1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.02 Majburiy sugʻurta;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.03.00 Tibbiy koʻriklar. Kasbiy kasalliklar. Mehnat jarohatlari;
3.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.05.00 Baxtsiz hodisalar. Ularni tekshirish va hisobga olish tartibi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi;
2.Moliya / Sugʻurta]
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
ISHLAB CHIQARISHDAGI BAXTSIZ HODISALAR VA KASB KASALLIKLARIDAN MAJBURIY DAVLAT IJTIMOIY SUGʻURTASI TOʻGʻRISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 26-iyunda qabul qilingan Senat tomonidan 2008-yil 28-avgustda maʼqullangan
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.03.00 Tibbiy koʻriklar. Kasbiy kasalliklar. Mehnat jarohatlari;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.05.00 Baxtsiz hodisalar. Ularni tekshirish va hisobga olish tartibi;
3.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.02.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani boshqarish]
Ushbu Qonunning maqsadi ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sugʻurtasi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni.
2-modda. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sugʻurtasi toʻgʻrisidagi qonunchilik
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.02.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani boshqarish]
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sugʻurtasi toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.03.00 Shartnomalarga rioya qilishni qoʻllash va sharhlash]
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sugʻurtasi toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(2-moddaOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa — sugʻurtalangan shaxsning u mehnat shartnomasi (kontrakt) boʻyicha oʻz vazifalarini sugʻurta qildiruvchining hududida yoki undan tashqarida bajarayotganda mehnatda mayib boʻlishiga yoki sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanishiga olib kelgan va sugʻurtalangan shaxsni boshqa ishga oʻtkazish zaruriyatini keltirib chiqargan, uning kasbga oid mehnat qobiliyatini vaqtincha yoki turgʻun yoʻqotishiga yoxud vafot etishiga sabab boʻlgan hodisa;
kasb kasalligi — sugʻurtalangan shaxsga unga ishlab chiqarishning zararli yoki xavfli omili taʼsiri natijasida uning kasbga oid mehnat qobiliyatini vaqtincha yoki turgʻun yoʻqotishiga sabab boʻlgan oʻtkir yoki surunkali kasallik;
mehnatda mayib boʻlish — ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa oqibatida sugʻurtalangan shaxsning kasbga oid mehnat qobiliyatini vaqtincha yoki turgʻun yoʻqotishi;
sugʻurtalovchi — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi;
sugʻurta badallari — sugʻurta qildiruvchining mehnatga haq toʻlash fondidan sugʻurtalovchiga qonunchilikda belgilangan tartibda va miqdorlarda amalga oshiriladigan ajratmalari;
(3-moddaning oltinchixatboshisiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
sugʻurtalanganshaxs — mehnat shartnomasi (kontrakt) asosida ishlaydigan, sugʻurta qildiruvchi sugʻurtalovchiga shu shartnomaga (kontraktga) muvofiq sugʻurta badallarini toʻlaydigan, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sugʻurtasi qilinishi lozim boʻlgan jismoniy shaxs;
sugʻurtaqildiruvchi — jismoniy shaxsni qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat shartnomasi (kontrakt) boʻyicha ishga yollagan yuridik yoki jismoniy shaxs;
(3-moddaning sakkizinchixatboshisiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 31-32-moddalari.
sugʻurtahodisasi — sugʻurtalangan shaxsning sogʻligʻiga ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi oqibatida zarar yetkazilganligi yoki uning vafot etganligi belgilangan tartibda tasdiqlangan fakt boʻlib, u sugʻurta tovoni toʻlovlarini amalga oshirish boʻyicha sugʻurtalovchining majburiyati vujudga kelishiga sabab boʻladi.
4-modda. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sugʻurtasining maqsadlari
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.02.00 Mehnat sohasidagi boshqaruv;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.03.00 Tibbiy koʻriklar. Kasbiy kasalliklar. Mehnat jarohatlari;
3.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.05.00 Baxtsiz hodisalar. Ularni tekshirish va hisobga olish tartibi;
4.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.02.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani boshqarish]
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sugʻurtasining maqsadlari quyidagilardan iborat:
fuqarolarning ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sugʻurtasiga boʻlgan huquqlarini qonunda belgilab qoʻyish orqali ularning ijtimoiy himoyasini amalga oshirish, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa va kasb kasalligi oqibatida xodimning hayoti hamda sogʻligʻiga zarar yetkazilganligi munosabati bilan sugʻurta tovoni toʻlanishini taʼminlash;
mehnatni muhofaza qilish holatini va mehnat sharoitlarini yaxshilash, xodimlarning sogʻligʻini saqlash.
5-modda. Sugʻurtalangan shaxsning huquq va majburiyatlari
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.03.00 Tibbiy koʻriklar. Kasbiy kasalliklar. Mehnat jarohatlari;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.02.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani boshqarish]
Sugʻurtalangan shaxs:
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha sugʻurta tovoni bilan taʼminlanish;
sugʻurta hodisasini tekshirishda, shu jumladan kasaba uyushmasi organi yoki oʻz ishonchli shaxsi jalb qilingan holda ishtirok etish;
sugʻurta hodisalarini tekshirish natijalariga doir qarorlar ustidan shikoyat qilish;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha oʻz huquq va majburiyatlari haqida sugʻurta qildiruvchidan, sugʻurtalovchidan bepul axborot olish;
tibbiy tekshiruvdan (qayta tekshiruvdan) oʻtish masalalari yuzasidan davlat sogʻliqni saqlash tizimining davolash-profilaktika muassasalariga va tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasiga mustaqil ravishda murojaat etish;
(5-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi OʻRQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sugʻurtasi masalalari boʻyicha oʻz huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun sudga, shuningdek kasaba uyushmasi organlariga murojaat etish huquqiga ega.
Sugʻurtalangan shaxs:
mehnatni muhofaza qilish normalariga, qoida va yoʻriqnomalariga rioya etishi;
sugʻurta hodisasi yuz berganda, oʻz yashash joyi yoki ish joyi oʻzgarganligi toʻgʻrisida, shuningdek oʻzi oladigan sugʻurta tovonining miqdori oʻzgarishiga yoki uni olish huquqining yoʻqolishiga sabab boʻluvchi holatlar haqida bunday holatlar vujudga kelgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlarini xabardor qilishi;
(5-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 9-sentabrdagi OʻRQ-254-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 35-36-son, 300-modda)
tibbiy, ijtimoiy va kasbiy reabilitatsiya qilishga doir tavsiyalarni bajarishi, tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi belgilagan muddatlarda tibbiy tekshiruvdan (qayta tekshiruvdan) oʻtishi shart.
(5-modda ikkinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi OʻRQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
Sugʻurtalangan shaxs qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi va uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
(5-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
6-modda. Sugʻurta qildiruvchining huquq va majburiyatlari
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.03.00 Tibbiy koʻriklar. Kasbiy kasalliklar. Mehnat jarohatlari;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.05.00 Baxtsiz hodisalar. Ularni tekshirish va hisobga olish tartibi;
3.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.02.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani boshqarish]
Sugʻurta qildiruvchi:
sugʻurtalangan shaxs mehnatni muhofaza qilish normalariga, qoida va yoʻriqnomalariga rioya etishini talab qilish;
sugʻurtalangan shaxsga sugʻurta hodisasi sodir boʻlganda qonunchilikda belgilangan tartibda qoʻshimcha yordam koʻrsatish;
oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini, shuningdek sugʻurtalangan shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini qonunchilikda belgilangan tartibda himoya qilish huquqiga ega.
(6-modda birinchi qismining uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
sugʻurta badallarini sugʻurtalovchiga qonunchilikda belgilangan tartibda va miqdorlarda toʻlashi;
(6-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
sugʻurta hodisalari sodir boʻlishining oldini olish choralarini taʼminlashi;
sugʻurta hodisalarini qonunchilikda belgilangan tartibda tekshirishi;
(6-modda ikkinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
sugʻurta hodisasi sodir boʻlgan kundan eʼtiboran bir sutka ichida bu haqda mehnat sharoitlarini muhofaza va ekspertiza qilish davlat inspeksiyasiga xabar qilishi;
sugʻurtalangan shaxsni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasiga tibbiy tekshiruvdan (qayta tekshiruvdan) oʻtish uchun yuborishi;
(6-modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi OʻRQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
sugʻurta hodisalari sodir boʻlishining oldini olish va ularni tekshirish masalalari boʻyicha davlat organlarining qarorlarini ijro etishi hamda kasaba uyushmasi organlarining takliflarini koʻrib chiqishi;
sugʻurtalangan shaxslarga texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi, yongʻin xavfsizligi qoidalarini va mehnatni muhofaza qilishning boshqa qoidalarini oʻz mablagʻlari hisobidan oʻqitishi;
sugʻurtalangan shaxsga uning huquq va majburiyatlarini, shuningdek ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sugʻurtasining tartibi hamda shartlarini tushuntirishi;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sugʻurtasini amalga oshirish uchun asos boʻladigan hujjatlarning tasdiqlangan koʻchirma nusxalarini sugʻurtalangan shaxsga taqdim etishi shart.
Sugʻurta qildiruvchi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi va uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
(6-moddaning uchinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
7-modda. Sugʻurtalovchining huquq va majburiyatlari
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.03.00 Tibbiy koʻriklar. Kasbiy kasalliklar. Mehnat jarohatlari;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.05.00 Baxtsiz hodisalar. Ularni tekshirish va hisobga olish tartibi;
3.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.02.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani boshqarish;
4.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.02.00 Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi (shuningdek, 07.07.02.02 ga qarang)]
Sugʻurtalovchi:
sugʻurta hodisalari toʻgʻrisidagi axborotni tekshirish;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sugʻurtasi masalalari yuzasidan manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan hamkorlik qilish;
(7-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini, shuningdek sugʻurtalangan shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini qonunchilikda belgilangan tartibda himoya qilish huquqiga ega.
(7-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Sugʻurtalovchi:
sugʻurta tovoni toʻlovlarini amalga oshirish uchun pul mablagʻlarini toʻplashi;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan amalga oshiriladigan sugʻurta tovoni toʻlovlarini belgilangan hajmlarda va oʻz vaqtida moliyalashtirishi;
(7-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 9-sentabrdagi OʻRQ-254-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 35-36-son, 300-modda)
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sugʻurtasini amalga oshirish uchun mablagʻlardan foydalanishning hisobga olinishini taʼminlashi;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sugʻurtasi tizimining moliyaviy barqarorligini taʼminlaydigan zarur choralarni amalga oshirishi;
sugʻurta qildiruvchilar, sugʻurtalangan shaxslar va sugʻurta tovoni olish huquqiga ega boʻlgan boshqa shaxslar toʻgʻrisida oʻz faoliyati natijasida olingan maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlashi shart.
Sugʻurtalovchi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi va uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
(7-moddaning uchinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
8-modda. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sugʻurtasini amalga oshirish uchun mablagʻlarni shakllantirish
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.03.00 Tibbiy koʻriklar. Kasbiy kasalliklar. Mehnat jarohatlari;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.05.00 Baxtsiz hodisalar. Ularni tekshirish va hisobga olish tartibi;
3.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.02.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani boshqarish]
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sugʻurtasini amalga oshirish uchun mablagʻlar sugʻurtalovchi tomonidan quyidagilar hisobiga shakllantiriladi:
(8-moddaning toʻrtinchi xatboshisiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
9-modda. Sugʻurta tovonining turlari va uni toʻlash
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.02.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani boshqarish;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.04.00 Boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi;
3.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.01.00 Nafaqalar / 06.07.01.08 Dafn marosimi uchun beriladigan nafaqa;
4.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.02.00 Kompensatsiya va boshqa ijtimoiy toʻlovlar / 06.07.02.01 Nogironlarga kompensatsiya toʻlovlari]
Sugʻurta tovoni ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi oqibatida tayinlangan dafn etish marosimi uchun beriladigan nafaqa, nogironlik pensiyasi hamda boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi tarzida toʻlanadi.
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.02.00 Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi (shuningdek, 07.07.02.02 ga qarang)]
Sugʻurta tovoni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan toʻlanadi.
(9-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 9-sentabrdagi OʻRQ-254-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 35-36-son, 300-modda)
Sugʻurta tovoni ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sugʻurtasining maqsadlari uchun sugʻurtalovchi tomonidan toʻplangan pul mablagʻlari hisobidan qonunchilikda belgilangan tartibda toʻlanadi.
(9-moddaning uchinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida” Qonunining 34-moddasi.
10-modda. Dafn etish marosimi uchun beriladigan nafaqa
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.03.00 Tibbiy koʻriklar. Kasbiy kasalliklar. Mehnat jarohatlari;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.05.00 Baxtsiz hodisalar. Ularni tekshirish va hisobga olish tartibi;
3.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.02.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani boshqarish;
4.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.01.00 Nafaqalar / 06.07.01.08 Dafn marosimi uchun beriladigan nafaqa]
Sugʻurtalangan shaxs vafot etgan taqdirda, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi oqibatida tayinlangan dafn etish marosimi uchun beriladigan nafaqa uning oila aʼzolariga yoki dafn marosimini oʻtkazishni oʻz zimmasiga olgan shaxslarga qonunchilikda belgilangan tartibda va miqdorlarda toʻlanadi.
(10-moddaning matniOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Dafn etish va dafn ishi toʻgʻrisida”gi Qonuni.
11-modda. Nogironlik pensiyasi
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.03.00 Nogironlik pensiyasi]
Nogironlik pensiyasi ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi oqibatida mehnat qobiliyati toʻliq yoki qisman yoʻqotilganda tayinlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang:Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-fevraldagi PF-74-son “Nogironligi boʻlgan shaxslarni hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni.
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi oqibatida nogironlik pensiyasi ish stajidan qatʼi nazar, tayinlanadi.
Nogironlik sabablari va guruhlari, shuningdek nogironlik kelib chiqqan vaqt va nogironlik belgilab qoʻyilayotgan muddat qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan aniqlanadi.
(11-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi OʻRQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.04.00 Boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi]
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi oqibatida tayinlangan boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi vafot etgan sugʻurtalangan shaxsning qaramogʻidagi mehnatga layoqatsiz oila aʼzolariga qonunchilikda belgilangan tartibda toʻlanadi. Bunda yoshidan va mehnat layoqatidan qatʼi nazar, farzandlarga, ota-onadan biriga yoki er (xotin) yoxud buva, buvi, aka-uka yoki opa-singilga pensiya, agar ular vafot etgan boquvchining bolalari, aka-ukalari, opa-singillari yoki nabiralarini, ishlovchilarga bolaga qarash uchun ish haqi saqlanmagan holda taʼtilda boʻlish huquqini beradigan yoshga toʻlguniga qadar boqish bilan mashgʻul boʻlsa va ishlamasa, boquvchining qaramogʻida turgan-turmaganligidan qatʼi nazar, tayinlanadi.
(12-moddaning birinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi oqibatida tayinlangan boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi, shuningdek vafot etgan sugʻurtalangan shaxsning qaramogʻida boʻlmagan ota-onasiga va eriga (xotiniga) ham, agar ular keyinchalik tirikchilik uchun zarur mablagʻlar manbaidan mahrum boʻlib qolgan boʻlsa, toʻlanadi.
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.11.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta sohasida nizolarni hal qilish tartibi]
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sugʻurtasi sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(13-moddaning matniOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
14-modda. Sugʻurta qildiruvchining javobgarligi
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.12.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik]
Sugʻurta qildiruvchi ushbu Qonun bilan zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarning oʻz vaqtida bajarilishi, sugʻurta badallari oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishi uchun javobgardir.
Sugʻurta qildiruvchi sugʻurta badallarini toʻlash boʻyicha majburiyatlarni bajarish kechiktirilganda sugʻurtalovchiga qonunchilikda belgilangan miqdorda jarima va penyalar toʻlaydi.
(14-moddaning ikkinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 492-moddasi.
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.02.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani boshqarish;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.02.00 Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi (shuningdek, 07.07.02.02 ga qarang)]
Sugʻurtalovchi ushbu Qonun bilan zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarning oʻz vaqtida bajarilishi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan amalga oshiriladigan sugʻurta tovoni toʻlovlarining belgilangan hajmlarda oʻz vaqtida moliyalashtirilishi uchun javobgardir.
(15-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 9-sentabrdagi OʻRQ-254-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 35-36-son, 300-modda)
16-modda. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sugʻurtasi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.03.00 Tibbiy koʻriklar. Kasbiy kasalliklar. Mehnat jarohatlari;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.05.00 Baxtsiz hodisalar. Ularni tekshirish va hisobga olish tartibi]
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sugʻurtasi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(16-moddaOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 492-moddasi.
17-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
(17-moddaning nomiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
18-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2008-yil 11-sentabrdagi 179 (4589)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 10-sentabr,
OʻRQ-174-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 37-38-son, 361-modda; 2010-y., 35-36-son, 300-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son; 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)