1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.01.00.00 Sudga oid umumiy masalalar va sud tuzilishi. Sud islohoti]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Sud tuzilishi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mamlakatni yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlaridan biri sud tizimini izchil demokratlashtirish, sud hokimiyatining mustaqilligi toʻgʻrisidagi konstitutsiyaviy normalarga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash hisoblanadi.
Oʻtgan yillar davomida sudni hokimiyatning mustaqil va alohida tarmogʻi sifatida tashkil etish, uni oʻtmishdagi jazolash organidan inson huquq va erkinliklarini muhofaza qiluvchi hamda ishonchli himoya qiluvchi davlatning chinakam mustaqil institutiga aylantirish boʻyicha salmoqli ishlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga, sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlash va tayinlash tartibini yanada takomillashtirish zarur. Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasi aniq huquqiy maqomga ega emas, oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi va cheklangan vakolatlarga ega.
Bundan tashqari, sud hokimiyatining ikki oliy organi — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xoʻjalik sudining mavjudligi sud tizimini boshqarish vazifalarining takrorlanishiga, yagona sud amaliyoti taʼminlanmasligiga olib kelmoqda.
Harbiy sud sudyalarining Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiritilganligi, adliya organlari tomonidan umumiy yurisdiksiya sudlari faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash tartibi sud hokimiyatining mustaqilligi tamoyiliga muvofiq kelmayapti.
Sudlar tizimining amaldagi tuzilmasi va shtat birligi xizmat vazifalarini oqilona taqsimlash imkonini bermayapti, bu esa ularni zamon talablarini inobatga olgan holda takomillashtirish va maqbullashtirishni talab etadi.
Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarining ishonchli sud himoyasini taʼminlash, maʼmuriy sud ish yurituvini amalga oshirish boʻyicha konstitutsiyaviy normani, shuningdek aholining huquqiy madaniyatini oshirish zarurati maʼmuriy sudlar tizimini tashkil etishni taqozo etmoqda.
Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini taʼminlash, sudlar faoliyati samaradorligi va nufuzini oshirish, sudlar tuzilmasini hamda sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlash va tayinlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.01.00.00 Sudga oid umumiy masalalar va sud tuzilishi. Sud islohoti;
2.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.13.00 Sudyalar oliy kengashi]
1. Sudyalar hamjamiyatining organi hisoblanadigan va Oʻzbekiston Respublikasida sud hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini taʼminlashga koʻmaklashadigan Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi (keyingi oʻrinlarda — Kengash) tashkil etilsin.
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.13.00 Sudyalar oliy kengashi;
2.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.14.00 Sudyalar malaka hayʼatlari]
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasi tugatilib, uning 21 nafar boʻshayotgan ijro apparati shtat birligi Kengashga oʻtkazilsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.04.00 Maʼmuriy javobgarlikning umumiy shartlari;
4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.02.00 Jinoyat va jinoiy javobgarlik;
5.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.12.00 Sudyalarning maqomi. Sudyalarning saylanish va tayinlanish tartibi. Vakolatlarni tugatish. Sudyalarning moddiy va ijtimoiy taʼminoti;
6.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.13.00 Sudyalar oliy kengashi]
3. Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari etib belgilansin:
sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlov asosida tanlash, malakali va masʼuliyatli mutaxassislar orasidan sudyalarni tayinlash, shuningdek rahbar sudyalik lavozimlariga koʻrsatish uchun tavsiya berish yoʻli bilan sudyalar korpusini shakllantirish;
sudyalar daxlsizligi buzilishining va ularning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashishning oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish;
sudyalarni kasbiy tayyorlash, malakasini oshirishni tashkil etish, ularning faoliyati samaradorligini baholash, shuningdek sudyalarni ragʻbatlantirish boʻyicha tashabbus koʻrsatish;
ommaviy axborot vositalari bilan oʻzaro hamkorlik olib borish, aholi bilan muloqotni yoʻlga qoʻyish, sudyalar tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishi masalalari boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish;
sud-huquq sohasidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini va yagona sud amaliyotini taʼminlash, odil sudlovga erishish darajasini va uni amalga oshirish sifatini yaxshilash boʻyicha takliflar tayyorlash;
sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortish, shuningdek ularni jinoiy va maʼmuriy javobgarlikka tortishga xulosa berish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.02.00 Oliy Majlis Senati (yuqori palatasi) / 01.08.02.01 Oliy Majlis Senati vakolati;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.02.00 Vakolat;
3.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.13.00 Sudyalar oliy kengashi]
4. Belgilansinki:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi va Oliy sudining raislari, rais oʻrinbosarlari, sudyalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan saylanadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari raislari va rais oʻrinbosarlari Kengashning taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
harbiy sudlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, tuman (shahar), tumanlararo sudlari sudyalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Kengash tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.02.00 Oʻzbekiston Respublikasining Oliy sudi. Vakolati. Tarkibi]
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Oliy sud huzuridagi Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini taʼminlash boʻyicha tadqiqot markazini boshqaruv xodimlari cheklangan soni 21 nafar boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini oʻrganish boʻyicha tadqiqot markazi sifatida oʻzgartirish haqidagi taklifi maʼqullansin.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.02.00 Oliy Majlis Senati (yuqori palatasi) / 01.08.02.01 Oliy Majlis Senati vakolati;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.02.00 Vakolat]
6. Belgilansinki, Kengash raisi, rais oʻrinbosari, Kengash aʼzolari va kotibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan saylanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-noyabrdagi PF-188-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2023-y., 06/23/188/0835-son)
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
7. Doimiy asosda ishlovchi Kengash aʼzolariga sudyalar uchun belgilangan kafolatlar, mehnatga haq toʻlash shartlari va imtiyozlar tatbiq etilsin.
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.02.00 Oʻzbekiston Respublikasining Oliy sudi. Vakolati. Tarkibi;
2.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.05.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy sudlari;
3.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.06.00 Maʼmuriy sudlar;
4.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.11.00 Harbiy sudlar]
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xoʻjalik sudi va Mudofaa vazirligining 2017-yil 1-iyundan:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xoʻjalik sudini birlashtirish, fuqarolik, jinoiy, maʼmuriy va iqtisodiy sud ish yurituvi sohasidagi sud hokimiyatining yagona oliy organi — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudini tashkil etish;
ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan maʼmuriy nizolarni, shuningdek maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga vakolatli boʻlgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlarini, tuman (shahar) maʼmuriy sudlarini tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi, okrug va hududiy harbiy sudlarning 159 ta shtat birligini qisqartirish va Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining qoʻriqlash vzvodini tugatish;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Harbiy hayʼati, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi, okrug va hududiy harbiy sudlar shtat birliklarini sudyalar va harbiy sudlar xodimlaridagi harbiy xizmatchilar huquqiy maqomi, shu jumladan harbiy xizmatchilar uchun belgilangan huquq, imtiyoz va afzalliklar saqlanmagan holda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tizimiga oʻtkazish;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Harbiy hayʼatini tugatib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatini tashkil etish;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xoʻjalik sudlarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy sudlari etib oʻzgartirish;
ishlarni birinchi instansiyada koʻrib chiqishga vakolatli boʻlgan 71 ta tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlarini tashkil etish;
amaldagi sud majlisi kotibi lavozimini tugatib, belgilangan umumiy shtat birligi doirasida sudlarning tuzilmalariga sudya katta yordamchisi, yordamchisi lavozimlarini kiritish, ularga tegishli ravishda Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning 10 — 12 va 8 razryadlarini belgilash toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Belgilab qoʻyilsinki, xoʻjalik sudlarining amaldagi sudyalari vakolat muddati tugaguniga qadar Oliy sud va tegishli Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy sudlarining sudyalari sifatida oʻz faoliyatini amalga oshirishni davom ettiradilar.
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish;
2.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.02.00 Oʻzbekiston Respublikasining Oliy sudi. Vakolati. Tarkibi;
3.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.06.00 Maʼmuriy sudlar;
4.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.07.00 Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari;
5.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.11.00 Harbiy sudlar]
9. Yangidan tashkil etilayotgan sudlarni toʻldirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan boshqaruv xodimlarining qoʻshimcha 560 ta shtat birligi, shu jumladan 318 ta sudyalik shtat birligi ajratilsin.
Boshqaruv xodimlari sonining cheklangan shtati quyidagi miqdorlarda belgilansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi uchun 208 ta birlik, shundan sudyalar — 73 ta birlik;
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-yanvardagi PF-12-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2023-y., 06/23/12/0034-son)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar umumyurisdiksiya sudlari uchun 835 ta birlik, shundan sudyalar — 344 ta birlik;
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-yanvardagi PF-6143-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2021-y., 06/21/6143/0052-son)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari uchun 207 ta birlik, shundan sudyalar — 73 ta birlik;
(9-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-yanvardagi PF-12-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2023-y., 06/23/12/0034-son)
fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari uchun 680 ta birlik, shundan sudyalar — 267 ta birlik;
tumanlararo maʼmuriy sudlari uchun 168 ta birlik, shundan sudyalar — 70 ta birlik;
jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlari uchun 972 ta birlik, shundan sudyalar — 351 ta birlik;
(9-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-yanvardagi PF-6143-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2021-y., 06/21/6143/0052-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi, hududiy harbiy sudlar uchun 32 ta birlik, shundan sudyalar — 12 ta birlik;
tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlari uchun 395 ta birlik, shundan sudyalar — 141 ta birlik.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 06/20/6034/1103-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.02.00 Oʻzbekiston Respublikasining Oliy sudi. Vakolati. Tarkibi]
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzurida Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti (keyingi oʻrinlarda — Oliy sud huzuridagi Departament):
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash boʻlinmalarining 51 ta boshqaruv xodimi shtat birligini oʻtkazish;
Oʻzbekiston Respublikasi harbiy sudlari sudyalari harbiy xizmatchi maqomini yoʻqotganligi munosabati bilan davlat budjeti mablagʻlari tejalishi hisobiga 17 ta boshqaruv xodimi shtat birligini kiritish yoʻli bilan tashkil etilsin.
Oliy sud huzuridagi Departamentning cheklangan soni 68 ta birlik, shu jumladan markaziy apparatda — 12 ta birlik, hududiy boʻlimlarda — 56 ta birlik miqdorida belgilansin.
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.12.00 Sudyalarning maqomi. Sudyalarning saylanish va tayinlanish tartibi. Vakolatlarni tugatish. Sudyalarning moddiy va ijtimoiy taʼminoti]
11. Oliy sud huzuridagi Departamentning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash boʻyicha ishni tashkil etish, shuningdek uni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
sud binolarini qurish va taʼmirlash uchun ajratilgan mablagʻlarning samarali sarflanishini taʼminlash, sudlar faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish boʻyicha chora-tadbirlarni koʻrish;
sudyalar va sud apparati xodimlarining mehnat sharoitlarini, moddiy va ijtimoiy taʼminotini yaxshilash boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.03.00 Tarif setkalari. Mansab okladlari;
2.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.13.00 Sudyalar oliy kengashi]
12. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining tuzilmasi, shtat jadvali, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi aʼzolari va ijro apparati xodimlarining Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatiga haq toʻlash razryadlari 1 — 3-ilovalarga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti markaziy apparatining tuzilmasi, uning hududiy boʻlimlarining namunaviy tuzilmasi 5-6-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 06/20/6034/1103-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.11.00 Harbiy sudlar]
13. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi uch oy muddatda:
harbiy sudlar tuzilmalari qayta koʻrib chiqilishi munosabati bilan qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi harbiy sudlarining barcha shaxsiy tarkibini haqiqiy harbiy xizmatdan boʻshatish masalasi boʻyicha qaror qabul qilsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Harbiy hayʼati, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi, okrug va hududiy harbiy sudlar tomonidan foydalanilayotgan binolar, xizmat turar joylari, transport vositalari, mebellar, kompyuter texnikalari va boshqa mulklarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga belgilangan tartibda oʻtkazilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.02.00 Oʻzbekiston Respublikasining Oliy sudi. Vakolati. Tarkibi]
14. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi:
Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi toʻgʻrisida”gi Qonun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini oʻrganish boʻyicha tadqiqot markazi haqidagi nizom, uning tuzilmasi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi qarorlari loyihalari ishlab chiqilishi va kiritilishini;
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda ilgʻor xorijiy tajribani chuqur oʻrganish asosida sud va boshqa yuridik kadrlarni kasbiy tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirishning yagona tizimini yaratish boʻyicha taklif kiritilishini;
Kengash bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudini, yangidan tashkil etilayotgan sudlarni yuqori malakali kadrlar bilan, birinchi navbatda, mazkur Farmonga muvofiq lavozimi qisqartirilayotgan sudyalar va sud xodimlari hisobidan toʻldirilishini;
yangidan tashkil etilayotgan sudlar, shuningdek Oliy sud huzuridagi Departament va uning hududiy boʻlimlari joylashtirilishini, mebel, kompyuter texnikasi va aloqa vositalari bilan jihozlanishini;
Bosh prokuratura va Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar, shu jumladan maʼmuriy sudlar tashkil etilishi munosabati bilan fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha sudlar, yangidan tashkil etilayotgan iqtisodiy sudlar vakolatlarini qayta koʻrib chiqish, shuningdek sudlarning apellyatsiya va kassatsiya instansiyalari quyi turuvchi sudning qarorini oʻzgartirgan yoki bekor qilgan taqdirda ishni yangidan koʻrib chiqishga yubormasdan turib, yakuniy qaror chiqarish boʻyicha vakolatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqilishini va kiritilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]
15. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi bilan birgalikda bir oy muddatda yangidan tashkil etilayotgan sudlarning joylashtirilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.11.00 Davlat budjetining kassa ijrosi;
2.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.02.00 Oʻzbekiston Respublikasining Oliy sudi. Vakolati. Tarkibi;
3.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.11.00 Harbiy sudlar]
16. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Adliya vazirligi va Mudofaa vazirligi bilan birgalikda tegishli sudlarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarining tasdiqlanishi va roʻyxatdan oʻtkazilishini, shuningdek harbiy sudlarni taʼminlash uchun ajratiladigan pul mablagʻlarining qisqarishini inobatga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining xarajatlar smetasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishini taʼminlasin;
Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasining kuzatuv kengashi bilan birgalikda yangidan tashkil etilayotgan sudlar, shuningdek Oliy sud huzuridagi Departament va uning hududiy boʻlimlari joylashtirilishi, mebel, kompyuter texnikasi va aloqa vositalari bilan jihozlanishi hamda xizmat koʻrsatuvchi xodimlarini taʼminlash uchun zarur boʻlgan moliyaviy mablagʻlarning Jamgʻarma hisobidan ajratilishini taʼminlasin;
ushbu Farmonni amalga oshirish bilan bogʻliq sarf-xarajatlar 2017-yilda ajratilsin, 2018-yildan boshlab esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida moliyalashtirish uchun zarur boʻlgan budjet mablagʻlari ajratilishini nazarda tutsin.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Toshkent shahar hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi bilan birgalikda uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudini ushbu Farmon vazifalari va talablariga mos keladigan maʼmuriy binoga joylashtirish boʻyicha takliflar kiritsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
18. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Oliy sud bilan birgalikda uch oy muddatda sudlar faoliyatida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish holatini tanqidiy oʻrgansin hamda sud tizimi faoliyati samaradorligini va aholining odil sudlovga erishish darajasini oshirishga qaratilgan axborot tizimlari va resurslarini yanada takomillashtirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar Dasturini tasdiqlash haqidagi tegishli hukumat qarori loyihasini kiritsin.
19. Mazkur Farmonda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning samarali, sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan tashkil etilgan Qonun ustuvorligini taʼminlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha Komissiya zimmasiga yuklansin.
LexUZ sharhi
Ushbu Farmon “Xalq soʻzi” gazetasining 2017-yil 22-fevraldagi 38 (6732)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 21-fevral,
PF-4966-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-fevraldagi PF-4966-sonli Farmoniga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining
TUZILMASI
* sudyalik maqomida — 11
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining yangi tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7dekabrdagi PF-5204-sonli Farmoni tahririda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-fevraldagi PF-4966-sonli Farmoniga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining
shtat jadvali
Kengash raisi (doimiy asosda)
1
Kengash raisining oʻrinbosari — Odil sudlov muammolarini oʻrganish boʻyicha tadqiqot markazi direktori (Kengash aʼzosi — jamoatchilik asosida)
1
Kengash aʼzolari (doimiy asosda)
12
Kengash aʼzolari (jamoatchilik asosida)
7
Jami Kengash aʼzolari
21
Doimiy asosda ishlovchilar
I. Kengash raisi
1
II. Kengash kotibi
1
III. Sudyalar korpusini shakllantirish shuʼbasi
3
shuʼba rahbari, Sudyalar oliy kengashi sudyasi
1
Sudyalar oliy kengashi sudyasi
2
IV. Sudyalar kasbiy tayyorgarligini tashkillashtirish shuʼbasi
2
shuʼba rahbari, Sudyalar oliy kengashi sudyasi
1
Sudyalar oliy kengashi sudyasi
1
V. Sudyalar daxlsizligini taʼminlash boʻyicha sud inspeksiyasi
4
inspeksiya rahbari, Sudyalar oliy kengashi sudyasi
1
Sudyalar oliy kengashi sudyasi
3
VI. Ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar shuʼbasi
2
shuʼba rahbari, Sudyalar oliy kengashi sudyasi
1
Sudyalar oliy kengashi sudyasi
1
VII. Ijro apparati
8
yetakchi inspektor
5
birinchi boʻlim mudiri
1
arxiv mudiri
1
devonxona mudiri
1
VIII. Moliya-xoʻjalik boʻlimi
6
bosh hisobchi
1
binoga joriy xizmat koʻrsatuvchi va taʼmirlovchi ishchi
1
hududni tozalovchi ishchi
1
qozonxona mutaxassisi
1
farrosh
2
Jami ijro apparati boʻyicha
27
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-fevraldagi PF-4966-sonli Farmoniga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi aʼzolari va ijro apparati xodimlarining Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash
RAZRYADLARI
Lavozim nomi
Mehnatga haq
toʻlash razryadlari
Kengash raisi
21
Kengash kotibi
19
shuʼba (inspeksiya) rahbari, Sudyalar oliy kengashi sudyasi
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-sonli Farmoniga asosan 2021-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 06/20/6034/1103-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-fevraldagi PF-4966-sonli Farmoniga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti markaziy apparatining
TUZILMASI
Direktor
Direktor oʻrinbosari
Yuriskonsult
1
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boʻlimlari
Moliya-iqtisod boʻlimi
3
Ichki audit xizmati
1
Kapital qurilish va asosiy fondlardan foydalanish boʻlimi
3
Kadrlar boʻlimi
1
Markaziy buxgalteriya
3
Loyiha ishlari boʻlimi
2
Xaridlarni taʼminlash boʻlimi
3
Devonxona
1
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha bosh mutaxassis
1
Izoh:
Jami boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 91 birlikni, shundan markaziy apparatda — 21 tani, hududiy boʻlimlarda — 70 tani tashkil etadi.
Yordamchi xodimlar shtat birliklari soni oʻrnatilgan meʼyorlar asosida aniqlanadi.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustdagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2025-y., 06/25/140/0771-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-fevraldagi PF-4966-sonli Farmoniga 6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boʻlimlarining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Hududiy boʻlim boshligʻi
Buxgalteriya
2
Qurilish va asosiy fondlardan foydalanish boʻyicha bosh muhandis
1
Moddiy-texnik taʼminlash boʻyicha bosh mutaxassis
1
Boshqaruv xodimlari soni 5 birlikni tashkil etadi.
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustdagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2025-y., 06/25/140/0771-son)
(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-sonli Farmoniga asosan 2021-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 06/20/6034/1103-son)
(8-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-sonli Farmoniga asosan 2021-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 06/20/6034/1103-son)
(9-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-sonli Farmoniga asosan 2021-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 06/20/6034/1103-son)
(10 va 101-ilovalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-sonli Farmoniga asosan 2021-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 06/20/6034/1103-son)
(11-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-sonli Farmoniga asosan 2021-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 06/20/6034/1103-son)
(12-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-sonli Farmoniga asosan 2021-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 06/20/6034/1103-son)
(13-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-sonli Farmoniga asosan 2021-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 06/20/6034/1103-son)
(14-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-sonli Farmoniga asosan 2021-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 06/20/6034/1103-son)
(15-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-sonli Farmoniga asosan 2021-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 06/20/6034/1103-son)
(16-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-sonli Farmoniga asosan 2021-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 06/20/6034/1103-son)
(17-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-sonli Farmoniga asosan 2021-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 06/20/6034/1103-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga
SHARH
Sud tizimining bosqichma-bosqich demokratlashtirilishi, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qiladigan sud hokimiyatining mustaqilligi toʻgʻrisidagi konstitutsiyaviy tamoyilga qatʼiy rioya etilishi mamlakatda sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan oʻzgarishlar orasida markaziy oʻrinni egallaydi.
Jumladan, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kengaytirish, ularning odil sudlovga erishish darajasini, sud ish yurituvining samaradorligi va sifatini oshirish, nomzodlarni tanlash va sudyalik lavozimiga tayinlash tizimini yanada takomillashtirish sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning eng muhim yoʻnalishlari sifatida mustahkamlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonining qabul qilinishi qayd etilgan vazifalarni amalga oshirishdagi muhim qadam boʻlib, mazkur sohadagi davlat siyosatini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtardi.
Farmonga muvofiq, nomzodlarni tanlash va sudyalik lavozimiga tayinlash tizimini tubdan takomillashtirish, sudyalarning mazkur jarayondagi ishtirokini kengaytirish, yuqori malakali sudyalar korpusini shakllantirish uchun masʼul boʻlgan organning maqomi hamda vakolatlarini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tashkil etildi.
Sudyalar oliy kengashi sudyalar hamjamiyati organi sifatida sud hokimiyatining mustaqilligi haqidagi konstitutsiyaviy prinsipga rioya etilishini taʼminlashga koʻmaklashadi. Sudyalar oliy kengashi uning tarkibida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti taqdimnomasiga binoan Senat tomonidan tasdiqlanadigan Kengash raisi va koʻpchilikni tashkil etuvchi sudyalar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari va huquq sohasidagi malakali mutaxassislar orasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan 20 nafar aʼzodan iborat boʻladi. Sudyalar oliy kengashining 13 nafar aʼzosi doimiy, 8 nafar aʼzosi esa jamoatchilik asosida oʻz faoliyatini amalga oshiradi.
Sudyalar oliy kengashiga sudyalik lavozimlariga malakali mutaxassislar orasidan ochiq va shaffof tanlov asosida sudyalar korpusini shakllantirish, sudyalar daxlsizligi buzilishini va ularning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashishlarning oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish, nomzodlar va sudyalarning kasbiy tayyorgarligini tashkil etish, aholi bilan muloqotni yoʻlga qoʻyish vazifalari yuklatilgan.
Sudyalar oliy kengashiga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi sudyalari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari raislaridan tashqari barcha sudyalarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda lavozimlarga tayinlash va lavozimlardan ozod etish boʻyicha vakolatlar oʻtkazilmoqda.
Sud amaliyotini tizimli tahlil qilib borish, uni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini taʼminlash boʻyicha tadqiqot markazi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini oʻrganish boʻyicha tadqiqot markazi sifatida oʻzgartirilmoqda.
Farmondagi yana bir ahamiyatli jihat — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xoʻjalik sudining fuqarolik, jinoiy, maʼmuriy va iqtisodiy sud ish yurituvi sohasida sud hokimiyatining yagona oliy organi — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga birlashtirilishi boʻldi. Ushbu islohot sud tizimini boshqarishdagi bir-birini takrorlovchi funksiyalarni bartaraf etishga hamda yagona sud amaliyotini shakllantirishga olib keladi.
Sud hokimiyati ikki oliy organining parallel faoliyat yuritishi qonun hujjatlari talablarini bir xilda qoʻllanishini taʼminlay olmadi, bir-biriga oʻxshash masalalar yuzasidan turlicha qarorlar qabul qilinishiga olib keldi.
Ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni, shuningdek maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga vakolatli boʻlgan yangi sud tizimining shakllantirilishi alohida ahamiyat kasb etadi.
Ilk marotaba davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari gʻayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) ustidan fuqarolarning sudga shikoyat qilish huquqining konstitutsiyaviy kafolatlarini amalga oshirishni taʼminlashga xizmat qiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari, tuman (shahar) maʼmuriy sudlari tashkil etildi.
Hozirgi kunga qadar davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyatlarni koʻrib chiqish Fuqarolik va Xoʻjalik protsessual kodekslariga muvofiq fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar va xoʻjalik sudlari tomonidan, maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar esa Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga muvofiq jinoyat ishlari boʻyicha sudlar tomonidan amalga oshirilayotgan edi.
Endilikda ushbu toifadagi ishlar yangi tashkil etilayotgan maʼmuriy sudlar tomonidan koʻriladi. Shu bilan birga, maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqishning protsessual tartibini belgilash, davlat organlari faoliyatida qonuniylikni mustahkamlash, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini amalga oshirishning zamonaviy tartib-taomillarini joriy etishga qaratilgan “Maʼmuriy sud ishi yurituvi toʻgʻrisida”gi va “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi qonunlar loyihalari ishlab chiqiladi.
Zamonaviy talablardan kelib chiqib, shuningdek tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Farmon bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xoʻjalik sudlari tegishli iqtisodiy sudlar etib oʻzgartirildi. Bunda, mamlakatning iqtisodiy salohiyati va tadbirkorlik subyektlarining ortib borishini hisobga olgan holda tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlari tashkil etilmoqda.
Tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlarini tashkil etish zarurati xoʻjalik sudlarining faqat viloyat darajasida faoliyat koʻrsatganligi bilan bogʻliqdir. Ayrim tumanlar sud binosidan uzoq masofada joylashganligi sababli tadbirkorlar daʼvo arizasini bergan paytdan nizo sudda koʻrib chiqilguniga qadar viloyat markaziga bir necha marotaba qatnashga majbur boʻlayotgan edi. Bu esa ularning moddiy xarajat va ortiqcha vaqt sarflashlariga sabab boʻlayotgan edi.
Umuman olganda, tashkil etiladigan maʼmuriy va iqtisodiy sudlar joylashuvi uzoq hududlarda istiqomat qiladigan fuqarolarning, shu jumladan tadbirkorlarning sud himoyasiga erishish darajasini oshiradi.
Sud hokimiyatining mustaqilligi prinsipiga rioya qilish, sudlarni moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash masalalarini mustaqil hal etish maqsadida Farmon bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti tashkil etildi va unga sudlarni moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash, sudlar faoliyati uchun zarur sharoitlarni yaratish, mehnat sharoitlarini yaxshilash, sudyalar va sud apparati xodimlarini moddiy va ijtimoiy taʼminlashni tashkil etish vazifasi yuklatildi.
Harbiy sudlarning shtat birliklari Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tizimiga oʻtkazilishi muhim ahamiyatga ega boʻldi. Vaholanki, harbiy sudyalarning Mudofaa vazirligi shtatiga kiritilganligi ushbu vazirlik ijro hokimiyati organi hisoblanishi tufayli sud hokimiyati mustaqilligining, uning faoliyatini tashkil etishning asosiy tamoyillariga muvofiq kelmaydi.
Farmonda sudlar faoliyati samaradorligini oshirish va sud kadrlari zaxirasini tayyorlash uchun sudlar tuzilmasiga sudya yordamchisi, sudya katta yordamchisi lavozimlarini kiritish nazarda tutildi.
Sudlar faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, sud tizimi samaradorligi va fuqarolarning odil sudlovga erishish darajasini oshirishga alohida eʼtibor qaratildi. Xususan, hukumat tomonidan ushbu yoʻnalishdagi amaliy chora-tadbirlar Dasturi tasdiqlanishi zarurligi belgilanadi.
Umuman olganda, Farmonda odil sudlov sohasidagi zamonaviy talablar va xalqaro standartlarni hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasining sud tizimini takomillashtirish va maqbullashtirish boʻyicha tarixiy oʻzgarishlar nazarda tutilgan.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 8-son, 109-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2017-y., 06/17/5195/0033-son, 20.07.2018-y., 06/18/5487/1543-son; 24.07.2020-y., 06/20/6034/1103-son; 21.01.2021-y., 06/21/6143/0052-son; 18.01.2023-y., 06/23/12/0034-son; 08.11.2023-y., 06/23/188/0835-son; 23.08.2025-y., 06/25/140/0771-son)