toggle_night_mode
Hujjat 28.09.2020 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 17-noyabrdagi ““Oʻzagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish toʻgʻrisida” PF-4857-sonli Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 17-noyabrdagi ““Oʻzagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-2658-sonli qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 17-noyabrdagi ““Oʻzagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish toʻgʻrisida” PF-4857-sonli Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 17-noyabrdagi ““Oʻzagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-2658-sonli qarorini ijro etish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 28-iyun,
PF-5098-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-iyundagi PF-5098-sonli Farmoniga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 4-martdagi “2015 — 2019-yillarda ishlab chiqarishni tarkibiy oʻzgartirishni taʼminlash, diversifikatsiyalash, modernizatsiya qilish chora-tadbirlari Dasturi toʻgʻrisida” PF-4707-sonli Farmonining 2-ilovasi:
a) “Loyiha nomi” ustunidagi ““Oʻzagrosanoatmashxolding” XK” soʻzlari ““Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) “Loyiha nomi” ustunidagi 163-pozitsiyasidagi ““Oʻzagrosanoatmashxolding” XK” soʻzlari ““Oʻzagrotexmash” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 7-apreldagi “Qishloq xoʻjalik mashinasozligini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-832-sonli qarorining:
a) 3-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) 5-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qishloq xoʻjaligi texnikasiga boʻlgan har yilgi talab-ehtiyojni belgilash boʻyicha maxsus komissiya
TARKIBI

1.

G.K. Saidova

iqtisodiyot vaziri, komissiya raisi

2.

A.D. Vaxabov

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari, komissiya raisining oʻrinbosari

Komissiya aʼzolari:

3.

M.M. Mirzayev

moliya vaziri oʻrinbosari

4.

lavozimi boʻyicha

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini davlat xaridi va qishloq xoʻjaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamgʻarmasini boshqarish Departamenti direktori

5.

N.S. Otajonov

“Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi

6.

S.S. Saydaminov

“Oʻzagrotexmash” AJ bosh direktori

7.

X.U. Imamov

“Oʻzagrolizing” AJ bosh direktori

8.

U.M. Tursunov

“Oʻzagroservis” AJ bosh direktori

9.

S. Turdiyev

Oʻzbekiston Fermerlar Kengashi raisi

10.

F.F. Karimov

“Oʻzagrosugʻurta” AJ boshqaruvi raisi

11.

K. Ismoilov

Qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi, komissiya kotibi

12.

Qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha hokimlar oʻrinbosarlari.

* Izoh: Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.”.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-apreldagi “Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʻjaliklarida chorva mollar koʻpaytirishni ragʻbatlantirishni kuchaytirish hamda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-842-sonli qarorining:
a) 3-bandi ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
““Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati “Oʻzagrolizing” AJ korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan yem-xashakni yigʻishtirib oladigan texnikani qishloq xoʻjalik tovar ishlab chiqaruvchilariga lizing asosida berilishini tashkil etsin”;
b) 7-bandning ikkinchi xatboshidagi ““Oʻzqishloqmashlizing” kompaniyasiga” soʻzlari ““Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyatiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 19-martdagi “Qishloq xoʻjaligi texnikasini ishlab chiqarish boʻyicha “SLAAS” konserni bilan qoʻshma korxona tashkil etish toʻgʻrisida” PQ-1304-sonli qarorining 5-bandi ikkinchi xatboshidagi ““Oʻzqishloqmashlizing” lizing kompaniyasi huzuridagi shuʼba korxonasi” soʻzlari ““Oʻzmashlizing” MCHJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 15-maydagi “Qishloq xoʻjaligining mashinasozlik korxonalarini boshqarishni yanada takomillashtirish va moliyaviy sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-2176-sonli qarorining:
a) 2-, 3-bandlari, 4-bandning ikkinchi xatboshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) 5-bandning toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yangi ishlab chiqarish korxonalarini 4-ilovaga muvofiq joylashtirish uchun “Toshkent traktor zavodi” va “Chirchiqqishloqmash” ochiq aksiyadorlik jamiyatlarining boʻshaydigan ishlab chiqarish bino va inshootlari hamda yer uchastkalarini “Oʻzagrotexmash” aksiyadorlik jamiyatiga keyinchalik “Oʻzagrotexmash” AJning nizom kapitalidagi davlat aksiya paketini “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJning nizom kapitaliga davlat ulushi hisobidan nominal bahoda belgilangan tartibda oʻtkazish”;
birinchi xatboshidagi ““Oʻzagrosanoatmashxolding” XK” va “kompaniyaga” soʻzlari tegishli ravishda ““Oʻzagrotexmash” AJ” va “jamiyatga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “xolding kompaniyasiga” soʻzlari ““Oʻzagrotexmash” AJ”ga soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 1- va 2-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 28-apreldagi “Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-2340-sonli qarorining:
a) 1-ilovasi 1-boʻlimidagi ““Oʻzagrosanoatmashxolding” XK” satri ““Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ” satri bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovasi 1-boʻlimidagi ““Oʻzagromashservis” uyushmasi” satri ““Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ” satri bilan almashtirilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 24-noyabrdagi “2016 — 2019-yillarda Namangan viloyatining sanoat salohiyatini rivojlantirish Dasturi toʻgʻrisida” PQ-2439-sonli qarori 3-ilovasining 3 pozitsiyasi “Loyiha tashabbuschilari” ustunidagi ““Oʻzagrosanoatmashxolding” XK” soʻzlari ““Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 16-fevraldagi ““SLAAS” konserni bilan birgalikda qishloq xoʻjalik texnikasini ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish va hamkorlikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-2491-sonli qarorining 4-bandi sakkizinchi xatboshidagi ““Oʻzagrosanoatmashxolding” XK” soʻzlari ““Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 23-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yilgi Investitsiya dasturi toʻgʻrisida” PQ-2697-sonli qarorining:
a) 3-ilovasidagi:
“Loyiha va tashabbuschilar nomi” ustunidagi ““Oʻzagrosanoatmashxolding” XK” soʻzlari ““Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Buyurtmachi/pudratchi (uskuna yetkazib beruvchi) ustunida”:
45-pozitsiyadagi ““Oʻzagrosanoatmashxolding” XK” soʻzlari ““Toshkent qishloq xoʻjaligi texnika zavodi” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
46-pozitsiyadagi ““Oʻzagrosanoatmashxolding” XK” soʻzlari ““Chirchiq qishloq xoʻjaligi texnika zavodi” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
47-pozitsiyadagi ““Oʻzagrosanoatmashxolding” XK” soʻzlari ““Oʻzagrotexmash” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 12-ilovasida:
“Naimenovaniye initsiatorov i proyektov” ustunidagi “XK “Uzagroprommashxolding”” soʻzlari “AO “Uzagrotexsanoatxolding”” soʻzlari bilan almashtirilsin;
187-pozitsiyadagi “XK “Uzagroprommashxolding”” soʻzlari “AO “Uzagrotexmash”” soʻzlari bilan almashtirilsin;
 LexUZ sharhi
10-bandning “b” kichik bandi norasmiy tarjima.
v)13-ilovasidagi:
“Loyiha va tashabbuschilar nomi” ustunidagi ““Oʻzagrosanoatmashxolding” XK” soʻzlari ““Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
214-pozitsiyadagi ““Oʻzagrosanoatmashxolding” XK” soʻzlari ““Oʻzagrotexmash” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-iyundagi PF-5098-sonli Farmoniga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan ayrim farmonlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 31-oktabrdagi ““Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” Davlat-kooperativ qoʻmitasini “Oʻzagromashservis” uyushmasi etib oʻzgartirish toʻgʻrisida” PF-2741-sonli Farmoni.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” 2005-yil 19-iyuldagi PF-3626-sonli Farmoni ilovasining 5-bandi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” PF-4215-sonli Farmoni 1-ilovasining 1-bandi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish, shuningdek ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-sonli Farmoni 1-ilovasining 3-bandi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 27-son, 605-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)