toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.09.2020
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining
Qarori
O‘zbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (15-son MBMS) “Mashina va uskunalar qiymatini baholash”ni tasdiqlash to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 29-iyunda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2895]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2020-yil 1-maydagi 01/11-15/62-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standartini tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3239, 04.06.2020-y.) asosan 2020-yil 5-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-apreldagi PQ-843-sonli “Baholovchi tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati uchun ularning mas’uliyatini oshirish to‘g‘risida”gi qarori va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PF-5016-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (15-son MBMS) “Mashina va uskunalar qiymatini baholash” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Rais R. GULYAMOV
Toshkent sh.,
2017-yil 15-may,
01/27-26/05-son
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2017-yil 15-maydagi 01/27-26/05-son qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (15-son MBMS) “Mashina va uskunalar qiymatini baholash”
Mazkur O‘zbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (15-son MBMS) “Mashina va uskunalar qiymatini baholash” (bundan buyon matnda 15-son MBMS deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-apreldagi PQ-843-son “Baholovchi tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati uchun ularning mas’uliyatini oshirish to‘g‘risida”gi qarori va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PF-5016-son “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq mashina va uskunalar qiymatini baholash sohasida O‘zbekiston Respublikasidagi baholash faoliyatining normativ jihatdan tartibga solinishini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. 15-son MBMSning maqsadi mashina va uskunalar qiymatini aniqlash va baholash natijalarini aks ettirish qoidalarini belgilashdan iboratdir.
2. Quyidagilar 15-son MBMSning asosiy vazifalari hisoblanadi:
mashina va uskunalar qiymatini baholash tushunchalari va qoidalaridan foydalanishda, shuningdek ularning qiymatini baholashda baholovchilar va mol-mulk egalari xatti-harakatlarining muvofiqligini ta’minlash;
baholashning xolisligi va sifatini oshirishda ko‘maklashadigan tartib-taomillarni belgilash;
boshlang‘ich axborot, baholash to‘g‘risidagi hisobot mazmuni va materialni bayon etishga nisbatan baholash to‘g‘risidagi hisobotlar turlicha talqin qilinishini istisno etadigan yagona talablarni belgilash.
2-bob. 15-son MBMSni qo‘llanish sohasi
3. Quyidagilar 15-son MBMS tatbiq etiladigan baholash obyektlari hisoblanadi:
bitta alohida olingan mashina yoki uskuna yoxud mashina yoki uskunaning muayyan qismi;
mashina va uskunalarning bir-biridan shartli ravishda mustaqil bo‘lgan birliklari (ishlab chiqarish-texnologik tizim yoki liniyaning bir qismi);
ishlab chiqarish-texnologik tizimlar: ishlab chiqarish-texnologik jarayon bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan mashina va/yoki uskunalarning majmuasi.
4. 15-son MBMS baholovchi tashkilotlar, baholovchilar va buyurtmachilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, mashina va uskunalarning qiymatini baholash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishda qo‘llanilishi majburiydir.
5. 15-son MBMSni qo‘llashda 15-son MBMSning ilovasida keltirilgan Uslubiy ko‘rsatmalarga rioya etilishi lozim.
3-bob. 15-son MBMSni buxgalteriya hisobi standartlari bilan o‘zaro aloqasi
6. Baholash obyektlari 15-son MBMS talablariga muvofiq baholanganda olingan natijalar O‘zbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni talablarini hisobga olgan holda qo‘llanilishi mumkin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi milliy standartlari (BHMS) norma va talablari faqat 15-son MBMSda nazarda tutilgan hollarda qo‘llanilishi mumkin. Boshqa hollarda 15-son MBMS talablariga rioya etilishi zarur.
8. 15-son MBMS baholash usullari bilan aniqlangan baholash obyektining qiymati moliyaviy hisobot uchun belgilangan tartibda aniqlangan ushbu obyektning qiymatidan jiddiy tarzda farqlanishi mumkin.
4-bob. 15-son MBMS talablari
1-§. Umumiy qoidalar
9. Baholovchi uchun 15-son MBMSning talabi baholashning quyidagi bosqichlariga rioya etishdan iborat:
baholash topshirig‘ini belgilash va baholash obyektini baholash to‘g‘risida shartnoma tuzish;
axborot yig‘ish va uni tahlil qilish;
baholash yondashuvlari va usullarini qo‘llash;
baholash obyektining qiymatini hisob-kitob qilish va aniqlash;
baholash to‘g‘risidagi hisobotni tuzish.
10. Buyurtmachi uchun 15-son MBMSning talabi quyidagilardan iborat:
baholovchi bilan birgalikda baholash topshirig‘ini belgilash va baholash obyektini baholash to‘g‘risida shartnoma tuzish;
baholash obyektiga kirish imkoniyatini ta’minlash (zarur hollarda);
baholovchiga zarur dastlabki axborotni taqdim qilish.
2-§. Baholash topshirig‘ini belgilash
11. Baholash topshirig‘i buyurtmachi tomonidan baholovchi tashkilot bilan birgalikda tuziladi va baholash to‘g‘risidagi shartnomaga ilova shaklida rasmiylashtiriladi.
Baholash topshirig‘i quyidagilardan iborat bo‘lishi lozim:
baholash obyektining nomi va qisqacha tavsifi;
buyurtmachining nomi va uning rekvizitlari;
baholovchi tashkilotning nomi va uning rekvizitlari;
baholashni o‘tkazish uchun asoslar;
baholash maqsadi (vazifasi) va baholash natijalaridan foydalanish mo‘ljali;
baholash sanasi;
baholash maqsadiga muvofiq bo‘lgan aniqlanayotgan qiymat turi;
farazlar va cheklovchi shartlar (ular mavjud bo‘lganda);
buyurtmachi tomonidan taqdim etilishi lozim bo‘lgan dastlabki axborot ro‘yxati;
baholash ishlarini bajarish muddatlari.
Baholash topshirig‘i qo‘shimcha shartlarni ham o‘z ichiga olishi mumkin.
3-§. Axborot yig‘ish va uni tahlil qilish
12. Axborotni yig‘ish va uni tahlil qilish:
baholash obyektini funksional ko‘rsatkichlari (unumdorligi yoki quvvati, yuk ko‘tarishi, yuk tortishi, ish makoni hajmlari, aniqlik toifasi, avtomatlashtirish darajasi va h.k.), foydalanish ko‘rsatkichlari (avtomatik, yarim avtomatik yoki noavtomatik foydalanilishi, to‘xtovsiz ishlashi, chidamliligi, ta’mirga yaroqliligi, but saqlanishi va h.k.), konstruktiv ko‘rsatkichlari (massasi, og‘irligi, asosiy konstruktiv materiallarining tarkibi va h.k.), iqtisodiy ko‘rsatkichlari (mashinalar faoliyat ko‘rsatganda vaqt birligida, mahsulot yoki ishlar birligiga turli zaxiralarning sarflanishi) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan texnik hujjatlarni;
baholash obyekti to‘g‘risida moliyaviy ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi iqtisodiy hujjatlarni (balans qiymati, xarid qiymati, joriy va kapital ta’mirlash qiymati, vaqt mobaynida ishlab chiqarish quvvatining qiymat ko‘rsatkichlari va h.k.), shuningdek baholash obyektining kelib chiqishi to‘g‘risidagi hujjatlarni (oldi-sotdi shartnomalari, qabul qilish dalolatnomalari, boshqalar);
baholash obyekti mansub bo‘lgan bozorning holati va dinamikasi haqidagi axborotni (ishlab chiqarish, sotish holatlari, talab va taklif);
baholash obyektining qiymatini baholash va baholash to‘g‘risida ishonchli hisobotni tuzish uchun zarur bo‘lgan boshqa axborotni yig‘ish va o‘rganishni o‘z ichiga oladi.
Axborotni yig‘ish imkoni bo‘lmaganda yoki ma’lumot mavjud bo‘lmaganda baholovchi baholash to‘g‘risidagi hisobotda buni ko‘rsatishi hamda o‘zi olgan ishonchli axborot asosida mashinalar va uskunalar qiymatini baholash usullarini qo‘llashi zarur.
13. Baholash obyektining qiymatini baholash jarayonida buyurtmachi quyidagilarni taqdim etadi:
mulkdor to‘g‘risidagi ma’lumotlarni (huquqni belgilovchi hujjatlar bo‘lgan hollarda, ularni ilova qilgan holda);
15-son MBMSning 12-bandida ko‘rsatilgan texnik va iqtisodiy hujjatlarni.
14. Baholovchi baholash obyekti mansub bo‘lgan bozorning holati va dinamikasi haqidagi ma’lumotlar, analoglarning narxlari va takliflar haqidagi axborot, shuningdek o‘xshash obyektlar bilan bitimlar to‘g‘risidagi (sanasi, narxi, narxni shakllantiruvchi omillar, axborot manbai va boshqalar) ma’lumotlarni yig‘ishni amalga oshiradi.
15. Baholanishi lozim bo‘lgan barcha obyektlar bo‘yicha qo‘shimcha axborotni yig‘ish baholovchi tomonidan bozorni hamda baholash obyektlarining jismoniy va huquqiy tavsiflari to‘g‘risida axborot manbalarini o‘rganish asosida amalga oshiriladi.
16. Baholash obyektini baholashda quyidagilardan foydalanilishi mumkin:
buyurtmachidan olingan axborotdan;
ishlarni bajarishga jalb qilingan uchinchi shaxslardan olingan, ularning imzolari bilan tasdiqlangan axborotdan;
ixtisoslashtirilgan tashkilotlarning statistika ma’lumotlaridan (tarmoq, tahliliy sharhlar, bozor sharhlari), shu jumladan ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog‘ida e’lon qilingan statistika ma’lumotlaridan;
boshqa axborotdan (so‘rov, intervyu natijalari bo‘yicha va boshqa manbalardan olingan), bunda ushbu axborotdan foydalanganlik uchun javobgarlik baholovchiga yuklanadi.
17. Baholovchi tomonidan qo‘llaniladigan usullar bozor holati va dinamikasi to‘g‘risida, shuningdek baholash obyekti bo‘yicha bitimlar haqida (sanasi, narxi, narxni shakllantiruvchi omillar, axborot manbai va boshqalar) axborotdan foydalanishni talab etgan hollarda, baholovchi 15-son MBMSning talablariga muvofiq baholash obyekti tegishli bo‘lgan bozor segmenti to‘g‘risida umumiy axborotni yig‘ishi kerak.
18. Baholash jarayonida foydalaniladigan axborot baholovchi tomonidan baholash uchun zarur bo‘lgan narxni shakllantiruvchi omillarni aniqlash uchun ishonchli va yetarli bo‘lishi lozim.
Buyurtmachi tomonidan taqdim qilingan, shuningdek ishlarni bajarishga jalb qilingan uchinchi shaxslardan olingan axborot quyidagi hollarda ishonchli hisoblanadi, agar:
axborotni taqdim etgan tashkilotning rahbari tomonidan imzolangan va muhri bilan (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) tasdiqlangan bo‘lsa, tegishli manbalarga havola qilinishi lozim bo‘lgan, baholovchi tomonidan ommaviy axborot vositalari, Internet tarmog‘i, so‘rov, intervyu natijalari bo‘yicha va boshqa o‘xshash manbalardan olingan axborot bundan mustasno;
hujjatlar asl nusxadagi hujjatning nusxasi bo‘lgan hollarda axborot tegishli bo‘lgan tashkilotning rahbari tomonidan imzolangan va muhri bilan (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) tasdiqlangan bo‘lsa.
19. Agar buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan axborot hajmi va sifati 15-son MBMS talablariga muvofiq baholashni amalga oshirish va baholash obyektlarini baholash to‘g‘risidagi hisobotni tayyorlash uchun yetarli bo‘lmasa, baholovchi baholash bo‘yicha ishlarni bajarishdan bosh tortishga haqli.
20. Baholashni o‘tkazishda baholovchi uchun ma’lum bo‘lgan barcha axborot va hujjatlar qonun hujjatlari talablarini inobatga olgan holda maxfiylik shartlarida qo‘llanilishi shart.
4-§. Baholash yondashuvlari va usullarini qo‘llash
21. 15-son MBMS doirasida baholash obyekti qiymatining hisob-kitobi qiyosiy, xarajat va daromad yondashuvlarni qo‘llagan holda amalga oshiriladi.
Biror-bir yondashuvdan foydalanishning imkoni yo‘qligi yoki cheklanganligini baholovchi baholash to‘g‘risidagi hisobotda tegishli dalillarni keltirgan holda asoslashi lozim.
22. Qiyosiy yondashuv aynan bir xil obyektlar va/yoki analoglarning sotilishiga doir bozor ma’lumotlaridan kelib chiqib baholash obyektining qiymatini aniqlashga asoslanadi. Aynan bir xil obyekt yoki analog bilan bitimlar to‘g‘risida axborot mavjud bo‘lmaganda, ishlab chiqaruvchi zavodlar, yetkazib beruvchilar takliflari to‘g‘risidagi axborot asosida qiyosiy yondashuvdan foydalanish mumkin.
Analoglarni tanlash ularning baholash obyekti bilan texnik, texnologik, jismoniy va iqtisodiy tavsiflari bo‘yicha o‘xshashligi asosida amalga oshiriladi.
23. Mashina va uskunalarni baholashdagi qiyosiy yondashuv quyidagi usullar yordamida amalga oshiriladi:
sotuvlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri qiyoslash usuli;
statistik tahlil usullari.
24. Qiyosiy yondashuvda sotuvlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri qiyoslash usuli aynan bir xil yoki analog obyektlar narxiga ularning baholash obyektidan farqlanishiga qarab tegishli tuzatishlar (qiymat va/yoki foiz) kiritish orqali qo‘llaniladi.
25. Statistik tahlil usullari korrelatsion va regression tahlil usullari bilan o‘rganiladigan, o‘zgaruvchan usullar o‘rtasidagi statistik aloqalarni aniqlashdan iboratdir.
26. Analoglarni tanlashdagi asosiy talab funksional maqsadiga ko‘ra tarmoq bo‘yicha va konstruktiv-texnologik o‘xshashligi hisoblanadi.
15-son MBMS doirasida qiyosiy yondashuv usullari qo‘llanilganda analoglarni tanlash 15-son MBMSni qo‘llashga doir Uslubiy ko‘rsatmalarning 5-bobi talablarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
27. Mashina va uskunalar qiymatini baholashda xarajat yondashuvi tiklanish qiymatini keyinchalik unda jamlangan eskirishning aniqlangan elementlari keltirib chiqargan qadrsizlanishni (jismoniy, funksional va iqtisodiy) hisobga olgan holda hisoblash yo‘li bilan baholash obyektining joriy qiymatini aniqlashga asoslanadi.
28. Xarajat yondashuvi doirasida mavjud bo‘lgan axborotdan kelib chiqib quyidagi usullardan biri qo‘llaniladi:
almashtirish usuli;
turdosh obyekt narxi bo‘yicha hisoblash usuli;
elementma-element hisoblash usuli;
qiymatni indeksatsiya qilish usuli.
29. Almashtirish qiymatini aniqlash uchun almashtirish usuli aynan bir xil obyektlar yoki analoglar to‘g‘risidagi narx axborotini keyinchalik ishlab chiqarish, texnik va texnologik tavsiflardagi tafovutlarga qarab tuzatishlardan, shuningdek vaqt mobaynida narxlar o‘zgarishini hisobga oluvchi tuzatishlardan kelib chiqib qo‘llashni nazarda tutadi.
30. Turdosh obyekt narxi bo‘yicha hisoblash usuli keyinchalik asosiy ishlab chiqarish ko‘rsatkichlaridagi farqlanishlarga tuzatishlar kiritish orqali analog to‘g‘risidagi narx axborotiga (narxi ma’lum bo‘lganda) asoslangan holda baholash obyekti qiymatini aniqlashga asoslanadi.
31. Elementma-element hisoblash usuli baholash obyekti bozor narxi ma’lum bo‘lgan bir nechta agregatlardan iborat bo‘lganda, shuningdek texnik agregatlarni yig‘ish murakkab bo‘lmagan va iste’molchining o‘zi tomonidan bajarilishi mumkin bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi.
32. Qiymatni indeksatsiya qilish usuli joriy narxlarga mos keltirish uchun baholash obyektining bazaviy (boshlang‘ich yoki tiklanish) qiymatiga narxlar qimmatlashishining statistik indekslarini qo‘llashga asoslanadi.
33. Daromad yondashuvi baholanayotgan obyektdan bo‘lg‘usi daromadni prognozlash imkoniyatiga asoslanadi.
15-son MBMS doirasida mashina va uskunalar qiymatini baholashga daromad yondashuvini qo‘llash cheklangan xususiyatga ega bo‘lib, uni qo‘llash shartlari quyidagilar bilan belgilanadi:
daromad yondashuvidan xarajat va qiyosiy yondashuvlarni qo‘llashning imkoni bo‘lmagan hollarda foydalaniladi;
daromad yondashuvidan baholashning yakka tartibdagi obyekti bo‘lgan mashina va uskunalar baholangan hollardagina foydalaniladi;
15-son MBMSning daromad yondashuviga tegishli bo‘lgan baholash normalari va qoidalari mashina va uskunalarni yalpi biznes doirasida baholashda qo‘llanilmaydi.
Daromad yondashuvi:
foydani to‘g‘ridan to‘g‘ri kapitallashtirish usuli;
qoldiq usuli;
bir xil samarador funksional analog usuli bilan amalga oshiriladi.
34. Foydani kapitallashtirish usuli baholash obyektidan foydalanishdan keladigan foydani joriy qiymatga keltirishga asoslangan.
Mulkdorning operatsion xarajatlarini chegirgan holda baholash obyektini ijaraga berishdan hosil bo‘lgan yillik pul oqimi foyda sifatida qabul qilinadi.
Foydani to‘g‘ridan to‘g‘ri kapitallashtirish usuli, texnologik majmuadan qat’i nazar, daromad hosil qilishga qodir bo‘lgan yakka tartibdagi obyektidan iborat baholash obyektlariga nisbatan qo‘llaniladi.
35. Qoldiq usuli baholash obyekti tomonidan texnologik majmua sifatida hosil qilinadigan sof operatsion daromadni kapitallashtirishga asoslanadi.
Baholash obyekti texnologik majmua tariqasida tarkibiga kiritiladigan yalpi biznesning ishlab chiqarish bo‘linmasi yalpi biznesga bog‘liq bo‘lmagan holda ishlab chiqarish-texnologik siklni ta’minlashga qodir bo‘lgan alohida mustaqil mulkiy majmuaga ajratilishi mumkinligi qoldiq usulining qo‘llanilishini taqozo etadi.
Ishlab chiqarish bo‘linmasini texnologik majmua bilan ajratish imkoni mavjud bo‘lmaganda baholash obyektining qiymatini baholashga daromad yondashuvi qo‘llanilmaydi.
36. Bir xil samarador funksional analog usuli baholash obyektining qiymatini bozor narxi ma’lum bo‘lgan analoglarning funksional va ishlab chiqarish quvvatlari asosida aniqlashni nazarda tutadi.
5-§. Turli yondashuvlar doirasida olingan baholash natijalarini muvofiqlashtirish va baholash obyektining yakuniy qiymatini aniqlash
37. Baholash obyektining yakuniy qiymati turli yondashuvlar bilan baholashda olingan baholar natijalarini muvofiqlashtirish orqali aniqlanadigan qiymatning yagona miqdori tarzida ifodalanadi.
38. Muvofiqlashtirish turli yondashuvlar bilan olingan baholash natijalariga 15-son MBMSning Uslubiy ko‘rsatmalarida belgilangan tartibda aniqlanadigan tegishli og‘irlik koeffitsiyentlarini qo‘yish orqali amalga oshiriladi.
39. Turli yondashuvlar bilan hisob-kitob qilish yakunlari bo‘yicha olingan baholash natijalari o‘rtasida jiddiy (30 foizdan ortiq) tafovutlar mavjud bo‘lganda ushbu tafovutning sabablari tahlil qilinadi, u baholash to‘g‘risidagi hisobotda aks ettiriladi hamda muvofiqlashtirish uchun baholovchining fikriga ko‘ra eng to‘g‘ri natijalar tanlab olinadi.
Baholovchi qo‘llanilgan baholash yondashuvlari (usullari) natijalarini muvofiqlashtirishdan bosh tortishga va yondashuvlardan birining natijasini yakuniy qiymat sifatida tavsiya etishga haqli. Bunda baholovchi o‘zining rad javobini baholash to‘g‘risidagi hisobotda aks ettirishi va asosli dalillarni keltirishi lozim.
40. Muvofiqlashtirishda baholovchi quyidagilarni hisobga olishi zarur:
baholash maqsadi va baholash natijalaridan foydalanish mo‘ljalini;
baholash obyektining o‘ziga xosligini;
tahlil va hisob-kitob qilishga asos bo‘lgan axborotning to‘liqligini;
baholash yondashuvi baholash obyektiga o‘xshash obyektlarning odatdagi xaridorlari va sotuvchilarining asoslarini aks ettirilishini;
baholash yondashuvining bozor konyunkturasini hisobga olinishini.
41. Muvofiqlashtirish usuli va solishtirma og‘irlikni tanlash, shuningdek keltirilgan barcha mulohazalar va farazlar baholovchi tomonidan baholash to‘g‘risidagi hisobotda asoslantirilishi zarur.
6-§. Baholash to‘g‘risidagi hisobotni tuzish
42. Baholash to‘g‘risidagi hisobot baholovchining professional fikrini ifodalaydi va baholash obyektining qiymatini aniqlash bo‘yicha qilingan ishning hujjatli tasdig‘i hisoblanadi.
43. Baholash to‘g‘risidagi hisobot undan foydalanuvchi baholovchi tomonidan qilingan hisob-kitoblarning mantig‘ini tushuna oladigan va butun ketma-ketligini takrorlay oladigan qilib tuzilishi lozim. Shuningdek, baholash to‘g‘risidagi hisobotdan foydalanuvchi zarur hollarda baholash obyektining qiymatini hisobotda keltirilgan ma’lumotlardan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda hisoblash imkoniga ega bo‘lishi lozim.
44. Baholash to‘g‘risidagi hisobotda baholash obyekti to‘g‘risidagi barcha axborot, baholash jarayonida foydalanilgan barcha axborot tavsifi, qilingan tahlil bosqichlari va hisob-kitoblar, olingan natijalarning asoslanmasi, baholash obyektining yakuniy qiymati, baholash bazasining tasdig‘i, baholashning maqsadi, shuningdek baholash natijalari to‘liq va bir xil talqin qilinishini ta’minlovchi barcha farazlar va cheklovchi shartlar bo‘lishi lozim.
45. Hisobot faqatgina baholash jarayonidagi hisob-kitoblar va tahlil qilishda foydalanilgan axborot va ma’lumotlardan iborat bo‘lishi lozim.
Baholash to‘g‘risidagi hisobotda keltirilgan, baholashni o‘tkazishda foydalanilgan yoki hisob-kitoblar natijasida olingan axborotda axborot manbaiga havolalar keltirilishi lozim.
46. Baholash to‘g‘risidagi hisobot quyidagi tuzilishga ega bo‘lishi lozim:
titul varag‘i;
mundarija;
kuzatuv xati (umumlashtiruvchi qism);
qisqartmalar, shartli belgilar, ramzlar, birliklar va atamalar ro‘yxati;
kirish;
asosiy qism;
xulosa;
foydalanilgan manbalar ro‘yxati;
ilovalar.
47. Baholash to‘g‘risidagi hisobot baholovchi (baholovchilar) tomonidan sahifama-sahifa raqamlangan va imzolangan, tikilgan, shuningdek baholovchi tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va shu tashkilot muhri bilan (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) tasdiqlanishi lozim.
48. Baholash to‘g‘risidagi hisobotga ilovada baholovchi tomonidan foydalanilgan hamda baholash obyektining miqdor va sifat tavsiflarini belgilovchi hujjatlarning nusxalari bo‘lishi lozim.
49. Baholash to‘g‘risidagi hisobotga baholovchi tashkilotning litsenziyasi, baholovchilarning malaka sertifikatlari va fuqarolik javobgarligini sug‘urtalash polisining nusxalari ham ilova qilingan bo‘lishi lozim.
50. Baholashni o‘tkazishda ayrim hisob-kitoblar baholash to‘g‘risidagi hisobotdagi ushbu hisob-kitoblarga havolalarni ko‘rsatgan holda ilovaga chiqarilishi mumkin.
51. Baholovchi tashkilot baholash to‘g‘risidagi hisobotda aks ettirilgan baholash natijalari uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
5-bob. Axborotni oshkor etishga qo‘yiladigan talablar
52. Baholash jarayonida foydalanilgan barcha axborot (maxfiy xususiyatga ega bo‘lgani bundan mustasno) baholash to‘g‘risidagi hisobotda, ular baholovchi tomonidan qanday shaklda to‘plangan bo‘lsa, shunday shakl va tartibda ochib beriladi.
53. Maxfiy tusdagi axborot baholovchi tomonidan faqat buyurtmachi va/yoki bunday axborotni taqdim qilgan shaxslar bilan kelishuv bo‘yicha yoxud sudning tegishli qaroriga binoan oshkor etiladi. Foydalanilayotgan axborotning maxfiylik darajasi buyurtmachi va/yoki bunday axborotni taqdim etuvchi yoxud unga bevosita aloqador bo‘lgan shaxslar tomonidan belgilanadi.
54. Baholash to‘g‘risidagi hisobotda barcha ehtimollar va cheklovchi shartlar, shuningdek axborotni oshkor etishga qo‘yiladigan har qanday talablar ochib beriladi.
55. Baholash to‘g‘risidagi hisobot, shuningdek baholovchining baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari normalariga, mazkur standartga va qabul qilingan boshqa mulkni baholash standartlariga rioya qilinganligi haqidagi bayonotdan iborat bo‘lishi, standartlarning talablaridan har qanday chetga chiqish ko‘rsatilishi va bunday chetga chiqishga tushuntirish berilishi lozim.
6-bob. Yakuniy qoidalar
56. 15-son MBMSning baholash jarayoni va olingan natijani bayon etish, baholashga va yakuniy qiymat to‘g‘risidagi xulosaga daxldor bo‘lgan har qanday farazlar va cheklovchi shartlarni oshkor etish bilan bog‘liq talablaridan biron-bir tarzda chetga chiqilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
57. Baholovchi qonun hujjatlariga muvofiq 15-son MBMSning talablariga qisman yoki to‘liq rioya qilish imkoni bo‘lmagan hollarda, baholovchi baholash obyektining bazaviy qiymatini aniqlash bo‘yicha mos keluvchi hisoblarni va baholashning tegishli tartib-taomillarini amalga oshirishi lozim.
Baholash to‘g‘risidagi hisobotda belgilanishi lozim bo‘lgan qiymatni ko‘rsatish va aniqlash bilan bir qatorda 15-son MBMSning talablaridan chetga chiqishlarning sabablarini dalillar bilan isbotlashi va asoslab berish zarur.
58. Mazkur 15-son MBMS Baholovchi tashkilotlar uyushmasi va O‘zbekiston baholovchilar jamiyati bilan kelishilgan.
Baholovchi tashkilotlar uyushmasi raisi A. ISLAMOV
2017-yil 15-may
O‘zbekiston baholovchilar jamiyati raisi N. MIRZARAXIMOVA
2017-yil 15-may
O‘zbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (15-son MBMS) “Mashina va uskunalar qiymatini baholash”ga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (15-son MBMS) “Mashina va uskunalar qiymatini baholash”ni qo‘llash bo‘yicha
USLUBIY KO‘RSATMALAR
Mazkur O‘zbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (15-son MBMS) “Mashina va uskunalar qiymatini baholash”ni qo‘llash bo‘yicha Uslubiy ko‘rsatmalar (bundan buyon matnda uslubiy ko‘rsatmalar deb yuritiladi) 15-son MBMSni amalda qo‘llash tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Uslubiy ko‘rsatmalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
aynan bir xil obyekt — baholanayotgan obyekt kabi xuddi shunday modeldagi (modifikatsiyadagi) obyekt bo‘lib, uning standart (zavoddagi) konstruksiyasi, jihozlanishi, parametrlari va qo‘llaniladigan materiallari bo‘yicha baholanayotgan obyektdan hech qanday farqi bo‘lmaydi;
analog — asosiy funksional, foydalanish va ishlab chiqarish tavsiflariga ko‘ra baholash obyektiga o‘xshash, aynan bir xil vazifalarni bajaruvchi obyekt. Farqlanishlar faqat konstruktiv tavsiflarida (standart butlanishi, tashqi ko‘rinishi, faoliyat ko‘rsatish shartlari va boshqalar) hamda ishlab chiqarish quvvatlarida namoyon bo‘lishi mumkin;
analog-obyekt — baholash jarayonida ular haqidagi axborotdan foydalaniladigan aynan bir xil obyekt yoki analog;
jamlangan eskirish — mashina va uskunalar qiymatining ular texnik-iqtisodiy tavsiflarini yo‘qotishi bilan kechadigan qadrsizlanishi;
jismoniy eskirish — foydalanilishi davomida ishlab chiqarish omillari (korpus, agregatlar, materiallarning eskirishi, ishqalanish, zanglash, vibratsiya va boshqalar) ta’sirida baholash obyekti tavsiflarining tabiiy yomonlashuvi, shuningdek avariyalar, tabiiy ofatlar va boshqalar natijasida yomonlashuvi oqibatida mashina va uskunalar qiymatining pasayishi;
mashina parki — majmuada mavjud bo‘lgan (masalan, ishlab chiqarish sexi ko‘rinishida), biroq texnologik jihatdan o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan, yakka tartibdagi texnikadan iborat mashina va uskunalar birliklarining jami. Mashina va uskunalar ishlab chiqarish jarayonida yagona siklning bosqichma-bosqich funksiyalarini bajarishi mumkin, biroq mashina parki texnikasining har bir birligi materialga ishlov berishning tugallangan jarayonini amalga oshirishi munosabati bilan mashina parkini texnologik majmuadan farqlash zarur;
tashqi eskirish — mashina va uskunalarga iste’mol talabiga ta’sir ko‘rsatuvchi tashqi omillar (iqtisodiy, ekologik va boshqa) o‘zgarishi oqibatida ushbu mashina va uskunalar qiymatining pasayishi;
texnologik majmua — tashkilotning ishlab chiqarish faoliyatida foydalaniladigan hamda uzluksiz ishlab chiqarish jarayonini ta’minlovchi texnologik va tashkiliy jihatdan o‘zaro bog‘liq mashina va uskunalarning, shuningdek komponentlarning (instrumentlar, materiallar, dasturiy ta’minotlar va boshqalar) jami;
funksional eskirish — ishlab chiqarishning arzonlashishi yoki yangilariga nisbatan unumdorligi pastroqligi sababli mashina va uskunalar iste’mol qiymatining qisman yo‘qotilishi.
2-bob. Baholash topshirig‘ini belgilash
2. Baholash topshirig‘ini tuzishda baholash obyekti barcha texnik parametrlar va konstruktiv elementlar, shuningdek barcha huquq va majburiyatlarni hisobga olgan holda tavsiflanadi.
3. Baholash topshirig‘i erkin shaklda va 15-son MBMS talablarini hisobga olgan holda tuziladi, buyurtmachi hamda baholash tashkilotining rahbari tomonidan imzolanadi, ularning muhrlari bilan (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) tasdiqlanadi va baholash to‘g‘risidagi shartnomaga ilova sifatida rasmiylashtiriladi.
3-bob. Axborot yig‘ish va uni tahlil qilish
4. Baholash obyekti to‘g‘risida axborot yig‘ish buyurtmachidan baholash obyektiga doir hujjatlarni olish, baholash obyektini ko‘zdan kechirayotganda olingan axborotni o‘rganish, mashina va uskunalar bozoriga doir axborotni izlash va o‘rganish, axborotni tahlil qilish, baholash obyektini tavsiflashdan iborat
5. Axborot va taqdim etilgan hujjatlar tahlil qilinganda baholash obyektini ko‘zdan kechirish natijalari hisobga olinadi. Ularda nomuvofiqliklar, qarama-qarshiliklar aniqlanganda yoki ularning ishonchliligiga shubha tug‘ilganda baholovchi dastlabki ma’lumotlarni aniqlashtirishga va ularni kelgusi hisob-kitoblarda qo‘llashga yoki baholash uchun boshqa asoslangan axborotdan foydalanishga haqlidir
6. Yig‘ilgan (buyurtmachidan yoki u vakolat bergan shaxslardan olingan) boshlang‘ich hujjatlarga ega bo‘lgan holda, baholovchi buyurtmachining vakili yoki baholash obyektining balansda saqlovchisi vakili bilan birga baholash obyektini ko‘zdan kechirish, uning amaldagi holatini o‘rganish, uni tavsiflash, fotosuratga olish hamda baholash obyektini identifikatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan boshqa harakatlarni bajaradi.
7. Baholash obyektini ko‘zdan kechirish taomili uni identifikatsiya qilish maqsadida buyurtmachi yoki balansda saqlovchi (ularning vakillari) bilan birgalikda o‘tkaziladi hamda quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
baholash obyekti va uning qismlarining texnik holatini (ishga yaroqli-yaroqli emasligi) vizual ko‘zdan kechirish (qismlarning nosozliklari va nuqsonlarini aniqlash);
baholash obyektining fotosuratini olish;
baholash obyektini identifikatsiya qilish;
ko‘zdan kechirganlik dalolatnomasini tuzish.
8. Baholash obyektini ko‘zdan kechirayotganda buyurtmachi baholash obyektining pasportini, baholash obyektining pasporti mavjud bo‘lmagan taqdirda baholash obyektining texnik tavsiflarini o‘z ichiga olgan hujjatni taqdim etishi kerak. Baholash obyekti qonun hujjatlariga muvofiq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi zarur bo‘lgan hollarda buyurtmachi baholash obyektining ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlarini ham taqdim etadi.
Baholash obyektining ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlari mavjud bo‘lmaganda ko‘zdan kechirishda ma’lumotnoma-schyotlar, oldi-sotdi (hadya) shartnomalari yoki baholash obyektini yetkazib berish shartnomalaridan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.
9. Baholash buyurtmachisi baholash obyektiga va uning qismlariga kirish imkoniyatini ta’minlashi kerak.
10. Axborot yig‘ish davomida baholovchi tomonidan baholash obyekti mansub bo‘lgan bozorning tahlili o‘tkaziladi, uning yakunlari bo‘yicha ko‘zdan kechirishda belgilangan baholash obyektining identifikatsiya alomatlariga muvofiq aynan bir xil obyektlar va analoglarning sotilishi va takliflari to‘g‘risida ma’lumotlar to‘planadi. Baholash obyektining asosiy parametr va tavsiflari xuddi shunday analog-obyektlarning parametr va tavsiflari bilan solishtiriladi.
11. Axborot yig‘ishda aynan bir xil obyektlar to‘g‘risidagi axborot ustuvor hisoblanadi.
12. Baholash obyekti va analog-obyektlarning parametr va tavsiflari solishtirilganda unumdorligi va quvvati to‘g‘risidagi tavsiflarni, shuningdek obyektlarning butligini va jismoniy holatini solishtirish taomilini o‘tkazish majburiy hisoblanadi.
Agar parametr va tavsiflar baholash obyekti uchun narxni shakllantiruvchi ahamiyatga ega bo‘lsa, obyektlarning boshqa parametr va tavsiflarini solishtirish ham majburiy hisoblanadi.
13. Analogni tanlashda baholash obyektining aynan ishlab chiqaruvchisi va kelib chiqish mamlakatini, shuningdek aynan bir xil maqsadlisini (umumiy, ixtisoslashtirilgan, maxsus va boshqalar) afzal ko‘rish kerak bo‘ladi.
14. Analog-obyektlar haqidagi baholash jarayonida to‘plangan axborot quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha tahlil qilinadi:
qat’iy belgilangan narxning amal qilish vaqti;
narx amalda bo‘lgan pul birligi;
kelib chiqish manbai bo‘yicha narxning xususiyati;
sotish joyi;
obyektning foizlardagi eskirishi;
narxda mahalliy soliqlarning bor-yo‘qligi;
sotuvchining narxdagi transport va boshqa chiqimlarining mavjudligi.
15. Baholovchi axborot yig‘ish taomili va uning tahlili baholash to‘g‘risidagi hisobotda aks ettiradi.
4-bob. Baholash obyektini identifikatsiya qilish
16. Baholash obyektini identifikatsiya qilish ko‘zdan kechirish materiallariga ishlov berish, uning pasporti va ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlarini (ular mavjud bo‘lganda) o‘rganish yo‘li bilan o‘tkaziladi.
17. O‘rnatilgan qo‘shimcha uskunaga buyurtmachi va/yoki manfaatdor shaxs tomonidan tegishli texnik, ruxsat berish hujjatlari va balans qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlar (yuridik shaxslar uchun) taqdim etiladi.
18. Baholash obyektini ko‘zdan kechirish va identifikatsiya qilish yakunlari bo‘yicha baholash obyektining texnik holatini ko‘zdan kechirish dalolatnomasi tuziladi, unda baholash obyektining texnik holati aks ettiriladi, identifikatsiya qilish, butlash natijalari, nosozliklar, ekspluatatsion va boshqa nuqsonlari to‘g‘risida xulosalar shakllantiriladi. Baholash obyektining texnik holati to‘g‘risidagi dalolatnoma Uslubiy ko‘rsatmalarning 1-ilovasiga muvofiq rasmiylashtiriladi.
19. Ko‘zdan kechirish dalolatnomasida, shuningdek, Uslubiy ko‘rsatmalarning 2-ilovasida keltirilgan Mashina va uskunalar jismoniy holatining ekspert baholari shkalasiga muvofiq baholash obyektining texnik tavsiflari ko‘rsatiladi.
20. Funksional jihatdan bir xil bo‘lgan ko‘plab mashina va uskunalardan tarkib topgan mashina parki baholash obyekti bo‘lgan hollarda mashina va uskunalarning turdosh guruhlarini (rusumi yoki funksional yo‘nalishiga ko‘ra) shakllantirish yo‘li bilan yoppasiga identifikatsiya (ommaviy identifikatsiya) qilishga yo‘l qo‘yiladi.
Yoppasiga identifikatsiya, tarkibiga kamida 30 ta texnika kiradigan mashina parki baholash obyekti hisoblangan taqdirdagina o‘tkaziladi.
Yoppasiga identifikatsiya har bir guruhda kamida ikkita baholash obyektini tanlab identifikatsiya qilishni nazarda tutadi.
5-bob. Analog-obyektlarni tanlash va analog-obyektlar to‘g‘risidagi axborotdan foydalanish xususiyatlari
21. 15-son MBMS doirasida mashina va uskunalar qiymatini baholash usullarini qo‘llaganda analoglarni tanlash va ular to‘g‘risidagi axborotdan foydalanishning quyidagi ustuvor jihatlari o‘rnatiladi:
baholashda asosan aynan bir xil obyektlar — xuddi baholash obyekti singari bitta ishlab chiqaruvchi tomonidan tayyorlangan va aynan bir xil rusumga, ishlab chiqarish yiliga va boshqalarga ega bo‘lgan obyektlar to‘g‘risidagi axborotdan foydalaniladi;
aynan bir xil obyektlar to‘g‘risida axborot mavjud bo‘lmaganda analoglar to‘g‘risidagi axborotdan foydalaniladi.
Analoglar to‘g‘risidagi axborotdan foydalanayotganda quyidagi talablarga rioya etish zarur:
analoglar va baholash obyektining tarmoqdagi vazifasi (foydalanish, qo‘llash sohasi) bir xil bo‘lishi kerak;
baholash obyekti va tanlangan analoglar bitta savdo rusumiga (brendga) ega bo‘lishi kerak, bundan savdo rusumi ishlab chiqarishdan olib qo‘yilgan yoki mazkur savdo rusumi ostida analoglarni ishlab chiqarish to‘xtatilgan hollar mustasno;
baholash obyekti va tanlangan analoglar bitta mamlakatda ishlab chiqarilgan, shuningdek, yagona mintaqaviy sotish bozoriga (Yevropa, Osiyo va h.k.) ega bo‘lishi zarur. Analoglarning narxlari (sotish yoki takliflar) to‘g‘risida axborot mavjud bo‘lmaganda tegishli tuzatishlarni kiritgan holda boshqa mintaqaviy bozorlardagi axborotdan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.
6-bob. Baholash yondashuvlari va usullarini tanlash, asoslash va qo‘llash
1-§. Umumiy qoida
22. 15-son MBMS talablariga muvofiq baholash obyektining qiymatini baholashda qiyosiy, xarajat va daromad yondashuvlardan foydalaniladi.
2-§. Qiyosiy yondashuv
23. Qiymatni qiyosiy yondashuv bilan hisoblash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
bozorni tadqiq etish, analog-obyektlar bo‘yicha axborotni tahlil qilish va yig‘ish;
qiyoslash analoglarini tanlash;
qiyoslash birliklarini aniqlash;
qiyoslash elementlarini tanlash;
qiymatni hisoblash usullarini tanlash;
qiyoslash elementlari bo‘yicha tuzatishlarni hisoblash;
analog-obyektlar narxiga (qiymatiga) tuzatishlar kiritish;
baholash obyekti qiymatini aniqlash.
24. Mashina va uskunalar bozori analog-obyektlarga doir bitimlar (takliflar) to‘g‘risida axborot olish maqsadida tadqiq va tahlil qilinadi.
25. Qiyosiy yondashuv usullarini qo‘llashda kamida 2 ta analog-obyekt to‘g‘risida axborot yig‘ish lozim.
26. Qiyoslash birliklari baholash obyekti va analog-obyektlar to‘g‘risida axborot mavjudligiga qarab aniqlanadi.
Quyidagilar mashina va uskunalar qiymatini baholashda asosiy qiyoslash birliklari hisoblanadi:
texnik tavsiflar — unumdorligi yoki quvvati, yuk ko‘tarishi, yuk tortishi, ish makoni hajmlari, aniqlik toifasi, avtomatlashtirish darajasi va h.k.;
foydalanish tavsiflari — avtomatik, yarim avtomatik yoki noavtomatik foydalanilishi, to‘xtovsiz ishlashi, chidamliligi, ta’mirga yaroqliligi, but saqlanganligi va h.k.;
konstruktiv tavsiflar — massasi, og‘irligi, asosiy konstruktiv materiallarining tarkibi va h.k.;
iqtisodiy tavsiflar — mashinalar vaqt birligida, mahsulot yoki ishlar birligida faoliyat ko‘rsatganda turli zaxiralar sarflanishi.
Baholovchi o‘zida mavjud axborot va baholash obyektining xususiyatlariga (noyobligiga) qarab, baholash obyektining boshqa tavsiflaridan ham qiyoslash birliklari sifatida foydalanishi mumkin.
27. Baholash obyekti va analog-obyektlarni qiyoslash birligi bo‘yicha solishtirish asosida qiyoslash elementlari tanlanadi:
mulkiy huquqlar — baholash obyekti va (yoki) analog-obyektlar sotilganda o‘tadigan mulkiy huquqlar tahlil qilinadi;
moliyalashtirish shartlari — baholash obyekti va (yoki) analog-obyektning bozor qiymatiga ta’sir ko‘rsatadigan to‘lov shartlari (bo‘lib to‘lash, kredit, lizing v.b.) tahlil qilinadi;
bozor holati (sotish vaqti) — analog-obyektlarga narxlarning o‘zgarishi tahlil qilinadi va hisobi yuritiladi;
sotish shartlari — sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi bozorga xos bo‘lmagan munosabatlar aniqlanadi;
fizik tavsiflar — baholash obyekti va analog-obyektlarning texnik-foydalanish tavsiflari tahlil qilinadi va hisobi yuritiladi. Hajmlardagi, konstruktiv qismlardagi (elementlardagi), texnik holati (eskirish foizi), joriy foydalanish xususiyati, qo‘shimcha butlanishi va boshqa farqlari tahlil qilinadi;
foydalanish shartlari — baholash obyekti va analog-obyektlardan foydalanishdagi farqlar (joriy foydalanish, funksional foydalanish), shuningdek mazkur farqlarning analog-obyektlar narxiga ta’siri aniqlanadi;
baholash obyektining narxiga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa qiyoslash elementlari.
Qiyoslash elementlarini tanlash Uslubiy ko‘rsatmalarning 5-bobi talablarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
28. Fizik tavsiflarni qiyoslash elementlari sifatida ikki guruhga ajratish mumkin:
baholash obyektining konstruksiyasiga (standart butlanishiga) tegishli bo‘lgan (ishlab chiqaruvchi tomonidan o‘rnatilgan turkum butlash qismlarining mavjud emasligi, qo‘shimcha butlashning mavjudligi, turkum ishlab chiqariladigan konstruksiyaning jiddiy o‘zgartirilganligi bilan bog‘liq tuzatishlar);
baholash obyektining haqiqatdagi texnik holatiga tegishli bo‘lgan (baholash obyektidan foydalanishning uzluksizligi rejimi, baholash obyekti asosiy tizimlari va qismlarining jiddiy bo‘lmagan foydalanish nuqsonlari, foydalanishdagi, avariyaviy jiddiy shikastlanish va nuqsonlar, baholash obyekti tovar ko‘rinishining (qiymatining) yo‘qotilishi bilan bog‘liq tuzatishlar).
29. Qiyosiy yondashuv quyidagi usullarning biridan foydalangan holda amalga oshiriladi:
sotishlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri qiyoslash usuli;
statistik tahlil usullari.
30. Sotishlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri qiyoslash usulini qo‘llashda baholovchi xuddi shunday obyektlarning sotilish narxlari to‘g‘risida va/yoki sotish haqidagi takliflari to‘g‘risida axborotga ega bo‘lishi kerak.
31. Xuddi shunday obyektning narxi (yoki sotish haqidagi taklifi) baholash obyektining qiymatini tayinlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. O‘rin bosuvchining to‘liq qiymati tuzatishlar yordamida baholash shartlariga moslashtirilgan analogning narxiga tengdir.
32. Sotishlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri qiyoslash usuli analoglarning narxlariga tegishli tuzatishlarni kiritish yo‘li bilan quyidagi formulaga binoan amalga oshiriladi:
S = San * Kfv/ (1 – Kiz) * K1 * K2 * K3* … * Kn +/– Sdop bu yerda:
S — baholash obyektining narxi;
San — analog obyektining narxi;
Kfv — analoglar narxlarining vaqt omili bo‘yicha (ishlab chiqarilgan paytidan boshlab baholash paytigacha) o‘zgarishini hisobga oluvchi koeffitsiyent;
Kiz — ishlab chiqarilgan paytidan boshlab baholash paytigacha foydalanish davrida analogning jismoniy eskirishini hisobga oluvchi koeffitsiyent;
K1 * K2 * K3* … Kn — baholanayotgan obyekt va analogning parametrlari qiymatidagi farqlarni hisobga oluvchi tuzatuvchi koeffitsiyentlar;
Sdop –analog-obyekt qo‘shimcha qurilmalarning mavjudligi bilan farqlanib turadigan narx.
33. Baholash obyekti va analoglarning jismoniy holatiga tuzatishlar (ishlab chiqarilgan paytidan boshlab baholash paytigacha foydalanish davrida analogning jismoniy eskirishini hisobga oluvchi tuzatish):
Kiz — eskirishga tuzatish kirituvchi koeffitsiyent;
Iobyekt — baholash obyekti jismoniy eskirishining koeffitsiyent ko‘rsatkichi;
Ianalog — analog-obyekt jismoniy eskirishining koeffitsiyent ko‘rsatkichi.
34. Vaqt omili bo‘yicha tuzatishlar (vaqt omili bo‘yicha analoglar narxlarining o‘zgarishini hisobga oluvchi tuzatish (ishlab chiqarilgan paytidan boshlab baholash paytigacha)) analog ishlab chiqarilgan yil bilan uni baholash yili o‘rtasidagi vaqt davrida xuddi shunday obyektlar narxlari o‘zgarishining o‘rtacha koeffitsiyent ko‘rsatkichi sifatida aniqlanadi. Analog bir yilning o‘zida ishlab chiqarilgan va baholanganda tuzatish kiritilmaydi.
Vaqtga ko‘ra mashina va uskunalar narxlari o‘zgarishi dinamikasining tahlili asosida vaqt omili bo‘yicha tuzatish koeffitsiyentini aniqlashning imkoni bo‘lmaganda tegishli guruh bo‘yicha mahsulot narxlari qimmatlashishining statistik indeslaridan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.
35. Baholashda xorijiy bozorning mashina va uskunalari to‘g‘risidagi axborotdan foydalanilgan hollarda ham analog-obyektlarning narxlariga turgan joyiga qarab tuzatish kiritiladi.
Joylashgan joyiga qarab tuzatishni hisoblash ketma-ketligi quyidagicha:
analogning shartnomaviy narxi aniqlanadi, u analogning sotish (taklif) narxi qo‘shuv yetkazib berishga (transport xarajatlari) teng;
import qilishda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar qonun hujjatlari normalariga muvofiq hisoblanadi.
Transport xarajatlari haqiqatdagi tashish xarajatlariga qarab qabul qilinadi. Tashish xarajatlarining haqiqatdagi miqdorini aniqlash yoki hisob-kitob qilishning imkoni bo‘lmaganda transport xarajatlari analog-obyektni sotish/taklif qiymatining 5 foizi miqdorida qabul qilinadi.
36. Narxlar (sotish va/yoki takliflar) to‘g‘risidagi axborotdan foydalanganda tuzatishlar quyidagi ketma-ketlikda kiritiladi:
sotishning noodatiy shartlarini bartaraf etadigan tuzatishlar (yetkazib berishning tezlashtirilgan muddatlari, kafolat muddati, chegirmalar, butlash, qo‘shimcha xizmatlar va boshqalar);
QQS mavjudligiga qarab tuzatish kiritish;
vaqt omili bo‘yicha tuzatish kiritish.
Ikkinchi va uchinchi guruhlardagi tuzatishlar doim amalga oshiriladi, birinchisi esa — ularning belgilanganligi va ahamiyatliligini hisobga olib tanlov asosida amalga oshiriladi.
37. Analoglarning sotish narxlari (va/yoki takliflari) to‘g‘risidagi axborotdan foydalanganda baholash obyektlarning narxlari (sotish va/yoki takliflar) va asosiy parametri o‘rtasidagi nisbatni aniqlashga, xususan darajali bog‘liqlikka asoslaniladi.
Mazkur norma quyidagicha formulada aks ettiriladi:
R1, R2 — qiyoslanadigan mashinalarning narxlari;
N1, N2 — qiyoslanadigan mashinalarning asosiy parametrlari;
n — texnik qurilmalarning aniq turiga bog‘liq bo‘lgan darajali koeffitsiyent (narxni to‘xtatib turish koeffitsiyenti).
38. Qiyosiy yondashuvning barcha usullarini qo‘llashda tuzatishlar kiritishning yagona tartibiga rioya etish zarur: dastlab qiymat tuzatishlari, undan keyin foizli tuzatishlar kiritiladi.
39. Analoglar tuzatilgan narxlarining yagona qiymati o‘rtacha arifmetik, o‘rtacha o‘lchangan yoki mediana qiymatlarini hisoblash yo‘li bilan foydalanilgan axborotning to‘liqligi, batafsilligi va ishonchliligidan kelib chiqib aniqlanadi.
40. Statistik tahlil usullari analog-obyektlar narxlarining korrelatsion-regression tahlildan foydalangan holda qiyoslash elementlariga bog‘liqligini aniqlash yo‘li bilan baholash obyekti qiymatini belgilashga imkon beradi.
Mazkur usulni qo‘llaganda modellashtirish ehtimoliy potensial narx bilan korrelatsion aloqada bo‘lgan analoglarning bir yoki bir nechta asosiy ishlab chiqarish va/yoki funksional parametrlarining tahlili asosida amalga oshiriladi.
O‘zgaruvchan miqdorlar o‘rtasidagi statistik aloqalar korrelatsion va regression tahlil usullari bilan o‘rganiladi.
Korrelatsion tahlil baholash obyekti/analoglar narxi va ularning asosiy parametrlari (bir va bir nechta) o‘rtasidagi aloqani o‘rnatishga imkon beradi, regression tahlil usullari bilan esa aniq matematik modelni tanlash va tanlangan modelning adekvatligini (model xossalari (funksiyalari/parametrlari/tavsiflari va boshqalar) va modellanayotgan obyektning tegishli xossalari to‘g‘ri kelishini) baholash mumkin bo‘ladi.
Korrelatsion tahlil bir alomatning (asosiy ko‘rsatkichning) o‘zgaruvchanligi boshqasining (narxning, qiymatning) o‘zgaruvchanligiga muvofiqligi dalilini aks ettiruvchi alomatlarning kelishilgan o‘zgaruvchanligini ifodalaydi.
Juft korrelatsiya ikkita tasodifiy miqdorlar o‘rtasidagi, ko‘p tarmoqli korrelatsiya — ko‘p sonli miqdorlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni o‘rganadi. Korrelatsion tahlilning asosiy vazifasi — tasodifiy miqdorlar o‘rtasidagi aloqani aniqlash va baholashdan, regression tahlilning asosiy vazifasi — shaklni belgilash va tasodifiy miqdorlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganishdan iborat.
Korrelatsion tahlil elementlari: (α, β) tasodifiy miqdor kuzatuvlaridan n tanlanganda (x1, y1),...,(xn, yn) ikki o‘lchamli normal taqsimlanishga ega bo‘ladi. Koordinatalarning dekart tizimida tanlov elementlarini nuqtalar bilan tasvirlab, tarqalish diagrammasi yoki korrelatsion maydonga ega bo‘lamiz. Korrelatsion maydonning ko‘rinishiga qarab korrelatsiyaning tanlov koeffitsiyenti asosida α va β o‘rtasida aloqaning mavjudligi va tavsifi xususida taxmin qilsa bo‘ladi.
Korrelatsiyaning tanlov koeffitsiyenti quyidagi son hisoblanadi:
| rvib | ≤ 1
Asos sifatida analoglarning narxlari olinadi, ularning koeffitsiyentlari ko‘proq darajada 1 raqamiga intiladi.
Regression tahlil — mustaqil bo‘lmagan o‘zgaruvchan miqdorlar bilan mustaqil o‘zgaruvchan miqdorning bir yoki bir nechtasi o‘rtasidagi aloqani o‘rganadi.
(α, β) ikki o‘lchamli tasodifiy miqdorning (x1, y1),...,(xn, yn) qiymatlari kuzatiladi. β tasodifiy miqdorining α tasodifiy miqdoriga tobeligi tekshiriladi.
Umuman olganda regression model quyidagi ko‘rinishga ega:
y = ƒ (x, βk0, βk1, …, βkn,)
βk0, βk1, …, βkn parametrlari regressiya koeffitsiyentlari deb nomlanadi.
Regression tahlilning vazifalaridan biri — regressiya koeffitsiyentlarini baholash. Regressiya koeffitsiyentlarini baholash uchun, qoida tariqasida, eng kichik kvadratlar usuli qo‘llaniladi: bunda kuzatilayotgan qiymatlarning chetga og‘ish kvadratlari summasini kamaytiradigan parametrlarning qiymatlari baholash sifatida qabul qilinadi, ya’ni eng kichik kvadratlar usuli kvadratlar summasini kamaytirishga asoslangan:
Agar o‘zgaruvchan miqdorlar o‘rtasidagi aloqa chiziqli deb faraz qilinsa, u holda tegishli regression model quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
y = βk0 + βk1 x bu yerda:
βk0 va βk1 — chiziqli regressiya koeffitsiyentlari.
3-§. Xarajat yondashuvi
41. Baholash obyektini baholashda xarajat yondashuvi jamlangan eskirishni chegirgan holda baholash obyektining qismlari va (yoki) qo‘shimcha uskuna qiymatini hisobga olib baholash obyekti tiklanish qiymatini aniqlashga yoxud almashtirishga asoslangan.
42. Baholash obyektining qiymatini baholashda xarajat yondashuvi hisob-kitoblarning quyidagi bosqichlariga rioya etishni o‘z ichiga oladi:
to‘liq tiklanish qiymatini yoki almashtirish qiymatini aniqlash;
baholash obyektiga o‘rnatilgan, baholash obyektining standart butlanishiga (zarur hollarda) kirmaydigan qo‘shimcha uskunaning qiymatini aniqlash;
baholash obyektining tovar qiymati yo‘qotilishi hajmini aniqlash;
qo‘shimcha uskuna qiymati va jamlangan eskirishning qiymat ko‘rsatkichini hisobga olgan holda to‘liq tiklanish yoki almashtirish qiymati o‘rtasidagi farq sifatida baholash obyektining qiymatini aniqlash.
43. Tiklanish qiymati yoki almashtirish qiymatini aniqlash quyidagi usullardan birini qo‘llash orqali amalga oshiriladi:
almashtirish usuli;
turdosh obyekt narxi bo‘yicha hisoblash usuli;
elementma-element hisoblash usuli;
qiymatni indeksatsiyalash usuli.
44. Almashtirish usuli analog (aniq yoki taxminiy) obyektlar to‘g‘risidagi narx axborotidan (bitim dalillari va/yoki yetkazib beruvchilarning takliflari to‘g‘risidagi axborot) foydalangan holda qo‘llaniladi.
Analog-obyektlarning bitim yoki taklif narxiga tuzatishlarning quyidagi asosiy turlari kiritilishi mumkin:
ishlab chiqarish, texnik, texnologik, funksional tavsiflari, butlanishi, jihozlanishi va h.k. bo‘yicha tafovutlarga qarab tuzatish kiritish;
tashish, bitimni rasmiylashtirish, soliq va boshqa majburiy to‘lovlarga qarab tuzatish kiritish;
analog-obyektning joylashgan joyiga qarab tuzatish kiritish;
narxlar o‘zgarishi dinamikasini hisobga olib tuzatish kiritish (analoglarga doir bitimlar va takliflar to‘g‘risidagi axborot olinganiga bir yildan ortiq bo‘lgan taqdirda qo‘llaniladi).
Bitimlar va takliflarning narxlariga narxni shakllantiruvchi boshqa omillarni hisobga olib tuzatishlar kiritilishi ham mumkin.
45. Turdosh obyekt narxi bo‘yicha hisoblash usulini qo‘llagan holda baholash obyektining qiymati quyidagi tartibda aniqlanadi:
baholanayotgan obyekt uchun avvalo tayyorlash texnologiyasi, foydalanadigan materiallari, konstruksiyalari bo‘yicha baholanayotgan obyektga o‘xshash turdosh obyekt tanlanadi. Turdosh obyektning narxi ma’lum bo‘lishi kerak;
turdosh obyektni ishlab chiqarishning to‘liq tannarxi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Sp.od — turdosh obyektni ishlab chiqarishning to‘liq tannarxi;
Sod — turdosh obyekt narxi;
Nds — qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi;
Npr — foyda solig‘i stavkasi;
Kr — rentabellik ko‘rsatkichi;
talabgir mahsulotlar uchun rentabellik ko‘rsatkichi 0,25 — 0,35 oralig‘ida, o‘rtacha talabgir bo‘lgan mahsulotlar uchun 0,1 — 0,25 oralig‘ida, past rentabelli mahsulotlar uchun 0,05 — 0,1 oralig‘ida qabul qilinishiga yo‘l qo‘yiladi;
baholash obyektining to‘liq tannarxi hisoblab chiqiladi. Buning uchun turdosh obyekt tannarxiga asosiy tavsifga qarab tuzatishlar kiritiladi:
Sp — baholanayotgan obyektni ishlab chiqarishning to‘liq tannarxi;
Go va God — tegishincha baholanayotgan va turdosh obyektlarning asosiy tavsifi ko‘rsatkichi;
Ks va Ks/o — tegishincha baholanayotgan va turdosh obyektlarni ishlab chiqarishning turkumliligi koeffitsiyenti (turkumlilik koeffitsiyenti ishlab chiqarish turiga bog‘liq, u yirik turkumda bo‘lsa 1 ga teng, o‘rtacha turkumda — 1,1 ga, mayda turkumda — 1,2 ga, bir martalik ishlab chiqarishda — 1,3 ga teng).
Baholanayotgan obyektni qayta ishlashning to‘liq qiymati (tiklanish qiymati) quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
46. Elementma-element hisoblash usuli qo‘llanganda ishlarning quyidagi bosqichlari amalga oshiriladi:
baholash obyektining butlovchi uzellari va agregatlari ro‘yxati tuziladi;
butlovchi uzellar va agregatlar narxiga doir axborot yig‘iladi;
quyidagi formula bo‘yicha baholash obyektining to‘liq tannarxi aniqlanadi:
Sp = ∑ Se + V bu yerda:
Sp — obyektning to‘liq tannarxi;
Se — butlovchi uzel va agregatning qiymati;
V — tayyorlovchining o‘z xarajatlari (yig‘ish qiymati, xodimlarning ish haqi va h.k.).
Baholanayotgan obyektning tiklanish qiymati quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Sv — baholanayotgan obyektning tiklanish qiymati.
47. Qiymatni indeksatsiyalash usuli statistika organlari tomonidan belgilanadigan narxlarning qimmatlashuvi indekslarini qo‘llash vositasida amalga oshiriladi. Bunda, indekslar narxlar indekslari hisoblangan davrga qarab, asosiy vositalarni so‘nggi qayta baholash sanasidan boshlab baholash obyektining bazaviy (boshlang‘ich, tiklanish) qiymatiga nisbatan qo‘llanadi.
Bazaviy qiymat sifatida buxgalteriya hisobi ma’lumotlari yoki tayyorlovchilarning (yoki dilyerlar, yetkazib beruvchilarning) retrospektiv sanadagi narxga oid axborotdan foydalanish mumkin (bunda aynan bir xil butlangan aniq analog narxlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanish zarur).
48. Baholash obyektining baholash sanasidagi jamlangan eskirishi uning jismoniy holatidan (jismoniy eskirish), baholash obyekti bozorning zamonaviy talablariga muvofiqligidan (funksional eskirish), shuningdek tashqi omillarning ta’siri ostida qiymatining pasayishidan (tashqi/iqtisodiy eskirish) kelib chiqib baholash obyektini ko‘zdan kechirish natijalari bo‘yicha aniqlanadi. Jamlangan eskirish 100 foizdan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Jamlangan eskirish tiklanish qiymatidan (koeffitsiyent ko‘rsatkichi) yoki pul ifodasida almashtirish qiymatidan (mutlaq miqdor) foizlarda yoki ulushlarda aniqlanishi mumkin.
49. Jamlangan eskirish quyidagi formulaga muvofiq aniqlanadi:
Inak = 1 — (1 — Ifiz) * (1 — Ifunk) * (1 — Ivn) bu yerda:
Inak — baholash obyekti jamlangan eskirishining koeffitsiyent ko‘rsatkichi;
Ifiz — baholash obyekti jismoniy eskirishining koeffitsiyent ko‘rsatkichi;
Ifunk — baholash obyekti funksional eskirishining koeffitsiyent ko‘rsatkichi;
Ivn — baholash obyekti tashqi eskirishining koeffitsiyent ko‘rsatkichi.
50. Baholash obyektining jismoniy eskirishi quyidagi usullardan biri bilan aniqlanadi:
asosiy parametrning yomonlashuvi usuli;
normativ eskirish usuli;
jismoniy eskirishni o‘lchashning to‘g‘ridan to‘g‘ri usuli;
xronologik yoshga tuzatish kiritish usuli;
tiklanish usuli;
o‘rtacha o‘lchangan eskirish usuli;
yoshni va qilingan kapital ta’mirlashlarni hisobga olish usuli;
ekspert-tahliliy usul.
51. Asosiy parametrning yomonlashuvi usuli jismoniy eskirish baholash obyektiga xos muayyan bir foydalanish parametrining (unumdorligi, aniqligi, quvvati, yonilg‘i sarfi va h.k.) yomonlashuvida namoyon bo‘lishini nazarda tutadi. Agar mazkur turdagi mashina/uskunalar uchun shunday parametr topilgan bo‘lsa, u holda jismoniy eskirish quyidagi tartibda hisoblanadi:
X, Xo — baholash obyektining undan foydalanila boshlagunga qadar va baholash paytidagi asosiy parametri qiymatlari;
n — asosiy parametrning baholash obyekti qiymatiga ta’sir kuchini tavsiflovchi daraja ko‘rsatkichi (0,6 — 0,8).
52. Normativ eskirish usuli baholash obyekti haqiqatdagi xizmat muddatining normativ muddatga nisbati sifatida jismoniy eskirish hisoblanishini anglatadi. Mazkur usulni normativ-texnik hujjatlarda bosib o‘tadigan masofasi normativi yoki xizmat qilish muddati belgilangan baholash obyektlari uchun qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Bunda jismoniy eskirish quyidagi formula bilan hisoblanadi:
Tef — baholash obyektining baholash sanasidagi samarali yoshi (ishlagan vaqti);
Tn — hisobdan chiqarish yoki kapital ta’mirlashgacha normativ xizmat muddati (ishlagan vaqti).
Baholash obyektining unumdorlik yoshi quyidagi formulaga muvofiq aniqlanadi:
Tost — qoldiq xizmat muddati.
53. Jismoniy eskirishni o‘lchashning to‘g‘ridan to‘g‘ri usulida eskirishni bartaraf etish uchun talab qilinishi mumkin bo‘lgan baholash obyektining alohida elementlarini (pul ifodasida) almashtirish xarajatlari summasi hisoblanadi. Shundan so‘ng ushbu summa yangi (analogik) obyektning qiymati bilan solishtiriladi:
Sr — eskirishni bartaraf etish uchun talab qilinadigan ta’mirlash qiymati;
Sa — yangi analogning qiymati.
54. Xronologik yoshga tuzatish kiritish usuli bilan jismoniy eskirishni hisob-kitob qilish baholash obyektini ishlab chiqarish xususiyati, foydalanish muhiti, ishning smenaliligi va sharoitlariga asoslanadi. Hisob-kitob quyidagi formulaga muvofiq amalga oshiriladi:
Ifiz = T * Ksm * Kxp * Kur bu yerda:
T — uskunaning xronologik yoshi;
Ksm — smenalilik koeffitsiyenti;
Kxp — ishlab chiqarish xususiyati koeffitsiyenti (0,9-1 ommaviy ishlab chiqarish uchun, 0,67 — 0,77 turkum ishlab chiqarish uchun, 0,5 — 0,65 bir marta ishlab chiqarish uchun);
Kur — ish sharoitlari koeffitsiyenti (sex binosida ishlaganda 1, alohida xonada ishlaganda 0,6-0,7, ishning zararli sharoitlarida 1,3 — 1,5).
55. Tiklanish usuli baholash obyektini yangi holatga keltirgunga qadar tiklash xarajatlarini:
keyinchalik foydalanishga yaroqliligidan qat’i nazar, alohida asosiy agregatlar va qismlarni (uzellarni) yangilariga almashtirish bilan kapital ta’mirlashga xarajatlar summasini;
yangi baholash obyektini xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlar summasini jamlash yo‘li bilan jismoniy eskirishni hisob-kitob qilishni nazarda tutadi:
Ifiz = ∑ Skr + ∑ Sp bu yerda:
Skr — kapital ta’mirlashni o‘tkazishga xarajatlar summasi;
Sp — yangi baholash obyektini xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlar summasi (transport xarajatlari, majburiy to‘lovlar).
56. O‘rtacha o‘lchangan eskirish usuli jismoniy eskirishni hisob-kitob qilishga asoslangan bo‘lib, bunda baholash obyekti alohida konstruktiv elementlarining umuman baholash obyekti qiymatidagi salmog‘ini hisobga olgan holda haqiqatdagi holati bo‘yicha eskirish aniqlanadi.
Eskirishni aniqlash mazkur usuli ishlab chiqaruvchi zavod texnik hujjatlariga muvofiq salmoqlarning normativlari mavjud bo‘lgan taqdirda qo‘llanilishi mumkin.
Baholash obyekti, shuningdek uning butlovchi qismlari uchun jismoniy eskirish quyidagi formula bo‘yicha hisob-kitob qilinadi:
Ifiz i — baholanayotgan baholash obyekti i-konstruktiv elementining (uzelining) jismoniy eskirishi, foizda;
ai — butun baholash obyektining tannarxida i-uzel tannarxining salmog‘i;
n — baholanayotgan baholash obyektining konstruktiv elementlari (uzellari) soni.
57. Yoshni va qilingan kapital ta’mirlashlarni hisobga olish usuli texnik hujjatlar bilan rejali kapital ta’mirlashlarni o‘tkazish nazarda tutilgan baholash obyektlariga nisbatan qo‘llaniladi. Eskirish quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
α — bir marta kapital ta’mirlash o‘tkazilgandan keyin jismoniy eskirish kattalashadigan doimiy miqdor, foizda;
k — baholash sanasiga qadar o‘tkazilgan kapital ta’mirlashlarning soni;
e — natural logarifmaning asosi, e ≈ 2,72;
Tk — oxirgi kapital ta’mirlash o‘tkazilgan paytdan boshlab baholash obyektining baholash sanasidagi haqiqatdagi xizmat muddati;
Tnkr — baholash obyektining kapital ta’mirlashga qadar bo‘lgan normativ xizmat muddati.
Bir marta kapital ta’mirlash o‘tkazilgandan keyin jismoniy eskirish kattalashadigan α doimiy miqdori o‘rtacha 20 foizga teng deb qabul qilinadi (agar texnik hujjatlarda boshqacha miqdor belgilangan bo‘lsa, texnik hujjatlardagi ma’lumotlar asos sifatida qabul qilinadi).
58. Ekspert-tahliliy usul mazkur Uslubiy ko‘rsatmalarga 2-ilovada keltirilgan Mashina va uskunalar jismoniy holatining ekspert baholari shkalasiga muvofiq eskirish natijasida obyektning ehtimoliy texnik holatlari tavsiflaridan birini baholash obyekti bilan solishtirishdan iboratdir.
59. Jismoniy eskirishni baholash usullari bilan hisoblab chiqarilgan baholash obyektining jismoniy eskirishini baholash natijasi Uslubiy ko‘rsatmalarga 2-ilovada keltirilgan Mashina va uskunalar jismoniy holatining ekspert baholari shkalasiga muvofiq jismoniy eskirish hajmi diapazoni bo‘yicha texnik holat tavsiflariga mos kelishi zarur.
60. Jismoniy eskirish hisob-kitoblari Mashina va uskunalar jismoniy holatining ekspert baholari shkalasi ko‘rsatkichlaridan farqlanganda baholovchi ko‘zdan kechirish dalolatnomasida keltirilgan hamda baholash obyektining holati bahosiga mos keluvchi xulosalarni hisobga olgan holda hisob-kitoblar natijalariga tuzatish kiritishi zarur.
61. Funksional eskirish baholash obyektining ishlab chiqarishdan olib tashlanishi, xuddi shunday mashina va uskunalarni ishlab chiqarish sohasida yangi texnologiyalarning rivojlanishi munosabati bilan baholash obyekti u yoki bu xossalarining iste’mol jozibadorligi pasayishi bilan belgilanadi. Funksional eskirish ma’naviy va texnologik eskirishga bo‘linadi.
Ma’naviy eskirish — xuddi shunday qurilmalarning xossalari va tavsiflarining yaxshilanishi (texnik parametrlari yoki konstruktiv yechimlarining o‘zgarishi, yangi imkoniyatlarining vujudga kelishi, ko‘proq ekologikligi, energiya sarfini tejashi va h.k.) yoki ular turkum ishlab chiqarilishining arzonlashuvi sababchi bo‘lgan eskirish.
Texnologik eskirish — xuddi shunday qurilmalarda foydalaniladigan konstruktiv materiallarning dizayni va tarkibidagi farqlanish, ishlab chiqarish (ishlov berish) texnologik siklining o‘zgarishi, qulayliklar va mexanika o‘rniga elektronika tufayli yangi funksiyalarning qo‘shilishi sababchi bo‘lgan eskirish.
62. Funksional eskirish quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
Ifunk = 1 — (Po / Pan) n bu yerda:
Po — baholash obyekti unumdorligi ko‘rsatkichi (natural birliklarda yoki pul ifodasida);
Pan — funksional takomillashuv alomatlari bo‘lgan yangi analogning unumdorlik ko‘rsatkichi (natural birliklarda yoki pul ifodasida);
n — qo‘llanilayotgan parametrning baholash obyekti qiymatiga ta’sir kuchini tavsiflovchi daraja ko‘rsatkichi (narxni to‘xtatish koeffitsiyenti) (0,6 — 0,8).
63. Baholash obyektining funksional eskirishini hisoblashda ham texnologik, ham funksional eskirishni hisobga olish zarur.
64. Tashqi eskirish baholash obyektining qiymatiga tashqi omillarning salbiy ta’sir ko‘rsatishi bilan yuzaga kelgan eskirishdan iboratdir. Tashqi omillarga quyidagilar kiradi: bozordagi vaziyat, moliyalashtirish shartlari, foydalanishdagi cheklovlar, infratuzilmaning, qonun hujjatlarining o‘zgarishi va boshqalar.
65. Baholash obyektining jalb etilmagan zaxiralarini (ishlab chiqarish quvvatlari) va buning oqibatida foyda (daromad) darajasining yo‘qotilishini aniqlash tashqi eskirishni hisoblashni taqozo etadi, bu baholash obyekti qiymatining pasayishida aks etadi.
66. Tashqi eskirishning hisob-kitobi quyidagi formulaga binoan amalga oshiriladi:
67. Xarajat yondashuvini qo‘llaganda baholash obyektining qiymati jamlangan eskirishni chegirgan va tashqi qimmatlashuvni hisobga olgan holda baholash obyektining tiklanish qiymati (almashtirish qiymati) sifatida aniqlanadi. Baholash obyekti qiymatini hisoblash formulasi:
S = Sv * (100%– Isov) bu yerda:
Sv — baholash obyektining tiklanish qiymati yoki almashtirish qiymati;
Isov — baholash obyektining jamlangan eskirishi, foizda.
4-§. Daromad yondashuvi
68. Daromad yondashuvi mashina va uskunalarning joriy qiymatini ulardan foydalanishdan (ekspluatatsiya qilishdan) olinadigan kelgusidagi daromadlarning yig‘indisi sifatida aniqlashga asoslanadi.
69. 15-son MBMS doirasida daromad yondashuvi quyidagi usullarni qo‘llash yo‘li bilan amalga oshiriladi:
foydani to‘g‘ridan to‘g‘ri kapitallashtirish usuli;
qoldiq usuli;
teng samarali funksional analog usuli.
70. Daromad yondashuvi usullari baholash obyektidan foydalanishdan sof operatsion daromad miqdorini kapitallashtirishga asoslangan.
Sof operatsion daromad operatsion xarajatlar summasini yalpi daromad miqdoridan ayirish yo‘li bilan aniqlanadi. Bunda, shuningdek, sof operatsion daromadning miqdori savdo markasi (brend) uchun pul ustamasidan tozalangan bo‘lishi zarur.
Sof operatsion daromadning o‘rtacha yillik miqdoriga joriy moliya yili davomida baholash obyektining yuklanganligini hisobga olgan holda tuzatish kiritiladi.
71. Daromadni to‘g‘ridan to‘g‘ri kapitallashtirish usuli quyidagi formulaga muvofiq amalga oshiriladi:
S — baholash obyektining qiymati;
ChOD — sof operatsion daromad;
Rk — kapitallashtirish stavkasi (koeffitsiyent ifodasida).
72. Qoldiq usulini texnologik majmuani yalpi biznes doirasidagi mulkiy majmua (yoki ishlab chiqarish sexi) sifatida ajratish imkoniyati mavjud bo‘lgan hollarda qo‘llash mumkin.
73. Qoldiq usuli texnologik majmua ulushiga to‘g‘ri keladigan sof operatsion daromadning bir qismini kapitallashtirish asosida amalga oshiriladi.
74. Texnologik majmuaning ishlab chiqarish faoliyatidan sof operatsion daromadni hisoblash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
korxonaning butun mulkiy majmuasidan uskunasi baholanishi lozim bo‘lgan majmua (yalpi, shartli ravishda mustaqil) ajratiladi;
ushbu majmuaga to‘g‘ri keladigan korxona sof daromadining ulushi hisob-kitob qilinadi (korxonaning moliyaviy hisoboti va/yoki ishlab chiqarish hisoboti asosida);
sof daromad ulushidan texnologik majmua joylashgan yer uchastkasiga tegishli qism aniqlanadi. Hisob-kitob quyidagi formula bo‘yicha amalga oshiriladi:
ChDzem = Szem * Kzem bu yerda:
ChDzem — yer uchastkasi hisobidan olingan sof daromad;
Szem — yer uchastkasining bozor qiymati;
Rzem — kapitallashtirish stavkasi;
baholanayotgan texnologik majmuaga to‘g‘ri keladigan sof daromad ulushidan mazkur texnologik majmuaning binosiga to‘g‘ri keladigan qism ajratiladi. Hisob-kitob quyidagi formula bo‘yicha amalga oshiriladi:
ChDzd = Szd * Kzd bu yerda:
ChDzd — binolar hisobidan olingan sof daromad;
Szd — binoning bozor qiymati;
Rzd — kapitallashtirish stavkasi;
texnologik majmuaning mashinalari/uskunalariga to‘g‘ri keladigan sof daromad ulushi (ChDob) yer uchastkasi va binolar hisobidan olingan sof daromadlar miqdorini ayirish yo‘li bilan aniqlanadi:
ChDob = ChDik — ChDzem — ChDzd bu yerda:
ChDik — korxonaning (yalpi biznesning) mulkiy majmuasiga to‘g‘ri keladigan sof daromad;
baholanayotgan mashinalar/uskunalarga to‘g‘ri keladigan sof daromad ulushi qoldiq usuli bilan aniqlanadi:
Sob — baholanayotgan uskunaning qiymati;
ChDob — baholanayotgan uskunaga to‘g‘ri keladigan sof daromad;
Rk — kapitallashtirish stavkasi (koeffitsiyent ifodasida).
Yer uchastkasi va ko‘chmas mulkning bozor qiymati boshqa baholash standartlarida belgilangan tartibda aniqlanadi.
75. Teng samarali funksional analog usuli quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
xuddi shunday funksiyalarni bajaruvchi, lekin unumdorligi, xizmat muddati, uning yordamida tayyorlangan mahsulot sifati, boshqa ko‘rsatkichlari bo‘yicha baholanayotgan obyektdan farqlanishi mumkin bo‘lgan analog (tayanch obyekt) tanlanadi;
baholanayotgan obyektdan olinadigan daromad aniqlanadi, lekin to‘liq hajmda emas, balki baholanayotgan obyektning daromadi xuddi shunday (tayanch) obyektdan farqlanadigan qismidagina.
76. Baholash obyektining qiymati, ularning foyda keltirishi bir xil bo‘lgandagina tayanch analog narxidan kelib chiqib aniqlanadi. Usul texnika samaradorligi nazariyasi qoidalariga asoslanadi.
77. Agar samaradorlik nolga teng (teng samaradorlik sharti) deb faraz qilinsa, bunda qo‘llaniladigan matematik model qiyosiy iqtisodiy samarani hisoblash formulasidan olinadi:
S — baholash obyektining qiymati;
Sb — tayanch analogning narxi;
I, Ib — tegishli ravishda baholash obyekti va tayanch analogning yillik foydalanish chiqimlari (amortizatsiyani hisoblamaganda);
Ka, Ka.b. — qoplash fondi omiliga binoan hisoblab chiqariladigan, tegishli ravishda baholash obyekti va tayanch analogning amortizatsiya koeffitsiyenti;
Q, Qb — tegishli ravishda baholash obyekti va tayanch analog tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotning yillik hajmi;
Rk — kapitallashtirish stavkasi.
Teng samarali funksional analog usulida baholanayotgan obyekt qiymati, basharti ular bir xil foyda keltirsa, tayanch analog narxidan chiqariladi.
78. Mashina va uskunalar qiymatini baholashga daromad yondashuvi usullarini qo‘llash kapitallashtirish stavkasidan foydalanishni nazarda tutadi.
79. Mavjud axborotga qarab kapitallashtirish stavkasi bozor ekstraksiyasi usuli yoki kumulyativ tuzish usuli bilan hisoblanishi mumkin.
80. Bozor ekstraksiyasi usuliga muvofiq kapitallashtirish stavkasi sof operatsion daromad va aynan bir xil obyektlarni sotish narxi to‘g‘risidagi bozor ma’lumotlarining tahlili asosida aniqlanadi:
ChOD — har bir sotilgan obyekt bo‘yicha sof operatsion daromad;
S — sotish narxi.
81. Kumulyativ tuzish usuli bilan kapitallashtirish stavkasi tavakkalsiz daromad keltirish normasi hamda baholash obyektiga egalik qilish va undan foydalanish tavakkalchiligi uchun baholash obyektiga xos bo‘lgan daromad keltirish normasining summasi sifatida aniqlanadi:
Rk = Ro + Rs + Rl + Rin + nk bu yerda:
R — kapitallashtirish stavkasi;
Ro — tavakkalsiz foiz stavkasi, foizda;
Rs — tarmoq tavakkalchiligi, foizda;
Rl — past likvidlilikka mukofot, foizda;
Rin — baholash obyektiga investitsiyalash tavakkalchiligi, foizda;
nk — kapitalga qaytish normasi, foizda.
Kapitalning qaytish normasini hisoblash uchun quyidagi usullarning biridan foydalaniladi:
investitsiyalangan kapital teng ulushlarda qoplanishini nazarda tutadigan Ring usuli (to‘g‘ridan to‘g‘ri qaytish):
nk= 1 / p bu yerda:
p — investitsiyalar qaytishi taxmin qilinayotgan vaqt davri;
kapitalning qaytish summalarini kapital uchun daromad keltiruvchi stavkada qayta investitsiyalashda foydalaniladigan Invud usuli:
nk = sff (n, Ron) bu yerda:
sff — stavka kapital uchun daromad keltiruvchi stavkaga teng bo‘lganda qoplash fondi omili;
Ron — kapital uchun daromad keltiruvchi stavka;
kapitalning qaytish summalari tavakkalsiz stavka bo‘yicha qayta investitsiyalanganda foydalaniladigan Xoskold usuli:
nk = sff ( n, Ro )
82. Baholash obyekti qiymati daromad yondashuvi bilan hisob-kitob qilinishi asos qilib olinadigan daromad shakllangan davrga muvofiq keluvchi davr uchun baholash obyektining amortizatsiyasini hisobga olgan holda kapitallashtirish stavkasiga tuzatish kiritish zarur.
83. Baholash obyekti tavsiflari va undan foydalanish sohasining o‘ziga xosligidan kelib chiqib, tavakkalchilik uchun daromad keltirish normalari muayyan obyektga xos bo‘lgan tavakkalchiliklarning boshqa turlari bilan to‘ldirilishi mumkin.
5-§. Qo‘llanilgan baholash yondashuvlarining natijalarini muvofiqlashtirish va baholash obyektining yakuniy qiymatini aniqlash
84. Baholash natijalarini muvofiqlashtirish hamda baholashning turli yondashuvlarini qo‘llab olingan natijalarni o‘lchash va qiyoslash yo‘li bilan baholash obyektining yakuniy qiymatini aniqlash quyidagi usullardan biri yordamida amalga oshiriladi:
mantiqiy muvofiqlashtirish usulida baholovchi amalga oshiradigan tahlil asosida, barcha muhim parametrlarni hisobga olgan holda solishtirma o‘lchamlarni tanlashdan iborat. Baholovchi tomonidan ustuvor yondashuv belgilanadi, qolgan yondashuvlarning natijalaridan esa ustuvor yondashuv yordamida olingan natijani tekshirish va unga tuzatish kiritish uchun foydalaniladi;
matematik o‘lchash usulida baholashga turlicha yondashuvlar bilan olingan natijalarning ulushlarini aniqlash uchun bir nechta mezonlardan foydalaniladi, ularning yordamida qo‘llanilgan hisoblash usulining afzalliklari yoki kamchiliklari muayyan obyektni baholash xususiyatlarini hisobga olgan holda tavsiflanadi.
85. Ulushlarni aniqlashda baholovchi quyidagi asosiy omillarni tahlil qilishi lozim:
baholash maqsadini va baholash natijalaridan foydalanish mo‘ljalini;
baholash obyektining xususiyatini;
tahlil va hisob-kitoblar o‘tkazilishiga asos bo‘lgan axborotning batafsilligini;
baholash yondashuvi baholash obyektiga o‘xshash obyektlarning odatdagi xaridorlari va sotuvchilari motivatsiyasini aks ettirishga qodirligini;
baholash yondashuvi bozor konyunkturasini hisobga olishga qodirligini.
86. Baholash obyekti qiymatining yakuniy miqdori quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
S is = (Sd * K1) + (Ss * K2) + (Sz * K3) bu yerda:
Sis — baholash obyektining yakuniy qiymati;
Sd, Ss, Sz — tegishincha daromad, qiyosiy va xarajat yondashuvlari bilan aniqlangan qiymatlar;
K1, K2, K3 — har bir baholash yondashuvi uchun tanlangan tegishli salmoqlarni belgilovchi koeffitsiyentlar.
Bunda quyidagi shart bajarilishi lozim:
K1 + K2 + K3 = 1
7-bob. Baholash to‘g‘risida hisobot tuzish
87. To‘plangan axborot natijasining tasdig‘ini va tegishli hisob-kitoblarni o‘z ichiga olgan baholash to‘g‘risidagi hisobotda baholovchining baholash obyekti qiymatiga doir xulosasi taqdim etiladi.
88. Baholash to‘g‘risida hisobotni tuzishda quyidagi qoidalarga amal qilish lozim:
baholash to‘g‘risidagi hisobot baholash obyekti qiymatini aniqlash uchun muhim bo‘lgan barcha axborotni o‘z ichiga olgan bo‘lishi zarur;
baholashni o‘tkazishda foydalanilgan yoki hisob-kitoblar natijasida olingan, baholash to‘g‘risidagi hisobotda keltirilgan axborot tasdiqlangan bo‘lishi zarur;
baholash to‘g‘risidagi hisobotning mazmuni mazkur hisobotdan foydalanuvchilarni chalg‘itmasligi, shuningdek turlicha talqin qilishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak;
baholash to‘g‘risidagi hisobotda keltirilgan materiallar tarkibi va ketma-ketligi hamda baholash jarayoni tavsifi qiymat hisoblanishini va xuddi shunday natijalarni olish imkoniyatini berishi lozim;
baholash jarayonida foydalanilmagan axborot, agar bunday axborotni ilova qilish baholash faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarining talablariga binoan majburiy bo‘lmasa, baholash to‘g‘risidagi hisobotda keltirilmasligi lozim.
89. Baholash obyektini baholash to‘g‘risidagi hisobot quyidagi bo‘limlar va ularning qismlaridan iborat bo‘lishi lozim:
a) I bo‘lim “Titul varag‘i” — baholash to‘g‘risidagi hisobotning birinchi sahifasi hisoblanadi va hujjatni qidirish uchun zarur bo‘lgan birlamchi axborot manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Titul varag‘ida quyidagi ma’lumotlar keltiriladi:
baholash to‘g‘risidagi hisobotning ro‘yxat raqami;
ishning nomi;
baholash obyektining nomi;
baholashdan maqsad va mo‘ljal;
buyurtmachining nomi;
baholovchi tashkilotning nomi;
baholash sanasi;
baholash to‘g‘risidagi hisobot tuzilgan sana.
Baholash to‘g‘risidagi hisobot ikki va undan ortiq kitobdan iborat bo‘lsa, har bir kitob birinchi kitobning titul varag‘iga muvofiq bo‘lgan va mazkur kitobga daxldor ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan o‘z titul varag‘iga ega bo‘lishi lozim. Kitob raqami titul varag‘iga qo‘yiladi;
b) II bo‘lim “Mundarija” — tegishli sahifalarning raqamlari ko‘rsatilgan barcha bo‘limlar, kichik bo‘limlar, bandlar (agar ular nomlangan bo‘lsa), ilovalar nomini o‘z ichiga oladi.
Ikki va undan ortiq kitobdan iborat bo‘lgan baholash to‘g‘risidagi hisobot tuzilganda ularning har birida o‘z mundarijasi bo‘lishi lozim. Bunda birinchi kitobda butun baholash to‘g‘risidagi hisobotning kitoblar raqamlari ko‘rsatilgan mundarijasi, keyingi kitoblarda — faqat tegishli kitob mundarijasi joylashtiriladi. Birinchi kitobda keyingi kitoblar mundarijasi o‘rniga faqat ularning nomini ko‘rsatishga yo‘l qo‘yiladi;
v) III bo‘lim “Ilova xat (umumlashtiruvchi qism)” buyurtmachiga baholashni o‘tkazish natijalari haqidagi erkin shaklda (ish uslubida) bayon etilgan xabarni o‘z ichiga oladi. Xatda quyidagilar ko‘rsatiladi:
baholashni o‘tkazish uchun asos;
baholash obyektining nomi va ro‘yxatga olingan manzili;
bajarilgan ishlar mazmunining qisqacha bayoni;
qiymat aniqlangan sanadagi baholash obyektining qiymati haqida xulosa;
baholash to‘g‘risidagi hisobot qaysi qonun hujjatlariga muvofiq tayyorlangan bo‘lsa, shu hujjatlarga havola;
ilova xat baholash to‘g‘risidagi hisobot asosida tayyorlangani va faqat hisobotning to‘liq matniga bog‘liq ravishda, ya’ni hisobotda qabul qilingan barcha farazlar va cheklashlarni hisobga olgan holda talqin qilinishi mumkinligiga ko‘rsatma.
Ilova xat baholovchi tashkilotning firma blankasida rasmiylashtiriladi, uning rahbari tomonidan imzolanadi va muhri bilan (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) tasdiqlanadi;
g) IV bo‘lim “Kirish” asosiy dalillar va xulosalarning qisqacha bayonini o‘z ichiga oladi. Mazkur bo‘limga quyidagi qismlar kiritilishi lozim:
asosiy dalillar va xulosalar, bu yerda quyidagilar ko‘rsatiladi:
baholash obyekti haqida umumiy axborot;
baholash to‘g‘risida shartnoma nomi, uning raqami va tuzatilgan sanasi;
baholash to‘g‘risidagi hisobotga so‘nggi tuzatish kiritilgan va hisobot taqdim etilgan ko‘rinishda rasmiylashtirilgan kalendar sanaga muvofiq bo‘lgan baholash to‘g‘risidagi hisobot tuzilgan sana;
baholash maqsadi va qiymat turi;
baholash buyurtmachisi haqida ma’lumotlar yuridik shaxslar uchun — nomi, rekvizitlari, jismoniy shaxslar uchun — F.I.Sh., pasport ma’lumotlari;
baholovchi tashkilot haqida (to‘liq nomi, yuridik manzili, fuqarolik javobgarligini sug‘urtalash haqidagi ma’lumotlar, baholash faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beradigan litsenziya raqami, berilgan sanasi va amal qilish muddati) hamda baholovchi tashkilot bilan mehnat shartnomasiga asosan ishlaydigan baholovchi haqida (familiyasi, ismi, otasining ismi, baholashni amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi hujjat raqami va berilgan sanasi). Shuningdek, baholashni o‘tkazish va baholash to‘g‘risidagi hisobotni tayyorlashga jalb qilinadigan barcha tashkilotlar va mutaxassislar haqida axborot ularning malakasi va baholash obyektini baholashda ularning ishtirok etish darajasini ko‘rsatgan holda keltirilishi lozim;
baholash natijalariga ta’sir ko‘rsatgan farazlar va cheklovchi shartlar (mavjud bo‘lganda);
d) V bo‘lim “Asosiy qism” quyidagi majburiy qismlarni o‘z ichiga olishi lozim:
baholash jarayoni bosqichlari, bu yerda baholovchi o‘zi bajargan ishlar ketma-ketligini bosqichma-bosqich bayon etadi. Har bir bosqichda baholash obyektini baholash bo‘yicha bajarilgan ishlar haqida umumiy ma’lumotlar keltiriladi (bajarilgan ishlarning oddiy ro‘yxatini keltirishga yo‘l qo‘yiladi). Amalga oshirilgan tahlil va hisob-kitoblarning yanada batafsil tavsifi baholash obyektining xususiyatlari, baholash topshirig‘i va mavjud axborot hajmiga muvofiq quyidagi qismlarda keltiriladi;
baholash obyektining tavsifi, bu yerda baholash obyektining miqdor va sifat ko‘rsatkichlari haqidagi ma’lumotlar keltiriladi.
Baholovchi baholash to‘g‘risidagi hisobotda baholashni o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan axborotni olish jarayoni ham axborotni olishning aniq manbalarini, hujjatning nomi, raqami, sanasini va uni identifikatsiya qiluvchi boshqa ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda aks ettiriladi.
Agar buyurtmachining so‘ralayotgan axborotni taqdim etishdan bosh tortishi baholash natijalarining aniqligi va/yoki haqqoniyligiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatsa, bu holat baholash to‘g‘risidagi hisobotda qayd etiladi.
Baholash obyektining tavsifi baholash to‘g‘risidagi hisobotdan foydalanuvchida baholash obyektining qimmatliligiga ta’sir etadigan barcha jihatlardan baholash obyekti haqida xolis tasavvurni shakllantirishi lozim.
Baholash obyekti bozorining tahlili uning qiymatiga ta’sir etadigan barcha omillar tahlilini o‘z ichiga olishi lozim. Bo‘limda baholash obyekti qiymatini aniqlashda foydalanilgan narxni shakllantiruvchi barcha omillar haqida axborot keltirilishi va ularning qiymatlari asoslanishi lozim.
Baholovchi foydalanilgan barcha qonun hujjatlarini ham baholash to‘g‘risidagi hisobotda aks ettirishi kerak.
Baholash jarayoni tavsifi baholash to‘g‘risidagi hisobotdan foydalanuvchiga baholash jarayoni mantig‘ini va baholovchi baholash obyekti qiymatini aniqlash yo‘lida tashlagan qadamlarning muhimligini tushunish imkoniyatini beruvchi baholash obyekti qiymatini aniqlash ketma-ketligini o‘z ichiga olishi lozim.
Har bir yondashuv doirasida baholovchi o‘zining barcha tahlillari, hisob-kitoblari, fikr-mulohazalarini keltiradi. Qabul qilingan yondashuvlar doirasida baholash usullarini qo‘llab baholashni amalga oshirishda baholovchining har bir harakati lozim darajada asoslangan bo‘lishi kerak.
Baholash to‘g‘risidagi hisobotda keltirilgan barcha axborotni tekshirish imkoniyati bo‘lishi lozim.
Baholash to‘g‘risidagi hisobotda, shuningdek, baholovchining fikriga ko‘ra u qo‘llagan baholash obyekti qiymatini hisoblash usulini to‘la aks ettirish uchun muhim hisoblangan har qanday ma’lumotlar aks ettirilishi mumkin;
e) VI bo‘lim “Xulosa” quyidagi qismlardan tarkib topishi lozim:
muqofiqlashtirish taomili tavsifini keltirgan holda turli yondashuvlarni qo‘llab olingan baholash obyektini baholash natijalarini muvofiqlashtirish;
baholash yondashuvlarining har biri yordamida olingan natijalar o‘rtasidagi jiddiy tafovut uning ehtimoliy sabablari xususidagi asoslangan sharhlar bilan bayon etilishi kerak.
Baholash to‘g‘risidagi hisobotning xulosa qismida sifat to‘g‘risida bayonot — baholovchining baholash to‘g‘risidagi hisobot qonun hujjatlari va qo‘llanilayotgan baholash standartlari talablariga muvofiqligi haqidagi rasmiy bayonoti ifoda etilishi kerak;
j) VII bo‘lim “Ilovalar” baholashni o‘tkazishda foydalanilgan bosma shakldagi barcha axborotni (shu jumladan internet-sahifalarni), shuningdek hisob-kitoblar va hisob-kitob jadvallarini o‘z ichiga olishi kerak.
Baholash to‘g‘risidagi hisobotga ilova qilingan barcha hujjatlar tegishli tarzda rasmiylashtirilgan bo‘lishi lozim (bunga vakolatli shaxs tomonidan imzolangan hamda hujjatlarni taqdim etuvchi organlar va tashkilotlar tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan bo‘lishi kerak, bundan Internet tarmog‘i yoki boshqa ommaviy axborot vositalaridan olingan axborot mustasno).
Baholash to‘g‘risidagi hisobotga ilovalar baholovchi tashkilot litsenziyasi, baholovchining baholashni o‘tkazish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalarini, fuqarolik javobgarligini sug‘urtalash polisining nusxasini ham o‘z ichiga olishi lozim.
Baholash to‘g‘risidagi hisobotda ilovadagi hujjatlarning to‘liq ro‘yxati keltirilishi lozim.
Baholash to‘g‘risidagi hisobot nusxasini baholovchi tashkilot hisobot tuzilgan sanadan e’tiboran qonun hujjatlarida belgilangan muddat mobaynida saqlashi shart.
O‘zbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (15-son MBMS) “Mashina va uskunalar qiymatini baholash”ni qo‘llash bo‘yicha Uslubiy ko‘rsatmalarga
1-ILOVA

‎‎Baholash obyektining texnik holati to‘g‘risida
‎DALOLATNOMA
‎(namunaviy shakl)

______________ sh.‎ ‎‎20__ yil “___” _________
‎‎Komissiya tarkibi:
‎‎1. ____________________________________________________ (komissiya raisi)
‎2. ____________________________________________________
‎…
‎n. ____________________________________________________
‎Quyidagilar ishtirokida:
‎1. ____________________________________________________
‎2. ____________________________________________________
‎…
‎n. ___________________________________________________
‎Baholash obyektining nomi (texnik hujjatlarga muvofiq ko‘rsatiladi; texnik hujjatlar bo‘yicha nomi buxgalteriya hujjatlaridagi nomi bilan tafovut qilganda keyingisi drob orqali ko‘rsatiladi): _____________ ___________________________________________________________________________________________.
‎Modeli (ishlab chiqaruvchini ko‘rsatgan holda rusumi): _______________________________________________
__________________________________‎_________________________________________________________.
‎Joylashgan joyi (joriy): ______________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________________________________.
‎Inventar raqami: ____________________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________________________________.
‎Balans qiymati: ______________________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________________________________.
‎Qoldiq qiymati: ______________________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________________________________.
‎Ishlab chiqarilgan yili: _______________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________________________________.
‎Foydalanishga topshirilgan sanasi: ______________________________________________________________
‎___________________________________________________________________________________________.
‎Tasnifi: ishlab chiqarish / noishlab chiqarish.
‎Huquqlar: mulkda / egalikda / foydalanishda.
‎Maqsadi (asosiy): ____________________________________________________________________________
‎Xizmat muddati: normativ ________________________
‎‎qoldiq ____________________________
‎‎Qilingan oxirgi ta’mir:
‎kapital (ishlarning turi va summasi) _____________________________________________________________
‎________________________________________________________________________________________‎___;
‎joriy (ishlarning turi va summasi) _____________________________________________________________
‎___________________________________________________________________________________________.
‎Baholash obyektining jismoniy holati: ___________________________________________________________
‎___________________________________________________________________________________________.
‎Ko‘zdan kechirishda foydalanilgan material va uskunalar: ____________________________________________ ___________________________________________________________________________________________.
‎Ko‘zdan kechirishda ishtirok etganlarning alohida fikr-mulohazalari: ___________________________________
‎___________________________________________________________________________________________.
‎Dalolatnomaga ilova qilinadigan hujjatlar: ______________________________________________________
‎__________‎_________________________________________________________________________________.
‎‎Ko‘zdan kechirishda ishtirok etganlarning imzolari:
‎‎1. ___________________________________________
‎2. ___________________________________________
‎3. ___________________________________________
‎4. ___________________________________________
‎5. ___________________________________________
‎‎m.o‘. (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda)
‎‎‎m.o‘. (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda)
‎‎‎m.o‘. (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda)
‎‎‎m.o‘. (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda)
‎‎‎m.o‘. (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda)
Izoh: baholash obyektining texnik holati to‘g‘risidagi dalolatnoma namunaviy hisoblanadi hamda zarur hoshiyalar va ustunlar, boshqa zarur axborot bilan to‘ldirilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (15-son MBMS) “Mashina va uskunalar qiymatini baholash”ni qo‘llash bo‘yicha Uslubiy ko‘rsatmalarga
2-ILOVA
Mashina va uskunalar jismoniy holatining ekspert baholari
ShKALASI

Holatning bayoni

Texnik holatning tavsifi

Xizmat muddatining qoldig‘i, foizda

Eskirish, foizda

Yangi

Yangi, biroq davlat organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan, a’lo darajadagi holatda, savdoga tayyorlashdan keyingi davrda, foydalanish belgilari mavjud emas.

100

95

0

5

Juda yaxshi

Deyarli yangi, foydalanishning kafolatli davrida, texnik xizmatlar hajmi ko‘rsatilgan va ta’mirga yoki biror-bir qismini almashtirishga ehtiyojsiz.

90

85

10

15

Yaxshi

Foydalanishning kafolatli davridan keyingi davrda, texnik xizmatlar hajmi ko‘rsatilgan, joriy ta’mirga yoki biror-bir qismini almashtirishga ehtiyojsiz. Mukammal ta’mirdan so‘ng.

80

75

70

65

20

25

30

35

Qoniqarli

Oldin foydalanishda bo‘lgan, texnik xizmatlar hajmi ko‘rsatilgan, joriy ta’mirga yoki ayrim detallarni almashtirishga ehtiyoj bor, lok-bo‘yoq qoplamasining biroz zararlanishi mavjud.

60

55

50

45

40

40

45

50

55

60

Shartli-yaroqli

Oldin foydalanishda bo‘lgan, agregatlar joriy ta’mirdan chiqqach, kuzov (kabina) ta’mirlangach (almashtirilgach) keyinchalik foydalanishga yaroqli.

35

30

25

20

65

70

75

80

Qoniqarsiz

Oldin foydalanishda bo‘lgan, raqamli agregatlarning (dvigatel, kuzov, ramalar) mukammal ta’mirlanishi yoki almashtirilishi, to‘liq bo‘yalishi talab qilinadi.

15

10

85

90

Qo‘llashga yaroqsiz

yoki lom

Oldin foydalanishda bo‘lgan, bajarilishi iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqlikdan oshadigan hajmda ta’mirga talab bor; buni bajarish uchun texnik imkoniyat�ing yo‘qligi; foydalanishga va ta’mirga yaroqli emas.

2,5

0

97,5

100

(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 26-son, 600-modda)