toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
QARORI
Majburiy raqamli markirovkalash tizimi samaradorligini oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Majburiy raqamli markirovkalash tizimi samaradorligini oshirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 23-maydagi PQ-190-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, aholini sifatli va ishonchli mahsulotlar bilan taʼminlash, majburiy raqamli markirovkalanishi lozim boʻlgan mahsulotlarning markirovkalash qoidalariga zid ravishda import qilinishi, ishlab chiqarilishi va realizatsiya qilinishining oldini olish orqali teng raqobat muhitini yaratish hamda mazkur tizimning samaradorligini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Soliq qoʻmitasi) oʻsimlik yogʻini raqamli markirovkalash mexanizmlarini ishlab chiqish boʻyicha tajriba loyihalarini (keyingi oʻrinlarda — tajriba loyihalari) amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Ayrim turdagi mahsulotlarni raqamli markirovkalash va kuzatib borish boʻyicha tajriba loyihasini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tajriba loyihalarini amalga oshirish doirasida Soliq qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda olti oy muddatda:
tajriba loyihalarini ishga tushirish, kelgusida monitoring qilishni, uslubiy qoʻllab-quvvatlash va loyiha ishtirokchilari oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni;
tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida, shu jumladan, ommaviy axborot vositalari orqali mahsulotlarni raqamli markirovkalash va kuzatib borish tizimi joriy etilishini va kelgusida ushbu tizimdan foydalanish boʻyicha keng tushuntirish ishlari amalga oshirilishini taʼminlasin.
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2026-yil 1-iyuldan boshlab:
a) tadbirkorlik subyektlari tomonidan raqamli markirovkalanishi lozim boʻlgan mahsulotlar realizatsiya qilinganda, elektron hisobvaraq-fakturalarni shakllantirishda quyidagilar avtomatik tarzda amalga oshiriladi:
litsenziya (ruxsat etish va xabardor qilish hujjati) mavjudligi, “Asl belgisi” axborot tizimida roʻyxatdan oʻtganligi va raqamli markirovka kodlari toʻgʻri aks ettirilishini tekshirish;
markirovkalanishi lozim mahsulotlarni chakana savdo bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga realizatsiya qilishda ular raqamli markirovka kodlarini toʻgʻri oʻqishni taʼminlovchi maxsus qurilmalar bilan jihozlanganda, elektron hisobvaraq-fakturalarni shakllantirish;
b) raqamli markirovkalanishi lozim boʻlgan mahsulotlar realizatsiya qilinganda, onlayn nazorat-kassa texnikasining kassa cheklarida quyidagilar avtomatik tarzda amalga oshiriladi:
raqamli markirovka kodi kiritilganda, ushbu kodga biriktirilgan tovarlarning mahsulotlar va xizmatlar identifikatsiya kodlari maʼlumotining shakllanishi;
tovarlar uchun “Asl belgisi” MATda mavjud raqamli markirovka kodlari majburiy aks ettirilishini belgilash.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
6. Soliq qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni uch oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Soliq qoʻmitasi raisi F.J. Pulatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2026-yil 23-yanvar,
23-son
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 23-son qaroriga
1-ILOVA
Ayrim turdagi mahsulotlarni raqamli markirovkalash va kuzatib borish boʻyicha tajriba loyihasini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalada boʻlgan qadoqlangan ayrim turdagi mahsulotlarni (keyingi oʻrinlarda — mahsulotlar) raqamli markirovkalash va keyinchalik kuzatib borish boʻyicha tajriba loyihasini (keyingi oʻrinlarda — tajriba loyihasi) amalga oshirish tartibini, shuningdek, markirovka kodlarini taqdim etish va markirovkalashda harakatlar ketma-ketligini hamda tajriba loyihasi ishtirokchilarining huquq va majburiyatlarini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
“Asl belgisi” MAT — “Asl belgisi” mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimi;
agregirlash — guruhlangan va (yoki) transport qadogʻini ochish shartisiz tovar aylanmasi zanjirini kuzatib borish maqsadida identifikatsiya kodi bilan yaratiladigan isteʼmol qadogʻi, guruhlangan qadoq, transport qadogʻi identifikatsiya kodlarining oʻzaro bogʻliqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni saqlovchi, guruhlangan qadoq va (yoki) transport qadogʻiga bosib tushirish bilan isteʼmol qadogʻining birinchi darajali guruhlangan qadogʻiga va (yoki) transport qadogʻiga hamda birinchi darajali transport qadoqlarining keyingi daraja transport qadogʻiga mahsulotlarni birlashtirish jarayoni;
agregatsiyalangan import kodi — operator tomonidan shakllantiriladigan va bojxona yuk deklaratsiyasida koʻrsatiladigan, oʻzida har bir mahsulotning markirovka kodlarini birlashtiruvchi mahsulotlarning alohida jamlanmasi uchun belgilarning takrorlanmas ketma-ketligi;
buyurtmalarni boshqarish stansiyasi (BBS) — mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisi va “Asl belgisi” MAT oʻrtasida maʼlumot almashish uchun moʻljallangan hamda mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisi tomonidan markirovka kodlarini olish va raqamli identifikatsiya vositalari yordamida markirovkalash toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Asl belgisi” MATga yuborish uchun foydalaniladigan dasturiy-texnik vosita;
JSHSHIR — jismoniy shaxsning shaxsiy indentifikatsiya raqami;
IV reyestri — Raqamli identifikatsiya vositalari (IV) reyestri;
identifikatsiya kodi — mahsulot namunasi raqamini oʻz ichiga olgan ramziy ketma-ketlik;
ishtirokchilar roʻyxati — tajriba loyihasida ixtiyoriy ishtirok etish istagini bildirgan, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslar roʻyxati;
mahsulotlar katalogi — raqamli markirovkalanadigan mahsulotlar haqidagi maʼlumotlarni kataloglashtirish va saqlash uchun joriy qilingan hamda mahsulot markirovka kodining yagona manbai hisoblanuvchi “Asl belgisi” MATning quyi tizimi;
mahsulotlar — Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan va tajriba loyihasi amalga oshirilayotgan mahsulotlar;
mahsulot kodi — axborot resursida mahsulot aylanmasi ishtirokchilari tomonidan tavsiflangan mahsulot guruhiga berilgan hamda ishlab chiqaruvchi tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot turini belgilaydigan, “GS1 Uzbekistan” assotsiatsiyasining tegishli mahsulot nomenklaturasiga muvofiq logistika birliklarini hisobga olish kodi;
mahsulotni markirovkalash — mahsulotlarga isteʼmol va (yoki) guruhlangan qadoqqa raqamli identifikatsiya vositalarini yelimlash va ularning “Asl belgisi” MATga kiritilishi toʻgʻrisida ishonchli maʼlumotlarni taqdim etish;
markirovkalash kodi — identifikatsiya va tekshirish kodlari toʻplami;
mahsulotlarning isteʼmol qadogʻi — yakuniy isteʼmolchiga sotishga yoki mahsulotlarni birlamchi qadoqlashga moʻljallangan qadoq;
mahsulotlarning guruhlangan qadogʻi — polimer plyonka yoki qogʻozga oʻralgan yoxud qogʻoz lentaga oʻralgan isteʼmol qadoqlarining maʼlum sonini birlashtiradigan qadoq. Guruhlangan qadoqlarni oxirgi isteʼmolchiga realizatsiya qilishga ruxsat etiladi;
mahsulotlarning transport qadogʻi — joydan joyga koʻchirishda mahsulotni shikastlanishdan himoyalash uchun uning saqlanishi va transportda tashishda qoʻllanadigan va mustaqil transport birligini hosil qiluvchi, qadoqlangan isteʼmol yoki guruhlangan qadoqda, shuningdek, transport qadogʻida mahsulotlarni birlashtiruvchi qadoq;
mahsulot aylanmasi monitoringi — “Asl belgisi” MATda mahsulot aylanmasi subyektlari tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan maʼlumotlar asosida mahsulotlarning aylanmasi va ishlab chiqarilishini tahlil qilish;
nazorat-kassa texnikasi (NKT) — fiskal xotira bilan jihozlangan nazorat-kassa mashinalari, fiskal xotiradagi maʼlumotlar yozib olinishi va saqlanishini taʼminlovchi, fiskal hujjatlarni shakllantiruvchi hamda ularning soliq organlariga fiskal maʼlumotlar operatori orqali topshirilishini, shuningdek, fiskal hujjatlar nazorat-kassa texnikasini qoʻllash toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq qogʻozda chop etilishini taʼminlovchi boshqa qurilmalar hamda dasturiy-texnik majmualar;
operator — “CRPT TURON” masʼuliyati cheklangan jamiyati “Asl belgisi” MATni ekspluatatsiya qilish va unga texnik xizmat koʻrsatishni, shu jumladan, raqamli markirovkalash va kuzatib borishni taʼminlash uchun zarur boʻlgan barcha tarkibiy qismlarni oʻrnatishni va sozlash ishlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
raqamli identifikatsiyalash vositalari (IV) — ikki oʻlchovli shtrix-kod koʻrinishidagi uskunada oʻqiladigan shakldagi markirovkalash kodi;
STIR — soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;
tajriba loyihasi — identifikatsiya vositalari yordamida mahsulotni markirovkalash va kuzatib borish boʻyicha tajriba loyihasi;
tajriba loyihasi ishtirokchisi — Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga muvofiq mahsulot aylanmasi subyekti nomidan ish yuritishga, shaxsiy kabinetda tajriba loyihasi ishtirokchisi — boshqa shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shakllantirishga va roʻyxatdan oʻtkazishga, oʻz nomidan elektron hujjatlarni imzolash va (yoki) “Asl belgisi” MATga yuborish huquqiga ega boʻlgan mahsulot aylanmasi subyekti, shuningdek, ushbu shaxslar uchun berilgan elektron raqamli imzo sertifikatlaridan foydalanishga vakolatli shaxs;
tekshirish kodi — taqlid rejimida identifikatsiya kodi va mahsulot kodi maʼlumotlari asosida operator tomonidan shakllantiriladigan ramziy ketma-ketlik;
TIF TN kodi — Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasidagi kodi;
fiskal maʼlumotlar operatori — onlayn tartibda fiskal maʼlumotlarni qabul qiluvchi, ularga ishlov beruvchi va ularni saqlovchi Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi huzuridagi “Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi” davlat unitar korxonasi;
elektron raqamli imzo (ERI) — elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda, maxsus oʻzgarishlar natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik mavjud emasligini aniqlash va elektron raqamli imzo kalitining egasini identifikatsiyalash imkonini beradigan imzo;
elektron hisobvaraq — faktura (EHF) — Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi tomonidan belgilangan shakl boʻyicha rasmiylashtiradigan, elektron hisobvaraq-fakturalar aylanmasi tizimi operatorlari orqali chiqariladigan va olinadigan mahsulotlarning (ishlarning, xizmatlarning) sotilishini va xarid qilinishini tasdiqlovchi elektron hujjat (jumladan, qoʻshimcha hisobvaraq-faktura va toʻgʻrilangan hisobvaraq-faktura).
3. Quyidagilar tajriba loyihasining ishtirokchilari hisoblanadi:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita);
b) manfaatdor vazirliklar va idoralar;
v) mahsulot aylanmasi subyektlari:
mahsulot ishlab chiqaruvchilar;
ulgurji savdo korxonalari;
chakana savdo tashkilotlari;
mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasiga import qiluvchilar;
g) operator;
d) fiskal maʼlumotlar operatori;
e) EHF-rouming operatori.
4. Mahsulotlar aylanmasi subyektlari tajriba loyihasida ixtiyoriy ravishda qatnashadilar. Tajriba loyihasida ishtirok etish uchun mahsulot aylanmasi subyekti operatorga ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan arizani taqdim etadi. Bunda ishtirok etish uchun arizani qabul qilish tajriba loyihasining boshlangani bilan cheklanmaydi.
2-bob. Mahsulotlar aylanmasi subyektlariga qoʻyiladigan talablar
5. Tajriba loyihasida ishtirok etish uchun mahsulot aylanmasi subyektlari quyidagi shartlarni taʼminlashi lozim:
a) mahsulotni ishlab chiqaruvchi va (yoki) import qiluvchi:
ERI mavjudligi;
ishlab chiqarish va saqlash joylari Internet jahon axborot tarmogʻiga ulangani;
elektron hujjatlarni yaratish va ERI bilan tasdiqlash, shuningdek, “Asl belgisi” MAT bilan oʻzaro hamkorlik uchun zarur hujjatlarni qabul qilish imkonini beradigan kompyuter tizimining mavjudligi (shu jumladan, markirovka kodlariga buyurtma berish, markirovka kodlari ishlatilishi toʻgʻrisida xabarnoma, EHF);
xoʻjalik operatsiyalarini boshqarish va omborlar buxgalteriyasini nazorat qilish, shuningdek, raqamli identifikatsiya vositalari yordamida skanerlash va tanib olish uchun avtomatlashtirilgan tizimning mavjudligi;
raqamli identifikatsiya vositalari yordamida mahsulotlarni markirovkalash uchun kerakli markirovka, server, telekommunikatsiya va boshqa uskunalarning mavjudligi, shuningdek, ularni keyinchalik “Asl belgisi” MATga ulash imkoniyati mavjudligi;
b) ulgurji savdo tashkilotlari:
ERI mavjudligi;
elektron hujjatlarni yaratish va ERI bilan tasdiqlash, shuningdek, “Asl belgisi” MATdan kerakli hujjatlarni qabul qilish, shu jumladan, shaxsiy kabinet orqali ishlash imkonini beradigan kompyuter tizimining mavjudligi;
xoʻjalik operatsiyalarini boshqarish va omborlar buxgalteriyasini nazorat qilish, shuningdek, raqamli identifikatsiya vositalari yordamida skanerlash va tanib olish uchun avtomatlashtirilgan tizimning mavjudligi;
v) chakana savdo tashkilotlari:
ERI mavjudligi;
elektron hujjatlarni yaratish va ERI bilan tasdiqlash, shuningdek, “Asl belgisi” MATdan kerakli hujjatlarni qabul qilish, shu jumladan, shaxsiy kabinet orqali ishlash imkonini beradigan kompyuter tizimining mavjudligi;
nazorat-kassa texnikasi, shuningdek, raqamli identifikatsiya qilish uchun skanerlash va tanib olish vositalarining mavjudligi.
3-bob. Maʼlumotlarni roʻyxatdan oʻtkazish, oʻzgartirish va aniqlashtirish, shuningdek, ishtirokchini tajriba loyihasidan chetlashtirish
6. Tajriba loyihasida ishtirok etish istagini bildirgan mahsulotlar aylanmasi subyekti ishtirokchilar roʻyxatiga maʼlumot kiritish uchun operatorga xabar beradi va quyidagi maʼlumotlarni koʻrsatgan holda “Asl belgisi” MATning veb-saytida roʻyxatdan oʻtadi:
a) mahsulot ishlab chiqaruvchi tajriba loyihasi ishtirokchisi:
mahsulot ishlab chiqaruvchining nomi;
ishlab chiqaruvchining STIRi;
mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash va sotish boʻyicha tegishli tadbirlar amalga oshiriladigan ishlab chiqarish maydonlari, shuningdek, saqlash manzillari;
elektron pochta manzili;
aloqa uchun telefon raqami;
b) tajriba loyihasi ishtirokchisi — ulgurji savdoni tashkil etuvchi:
ulgurji savdo tashkilotining nomi;
ulgurji savdo tashkilotining STIRi;
mahsulotlarni saqlash va realizatsiya qilish ishlari amalga oshiriladigan omborlarning manzillari;
elektron pochta manzili;
aloqa uchun telefon raqami;
v) tajriba loyihasi ishtirokchisi — chakana savdo tashkiloti yoki yakka tartibdagi tadbirkor:
chakana savdo tashkiloti nomi;
chakana savdo tashkilotining STIRi/(JSHSHIRi);
mahsulotlarni saqlash va realizatsiya qilish ishlari amalga oshiriladigan omborlar va savdo obyektlarining manzillari;
elektron pochta manzili;
aloqa uchun telefon raqami;
g) tajriba loyihasi ishtirokchisi — mahsulotni import qiluvchi:
mahsulotni import qiluvchining nomi;
mahsulotni import qiluvchining STIRi/(JSHSHIRi);
mahsulotlarni saqlash va realizatsiya qilish ishlari amalga oshiriladigan omborlarning manzillari;
elektron pochta manzili;
aloqa uchun telefon raqami;
d) operator markirovka tizimida amalga oshirilgan harakatlarning elektron hisob jurnallarini yuritadi, shuningdek, funksional buyurtmachilar, nazorat organlari va boshqa ishtirokchilar murojaatlari asosida ushbu elektron hisob jurnallaridan koʻchirmalar beradi.
7. Agar ariza ushbu Nizomda belgilangan talablarga javob bersa, operator maʼlumotlar olingan paytdan boshlab:
mahsulotlar aylanmasi ishtirokchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tekshiradi;
mahsulotlar aylanmasi subyektini ishtirokchilar roʻyxatiga kiritadi;
ishtirokchi uchun shaxsiy kabinetni ochadi;
mahsulot aylanmasi subyektining ishtirokchilar roʻyxatiga kiritilgani va shaxsiy kabineti ochilgani toʻgʻrisida xabardor qiladi.
8. Ushbu Nizomning 7-bandida belgilangan talablarga javob bermaydigan maʼlumotlar koʻrsatilishi, notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etilishi va (yoki) kerakli maʼlumotlar taqdim etilmasligi, shuningdek, operator tomonidan ERI sertifikatining yaroqsizligi yoki tadbirkorlik subyektlarining yagona davlat reyestriga muvofiq faoliyati toʻxtatilgani toʻgʻrisida maʼlumot olinishi mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisini tajriba loyihasi ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish uchun asos boʻladi.
Mahsulotlar aylanmasi subyekti roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorga nisbatan operator bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar olib borish orqali yoki sud orqali shikoyat qilish huquqiga ega.
9. Ishtirokchilar roʻyxatida maʼlumotlar mahsulot aylanmasi subyektlari — tajriba loyihasi ishtirokchilarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun belgilangan tartibda oʻzgartiriladi.
10. Mahsulot aylanmasi subyekti — tajriba loyihasi ishtirokchisi loyiha ishtirokchisining shaxsiy kabineti orqali taqdim etgan arizasiga binoan operator tomonidan ariza berilgandan soʻng besh ish kuni davomida roʻyxatdan chiqariladi.
4-bob. Mahsulot toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni roʻyxatdan oʻtkazish
11. Mahsulotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni mahsulot katalogiga kiritish uchun tajriba loyihasi ishtirokchisi — mahsulot ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchi “Asl belgisi” MAT veb-saytida quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan arizani yaratadi:
mahsulot nomi;
mahsulot kodi (shtrix-kodi);
mahsulotni qadoqlash turi;
mahsulot tavsifi;
mahsulotga ruxsatnomalar toʻgʻrisida maʼlumot;
TIF TN kodi;
mahsulotning suratlari;
operator tomonidan Qoʻmita bilan kelishilgan holda belgilanadigan boshqa maʼlumotlar.
12. Arizada koʻrsatilgan maʼlumotlar ushbu Nizomning 11-bandida belgilangan talablarga javob bergan taqdirda, operator besh ish kuni ichida:
maʼlumotlarni tekshiradi (moderatsiya);
tajriba loyihasi ishtirokchisi ERI orqali imzolangandan soʻng arizada taqdim etilgan maʼlumotlarni mahsulot katalogiga kiritadi;
tajriba loyihasi ishtirokchisi — ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchini mahsulotlar katalogiga kiritilgani toʻgʻrisida xabardor qiladi.
13. Mahsulotlar toʻgʻrisidagi maʼlumot ushbu maʼlumotni oʻchirish, mahsulotlar katalogida ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun belgilangan tartibda oʻzgartiriladi.
5-bob. Mahsulotlarni raqamli markirovkalash tartibi
14. Mahsulot aylanmasining ishtirokchilari mustaqil ravishda markirovkalash ishlarini amalga oshiradilar va ushbu Nizomga muvofiq “Asl belgisi” MATga mahsulotlarni markirovkalash toʻgʻrisida maʼlumot taqdim etadilar.
15. Tajriba loyihasi davrida operator mahsulot ishlab chiqaruvchilar orasida tajriba loyihasi ishtirokchilariga mahsulotlarni markirovkalash uchun raqamli identifikatsiya vositalarini yelimlash toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Asl belgisi” MATga yuborish uchun zarur boʻlgan uskuna va dasturiy taʼminotni taqdim etadi.
Tajriba loyihasi davrida operator tajriba loyihalarida ishtirok etuvchi tadbirkorlik subyektlariga markirovka kodlarini bepul taqdim etadi.
16. Mahsulotlar quyidagicha markirovkalanadi:
a) tajriba loyihasi ishtirokchisi yorliq dizaynini oʻzgartirish orqali operator tavsiyalari asosida raqamli identifikatsiya vositalarini yelimlash joyini mustaqil ravishda belgilaydi;
b) tajriba loyihasi ishtirokchisi (ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchi) operatorga markirovka kodlarini buyurtma qiladi;
v) ishlab chiqaruvchi raqamli identifikatsiya vositasini:
toʻgʻridan-toʻgʻri ishlab chiqarish liniyasida mahsulot qadogʻiga yelimlanadigan, texnik qurilmalar qadogʻining maxsus belgilangan dizayn joyida yoki yorliqda (qarshi yorliq) qadoqlash orqali;
stikerni raqamli identifikatsiya vositasi bilan yopishtirilgan mahsulot qadoqlarga yelimlash orqali yelimlaydi;
g) import qiluvchi mahsulotni olib kirishda raqamli identifikatsiya vositasini:
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga mahsulotni olib kirishdan oldin toʻgʻridan-toʻgʻri ishlab chiqaruvchining ishlab chiqarish liniyasida qadoqqa yopishtirilgan isteʼmolchi va guruh qadoqlarini yoki yorliqni (qarshi yorliq) maxsus belgilangan joyga yelimlash orqali;
mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishdan oldin raqamli identifikatsiya vositasi yopishtirilgan stikerni qadoqqa yelimlash orqali yopishtiradi.
17. Agregirlashni soddalashtirish maqsadida ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchining qaroriga binoan identifikatsiya vositasi mahsulot isteʼmol va guruhli qadoqlarining old yoki yon qismiga yopishtiriladi.
18. Identifikatsiya vositalarini qadoqqa yopishtirish va ushbu maqsadlar uchun ishlatiladigan uskunalarni tanlash loyiha ishtirokchilari tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
6-bob. Markirovka kodiga kiritilgan maʼlumotlar tarkibi, mahsulotni qadoqlashda raqamli identifikatsiya vositalarini shakllantirish va qoʻllash tartibi
19. Isteʼmol qadoqlari va guruhli qadoqlardagi raqamli identifikatsiya vositasi uch guruhdagi maʼlumotlarni qamrab olgan markirovka kodini oʻz ichiga oladi. Birinchi va ikkinchi guruh — mahsulot identifikatsiya kodi, uchinchi guruh — tekshirish kodi maʼlumotlarini tashkil etadi. Bunda mahsulotning isteʼmol qadoqlari va guruhli qadoqlarning raqamli identifikatsiya vositasi GS1 Data Matrix formatida ikki oʻlchovli shtrix-kod shaklida qoʻllanadi.
20. Transport qadoqlarini raqamli identifikatsiya vositalari “Qadoqlash. Yuklash, tashish va qabul qilish uchun shtrixli kodning chiziqli belgilari va etiketkalardagi ikki oʻlchovli belgilar” Umumiy talablar standarti talablariga muvofiq boʻlishi talab qilinadi.
21. Markirovka kodini raqamli identifikatsiya vositasiga tajriba loyihasi ishtirokchisi — ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchi, isteʼmol, guruh yoki transport qadoqlarini butlovchi tomonidan aylantiriladi.
22. Shtrix-kod formatidagi raqamli identifikatsiya vositalari quyidagi talablarga javob beradi:
a) isteʼmol qadoqlari va guruhli qadoqlar uchun 0,25 millimetrdan kam boʻlmagan oʻlchamdagi modul ishlatiladi;
b) isteʼmol qadogʻining raqamli identifikatsiya vositasi 7x7 millimetrdan kam boʻlmagan oʻlchamdagi maxsus ajratilgan kontrastli joyga joylashtiriladi;
v) guruh qadogʻining raqamli identifikatsiya vositasi qadoqning old tomoniga yoki yon tomoniga joylashtiriladi va agregirlash jarayonini oʻtkazish uchun mos oʻlchamga ega boʻladi;
g) identifikatsiya vositasini beparvolik bilan tanlash orqali qalbakilashtirish ehtimoli past va har qanday holatda oʻn mingdan biridan kam;
d) xatolarni aniqlash va tuzatish funksiyasi DataMatrix ECC200 ga teng yoki yaxshiroq.
7-bob. Markirovka kodlarini taqdim etish
23. Markirovka kodlarini olish uchun tajriba loyihasi ishtirokchisi — mahsulot ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchi BBS orqali operatorga markirovka kodlarini olish uchun ariza yuboradi.
Arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
mahsulot katalogidan berilgan mahsulot kodi;
soʻralgan kodlar soni;
qadoqlash turi: isteʼmol, guruh;
boshqa maʼlumotlar.
24. Arizada koʻrsatilgan maʼlumotlar ushbu Nizomning 23-bandida belgilangan talablarga javob bergan taqdirda, operator ariza qabul qilingan kundan boshlab 4 soatdan kechiktirmay:
kerakli miqdordagi markirovka kodlarini shakllantiradi;
tajriba loyihasi ishtirokchisiga — mahsulot ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchi markirovka kodlari roʻyxatini taqdim etadi;
taqdim etilgan markirovka kodlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni IV roʻyxatiga kiritadi.
“Asl belgisi” MAT muomaladan chiqarilmagan mahsulotlar qadogʻiga joylashtirilgan kodni qayta markirovkalashga yoʻl qoʻymaydi.
25. Tajriba loyihasi ishtirokchisi — mahsulot ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchi raqamli identifikatsiya vositalarini joylashtirishga tayyor boʻlgan paytdan boshlab:
a) ushbu Nizomning 6-bobi talablariga muvofiq markirovka kodlarini raqamli identifikatsiya vositalariga oʻzgartiradi;
b) raqamli identifikatsiya vositalarini mahsulot qadoqlarida yelimlashni taʼminlaydi;
v) raqamli identifikatsiya vositalari mahsulot qadoqlarida yelimlangandan soʻng yelimlangan raqamli identifikatsiya vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotni “Asl belgisi” MATga yuboradi.
26. Operator tajriba loyihasi ishtirokchisi — mahsulot ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchidan ushbu Nizomning 25-bandida nazarda tutilgan maʼlumotlarni olganidan soʻng “onlayn” rejimda markirovkalash kodlarining tegishli holatlari IV reyestrida aks ettirilishini, shuningdek, ushbu maʼlumotlarning tajriba loyihasi ishtirokchilari uchun ochiqligini taʼminlaydi.
8-bob. Mahsulotlarni agregirlash, tajriba loyihasi doirasida ularning ishlab chiqarilishi va aylanmasi monitoringini yuritish
27. Tajriba loyihasi ishtirokchisi — mahsulot ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchi mahsulotni guruh va (yoki) transport qadoqlariga agregirlashtiradi, shundan soʻng “Asl belgisi” MATga quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan agregirlash toʻgʻrisidagi hisobotni yuboradi:
yaratilgan guruh yoki transport qadogʻining identifikatsiya kodi;
isteʼmol, guruh va (yoki) transport qadoqlarining identifikatsiya kodlari.
28. Agregirlash istalgan darajada kiritish imkoniyatini nazarda tutadi:
birinchi darajali agregirlash — isteʼmol qadoqlarini birlashtirish, masalan, mahsulotlarni guruh qadogʻiga (blok);
ikkinchi darajali agregirlash — guruh qadoqlarini transport qadogʻiga birlashtirish, masalan, posilkada yoki qutida;
uchinchi va undan keyingi darajali agregirlash — transport qadoqlarini yuqori darajadagi boshqa transport qadogʻiga birlashtirish, masalan, brusok yoki konteynerga.
29. Operator maʼlumotni olgandan soʻng uning IV reyestrida aks ettirilishini taʼminlaydi.
Mahsulot aylanmasi ishtirokchisi “Asl belgisi” MATga guruhli qadoqlash yoki transport qadoqlash toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etishi “Asl belgisi” MATga isteʼmol qadoqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni berishga teng hisoblanadi.
30. Mahsulotlarning aylanmaga chiqarilishi va harakatlanishini nazorat qilish maqsadida:
a) mahsulotni tajriba loyihasi ishtirokchilari — mahsulot aylanmasi subyektlari oʻrtasida oʻtkazishda (qabul qilishda) dastlabki hujjat mazmuni asosida egalik huquqi yoki realizatsiya qilish uchun mahsulotlarning oʻtkazilishini tasdiqlovchi bitim qatnashchilari:
realizatsiya qilinayotgan mahsulotlarning markirovka kodlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan EHF shaklida xabarnoma yaratish;
koʻrsatilgan xabarnomani har ikki tomonning vakolatli vakillari tomonidan ERI bilan imzolash;
b) rouming operatori operatorga EHF yuboradi.
31. Operator IV reyestrida xabarnomada keltirilgan barcha maʼlumotlarni koʻrsatib, tajriba loyihasining bir ishtirokchisidan — boshqasiga mahsulot aylanmasiga oid mahsulotlar toʻgʻrisida egalik huquqini oʻtkazish holatini aks ettiradi.
9-bob. Mahsulotlarni muomalaga kiritish, chiqarish va monitoringini yuritish
32. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan mahsulotlar quyidagicha muomalaga kiritiladi:
a) tajriba loyihasi ishtirokchisi — mahsulotni import qiluvchi:
olib kirilayotgan mahsulotlarni erkin muomalaga chiqarish (import) uchun bojxona rejimiga joylashtiradi;
erkin muomalaga chiqarish yoki qayta import qilish maqsadida yuk bojxona deklaratsiyasi roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab besh kundan kechiktirmay, “Asl belgisi” MATga quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan holda olib kirish (import) toʻgʻrisida elektron xabarnoma yuboradi:
bojxona organi tomonidan erkin muomalaga (import) chiqarish uchun qabul qilingan yuk bojxona deklaratsiyasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirilgan identifikatsiya qilish qadoqlari kodlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
b) operator ushbu bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan maʼlumotlarni olganidan soʻng IV reyestrida ushbu mahsulot aylanmaga chiqarilganligini aks ettiradi.
33. Mahsulotlarni “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga rasmiylashtirish uchun import qiluvchilar bojxona yuk deklaratsiyasida agregatsiyalangan import kodini koʻrsatishi mumkin. Bunda ushbu harakat quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) agregatsiyalangan import kodi import qiluvchining talabnomasi (tegishli markirovka kodlari aks ettirilgan xolda) boʻyicha operator tomonidan shakllantiriladi;
b) agregatsiyalangan import kodi bojxona yuk deklaratsiyasida aks ettiriladi;
v) agregatsiyalangan import kodi bilan rasmiylashtirilgan bojxona yuk deklaratsiyasi bojxona organi tomonidan operatorga yuboriladi.
34. Operator tajriba loyihasi ishtirokchisi tomonidan taqdim etilgan quyidagi maʼlumotlar asosida mahsulotlarning muomaladan chiqarilishini nazorat qiladi:
a) chakana savdoni amalga oshirishda tajriba loyihasi ishtirokchisi — chakana savdo tashkiloti:
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan nazorat-kassa texnikasi bilan bogʻliq boʻlgan texnik vositalar orqali sotiladigan mahsulotlarni qadoqlash uchun yelimlangan raqamli identifikatsiya vositasini skanerdan oʻtkazadi va aniqlaydi;
mahsulot kodi va identifikatsiya kodi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar nazorat-kassa texnikasi tomonidan yaratiladigan “kassa cheki” fiskal hujjatiga kiritiladi;
b) fiskal maʼlumotlar operatori real vaqt rejimida “Asl belgisi” MATga mahsulotlarning chakana savdosi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan elektron fiskal hujjatlar (kassa cheklari) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni uzatadi.
35. Operator IV reyestrida fiskal maʼlumotlar operatoridan olingan maʼlumotlarga muvofiq raqamli identifikatsiya qilish vositasi bilan belgilangan mahsulotlar aylanmadan chiqqanligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aks ettiradi.
36. Mahsulotlar chakana savdodan (hisobdan chiqarish) boshqa sabablarga koʻra aylanmadan chiqarilgandan soʻng ushbu mahsulotlarni hisobdan chiqaradigan mahsulot aylanmasi subyekti boʻlgan tajriba loyihasi ishtirokchisi “Asl belgisi” MATga quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan mahsulotni chiqarish toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi:
aylanmadan chiqarilayotgan mahsulotlarning mahsulot kodlari va identifikatsiya kodlari;
mahsulotlarni aylanmadan chiqarish uchun rasmiylashtirilgan hujjatning nomi, sanasi va raqami;
mahsulotlar aylanmadan chiqarilgan joy manzili;
mahsulotlarning muomaladan chiqarilish sababi.
37. Aylanmaga chiqarilgan mahsulotlar aylanmasi monitoringi isteʼmolchilar tomonidan operator taqdim etgan bepul mobil ilova orqali amalga oshiriladi.
38. Operator isteʼmolchiga mahsulot ishlab chiqarilgan joy, mahsulotning qadoqlangan joyi va uning holati toʻgʻrisida maʼlumot berilishini taʼminlaydi.
39. Agar isteʼmolchi operatordan olingan maʼlumotlar va mahsulotlarning haqiqiy maʼlumotlari oʻrtasida tafovutni aniqlagan boʻlsa, u “Asl belgisi” va “Soliq” mobil dasturlari orqali xabarnoma yuboradi.
Operator MAT ushbu xabarnomani qabul qilib, qayd etilgan holatlar yuzasidan chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlash uchun rasmiy maʼlumotlarni belgilangan tartibda aloqa kanallari orqali Qoʻmitaga yuboradi.
10-bob. Tajriba loyihasi ishtirokchilarining maʼlumot almashinuvini taʼminlash
40. Tajriba loyihasini amalga oshirish va axborot almashinuvini taʼminlash maqsadida operator quyidagi funksiyalarni bajaradi:
ishtirokchilar reyestrini yuritadi;
mahsulotlar katalogini yuritadi;
IV reyestrini yuritadi;
tajriba loyihasi ishtirokchilariga ushbu ishtirokchilar vakolatiga kiruvchi “Asl belgisi” MAT registrlarida mavjud boʻlgan maʼlumotlarni taqdim etadi;
mahsulot isteʼmolchilariga mahsulotni isteʼmol va (yoki) guruhli qadoqlashning raqamli identifikatsiya vositalari va ularning ishlab chiqarish va aylanma jarayonidagi holati toʻgʻrisida maʼlumotni beradi.
41. Tajriba loyihasi ishtirokchilarining operator bilan oʻzaro aloqasi ERI bilan imzolangan elektron hujjatlarni almashish orqali amalga oshiriladi.
42. Elektron hujjatlar almashinuvi tajriba loyihasi ishtirokchisiga taqdim etilgan “Asl belgisi” MATning “Shaxsiy kabinet” maxsus maʼlumot xizmatiga murojaat qilish orqali amalga oshiriladi.
43. Elektron hujjatlarga kiritilgan maʼlumotlarning, shu jumladan, tajriba loyihasi ishtirokchilari — mahsulot aylanmasi subyektlari tomonidan Shaxsiy kabinetda yaratilgan maʼlumotlarning muvofiqligi avtomatik ravishda “Asl belgisi” MAT vositalari yordamida tekshiriladi.
44. Agar tajriba loyihasi ishtirokchilari tomonidan “Asl belgisi” MATga notoʻgʻri maʼlumotlarga ega boʻlgan elektron hujjat taqdim etilgan taqdirda, operator aniqlangan nomuvofiqliklarni koʻrsatgan holda tajriba loyihasi ishtirokchisiga hamda belgilangan tartibda aloqa kanallari orqali Qoʻmitaga xabarnoma yuboradi.
45. Agar tajriba loyihasi ishtirokchilari tomonidan toʻgʻri maʼlumotlar taqdim qilingan boʻlsa, tajriba loyihasi ishtirokchisiga — mahsulot aylanmasi subyektiga maʼlumotlar “Asl belgisi” MATga kiritilgani toʻgʻrisida xabarnoma yuboriladi.
46. Agar ushbu Nizomda xabar berishning boshqa muddati nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu bobda koʻrsatilgan xabarnomalar operator tomonidan onlayn ravishda tajriba loyiha ishtirokchisiga — mahsulot aylanmasi subyektiga yuboriladi.
Ayrim turdagi mahsulotlarni raqamli markirovkalash va kuzatib borish boʻyicha tajriba loyihasini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

“Asl belgisi” mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimi operatoriga

Markirovkalash axborot tizimida roʻyxatdan oʻtish boʻyicha

ARIZA

1. Ariza beruvchi ____________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

(tadbirkorlik subyektining nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, STIRi/JSHSHIRi)

2. Ariza beruvchi joylashgan joy (pochta manzili): _______________________________________

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

(joylashgan joyi (pochta manzili), elektron pochta, telefon raqami va boshqalar)

3. Ariza beruvchining bank rekvizitlari _______________________________________________

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

“Asl belgisi” mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimida roʻyxatdan oʻtkazib berishingizni soʻrayman:

Roʻyxatdan oʻtish uchun tegishli maʼlumotlar:

Tashkilotning elektron pochtasi: __________________________

Tashkilotning telefon raqami: ___________________________

__________________

___________

___________________

(lavozimi)`

(imzo)

(F.I.O.)

Ayrim turdagi mahsulotlarni raqamli markirovkalash va kuzatib borish boʻyicha tajriba loyihasini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ayrim turdagi mahsulotlar raqamli markirovkalash va kuzatish
SXEMASI

Subyektlar

Tadbirlar

Ijro muddati

1-bosqich. Subyektni roʻyxatdan oʻtkazish

Tajriba loyihasi ishtirokchisi

Zarur maʼlumotlar koʻrsatilgan arizani operatorga aloqa kanallari orqali yuboradi yoki uni “Asl belgisi” mahsulotlarni raqamli markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimining veb-saytida (keyingi oʻrinlardi “Asl belgisi” MAT) shakllantiradi.

Real vaqt rejimida

Operator

Agar ariza Nizomda belgilangan talablarga muvofiq boʻlsa:

▪ subyektni ishtirokchilar reyestriga kiritadi;

▪ ishtirokchi uchun shaxsiy kabinet ochadi;

subyektga ishtirokchilar roʻyxatiga kiritilgani va shaxsiy kabinet ochilgani toʻgʻrisida xabar beradi.

Xabarnomada, shuningdek, ishtirokchilar roʻyxatidagi tajriba loyihasi ishtirokchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga berilgan roʻyxatdan oʻtish raqamlari koʻrsatiladi.

Ariza olingan vaqtdan boshlab 2 (ikki) soatdan koʻp boʻlmagan muddatda

Operator

Nizom talablariga javob bermaydigan maʼlumot yuborilganda va/yoki zarur maʼlumotlar taqdim etilmagan taqdirda, subyektni roʻyxatdan oʻtkazishni rad etadi.

Ariza olingan vaqtdan boshlab 2 (ikki) soatdan koʻp boʻlmagan muddatda

2-bosqich. Mahsulotlarni qayd qilish

Tajriba loyihasi ishtirokchisi

Zarur maʼlumotlar koʻrsatilgan holda mahsulotlarni qayd etish boʻyicha arizani operatorga aloqa kanallari orqali yuboradi yoki uni “Asl belgisi” MAT veb-saytida shakllantiradi.

Real vaqt rejimida

Operator

Arizada koʻrsatilgan maʼlumotlar Nizom talablariga muvofiq boʻlgan taqdirda:

arizada keltirilgan maʼlumotlarni mahsulot roʻyxatga kiritadi;

tajriba loyihasi ishtirokchisini mahsulotlar roʻyxatiga kiritilgani toʻgʻrisida xabardor qiladi.

Real vaqt rejimida

3-bosqich. Markirovkalash uchun kodlarni taqdim etish

Tajriba loyihasi ishtirokchisi

Mahsulotlar roʻyxatiga kiritilgan mahsulotlarni raqamli markirovkalash uchun kodlarni olishga operatorga aloqa kanallari orqali buyurtmanoma yuboradi.

Real vaqt rejimida

Operator

Agar buyurtmanomada koʻrsatilgan maʼlumotlar Nizom talablariga muvofiq boʻlsa:

▪ kerakli miqdordagi markirovka kodlarini shakllantiradi;

▪ tajriba loyihasi ishtirokchisi — ishlab chiqaruvchi yoki mahsulotlarni import qiluvchiga ushbu kodlarning roʻyxatini taqdim etadi;

taqdim etilgan kodlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni IV roʻyxatiga kiritadi.

Real vaqt rejimida

Tajriba loyihasi ishtirokchisi

Operatorga roʻyxatdagi kodlar olingani toʻgʻrisidagi tasdiqni yuboradi.

Markirovka kodlarini identifikatsiya vositasiga oʻzgartiradi.

Identifikatsiya vositasi mahsulotlarda qoʻllanilishini taʼminlaydi.

Markirovka kodlari roʻyxati olingan vaqtdan boshlab real vaqt rejimida

Tajriba loyihasi ishtirokchisi

“Asl belgisi” MATga markirovka kodlaridan foydalanilgani toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yuboradi (mahsulot kodi, identifikatsiya kodi, markirovkalash sanasi va vaqti, qoʻllanilgan identifikatsiya vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar).

Mahsulotlarning qutilarida identifikatsiya vositalari qoʻllanilgandan soʻng

4-bosqich. Mahsulotlarni ishlab chiqarish va aylanishi monitoringini yuritish

Tajriba loyihasi ishtirokchisi (ishlab chiqaruvchi)

Mahsulotlar agregatsiyasini amalga oshiradi.

“Asl belgisi” MAT orqali avtomatik rejimda operatorga mahsulot kodlari hamda yangi guruh va transport paketlarini identifikatsiyalash, shuningdek, mahsulot va qadoqlash kodlari roʻyxati, shu jumladan, avvalgi darajadagi qadoqlar (masalan, paletlarni tuzishda, uning tarkibiga kiruvchi qutilar roʻyxati koʻrsatiladi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻyicha xabar beradi.

Real vaqt rejimida

Tajriba loyihasi ishtirokchisi (ishlab chiqaruvchi)

Mulkka egalik huquqi oʻtkazilganligini yoki mahsulotlarni sotish uchun berilganligini tasdiqlovchi birlamchi hujjat asosida mahsulotlar muomalasi subyektlari — tajriba loyihasi ishtirokchilari oʻrtasida mahsulotlarni topshirish (qabul qilish) vaqtida bitim taraflari:

▪ mahsulotlarni topshirish (qabul qilish) toʻgʻrisida mahsulot yoʻllanma varaqasi shaklida bildirishnoma tuzadi;

▪ tomonlarning vakolatli shaxslari tomonidan koʻrsatilgan bildirishnomani imzolaydi;

▪ topshirish (qabul qilish) toʻgʻrisida bildirishnoma va birlamchi hujjatning elektron nusxasini “Asl belgisi” MATga yuboradi, shuningdek, maʼlumotni elektron hisob-varaq faktura maʼlumotlari bilan integratsiya qiladi.

Mahsulotlarga egalik huquqi oʻtgandan soʻng 72 (yetmish ikki) soatdan koʻp boʻlmagan muddatda

Tajriba loyihasi ishtirokchisi (import qiluvchi)

Erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilgandan keyin operatorga mahsulotlar deklaratsiyasida koʻrsatilgan mahsulotlarni chiqarish toʻgʻrisida quyidagi maʼlumotlarni taqdim etadi:

▪ bojxona organi kodi;

▪ mahsulot deklaratsiyasini roʻyxatdan oʻtkazish sanasi;

▪ mahsulot deklaratsiyasini roʻyxatdan oʻtkazish raqami;

▪ TIF TN kodlari;

▪ qadoqlarning markirovka kodi;

mahsulotning kelib chiqish mamlakati.

Real vaqt rejimida

Operator

Maʼlumotlarni olgandan keyin ularni “Asl belgisi” MAT reyestrida aks etilishni taʼminlaydi.

Real vaqt rejimida

5-bosqich. Mahsulotlarni muomaladan chiqarish

Tajriba loyihasi ishtirokchisi

Mahsulot kodi va identifikatsiya kodi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni nazorat-kassa texnikasi orqali shakllantirilgan “kassa cheki” fiskal hujjatga kiritadi.

Real vaqt rejimida

Fiskal maʼlumotlar operatori

Nazorat-kassa chekidagi sotilgan har bir birlik boʻyicha nazorat-kassa texnikasining roʻyxatga olingan raqami, sotilgan sana, sotish narxi, mahsulot kodi va tarkibidagi identifikatsiya kodi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Asl belgisi” MATga uzatadi. Nazorat-kassa texnikasi ishlamay qolishi hollari bundan mustasno.

Mahsulotlar sotilgan vaqtdan boshlab bir sutkadan kech qolmagan muddatda

Operator

Fiskal maʼlumotlar operatoridan olingan maʼlumotlarga muvofiq identifikatsiya vositasi bilan raqamli markirovkalangan mahsulotlarning muomaladan chiqarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni IV roʻyxatida aks ettiradi.

Real vaqt rejimida

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 23-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 26-noyabrdagi 407-son qarori bilan tasdiqlangan Ulgurji va chakana savdo faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
2-bandning beshinchi xatboshisi va 30-bandning birinchi xatboshisidagi “nazorat-kassa mashinalari” soʻzlari “nazorat-kassa texnikalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “nazorat-kassa mashinalaridan” soʻzlari “nazorat-kassa texnikalaridan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Raqamli markirovkalangan mahsulotlar faqat naqd pulsiz shaklda bank hisobvaraqlari orqali ulgurji sotiladi”;
birinchi va ikkinchi xatboshilardagi “nazorat-kassa mashinasi” soʻzlari “nazorat-kassa texnikasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “nazorat-kassa mashinasining” soʻzlari “nazorat-kassa texnikasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
19-band quyidagi mazmundagi yettinchi — toʻqqizinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Majburiy raqamli markirovkalanadigan mahsulotlarni chakana realizatsiya qilishda:
markirovka kodi kiritilgandan soʻng onlayn nazorat-kassa texnikasining kassa cheki shakllantiriladi;
avval foydalanilgan markirovka kodlari kiritilganda, onlayn nazorat-kassa texnikasining kassa chekini shakllantirishga yoʻl qoʻyilmaydi”;
22-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “nazorat-kassa mashinasini” soʻzlari “nazorat-kassa texnikasini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
30-band quyidagi mazmundagi uchinchi — beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Majburiy raqamli markirovkalanadigan mahsulotlarni chakana realizatsiya qilishda:
markirovka kodi kiritilgandan soʻng onlayn nazorat-kassa texnikasining kassa cheki shakllantiriladi;
avval foydalanilgan markirovka kodlari kiritilganda, onlayn nazorat-kassa texnikasining kassa chekini shakllantirishga yoʻl qoʻyilmaydi”;
31-bandning ikkinchi xatboshisidagi “nazorat-kassa mashinalaridan” soʻzlari “nazorat-kassa texnikalaridan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “nazorat-kassa mashinalarini” soʻzlari “nazorat-kassa texnikalarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Majburiy raqamli markirovkalanadigan mahsulotlarni chakana realizatsiya qilishda:
markirovka kodi kiritilgandan soʻng onlayn nazorat-kassa texnikasining kassa cheki shakllantiriladi;
avval foydalanilgan markirovka kodlari kiritilganda, onlayn nazorat-kassa texnikasining kassa chekini shakllantirishga yoʻl qoʻyilmaydi”;
43-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“jismoniy shaxsning shaxsiy indentifikatsiya raqami”;
46-banddagi “davlat soliq inspeksiyasida” soʻzlari chiqarib tashlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarining 22-bandi quyidagi mazmundagi uchinchi — beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Majburiy raqamli markirovkalanadigan mahsulotlarni chakana realizatsiya qilishda:
markirovka kodi kiritilgandan soʻng onlayn nazorat-kassa texnikasining kassa cheki shakllantiriladi;
avval foydalanilgan markirovka kodlari kiritilganda, onlayn nazorat-kassa texnikasining kassa chekini shakllantirishga yoʻl qoʻyilmaydi”.
3. Vazirlar Mahkamasining “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 17-apreldagi 320-son qarorida:
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Raqamli markirovka qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish boʻyicha hududlararo soliq inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizom 21-ilovaga muvofiq”;
toʻrtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin;
5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Qoʻmita, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) soliq inspeksiyalari (keyingi oʻrinlarda — soliq xizmatining hududiy organlari), Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo soliq inspeksiyasi va Raqamli markirovka qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish boʻyicha hududlararo soliq inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Hududlararo inspeksiyalar) yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan hamda oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga, shu jumladan, chet el valyutasidagi hisobvaraqlariga ega.
Qoʻmita tizimiga kiradigan tashkilotlar yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan hamda oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, bank hisobvaraqlariga, shu jumladan, chet el valyutasidagi hisobvaraqlariga ega”;
9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Qoʻmita tuzilmasiga quyidagilar kiradi:
Qoʻmita markaziy apparati;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalari;
tumanlar (shaharlar) soliq inspeksiyalari;
Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo soliq inspeksiyasi;
Raqamli markirovka qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish boʻyicha hududlararo soliq inspeksiyasi;
yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan tasarrufidagi tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — tasarrufidagi tashkilotlar):
“Soliq-servis” AJ;
“Yangi texnologiyalar” ilmiy-axborot markazi” AJ;
“Gʻazalkent sogʻlomlashtirish markazi” davlat muassasasi;
“Soliq maʼlumotlarini qayta ishlash markazi” MCHJ”;
11-bandning “m” kichik bandi yettinchi va sakkizinchi xatboshilaridagi, 14-bandning 5-kichik bandidagi, 34-bandning ikkinchi xatboshisidagi, 2-paragraf nomidagi, 36, 37, 39, 41, 58, 65-bandlardagi, 38, 44-bandlarning birinchi xatboshilaridagi, 45-bandning uchinchi xatboshisidagi, 55-bandning sakkizinchi xatboshisidagi, 59-bandning “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisidagi “Hududlararo inspeksiya” soʻzlari tegishlicha “Hududlararo inspeksiyalar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
22, 32, 33 va 35-kichik bandlardagi “Hududlararo inspeksiya” soʻzlari tegishlicha “Hududlararo inspeksiyalar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
27-kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“27) zarur hollarda markaziy apparat va hududiy boʻlinmalar, Hududlararo inspeksiyalarning tasdiqlangan tuzilmalariga boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni va ish haqi fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish”;
v) quyidagi mazmundagi 21-ilova bilan toʻldirilsin:
“Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 320-son qaroriga
21-ILOVA
Raqamli markirovka qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish boʻyicha hududlararo soliq inspeksiyasi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Raqamli markirovka qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish boʻyicha hududlararo soliq inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Hududlararo inspeksiya) faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Hududlararo inspeksiya Oʻzbekiston Respublikasi Coliq qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) mustaqil tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi va bevosita Qoʻmita raisiga boʻysunadi.
3. Hududlararo inspeksiyaga raqamli markirovka qoidalariga rioya qilinishi boʻyicha soliq maʼmuriyatchiligini amalga oshirish vazifasi yuklanadi.
4. Hududlararo inspeksiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuniga va boshqa qonunchilik hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Qoʻmita qarorlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
5. Hududlararo inspeksiya yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhr va blankaga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida gʻaznachilik hisobvaraqlariga, bank hisobvaraqlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi hisobvaraqlariga ega.
6. Hududlararo inspeksiyaning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
toʻliq — “Raqamli markirovka qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish boʻyicha hududlararo soliq inspeksiyasi”, qisqartirilgani — “Raqamli markirovka qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish boʻyicha inspeksiya”;
b) rus tilida:
toʻliq — “Mejregionalnaya nalogovaya inspeksiya po kontrolyu za soblyudeniyem pravil sifrovoy markirovki”, qisqartirilgani — “Inspeksiya po kontrolyu za soblyudeniyem pravil sifrovoy markirovki”;
v) ingliz tilida:
toʻliq — “Interregional tax inspection for monitoring compliance with digital marking rules”; qisqartirilgani — “Inspection for monitoring compliance with digital marking rules”.
7. Hududlararo inspeksiyaning joylashgan joyi (pochta manzili): Toshkent shahri Abay koʻchasi 8-uy.
8. Hududlararo inspeksiya tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlar respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga muvofiq majburiy raqamli markirovka qilinishi lozim boʻlgan mahsulotlar aylanmasi ishtirokchilari uchun bajarish majburiy hisoblanadi.
2-bob. Hududlararo inspeksiyaning asosiy vazifalari va funksiyalari
9. Quyidagilar Hududlararo inspeksiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
raqamli markirovkalangan mahsulotlar aylanmasining barcha bosqichlarida tizimli nazoratni taʼminlash;
nazorat, baholash va xavf tahlili sohasida samarali usullarni ishlab chiqish, joriy etish va takomillashtirib borish;
majburiy raqamli markirovkalanadigan mahsulotlar turini bosqichma-bosqich kengaytirish uchun amaliy tajriba-sinov (eksperiment) tadbirlarini oʻtkazish;
xalqaro standartlar va ilgʻor tajribalarni oʻrganish asosida raqamli markirovkalash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish;
majburiy raqamli markirovkalash tizimi talablari buzilishining oldini olish boʻyicha profilaktika va tushuntirish chora-tadbirlarini amalga oshirish, jumladan, ogohlantirish tizimini qoʻllash;
Raqamli markirovkalash va kuzatish milliy axborot tizimini (keyingi oʻrinlarda — markirovkalash axborot tizimi) takomillashtirish, maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yuritish asosida tahlil-monitoring tadbirlarini amalga oshirish.
10. Hududlararo inspeksiya oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
a) raqamli markirovkalangan mahsulotlar aylanmasining barcha bosqichlarida tizimli nazoratni taʼminlash sohasida:
mahsulotlarga raqamli markirovka qoʻllanilgani, uning toʻgʻriligi va haqiqiyligini barcha bosqichlarda — import qilish, ishlab chiqarish, saqlash, tashish, ulgurji va chakana savdo jarayonlarida tizimli ravishda nazorat qiladi;
markirovkalash axborot tizimi orqali markirovkalangan tovarlar harakatini kuzatish asosida huquqbuzarliklarni aniqlab, qoidabuzarliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida soliq toʻlovchilarga ogohlantirish yuboradi;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda soliq tekshiruvlarini oʻtkazadi;
majburiy raqamli markirovkalanishi lozim boʻlgan mahsulotlarni import qilish, ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki realizatsiya qilish qoidalarini buzish holatlari aniqlanganda, ularni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bartaraf etish choralarini koʻradi;
soliq nazoratini amalga oshirishda zamonaviy usullarni qoʻllaydi hamda tashqi va ichki manbalardan kelib tushadigan maʼlumotlarni tahlil qilishning ilgʻor avtomatlashtirilgan usullarini joriy etadi;
b) nazorat, baholash va xavf tahlili sohasida samarali usullarni ishlab chiqish, joriy etish va takomillashtirib borish sohasida:
markirovkalanadigan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi va import qiluvchilar tomonidan buyurtma va realizatsiya qilingan markirovka kodlarini tahlil qilish orqali tovar qoldiqlarini aniqlaydi;
markirovkalanadigan mahsulotlarni realizatsiya qiluvchi ulgurji va chakana savdo korxonalari tomonidan xarid qilingan mahsulotlardagi markirovka kodlarini onlayn nazorat-kassa texnikalari (keyingi oʻrinlarda — ONKM) va elektron hisobvaraq — faktura orqali realizatsiya qilingan mahsulotlardagi markirovka kodlari bilan solishtirish orqali tahlil qiladi;
markirovkalanadigan mahsulotlarni realizatsiya qiluvchi ulgurji va chakana savdo korxonalari tomonidan markirovkani oʻqish qurilmalari (2D-skaner) orqali ONKM cheklarida realizatsiya qilingan mahsulotlardagi markirovka kodlari aks ettirilgani yoki ettirilmagani holatlarini tahlil qiladi;
majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish holatlari boʻyicha soliq xavfi darajasini baholash uchun mezonlarni ishlab chiqadi;
v) majburiy raqamli markirovkalanadigan mahsulotlar turkumini bosqichma-bosqich kengaytirish uchun amaliy tajriba-sinov (eksperiment) tadbirlarini oʻtkazish sohasida:
ayrim turdagi mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga noqonuniy olib kirish (import qilish), ishlab chiqarish (shu jumladan, kontrafakt mahsulotlarni) va aylanmasiga qarshi kurashish maqsadida majburiy raqamli markirovkalanadigan mahsulotlar tarkibiga qoʻshish yuzasidan taklif ishlab chiqadi;
tajriba tariqasida yangi mahsulot guruhlari boʻyicha raqamli markirovkalash loyihalarini amaliyotga joriy qiladi va monitoringini yuritadi;
soliq solish bazasini kengaytirish maqsadida markirovka tizimi ishtirokchilari hamda mahsulot turlari toʻliq hisobga olinishini taʼminlaydi;
mahsulotlarni ishlab chiqarish va olib kirish (import qilish) bosqichida markirovkalash jarayonlarini tizimli oʻrganadi, tahlil qiladi va ushbu jarayonlarni optimallashtiradi;
g) xalqaro standartlar va ilgʻor tajribalarni oʻrganish asosida raqamli markirovkalash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish sohasida:
majburiy raqamli markirovkalash tizimini rivojlantirish hamda uning afzalliklari va imkoniyatlarini kengaytirish boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganadi;
ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrganish asosida raqamli markirovkalash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqadi;
majburiy raqamli markirovkalash tizimi joriy qilingan xorijiy davlatlar bilan hamkorlikni (integratsiyani) yoʻlga qoʻyadi hamda markirovka kodlarini oʻzaro tan olish ishlarini amalga oshiradi;
ayrim turdagi mahsulotlarning raqamli markirovkalash tizimi samaradorligini tahlil qilgan holda, uni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
d) raqamli markirovkalash tizimi talablari buzilishining oldini olish boʻyicha profilaktika va tushuntirish chora-tadbirlarini amalga oshirish, jumladan, ogohlantirish tizimini qoʻllash sohasida:
majburiy raqamli markirovkalash tizimining afzalliklarini tushuntirish boʻyicha yillik media-rejani ishlab chiqadi hamda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib boradi;
raqamli markirovkalash tizimi talablari va qoidalari yuzasidan yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi va ular boʻyicha tushuntirishlar beradi;
majburiy raqamli markirovkalash tizimiga oid normativ-huquqiy hujjatlar va ular boʻyicha oʻzgarishlarning mazmun-mohiyatini seminarlar, brifinglar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni tashkil etish orqali tadbirkorlik subyektlari hamda aholiga yetkazish boʻyicha ishlarni amalga oshiradi;
soliq toʻlovchini yoki uning vakilini majburiy raqamli markirovalash qoidalarining buzilgani hamda ushbu qoidabuzarliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida rasmiy ogohlantiradi;
majburiy raqamli markirovkalash qoidalariga oid huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiradi, shu jumladan, ushbu huquqbuzarliklar sodir etilishi sabablarini aniqlaydi va bartaraf etadi, shuningdek, huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiradigan va unda ishtirok etadigan boshqa organlar va tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;
majburiy raqamli markirovkalash qoidalariga oid huquqbuzarliklar sodir etgan soliq toʻlovchilar hisobini yuritadi, ushbu maʼlumotlarni tahlil qiladi;
e) markirovkalash axborot tizimini takomillashtirish, maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yuritish asosida tahlil-monitoring tadbirlarini amalga oshirish sohasida:
markirovkalash axborot tizimi operatori bilan birgalikda markirovkalash axborot tizimining uzluksiz ishlashini taʼminlaydi;
majburiy raqamli markirovkalash tizimining maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yuritish asosida tahlil-monitoring tadbirlarini amalga oshiradi;
mahsulotlarni ishlab chiqarish va olib kirish (import qilish) bosqichida markirovkalash jarayonlarini tizimli oʻrganish, tahlil qilish va ushbu jarayonlarni takomillashtirish va raqamlashtirishni amalga oshiradi.
markirovkalash axborot tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi va uni amalga oshirish choralarini koʻradi.
3-bob. Hududlararo inspeksiyaning huquqlari
11. Hududlararo inspeksiya oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
1) markirovkalash axborot tizimi orqali markirovkalangan tovarlar harakatini kuzatish asosida aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan masofaviy soliq tekshiruvini oʻtkazish;
2) soliq toʻlovchilardan Hududlararo inspeksiya vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qarorlar qabul qilish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar va materiallarni soʻrash va olish;
3) qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda soliq toʻlovchilarning buxgalteriya va soliq hisobi axborot tizimlaridan, shuningdek, hisob hujjatlaridan foydalanish;
4) respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlardan Hududlararo inspeksiya vakolatiga kiruvchi masalalarni hal qilish uchun zarur boʻlgan axborotlar, maʼlumotlar va maʼlumotnomalarni soʻrash va bepul olish;
5) vakolatli organlardan soliq toʻlovchilarga litsenziya va (yoki) boshqa ruxsat beruvchi hujjatlar berilgani, shuningdek, ularning bekor qilingani, amal qilishi toʻxtatilgani yoki tugatilgani toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni talab qilib olish;
6) huquqbuzarlik holatlari aniqlanganda mansabdor shaxslar hamda fuqarolarga tushuntirish berish uchun ularni Hududlararo inspeksiyaga belgilangan tartibda taklif qilish;
7) qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda majburiy raqamli markirovkalash qoidalariga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish hamda soliq toʻlovchilarga nisbatan moliyaviy jarimalar qoʻllash;
8) Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan holatlarda chet tilida tuzilgan hujjatlarning davlat tiliga tarjimasini notarial tasdiqlangan holda talab qilish;
9) Hududlararo inspeksiya vakolatlari doirasida masalalarni ishlab chiqish uchun belgilangan tartibda shartnoma asosida ekspertiza tayinlash, shuningdek, soliq nazoratining shakllarini amalga oshirish uchun ilmiy va boshqa tashkilotlar, mutaxassislar, shu jumladan, tarjimonlar va ekspertlarni jalb qilish;
10) soliq toʻlovchilarga nisbatan soliq nazoratining shakllarini amalga oshirish boʻyicha oʻzaro hamkorlikni taʼminlash uchun Qoʻmita markaziy apparati tarkibiy tuzilmalarining xodimlarini jalb qilish, shu maqsadda ekspert hamda ishchi guruhlar tashkil etish;
11) nazorat tadbirlari natijasida nazorat obyektlari mansabdor shaxslari harakatlarida jinoyat alomatlari mavjud huquqbuzarlik holatlari aniqlanganda, hujjatlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etish;
12) davlat soliq xizmati organlarining tizimidagi mavjud hujjatlardan foydalanish huquqini olish;
13) davlat soliq xizmati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari maʼlumotlar bazasidan foydalanish huquqini olish;
14) foydalanish huquqi faqat Hududlararo inspeksiya xodimlariga beriladigan lokal axborot tarmoqlardan foydalanish, oʻzining dasturiy mahsulotlari va axborot tizimlarini yaratish;
15) faoliyatining asosiy vazifalari boʻyicha koʻrsatkichlar bajarilishini hisobga olib, Hududlararo inspeksiya xodimlarini Qoʻmita bilan kelishilgan holda moddiy ragʻbatlantirish, alohida ustamalarni belgilash;
16) qonunchilik hujjatlariga asosan davlat soliq xizmati organlarining vakolat doirasiga kiradigan boshqa huquqlaridan foydalanish.
12. Hududlararo inspeksiya quyidagilar uchun javobgardir:
Hududlararo inspeksiyaga yuklangan funksiya va vazifalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash;
soliq toʻlovchilar tomonidan jarimalarning Davlat budjetiga tushishini taʼminlash, shuningdek, ularning soliq solinadigan bazasini kengaytirishga yoʻnaltirilgan takliflar ishlab chiqish;
Qoʻmitaga kiritiladigan hujjat loyihalari hamda takliflar, shuningdek, ular tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning sifati, natijalari va oqibati;
davlat soliq xizmati organlarini rivojlantirish boʻyicha dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali amalga oshirilishi, muammoli masalalar hal etilishi;
soliq toʻlovchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish va ularga rioya qilishlarini taʼminlash.
4-bob. Hududlararo inspeksiya rahbarlarining asosiy funksional majburiyatlari
13. Quyidagilar Hududlararo inspeksiya boshligʻining asosiy funksional majburiyatlari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
Hududlararo inspeksiya faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, mazkur Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan Hududlararo inspeksiyaga yuklangan funksiya va vazifalarning bajarilishini tashkil qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi hujjatlari va topshiriqlarining bajarilishini taʼminlash, Hududlararo inspeksiya xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha amaliy kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, qonunchilik talablariga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun shaxsiy javobgarligini oshirish choralarini koʻrish;
Qoʻmita Hayʼati qarorlari, Qoʻmita raisi va uning oʻrinbosarlari buyruqlari va topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli ijrosini taʼminlash;
oʻz oʻrinbosari vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlash, Hududlararo inspeksiyaning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, Hududlararo inspeksiya faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun oʻz oʻrinbosari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy masʼuliyati darajasini belgilash;
Hududlararo inspeksiyaning faoliyatini rejalashtirilishni tashkil qilish hamda inspeksiyaning va oʻz oʻrinbosarining har choraklik ishlar rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash;
Hududlararo inspeksiya tizimidagi kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Hududlararo inspeksiyaning kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Qoʻmita nomenklaturasiga kiradigan vakant lavozimlarga taklif etilgan kadrlar, shuningdek, Hududlararo inspeksiyaga ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professionalligi, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribasi, yuqori darajadagi ishchanlik va maʼnaviy-axloqiy fazilatlari kafolatini taʼminlash;
Hududlararo inspeksiya boshligʻi va xodimlari xizmat safarlarini qonunchilik hujjatlari talablariga toʻla muvofiq tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanilishini taʼminlash;
Hududlararo inspeksiya xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, oʻz oʻrinbosarini ragʻbatlantirish hamda intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimida qolishi maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni koʻrib chiqish boʻyicha takliflar kiritish, ularning shaxsiy javobgarligini oshirishga doir tizimli choralar koʻrish;
Hududlararo inspeksiya xodimlarining Qoʻmita tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadigan xodimlarning odob-axloq qoidalariga rioya qilishlarini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga muvofiq Hududlararo inspeksiya faoliyati doirasida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
Hududlararo inspeksiya xodimlarining faoliyati samaradorligini hamda natijadorligini tizimli tanqidiy tahlil qilish, majlislarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, yakunlari boʻyicha zarur choralar koʻrish;
Hududlararo inspeksiya faoliyatiga oid masalalar boʻyicha qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish, shuningdek, davlat xizmatlarini koʻrsatishning samaradorligi, sifatliligi va ochiqligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish hamda ularni koʻrib chiqish uchun Qoʻmita rahbariyatiga kiritish;
Hududlararo inspeksiya xodimlarini tizimli qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha tashabbus koʻrsatish;
belgilangan tartibda rahbarlar va mutaxassislarni attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha ishchi komissiyani tashkil qilish, shuningdek, ularga belgilangan tartibda maxsus unvonlar berish toʻgʻrisida takliflar kiritish;
soliq toʻlovchilarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha samarali ishlarni tashkil qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, qonunchilik hujjatlariga muvofiq ularning faoliyatida faol ishtirok etish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushadigan soliq toʻlovchilarning murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqish;
davlat sirlariga kiritilgan axborot va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish.
14. Quyidagilar Hududlararo inspeksiya boshligʻi oʻrinbosarining asosiy funksional majburiyatlari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
boshliq vaqtincha boʻlmaganda, uning vazifalarini majburiyatlar taqsimotiga muvofiq tegishli buyruq asosida bajarish;
Hududlararo inspeksiyaning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va ularga bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan tovarlarni majburiy raqamli markirovkalash nazorati yuzasidan belgilangan koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishni taʼminlash, shuningdek, tovarlarni markirovkalash jarayonida agregatsiyalash tizimini yoʻlga qoʻyish choralarini koʻrish, tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam ravishda eshitib borish va qayd etilgan koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining har choraklik rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi hujjatlari va topshiriqlarining bajarilishini taʼminlash, Hududlararo inspeksiyada tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha amaliy kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, qonunchilik talablariga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun shaxsiy javobgarligini oshirish boʻyicha choralar koʻrish;
Qoʻmita Hayʼati qarorlari, Qoʻmita raisi va uning oʻrinbosarlari, shuningdek, Hududlararo inspeksiya boshligʻining buyruqlari va topshiriqlarining ijrosini taʼminlash;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha boshliqqa takliflar kiritish, ularning professionalligi, oʻz ishini bilishi, amaliy tajriba, yuqori darajadagi ishchanlik va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash, ularning kasbiy malakasini oshirish boʻyicha choralar koʻrish;
xizmat safarlarini qonunchilik hujjatlari talablariga toʻla muvofiq tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanilishini taʼminlash;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlarining faoliyati samaradorligini hamda natijadorligini tizimli tanqidiy tahlil qilish, majlislarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimida qolishi maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni koʻrib chiqish boʻyicha takliflarni Hududlararo inspeksiya boshligʻiga kiritish, funksional majburiyatlar va yuklangan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirish boʻyicha tizimli choralar koʻrish;
Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga muvofiq Hududlararo inspeksiya faoliyati doirasida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
soliq toʻlovchilarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha samarali ishlarni tashkil qilish;
davlat sirlariga kiritilgan axborot va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish;
15. Quyidagilar Hududlararo inspeksiya tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining asosiy funksional majburiyatlari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
tarkibiy boʻlinmalar faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, ushbu boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;
tarkibiy boʻlinmalarning tovarlarni majburiy markirovkalash nazorati yuzasidan belgilangan koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha choralar koʻrish boʻyicha takliflarni mutasaddilik qiladigan Hududlararo inspeksiya boshligʻi oʻrinbosariga kiritish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi hujjatlari va topshiriqlarining bajarilishini taʼminlash, Hududlararo inspeksiya xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha amaliy kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, tarkibiy boʻlinmalar xodimlarining qonunchilik talablariga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun shaxsiy javobgarligini oshirish boʻyicha choralar koʻrish;
Qoʻmita Hayʼati qarorlari, Qoʻmita raisi va uning oʻrinbosarlari, Hududlararo inspeksiya boshligʻi va uning oʻrinbosari buyruqlari va topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
tarkibiy boʻlinmalarning har choraklik ish rejalari ishlab chiqilishini taʼminlash, tasdiqqa kiritish, ularda belgilangan vazifalar va tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalarning ijrosini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
tarkibiy boʻlinmalar faoliyati masalalaridagi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va ularni Hududlararo inspeksiya rahbariyatiga koʻrib chiqish uchun kiritish;
boshliq oʻrinbosariga kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishda takliflar berish, ularning professionalligi, oʻz ishini bilishi, amaliy tajriba, yuqori darajadagi ishchanlik va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash, ularning kasbiy malakasini oshirish boʻyicha choralar koʻrish, boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
xizmat safarlarini qonunchilik hujjatlari talablariga toʻla muvofiq tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanilishini taʼminlash;
tarkibiy boʻlinmalar xodimlari faoliyatining samaradorligini va natijadorligini tizimli tanqidiy tahlil qilish, majlislarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, natijalari boʻyicha zarur choralar koʻrish;
Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga muvofiq Hududlararo inspeksiya faoliyati doirasida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish hamda amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
soliq toʻlovchilarning murojaatlarini koʻrib chiqish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, qonunchilik hujjatlariga muvofiq ularning faoliyatida faol ishtirok etish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushadigan yirik soliq toʻlovchilarning murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqish;
davlat sirlariga kiritilgan axborot va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish.
5-bob. Hududlararo inspeksiya rahbarlarining javobgarligi
16. Hududlararo inspeksiya boshligʻi:
Hududlararo inspeksiyaga yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishi;
mazkur Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan Hududlararo inspeksiya javobgarligi sohalari boʻyicha;
mazkur Nizomning 13-bandida belgilangan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
17. Hududlararo inspeksiya boshligʻi oʻrinbosari:
Hududlararo inspeksiyaning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalari tomonidan Hududlararo inspeksiyaga yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishi;
mutasaddilik qilinadigan masalalar boʻyicha mazkur Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan Hududlararo inspeksiya javobgarligi sohalari boʻyicha;
mazkur Nizomning 14-bandida belgilangan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
18. Hududlararo inspeksiyaning tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari:
tegishli tarkibiy boʻlinmalariga yuklangan vazifa va funksiyalarning amalga oshirilishi;
vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha mazkur Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan Hududlararo inspeksiya javobgarligi sohalari boʻyicha;
mazkur Nizomning 15-bandida belgilangan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
19. Hududlararo inspeksiyaning xodimlari:
oʻz funksional vazifalarini bajarmasligi yoki toʻlaqonli bajarmasligi, ijro intizomini buzganliklari;
noqonuniy harakatlari (harakatsizligi) oqibatida soliq toʻlovchilarga moddiy va maʼnaviy zarar yetkazganliklari;
oʻzlarining noqonuniy harakatlari (harakatsizligi) oqibatida soliq toʻlovchilarning ishlab chiqarish hajmi kamaygani va soliqqa tortish bazasining pasaygani;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boʻlmagan qarorlar qabul qilganliklari;
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqbuzarliklar uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
6-bob. Hududlararo inspeksiya faoliyatini tashkil etish
1-§. Hududlararo inspeksiya rahbariyati, xodimlarini tegishli lavozimga tayinlash va xodimlarning maqomi
20. Hududlararo inspeksiyaning shtatdagi xodimlari soni Qoʻmita raisi tomonidan tasdiqlanadi.
21. Hududlararo inspeksiyaga Qoʻmita raisi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliq rahbarlik qiladi.
22. Hududlararo inspeksiya boshligʻi:
Qoʻmita raisining mutasaddilik qiladigan oʻrinbosarining tavsiyasiga koʻra Qoʻmita raisi tomonidan lavozimga tayinlanadigan bir nafar oʻrinbosarga ega boʻladi;
oʻz faoliyatida Qoʻmita raisiga boʻysunadi va unga hisobot beradi.
23. Hududlararo inspeksiya boshligʻi boʻlmaganda, uning vakolatlari majburiyatlari taqsimotiga muvofiq oʻrinbosari tomonidan amalga oshiriladi.
24. Lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish funksiyalari:
Hududlararo inspeksiyaning tarkibiy boʻlinmalari boshliqlari Hududlararo inspeksiya boshligʻining tavsiyasiga koʻra Qoʻmita raisi tomonidan;
Hududlararo inspeksiyaning tarkibiy boʻlinmalari boshliqlari oʻrinbosarlari va boshqa xodimlari Hududlararo inspeksiya boshligʻi tomonidan amalga oshiriladi.
25. Mavqeyi, mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari boʻyicha Hududlararo inspeksiya boshligʻi va uning oʻrinbosari tegishli ravishda Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo soliq inspeksiyasi boshligʻi va oʻrinbosariga, Hududlararo inspeksiyaning xodimlari esa — Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo soliq inspeksiyasi xodimlariga tenglashtiriladi.
26. Hududlararo inspeksiyaning mansabdor shaxslariga maxsus unvonlar berish va ulardan mahrum qilish tartibi Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo soliq inspeksiyasining mansabdor shaxslari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
2-§. Hududlararo inspeksiya hamda uning tarkibiy boʻlinmalarining Qoʻmita markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari va hududiy davlat soliq xizmati organlari bilan, shuningdek, boshqa respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorligi
27. Hududlararo inspeksiya tarkibiy boʻlinmalarining Qoʻmita markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari hamda hududiy davlat soliq xizmati organlari bilan hamkorligi Hududlararo inspeksiya tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi.
28. Hududlararo inspeksiya boʻlinmalarining Qoʻmita markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari va hududiy davlat soliq xizmati organlari bilan hamkorligi axborot almashish va qonunchilik hujjatlarida belgilangan soliq nazoratining shakllarini amalga oshirishga asoslangan.
29. Hududlararo inspeksiya tarkibiy boʻlinmalarining Qoʻmita markaziy apparati boʻlinmalari va hududiy davlat soliq xizmati organlari bilan hamkorligi jarayonida vujudga keladigan tushunmovchiliklar Qoʻmita raisining topshirigʻiga muvofiq uning tegishli oʻrinbosarlari tomonidan koʻrib chiqiladi. Ushbu koʻrib chiqishda tushunmovchiliklar tartibga solinmagan holatlarda, ular boʻyicha qaror bevosita Qoʻmita raisi tomonidan qabul qilinadi.
30. Hududlararo inspeksiya va uning tarkibiy boʻlinmalari oʻzlarining vazifa va funksiyalarini bajarishda respublika v mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, banklar va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
7-bob. Hududlararo inspeksiya faoliyatini baholash
31. Hududlararo inspeksiya faoliyati har chorakda Qoʻmita tomonidan baholanadi.
32. Hududlararo inspeksiya faoliyatini baholash natijalari boʻyicha Qoʻmita xulosasi:
Hududlararo inspeksiya rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish (mukofotlash) yoki ularga intizomiy javobgarlik choralarini koʻrish;
Hududlararo inspeksiya faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusida uning faoliyatini takomillashtirish boʻyicha choralar koʻrish uchun asos boʻladi.
8-bob. Hududlararo inspeksiya faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnika bilan taʼminlash, uning xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish
33. Hududlararo inspeksiyani moliyalashtirish va moddiy-texnika bilan taʼminlash, jumladan, uning xodimlari mehnatiga haq toʻlash budjetdan ajratiladigan mablagʻlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan, Qoʻmitaning Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
34. Hududlararo inspeksiya xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, maxsus unvonlar, koʻp yil xizmat qilganlik uchun ustama haqlar, dam olish va bayram kunlari ishlaganlik uchun toʻlovlar, ustama, qoʻshimcha haqlardan iborat boʻladi hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda toʻlanadi.
Hududlararo inspeksiya xodimlarining lavozim maoshlariga oylik ustama va qoʻshimchalar amaldagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartiblar asosida toʻlanadi.
35. Hududlararo inspeksiya xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari hisobidan lavozim maoshlarining 20 foizi miqdorida maxsus ustama belgilanadi.
36. Qoʻmitaning Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi mablagʻlarining Hududlararo inspeksiya tomonidan shakllantirilishi va ulardan foydalanilishi Qoʻmita tomonidan belgilanadi.
9-bob. Hududlararo inspeksiyaning hisoboti
37. Hududlararo inspeksiya boshligʻi Hududlararo inspeksiyaning faoliyati toʻgʻrisida Qoʻmita raisiga muntazam ravishda hisobot beradi.
38. Qoʻmita raisining oʻrinbosarlari Hududlararo inspeksiya rahbarlariga yuklangan vazifalarni samarali bajarishlari boʻyicha ularning faoliyatini doimiy nazorat qilib boradilar.
39. Har choraklik baholash natijalari boʻyicha Hududlararo inspeksiyaning alohida oʻrnak koʻrsatgan rahbarlari va xodimlari ragʻbatlantiriladi yoki yoʻl qoʻyilgan jiddiy kamchiliklari uchun egallab turgan lavozimidan ozod qilishgacha boʻlgan javobgarlikka tortiladi.
10-bob. Yakunlovchi qoidalar
40. Hududlararo inspeksiyasiga ushbu Nizomda belgilanmagan vazifa va funksiyalarni yuklash, shuningdek, Qoʻmitaning tovarlarni markirovkalash nazorati bilan shugʻullanuvchi tegishli boshqarmadan boshqa tuzilmalar tomonidan topshiriqlar berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
41. Hududlararo inspeksiya xodimlariga taʼsir koʻrsatish, shuningdek, ularni obroʻsizlantirish, yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarishiga toʻsqinlik qilish maqsadida faoliyatiga aralashish taqiqlanadi
va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻladi”;
5-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoʻmita markaziy apparatining ushbu band birinchi va ikkinchi xatboshilarida sanab oʻtilmagan mansabdor shaxslari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalari boshliqlari oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalari boʻlimlari (shuʼbalari) boshliqlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalari soliq organlari faoliyatini nazorat qilish va shaxsiy xavfsizlik boʻlimlari mansabdor shaxslari, Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo soliq inspeksiyasi va Raqamli markirovka qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish boʻyicha hududlararo soliq inspeksiyasi boshliqlari va boshliqlar oʻrinbosarlari, boʻlimlar (shuʼbalar) boshliqlari hamda shaxsiy xavfsizlik boʻlimlari mansabdor shaxslari, shuningdek, tumanlar (shaharlar) soliq inspeksiyalari boshliqlari belgilangan tartibda Qoʻmita raisining buyrugʻi bilan lavozimga tayinlanadilar”;
17-banddagi “Soliq-servis” DUKda” soʻzlari “Soliq-servis” AJda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish tartibi hamda Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik subyektlarini davlat reyestridan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2019-yil 21-avgustdagi 704-son qarorida:
a) 1-ilova quyidagi mazmundagi 161-band bilan toʻldirilsin:
“161. Tugatuvchi ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan keyingi uch ish kunidan kechikmay soliq xizmati organlariga balansida markirovkalanadigan tovarlari mavjud boʻlgan qoldiqlari toʻgʻrisidagi xabarnomani joʻnatadi”;
b) 2-ilovaning 8-bandi “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi “mol-mulki” soʻzlaridan keyin “shu jumladan, raqamli markirovkalanadigan mahsulotlar qoldiqlari” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassa tizimi qoʻllanilishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 23-noyabrdagi 943-son qarorida:
ikkinchi xatboshi “real vaqt rejimida uzatishni taʼminlovchi va qogʻozga chop etuvchi” soʻzlaridan keyin “yoki ularni elektron shaklda yuborish funksiyasiga ega boʻlgan” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
oʻn sakkizinchi xatboshidagi “tovarlarning xalqaro “GS1” va boshqa global maʼlumotnomalar tizimlaridagi mantiqiy birliklar” soʻzlari “mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi yigirma birinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
virtual fiskal modul — operator tomonidan yaratiladigan unikal raqam va unga biriktirilgan elektron raqamli imzo ochiq kalit sertifikati”;
6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Onlayn-NKM yoki virtual kassadan foydalanishga oʻtgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan toʻlov terminali orqali qabul qilingan toʻlovlar uchun xaridorlarga toʻlov terminali cheki bilan birga, shuningdek, joylarda xarid qilingan mahsulot va xizmatlarga elektron toʻlov tizimlari orqali amalga oshirilgan toʻlovlar uchun xaridorlarga onlayn-NKM yoki virtual kassaning fiskal cheki berilishi shart.
Davlat reyestriga kiritilgan onlayn-NKM va virtual kassalar bank kartalaridan toʻlovlarni qabul qilish tizimlariga majburiy ulanishi, shuningdek, majburiy ravishda 2D skaner qurilmasi qoʻllanishi shart.
Ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati koʻrsatilishi shartligi qonunchilikda nazarda tutilgan mahsulotlarning ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati koʻrsatilmagan yoki yaroqlilik muddati oʻtgan holda realizatsiya qilinishi Oʻzbekiston Respublikasining “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq cheklanadi.
Bunda ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati koʻrsatilmagan yoki yaroqlilik muddati oʻtgan markirovkalangan tovarlarni sotishga urinish paytida 2D skaner qurilmasining onlayn-NKM yoki virtual kassaga yuboriladigan signali asosida xarid cheklarining chop etilishi cheklab qoʻyiladi”;
yettinchi xatboshi “soliq toʻlovchining indentifikatsiya raqami (STIR)” soʻzlaridan keyin “/ jismoniy shaxsning shaxsiy indentifikatsiya raqami (JSHSHIR)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
toʻqqizinchi xatboshi “Komitent (vositachi) STIRi” soʻzlaridan keyin “/(JSHSHIRi)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
oʻn toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogi boʻyicha oʻlchov birligi”;
oʻn yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oʻn sakkizinchi — oʻttiz uchinchi xatboshilar tegishlicha oʻn yettinchi — oʻttiz ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;
12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Tadbirkorlik subyekti tugatilgan, shuningdek, fiskal modul yaroqsiz holatga kelgan, amal qilish muddati tugagan, xotirasi maʼlumotlar bilan toʻlgan, yoxud fiskal modul oʻrnatilgan onlayn-NKM yoki virtual kassa roʻyxatdan chiqarilgan hollarda, ushbu fiskal modullar tadbirkorlik subyekti tomonidan TXKMga taqdim qilinadi.
TXKM yaroqsiz holatga kelgan, amal qilish muddati tugagan, xotirasi maʼlumotlar bilan toʻlgan fiskal modullar holatining muvofiqligini tekshirib, amal qilish muddati tugagan, xotirasi maʼlumotlar bilan toʻlgan yoki roʻyxatdan chiqarilgan onlayn-NKM va virtual kassadagi chek maʼlumotlarini operatorning maʼlumotlar bazasiga yuborilmay qolgan qismini yuborishi shart.
Roʻyxatdan chiqarilgan onlayn-NKM va virtual kassaning fiskal modulini qayta ishlatish yoki operator maʼlumotlar bazasiga yuborilgan maʼlumotlar muvofiqligi tekshirilishi uchun fiskal modul tadbirkorlik subyektiga qaytariladi”;
26-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Tadbirkorlik subyektini topish imkoni mavjud boʻlmagan taqdirda (roʻyxatdan oʻtgan joyida, yashash manzilida mavjud boʻlmasa va boshqa hollarda), soliq organi maʼlumoti asosida roʻyxatdan chiqarilishi mumkin. Bunda roʻyxatdan chiqarilgan onlayn-NKM yoki virtual kassa toʻgʻrisidagi maʼlumotlar soliq organi tomonidan 24 soat ichida axborot tizimi orqali TXKMga yuboriladi”;
31-banddagi “shuningdek, onlayn rejimiga oʻtgandan keyin 24 soat ichida” soʻzlari chiqarib tashlansin;
381-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“381. Ilgari amalga oshirilgan hisob-kitoblarga oʻzgartirishlar kiritish zarur boʻlgan hollarda, foydalanuvchi tomonidan fiskal chekka tuzatish kiritiladi.
Tuzatuvchi kassa cheki foydalanuvchi tomonidan ilgari onlayn-NKMdan foydalanmasdan hisob-kitob qilgan hollarda, onlayn-NKMdan foydalanish majburiyatining bajarilishini taʼminlash maqsadida yoki onlayn-NKMdan ushbu Nizom talablari buzilgan holda foydalanilganda shakllantiriladi.
Fiskal chekka mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogi identifikatsiya kodlari, mahsulotning (tovar, xizmat) oʻlchov birligi, soni va summasi va qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi boʻyicha tafovut aniqlangan oydagi qoʻshilgan qiymat soligʻi yoki aylanmadan olinadigan soliqlar boʻyicha soliq toʻlovchilar uchun tegishincha soliq hisobotlarini taqdim etish muddatlarigacha tuzatish kiritilishi mumkin, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 257-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno”;
55-band “Tadbirkorlik subyektlarini fiskal modul” soʻzlaridan keyin “yoki virtual fiskal modul” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
3-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
virtual fiskal modul — operator tomonidan yaratiladigan unikal raqam va unga biriktirilgan elektron raqamli imzo ochiq kalit sertifikati”;
4-banddagi “elektron raqamli imzosi” soʻzlari “virtual fiskal moduli” soʻzlari bilan almashtirilsin;
121-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“121. Belgilangan tartibda Davlat reyestriga kiritilgan elektron tijorat platformalari qonunchilik hujjatlari bilan talab etiladigan zarur maʼlumotlardan API orqali foydalanishi mumkin”;
“a” va “g” kichik bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
“d” kichik banddagi “mazkur Nizomda belgilangan onlayn-NKM va virtual kassa orqali shakllantiriladigan” soʻzlari “elektron fiskal” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi oʻn beshinchi — oʻn yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“raqamli markirovkalangan mahsulotlar realizatsiya qilinganda, ushbu mahsulotning markirovka kodini majburiy aks ettirish talabini eʼlon qilish, shuningdek, markirovka kodi aks ettirilmagan taqdirda, chekni shakllantirish imkoniyatini cheklash mexanizmiga ega boʻlishi;
kassa chekida ikkita bir xil markirovka kodlarni (dublikatlarni) aks ettirish imkoniyatini cheklash mexanizmiga ega boʻlishi;
sotilgan tovarlar (bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar) nomi, oʻlchov birligi, miqdori toʻgʻri aks ettirilishini taʼminlash”;
oʻn beshinchi — oʻttizinchi xatboshilar tegishlicha oʻn sakkizinchi — oʻttiz uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
oʻn toʻqqizinchi xatboshidagi “24” raqami “48” raqami bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “24” raqami “48” raqami bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“raqamli markirovkalangan mahsulotlar realizatsiya qilinganda, ushbu mahsulotning markirovka kodini majburiy aks ettirish talabini eʼlon qilish, shuningdek, markirovka kodi aks ettirilmagan taqdirda, chekni shakllantirish imkoniyatini cheklash mexanizmiga ega boʻlishi;
kassa chekida ikkita bir xil markirovka kodlarni (dublikatlarni) aks ettirish imkoniyatini cheklash mexanizmiga ega boʻlishi;
sotilgan tovarlar (bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar) nomi, oʻlchov birligi, miqdori toʻgʻri aks ettirilishini taʼminlash”;
oʻn ikkinchi — yigirma toʻrtinchi xatboshilar tegishlicha oʻn beshinchi — yigirma yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
ikkinchi xatboshi “aloqa protokollarini, UZDST1092-2009” soʻzlaridan keyin “yoxud ECDSA-256” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
uchinchi xatboshidagi “UZDST1092-2009” soʻzlari “kriptografik” soʻzi bilan almashtirilsin;
g) 3-ilovaning 18-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Qoʻshilgan qiymat soligʻi hamda chet el yuridik shaxslari bilan bogʻliq soliq maʼmurchiligini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 14-avgustdagi 489-son qarorida:
a) 1-ilovaning 2-bandi quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Majburiy raqamli markirovkalash tizimi samaradorligini oshirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 23-maydagi PQ-190-son qaroriga 2-ilovaning 4-bandidagi jarima qoʻllanilgan tadbirkorlik subyektlariga bir yil davomida qoʻshilgan qiymat soligʻi summasining oʻrni qoplanmaydi”;
b) 2-ilovaning 10-bandi quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Majburiy raqamli markirovkalanadigan mahsulotlarni realizatsiya qilishda markirovka kodi biriktirilmagan elektron hisobvaraq-fakturani rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi”.
7. Vazirlar Mahkamasining “Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2020-yil 20-noyabrdagi 737-son qarorida:
a) 3-bandning ikkinchi xatboshidagi “2021 — 2026-yillarda identifikatsiya” soʻzlari “Identifikatsiya” soʻzi bilan almashtirilsin;
b) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Belgilab qoʻyilsinki:
raqamli markirovkalanishi lozim boʻlgan mahsulotlarni markirovkalash majburiyati ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar zimmasiga yuklanadi;
raqamli markirovkalanishi lozim boʻlgan mahsulotlarning ishlab chiqaruvchi, import qiluvchi hamda chakana yoki ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi korxonalarga, shu jumladan, marketpleyslarga mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimiga ulanish majburiyati yuklanadi.
Bunda ulgurji savdo faoliyati bilan shugʻullanayotgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan majburiy raqamli markirovkalangan tovarlarni realizatsiya qilishda chakana tarzda sotilishiga yoʻl qoʻyilmaydi;
raqamli markirovkalanishi lozim boʻlgan mahsulotlarning ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi korxonalarga mazkur mahsulotlarni faqat naqd pulsiz shaklda bank hisobvaraqlari orqali realizatsiya qilishga ruxsat etiladi;
agregatsiyalangan import kodi boʻyicha maʼlumotlar bojxona yuk deklaratsiyasida koʻrsatilmasdan “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga rasmiylashtirish taqiqlanadi. Bunda markirovkalanmagan alkogol va tamaki mahsulotlariga identifikatsiya vositalarini bojxona ombori hududida yelimlash talab qilinadi;
raqamli markirovkalanishi lozim boʻlgan mahsulotlarni markirovkalash tartibi joriy etilgan sanadan boshlab oʻn ikki oy muddat oʻtgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasi hududida mazkur mahsulotlarni markirovkasiz sotish taqiqlanadi;
markirovkalanmagan mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish maqsadida mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash sohasidagi qonunchilik hujjatlari buzilganligi toʻgʻrisida vakolatli organlarni real vaqt rejimida xabardor qilish imkoniyatini beruvchi dasturiy mahsulotlar hamda mobil ilovalar joriy etiladi;
raqamli markirovkalanishi lozim boʻlgan mahsulotlar aylanmasining ishtirokchilari (ishlab chiqaruvchi va import qiluvchi, chakana yoki ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi korxonalar, shu jumladan, marketpleyslar) tomonidan ushbu mahsulotlar realizatsiya qilinganda, elektron hisobvaraq- fakturalarda va nazorat-kassa texnikalari cheklarida tegishli (raqamli markirovkalanadigan) mahsulotlar va xizmatlar identifikatsiya kodlarini tanlanishi talab qilinadi;
raqamli markirovkalanishi lozim boʻlgan mahsulotlar vositachilik va (yoki) agentlik shartnomalari doirasida realizatsiya qilinganda, elektron hisobvaraq-fakturalarda va (yoki) nazorat-kassa texnikalari cheklarida markirovka kodlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aks ettirish majburiyati komissioner zimmasiga yuklanadi”;
ikkinchi va toʻrtinchi xatboshilardagi “Davlat soliq qoʻmitasining” soʻzlari “Soliq qoʻmitasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin;
“Bunda “Asl belgisi” MAT operatori tomonidan tegishli asbob-uskunalarni ekspluatatsiyasi uchun har oylik toʻlovlar Soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasiga toʻliq yoʻnaltiriladi”;
beshinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin;
nomidagi “2021 — 2026-yillarda identifikatsiya” soʻzlari “Identifikatsiya” soʻzi bilan almashtirilsin;
4-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

4.

Maishiy texnika

8508110000, 8508190001,

8508190009, 8450111100,

8450111900, 8450119000,

8450120000, 8450190000,

8450200000, 8418102001,

8418102009, 8418108001,

8418108009, 8418211000,

8418215100, 8418215900,

8418219100, 8418219900,

8418290000, 8418302001,

8418308001, 8418402001,

8418408001, 8528491000,

8528498002, 8528498008,

8528591000, 8528599000,

8528722001, 8528722009,

8528723001, 8528723002,

8528723003, 8528723009,

8528724000, 8528726000,

7321111000, 7321119000,

8414600000, 8516601010,

8516601090, 8516605000,

8516607000, 8516608000,

8516609000, 8516101100,

8516310000, 8516400000,

8516500000, 8403109000,

8415101000, 8415109000,

8415810010, 8415810090,

8415820000, 8509400000,

8539100009, 8539500000,

8540810000, 8540890000

2022-yil 15-aprel

.

8. Vazirlar Mahkamasining “Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimi bosqichma-bosqich joriy etilishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 31-dekabrdagi 833-son qarorida:
a) 3-bandning uchinchi xatboshisidagi “berilgan” soʻzi “uchun toʻlovlar kelib tushgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi qirq toʻqqiz va elliginchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogi — mahsulot va xizmatlarga biriktirilgan mahsulot va xizmatlarning identifikatsiya kodlari yuritiladigan katalog;
mahsulot va xizmatlarning identifikatsiya kodi (keyingi oʻrinlarda — MXIK) — har bir mahsulot va xizmatlarga biriktirish hamda ularni identifikatsiya qilish uchun moʻljallangan 17 xonali raqamdan (harfdan) iborat boʻlgan noyob kod”;
quyidagi mazmundagi 491-band bilan toʻldirilsin:
“491. Markirovkalash axborot tizimiga identifikatsiya vositalari yordamida majburiy raqamli markirovkalanishi lozim boʻlgan mahsulotlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar belgilangan tartibda kiritilmagan taqdirda, ushbu mahsulotlar uchun mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogida tegishli MXIKlari yaratilmaydi. Bunda Soliq qoʻmitasi tomonidan markirovkalash axborot tizimiga tegishli maʼlumotlar kiritilmagan mahsulotlarni MXIKlaridan tadbirkorlik subyektlari tomonidan elektron hisobvaraq-fakturalarda va nazorat-kassa texnikalari cheklarida foydalanish imkoniyati cheklanadi.
Raqamli markirovkalanishi lozim boʻlgan mahsulotlar aylanmasining ishtirokchilari (ishlab chiqaruvchi va import qiluvchi, chakana yoki ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi korxonalar, shu jumladan, marketpleyslar) tomonidan ushbu mahsulotlar realizatsiya qilinganda, elektron hisobvaraq-fakturalarda va nazorat-kassa texnikalari cheklarida tegishli (raqamli markirovkalanadigan) MXIKlari tanlanishi talab qilinadi.
Raqamli markirovkalanishi lozim boʻlgan mahsulotlar vositachilik va (yoki) agentlik shartnomalari doirasida realizatsiya qilinganda, elektron hisobvaraq-fakturalarda va (yoki) nazorat-kassa texnikalari cheklarida markirovka kodlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aks ettirish majburiyati komissioner zimmasiga yuklanadi”;
76-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“76. Mahsulot chakana savdosini amalga oshiruvchi mahsulotlar aylanmasining ishtirokchisi unda oʻrnatilgan va roʻyxatga olingan nazorat-kassa texnikasi bilan bogʻliq boʻlgan texnik vositalar yordamida (onlayn nazorat-kassa texnikasining skanerlash vositalari yoki alohida oʻrnatilgan skanerlash uskunalari) isteʼmol yoki guruhlangan qadogʻini raqamli identifikatsiya vositasini skanerdan oʻtkazadi, aniqlashtiradi va har bir sotilgan mahsulotning isteʼmol yoki guruhlangan markirovka kodi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni elektron fiskal hujjatga kiritadi va aniqlashtiradi”;
birinchi xatboshidagi “markirovkalash axborot tizimiga quyidagi maʼlumotlarni taqdim etadi” soʻzlari “soliq organlarining axborot tizimlari orqali quyidagi maʼlumotlarni ilova qilgan holda markirovka kodlarini aylanmadan chiqarish yuzasidan soʻrovnomani yuboradi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Yuqoridagi soʻrovnoma soliq organlarining axborot tizimlari tomonidan inson omilisiz belgilangan tartibda tekshirilib maʼqullangan taqdirda, soʻrovnomada qayd etilgan markirovka kodlarini aylanmadan chiqarish yuzasidan tegishli maʼlumotlar markirovkalash axborot tizimiga taqdim etiladi”;
birinchi xatboshidagi “markirovkalash axborot tizimiga quyidagi maʼlumotlarni kiritadi” soʻzlari “soliq organlarining axborot tizimlari orqali quyidagi maʼlumotlarni ilova qilgan holda markirovka kodlarini aylanmadan chiqarish yuzasidan soʻrovnomani yuboradi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Yuqoridagi soʻrovnoma soliq organlarining axborot tizimlari tomonidan inson omilisiz belgilangan tartibda tekshirilib maʼqullangan taqdirda, soʻrovnomada qayd etilgan markirovka kodlarini aylanmadan chiqarish yuzasidan tegishli maʼlumotlar markirovkalash axborot tizimiga taqdim etiladi”;
yettinchi — oʻn yettinchi xatboshilar tegishlicha sakkizinchi — oʻn sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
birinchi xatboshidagi “markirovkalash axborot tizimiga mahsulotning aylanmadan chiqarilishi toʻgʻrisida quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan xabarnomani taqdim etadi” soʻzlari “soliq organlarining axborot tizimlari orqali quyidagi maʼlumotlarni ilova qilgan holda markirovka kodlarini aylanmadan chiqarish yuzasidan soʻrovnomani yuboradi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Yuqoridagi soʻrovnoma soliq organlarining axborot tizimlari tomonidan inson omilisiz belgilangan tartibda tekshirilib maʼqullangan taqdirda, soʻrovnomada qayd etilgan markirovka kodlarini aylanmadan chiqarish yuzasidan tegishli maʼlumotlar markirovkalash axborot tizimiga taqdim etiladi”;
95 va 96-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“95. Quyidagilar qonunchilikda majburiy raqamli markirovkalanishi belgilangan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar tomonidan identifikatsiya vositalari orqali raqamli markirovka qoidalarini buzilishi deb hisoblanadi:
raqamli identifikatsiya vositalarisiz mahsulotlarni ishlab chiqarish, olib kirish (import qilish), saqlash, tashish yoki realizatsiya qilish;
markirovkalash axborot tizimida roʻyxatdan oʻtmagan holda raqamli markirovkalanishi lozim boʻlgan mahsulotlarni ishlab chiqarish, import qilish yoxud realizatsiya qilish;
raqamli identifikatsiya vositalarining takroriy nusxalaridan (dublikat) foydalangan holda mahsulotlarni ishlab chiqarish, olib kirish (import qilish), saqlash, tashish yoki realizatsiya qilish;
soxtalashtirilgan (kontrafakt) yoki ilgari ishlatilgan markirovka kodlari yordamida, shuningdek, markirovka kodlarining chop etish sifatini baholash haqida yoki qoʻllanilishi (ishlatilishi) haqidagi maʼlumotlarni Operatorga yubormagan holda yoxud notoʻgʻri (yolgʻon yoki haqiqatga mos kelmaydigan) maʼlumotlarni yuborgan holda raqamli markirovkalangan mahsulotlarni ishlab chiqarish yoki olib kirish (import qilish);
mahsulotlarni ishlab chiqarish (qadoqlash) paytida raqamli identifikatsiya vositalarini skanerlash talablarini va (yoxud) Operatorga markirovka kodlarini qoʻllash toʻgʻrisidagi hisobotni yuborish talablarini buzish;
raqamli markirovkalangan mahsulotlarni agregatsiyalash talablarini buzish;
nuqsonli (brak boʻlgan) raqamli markirovkalangan mahsulotlarni hisobdan chiqarish yoki sotish bilan bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra muomaladan chiqarish yoxud markirovkalangan mahsulotlarni qayta markirovkalash talablarini buzish;
realizatsiya qilingan (sotilgan) mahsulotlarning har bir birligi uchun markirovka kodlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan fiskal hujjatni va (yoki) elektron hisobvaraq-fakturani rasmiylashtirmasdan raqamli markirovkalangan mahsulotlarni realizatsiya qilish (sotish).
96. Quyidagilar qonunchilikda majburiy raqamli markirovkalanishi belgilangan mahsulotlarni ulgurji sotuvchilar tomonidan identifikatsiya vositalari orqali raqamli markirovkalash qoidalarini buzilishi deb hisoblanadi:
raqamli markirovkalanmangan mahsulotlarni sotib olish, tashish, saqlash yoki realizatsiya qilish (sotish);
markirovkalash axborot tizimida roʻyxatdan oʻtmagan holda raqamli markirovkalanishi lozim boʻlgan mahsulotlarni qabul qilish yoxud realizatsiya qilish;
markirovka kodlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan elektron hisobvaraq-fakturalarni qabul qilmasdan raqamli markirovkalangan mahsulotlarni sotib olish, shuningdek, realizatsiya qilingan (sotilgan) mahsulotlarning har bir birligi uchun markirovka kodlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan fiskal hujjatni yoxud elektron hisobvaraq-fakturani rasmiylashtirmasdan raqamli markirovkalangan mahsulotlarni realizatsiya qilish (sotish);
nuqsonli (brak boʻlgan) raqamli markirovkalangan mahsulotlarni hisobdan chiqarish yoki sotish bilan bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra muomaladan chiqarish talablarini buzish;
raqamli identifikatsiya vositalarining takroriy nusxalaridan (dublikat) foydalangan holda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotib olish, saqlash, tashish yoki realizatsiya qilish”;
quyidagi mazmundagi 961 va 962-bandlar bilan toʻldirilsin:
“961. Quyidagilar qonunchilikda majburiy raqamli markirovkalanishi belgilangan mahsulotlarni chakana savdosi bilan shugʻullanuvchi va umumiy ovqatlanish sohasidagi korxonalar tomonidan identifikatsiya vositalari orqali raqamli markirovkalash qoidalarini buzilishi deb hisoblanadi:
raqamli markirovkalanmangan mahsulotlarni sotib olish, tashish, saqlash yoki realizatsiya qilish (sotish);
markirovkalash axborot tizimida roʻyxatdan oʻtmagan holda raqamli markirovkalanishi lozim boʻlgan mahsulotlarni qabul qilish yoxud realizatsiya qilish;
markirovka kodlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan elektron hisobvaraq-fakturalarni qabul qilmasdan raqamli markirovkalangan mahsulotlarni sotib olish, saqlash, tashish yoki realizatsiya qilish;
nuqsonli (brak boʻlgan) raqamli markirovkalangan mahsulotlarni hisobdan chiqarish yoki sotish bilan bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra muomaladan chiqarish talablarini buzish;
raqamli markirovkalanmagan mahsulotlarni saqlash, ishlatish va (yoki) mahsulot muomalasining boshqa subyektiga yoxud oxirgi isteʼmolchiga realizatsiya qilish (sotish);
raqamli identifikatsiya vositalarining takroriy nusxalaridan (dublikat) foydalangan holda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni saqlash, tashish yoki realizatsiya qilish;
mahsulot muomalasining boshqa subyektiga realizatsiya qilingan (sotilgan) mahsulotlarning har bir birligi uchun markirovka kodlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan fiskal hujjatni yoxud elektron hisobvaraq-fakturani rasmiylashtirmasdan raqamli markirovkalangan mahsulotlarni realizatsiya qilish (sotish);
markirovka kodini muomaladan olib tashlash uchun elektron fiskal hujjatga har bir sotilgan tovar birligining markirovka kodlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritmasdan, raqamli markirovkalangan mahsulotni yakuniy isteʼmolchiga realizatsiya qilish (sotish).
962. Quyidagilar qonunchilikda raqamli markirovkalanishi lozim boʻlgan mahsulotlarni vositachilik va (yoki) agentlik shartnomalari doirasida realizatsiya qilinganda, identifikatsiya vositalari orqali raqamli markirovkalash qoidalarining buzilishi deb hisoblanadi:
a) komissioner tomonidan:
markirovkalash axborot tizimida roʻyxatdan oʻtmagan holda, raqamli markirovkalanishi lozim boʻlgan mahsulotlarni qabul qilish yoxud realizatsiya qilish;
komitentdan markirovka kodi aks ettirilishini talab qilmagan holda, mahsulotlarni xaridorlarga realizatsiya qilish (sotish) yoki yetkazib berish;
realizatsiya qilingan (sotilgan) mahsulotlarning har bir birligi uchun markirovka kodlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni elektron hisobvaraq-fakturalarda va (yoki) nazorat-kassa texnikalari cheklarida aks ettirmasdan mahsulotlarni realizatsiya qilish (sotish);
b) komitent tomonidan:
markirovkalash axborot tizimida roʻyxatdan oʻtmagan holda, raqamli markirovkalanishi lozim boʻlgan mahsulotlarni qabul qilish yoxud realizatsiya qilish;
raqamli markirovkalanmangan mahsulotlarni realizatsiya qilish (sotish);
soxtalashtirilgan (kontrafakt) yoki ilgari ishlatilgan markirovka kodlari yordamida markirovkalangan mahsulotlarni realizatsiya qilish (sotish), shuningdek, komissionerga elektron hisobvaraq-fakturalarda va (yoki) nazorat-kassa texnikalari cheklarida aks ettirish uchun markirovka kodlari toʻgʻrisida notoʻgʻri (yolgʻon yoki nomutanosib) maʼlumotlarni taqdim etgan holda mahsulotlarni realizatsiya qilish (sotish)”;
3-bandning yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tamaki mahsulotlarining turlari Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-maydagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Tamaki mahsulotlari toʻgʻrisidagi texnik reglament bilan belgilab beriladi”;
7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Tamaki mahsulotlari aylanmasining chakana savdosi bilan shugʻullanuvchi ishtirokchilar (chakana savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari):
a) tamaki mahsulotlarining chakana savdosi bilan bogʻliq faoliyat amalga oshirilishi zarurati paydo boʻlgan kundan boshlab 7 kalendar kun davomida markirovkalash axborot tizimidan roʻyxatdan oʻtadi;
b) boshqa turdagi chekiladigan tamaki mahsulotlari, chekilmaydigan tamaki mahsulotlari, nikotinli tamakisiz snyuslar, tarkibida nikotin mavjud suyuqliklar va nikotinli elektron sigaretalar chakana savdosi bilan shugʻullanuvchi tamaki mahsulotlari aylanmasi ishtirokchisi tamaki mahsulotlarining chakana savdosi bilan bogʻliq faoliyat amalga oshirilishi zarurati paydo boʻlgan kundan boshlab 7 kalendar kun davomida markirovkalash axborot tizimidan roʻyxatdan oʻtadi;
v) tamaki mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi tashkilotlardan sotib olishga doir maʼlumotlarini markirovkalash axborot tizimiga kiritadi;
g) tamaki mahsulotlarining chakana savdosi boʻyicha maʼlumotlarni markirovkalash axborot tizimiga kiritadi;
d) markirovkalanmagan tamaki mahsulotlarining qoldiqlari sotilishini (oxirgi isteʼmolchiga) va (yoki) ularning uchinchi shaxslarga sotilishi bilan bogʻliq boʻlmagan sabablar boʻyicha koʻrsatilgan qoldiqlar sotuvdan chiqarilishini taʼminlaydi;
e) tamaki mahsulotlari aylanmasi boʻyicha barcha harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni markirovkalash axborot tizimiga kiritadi”;
uchinchi xatboshidagi “operator tomonidan taqdim etiluvchi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi xatboshi “guruhlangan qadogʻiga mahkamlanuvchi, raqamli identifikatsiyalash vositasini” soʻzlaridan keyin “qayta ishlatish, nusxalash va” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “14x14 millimetrdan” soʻzlari “7x7 millimetrdan (guruhlangan qadogʻiga — 10x10 millimetrdan)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Isteʼmol qadogʻini (pivo mahsulotlaridan tashqari) stiker yordamida markirovkalashga faqat dekor yoki boshqa usullar bilan bezatilgan va yorligʻi (etiketka, kontretiketka) boʻlmagan isteʼmol qadoq uchun ruxsat etiladi”;
18-band quyidagi mazmundagi ikkinchi — beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Raqamli identifikatsiya vositalarini qoʻllovchi (chop etuvchi) yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar operatorga quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan raqamli identifikatsiya vositalarini qoʻllash (chop etish) sifati toʻgʻrisida hisobot taqdim etadilar, unda “Axborot texnologiyalari. Avtomatik identifikatsiya qilish va maʼlumotlarni toʻplash texnologiyalari. Chop etish sifatini baholash uchun shtrix-kod belgilar testlarining spetsifikatsiyasi. Ikki oʻlchovli belgilar” (“Information technology — Automatic identification and data capture techniques — Bar code print quality test specification — Two-dimensional symbols” standartiga muvofiq raqamli identifikatsiya vositalarini qoʻllash (chop etish) sifati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud.
Raqamli identifikatsiya vositalarini qoʻllash (chop etish) sifati C yoki undan yuqori sinfga mos kelishi kerak. Raqamli identifikatsiya vositalarini qoʻllash (bosib chiqarish) sifati dasturiy - apparat komplekslari (texnik koʻrish vositalari) yordamida baholanishi kerak.
2026-yil 1-iyuldan boshlab alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish (quyish) hamda alkogol mahsulotlarining isteʼmolchi va (yoki) guruhli qadoqlariga raqamli identifikatsiya vositalarini qoʻllash vaqtida ishlab chiqaruvchi markirovka kodlarini qoʻllash (foydalanish) toʻgʻrisida hisobot tuzadi va operatorga yuboradi. Hisobotda alkogol mahsulotlarini markirovkalash uchun amalda qoʻllanadigan markirovka kodlari roʻyxati, shuningdek, ushbu mahsulot ishlab chiqarilgan (quyilgan) sana boʻlishi kerak.
Import qiluvchi tomonidan isteʼmolchi va (yoki) guruhli qadoqlash uchun raqamli identifikatsiya vositalari qoʻllanilganda, markirovka kodlarini qoʻllash (foydalanish) toʻgʻrisidagi hisobot mahsulotlarni erkin muomala (import) rejimida bojxona rasmiylashtiruviga taqdim etishdan kechiktirmasdan operatorga yuboriladi”;
19-bandning “v” kichik bandi quyidagi mazmundagi oʻn birinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“nosoz raqamli identifikatsiya vositalarini olib qoʻyish, hisobdan chiqarish hisobotini shakllantirish;
elektron hisob-fakturalardan foydalanish imkoniyati;
sotib olish jarayonlari va nazorat-kassa texnikasining ishlashi bilan muvofiqligi;
ombor operatsiyalarini bajarish (koʻp darajali mahsulotni qadoqlash, joʻnatish, namuna olish, qayta qadoqlash, hisobot berish)”;
20-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“20. Distributsiya, matbaa va validatsiyaning dasturiy-apparat kompleksi rivojlanishi servis-provayder tomonidan ishlab chiqariladi.
Raqamli markirovkalash tizimiga distributsiya, matbaa va validatsiya dasturiy-apparat kompleksini ulash uchun servis provayderlar operator bilan shartnoma tuzadilar”;
26-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“26. Servis-provayder distributsiya, matbaa va validatsiyaning dasturiy-apparat kompleksini mazkur Nizom talablariga asosan mustaqil ravishda ishlab chiqishi va undan foydalanishi shart”.
9. Vazirlar Mahkamasining “Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq toʻlovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida” 2021-yil 7-yanvardagi 1-son qarorida:
a) 1-ilovaning 14-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Soliq xavfi darajasi yuqori boʻlgan soliq toʻlovchilarga nisbatan soliq auditi tayinlanadi. Bunda mahsulotlarni identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzganligi natijasida yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga mansub boʻlgan soliq toʻlovchiga (soliq agentiga) nisbatan masofaviy soliq tekshiruvi oʻtkazilishi mumkin. Soliq xavfi darajasi oʻrta va past boʻlgan soliq toʻlovchilarga nisbatan soliq organlari tomonidan Soliq kodeksida nazarda tutilgan boshqa soliq maʼmurchiligi tadbirlari qoʻllanadi”;
5-band quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“masofaviy soliq tekshiruvi”;
quyidagi mazmundagi 81-band bilan toʻldirilsin:
“81. Masofaviy soliq tekshiruvi — majburiy raqamli markirovkalanishi lozim boʻlgan mahsulotlarni ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki realizatsiya qilish sohasida soliq toʻlovchilar (soliq agentlari) tomonidan oʻz majburiyatlarini bajarishi yoki bajarilmasligi toʻgʻrisida soliq organida mavjud boʻlgan maʼlumotlarni oʻrganish va tahlil qilish asosida soliq organi tomonidan oʻtkaziladigan tekshiruv hisoblanadi”;
quyidagi mazmundagi oʻttizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“masofaviy soliq tekshiruvida soliq toʻlovchilar tomonidan identifikatsiya vositalari orqali raqamli markirovkalanishi lozim boʻlgan mahsulotlarni import qilish, ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki realizatsiya qilish qoidalariga rioya etilishi tekshiriladi”;
oʻttizinchi xatboshi oʻttiz birinchi xatboshi deb hisoblansin;
20-band quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi va oʻn uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“masofaviy soliq tekshiruvi boshlangunga qadar:
soliq toʻlovchini yoki uning vakilini majburiy raqamli markirovalash qoidalarining buzilgani hamda ushbu qoidabuzarliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida ogohlantirish berish”;
oʻn ikkinchi xatboshi oʻn toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi 7-bob bilan toʻldirilsin:
“7-bob. Masofaviy soliq tekshiruvini tashkil etish va oʻtkazish tartibi
1-§. Masofaviy soliq tekshiruvini oʻtkazish
2413. Masofaviy soliq tekshiruvi majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish holatlari soliq organlarining axborot tizimi orqali aniqlanganda oʻtkaziladi.
2414. Masofaviy soliq tekshiruvi besh kundan koʻp boʻlmagan muddatda oʻtkaziladi.
2415. Masofaviy soliq tekshiruvi soliq organi rahbarining (oʻrinbosarining) buyrugʻi asosida oʻtkaziladi.
2416. Masofaviy soliq tekshiruvini oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruqda soliq toʻlovchining nomi, tekshiruvchi shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi hamda lavozimi, tekshiruvlarni oʻtkazish muddati va maqsadlari koʻrsatiladi.
Masofaviy soliq tekshiruvi tadbirkorlik subyektlarini xabardor qilmasdan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilni tekshirish kunida xabardor qilgan holda oʻtkaziladi.
2417. Masofaviy soliq tekshiruvini tayinlash toʻgʻrisidagi buyruqda koʻrsatilgan sana ushbu tekshiruvni oʻtkazish muddatining boshlanishi deb hisoblanadi.
2418. Soliq toʻlovchilar tomonidan mahsulotlarni identifikatsiya vositalari orqali raqamli markirovkalash qoidalariga rioya etilishi boʻyicha masofaviy soliq tekshiruvlari soliq organlarining axborot tizimida tashkil etiladi.
Oʻtkazilgan masofaviy soliq tekshiruvlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Soliq qoʻmitasining axborotlarni qayta ishlash markazi tizimida joylashtiriladi.
2-§. Masofaviy soliq tekshiruvida aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarliklar boʻyicha ish yuritish
2419. Agar masofaviy soliq tekshiruvi paytida soliq toʻlovchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 2271-moddasiga muvofiq javobgarlik belgilangan majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish holati aniqlansa, tekshiruvni oʻtkazgan mansabdor shaxs tomonidan ushbu Nizomga 25-ilovaga muvofiq shaklda majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzilganligi holatlarini qayd etuvchi masofaviy soliq tekshiruvi dalolatnomasi tuziladi.
Dalolatnoma masofaviy soliq tekshiruvi boshlangan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida, biroq masofaviy soliq tekshiruvi muddati tugashi kunidan kechiktirmay planshet yoki kompyuter texnikasi yordamida elektron raqamli imzodan (barmoq izi yoki grafik imzo) foydalangan holda elektron shaklda tuziladi.
24110. Masofaviy soliq tekshiruvi dalolatnomasining elektron nusxasi barcha ilova qilinadigan hujjatlar bilan birga soliq toʻlovchiga uning shaxsiy kabineti orqali masofaviy soliq tekshiruvi dalolatnomasi tuzilgan kundan keyingi kun, biroq masofaviy soliq tekshiruvi muddati tugash kunidan kechiktirmay yuboriladi.
Agar elektron shakldagi soliq tekshiruvi hujjatlarida maxsus QR-kod mavjud boʻlsa, bu hujjatlar qogʻoz shaklidagi hujjatlarga tenglashtiriladi.
24111. Soliq toʻlovchi masofaviy soliq tekshiruvi dalolatnomasining elektron shaklini olgan kundan eʼtiboran besh kun ichida masofaviy soliq tekshiruvi dalolatnomasi yuzasidan oʻz munosabatini shaxsiy kabineti orqali rozilik yoki rad etish tugmasini bosish orqali bildirishi lozim.
24112. Soliq toʻlovchi tomonidan masofaviy soliq tekshiruvi dalolatnomasi yuzasidan munosabat belgilangan muddatlarda bildirilmagan taqdirda, ushbu dalolatnoma boʻyicha roziligi ifodalangan deb hisoblanadi.
Agar soliq toʻlovchi shaxsiy kabinetining holati faol boʻlmagan taqdirda, dalolatnoma qogʻoz koʻrinishida pochta orqali yuboriladi. Bunda soliq toʻlovchi ushbu dalolatnomani olgan kunidan eʼtiboran besh ish kuni ichida mazkur dalolatnoma yuzasidan oʻz munosabatini soliq tekshiruvini oʻtkazgan soliq organiga pochta orqali taqdim etishi lozim.
24113. Masofaviy soliq tekshiruvi dalolatnomasining elektron shakli soliq toʻlovchiga uning shaxsiy kabineti orqali yuborilgan (agar soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetining holati faol boʻlmagan taqdirda, dalolatnoma qogʻoz koʻrinishida pochta orqali yuborilgan) kun soliq tekshiruvi yakunlangan kun hisoblanadi.
24114. Masofaviy soliq tekshiruvi paytida soliq toʻlovchi tomonidan majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzganlik holati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan tartibda ish yuritiladi.
24115. Masofaviy soliq tekshiruvi boʻyicha tuzilgan dalolatnoma asosida soliq tekshiruvini oʻtkazgan soliq organining rahbari (rahbar oʻrinbosari) tomonidan majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzganlik uchun moliyaviy jazo choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror ushbu soliq tekshiruvi dalolatnomasi tuzilgan kundan eʼtiboran uch ish kuni oʻtgach, biroq besh ish kunidan kechirtirmay qabul qilinadi.
24116. Majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzganlik uchun soliq toʻlovchiga nisbatan moliyaviy jazo choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan kundan keyingi kun soliq toʻlovchiga uning shaxsiy kabineti orqali yuboriladi.
24117. Soliq organining soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun moliyaviy jazo choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi qarori soliq toʻlovchi tomonidan soliq organining qarori olingan sanadan boshlab bir oy muddatdan kechiktirilmasdan bajariladi.
24118. Soliq toʻlovchi masofaviy soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha qabul qilingan qarorni ixtiyoriy bajarmagan taqdirda, soliq qarzi Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 120 — 124-moddalarida nazarda tutilgan tartibda soliq organi tomonidan mustaqil ravishda undiriladi.
24119. Soliq organlari tomonidan oʻtkazilgan masofaviy soliq tekshiruvi natijasida majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzganlik uchun qoʻllanilgan moliyaviy jazo choralari summalarining 80 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga, 20 foizi Soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.
Yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiritilgan yuridik shaxslarda oʻtkazilgan masofaviy soliq tekshiruvi natijasida majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzganlik uchun qoʻllanilgan moliyaviy jazo choralari summalarining 60 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga, 40 foizi Soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.
24120. Soliq organining masofaviy soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha qabul qilgan qarori ustidan belgilangan tartibda yuqori turuvchi soliq organiga yoki sudga shikoyat qilish mumkin.
Soliq qoʻmitasining qarori ustidan sudga shikoyat qilish mumkin.
24121. Yuqori turuvchi soliq organiga tushgan shikoyatlar Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 30-bobida belgilangan tartibda qoʻrib chiqiladi”;
quyidagi mazmundagi 25-ilova bilan toʻldirilsin:
“Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
25-ILOVA

Masofaviy soliq tekshiruvida aniqlangan majburiy raqamli markirovkalash qoidalarining buzilishi toʻgʻrisida

DALOLATNOMA

_________-son

20___ yil “____” __________

___________________

(viloyat, tuman, shahar)

1. Oʻtkazilgan masofaviy soliq tekshiruvi toʻgʻrisida maʼlumotlar:

1.

Soliq toʻlovchining nomi

2.

STIR

3.

Rahbarning F.I.O.

4.

Joylashgan manzili

5.

Tekshiruvni oʻtkazgan soliq organi nomi

6.

Tekshiruvchi mansabdor shaxsning lavozimi, F.I.O.

7.

Masofaviy soliq tekshiruvini oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruqning maqsadi, sanasi, raqami hamda tekshiruv boshlangan va tugatilgan sana

2. Soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etish holatlari

1.

Mahsulotlarni markirovkalash qoidalarining buzilishi yuzasidan aniqlashtirilgan holatlar (yuborilgan ogohlantirish xatlari sanasi)

2.

Soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlik

3. Masofaviy soliq tekshiruvi dalolatnomasi boʻyicha xulosa

Masofaviy soliq tekshiruvida aniqlangan majburiy raqamli markirovkalash qoidalarining buzilishi

_________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________

Agar soliq toʻlovchi dalolatnomada bayon qilingan holatlarga yoki dalolatnoma boʻyicha xulosaga rozi boʻlmasa, dalolatnoma elektron shaklda olingan kundan eʼtiboran 3 ish kuni (qogʻoz koʻrinishda pochta orqali olingan kundan eʼtiboran 5 ish kuni) ichida tegishli soliq organiga eʼtirozlarini taqdim etishga haqli.

____________________________

_____________

____________

soliq organi nomi va dalolatnoma tuzgan masʼul xodim lavozimi

(imzo)

F.I.O.

Roziman:

Rad etildi.

(rad etish sababi)

__________________________

__________________________

soliq toʻlovchining nomi va rahbari F.I.O.

soliq toʻlovchining nomi va rahbari F.I.O.

Soliq toʻlovchi tomonidan masofaviy soliq tekshiruvi dalolatnomasi yuzasidan munosabat belgilangan muddatlarda bildirilmagan taqdirda, ushbu dalolatnoma boʻyicha roziligi ifodalangan deb hisoblanadi”.
10. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 322-son qarori bilan tasdiqlangan Majburiy raqamli markirovkalash joriy etiladigan hamda tajriba loyihalari amalga oshiriladigan ayrim turdagi mahsulotlar roʻyxatida:
2-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

2.

Dori vositalari va tibbiy buyumlar

2026-yil 1-iyul

2026-yil 31-dekabr

2027-yil 1-iyul

3002,

3006 10,

3006 60,

9021 90 900 1

;

quyidagi mazmundagi 6-pozitsiya bilan toʻldirilsin:

6.

Oʻsimlik yogʻi

2026-yil 1-iyul

2026-yil 31-dekabr

2027-yil 1-iyul

1507, 1508, 1509, 1510, 1511, 1512, 1513, 1514, 1515

.

11. Vazirlar Mahkamasining “Dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2022-yil 2-apreldagi 149-son qarorida:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligining dori vositalari (dori moddalari (substansiyalar) bundan mustasno) va tibbiy buyumlarni (dorixonalarda tayyorlanadigan dori vositalari va tibbiy buyumlar bundan mustasno) guruhlarga boʻlinishini nazarga tutgan holda, identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash tizimini 2022 — 2025-yillar davomida bosqichma-bosqich joriy qilish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin”;
“tibbiy buyumlar” soʻzlaridan oldin “dori vositalari va” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“2025-yil 1-fevraldan boshlab” soʻzlari “2027-yil 1-iyuldan boshlab” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Davlat soliq qoʻmitasi” soʻzlari “Soliq qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“a” kichik bandning birinchi xatboshisi “soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami berilgan” soʻzlaridan keyin “(soliq majburiyatlariga ega boʻlmagan)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
v) quyidagi mazmundagi “g” kichik band bilan toʻldirilsin:
“g) 2026-yil 1-iyuldan boshlab Davlat budjeti hisobidan sotib olinadigan (yetkazib beriladigan) dori vositalari majburiy raqamli markirovkalangan holda amalga oshiriladi.
Bunda Sogʻliqni saqlash vazirligi operator bilan birgalikda barcha tibbiyot tashkilotlariga raqamli markirovkalangan dori vositalari va tibbiy buyumlarni aylanmadan chiqarishni taʼminlovchi maxsus dasturiy mahsulotlar taqdim etilishini taʼminlaydi”;
g) 2 — 5 ilovalardagi “toʻrtinchi guruh” ustuni chiqarib tashlansin;
d) 3-ilovadagi 2.3-pozitsiya chiqarib tashlansin;
e) 4-ilova quyidagi mazmundagi 10-pozitsiya bilan toʻldirilsin:

10.

Import qilinadigan raqamli markirovkalangan mahsulotlar partiyasi boʻyicha agregatsiyalangan bojxona kodi bojxona yuk deklaratsiyasida aks ettirilishini yoʻlga qoʻyish.

2026-yil 1-apreldan boshlab

2026-yil 1-iyuldan boshlab

2026-yil 1-apreldan boshlab

2026-yil 1-iyuldan boshlab

2026-yil 1-apreldan boshlab

2026-yil 1-iyuldan boshlab

;

oʻn uchinchi xatboshidagi “shikastlamasdan” soʻzi “qayta ishlatish, nusxalash va shikastlamasdan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Isteʼmol qadogʻiga stikerni qoʻllash uchun quyidagi talablar qoʻyiladi:
a) stiker ishlab chiqarilgan paytdan boshlab yakuniy isteʼmolchiga sotilishiga qadar raqamli identifikatsiya vositasi va unda chop etilgan boshqa maʼlumotlarning saqlanishi va oʻqilishi taʼminlangan usulda tayyorlanadi;
b) stiker toʻgʻridan-toʻgʻri qadoqqa (qadoqning tashqi tomoniga) bunday qadoqning dizayn sxemasida uni qoʻllash uchun nazarda tutilgan joyda qoʻllanadi;
v) stiker qadoqqa faqat mazkur qadoqqa va stikerning oʻziga zarar yetkazmasdan ajratishga imkon bermaydigan holda hamda ularni qayta ishlatish mumkin boʻlmagan usul bilan qoʻllanadi;
g) stiker qoʻllanilishi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq qadoqqa qoʻllanadigan maʼlumotlarning yaxlitligi va mavjudligini buzmasligi kerak;
d) stikerda mazkur Nizom talablariga javob beradigan raqamli identifikatsiya vositasi, shuningdek, oʻqiladigan bosma matn koʻrinishidagi raqamli markirovkalanadigan dori vositasining nomi (ishlab chiqaruvchining ixtiyoriga koʻra), mahsulot kodi va qadoqning individual seriya raqami (majburiy) boʻlishi kerak;
e) stiker ustiga stiker yuzasini qoplaydigan va (yoki) raqamli identifikatsiya vositalarini oʻqishga toʻsqinlik qiluvchi har qanday yozuvlar, chizmalar va oʻrash elementlarini qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi;
j) dori vositasini isteʼmol qadogʻini stikerlash jarayonida ishlab chiqaruvchi tomonidan avval qoʻllangan dori vositasini seriya raqami, yaroqlilik muddati hamda ishlab chiqarilgan sanasi yuzasidan maʼlumotlar yopilgan taqdirda (isteʼmol qadogʻi kichik oʻlchamda boʻlganligi sababli), faqatgina ushbu maʼlumotlarni majburiy ravishda stikerda takrorlangan holda dori vositasini isteʼmol qadogʻini stikerlashga ruxsat beriladi”;
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar chiqarib tashlansin.
beshinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishlicha uchinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi 311-band bilan toʻldirilsin:
“311. Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan xarid qilinadigan (yetkazib beriladigan) dori vositalarini muomalaga kiritish, muomalada boʻlishi va muomaladan chiqarilishi majburiy raqamli markirovkalangan holda amalga oshiriladi”.
12. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-iyuldagi 413-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalari orqali elektron raqamli imzo berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 10-bandi quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Agar chet davlat yuridik shaxsining vakili Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashib faoliyat koʻrsatayotgan boʻlsa, ERI kaliti sertifikatlari Oʻzbekiston Respublikasiga tegishli davlat tashkilotining rasmiy soʻrovi va Soliq qoʻmitasining ruxsati asosida vakolatli organ tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari hamda konsullik muassasalariga bormagan holda respublika hududida beriladi”.
13. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-noyabrdagi 631-son qarori bilan tasdiqlangan Suv va salqin ichimliklarni identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash xususiyatlari toʻgʻrisidagi nizomda:
sakkizinchi xatboshidagi “Asl belgisi” MAT operatori tomonidan taqdim etiladigan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
toʻqqizinchi xatboshi “guruhlangan qadoqqa mahkamlanuvchi, identifikatsiya vositasini” soʻzlaridan keyin “qayta ishlatish, nusxalash va” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
3-band “10 litrdan ortiq fleksi-tanklar yoki boshqa turdagi qadoqlardagi konsentratlar” soʻzlaridan keyin “tarkibida 95 foizdan ortiq sut boʻlgan sutli ichimliklar (kokteyllar)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
11-bandning ikkinchi xatboshisidagi “10x10 millimetr” soʻzlari “7x7 millimetr (guruhlangan qadoqlarida — 10x10 millimetr)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “(kamida 10*10 millimetr oʻlchamida)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda ushbu stiker metall, shu jumladan, alyumin idishning isteʼmolchiga xalaqit bermaydigan qismiga va inson organizmiga salbiy taʼsir etmaydigan tartibda yelimlanishi lozim”;
toʻrtinchi — oltinchi xatboshilar tegishlicha beshinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
15-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Raqamli identifikatsiya vositalarini qoʻllaydigan (chop etadigan) yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar operatorga raqamli identifikatsiya vositalarini qoʻllash (chop etish) sifati toʻgʻrisida mazkur Nizomning 13-bandida belgilangan talablarga muvofiq hisobot taqdim etadi”;
34-bandning ikkinchi xatboshisidagi “yoki transport” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Izoh. Ushbu ilovaning 9-bandidagi masofaviy soliq tekshiruvlari hamda ularni oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangandan soʻng kuchga kiradi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2026-y., 09/26/23/0070-son)