1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Moliya / Baxolash faoliyati]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
BAHOLOVCHI TASHKILOTLAR FAOLIYATINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH VA KOʻRSATILAYOTGAN XIZMATLAR SIFATI UCHUN ULARNING MASʼULIYATINI OSHIRISH TOʻGʻRISIDA
Qayd etib oʻtilsinki, respublikada baholash faoliyatini amalga oshirish uchun zarur qonuniy-huquqiy baza shakllantirilgan, uni faol rivojlantirish uchun iqtisodiy ragʻbatlantirish vositalari yaratilgan, litsenziyalar berish tartibi sezilarli darajada soddalashtirilgan.
Ayni vaqtda baholovchi tashkilotlarning amaliy faoliyati oʻsib borayotgan zamonaviy talablarni qoniqtirmayapti. Baholash ishlari bir qator hollarda yuzaki va past professional darajada oʻtkazilmoqda, xususiylashtiriladigan obyektlarning haqiqiy qiymati va koʻrsatiladigan xizmatlarning sifati xolisona baholanishi uchun baholovchi tashkilotlarning zarur darajadagi masʼuliyati taʼminlab berilmayapti.
“Baholash faoliyati toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq va mustaqil baholash tizimini yanada rivojlantirish, baholash xizmatlarining professional saviyasi hamda sifatini oshirish, baholovchi tashkilotlar faoliyatini tartibga solishning samarali usullarini tatbiq etish, baholash ishlarining natijalari va xolisligi boʻyicha ularning masʼuliyatini kuchaytirish maqsadida:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan baholovchi tashkilotlar faoliyatini taʼminlash sohasida, eng avvalo, baholash ishlarini tartibga soluvchi standartlar va boshqa meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqish hamda tatbiq etish, bajarilayotgan baholash ishlarining xolisligi va sifati ustidan nazorat oʻrnatish masalalarida olib borilayotgan ishlar qoniqarsiz deb topilsin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
2. Belgilansinki, 2008-yilning 1-iyulidan baholash faoliyati faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
qimmatbaho qogʻozlar, ulushlar, intellektual mulk obyektlari va boshqa nomoddiy aktivlardan tashqari koʻchar mol-mulkni baholovchi tashkilotlar — bazaviy hisoblash miqdorining kamida 1500 barobariga teng miqdorda ustav kapitaliga, shuningdek shtatida kamida ikkita baholovchiga ega boʻlishi;
mulkiy kompleks sifatidagi korxonadan tashqari koʻchmas mulkni baholovchi tashkilotlar — bazaviy hisoblash miqdorining kamida 2000 barobariga teng miqdorda ustav kapitaliga, shuningdek shtatida kamida uchta baholovchiga ega boʻlishi;
biznesni (mulkiy kompleks sifatidagi korxonani, barcha turdagi moddiy va nomoddiy aktivlarni) baholovchi tashkilotlar — bazaviy hisoblash miqdorining kamida 2500 barobariga teng miqdorda ustav kapitaliga, shuningdek shtatida kamida toʻrtta baholovchiga ega boʻlishi shartligi belgilab qoʻyilsin.
(2-bandning uchinchi — beshinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
3. Baholovchi tashkilotlar va baholovchilar toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:
2008-yilning 1-sentabrigacha Baholovchi tashkilotlar va baholovchilar toʻgʻrisidagi Nizomning talab va shartlariga toʻliq javob beruvchi amaldagi baholovchi tashkilotlarni belgilangan tartibda qaytadan roʻyxatga olsin va baholash faoliyatini amalga oshirish uchun ularga yangi nusxadagi litsenziyalar bersin;
Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda 2008-yilning 1-sentabridan boshlab Baholovchi tashkilotlar va baholovchilar toʻgʻrisidagi nizomning talab va shartlariga javob bermaydigan baholovchi tashkilotlar faoliyatini belgilangan tartibda toʻxtatish choralarini koʻrsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda sud organlari soʻrovnomalariga koʻra bahsli vaziyatlarda baholanuvchi obyektlarni baholash materiallarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha ekspert komissiyasi tashkil etilishini nazarda tutgan holda, baholash toʻgʻrisidagi hisobotlar haqqoniyligini ekspertizadan oʻtkazishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
baholovchining malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini oʻtkazishda ochiqlik va xolislikni taʼminlovchi tartib-qoidalarni takomillashtirish chora-tadbirlarini koʻrsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
vazirlik va idoralarning meʼyoriy hujjatlari mazkur qaror talablariga mos ravishda muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 24-aprel,
PQ-843-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-apreldagi PQ-843-son qaroriga ILOVA
Baholovchi tashkilotlar va baholovchilar toʻgʻrisida
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan hamda baholash faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarning (keyingi oʻrinlarda baholovchi tashkilotlar deb ataladi) maqomi, vazifalari, huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
2. Baholash faoliyati deyilganda baholovchi tashkilotning baholash obyekti qiymatini belgilashga yoʻnaltirilgan faoliyati tushuniladi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
3. Baholovchi tashkilot baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmasi aʼzosi boʻlgan, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga ega boʻlgan yuridik shaxs hisoblanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-iyuldagi PF-6261-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2021-y., 06/21/6261/0667-son)
Baholovchi tashkilot oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻlishga haqli.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-fevraldagi PF-5668-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 06/19/5668/2652-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
4. Baholovchining malaka sertifikatiga ega boʻlgan jismoniy shaxs baholovchi hisoblanadi.
Agar baholovchi baholovchi tashkilotning shtatida tursa yoki baholovchi tashkilot u bilan fuqarolik-huquqiy shartnoma tuzgan boʻlsa, u baholovchi tashkilot tomonidan baholashni oʻtkazishga jalb etilishi mumkin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
5. Baholovchi tashkilot oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa normativ hujjatlarga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-iyuldagi PF-6261-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2021-y., 06/21/6261/0667-son)
II. Baholovchi tashkilotlarning asosiy vazifalari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
7. Quyidagilar baholovchi tashkilotlarning asosiy vazifalari hisoblanadi:
baholash obyekti qiymatini Oʻzbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni va baholash standartlariga muvofiq belgilash;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarning haqqoniyligini taʼminlash;
baholovchilar tomonidan baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish va ularning kasbiy saviyasini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.
III. Baholovchi tashkilotlarning huquq va majburiyatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
8. Baholovchi tashkilotlar quyidagi huquqlarga ega:
baholash standartlarida belgilangan baholash usullarini mustaqil qoʻllash. Bunda agar baholovchi yagona baholash usulining aniq va toʻgʻri ekanligiga ishonch hosil qilgan boʻlsa, baholash toʻgʻrisidagi hisobotda asoslantirilgan xolda qiymatni baholashning bitta usulidan foydalanishi mumkin;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 14-moddasi.
obyektni baholashni amalga oshirishda buyurtmachidan hujjatlardan foydalanishning taʼminlanishini talab qilish, ushbu baholash uchun zarur boʻlgan tushuntirishlar va qoʻshimcha maʼlumotlar olish;
uchinchi shaxslardan obyektni baholash uchun zarur boʻlgan axborotni soʻrab olish. Koʻrsatib oʻtilgan axborotni berishning rad etilishi baholashning haqqoniyligiga jiddiy taʼsir qilgan taqdirda baholovchi buni baholash toʻgʻrisidagi hisobotda koʻrsatadi;
obyektlarni baholashni amalga oshirishda qatnashish uchun fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma boʻyicha boshqa baholovchi va mutaxassislarni jalb etish;
(8-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
buyurtmachi tomonidan shartnoma shartlari buzilgan, baholash obyekti toʻgʻrisidagi zarur axborotning taqdim etilishi yoxud shartnomaga muvofiq ish sharoitlari taʼminlanmagan hollarda baholashni amalga oshirishni rad etish;
(8-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
baholash faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan professional xizmatlarning quyidagi turlarini koʻrsatish:
baholash toʻgʻrisidagi hisobotning haqqoniyligini ekspertizadan oʻtkazish;
investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va tahlil qilish, biznes-rejalar tuzish;
baholash jarayonini avtomatlashtirish va axborot texnologiyalarini joriy etish;
baholash faoliyati sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish va ularning natijalarini ommalashtirish.
Baholovchi tashkilotlar tomonidan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan xizmatlar koʻrsatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Baholovchi tashkilotlar qonunchilikka va baholash boʻyicha xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(8-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni 14-moddasining ikkinchi qismi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
Oʻzbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga rioya qilish va baholovchi tashkilotlar professional jamoat birlashmasining birida doimiy aʼzolikda boʻlish;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
baholash ishlarini amalga oshirish uchun shartnoma tuzishdan oldin buyurtmachi talabiga koʻra baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmasiga aʼzoligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni va baholovchi (baholovchilar)ning malaka sertifikatini koʻrsatish;
(9-bandda uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-iyuldagi PF-6261-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2021-y., 06/21/6261/0667-son)
baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan xolisona baholashga toʻsqinlik qiladigan vaziyatlar vujudga kelganligi oqibatida oʻzining baholashni amalga oshirishda qatnasha olmasligi toʻgʻrisida buyurtmachiga xabar qilish;
buyurtmachining soʻroviga koʻra baholash faoliyatini reglamentlovchi qonun hujjatlari talablari toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etish;
baholash davomida olinadigan hujjatlarning saqlanishini taʼminlash;
mol-mulkni baholash jarayonida aniqlangan uning mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari tomonidan zarar yetkazilishi, shuningdek qonunchilikning buzilishi holatlari toʻgʻrisida mulkdorga va (yoki) buyurtmachiga xabar qilish;
amalga oshirilgan baholash ishlarining natijalari boʻyicha baholash toʻgʻrisidagi hisobotlar nusxalarining baholash tashkilotida uch yil mobaynida saqlanishini taʼminlash;
baholash davomida buyurtmachidan olingan axborotning oshkor qilinmasligini taʼminlash;
baholovchilarning har yili malaka oshirish kursidan oʻtishini taʼminlash;
baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalari soʻroviga koʻra baholovchi tashkilotlar reytingini baholash uchun axborot taqdim etish.
(9-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Baholovchi tashkilotlar qonunchilikka va baholash boʻyicha xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham olishi mumkin.
(9-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
10. Baholovchilar nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan oʻtkaziladigan tekshirishlarda va boshqa tadbirlarda faqat baholovchi tashkilotlar bilan nazorat organlari yoki huquqni muhofaza qilish organlari oʻrtasida tuzilgan shartnomalar asosidagina mutaxassislar sifatida qatnashishlari mumkin.
IV. Baholovchiga nisbatan qoʻyiladigan malaka talablari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.03.00 Baholovchining malaka sertifikati]
11. Baholovchining malaka sertifikati jismoniy shaxsga, agar u baholovchi tashkilot shtatida tursa yoki agar baholovchi tashkilot tomonidan u bilan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma tuzilgan boʻlsa, baholashni amalga oshirish huquqini beradi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.03.00 Baholovchining malaka sertifikati]
12. Baholovchining malaka sertifikati talabgor tomonidan malaka imtihoni muvaffaqiyatli topshirilgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan beriladi. Malaka imtihonini tashkil etish, oʻtkazish va uning natijalarini rasmiylashtirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan maʼmuriy reglament bilan belgilanadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.03.00 Baholovchining malaka sertifikati]
13. Baholovchining malaka sertifikatini olishga talabgor quyidagi talablarga javob berishi kerak:
a) oliy iqtisodiy, yuridik yoki texnik maʼlumotga, baholovchi yoki baholovchining yordamchisi lavozimida soʻnggi besh yilda kamida bir yil ish stajiga ega boʻlish;
yoxud oliy maʼlumotga, soʻnggi besh yilda mol-mulkni baholashda baholovchi yoki baholovchining yordamchisi lavozimida kamida ikki yil ish stajiga ega boʻlishi.
Bunda xorijiy davlatlarda olingan oliy maʼlumot yoki ilmiy daraja belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasidagi maʼlumotga ekvivalent deb eʼtirof etilgan taqdirda eʼtiborga olinadi;
b) baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalari takliflari hisobga olingan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan kelishilgan dastur boʻyicha baholovchilarni tayyorlash markazlarida maxsus oʻquvdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi sertifikatning mavjudligi, oʻquv tugagan paytdan boshlab hujjatlar topshirilgungacha oʻtgan vaqt bir yildan oshmagan taqdirda.
(13-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Baholovchining xalqaro sertifikatiga ega boʻlgan talabgorlar baholovchilar tayyorlash markazlarida maxsus oʻquvdan oʻtmasdan malaka imtihoni topshirishga qoʻyiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.03.00 Baholovchining malaka sertifikati]
14. Baholovchining malaka sertifikati 5 yil muddatga beriladi va uning amal qilish muddati besh yillik muddatlarga uzaytirilishi mumkin.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.03.00 Baholovchining malaka sertifikati]
15. Malaka sertifikatiga ega boʻlgan har bir baholovchi malaka sertifikati olingan yildan keyingi yildan boshlab har yili baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalari takliflari hisobga olingan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan kelishilgan malaka oshirish dasturlari boʻyicha kamida 40 soatlik malaka oshirish kurslarida oʻqishi shart.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.03.00 Baholovchining malaka sertifikati]
16. Malaka sertifikati berilganligi (malaka imtihonidan oʻtganlik) va malaka sertifikatining amal qilish muddati uzaytirilganligi uchun talabgor (baholovchi) bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim toʻlaydi. Dublikatni qayta rasmiylashtirganlik va berganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida yigʻim toʻlanadi.
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6269/0704-son) — 2021-yil 1-dekabrdan kuchga kiradi)
Koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga oʻtkaziladi va ulardan malaka imtihonlarini oʻtkazish hamda baholovchining malaka sertifikatlarini rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun foydalaniladi.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.03.00 Baholovchining malaka sertifikati]
17. Baholovchining malaka sertifikatiga ega boʻlmagan va baholovchining baholashni amalga oshirish bilan bogʻliq topshiriqlarini bajaradigan jismoniy shaxs, baholash hisobotini hamda baholashni amalga oshirish bilan bogʻliq boshqa rasmiy hujjatlarni imzolash huquqisiz, baholovchining yordamchisi boʻlishi mumkin.
Baholovchi yordamchisining mehnat shartlari baholovchi tashkilot bilan Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida belgilangan tartibda tuzilgan mehnat shartnomasida belgilanadi.
(17-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 2 paragrafi (Mehnat shartnomasini tuzish), Oʻzbekiston Respublikasi “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonun 3-moddasining birinchi qismi va 41-moddasi.
Baholovchining yordamchisi baholash vaqtida oʻzi olgan maxfiy maʼlumotlarning oshkor qilinmasligi uchun shartnomada belgilangan tartibda javob beradi.
(17-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 46 moddasi.
Baholovchining yordamchisi sifatida ishlangan vaqt baholovchining malaka sertifikatini olish uchun zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi.
V. Baholovchi tashkilotlar faoliyatini tashkil etish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
18. Baholovchi tashkilotlar oʻz faoliyatida mustaqildir va har qanday tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etilishi va oʻz faoliyatini amalga oshirishi mumkin, ochiq aksiyadorlik tashkiloti bundan mustasno. Baholovchi (baholovchilar) faqat bitta baholovchi tashkilotning muassisi boʻlishi mumkin.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan baholash faoliyatini amalga oshirish, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, taqiqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonun 41-moddasining beshinchi qismi.
Baholovchi tashkilotlar vazirliklar, idoralar hamda boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan tashkil etilishi mumkin emas, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
(18-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoni tahririda)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.03.00 Baholovchining malaka sertifikati]
19. Baholovchi tashkilotni baholovchining malaka sertifikatiga ega boʻlgan rahbar boshqaradi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
20. Quyidagilar:
qimmatli qogʻozlar, ulushlar, intellektual mulk obyektlari va boshqa nomoddiy aktivlardan tashqari, koʻchar mulkni baholovchi tashkilotlar shtatida kamida ikki nafar baholovchiga ega boʻlishi kerak;
mulkiy kompleks sifatidagi korxonadan tashqari, koʻchmas mulkni baholovchi tashkilotlar shtatida kamida uch nafar baholovchiga ega boʻlishi kerak;
biznesni (mulkiy kompleks sifatidagi korxonani, barcha turdagi moddiy va nomoddiy aktivlarni) baholovchi tashkilotlar shtatida kamida toʻrt nafar baholovchiga ega boʻlishi kerak.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
21. Baholovchi tashkilotlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tadbirkorlik subyektlariga Davlat xizmatlari markazlari, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-yanvardagi PF-5302-sonli Farmoni tahririda)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15 sentabrdagi 728-son “Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.02 Majburiy sugʻurta;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
22. Baholovchi tashkilotlar baholash faoliyatini oʻzining fuqarolik javobgarligining sugʻurta polisi majburiy ravishda mavjud boʻlgan taqdirda baholash xizmatlari koʻrsatish toʻgʻrisida tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiradilar.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
23. Baholashni oʻtkazish natijalari baholash toʻgʻrisidagi hisobot bilan rasmiylashtiriladi. Baholash toʻgʻrisidagi hisobotning har bir beti baholashni oʻtkazgan baholovchi (baholovchilar) tomonidan imzolanadi, baholovchi tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
(23-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-fevraldagi PF-5668-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 06/19/5668/2652-son)
Baholash bir necha baholovchilar tomonidan oʻtkazilgan taqdirda baholash toʻgʻrisidagi hisobotda baholash haqida hisobot tayyorlash jarayonida ular bajargan ishlar koʻrsatiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
24. Baholovchi tashkilotlar baholash ishlarini oʻtkazishga shtatdagi baholovchilarni mehnat shartnomasi (kontrakti) asosida jalb etadilar.
Baholovchi tashkilotlar baholash ishlarini oʻtkazishga baholovchi tashkilot tomonidan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma tuzilgan boshqa baholovchi tashkilotlar, baholovchilar va mutaxassislarni ham jalb etishlari mumkin.
(VI-bob Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-iyuldagi PF-6261-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2021-y., 06/21/6261/0667-son)
VII. Baholovchilar malaka sertifikatlarining amal qilishini toʻxtatish va ularni bekor qilish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.03.00 Baholovchining malaka sertifikati]
28. Quyidagilar baholovchi malaka sertifikatining amal qilishini toʻxtatish uchun asos hisoblanadi:
baholovchining arizasi;
baholash faoliyatini amalga oshirishda qonun hujjatlari talablarini muntazam yoki bir marta qoʻpol ravishda buzish;
baholash davomida olingan maʼlumotlarni mulkdor yoki baholash buyurtmachisining ruxsatisiz baholovchi tomonidan uchinchi shaxslarga berish, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
moliya-xoʻjalik munosabatlari sohasida muayyan lavozimni egallash yoki muayyan faoliyat bilan shugʻullanish huquqidan mahrum qilish tarzidagi jazoni nazarda tutuvchi qonuniy kuchga kirgan sud hukmi;
fuqaroni belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomalaga layoqati cheklangan deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi sud qarori.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.03.00 Baholovchining malaka sertifikati]
29. Baholovchi malaka sertifikatining amal qilishi uni toʻxtatish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan sanadan boshlab toʻxtatiladi.
(29-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-iyuldagi PF-6261-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2021-y., 06/21/6261/0667-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.03.00 Baholovchining malaka sertifikati]
30. Baholash faoliyatini amalga oshirishda baholovchi malaka sertifikatining amal qilishini belgilangan tartibda toʻxtatish uchun asos beradigan qonun hujjatlari talablarining bir marta qoʻpol ravishda buzilishiga quyidagilar kiradi:
Oʻzbekiston Respublikasi “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 16-moddasi talablariga rioya etmaslik;
(30-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
baholash toʻgʻrisidagi hisobotni va ekspert xulosasini notoʻgʻri tuzish;
baholash ishlarini oʻtkazishda olingan maxfiy axborotni mulkdor yoki baholash buyurtmachisining ruxsatisiz oshkor qilish, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
baholovchining nazorat yoki huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan oʻtkaziladigan tekshirishlarda va boshqa tadbirlarda shu baholovchining oʻzi shtatida turadigan yoki u bilan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma tuzgan baholovchi tashkilot rahbarining tegishli buyrugʻisiz mutaxassis sifatida qatnashishi.
(30-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.03.00 Baholovchining malaka sertifikati]
31. Baholovchining malaka sertifikati quyidagi hollarda bekor qilinadi:
maxsus vakolatli davlat organining malaka sertifikati berish toʻgʻrisidagi qarorining noqonuniyligi sud tomonidan eʼtirof etilganda;
sertifikat qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganda.
Malaka sertifikatini bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror baholovchining malaka sertifikati berilgan sanadan boshlab amal qiladi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.03.00 Baholovchining malaka sertifikati]
32. Qonun hujjatlarini buzganlik uchun malaka sertifikatlari bekor qilingan yoki ularning amal qilishi toʻxtatilgan baholovchilar malaka sertifikatining amal qilishi toʻxtatilgan vaqtdan boshlab bir yil mobaynida malaka sertifikatini takroran olish uchun imtihonga qoʻyilmaydi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.03.00 Baholovchining malaka sertifikati]
33. Baholovchining malaka sertifikatini bekor qilish yoki uning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qaror asoslangan boʻlishi va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.03.00 Baholovchining malaka sertifikati]
34. Maxsus vakolatli davlat organining baholovchi malaka sertifikatining amal qilishini toʻxtatish yoki uni bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
VIII. Baholovchi tashkilotlar va baholovchilarning javobgarligi
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.03.00 Baholovchining malaka sertifikati]
35. Baholovchi tashkilotlar baholash toʻgʻrisida notoʻgʻri hisobot tuzish oqibatida buyurtmachiga zarar yetkazganligi uchun uning oldida Oʻzbekiston Respublikasining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan tartibda javob beradilar.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.03.00 Baholovchining malaka sertifikati]
36. Baholashni sifatli yoki zarur darajada oʻtkazmaganlik natijasida baholash ishlari buyurtmachisiga yetkazilgan zarar, shu jumladan boy berilgan foyda baholovchi tashkilotdan Oʻzbekiston Respublikasining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan tartibda undirib olinadi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 14, 985-moddalari, 57-bobining 3 paragrafi va Oʻzbekiston Respublikasi “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni 19-moddasining ikkinchi qismi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.03.00 Baholovchining malaka sertifikati]
37. Baholovchi baholashni sifatsiz oʻtkazganlik, tijorat sirini oshkor qilganlik va baholovchi tashkilot uchun zarar keltirgan boshqa xatti-harakatlari natijasida yetkazilgan zarar uchun baholovchi tashkilot oldida qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 46 moddasi va Fuqarolik kodeksining 24-bobi, 706, 985-moddalari.
IX. Baholash toʻgʻrisidagi hisobot maʼlumotlarining baholiligi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
38. Zarurat boʻlganda, baholovchi tashkilotning baholash toʻgʻrisidagi hisoboti haqqoniyligini tekshirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda baholash toʻgʻrisidagi mazkur hisobot shartnoma asosida boshqa baholovchi tashkilot tomonidan ekspertizadan oʻtkazilishi mumkin.
Ekspertizani oʻtkazgan baholovchi tashkilot baholash obyektining mavjud qiymatini baholash toʻgʻrisidagi mazkur hisobotning haqqoniyligi yuzasidan takroriy baholashni (oʻz baholashini) amalga oshirmasdan va oʻz xulosasini chiqarmasdan oʻzining xolisona mulohazasini bildiradi.
Ushbu baholashni oʻtkazgan baholovchi tashkilotning mazkur baholovchi tashkilot tomonidan bajarilgan baholash toʻgʻrisidagi hisobotni ekspertizadan oʻtkazishga jalb etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
39. Baholash toʻgʻrisidagi hisobotni ekspertizadan oʻtkazishning buyurtmachisi olingan xulosaga rozi boʻlmagan taqdirda ushbu bahs sud tomonidan koʻrib chiqiladi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
40. Baholash obyektlarini baholash boʻyicha materiallarni ekspertizadan oʻtkazish uchun bahsli vaziyatlarda sud organlarining soʻrovnomalariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda ekspert komissiyasi tuziladi.
(40-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Baholash toʻgʻrisidagi hisobotning va baholash toʻgʻrisidagi mazkur hisobot yuzasidan baholovchi tashkilot ekspertizasi xulosasining ishonchliligini aniqlash uchun baholash materiallarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha ekspert komissiyasi xulosasi faqat sud soʻrovnomasiga koʻra, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qabul qilinadi. Baholash toʻgʻrisidagi hisobot sud tomonidan haqqoniy emas deb eʼtirof etilgan taqdirda sud baholash materiallarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha ekspert komissiyasidan baholash obyekti qiymati toʻgʻrisidagi xulosani talab qilishga haqlidir.
(X-bob Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-iyuldagi PF-6261-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2021-y., 06/21/6261/0667-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 18-son, 145-modda; 2012-y., 40-son, 466-modda; 2013-y., 36-son, 477-modda; 2017-y., 22-son, 411-modda; 23.02.2019-y., 06/19/5668/2652-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2021-y., 06/21/6261/0667-son, 24.07.2021-y., 06/21/6269/0704-son; 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)