Qishloq xoʻjaligining mashinasozlik korxonalarini boshqarishni yanada takomillashtirish va moliyaviy sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Qishloq xoʻjaligining mashinasozlik korxonalari faoliyatini boshqarishni yanada takomillashtirish, ularning samaradorligi va rentabelligini oshirish, sohada ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, agrosanoat kompleksi uchun zamonaviy, unumdorligi yuqori, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh texnika va uskunalar ishlab chiqarishni tashkil etishga qaratilgan yagona texnika siyosatini amalga oshirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, shuningdek, respublika qishloq xoʻjaligining mashinasozlik korxonalari aksiyadorlarining aksiyadorlik jamiyati shaklidagi agrosanoat mashinasozligi xolding kompaniyasini (“Oʻzagrosanoatmashxolding” xolding kompaniyasi) tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-iyundagi PF-5098-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 27-son, 605-modda)
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-iyundagi PF-5098-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 27-son, 605-modda)
4. Belgilansinki, “Oʻzagrosanoatmashxolding” xolding kompaniyasining boshlangʻich nizom jamgʻarmasi kompaniyaga mustaqil baholash tashkiloti tomonidan belgilangan qiymatda beriladigan davlat aksiya paketlari va ulushlari hisobidan 3-ilovaga muvofiq shakllantiriladi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-iyundagi PF-5098-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 27-son, 605-modda)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining:
traktorlar, tirkama va paxta terish mashinalari ishlab chiqarishni yangi tashkil etiladigan “Toshkent qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyatida jamlash va “Toshkent traktor zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyatini qonunchilikda belgilangan tartibda tugatish;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 53-moddasi, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 49-moddasi, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 98-moddasi, “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 56-moddasi, “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 55-moddasi, “Xoʻjalik shirkatlari toʻgʻrisida”gi Qonun 27-moddasining ikkinchi-uchinchi qismlari, 31-moddasining ikkinchi – toʻrtinchi qismlari.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.01.00 Umumiy qoidalar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
“Agregat zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqariladigan mahsulot turlarini “Chirchiqqishloqmash” ochiq aksiyadorlik jamiyatining ishlab chiqarish maydonlariga bosqichma-bosqich koʻchirish va ular negizida osma va tirkamali qishloq xoʻjaligi texnikasining zamonaviy turlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish boʻyicha “Chirchiq qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish, “Chirchiqqishloqmash” ochiq aksiyadorlik jamiyatini qonunchilikda belgilangan tartibda tugatish;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 53-moddasi, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 49-moddasi, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 98-moddasi, “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 56-moddasi, “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 55-moddasi, “Xoʻjalik shirkatlari toʻgʻrisida”gi Qonun 27-moddasining ikkinchi-uchinchi qismlari, 31-moddasining ikkinchi – toʻrtinchi qismlari.
yangi ishlab chiqarish korxonalarini 4-ilovaga muvofiq joylashtirish uchun “Toshkent traktor zavodi” va “Chirchiqqishloqmash” ochiq aksiyadorlik jamiyatlarining boʻshaydigan ishlab chiqarish bino va inshootlari hamda yer uchastkalarini “Oʻzagrotexmash” aksiyadorlik jamiyatiga keyinchalik “Oʻzagrotexmash” AJning nizom kapitalidagi davlat aksiya paketini “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJning nizom kapitaliga davlat ulushi hisobidan nominal bahoda belgilangan tartibda oʻtkazish;
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-iyundagi PF-5098-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 27-son, 605-modda)
“Agregat zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyatida qishloq xoʻjaligi texnikasi uchun komponentlar va ehtiyot qismlar ishlab chiqarilishini saqlab qolish, bunda aksiyadorlik jamiyatining ustav jamgʻarmasida davlat ulushini “Agregat zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyatining budjet va davlat maqsadli fondlari oldidagi qarzdorligini, hisoblangan penya va jarimalari bilan birga kapitallashtirish evaziga koʻpaytirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda uch oy muddatda “Toshkent qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyati va “Chirchiq qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyatining nizom jamgʻarmalarini shakllantirishni belgilangan tartibda taʼminlasin.
Belgilansinki, “Toshkent qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodi” va “Chirchiq qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyatlarining boshlangʻich nizom jamgʻarmalari tugatilayotgan “Toshkent traktor zavodi” va “Chirchiqqishloqmash” ochiq aksiyadorlik jamiyatlarining budjet va davlat maqsadli fondlari oldidagi qarzdorligini, jumladan, qarzdorlikni soʻndirish paytigacha hisoblangan penya va jarimalarni qoʻshgan holda undirish hisobidan mulk komplekslarining bir qismi sifatidagi davlat ulushi evaziga shakllantiriladi.
7. “Oʻzagrotexmash” AJ” 2019-yilning 1-yanvarigacha “Toshkent traktor zavodi” va “Chirchiqqishloqmash” ochiq aksiyadorlik jamiyatlarini tugatish jarayoni nihoyasiga yetgach, jamiyatga beriladigan yer uchastkalari va mulk boʻyicha yer soligʻi va mulk soligʻidan ozod etilsin.
(7-bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-iyundagi PF-5098-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 27-son, 605-modda)
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.01.00 Umumiy qoidalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.02.00 Soliq sohasida boshqaruv;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.03.00 Soliqlar va yigʻimlar]
Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzagrotexmash” AJga berilgan yer uchastkalari va mulk negizida tashkil etiladigan yangi korxonalar yer va mulk soligʻini oʻrnatilgan tartibda toʻlaydi.
(7-bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-iyundagi PF-5098-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 27-son, 605-modda)
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda 2014-2015-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya dasturida koʻp qavatli uylar, ijtimoiy soha muassasalari va boshqa obyektlarga xizmat koʻrsatish uchun Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanida (TTZ-1, TTZ-2, TTZ-4 va Yugnakiy dahalarida) energiya tejaydigan zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan mahalliy qozonxonalarni qurish va ularni 2015-yilning birinchi choragidan kechiktirmay ishga tushirishni koʻzda tutsin.
Mahalliy budjet mablagʻlari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumanida mahalliy qozonxonalar qurishni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
9. Toshkent shahar hokimligi Mirzo Ulugʻbek tumanidagi mahalliy qozonxonalar foydalanishga topshirilgach, uch oy muddatda Mirzo Ulugʻbek tumani, Buyuk Ipak yoʻli koʻchasi, 434-uyda joylashgan bino va inshootlarni belgilangan tartibda buzish, qozonxona uskunalarini qayta montaj qilishni taʼminlasin.
10. “Oʻzagrosanoatmashxolding” xolding kompaniyasini tashkil etish va uning faoliyati bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni hal etish boʻyicha Ishchi komissiyasi 5-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Ishchi komissiya (U.U. Rozuqulov) qonunchilikda belgilangan tartibda:
ikki oy muddatda “Oʻzagrosanoatmashxolding” xolding kompaniyasi shakllantirilishini tashkil etish, kompaniya taʼsis hujjatlarini tayyorlash va uni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, uning nizomini tasdiqlash, ijro apparatini yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirilishini;
“Toshkent traktor zavodi” va “Chirchiqqishloqmash” ochiq aksiyadorlik jamiyatini tugatish jarayonini tashkil etishni taʼminlasin;
“Oʻzagrosanoatmashxolding” xolding kompaniyasi ijro apparatini Toshkent shahar, Buyuk Ipak yoʻli koʻchasidagi 434-uyda (1-maʼmuriy-maishiy korpusda) joylashtirsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda quyidagilarni koʻzda tutadigan 2014 — 2016-yillarda respublikada qishloq xoʻjaligi texnikasiga servis xizmatlarini koʻrsatish tizimining faoliyat koʻrsatishini yanada takomillashtirish dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin:
qishloq xoʻjaligi texnikasiga servis xizmatlarini koʻrsatishning zamonaviy uslublari va texnologiyalarini joriy etish;
mamlakatimiz mashinasozlik korxonalarida respublikada foydalanilayotgan qishloq xoʻjaligi texnikasiga servis xizmatlarini koʻrsatish uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, shuningdek, qishloq xoʻjaligi texnikasiga servis xizmatlarini koʻrsatishda kontrafakt va sifati boʻyicha zamonaviy talablarga javob bermaydigan ehtiyot qismlardan foydalanishga yoʻl qoʻymaslik chora-tadbirlarini amalga oshirish;
qishloq xoʻjaligi texnikasidan foydalanish va ularga servis xizmatlarini koʻrsatish uchun, jumladan, ixtisoslashtirilgan oliy taʼlim muassasalari va kasb-hunar kollejlarining respublika mashina-traktor parklari bilan oʻzaro yaqin hamkorligini kuchaytirish, shuningdek, mexanizatorlar mehnatini ragʻbatlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish hisobidan kadrlar tayyorlash tizimini tubdan yaxshilash.
12. Qishloq xoʻjaligi texnikasidan foydalanish, taʼmirlash va unga servis xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha mexanik-haydovchilar va mexaniklarni tayyorlash uchun masʼul asosiy kasb-hunar kollejlari roʻyxati 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi bilan hamkorlikda ikki oy muddatda 6-ilovada koʻrsatilgan kasb-hunar kollejlarini zarur uskunalar, materiallar, oʻquv va koʻrgazmali qoʻllanmalar, shuningdek, qishloq xoʻjaligi texnikasi namunalari bilan taʼminlash dasturini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda tasdiqlash uchun taqdim etsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi Adliya vazirligi va “Oʻzagrosanoatmashxolding” xolding kompaniyasi bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
14. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 15-may,
PQ-2176-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 15-maydagi PQ-2176-son qaroriga
3-ILOVA
“Oʻzagrosanoatmashxolding” xolding kompaniyasining boshlangʻich nizom jamgʻarmasini shakllantirish uchun beriladigan davlat aktivlari
ROʻYXATI
T/r
Nomlanishi
Kompaniyaning ustav fondiga oʻtkazish uchun nazarda tutilgan davlat ulushi (foizda)
1.
“Toshkent qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodi” MCHJ*
100,0
2.
“Chirchiq qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodi” MCHJ **
100,0
3.
“Agregat zavodi” OAJ
98,14
4.
“Texnolog” OAJ
98,8
5.
“Urgenchkormmash” OAJ
26,0
6.
“BMKB-Agromash” OAJ
33,5
Izoh:
*“Toshkent traktor zavodi” OAJ mulkiy majmuasining bir qismi bazasida quriladi.
**“Chirchiqselmash” OAJ mulkiy majmuasining bir qismi bazasida quriladi.
LexUZ sharhi
3-ilova norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 15-maydagi PQ-2176-son qaroriga
4-ILOVA
T/r
Loyihaning nomi
Loyihani amalga oshirish shakli
Loyihaning joylashgan joyi
I. “Toshkent traktor zavodi” OAJda boʻshaydigan ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari
1.
Mexanik ishlov berish ishlab chiqarishini modernizatsiyalash (ishlov berish markazlari, CHPU stanoklari va boshqalar).
uskunani modernizatsiya qilgan holda obyekt ichida joyini oʻzgartirish
1-korpus, 1-yoʻlak
2.
Mexanik tayyorlov ishlab chiqarishni modernizatsiyalash (plastinka metalini kesish, shu jumladan lazer va plazma turlariga ishlov berish).
uskunani modernizatsiya qilgan holda obyekt ichida joyini oʻzgartirish
1-korpus, 2-yoʻlak
3.
Poʻlat profil va quvurlarni ishlab chiqarishni tashkil etish
yangi ishlab chiqarish
1-korpus, 3, 4, 5-yoʻlaklar
4.
Qurilish industriyasi uchun uskuna va kichik mexanizatsiya vositalari ishlab chiqarishni tashkil etish
yangi ishlab chiqarish
1-korpus, 6-yoʻlak
5.
Dizel generatorlar va kompressorlar ishlab chiqarishni tashkil etish.
yangi ishlab chiqarish
1-korpus, 7-yoʻlak
6.
Chorvachilik va parrandachilik uchun uskunalar ishlab chiqarishni tashkil etish.
yangi ishlab chiqarish
1-korpus, 8-yoʻlak
7.
Paxta tozalash sanoati uchun uskunalar ishlab chiqarishni tashkil etish.
“Oʻzpaxtamash” OAJ nomenklaturasini oʻzlashtirish
1-korpus, 9,10-yoʻlak
8.
Motobloklar ishlab chiqarishni tashkil etish.
yangi ishlab chiqarish
7-korpus, 1, 2-yoʻlak
9.
Sinov laboratoriyalari mavjud konstruktorlik-texnologiya byurosi
uskunalarni modernizatsiyalash va almashtirish
7-korpus, 3, 4-yoʻlak
10.
Qishloq xoʻjaligi texnikalarini sertifikatlash va sinovdan oʻtkazish markazi, konstruktorlik-texnologiya byurosi hamda kadrlar tayyorlaydigan markazi mavjud muhandislik-texnik markaz
uskunalarni modernizatsiyalash va almashtirish
“TTZ” OAJ maʼmuriy binosi
II. “Chirchiqselmash” OAJda boʻshaydigan ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari
11.
Kultivatorlar, omochlar va chizellar ishlab chiqarishni tashkil etish.
uskunani modernizatsiya qilgan holda obyekt ichida joyini oʻzgartirish
2-korpus
12.
Qishloq xoʻjaligi texnikalarining yangi turlarini ishlab chiqarishni tashkil etish. (shu jumladan ekish texnikasi, purkagichlar va yem-xashak yigʻish texnikasi).
yangi ishlab chiqarish
3-korpus, 2, 3-yoʻlak
13.
Temirchilik-presslash ishlab chiqarishni modernizatsiyalash
uskunani modernizatsiya qilgan holda obyekt ichida joyini oʻzgartirish
3-korpus, 4,5,6-yoʻlak
14.
Mexanika paxta seyalkalar, paxta purkagichlar, rotor oʻroqlar, mineral oʻgʻitlar sochuvchilarni ishlab chiqarishni tashkil etish.
Uskunani modernizatsiya qilish bilan “Agregat zavodi” OAJ nomenklaturasini oʻzlashtirish
3-korpus, 7,8,9-yoʻlak
15.
“Lemken Chirchiq” qoʻshma korxonasida “Lemken” qishloq xoʻjaligi texnikasini ishlab chiqarishni tashkil etish (aylanma omochlar, aylanma boronalar, yer zichlagichlar).
Joylashuvini chuqurlashtirish yoʻli orqali ichki qayta joylashtirish
3-korpus, 10-yoʻlak
16.
Avtomatlashgan uchastkani modernizatsiya qilish.
“Agregat zavodi” OAJ uskunalarini modernizatsiya qilish va qayta joylashtirish
5-korpus
LexUZ sharhi
4-ilova norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 15-maydagi PQ-2176-son qaroriga
5-ILOVA
“Oʻzagrosanoatmashxolding” xolding kompaniyasini tashkil etish va uning faoliyati bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni hal etish boʻyicha Ishchi komissiya
TARKIBI
1.
U.U. Rozuqulov
—
Bosh vazir oʻrinbosari, komissiya raisi
2.
A.A. Abduxakimov
—
Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi, komissiya raisi oʻrinbosari
3.
B.M. Yusupov
—
moliya vazirining birinchi oʻrinbosari
4.
M.M. Ikramov
—
adliya vazirining birinchi oʻrinbosari
5.
B.A. Xoʻjayev
—
iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari
6.
Sh.A. Tulyaganov
—
tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri oʻrinbosari
7.
Ya.S. Xidirov
—
qishloq va suv xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari
8.
O.B. Rustamov
—
Davlat soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari
9.
U.M. Mustafayev
—
Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari
10.
Lavozimi boʻyicha
—
“Oʻzagrosanoatmashxolding” xolding kompaniyasi raisi
11.
R.J. Usmanov
—
Toshkent shahar hokimi
12.
A.T. Usmanov
—
Toshkent viloyati hokimi
13.
E.K. Iminov
—
Vazirlar Mahkamasining ATD mudiri, komissiya kotibi
Izoh:Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
LexUZ sharhi
5-ilova norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 15-maydagi PQ-2176-son qaroriga
6-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi texnikasidan foydalanish, taʼmirlash va unga servis xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha mexanik-haydovchilar va mexaniklarni tayyorlash uchun masʼul asosiy kasb-hunar kollejlari