toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Sud binolari, sud protsesslari va ular ishtirokchilarining xavfsizligini taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasining 2019-yil 4-noyabrdagi 669, 88, 24-sonli qarori (roʻyxat raqami 2981-3, 25.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 10/19/2981-3/4231-son)
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 15-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2981]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-fevraldagi PF-4966-son “Oʻzbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi hamda Ichki ishlar vazirligi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Sud binolari, sud protsesslari va ular ishtirokchilarining xavfsizligini taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasining 2019-yil 4-noyabrdagi 669, 88, 24-sonli qarori (roʻyxat raqami 2981-3, 25.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 10/19/2981-3/4231-son)
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oliy sud raisi K. KAMILOV
Toshkent sh.,
2018-yil 23-fevral,
11-87-son
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2018-yil 23-fevral,
20-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Ichki ishlar vazirligining 2018-yil 23-fevraldagi 11-87, 20-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Sud binolari, sud protsesslari va ular ishtirokchilarining xavfsizligini taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi
YOʻRIQNOMA
(nomi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasining 2019-yil 4-noyabrdagi 669, 88, 24-sonli qarori (roʻyxat raqami 2981-3, 25.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 10/19/2981-3/4231-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Yoʻriqnoma sud binolari, sud protsesslari va ular ishtirokchilari hamda yaqin qarindoshlarining xavfsizligini taʼminlash tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining 2026-yil 29-iyuldagi 08/261-26-son, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2026-yil 7-avgustdagi QQ-5-son, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining 2026-yil 10-iyuldagi 24-sonli qarori (roʻyxat raqami 2981-5, 19.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2026-y., 10/26/2981-5/0861-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Sud binolarini qoʻriqlash va xavfsizligini taʼminlash tuman va shahar ichki ishlar organlari huzuridagi qoʻriqlash xizmatlari (boʻlinmalari) (bundan buyon matnda qoʻriqlash xizmati deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Sud protsessi ishtirokchilari va sudlanuvchilarning xavfsizligi hamda jamoat tartibini saqlash ichki ishlar organlarining sohaviy xizmatlari tomonidan taʼminlanadi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining 2026-yil 29-iyuldagi 08/261-26-son, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2026-yil 7-avgustdagi QQ-5-son, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining 2026-yil 10-iyuldagi 24-sonli qarori (roʻyxat raqami 2981-5, 19.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2026-y., 10/26/2981-5/0861-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Alohida hollarda xavfsizlikni taʼminlash choralari qonunchilik hujjatlariga muvofiq tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi boshqa organlar bilan hamkorlikda amalga oshirilishi mumkin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
3. Ushbu Yoʻriqnomada quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
sud binosi — sudyalar, sud apparati xodimlarini doimiy asosda joylashtirish uchun moʻljallangan bino yoki unga biriktirilgan hudud;
sudga tashrif buyuruvchi shaxs — sud binosi yoki uning hududiga vaqtincha (sud majlisi ishtirokchisi sifatida, oʻz ixtiyori yoki xizmat vazifalarini bajarish munosabati bilan) kelgan har qanday jismoniy shaxs.
Oldingi tahrirga qarang.
sud protsessi — sud majlisi boshlangan vaqtdan tugagunga qadar davom etadigan jarayon.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasining 2019-yil 4-noyabrdagi 669, 88, 24-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2981-3, 25.12.2019-y.) asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 10/19/2981-3/4231-son)
4. Oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxslar, basharti ular sud protsessida ishtirok etuvchi shaxs boʻlmasalar sud majlisi zaliga kiritilmaydi.
5. Sudga tashrif buyuruvchi shaxslar sud binosiga shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida kirib chiqadi.
Oldingi tahrirga qarang.
2-bob. Sud binolari xavfsizligini taʼminlash
(2-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasining 2019-yil 4-noyabrdagi 669, 88, 24-sonli qarori (roʻyxat raqami 2981-3, 25.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 10/19/2981-3/4231-son)
1-§. Sud binolarini qoʻriqlashga qabul qilish
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasining 2019-yil 4-noyabrdagi 669, 88, 24-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2981-3, 25.12.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 10/19/2981-3/4231-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti (bundan buyon matnda Departament deb yuritiladi) tomonidan sud binolarining qoʻriqlanishini tashkil etish Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri ichki ishlar organlari huzuridagi qoʻriqlash xizmatlari (bundan buyon matnda hududiy qoʻriqlash xizmati deb yuritiladi) bilan tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining 2026-yil 29-iyuldagi 08/261-26-son, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2026-yil 7-avgustdagi QQ-5-son, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining 2026-yil 10-iyuldagi 24-sonli qarori (roʻyxat raqami 2981-5, 19.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2026-y., 10/26/2981-5/0861-son)
Oldingi tahrirga qarang.
71. Sud binolari, sud protsesslari va ularning ishtirokchilarini xavfsizligini taʼminlash maqsadida har 6 oyda kamida bir marotaba hududiy qoʻriqlash xizmati hamda Departamentning masʼul xodimlari ishtirokida sud binolarining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Ichki ishlar vazirligining kelishuvida nazarda tutilgan muhandislik-texnik vositalar bilan jihozlanganligi hamda ularning mustahkamligi oʻrganib chiqiladi.
Bunda sud binolarini qoʻriqlash boʻyicha tuzilgan shartnoma talablarida koʻrsatilgan qoʻriqlash xizmati xodimlariga xizmat oʻtashlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar ham tekshiriladi.
Oʻrganish natijasi boʻyicha dalolatnoma rasmiylashtiriladi. Oʻrganish davomida kamchiliklar aniqlangan hollarda dalolatnomada ushbu kamchiliklarni bartaraf etishning aniq muddatlari koʻrsatilishi shart.
(71-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining 2026-yil 29-iyuldagi 08/261-26-son, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2026-yil 7-avgustdagi QQ-5-son, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining 2026-yil 10-iyuldagi 24-sonli qarori (roʻyxat raqami 2981-5, 19.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2026-y., 10/26/2981-5/0861-son)
2-§. Sud binolarini qoʻriqlashni taʼminlash
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasining 2019-yil 4-noyabrdagi 669, 88, 24-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2981-3, 25.12.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 10/19/2981-3/4231-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Qoʻriqlash xizmati sud binolarini qoʻriqlash uchun shaxsiy tarkib ajratadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining 2026-yil 29-iyuldagi 08/261-26-son, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2026-yil 7-avgustdagi QQ-5-son, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining 2026-yil 10-iyuldagi 24-sonli qarori (roʻyxat raqami 2981-5, 19.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2026-y., 10/26/2981-5/0861-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Qoʻriqlash xizmati xodimlari tomonidan sud binolarini qoʻriqlash 24 soat davomida amalga oshiriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasining 2019-yil 4-noyabrdagi 669, 88, 24-sonli qarori (roʻyxat raqami 2981-3, 25.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 10/19/2981-3/4231-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Qoʻriqlash xizmati xodimlari qoʻriqlanayotgan sud binosini oʻziga xosligini, signalizatsiya va yongʻin oʻchirishning birlamchi vositalari joylashgan joylarni va ulardan foydalanishni bilishi hamda ularni soz holatda ekanligini muntazam tekshirib, aniqlangan barcha kamchiliklar boʻyicha darhol sud raisiga va toʻgʻridan-toʻgʻri boshligʻiga (komandiriga) xabar berishi lozim.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasining 2019-yil 4-noyabrdagi 669, 88, 24-sonli qarori (roʻyxat raqami 2981-3, 25.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 10/19/2981-3/4231-son)
3-bob. Sud binolarida ichki va kirib-chiqish tartibini taʼminlash
1-§. Sud binosidagi ichki tartib qoidalar
12. Sud binosida ish tartibi:
ish vaqti — soat 09:00 dan 18:00 gacha;
tushlik vaqti — soat 13:00 dan 14:00 gacha;
dam olish kunlari — shanba, yakshanba;
dam olish va bayram kunlari sud xodimlarining ish vaqti hamda masʼul xodimlarning navbatchiligi sud raisi buyrugʻiga asosan amalga oshiriladi hamda buyruq nusxasi nazorat oʻtkazish punktiga topshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasining 2019-yil 4-noyabrdagi 669, 88, 24-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2981-3, 25.12.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 10/19/2981-3/4231-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Sud binosiga mobil telefon, foto va video qayd etish vositalarini sud majlisida raislik qiluvchining (bundan buyon matnda raislik qiluvchi deb yuritiladi) ruxsatisiz olib kirish taqiqlanadi, mazkur Yoʻriqnomaning 141-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Ichki ishlar vazirligining 2018-yil 25-iyundagi 56, 47-sonli qarori (roʻyxat raqami 2981-1, 25.07.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2018-y., 10/18/2981-1/1577-son)
Oldingi tahrirga qarang.
141. Advokat oʻz professional faoliyatini amalga oshirishi uchun, Oʻzbekiston Respublikasining protsessual kodekslariga qatʼiy rioya etgan holda, sud binosiga kompyuter, mobil va boshqa aloqa vositalarini moneliksiz olib kirish huquqiga ega, yopiq sud majlislari bundan mustasno. Bunda qayd etilgan qurilmalardan sud binosi ichkarisida foydalanish sud jarayonini oʻtkazish tartibini buzmasligi kerak.
(141-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Ichki ishlar vazirligining 2019-yil 20-martdagi 11-24 qq, 26 qq-sonli qarori (roʻyxat raqami 2981-2, 16.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2019-y., 10/19/2981-2/2946-son)
15. Sud binosiga oʻqotar qurol, portlovchi, zaharli, radioaktiv hamda boshqa kuchli taʼsir etuvchi kimyoviy moddalar, qoʻllanilishi (foydalanilishi) atrofdagilar xavfsizligiga tahdid soluvchi boshqa buyum va vositalarni olib kirish taqiqlanadi, bundan konvoy va feldyeger maxsus pochta xizmati xodimlari hamda sudyaning oʻqotar quroli mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Sudga tashrif buyuruvchi shaxslar oʻzlari tomonidan olib kelingan sud binosiga olib kirish taqiqlangan buyumlarni sud maʼmuriyati tomonidan maxsus ajratilgan joylarda qoldirib kirishi hamda sud binosidan chiqishida oʻzi bilan olib ketishi lozim.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Ichki ishlar vazirligining 2018-yil 25-iyundagi 56, 47-sonli qarori (roʻyxat raqami 2981-1, 25.07.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2018-y., 10/18/2981-1/1577-son)
17. Sud binosining nazorat oʻtkazish punktida xavfsizlikni taʼminlash maqsadida xizmat olib borayotgan qoʻriqlash xizmati xodimlari sudga tashrif buyuruvchilar va ularning buyumlarini metallodetektorlardan foydalangan holda tekshirishi mumkin.
18. Moddiy tovar boyliklarini (mebel, kompyuter va h.k.) olib kirish va olib chiqish sudning masʼul xodimi tomonidan imzolangan maxsus ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.
Maxsus ruxsatnoma bilan moddiy tovar boyliklarini olib kirish va olib chiqish ruxsatnoma yozib berilgan kunda bir marotaba amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
181. Amaliyot oʻtash uchun kelgan shaxslarning (talaba, oʻquvchi, tinglovchi, kursant va boshqalar) sud binosiga kirishi va chiqishi vaqtinchalik ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.
Vaqtinchalik ruxsatnoma sudda amaliyot oʻtash uchun kelgan shaxslarga 6 oydan koʻp boʻlmagan muddatga beriladi. Vaqtinchalik ruxsatnoma tegishli sud raisining imzosi bilan tasdiqlanadi va unga tegishli sudning muhri bosiladi. Vaqtinchalik ruxsatnomada shaxsning rangli fotosurati boʻlishi shart.
(181-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasining 2019-yil 4-noyabrdagi 669, 88, 24-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2981-3, 25.12.2019-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 10/19/2981-3/4231-son)
19. Sudga tashrif buyuruvchi shaxslar sud binosiga sudning masʼul xodimlari tomonidan rasmiylashtirib berilgan bir martalik ruxsatnoma asosida kirib chiqishlari mumkin, bundan mazkur Yoʻriqnomaning 20, 21, 24, 25-bandlarida koʻrsatilgan hollar mustasno.
20. Sud majlisi oʻtkaziladigan vaqtda sudga tashrif buyuruvchi shaxslar sud majlisi oʻtkaziladigan vaqt va sud majlisiga chaqirilgan shaxslarning roʻyxati koʻrsatilgan ruxsatnoma (bundan buyon matnda roʻyxat deb yuritiladi) asosida sud binosiga kiritiladi.
Roʻyxat sudya tomonidan tasdiqlanadi va qoʻriqlash xizmati xodimlariga sud majlisi boshlanishidan oldin taqdim etiladi.
Sud xodimi sud majlisi boshlanishidan oldin, sud majlisiga chaqirtirilgan shaxslarni roʻyxat asosida sud binosiga olib kiradi.
21. Sudga chaqiruv qogʻozi bilan chaqirilgan shaxslar chaqiruv qogʻozi asosida sud binosiga kiritiladi.
22. Sudning chaqiruv qogʻozi boʻlmagan yoki roʻyxatga kiritilmagan shaxslar sud binosiga bir martalik ruxsatnoma asosida kiritiladi.
23. Bir martalik ruxsatnoma, roʻyxat hamda sudga chaqiruv qogʻozi sudga tashrif buyuruvchi shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatini koʻrsatilganda haqiqiy hisoblanadi.
Sudga tashrif buyuruvchi shaxs sud binosidan chiqayotgan vaqtda bir martalik ruxsatnomani qabul qilgan mansabdor shaxsning imzosi bilan tasdiqlatib, qoʻriqlash xizmati xodimiga topshiradi.
24. Sudga tashrif buyuruvchi shaxslar ochiq sud majlisiga shaxsini tasdiqlovchi hujjatini koʻrsatgan holda kirishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
25. Quyidagi shaxslar sud binosiga nazorat oʻtkazish punkti orqali xizmat guvohnomasini koʻrsatgan holda sudga tashrif buyuruvchilarni roʻyxatga olish kitobida qayd etilgandan keyin kirish huquqiga ega:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolari;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining masʼul xodimlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining masʼul xodimlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyalari;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalari va masʼul xodimlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining aʼzolari;
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining masʼul xodimlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining masʼul xodimlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining masʼul xodimlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Inson huquqlari boʻyicha milliy markazining masʼul xodimlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining masʼul xodimlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining masʼul xodimlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman);
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil;
Oldingi tahrirga qarang.
vazirliklar va qoʻmitalarning rahbarlari;
(25-bandning oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining 2023-yil 18-maydagi 352-sonli,Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 17-maydagi 21-sonli, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining 2023-yil 4-maydagi 1/1E-709-sonli qarori (roʻyxat raqami 2981-4, 16.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2023-y., 10/23/2981-4/0381-son)
Departament va uning hududiy boʻlimlarining masʼul xodimlari;
sudyalar va sud xodimlari;
feldyeger xizmatining maxsus aloqa xodimlari.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasining 2019-yil 4-noyabrdagi 669, 88, 24-sonli qarori (roʻyxat raqami 2981-3, 25.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 10/19/2981-3/4231-son)
26. Sud binosiga quyidagi shaxslar kiritilmaydi:
Oldingi tahrirga qarang.
katta hajmli sumka, chemodan, quti, tugunlarni maxsus ajratilgan joyda qoldirishdan bosh tortgan va hayvonlar bilan kirish istagini bildirgan shaxslar;
(26-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasining 2019-yil 4-noyabrdagi 669, 88, 24-sonli qarori (roʻyxat raqami 2981-3, 25.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 10/19/2981-3/4231-son)
qoʻl yukini koʻrikdan oʻtkazish yoki shaxsini tasdiqlovchi hujjatini koʻrsatishdan bosh tortgan shaxslar;
spirtli ichimliklar, narkotik vositalar yoki psixotrop moddalar taʼsirida boʻlgan shaxslar.
4-bob. Sud protsessi xavfsizligini taʼminlash
Oldingi tahrirga qarang.
27. Sud majlisini fototasvirga tushirish, audio va videoyozuvini amalga oshirish, shuningdek ommaviy axborot vositalarida translyatsiya qilish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 21-fevraldagi 04-son “Sud muhokamasi oshkoraligini va sudlar faoliyatiga doir axborot olish huquqini taʼminlash toʻgʻrisida”gi qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
28. Sud protsessini oʻtkazishda toʻsqinliklar vujudga kelishi ehtimolini tasdiqlovchi asoslar mavjud boʻlganida raislik qiluvchi yoki sud raisi sud majlisi oʻtkazilishiga kamida uch kun qolgunga qadar, sud protsessi xavfsizligini taʼminlash uchun zarur choralar koʻrish toʻgʻrisida tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalariga (boʻlimlariga) yozma xabarnoma joʻnatadi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasining 2019-yil 4-noyabrdagi 669, 88, 24-sonli qarori (roʻyxat raqami 2981-3, 25.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 10/19/2981-3/4231-son)
Oldingi tahrirga qarang.
29. Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari) sudning yozma xabarnomasini olganidan soʻng, xabarnomada koʻrsatilgan muddatlarda sud protsessi xavfsizligini taʼminlashni tashkil etish uchun xodimlar ajratadi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasining 2019-yil 4-noyabrdagi 669, 88, 24-sonli qarori (roʻyxat raqami 2981-3, 25.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 10/19/2981-3/4231-son)
30. Sud protsessi xavfsizligini taʼminlash uchun ichki ishlar organi xodimlari tomonidan quyidagi choralar amalga oshiriladi:
raislik qiluvchi yoki sud raisi bilan kelishuvga binoan sud majlisi xonasi va maslahatxona xavfsizligi taʼminlanadi;
sud majlisidan oldin sud majlisi xonalari va maslahatxonaning ularda egasiz ashyolar, yonuvchi, portlovchi, zaharlovchi va boshqa xavfli buyumlarni aniqlash yuzasidan tekshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(30-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasining 2019-yil 4-noyabrdagi 669, 88, 24-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2981-3, 25.12.2019-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 10/19/2981-3/4231-son)
Oldingi tahrirga qarang.
301. Sud binolari, sud protsesslari va ularning ishtirokchilarini xavfsizligini taʼminlash choralarini kuchaytirish zaruriyati yuzaga kelganda sudning murojaatiga asosan ichki ishlar organlarining qoʻshimcha kuch vositalari jalb etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
302. Sud binolari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Ichki ishlar vazirligi kelishuvi asosida muhandislik-texnik vositalari bilan jihozlanadi.
Jinoyat ishlari boʻyicha sud binolari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Ichki ishlar vazirligining kelishuvida nazarda tutilgan muhandislik-texnik vositalar bilan jihozlanmagan taqdirda, mavjud kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar ichki ishlar organi xodimlari tomonidan sudlanuvchilarni sud protsessiga qoʻriqlab kelish toʻxtatiladi.
(302-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining 2026-yil 29-iyuldagi 08/261-26-son, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2026-yil 7-avgustdagi QQ-5-son, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining 2026-yil 10-iyuldagi 24-sonli qarori (roʻyxat raqami 2981-5, 19.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2026-y., 10/26/2981-5/0861-son)
31. Sud majlisi vaqtida xavfsizlikni taʼminlash uchun jalb etilgan ichki ishlar organi xodimlari doimiy ravishda sud majlisi zalida boʻladi. Sud majlisi zalini tark etish faqatgina raislik qiluvchining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
32. Ichki ishlar organi xodimlari sud protsessi xavfsizligini taʼminlash maqsadida raislik qiluvchining farmoyishiga asosan sud majlisida tartibni buzgan shaxslarni sud majlisi zalidan chiqarib yuboradi.
33. Sud protsessida xavfsizlikni taʼminlashda ichki ishlar organi xodimlari raislik qiluvchi yoki sud raisining sud majlisi vaqtida va sud binosida tartibni taʼminlash bilan bogʻliq boʻlgan farmoyishiga boʻysunishi va sud majlisida jamoat tartibini taʼminlashi shart.
34. Zarur hollarda, ichki ishlar organi xodimlari raislik qiluvchi yoki sud raisining farmoyishiga asosan sud devonxonasidan sud majlisi oʻtkaziladigan joyga yoki sudya xonasiga sud ishlari va ashyoviy dalillar yetkazib berilishida ularning qoʻriqlanishi va saqlanishini taʼminlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
35. Ichki ishlar organi xodimlari sud majlisi yakunida qilingan ishlar, sud raisi yoki raislik qiluvchi tomonidan kelib tushgan koʻrsatmalar, shuningdek sud zalidagi barcha hodisalar va koʻrilgan choralar haqida tegishli tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasiga (boʻlimiga) yozma hisobot taqdim etadi. Ichki ishlar organi xodimlarining sud majlisi yakunlanganligi haqidagi yozma hisoboti sud raisi yoki raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasining 2019-yil 4-noyabrdagi 669, 88, 24-sonli qarori (roʻyxat raqami 2981-3, 25.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 10/19/2981-3/4231-son)
5-bob. Sud protsessi ishtirokchilarini himoya qilish
1-§. Xavfsizlik choralarini qoʻllash asoslari va tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
36. Sud protsessi ishtirokchilari, ularning oila aʼzolari va yaqin qarindoshlarining (bundan buyon matnda qoʻriqlanayotgan shaxslar deb yuritiladi) hayoti, salomatligi, shaʼni, qadr-qimmati va mol-mulkini muhofaza qilinishini taʼminlovchi barcha zarur choralarni koʻrish toʻgʻrisidagi sudning yozma topshirigʻi asosida ichki ishlar organlari tomonidan ularning xavfsizligi taʼminlanadi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasining 2019-yil 4-noyabrdagi 669, 88, 24-sonli qarori (roʻyxat raqami 2981-3, 25.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 10/19/2981-3/4231-son)
37. Sudning yozma topshirigʻida qoʻriqlanayotgan shaxslarga nisbatan qoʻllanilayotgan aniq xavfsizlik choralari va ularni amalga oshirish vaqtlari koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
Bunda ichki ishlar organi xavf tahdid solayotgan qoʻriqlanayotgan shaxslarga doir ishidagi mavjud maʼlumotlardan, bu xavfning ehtimol tutilgan xususiyati, manbalari, joyi, vaqti va boshqa holatlaridan xabardor etilishi zarur.
Oldingi tahrirga qarang.
38. Qoʻriqlanayotgan shaxslarni xavfsizligini taʼminlash yuzasidan zarur choralarni koʻrish toʻgʻrisidagi sudning yozma topshirigʻi tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasiga (boʻlimiga), nusxasi qoʻriqlanayotgan shaxsga yuboriladi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasining 2019-yil 4-noyabrdagi 669, 88, 24-sonli qarori (roʻyxat raqami 2981-3, 25.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 10/19/2981-3/4231-son)
39. Ichki ishlar organlari sudning yozma topshirigʻini olishi bilan darhol qoʻriqlanayotgan shaxslarga nisbatan xavfsizlik choralarini koʻrishlari shart.
40. Ichki ishlar organlarining oʻz vakolatlari doirasida qoʻriqlanayotgan shaxslarni xavfsizligini taʼminlash yuzasidan qabul qilingan qarorlari qoʻriqlanayotgan shaxslar tomonidan oʻz vaqtida bajarilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
41. Qoʻriqlanayotgan shaxslarga tahdid solayotgan xavf bartaraf etilganda yoki xavfsizlik choralarini bekor qilish uchun boshqa asoslar vujudga kelganda sud tomonidan ichki ishlar organlarini bu haqda yozma ravishda xabardor qiladi. Ushbu xabarnoma tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasiga (boʻlimiga), nusxalari esa qoʻriqlanayotgan shaxslarga yuboriladi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasining 2019-yil 4-noyabrdagi 669, 88, 24-sonli qarori (roʻyxat raqami 2981-3, 25.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 10/19/2981-3/4231-son)
2-§. Qoʻllaniladigan xavfsizlik choralari
42. Qoʻriqlanayotgan shaxslarning hayoti, salomatligi, shaʼni, qadr-qimmati va mol-mulkini muhofaza qilish maqsadida quyidagi xavfsizlik choralari qoʻllanilishi mumkin:
qoʻriqlanayotgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan foydalanishni cheklash — qoʻriqlanayotgan shaxslarning roziligi bilan ularning shaxsi, shuningdek ularning yaqin qarindoshlari, yashash joyi va ular haqidagi boshqa maʼlumotlarni berishga vaqtinchalik cheklov qoʻyish;
qonunda belgilangan tartibda yopiq sud majlisini oʻtkazish;
shaxsni, uy-joy va mol-mulkni himoya qilish.
Qoʻriqlanayotgan shaxslarni hayoti, salomatligi, shaʼni, qadr-qimmati va mol-mulkiga yetkazilishi kutilayotgan zararning xavflilik darajasidan kelib chiqib, boshqa oʻziga xos xavfsizlik choralari qoʻllanilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
43. Sudyalarning shaxsiy xavfsizligini taʼminlash maqsadida ularga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda oʻqotar qurol beriladi.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Qurol toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Zarur hollarda tegishli sud raisining qaroriga binoan ichki ishlar organi sudya va uning oilasi uchun qurolli soqchilar ajratadi.
6-bob. Yakuniy qoida
Oldingi tahrirga qarang.
44. Mazkur Yoʻriqnoma talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 312 –– 315-moddalari.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2018-y., 10/18/2981/0900-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2018-y., 10/18/2981-1/1577-son; 16.04.2019-y., 10/19/2981-2/2946-son; 25.12.2019-y., 10/19/2981-3/4231-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 16.06.2023-y., 10/23/2981-4/0381-son; 21.08.2026-y., 10/26/2981-5/0861-son)