jinoyat ishlarini tergovga tegishliligiga ko‘ra huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirish sohasida:
bozorlar, savdo komplekslari hududlarida va ularga tutash bo‘lgan avtomobillarni vaqtinchalik saqlash joylarida moliyaviy-iqtisodiy hamda soliq sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklarni aniqlaydi, oldini oladi va bartaraf etadi;
bozorlar va savdo komplekslari hududlarida sifatsiz, qalbakilashtirilgan (yasama) yoki noqonuniy olib kirilgan tovarlarni tayyorlash va sotishga qarshi kurashadi;
bozorlar, savdo komplekslari, ularga tutash bo‘lgan avtomobil vositalarining to‘xtash joylari, shuningdek, ular hududida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatidan olingan pul oqimlari harakati monitoringini va mablag‘lar tushumi hisobining to‘liqligini ta’minlaydi;
bozorlar, savdo komplekslari, ularga tutash bo‘lgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylari, shuningdek, ularning hududida faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari pul mablag‘lari tushumlari va tovar aylanmasi to‘g‘risida davlat soliq xizmati organlariga tushadigan ma’lumotlarning ishonchliligini tekshirish uchun banklar hamda statistika organlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
bozorlar, savdo komplekslari hududlarida, ularga tutash bo‘lgan avtomobil vositalarining to‘xtash joylarida moliyaviy-iqtisodiy va soliq sohalarida huquqni buzish sodir etilishi holatlari bo‘yicha tergovga qadar tekshiruvlarni tashkil etadi va olib boradi, jinoiy ishlar qo‘zg‘aydi, jinoyat ishlarini tergovga tegishliligiga ko‘ra huquqni muhofaza qiluvchi organlarga beradi;
soliqqa oid huquqbuzarliklar natijasida davlatga, yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazilgan zararning belgilangan tartibda undirilishini ta’minlash choralarini ko‘radi;
j) soliq to‘lovchilar o‘z soliq majburiyatlarini ixtiyoriy bajarishi uchun maqbul shart-sharoitlar yaratish, har bir xodim tomonidan “Soliq xizmati — insofli soliq to‘lovchilarning ishonchli hamkori” degan maqsadli vazifani so‘zsiz bajarish sohasida:
soliq to‘lovchilarga soliq majburiyatlarini bajarishda har tomonlama ko‘maklashadi;
soliqlar va yig‘imlarning o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishini ta’minlash uchun soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha choralarni amalga oshiradi, shuningdek, zarur hollarda soliq to‘lovchilar o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkazadi;
(11-band “j” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ayrim turdagi soliqlarni hisoblash tarzida soliq to‘lovchilarga servis xizmatlari ko‘rsatadi;
yuridik va jismoniy shaxslarning soliq sohasidagi huquqlari va qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlari himoyalanishini ta’minlaydi;
davlat soliq xizmati organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlaydi;
soliq to‘lovchi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning qonun hujjatlariga muvofiq sir tutilishiga rioya etish ishlarini tashkil qiladi;
z) soliq to‘lovchilarning huquqiy madaniyatini oshirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish, soliqqa oid huquqbuzarliklarning profilaktikasi, ularni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha kompleks tadbirlarni bajarish sohasida:
soliq solish masalalariga daxldor normativ-huquqiy hujjatlarni soliq to‘lovchilarga va aholiga o‘z vaqtida tanishtirish va yetkazish ishlarini tashkil etadi;
soliq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati to‘g‘risida joylarda va ommaviy axborot vositalari orqali keng tushuntirish ishlarini olib boradi;
soliqqa doir qonun hujjatlarini nashr etish, ko‘paytirish va davlat soliq xizmatining hududiy organlariga yetkazish, maslahat xizmatlari ko‘rsatish, soliq to‘lovchilarni soliqlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida hisoblab chiqarishga, soliq hisobotlarini va soliqlar hamda yig‘imlarni hisoblab chiqish, to‘lash bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa hujjatlarni taqdim etishga o‘qitish uchun servis-markazlar tashkil qiladi;
(11-band “z” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar to‘plamlarini nashr etadi, davlat soliq xizmati organlarini qonun hujjatlari bilan ta’minlash choralarini ko‘radi;
jismoniy va yuridik shaxslarning soliq solish va soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi masalalari bo‘yicha murojaatlarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi;
soliqqa oid huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
soliqqa oid huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiradi, shu jumladan ularning sodir etilishi sabablarini aniqlaydi va bartaraf etadi;
huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda muassasalar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
aksizosti tovarlarini ishlab chiqarishda va aylanmasida huquqbuzarliklarni aniqlash, oldini olish va bartaraf etilishini belgilangan tartibda tashkillashtiradi va amalga oshiradi;
soliqqa oid huquqbuzarliklarni sodir qilgan shaxslarni qidirib topish uchun materiallarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga beradi, davlatga yetkazilgan zararni belgilangan tartibda undirishni ta’minlash choralarini ko‘radi;
ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha ishlarni yuritadi;
soliqqa oid huquqbuzarliklar sodir etgan jismoniy va yuridik shaxslarning hisobini yuritadi, mazkur ma’lumotlarning tahlilini amalga oshiradi;
soliqqa oid jinoyatlarning sodir etilishi holatlarini aniqlash uchun, surishtiruv, tergov va suddan yashirinib yurgan shaxslarni qidirib topish uchun ommaviy-axborot vositalari imkoniyatlaridan foydalanadi;
i) soliq to‘lovchilarga muloqotsiz elektron xizmat ko‘rsatishga to‘liq o‘tish yo‘li orqali soliq to‘lovchilar bilan ishlashni takomillashtirish sohasida:
soliq to‘lovchilar bilan ishlashda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanilishini ta’minlaydi;
soliq to‘lovchilarga real vaqt rejimida keng ko‘lamli interaktiv xizmatlar ko‘rsatilishini tashkil etadi;
soliq to‘lovchilarga soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali, shu jumladan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron xizmat ko‘rsatilishini ta’minlaydi;
soliq to‘lovchilarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ayrim soliqlar bo‘yicha hisoblab chiqarilgan soliqlar summasi haqida soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali xabardor qiladi;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-noyabrdagi 736-son qarori bilan tasdiqlangan Soliq monitoringini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
k) qonun hujjatlarini takomillashtirish va soliq to‘lovchilarning faoliyatini rag‘batlantirish bo‘yicha takliflar kiritish sohasida:
soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini, shu jumladan tabiiy resurslardan ehtiyotlab va samarali foydalanishni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan soliqqa oid qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish, soliqlar va yig‘imlarni birxillashtirish, soliq yukini qisqartirish, yuridik va jismoniy shaxslar faoliyatini rag‘batlantirish, ularga zarur imtiyozlar va preferensiyalar berish bo‘yicha takliflar tayyorlashda qatnashadi;
(11-band “k” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va ularni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun kiritadi;
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliq solish masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
(11-band “k” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
soliq hisobotlari hamda soliqlar va yig‘imlarni hisoblab chiqarish, to‘lash bilan bog‘liq boshqa hujjatlar shakllarini O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
(11-band “k” kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar bilan ma’lumotlarni almashish va soliq sohasida hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha xalqaro shartnomalari loyihalarini ishlab chiqishda qatnashadi hamda ularning belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlaydi;
l) kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, davlat soliq xizmati organlarini yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega bo‘lgan malakali xodimlar bilan to‘ldirish, shuningdek, kadrlarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish sohasida:
qo‘yilgan talablarga muvofiq davlat soliq xizmati organlariga ma’naviy-axloqiy jihatdan yuqori malakali xodimlarni tanlash va to‘ldirish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi;
belgilangan tartibda ta’lim muassasalari tashkil etish yo‘li bilan, davlat oliy ta’lim muassasalari imkoniyatlaridan foydalangan holda davlat soliq xizmati organlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarining tizimli ravishda tashkil etilishini ta’minlaydi, shuningdek, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning soliq organlari va o‘quv muassasalari bilan tajriba almashishning kengaytirilishini amalga oshiradi;
davlat soliq xizmati organlari xodimlari lavozimlarining malaka tavsifnomalarini ishlab chiqadi, rahbarlar va mutaxassislarni attestatsiyadan o‘tkazadi, ularga o‘z vakolatlari doirasida maxsus unvonlar beradi;
tegishli tanlovdan o‘tmagan yoki lavozim vazifalarini jiddiy buzganligi uchun ilgari davlat soliq xizmati organlaridan bo‘shatilgan shaxslarning ishga qabul qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan nazoratni ta’minlaydi;
davlat soliq xizmati organlari kadrlarini tayyorlash bo‘yicha xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilgan tizimni joriy etadi, soliq to‘lovchilar bilan nizoli vaziyatlar yuzaga kelganda ularga stressga bardoshlilikni singdirish, shuningdek, xodimlarning axloqiy — psixologik holatini oshirish bo‘yicha psixologik treninglarni joriy qiladi;
m) davlat soliq xizmati organlari xodimlariga korporativ etikani singdirish, korrupsiya faktlariga keskin barham berish bo‘yicha ta’sirchan choralarni, shu jumladan xodimlar manfaatlarining to‘qnashuvini hal qilish yo‘li bilan amalga oshirish, ishga rasmiyatchilik bilan yondashishga barham berish, shuningdek, xodimlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini ta’minlash, o‘z xizmat faoliyati samaradorligini oshirish motivatsiyasi tizimini joriy etish va ular uchun xizmatni o‘tashning munosib shart-sharoitlarini yaratish sohasida:
kadrlarni O‘zbekiston Respublikasiga sodiqlik, vatanparvarlik, halollik hamda huquqiy davlat g‘oyalari va asoslarini hurmat qilish ruhida tarbiyalash yuzasidan uzluksiz ishlarni amalga oshiradi;
davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan soliq to‘lovchilarga nisbatan g‘arazli maqsadlarda noqonuniy ta’sir ko‘rsatish holatlarini aniqlaydi va ularga barham beradi;
davlat soliq xizmati organlarida korrupsiya holatlarini aniqlashga, ularning oldini olishga, qarshi kurashishga va bartaraf etishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi, tashkil etadi va ularni amalga oshirishda qatnashadi;
davlat soliq xizmati organlarining xodimlari o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
xizmat vazifalarini bajarayotganda davlat soliq xizmati organlari xodimlarini noqonuniy tajovuzlardan himoya qilishni ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
har ikki yilda ko‘pi bilan bir marta davlat soliq xizmatining hududiy organlari hamda Hududlararo inspeksiyalarning budjet va xo‘jalik faoliyati bo‘yicha xarajatlar smetalari ijrosi yuzasidan taftishni amalga oshiradi. Juda zarur bo‘lganda va moliya-xo‘jalik faoliyatida qonun buzilishlariga yo‘l qo‘yilgan holatlar to‘g‘risida ishonchli axborot mavjud bo‘lgan taqdirda navbatdan tashqari taftishlar o‘tkazilishi mumkin;
(11-band “m” kichik bandining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 23-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2026-y., 09/26/23/0070-son)
davlat soliq xizmatining hududiy organlari hamda Hududlararo inspeksiyalar tomonidan moddiy va pul resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari bajarilishini ta’minlaydi, xo‘jasizlik, isrofgarchilik, davlat mablag‘larini va budjetdan tashqari mablag‘larni asossiz ravishda sarflash, smeta-shtat intizomini buzish hollariga barham beradi;
(11-band “m” kichik bandining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 23-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2026-y., 09/26/23/0070-son)
mamlakat iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish borasida vijdonan xizmat qilayotgan xodimlarni ularning shaxsiy hissasidan kelib chiqqan holda rag‘batlantirish mexanizmlarini yaratadi.
n) hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha davlat soliq xizmati organlariga biriktirilgan sektorlarda soliq solish sohasidagi tizimli muammolarni o‘rganish va aniqlash xamda ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish sohasida:
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishda davlat soliq xizmati organlarining ishtirokini faollashtiradi;
(11-bandning “n” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
soliq solish sohasida ishlarni haqqoniy holatini chuqur va xar tomonlama o‘rganishni amalga oshiradi;
birinchi navbatda, uyma-uy yurish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, aholining turli qatlamlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni tashkil etish orqali to‘plangan muammolar va tizimli kamchiliklarni aniqlash bo‘yicha ishlarini amalga oshiradi;
soliq solish sohasidagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
soliq to‘lovchilar o‘rtasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun va mohiyatini tushuntirish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi.
12. Qo‘mita markaziy apparati, davlat soliq xizmatining hududiy organlarining funksiyalari Qo‘mita raisi tomonidan tasdiqlanadigan nizomlar bilan belgilanadi.
4-bob. Qo‘mitaning huquqlari va javobgarligi
13. Qo‘mita xodimlarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi O‘zbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni, ushbu Nizom, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlarida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi nizom bilan aniqlanadi.
14. Qo‘mita o‘ziga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish uchun o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
1) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga belgilangan tartibda me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari, shuningdek, Qo‘mitaga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa hujjatlarni kiritish;
2) Qo‘mitaning vakolatiga kiradigan masalalarda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish;
3) Qo‘mitaning vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan axborotlarni, ma’lumotlarni, ma’lumotnomalarni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlardan bepul so‘rash va olish;
4) Qo‘mita va uning tasarrufidagi tuzilmalari o‘zining tashkiliy tuzilmasi doirasida davlat mulkini belgilangan tartibda bir tuzilmadan boshqa tuzilmaga tezkor boshqaruv huquqi asosida o‘tkazish;
5) Qo‘mita, davlat soliq xizmatining hududiy organlari, Hududlararo inspeksiyalari va tasarrufidagi tashkilotlar xodimlarini moddiy rag‘batlantirish, mukofotlash tartibi, miqdorlari va shartlarini belgilash;
(14-bandning 5-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 23-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2026-y., 09/26/23/0070-son)
6) Qo‘mitaning vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, joylardagi mahalliy davlat hokimiyati organlariga ko‘rib chiqish uchun kiritish;
7) Qo‘mitaning vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish;
8) Qo‘mitaning vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha xalqaro darajada O‘zbekiston Respublikasining manfaatini belgilangan tartibda ifoda etish;
9) soliq to‘lovchilarning moliyaviy hujjatlarini, shartnomalarini (kontraktlarini), rejalarini, smetalarini, daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyalarini hamda soliqlar va yig‘imlarni hisoblab chiqish va to‘lash, fuqarolarning yakka tartibdagi jamg‘arib boriladigan pensiya hisob raqamlariga jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallarini to‘lash bilan bog‘liq boshqa hujjatlarini, shu jumladan elektron hujjatlarini, shuningdek, eksport-import operatsiyalari bilan bog‘liq hujjatlarini belgilangan tartibda tekshirish;
(14-bandning 9-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
10) o‘tkazilayotgan kameral soliq tekshiruvini xolisona amalga oshirish maqsadida qo‘shimcha ma’lumotlar olish zarurati yuzaga kelganda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sayyor soliq tekshiruvlarini amalga oshirish;
(14-bandning 10-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 139-moddasi.
11) soliq tekshiruvlarini o‘tkazayotganda:
hududni, ishlab chiqarish, omborxona, savdo binolarini va boshqa binolarni (shuningdek, alohida rejimda ishlaydigan korxonalarni), shu jumladan soliq to‘lovchi tomonidan daromadlar olish uchun foydalaniladigan yoxud soliq solish obyektlarini saqlash bilan bog‘liq joylarni, ularning joylashgan joyidan qat’i nazar, tekshirish;
mol-mulklarni xatlovdan o‘tkazish va bajarilgan ishlarni, ko‘rsatilgan xizmatlarni nazorat tartibida o‘lchash;
kassalarni hamda tovar-moddiy boyliklar va hujjatlarni (shu jumladan elektron tarzidagi hujjatlarni) saqlash joylarini muhrlab qo‘yish;
soliqlar va yig‘imlarni hisoblab chiqish va to‘lash bilan bog‘liq hujjatlarni talab qilish;
(14-band 11-kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
hujjatlarni (nusxalarini, shuningdek, asl nusxalarini), shu jumladan elektron hujjatlarni, predmetlarni (tovarlar, buyumlar, xomashyolar, materiallar va yarim tayyor mahsulotlar namunalarini), shuningdek, huquqbuzarlik predmetlarini olib qo‘yish, olib qo‘yilishi soliq to‘lovchi faoliyatining to‘xtab qolishiga olib keladigan hujjatlar bundan mustasno. Soliq to‘lovchi faoliyatining to‘xtab qolishiga olib keladigan hujjatlar va predmetlarni olib qo‘yish faqat sud qarori asosida amalga oshiriladi;
soliq to‘lovchidan, shuningdek, soliq to‘lovchining rahbarlik funksiyalarini yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruv funksiyalarini amalga oshirayotgan shaxslardan, boshqa moddiy javobgar xodimlardan tushuntirishlar olish;
tekshirilayotgan soliq to‘lovchilarning rahbarlaridan asosiy vositalar, tovar-moddiy boyliklar, pul mablag‘lari va hisob-kitoblarni xatlovdan o‘tkazishni talab qilish;
tarjimonni, ekspertni jalb etish va ekspertizani tayinlash;
aniqlangan soliq qonunchiligining buzilishlarini bartaraf etilishini talab qilish;
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa xatti-harakatlarni amalga oshirish;
12) savdo, tovarlar sotish va pulli xizmatlar ko‘rsatish qoidalariga rioya etilishi, shuningdek, naqd pul yoki plastik kartochkalar bo‘yicha to‘lov shakliga qarab narxlarni sun’iy ravishda oshirish yoki pasaytirish, nazorat-kassa texnikalaridan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa onlayn nazorat-kassa texnikalari yoki virtual kassalardan, hisob-kitob terminallaridan foydalanish, belgilangan tartibda talonlar va cheklarni berish masalalari yuzasidan tekshiruvlarni belgilangan tartibga muvofiq o‘tkazish;
(14-bandning 12-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
13) soliq nazoratini amalga oshirishda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasida, onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassalarda saqlanayotgan ma’lumotlardan foydalanish;
(14-bandning 13-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-noyabrdagi 943-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2019-y., 09/19/943/4066-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining V bo‘limi.
14) soliq solinadigan bazani aniqlashtirish maqsadida xo‘jalik yurituvchi subyektlar xodimlarining hisobotdagi va haqiqiy sonining muvofiqligi yuzasidan monitoringni amalga oshirish;
15) soliq monitoringini amalga oshirishda soliq to‘lovchidan soliqlar va yig‘imlarning to‘g‘ri hisoblanishi, to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishi bilan bog‘liq zarur hujjatlar, ma’lumotlar, tushuntirishlarni talab qilib olish;
(14-bandning 15-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
16) xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida o‘tkazilgan xronometraj ko‘zdan kechirish natijalariga ko‘ra tovar (ish, xizmat)lar realizatsiyasidan kamaytirib ko‘rsatilgan tushumni qayta hisob-kitob qilgan holda soliqlarni hisoblashni amalga oshirish to‘g‘risida talabnoma yuborish;
17) davlat soliq xizmatlari organlarida soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlar to‘g‘risidagi mavjud ma’lumotlarni aniqlashtirish maqsadida, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, ko‘zdan kechirish hamda so‘rov olib borish;
18) belgilangan tartibda quyidagilarni:
banklardan va boshqa kredit-moliya tashkilotlaridan soliq to‘lovchilarning hisob-kitob hisobvaraqlarida yoki boshqa hisobvaraqlarida amalga oshirilgan operatsiyalar haqidagi, shuningdek, ushbu hisobvaraqlardagi mavjud pul mablag‘lari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;
bojxona organlaridan va boshqa vakolatli organlardan import-eksport operatsiyalari amalga oshirilganligi va soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi boshqa zarur ma’lumotlarni;
vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlardan davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining xizmat vazifalari masalalari bo‘yicha ma’lumotlarni olish;
19) belgilangan tartibda:
qurilish, montaj, ta’mirlash va boshqa ishlarni nazorat o‘lchovidan o‘tkazish uchun malakali mutaxassislarni jalb etish;
iqtisodiy jinoyatlar bilan kurashishda ilmiy-texnik vositalardan va usullardan foydalanish;
o‘tkaziladigan tekshirishlarda boshqa nazorat qiluvchi organlar, vazirliklar va idoralar bilan hamkorlik qilish;
mansabdor shaxslarni, fuqarolarni aniqlangan huquqbuzarlik faktlari bo‘yicha tushuntirishlar berish uchun davlat soliq xizmati organlariga taklif etish;
20) soliq to‘lovchi tomonidan hisobga olish hujjatlari yo‘qotib qo‘yilgan yoki yo‘q qilingan holatlarda Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lanishi kerak bo‘lgan soliqlar hamda yig‘imlar summasini soliq to‘lovchi to‘g‘risida o‘zida mavjud bo‘lgan axborotlar, shuningdek, boshqa ana shunday soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida hisob-kitob qilish yo‘li bilan mustaqil ravishda belgilash;
(14-bandning 20-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
21) soliq majburiyati bo‘yicha da’vo qilish muddati mobaynida soliqlar va yig‘imlarning hisoblab chiqilgan summasini hisoblab chiqarish yoki qayta ko‘rib chiqish;
(14-bandning 21-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
22) soliqlar va yig‘imlarni undirish funksiyalarini amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlarni soliqlar va yig‘imlarning to‘g‘ri hisoblab chiqilganligi, to‘liq undirilganligi va Davlat budjetiga hamda davlat maqsadli jamg‘armalariga o‘z vaqtida o‘tkazilganligi yuzasidan nazorat qilish;
(14-bandning 22-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
23) Soliq to‘lovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni o‘n kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turish. Soliq to‘lovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni o‘n kundan ko‘p muddatga to‘xtatib turish bo‘yicha sud tartibida choralar ko‘rish (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish hamda terrorizmni moliyalashtirish, shuningdek, mazkur kichik bandning ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno).
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni o‘n kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turish soliq organi tomonidan mazkur soliq to‘lovchilarning (soliq agentlarining) soliq majburiyatlari bajarilishini ta’minlash uchun quyidagi hollarda qo‘llanilishi mumkin:
ushbu soliq to‘lovchi (soliq agenti) tomonidan soliq organiga moliyaviy va (yoki) soliq hisoboti bunday hisobotni taqdim etishning belgilangan muddati tugaganidan keyin o‘n kun ichida taqdim etilmaganda;
soliq to‘lovchi (soliq agenti) tomonidan soliq organining kameral soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha talabnomasiga tushuntirishlar va (yoki) tuzatishlar belgilangan muddatda taqdim etilmaganda, shuningdek soliq to‘lovchi tomonidan soliq organi talab qilgan hujjatlar taqdim etilmaganda;
soliq tekshiruvini o‘tkazayotgan soliq organlarining mansabdor shaxslarini ko‘rsatilgan hududga yoki binoga (bundan turar joylar mustasno) kirishiga to‘sqinlik qilishda. Soliq organi mansabdor shaxsining kirishiga to‘sqinlik qilinishi uning o‘zi va tekshirilayotgan shaxs tomonidan imzolanadigan dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bunday dalolatnoma asosida soliq organi bankdagi hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turadi;
soliq to‘lovchining (soliq agentining) o‘zi ko‘rsatgan manzilda yo‘qligida;
(14-bandning 23-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
(14-bandning 24-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
soliqqa oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish va yuridik hamda jismoniy shaxslarga nisbatan moliyaviy sanksiyalarni qo‘llash;
ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazolar qo‘llash;
(14-bandning 25-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 167-moddasi.
26) aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarliklar bo‘yicha tovar-moddiy boyliklarni qonun hujjatlarida belgilangan holatlarda va tartibda davlat daromadiga o‘tkazish. Soliq to‘lovchilar — yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlarning tovar-moddiy boyliklarini davlat daromadiga o‘tkazish sud tartibida amalga oshiriladi;
27) soliq to‘lovchilar tomonidan noqonuniy olingan mablag‘larni davlat daromadiga undirish to‘g‘risida ularga nisbatan sudga da’volar taqdim etish;
28) o‘tkazilgan kameral nazorat natijalari bo‘yicha soliq to‘lovchi aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etmasa yoki aniqlangan tafovutlar bo‘yicha asosnomalarni taqdim etmasa yoxud taqdim etgan asosnomalar yetarli emas deb topilsa soliq organi soliq to‘lovchiga soliq auditini tayinlash;
(14-bandning 28-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda)
29) davlat ulushlari bo‘yicha dividendlarni va davlat unitar korxonalarining sof foydasidan Davlat budjetiga ajratmalarni undirish;
30) soliq to‘lovchi majburiyatlarining bajarilishi zarurligi to‘g‘risida va soliq qarzini majburiy tartibda undirish bo‘yicha ko‘riladigan choralar to‘g‘risida soliq to‘lovchiga talabnoma yuborish;
31) soliq to‘lovchi soliq hisoboti taqdim etilgan sanadan e’tiboran o‘n kun mobaynida yozma ariza bermagan taqdirda, soliqlar va yig‘imlarning ortiqcha to‘langan summalarini soliq qarzini, shu jumladan, ular bo‘yicha penya va jarimalarni uzish hisobidan hisobga olish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasiga mustaqil ravishda xulosa taqdim etish;
(14-bandning 31-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
32) O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan holatlarda hujjatlarni, agar ular chet tilda tuzilgan bo‘lsa, notarial tasdiqlagan holda davlat tiliga tarjima qilishni talab qilish;
33) yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha soliq davrida bo‘nak to‘lovlari summasi soliq hisobotida ko‘rsatilgan, budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasiga nisbatan 10 foizdan ortiq kamaytirilgan taqdirda, bo‘nak to‘lovlarini soliqlarning haqiqiy summasidan kelib chiqib, penya hisoblagan holda qaytadan hisoblash;
(14-bandning 33-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
34) bozorlarda, savdo komplekslarida va ularga tutash bo‘lgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida bir martalik yig‘imning to‘liq tushganligini va uni topshirish hisobini, ijara to‘lovini, nazorat-kassa texnikalaridan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa onlayn nazorat-kassa texnikalari yoki virtual kassalardan foydalanilishini, hisob-kitob terminallarini, savdo va xizmatlar ko‘rsatish qoidalariga rioya etilishini belgilangan tartibda qisqa muddatli tekshirishlarni amalga oshirish, shu jumladan, naqd pul yoki plastik kartochkalar bo‘yicha to‘lov shakliga qarab narxlarni sun’iy ravishda oshirish yoki pasaytirish, shuningdek, belgilangan tartibda talonlar va cheklarni berish masalalari yuzasidan tekshiruvlar o‘tkazish;
(14-bandning 34-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
35) bozorlar, savdo komplekslari hududlarida va ularga tutash bo‘lgan avtotransport vositalarini vaqtinchalik saqlash joylarida aniqlangan moliya-iqtisodiy va soliq sohalaridagi buzilishlar sodir etilganligi faktlari bo‘yicha tergovga qadar tekshiruvlar o‘tkazish, ular bo‘yicha jinoiy ishlar qo‘zg‘ash, keyinchalik ishlarni tergovga tegishliligiga qarab qonun hujjatlariga muvofiq huquqni muhofaza qiluvchi organlarga berish.
Davlat soliq xizmati organlari ushbu Nizomda va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham egadir.
36) Soliq va yig‘imlarni yig‘ish maqsadida davlat soliq xizmati organlarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma orqali qaytarish sharti bilan tijorat banklariga “0” foiz stavkada depozitga mablag‘ joylashtirish.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qaroriga asosan 36-kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
37) tijorat banklarida korporativ bank kartalarini ochish va ulardan nazorat xaridlarini amalga oshirish maqsadida foydalanish.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qaroriga asosan 37-kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
15. Ushbu Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan huquqlar belgilangan vakolatlar doirasida:
ushbu Nizomning 14-bandidagi 9 — 22, 33 — 35-kichik bandlari — davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslariga beriladi;
ushbu Nizomning 14-bandidagi 1 — 8, 23 — 32 va 36-kichik bandlari — davlat soliq xizmati organlari boshliqlari va ularning o‘rinbosarlariga beriladi.
(15-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
16. Qo‘mita markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari va davlat soliq xizmatining hududiy organlarining huquqlari Qo‘mita raisi tomonidan tasdiqlanadigan nizomlarda belgilanadi.
17. Qo‘mita:
yuklangan vazifa va funksiyalarni samarali amalga oshirish, shuningdek, soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash sohasida davlat boshqaruvi nazoratini samarali bajarish;
Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalariga soliqlar va yig‘imlar tushumi prognoz ko‘rsatkichlariga erishilishini so‘zsiz ta’minlash;
(17-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan, shuningdek, Qo‘mita tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa hujjatlarni amalga oshirish sifati, natijalari va yakuniy natijasi;
davlat soliq xizmati organlarini rivojlantirish, shuningdek, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va muammoli masalalarni hal etish bo‘yicha dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritasi” va boshqa dasturiy hujjatlarni samarali amalga oshirish;
fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish va rioya etilishini ta’minlash uchun javob beradi.
18. Qo‘mita markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari va davlat soliq xizmatining hududiy organlarining javobgarligi Qo‘mita raisi tomonidan tasdiqlanadigan nizomlarda belgilanadi.
5-bob. Qo‘mita rahbarlarining asosiy funksional majburiyatlari
19. Quyidagilar Qo‘mita raisining asosiy funksional majburiyatlari hisoblanadi:
1) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;
2) Qo‘mita faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, tegishli qonun hujjatlari bilan Qo‘mita zimmasiga yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;
3) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Qo‘mita faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar hamda kompleks tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
4) Davlat budjetiga, davlat maqsadli jamg‘armalariga soliqlar va yig‘imlar tushumi prognoz ko‘rsatkichlariga erishishni so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha ta’sirchan choralarni ishlab chiqish va qabul qilish;
(19-bandning 4-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
5) Qo‘mita faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining bo‘linmalari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kotibiyatlari, shuningdek, tegishli vazirliklar va idoralar bilan o‘zaro hamkorlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida masalalarni ko‘rib chiqishda ishtirok etish;
(19-bandning 5-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
6) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlarining topshiriqlarini ijro etish;
7) o‘z o‘rinbosarlari vakolatlarini belgilash, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlash, Qo‘mitaning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, Qo‘mita faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun o‘z o‘rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyati darajasini belgilash;
8) Qo‘mita faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, Qo‘mita va o‘z o‘rinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;
9) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hujjatlari hamda topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoringini olib borishning ta’sirchan tizimini yaratish, Qo‘mita faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishi uchun tarkibiy va hududiy bo‘linmalar, shuningdek, tasarrufidagi tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish choralarini ko‘rish;
10) Qo‘mita xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tizimli tashkil etish;
11) Qo‘mita tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Qo‘mitaning kadrlar zaxirasini shakllantirish;
12) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiradigan vakant rahbar lavozimlarga taklif etilgan kadrlar, shuningdek, Qo‘mitaga ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professionalligi, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribasi, yuqori darajadagi ishchanlik va ma’naviy-axloqiy fazilatlari kafolatini ta’minlash;
13) faoliyat sohasiga kiradigan masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini, ularning qonun hujjatlarida belgilangan talablarga qat’iy muvofiq ravishda o‘z vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini tashkil etish;
14) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Qo‘mitaning qonun loyihalarini tayyorlash faoliyatini tashkil etish;
15) Qo‘mita vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni, zarurat bo‘lganda, boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tegishli qarorlar qabul qilish;
16) Qo‘mitaga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining to‘liq hamda har tomonlama ko‘rib chiqilishini ta’minlash, ularni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda kelishish (viza qo‘yish);
17) Qo‘mita rahbarlari va xodimlari xizmat safarlarini qonun hujjatlari talablariga to‘la muvofiq ravishda bajarish va tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanilishini ta’minlash;
18) o‘z o‘rinbosarlari hamda tarkibiy va davlat soliq xizmatining hududiy organlari rahbarlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini tizimli tanqidiy tahlil qilish, Qo‘mitaning hay’ati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, yakunlari bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;
19) Qo‘mita xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, o‘z o‘rinbosarlarini rag‘batlantirish hamda intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimida qolishi maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflar kiritish, ularning shaxsiy javobgarligini oshirishga doir tizimli choralarni amalga oshirish;
20) Qo‘mita xodimlari tomonidan Qo‘mita tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadigan xodimlarning odob-axloq qoidalari talablariga hamda ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya etilishini ta’minlashni nazorat qilish;
(19-bandning 20-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
21) qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq Qo‘mita tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyoti va qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish yo‘li bilan ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
22) Qo‘mita, Hududlararo inspeksiyalar, davlat soliq xizmatining hududiy organlari va tasarrufidagi tashkilotlar ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini ta’minlash;
(19-bandning 22-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 23-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2026-y., 09/26/23/0070-son)
23) aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan o‘zaro hamkorlik qilishda, shu jumladan “yagona darcha” prinsipini joriy etish orqali davlat xizmatlari ko‘rsatish sifati va samaradorligini oshirish hamda ulardan erkin foydalanishni ta’minlash va O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;
24) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, aholi bilan bevosita va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan sayyor qabullar o‘tkazish;
25) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ular faoliyatida Qo‘mita xodimlari hamda rahbarlarining faol ishtirok etishini tashkillashtirish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan tushadigan murojaatlari o‘z vaqtida hamda to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
26) davlat sirlariga kiritilgan axborot va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
27) zarur hollarda markaziy apparat va hududiy bo‘linmalar, Hududlararo inspeksiyalarning tasdiqlangan tuzilmalariga boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni va ish haqi fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish;
(19-bandning 27-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 23-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2026-y., 09/26/23/0070-son)
(19-bandning 28-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
(19-bandning 29-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
30) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan davlat soliq xizmati organlari boshqaruv xodimlari mutaxassislarining qo‘shimcha shtat birliklarini joriy etish;
(19-bandning 30-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
31) Qo‘mita markaziy apparatining tarkibiy tuzilmalari, davlat soliq xizmatining hududiy organlari to‘g‘risidagi nizomlarni hamda tasarrufidagi tashkilotlar ustavlarini belgilangan tartibda tasdiqlash;
32) Qo‘mita markaziy apparati, Hududlararo inspeksiyalarning shtatlar jadvalini tasdiqlash;
(19-bandning 32-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 23-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2026-y., 09/26/23/0070-son)
33) Qo‘mita xodimlarini, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalari boshliqlari o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalari hamda Hududlararo inspeksiyalarning bo‘lim (shu’ba) boshliqlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalari soliq organlari faoliyatini nazorat qilish va shaxsiy xavfsizlik bo‘limlari (shu’balari) xodimlarini, tuman (shahar) soliq inspeksiyalari boshliqlari, Hududlararo inspeksiyalar boshlig‘i va boshliq o‘rinbosarlari, Hududlararo inspeksiyalar shaxsiy xavfsizlik bo‘limlari xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish;
(19-bandning 33-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 23-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2026-y., 09/26/23/0070-son)
34) Qo‘mita hay’ati va markaziy apparati majlislarini boshqarish;
35) Qo‘mita va davlat soliq xizmatining hududiy organlari, Hududlararo inspeksiyalarning xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqarish, yo‘riqnomalar, qoidalar, nizomlarni tasdiqlash hamda ko‘rsatmalar berish, shuningdek, ularning belgilangan tartibda ijro etilishini nazorat qilish;
(19-bandning 35-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 23-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2026-y., 09/26/23/0070-son)
36) davlat soliq xizmati organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish, shu jumladan mukofotlash to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;
37) davlat soliq xizmati organlari tizimidagi xodimlar va mutaxassislarni ularning ko‘p yillik va samarali faoliyati, alohida yutuqlari va xizmatlari uchun belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotlariga bilan taqdirlashga taqdim qilish va tavsiyalar berilishini ta’minlash;
38) davlat organlari va boshqa tashkilotlarda, shuningdek, boshqa davlatlarning davlat soliq xizmati organlari bilan munosabatlarda davlat soliq xizmati organlarining manfaatlarini ifodalash.
39) bo‘ysunuvchi tashkilotlarning xodimlari sonini aniqlash, ularning tuzilmasi, shtat birligi, shu jumladan, boshqaruv xodimlari, ish haqi fondi, xarajatlar smetasi, transport vositalarining me’yorlarini tasdiqlash, shuningdek, ularning mol-mulkini tasarruf etish.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qaroriga asosan 39-kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
20. Quyidagilar Qo‘mita raisi o‘rinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
1) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;
2) Qo‘mita raisi vaqtincha bo‘lmaganda tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;
3) Qo‘mitaning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va ularga bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash;
4) Qo‘mitaning mutasaddilik qilinadigan faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Qo‘mita faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar hamda kompleks chora-tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
5) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalar tomonidan prognoz ko‘rsatkichlariga erishishni so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rish, tuzilmalar rahbarlari hisobotlarini muntazam eshitish va qayd etilgan ko‘rsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish;
6) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalar rahbarlarining har choraklik rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;
7) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari hamda topshiriqlari ijrosini ta’minlash, Qo‘mitaning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalarda ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy choralarni amalga oshirish, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishi uchun tarkibiy tuzilmalar rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish choralarini ko‘rish;
8) Qo‘mita hay’ati qarorlari, Qo‘mita raisining buyruq va topshiriqlari o‘z vaqtida hamda sifatli bajarilishini ta’minlash;
9) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish bo‘yicha Qo‘mita raisiga takliflar taqdim etish, ularning professionalligi, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribasi, yuqori darajadagi ishchanlik va ma’naviy-axloqiy fazilatlari kafolatini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish choralarini ko‘rish, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
10) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalar tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Qo‘mitaning tarkibiy tuzilmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqish va ular keyinchalik Qo‘mita raisi tomonidan ko‘rib chiqilishi, imzolanishi (viza qo‘yilishi) uchun viza qo‘yish, ularning qonun hujjatlari talablariga qat’iy muvofiq ravishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga o‘z vaqtida kiritilishini ta’minlash;
11) Qo‘mitaga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini to‘liq va har tomonlama ko‘rib chiqish;
12) xizmat safarlarini qonun hujjatlari talablariga to‘liq muvofiq amalga oshirish va tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanilishini ta’minlash;
13) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalar rahbarlari va xodimlari faoliyati samaradorligi hamda natijadorligini tizimli tanqidiy tahlil qilish, Qo‘mita hay’ati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, yakunlari bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;
14) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalarning faoliyat sohasiga tegishli bo‘lgan masalalar bo‘yicha Qo‘mita faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy choralar ko‘rish, qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish hamda ularni Qo‘mita raisiga kiritish;
15) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalar rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish, moddiy rag‘batlantirish, mukofotlash hamda intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan ularning egallab turgan lavozimida qolishi maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflarni Qo‘mita raisiga kiritish, funksional vazifalar va yuklangan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish bo‘yicha tizimli choralarni amalga oshirish;
16) Qo‘mita tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan xodimlarning odob-axloq qoidalari hamda ichki mehnat tartibi qoidalari talablariga rioya etish, ko‘rsatilgan qoidalar mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalar rahbarlari va xodimlari tomonidan rioya etilishini ta’minlash;
(20-bandning 16-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
17) qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq Qo‘mita tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyoti va qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish hamda amalga oshirish yo‘li bilan ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
18) Qo‘mita raisiga davlat xizmatlari samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirishga doir takliflar kiritish;
19) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan bevosita va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, muntazam shaxsiy qabullar o‘tkazish, shu jumladan qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini sayyor qabul qilish;
20) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ular faoliyatida qonun hujjatlari talablariga muvofiq faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan kelib tushadigan barcha murojaatlarini o‘z vaqtida hamda to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
21) davlat sirlariga kiritilgan axborot va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
22) vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi organlar va boshqa tashkilotlarning soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash sohasidagi ishlarni muvofiqlashtirishda ishtirok etish.
21. Qo‘mita markazi apparatining tarkibiy tuzilmalari va davlat soliq xizmatining hududiy organlari rahbarlarining asosiy funksional majburiyatlari Qo‘mita raisi tomonidan tasdiqlanadi.
6-bob. Qo‘mita rahbarlarining javobgarligi
22. Qo‘mita raisi:
1) Qo‘mitaga yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishi;
2) Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalariga tushumlar prognozining bajarilishi;
3) soliqlar va yig‘imlarning to‘liq va o‘z vaqtida tushishini ta’minlash yuzasidan lozim darajada nazorat o‘rnatilishi;
(22-bandning 3-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
4) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlari talablarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi;
5) davlat soliq xizmati organlariga yuqori ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega malakali xodimlarni jalb etishga qaratilgan, kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish va rag‘batlantirishning mutlaqo yangi tizimi yaratilishi;
6) xodimlarning xizmatga bo‘lgan munosabatini tubdan o‘zgartirish, qonun buzilishining barcha ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish muhiti yaratilishi, jamoada sog‘lom muhit shakllantirilishi;
7) davlat soliq xizmati organlari faoliyatining ochiqligi ta’minlanishi, soliq to‘lovchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqasiz muloqot o‘rnatilishi;
8) soliq ma’muriyatchiligining zamonaviy uslublarini joriy etish sohasida xalqaro ekspertlar, grantlarni jalb etish ishlari;
9) davlat soliq xizmati organlarining moddiy-texnika jihatdan ta’minlanishi;
10) ushbu Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan Qo‘mitaning tegishli javobgarlik sohalari;
11) ushbu Nizomning 19-bandida nazarda tutilgan o‘z funksional majburiyatlarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
1) Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalariga soliqlar va yig‘imlar to‘liq va o‘z vaqtida tushishining ta’minlanishi;
(23-bandning 1-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
2) soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlanishi, soliq nazoratini amalga oshirishning zamonaviy uslublari joriy etilishi, soliq sohasidagi huquqbuzarliklarning kelib chiqish sabab va shart-sharoitlari tahlil qilinishi, ularga barham berish choralari ko‘rilishi;
3) soliq solish bazasini kengaytirish bo‘yicha, jumladan hududlarning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar dinamikasi va soliq salohiyatini tizimli tahlil qilish orqali kompleks choralar ko‘rilishi;
4) nazorat amalga oshirilishi va soliq qarzdorligi oshishiga yo‘l qo‘yilmasligi, xalqaro tajribani chuqur o‘rganish orqali soliq tizimining modernizatsiyalanishi;
5) Qo‘mitaga yuklangan vazifa va funksiyalarning Qo‘mita markaziy apparatining mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalarida bajarilishi;
6) mutasaddilik qilinadigan masalalar bo‘yicha ushbu Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan Qo‘mitaning tegishli javobgarlik sohalari;
7) ushbu Nizomning 20-bandida nazarda tutilgan o‘z funksional majburiyatlarining sifatli ijro etilishi uchun shaxsan javob beradi.
24. Qo‘mita raisi o‘rinbosarlari:
1) soliq ma’muriyatchiligi samaradorligini oshirishga ko‘maklashuvchi soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini ishlab chiqish va qo‘llash metodologiyasining takomillashtirilishi;
2) Davlat budjeti daromadlari darajasini oshirish uchun zaxiralarni izlash va aniqlash bo‘yicha tizimli ishlar olib borilishi;
3) soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarganligi uchun tadbirkorlik subyektlarini rag‘batlantirish choralari ko‘rilishi;
4) soliq solish qismida iqtisodiyotning xufiyona sektorini legallashtirishga qaratilgan tizimli nazorat ta’minlanishi;
5) sifatsiz, qalbaki (yasama) va noqonuniy olib kirilgan tovarlar ishlab chiqarilishi, shuningdek, realizatsiya qilinishiga qarshi kurashishning holati va samaradorligi;
6) soliq ma’muriyatchiligi jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tahlilning ilg‘or avtomatlashtirilgan uslublari, elektron hisobvaraq-fakturalarni hisobga olish va onlayn nazorat-kassa mashinalarining avtomatlashtirilgan monitoringi bo‘yicha dasturiy mahsulotlar joriy etilishi hamda samarali faoliyat ko‘rsatishi;
7) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari puxta, har tomonlama, to‘liq va obyektiv ko‘rib chiqilishi, fuqarolarning shaxsan qabul qilinishi;
(24-bandning 8-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
9) Qo‘mita vazifa va funksiyalarining Qo‘mitaning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalarida bajarilishi;
10) mutasaddilik qilinadigan masalalar bo‘yicha ushbu Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan Qo‘mitaning tegishli javobgarlik sohalari;
11) ushbu Nizomning 20-bandida nazarda tutilgan o‘z funksional majburiyatlarining sifatli ijro etilishi uchun shaxsan javob beradi.
25. Qo‘mitaning mansabdor shaxslari:
o‘zlarining funksional vazifalarini bajarmaganligi yoki zarur darajada bajarmaganliklari, ijro intizomini buzganliklari;
ushbu Nizom va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya qilmaganliklari;
noqonuniy xatti-harakatlar (harakatsizlik) tufayli soliq to‘lovchilarga moddiy va ma’naviy zarar yetkazganliklari;
o‘zlarining noqonuniy xatti-harakatlari (harakatsizligi) tufayli xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ishlab chiqarish hajmlarini pasaytirganliklari va soliq solish bazasini kamaytirganliklari;
qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan qarorlar qabul qilganliklari;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqbuzarliklar uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
26. Davlat soliq xizmati organlari xodimlarining o‘z xizmat vakolatlari doirasidan chetga chiqqanligi, shuningdek, zimmasiga yuklangan xizmat vazifalarini bajarmaganligi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda intizomiy, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
27. Soliq nazoratini amalga oshirishda davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining noqonuniy xatti-harakatlari (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan zararlar qonunda belgilangan tartibda qoplanadi.
28. Soliq organlari soliq to‘lovchining aynan bitta davr uchun aynan bir xil soliqlar bo‘yicha bir martadan ortiq soliq auditini o‘tkazishga haqli emas, Soliq kodeksida belgilangan holatlar bundan mustasno.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
29. Jismoniy va yuridik shaxslar o‘z huquq va erkinliklarini buzayotgan davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari (harakatsizligi) yoki qarorlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Qo‘mita rahbariyatiga yoxud bevosita sudga shikoyatlar bilan murojaat qilishga haqlidirlar.
30. Qo‘mitaga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan rais boshchilik qiladi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-apreldagi 234-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2020-y., 09/20/234/0453-son)
31. Qo‘mita raisi o‘z maqomiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining a’zosi hisoblanadi.
32. Qo‘mita raisining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari bo‘ladi.
33. Qo‘mita raisi bo‘lmagan vaqtda uning vakolatlari vazifalar taqsimotiga binoan uning o‘rinbosarlari tomonidan bajariladi.
34. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan boshliqlar boshchilik qiladi.
Hududlararo inspeksiyalar, tuman (shahar) soliq inspeksiyalariga belgilangan tartibda Qo‘mita raisi tomonidan tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan boshliqlar boshchilik qiladi.
(34-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 23-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2026-y., 09/26/23/0070-son)
35. Qo‘mita markaziy apparatining tarkibiy tuzilmalari, hududiy soliq boshqarmalari to‘g‘risidagi nizomlar Qo‘mita raisi tomonidan, tumanlar (shaharlar) soliq inspeksiyalari to‘g‘risidagi nizomlar esa Qo‘mita raisi tomonidan tasdiqlanadigan tuman (shahar) soliq inspeksiyasi to‘g‘risidagi Namunaviy nizom asosida hududiy soliq boshqarmalari boshliqlari tomonidan tasdiqlanadi.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
2-§. Qo‘mita markaziy apparati tarkibiy tuzilmalarining davlat soliq xizmatining hududiy organlari, Hududlararo inspeksiyalar va tasarrufidagi tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi tartibi
(2-paragraf nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 23-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2026-y., 09/26/23/0070-son)
36. Qo‘mita markaziy apparati tarkibiy tuzilmalarining davlat soliq xizmatining hududiy organlari, Hududlararo inspeksiyalar va tasarrufidagi tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligining ta’minlanishi Qo‘mita markaziy apparati tarkibiy tuzilmalari rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 23-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2026-y., 09/26/23/0070-son)
37. Qo‘mita markaziy apparati tarkibiy tuzilmalari o‘z faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha davlat soliq xizmatining hududiy organlari, Hududlararo inspeksiyalar va tasarrufidagi tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qilib:
1) topshiriqlarni davlat soliq xizmatining hududiy organlari, Hududlararo inspeksiyalar va tasarrufidagi tashkilotlarga yetkazadi va ularning ijrosini nazorat qiladi;
2) davlat soliq xizmatining hududiy organlari, Hududlararo inspeksiyalar va tasarrufidagi tashkilotlarga bevosita tarkibiy tuzilmaning faoliyatiga oid masalalar bo‘yicha so‘rovnomalar yuboradi va ular ijrosini nazorat qiladi;
3) tekshiruvlar va o‘rganishlar o‘tkazadi, davlat soliq xizmatining hududiy organlari, Hududlararo inspeksiyalar va tasarrufidagi tashkilotlarning amaliy faoliyatini umumlashtiradi, uni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi;
4) davlat soliq xizmatining hududiy organlari, Hududlararo inspeksiyalar va tasarrufidagi tashkilotlari faoliyatini tashkil etish va natijalari haqidagi hisobot va axborot materiallari, statistik va boshqa ma’lumotlarni o‘rganishni tashkil etadi;
5) davlat soliq xizmatining hududiy organlari, Hududlararo inspeksiyalar va tasarrufidagi tashkilotlari ish rejalarini tahlil qiladi, ularning faoliyatlarini rejalashtirishni takomillashtirish bo‘yicha choralarni ko‘radi;
6) davlat soliq xizmatining hududiy organlari, Hududlararo inspeksiyalar va tasarrufidagi tashkilotlardan kelib tushgan takliflarni ko‘rib chiqadi;
7) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda davlat soliq xizmatining hududiy organlari, Hududlararo inspeksiyalar va tasarrufidagi tashkilotlarning ishtirokini tashkil etadi, qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha ulardan kelib tushgan takliflarni ko‘rib chiqadi.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 23-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2026-y., 09/26/23/0070-son)
38. Davlat soliq xizmatining hududiy organlari, Hududlararo inspeksiyalar va tasarrufidagi tashkilotlar Qo‘mita markaziy apparati tarkibiy tuzilmalari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi, shu jumladan:
(38-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 23-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2026-y., 09/26/23/0070-son)
1) Qo‘mita rahbariyati topshiriqlarining ijrosi to‘g‘risida axborot beradi;
2) faoliyatning belgilangan sohasidagi qonun hujjatlari ijrosi yuzasidan faoliyat natijalari to‘g‘risida axborot taqdim qiladi;
3) ularning faoliyatini o‘rganish va tekshirish natijasida aniqlangan ishdagi kamchiliklar va qonunbuzilishlarini bartaraf etish natijalari to‘g‘risida axborot beradi;
4) o‘zining ish natijalari to‘g‘risidagi hisobotlarni belgilangan tartibda va muddatlarda taqdim etadi;
5) soliqqa tortish va soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi sohasidagi muammolarni bartaraf etishga qaratilgan takliflarni taqdim etadi;
6) kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan o‘zaro hamkorlik natijalari to‘g‘risida hisobot beradi;
7) vakolatli organlar tomonidan o‘zining faoliyatida o‘tkazilgan tekshirish natijalari to‘g‘risida xabardor qiladi.
39. Qo‘mita markaziy apparati tarkibiy tuzilmalari hamda uning hududiy davlat soliq xizmati organlari, Hududlararo inspeksiyalar va tasarrufidagi tashkilotlarning o‘zaro hamkorligi jarayonida kelib chiqadigan kelishmovchiliklar Qo‘mita raisi topshirig‘iga binoan uning tegishli o‘rinbosarlari tomonidan ko‘rib chiqiladi. Agar ko‘rib chiqishdan keyin kelishmovchiliklar tartibga solinmasa, ular bo‘yicha qaror bevosita Qo‘mita raisi tomonidan qabul qilinadi.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 23-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2026-y., 09/26/23/0070-son)
3-§. Qo‘mitaning boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish tartibi
40. Qo‘mita o‘z vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, banklar va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
41. Hududlararo inspeksiyalar o‘z vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, banklar va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 23-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2026-y., 09/26/23/0070-son)
42. Davlat soliq xizmatining hududiy organlari o‘z vakolatlari doirasida boshqa hududiy davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, banklar va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
Davlat soliq xizmatining hududiy organlari tegishli hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari” ishlab chiqilishida va amalga oshirilishida kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan yaqindan hamkorlik qiladi.
43. Qo‘mitaning faoliyatiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Kompleks rahbari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bo‘linmalari mutasaddilik qiladi.
4-§. Qo‘mitaning hay’ati, boshqa maslahat, konsultativ va ekspert organlari
44. Qo‘mitada Qo‘mita raisi (hay’at raisi), raisning birinchi o‘rinbosari, rais o‘rinbosarlari (lavozimi bo‘yicha) va Qo‘mita faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi Qo‘mita tarkibiy tuzilmalari rahbarlari va Hududlararo inspeksiyalar boshlig‘idan iborat tarkibda hay’at tashkil etiladi.
(44-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 23-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2026-y., 09/26/23/0070-son)
Hay’atning soni va shaxsiy tarkibi Qo‘mita raisining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
45. Hay’atga quyidagi vazifalar yuklanadi:
Qo‘mita faoliyatining ushbu Nizomda belgilangan asosiy yo‘nalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
Qo‘mita tizimi rahbarlari va xodimlarining qonun hujjatlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash uchun shaxsiy javobgarligini oshirish choralarini ko‘rgan holda tarkibiy va davlat soliq xizmatining hududiy organlari, Hududlararo inspeksiyalar va tasarrufidagi tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari muntazam ravishda eshitilishini tashkil qilish;
(45-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 23-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2026-y., 09/26/23/0070-son)
Qo‘mita faoliyati sohasida hududiy va tarmoq dasturlarini amalga oshirishning borishi natijadorligini har chorakda va tizimli ko‘rib chiqish;
joylarda Qo‘mita faoliyat sohasining dolzarb masalalarini muhokama qilishni ta’minlagan holda hay’atning kengaytirilgan ko‘chma majlislarini o‘tkazishni tashkil etish, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Qo‘mita markaziy apparati va uning tizimiga kiruvchi lavozimlar nomenklaturasini ko‘rib chiqish va tasdiqlash;
Qo‘mita nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish masalalarini ko‘rib chiqish;
Qo‘mita tizimidagi tashkilotlarning ustav kapitali miqdorini aniqlash va tasdiqlash;
(45-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-sentabrdagi 595-sonli qaroriga asosan sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.09.2021-y., 09/21/595/0900-son — 2021-yil 23-dekabrdan kuchga kiradi)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va topshiriqlarida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishni ta’minlash uchun ijro intizomini mustahkamlash va Qo‘mita rahbarlari va xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish.
Hay’at, shuningdek, Qo‘mita vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqish huquqiga ega.
46. Hay’at majlisiga Qo‘mita vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.
47. Hay’at, agar uning majlisida tarkibining yarmidan ko‘pi qatnashgan taqdirda vakolatli bo‘ladi. Ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha qarorlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
48. Hay’at qarorlari Qo‘mita qarorlari va raisning buyruqlari bilan amalga oshiriladi.
49. Hay’at raisi va a’zolari o‘rtasida kelishmovchiliklar mavjud bo‘lgan taqdirda rais paydo bo‘lgan kelishmovchiliklar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham o‘z fikr-mulohazalarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xabar qilishlari mumkin.
50. Hay’at faoliyati tartibi uning hay’at tasdiqlaydigan reglamentida belgilanadi.
51. Davlat soliq xizmatining hududiy organlari faoliyatining, shu jumladan, hay’at qarorlarini va Qo‘mita topshiriqlarini bajarish bilan bog‘liq eng muhim masalalarni hal etish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalarida kengashlar tashkil qilinadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalari kengashlarining shaxsiy tarkibi tegishli hududiy soliq boshqarmasi boshlig‘ining taqdimiga binoan Qo‘mita raisi tomonidan tasdiqlanadi.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
52. Soliqqa oid qonun hujjatlarini qo‘llashning eng murakkab va munozarali masalalari bo‘yicha qarorlar tayyorlash, yuqori malakali maslahatlashuvlar o‘tkazish uchun soliq boshqarmalarida maslahat-ekspert kengashlari tashkil etiladi.
(52-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
53. Qo‘mitaga aholi o‘rtasida tushuntirish va profilaktika ishlarini amalga oshirish uchun qonun hujjatlariga muvofiq bosma va elektron ommaviy axborot vositalarini ta’sis etishi mumkin.
8-bob. Qo‘mita faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari
54. Qo‘mitaning samaradorligi muntazam ravishda baholanadi.
55. Qo‘mita faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash quyidagi asosiy mezonlarga asoslanadi:
davlat soliq xizmati organlari ishining sifatini qoniqarli baholaydigan soliq to‘lovchilar, shuningdek, ularning harakatlari va qarorlari yuzasidan shikoyatlarning soni;
kameral soliq tekshiruvi natijasi bo‘yicha undirilgan soliqlar va yig‘imlarning umumiy summasi;
(55-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
xronometraj ko‘zdan kechirish va soliq tekshiruvlari natijalari bo‘yicha aniqlangan davlat budjeti daromadlarini oshirish zaxiralari summasi va ularni undirish darajasi;
hisoblangan soliq va yig‘imlar undirilishining to‘liqligi va soliq qarzdorligining pasayish darajasi;
(55-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
davlat soliq xizmati organlari bilan o‘zaro munosabatlarda “shaxsiy kabinet”dan foydalanish darajasi;
elektron hisobvaraq-fakturalarni hisobga olish va onlayn nazorat-kassa mashinalarini avtomatlashtirilgan monitoring qilish bo‘yicha dasturiy mahsulotlarni qo‘llayotgan soliq to‘lovchilarning qamrab olinishi.
Qo‘mita markaziy apparatining tarkibiy tuzilmalari, davlat soliq xizmatining hududiy organlari, Hududlararo inspeksiyalar va tasarrufidagi tashkilotlar faoliyatining samaradorligini baholashning qo‘shimcha mezonlarini belgilashi mumkin.
(55-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 23-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2026-y., 09/26/23/0070-son)
56. Qo‘mita faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari bo‘yicha:
davlat soliq xizmati organlarining rahbarlari va xodimlariga nisbatan rag‘batlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlik choralari;
Qo‘mitaning faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish choralari qabul qilinadi.
57. Qo‘mita faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va metodikasi qonun hujjatlarida belgilanadi.
9-bob. Qo‘mita faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash, uning xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish
58. Qo‘mita, davlat soliq xizmatining hududiy organlari, Hududlararo inspeksiyalarning moliyalashtirilishi va moddiy-texnika ta’minoti, shu jumladan ularning xodimlari mehnatiga haq to‘lash budjetdan ajratiladigan mablag‘lar doirasida Davlat budjeti mablag‘lari, O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi mablag‘lari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
(58-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 23-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2026-y., 09/26/23/0070-son)
a) lavozim maoshi (davlat soliq xizmati organlari xodimlarining lavozim maoshini belgilashda Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga muvofiq tarif koeffitsiyenti 1,7 baravarga oshirilgan miqdorda);
(59-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
b) quyidagi miqdordagi oylik ustamalar va boshqa to‘lovlar:
(59-bandning “b” kichik bandi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
markaziy apparat va Hududlararo inspeksiyalar xodimlariga (texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari), alohida mehnat sharoitlari uchun lavozim ish haqiga (tarif stavkasiga) 20 foiz. Mazkur ustamalar qonun hujjatlarida belgilangan rag‘batlantiruvchi qo‘shimcha haq va ustamalarni hisoblashda davlat soliq xizmati organlari xodimlarining lavozim maoshi tarkibiga kiritiladi;
(59-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 23-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2026-y., 09/26/23/0070-son)
ish haqi fondining 15 foizi (budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasidan shakllanadigan);
(59-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi PQ-422-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
lavozim maoshiga nisbatan 40 foiz (mehnatni rag‘batlantirish koyeffitsiyenti);
maxsus unvon uchun 0,15 dan 0,65 gacha (rag‘batlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentda);
uzoq muddat uzluksiz xizmati uchun 0,05 dan 0,6 gacha (rag‘batlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentda);
ikki oylik mehnat haqi fondi miqdoridagi mukofot va bir oylik mehnat haqi miqdoridagi moddiy yordam to‘lovi;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa to‘lovlar;
(59-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qaroriga asosan yettinchi-sakkizinchi xatboshilar to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
ovqatlanish xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdoridagi oylik to‘lovlar;
(59-bandning “v” kichik bandi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
davlat soliq xizmati organlari xodimlarining transport harajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravar miqdorida oylik to‘lovlar (xizmat transporti vositalari ajratilgan xodimlardan tashqari);
(59-bandning “a” kichik bandi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
yiliga bir marta oylik mehnatga haq to‘lash fondi miqdorida moddiy yordam ko‘rsatish;
d) xodimning asoslantirilgan arizasiga asosan yuqori turuvchi tuzilma rahbarining roziligi bilan mehnatga haq to‘lash fondiga ajratilgan mablag‘lar doirasida quyidagi hollarda qo‘shimcha tarzda moddiy yordam ko‘rsatilishi mumkin:
yaqin qarindoshlari vafot etganda — o‘lim to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasiga asosan;
alohida muhtojlik holatida (baxtsiz hodisa, to‘y va boshqa marosimlar munosabati bilan, uzoq muddatli kasallik sababli maxsus davolanish va sog‘liqni qayta tiklash uchun, shuningdek, oiladagi og‘ir moddiy ahvol sababli va boshqa holatlar);
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlar.
Maxsus unvon va ko‘p yillik xizmati uchun beriladigan ustama miqdorini hisoblashda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan to‘lanadigan lavozim maoshi va oylik ustamalarning birgalikdagi summalari hisobga olinadi.
Qo‘mita xodimlari lavozim maoshlariga har oylik ustamalar va qo‘shimcha to‘lovlar Qo‘mita raisi tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(59-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
591. Davlat soliq xizmati organlari xodimlariga mazkur nizomning 59-bandi a) va b) kichik bandlarida ko‘rsatilgan lavozim maoshi, ustama va boshqa to‘lovlarni moliyalashtirish budjet mablag‘lari hisobidan, v) kichik bandidagi boshqa to‘lovlarni moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy muhofaza, soliq organlarini rivojlantirish hamda ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
(591-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
(60-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
601. Qo‘mita raisining maslahatchilari (shu jumladan, Jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i) mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shartlariga ko‘ra Qo‘mita raisining o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
(591-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
(602-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PQ-388-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2025-y., 07/25/388/1235-son)
(61-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
62. Quyidagilar davlat soliq xizmati organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirishning asosiy turlari hisoblanadi:
davlat soliq xizmati organlari faoliyati samaradorligini baholash mezonlariga asosan va erishilgan yakuniy natijalardan kelib chiqib mukofotlash;
Davlat budjetiga to‘lovlar tushumlari prognozi bajarilganligi va ortig‘i bilan bajarilganligi uchun oy, chorak, yarim yillik ish yakunlari bo‘yicha mukofotlash;
alohida muhim topshiriqlar bajarilganligi uchun yakka tartibda mukofotlash;
xodimlarning lavozim maoshiga ish uchastkasining murakkabligi va muhimligi hamda mehnatda yuqori natijalarga erishganligi uchun ustamalar to‘lash;
xizmat vazifalarini bajarish chog‘idagi alohida xizmatlari uchun va pensiyaga chiqishi munosabati bilan qimmatbaho sovg‘alar bilan mukofotlash;
davlat soliq xizmati organlari xodimlarining lavozim maoshlariga ularning funksional vazifalarini bajarishlarini, bilimlari darajasini, soliq to‘lovchilar bilan ish olib borish kasbiy qobiliyatlarini har yili test sinovlaridan o‘tkazish asosida belgilanadigan maxsus rag‘batlantiruvchi ustamalar.
Davlat soliq xizmati organlari xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi hisobidan ham quyidagi summalarning 10 foiziga qadar miqdorda mukofotlanadi:
(62-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
kameral soliq tekshiruvi natijasi bo‘yicha undirilgan soliqlar va yig‘imlar;
(62-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
xronometraj ko‘zdan kechirish natijalari bo‘yicha aniqlangan, soliq to‘lovchi to‘lab bergan soliqlar;
soliq tekshiruvlari natijasi bo‘yicha undirilgan soliqlar.
63. Davlat soliq xizmatining hududiy organlari xodimlarining funksional vazifalarini bajarishi, bilim darajasi, soliq to‘lovchilar bilan ish olib borish bo‘yicha kasbiy qobiliyatlarini test sinovidan o‘tkazish natijalari bo‘yicha beriladigan toifalarga qarab lavozim maoshlariga 10 foizdan 30 foizgacha miqdorda maxsus rag‘batlantiruvchi ustamalarni xar yili test sinovidan o‘tkazish asosida qo‘llash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Qo‘mita tomonidan tasdiqlanadi.
(63-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
64. Davlat soliq xizmati organlari tuzilmalarining rahbar va inspektorlar tarkibi xodimlarini hamda mutaxassislarni (ishlab chiqarish xodimlari) oy, chorak, yarim yildagi ish yakunlari bo‘yicha mukofotlash respublika va mahalliy budjetlarga, davlat maqsadli jamg‘armalarga soliqlar va yig‘imlar tushumlari prognozi bajarilganligi va ortig‘i bilan bajarilganligi uchun hamda ular faoliyatini tavsiflovchi boshqa asosiy ko‘rsatkichlar bajarilganligi uchun Qo‘mita raisi tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq, davlat soliq xizmati organlarining rahbarlari qarorlari asosida amalga oshiriladi.
(64-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
65. Qo‘mitada, davlat soliq xizmatining hududiy organlarida va Hududlararo inspeksiyalarda O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi tashkil etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
(65-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 23-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2026-y., 09/26/23/0070-son)
66. Budjetdan ajratiladigan mablag‘lar hisobiga shakllantiriladigan mehnatga haq to‘lash fondi mablag‘lari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy muhofaza, soliq organlarini rivojlantirish hamda ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi mablag‘lari davlat soliq xizmati organlari xodimlariga to‘lovlar, shu jumladan mukofotlar manbalari hisoblanadi.
(66-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
10-bob. Qo‘mitaning hisobot berishi
67. Qo‘mita raisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti oldida Qo‘mita faoliyati to‘g‘risida muntazam ravishda hisobot beradi.
68. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli Kotibiyat rahbari Qo‘mita rahbarlariga yuklangan vazifalarni samarali bajarish bo‘yicha ular faoliyatining doimiy monitoringini olib boradi, Qo‘mita faoliyati samaradorligiga xolis baho beradi.
(68-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
69. Monitoring va baholash yakunlari bo‘yicha davlat soliq xizmati organlarining alohida o‘rnak ko‘rsatgan rahbarlari va xodimlari rag‘batlantiriladi yoki yo‘l qo‘ygan jiddiy kamchiliklari uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan javobgarlikka tortiladi.
11-bob. Yakunlovchi qoida
70. Qo‘mitani qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 320-son qaroriga 2-ILOVA
Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi to‘g‘risida
NIZOM
(2-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
1. Ushbu Nizom Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda Hududlararo inspeksiya deb ataladi) faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
2. Hududlararo inspeksiya O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda Qo‘mita deb ataladi) mustaqil tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi va bevosita Qo‘mita raisiga bo‘ysunadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
3. Hududlararo inspeksiyaga joylashgan joyi va amalga oshirayotgan faoliyatidan qat’i nazar, yirik soliq to‘lovchilarning soliq ma’muriyatchiligini amalga oshirish vazifasi yuklanadi.
4. Soliq to‘lovchilarni yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritish mezonlari Qo‘mita tomonidan belgilanadi.
5. Hududlararo inspeksiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonuniga va boshqa qonun hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Qo‘mita qarorlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
6. Hududlararo inspeksiya yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhr va blankaga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasida g‘aznachilik hisobraqamlariga, bank hisobraqamlariga, shu jumladan xorijiy valyutadagi hisobraqamlariga ega.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
to‘liq — Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi, qisqartirilgani — Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha inspeksiya;
b) rus tilida:
to‘liq — Mejregionalnaya nalogovaya inspeksiya po krupnim nalogoplatelshikam, qisqartirilgani — Inspeksiya po krupnim nalogoplatelshikam;
v) ingliz tilida:
to‘liq — Interregional tax inspection for large taxpayers, qisqartirilgani — Inspection for large taxpayers.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
8. Hududlararo inspeksiyaning joylashgan joyi (pochta manzili): Toshkent shahri, Abay ko‘chasi, 8-uy.
9. Hududlararo inspeksiya tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlar davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq ma’muriyatchiligi Hududlararo inspeksiya tomonidan amalga oshiriladigan soliq to‘lovchilar uchun bajarish majburiy hisoblanadi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
2-bob. Hududlararo inspeksiyaning asosiy vazifalari va funksiyalari
10. Quyidagilar Hududlararo inspeksiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
yirik soliq to‘lovchilar hisobini tashkil etish va ulardan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan soliqlar va yig‘imlarning to‘liq tushishini ta’minlash;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
yirik soliq to‘lovchilar faoliyatida soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi bo‘yicha soliq nazoratini tashkil etish;
yirik soliq to‘lovchilarga soliq majburiyatlarini bajarish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik asosida servis-texnik xizmat ko‘rsatilishini amalga oshirish;
yirik soliq to‘lovchilar ma’muriyatchiligi doirasida soliqqa oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish, aniqlash va oldini olish bo‘yicha kompleks tadbirlarni amalga oshirish.
11. Hududlararo inspeksiya o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
a) yirik soliq to‘lovchilar hisobini tashkil etish va ulardan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan soliqlar va yig‘imlarning to‘liq tushishini ta’minlash sohasida:
(11-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
qonun hujjatlarida belgilangan yirik soliq to‘lovchilar mezonlariga mos keladigan yuridik shaxslarni aniqlash va hisobga qo‘yish ishlarini yuritadi;
yuridik shaxslarga ular yirik soliq to‘lovchilar jumlasiga kiritilganligi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risida xabarnomalar yuboradi;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2019-yil 8-iyuldagi 2019-45-son qarori bilan tasdiqlangan Yuridik shaxslarni yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritishning mezonlarini belgilash to‘g‘risidagi nizom. (ro‘yxat raqami 3172, 12.07.2019-y.)
yirik soliq to‘lovchilar reyestrini shakllantiradi va yuritadi;
yirik soliq to‘lovchilar hisobotlarining qabul qilinishi va qayta ishlanishini amalga oshiradi;
yirik soliq to‘lovchilarning shaxsiy kartochkalari yuritilishini amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti (keyingi o‘rinlarda Davlat budjeti deb ataladi) va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lanishi lozim bo‘lgan va haqiqatda to‘langan soliqlar va yig‘imlar summalari, shu jumladan ular bo‘yicha imtiyozlar, shuningdek, yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha moliyaviy jarimalar summalari hisobini yuritadi;
(11-band “a” kichik bandining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalariga soliqlar va yig‘imlar tushumi prognozining ishlab chiqilishida ishtirok etadi;
(11-band “a” kichik bandining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini va soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlashda qatnashadi;
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar dinamikasining tizimli tahlili asosida soliq solinadigan bazani kengaytirish bo‘yicha samarali tadbirlarni amalga oshiradi;
b) yirik soliq to‘lovchilar faoliyatida soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi bo‘yicha soliq nazoratini tashkil etish sohasida:
kameral soliq tekshiruvi, shuningdek, yirik soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar ishonchliligini hamda soliq to‘lovchining hisobotlarida aks ettirilgan soliq va bojxona imtiyozlari qo‘llanilishining qonuniyligini tasdiqlash uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda joyiga chiqqan holda sayyor soliq tekshiruvlarini amalga oshiradi;
(11-bandning “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
hisobotlarda ko‘rsatilgan ishchilar soni bilan haqiqatda ishlovchilar soni, shuningdek, ishlab chiqarish hajmlarining mos kelishi masalalari bo‘yicha yirik soliq to‘lovchilar faoliyati monitoringini olib boradi. Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi aniqlangan holatlarda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ularni oldini olish va bartaraf etish choralarini ko‘radi;
eksport-import operatsiyalari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi yuzasidan o‘z vakolatlari doirasida nazoratni amalga oshiradi;
qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha nol darajali stavka qo‘llanilishining asosliligi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
soliq nazoratini amalga oshirishda zamonaviy usullarni qo‘llaydi hamda tashqi va ichki manbalardan kelib tushadigan ma’lumotlarni tahlil qilishning ilg‘or avtomatlashtirilgan usullarini joriy etadi;
yirik soliq to‘lovchilar faoliyatining soliq tekshiruvlarini belgilangan tartibda o‘tkazadi
soliq to‘lovchilardan yoki ularning mansabdor shaxslaridan tushuntirishlar oladi, yirik soliq to‘lovchilarning mol-mulki mavjudligini tekshiradi, shuningdek, hududlarni, ishlab chiqarish, omborxona, savdo binolarini va boshqa binolarni, shu jumladan, yirik soliq to‘lovchi tomonidan daromadlar olish uchun foydalaniladigan yoxud soliq solish obyektini saqlash bilan bog‘liq joylarni ko‘zdan kechiradi yoki tekshiradi;
xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan pul mablag‘lari va moddiy boyliklarning buxgalteriya hisobini yuritishning belgilangan tartibiga rioya qilinishini, korxonalar hududiga moddiy boyliklarni olib kirish va u yerdan olib chiqishda korxonalarda ruxsat berish tizimi ishlarining tashkil etilishi holatini tekshiradi;
yirik soliq to‘lovchilarda soliq auditi o‘tkazish jarayonida soliqlar va yig‘imlarning to‘g‘ri hisoblanganligi va to‘langanligini, nazorati soliq organlari zimmasiga yuklatilgan qonunchilik hujjatlariga rioya qilinganligini soliq to‘lovchining buxgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlari hamda boshqa hujjatlarni, ma’lumotlarni o‘rganish va tahlil qilish yo‘li bilan tekshiradi;
(11-bandning “b” kichik bandi o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
soliq auditini o‘tkazish davomida xom ashyo, materiallar, yarim fabrikatlar va tayyor buyumlarni tortib ko‘radi va o‘lchaydi, ishlab chiqarilgan mahsulotning haqiqiy tannarxini va taqdim etilgan soliq hisob-kitoblarining to‘g‘riligini aniqlash uchun xom ashyo va materiallar sarfi normalari, ularning mahsulot ishlab chiqarish uchun to‘g‘ri hisobdan chiqarilishini, tayyor mahsulotning to‘liq kirim qilinishini, mahsulot chiqishi normalari hamda moddiy boyliklarni saqlash va tashishda tabiiy yo‘qotishlar normalari to‘g‘ri belgilanishini aniqlash uchun xom ashyo va materiallarni ishlab chiqarishda nazorat tariqasida ishlatib ko‘radi, xom ashyo, materiallar va tayyor mahsulotlarni nazorat tariqasida tekshiradi;
(11-bandning “b” kichik bandi o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
v) yirik soliq to‘lovchilarga soliq majburiyatlarini bajarish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik asosida servis-texnik xizmat ko‘rsatilishini amalga oshirish sohasida:
soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti, shu jumladan, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yirik soliq to‘lovchilarga elektron xizmatlar ko‘rsatilishini amalga oshiradi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘zaro tuzilgan kelishuv asosida, soliq monitoringida ishtirok etayotgan yirik soliq to‘lovchi tomonidan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlar va yig‘imlarning to‘g‘ri hisoblanishi, to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishi yuzasidan soliq monitoringini amalga oshiradi;
(11-band “v” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari normalari, shuningdek, elektron hisobvaraq-fakturalarni shakllantirishning axborot tizimlarini qo‘llash bo‘yicha yirik soliq to‘lovchilarga maslahat xizmatlari ko‘rsatadi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliqlar va yig‘imlarning ayrim turlarini hisoblab chiqarishda yirik soliq to‘lovchilarga servis xizmatlari ko‘rsatadi;
(11-band “v” kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
soliq to‘lovchilar bilan ishlashda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng qo‘llanilishini ta’minlaydi;
soliqlar va yig‘imlar, shuningdek, moliyaviy jarimalar bo‘yicha yirik soliq to‘lovchilarning ortiqcha to‘langan yoki ortiqcha undirilgan summalarini (nol darajali stavkani qo‘llash natijasida hosil bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘ining ortiqcha summasi bundan mustasno) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaytarilishi yoki hisobga olinishini amalga oshiradi;
(11-band “v” kichik bandining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
yirik soliq to‘lovchilarning soliq sohasidagi huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari himoyasini ta’minlaydi;
yirik soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning qonun hujjatlariga muvofiq sir saqlanishi bo‘yicha ishlarni tashkil qiladi;
g) yirik soliq to‘lovchilarning ma’muriyatchiligi doirasida soliqqa oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish, aniqlash va oldini olish bo‘yicha kompleks tadbirlarni amalga oshirish sohasida:
hududiy davlat soliq xizmati organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish orqali yirik soliq to‘lovchilarning soliq solish bazasini, shuningdek, soliq solinadigan obyektlar va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarning o‘z vaqtida, to‘liq va ishonchli hisobga olinishini ta’minlaydi;
soliqqa oid huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiradi, shu jumladan, ushbu huquqbuzarliklar sodir etilishi sabablarini aniqlaydi va bartaraf etadi, shuningdek, huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiradigan va ishtirok etadigan boshqa organlar va tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha ishlarni yuritadi;
soliqqa oid huquqbuzarliklar sodir etgan yirik soliq to‘lovchilar hisobini yuritadi, ushbu ma’lumotlarni tahlil qiladi;
yirik soliq to‘lovchilarning soliq qarzini undirish bo‘yicha majburiy choralar qo‘llanilishini amalga oshiradi;
yirik soliq to‘lovchilarning majburiyatlari yuzaga kelganligi (bekor bo‘lganligi) to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etadigan organlar va tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda yirik soliq to‘lovchilarning moliya-xo‘jalik faoliyati yuzasidan tahliliy o‘rganish o‘tkazadi va ushbu o‘rganish doirasida soliqqa oid huquqbuzarliklar bilan kurashish bo‘yicha uzoq muddatli va joriy dasturlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
yirik soliq to‘lovchilarning soliq solish masalalari va soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi to‘g‘risidagi murojaatlarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi;
soliq solishga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ommaviy axborot vositalari va seminarlar, brifinglar, matbuot — konferensiyalar, “davra suhbatlari” va boshqa tadbirlarni tashkil etish orqali yirik soliq to‘lovchilarga yetkazish va tanishtirish bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi.
3-bob. Hududlararo inspeksiyaning huquqlari va majburiyatlari
12. Hududlararo inspeksiya o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
1) yirik soliq to‘lovchilardan Hududlararo inspeksiya vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar va materiallarni so‘rash va olish;
2) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yirik soliq to‘lovchilarning buxgalteriya va soliq hisobi axborot tizimlaridan, shuningdek, hisob hujjatlaridan foydalanish;
3) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlardan Hududlararo inspeksiya vakolatiga kiruvchi masalalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan axborotlar, ma’lumotlar va ma’lumotnomalarni so‘rash va bepul olish;
4) yirik soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar ishonchliligini hamda yirik soliq to‘lovchining hisobotlarida aks ettirilgan soliq va bojxona imtiyozlari qo‘llanilishining qonuniyligini tasdiqlash uchun kameral soliq tekshiruvi natijasi bo‘yicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda joyiga chiqqan holda sayyor soliq tekshiruvlarini amalga oshirish;
(12-bandning 4-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
5) hisobotlarda ko‘rsatilgan ishchilar soni bilan haqiqatda ishlovchilar soni, shuningdek, ishlab chiqarish hajmlari va ishlab chiqarish faoliyatida aktivlardan foydalanishning mos kelishi masalalari bo‘yicha yirik soliq to‘lovchilar faoliyati monitoringini amalga oshirish;
6) soliq monitoringini amalga oshirishda soliq to‘lovchidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliqlar va yig‘imlarning to‘g‘ri hisoblanishi, to‘liq va o‘z muddatida to‘lanishi bilan bog‘liq bo‘lgan zarur hujjatlar, ma’lumotlar, tushuntirishlarni talab qilib olish;
(12-bandning 6-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
7) yirik soliq to‘lovchilarga faoliyatida o‘tkazilgan xronometraj ko‘zdan kechirish natijalariga ko‘ra tovar (ish, xizmat)lar realizatsiyasidan kamaytirib ko‘rsatilgan tushumni qayta hisob-kitob qilgan holda soliqlarni hisoblashni amalga oshirish haqida belgilangan tartibda talabnoma yuborish;
8) hududiy davlat soliq xizmati organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish orqali soliqlar va yig‘imlarni hisoblash uchun asos bo‘luvchi kuzatuv dalolatnomalarini tuzgan holda yirik soliq to‘lovchilar hisobini yuritish;
(12-bandning 8-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
9) belgilangan tartibda quyidagilarni olish:
vakolatli organlardan — yirik soliq to‘lovchilarga litsenziya va (yoki) boshqa ruxsat beruvchi hujjatlar berilganligi, shuningdek, ularning bekor qilinganligi, amal qilishi to‘xtatilganligi yoki tugatilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
qurilish sohasida nazorat qiluvchi davlat organlaridan — yer maydonlari va obyektlarni qurishga ruxsat beruvchi hujjatlarning mavjudligi, jumladan, loyiha-smeta hujjatlari va qurilishni yakunlash muddatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlardan — tegishli hududda joylashgan yer maydoni yoki boshqa ko‘chmas mulkdan foydalanish huquqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
suv resurslari hisobini yurituvchi organlardan — yirik soliq to‘lovchilar tomonidan foydalanilgan suv hajmlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
notarial idoralardan — “Notariat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasiga binoan yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha amalga oshirilgan notarial harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
foydalanishga berilgan yer qa’ri maydonlarining davlat hisobi va (yoki) yer qa’ri maydonlaridan foydalanish huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organlardan — yer qa’ri maydoni joylashgan joy va mazkur yer qa’ri maydonidan foydalanish huquqi berilgan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysidan — u va investitsion vositachilar tomonidan ro‘yxatga olingan aksiyalar bilan bitimlar to‘g‘risida axborot;
bank va boshqa kredit-moliya muassasalaridan — yirik soliq to‘lovchilarning hisob va boshqa raqamlarida amalga oshirilgan operatsiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
bojxona va boshqa vakolatli organlardan — import-eksport operatsiyalari bajarilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar va yirik soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi boshqa zarur axborot;
tegishli vazirlik va idoralardan — Hududlararo inspeksiya vakolati doirasida yuklangan vazifalarni bajarishi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar va boshqa turdagi axborotlar;
soliq ma’muriyatchiligi sohasidagi xorijiy davlatning vakolatli organidan — Qo‘mita bilan kelishilgan holda yirik soliq to‘lovchilar va ularning o‘zaro aloqador yuridik shaxslari tomonidan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, shuningdek, xalqaro shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarining bajarilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
10) huquqbuzarlik holatlari aniqlanganda mansabdor shaxslar hamda fuqarolarni tushuntirish berish uchun Hududlararo inspeksiyaga belgilangan tartibda taklif qilish;
11) soliq majburiyati bo‘yicha da’vo qilish muddati mobaynida soliqlar va yig‘imlarning hisoblab chiqilgan summasini hisoblab chiqarish yoki qayta ko‘rib chiqish;
(12-bandning 11-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
12) yirik soliq to‘lovchilar qayd etilgan manzilda bo‘lmaganda, shuningdek, soliq hisoboti va (yoki) moliyaviy hisobot, kameral soliq tekshiruvlari natijalari bo‘yicha tafovutlarning asoslari yoxud aniqlashtirilgan soliq hisoboti belgilangan muddatda taqdim etilmaganda ularning bankdagi hisobraqamlari bo‘yicha operatsiyalarini O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan tartibda to‘xtatish;
(12-bandning 12-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
13) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda:
soliqqa oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish hamda yirik soliq to‘lovchilarga nisbatan moliyaviy jarimalar qo‘llash;
ma’muriy huquqbuzarliklarga doir ishlarni ko‘rib chiqish hamda ma’muriy choralar ko‘rish;
14) yirik soliq to‘lovchilar tomonidan noqonuniy olingan mablag‘larni davlat daromadiga undirish bo‘yicha sudga da’vo kiritish;
15) yirik soliq to‘lovchilar tomonidan kameral soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha aniqlangan tafovutlarning asoslari taqdim etilmagan taqdirda soliqlar va yig‘imlarni sud tartibida undirish;
(12-bandning 15-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
16) davlat ulushlari bo‘yicha dividendlarni va yirik soliq to‘lovchi hisoblangan davlat unitar korxonalarining sof foydasidan Davlat budjetiga ajratmalarni undirish;
17) yirik soliq to‘lovchilarga ularning majburiyatlari bajarilishi lozimligi hamda soliq qarzdorligini majburiy undirish bo‘yicha qo‘llanilayotgan choralar to‘g‘risidagi talabnomani qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuborish;
18) yirik soliq to‘lovchi tomonidan soliq hisoboti taqdim etilgan sanadan e’tiboran o‘n kun mobaynida yozma ariza berilmagan taqdirda, soliqlar va yig‘imlarning ortiqcha to‘langan summalarini soliq qarzini, shu jumladan, ular bo‘yicha penya va jarimalarni uzish hisobiga hisobga olishni amalga oshirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasiga mustaqil ravishda xulosa taqdim etish;
(12-bandning 18-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
19) O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan holatlarda chet tilida tuzilgan hujjatlarning davlat tiliga tarjimasini notarial tasdiqlangan holda talab qilish;
20) yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha soliq davrida bo‘nak to‘lovlari summasi soliq hisobotida ko‘rsatilgan, budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasiga nisbatan 10 foizdan ortiq kamaytirilgan taqdirda, bo‘nak to‘lovlarini soliqlarning haqiqiy summasidan kelib chiqib, penya hisoblagan holda qaytadan hisoblash;
(12-bandning 20-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
21) Hududlararo inspeksiya vakolatlari doirasida masalalarni ishlab chiqish uchun belgilangan tartibda shartnoma asosida ekspertiza tayinlash, shuningdek, soliq nazoratining shakllarini amalga oshirish uchun ilmiy va boshqa tashkilotlar, mutaxassislar, shu jumladan, tarjimonlar va ekspertlarni jalb qilish;
22) yirik soliq to‘lovchilarga nisbatan soliq nazoratining shakllarini amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni ta’minlash uchun Qo‘mita markaziy apparati tarkibiy tuzilmalarining xodimlarini jalb qilish, shu maqsadda ekspert hamda ishchi guruhlar tashkil etish;
23) nazorat tadbirlari natijasida nazorat obyektlari mansabdor shaxslari harakatlarida jinoyat alomatlari mavjud huquqbuzarlik holatlari aniqlanganda, hujjatlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etish;
24) davlat soliq xizmati organlarining tizimidagi mavjud hujjatlardan foydalanish huquqini olish;
25) davlat soliq xizmati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ma’lumotlar bazasidan foydalanish huquqini olish;
26) foydalanish huquqi faqat Hududlararo inspeksiya xodimlariga beriladigan lokal axborot tarmoqlardan foydalanish, o‘zining dasturiy mahsulotlari va axborot tizimlarini yaratish;
27) faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha parametrlar bajarilishini hisobga olib, Hududlararo inspeksiya xodimlarini Qo‘mita bilan kelishilgan holda moddiy rag‘batlantirish, individual ustamalarni belgilash;
28) qonun hujjatlariga asosan davlat soliq xizmati organlarining vakolat doirasiga kiradigan boshqa huquqlaridan foydalanish.
13. Hududlararo inspeksiya quyidagilar uchun javobgardir:
Hududlararo inspeksiyaga yuklangan funksiya va vazifalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash;
yirik soliq to‘lovchilar tomonidan soliqlar va yig‘imlarning Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalariga tushishini ta’minlash, shuningdek, ularning soliq solinadigan bazasini kengaytirishga yo‘naltirilgan takliflar ishlab chiqish;
(13-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
Qo‘mitaga kiritiladigan hujjat loyihalari hamda takliflar, shuningdek, ular tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning sifati, natijalari va oqibati;
davlat soliq xizmati organlarini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali amalga oshirilishi, muammoli masalalar hal etilishi;
yirik soliq to‘lovchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish va ularga rioya qilishlarini ta’minlash.
4-bob. Hududlararo inspeksiya rahbarlarining asosiy funksional majburiyatlari
14. Quyidagilar Hududlararo inspeksiya boshlig‘ining asosiy funksional majburiyatlari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
Hududlararo inspeksiya faoliyati yuzasidan umumiy rahbarlikni amalga oshirish, mazkur Nizom va boshqa qonun hujjatlari bilan Hududlararo inspeksiyaga yuklangan funksiya va vazifalarning bajarilishini tashkil qilish;
Hududlararo inspeksiya faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlarini so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha amaliy choralar ishlab chiqish va qabul qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hujjatlari va topshiriqlarining bajarilishini ta’minlash, Hududlararo inspeksiya xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha amaliy kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qarori va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun shaxsiy javobgarligini oshirish bo‘yicha choralar ko‘rish;
Qo‘mita Hay’ati qarorlari, Qo‘mita raisi va uning o‘rinbosarlari buyruqlari va topshiriqlarining o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash;
o‘z o‘rinbosarlari vakolatlarini belgilash, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlash, Hududlararo inspeksiyaning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, Hududlararo inspeksiya faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun o‘z o‘rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyati darajasini belgilash;
Hududlararo inspeksiyaning faoliyatini rejalashtirilishni tashkil qilish hamda inspeksiyaning va o‘z o‘rinbosarlarining har choraklik ishlar rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;
Hududlararo inspeksiya tizimidagi kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Hududlararo inspeksiyaning kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Qo‘mita nomenklaturasiga kiradigan vakant lavozimlarga taklif etilgan kadrlar, shuningdek, Hududlararo inspeksiyaga ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professionalligi, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribasi, yuqori darajadagi ishchanlik va ma’naviy-axloqiy fazilatlari kafolatini ta’minlash;
Hududlararo inspeksiya boshlig‘i va xodimlari xizmat safarlarini qonun hujjatlari talablariga to‘la muvofiq ravishda tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanilishini ta’minlash;
Hududlararo inspeksiya xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, o‘z o‘rinbosarlarini rag‘batlantirish hamda intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimida qolishi maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflar kiritish, ularning shaxsiy javobgarligini oshirishga doir tizimli choralarni amalga oshirish;
Hududlararo inspeksiya xodimlarining Qo‘mita tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadigan xodimlarning odob-axloq qoidalariga rioya qilishlarini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq Hududlararo inspeksiya faoliyati doirasida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish yo‘li bilan ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
Hududlararo inspeksiya xodimlarining faoliyati samaradorligini hamda natijadorligini tizimli tanqidiy tahlil qilish, majlislarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, yakunlari bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;
Hududlararo inspeksiya faoliyatiga oid masalalar bo‘yicha qonun hujjatlarini takomillashtirish, shuningdek, davlat xizmatlari ko‘rsatishning samaradorligi, sifatliligi va ochiqligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish hamda ularni ko‘rib chiqish uchun Qo‘mita rahbariyatiga kiritish;
Hududlararo inspeksiya xodimlarini tizimli qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha tashabbus ko‘rsatish;
belgilangan tartibda rahbarlar va mutaxassislarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha ishchi komissiyani tashkil qilish, shuningdek, ularga belgilangan tartibda maxsus unvonlar berish to‘g‘risida takliflar kiritish;
yirik soliq to‘lovchilarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha samarali ishlarni tashkil qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, qonun hujjatlariga muvofiq ularning faoliyatida faol ishtirok etish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushadigan yirik soliq to‘lovchilarning murojaatlarini o‘z vaqtida va to‘laqonli ko‘rib chiqish;
davlat sirlariga kiritilgan axborot va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.
15. Quyidagilar Hududlararo inspeksiya boshlig‘i o‘rinbosarlarining asosiy funksional majburiyatlari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiva qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
boshliq vaqtincha bo‘lmaganda tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;
Hududlararo inspeksiyaning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va unga bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar tomonidan prognoz ko‘rsatkichlariga so‘zsiz erishishni ta’minlash choralarini ko‘rish, tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam ravishda eshitib borish va qayd etilgan ko‘rsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining har choraklik rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hujjatlari va topshiriqlarining bajarilishini ta’minlash, Hududlararo inspeksiyada tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha amaliy kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qarori va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun shaxsiy javobgarligini oshirish bo‘yicha choralar ko‘rish;
Qo‘mita Hay’ati qarorlari, Qo‘mita raisi va uning o‘rinbosarlari, shuningdek, Hududlararo inspeksiya boshlig‘ining buyruqlari va topshiriqlarining ijrosini ta’minlash;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish bo‘yicha boshliqqa takliflar taqdim etish, ularning professionalligi, o‘z ishini bilishi, amaliy tajriba, yuqori darajadagi ishchanlik va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish bo‘yicha choralar ko‘rish;
xizmat safarlarini qonun hujjatlari talablariga to‘la muvofiq ravishda tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanilishini ta’minlash;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlarining faoliyati samaradorligini hamda natijadorligini tizimli tanqidiy tahlil qilish, majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan ularning egallab turgan lavozimida qolishi maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflarni Hududlararo inspeksiya boshlig‘iga kiritish, funksional majburiyatlar va yuklangan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha tizimli choralarni amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq Hududlararo inspeksiya faoliyati doirasida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish yo‘li bilan ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
yirik soliq to‘lovchilarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha samarali ishlarni tashkil qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, qonun hujjatlariga muvofiq ularning faoliyatida faol ishtirok etish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushadigan yirik soliq to‘lovchilarning murojaatlarini o‘z vaqtida va to‘laqonli ko‘rib chiqish;
davlat sirlariga kiritilgan axborot va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
16. Quyidagilar Hududlararo inspeksiya tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarining asosiy funksional majburiyatlari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiva qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
tarkibiy bo‘linmalar faoliyatiga bevosita rahbarlik qilishni amalga oshirish, ushbu bo‘linmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;
prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishini muntazam ravishda tahlil qilish hamda tarkibiy bo‘linmalarning ushbu ko‘rsatkichlarga so‘zsiz erishishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha choralar ko‘rish bo‘yicha takliflarni mutasaddilik qiladigan Hududlararo inspeksiya boshlig‘i o‘rinbosarlariga kiritish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hujjatlari va topshiriqlarining bajarilishini ta’minlash, Hududlararo inspeksiya xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha amaliy kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, tarkibiy bo‘linmalar xodimlarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qarori va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun shaxsiy javobgarligini oshirish bo‘yicha choralar ko‘rish;
Qo‘mita Hay’ati qarorlari, Qo‘mita raisi va uning o‘rinbosarlari, Hududlararo inspeksiya boshlig‘i va uning o‘rinbosarlari buyruqlari va topshiriqlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
tarkibiy bo‘linmalarning har choraklik ish rejalari ishlab chiqilishini ta’minlash, tasdiqqa kiritish, ularda belgilangan vazifalar va tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
tarkibiy bo‘linmalarga yuklangan vazifalarning ijrosini muvofiqlashtirish va nazorat qilishni amalga oshirish;
tarkibiy bo‘linmalar faoliyati masalalaridagi qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va ularni Hududlararo inspeksiya rahbariyatiga ko‘rib chiqish uchun kiritish;
boshliq o‘rinbosarlariga kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishda takliflar berish, ularning professionalligi, o‘z ishini bilishi, amaliy tajriba, yuqori darajadagi ishchanlik va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish bo‘yicha choralar ko‘rish, bo‘linmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
xizmat safarlarini qonun hujjatlari talablariga to‘la muvofiq ravishda tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanilishini ta’minlash;
tarkibiy bo‘linmalar xodimlari faoliyatining samaradorligini va natijadorligini tizimli tanqidiy tahlil qilish, majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, natijalari bo‘yicha zaruriy choralar ko‘rish;
O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq Hududlararo inspeksiya faoliyati doirasida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish hamda amalga oshirish yo‘li bilan ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
yirik soliq to‘lovchilarning murojaatlarini ko‘rib chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, qonun hujjatlariga muvofiq ularning faoliyatida faol ishtirok etish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushadigan yirik soliq to‘lovchilarning murojaatlarini o‘z vaqtida va to‘laqonli ko‘rib chiqish;
davlat sirlariga kiritilgan axborot va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.
Hududlararo inspeksiyaning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalari tomonidan Hududlararo inspeksiyaga yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishi;
mutasaddilik qilinadigan masalalar bo‘yicha qismida mazkur Nizomning 13-bandida nazarda tutilgan Hududlararo inspeksiya javobgarligi sohalari bo‘yicha;
mazkur Nizomning 15-bandida belgilangan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
19. Hududlararo inspeksiyaning tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari:
tegishli tarkibiy bo‘linmalariga yuklangan vazifa va funksiyalarning amalga oshirilishi;
vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha mazkur Nizomning 13-bandida nazarda tutilgan Hududlararo inspeksiya javobgarligi sohalari bo‘yicha;
mazkur Nizomning 16-bandida belgilangan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
20. Hududlararo inspeksiyaning xodimlari:
o‘z funksional vazifalarini bajarmaslik yoki to‘laqonli bajarmaslik, ijro intizomini buzganliklari;
noqonuniy harakatlari (harakatsizligi) oqibatida yirik soliq to‘lovchilarga moddiy va ma’naviy zarar yetkazganliklari;
o‘zlarining noqonuniy harakatlari (harakatsizligi) oqibatida yirik soliq to‘lovchilarning ishlab chiqarish hajmi kamayganligi va soliqqa tortish bazasining pasayganligi;
qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan qarorlar qabul qilganliklari;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqbuzarliklar uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
6-bob. Hududlararo inspeksiya faoliyatini tashkil etish
1-§. Hududlararo inspeksiya rahbariyati, xodimlarini tegishli lavozimga tayinlash va xodimlarning maqomi
21. Hududlararo inspeksiyaning shtatdagi xodimlari soni Qo‘mita raisi tomonidan tasdiqlanadi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
22. Hududlararo inspeksiyaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda Qo‘mita raisi tomonidan tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan boshliq rahbarlik qiladi.
Qo‘mita raisining mutasaddilik qiladigan o‘rinbosarining tavsiyasiga ko‘ra Qo‘mita raisi tomonidan lavozimga tayinlanadigan ikki nafar, jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosarga ega bo‘ladi;
(23-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-oktabrdagi PF-178-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 06/25/178/0900-son)
o‘z faoliyatida Qo‘mita raisiga bo‘ysunadi va unga hisobot beradi.
24. Hududlararo inspeksiya boshlig‘i bo‘lmaganda uning vakolatlarini bajarish majburiyatlar taqsimotiga muvofiq uning o‘rinbosarlari tomonidan amalga oshiriladi.
25. Lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish:
Hududlararo inspeksiyaning tarkibiy bo‘linmalari boshliqlari Hududlararo inspeksiya boshlig‘ining tavsiyasiga ko‘ra Qo‘mita raisi tomonidan;
Hududlararo inspeksiyaning tarkibiy bo‘linmalari boshliqlari o‘rinbosarlari va boshqa xodimlari Hududlararo inspeksiya boshlig‘i tomonidan amalga oshiriladi.
26. Mavqeyi, mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlari bo‘yicha Hududlararo inspeksiya boshlig‘i va uning o‘rinbosarlari tegishli ravishda Qo‘mita markaziy apparatining boshqarma boshlig‘i va boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlariga, Hududlararo inspeksiyaning xodimlari esa — Qo‘mita markaziy apparatining xodimlariga tenglashtiriladi.
2-§. Hududlararo inspeksiya hamda uning tarkibiy bo‘linmalarining Qo‘mita markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari va hududiy davlat soliq xizmati organlari bilan, shuningdek, boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorligi
27. Hududlararo inspeksiya tarkibiy bo‘linmalarining Qo‘mita markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari hamda hududiy davlat soliq xizmati organlari bilan hamkorligi Hududlararo inspeksiya tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi.
28. Hududlararo inspeksiya bo‘linmalarining Qo‘mita markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari va hududiy davlat soliq xizmati organlari bilan hamkorligi axborot ayirboshlash va qonun hujjatlarida belgilangan soliq nazoratining shakllarini amalga oshirishga asoslangan.
29. Hududlararo inspeksiya tarkibiy bo‘linmalarining Qo‘mita markaziy apparati bo‘linmalari va hududiy davlat soliq xizmati organlari bilan hamkorligi jarayonida vujudga keladigan tushunmovchiliklar Qo‘mita raisining topshirig‘iga muvofiq uning tegishli o‘rinbosarlari tomonidan ko‘rib chiqiladi. Ushbu ko‘rib chiqishda tushunmovchiliklar tartibga solinmagan holatlarda, ular bo‘yicha qaror bevosita Qo‘mita raisi tomonidan qabul qilinadi.
30. Hududlararo inspeksiya va uning tarkibiy bo‘linmalari o‘zlarining vazifa va funksiyalarini bajarishda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, banklar va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
7-bob. Hududlararo inspeksiya faoliyatini baholash
31. Hududlararo inspeksiya faoliyatini baholash har chorakda Qo‘mita tomonidan amalga oshiriladi.
32. Hududlararo inspeksiya faoliyatini baholash natijalari bo‘yicha Qo‘mita xulosasi:
Hududlararo inspeksiya rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlik choralarini ko‘rish;
Hududlararo inspeksiya faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusida uning faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha choralar ko‘rish uchun asos bo‘ladi.
8-bob. Hududlararo inspeksiya faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnika bilan ta’minlash, uning xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish
33. Hududlararo inspeksiyani moliyalashtirish va moddiy-texnika bilan ta’minlash, jumladan, uning xodimlari mehnatiga haq to‘lash budjetdan ajratiladigan mablag‘lar doirasida Davlat budjetidan, O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi mablag‘lari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
34. Hududlararo inspeksiya xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, maxsus unvonlar, ko‘p yil xizmat qilganlik uchun ustama haqlar, dam olish va bayram kunlari uchun to‘lovlar, boshqa ustama, qo‘shimcha haqlardan iborat bo‘ladi hamda u qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘lanadi.
Hududlararo inspeksiya xodimlarining lavozim maoshlariga oylik ustama va qo‘shimchalar Qo‘mita raisi tomonidan tasdiqlanadigan nizomlar asosida to‘lanadi.
35. Hududlararo inspeksiya xodimlarini moddiy rag‘batlantirish, mukofotlash tartibi va turlari Qo‘mita raisi tomonidan tasdiqlanadigan tartibga asosan belgilanadi.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
36. Hududlararo inspeksiya xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘lari hisobidan lavozim maoshlarining 20 foiz miqdorida maxsus ustama belgilanadi.
37. O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi mablag‘larining Hududlararo inspeksiya tomonidan shakllantirilishi va ulardan foydalanilishi Qo‘mita tomonidan belgilanadi.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
9-bob. Hududlararo inspeksiyaning hisoboti
38. Hududlararo inspeksiya boshlig‘i Hududlararo inspeksiyaning faoliyati to‘g‘risida Qo‘mita raisi oldida muntazam ravishda hisobot beradi.
39. Qo‘mita raisining o‘rinbosarlari Hududlararo inspeksiya rahbarlariga yuklangan vazifalarni samarali bajarishlari bo‘yicha ularning faoliyatini doimiy nazorat qilib boradilar.
40. Har choraklik baho natijalari bo‘yicha Hududlararo inspeksiyaning alohida o‘rnak ko‘rsatgan rahbarlari va xodimlari rag‘batlantiriladi yoki yo‘l qo‘yilgan jiddiy kamchiliklari uchun egallab turgan lavozimidan ozod qilishgacha bo‘lgan javobgarlikka tortiladi.
10-bob. Yakunlovchi qoida
41. Hududlararo inspeksiya xodimlariga ta’sir ko‘rsatish, shuningdek, faoliyatiga obro‘sizlantirish, yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarishiga to‘sqinlik qilish maqsadida aralashish taqiqlanadi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 198-moddasi.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 320-son qaroriga 21-ILOVA
Raqamli markirovka qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Raqamli markirovka qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda — Hududlararo inspeksiya) faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Hududlararo inspeksiya O‘zbekiston Respublikasi Coliq qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita) mustaqil tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi va bevosita Qo‘mita raisiga bo‘ysunadi.
3. Hududlararo inspeksiyaga raqamli markirovka qoidalariga rioya qilinishi bo‘yicha soliq ma’muriyatchiligini amalga oshirish vazifasi yuklanadi.
4. Hududlararo inspeksiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonuniga va boshqa qonunchilik hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Qo‘mita qarorlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
5. Hududlararo inspeksiya yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhr va blankaga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasida g‘aznachilik hisobvaraqlariga, bank hisobvaraqlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi hisobvaraqlariga ega.
6. Hududlararo inspeksiyaning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
to‘liq — “Raqamli markirovka qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi”, qisqartirilgani — “Raqamli markirovka qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish bo‘yicha inspeksiya”;
b) rus tilida:
to‘liq — “Mejregionalnaya nalogovaya inspeksiya po kontrolyu za soblyudeniyem pravil sifrovoy markirovki”, qisqartirilgani — “Inspeksiya po kontrolyu za soblyudeniyem pravil sifrovoy markirovki”;
v) ingliz tilida:
to‘liq — “Interregional tax inspection for monitoring compliance with digital marking rules”; qisqartirilgani — “Inspection for monitoring compliance with digital marking rules”.
7. Hududlararo inspeksiyaning joylashgan joyi (pochta manzili): Toshkent shahri Abay ko‘chasi 8-uy.
8. Hududlararo inspeksiya tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlar respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga muvofiq majburiy raqamli markirovka qilinishi lozim bo‘lgan mahsulotlar aylanmasi ishtirokchilari uchun bajarish majburiy hisoblanadi.
2-bob. Hududlararo inspeksiyaning asosiy vazifalari va funksiyalari
9. Quyidagilar Hududlararo inspeksiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
raqamli markirovkalangan mahsulotlar aylanmasining barcha bosqichlarida tizimli nazoratni ta’minlash;
nazorat, baholash va xavf tahlili sohasida samarali usullarni ishlab chiqish, joriy etish va takomillashtirib borish;
majburiy raqamli markirovkalanadigan mahsulotlar turini bosqichma-bosqich kengaytirish uchun amaliy tajriba-sinov (eksperiment) tadbirlarini o‘tkazish;
xalqaro standartlar va ilg‘or tajribalarni o‘rganish asosida raqamli markirovkalash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish;
majburiy raqamli markirovkalash tizimi talablari buzilishining oldini olish bo‘yicha profilaktika va tushuntirish chora-tadbirlarini amalga oshirish, jumladan, ogohlantirish tizimini qo‘llash;
Raqamli markirovkalash va kuzatish milliy axborot tizimini (keyingi o‘rinlarda — markirovkalash axborot tizimi) takomillashtirish, ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish asosida tahlil-monitoring tadbirlarini amalga oshirish.
10. Hududlararo inspeksiya o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
a) raqamli markirovkalangan mahsulotlar aylanmasining barcha bosqichlarida tizimli nazoratni ta’minlash sohasida:
mahsulotlarga raqamli markirovka qo‘llanilgani, uning to‘g‘riligi va haqiqiyligini barcha bosqichlarda — import qilish, ishlab chiqarish, saqlash, tashish, ulgurji va chakana savdo jarayonlarida tizimli ravishda nazorat qiladi;
markirovkalash axborot tizimi orqali markirovkalangan tovarlar harakatini kuzatish asosida huquqbuzarliklarni aniqlab, qoidabuzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risida soliq to‘lovchilarga ogohlantirish yuboradi;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda soliq tekshiruvlarini o‘tkazadi;
majburiy raqamli markirovkalanishi lozim bo‘lgan mahsulotlarni import qilish, ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki realizatsiya qilish qoidalarini buzish holatlari aniqlanganda, ularni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bartaraf etish choralarini ko‘radi;
soliq nazoratini amalga oshirishda zamonaviy usullarni qo‘llaydi hamda tashqi va ichki manbalardan kelib tushadigan ma’lumotlarni tahlil qilishning ilg‘or avtomatlashtirilgan usullarini joriy etadi;
b) nazorat, baholash va xavf tahlili sohasida samarali usullarni ishlab chiqish, joriy etish va takomillashtirib borish sohasida:
markirovkalanadigan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi va import qiluvchilar tomonidan buyurtma va realizatsiya qilingan markirovka kodlarini tahlil qilish orqali tovar qoldiqlarini aniqlaydi;
markirovkalanadigan mahsulotlarni realizatsiya qiluvchi ulgurji va chakana savdo korxonalari tomonidan xarid qilingan mahsulotlardagi markirovka kodlarini onlayn nazorat-kassa texnikalari (keyingi o‘rinlarda — ONKM) va elektron hisobvaraq — faktura orqali realizatsiya qilingan mahsulotlardagi markirovka kodlari bilan solishtirish orqali tahlil qiladi;
markirovkalanadigan mahsulotlarni realizatsiya qiluvchi ulgurji va chakana savdo korxonalari tomonidan markirovkani o‘qish qurilmalari (2D-skaner) orqali ONKM cheklarida realizatsiya qilingan mahsulotlardagi markirovka kodlari aks ettirilgani yoki ettirilmagani holatlarini tahlil qiladi;
majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish holatlari bo‘yicha soliq xavfi darajasini baholash uchun mezonlarni ishlab chiqadi;
v) majburiy raqamli markirovkalanadigan mahsulotlar turkumini bosqichma-bosqich kengaytirish uchun amaliy tajriba-sinov (eksperiment) tadbirlarini o‘tkazish sohasida:
ayrim turdagi mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga noqonuniy olib kirish (import qilish), ishlab chiqarish (shu jumladan, kontrafakt mahsulotlarni) va aylanmasiga qarshi kurashish maqsadida majburiy raqamli markirovkalanadigan mahsulotlar tarkibiga qo‘shish yuzasidan taklif ishlab chiqadi;
tajriba tariqasida yangi mahsulot guruhlari bo‘yicha raqamli markirovkalash loyihalarini amaliyotga joriy qiladi va monitoringini yuritadi;
soliq solish bazasini kengaytirish maqsadida markirovka tizimi ishtirokchilari hamda mahsulot turlari to‘liq hisobga olinishini ta’minlaydi;
mahsulotlarni ishlab chiqarish va olib kirish (import qilish) bosqichida markirovkalash jarayonlarini tizimli o‘rganadi, tahlil qiladi va ushbu jarayonlarni optimallashtiradi;
g) xalqaro standartlar va ilg‘or tajribalarni o‘rganish asosida raqamli markirovkalash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish sohasida:
majburiy raqamli markirovkalash tizimini rivojlantirish hamda uning afzalliklari va imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganadi;
ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish asosida raqamli markirovkalash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqadi;
majburiy raqamli markirovkalash tizimi joriy qilingan xorijiy davlatlar bilan hamkorlikni (integratsiyani) yo‘lga qo‘yadi hamda markirovka kodlarini o‘zaro tan olish ishlarini amalga oshiradi;
ayrim turdagi mahsulotlarning raqamli markirovkalash tizimi samaradorligini tahlil qilgan holda, uni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
d) raqamli markirovkalash tizimi talablari buzilishining oldini olish bo‘yicha profilaktika va tushuntirish chora-tadbirlarini amalga oshirish, jumladan, ogohlantirish tizimini qo‘llash sohasida:
majburiy raqamli markirovkalash tizimining afzalliklarini tushuntirish bo‘yicha yillik media-rejani ishlab chiqadi hamda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib boradi;
raqamli markirovkalash tizimi talablari va qoidalari yuzasidan yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi va ular bo‘yicha tushuntirishlar beradi;
majburiy raqamli markirovkalash tizimiga oid normativ-huquqiy hujjatlar va ular bo‘yicha o‘zgarishlarning mazmun-mohiyatini seminarlar, brifinglar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni tashkil etish orqali tadbirkorlik subyektlari hamda aholiga yetkazish bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi;
soliq to‘lovchini yoki uning vakilini majburiy raqamli markirovalash qoidalarining buzilgani hamda ushbu qoidabuzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risida rasmiy ogohlantiradi;
majburiy raqamli markirovkalash qoidalariga oid huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiradi, shu jumladan, ushbu huquqbuzarliklar sodir etilishi sabablarini aniqlaydi va bartaraf etadi, shuningdek, huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiradigan va unda ishtirok etadigan boshqa organlar va tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;
majburiy raqamli markirovkalash qoidalariga oid huquqbuzarliklar sodir etgan soliq to‘lovchilar hisobini yuritadi, ushbu ma’lumotlarni tahlil qiladi;
e) markirovkalash axborot tizimini takomillashtirish, ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish asosida tahlil-monitoring tadbirlarini amalga oshirish sohasida:
markirovkalash axborot tizimi operatori bilan birgalikda markirovkalash axborot tizimining uzluksiz ishlashini ta’minlaydi;
majburiy raqamli markirovkalash tizimining ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish asosida tahlil-monitoring tadbirlarini amalga oshiradi;
mahsulotlarni ishlab chiqarish va olib kirish (import qilish) bosqichida markirovkalash jarayonlarini tizimli o‘rganish, tahlil qilish va ushbu jarayonlarni takomillashtirish va raqamlashtirishni amalga oshiradi.
markirovkalash axborot tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va uni amalga oshirish choralarini ko‘radi.
3-bob. Hududlararo inspeksiyaning huquqlari
11. Hududlararo inspeksiya o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
1) markirovkalash axborot tizimi orqali markirovkalangan tovarlar harakatini kuzatish asosida aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan masofaviy soliq tekshiruvini o‘tkazish;
2) soliq to‘lovchilardan Hududlararo inspeksiya vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar va materiallarni so‘rash va olish;
3) qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda soliq to‘lovchilarning buxgalteriya va soliq hisobi axborot tizimlaridan, shuningdek, hisob hujjatlaridan foydalanish;
4) respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlardan Hududlararo inspeksiya vakolatiga kiruvchi masalalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan axborotlar, ma’lumotlar va ma’lumotnomalarni so‘rash va bepul olish;
5) vakolatli organlardan soliq to‘lovchilarga litsenziya va (yoki) boshqa ruxsat beruvchi hujjatlar berilgani, shuningdek, ularning bekor qilingani, amal qilishi to‘xtatilgani yoki tugatilgani to‘g‘risidagi ma’lumotlarni talab qilib olish;
6) huquqbuzarlik holatlari aniqlanganda mansabdor shaxslar hamda fuqarolarga tushuntirish berish uchun ularni Hududlararo inspeksiyaga belgilangan tartibda taklif qilish;
7) qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda majburiy raqamli markirovkalash qoidalariga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish hamda soliq to‘lovchilarga nisbatan moliyaviy jarimalar qo‘llash;
8) O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan holatlarda chet tilida tuzilgan hujjatlarning davlat tiliga tarjimasini notarial tasdiqlangan holda talab qilish;
9) Hududlararo inspeksiya vakolatlari doirasida masalalarni ishlab chiqish uchun belgilangan tartibda shartnoma asosida ekspertiza tayinlash, shuningdek, soliq nazoratining shakllarini amalga oshirish uchun ilmiy va boshqa tashkilotlar, mutaxassislar, shu jumladan, tarjimonlar va ekspertlarni jalb qilish;
10) soliq to‘lovchilarga nisbatan soliq nazoratining shakllarini amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni ta’minlash uchun Qo‘mita markaziy apparati tarkibiy tuzilmalarining xodimlarini jalb qilish, shu maqsadda ekspert hamda ishchi guruhlar tashkil etish;
11) nazorat tadbirlari natijasida nazorat obyektlari mansabdor shaxslari harakatlarida jinoyat alomatlari mavjud huquqbuzarlik holatlari aniqlanganda, hujjatlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etish;
12) davlat soliq xizmati organlarining tizimidagi mavjud hujjatlardan foydalanish huquqini olish;
13) davlat soliq xizmati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ma’lumotlar bazasidan foydalanish huquqini olish;
14) foydalanish huquqi faqat Hududlararo inspeksiya xodimlariga beriladigan lokal axborot tarmoqlardan foydalanish, o‘zining dasturiy mahsulotlari va axborot tizimlarini yaratish;
15) faoliyatining asosiy vazifalari bo‘yicha ko‘rsatkichlar bajarilishini hisobga olib, Hududlararo inspeksiya xodimlarini Qo‘mita bilan kelishilgan holda moddiy rag‘batlantirish, alohida ustamalarni belgilash;
16) qonunchilik hujjatlariga asosan davlat soliq xizmati organlarining vakolat doirasiga kiradigan boshqa huquqlaridan foydalanish.
12. Hududlararo inspeksiya quyidagilar uchun javobgardir:
Hududlararo inspeksiyaga yuklangan funksiya va vazifalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash;
soliq to‘lovchilar tomonidan jarimalarning Davlat budjetiga tushishini ta’minlash, shuningdek, ularning soliq solinadigan bazasini kengaytirishga yo‘naltirilgan takliflar ishlab chiqish;
Qo‘mitaga kiritiladigan hujjat loyihalari hamda takliflar, shuningdek, ular tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning sifati, natijalari va oqibati;
davlat soliq xizmati organlarini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali amalga oshirilishi, muammoli masalalar hal etilishi;
soliq to‘lovchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish va ularga rioya qilishlarini ta’minlash.
4-bob. Hududlararo inspeksiya rahbarlarining asosiy funksional majburiyatlari
13. Quyidagilar Hududlararo inspeksiya boshlig‘ining asosiy funksional majburiyatlari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
Hududlararo inspeksiya faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, mazkur Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan Hududlararo inspeksiyaga yuklangan funksiya va vazifalarning bajarilishini tashkil qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi hujjatlari va topshiriqlarining bajarilishini ta’minlash, Hududlararo inspeksiya xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha amaliy kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, qonunchilik talablariga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun shaxsiy javobgarligini oshirish choralarini ko‘rish;
Qo‘mita Hay’ati qarorlari, Qo‘mita raisi va uning o‘rinbosarlari buyruqlari va topshiriqlarining o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash;
o‘z o‘rinbosari vakolatlarini belgilash, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlash, Hududlararo inspeksiyaning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, Hududlararo inspeksiya faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun o‘z o‘rinbosari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyati darajasini belgilash;
Hududlararo inspeksiyaning faoliyatini rejalashtirilishni tashkil qilish hamda inspeksiyaning va o‘z o‘rinbosarining har choraklik ishlar rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;
Hududlararo inspeksiya tizimidagi kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Hududlararo inspeksiyaning kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Qo‘mita nomenklaturasiga kiradigan vakant lavozimlarga taklif etilgan kadrlar, shuningdek, Hududlararo inspeksiyaga ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professionalligi, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribasi, yuqori darajadagi ishchanlik va ma’naviy-axloqiy fazilatlari kafolatini ta’minlash;
Hududlararo inspeksiya boshlig‘i va xodimlari xizmat safarlarini qonunchilik hujjatlari talablariga to‘la muvofiq tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanilishini ta’minlash;
Hududlararo inspeksiya xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, o‘z o‘rinbosarini rag‘batlantirish hamda intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimida qolishi maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflar kiritish, ularning shaxsiy javobgarligini oshirishga doir tizimli choralar ko‘rish;
Hududlararo inspeksiya xodimlarining Qo‘mita tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadigan xodimlarning odob-axloq qoidalariga rioya qilishlarini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq Hududlararo inspeksiya faoliyati doirasida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
Hududlararo inspeksiya xodimlarining faoliyati samaradorligini hamda natijadorligini tizimli tanqidiy tahlil qilish, majlislarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, yakunlari bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;
Hududlararo inspeksiya faoliyatiga oid masalalar bo‘yicha qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish, shuningdek, davlat xizmatlarini ko‘rsatishning samaradorligi, sifatliligi va ochiqligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish hamda ularni ko‘rib chiqish uchun Qo‘mita rahbariyatiga kiritish;
Hududlararo inspeksiya xodimlarini tizimli qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha tashabbus ko‘rsatish;
belgilangan tartibda rahbarlar va mutaxassislarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha ishchi komissiyani tashkil qilish, shuningdek, ularga belgilangan tartibda maxsus unvonlar berish to‘g‘risida takliflar kiritish;
soliq to‘lovchilarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha samarali ishlarni tashkil qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, qonunchilik hujjatlariga muvofiq ularning faoliyatida faol ishtirok etish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushadigan soliq to‘lovchilarning murojaatlarini o‘z vaqtida va to‘laqonli ko‘rib chiqish;
davlat sirlariga kiritilgan axborot va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish.
14. Quyidagilar Hududlararo inspeksiya boshlig‘i o‘rinbosarining asosiy funksional majburiyatlari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
boshliq vaqtincha bo‘lmaganda, uning vazifalarini majburiyatlar taqsimotiga muvofiq tegishli buyruq asosida bajarish;
Hududlararo inspeksiyaning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va ularga bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar tomonidan tovarlarni majburiy raqamli markirovkalash nazorati yuzasidan belgilangan ko‘rsatkichlarga so‘zsiz erishishni ta’minlash, shuningdek, tovarlarni markirovkalash jarayonida agregatsiyalash tizimini yo‘lga qo‘yish choralarini ko‘rish, tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam ravishda eshitib borish va qayd etilgan ko‘rsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining har choraklik rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi hujjatlari va topshiriqlarining bajarilishini ta’minlash, Hududlararo inspeksiyada tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha amaliy kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, qonunchilik talablariga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun shaxsiy javobgarligini oshirish bo‘yicha choralar ko‘rish;
Qo‘mita Hay’ati qarorlari, Qo‘mita raisi va uning o‘rinbosarlari, shuningdek, Hududlararo inspeksiya boshlig‘ining buyruqlari va topshiriqlarining ijrosini ta’minlash;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish bo‘yicha boshliqqa takliflar kiritish, ularning professionalligi, o‘z ishini bilishi, amaliy tajriba, yuqori darajadagi ishchanlik va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish bo‘yicha choralar ko‘rish;
xizmat safarlarini qonunchilik hujjatlari talablariga to‘la muvofiq tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanilishini ta’minlash;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlarining faoliyati samaradorligini hamda natijadorligini tizimli tanqidiy tahlil qilish, majlislarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimida qolishi maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflarni Hududlararo inspeksiya boshlig‘iga kiritish, funksional majburiyatlar va yuklangan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha tizimli choralar ko‘rish;
O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq Hududlararo inspeksiya faoliyati doirasida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
soliq to‘lovchilarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha samarali ishlarni tashkil qilish;
davlat sirlariga kiritilgan axborot va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish;
15. Quyidagilar Hududlararo inspeksiya tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarining asosiy funksional majburiyatlari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
tarkibiy bo‘linmalar faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, ushbu bo‘linmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;
tarkibiy bo‘linmalarning tovarlarni majburiy markirovkalash nazorati yuzasidan belgilangan ko‘rsatkichlarga so‘zsiz erishishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha choralar ko‘rish bo‘yicha takliflarni mutasaddilik qiladigan Hududlararo inspeksiya boshlig‘i o‘rinbosariga kiritish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi hujjatlari va topshiriqlarining bajarilishini ta’minlash, Hududlararo inspeksiya xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha amaliy kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, tarkibiy bo‘linmalar xodimlarining qonunchilik talablariga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun shaxsiy javobgarligini oshirish bo‘yicha choralar ko‘rish;
Qo‘mita Hay’ati qarorlari, Qo‘mita raisi va uning o‘rinbosarlari, Hududlararo inspeksiya boshlig‘i va uning o‘rinbosari buyruqlari va topshiriqlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
tarkibiy bo‘linmalarning har choraklik ish rejalari ishlab chiqilishini ta’minlash, tasdiqqa kiritish, ularda belgilangan vazifalar va tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
tarkibiy bo‘linmalarga yuklangan vazifalarning ijrosini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
tarkibiy bo‘linmalar faoliyati masalalaridagi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va ularni Hududlararo inspeksiya rahbariyatiga ko‘rib chiqish uchun kiritish;
boshliq o‘rinbosariga kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishda takliflar berish, ularning professionalligi, o‘z ishini bilishi, amaliy tajriba, yuqori darajadagi ishchanlik va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish bo‘yicha choralar ko‘rish, bo‘linmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
xizmat safarlarini qonunchilik hujjatlari talablariga to‘la muvofiq tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanilishini ta’minlash;
tarkibiy bo‘linmalar xodimlari faoliyatining samaradorligini va natijadorligini tizimli tanqidiy tahlil qilish, majlislarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, natijalari bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;
O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq Hududlararo inspeksiya faoliyati doirasida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish hamda amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
soliq to‘lovchilarning murojaatlarini ko‘rib chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, qonunchilik hujjatlariga muvofiq ularning faoliyatida faol ishtirok etish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushadigan yirik soliq to‘lovchilarning murojaatlarini o‘z vaqtida va to‘laqonli ko‘rib chiqish;
davlat sirlariga kiritilgan axborot va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish.
Hududlararo inspeksiyaga yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishi;
mazkur Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan Hududlararo inspeksiya javobgarligi sohalari bo‘yicha;
mazkur Nizomning 13-bandida belgilangan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
17. Hududlararo inspeksiya boshlig‘i o‘rinbosari:
Hududlararo inspeksiyaning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalari tomonidan Hududlararo inspeksiyaga yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishi;
mutasaddilik qilinadigan masalalar bo‘yicha mazkur Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan Hududlararo inspeksiya javobgarligi sohalari bo‘yicha;
mazkur Nizomning 14-bandida belgilangan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
18. Hududlararo inspeksiyaning tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari:
tegishli tarkibiy bo‘linmalariga yuklangan vazifa va funksiyalarning amalga oshirilishi;
vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha mazkur Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan Hududlararo inspeksiya javobgarligi sohalari bo‘yicha;
mazkur Nizomning 15-bandida belgilangan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
19. Hududlararo inspeksiyaning xodimlari:
o‘z funksional vazifalarini bajarmasligi yoki to‘laqonli bajarmasligi, ijro intizomini buzganliklari;
noqonuniy harakatlari (harakatsizligi) oqibatida soliq to‘lovchilarga moddiy va ma’naviy zarar yetkazganliklari;
o‘zlarining noqonuniy harakatlari (harakatsizligi) oqibatida soliq to‘lovchilarning ishlab chiqarish hajmi kamaygani va soliqqa tortish bazasining pasaygani;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan qarorlar qabul qilganliklari;
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqbuzarliklar uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
6-bob. Hududlararo inspeksiya faoliyatini tashkil etish
1-§. Hududlararo inspeksiya rahbariyati, xodimlarini tegishli lavozimga tayinlash va xodimlarning maqomi
20. Hududlararo inspeksiyaning shtatdagi xodimlari soni Qo‘mita raisi tomonidan tasdiqlanadi.
21. Hududlararo inspeksiyaga Qo‘mita raisi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliq rahbarlik qiladi.
22. Hududlararo inspeksiya boshlig‘i:
Qo‘mita raisining mutasaddilik qiladigan o‘rinbosarining tavsiyasiga ko‘ra Qo‘mita raisi tomonidan lavozimga tayinlanadigan bir nafar o‘rinbosarga ega bo‘ladi;
o‘z faoliyatida Qo‘mita raisiga bo‘ysunadi va unga hisobot beradi.
23. Hududlararo inspeksiya boshlig‘i bo‘lmaganda, uning vakolatlari majburiyatlari taqsimotiga muvofiq o‘rinbosari tomonidan amalga oshiriladi.
24. Lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish funksiyalari:
Hududlararo inspeksiyaning tarkibiy bo‘linmalari boshliqlari Hududlararo inspeksiya boshlig‘ining tavsiyasiga ko‘ra Qo‘mita raisi tomonidan;
Hududlararo inspeksiyaning tarkibiy bo‘linmalari boshliqlari o‘rinbosarlari va boshqa xodimlari Hududlararo inspeksiya boshlig‘i tomonidan amalga oshiriladi.
25. Mavqeyi, mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlari bo‘yicha Hududlararo inspeksiya boshlig‘i va uning o‘rinbosari tegishli ravishda Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi boshlig‘i va o‘rinbosariga, Hududlararo inspeksiyaning xodimlari esa — Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi xodimlariga tenglashtiriladi.
26. Hududlararo inspeksiyaning mansabdor shaxslariga maxsus unvonlar berish va ulardan mahrum qilish tartibi Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasining mansabdor shaxslari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
2-§. Hududlararo inspeksiya hamda uning tarkibiy bo‘linmalarining Qo‘mita markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari va hududiy davlat soliq xizmati organlari bilan, shuningdek, boshqa respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorligi
27. Hududlararo inspeksiya tarkibiy bo‘linmalarining Qo‘mita markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari hamda hududiy davlat soliq xizmati organlari bilan hamkorligi Hududlararo inspeksiya tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi.
28. Hududlararo inspeksiya bo‘linmalarining Qo‘mita markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari va hududiy davlat soliq xizmati organlari bilan hamkorligi axborot almashish va qonunchilik hujjatlarida belgilangan soliq nazoratining shakllarini amalga oshirishga asoslangan.
29. Hududlararo inspeksiya tarkibiy bo‘linmalarining Qo‘mita markaziy apparati bo‘linmalari va hududiy davlat soliq xizmati organlari bilan hamkorligi jarayonida vujudga keladigan tushunmovchiliklar Qo‘mita raisining topshirig‘iga muvofiq uning tegishli o‘rinbosarlari tomonidan ko‘rib chiqiladi. Ushbu ko‘rib chiqishda tushunmovchiliklar tartibga solinmagan holatlarda, ular bo‘yicha qaror bevosita Qo‘mita raisi tomonidan qabul qilinadi.
30. Hududlararo inspeksiya va uning tarkibiy bo‘linmalari o‘zlarining vazifa va funksiyalarini bajarishda respublika v mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, banklar va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
7-bob. Hududlararo inspeksiya faoliyatini baholash
31. Hududlararo inspeksiya faoliyati har chorakda Qo‘mita tomonidan baholanadi.
32. Hududlararo inspeksiya faoliyatini baholash natijalari bo‘yicha Qo‘mita xulosasi:
Hududlararo inspeksiya rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish (mukofotlash) yoki ularga intizomiy javobgarlik choralarini ko‘rish;
Hududlararo inspeksiya faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusida uning faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha choralar ko‘rish uchun asos bo‘ladi.
8-bob. Hududlararo inspeksiya faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnika bilan ta’minlash, uning xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish
33. Hududlararo inspeksiyani moliyalashtirish va moddiy-texnika bilan ta’minlash, jumladan, uning xodimlari mehnatiga haq to‘lash budjetdan ajratiladigan mablag‘lar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan, Qo‘mitaning Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi mablag‘lari, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
34. Hududlararo inspeksiya xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, maxsus unvonlar, ko‘p yil xizmat qilganlik uchun ustama haqlar, dam olish va bayram kunlari ishlaganlik uchun to‘lovlar, ustama, qo‘shimcha haqlardan iborat bo‘ladi hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda to‘lanadi.
Hududlararo inspeksiya xodimlarining lavozim maoshlariga oylik ustama va qo‘shimchalar amaldagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartiblar asosida to‘lanadi.
35. Hududlararo inspeksiya xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘lari hisobidan lavozim maoshlarining 20 foizi miqdorida maxsus ustama belgilanadi.
36. Qo‘mitaning Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi mablag‘larining Hududlararo inspeksiya tomonidan shakllantirilishi va ulardan foydalanilishi Qo‘mita tomonidan belgilanadi.
9-bob. Hududlararo inspeksiyaning hisoboti
37. Hududlararo inspeksiya boshlig‘i Hududlararo inspeksiyaning faoliyati to‘g‘risida Qo‘mita raisiga muntazam ravishda hisobot beradi.
38. Qo‘mita raisining o‘rinbosarlari Hududlararo inspeksiya rahbarlariga yuklangan vazifalarni samarali bajarishlari bo‘yicha ularning faoliyatini doimiy nazorat qilib boradilar.
39. Har choraklik baholash natijalari bo‘yicha Hududlararo inspeksiyaning alohida o‘rnak ko‘rsatgan rahbarlari va xodimlari rag‘batlantiriladi yoki yo‘l qo‘yilgan jiddiy kamchiliklari uchun egallab turgan lavozimidan ozod qilishgacha bo‘lgan javobgarlikka tortiladi.
10-bob. Yakunlovchi qoidalar
40. Hududlararo inspeksiyasiga ushbu Nizomda belgilanmagan vazifa va funksiyalarni yuklash, shuningdek, Qo‘mitaning tovarlarni markirovkalash nazorati bilan shug‘ullanuvchi tegishli boshqarmadan boshqa tuzilmalar tomonidan topshiriqlar berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
41. Hududlararo inspeksiya xodimlariga ta’sir ko‘rsatish, shuningdek, ularni obro‘sizlantirish, yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarishiga to‘sqinlik qilish maqsadida faoliyatiga aralashish taqiqlanadi va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.
(21-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 23-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2026-y., 09/26/23/0070-son)
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 320-son qaroriga 3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlarida xizmatni o‘tash to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlariga (keyingi o‘rinlarda soliq organlari deb ataladi) mansabdor shaxslarni xizmatga qabul qilish va ularni bo‘shatish, ular tomonidan xizmatni o‘tash, maxsus unvonlar berish va ulardan mahrum qilish, ularni rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
rahbarlik lavozimlari — soliq organlarining boshqaruv funksiyalarini amalga oshiruvchi, xodimlarga rahbarlik qiluvchi, tegishli qarorlarni ishlab chiquvchi va qabul qiluvchi, soliq organlari faoliyati jarayonlarini rejalashtiruvchi, nazorat qiluvchi va tartibga soluvchi, qo‘yilgan maqsadga erishish hamda soliq organlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur tashkiliy-texnik shart-sharoitlar bilan ta’minlovchi xodimlari lavozimlari;
inspektorlar tarkibi lavozimlari — mazkur bandning ikkinchi xatboshida ko‘rsatilgan vakolatlar berilmagan holda soliq organlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajaruvchi soliq organlari xodimlari lavozimlari.
3. Soliq organlari mansabdor shaxslariga (keyingi o‘rinlarda mansabdor shaxslar deb ataladi) soliq organlarida boshqaruv xodimlarining shtatidagi lavozimlarni egallab turgan shaxslar kiradi va ularga egallab turgan lavozimlariga hamda uzoq muddat ishlaganligiga muvofiq ravishda quyidagi maxsus unvonlar beriladi:
soliq xizmatining bosh davlat maslahatchisi;
soliq xizmatining I darajali davlat maslahatchisi;
soliq xizmatining II darajali davlat maslahatchisi;
soliq xizmatining III darajali davlat maslahatchisi;
Ishlab chiqarish xodimlariga texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar toifasiga mansub bo‘lmagan soliq organlarida shtat lavozimlarini egallab turgan mutaxassislar kiradi.
Mutaxassislarning (ishlab chiqarish xodimlarining) shtatlar soni quyidagi tartibda belgilanadi:
har 100 ming nafar aholiga hisoblab chiqqanda (ko‘p tomonga yaxlitlanadigan 1:2 nisbatda) 1 shtat birligi — tuman (shahar) soliq inspeksiyalarida;
(3-bandning o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
2 shtat birligi — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalarida;
(3-bandning o‘n yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
2 shtat birligi — O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita) markaziy apparatida;
(3-bandning o‘n sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
3 shtat birligi — Qo‘mitaning hududiy tuzilmalari hamda Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasida;
(3-bandning yigirma birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
soliq to‘lovchilarning buxgalteriya hisobini yuritish va huquqiy qo‘llab-quvvatlash xizmatida (soliq boshqarmalarida va tuman (shahar) soliq inspeksiyalarida) — 2 shtat birligi.
(3-bandning yigirma ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
2-bob. Xizmatga qabul qilish va lavozimga tayinlash
4. Soliq organlarida xizmatga o‘zlarining kasb malakasi, ishchanlik, shaxsiy va ma’naviy-axloqiy sifatlariga, ma’lumoti darajasiga va salomatligiga ko‘ra soliq organlariga yuklangan vazifalarning bajarilishini ta’minlashga qodir bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadilar.
5. Qo‘mita raisi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va egallab turgan lavozimidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ozod qilinadi.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
Qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari, rais o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalari boshliqlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
Qo‘mita markaziy apparatining ushbu band birinchi va ikkinchi xatboshilarida sanab o‘tilmagan mansabdor shaxslari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalari boshliqlari o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalari bo‘limlari (shu’balari) boshliqlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalari soliq organlari faoliyatini nazorat qilish va shaxsiy xavfsizlik bo‘limlari mansabdor shaxslari, Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi va Raqamli markirovka qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi boshliqlari va boshliqlar o‘rinbosarlari, bo‘limlar (shu’balar) boshliqlari hamda shaxsiy xavfsizlik bo‘limlari mansabdor shaxslari, shuningdek, tumanlar (shaharlar) soliq inspeksiyalari boshliqlari belgilangan tartibda Qo‘mita raisining buyrug‘i bilan lavozimga tayinlanadilar.
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 23-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2026-y., 09/26/23/0070-son)
Ushbu bandning birinchi — uchinchi xatboshilarda sanab o‘tilmagan mansabdor shaxslar tegishli soliq organi rahbari tomonidan tayinlanadilar.
6. Soliq organlarining ishlab chiqarish xodimlari tarkibi lavozimlari o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi darajasidan kam bo‘lmagan iqtisodiyot, huquq, kompyuter texnologiyalari va informatika ta’limi sohasidagi yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan egallanadi.
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)
Ayrim hollarda soliq organlariga xizmatga boshqa sohalarda oliy ma’lumotga ega bo‘lgan, korxonalar va alohida tarmoqlarga soliq solish va ularning moliyaviy faoliyatini tahlil qilish sohasida zarur bilimlarga ega bo‘lgan xodimlar qabul qilinishi mumkin.
Soliq organlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadiganlardan tashqari, rahbarlik hamda inspektorlik lavozimlari tanlov asosida mazkur bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan ta’lim sohasidagi yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan egallanadi.
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)
Tanlovlar o‘tkazish, xizmatga qabul qilish va boshqa doimiy ishga o‘tkazish tartibi mehnatga oid qonun hujjatlariga muvofiq Qo‘mita tomonidan belgilanadi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
jinoyat sodir etganligi uchun ilgari sudlangan fuqarolar ularga nisbatan jazo qo‘llanilganligidan, sudlanganlik holati tugallanganligidan yoki olib tashlanganligidan va amnistiya akti qo‘llanilganligidan qat’i nazar (ehtiyotsizlik orqasida, shu jumladan, mansab mavqeyini suiiste’mol qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jinoyat sodir etganligi uchun sudlangan fuqarolar bundan mustasno);
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
belgilangan tartibda huquqiy layoqatsiz yoki huquqiy layoqati cheklangan deb e’tirof etilgan;
mehnat haqidagi qonunlarga muvofiq ilgari ish beruvchining tashabbusi bilan davlat soliq xizmati organlaridan bo‘shatilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 161-moddasi ikkinchi qismining 1, 2 va 3-bandlari hamda 441-moddasi bo‘yicha bo‘shatilgan holatlar bundan mustasno), shuningdek, boshqa organ va tashkilotlardan obro‘sini to‘kadigan xatti-harakat sodir etganlik uchun bo‘shatilgan shaxslar davlat soliq xizmati organlariga xizmatga qabul qilinmaydilar.
(7-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
8. Xizmatga qabul qilinayotgan shaxs bilan tegishli soliq organi mehnat shartnomasi tuzadi.
Soliq organlarida xizmat qilish to‘g‘risidagi namunaviy mehnat shartnomasi shakli Qo‘mita raisi tomonidan belgilanadi.
9. Soliq organlariga xizmatga qabul qilinayotgan shaxslar shtatdagi lavozimga mehnat shartnomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi talablariga muvofiq sinov muddati bilan tayinlanadilar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadiganlar bundan mustasno.
Sinov muddati mobaynida xodimga murabbiy tayinlanadi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
10. Soliq organiga xizmatga qabul qilingan shaxsga butun xizmat davri uchun shaxsiy tabel tartib raqami beriladi.
3-bob. Xizmatni o‘tash
11. Soliq organlarida shtatdagi lavozimga tayinlashda quyidagi talablarga rioya qilinadi:
mansabdor shaxs vazifasini asosiy yoki turdosh ixtisos bo‘yicha mansab yo‘riqnomasiga muvofiq yoxud mavjud ish tajribasiga muvofiq bajarishi kerak. Boshqa ixtisos bo‘yicha vazifalarni bajarish zarurati bo‘lganda ular qayta tayyorlash va tajriba orttirishdan o‘tadilar;
mansabdor shaxslar yanada yuqori rahbarlik lavozimiga tasdiqlangungacha ushbu lavozimni bajarib turuvchi etib tayinlanishlari mumkin, bunda ularning vazifalarni bajarib turishi uzluksiz muddati uch oydan oshmasligi kerak;
yaqin qarindosh bo‘lgan yoki yaqin qarindoshligi bo‘lgan (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, o‘g‘illar, qizlar, er-xotinlar, shuningdek, er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) mansabdor shaxslarning, agar ularning xizmati bir-biriga bevosita bo‘ysunish yoki nazoratda bo‘lish bilan bog‘liq bo‘lsa, aynan bir soliq organida xizmatni o‘tashiga ruxsat etilmaydi.
12. Mansabdor shaxslarni xizmat bo‘yicha ko‘tarish ularning amaliy ishda namoyon qilgan kasbiy, ma’naviy va ishchanlik sifatlariga qarab amalga oshiriladi.
13. Ishchanlik va ma’naviy sifatlarini, kasb bo‘yicha xizmatga layoqatini baholash hamda shaxsiy qobiliyati va ish tajribasiga muvofiq oqilona joylashtirish uchun mansabdor shaxslar har uch yilda kamida bir marta attestatsiyadan o‘tkaziladi. Navbatdan tashqari attestatsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan o‘tkaziladi.
Mansabdor shaxslarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi Qo‘mita raisi tomonidan tasdiqlanadigan Davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq belgilanadi.
14. Mansabdor shaxslarga nisbatan rag‘batlantirish va intizomiy jazo choralari qo‘llanishi mumkin.
muddatidan oldin yoxud egallab turgan lavozimidan qat’i nazar, navbatdan tashqari yoki navbatdagi maxsus unvon berish;
idoraviy mukofotlar (ko‘krak nishonlari) bilan taqdirlash.
Xizmat vazifasini bajarishda ko‘rsatilgan mardlik va jasorati, xizmat vazifasini namunali bajarganligi uchun mansabdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat mukofotlariga, taqdirlashga taqdim etilishi mumkin.
Intizomiy jazo choralari mehnatga oid qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qo‘llaniladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 300-moddasi.
Rag‘batlantirish va intizomiy jazolash choralarini qo‘llash tartibi Qo‘mita tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishgan holda tasdiqlanadigan Davlat soliq xizmati organlarining ichki mehnat tartibi qoidalari bilan belgilanadi.
15. Korrupsiya va boshqa suiiste’molchiliklarning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik va oldini olish, xodimning shaxsiy va ishchanlik fazilatlarini, uning faoliyati samaradorligini tizimli o‘rganish, shuningdek, soliq organlari faoliyatining turli yo‘nalishlarida bilim va tajribaga ega kadrlar zaxirasini shakllantirish maqsadida xodimlar rotatsiya qilinadi.
Soliq organlari xodimlarini rotatsiya qilish tartibi Qo‘mita tomonidan belgilanadi.
16. Mansabdor shaxslarni boshqa lavozimlarga o‘tkazish mehnatga oid qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
17. Mansabdor shaxslar “Soliq-servis” AJda yoki boshqa ta’lim muassasalarida, kurslarda, seminarlarda, Qo‘mita raisi tomonidan belgilanadigan tartibda tayyorgarlik, qayta tayyorgarlik hamda malaka oshirishdan o‘tadilar.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 23-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2026-y., 09/26/23/0070-son)
18. Mansabdor shaxslar jismoniy tarbiya-sport bo‘yicha ularning xizmat joylarida yoki boshqa sport inshootlarida Qo‘mita tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
19. Mansabdor shaxslar O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘lari hisobidan davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilinadilar.
20. Mansabdor shaxslarga mehnat ta’tillari berish tartibi mehnatga oid qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Mukofotlar, kompensatsiyalar, moddiy yordam berish tartibi va ularning manbalari Qo‘mita tomonidan belgilanadi.
Mansabdor shaxslar xizmat faoliyatini amalga oshirish munosabati bilan tan jarohatlari olganda yoki halok bo‘lganda biryo‘la beriladigan nafaqalar to‘lash tartibi va miqdorlari qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadi.
201. Soliq organlarining mansabdor shaxslariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda, yakka tartibda uylar yoki kvartiralar olish huquqi beriladi.
(201-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
4-bob. Mansabdor shaxslarning soliq organlarida xizmatni o‘tash bilan bog‘liq huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
21. Mansabdor shaxslarning soliq organlarida xizmatni o‘tash bilan bog‘liq huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi O‘zbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
22. Mansabdor shaxslar boshliqlarining qasddan berilgan noqonuniy tusdagi buyruqlarini bajarmaslik huquqiga egadirlar, bunda ular yuqori turuvchi boshliqlar buyrug‘ini bajarmaganlik sabablari haqida yuqori turuvchi organlarni xabardor qilishga majburdirlar.
23. Mansabdor shaxslar ularga nisbatan intizomiy jazo chorasini qo‘llash, shu jumladan lavozimidan chetlatish yoki bo‘shatish to‘g‘risida qabul qilgan qarorlar yuzasidan yuqori tashkilotlarga va sudlarga shikoyat berishga haqlidirlar.
24. Mansabdor shaxslar Soliq organlarining ichki mehnat tartibi qoidalariga, shuningdek, Qo‘mita tomonidan tasdiqlangan kiyim-bosh kiyib yurish qoidalariga rioya etishga majburdirlar.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
25. Mansabdor shaxslarga:
biron-bir tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish;
o‘rindoshlik bo‘yicha ishlash (ilmiy, o‘qituvchilik va ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanish bundan mustasno);
o‘z xizmat vazifalarini bajarganlik yoki bajarmaganlik uchun mukofotlar yoki xizmatlarni qabul qilish;
qarindoshlar, tanishlar va boshqa begona shaxslarning iltimosiga ko‘ra qonun hujjatlariga rioya etmaslik;
ish tashlashlar, siyosiy manifestatsiyalar va yurishlarni tashkil etish va ularda qatnashish;
xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida spirtli ichimliklar iste’mol qilish;
soliq organlari sha’niga dog‘ tushiruvchi shaxslar bilan munosabat o‘rnatish;
soliq organlarida uchinchi shaxslar ishi bo‘yicha ishonchli vakillar yoki vakillar bo‘lish;
moddiy-texnika va axborot bilan ta’minlash, moliya vositalaridan, davlatning boshqa mol-mulkidan, shuningdek, xizmat axborotlaridan lavozim vazifalari bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda foydalanish taqiqlanadi.
26. Mansabdor shaxslar tomonidan xalqaro va davlatlararo simpoziumlarda, konferensiyalarda hamda ish (xizmat) tusidagi boshqa uchrashuvlarda olingan 200 AQSH dollariga teng miqdordan ortiq qimmatbaho sovg‘alar belgilangan tartibda budjet daromadiga o‘tkaziladi, ularning sport musobaqalarida, ijodiy va kasb bo‘yicha tanlovlarda olgan shaxsiy sovrinlari bundan mustasno.
27. Mansabdor shaxslarning va ular oila a’zolarining hayoti, salomatligi, sha’ni va qadr-qimmatini ushbu shaxslar tomonidan xizmat burchi bajarilishi munosabati bilan jinoiy tajovuzlardan muhofaza qilish qonun hujjatlari bilan kafolatlanadi.
28. Xizmat vazifalarini yoki xizmat burchini bajarish munosabati bilan mansabdor shaxs mol-mulkiga yetkazilgan zarar O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘laridan to‘lanadi, ushbu summa keyinchalik aybdor shaxslardan undiriladi.
29. Mansabdor shaxslar qonun hujjatlari, shuningdek, Qo‘mitaning xizmatni o‘tash va kadrlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha hujjatlari talablariga aniq rioya etilishi yuzasidan shaxsan javob beradilar.
30. Soliq organlari rahbarlari o‘zlariga bo‘ysunuvchi xodimlarni xizmati uchun xavfsiz, maqbul shart-sharoitlar bilan ta’minlashga, ularning qonun hujjatlarida, shuningdek, Qo‘mita hujjatlarida nazarda tutilgan huquqlarini muhofaza qilishga, ularga xizmat bo‘yicha ko‘tarilish va madaniy hordiq uchun imkoniyatlar yaratishga majburdirlar.
5-bob. Mansabdor shaxslarga maxsus unvonlar berish va ulardan mahrum qilish tartibi
31. Malaka tavsifnomalari talablariga javob beradigan mansabdor shaxslarga attestatsiyadan ijobiy o‘tgan taqdirda, shtatlar ro‘yxati bo‘yicha egallab turgan lavozimini hisobga olgan holda hamda oldingi unvonida xizmat qilish muddati tugagach, izchil tartibda quyidagi navbatdagi maxsus unvonlar beriladi:
Qo‘mita markaziy apparati va Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi:
Shtatdagi lavozim*
Maxsus unvon
O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi raisi
Soliq xizmatining bosh davlat maslahatchisi
O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari
Soliq xizmatining I darajali davlat maslahatchisi
O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, rais maslahatchisi
Soliq xizmatining II darajali davlat maslahatchisi
Departament direktori va uning birinchi o‘rinbosari, Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi boshlig‘i
Soliq xizmatining III darajali davlat maslahatchisi
Departament direktori o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i va uning o‘rinbosari, mustaqil bo‘lim boshlig‘i, rais kotibiyati mudiri, Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari va uning o‘rinbosarlari
Soliq xizmatining I darajali maslahatchisi
Departament va boshqarma bo‘limi boshlig‘i, navbatchi qism va idoraviy qo‘riqlash boshlig‘i, boshqarma bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, rais yordamchisi va raisning birinchi o‘rinbosari yordamchisi, davlat soliq bosh inspektori, shu’ba boshliqlari, bosh yuriskonsult, bosh iqtisodchi, bosh mutaxassis
Soliq xizmatining II darajali maslahatchisi
Yetakchi mutaxassis, davlat soliq katta inspektori
Soliq xizmatining III darajali maslahatchisi
Davlat soliq inspektori, I toifali mutaxassis, I toifali buxgalter
Soliq xizmatining I darajali inspektori
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalari, shuningdek, tumanlar (shaharlar) soliq inspeksiyalarida:
Shtatdagi lavozim*
Maxsus unvon
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalari boshliqlari
Soliq xizmatining III darajali davlat maslahatchisi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalari boshliqlarining birinchi o‘rinbosarlari, o‘rinbosarlari, viloyatlar markazlari shaharlari soliq inspeksiyalari boshliqlari, 200 ming kishidan ortiq aholisi bo‘lgan shaharlar soliq inspeksiyalari boshliqlari, Toshkent shahridagi tumanlar soliq inspeksiyalari boshliqlari
Soliq xizmatining I darajali maslahatchisi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalari mustaqil bo‘limlari va shu’balari boshliqlari, Toshkent shahridagi tumanlar soliq inspeksiyalari boshliqlarining o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi tumanlar (shaharlar) soliq inspeksiyalari boshliqlari, viloyatlar markazlaridagi shaharlar soliq inspeksiyalari boshliqlari o‘rinbosarlari, 200 ming kishidan ortiq aholisi bo‘lgan shaharlar davlat soliq inspeksiyalari boshliqlari o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalarining bosh buxgalterlari, navbatchi qismlari boshliqlari
Soliq xizmatining II darajali maslahatchisi
Toshkent shahar soliq boshqarmasining bo‘lim boshliqlari o‘rinbosarlari, bo‘limdagi shu’ba boshliqlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalarining davlat soliq bosh inspektorlari, bosh mutaxassislari, bosh yuriskonsultlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar soliq inspeksiyalari boshliqlari o‘rinbosarlari, soliq inspeksiyalari bo‘limlari boshliqlari
Soliq xizmatining III darajali maslahatchisi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalarining davlat soliq katta inspektorlari, yetakchi mutaxassislari, navbatchi qism navbatchilari, soliq inspeksiyalarining davlat soliq bosh inspektorlari, bosh mutaxassislari, bosh yuriskonsultlari
Soliq xizmatining I darajali inspektori
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalarining davlat soliq inspektorlari, mutaxassislari, soliq inspeksiyalarining davlat soliq katta inspektorlari
Soliq xizmatining II darajali inspektori
Soliq inspeksiyalarining yetakchi mutaxassislar
Soliq xizmatining III darajali inspektori
Soliq inspeksiyalarining davlat soliq inspektorlari, I darajali mutaxassislari
Soliq xizmatining inspektori
* Soliq organlarida ishlaydigan, lavozimi ushbu jadvalda ko‘rsatilmagan shaxslarga maxsus unvonlar Qo‘mita tomonidan belgilanadigan egallab turgan lavozimi bo‘yicha tenglashtirilgan maqomiga muvofiq beriladi.
Maxsus unvonga tayinlash uchun mansabdor shaxslarning malaka talablariga muvofiqligini baholash uchun Qo‘mita va soliq boshqarmalarida maxsus komissiya tashkil etiladi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
32. Mansabdor shaxslarga:
soliq xizmatining bosh davlat maslahatchisi, soliq xizmatining I, II, III darajali davlat maslahatchisi maxsus unvonlari — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan;
soliq xizmatining I, II, III darajali maslahatchisi maxsus unvonlari, shu jumladan, Qo‘mita markaziy apparati xodimlariga maxsus unvonlar (ushbu bandning ikkinchi xatboshisida keltirilgan maxsus unvonlar bundan mustasno) — Qo‘mita raisi tomonidan;
(32-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
soliq xizmatining I, II va III darajali inspektori, soliq xizmatining inspektori maxsus unvonlari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalari boshliqlari tomonidan beriladi.
(32-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi, idoraviy mansub ta’lim muassasalari va tashkilotlari xodimlariga maxsus unvonlar Qo‘mita raisi tomonidan beriladi, ushbu bandning ikkinchi xatboshida keltirilgan maxsus unvonlar bundan mustasno.
(32-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
33. Mansabdor shaxslar maxsus unvonda xizmat qilishining quyidagi muddatlari belgilanadi:
soliq xizmatining inspektori — 1 yil;
soliq xizmatining III darajali inspektori — 2 yil;
soliq xizmatining II darajali inspektori — 2 yil;
soliq xizmatining I darajali inspektori — 3 yil;
soliq xizmatining III darajali maslahatchisi — 3 yil;
soliq xizmatining II darajali maslahatchisi — 4 yil;
soliq xizmatining I darajali maslahatchisi — 4 yil.
Soliq xizmatining bosh davlat maslahatchisi, soliq xizmatining I, II, III darajali davlat maslahatchisi uchun maxsus unvonlarda xizmat qilish muddatlari belgilanmaydi.
34. Maxsus unvonda xizmat qilish muddati maxsus unvon berish to‘g‘risidagi buyruq chiqqan kundan boshlab hisoblanadi. Mansabdor shaxslarning pasaytirilgan maxsus unvonda bo‘lgan vaqti tiklangan unvondagi xizmat muddatiga qo‘shilmaydi.
35. Rahbarlik lavozimiga yangi qabul qilingan mansabdor shaxslarga maxsus unvon egallab turilgan shtatdagi lavozimi bo‘yicha sinov muddati tugagandan keyin beriladi, soliq xizmatining inspektori maxsus unvoni bundan mustasno.
36. Mansabdor shaxslarga, yanada yuqoriroq unvon beriladigan lavozimga o‘tkazilganda va tayinlanganda, unga navbatdagi maxsus unvonni, yangi lavozimda bo‘lish muddatidan qat’i nazar, va navbatda va muddatlarga rioya qilmasdan olish huquqi beriladi, biroq mazkur unvon uning maxsus unvonidan ikki darajadan yuqori bo‘lmasligi kerak.
37. Intizomiy jazo olgan yoxud unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan yoki qonunchilikni yoki xizmat intizomini buzganlik fakti bo‘yicha xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotgan mansabdor shaxslarni navbatdagi maxsus unvonlarni berishga yoki rag‘batlantirishga tavsiya etish intizomiy jazo olib tashlangungacha yoxud jinoiy ish ozod qiluvchi asoslar bo‘yicha to‘xtatilgungacha yoki xizmat tekshiruvi tugagungacha amalga oshirilmaydi.
38. Istisno tartibida, vakolatli mansabdor shaxslar navbatdagi maxsus unvonlarni muddatidan oldin yoki egallab turilgan shtatdagi lavozim bo‘yicha belgilangandan bir daraja yuqori unvonni quyidagi mezonlar bo‘yicha olishlari mumkin:
xizmat burchini bajarish vaqtida ko‘rsatgan qahramonligi, jasorati va mardligi uchun — egallab turilgan maxsus unvondagi xizmat muddatidan qat’i nazar;
xizmat vazifalarini vijdonan bajargani va ishdagi yuksak yutuqlari uchun — maxsus unvon bo‘yicha belgilangan xizmat muddatining kamida yarmi o‘tgandan keyin.
Mansabdor shaxslarga maxsus unvon egallab turilgan shtatdagi lavozim bo‘yicha belgilangandan bir daraja yuqori unvon soliq organlaridagi xizmatning butun davri mobaynida faqat bir marta berilishi mumkin.
39. Qo‘mita markaziy apparati tarkibiy tuzilmasi, Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi, hududiy soliq organi hamda idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari o‘z xodimlarining maxsus unvondagi xizmat muddati tugagach bir oy muddatda navbatdagi unvon berish bo‘yicha taqdimnomani taqdim etishga majburdir.
(39-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
Mansabdor shaxslarni navbatdagi maxsus unvon berishga taqdim etish asossiz ravishda kechiktirilgan taqdirda yuqorida keltirilgan shaxslar mehnatga oid qonun hujjatlariga muvofiq intizomiy javobgarlikka tortiladi.
40. Nazorat, huquqni muhofaza qiluvchi yoki maxsus unvon va martaba darajasi bo‘lishi nazarda tutilgan boshqa organlardan xizmatga qabul qilingan yoki o‘tkazilgan shaxslarga maxsus unvonlar, egallab turgan lavozimidan qat’i nazar, Qo‘mita raisi tomonidan ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq beriladi.
41. Mansabdor shaxslarga berilgan maxsus unvonlar ularda umrbod saqlanib qoladi.
42. Soliq organlariga xizmatga qaytadan qabul qilingan shaxslarda ilgari berilgan maxsus unvonlar saqlanadi.
Bunda, agar egallab turilgan lavozim yanada yuqoriroq unvonni taqozo etsa, u holda ushbu unvon sinov muddati tugagach beriladi va u ilgarigi maxsus unvondan ko‘pi bilan ikki daraja yuqori bo‘lishi kerak.
Agar egallab turilgan lavozim pastroq maxsus unvonni taqozo etsa, u holda xizmatga qaytadan qabul qilingan shaxslarda ularning ilgari berilgan maxsus unvoni saqlanib qoladi.
43. Mansabdor shaxslarga navbatdagi maxsus unvon berishga tavsiya etishni kechiktirish, maxsus unvonni bir darajaga pasaytirish Qo‘mita raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalari boshliqlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida, tegishli darajalardagi boshqarma rahbarlari taqdimnomasiga binoan xizmat burchini buzganlik, xizmat vazifalarini zarur tarzda bajarmaganlik uchun amalga oshiriladi.
(43-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
Maxsus unvoni pasaytirilgan mansabdor shaxslar ilgarigi maxsus unvoniga Qo‘mita raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalari boshliqlari tomonidan tegishli darajalardagi boshqarmalar rahbarlarining taqdimnomasiga binoan tiklanadilar.
(43-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
Mansabdor shaxslar ilgarigi maxsus unvonga tiklangunlarigacha ularga navbatdagi unvon berilishiga yoki ularning maxsus unvoni takroran pasaytirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
44. Mansabdor shaxslar maxsus unvondan:
o‘z nomiga isnod keltiruvchi qilmishlari uchun soliq organlaridan bo‘shatilganda;
(44-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-sentabrdagi 595-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.09.2021-y., 09/21/595/0900-son — 2021-yil 23-dekabrdan kuchga kiradi)
jinoyat sodir etganlik uchun — sudning qonuniy kuchga kirgan hukmiga binoan mahrum etilishi mumkin.
45. Maxsus unvonlarga ega bo‘lgan mansabdor shaxslarga har oyda maxsus unvon va ko‘p yil xizmat qilganligi uchun Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ustama haq to‘lanadi. Maxsus unvon uchun (maxsus unvon berilgan vaqtdan boshlab to‘lanadigan) va ko‘p yil xizmat qilganligi uchun (ish stajiga ko‘ra) ustama haq miqdorlari lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlar bilan (mazkur Nizomga 2, 3 va 4-ilovalarga muvofiq) belgilanadi.
(45-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6098-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 06/20/6098/1432-son)
Ko‘p yil xizmat qilganlik uchun ustama haq olish huquqini beruvchi ish staji Qo‘mita raisi tomonidan kasaba uyushmasi organi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan tartibga muvofiq hisoblab chiqiladi.
46. O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi huzuridagi muassasa va tashkilotlarda ishlagan mansabdor shaxslarning avvalgi maxsus unvoni, shuningdek, maxsus unvon va uzoq muddat uzluksiz xizmati uchun ustamalar to‘lash tartibi saqlanib qoladi hamda ular ushbu muassasa va tashkilotlarda ishlagan vaqt davlat soliq xizmati organlariga xizmatga qaytib kelinganda maxsus unvondagi xizmat muddatiga qo‘shiladi.
(46-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
6-bob. Xizmatdan bo‘shatish
47. Mansabdor shaxslarni xizmatdan bo‘shatish O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga muvofiq amalga oshiriladi.
48. Jinoyat sodir etganlik uchun jazolangan mansabdor shaxslar hukm qonuniy kuchga kirgandan keyin soliq organlaridan bo‘shatiladilar.
49. Vafot etgan, halok bo‘lgan yoki belgilangan tartibda bedarak yo‘qolgan deb e’tirof etilgan mansabdor shaxslar soliq organlarining xodimlar tarkibidan chiqariladilar.
7-bob. Yakunlovchi qoida
50. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlarida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Davlat soliq xizmati organlari maxsus unvonlarining boshqa davlat organlarining unvon va martaba darajalariga nisbatan
Davlat soliq xizmati organlarining maxsus unvonlari
Ichki ishlar organlarning maxsus unvonlari
Milliy gvardiya organlarining maxsus unvonlari
Harbiy unvonlar
Bojxona organlarining maxsus unvonlari
Prokuratura (shu jumladan harbiy prokuratura) organlarining martaba darajalari
Adliya organlarining martaba darajalari
Sud organlarining martaba darajalari
1.
Soliq xizmatining III darajali inspektori
Leytenant
Leytenant
Leytenant
Bojxona xizmati leytenanti
3-darajali yurist, adliya leytenanti
3-darajali yurist
3-darajali yurist
2.
Soliq xizmatining II darajali inspektori
Katta leytenant
Katta leytenant
Katta leytenant
Bojxona xizmati katta leytenanti
2-darajali yurist, adliya katta leytenanti
2-darajali yurist
Beshinchi malaka darajasi, 2-darajali yurist
3.
Soliq xizmatining I darajali inspektori
Kapitan
Kapitan
Kapitan
Bojxona xizmati kapitani
1-darajali yurist, adliya kapitani
1-darajali yurist
To‘rtinchi malaka darajasi, 1-darajali yurist
4.
Soliq xizmatining III darajali maslahatchisi
Mayor
Mayor
Mayor
Bojxona xizmati mayori
Adliya kichik maslahatchisi, adliya mayori
3-darajali adliya maslahatchisi
Uchinchi malaka darajasi, 3-darajali adliya maslahatchisi
5.
Soliq xizmatining II darajali maslahatchisi
Podpolkovnik
Podpolkovnik
Podpolkovnik
Bojxona xizmati podpolkovnigi
Adliya maslahatchisi, adliya podpolkovnigi
2-darajali adliya maslahatchisi
Ikkinchi malaka darajasi, 2-darajali adliya maslahatchisi
6.
Soliq xizmatining I darajali maslahatchisi
Polkovnik
Polkovnik
Polkovnik
Bojxona xizmati polkovnigi
Adliya katta maslahatchisi, adliya polkovnigi
1-darajali adliya maslahatchisi
Birinchi malaka darajasi, 1-darajali adliya maslahatchisi
7.
Soliq xizmatining III darajali davlat maslahatchisi
General-mayor
General-mayor
Bojxona xizmati general-mayori
3-darajali davlat adliya maslahatchisi, adliya general-mayori
3-darajali davlat adliya maslahatchisi
Oliy malaka darajasi
8.
Soliq xizmatining II darajali davlat maslahatchisi
General-leytenant
General-leytenant
Bojxona xizmati general- leytenanti
2-darajali davlat adliya maslahatchisi, adliya general-leytenanti
2-darajali davlat adliya maslahatchisi
9.
Soliq xizmatining I darajali davlat maslahatchisi
General-polkovnik
General-polkovnik
Bojxona xizmati general-polkovnigi
1-darajali davlat adliya maslahatchisi
1-darajali davlat adliya maslahatchisi
10.
Soliq xizmatining bosh davlat maslahatchisi
Izohlar:
1. Boshqa davlat organlarining unvon va martaba darajalarini davlat soliq xizmati organlarining soliq xizmatining davlat maslahatchilari maxsus unvonlariga tenglashtirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
2. Soliq xizmatining bosh davlat maslahatchisi maxsus unvonining boshqa davlat organlarining unvonlari bilan taqqoslamasi nazarda tutilmagan.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-iyundagi 363-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2021-y., 09/21/363/0549-son)
O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlarida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining lavozim maoshlariga maxsus unvon uchun har oylik ustama haq
MIQDORLARI
Maxsus unvon nomi
Lavozim maoshiga qo‘shimcha haq miqdori (koeffitsiyent hisobida)
soliq xizmatining bosh davlat maslahatchisi
0,65
soliq xizmatining I darajali davlat maslahatchisi
0,60
soliq xizmatining II darajali davlat maslahatchisi
0,55
soliq xizmatining III darajali davlat maslahatchisi
0,50
soliq xizmatining I darajali maslahatchisi
0,45
soliq xizmatining II darajali maslahatchisi
0,40
soliq xizmatining III darajali maslahatchisi
0,35
soliq xizmatining I darajali inspektori
0,30
soliq xizmatining II darajali inspektori
0,25
soliq xizmatining III darajali inspektori
0,20
soliq xizmatining inspektori
0,15
O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlarida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA
Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining lavozim maoshlariga ko‘p yil xizmat qilganlik uchun har oylik ustama haq
MIQDORLARI
Ish staji
Lavozim maoshiga ustama haq miqdori (koeffitsiyent hisobida)
Soliq qo‘mitasi markaziy apparati mansabdor shaxslarining lavozim maoshlariga ko‘p yil xizmatlari uchun har oylik ustama haq
MIQDORLARI
(4-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
Ish staji
Rag‘batlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda lavozim maoshiga ustama haq miqdori (koeffitsiyent hisobida)
2 yildan 5 yilgacha
0,1
5 yildan 10 yilgacha
0,2
10 yildan 15 yilgacha
0,3
15 yildan 20 yilgacha
0,4
20 yildan 25 yilgacha
0,5
25 yildan ortiq
0,6
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6098-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 06/20/6098/1432-son)
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 320-son qaroriga 4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi markaziy apparati xodimlarining Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lash
RAZRYADLARI
(4-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
Lavozim nomi
Razryadlar
Rais
19
Raisning birinchi o‘rinbosari
18
Rais o‘rinbosari, matbuot kotibi, rais maslahatchisi
* Departament direktoriga rais o‘rinbosari stavkasidan 2% kam miqdorda belgilanadi.
** Departament direktorining birinchi o‘rinbosariga rais o‘rinbosari stavkasidan 4% kam miqdorda belgilanadi.
*** Bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosariga bo‘lim boshlig‘i stavkasidan 3% kam miqdorda.
**** Shu’ba va kanselyariya boshlig‘iga bo‘lim boshlig‘i stavkasidan 5% kam miqdorda.
(4-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 320-son qaroriga 5-ILOVA
Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi xodimlarining Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lash
RAZRYADLARI
(5-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalari xodimlarining Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lash
RAZRYADLARI
(6-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
Navbatchi qism va idoraviy qo‘riqlash boshlig‘i****
Davlat soliq bosh inspektori,
Davlat soliq bosh inspektori-taftishchi,
Bosh yuriskonsult
12
Davlat soliq katta inspektori,
Davlat soliq katta inspektori-taftishchi,
Yetakchiyuriskonsult,
Bosh iqtisodchi,
Bosh mutaxassis,
Navbatchi
11
Davlat soliq inspektori,
Davlat soliq inspektori-taftishchi,
Yetakchi mutaxassis,
Yetakchi buxgalter,
Yuriskonsult,
Navbatchi yordamchisi
10
I toifali mutaxassis
9
II toifali mutaxassis
8
Mutaxassis
7
Rahbar kotibi
6
* Boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosariga boshqarma boshlig‘i stavkasidan 3% kam miqdorda.
** Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarigaboshqarma boshlig‘i stavkasidan 5% kam miqdorda.
*** Bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosariga bo‘lim boshlig‘i stavkasidan 3% kam miqdorda.
**** Shu’ba boshlig‘iga va navbatchi qism va idoraviy qo‘riqlash boshlig‘i bo‘lim boshlig‘i stavkasidan 4% kam miqdorda.
***** Shu’ba boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lim boshlig‘i stavkasidan 5% kam miqdorda.
(6-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 320-son qaroriga 7-ILOVA
Tuman (shahar)lar soliq inspeksiyalari xodimlarining Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lash
RAZRYADLARI
(7-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
* Inspeksiya boshlig‘ining birinchi o‘rinbosariga inspeksiya boshlig‘i stavkasidan 3% kam miqdorda.
** Inspeksiya boshlig‘i o‘rinbosariga inspeksiya boshlig‘i stavkasidan 5% kam miqdorda.
*** Bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosariga bo‘lim boshlig‘i stavkasidan 3% kam miqdorda.
**** Shu’ba boshlig‘iga bo‘lim boshlig‘i stavkasidan 5% kam miqdorda.
***** Davlat soliq katta inspektoriga davlat soliq bosh inspektori stavkasidan 3% kam miqdorda.
****** Davlat soliq katta inspektori-taftishchi davlat soliq bosh inspektori-taftishchi stavkasidan 3% kam miqdorda.
******* Bosh mutaxassis va navbatchiga davlat soliq bosh inspektori stavkasidan 3% kam miqdorda.
(7-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 320-son qaroriga 8-ILOVA
[OKOZ:
1.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq to‘lashning tarif setkasini joriy etish to‘g‘risida” 1996-yil 12-apreldagi 147-son qarorining:
3-ilovaning rus tilidagi nomidan “Gosudarstvennogo nalogovogo komiteta” so‘zlari chiqarib tashlansin;
9-ilovaning rus tilidagi nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Razryadi i tarifnie koeffitsiyenti po oplate truda po YETS rukovodyashix rabotnikov i spetsialistov Ministerstva finansov, Gosudarstvennogo komiteta po sodeystviyu privatizirovannim predpriyatiyam i razvitiyu konkurensii, Gosudarstvennogo komiteta po investitsiyam, Ministerstva yustitsii Respubliki Karakalpakstan, finansovogo upravleniya, territorialnix organov Goskomkonkurensii, upolnomochennix predstaviteley Minvneshtorg v Respublike Karakalpakstan i oblastyax, territorialnix upravleniy Goskominvestitsiy, territorialnix podrazdeleniy Goskomturizma, upravleniy yustitsii oblastey i g. Tashkenta”.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-apreldagi 258-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-iyuldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 09/21/258/0400-son)
7. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-iyundagi 445-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-yil, 6-son, 125-modda) bilan tasdiqlangan Tumanlar (shaharlar) davlat soliq inspeksiyalari xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining daromadlar parametrlarining so‘zsiz bajarilishini ta’minlash va mahalliy budjetlarning daromadlar bazasini kengaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 5, 6, 7-bandlardagi “uchastka soliq inspektorlari” so‘zlari “tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi xodimlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“11. Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi xodimlari o‘z vakolati doirasida:
vazirlik va idoralar bilan aniqlashtirilgan ma’lumotlar olish uchun o‘zaro hamkorlikni belgilangan tartibda amalga oshiradilar;
kameral nazoratni amalga oshirish chog‘ida aniqlangan tafovutlar va xatolar to‘g‘risida keyinchalik tegishli tuzatishlar kiritishni talab qilib O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 70-moddasiga muvofiq soliq to‘lovchini xabardor qiladilar;
taqdim etilgan soliq hisobotiga o‘n kun muddatda tuzatish kiritish haqidagi talabnomaning o‘z muddatida bajarilishi nazoratini yuritadilar;
soliq to‘lovchi tomonidan soliq va (yoki) moliyaviy hisobot, kameral nazorat natijalari yuzasidan tafovutlarning asoslari yoxud aniqlashtirilgan soliq hisoboti belgilangan muddatda taqdim etilmagan holatlarda soliq to‘lovchi-yuridik shaxslarning bank hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turadilar”;
“13. Kameral nazorat natijalari bo‘yicha tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari xodimlari soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etiladigan axborotning ishonchliligini hamda soliq to‘lovchining hisobotlarida aks ettirilgan soliq va bojxona imtiyozlarini qo‘llashning qonuniyligini tasdiqlash uchun joyiga borgan holda mavzuli ekspress-o‘rganishlarni amalga oshiradilar”;
“qonun buzilish faktlari to‘g‘risidagi jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari asosida, tekshirishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organ bilan kelishgan holda tadbirkorlik subyektlarida tekshirish o‘tkazadilar;”;
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 320-son qaroriga 9-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ba’zi qarorlari
RO‘YXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini huquqiy tartibga solishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2017-yil 28-avgustdagi 677-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 38-son, 187-modda) 1-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari hamda qarorga 1 va 2-ilovalar.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Soliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 18-iyuldagi PF-5116-son Farmoni)” 2017-yil 18-oktabrdagi 847-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 10-son, 242-modda) ilovaning 1-bandi “b” va “v” kichik bandlari.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (“Surishtiruv instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-son Qonuni)” 2017-yil 1-dekabrdagi 960-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 12-son, 279-modda) ilovaning 15-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zi qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Prokuratura organlarining qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlashdagi faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 15-fevraldagi PF-5343-son Farmoni)” 2018-yil 30-martdagi 252-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 3-son, 71-modda) 1-ilovaning 2-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son qarori)” 2018-yil 22-maydagi 384-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 5-son, 121-modda) 1-ilovaning 17-bandi.