

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                        <div class="act_warning">
                            Hujjat kuchini yo‘qotgan&nbsp;10.07.2017
                        </div>
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-236208" id="onLBC-236208">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC8940"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.05.00 Kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar va boshqalar;</span></div><div id="LBC6937"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-236208" id="onLS-236208">[<b>TSZ:</b><div id="LS3678"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;</span></div><div id="LS3740"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-236210" id="-236210">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-236211" id="-236211">Farmoni</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-236212" id="-236212">“OʻZQIShLOQXOʻJALIKTAʼMINOTTUZATISh” DAVLAT-KOOPERATIV QOʻMITASINI “OʻZAGROMAShSERVIS” UYuShMASI ETIB OʻZGARTIRISh TOʻGʻRISIDA</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-236214" id="-236214"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-3267032" id="-3267032">Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-iyundagi PF-5098-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 17-noyabrdagi ““Oʻzagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish toʻgʻrisida” PF-4857-sonli Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 17-noyabrdagi ““Oʻzagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-2658-sonli qarori)”gi <a href="/mact/-3251320?ONDATE=10.07.2017 01#-3260187">Farmoniga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-236215" id="-236215">Qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, qishloq xoʻjalik tovar ishlab chiqaruvchilariga koʻrsatiladigan mexanizatsiyalashtirilgan xizmatlar darajasi va sifatini oshirish, qishloqda zamonaviy yuqori unumli texnikani keng qoʻllash, qishloq xoʻjalik texnikasiga servis xizmati koʻrsatish va uni taʼmirlash, soz holatda saqlash tizimini takomillashtirish maqsadida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-236216" id="-236216">1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulk qoʻmitasining hamda “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” Davlat-kooperativ qoʻmitasining:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-236217" id="-236217">Dehqonchilik sanoati majmuini moddiy-texnikaviy taʼminlash va texnikani tuzatish davlat-kooperativ qoʻmitasi (“Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish”) ni qishloq xoʻjaligiga texnikaviy xizmat koʻrsatish korxonalari uyushmasi – “Oʻzagromashservis” etib oʻzgartirish toʻgʻrisidagi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-236218" id="-236218">Qoraqalpogʻiston Respublikasida va viloyatlarda mashina-traktor parklarining hududiy birlashmalarini tashkil etish haqidagi takliflari qabul qilinsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-236220" id="-236220">2. Quyidagilar “Oʻzagromashservis” uyushmasi faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari etib belgilansin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-236222" id="-236222">mashina-traktor parklarini rivojlantirish istiqbollarini belgilash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-236223" id="-236223">taraqqiy etgan mamlakatlarning tajribasini oʻrganish va mexanizatsiyalashtirilgan xizmatlarning zamonaviy usullarini hamda servis xizmatining boshqa turlarini bozor tamoyillari asosida qishloq xoʻjaligi amaliyotiga tadbiq etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-236225" id="-236225">qishloq xoʻjalik texnikasi va ularning ehtiyot qismlariga, shu jumladan Hukumat qarorlari boʻyicha respublikaga olib kelinayotgan shunday texnika va ehtiyot qismlarga boʻlgan talab-ehtiyojni oʻrganish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-236226" id="-236226">Fermer va dehqon xoʻjaliklariga, boshqa qishloq xoʻjalik tovar ishlab chiqaruvchilariga shartnoma asoslarida servis va taʼmirlash xizmatining shakl hamda uslublarini kengaytirish;</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2235577" id="-2235577"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2235578" id="-2235578">mashina-traktor parklari tomonidan qishloq xoʻjalik tovar ishlab chiqaruvchilariga servis xizmati koʻrsatish boʻyicha yagona meʼyoriy va tarif bazasini shakllantirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining ishtirokida unga rioya etilishini nazorat qilish;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2235579" id="-2235579">(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-sonli <a href="/mact/-2232359?ONDATE=09.09.2013 00#-2232391">Farmoni </a>tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 36-son, 477-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-236230" id="-236230">xorijiy sarmoyalarni jalb etish va qoʻshma korxonalar barpo qilish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-236231" id="-236231">3. Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzagromashservis” uyushmasi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-236232" id="-236232">yuridik shaxs boʻlib, mashina-traktor parklarining hududiy birlashmalari, shuningdek boshqa korxonalar va tashkilotlar, shu jumladan qishloq xoʻjaligiga mexanizatsiyalashtirilgan xizmatlar koʻrsatish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan xorijiy korxona va tashkilotlar tomonidan tuziladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-236233" id="-236233">“Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” Davlat-kooperativ qoʻmitasining huquqiy vorisi hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-236234" id="-236234">4. Mashina-traktor parklarining hududiy birlashmalari tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasida va viloyatlarda joylashgan mashina-traktor parklarini, qishloq xoʻjalik texnikasini taʼmirlovchi korxonalarni hamda qishloq xoʻjalik kooperativlari (shirkatlari) ga, fermer va dehqon xoʻjaliklariga texnik va servis xizmatini taʼminlovchi boshqa korxonalar hamda tashkilotlarni birlashtiruvchi ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari shaklida tashkil qilinishi belgilab qoʻyilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-236235" id="-236235">Mashina-traktor parklarining hududiy birlashmalari zimmasiga quyidagi asosiy vazifalarni hal etish yuklansin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-236237" id="-236237">mashina-traktor parklari tomonidan respublika qishloq xoʻjalik tovar ishlab chiqaruvchilarini shartnoma asosida mexanizatsiyalashtirilgan xizmatlar bilan, jumladan shudgorlash va ekin ekish oldidan tuproqqa ishlov berish, boshoqli don ekinlari, sholi va xashaki ekinlarni yigʻishtirish, paxtani mashinada yigʻib-terib olish, transport hamda mexanizatsiyalashtirilgan xizmatlarning boshqa turlari bilan taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-236238" id="-236238">mashina-traktor parklarini rivojlantirish, taʼmirlash bazalarini yaratish, traktorlar, gʻalla oʻrish va paxta terish kombaynlari hamda boshqa qishloq xoʻjalik texnikasiga servis xizmati koʻrsatish va ularni taʼmirlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-236239" id="-236239">zamonaviy qishloq xoʻjalik texnikasiga, shu jumladan import texnikaga buyurtmanomalarni mashina-traktor parklaridan yigʻib olish va umumlashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-236241" id="-236241">mashina-traktor parklariga lizing asosida qishloq xoʻjalik texnikasi yetkazib berish toʻgʻrisida “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasi bilan shartnomalar tuzish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-236242" id="-236242">mashina-traktor parklarining qishloq xoʻjalik kooperativlari (shirkatlari) va fermer xoʻjaliklari bilan eng avvalo Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boʻyicha tariflarning miqdorlariga nisbatan yagona meʼyorlar hamda talablarga rioya etilishi masalalarida shartnomalar tuzish borasidagi ishlari ustidan nazoratni amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-236244" id="-236244">bajarilgan ishlar va sotib olingan texnika uchun oʻz vaqtida hisob-kitob qilinishini, xorijiy va ichki kreditlar toʻlanishini taʼminlash, birlashma tarkibiga kirgan korxonalar va tashkilotlar faoliyati ustidan moliyaviy hamda buxgalterik nazoratini amalga oshirish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-236245" id="-236245">5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Agrosanoat kompleksi, Davlat mulk qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari 2000-yilning 1-dekabriga qadar belgilangan tartibda “Oʻzagromashservis” uyushmasini shakllantirishni hamda mashina-traktor parklarining hududiy birlashmalarini tashkil qilishni nihoyasiga yetkazib, ularni malakali, kasb jihatdan tayyorlangan kadrlar bilan taʼminlasinlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-236246" id="-236246">6. Belgilab qoʻyilsinki, markazlashtirilgan moliyaviy mablagʻlar hisobiga import boʻyicha xarid qilinadigan qishloq xoʻjalik texnikasini taqsimlash mashina-traktor parklari hududiy birlashmalarining buyurtmanomalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-236247" id="-236247">7. “Oʻzbekiston SSR Moddiy texnika taʼminoti va agrosanoat kompleksi texnikasini remont qilish davlat-kooperativ komitetini tashkil etish haqida” Oʻzbekiston SSR Prezidentining 1991-yil 15-apreldagi <a href="/mact/-225819">Farmoni</a> oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-236248" id="-236248">8. Vazirlar Mahkamasi oʻn kun muddatda “Oʻzagromashservis” uyushmasining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida <a href="/mact/-385203">qaror </a>qabul qilsin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-236249" id="-236249">Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-236250" id="-236250">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-236251" id="-236251">2000-yil 31-oktabr,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-236252" id="-236252">PF-2741-son</div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-236213" id="-236213">(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 9-10-son, 281-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 28-29-son, 204-modda; 2010-y., 17-son, 130-modda; 2013-y., 36-son, 477-modda)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
