toggle_night_mode
Hujjat 13.03.2017 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Aydar-Arnasoy koʻllar tizimining biologik resurslaridan oqilona foydalanishni taʼminlashga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Aydar-Arnasoy koʻllar tizimining baliq resurslaridan oqilona foydalanishni taʼminlash va samarali boshqarishni tashkil etish, biologik xilma-xillikni saqlash, baliqchilikni rivojlantirish, shuningdek tabiiy suv havzalarida baliqlarni koʻpaytirish bilan bogʻliq masalalarni hal etishga kompleks yondashish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Jizzax va Navoiy viloyatlari hokimliklarining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzurida “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi direksiyasi” davlat unitar korxonasini (keyingi oʻrinlarda Direksiya deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Jizzax va Navoiy viloyatlari hokimliklari Jizzax va Navoiy viloyatlari hududida joylashgan Aydar-Arnasoy koʻllar tizimini belgilangan tartibda Direksiyaga baliqchilik tarmogʻini rivojlantirish uchun doimiy ravishda tanho foydalanishga bersinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Quyidagilar Direksiyaning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilansin:
suv havzasida kelgusida baliqlarni koʻpaytirish maqsadida baliq chavoqlari yetishtirish uchun Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi hududida baliq parvarishlash va inkubatsiya sexlarini tashkil etish va ularning faoliyatini taʼminlash;
suv havzalari holatining gidrobiologik va gidrokimyoviy tahlilini tashkil etish;
Aydar-Arnasoy koʻllar tizimida baliq yetishtirishning zamonaviy texnologiya va usullarini keng joriy etish;
Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi uchastkalarini baliq ovlash xoʻjaliklariga berish boʻyicha ochiq tanlovlar oʻtkazishni tashkil etish;
Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi hududida turizmni, havaskorlik va sport baliq ovini rivojlantirish;
ovlash hajmlarini koʻpaytirish, eksportbop va raqobatbardoshli baliq mahsulotlari yetishtirish boʻyicha texnologik jarayonlarni bosqichma-bosqich shakllantirish;
baliq ovlash xoʻjaliklari tomonidan ijara shartnomasi shartlariga rioya etilishi monitoringini olib borish.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Belgilansinki:
Direksiyaning ustav fondi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining oʻz mablagʻlari hisobiga shakllantiriladi;
Jizzax viloyatining Arnasoy tumani Direksiyaning joylashish manzili hisoblanadi;
Direksiyaning faoliyatidan tushgan daromadlar va qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa manbalar uning faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Direksiyaga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor rahbarlik qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Quyidagilar:
“Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi direksiyasi” davlat unitar korxonasining boshqaruv xodimlari cheklangan soni 13 nafardan iborat boʻlgan boshqaruv tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi uchastkalarini baliq ovlash xoʻjaliklari tasarrufiga berish hamda sanoat baliq ovlashini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq;
Aydar-Arnasoy koʻllar tizimining biologik resurslaridan oqilona foydalanish va ularni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksi (keyingi oʻrinlarda Chora-tadbirlar kompleksi deb ataladi) 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. “Ipoteka-bank” ATIBga Aydar-Arnasoy koʻllar tizimida baliq parvarishlash va inkubatsiya sexlarini tashkil etish hamda faoliyatini amalga oshirishni taʼminlash, baliq yetishtirishning zamonaviy texnologiya va uslullarini joriy etish, eksportbop va raqobatbardoshli baliq mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha texnologik jarayonlarni bosqichma-bosqich shakllantirish uchun Direksiyaga bir yillik imtiyozli davr bilan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan yuqori boʻlmagan stavka boʻyicha uch yil muddatga kredit ajratish tavsiya etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Tabiatni muhofaza qilish respublika jamgʻarmasi hamda Oʻsimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish respublika davlat inspeksiyasi hisobidan moliyalashtiriladigan 2017-yilgi Tadbirlar dasturiga mazkur qarorga 3-ilovada belgilangan tadbirlarni ikki hafta muddatda kiritsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bir oy muddatda:
Direksiya ustavining tasdiqlanishini va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini;
Direksiyaning ustav fondi shakllantirilishini;
Direksiyaning ijro etuvchi apparatini tasdiqlangan tuzilma va shtatlar jadvaliga muvofiq yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Belgilansinki, Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi hududida baliq ovlash xoʻjaligini yuritish uchun Vazirlar Mahkamasining “Baliqchilik tarmogʻida monopoliyadan chiqarish va xususiylashtirishni chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 13-avgustdagi 350-son qarorining amal qilishi tatbiq etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Jizzax va Navoiy viloyatlari hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari bilan birgalikda, Direksiya buyurtmanomalariga binoan, Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi qirgʻoq boʻylarida baliq parvarishlash va inkubatsiya sexlari qurish, shuningdek ozuqa bazasini rivojlantirish uchun yer uchastkalari berilishini taʼminlasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni uch oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 7-mart,
124-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-martdagi 124-son qaroriga
1-ILOVA
“Aydar-Arnasoy koʻllari tizimi direksiyasi” davlat unitar korxonasining
boshqaruv tuzilmasi
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-martdagi 124-son qaroriga
2-ILOVA
Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi uchastkalarini baliq ovlash xoʻjaliklari tasarrufiga berish hamda sanoat baliq ovlashini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi (keyingi oʻrinlarda suv havzasi deb ataladi) uchastkalarini baliq ovlash xoʻjaliklari tasarrufiga berish hamda mazkur suv havzasida baliq ovlashni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllanadi:
baliqlarni koʻpaytirish — baliq mahsuldorligini oshirish uchun sunʼiy suv havzalarida yetishtirilgan mayda baliq chavoqlarini suv havzasiga qoʻyib yuborish;
bu yilgi baliq — joriy yilning kuz davrigacha (bir yoz yashagan) yetishtirilgan baliq;
bir yillik baliq — qishdan chiqib birinchi oʻsish davri yakunlangan baliq;
sanoat baliq ovlashi — baliq ovlash xoʻjaliklari tasarrufiga berilgan suv havzalari uchastkalaridagi hayvonot olami obyektlaridan tijorat maqsadida baliq ovlashda foydalanish;
Keyingi tahrirga qarang.
baliq ovlash xoʻjaligi — sanoat baliq ovlashini amalga oshiradigan yuridik shaxs;
talabgor — ochiq tanlovda ishtirok etish uchun ariza bergan baliq ovlash xoʻjaligi.
3. Suv havzasi uchastkalari baliq ovlash xoʻjaliklariga sanoat baliq ovlashini amalga oshirish uchun kamida 10 yil muddatga, ochiq tanlov (keyingi oʻrinlarda tanlov deb ataladi) natijalari boʻyicha beriladi.
4. Mazkur Nizom bilan tartibi aniqlangan suv havzasi uchastkasi uchun belgilangan tartibda tanlov gʻolibi boʻlgan baliq ovlash xoʻjaligi, suv havzasi uchun ijara shartnomasini (keyingi oʻrinlarda shartnoma deb ataladi) tuzgan suv havzasi uchastkasida sanoat baliq ovlashi bilan shugʻullanish huquqiga ega boʻladi.
2-bob. Tanlovni oʻtkazish va uning natijalarini rasmiylashtirish tartibi
5. Suv havzasi uchastkasini berish baliq ovlash xoʻjaliklarining tanlov takliflarini koʻrib chiqish boʻyicha tanlov komissiyasining (keyingi oʻrinlarda komissiya deb ataladi) qarorlari asosida amalga oshiriladi.
6. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimining direksiyasi” davlat unitar korxonasi (keyingi oʻrinlarda Direksiya deb ataladi) tomonidan taʼminlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Tanlovni oʻtkazish quyidagi bosqichlardan iborat boʻladi:
baliq ovlash xoʻjaliklariga beriladigan suv havzasi uchastkalarini aniqlash va tanlov oʻtkazish uchun ular haqidagi zarur maʼlumotlarni shakllantirish;
tanlov haqidagi xabarnomani ommaviy axborot vositalari, Davlat xizmatlari yagona interaktiv portalida va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda DSQ deb ataladi) rasmiy veb-saytida eʼlon qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
tanlovda ishtirok etish boʻyicha nomzodlardan arizalarni tegishli ilova qilingan hujjatlari bilan birga muhrlangan konvertda qabul qilish;
talabgorlardan kelib tushgan hujjatlarni oʻrganish va baholash yoʻli bilan tanlovni oʻtkazish hamda gʻolibni aniqlash;
tanlov gʻolibini eʼlon qilish;
tanlov natijalarini rasmiylashtirish.
8. Baliq ovlash xoʻjaliklariga beriladigan suv havzasi uchastkalari Direksiya tomonidan aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Direksiya baliq ovlash xoʻjaliklariga beriladigan suv havzasi uchastkalarini aniqlagandan soʻng, Oʻzbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari bilan birgalikda, ular haqida quyidagilardan iborat boʻlgan maʼlumotlarni shakllantiradi:
Keyingi tahrirga qarang.
suv havzasi uchastkasi (konturi)ning raqami;
suv havzasi uchastkasining joylashgan koordinatlari;
suv havzasi uchastkasining maydoni;
suv havzasi uchastkasining xarita-sxemasi.
Suv havzasi uchastkasining oʻrtacha baliq mahsuldorligi haqidagi maʼlumotlar Direksiya tomonidan taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Baliq ovlash xoʻjaliklarining tanlov takliflarini koʻrib chiqish baliq ovlash xoʻjaliklarining tanlov takliflarini koʻrib chiqish boʻyicha tanlov komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Tanlov Jizzax va Navoiy viloyatlari davlat soliq boshqarmalarida oʻtkaziladi.
Komissiyaga DSQ raisining oʻrinbosari rahbarlik qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Jizzax va Navoiy viloyatlarining davlat soliq boshqarmalari boshliqlari komissiya raisining oʻrinbosarlari hisoblanadi.
Komissiya tarkibiga shuningdek Tabiatni muhofaza qilish hududiy qoʻmita raislari, Qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmalari boshliqlari, Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari boshliqlari, moliya boshqarmalari boshliqlarining oʻrinbosarlari, ichki ishlar boshqarmalari boshligʻining oʻrinbosarlari, Ovchilar va baliq ovlash sporti birlashmasining Jizzax va Navoiy viloyatlari boʻlinmasi rahbarlari hamda komissiya kotibi hisoblanadigan Direksiya direktori kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Direksiya komissiyaning ishchi organi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Baliq ovlash xoʻjaliklariga beriladigan suv havzasi uchastkalari haqidagi tegishli maʼlumotlar shakllantirilgandan keyin, Direksiya komissiya raisi bilan kelishilgan holda tanlovni oʻtkazish sanasini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Direksiya tanlov oʻtkazilishining taxminiy sanasidan kamida 30-kun oldin ommaviy axborot vositalarida, Davlat xizmatlari yagona interaktiv portalida va DSQning rasmiy veb-saytida tanlov oʻtkazilishi haqidagi xabarni eʼlon qiladi, unda quyidagilar koʻrsatiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
a) Direksiyaning joylashgan manzili (pochta manzili), aloqa telefonlari, telefaks raqamlari va elektron pochta manzili;
Keyingi tahrirga qarang.
b) suv havzasi uchastkalarining roʻyxati, ularning nomlari, joylashgan oʻrni, maydoni va suv havzasining oʻrtacha baliq mahsuldorligi (tanlovni oʻtkazish paytidagi) va shartnomaning amal qilish muddati;
v) tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etiladigan hujjatlar roʻyxati;
g) nomzodlarning tanlov takliflari joylangan konvertlarni ochish sanasi, vaqti va joyi (tanlovni oʻtkazish sanasi);
d) tanlovni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi, shu jumladan tanlovda ishtirok etish shartlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
e) tanlovda ishtirok etishga berilgan arizani koʻrib chiqish uchun toʻlov miqdori va uni toʻlash uchun bank rekvizitlari;
j) arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati (sanasi va vaqti koʻrsatilgan holda).
13. Tanlovda ishtirok etish uchun talabgor yoki uning vakili shaxsan yoxud pochta orqali buyurtma xat bilan buyurtmanomani (keyingi oʻrinlarda buyurtmanoma deb ataladi) ikki nusxada, koʻrib chiqish uchun toʻlovning toʻlanganligini tasdiqlovchi toʻlov hujjatini, shuningdek quyidagi hujjatlarni Direksiyaga taqdim etadi:
Keyingi tahrirga qarang.
tanlovda ishtirok etish uchun talabgorning toʻliq nomi va joylashgan manzili (pochta manzili) koʻrsatilgan ariza;
baliq ovlashni amalga oshirish boʻyicha biznes-reja;
baliq ovlashni amalga oshirish boʻyicha biznes-rejaning moliyalashtirish manbalari (talabgorning oʻz mablagʻlari hisobiga, kreditlar va hokazo) bilan taʼminlanganligi haqidagi maʼlumotlar;
baliq ovlash va tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish uchun moddiy-texnika vositalarining (rusumi koʻrsatilgan qayiqlar, motorlar, ovlash qurollari, avtotransport vositalari, baliq va baliq mahsulotlarini saqlash uchun sovutish uskunalari va hokazo) mavjudligi haqidagi maʼlumotlar.
Talabgorlardan ushbu bandda koʻzda tutilmagan hujjatlarni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Mazkur bandning ikkinchi — beshinchi xatboshilarda nazarda tutilgan barcha hujjatlar talabgorlar tomonidan muhrlangan (imzo bilan tasdiqlangan) konvertlarda taqdim etiladi. Taqdim etilgan hujjatlarning barcha varaqlari nomzodning imzosi bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Direksiya talabgorlar taqdim etgan takliflarning saqlanishini va oshkor etilmasligini taʼminlash hamda talabgorlarga teng sharoitlar yaratilishi uchun javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Baliq ovlashni amalga oshirish boʻyicha Direksiyaga taqdim etiladigan biznes-rejada quyidagi asosiy qoidalar aks ettirilgan boʻlishi lozim:
Keyingi tahrirga qarang.
iqtisodiy samaradorlik hisob-kitoblari, shuningdek baliq ovlash xoʻjaligini yuritishdagi eng samarali texnikaviy, tashkiliy va iqtisodiy yechimlar;
taxmin qilingan investitsiyalarning hajmi va turi, moliyalashtirish manbalari hamda kreditlar jalb etiladigan taqdirda taxmin qilingan garov taʼminoti;
tashkil etiladigan ish oʻrinlari soni;
talabgor xodimlar shtatining tajribali baliqchilar, ixtiologlar, boshqa mutaxassis va ekspertlar bilan toʻldirilganligi.
15. Buyurtmanomani koʻrib chiqish uchun eng kam oylik ish haqining uchdan bir baravari miqdorida toʻlov undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu mablagʻlar Direksiyaning bank hisob-raqamiga kelib tushadi va tanlovni tayyorlash va oʻtkazish uchun ishlatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Buyurtmanomani koʻrib chiqish uchun toʻlangan toʻlovlar qaytarilmaydi, mazkur Nizomda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
16. Direksiya tanlov oʻtkazilishi haqida eʼlon berilgan kundan boshlab oʻttiz kun davomida talabgorlarning tanlovda ishtirok etishlari toʻgʻrisidagi buyurtmanomalarini qabul qiladi.
Direksiyaning vakolatli xodimi buyurtmanomaning ikkinchi nusxasiga buyurtmanomani va unga ilova qilingan muhrlangan konvert qabul qilingan sana va vaqtini koʻrsatib belgi qoʻyadi va talabgorga yoki uning vakiliga topshiradi yoxud pochta orqali yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Barcha hujjatlar roʻyxatga olish kitobida topshiruvchi va qabul qiluvchi shaxslarning imzolari qoʻyilgan, qabul qilish sanasi va vaqti qayd etilgan holda qabul qilinadi. Roʻyxatga olish kitobi tikilgan, raqamlangan va Direksiyaning gerbli muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim.
Talabgorlarning tanlov takliflari joylangan konvertlar belgilangan muddatgacha ochilmaydi va Direksiya seyfida saqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Tanlovda ishtirok etish uchun buyurtmanomalarni qabul qilish tanlovning oʻtkazilishi toʻgʻrisida eʼlon berilgan sanadan boshlanadi va buyurtmanomalarni qabul qilishning oxirgi kunida soat 18:00da tugaydi.
Pochta orqali yuborilgan buyurtmanomalarning kelib tushgan sanasi ularning komissiyaning ishchi organi tomonidan olingan sanasi hisoblanadi, olingan buyurtmanoma uning kelib tushgan kunida qayd etilishi shart.
19. Qabul qilishning belgilangan muddatidan keyin kelib tushgan buyurtmanomalar roʻyxatdan oʻtkazilmay talabgorga qaytarib beriladi.
Buyurtmanomalarni qabul qilishning boshqa asoslarga koʻra rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
20. Tanlov oʻtkazishning belgilangan sanasigacha, talabgor komissiyaning ishchi organini yozma ravishda xabardor etish yoʻli bilan oʻzining buyurtmanomasini va tanlov takliflarini qaytarib olish huquqiga ega. Komissiyaning ishchi organi ushbu xabarnomani kelib tushgan kunida qayd etishi shart.
21. Mazkur Nizomning 19 va 20-bandlarida nazarda tutilgan holatlarda buyurtmanomani koʻrib chiqish uchun toʻlangan toʻlovlar talabgorga uch bank kuni mobaynida qaytarib beriladi.
22. Buyurtmanomalarni qabul qilish yakunlangandan keyin ishchi organ komissiya majlisini oʻtkazish boʻyicha tayyorgarlik ishlarini tashkil etadi.
Komissiya raisi tanlovni oʻtkazish kuni komissiya majlisini chaqiradi.
23. Komissiya oʻz faoliyatini shaxsan ishtirok etish tartibida tashkil etadi.
Komissiyaning qarorlari majlis aʼzolarining kamida toʻrtdan uch qismi ishtirok etgan taqdirda qonuniy hisoblanadi.
24. Suv havzasi uchastkalarini berish (yoki berilishini rad etish) masalasi belgilangan kun va soatda komissiya majlisida tanlov takliflari konvertlarini ochish orqali amalga oshiriladi.
Talabgorlar yoki ularning vakillari tanlov takliflari konvertlari ochilishida ishtirok etish huquqiga ega.
Komissiya tomonidan tanlov takliflari konvertlari ochilganda tanlov takliflarining rasmiylashtirilishi, taqdim etish tartibotlari boʻyicha talablarga rioya qilinganligi, mazkur Nizomning 14-bandida koʻrsatilgan hujjatlarning mavjudligi tekshiriladi.
25. Tanlov takliflarini koʻrib chiqish va tanlov gʻolibini aniqlash quyidagilarni baholash natijalariga koʻra amalga oshiriladi:
baliq ovlashni amalga oshirish boʻyicha biznes-reja;
talabgorning baliq ovlash va tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish uchun mavjud moddiy-texnika vositalari (rusumi koʻrsatilgan qayiqlar, motorlar, ovlash qurollari, avtotransport vositalari, baliq va baliq mahsulotlarini saqlash uchun sovutish uskunalari va hokazo) va ularning holati;
talabgorning baliq ovlashni amalga oshirish boʻyicha biznes-rejasi, oʻz mablagʻlari va kreditlar hisobiga moliyalashtirish bilan taʼminlanganligi;
talabgorning tabiatni muhofaza qilish boʻyicha chora-tadbirlari kompleksi.
26. Tanlov gʻolibi konvertlar ochilgan kuni komissiyaning ochiq majlisida aniqlanadi.
Eng maqbul tanlov takliflarini taqdim etgan talabgor tanlovning gʻolibi deb eʼtirof etiladi.
Komissiya qarori ishtirok etgan aʼzolar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Ovozlar teng boʻlgan holatda komissiya raisi hal qiluvchi ovoz huquqiga ega boʻladi.
27. Quyidagi holatlarda tanlov oʻtkazilmagan deb hisoblanadi:
tanlov oʻtkazilishi haqidagi xabarnomada koʻrsatilgan konvertlarning ochilish sanasigacha birorta ham buyurtmanoma kelib tushmagan boʻlsa;
taqdim etilgan tanlov takliflaridan birortasi ham tanlov shartlariga mos kelmasa.
Ishchi organ buyurtmanoma taqdim etgan talabgorlarni yoki ularning vakolatli vakillarini bu haqda xabardor qiladi.
28. Tanlov amalga oshmagan deb eʼtirof etilgan taqdirda komissiya mazkur Nizomda belgilangan tartibda tanlovni qayta oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi yoki yagona talabgorni tanlov gʻolibi deb eʼtirof etib, unga maqbul takliflarni taqdim etish sharti bilan va suv havzasi uchastkasini berish maqsadga muvofiqligi haqida qaror qabul qiladi.
29. Komissiya tanlov takliflarining konvertlari ochilgan kuni tanlov natijalarini bayon shaklida rasmiylashtiradi.
Bayonda quyidagilar koʻrsatiladi:
komissiya tarkibi;
tanlov ishtirokchilari boʻlgan talabgorlar va ularning takliflari haqidagi maʼlumotlar;
suv havzasi uchastkasining (konturining) joylashuvi, maydoni va raqami, suv havzasining oʻrtacha baliq mahsuldorligi (tanlovni oʻtkazish paytidagi);
tanlov gʻolibi;
ovoz berish natijalari va komissiya aʼzolarining qarori.
Bayon komissiyaning barcha aʼzolari, tanlov gʻolibi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi va komissiyaning raisi tomonidan tasdiqlanadi.
30. Komissiya tanlov natijalari boʻyicha qarorini qabul qilishda talablarning yagona boʻlishini va xolislikni taʼminlashi lozim.
31. Tanlov natijalariga koʻra suv havzasi uchastkasining berilishi rad etilgan talabgorlar, komissiya qarori yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
32. Ishchi organ tanlov komissiyasining tanlov yakunlari toʻgʻrisidagi qarori natijalaridan qaror qabul qilingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida tanlov ishtirokchilarini xabardor qilishi shart.
Ishchi organ tanlov gʻolibi aniqlangan kuni gʻolibga tegishli xabarnoma yuborib shartnoma tuzishni taklif qiladi.
Shartnomada qonunchilikda nazarda tutilgan shartlardan tashqari quyidagilar ham koʻrsatiladi:
suv havzasi uchastkasining (konturining) joylashuvi, maydoni va raqami;
shartnomani tuzgan shaxsning baliq resurslarini va suv havzasini saqlash boʻyicha tadbirlarni oʻtkazishi, shuningdek ovlanadigan baliqning muntazam hisobini yuritish boʻyicha majburiyatlari.
Shartnomaga uning ajralmas qismi boʻlgan quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
suv havzasi uchastkasining xarita-sxemasi;
talabgorning tabiatni muhofaza qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlari rejasi, majburiyatlari doirasida toʻliq amalga oshirilishi belgilangan shartnoma.
33. Tanlov yakunlari ommaviy axborot vositalarida, Davlat xizmatlari yagona interaktiv portaliga va DSQning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
34. Tanlov gʻolibi boʻlgan baliq ovlash xoʻjaligi tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilishi monitoringi Direksiya tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
35. Shartnoma muddati tugaganda uning amal qilishi toʻxtaydi. Yangi muddatga shartnoma tuzish mazkur Nizomda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
36. Shartnoma muddatini oldindan tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Direksiya, tabiatni muhofaza qilish organlarining taqdimnomasiga binoan, baliq ovlash xoʻjaligi tomonidan hayvonot olamini muhofaza qilish va undan foydalanishga oid qonunchilik bir marotaba qoʻpol yoki muntazam (yil davomida ikki va undan ortiq marta) buzilganda, shuningdek qonunchilikda va shartnomada nazarda tutilgan boshqa holatlarda shartnomani muddatidan oldin tugatishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Hayvonot olamini muhofaza qilish va undan foydalanishga oid qonunchilikni bir marotaba qoʻpol buzish hayvonot olamini muhofaza qilish va undan foydalanishga oid qonunchilik talablarining hayvonot olami obyektlariga yetkazilgan zarar hisoblanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 26-bobi.
37. Shartnoma shartlari buzilganda tomonlar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 28-bobi.
3-bob. Komissiyaning, tabiatni muhofaza qilish organlarining va Direksiyaning vakolatlari
Keyingi tahrirga qarang.
38. Komissiya:
oʻz faoliyati reglamentini mustaqil ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
tanlov takliflarini taqdim etish muddatlarini uzaytirish toʻgʻrisida yoki tanlovni oʻtkazish sanasini tanlovning oʻtkazilishi haqidagi eʼlonda belgilangan muddatdan koʻpi bilan bir oyga koʻchirish toʻgʻrisida qarorni qabul qiladi, tanlovda ishtirok etish uchun buyurtmanomalarni taqdim etgan barcha talabgorlarni (ular mavjud boʻlganda) yozma xabardor qiladi;
mazkur Nizomning 27-bandida nazarda tutilgan holatlarda tanlov amalga oshmagan deb hisoblaydi;
yagona talabgor buyurtmanomasini koʻrib chiqadi, uning tomonidan maqbul takliflar taqdim etilgan taqdirda uni tanlovning gʻolibi deb eʼtirof etadi;
zarur holatlarda, komissiya ishiga ekologlar, biologlar, ixtiologlar, boshqa mutaxassis va ekspertlarni jalb qiladi;
tanlovni oʻtkazish jarayonini nazorat qiladi;
mazkur Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlarining talablari buzilganda til biriktirish holatlari va tanlovni oʻtkazish tartibotini buzadigan boshqa holatlar aniqlanganda tanlov oʻtkazilishini toʻxtatadi.
39. Tabiatni muhofaza qilish organlari Direksiya bilan birgalikda, belgilangan tartibda quyidagilarni amalga oshiradi:
baliq ovlash xoʻjaliklari tomonidan tabiatni muhofaza qilish qonunchiligiga rioya qilish;
tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi bajarilishini taʼminlash maqsadida nazorat tadbirlarini oʻtkazish sohasida maʼlumotlar almashish.
40. Direksiya:
Keyingi tahrirga qarang.
baliq ovlash xoʻjaliklariga suv havzasi uchastkalarining ijaraga berilishi boʻyicha ochiq tanlov oʻtkazilishini tashkil etadi;
tabiatni muhofaza qilish organlari bilan birgalikda suv havzasining baliq resurslarini muhofaza qilish va qayta tiklashga doir tadbirlarni oʻtkazadi;
suv havzasida baliq yetishtirishning zamonaviy texnologiyalarini va usullarini joriy qiladi;
suv havzalarining gidrobiologik va gidrokimyoviy holatini oʻrganadi va suv havzalari hududida havaskorlik va baliq ovlash sportini hamda ekoturizmni rivojlantirishga doir maqsadli tadbirlar oʻtkazilishini tashkil etadi;
baliq ovlash xoʻjaliklari tomonidan shartnoma shartlariga rioya qilinishi monitoringini yuritadi;
suv havzasida baliq resurslari ovlanishi holati haqida yillik maʼlumotlarni umumlashtiradi va tabiatni muhofaza qilish organlariga taqdim etadi;
suv havzasining vaqtincha berilmagan uchastkalarida baliq resurslarini qonunchilikda belgilangan tartibda ovlash huquqiga ega.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 80-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining tabiiy suv havzalarida baliq ovlash qoidalari.
4-bob. Baliq ovlash xoʻjaliklarining huquq va majburiyatlari
41. Baliq ovlash xoʻjaligi quyidagi huquqlarga ega:
suv havzasida berilgan uchastkadan tuzilgan shartnomaga muvofiq foydalanish;
oʻz ixtiyoriga koʻra belgilangan tartibda ovlangan baliqlarni sotish;
suvni muhofaza qilish chegarasidan tashqarida baliq ozuqasi va asosiy faoliyat bilan bogʻliq boʻlgan boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish, shuningdek baliq va baliq mahsulotlarini qayta ishlash boʻyicha yordamchi xoʻjaliklar tashkil etish.
Baliq ovlash xoʻjaliklari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
42. Baliq ovlash xoʻjaliklari quyidagilarga majbur:
baliq resurslaridan foydalanishda tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi talablariga rioya qilish;
shartnoma shartlarini, shu jumladan tanlovda ishtirok etish uchun buyurtmanomani berish paytida taqdim etilgan tabiatni muhofaza qilish kompleks chora-tadbirlari rejasini bajarish;
shartnomaga ilova qilingan suv havzasi uchastkasining pasportida koʻrsatilgan suv havzasi uchastkalari doirasida baliq ovlashni amalga oshirish;
berilgan suv havzasi uchastkasini uchinchi shaxslarga foydalanishga bermaslik;
foydalanuvchini aniqlaydigan ovlash qurollarini tamgʻalash;
suv havzasining qirgʻoq uchastkalarini belgilangan tartibda sanitariya holatida saqlash;
har yili baliqlarni koʻpaytirishni, baliq ovlanadigan suvlar melioratsiyasini, kelgusida ovlanadigan mayda baliqlarni, shuningdek baliq resurslari saqlanishini taʼminlash choralarini amalga oshirish;
har kuni ovlangan baliqlarni mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq belgilangan namunadagi baliqlarni ovlash daftarida qayd etish;
tabiatni muhofaza qilish davlat inspektorlariga, ularning talabiga binoan shartnoma va baliqlarni ovlash daftarini taqdim etish, ovlash qurollarini va ovlangan baliqlarni, ishlab chiqarish xonalarini, suzish vositalarini va qabul qilish punktlarini belgilangan tartibda koʻzdan kechirishni amalga oshirishga toʻsqinlik qilmaslik;
har oyda Direksiyaga ovlangan baliqlar toʻgʻrisida (turlari boʻyicha), baliq ovlanadigan suvlar melioratsiyasi, ovlanadigan mayda baliqlarni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi maʼlumotni va suv havzasi uchastkasida baliqlarni koʻpaytirish natijalari haqidagi maʼlumotlarni taqdim etish;
Keyingi tahrirga qarang.
baliqlarni suzish vositasidan qirgʻoqqa faqat maxsus jihozlangan joyda, baliq ovlash xoʻjaligi joylashgan manzilda tushirishni amalga oshirish;
baliq ovlash xoʻjaligidan baliqni olib chiqishni tovar-transport yukxatlari boʻyicha amalga oshirish;
suzish vositalarini belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish va baliqni ovlashda xavfsizlik texnikasiga rioya qilish;
baliqchilarning shaxsini va ushbu xoʻjalikdagi lavozimini tasdiqlaydigan guvohnomalar bilan taʼminlash;
zarur suv havzasida baliq ovlash faoliyatining qonuniyligini tasdiqlaydigan barcha kerakli hujjatlarga (shartnomalar, baliqni ovlash daftarlari, suzish vositalarining hujjatlari va hokazolarga) ega boʻlish.
Baliq ovlash xoʻjaligi qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
5-bob. Ijara haqini hisoblash tartibi
43. “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi direksiyasi” DUK:
Keyingi tahrirga qarang.
tanlov gʻoliblari boʻlgan baliq ovlash xoʻjaliklari bilan joriy yil uchun ijara haqining miqdorini belgilagan holda shartnoma tuzadi;
har yilning 15-fevral sanasigacha ijara haqining miqdorini aniqlab shartnomaning ijara haqi miqdori nazarda tutilgan bandiga oʻzgartirishlar kiritadi.
44. Ijaraga berilgan suv havzasi uchastkalari boʻyicha ijara haqi miqdorini hisoblash uchun quyidagi maʼlumotlar talab etiladi:
a) ijaraga berilgan suv havzasi uchastkasining umumiy maydoni (gektar hisobida);
b) ijarachi tomonidan oʻtgan yilda bir gektar suv havzasidan tutilgan (sotilgan) baliqning oʻrtacha miqdori;
v) vakolatli tashkilotlar (Davlat statistika organlari, Davlat monopoliyaga qarshi kurashish organlari va boshqalar) maʼlumotlariga muvofiq mintaqaning isteʼmol bozorida baliqning oʻtgan yildagi oʻrtacha narxi aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
45. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda ijara haqi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Ih = H1 x Noʻ x Mu x Is :100, bunda:
Ih — ijara haqi;
H1 — bir gektarning oʻrtacha mahsuldorligi;
Oʻn — baliqning oʻrtacha yillik narxi;
Mu — suv havzasi uchastkasining umumiy maydoni;
Is — ijara haqi miqdorini hisoblash stavkasi, foizlarda (2-ilova).
Keyingi tahrirga qarang.
46. Agar oʻtgan yilda mahsuldorlik ijaraga berilgan suv havzasi uchastkasining har gektaridan 4,2 kilogramm ovlangan baliqdan kam boʻlsa, ijara haqini hisoblashda 4,2 kilogramm miqdoridagi hisoblash koʻrsatkichi qoʻllanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
47. Agar joriy yil uchun hisoblangan ijara haqining summasi oʻtgan yil uchun ushbu Nizomdagi tartibda hisoblangan ijara summasining 1,05 koeffitsiyentga koʻpaytirilgan miqdoridan kam boʻlsa, u holda ijara haqi oʻtgan yilgi ijara summasini 5 foizga koʻpaytirib aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
6-bob. Ijara haqini undirish tartibi
48. Baliq ovlash xoʻjaliklari tomonidan ijara haqi ikki qismga boʻlib yil davomida toʻlanadi. Ijara haqining bir qismi (yillik ijara haqining kamida 40 foizi) 1-aprelgacha toʻlanadi, qolgan qismi 1-oktabrgacha toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
49. Ijaraga berilgan suv havzasi uchastkasi uchun ijara haqi birinchi yilda joriy yilda faoliyat yuritilgan oylar soniga mos miqdorda, teng ulushlarda va quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:
Ih=Yih/12x x Tm, bunda:
Ih — ijara haqi;
Yih — yillik ijara haqi;
Tm — joriy yil davomida faoliyat yuritilgan oylar soni.
50. Baliq ovlash xoʻjaliklari ijara haqini 100% miqdorda Direksiyaning bankdagi hisob-raqamiga oʻtkazadi.
Keyingi tahrirga qarang.
51. Ijarachilar tomonidan ijara haqining oʻz vaqtida toʻlab borilishi Direksiya tomonidan nazorat qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
7-bob. Suv havzasida baliq resurslarini qayta tiklashga doir tadbirlarni oʻtkazish
52. Suv havzasida baliq resurslarini qayta tiklashni taʼminlash uchun Direksiya:
Keyingi tahrirga qarang.
akva mahsulotlarni rivojlantirish, shuningdek ovlanadigan baliqlar zaxirasini aniqlash boʻyicha yangi texnologiyalarni ishlab chiqadi va ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshiradi;
suv havzasida baliqlarni qafas usulida yetishtirish texnologiyalarini tatbiq qilish ishlarini tashkil etadi;
Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi qirgʻogʻida, keyinchalik suv havzasida baliqlarni koʻpaytirish uchun baliq chavoqlari yetishtiradi, inkubatsiya sexlarini, baliq parvarishxonalarini, baliq ozuqasi ishlab chiqarish zavodlarini, shuningdek qayta ishlash sexlarini, baliq va baliq mahsulotlarini saqlash uchun sovutish uskunalarini barpo etadi.
53. Suv havzalarining baliq koʻpaytirish meʼyori suv havzasining bir gektariga kamida 50 ta baliq chavoqlari — shu yilgi yoki bir yillik baliqlar darajasida belgilanadi.
54. Suv havzalarida baliq koʻpaytirish tadbirlari tabiatni muhofaza qilish organlari, qishloq va suv xoʻjaligi, davlat soliq xizmati organlari, Direksiya va baliq ovlash xoʻjaliklarining vakillari ishtirokida oʻtkaziladi va bu haqda tegishli dalolatnoma tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
8-bob. Yakunlovchi qoida
55. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi uchastkalarini baliq ovlash xoʻjaliklari tasarrufiga berish hamda sanoat baliq ovlashini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.

BALIQ OVLASH DAFTARI

__________________________________________________________________________

(baliq ovlash xoʻjaligining nomi)

BALIQ OVLASH HUDUDI ____________________________________________________________

(viloyat, tuman, suv havzasi nomi, suv havzasi uchastkasi)

___________________________________________________________________________________________

20___ yil

__________________________________________________ baliq ovlash hududidagi baliqchilik xoʻjaligi _____-son brigadasining 20___ yil uchun daftari


kg

Kun, oy

Ov uchun masʼul shaxs F.I.O.

Ovlash vositasi

Sazan

Sudak

Jarix

Laqqa baliq

Oq doʻngpeshana

Oq amur

Ilonboshi baliq

Karas

Lesh baligʻi

Plotva

Shemaya

Choʻrtan baliq

Chexon

Boshqa turlari

Hammasi

Yukxati № va joʻnatish sanasi

Qabul qiluvchining F.I.O. va davlat avtotransporti №
















Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi uchastkalarini baliq ovlash xoʻjaliklari tasarrufiga berish hamda sanoat baliq ovlashini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Ijara toʻlovini hisoblashda qoʻllaniladigan stavkalar miqdori

Mahsuldorlik, ga/kg

Ijara toʻlovini hisoblash stavkasi, foiz

15 gacha

10

15-20 gacha

9

20-25 gacha

8

25-30 gacha

7

30-35 gacha

6

35-40 gacha

5

40 va undan yuqori

4

Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-martdagi 124-son qaroriga
3-ILOVA
Aydar-Arnasoy koʻllar tizimining biologik resurslarini rivojlantirish va ulardan oqilona foydalanish
chora-tadbirlari kompleksi

T/r

Tadbirlarning nomi

Bajarish muddatlari

Masʼul bajaruvchilar

Moliyalashtirish manbalari

Kutilayotgan natijalar

I. “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi direksiyasi” davlat unitar korxonasini tashkil etish boʻyicha tashkiliy tadbirlar

1.

“Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi direksiyasi” DUK (keyingi oʻrinlarda Direksiya deb ataladi) ustavini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.

2017-yil mart

Davlat soliq qoʻmitasi

“Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi direksiyasi” DUK faoliyatini tashkil etish.

2.

Direksiyani zarur maʼmuriy va ishlab chiqarish xonalari bilan taʼminlash.

2017-yil mart

Jizzax viloyati hokimligi,

Davlat raqobat qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi

Davlat soliq qoʻmitasi

Direksiyaga yuklangan vazifalarning toʻliq bajarilishini taʼminlash uchun zarur sharoitlar yaratish.

3.

Direksiyani zarur uskunalar va anjomlar (mebel, kompyuter, avtotransport va boshqalar) bilan jihozlash.

2017-2018-yillar

Davlat soliq qoʻmitasi,

Direksiya

Davlat soliq qoʻmitasi

Direksiya faoliyati samaradorligini oshirish.

4.

Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi (keyingi oʻrinlarda AAKT deb ataladi) havzasiga tutash hududlarni (Qli, Oqbuloq daryolari irmoqlari va MCHKni) oʻrganib chiqish va ularning toʻliq tizimli inkubatsiya sexlari, baliq parvarishxonalari hamda baliq oʻstirish uchun sunʼiy suv havzalari tashkil etishga yaroqliligini aniqlash.

Oʻrganish natijalariga koʻra Direksiyaga yerlarni ajratish boʻyicha tegishli kelishilgan taklif kiritish.

2017-yil mart

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi,

Davlat soliq qoʻmitasi,

Jizzax va Navoiy viloyatlari hokimliklari, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy boʻlimlari,

Direksiya

Loyihani moliyalashtirish doirasida

Suv havzalarini har yili bahorda va kuzda baliq koʻpaytirish uchun yiliga 17,5 mln ta baliq chavoqlari yetishtiradigan inkubatsiya sexlari tashkil etish.

Mintaqada 15 ta yangi ish oʻrni, tegishli infratuzilma va boshqalarni tashkil etish.

Yuqori sifatli baliq (oq doʻngpeshana, oqamur, olachipor, zogʻarabaliq, sudak, laqqa va boshqalar) turlari oʻstirishni koʻpaytirishga koʻmaklashish.

5.

Direksiyaga toʻliq tizimli inkubatsiya sexlari, baliq parvarishxonalari hamda baliq oʻstirish havzalari tashkil etish uchun yer uchastkasini ajratish.

2017-yil mart

Jizzax va Navoiy viloyatlari hokimliklari, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy boʻlimlari

II. Aydar-Arnasoy koʻllar tizimida baliqchilik sohasini rivojlantirish boʻyicha tadbirlar

6.

Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi qirgʻogʻida toʻliq tizimli baliq yetishtirish parvarishxonalari, inkubatsiya sexlari hamda baliq oʻstirish havzalari qurish, shu jumladan:

2017-yilda — 2 mln. ta;

2018-yilda — 7 mln. ta;

2019-yilda — 12 mln. ta;

2020-yilda — 17,5 mln. ta.

2017-2020-yillar

Davlat soliq qoʻmitasi,

Direksiya,

Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi,

“Ipoteka-bank” ATIB,

baliqchilik xoʻjaliklari

Tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi — 2,9 mlrd. soʻm (shu jumladan (1,4 mlrd.soʻm — 2017-yilda;

1,5 mlrd.soʻm — 2018-yilda),

“Ipoteka-bank” ATIB

kreditlari — 2019-yilda 3 mlrd.soʻm

Aydar-Arnasoy koʻllar tizimida baliq koʻpaytirish uchun baliq chavoqlarini yetishtirish.

Transport xarajatlarini hamda baliq chavoqlarini tashishda nobud boʻlishini kamaytirish.

7.

Baliq oʻstirish havzalari barpo etish, shu jumladan:

2017-yilda — 50 gektar;

2018-yilda — 100 gektar;

2019-yilda –300 gektar.

2017-2019-yillar

Davlat soliq qoʻmitasi,

Direksiya

8.

Ilmiy-tajriba stansiyasida yuqori sifatli baliq turlarini yetishtirish boʻyicha yopiq tizimli suv taʼminoti qurilmasi (YOTSTQ) tashkil etishga hamda koʻllar tizimida baliq koʻpaytirish uchun baliq chavoqlari (shartnomaviy narxlarda oʻrtacha vazni 2 gramm boʻlgan 2 mln.ta) sotib olishga mablagʻlar ajratish.

2017-yil

may — iyul

Qishloq va suv vazirligi huzuridagi Baliqchilikni rivojlantirish boʻyicha ilmiy-tajriba stansiyasi,

Direksiya

Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi —

0,5 mlrd.soʻm,

shundan:

YOTSTQga 0,3 mlrd.soʻm,

baliq chavoqlari sotib olishga — 0,2 mlrd.soʻm

Qafas usulida baliq yetishtirish uchun yangi baliq turlarini iqlimlashtirish.

Aydar-Arnasoy koʻllar tizimida yuqori sifatli baliq chavoqlari hisobiga baliq zaxirasini koʻpaytirish.

9.

Direksiyani hamda Qishloq va suv vazirligi huzuridagi Baliqchilikni rivojlantirish boʻyicha ilmiy-tajriba stansiyasining moddiy-texnika bazasini yaxshilash maqsadida 4 ta “Isuzu” rusumli yuk avtomobillarini imtiyozli asosda ajratish.

2017-2018-yillar

Samarqand avtomobil zavodi

“Ipoteka-bank” ATIB

Kreditlari —

0,5 mlrd.soʻm

Baliq chavoqlarini tashishni tezlashtirish hamda xoʻjalik hududidagi tashishlarni taʼminlash.

10.

Aydar-Arnasoy koʻllar tizimida 1 gektarga kamida 50 ta baliq chavoqlari bilan baliq koʻpaytirish hisobiga baliq mahsuldorligini oshirish.

Suv havzalarida baliq ovlashning prognoz koʻrsatkichlariga erishish, shu jumladan:

2017-yilda — 10 000 tn;

2018-yilda — 12 000 tn;

2019-yilda — 16 000 tn;

2020-yilda — 22 000 tn;

2021-yilda — 30 000 tn.

2017-yildan boshlab har yili -

mart-aprel,

oktabr-noyabr

Davlat soliq qoʻmitasi,

Direksiya,

baliqchilik xoʻjaliklari

Direksiya, baliqchilik xoʻjaliklari

Suv havzalarida baliq mahsuldorligini oshirish va baliq turlari (oq doʻngpeshana,oqamur, olachipor, zogʻarabaliq, sudak, laqqa va boshqalar) ovlanishini koʻpaytirish.

Aydar-Arnasoy koʻllar tizimida har yili kamida 17,5 mln. ta baliq chavoqlari bilan baliq koʻpaytirish.

11.

Aydar-Arnasoy koʻllar tizimida qafas usulida baliq yetishtirishni tashkil etishga qafas moslamalarini joylashtirish, shu jumladan:

2018-yilda — 150 ta;

2019-yilda — 350 ta;

2020-yilda — 500 ta.

2018 — 2020-yillar

Davlat soliq qoʻmitasi,

Direksiya,

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Oʻsimlik va hayvonot olami genofondi instituti,

baliqchilik xoʻjaliklari

jami 8,4 mlrd.soʻm:

“Ipoteka-bank” ATIB

kreditlari —
5 mlrd.soʻm, (ulardan

1 mlrd.soʻm —

2018-yilda; 1,8 mlrd.soʻm -

2019-yilda;

2,2 mlrd.soʻm -

2020-yilda);

Direksiyaning

oʻz mablagʻlari

(3,4 mlrd.soʻm), baliqchilik xoʻjaliklarining oʻz mablagʻlari

Aydar-Arnasoy koʻllar tizimida baliq yetishtirishni koʻpaytirish.

Aydar-Arnasoy koʻllar tizimida tabiiy baliqlarning ortiqcha ovlanishini kamaytirish.

12.

Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi qirgʻogʻida joylashgan sugʻoriladigan va lalmikor yer maydonlaridan, ozuqa ekinlari (bugʻdoy, javdari, arpa va boshqalar) yetishtirishni tashkil etish maqsadida Direksiyaga 500 ga yer ajratish.

2017 -2018-yillarda

Jizzax va Navoiy viloyatlari hokimliklari, Davlat soliq qoʻmitasi,

Direksiya

Yuqori oqsilli ozuqalar ishlab chiqarish uchun qishloq xoʻjaligi ekinlari yetishtirishni taʼminlash.

III. Baliq xoʻjaligini rivojlantirish sohasida infratuzilmani rivojlantirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni tashkil etish

13.

Ishlab chiqarish sexlari barpo etish:

qafas moslamalariga metallkonstruksiyalar;

qafas moslamalariga toʻr materiallari tikish;

qafas moslamalariga suv yuzida turadigan plastmassa qurilmalar, plastmassa poʻkaklar va boshqalar;

poliamid asosidagi toʻr-anjom materiallari;

granullalangan omuxta yemlar.

2018-yildan boshlab

Davlat soliq qoʻmitasi,

Direksiya

Direksiyaning

oʻz mablagʻlari, “Ipoteka-bank” ATIB

kreditlari

Chet ellardan anjomlar importini kamaytirish hamda ichki isteʼmol bozori talablarini qondirish uchun mahalliy xom ashyoni qayta ishlash hisobiga qafas moslamalari, toʻr-anjom materiallari va boshqalarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan maxsus ishlab chiqarish sexlari barpo etish.

14.

Baliq ovlash xoʻjaliklari va Direksiya uchun, respublikada ishlab chiqarilishi yoʻlga qoʻyilgunga qadar markazlashgan tartibda keltirilishi lozim boʻlgan jihozlar (qayiq, qayiq motorlari, baliqni qayta ishlash jihozlari) va materiallar (baliq ovlash toʻrlari, baliq uni, premikslar) roʻyxatini tayyorlash.

Direksiya tomonidan zarur uskunalar va materiallar keltirishni tashkil etish.

2017-yil oktabr

2017-2018-yillar

Davlat soliq qoʻmitasi,

Direksiya,

Iqtisodiyot vazirligi,

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi,

“Ipoteka-bank” ATIB

Oʻzbekiston Respublikasiga uskunalarni markazlashgan tartibda keltirish baliqchilik va baliq ovlash xoʻjaliklari taʼminotini yaxshilaydi.

15.

Direksiya negizida quyidagi ishlab chiqarishlarni tashkil etish:

eksportga moʻljallangan baliqlarni chuqur qayta ishlash hamda yarim tayyor baliq mahsulotlari ishlab chiqarish,
shu jumladan mahsulotni oʻta tez muzlatish va bir yoʻla saqlash boʻyicha;

katerlar, qayiq va baliq ovlash jihozlarini taʼmirlash boʻyicha;

baliq mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari va isteʼmolchilariga xizmat koʻrsatish boʻyicha.

2018-2020-yillar

Davlat soliq qoʻmitasi,

Direksiya,

“Ipoteka-bank” ATIB

Direksiyaning

oʻz mablagʻlari, “Ipoteka-bank” ATIB

kreditlari

Baliqni qayta ishlash hamda quritilgan va dudlangan baliqlarni eksport qilish. Eksportdan olingan mablagʻlar hisobiga yarim tayyor baliq mahsulotlari, baliq uni, baliq konservalarini ishlab chiqarish uchun uskunalarni keltirish, oʻrnatish va ularni ishlab chiqarishni tashkil etish.

16.

Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi hududini qoʻriqlash boʻyicha hamda hayvonot va oʻsimlik dunyosi obyektlaridan noqonuniy foydalanishga qarshi kurashish boʻyicha birgalikdagi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2017-yil aprel

Davlat soliq qoʻmitasi,

Direksiya,

Ichki ishlar vazirligi,

Tabiatni muhofaza qilish davlat

qoʻmitasi

Biologik resurslarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish boʻyicha belgilangan meʼyorlar va qoidalarga rioya qilinishi ustidan nazoratni kuchaytirish.

Tabiatni muhofaza qilish qonunchiligidagi buzilishlar sonini kamaytirish.

17.

Aydar-Arnasoy koʻllar tizimida turizm sohasini rivojlantirish Dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish.

2017-2020-yillar

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Jizzax va Navoiy viloyatlari hokimliklari,

Direksiya

Qirgʻoq infratuzilmasini rivojlantirish va qoʻshimcha ish oʻrinlari tashkil etish.

IV. Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi suv sathini saqlash

18.

Sirdaryo suv havzasida suv xoʻjaligi vaziyati oʻzgarish dinamikasini hisobga olgan holda Aydar-Arnasoy koʻllar tizimiga kelib tushadigan suv oqimining miqdor va sifat koʻrsatkichlarini oʻrganish.

Har yili yanvar, iyul

“Oʻzgidromet”,

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi

Har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida

Aydar-Arnasoy koʻllar tizimiga suv beruvchi irmoqlardagi suv hajmini va sifatini baholash, suv miqdorini prognoz qilish.

19.

Aydar-Arnasoy koʻllar tizimida barqaror suv sathini, suvning shoʻrlanishi rejimini taʼminlash choralarini koʻrish.

Har yili

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi,

Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi

Har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida

Suv taʼminoti barqarorligiga erishish, AAKT mintaqasida ekologik vaziyatni saqlash va yaxshilash, biologik resurslarni rivojlantirishga erishish.

20.

Biologik resurslarni rivojlantirish uchun Aydar-Arnasoy koʻllar tizimining maqbul suv-tuz rejimini taʼminlash:

Aydar-Arnasoy koʻllar tizimidan suv chiqaruvchi kollektorlar orqali minerallashgan suvlarni chiqarish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish;

moliyalashtirish manbalarini aniqlash.

2017-yil may

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi,
Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi,

Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi

Har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida

AAKTdan minerallashgan suvlarni chiqarish loyihasini va aniq asoslangan hisob-kitoblarni tayyorlash.

Oyogʻitma va Qoraqir koʻllari orqali Aydarkoʻl koʻlidan Medami pastligiga 280 km uzunlikdagi, oʻtkazuvchanlik quvvati 90 m3/s boʻlgan suv chiqarish kollektorini qurish.

AAKTning biologik resurslarini saqlash va qayta tiklash uchun suvning minerallarga maqbul darajada toʻyinishi uchun chuchuk suv kelishini taʼminlash.

Jami xarajatlar:

— 15,3 mlrd. Soʻm

ulardan:

“Ipoteka-bank” ATIB kreditlari

— 8,5 mlrd. soʻm

Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi mablagʻlari

— 3,4 mlrd. soʻm

Direksiya mablagʻlari

— 3,4 mlrd. soʻm

Izohlar:
1. Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan ajratilgan mablagʻlarni qaytarish 2021-yildan boshlab kelishib tasdiqlangan jadval asosida amalga oshiriladi.
2. Jadval Davlat soliq qoʻmitasi hamda Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raislari tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 10-son, 148-modda, 29-son, 693-modda, 32-son, 814-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son, 03.10.2019-y., 09/19/841/3857-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)