1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.02.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilishni boshqarish va nazorat qilish]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Suv va suvdan foydalanish]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Aydar-Arnasoy koʻllar tizimining biologik resurslaridan oqilona foydalanishni taʼminlashga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Aydar-Arnasoy koʻllar tizimining baliq resurslaridan oqilona foydalanishni taʼminlash va samarali boshqarishni tashkil etish, biologik xilma-xillikni saqlash, baliqchilikni rivojlantirish, shuningdek tabiiy suv havzalarida baliqlarni koʻpaytirish bilan bogʻliq masalalarni hal etishga kompleks yondashish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Jizzax va Navoiy viloyatlari hokimliklarining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzurida “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi direksiyasi” davlat unitar korxonasini (keyingi oʻrinlarda Direksiya deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Jizzax va Navoiy viloyatlari hokimliklari Jizzax va Navoiy viloyatlari hududida joylashgan Aydar-Arnasoy koʻllar tizimini belgilangan tartibda “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi” MChJga baliqchilik tarmogʻini rivojlantirish uchun doimiy ravishda tanho foydalanishga bersinlar.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
4. Belgilansinki, Jizzax viloyatining Arnasoy tumani “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi” MChJning joylashish manzili hisoblanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi uchastkalarini baliq ovlash xoʻjaliklariga ijaraga berish hamda sanoat baliq ovlashini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Aydar-Arnasoy koʻllar tizimining biologik resurslaridan oqilona foydalanish va ularni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksi (keyingi oʻrinlarda — Chora-tadbirlar kompleksi) 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Tabiatni muhofaza qilish respublika jamgʻarmasi hamda Oʻsimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish respublika davlat inspeksiyasi hisobidan moliyalashtiriladigan 2017-yilgi Tadbirlar dasturiga mazkur qarorga 3-ilovada belgilangan tadbirlarni ikki hafta muddatda kiritsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-avgustdagi 593-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 32-son, 814-modda)
10. Jizzax va Navoiy viloyatlari hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari bilan birgalikda, “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi” MChJ buyurtmanomalariga binoan, Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi qirgʻoq boʻylarida baliq parvarishlash va inkubatsiya sexlari qurish, shuningdek ozuqa bazasini rivojlantirish uchun yer uchastkalari berilishini taʼminlasinlar.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
11. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni uch oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-martdagi 124-son qaroriga 2-ILOVA
Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi uchastkalarini baliq ovlash xoʻjaliklariga ijaraga berish hamda sanoat baliq ovlashini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
1. Ushbu Nizom Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi (keyingi oʻrinlarda suv havzasi deb ataladi) uchastkalarini baliq ovlash xoʻjaliklariga ijaraga berish hamda mazkur suv havzasida baliq ovlashni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllanadi:
baliqlarni koʻpaytirish — baliq mahsuldorligini oshirish uchun sunʼiy suv havzalarida yetishtirilgan mayda baliq chavoqlarini suv havzasiga qoʻyib yuborish;
bu yilgi baliq — joriy yilning kuz davrigacha (bir yoz yashagan) yetishtirilgan baliq;
bir yillik baliq — qishdan chiqib birinchi oʻsish davri yakunlangan baliq;
sanoat baliq ovlashi — baliq ovlash xoʻjaliklariga ijaraga berilgan suv havzalari uchastkalaridagi hayvonot olami obyektlaridan tijorat maqsadida baliq ovlashda foydalanish;
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
baliq ovlash xoʻjaligi — sanoat baliq ovlashini amalga oshiradigan yuridik shaxs;
talabgor — ochiq tanlovda ishtirok etish uchun ariza bergan baliq ovlash xoʻjaligi.
3. Suv havzasi uchastkalari baliq ovlash xoʻjaliklariga sanoat baliq ovlashini amalga oshirish uchun kamida 10 yil muddatga, ochiq tanlov (keyingi oʻrinlarda tanlov deb ataladi) natijalari boʻyicha beriladi.
4. Mazkur Nizom bilan tartibi aniqlangan suv havzasi uchastkasi uchun belgilangan tartibda tanlov gʻolibi boʻlgan baliq ovlash xoʻjaligi, suv havzasi uchun ijara shartnomasini (keyingi oʻrinlarda shartnoma deb ataladi) tuzgan suv havzasi uchastkasida sanoat baliq ovlashi bilan shugʻullanish huquqiga ega boʻladi.
2-bob. Tanlovni oʻtkazish va uning natijalarini rasmiylashtirish tartibi
5. Suv havzasi uchastkasini berish baliq ovlash xoʻjaliklarining tanlov takliflarini koʻrib chiqish boʻyicha tanlov komissiyasining (keyingi oʻrinlarda komissiya deb ataladi) qarorlari asosida amalga oshiriladi.
6. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi” MChJ tomonidan taʼminlanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
7. Tanlovni oʻtkazish quyidagi bosqichlardan iborat boʻladi:
baliq ovlash xoʻjaliklariga beriladigan suv havzasi uchastkalarini aniqlash va tanlov oʻtkazish uchun ular haqidagi zarur maʼlumotlarni shakllantirish;
tanlov haqidagi xabarnomani ommaviy axborot vositalari, Davlat xizmatlari yagona interaktiv portalida va Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilish;
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
tanlovda ishtirok etish boʻyicha nomzodlardan arizalarni tegishli ilova qilingan hujjatlari bilan birga muhrlangan konvertda qabul qilish;
talabgorlardan kelib tushgan hujjatlarni oʻrganish va baholash yoʻli bilan tanlovni oʻtkazish hamda gʻolibni aniqlash;
8. Baliq ovlash xoʻjaliklariga beriladigan suv havzasi uchastkalari “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi” MChJ tomonidan aniqlanadi.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
“Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi” MChJ baliq ovlash xoʻjaliklariga beriladigan suv havzasi uchastkalarini aniqlagandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining hududiy boʻlinmalari bilan birgalikda ular haqida quyidagilardan iborat boʻlgan maʼlumotlarni shakllantiradi:
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
suv havzasi uchastkasi (konturi)ning raqami;
suv havzasi uchastkasining joylashgan koordinatlari;
Suv havzasi uchastkasining oʻrtacha baliq mahsuldorligi haqidagi maʼlumotlar “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi” MChJ tomonidan taqdim etiladi.
(8-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
9. Baliq ovlash xoʻjaliklarining tanlov takliflarini koʻrib chiqish Baliq ovlash xoʻjaliklarining tanlov takliflarini koʻrib chiqish boʻyicha tanlov komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Tanlov Sirdaryo-Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasida oʻtkaziladi.
Komissiyaga Suv xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari yoki u vakolat bergan masʼul shaxs rahbarlik qiladi;
Jizzax va Navoiy viloyatlarining irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari rahbarlarining oʻrinbosarlari komissiya raisining oʻrinbosarlari hisoblanadi.
Komissiya tarkibiga, shuningdek, Jizzax va Navoiy viloyatlari Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari boshliqlari, Qishloq xoʻjaligi boshqarmalari boshliqlari, Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining boshqarmalari boshliqlari, moliya boshqarmalari boshliqlarining oʻrinbosarlari, ichki ishlar boshqarmalari boshligʻining oʻrinbosarlari, Ovchilar va baliq ovlash sporti birlashmasi boʻlinmalari rahbarlari hamda komissiya kotibi hisoblanadigan “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi” MChJ direktori kiritiladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
10. “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi” MChJ komissiyaning ishchi organi hisoblanadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
11. Baliq ovlash xoʻjaliklariga beriladigan suv havzasi uchastkalari haqidagi tegishli maʼlumotlar shakllantirilgandan keyin, “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi” MChJ komissiya raisi bilan kelishilgan holda tanlovni oʻtkazish sanasini belgilaydi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
12. “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi” MChJ tanlov oʻtkazilishining taxminiy sanasidan kamida 30 kun oldin ommaviy axborot vositalarida, Davlat xizmatlari yagona interaktiv portalida va Suv xoʻjaligi vazirligining rasmiy veb-saytida tanlov oʻtkazilishi haqidagi xabarni eʼlon qiladi, unda quyidagilar koʻrsatiladi:
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
a) “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi” MChJning joylashgan manzili (pochta manzili), aloqa telefonlari, telefaks raqamlari va elektron pochta manzili;
(12-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
b) suv havzasi uchastkalarining roʻyxati, ularning nomlari, joylashgan oʻrni, maydoni va suv havzasining oʻrtacha baliq mahsuldorligi (tanlovni oʻtkazish paytidagi) va shartnomaning amal qilish muddati;
v) tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etiladigan hujjatlar roʻyxati;
g) nomzodlarning tanlov takliflari joylangan konvertlarni ochish sanasi, vaqti va joyi (tanlovni oʻtkazish sanasi);
d) tanlovni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi, shu jumladan tanlovda ishtirok etish shartlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
e) tanlovda ishtirok etishga berilgan arizani koʻrib chiqish uchun toʻlov miqdori va uni toʻlash uchun bank rekvizitlari;
j) arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati (sanasi va vaqti koʻrsatilgan holda).
13. Tanlovda ishtirok etish uchun talabgor yoki uning vakili shaxsan yoxud pochta orqali buyurtma xat bilan buyurtmanomani (keyingi oʻrinlarda buyurtmanoma deb ataladi) ikki nusxada, shuningdek quyidagi hujjatlarni “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi” MChJga taqdim etadi:
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
tanlovda ishtirok etish uchun talabgorning toʻliq nomi va joylashgan manzili (pochta manzili) koʻrsatilgan ariza;
baliq ovlashni amalga oshirish boʻyicha biznes-reja;
baliq ovlashni amalga oshirish boʻyicha biznes-rejaning moliyalashtirish manbalari (talabgorning oʻz mablagʻlari hisobiga, kreditlar va hokazo) bilan taʼminlanganligi haqidagi maʼlumotlar;
baliq ovlash va tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish uchun moddiy-texnika vositalarining (rusumi koʻrsatilgan qayiqlar, motorlar, ovlash qurollari, avtotransport vositalari, baliq va baliq mahsulotlarini saqlash uchun sovutish uskunalari va hokazo) mavjudligi haqidagi maʼlumotlar.
Talabgorlardan ushbu bandda koʻzda tutilmagan hujjatlarni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Mazkur bandning ikkinchi — beshinchi xatboshilarda nazarda tutilgan barcha hujjatlar talabgorlar tomonidan muhrlangan (imzo bilan tasdiqlangan) konvertlarda taqdim etiladi. Taqdim etilgan hujjatlarning barcha varaqlari nomzodning imzosi bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
“Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi” MChJ talabgorlar taqdim etgan takliflarning saqlanishini va oshkor etilmasligini taʼminlash hamda talabgorlarga teng sharoitlar yaratilishi uchun javob beradi.
(13-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
14. Baliq ovlashni amalga oshirish boʻyicha “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi” MChJga taqdim etiladigan biznes-rejada quyidagi asosiy qoidalar aks ettirilgan boʻlishi lozim:
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
iqtisodiy samaradorlik hisob-kitoblari, shuningdek baliq ovlash xoʻjaligini yuritishdagi eng samarali texnikaviy, tashkiliy va iqtisodiy yechimlar;
taxmin qilingan investitsiyalarning hajmi va turi, moliyalashtirish manbalari hamda kreditlar jalb etiladigan taqdirda taxmin qilingan garov taʼminoti;
tashkil etiladigan ish oʻrinlari soni;
talabgor xodimlar shtatining tajribali baliqchilar, ixtiologlar, boshqa mutaxassis va ekspertlar bilan toʻldirilganligi.
15. Buyurtmanomani koʻrib chiqish uchun bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir baravari miqdorida toʻlov undiriladi.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Ushbu mablagʻlar “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi” MChJning bank hisob-raqamiga kelib tushadi va tanlovni tayyorlash va oʻtkazish uchun ishlatiladi.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
Buyurtmanomani koʻrib chiqish uchun toʻlangan toʻlovlar qaytarilmaydi, mazkur Nizomda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
16. “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi” MChJ tanlov oʻtkazilishi haqida eʼlon berilgan kundan boshlab oʻttiz kun davomida talabgorlarning tanlovda ishtirok etishlari toʻgʻrisidagi buyurtmanomalarini qabul qiladi.
“Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi” MChJning vakolatli xodimi buyurtmanomaning ikkinchi nusxasiga buyurtmanomani va unga ilova qilingan muhrlangan konvert qabul qilingan sana va vaqtini koʻrsatib belgi qoʻyadi va talabgorga yoki uning vakiliga topshiradi yoxud pochta orqali yuboradi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
17. Barcha hujjatlar roʻyxatga olish kitobida topshiruvchi va qabul qiluvchi shaxslarning imzolari qoʻyilgan, qabul qilish sanasi va vaqti qayd etilgan holda qabul qilinadi. Roʻyxatga olish kitobi tikilgan, raqamlangan va “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi” MChJning gerbli muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim.
Talabgorlarning tanlov takliflari joylangan konvertlar belgilangan muddatgacha ochilmaydi va “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi” MChJ seyfida saqlanadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
18. Tanlovda ishtirok etish uchun buyurtmanomalarni qabul qilish tanlovning oʻtkazilishi toʻgʻrisida eʼlon berilgan sanadan boshlanadi va buyurtmanomalarni qabul qilishning oxirgi kunida soat 18:00da tugaydi.
Pochta orqali yuborilgan buyurtmanomalarning kelib tushgan sanasi ularning komissiyaning ishchi organi tomonidan olingan sanasi hisoblanadi, olingan buyurtmanoma uning kelib tushgan kunida qayd etilishi shart.
19. Qabul qilishning belgilangan muddatidan keyin kelib tushgan buyurtmanomalar roʻyxatdan oʻtkazilmay talabgorga qaytarib beriladi.
Buyurtmanomalarni qabul qilishning boshqa asoslarga koʻra rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
20. Tanlov oʻtkazishning belgilangan sanasigacha, talabgor komissiyaning ishchi organini yozma ravishda xabardor etish yoʻli bilan oʻzining buyurtmanomasini va tanlov takliflarini qaytarib olish huquqiga ega. Komissiyaning ishchi organi ushbu xabarnomani kelib tushgan kunida qayd etishi shart.
21. Mazkur Nizomning 19 va 20-bandlarida nazarda tutilgan holatlarda buyurtmanomani koʻrib chiqish uchun toʻlangan toʻlovlar talabgorga uch bank kuni mobaynida qaytarib beriladi.
22. Buyurtmanomalarni qabul qilish yakunlangandan keyin ishchi organ komissiya majlisini oʻtkazish boʻyicha tayyorgarlik ishlarini tashkil etadi.
Komissiya raisi tanlovni oʻtkazish kuni komissiya majlisini chaqiradi.
23. Komissiya oʻz faoliyatini shaxsan ishtirok etish tartibida tashkil etadi.
Komissiyaning qarorlari majlis aʼzolarining kamida toʻrtdan uch qismi ishtirok etgan taqdirda qonuniy hisoblanadi.
24. Suv havzasi uchastkalarini berish (yoki berilishini rad etish) masalasi belgilangan kun va soatda komissiya majlisida tanlov takliflari konvertlarini ochish orqali amalga oshiriladi.
Talabgorlar yoki ularning vakillari tanlov takliflari konvertlari ochilishida ishtirok etish huquqiga ega.
Komissiya tomonidan tanlov takliflari konvertlari ochilganda tanlov takliflarining rasmiylashtirilishi, taqdim etish tartibotlari boʻyicha talablarga rioya qilinganligi, mazkur Nizomning 14-bandida koʻrsatilgan hujjatlarning mavjudligi tekshiriladi.
25. Tanlov takliflarini koʻrib chiqish va tanlov gʻolibini aniqlash quyidagilarni baholash natijalariga koʻra amalga oshiriladi:
baliq ovlashni amalga oshirish boʻyicha biznes-reja;
talabgorning baliq ovlash va tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish uchun mavjud moddiy-texnika vositalari (rusumi koʻrsatilgan qayiqlar, motorlar, ovlash qurollari, avtotransport vositalari, baliq va baliq mahsulotlarini saqlash uchun sovutish uskunalari va hokazo) va ularning holati;
talabgorning baliq ovlashni amalga oshirish boʻyicha biznes-rejasi, oʻz mablagʻlari va kreditlar hisobiga moliyalashtirish bilan taʼminlanganligi;
talabgorning tabiatni muhofaza qilish boʻyicha chora-tadbirlari kompleksi.
26. Tanlov gʻolibi konvertlar ochilgan kuni komissiyaning ochiq majlisida aniqlanadi.
Eng maqbul tanlov takliflarini taqdim etgan talabgor tanlovning gʻolibi deb eʼtirof etiladi.
Komissiya qarori ishtirok etgan aʼzolar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Ovozlar teng boʻlgan holatda komissiya raisi hal qiluvchi ovoz huquqiga ega boʻladi.
27. Quyidagi holatlarda tanlov oʻtkazilmagan deb hisoblanadi:
tanlov oʻtkazilishi haqidagi xabarnomada koʻrsatilgan konvertlarning ochilish sanasigacha birorta ham buyurtmanoma kelib tushmagan boʻlsa;
taqdim etilgan tanlov takliflaridan birortasi ham tanlov shartlariga mos kelmasa.
Ishchi organ buyurtmanoma taqdim etgan talabgorlarni yoki ularning vakolatli vakillarini bu haqda xabardor qiladi.
28. Tanlov amalga oshmagan deb eʼtirof etilgan taqdirda komissiya mazkur Nizomda belgilangan tartibda tanlovni qayta oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi yoki yagona talabgorni tanlov gʻolibi deb eʼtirof etib, unga maqbul takliflarni taqdim etish sharti bilan va suv havzasi uchastkasini berish maqsadga muvofiqligi haqida qaror qabul qiladi.
29. Komissiya tanlov takliflarining konvertlari ochilgan kuni tanlov natijalarini bayon shaklida rasmiylashtiradi.
Bayonda quyidagilar koʻrsatiladi:
komissiya tarkibi;
tanlov ishtirokchilari boʻlgan talabgorlar va ularning takliflari haqidagi maʼlumotlar;
suv havzasi uchastkasining (konturining) joylashuvi, maydoni va raqami, suv havzasining oʻrtacha baliq mahsuldorligi (tanlovni oʻtkazish paytidagi);
tanlov gʻolibi;
ovoz berish natijalari va komissiya aʼzolarining qarori.
Bayon komissiyaning barcha aʼzolari, tanlov gʻolibi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi va komissiyaning raisi tomonidan tasdiqlanadi.
30. Komissiya tanlov natijalari boʻyicha qarorini qabul qilishda talablarning yagona boʻlishini va xolislikni taʼminlashi lozim.
31. Tanlov natijalariga koʻra suv havzasi uchastkasining berilishi rad etilgan talabgorlar, komissiya qarori yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
32. Ishchi organ tanlov komissiyasining tanlov yakunlari toʻgʻrisidagi qarori natijalaridan qaror qabul qilingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida tanlov ishtirokchilarini xabardor qilishi shart.
Ishchi organ tanlov gʻolibi aniqlangan kuni gʻolibga tegishli xabarnoma yuborib shartnoma tuzishni taklif qiladi.
Shartnomada qonunchilikda nazarda tutilgan shartlardan tashqari quyidagilar ham koʻrsatiladi:
suv havzasi uchastkasining (konturining) joylashuvi, maydoni va raqami;
shartnomani tuzgan shaxsning baliq resurslarini va suv havzasini saqlash boʻyicha tadbirlarni oʻtkazishi, shuningdek ovlanadigan baliqning muntazam hisobini yuritish boʻyicha majburiyatlari.
Shartnomaga uning ajralmas qismi boʻlgan quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
suv havzasi uchastkasining xarita-sxemasi;
talabgorning tabiatni muhofaza qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlari rejasi, majburiyatlari doirasida toʻliq amalga oshirilishi belgilangan shartnoma.
33. Tanlov yakunlari ommaviy axborot vositalarida, Davlat xizmatlari yagona interaktiv portaliga va Suv xoʻjaligi vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
34. Tanlov gʻolibi boʻlgan baliq ovlash xoʻjaligi tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilishi monitoringi “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi” MChJ tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
35. Shartnoma muddati tugaganda uning amal qilishi toʻxtaydi. Yangi muddatga shartnoma tuzish mazkur Nizomda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
36. Shartnoma muddatini oldindan tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
“Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi” MChJ, tabiatni muhofaza qilish organlarining taqdimnomasiga binoan, baliq ovlash xoʻjaligi tomonidan hayvonot olamini muhofaza qilish va undan foydalanishga oid qonunchilik bir marotaba qoʻpol yoki muntazam (yil davomida ikki va undan ortiq marta) buzilganda, shuningdek qonunchilikda va shartnomada nazarda tutilgan boshqa holatlarda shartnomani muddatidan oldin tugatishga haqli.
(36-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
Hayvonot olamini muhofaza qilish va undan foydalanishga oid qonunchilikni bir marotaba qoʻpol buzish hayvonot olamini muhofaza qilish va undan foydalanishga oid qonunchilik talablarining hayvonot olami obyektlariga yetkazilgan zarar hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 26-bobi.
37. Shartnoma shartlari buzilganda tomonlar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston RespublikasiFuqarolik kodeksining 28-bobi.
3-bob. Komissiyaning, tabiatni muhofaza qilish organlarining va “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi” MChJning vakolatlari
(3-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
38. Komissiya:
oʻz faoliyati reglamentini mustaqil ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
tanlov takliflarini taqdim etish muddatlarini uzaytirish toʻgʻrisida yoki tanlovni oʻtkazish sanasini tanlovning oʻtkazilishi haqidagi eʼlonda belgilangan muddatdan koʻpi bilan bir oyga koʻchirish toʻgʻrisida qarorni qabul qiladi, tanlovda ishtirok etish uchun buyurtmanomalarni taqdim etgan barcha talabgorlarni (ular mavjud boʻlganda) yozma xabardor qiladi;
mazkur Nizomning 27-bandida nazarda tutilgan holatlarda tanlov amalga oshmagan deb hisoblaydi;
yagona talabgor buyurtmanomasini koʻrib chiqadi, uning tomonidan maqbul takliflar taqdim etilgan taqdirda uni tanlovning gʻolibi deb eʼtirof etadi;
zarur holatlarda, komissiya ishiga ekologlar, biologlar, ixtiologlar, boshqa mutaxassis va ekspertlarni jalb qiladi;
tanlovni oʻtkazish jarayonini nazorat qiladi;
mazkur Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlarining talablari buzilganda til biriktirish holatlari va tanlovni oʻtkazish tartibotini buzadigan boshqa holatlar aniqlanganda tanlov oʻtkazilishini toʻxtatadi.
39. Tabiatni muhofaza qilish organlari Direksiya bilan birgalikda, belgilangan tartibda quyidagilarni amalga oshiradi:
baliq ovlash xoʻjaliklari tomonidan tabiatni muhofaza qilish qonunchiligiga rioya qilish;
tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi bajarilishini taʼminlash maqsadida nazorat tadbirlarini oʻtkazish sohasida maʼlumotlar almashish.
(40-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
baliq ovlash xoʻjaliklariga suv havzasi uchastkalarining ijaraga berilishi boʻyicha ochiq tanlov oʻtkazilishini tashkil etadi;
tabiatni muhofaza qilish organlari bilan birgalikda suv havzasining baliq resurslarini muhofaza qilish va qayta tiklashga doir tadbirlarni oʻtkazadi;
suv havzasida baliq yetishtirishning zamonaviy texnologiyalarini va usullarini joriy qiladi;
suv havzalarining gidrobiologik va gidrokimyoviy holatini oʻrganadi va suv havzalari hududida havaskorlik va baliq ovlash sportini hamda ekoturizmni rivojlantirishga doir maqsadli tadbirlar oʻtkazilishini tashkil etadi;
baliq ovlash xoʻjaliklari tomonidan shartnoma shartlariga rioya qilinishi monitoringini yuritadi;
suv havzasida baliq resurslari ovlanishi holati haqida yillik maʼlumotlarni umumlashtiradi va tabiatni muhofaza qilish organlariga taqdim etadi;
suv havzasining vaqtincha berilmagan uchastkalarida baliq resurslarini qonunchilikda belgilangan tartibda ovlash huquqiga ega.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 80-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining tabiiy suv havzalarida baliq ovlash qoidalari.
4-bob. Baliq ovlash xoʻjaliklarining huquq va majburiyatlari
41. Baliq ovlash xoʻjaligi quyidagi huquqlarga ega:
suv havzasida berilgan uchastkadan tuzilgan shartnomaga muvofiq foydalanish;
oʻz ixtiyoriga koʻra belgilangan tartibda ovlangan baliqlarni sotish;
suvni muhofaza qilish chegarasidan tashqarida baliq ozuqasi va asosiy faoliyat bilan bogʻliq boʻlgan boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish, shuningdek baliq va baliq mahsulotlarini qayta ishlash boʻyicha yordamchi xoʻjaliklar tashkil etish.
Baliq ovlash xoʻjaliklari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
baliq resurslaridan foydalanishda tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi talablariga rioya qilish;
shartnoma shartlarini, shu jumladan tanlovda ishtirok etish uchun buyurtmanomani berish paytida taqdim etilgan tabiatni muhofaza qilish kompleks chora-tadbirlari rejasini bajarish;
shartnomaga ilova qilingan suv havzasi uchastkasining pasportida koʻrsatilgan suv havzasi uchastkalari doirasida baliq ovlashni amalga oshirish;
berilgan suv havzasi uchastkasini uchinchi shaxslarga foydalanishga bermaslik;
suv havzasining qirgʻoq uchastkalarini belgilangan tartibda sanitariya holatida saqlash;
har yili baliqlarni koʻpaytirishni, baliq ovlanadigan suvlar melioratsiyasini, kelgusida ovlanadigan mayda baliqlarni, shuningdek baliq resurslari saqlanishini taʼminlash choralarini amalga oshirish;
har kuni ovlangan baliqlarni mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq belgilangan namunadagi baliqlarni ovlash daftarida qayd etish;
tabiatni muhofaza qilish davlat inspektorlariga, ularning talabiga binoan shartnoma va baliqlarni ovlash daftarini taqdim etish, ovlash qurollarini va ovlangan baliqlarni, ishlab chiqarish xonalarini, suzish vositalarini va qabul qilish punktlarini belgilangan tartibda koʻzdan kechirishni amalga oshirishga toʻsqinlik qilmaslik;
har oyda “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi” MChJga ovlangan baliqlar toʻgʻrisida (turlari boʻyicha), baliq ovlanadigan suvlar melioratsiyasi, ovlanadigan mayda baliqlarni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi maʼlumotni va suv havzasi uchastkasida baliqlarni koʻpaytirish natijalari haqidagi maʼlumotlarni taqdim etish;
(42-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
baliqlarni suzish vositasidan qirgʻoqqa faqat maxsus jihozlangan joyda, baliq ovlash xoʻjaligi joylashgan manzilda tushirishni amalga oshirish;
baliq ovlash xoʻjaligidan baliqni olib chiqishni tovar-transport yukxatlari boʻyicha amalga oshirish;
suzish vositalarini belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish va baliqni ovlashda xavfsizlik texnikasiga rioya qilish;
baliqchilarning shaxsini va ushbu xoʻjalikdagi lavozimini tasdiqlaydigan guvohnomalar bilan taʼminlash;
zarur suv havzasida baliq ovlash faoliyatining qonuniyligini tasdiqlaydigan barcha kerakli hujjatlarga (shartnomalar, baliqni ovlash daftarlari, suzish vositalarining hujjatlari va hokazolarga) ega boʻlish.
Baliq ovlash xoʻjaligi qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(43-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
tanlov gʻoliblari boʻlgan baliq ovlash xoʻjaliklari bilan joriy yil uchun ijara haqining miqdorini belgilagan holda shartnoma tuzadi;
har yilning 15-fevral sanasigacha ijara haqining miqdorini aniqlab shartnomaning ijara haqi miqdori nazarda tutilgan bandiga oʻzgartirishlar kiritadi.
44. Ijaraga berilgan suv havzasi uchastkalari boʻyicha ijara haqi miqdorini hisoblash uchun quyidagi maʼlumotlar talab etiladi:
a) ijaraga berilgan suv havzasi uchastkasining umumiy maydoni (gektar hisobida);
b) ijarachi tomonidan oʻtgan yilda bir gektar suv havzasidan tutilgan (sotilgan) baliqning oʻrtacha miqdori;
v) baliq ovlash xoʻjaligi tomonidan oʻtgan yilda bir gektar tabiiy suv havzasini oʻrtacha baliq (turlari boʻyicha) chavoqlari bilan baliqlantirish miqdori;
(44-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktabrdagi 841-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 09/19/841/3857-son)
45. Ijaraga berilgan tabiiy suv havzasi uchastkalari boʻyicha ijara haqi miqdori quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Ih = H1 * Mu * Is, bunda:
Ih — ijara haqi;
H1 — bir gektarning oʻrtacha mahsuldorligi, kg (10 kg belgilangan oʻzgarmas koeffitsiyent);
Mu — suv havzasi uchastkasining umumiy maydoni, ga;
Is — mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq amaldagi bazaviy hisoblash miqdorining foiz stavkasi, soʻmda”;
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktabrdagi 841-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 09/19/841/3857-son)
46. Ijara haqi hisoblashda ijaraga berilgan suv havzasi uchastkasining har gektaridan ovlanadigan baliq miqdori eng kamida 10 kg hisobida qoʻllanadi.
(46-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktabrdagi 841-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 09/19/841/3857-son)
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktabrdagi 841-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 09/19/841/3857-son)
48. Baliq ovlash xoʻjaliklari tomonidan ijara haqi uch qismga boʻlib yil davomida toʻlanadi. Bunda, yillik ijara haqining 30 foizi 1-aprelga qadar, 35 foizi 1-oktabrga qadar, qolgan qismi 1-dekabrga qadar toʻlanadi.
(48-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktabrdagi 841-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 09/19/841/3857-son)
49. Ijaraga berilgan suv havzasi uchastkasi uchun ijara haqi birinchi yilda joriy yilda faoliyat yuritilgan oylar soniga mos miqdorda, teng ulushlarda va quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:
Ih=Yih/12x x Tm, bunda:
Ih — ijara haqi;
Yih — yillik ijara haqi;
Tm — joriy yil davomida faoliyat yuritilgan oylar soni.
(50-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
51. Ijarachilar tomonidan ijara haqining oʻz vaqtida toʻlab borilishi “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi” MChJ tomonidan nazorat qilinadi.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
7-bob. Suv havzasida baliq resurslarini qayta tiklashga doir tadbirlarni oʻtkazish
52. Suv havzasida baliq resurslarini qayta tiklashni taʼminlash uchun “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi” MChJ:
(52-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
akva mahsulotlarni rivojlantirish, shuningdek ovlanadigan baliqlar zaxirasini aniqlash boʻyicha yangi texnologiyalarni ishlab chiqadi va ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshiradi;
suv havzasida baliqlarni qafas usulida yetishtirish texnologiyalarini tatbiq qilish ishlarini tashkil etadi;
Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi qirgʻogʻida, keyinchalik suv havzasida baliqlarni koʻpaytirish uchun baliq chavoqlari yetishtiradi, inkubatsiya sexlarini, baliq parvarishxonalarini, baliq ozuqasi ishlab chiqarish zavodlarini, shuningdek qayta ishlash sexlarini, baliq va baliq mahsulotlarini saqlash uchun sovutish uskunalarini barpo etadi.
53. Suv havzalarining baliq koʻpaytirish meʼyori suv havzasining bir gektariga kamida 50 ta baliq chavoqlari — shu yilgi yoki bir yillik baliqlar darajasida belgilanadi.
54. Suv havzalarida baliq koʻpaytirish tadbirlari tabiatni muhofaza qilish organlari, qishloq xoʻjaligi, suv xoʻjaligi, “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi” MChJ va baliq ovlash xoʻjaliklarining vakillari ishtirokida oʻtkaziladi va bu haqda tegishli dalolatnoma tuziladi.
(54-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
8-bob. Yakunlovchi qoida
55. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi uchastkalarini baliq ovlash xoʻjaliklariga ijaraga berish hamda sanoat baliq ovlashini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
(ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi uchastkalarini baliq ovlash xoʻjaliklariga ijaraga berish hamda sanoat baliq ovlashini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
(ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
Baliq ovlash xoʻjaliklari tomonidan toʻlanadigan ijara haqi toʻlovini hisoblashda suv havzalari uchastkalari mahsuldorligiga bogʻliq holda qoʻllaniladigan stavkalar miqdori
1) bir gektarning oʻrtacha mahsuldorligi, kg (10 kg belgilangan oʻzgarmas koeffitsiyent);
2) suv havzasi uchastkasining umumiy maydoni, ga;
3) 1 ga tabiiy suv havzaga qoʻllaniladigan bazaviy hisoblash miqdorining foiz stavkasi;
4) bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) bir baravari miqdorida.
Bunda: 1 ga tabiiy suv havzasiga eng yuqori 100 foizli stavka boʻyicha hisoblangan ijara haqi bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida.
1) 10 x 1 x 100% x 223000 / 100 — 22 300 soʻm — 10 kg.
2) 10 x 1 x 90% x 223000 / 100 — 20 070 soʻm — 30 kg.
3) 10 x 1 x 80% x 223000 / 100 — 17 840 soʻm — 50 kg.
4) 10 x 1 x 70% x 223000 / 100 — 15 610 soʻm — 70 kg.
5) 10 x 1 x 60% x 223000 / 100 — 13 380 soʻm — 80 kg.
6) 10 x 1 x 50% x 223000 / 100 — 11 150 soʻm — 90 kg.
7) 10 x 1 x 40% x 223000 / 100 — 8 920 soʻm — 100 kg.
8) 10 x 1 x 30% x 223000 / 100 — 6 690 soʻm — 100,1 kg. dan yuqori.
1 ga suv havzasiga eng past 30 foizli stavka boʻyicha hisoblangan ijara haqi — 6 690 soʻm.
(10 x 1 x 30% BHM/ 100) — 6 690
Izoh. Bazaviy hisoblash miqdori oʻzgarishi bilan birga ijara haqi summasining miqdori ham oʻzgaradi.
(2-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktabrdagi 841-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 09/19/841/3857-son)
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-martdagi 124-son qaroriga 3-ILOVA
Aydar-Arnasoy koʻllar tizimining biologik resurslarini rivojlantirish va ulardan oqilona foydalanish
I. “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi direksiyasi” davlat unitar korxonasini tashkil etish boʻyicha tashkiliy tadbirlar
1.
“Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi direksiyasi” DUK (keyingi oʻrinlarda Direksiya deb ataladi) ustavini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.
2017-yil mart
Davlat soliq qoʻmitasi
“Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi direksiyasi” DUK faoliyatini tashkil etish.
2.
Direksiyani zarur maʼmuriy va ishlab chiqarish xonalari bilan taʼminlash.
2017-yil mart
Jizzax viloyati hokimligi,
Davlat raqobat qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi
Davlat soliq qoʻmitasi
Direksiyaga yuklangan vazifalarning toʻliq bajarilishini taʼminlash uchun zarur sharoitlar yaratish.
3.
Direksiyani zarur uskunalar va anjomlar (mebel, kompyuter, avtotransport va boshqalar) bilan jihozlash.
2017-2018-yillar
Davlat soliq qoʻmitasi,
Direksiya
Davlat soliq qoʻmitasi
Direksiya faoliyati samaradorligini oshirish.
4.
Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi (keyingi oʻrinlarda AAKT deb ataladi) havzasiga tutash hududlarni (Qli, Oqbuloq daryolari irmoqlari va MCHKni) oʻrganib chiqish va ularning toʻliq tizimli inkubatsiya sexlari, baliq parvarishxonalari hamda baliq oʻstirish uchun sunʼiy suv havzalari tashkil etishga yaroqliligini aniqlash.
Oʻrganish natijalariga koʻra Direksiyaga yerlarni ajratish boʻyicha tegishli kelishilgan taklif kiritish.
2017-yil mart
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi,
Davlat soliq qoʻmitasi,
Jizzax va Navoiy viloyatlari hokimliklari, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy boʻlimlari,
Direksiya
Loyihani moliyalashtirish doirasida
Suv havzalarini har yili bahorda va kuzda baliq koʻpaytirish uchun yiliga 17,5 mln ta baliq chavoqlari yetishtiradigan inkubatsiya sexlari tashkil etish.
Mintaqada 15 ta yangi ish oʻrni, tegishli infratuzilma va boshqalarni tashkil etish.
Yuqori sifatli baliq (oq doʻngpeshana, oqamur, olachipor, zogʻarabaliq, sudak, laqqa va boshqalar) turlari oʻstirishni koʻpaytirishga koʻmaklashish.
5.
Direksiyaga toʻliq tizimli inkubatsiya sexlari, baliq parvarishxonalari hamda baliq oʻstirish havzalari tashkil etish uchun yer uchastkasini ajratish.
2017-yil mart
Jizzax va Navoiy viloyatlari hokimliklari, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy boʻlimlari
II. Aydar-Arnasoy koʻllar tizimida baliqchilik sohasini rivojlantirish boʻyicha tadbirlar
6.
Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi qirgʻogʻida toʻliq tizimli baliq yetishtirish parvarishxonalari, inkubatsiya sexlari hamda baliq oʻstirish havzalari qurish, shu jumladan:
2017-yilda — 2 mln. ta;
2018-yilda — 7 mln. ta;
2019-yilda — 12 mln. ta;
2020-yilda — 17,5 mln. ta.
2017-2020-yillar
Davlat soliq qoʻmitasi,
Direksiya,
Davlat ekologiya qoʻmitasi,
“Ipoteka-bank” ATIB,
baliqchilik xoʻjaliklari
Davlat ekologiya qoʻmitasi — 2,9 mlrd. soʻm (shu jumladan (1,4 mlrd.soʻm — 2017-yilda;
1,5 mlrd.soʻm — 2018-yilda),
“Ipoteka-bank” ATIB
kreditlari — 2019-yilda 3 mlrd.soʻm
Aydar-Arnasoy koʻllar tizimida baliq koʻpaytirish uchun baliq chavoqlarini yetishtirish.
Transport xarajatlarini hamda baliq chavoqlarini tashishda nobud boʻlishini kamaytirish.
7.
Baliq oʻstirish havzalari barpo etish, shu jumladan:
2017-yilda — 50 gektar;
2018-yilda — 100 gektar;
2019-yilda –300 gektar.
2017-2019-yillar
Davlat soliq qoʻmitasi,
Direksiya
8.
Ilmiy-tajriba stansiyasida yuqori sifatli baliq turlarini yetishtirish boʻyicha yopiq tizimli suv taʼminoti qurilmasi (YOTSTQ) tashkil etishga hamda koʻllar tizimida baliq koʻpaytirish uchun baliq chavoqlari (shartnomaviy narxlarda oʻrtacha vazni 2 gramm boʻlgan 2 mln.ta) sotib olishga mablagʻlar ajratish.
2017-yil
may — iyul
Qishloq va suv vazirligi huzuridagi Baliqchilikni rivojlantirish boʻyicha ilmiy-tajriba stansiyasi,
Direksiya
Davlat ekologiya qoʻmitasi —
0,5 mlrd.soʻm,
shundan:
YOTSTQga 0,3 mlrd.soʻm,
baliq chavoqlari sotib olishga — 0,2 mlrd.soʻm
Qafas usulida baliq yetishtirish uchun yangi baliq turlarini iqlimlashtirish.
Aydar-Arnasoy koʻllar tizimida yuqori sifatli baliq chavoqlari hisobiga baliq zaxirasini koʻpaytirish.
9.
Direksiyani hamda Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat taʼminoti ilmiy-ishlab chiqarish markazihuzuridagi Baliqchilikni rivojlantirish boʻyicha ilmiy-tajriba stansiyasining moddiy-texnika bazasini yaxshilash maqsadida 4 ta “Isuzu” rusumli yuk avtomobillarini imtiyozli asosda ajratish.
2017-2018-yillar
Samarqand avtomobil zavodi
“Ipoteka-bank” ATIB
Kreditlari —
0,5 mlrd.soʻm
Baliq chavoqlarini tashishni tezlashtirish hamda xoʻjalik hududidagi tashishlarni taʼminlash.
10.
Aydar-Arnasoy koʻllar tizimida 1 gektarga kamida 50 ta baliq chavoqlari bilan baliq koʻpaytirish hisobiga baliq mahsuldorligini oshirish.
Suv havzalarida baliq ovlashning prognoz koʻrsatkichlariga erishish, shu jumladan:
2017-yilda — 10 000 tn;
2018-yilda — 12 000 tn;
2019-yilda — 16 000 tn;
2020-yilda — 22 000 tn;
2021-yilda — 30 000 tn.
2017-yildan boshlab har yili -
mart-aprel,
oktabr-noyabr
Davlat soliq qoʻmitasi,
Direksiya,
baliqchilik xoʻjaliklari
Direksiya, baliqchilik xoʻjaliklari
Suv havzalarida baliq mahsuldorligini oshirish va baliq turlari (oq doʻngpeshana,oqamur, olachipor, zogʻarabaliq, sudak, laqqa va boshqalar) ovlanishini koʻpaytirish.
Aydar-Arnasoy koʻllar tizimida har yili kamida 17,5 mln. ta baliq chavoqlari bilan baliq koʻpaytirish.
11.
Aydar-Arnasoy koʻllar tizimida qafas usulida baliq yetishtirishni tashkil etishga qafas moslamalarini joylashtirish, shu jumladan:
2018-yilda — 150 ta;
2019-yilda — 350 ta;
2020-yilda — 500 ta.
2018 — 2020-yillar
Davlat soliq qoʻmitasi,
Direksiya,
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Oʻsimlik va hayvonot olami genofondi instituti,
baliqchilik xoʻjaliklari
jami 8,4 mlrd.soʻm:
“�poteka-bank” ATIB
kreditlari — 5 mlrd.soʻm, (ulardan
1 mlrd.soʻm —
2018-yilda; 1,8 mlrd.soʻm -
2019-yilda;
2,2 mlrd.soʻm -
2020-yilda);
Direksiyaning
oʻz mablagʻlari
(3,4 mlrd.soʻm), baliqchilik xoʻjaliklarining oʻz mablagʻlari
Aydar-Arnasoy koʻllar tizimida baliq yetishtirishni koʻpaytirish.
Aydar-Arnasoy koʻllar tizimida tabiiy baliqlarning ortiqcha ovlanishini kamaytirish.
12.
Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi qirgʻogʻida joylashgan sugʻoriladigan va lalmikor yer maydonlaridan, ozuqa ekinlari (bugʻdoy, javdari, arpa va boshqalar) yetishtirishni tashkil etish maqsadida Direksiyaga 500 ga yer ajratish.
2017 -2018-yillarda
Jizzax va Navoiy viloyatlari hokimliklari, Davlat soliq qoʻmitasi,
Direksiya
Yuqori oqsilli ozuqalar ishlab chiqarish uchun qishloq xoʻjaligi ekinlari yetishtirishni taʼminlash.
III. Baliq xoʻjaligini rivojlantirish sohasida infratuzilmani rivojlantirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni tashkil etish
13.
Ishlab chiqarish sexlari barpo etish:
qafas moslamalariga metallkonstruksiyalar;
qafas moslamalariga toʻr materiallari tikish;
qafas moslamalariga suv yuzida turadigan plastmassa qurilmalar, plastmassa poʻkaklar va boshqalar;
poliamid asosidagi toʻr-anjom materiallari;
granullalangan omuxta yemlar.
2018-yildan boshlab
Davlat soliq qoʻmitasi,
Direksiya
Direksiyaning
oʻz mablagʻlari, tijorat banklari kreditlari
Chet ellardan anjomlar importini kamaytirish hamda ichki isteʼmol bozori talablarini qondirish uchun mahalliy xom ashyoni qayta ishlash hisobiga qafas moslamalari, toʻr-anjom materiallari va boshqalarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan maxsus ishlab chiqarish sexlari barpo etish.
14.
Baliq ovlash xoʻjaliklari va Direksiya uchun, respublikada ishlab chiqarilishi yoʻlga qoʻyilgunga qadar markazlashgan tartibda keltirilishi lozim boʻlgan jihozlar (qayiq, qayiq motorlari, baliqni qayta ishlash jihozlari) va materiallar (baliq ovlash toʻrlari, baliq uni, premikslar) roʻyxatini tayyorlash.
Direksiya tomonidan zarur uskunalar va materiallar keltirishni tashkil etish.
2017-yil oktabr
2017-2018-yillar
Davlat soliq qoʻmitasi,
Direksiya,
Iqtisodiyot vazirligi,
Tashqi savdo vazirligi,
“Ipoteka-bank” ATIB
Oʻzbekiston Respublikasiga uskunalarni markazlashgan tartibda keltirish baliqchilik va baliq ovlash xoʻjaliklari taʼminotini yaxshilaydi.
15.
Direksiya negizida quyidagi ishlab chiqarishlarni tashkil etish:
eksportga moʻljallangan baliqlarni chuqur qayta ishlash hamda yarim tayyor baliq mahsulotlari ishlab chiqarish, shu jumladan mahsulotni oʻta tez muzlatish va bir yoʻla saqlash boʻyicha;
katerlar, qayiq va baliq ovlash jihozlarini taʼmirlash boʻyicha;
baliq mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari va isteʼmolchilariga xizmat koʻrsatish boʻyicha.
2018-2020-yillar
Davlat soliq qoʻmitasi,
Direksiya,
“Ipoteka-bank” ATIB
Direksiyaning
oʻz mablagʻlari, “Ipoteka-bank” ATIB
kreditlari
Baliqni qayta ishlash hamda quritilgan va dudlangan baliqlarni eksport qilish. Eksportdan olingan mablagʻlar hisobiga yarim tayyor baliq mahsulotlari, baliq uni, baliq konservalarini ishlab chiqarish uchun uskunalarni keltirish, oʻrnatish va ularni ishlab chiqarishni tashkil etish.
16.
Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi hududini qoʻriqlash boʻyicha hamda hayvonot va oʻsimlik dunyosi obyektlaridan noqonuniy foydalanishga qarshi kurashish boʻyicha birgalikdagi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.
2017-yil aprel
Davlat soliq qoʻmitasi,
Direksiya,
Ichki ishlar vazirligi,
Davlat ekologiya
qoʻmitasi
Biologik resurslarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish boʻyicha belgilangan meʼyorlar va qoidalarga rioya qilinishi ustidan nazoratni kuchaytirish.
Tabiatni muhofaza qilish qonunchiligidagi buzilishlar sonini kamaytirish.
17.
Aydar-Arnasoy koʻllar tizimida turizm sohasini rivojlantirish Dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish.
2017-2020-yillar
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Jizzax va Navoiy viloyatlari hokimliklari,
Direksiya
Qirgʻoq infratuzilmasini rivojlantirish va qoʻshimcha ish oʻrinlari tashkil etish.
IV. Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi suv sathini saqlash
18.
Sirdaryo suv havzasida suv xoʻjaligi vaziyati oʻzgarish dinamikasini hisobga olgan holda Aydar-Arnasoy koʻllar tizimiga kelib tushadigan suv oqimining miqdor va sifat koʻrsatkichlarini oʻrganish.
Har yili yanvar, iyul
“Oʻzgidromet”,
Suv xoʻjaligi vazirligi
Har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida
Aydar-Arnasoy koʻllar tizimiga suv beruvchi irmoqlardagi suv hajmini va sifatini baholash, suv miqdorini prognoz qilish.
19.
Aydar-Arnasoy koʻllar tizimida barqaror suv sathini, suvning shoʻrlanishi rejimini taʼminlash choralarini koʻrish.
Har yili
Suv xoʻjaligi vazirligi vazirligi,
Davlat ekologiya qoʻmitasi
Har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida
Suv taʼminoti barqarorligiga erishish, AAKT mintaqasida ekologik vaziyatni saqlash va yaxshilash, biologik resurslarni rivojlantirishga erishish.
20.
Biologik resurslarni rivojlantirish uchun Aydar-Arnasoy koʻllar tizimining maqbul suv-tuz rejimini taʼminlash:
Aydar-Arnasoy koʻllar tizimidan suv chiqaruvchi kollektorlar orqali minerallashgan suvlarni chiqarish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish;
moliyalashtirish manbalarini aniqlash.
2017-yil may
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi,
Iqtisodiyot vazirligi,
Davlat ekologiya qoʻmitasi
Har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida
AAKTdan minerallashgan suvlarni chiqarish loyihasini va aniq asoslangan hisob-kitoblarni tayyorlash.
Oyogʻitma va Qoraqir koʻllari orqali Aydarkoʻl koʻlidan Medami pastligiga 280 km uzunlikdagi, oʻtkazuvchanlik quvvati 90 m3/s boʻlgan suv chiqarish kollektorini qurish.
AAKTning biologik resurslarini saqlash va qayta tiklash uchun suvning minerallarga maqbul darajada toʻyinishi uchun chuchuk suv kelishini taʼminlash.
Jami xarajatlar:
— 15,3 mlrd. Soʻm
ulardan:
tijorat banklari kreditlari
— 8,5 mlrd. soʻm
Davlat ekologiya qoʻmitasi mablagʻlari
— 3,4 mlrd. soʻm
Direksiya mablagʻlari
— 3,4 mlrd. soʻm
*Izohlar:
*1. Davlat ekologiya qoʻmitasi tomonidan ajratilgan mablagʻlarni qaytarish 2021-yildan boshlab kelishib tasdiqlangan jadval asosida amalga oshiriladi.
*2. Jadval Davlat soliq qoʻmitasi hamda Davlat ekologiya qoʻmitasi raislari tomonidan tasdiqlanadi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-dekabrdagi 761-sonli qarori tahririda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 10-son, 148-modda, 29-son, 693-modda, 32-son, 814-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son, 03.10.2019-y., 09/19/841/3857-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)