1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (9-son MBMS) “Biznes qiymatini baholash”ga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 19-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2026-2]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2020-yil 1-maydagi 01/11-15/62-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standartini tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3239, 04.06.2020-y.) asosan 2020-yil 5-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-apreldagi PQ-843-sonli “Baholovchi tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish va koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati uchun ularning masʼuliyatini oshirish toʻgʻrisida”gi Qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PF-5016-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2009-yil 6-oktabrdagi 01/19-18/19-son qarori (roʻyxat raqami 2026, 2009-yil 28-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 44-son, 475-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (9-son MBMS) “Biznes qiymatini baholash”ga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror 2017-yil 1-iyuldan kuchga kiradi.
Rais R. GULYAMOV
Toshkent sh.,
2017-yil 16-may,
01/27-26/07-son
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2017-yil 16-maydagi 01/27-26/07-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (9-son MBMS) “Biznes qiymatini baholash”ga kiritilayotgan
oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 5-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bir paytning oʻzida bir korxonaning davlatga tegishli boʻlgan aksiyalari (ulushlari) va davlatga tegishli boʻlmagan aksiyalari (ulushlari) baholanishi kerak boʻlgan taqdirda baholash Oʻzbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (8-son MBMS) “Xususiylashtirish maqsadida mulk qiymatini baholash” (roʻyxat raqami 2025, 2009-yil 28-oktabr) talablariga muvofiq amalga oshiriladi.”.
“oʻxshash tarmoq korxonalarini (yoki uning aksiyalarini) sotishdagi oʻzaro nisbatlari (multiplikatorlari) koʻrsatkichlaridan hamda ular faoliyatining asosiy koʻrsatkichlaridan foydalanishga asoslangan tarmoqlar oʻzaro nisbatlari usulini.”.
“27. Baholash obyektining joriy qiymati kapitallashtirish usuli yordamida yil (yoki boshqa davr) mobaynida olinishi kutilayotgan daromad miqdorini kapitallashtirish stavkasiga boʻlish yoʻli bilan hisoblanadi.
Baholash obyektining bozor qiymatini olish uchun pul oqimlarini shakllantirishda ishga solinmagan aktivlarning (agar ular mavjud boʻlsa) bozor qiymatini qoʻshish lozim.
Agar baholash obyekti biznesdagi mulk ulushi boʻlsa baholovchi nazorat va likvidlik darajasiga tuzatishlar kiritadi.
Agar butun investitsiya qilingan kapitalga pul oqimi (daromad) baholash bazasi boʻlsa, 100 foizdan kam boʻlgan aksiyalar paketini baholashda aksiyalar paketining tegishli miqdori uchun nazorat elementlari yoʻqligiga chegirma qoʻllaniladi.
Agar 1 dona oddiy aksiyaga pul oqimi (daromad) baholash bazasi boʻlsa, aksiyalar paketining tegishli miqdoriga nazorat elementlari mavjudligiga mukofot qoʻllaniladi.
Bozor axboroti mavjud boʻlmaganda, nazorat elementlari yoʻqligiga (mavjudligiga) chegirmalar (mukofotlar) quyidagi tarzda hisoblanadi:
Baholanayotgan aksiyalar paketi miqdori, %
Chegirma, %
Mukofot, %
100 dan 75 gacha +1 oddiy aksiya
0
25
75 dan 50 gacha +1 oddiy aksiya
5
20
50 dan 25 gacha +1 oddiy aksiya
10
11
25 dan 10 gacha +1 oddiy aksiya
15
5
10 va undan kam
20
0
”;
g) 31-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bozor axboroti mavjud boʻlmaganda, nazorat elementlari yoʻqligiga (mavjudligiga) chegirmalar (mukofotlar) quyidagi tarzda hisoblanadi:
“33. Ishlab turgan korxonani sof aktivlar usuli bilan baholash uchun baholovchi baholash sanasiga qadar soʻnggi korxona buxgalteriyasi (yoki mavjud boʻlganda konsolidatsiya qilingan / birlashtirilgan) balansi asosida baholash balansi (iqtisodiy balans)ni tuzadi. Iqtisodiy balansda korxonaning barcha, shu jumladan buxgalteriya balansida hisobga olinmagan aktivlari (masalan, gudvill) va majburiyatlari bozor qiymati boʻyicha hisobga olinadi.
Iqtisodiy balansni tuzishda baholovchi:
koʻchmas mulkning bozor qiymatini aniqlaydi;
mashinalar, uskunalar va transport vositalarining bozor qiymatini aniqlaydi;
nomoddiy aktivlarning bozor qiymatini aniqlaydi. Aktivlarning tarmoq boʻyicha oʻrtacha daromaddorligi haqida axborot mavjud boʻlsa, gudvill qiymati quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi (bunda korxonaning balansida aks ettirilgan, xususiylashtirish (sotib olish) paytida gudvill sifatida korxona xususiy kapitalining balans qiymati va baholash qiymati oʻrtasidagi farq tarzida yuzaga kelgan nomoddiy aktivlar, baholashga kiritilmaydi):
ChP — RSA * SDA
Gudvill = -----------------------------
SK
bu erda:
ChP — korxona sof daromadi;
RSA — korxona aktivlarining bozor qiymati;
SDA — aktivlarning tarmoq boʻyicha oʻrtacha daromadliligi;
SK — kapitallashtirish stavkasi;
korxona moliyaviy qoʻyilmalarining bozor qiymatini, shu jumladan korxonaning qimmatli qogʻozlarga va boshqa tashkilotlarning ustav kapitallariga investitsiyalarini, shuningdek boshqa tashkilotlarga berilgan qarzlarni aniqlaydi. Fond bozorida kotirovka qilinadigan qimmatli qogʻozlarga investitsiyalarning bozor qiymatini baholashda baholovchi ushbu qimmatli qogʻozlarning bozordagi kotirovkalariga asoslanadi.
Fond bozorida kotirovka qilinmaydigan qimmatli qogʻozlarga va boshqa tashkilotlarning ustav fondlariga qilingan investitsiyalar qiymatini baholash investitsiyalarning nazorat sifatlariga qarab amalga oshiriladi:
50 foizdan ortiq boʻlgan investitsiyalar (aksiyalar paketlari, ulushlar va boshqalar) qiymatini baholash mazkur Mulkni baholash Milliy standarti (9-son MBMS) asosida amalga oshiriladi;
50 foizgacha (qoʻshib hisoblaganda) boʻlgan investitsiyalar (aksiyalar paketlari, ulushlar va boshqalar) qiymatini baholash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
fond bozorida kotirovka qilinadigan aksiyalar qiymatini baholash mazkur aksiyalarning baholash sanasidan oldingi bozor kotirovkalariga muvofiq amalga oshiriladi;
dividendlar koʻrinishida (naqd, naqdsiz shaklda yoki aksiyalar koʻrinishida) daromadlar keltiradigan investitsiyalar qiymatini baholash soʻnggi uch yil uchun dividend koʻrinishidagi oʻrtacha yillik daromadni baholash sanasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi boʻyicha kapitallashtirish yoʻli bilan amalga oshiriladi;
adekvat daromadlar keltirmaydigan investitsiyalar qiymatini baholash xususiy kapital miqdoridan kelib chiqib quyidagi hisoblash formulasiga binoan amalga oshiriladi:
Sak = Bin * Ssk / Suf * (1-Kkontr)
bu erda:
Sak — aksiyalar paketining hisoblangan qiymati paketa aksiy;
Bin — aksiyalar paketining balans qiymati;
Ssk — xususiy kapitalning balans boʻyicha miqdori (xususiy mablagʻlar manbalari);
Suf — balans boʻyicha ustav kapitalining miqdori;
Kkontr — nazorat koeffitsiyenti.
Aksiyalar qiymatini hisoblashda baholanayotgan aksiyalar paketining nazorat darajasini inobatga olish zarur. Nazorat elementlari yoʻqligiga chegirma mazkur uslubiy koʻrsatmalarning 34-bandiga binoan hisoblanadi.
Investitsiyalarning yakuniy qiymati sifatida qiymatning eng koʻp miqdorini beruvchi hisob-kitoblar natijasi qabul qilinadi. Bunda, aksiyalar paketi qiymatining bahosi balans qiymatidan past boʻlishi mumkin emas.
nihoyasiga yetkazilmagan kapital qoʻyilmalar — tugallanmagan qurilish obyektlari va oʻrnatilishi lozim boʻlgan uskunalarning bozor qiymatini aniqlaydi;
tovar-moddiy zaxiralarining qiymatini ularning balans qiymati boʻyicha qabul qiladi;
kelgusi davrlar xarajatlari balans qiymati boʻyicha qabul qilinadi;
Kechiktirilgan xarajatlar va daromadlarning qiymati quyidagi tarzda aniqlanadi:
agar ular milliy buxgalteriya hisobi standartlarida belgilangan aktivlar va majburiyatlarni tan olish mezonlariga javob bersa, ularning qiymati balans qiymatiga teng holda qabul qilinadi;
agar ular milliy buxgalteriya hisobi standartlarida belgilangan aktivlar va majburiyatlarni tan olish mezonlariga javob bermasa, ularning qiymati toʻlanadigan foyda va obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soliqlar (muddati kechiktirilgan daromadlar uchun) yoki ushbu soliqlardan tejalgan summa (muddati kechiktirilgan xarajatlar uchun) boʻyicha hisoblanadi. Bunda toʻlanishi kerak boʻlgan soliqlar yoki ularni tejash summalari ushbu soliqlarning amaldagi stavkalari summasini kechiktirilgan xarajatlar va daromadlarning balans qiymatiga koʻpaytirish yoʻli bilan hisoblanadi;
pul mablagʻlari qiymatiga tuzatish kiritilmaydi;
har bir debitor boʻyicha uzoq muddatli debitorlik qarzining bozor qiymatini kutilayotgan qarz toʻlovlari va qarz boʻyicha foizlarni diskontlashni diskontlash stavkasi boʻyicha qarzni uzish muddatlari va ehtimolini hisobga olgan holda amalga oshirish yoʻli bilan aniqlaydi. Diskontlash stavkasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida olinadi. Joriy debitor qarzi balans qiymatiga teng deb olinadi.
uzoq muddatli majburiyatlarning bozor qiymatini kutilayotgan qarz toʻlovlari va qarz boʻyicha foizlarni diskontlashni diskontlash stavkasi boʻyicha toʻlov muddatlarini hisobga olgan holda amalga oshirish yoʻli bilan aniqlaydi. Diskontlash stavkasi korxonaning foizli qarzlariga qoʻllaniladigan stavkaga teng deb olinadi;
majburiyatlarning balans qiymatiga teng deb olinadigan joriy majburiyatlarning bozor qiymatini aniqlaydi;
baholanayotgan korxonaga tegishli boʻlgan, balansdan tashqari schyotida turgan, foydalanishda boʻlgan xoʻjalik inventari balansdan tashqari schyotda koʻrsatilgan qiymati boʻyicha 50 foiz miqdoridagi eskirishni ayirib tashlagan holda baholanadi;
hisobga olinmagan majburiyatlarning (agar ular mavjud boʻlsa) bozor qiymatini aniqlaydi.”;
e) 34-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bozor axboroti mavjud boʻlmaganda, nazorat elementlari yoʻqligiga chegirmalar quyidagi tarzda hisoblanadi:
Baholanayotgan aksiyalar paketi miqdori, %
Nazorat elementlari yoʻqligiga chegirma, %
100 dan 75 gacha +1 oddiy aksiya
0
75 dan 50 gacha +1 oddiy aksiya
5
50 dan 25 gacha +1 oddiy aksiya
10
25 dan 10 gacha +1 oddiy aksiya
15
10 va undan kam
20
”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 20-son, 376-modda)