

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><a id="onLBC-3863834">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC9401"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.02.00 Oʻrmonlarni muhofaza qilish va foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi / 11.06.02.06 Oʻrmon xoʻjaligi]</span></div></a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><a id="onLS-3863834">[<b>TSZ:</b><div id="LS3711"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Tabiiy resurslar / Oʻrmonlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish]</span></div></a></div><div class="ACCEPTING_BODY"><a id="-3877982">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</a></div><div class="ACT_FORM"><a id="-3877984">qarori</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-4511928"><a href="/mact/-3863834?ONDATE=14.08.2018 00#-3877985">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-4511928"></a></div><div class="ACT_TITLE"><a id="-4511929">Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bogʻi va uning tarkibiga kiruvchi Burchmulla va Ohangaron davlat oʻrmon xoʻjaliklari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari haqida</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-4511930">(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-iyundagi 515-sonli <a href="/mact/-4502425?ONDATE=20.06.2019 00#-4502625">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/515/3318-son)</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-3877987"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3877991">“Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining <a href="/mact/-415135">Qonunini </a>amalga oshirish, shuningdek Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bogʻi va uning tarkibiga kiruvchi Chotqol davlat biosfera qoʻriqxonasi hamda Burchmulla va Ohangaron davlat oʻrmon xoʻjaliklari faoliyatini tubdan takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3877992">1. Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bogʻi va uning tarkibiga kiruvchi Chotqol davlat biosfera qoʻriqxonasi, Burchmulla va Ohangaron davlat oʻrmon xoʻjaliklari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 11-maydagi PQ-2966-son <a href="/mact/-3201275">qarori </a>bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tizimiga oʻtkazilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3877993">2. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi va Toshkent viloyati hokimligining Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bogʻi va uning tarkibiga kiruvchi Chotqol davlat biosfera qoʻriqxonasi, Burchmulla va Ohangaron davlat oʻrmon xoʻjaliklari faoliyati va mavjud shtat birliklarini Toshkent viloyati mahalliy budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish haqidagi taklifi maʼqullansin. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3881598">3. Belgilansinki:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3881599">Burchmulla va Ohangaron davlat oʻrmon xoʻjaliklari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-son <a href="/mact/-3281715">qaroriga </a>muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar intensiv koʻchatxona va issiqxonalarni tashkil etish, mavjud oʻrmonzorlarni muhofaza qilish hamda koʻpaytirish, ekoturizmni rivojlantirish, ishchi-xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida ushbu oʻrmon xoʻjaliklarining oʻz hisobida qoldiriladi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3881600">Burchmulla va Ohangaron davlat oʻrmon xoʻjaliklarining yil yakuni boʻyicha olgan sof foydasining 50 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3881601">4. Quyidagilar:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3881602">Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bogʻi ijro etuvchi apparati tuzilmasi <a href="javascript:scrollText(-3881617)">1-ilovaga</a>; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3881603">Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bogʻi toʻgʻrisida nizom <a href="javascript:scrollText(-3883581)">2-ilovaga</a>;</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-4511933"><a href="/mact/-3863834?ONDATE=14.08.2018 00#-4511932">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-4511933">(4-bandning toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-iyundagi 515-sonli <a href="/mact/-4502425?ONDATE=20.06.2019 00#-4502631">qaroriga </a>asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/515/3318-son)</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-4511934"><a href="/mact/-3863834?ONDATE=14.08.2018 00#-3881606">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-4511934"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4511935">Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bogʻi, Burchmulla va Ohangaron davlat oʻrmon xoʻjaligi xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi <a href="javascript:scrollText(-3885073)">5-ilovaga </a>muvofiq tasdiqlansin.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-4511936">(4-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-iyundagi 515-sonli <a href="/mact/-4502425?ONDATE=20.06.2019 00#-4502633">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/515/3318-son)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3881607">6. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi bir oy muddatda:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3881608">Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bogʻi, Chotqol davlat biosfera qoʻriqxonasi, Burchmulla va Ohangaron oʻrmon xoʻjaliklari shtatlar jadvalini ishlab chiqib tasdiqlasin;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3881609">manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bogʻi hududida qoʻshimcha 10 ta post tashkil etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3881610">Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3881611">7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.T. Mirzayev va Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisi N.J. Bakirov zimmasiga yuklansin.</a></div><div class="SIGNATURE"><a id="-3881612">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><a id="-3881613">Toshkent sh.,</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><a id="-3881614">2018-yil 14-avgust,</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><a id="-3881615">657-son</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-3881616"></a></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><a id="-3881617">Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-avgustdagi 657-son <a href="javascript:scrollText()">qaroriga </a><br />1-ILOVA </a></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><a id="-3883549">Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bogʻi ijro etuvchi apparatining </a></div><div class="ACT_FORM"><a id="-3883550">TUZILMASI </a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-3883551"></a></div><div class="TEXT_CENTER"><a id="-3884607"><img src="/files/3884604" /></a></div><div class="FOOTNOTE"><a id="-3884609">Xodimlarning cheklangan umumiy soni — 103 nafar,</a></div><div class="FOOTNOTE"><a id="-3884610">shu jumladan, boshqaruv xodimlari — 12 nafar,</a></div><div class="FOOTNOTE"><a id="-3884612">mutaxassislar — 72 nafar,</a></div><div class="FOOTNOTE"><a id="-3884614">yordamchi xodimlar — 19 nafar.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-3883580"></a></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><a id="-3883581">Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-avgustdagi 657-son <a href="javascript:scrollText()">qaroriga </a><br />2-ILOVA </a></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><a id="-3883584">Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bogʻi toʻgʻrisida</a></div><div class="ACT_FORM"><a id="-3883585">NIZOM</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-3883586"></a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-3883590">1-bob. Umumiy qoidalar</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883592">1. Ushbu Nizom Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bogʻining (keyingi oʻrinlarda Tabiat bogʻi deb ataladi) maqsadi, vazifasi, funksiyalari, uning hududi, rejimi va muhofaza qilish tartibini belgilaydi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883601">2. Tabiat bogʻi hududidagi alohida ekologik, madaniy va estetik ahamiyatga ega boʻlgan tabiiy obyektlar va komplekslar tabiatni muhofaza qilish, rekreatsion, ilmiy va madaniy maqsadlarda saqlab qolish hamda ulardan foydalanish uchun moʻljallangan.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883602">3. Tabiat bogʻi tabiatni muhofaza qilish, rekreatsion, maʼrifiy, ilmiy va madaniy maqsadlarda foydalanishga moʻljallangan hamda alohida ekologik tarixiy va estetik ahamiyatga ega boʻlgan tabiiy obyektlarni saqlab qolish maqsadida tashkil etiladi. </a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-4511937"><a href="/mact/-3863834?ONDATE=14.08.2018 00#-3883603">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-4511937"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4511938">4. Tabiat bogʻi Ohangaron va Burchmulla davlat oʻrmon xoʻjaliklarining oʻrmon fondi hamda boshqa yer egalari va yerdan foydalanuvchilarning yerlarida tashkil topadi. </a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-4511939">(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-iyundagi 515-sonli <a href="/mact/-4502425?ONDATE=20.06.2019 00#-4502637">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/515/3318-son)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883604">5. Tabiat bogʻi hududiga tegishli yer, suv, yer osti boyliklari, oʻsimlik va hayvonot dunyosi, boshqa tabiat obyektlari va komplekslar xoʻjalik yoki boshqa maqsadlarda foydalanishdan toʻliq yoki qisman olib qoʻyiladi va ulardan faqat unda belgilangan rejimga muvofiq foydalaniladi. </a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-6395831"><a href="/mact/-3863834?ONDATE=14.08.2018 00#-3883606">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-6395831"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-6395833">Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish zarurati munosabati bilan tabiat bogʻining yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyishga alohida hollarda “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/mact/-6087433">Qonunida </a>belgilangan tartibda yoʻl qoʻyiladi.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-6395835">(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 76-sonli qarori tahririda)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883607">6. Tabiat bogʻi hududi rejalar va dasturlarni, yer tuzish sxemalarini hamda hududiy rejalashtirishni, shuningdek tabiiy resurslarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishga doir boshqa rejalarni ishlab chiqishda hisobga olinadi. </a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-5999400"><a href="/mact/-3863834?ONDATE=14.08.2018 00#-3883608">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-5999400"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5999402">7. Tabiat bogʻi oʻz faoliyatini “<a href="/mact/-415135">Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida</a>” “<a href="/mact/-107115">Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida</a>”, “<a href="/mact/-3683529">Oʻrmon toʻgʻrisida</a>”, “<a href="/mact/-3030362">Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida</a>”, “<a href="/mact/-3029502">Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida</a>”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, boshqa qonunchilik hujjatlari va ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiradi hamda oʻz hududida joylashgan boshqa yer egalari, yerdan foydalanuvchilar hamda ijarachilar bilan hamkorlik qiladi. </a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-5999406">(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/mact/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5939379">qarori</a> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883610">8. Tabiat bogʻi Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tizimidagi boʻlgan davlat tabiatni muhofaza qilish muassasasi hisoblanadi.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-4511940"><a href="/mact/-3863834?ONDATE=14.08.2018 00#-3883611">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-4511940"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4511941">Toshkent viloyatida oʻrmonlarni barpo etish, koʻpaytirish, qayta tiklash, muhofaza qilish va qoʻriqlash, ulardan oqilona foydalanish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-son <a href="/mact/-3281715">qarori </a>bilan tasdiqlangan Milliy tabiat bogʻlari va ovchilik xoʻjaliklari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiq yuklatilgan vazifa va funksiyalarni ham bajaradi.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-4511942">(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-iyundagi 515-sonli <a href="/mact/-4502425?ONDATE=20.06.2019 00#-4502638">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/515/3318-son)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883613">9. Tabiat bogʻi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga, banklarda oʻz hisob raqamlari, shu jumladan xorijiy valyutadagi hisob raqamlariga ega boʻladi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883614">10. Tabiat bogʻi oʻz ramziy belgilari — bayrogʻi, vimpeli, emblemasi va boshqalarga ega boʻladi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883616">Boshqa tashkilotlar tabiat bogʻi hududida joylashgan tabiiy va tarixiy-madaniy komplekslar, obyektlar hamda ularning nomlari va ramzlari aks etgan bosma, esdalik va tirajli mahsulotlar, shuningdek, boshqa tovarlarni faqat tabiat bogʻi bilan tuzilgan shartnomaga asosan ishlab chiqaradi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883617">11. Tabiat bogʻining davlat tilidagi toʻliq nomi — “Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bogʻi”, rus tilida — “Ugam-Chatkalskiy gosudarstvenniy natsionalniy prirodniy park”, ingliz tilida – “The State National Nature park of “Ugom-Shatkal”. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883618">Joylashgan joyi: Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani, Iskandar qoʻrgʻoni, Furqat koʻchasi, 112-uy.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-3883620">2-bob. Tabiat bogʻining maqsadi, asosiy vazifalari va funksiyalari</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883621">12. Tabiat bogʻi alohida ekologik, madaniy va estetik ahamiyatga ega boʻlgan tabiat obyektlari va komplekslarini saqlash va ulardan foydalanish maqsadida tashkil etiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883623">13. Quyidagilar tabiat bogʻining asosiy vazifalari hisoblanadi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883626">muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimida (ekologik tarmoqda) Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi biologik va landshaft xilma-xilligini taʼminlash, ekologik muvozanatni saqlashda ishtirok etish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883630">rekreatsion, ilmiy va madaniy maqsadlarda tabiiy obyektlar va komplekslardan oqilona va barqaror foydalanishni taʼminlash; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883632">atrof tabiiy muhit monitoringini yuritish.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883635">14. Tabiat bogʻi oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda quyidagi funksiyalarni bajaradi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883637">a) muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimida (ekologik tarmoq) Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi biologik va landshaft xilma-xilligini taʼminlash, ekologik muvozanatni saqlashda ishtirok etish sohasida tabiat bogʻi hududida:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883639">tabiiy obyektlar va komplekslar, tarixiy-madaniy merosni saqlash rejimini taʼminlaydi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883641">tabiiy obyektlar va komplekslar, jumladan, noyob va yoʻqolib borayotgan oʻsimlik va hayvonlar turlarini qoʻriqlash, takror koʻpaytirish va himoya qilish ishlarini tashkil etadi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883644">yuridik va jismoniy shaxslarning tabiatni muhofaza qilishga oid qonunchilik talablari, tabiatdan foydalanishga doir normalar va qoidalarga rioya etilishini nazorat qiladi; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883645">buzilgan tabiiy obyektlar va komplekslarni qayta tiklaydi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883647">ekologik-maʼrifiy faoliyatni amalga oshiradi, aholi oʻrtasida ekologik taʼlim-tarbiya ishlariga koʻmaklashadi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883649">b) rekreatsion, ilmiy va madaniy maqsadlarda tabiiy obyektlar va komplekslardan oqilona va barqaror foydalanishni taʼminlash sohasida tabiat bogʻi hududida: </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883651">rekreatsiya, jumladan, ekologik turizm uchun sharoitlar yaratadi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883652">tabiatni muhofaza qilish va tabiatdan barqaror foydalanish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazilishi, ilmiy kadrlar, mutaxassislarni tayyorlashga koʻmaklashadi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883654">xoʻjalik subyektlariga tabiiy obyektlar va komplekslardan barqaror, oqilona va maqsadli foydalanishga koʻmaklashadi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883656">tabiiy obyektlar va komplekslarni saqlash sohasida ilmiy faoliyatni amalga oshiradi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883657">v) atrof tabiiy muhit monitoringini yuritish sohasida:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883659">tabiat bogʻining ayrim zonalarida ruxsat etilgan cheklangan xoʻjalik va boshqa faoliyat taʼsirida bio xilma-xillik monitoringini, qoʻriqxona zonasida esa tabiiy jarayonlarining tabiiy kechishi monitoringini yuritadi; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883660">monitoring maʼlumotlarini qayta ishlash va umumlashtirish maqsadida mazkur tabiiy hududda joylashgan davlat qoʻriqxonasiga taqdim etadi.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-5999410"><a href="/mact/-3863834?ONDATE=14.08.2018 00#-3883662">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-5999410"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5999412">Tabiat bogʻi ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlariga koʻra, boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-5999415">(14-bandning oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/mact/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5939379">qarori</a> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-3883663">3-bob. Tabiat bogʻini boshqarish</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883665">15. Tabiat bogʻini boshqarish Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi hamda Toshkent viloyati hokimligi tomonidan amalga oshiriladi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883667">Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi Toshkent viloyati hokimligi bilan kelishilgan holda:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883669">Tabiat bogʻining direktorini tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883681">Tabiat bogʻining faoliyatini taʼminlash maqsadida mulkni taqsimlab beradi, jumladan, pul mablagʻlarini ajratadi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883683">daromadlar va xarajatlar smetasi va tabiat bogʻi mablagʻini sarflash hisobotini tasdiqlaydi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883686">Tabiat bogʻining shtat jadvalini tasdiqlaydi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883689">Tabiat bogʻining faoliyati va hududdagi rejimga rioya etilishini nazorat qiladi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883691">Tabiat bogʻi ramzini tasdiqlaydi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883694">Tabiat bogʻining boshqarish rejalarini va uning bajarilish natijalari boʻyicha hisobotlarni tasdiqlaydi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883697">Tabiat bogʻi Ilmiy kengashining tarkibi va nizomini tasdiqlaydi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883700">qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883704">16. Tabiat bogʻi maʼmuriy-xoʻjalik qismi, ilmiy boʻlim, rekreatsiya va ekologik taʼlim boʻlimi hamda tabiat bogʻini qoʻriqlash boʻlimidan iborat boʻladi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883709">17. Tabiat bogʻining direktori va oʻrinbosarlari tabiat bogʻi faoliyatini tashkil etish uchun masʼuldir.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883715">18. Tabiat bogʻi direktorining oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi bilan kelishilganidan soʻng direktor tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883720">Tabiat bogʻi direktorining rekreatsiya, ilm-fan va taʼlim boʻyicha oʻrinbosari oʻz lavozimiga koʻra, ilmiy boʻlim boshligʻi – bosh oʻrmonchi hisoblanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883725">Tabiat bogʻi direktorining rejim va oʻrmon fondini qoʻriqlash boʻyicha oʻrinbosari oʻz lavozimiga koʻra, tabiatni qoʻriqlash boʻyicha inspeksiya boʻlimi boshligʻi hisoblanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883727">Bosh hisobchi tabiat bogʻi direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883731">19. Tabiat bogʻi direktori tabiat bogʻidagi mavjud barcha tabiiy obyektlar va komplekslar, mol-mulk himoya qilinishi, hisobotning oʻz vaqtida taqdim etilishi, ushbu hududdagi moliyaviy, shartnoma va mehnat intizomiga rioya etilishi uchun masʼuldir.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883734">20. Tabiat bogʻining direktori:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883738">tabiat bogʻi faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883740">kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishni taʼminlaydi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883741">tabiat bogʻi rejimiga rioya etilishini nazorat qiladi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883742">qonunchilikda belgilangan tartibda shartnomalar tuzadi hamda tabiat bogʻi mablagʻlari va mulkini boshqaradi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883745">tabiat bogʻining mulki, uskunalari, moddiy va boshqa qimmat baho boyliklari himoya qilinishini tashkil etadi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883747">tabiat bogʻi xodimlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883754">davlat organlari va boshqa tashkilotlarda tabiat bogʻi manfaatlarini ishonch qogʻozisiz ifoda etadi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883755">qonunchilik va ushbu Nizomga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883757">21. Tabiat bogʻi direktorining rekreatsiya, ilm-fan va taʼlim boʻyicha oʻrinbosari — bosh oʻrmonchi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883772">rekreatsiya faoliyati amalga oshirilishini va bioxilma-xillik monitoringi yuritilishini tashkil etadi, shuningdek, aholi oʻrtasida ekologik taʼlim va maʼrifat ishlariga koʻmaklashadi; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883775">tabiat bogʻining ilmiy-tadqiqot faoliyatini taʼminlaydi hamda ilmiy aloqalarini tashkil etadi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883776">tabiat bogʻida barcha ishlab chiqarish ishlari toʻgʻri tashkil etilishi va olib borilishi, oʻrmonlar hisobi, oʻrmon va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar kadastri, tabiat bogʻi pasportini yuritish, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi, ilgʻor tajriba joriy etilishi, oʻrmonlarni barpo etish, qayta tiklash, koʻpaytirish, seleksion urugʻchilikni tashkil etish, koʻchat yetishtirishni rivojlantirish, ayniqsa manzarali koʻchatlarni yopiq ildiz usulida yetishtirishni koʻpaytirish, dorivor oʻsimliklar tayyorlanishi, ilgʻor tajriba joriy etilishi, mexanizmlardan zarur darajada foydalanilishi, oʻrmonlar, oʻsimlik va hayvonot dunyosini qoʻriqlashning belgilangan tadbirlari tashkil etilishi va oʻtkazilishi uchun javob beradi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883778">22. Tabiat bogʻi direktorining rejim va oʻrmon fondini qoʻriqlash boʻyicha oʻrinbosari:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883779">tabiat bogʻi qoʻriqlanishini tashkillashtiradi va undagi tabiiy obyektlar va komplekslardan foydalanilish hamda ularning muhofazasini nazorat qiladi; </a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-5202924"><a href="/mact/-3863834?ONDATE=14.08.2018 00#-3883781">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-5202924"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5202925">qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda xizmat quroli va unga oʻq-dorilar, formali kiyim-kechaklar, aloqa vositalari, mahsus aslaha-anjomlarning saqlanishi va foydalanilishini taʼminlaydi; </a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-5202927">(22-bandning uchinchi xatboshidagi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-dekabrdagi 810-sonli <a href="/mact/-5190158?ONDATE=29.03.2021 00#-5198092">qarori</a> tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son — 2021-yil 29-martdan kuchga kiradi)</a></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><a id="-7158958"><em>Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Qurol toʻgʻrisida”gi </em><a href="/mact/-4445288">Qonuni</a><em>.</em></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883783">aybdorlarni javobgarlikka tortish hamda tabiat bogʻi qoʻriqlash xodimlarining maʼmuriy javobgarlik choralarini toʻgʻri qoʻllashini tekshiradi va ularga doir materiallarni tegishli organlarga taqdim etadi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883785">rejim-qoʻriqlash tadbirlarini oʻtkazish, tabiat bogʻi, Chotqol biosfera qoʻriqxonasi, Ohangaron va Burchmulla oʻrmon xoʻjaliklarida Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻshinlar bilan birgalikda kadrlarni tanlash va ularni joy-joyiga qoʻyish, inspektorlar ishini, profilaktika va chegara polosasini oʻrmon daraxtlari va changalzorlardan tozalashni tashkil etadi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883787">23. Tabiat bogʻi toʻgʻrisida asosiy maʼlumotlar uning pasportida bayon etiladi. Tabiat bogʻi pasportidagi maʼlumotlar roʻyxati va uni yuritish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><a id="-7158959"><em>Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 2-iyundagi 137-sonli qarori bilan tasdiqlangan Muhofaza etiladigan tabiiy hududning pasportini yuritish tartibi toʻgʻrisida </em><a href="/mact/-2400253">nizom</a><em>.</em></a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-5999417"><a href="/mact/-3863834?ONDATE=14.08.2018 00#-3883788">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-5999417"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5999418">24. Tabiat bogʻi boshqaruv rejalari va yillik ish rejalari asosida faoliyat yuritadi. Boshqaruv rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi qonunchilikka muvofiq belgilanadi.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-5999419">(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/mact/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5939381">qarori</a> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883789">25. Tabiat bogʻini hamkorlikda boshqarishga aholini jalb qilish, xoʻjalik faoliyatiga cheklovlar belgilash, rekreatsiya infratuzilmasini, chorva uchun pichan oʻrish va oʻtlatish joylarini tashkil etish hamda tabiat bogʻi faoliyati bilan bogʻliq boshqa muhim masalalarini hal etish maqsadida mahalliy davlat hokimiyati organlari qaroriga muvofiq unda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari va fuqarolardan iborat maslahat komissiyasi tuziladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883790">Maslahat komissiyasining tarkibi, vakolatlari, uni shakllantirish va faoliyat yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hududiy organlari bilan kelishilgan holda Tabiat bogʻi tomonidan belgilanadi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883791">26. Tabiat bogʻi Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hududiy organlariga atrof-muhit monitoringini yuritish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning davlat kadastrini belgilangan tartibda begʻaraz asosda taqdim etadi.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-3883802">4-bob. Tabiat bogʻining hududi va rejimi</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883805">27. Tabiat bogʻining hududi tabiat bogʻiga foydalanishga beriladigan yer uchastkalarida, shuningdek, uning chegarasi doirasidagi boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli yer uchastkalarida joylashadi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883807">28. Tabiat bogʻi tashkil etilayotganda uning hududi quyidagi zonalarga boʻlinadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883816">Tabiat bogʻining hududi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883817">qoʻriqxona zonasi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883818">rekreatsiya zonasi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883820">xoʻjalik maqsadida va boshqa tarzda foydalanish zonasiga (zonalariga) boʻlinadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883822">Aholini sogʻlomlashtirish uchun sharoit boʻlgan takdirda, tabiat bogʻida kurort tabiiy hududlar uchun nazarda tutilgan rejimli kurort zonalari ajratiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883824">Tabiat bogʻi hududida undagi tabiiy obyektlar va komplekslar holati, ularning rekreatsion, madaniy va estetik qiymati inobatga olingan holda, zonalarga boʻlinishga muvofiq tabaqalashtirilgan qoʻriqlash rejimi oʻrnatiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883825">29. Tabiat bogʻi zonalarining oʻlchamlari va chegaralari tasarrufida ushbu bogʻ boʻlgan davlat organlari tomonidan davlat ekologiya ekspertizasi xulosasi boʻyicha tabiat bogʻi maʼmuriyatining taqdimnomasiga asosan oʻzgartiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883826">30. Tabiat bogʻining qoʻriqlanma zonasida davlat qoʻriqxonalari uchun nazarda tutilgan rejim oʻrnatiladi. Ushbu zonada har qanday rekreatsion, xoʻjalik va boshqa faoliyat turlari taqiqlanadi, bioxilma-xillik va tabiiy jarayonlarning tabiiy kechishi monitoringini yuritish, tabiiy obyektlar va komplekslarni muhofaza qilish hamda takror koʻpaytirishga yoʻnaltirilgan ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish bundan mustasno. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883827">31. Tabiat bogʻining boshqa barcha hududida:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883828">daraxt va butalarni kesish (parvarishlash va sanitariya maqsadidagi kesish bundan mustasno);</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883831">gidrologik va gidrogeologik rejimni oʻzgartiradigan harakatlar;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883833">tuproq eroziyasini, oʻsimlik va hayvonot dunyosining tanazzulini keltirib chiqaruvchi harakatlar;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883834">tabiat bogʻining faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan yoʻl va muxandislik-kommunikatsiya ishlarini amalga oshirish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883837">chiqindilarni saqlash va koʻmish, oqova suvlarni oqizish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883840">tirik organizmlarning yangi va kenja turlarini iqlimlashtirish maqsadida joylashtirish taqiqlanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883842">32. Tabiat bogʻining rekreatsion zonasi tartibga solinadigan zonalar (qisqa muddatli dam olish - jozibador joylarni tomosha qilish uchun) va davomiy dam olish zonalariga boʻlinadi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883844">Rekreatsion zonada ushbu Nizomning <a href="javascript:scrollText(-3883827)">31-bandida </a>belgilangan faoliyat turlaridan tashqari:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883845">kimyo, sellyuloza-qogʻoz va metallurgiya sanoati korxonalariningfaoliyati;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883847">zaharli kimyoviy moddalarni qoʻllash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883849">xarom oʻlgan chorva mollar koʻmiladigan joylarni tashkil etish taqiqlanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883851">33. Tabiat bogʻining tartibga solinadigan dam olish zonasida sayyohlik yoʻlakchalari, noqulay ob-havo paytida yengil turdagi pana joylar, kuzatuv punktlari, tashrif buyuruvchilar uchun yoqilgʻi zaxirasiga ega boʻlgan gulxan yoqish joylari, sanitariya obyektlarini barpo etish orqali fuqarolarning qisqa muddatli dam olishi taʼminlanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883852">Mazkur zonada zarur hollarda, landshaftni saqlash va qayta tiklash maqsadida oʻrmon xoʻjalik ishlari amalga oshiriladi, rekreatsion faoliyatning ekotizimlar holatiga taʼsiri oʻrganiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883854">Tartibga solinadigan dam olish zonasida tabiiy landshaftni, oʻsimlik va hayvonot dunyosini, suv obyektlari va boshqa tabiiy obyektlar va komplekslarni saqlash imkonini beradigan rekreatsion, maʼrifiy, estetik, tarbiyaviy, ilmiy va boshqa faoliyatga ruxsat beriladi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883857">34. Davomli dam olish zonasida kempinglar, mehmonxonalar, kichik mehmonxonalar, sayyohlik bazalari, sanatoriylar, bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari, dam olish maskanlari, avtoturargohlar, savdo, umumiy ovqatlanish va xizmat koʻrsatish korxonalari, shuningdek, sayyohlarga xizmat koʻrsatish boʻyicha tabiat bogʻi zimmasiga yuklangan vazifalar bilan bogʻliq xoʻjalik turidagi boshqa obyektlar joylashadi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883861">Ushbu zonada hududlar va dam olish maskanlarini obodonlashtirish, shuningdek, oʻrmonchilik, tanazzulga uchragan uchastkalarni qayta tiklash, biotexnik va boshqa ishlarni amalga oshirish maqsadida tadbirlar amalga oshiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883863">35. Xoʻjalik va boshqa maqsadlar uchun moʻljallangan zonada yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tabiat bogʻining tabiiy obyektlari va komplekslariga zarar yetkazmaydigan darajada xoʻjalik va boshqa faoliyat amalga oshiriladi. Bu yerda, shuningdek, aholi punktlari ham joylashishi mumkin. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883864">Xoʻjalik va boshqa maqsadlar uchun moʻljallangan zonada zararkunandalarga qarshi kurashishning biologik usullari va tuproqqa “nol darajada” ishlov berish usullarini qoʻllagan holda, mazkur hududga xos boʻlgan anʼanaviy qishloq xoʻjaligi ekinlari yetishtiriladi, shuningdek, ifloslantirmaydigan texnologiyalardan foydalanish asosida atrof-muhitni muhofaza qilish talablariga rioya etilgan holda, turli ishlab chiqarish obyektlarining faoliyat yuritishiga ruxsat beriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883866">36. Tabiat bogʻining kurort zonasi doirasida quyidagilar ajratiladi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883869">birinchi zona — davolash xususiyatiga ega manbalar, shifobaxsh balchiq qatlamlari bor hududlar boʻlib, bu yerda har qanday faoliyat taqiqlanadi, davolash xususiyatiga ega manbalar va balchiq bilan davolash shifoxonalarini obodonlashtirish uchun zarur inshootlar qurish bundan mustasno;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883870">ikkinchi zona — sanatoriylar, pansionatlar va dam olish uylari joylashgan hudud boʻlib, bu yerda harqanday faoliyat, shuningdek, aholining yashashi taqiqlanadi, davolash va dam olishni tashkil etish uchun zarur boʻlgan faoliyat, shuningdek, tibbiyot xodimlari va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning vaqtincha yashashi bundan mustasno;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883877">uchinchi zona — sanatoriylar, pansionatlar va dam olish uylariga tutash hududlar boʻlib, bu yerda davolash manbalariga, shifobaxsh balchiq qatlamlariga zarar yetkazmaydigan va dam olish hamda davolanish sharoitlarini yomonlashtirmaydigan cheklangan xoʻjalik faoliyatiga ruxsat etiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883882">37. Tabiat bogʻining kurort zonasi doirasida ushbu Nizomning <a href="javascript:scrollText(-3883827)">31-bandida </a>belgilangan faoliyat turlaridan tashqari quyidagilar taqiqlanadi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883884">foydali qazilmalarni qazib olish, mineral suvlar va shifobaxsh balchiq qazib olish bundan mustasno;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883886">kimyo, sellyuloza-qogʻoz va metallugiya sanoati korxonalarining faoliyati;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883887">zaharli kimyoviy moddalarni qoʻllash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883888">xarom oʻlgan chorva mollar koʻmiladigan joylarni tashkil etish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883890">oqova suvlar toʻplanadigan inshootlar qurish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883891">zaharli kimyoviy moddalar va mineral oʻgʻitlar omborlarini qurish.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883892">38. Tabiat bogʻining barcha hududida ushbu Namunaviy nizomning <a href="javascript:scrollText(-3883827)">31</a>, <a href="javascript:scrollText(-3883842)">32</a>, <a href="javascript:scrollText(-3883866)">36</a> va <a href="javascript:scrollText(-3883882)">37-bandlarida </a>belgilangan faoliyat turlaridan tashqari bogʻdagi tabiiy obyektlar va komplekslarga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan faoliyatning boshqa turlari davlat ekologiya ekspertizasi xulosasiga asosan taqiqlanishi yoki cheklanishi mumkin, qoʻriqxona zonasi bundan mustasno. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883898">39. Qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrsatilgan taqiq va cheklovlar asosida yer uchastkalari tabiat bogʻi hududida joylashgan yuridik va jismoniy shaxslarga yer uchastkalarini saqlash vazifasi belgilanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883899">40. Tabiat bogʻi va zonalarining chegaralari tabiat bogʻi va uning zonalarining rejimlari koʻrsatilgan axborot, ogohlantirish va chegara belgilari bilan belgilanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883900">41. Tabiat bogʻining faoliyat yuritishi uchun yoʻllar, boshqa kommunikatsiyalar va inshootlar kurilishi zarur boʻlgan hollarda, buzilgan yerlarni majburiy tarzda rekultivatsiya qilish, tabiatni muhofaza qilish boʻyicha kompleks tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883901">42. Tabiat bogʻining chegaralarida muhofaza etiladigan boshqa tabiiy hududlar (davlat tabiat yodgorliklari, buyurtma qoʻriqxonalari, tabiat pitomniklari va boshqalar) joylashishi mumkin va ularning hududida muhofaza etiladigan ushbu tabiat hududlari uchun koʻzda tutilgan rejim belgilanadi.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-3883902">5-bob. Tabiat bogʻining rekreatsion va ilmiy faoliyati, shuningdek, ekologik taʼlim va maʼrifat </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883903">43. Tabiat bogʻining rekreatsion va ilmiy faoliyati tabiat bogʻining va boshqa tashkilotlarning xodimlari hamda ayrim mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883904">44. Tabiat bogʻida rekreatsion faoliyat muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda boʻlishning qoidalari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883906">Tabiat bogʻida rekreatsion faoliyatni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan tashrif markazi tashkil etiladi, yoʻnalishlar, toʻxtash maydonchalari, boshqa infratuzilma elementlari oʻrnatiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883907">45. Tabiat bogʻi ilmiy faoliyatni amalga oshirish uchun tabiat bogʻi maʼmuriyati binosida ilmiy fondlar saqlanadigan joy, tabiat bogʻi hududida esa, dala bazalari, kordonlar, ilmiy infratuzilma va bioxilma-xillik monitoringini yuritish infratuzilmasi boʻlishi lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883909">46. Tabiat bogʻining ilmiy fondlari muddatsiz saqlanishi kerak. Tabiat bogʻida fondlarni saqlash uchun zarur sharoitlar, jumladan biologik kolleksiyalar fumigatsiyasi taʼminlanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883911">Tabiat bogʻi hududida olib boriladigan barcha ilmiy tadqiqotlarning dastlabki materiallari (yoki ularning nusxalari) hamda mazkur tadqiqot natijalari ushbu tadqiqotlarni amalga oshirgan subyekt toifasidan qati nazar, tabiat bogʻining ilmiy fondlariga taqdim etilishi shart. Tabiat bogʻi ushbu materiallardan begʻaraz asosda, qonunchilikka muvofiq intellektual mulklariga rioya etgan holda foydalanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883913">47. Tabiat bogʻidagi ilmiy tadqiqotlarga Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining Ilmiy-texnik kengashi uslubiy rahbarlik qiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883915">Tasarrufida tabiat bogʻi boʻlgan maxsus vakolatli davlat organining Ilmiy-texnik kengashi tabiat bogʻidagi ekologik taʼlim va maʼrifat ishlariga uslubiy rahbarlik qiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883916">48. Tabiat bogʻida ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish va bajarish, shuningdek, ilmiy tadqiqot dasturlarini shakllantirish maqsadida Ilmiy kengash tuziladi. Tabiat bogʻi Ilmiy kengashining nizomi va shaxsiy tarkibi tasarrufida ushbu tabiat bogʻi boʻlgan davlat organi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883918">49. Tabiat bogʻi taʼlim va maʼrifat masalalari boʻyicha oʻz ilmiy ishlari, materiallarini chop etishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883921">50. Tabiat bogʻining bioxilma-xillik monitoringi atrof tabiiy muhit monitoringi doirasida olib boriladi.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-3883924">6-bob. Tabiat bogʻini qoʻriqlash</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883926">51. Tabiat bogʻining qoʻriqlash xodimlari tabiat bogʻini qoʻriqlaydi va bogʻ hududidagi yuridik hamda jismoniy shaxslarning (joylashgan, istikomat qiladigan) rejimga rioya etishini nazorat qiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883928">52. Tabiat bogʻining qoʻriqlash xodimlari quyidagi huquqlarga ega:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883929">tabiat bogʻining qoʻriqxona zonasi hududiga kirish huquqini beradigan hamda tabiat bogʻining boshqa zonalaridagi tabiat obyektlaridan foydalanish huquqini beradigan hujjatlarni tekshirish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883932">transport vositalarini tekshirish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883933">tabiat bogʻi hududida huquqbuzarliklar aniqlanganda maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnomalar tuzish, maʼmuriy qoʻlga olish, buyum va hujjatlarni va tabiatdan noqonuniy foydalanish natijasida olingan mahsulotlarni olib qoʻyish, maʼmuriy jazoga tortish choralarini qoʻllash; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883934">aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish maqsadida materiallarni tegishli organlarga yuborish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883936">yuridik va jismoniy shaxslarning tabiat bogʻi hududida belgilangan rejimga rioya etish boʻyicha faoliyatini tekshirish;</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-5202934"><a href="/mact/-3863834?ONDATE=14.08.2018 00#-3883938">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-5202934"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5202935">xizmat quroli va maxsus vositalarni olib yurish va ulardan foydalanish, shuningdek, qonunchilikda belgilangan tartibda jismoniy kuch ishlatish hamda xizmat itlaridan foydalanish;</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-5202938">(52-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-dekabrdagi 810-sonli <a href="/mact/5190158?ONDATE=29.03.2021 00#5198092">qarori</a> tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son — 2021-yil 29-martdan kuchga kiradi)</a></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><a id="-7158960"><em>Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi Qonunining </em><a href="/mact/-3027843#-3028089">5-bobi</a><em>.</em></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883940">tabiat bogʻi rejimini buzgan holda tabiatdan foydalanish, xoʻjalik va boshqa turdagi faoliyatni qonunchilikda belgilangan tartibda va hollarda toʻxtatish; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883942">qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883944">Tabiat bogʻi qoʻriqlash xodimlarining huquqlari bogʻning qoʻriqlash xodimlari boʻlmagan boshqa xodimlariga ham berilishi mumkin. Ushbu huquqlar xodimlarning roziligi bilan yozma arizasi asosida beriladi va direktorning buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-5202947"><a href="/mact/-3863834?ONDATE=14.08.2018 00#-3883947">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-5202947"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5202949">53. Tabiat bogʻining qoʻriqlash xodimlari uchun moʻljallangan xizmat quroli va uning oʻq-dorilari, maxsus vositalarning turi (modeli), soni, shuningdek, ularga egalik qilish, ularni saqlash, olib oʻtish, topshirish, qabul qilish va hisobga olish, ulardan foydalanish tartibi tasarrufida ushbu tabiat bogʻi boʻlgan davlat organi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5202955">Qoʻriqlash xodimlari maxsus vositalar, xizmat quroli va uning oʻq-dorilari bilan qonunchilikka muvofiq taʼminlanadi. </a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-5202958">(53-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-dekabrdagi 810-sonli <a href="/mact/5190158?ONDATE=29.03.2021 00#5198092">qarori</a> tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son — 2021-yil 29-martdan kuchga kiradi)</a></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><a id="-7158961"><em>Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-noyabrdagi 630-sonli “Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash hamda idoraviy qorovullik boʻlinmalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi </em><a href="/mact/-6266410">qarori</a><em>.</em></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883951">54. Tabiat bogʻining qoʻriqlash xodimlari ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat inspektorlarining barcha huquq va imtiyozlaridan foydalanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883952">Tabiat bogʻining direktori va rejim boʻyicha direktor oʻrinbosari (mavjud boʻlsa) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha katta davlat inspektorlariga, tabiat bogʻining qoʻriqlash xodimlari esa ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat inspektorlariga tenglashtiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883953">55. Tabiat bogʻining qoʻriqlash xodimlari tasdiqlangan dasturlarga muvofiq jangovor xizmat, ijtimoiy-huquqiy, ahloqiy-psixologik va jismoniy tayyorgarlik kurslarida oʻqitiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883954">Kurslar dasturi va oʻqitish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda, tasarrufida ushbu tabiat bogʻi boʻlgan davlat organi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883955">56. Tabiat bogʻining qoʻriqlash xodimlari bir xil namunadagi formali kiyim-bosh va farqlash belgilari bilan taʼminlanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883956">Tabiat bogʻining qoʻriqlash xodimlari huquqbuzarliklarning oldini olish va ularga qarshi kurashish, jumladan, tabiat bogʻi hududiga jinoyatchi guruxlarning kirib kelishi va oʻrnashib olishining oldini olish maqsadida qonunchilikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmatining hududiy organlari bilan hamkorlikda tadbirlar oʻtkazadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883957">57. Tabiat bogʻi hududini qoʻriqlashga ekologik nazorat boʻyicha jamoatchilik inspektorlari ham jalb qilinishi mumkin.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-3883959">7-bob. Tabiat bogʻi ustidan davlat nazorati</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883960">58. Tabiat bogʻi ustidan davlat nazorati quyidagicha amalga oshiriladi:</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-5999424"><a href="/mact/-3863834?ONDATE=14.08.2018 00#-3883962">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-5999424"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5999427">Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi — tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish toʻgʻrisidagi qonunchilikka hamda Tabiat bogʻi rejimiga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini, ilmiy faoliyat va monitoringni olib boradi;</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-5999428">(58-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/mact/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5939381">qarori</a> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3883963">Boshqa vakolatli davlat organlari — qonunchilikka muvofiq moliyaviy, xoʻjalik va boshqa faoliyat turlarini nazorat qiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3884491">59. Tabiat bogʻi rejimini buzishda ayblangan yuridik va jismoniy shaxslar oʻrnatilgan tartibda javobgarlikka tortiladi. Aybdorlardan tabiat bogʻiga yetkazilgan zarar qonunchilikda belgilangan tartibda va miqdorda undiriladi.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><a id="-7158965"><em>Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining </em><a href="/mact/-180552#-196560">57-bobi</a><em>.</em></a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-3884492">8-bob. Tabiat bogʻining mulki va uni moliyalashtirish</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3884493">60. Tabiat bogʻiga bevosita operativ boshqaruv huquqi asosida berilgan bino, inshootlar, uskunalar, pul mablagʻlari tabiat bogʻining mulki hisoblanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3884497">61. Quyidagilar tabiat bogʻini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3884499">Toshkent viloyati mahalliy budjet mablagʻlari;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3884503">Ekologiya, atrof-muxitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasi va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3884504">fuqarolarning tabiat bogʻi hududiga kirish va tabiat resurslaridan foydalanishi uchun sotilgan biletlardan olingan mablagʻlar;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3884505">tabiat bogʻiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash hisobraqamiga tushadigan mablagʻlar;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3884506">ilmiy-tadqiqot, rekreatsion, tabiatni muhofaza qilish, reklama-noshirlik va maʼrifiy faoliyatdan olingan mablagʻlar;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3884507">belgilangan tartibda undirilgan jarima mablagʻlari;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3884513">musodara etilgan ovchilik qurollari va baliqchilik asboblarini realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlar;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3884514">yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-5999429"><a href="/mact/-3863834?ONDATE=14.08.2018 00#-3884517">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-5999429"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5999430">qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa tushumlar.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-5999433">(61-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/mact/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5939381">qarori</a> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3884518">62. Tabiat bogʻi Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tomonidan Toshkent viloyati hokimligi bilan kelishilgan holda tasdiqlangan daromadlar va harajatlar smetasiga muvofiq, mablagʻlarni mustaqil tasarruf etadi.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-3884520">9-bob. Tabiat bogʻi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3884521">63. Tabiat bogʻi xodimlariga koʻp yil ishlagani uchun qoʻshimcha haq, shuningdek, tuman va yuqori togʻ koeffitsiyentlari belgilanadi. Tabiat bogʻi xodimlari lavozim majburiyatlarini bajarish munosabati bilan tabiat bogʻi hududida boʻlgan vaqti uchun xodim uchun belgilangan oylik maoshi miqdorida dala taʼminoti shaklidagi kompensatsiya oladilar.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3884523">64. Tabiat bogʻi xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining <a href="/mact/-142859#-144706">173-moddasiga </a>muvofiq, qoʻriqxona vazifalarini bajarishda xodim oʻziga tegishli mol-mulkdan foydalanganlik uchun amortizatsiya va ekspluatatsiya xarajatlari toʻlanadi. Toʻlov miqdori va tartibi jamoa shartnomasi yoki tabiat bogʻi direktori va xodimlari oʻrtasida tuzilgan jamoat shartnomasiga asosan belgilanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3884524">65. Tabiat bogʻi xodimlarini ularning xizmat burchi bilan bogʻliq boʻlmagan vazifalarga jalb etish taqiqlanadi.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-3884525">10-bob. Yakunlovchi qoidalar</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3884526">66. Tabiat bogʻi faoliyatini tugatish va qayta tashkil etish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3884527">Tabiat bogʻini qattiqroq rejimli toifadan yengilroq rejimli muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toifasiga oʻtkazish maqsadida qayta tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga koʻra, alohida hollarda yoʻl qoʻyiladi. </a></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><a id="-7158984"><em>Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining </em><a href="/mact/-111189#-151524">49 –– 57-moddalari</a><em>, Oʻzbekiston Respublikasi “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi Qonunining </em><a href="/mact/-415135#-416724">13-moddasi</a><em>.</em></a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-4511943"><a href="/mact/-3863834?ONDATE=14.08.2018 00#-3884529">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-4511943">(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-iyundagi 515-sonli <a href="/mact/-4502425?ONDATE=20.06.2019 00#-4502640">qaroriga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/515/3318-son)</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-4511944"><a href="/mact/-3863834?ONDATE=14.08.2018 00#-3884634">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-4511944">(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-iyundagi 515-sonli <a href="/mact/-4502425?ONDATE=20.06.2019 00#-4502640">qaroriga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/515/3318-son)</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-3885073"></a></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><a id="-3885078">Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-avgustdagi 657-son <a href="javascript:scrollText()">qaroriga </a><br />5-ILOVA </a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-4511969"><a href="/mact/-3863834?ONDATE=14.08.2018 00#-4494406">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-4511969"></a></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><a id="-4511971">Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bogʻi, Chotqol davlat biosfera qoʻriqxonasi, Burchmulla va Ohangaron davlat oʻrmon xoʻjaliklari xodimlari mehnatiga haq toʻlash </a></div><div class="ACT_FORM"><a id="-4511973"><strong>tartibi</strong></a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-4511974"></a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-4511976"></a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-5999437"><a href="/mact/-3863834?ONDATE=24.08.2019 00#-5999436">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-5999437"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5999438">1. Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bogʻi, Chotqol davlat biosfera qoʻriqxonasi, Burchmulla va Ohangaron davlat oʻrmon xoʻjaliklari xodimlari mehnatiga haq toʻlash Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, ushbu Tartib va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi va quyidagilarni oʻz ichiga oladi: </a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-5999439">(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/mact/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5939382">qarori</a> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4511977">lavozim maoshlari (tarif stavkalari); </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4511978">lavozim maoshlariga qoʻshimchalar va ustamalar. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4511980">2. Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bogʻi, Chotqol davlat biosfera qoʻriqxonasi, Burchmulla va Ohangaron davlat oʻrmon xoʻjaliklari rahbarlari va xodimlariga budjet mablagʻlari hisobiga lavozim maoshlari hamda quyidagi qoʻshimchalar toʻlanadi: </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4511981">a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining hujjatlari asosida lavozimga tayinlangan mansabdor shaxslarning umumiy ish staji, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar hamda atrof muhitni, shu jumladan, oʻsimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish, oʻrmon xoʻjaligi tizimlarida faoliyat yuritayotgan xodimlarning sohadagi umumiy ish staji uchun qatʼiy belgilangan lavozim maoshiga qoʻshimcha ustama har oyda tarif setkasi va shtat jadvaliga muvofiq holda quyidagi miqdorda: </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4511983">1 — 3 yilgacha — 5 foiz; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4511984">3 — 5 yilgacha — 10 foiz; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4511986">5 — 8 yilgacha — 15 foiz; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4511987">8 — 10 yilgacha — 20 foiz; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4511989">10 — 15 yilgacha — 25 foiz; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4511990">15 — 20 yilgacha — 30 foiz; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4511992">20 — 25 yilgacha — 35 foiz; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4511993">25 yildan ortiq — 40 foiz; </a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-5930122"><a href="/mact/-3863834?ONDATE=18.04.2020 00#-4721267">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-5930122"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5930124">b) xodimlar va inspektorlar tarkibiga xizmat vazifalariga koʻra doimiy yashash joyidan boshqa joyda boʻlganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining uch baravarigacha miqdorida qoʻshimcha haq; </a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-5930129">(2-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-martdagi 128-sonli qarori tahririda)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4511996">v) xodimlarning baland togʻli sharoitda ishlaganligi uchun dengiz sathidan balandlik darajasiga qarab ish haqiga quyidagi miqdorlarda koeffitsiyentlar belgilanadi: </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4511997">1500 dan 1700 metrgacha — 1,1; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4511998">1701 dan 2000 metrgacha — 1,15; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4511999">2000 dan 3000 metrgacha — 1,3; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4512000">3001 metrdan yuqori — 1,4; </a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-5930132"><a href="/mact/-3863834?ONDATE=18.04.2020 00#-4721289">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-5930132"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5930137">g) xodimlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va ular ish samaradorligini oshirish maqsadida har oyda (jamoa shartnomasiga muvofiq) yoʻl transportiga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravarigacha hamda xodimlar tushlik ovqatlanish xarajatlariga koʻmaklashish maqsadida bazaviy hisoblash miqdorining uch baravarigacha miqdorda toʻlovlar amalga oshiriladi;</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-5930138">(2-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-martdagi 128-sonli qarori tahririda)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4512004">d) tegishli moddiy ragʻbatlantirish fondi doirasida xodimlarga, kasaba uyushmasi bilan kelishgan holda faoliyat natijalariga hamda ish koʻrsatkichlari bajarilishiga qarab oy va chorak yakuni boʻyicha qoʻshimcha hamda mukofot pullari belgilash; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4512005">e) avtomobil transporti haydovchilarining tarif stavkasiga 1,228 miqdorida tarmoq koeffitsiyent hamda malaka darajasi uchun ikkinchi darajali haydovchilarga Mehnatga haq toʻlash boʻyicha yagona tarif setkasining tegishli razryadi boʻyicha haydovchi bazaviy tarif stavkasining — 10 foizi miqdorida, birinchi darajali haydovchilarga — 25 foizi miqdorida qoʻshimcha ustama haq toʻlanadi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4512006">3. Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bogʻi, Chotqol davlat biosfera qoʻriqxonasi, Burchmulla va Ohangaron davlat oʻrmon xoʻjaliklari tashkilotlarining tegishli budjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga qoʻshimcha shtat birliklari, shu jumladan, budjet mablagʻlari hisobiga saqlash koʻzda tutilmagan shtat birliklarini saqlash, rahbar va xodimlarga quyidagi qoʻshimchalar toʻlash mumkin: </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4512007">a) tashkilotning faoliyat natijalariga hamda ish koʻrsatkichlari bajarilishiga qarab milliy bogʻ, qoʻriqxona va oʻrmon xoʻjaliklari rahbariyati kasaba uyushmasi tashkiloti bilan kelishgan holda xodimlarga oy va chorak yakuni boʻyicha xodimlar oylik ish haqining bir baravarigacha miqdorda, yil yakuni boʻyicha xodimlar oylik ish haqining uch baravarigacha miqdorda mukofotlar berish; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4512008">b) Oʻzbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni, Konstitutsiya kuni, Navroʻz, Yangi yil va hayit bayramlari uchun xodimlar oylik ish haqining bir baravarigacha miqdorda ragʻbatlantiriladi; </a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-5999449"><a href="/mact/-3863834?ONDATE=24.08.2019 00#-4512009">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-5999449"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5999451">v) xodim xizmat burchini bajarish vaqtida shikastlanganda, jarohat olgan yoki mayib boʻlgan taqdirda — xodimga, shuningdek, xodim oʻrmonlarda yongʻinni oʻchirishda va xizmatning boshqa turlarini amalga oshirishda qatnashish jarayonida halok boʻlgan hollarda uning oilasiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq yillik oʻrtacha ish haqining kamida olti baravari miqdorida bir yoʻla beriladigan toʻlovlar va moddiy yordam belgilanadi; </a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-5999453">(3-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/mact/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5939382">qarori</a> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4512012">g) zarur hollarda ish haqi fondi doirasida (kam taʼminlangan oilalarga, xodimning davolanishi uchun, toʻy, maʼraka, navbatdagi taʼtilga chiqishda va boshqalar) xodimlarga kasaba uyushmasi bilan kelishgan holda moddiy yordam puli toʻlanadi; </a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-4724091"><a href="/mact/-3863834?ONDATE=24.08.2019 00#-4512013">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-4724091"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4724093">d) xodimlarga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotib olish uchun yilda bir marta bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravarigacha miqdorda pul mablagʻi toʻlanadi.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-4724094">(3-bandning “d”-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-yanvardagi 30-sonli <a href="/mact/-4701605?ONDATE=18.04.2020 00#-4704036">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2020-y., 09/20/30/0061-son — 2020-yil 18-apreldan kuchga kiradi)</a></div><br /><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><a id="-4511931">(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2018-y., 09/18/657/1704-son; 20.06.2019-y., 09/19/515/3318-son, 24.08.2019-y., 07/19/4424/3631-son; 17.01.2020-y., 09/20/30/0061-son, 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</a></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
