

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-3515298" id="-3515298">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3515301" id="-3515301">Qarori</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-3885589" id="edi-3885589"><a href="/mact/-3515213?ONDATE=29.11.2017 00#-3515305">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3885589" id="-3885589"></div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-3885590" id="-3885590">Sudlar tomonidan sugʻurta shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3885602" id="-3885602">(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli <a href="/mact/-3780952?ONDATE=19.05.2018 00#-3787494">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3515307" id="-3515307"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3515319" id="-3515319">Sugʻurta sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlarini sudlar tomonidan bir xilda va toʻgʻri qoʻllash maqsadida “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining <a href="/mact/-68425?ONDATE=17.11.1993 00#-129851">17-moddasiga </a>asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-3885604" id="edi-3885604"><a href="/mact/-3515213?ONDATE=29.11.2017 00#-3515331">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3885604" id="-3885604"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3885612" id="-3885612">1. Sugʻurta shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal qilishda sudlar Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik <a href="/mact/-111189">kodeksi</a> (bundan buyon matnda FK deb yuritiladi), “<a href="/mact/-18942">Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida</a>”, “<a href="/mact/-1342474">Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida</a>”, “<a href="/mact/-1471197">Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida</a>”, “<a href="/mact/-1390913">Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sugʻurtasi toʻgʻrisida</a>” va “<a href="/mact/-2652779">Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida</a>”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasining <a href="/mact/-3523891">Iqtisodiy protsessual kodeksi</a>, Oʻzbekiston Respublikasining <a href="/mact/-3517337">Fuqarolik protsessual kodeksi</a>, shuningdek sugʻurta sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga asoslanishi kerak. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3885613" id="-3885613">(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli <a href="/mact/-3780952?ONDATE=19.05.2018 00#-3787498">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3515335" id="-3515335">2. FKning <a href="/mact/-180552#-195959">914-moddasiga </a>muvofiq sugʻurta fuqaro yoki yuridik shaxsning (sugʻurta qildiruvchi) sugʻurta tashkiloti (sugʻurtalovchi) bilan tuzadigan mulkiy yoki shaxsiy sugʻurta shartnomalari asosida amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3515346" id="-3515346">Mulkiy sugʻurta shartnomasiga muvofiq sugʻurtalovchi sugʻurta hodisasi sodir boʻlganda sugʻurta qildiruvchiga (naf oluvchiga) bu hodisa oqibatida sugʻurtalangan mulkka yetkazilgan zararni yoxud sugʻurta qildiruvchining boshqa mulkiy manfaatlari bilan bogʻliq zararni shartnomada belgilangan summa doirasida toʻlash majburiyatini oladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3515354" id="-3515354">Shaxsiy sugʻurta esa sugʻurtalovchining sugʻurta qildiruvchining (sugʻurtalangan shaxsning) hayoti yoki sogʻligʻiga zarar yetkazilgan taqdirda, u muayyan yoshga toʻlgan yoki uning hayotida shartnomada nazarda tutilgan boshqa sugʻurta hodisasi yuz bergan hollarda shartnomada shartlashilgan sugʻurta pulini bir yoʻla toʻlash yoki vaqti-vaqti bilan toʻlab turish majburiyatini nazarda tutadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3515358" id="-3515358">FKning <a href="/mact/-180552#-196180">927-moddasi </a>sugʻurta shartnomasining shakliga nisbatan talabni oʻz ichiga olgan boʻlib, unga asosan bunday shartnoma yozma shaklda tuzilishi shart. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3515363" id="-3515363">Sugʻurta shartnomasi bitta hujjatni tuzish yoxud sugʻurta qildiruvchiga uning yozma yoki ogʻzaki arizasiga binoan sugʻurtalovchi tomonidan imzolagan va sugʻurta shartnomasi shartlarini oʻz ichiga olgan sugʻurta polisi (shahodatnomasi, sertifikati, kvitansiyasi)ni topshirish yoʻli bilan tuzilishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3515369" id="-3515369">Sugʻurta shartnomasining shakliga nisbatan belgilangan talabga rioya qilmaslik uning haqiqiy emasligiga olib keladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3515392" id="-3515392">2.1. Sudlar sugʻurta shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal qilishda shuni inobatga olishi kerakki, sugʻurta shartnomasining sugʻurtalovchi tomonidan ishlab chiqilgan sugʻurtaning standart qoidalari asosida tuzilgan qismiga nisbatan qoʻshilish shartnomasi haqidagi FKning <a href="/mact/-111189#-155580">360-moddasi </a>qoidalari qoʻllanishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3515398" id="-3515398">2.2. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, sugʻurta shartnomasi sugʻurtalovchi tomonidan imzolangan, sugʻurta shartnomasining shartlarini oʻz ichiga olgan sugʻurta polisi (shahodatnomasi, sertifikati, kvitansiyasi)ni topshirish yoʻli bilan tuzilganida, sugʻurta qildiruvchining sugʻurtalovchi taklif etgan shartlarda shartnoma tuzishga rozi ekanligi sugʻurtalovchidan koʻrsatilgan hujjatlarni qabul qilib olish va sugʻurta mukofoti toʻlash yoxud sugʻurta mukofoti boʻlib-boʻlib toʻlanganda birinchi badalni toʻlash orqali tasdiqlanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3515407" id="-3515407">3. Sugʻurta puli miqdori FK 929-moddasining <a href="/mact/-180552#-196191">birinchi qismida </a>nazarda tutilgan sugʻurta shartnomasining muhim shartlaridan biri hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3515413" id="-3515413">Sugʻurta puli taraflarning sugʻurta shartnomasidagi kelishuviga asosan aniqlanadi va FK 934-moddasining <a href="/mact/-180552#-196230">ikkinchi qismiga </a>muvofiq mol-mulkni yoki tadbirkorlik xavfini sugʻurtalashda ushbu miqdor, agar sugʻurta shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, uning asl narxidan (sugʻurta narxidan) oshib ketmasligi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3515416" id="-3515416">Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, FK 938-moddasining <a href="/mact/-180552#-196243">birinchi qismiga </a>koʻra, agar mol-mulkni yoki tadbirkorlik xavfini sugʻurta qilish shartnomasida koʻrsatilgan sugʻurta puli sugʻurta qiymatidan ortiq boʻlsa, shartnoma sugʻurta qiymatidan ortiq boʻlgan sugʻurta puli qismida oʻz-oʻzidan haqiqiy emas hisoblanadi. Bunday holatda sugʻurta mukofotining ortiqcha toʻlangan qismi qaytarib berilmaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3515419" id="-3515419">4. FK 931-moddasining <a href="/mact/-180552#-196217">birinchi qismiga </a>muvofiq sugʻurta shartnomasi tuzilayotganda sugʻurta qildiruvchi bunday shartnomani tuzish vaqtida oʻziga maʼlum boʻlgan sugʻurta hodisasi yuz berishi ehtimolini va uning yuz berishi tufayli kutilajak zarar miqdori (sugʻurta xavfi)ni aniqlash uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan holatlarni sugʻurtalovchiga xabar qilishi shart. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3515425" id="-3515425">Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, sugʻurta hodisasi yuz berishi ehtimolini va uning yuz berishi tufayli yetkazilishi mumkin boʻlgan zarar miqdori (sugʻurta xavfi)ni aniqlash uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan holatlar deganda, sugʻurta shartnomasi (polisi)ning standart shaklida, sugʻurta qildiruvchiga berilgan sugʻurta qoidalarida yoki yozma soʻrovda sugʻurtalovchi tomonidan oldindan aniq aytib qoʻyilgan xavfni oʻziga qabul qilgan sugʻurtalovchi tomonidan baholash uchun ahamiyatli holatlar deb tushunish lozim. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3515525" id="-3515525">5. FKning <a href="/mact/-180552#-196222">932-moddasiga </a>asosan mol-mulkni sugʻurtalash shartnomasi tuzilayotganida sugʻurtalovchi sugʻurta qilinayotgan mol-mulkni koʻzdan kechirishga, zarurat boʻlganda esa uning haqiqiy qiymatini belgilash maqsadida baholashdan oʻtkazishni tashkil etishga, shaxsiy sugʻurta shartnomasi tuzilayotganida esa sugʻurta qilinayotgan shaxs sogʻligʻining haqiqiy holatini aniqlash uchun uni tekshirtirishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3515530" id="-3515530">FK 935-moddasining <a href="/mact/-180552#-196236">ikkinchi qismiga </a>koʻra, mol-mulkning shartnomada koʻrsatilgan sugʻurta qiymati miqdori haqida taraflar oʻrtasida kelishuvga erishilgan boʻlsa, uning ustida keyinchalik nizolashish mumkin emas. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3515533" id="-3515533">Shu bilan birga, agar shartnoma tuzilgunga qadar sugʻurta xavfini baholash boʻyicha oʻz huquqidan foydalanmagan sugʻurtalovchi sugʻurta qildiruvchi tomonidan bu qiymat borasida bila turib chalgʻitilgan boʻlsa, mol-mulkning sugʻurta qiymati miqdori ustida nizolashish mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3515542" id="-3515542">6. Sudlar shuni nazarda tutishi kerakki, agar sugʻurta qildiruvchida (naf oluvchida) sugʻurta hodisasi yuz berishi natijasida kelib chiqqan zarar miqdori sugʻurta shartnomasida belgilangan zarar miqdoridan oshmasa yoki kam boʻlsa, ixtiyoriy mulkiy sugʻurta shartnomasining shartlarida sugʻurta tovonini toʻlashni istisno qiluvchi qoida belgilab qoʻyilishi mumkin (franshiza). Franshiza muayyan foiz yoki aniq miqdorida belgilanishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3515547" id="-3515547">7. FKning <a href="/mact/-180552#-196284">947-moddasiga</a> koʻra, sugʻurta shartnomasi, agar unda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, sugʻurta mukofoti yoki birinchi badal toʻlangan paytdan kuchga kiradi va uning shartlari, agar shartnomada sugʻurta amal qilishi boshlanishining boshqacha muddati nazarda tutilmagan boʻlsa, sugʻurta shartnomasi kuchga kirganidan keyin yuz bergan sugʻurta hodisalariga nisbatan tatbiq etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3515550" id="-3515550">8. FK 942-moddasining <a href="/mact/-180552#-196264">toʻrtinchi qismiga </a>muvofiq, agar sugʻurta shartnomasida sugʻurta mukofotini boʻlib-boʻlib toʻlash nazarda tutilgan boʻlsa, shartnomada navbatdagi sugʻurta badallarini belgilangan muddatlarda toʻlamaslik oqibatlari koʻrsatib qoʻyilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3515554" id="-3515554">Bunday oqibatlar sifatida sugʻurta shartnomasi, xususan, navbatdagi sugʻurta badallari toʻlanmaganda sugʻurtalovchining sugʻurta shartnomasini bekor qilishni talab qilish yoki majburiyatni bajarishdan bir tomonlama bosh tortish huquqini oʻz ichiga olishi mumkin. Bunday holatda, agar qonun yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, toʻlangan sugʻurta badali qaytarilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3515561" id="-3515561">8.1. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, shartnomada navbatdagi sugʻurta badallari toʻlanmaganligi munosabati bilan shartnomani bekor qilinishi haqidagi shartning mavjudligi, agar sugʻurta hodisasi toʻlash muddati oʻtkazib yuborilgan navbatdagi sugʻurta badali toʻlanishidan oldin yuz bergan boʻlsa, sugʻurtalovchini sugʻurta shartnomasini bajarish majburiyatidan ozod qilmaydi. Bunday holatda sugʻurtalovchi mulkiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan sugʻurta tovoni yoki shaxsiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta puli miqdorini sugʻurta mukofotining toʻlangan qismiga mutanosib summada cheklashga va muddati oʻtkazib yuborilgan sugʻurta badali summasini hisobga olishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3515562" id="-3515562">8.2. Agar sugʻurta shartnomasida navbatdagi sugʻurta badalini toʻlamaganlik uchun sugʻurtalovchining sugʻurta shartnomasini bekor qilishni talab qilish huquqi belgilangan boʻlsa va bunday holat yuz berganda sugʻurtalovchi ushbu huquqdan foydalanmaganda, u sugʻurta tovonini toʻlashni rad etishi mumkin emas, lekin mulkiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan sugʻurta tovoni yoki shaxsiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta puli miqdorini sugʻurta mukofotining oʻziga toʻlangan qismiga mutanosib summada cheklashga va muddati oʻtkazib yuborilgan sugʻurta badali summasini hisobga olishga haqli.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6410900" id="edi-6410900"><a href="/mact/-3515213?ONDATE=29.11.2017 00#-3515566">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6410900" id="-6410900"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6410901" id="-6410901">8.3. Navbatdagi yoki toʻlanmagan sugʻurta badalini toʻlamaganligi sababli sugʻurta shartnomasidagi majburiyatlarni bajarishdan bir tomonlama bosh tortishga xohishini bildirmagan sugʻurtalovchi shartnomaning amal qilishi muddati davomida sugʻurta qildiruvchi tomonidan toʻlanishi kechiktirilgan navbatdagi yoki toʻlanmagan sugʻurta badalini undirish talabi bilan sudga murojaat qilishga haqli. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6410902" id="-6410902">(8-bandning 8.3-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 6-sonli <a href="/mact/-6402535?ONDATE=20.02.2023 00#-6403155">qarori</a> tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3515570" id="-3515570">9. FKning <a href="/mact/-180552#-196017">917-moddasiga </a>koʻra, mol-mulk uning asralishidan qonun hujjatlariga yoki shartnomaga asoslangan manfaatga ega boʻlgan shaxs (sugʻurta qildiruvchi yoki naf oluvchi) foydasiga sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurtalanishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3515573" id="-3515573">Mol-mulkni sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta qilinadigan mol-mulk deganda, saqlanishiga qonuniy manfaatdorlik mavjud boʻlgan, yaʼni sodir boʻlishida ehtimolligi va tasodifiylik belgilari boʻlgan hodisa yuz berishi natijasida (toʻliq yoki qisman) yoʻqotilishi yoxud zarar yetkazilishi mumkin boʻlgan va hodisa yuz berishi bilan yetkazilgan ziyon toʻgʻridan-toʻgʻri pul koʻrinishida baholanadigan FKning <a href="/mact/-111189#-152413">81-moddasida </a>koʻrsatilgan fuqarolik huquqlarining obyektlari tushuniladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3515576" id="-3515576">Mulkni sugʻurta qilishda, qonun yoki bitim asosida sugʻurta qildiruvchiga (naf oluvchiga) tegishli mol-mulkning yoʻqolishi (nobud boʻlishi), kamayishi yoki zararlanishi xavfi bilan bogʻliq mulkiy manfaatdorlik sugʻurta obyekti boʻladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3515578" id="-3515578">Agar FK 917-moddasining <a href="/mact/-180552#-196021">ikkinchi qismiga </a>muvofiq, sugʻurtalovchi tomonidan sugʻurtalangan mol-mulkning asralishidan sugʻurta qildiruvchida (naf oluvchida) manfaat boʻlmaganligi sababli mol-mulkni sugʻurta qilish shartnomasini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida arz qilinganda, foydasiga sugʻurta shartnomasi tuzilgan shaxs manfaatdor boʻlmaganligini isbotlash majburiyati sugʻurtalovchi zimmasiga yuklatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3515580" id="-3515580">10. Garovga qoʻyilgan mol-mulkni sugʻurta qilish shartnomasini tuzishda, garov bilan taʼminlangan majburiyat bajarilmagan taqdirda garovga qoʻyilgan mulkning qiymatidan oʻz manfaatlari qanoatlantirilishi munosabati bilan garovga oluvchi FKning <a href="/mact/-180552#-196017">917-moddasiga </a>muvofiq oʻzi uchun mol-mulkni saqlanishidan va uni saqlanishini taʼminlanishida manfaatdor boʻlishi lozim. Bunday holatda garovga oluvchi sugʻurta shartnomasi boʻyicha naf oluvchi hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3515581" id="-3515581">11. Mulkiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta hodisasi deganda, shartnomada nazarda tutilgan va uning sodir boʻlishi natijasida sugʻurtalovchining sugʻurta tovonini toʻlab berish majburiyati vujudga keladigan voqea tushuniladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3515583" id="-3515583">Sugʻurta hodisasi kelib chiqishi ehtimoli mavjudligi sababli sugʻurta qilingan voqea, zarar yetkazilishi va yuzaga kelgan voqea bilan zarar oʻrtasidagi sababiy bogʻlanish faktini oʻz ichiga oladi hamda sugʻurtalash amalga oshirilgan voqeaning yuz berishi natijasida zarar yetkazilishi (sugʻurtalangan mulkning zararlanishi yoki kamayishi, uning yoʻqolishi yoxud nobud boʻlishi va boshqalar) bilan yuzaga kelgan deb hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3515592" id="-3515592">11.1. Sugʻurta hodisasi kelib chiqishi ehtimoli mavjudligi sababli sugʻurta qilingan voqea shartnoma amalda boʻlgan davrda sodir boʻlsa-da, yetkazilgan zarar shartnomaning amal qilish muddati tugaganidan soʻng aniqlansa, foydasiga sugʻurta shartnomasi tuzilgan shaxs (sugʻurta qildiruvchi, naf oluvchi), agar zarar shartnoma amalda boʻlgan davrida yetkazilgan yoki yetkazilishi boshlangan boʻlsa, sugʻurta tovonini talab qilishga haqli. Ushbu holatda zarar sugʻurta shartnomasi amalda boʻlgan davrda yetkazilgan yoki yetkazilishi boshlanganligini isbotlash majburiyati sugʻurta qildiruvchi (naf oluvchi) zimmasiga yuklatiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3515600" id="-3515600">Agar ish holatlariga koʻra zarar kelib chiqishining aniq davrini aniqlashning imkoni boʻlmasa, zarar aniqlangan paytda yetkazilgan hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3515604" id="-3515604">11.2. Sugʻurta hodisasi kelib chiqishi ehtimoli mavjudligi sababli sugʻurta qilingan voqea shartnoma amalda boʻlgan davrda yuz bergan boʻlsa-da, zarar yetkazilishi uning amal qilish davri tugagandan keyin boshlangan boʻlsa, sugʻurta hodisasi sodir boʻlgan hisoblanadi va sugʻurtalovchi, sugʻurta qildiruvchi tomonidan FKning <a href="/mact/-180552#-196306">951-moddasida </a>belgilangan qoidalarga rioya qilgan holda, sugʻurta tovonini toʻlashga majbur boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3515607" id="-3515607">11.3. Sugʻurta hodisasi roʻy berishi ehtimoli mavjud boʻlgan va oldindan taxmin qilingan hamda u kelib chiqishi mumkinligi sababli sugʻurta qilingan voqea ehtimollik va tasodifiylik belgilariga ega boʻlishi lozim. Bunda voqea sugʻurta shartnomasini tuzish paytida shartnoma ishtirokchilari uning sodir boʻlishini bilmagan va sodir boʻlishi yoxud sodir boʻlmasligini bilishi mumkin ham boʻlmagan taqdirda tasodifiy deb tan olinadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3515608" id="-3515608">12. FKning <a href="/mact/-180552#-196306">951-moddasida </a>sugʻurta qildiruvchi (naf oluvchi) sugʻurta hodisasi yuz berganligi haqida mulkiy sugʻurta shartnomasida belgilangan muddat va usulda sugʻurtalovchini xabardor qilish majburiyati belgilangan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3515613" id="-3515613">Sudlar shuni inobatga olishi kerakki, sugʻurta qildiruvchi zimmasiga faqatgina sugʻurta hodisasi haqida muayyan vaqt va usulda xabar berish majburiyati yuklanadi. Qonun bilan sugʻurta qildiruvchiga (naf oluvchiga) ushbu xabarnoma bilan bir vaqtda sugʻurta toʻlovini olish uchun lozim boʻlgan barcha zarur hujjatlarini taqdim qilish majburiyati yuklanmagan. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3515617" id="-3515617">Sugʻurta qildiruvchi (naf oluvchi) tomonidan sugʻurta hodisasi yuz berganligi haqida shartnomada belgilangan muddatda va usulda sugʻurtalovchini xabardor qilish majburiyatining bajarilmasligi sugʻurtalovchiga sugʻurta tovonini toʻlab berishni rad etish huquqini beradi. Bunda sugʻurta qildiruvchi (naf oluvchi) sugʻurta hodisasi yuz berganligi haqida sugʻurtalovchi oʻz vaqtida bilganligini yoxud sugʻurtalovchida bunday maʼlumot mavjud emasligi uning sugʻurta tovonini toʻlash majburiyatiga taʼsir qilmasligini, yaʼni bunday maʼlumotlarning mavjud emasligi uning (sugʻurtalovchining) sugʻurta hodisasining haqiqatda sodir boʻlganligi va yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash imkoniyatiga taʼsir qilmasligi haqidagi dalillarni taqdim qilib, sugʻurtalovchining sugʻurta tovonini toʻlashni rad etganligi yuzasidan nizolashish imkoniyatiga ega. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3515620" id="-3515620">Sudlar shuni inobatga olishi kerakki, shaxsiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta qildiruvchi sugʻurta hodisasi yuz bergani haqida qonunda belgilangan muddatda va usulda tegishli hujjatlar ilova qilingan holda sugʻurtalovchini xabardor qilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3515625" id="-3515625">13. Sugʻurtalovchining sugʻurta tovonini toʻlash majburiyati sugʻurta shartnomasidan kelib chiqadi va sugʻurta hodisasi natijasida kelib chiqqan zararlar uchun javobgarlik hisoblanmaydi. Sugʻurta shartnomasi kuchga kirganidan soʻng sugʻurta hodisasi yuz bergan taqdirda, sugʻurtalovchida shartnomada va sugʻurtalash qoidalarida koʻrsatilgan tartib, shartlar va muddatda muayyan pul summasini toʻlab berish majburiyati yuzaga keladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3515629" id="-3515629">13.1. Agar majburiyat uni bajarilishi lozim boʻlgan kun yoki davrni yoxud majburiyatni bajarish davrini aniqlash imkoniyatini nazarda tutsa yoki yoʻl qoʻysa, majburiyat ushbu kunda yoki davrning har qanday paytida bajarilishi lozim. Ushbu asosda oʻzganing pul mablagʻlaridan foydalanganlik uchun foizlar sugʻurtalovchi sugʻurta tovonini toʻlashni rad etgan, toʻliq hajmda toʻlamagan paytdan yoxud qonunda yoki sugʻurta shartnomasida belgilangan sugʻurta tovonini toʻlash muddati tugagan paytdan boshlab hisoblanishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3515631" id="-3515631">13.2. Agar ixtiyoriy mulkiy sugʻurta shartnomasini tuzishda sugʻurta qildiruvchiga sugʻurta hodisasi yuz berishi natijasida yetkazilgan zararlarni (sugʻurtalangan mol-mulkni eskirishini hisobga olgan yoki hisobga olmasdan) hisoblash usullarini tanlash huquqi berilgan boʻlsa, sudlar sugʻurta tovonining miqdori haqidagi nizoni hal qilishda shartnomaning taraflar tomonidan kelishilgan shartlaridan kelib chiqishi kerak. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3515632" id="-3515632">13.3. Sugʻurta qildiruvchi va sugʻurtalovchi oʻrtasida kredit shartnomasi boʻyicha majburiyatning bajarilishini taʼminlovchi va naf oluvchi foydasiga toʻlab berilishi kerak boʻlgan sugʻurta tovoni miqdori yuzasidan nizo kelib chiqsa, sugʻurtalovchi tomonidan toʻlanishi lozim boʻlgan sugʻurta tovoni miqdori sugʻurta shartnomasi shartlariga muvofiq aniqlanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3515633" id="-3515633">13.4. Sugʻurta hodisasi oqibatida mol-mulk nobud boʻlgan, yaʼni u toʻliq yoʻqolgan yoki qayta tiklanmaydigan tarzda shikastlangan taqdirda, agar shartnomada sugʻurta tovonining boshqa miqdori koʻrsatilmagan boʻlsa, sugʻurta qildiruvchiga sugʻurta tovoni toʻliq miqdorda toʻlab beriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3515634" id="-3515634">13.5. Sugʻurta hodisasi natijasida sugʻurtalangan mol-mulkka zarar yetkazilib, u butunlay yoʻqolmagan, lekin undan dastlabki holatdagidek foydalanishning imkoni boʻlmasa, sugʻurta tovoni miqdori sugʻurta puli va sugʻurtalangan mol-mulkining qoldiq qiymati oʻrtasidagi farq bilan aniqlanadi. Bunday holatda FKning <a href="/mact/-180552#-196378">958-moddasiga </a>binoan sugʻurta qildiruvchi sugʻurtalovchining roziligi bilan sugʻurtalangan mol-mulkka boʻlgan oʻz huquqlarini unga oʻtkazishi va sugʻurta tovonini sugʻurta pulining toʻliq hajmida olishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3515635" id="-3515635">13.6. Tovar qiymatining yoʻqolishi deganda, yoʻl-transport hodisasi sababli transport vositasi koʻrinishining (tashqi) va foydalanish sifatining yomonlashishi, mustahkamligining kamayishi, uning alohida qismlari, uskuna va agregatlari, bogʻlovchi va himoya qoplamalarining muddatidan oldin yomonlashishi hamda taʼmirlashga olib kelinishi natijasida transport vositasi qiymatining kamayishi tushuniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3515637" id="-3515637">Tovar qiymatining yoʻqolishi, transport vositasini taʼmirlash va ehtiyot qismlarning qiymati bilan bir qatorda haqiqiy zarar hisoblanadi. Shu sababli, agar tomonlar sugʻurta summasi qiymatini belgilashda tovarlik qiymatining yoʻqolishini ham nazarda tutgan boʻlsa, sugʻurta qildiruvchiga uni toʻlab berishni rad etish mumkin emas. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3515639" id="-3515639">13.7. Agar ixtiyoriy sugʻurta shartnomasida sugʻurtalangan mol-mulkni tiklash (taʼmirlash) sugʻurtalovchining hisobidan amalga oshirilishi belgilangan boʻlib, u tomonidan tiklashni (taʼmirlashni) amalga oshirish boʻyicha majburiyat shartnomada belgilangan muddatda bajarilmagan taqdirda, sugʻurta qildiruvchi tiklashni (taʼmirlashni) amalga oshirish haqida uchinchi shaxslarga topshiriq berishga yoxud uni oʻz kuchi bilan amalga oshirish va sarflangan xarajatlarni sugʻurta toʻlovi doirasida sugʻurtalovchidan talab qilishga haqli. </div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6410904" id="edi-6410904"><a href="/mact/-3515213?ONDATE=29.11.2017 00#-6410903">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6410904" id="-6410904"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6410905" id="-6410905">13.8. Tovarni tuzatish hamda ehtiyot qismlarining qiymatlari yuzasidan nizo vujudga kelgan hollarda, ushbu qiymatdan kelib chiqqan zarar miqdori taraflarning iltimosnomasi boʻyicha tayinlangan mutaxassis (ekspert)ning xulosasiga koʻra belgilanadi. Bunda mutaxassis (ekspert) sifatida baholash faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxs qatnashishi mumkin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6410906" id="-6410906">(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 6-sonli <a href="/mact/-6402535?ONDATE=20.02.2023 00#-6403164">qaroriga</a> asosan 13.8-kichik band bilan toʻldirilgan)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3515641" id="-3515641">14. Sugʻurtalangan mol-mulkni sotib olish uchun pul mablagʻi qarz shartnomasi asosida olingan va sugʻurta shartnomasi boʻyicha naf oluvchi hisoblangan kreditor sugʻurta tovonini olish huquqidan voz kechgan hollarda, sugʻurta manfaati saqlanganligi sababli bu huquq sugʻurtalovchi oldida ham, kreditor oldida ham oʻz majburiyatini vijdonan bajargan sugʻurta qildiruvchiga oʻtadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3515643" id="-3515643">15. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, FKning <a href="/mact/-180552#-196362">955-moddasida </a>belgilangan asoslarga koʻra sugʻurtalovchi mulkiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta qildiruvchiga (naf oluvchiga) sugʻurta tovonini yoki shaxsiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta pulini toʻlashni rad etishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3515645" id="-3515645">15.1. FK 955-moddasining <a href="/mact/-180552#-196369">uchinchi qismida </a>sugʻurtalovchi sugʻurta tovonini yoki sugʻurta pulini toʻlashni rad etganligi yuzasidan sugʻurta qildiruvchi (naf oluvchi)ning unga (sugʻurtalovchiga) nisbatan sudga daʼvo berish orqali nizolashish huquqi belgilangan. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3515655" id="-3515655">Sugʻurta qildiruvchi (naf oluvchi) tomonidan ushbu huquqdan foydalanilganda, daʼvo arizasidagi talab toʻlashni rad etishni noqonuniy deb topish haqida emas, balki sugʻurta tovonini yoki sugʻurta pulini undirish haqida boʻlishi lozim. Bunday daʼvo boʻyicha ishlarni koʻrishda sudlar FKning <a href="/mact/-180552#-196362">955-moddasida </a>nazarda tutilgan sugʻurta tovonini toʻlashni rad etish uchun asoslar mavjudligini aniqlashi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3515656" id="-3515656">15.2. Agar sugʻurtalovchi sugʻurta tovonini yoki sugʻurta pulini toʻlashni rad etish yoxud sugʻurta tovoni miqdorini kamaytirishni sugʻurta qildiruvchi yoki naf oluvchining qoʻpol ehtiyotsizligi oqibatida sugʻurta hodisasi yuz berganligi bilan asoslagan boʻlsa, sudlar shuni eʼtiborga olishi lozimki, bunday vaziyatda sugʻurtalovchini sugʻurta tovonini yoki sugʻurta pulini toʻlashdan ozod qilish faqat qonunda toʻgʻridan-toʻgʻri belgilangan hollarda yoʻl qoʻyiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3515659" id="-3515659">Qonunda belgilanmagan qoʻpol ehtiyotsizlik oqibatida sugʻurta hodisasi yuz bergan taqdirda sugʻurtalovchining sugʻurta tovonini yoki sugʻurta pulini toʻlashni rad etish huquqi nazarda tutilgan sugʻurta shartnomasining sharti oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3515663" id="-3515663">15.3. Sugʻurtalovchining sugʻurta tovoni yoki sugʻurta pulini toʻlashni rad etishining haqqoniyligi toʻgʻrisidagi masalani hal qilishda sudlar nafaqat ixtiyoriy mulkiy sugʻurta shartnomasida koʻrsatilgan hujjatlarni, balki sugʻurta hodisasi yuz berganligini, sugʻurta hodisasi natijasida sugʻurta qildiruvchi (naf oluvchi) tomonidan koʻrilgan zararning miqdorini tasdiqlovchi shartnomada koʻrsatilmagan hujjatlarni ham inobatga olishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3515667" id="-3515667">16. Sudlar shuni inobatga olishi lozimki, FK 943-moddasining <a href="/mact/-180552#-196267">birinchi qismida </a>sugʻurta shartnomasi oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmagan holatlar qayd etib oʻtilgan va ushbu roʻyxat tugal hisoblanmaydi, chunki sugʻurta shartnomasi (yoki uning qismi) FK va boshqa qonunlarda koʻrsatilgan boshqa hollarda ham haqiqiy boʻlmasligi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3515673" id="-3515673">Xususan, FKning <a href="/mact/-180552#-196010">916</a>, <a href="/mact/-180552#-196017">917</a>, <a href="/mact/-180552#-196073">920</a> va <a href="/mact/-180552#-196373">957-moddalari</a>, shuningdek boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollarda ham sugʻurta shartnomasi oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3515677" id="-3515677">17. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, sugʻurta shartnomasi qonunda nazarda tutilgan asoslarga koʻra sud tomonidan haqiqiy emas deb topilganligi sababli u haqiqiy emas deb hisoblanishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3515682" id="-3515682">Xususan, FK 921-moddasining <a href="/mact/-180552#-196157">toʻrtinchi qismiga </a>muvofiq sugʻurtalangan deb hisoblanmaydigan shaxs foydasiga, shu jumladan sugʻurtalangan shaxs hisoblanmaydigan sugʻurta qildiruvchi foydasiga shaxsiy sugʻurta shartnomasi faqat sugʻurtalangan shaxsning yozma roziligi bilangina tuzilishi mumkin. Bunday rozilik boʻlmagan taqdirda, shartnoma sugʻurtalangan shaxsning daʼvosi boʻyicha, bu shaxs vafot etgan taqdirda esa uning merosxoʻrlari daʼvosi boʻyicha haqiqiy emas deb topilishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3515686" id="-3515686">FK 931-moddasining <a href="/mact/-180552#-196220">toʻrtinchi qismiga </a>koʻra, agar sugʻurta shartnomasi tuzilganidan keyin, ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan holatlar toʻgʻrisida sugʻurta qildiruvchi sugʻurtalovchiga bila turib yolgʻon maʼlumot berganligi aniqlansa, sugʻurtalovchi shartnomani haqiqiy emas deb topishni va ushbu Kodeks 123-moddasining <a href="/mact/-111189#-153515">ikkinchi qismida </a>nazarda tutilgan oqibatlar qoʻllanilishini talab qilishga haqli, sugʻurta qildiruvchi aytib qoʻymagan holatlar oʻtib ketgan hollar bundan mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3515689" id="-3515689">FK 938-moddasining <a href="/mact/-180552#-196246">toʻrtinchi qismiga </a>asosan, agar sugʻurta shartnomasidagi sugʻurta pulini oshirib yuborish sugʻurta qildiruvchi tomonidan aldashning oqibati boʻlsa, sugʻurtalovchi shartnomani haqiqiy emas deb topishni va oʻziga yetkazilgan zarar uning sugʻurta qildiruvchidan olgan sugʻurta puli summasidan ortiq miqdorda qoplanishini talab qilishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3515692" id="-3515692">Sugʻurtalovchi nomidan sugʻurta agenti yoki sugʻurtalovchi tomonidan berilgan ishonchnomada koʻrsatilgan vakolatlarni amalga oshiruvchi boshqa shaxs tomonidan oʻz vakolati doirasidan chetga chiqqan holda sugʻurta shartnomasining tuzilganligi, agar ushbu shartnoma belgilangan tartibda haqiqiy emas deb topilmagan boʻlsa, sugʻurtalovchini sugʻurta tovonini toʻlashdan ozod qilish uchun asos boʻla olmaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3515694" id="-3515694">Agar sugʻurta qildiruvchi sugʻurta shartnomasini tuzishda sugʻurta agenti yoki boshqa shaxs sugʻurtalovchi tomonidan belgilangan cheklovlar chegarasidan chiqqanini bilgan yoki oldindan bilishi lozim boʻlganligi isbotlangan boʻlsa, bitim sugʻurtalovchining talabi boʻyicha FKning <a href="/mact/-111189#-153523">126-moddasiga </a>asosan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3515699" id="-3515699">18. FKning <a href="/mact/-180552#-196373">957-moddasiga </a>muvofiq, agar mulkiy sugʻurta shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, sugʻurta qildiruvchi (naf oluvchi)ning sugʻurta natijasida qoplangan zarar uchun javobgar shaxsdan talab qilish huquqi toʻlangan summa doirasida sugʻurta tovonini toʻlagan sugʻurtalovchiga oʻtadi. Biroq, shartnomaning bila turib zarar yetkazgan shaxsga nisbatan talab qilish huquqi sugʻurtalovchiga oʻtishini istisno qiladigan shartlari oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3515704" id="-3515704">Sudlarga tushuntirilsinki, qonun hujjatlarida talab qilish huquqi sugʻurtalovchiga oʻtishi uchun talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish haqida alohida kelishuv tuzilishi nazarda tutilmagan. Ushbu huquqning oʻtishi FKning <a href="/mact/-180552#-196373">957-moddasi </a>va sugʻurta shartnomasining oʻzi asosida amalga oshiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3515705" id="-3515705">19. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, sugʻurta shartnomasi asosida transport vositasini boshqarishga qoʻyilgan shaxs, transport vositasidan fuqarolik-huquqiy munosabat yoki mehnat shartnomasi asosida foydalanayotgan va u ushbu mol-mulkning saqlanishidan manfaatdor boʻlsa, unga nisbatan avtotransport vositasini ixtiyoriy sugʻurta qilish qoidalari sugʻurta qildiruvchidagiga kabi qoʻllaniladi. Shuning uchun sugʻurtalovchi ushbu shaxsdan FKning 957-moddasida belgilangan subrogatsiya tartibida toʻlangan pullarni talab qilish huquqiga ega boʻlmaydi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5298991" id="edi-5298991"><a href="/mact/-3515213?ONDATE=29.11.2017 00#-3515708">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5298991" id="-5298991"></div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5298992" id="-5298992">(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi 37-sonli <a href="/mact/-5294278?ONDATE=19.12.2020 00#-5294566">qaroriga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3515727" id="-3515727">21. FKning <a href="/mact/-180552#-196380">959-moddasiga </a>asosan sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchi oʻz zimmasiga olgan sugʻurta tovonini yoki sugʻurta pulini toʻlash xavfi uning tomonidan toʻliq yoki qisman boshqa sugʻurtalovchida (sugʻurtalovchilarda) u bilan tuzilgan qayta sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurtalanishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3515729" id="-3515729">Qayta sugʻurta qilish shartnomasidan kelib chiqadigan nizolar boʻyicha ishlarni koʻrishda sudlar qayta sugʻurta qilish xizmatlarini koʻrsatishning yagona talab va standartlari belgilangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2010-yil 27-dekabrdagi 111-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 29-yanvarda 2190-son bilan roʻyxatga olingan Qayta sugʻurta qilish xizmatlari koʻrsatishning yagona talablari va standartlari toʻgʻrisidagi <a href="/mact/-1738609#-1738908">nizomga</a> ham asoslanishi lozim.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6704692" id="edi-6704692"><a href="/mact/-3515213?ONDATE=29.11.2017 00#-3515731">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6704692" id="-6704692">(22-band Oʻzbekiston Respublikasi sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 33-sonli <a href="/mact/-6683874?ONDATE=20.11.2023 01#-6684153">qaroriga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6704707" id="edi-6704707"><a href="/mact/-3515213?ONDATE=29.11.2017 00#-3515741">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6704707" id="-6704707">(22.1-band Oʻzbekiston Respublikasi sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 33-sonli <a href="/mact/-6683874?ONDATE=20.11.2023 01#-6684153">qaroriga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6704709" id="edi-6704709"><a href="/mact/-3515213?ONDATE=29.11.2017 00#-3515839">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6704709" id="-6704709">(22.2-band Oʻzbekiston Respublikasi sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 33-sonli <a href="/mact/-6683874?ONDATE=20.11.2023 01#-6684153">qaroriga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-6704715" id="-6704715">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K. KAMILOV</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-3515850" id="-3515850">Plenum kotibi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi I. ALIMOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3515852" id="-3515852">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3515856" id="-3515856">2017-yil 29-noyabr,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-3515858" id="-3515858">45-son</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
