

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                        <div class="act_warning">
                            Hujjat kuchini yo‘qotgan&nbsp;15.01.2019
                        </div>
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3167621" id="onLBC-3167621">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6118"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar;</span></div><div id="LBC6822"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.03.00 Monopoliya faoliyati yuzasidan davlat nazorati. Monopoliyaga qarshi davlat organi]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-3167621" id="onLS-3167621">[<b>TSZ:</b><div id="LS3678"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;</span></div><div id="LS3737"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">Iqtisodiyot / Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-3167664" id="-3167664">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3167673" id="-3167673">Farmoni</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-3167678" id="-3167678">Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3167680" id="-3167680"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-4163556" id="-4163556">Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-sonli “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-4160392?ONDATE=15.01.2019 00#-4162054">Farmoniga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3167684" id="-3167684">Xususiylashtirilgan davlat mulki negizida xususiy mulkchilik va tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida davlat siyosatini sifat jihatdan oʻzgartirishni taʼminlash, tadbirkorlik subyektlarini xususiylashtirilgandan keyin amaliy qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, davlat mulkidan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3167685" id="-3167685">1. Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi etib qayta tashkil etilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3167686" id="-3167686">2. Xususiylashtirilgan korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatini tiklash va samaradorligini oshirishni har tomonlama keng qoʻllab-quvvatlash, shu asosda aholi daromadlarining barqaror oʻsishini taʼminlaydigan yangi ish oʻrinlarini yaratish, ushbu maqsadlarda vakolatli davlat organlari, moliya hamda boshqa bozor tuzilmalarining Savdo-sanoat palatasi hamda mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan mustahkam hamkorlikdagi faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining gʻoyat muhim vazifasi deb hisoblansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3167687" id="-3167687">3. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3167692" id="-3167692">tarmoqlar, hududlar va turli xususiylashtirish shakllari boʻyicha muttasil yangilanib turuvchi maʼlumotlar bazasini hamda xususiylashtirilgan obyektlar reyestrini, shuningdek, davlat aktivlari reyestrini shakllantirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3167694" id="-3167694">xususiylashtirilgan korxonalar faoliyati moliyaviy-iqtisodiy va ishlab chiqarish koʻrsatkichlarini soliq, iqtisodiyot va statistika organlari bilan birgalikda doimiy asosda tahlil qilib borish, buning asosida faoliyat koʻrsatmayotgan, past rentabelli va zarar koʻrib ishlayotgan korxonalarni, boʻsh yotgan va samarasiz foydalanilayotgan obyektlar hamda yer uchastkalarini aniqlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3167695" id="-3167695">ilgari xususiylashtirilgan korxonalar samaradorligining pastligi hamda ishlamayotganligi sabablari va omillarini, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish quvvatlari, boʻsh yotgan va qurilishi tugallanmagan obyektlarni aniqlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3167697" id="-3167697">yangi ish joylarini yaratish, ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini oshirish va modernizatsiyalash hamda raqobatdosh mahsulot ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish, ruxsat beruvchi hujjatlarni olishda, kommunikatsiyalarga ulanishda va tijorat banklaridan kreditlar ajratilishida ularga koʻmaklashish maqsadida aniq xususiylashtirilgan korxonalarni rivojlantirishning “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish va ularni amalga oshirishni taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3167698" id="-3167698">Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda xususiylashtirilgan obyektlar negizida investitsiya loyihalarini amalga oshirayotgan tadbirkorlarga biznes yuritish va biznes-rejalarni ishlab chiqish asoslari, tadbirkorlik faoliyati sohasidagi qonunchilik, menejment, moliyaviy boshqaruv va boshqa fanlarni kasb-hunar kollejlari bazasida oʻtkaziladigan kurslarda oʻqitishni tashkil qilish, bunda tajriba almashish uchun respublikamizda ishlayotgan katta muvaffaqiyatlarga erishgan tadbirkorlar va xorijiy mutaxassislarni jalb etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3167700" id="-3167700">bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat siyosatini amalga oshirish, iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish, ularning faoliyat samaradorligini oshirish va yangi investorlarni jalb etish dasturlarini ishlab chiqish va roʻyobga chiqarishda ishtirok etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3167701" id="-3167701">davlat aktivlarini boshqarish, davlat ulushiga ega boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari faoliyatini monitoring qilish va tahlil etish, ularda korporativ boshqaruvning zamonaviy xalqaro standartlari va metodlarini joriy etish, shuningdek, davlat aktivlarini xususiy mulkdorlarga, shu jumladan, “nol” xarid qiymati boʻyicha sotishning ochiq-oydinligi va shaffofligini taʼminlash, investorlar tomonidan qabul qilingan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar bajarilishi ustidan monitoring olib borish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3167703" id="-3167703">monopoliyaga qarshi siyosatni amalga oshirish, raqobatni va qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish, isteʼmolchilar huquqlarini muhofaza qilish, baholash, rieltorlik va birja faoliyatini litsenziyalash, reklama bozorini tartibga solish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3167704" id="-3167704">kadrlarni tizimli tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish, rahbar va mutaxassislar, shu jumladan, idoraviy tuzilmalar rahbarlari hamda mutaxassislarining ish shakllari va uslublarini takomillashtirish, zimmasiga yuklangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun ularning masʼuliyatini oshirish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3167706" id="-3167706">4. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi 2018-yilning 1-yanvariga qadar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda muttasil yangilanib turuvchi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3167707" id="-3167707">soliq, statistika va kadastr organlarining maʼlumotlar bazasi bilan oʻzaro elektron aloqani taʼminlaydigan tarmoqlar, hududlar va turli xususiylashtirish shakllari kesimida davlat mulkining xususiylashtirilgan obyektlari boʻyicha maʼlumotlar bazasini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3167709" id="-3167709">boʻsh yotgan va samarasiz foydalanilayotgan xususiylashtirilgan obyektlar, ishlab chiqarish maydonlari va qurilishi tugallanmagan obyektlardan xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun foydalanish maqsadida ularning hududiy reyestrlarini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3167710" id="-3167710">xususiy biznesni tashkil etish uchun tadbirkorlarga taklif etilayotgan boʻsh yotgan davlat mulki obyektlarining hududiy reyestrlarini yaratsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3167712" id="-3167712">5. Belgilansinki:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3167713" id="-3167713">Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3167714" id="-3167714">Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3167715" id="-3167715">Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi hamda viloyatlar va Toshkent shahrining xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish hududiy boshqarmalari Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining hududiy organlari hisoblanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3167717" id="-3167717">Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hududiy organlarining rahbarlarini tayinlash, tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Kollegiyasining qarori bilan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3167718" id="-3167718">6. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3167720" id="-3167720">2017-yilning 1-iyunidan boshlab har bir tumanda xususiylashtirilgan obyektlar negizida loyihalarni amalga oshirayotgan tadbirkorlar uchun kasb-hunar kollejlarining binolarida oʻquv mashgʻulotlaridan boʻsh vaqtda oʻquv kurslarini tashkil etsinlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3167722" id="-3167722">uch oy muddatda yangi ish boshlayotgan tadbirkorlarga biznes-rejalar tayyorlashda, zarur axborotni olishda va tadbirkorlik faoliyatini yuritish bilan bogʻliq amaliy masalalarni hal etishda ularga ekspert, huquqiy va maslahat yordami koʻrsatish uchun biznes-inkubatorlar tashkil etish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3167723" id="-3167723">7. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi ikki hafta muddatda 2017-2018-yillarda Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish chora-tadbirlari dasturini belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3167725" id="-3167725">8. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzurida Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlar jamgʻarmasi negizida Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish jamgʻarmasi tashkil etilsin, uni shakllantirish manbalari saqlab qolingan holda, mablagʻlarni xususiylashtirilgan korxonalarni amaliy ravishda qoʻllab-quvvatlashga, investitsiya loyihalarini amalga oshirishga hamda tadbirkorlarning oʻqishini tashkil qilishga yoʻnaltirish uning ustuvor vazifasi etib belgilansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3167726" id="-3167726">Quyidagilar xususiylashtirilgan korxonalarni Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha manbalari etib belgilansin:</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-4139895" id="edi-4139895"><a href="/mact/-3167621?ONDATE=19.04.2017 00#-3167727">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4139895" id="-4139895">(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil26-dekabrdagi PF-5607-sonli <a href="/mact/-4130794?ONDATE=28.12.2018 00#-4131410">Farmoniga </a>asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 06/18/5607/2385-son) </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3167729" id="-3167729">Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlariga yoʻnaltiriladigan davlat mulki ijarasidan tushadigan mablagʻlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3167732" id="-3167732">Jamgʻarmaning respublika va mahalliy budjetlarga yoʻnaltirilishi lozim boʻlgan tushumlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-yanvardagi PF-4933-sonli <a href="/mact/-3098864">Farmoniga</a> muvofiq, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlariga yoʻnaltiriladigan davlat mulki obyektlarini sotishdan tushadigan mablagʻlar bundan mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3167735" id="-3167735">Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3167736" id="-3167736">9. Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi qarori loyihasini belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3167737" id="-3167737">10. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va uning hududiy organlari qoʻmita zimmasiga yuklatilgan vakolatlarga muvofiq, sudlarning koʻrib chiqishi uchun kiritiladigan daʼvolar boʻyicha davlat boji toʻlashdan ozod qilinsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3167738" id="-3167738">11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 13-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF-4483-sonli <a href="/mact/-2082740">Farmoni</a> oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3167739" id="-3167739">12. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3167741" id="-3167741">13. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi V.A. Golishev zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-3167881" id="-3167881">Ushbu Farmon “Xalq soʻzi” gazetasining 2017-yil 19-apreldagi 77 (6771)-sonida eʼlon qilingan.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-3167745" id="-3167745">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3167747" id="-3167747">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3167750" id="-3167750">2017-yil 18-aprel,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-3167756" id="-3167756">PF-5016-son</div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-3173493" id="-3173493">(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 16-son, 266-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 06/18/5607/2385-son)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
